GLOBALLASHUV VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
GLOBALLASHUV VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI.
GLOBALLASHUV VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI. • Reja: 1. Axborot texnologiyalari globallashuvning o`ziga xos xususiyatlari. 2. Internet axborot globallashuvining o`ziga xos vositasi. 3. Jamiyat axborotlashuvining global tendentsiyalari. 4. Axborotlashgan jamiyatda global muammolarni hal qilish yo`llari.
• Bugungi kunda ―globallashuv so'zi eng ko'p ishlatiladigan tushunchalardan biri‖ • hisoblanadi. Bu bejiz emas, albatta. Zero, ushbu tushuncha inson va jamiyat hayoti rivojining hozirgi davridagi muhim xususiyatlarni, jumladan, tez sur‘atlar bilan o'zgarib borayotgan, kishilik sivilizatsiyasi bugungi kungacha boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o'ta shiddatli va murakkab bir voqelikni o'zida mujassam etadi. • Ayni paytda, kishilik jamiyati rivojida ustuvor bo'lib borayotgan mayllardan kelib chiqiladigan bo'lsa, insoniyatning istiqbolini ham tasavvur qilish imkonini beradi. Eng umumiy ma‘noda, globallashuv muayyan hodisa, jarayonning barcha mintaqalar, • davlatlar va butun Er yuzini qamrab olganini hamda ularning insoniyat taqdiriga daxldor ekanini • anglatadi. Globallashuv jarayonining hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy sababi esa, Prezidentimiz qayd etganlaridek, bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo„shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan chambarchas bog„lanib borayotganidadir. Biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmaydi.