logo

“Algoritmning asosiy xossalari” mavzusini o’qitishda an’anaviy va noan’anaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

324.03125 KB
Mavzu: “Algoritmning asosiy xossalari” mavzusini o’qitishda an’anaviy va
noan’anaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish.
Reja:
I. Kirish. 
II. Nazariy qism.
1. Pedagogikada an’anaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish.
2. “Algoritmning   asosiy   xossalari”   mavzusini   o’qitishda   an’anaviy   ta’lim
metodida darsni loyihalashtirish.
3. Noan’anaviy ta’lim yo’nalishlari.
III. Amaliy qism.
1. “Algoritmning   asosiy   xossalari”   mavzusini   o’qitishda   noan’anaviy   interfaol
metodlardan foydalanish
 “Zakovat” usuli
 “Mo’jizalar maydoni” usuli
 “Zukko haydovchi” usuli
IV. Xulosa.
V. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish.
XXI - asrda axborot texnologiyalari hayotimizning turli jabhalariga kirib borishi,
axborotlashgan   jamiyatning   shakllantirishga   zamin   yaratib   bermoqda.   "Internet",
"Elektron   pochta",   "Elektron   ta'lim",   "Elektron   boshqaruv",   "Elektron   hukumat",
"Masofaviy   ta'lim",   "Ochiq   ta'lim",   "Axborotlashgan   iqtisod"   kabi   tushunchalar
hayotimizga   kirib   kelishi   jamiyatimizning   axborotlashishiga   intensiv   ta'sir
ko’rsatmoqda.   Axborot   –   kommunikatsiyalari   orqali   mamlakatlarning   milliy   iqtisodi
globallashib,   axborotlashgan   iqtisod   shakliga   o’tmoqda,   ya’ni   milliy   iqtisoddagi
axborot va bilimlarning 90 % so’nggi 30 yil mobaynida yaratilgan bo’lib, ular hajmini
ko’payib borishi axborot-kommunikatsiyalaridan samarali foydalanishni talab etmoqda.
Ko’plab   mamlakatlar   o’zlarining   istiqboldagi   rivojlanishini   axborot
kommunikatsiyalari   asosida   yo’lga   qo’yishni   anglab   yetishgan.   Mustaqil   O’zbekiston
Respublikamizda   ham   jamiyatni   axborotlashtirish,   kompyuter   ilmini   o’qitishni
rivojlantirish bo’yicha Qonunlar qabul qilinib, ular asosida bir qator dastur va tadbirlar
amalga oshirib kelinmoqda.
Hozirgi   kunda   umumta’lim   maktablarida   informatika   va   axborot
texnologiyalarini     o’qitish   metodikasi   eng   muhim   omillardan   biri   hisoblanadi.
Umumta’lim   maktablardagi   o’quvchilarini   tarbiyalashda   va   ularni   kompyuter
savodxonligini   mukammal   o’rganishi   uchun   barcha   sharoitlar   mavjud.   Mutaxassislar
informatikani   o’qitish   sohasida   ulkan   ishlarni   bajarmoqdalar.   Barcha   sinflar   uchun
o’quv dasturlari yaratildi. Bilim, malaka, ko’nikmalarni o’quvchilarda namoyon qilish
maqsadida pedagogik texnologiyalar yaratilmoqda. Informatikani o’qitish jarayoni aniq
spetsifikani   talab   qiladi.   O’quvchilar   amaliy   tarzda   bilim   va   ko’nikmalarni   mustaqil
amaliyotda   qo’llay   boshlashlarini   rivojlantirish   talab   etadi.   Darsda   o’qituvchi   turli
metodik yondashish bilan o’quvchida bilim, malaka- ko’nikmalarni rivojlantirishi talab
etiladi. Birinchi navbatda o’qituvchi: 
a) O’qitishning metodik ma’nosini va maqsadini anglashi
b) O’qitishni ko’rgazmalilik asosida olib borishi 
c) O’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro munosabati hamda sinf o’quvchilarining
o’zaro munosabati va shu kabi jihatlarga e’tibor berishi lozim.  Bu   komponentlarning   har   biri   turli   metodik   yondashish   zahiralariga   egadir.
Darsni loyihalashda asosan o’qituvchidan turlicha metodik usullardan foydalanish talab
etiladi.
Ta’lim   –   boshqariladigan   jarayon   bo’lib,   uning   natijasi,   ko’p   jihatdan,   tayyorlangan
didaktik   loyihaga   bog’liq.   Didaktik   loyiha   esa   ta’lim   texnologiyasining   mahsulidir.
Talabalarning   bilish   faoliyatini   didaktik   loyihaga   ko’ra   boshqarish   ta’lim
texnologiyasining   pedagogik   asosi   sanaladi.   Har   qanday   jarayonning   boshlanishi   va
yakuni   mavjud   bo’lganidek,   didaktik   loyihani   amalga   oshirishning   ham   kirish   va
chiqish   nuqtalari   bor.   Ikki   nuqta   orasiga   juda   ko’p   nuqtalarni   joylashtirish   mumkin
bo’lganidek,   didaktik   loyihani   amalga   oshirish   ibtidosi   bilan   intihosigacha   bo’lgan
masofada   ta’limning   samarali   usullari,   vositalari   ko’p   topiladi.   Bu   yerda   ta’lim
texnologiyasi   eng   samarali   usul   bo’lib,   ta’limning   samarali   shaklini   tanlashda
o’qituvchiga   yordamga   keladi.   Ta’limni   texnologiyalashtirish   g’oyasi   yangilik   emas.
Bundan   400   yil   ilgari   chex   pedagogi   Yan   Amos   Komenskiy   ta’limni
texnologiyalashtirish g’oyasini ilgari surgan. U ta’limni “texnikaviy” qilishga uringan,
ya’ni hamma narsa nimaga o’qitilsa, muvaffaqiyatga ega bo’lsin.  Natijaga olib keluvchi
o’quv   jarayonini,   u   “didaktik   mashina”   deb   atagan.   Bunday   didaktik   mashina   uchun
aniq   qo’yilgan   maqsadlar;   bu   maqsadlarga   erishish   uchun,   aniq   moslashtirilgan
vositalar;   bu   vositalar   bilan   qanday   foydalanish   uchun,   aniq   qoidalarni   topish
muhimligini yozgan edi. 
Pedagogika   –   ta’lim-tarbiya   haqidagi   fan   sifatida   tarbiyaning   mohiyatini
tushunishini va uning qonuniyatlarini ochib berishi hamda shu orqali inson manfaatlari
tarbiya   jarayoniga   ta’sir   etishini   nazarda   tutadi.   Pedagog-o’qituvchi   darsning
maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashi uning ixtiyorida, chunki
uning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan. Bunda o’quvchilarning bilim
saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi, masalan:
natijaga erishish uchun film, tarqatma material, chizma yoki plakatlar, turli adabiyotlar,
axborot texnologiyalari bo’lishi mumkin, bular o’qituvchi va o’quvchiga bog’liq.
Ta’lim metodlari  va usullarini  tanlash  o’qituvchi tomonidan darsda hal  qilinishi
mo’ljallangan   masalaga   bog’liq   bo’ladi.   Ya’ni   yangi   materialni   bayon   etishda   bir   xil
metod   va   usul   qo’llanilsa,   uni   mustahkamlashda   boshqa   xil   usul,   mavzuni umumlashtirishda   yana   boshqa   xil   metodlar   qo’llaniladi.   Darsning   turli   bosqichlarida
puxta o’ylangan va samarali usullar va metodlarni tanlash juda muhimdir.
Pedagogika   fani   va   amaliyotida     turli   yondashuvlar     qo’llaniladi.   Bulardan   biri
an’anaviy yondashuv.
An’anaviy   yondashuv.   Uning     asosiy   xususiyati-o’qituvchi   ma’lum   axborotni,
gapirib beradi, tushuntiradi, o’quvchi  esa  bu bilimni  xotirasida saqlaydi.       O’quvchida
bilim   bor-yo’qligi   imtihonda   shu     axborotga   doir     berilgan
savolga     yoddan       bergan     javobiga qarab     aniqlanadi.         Bunda bilim degani asosan esda
qoldirishning     natijasidir,   u   ko ’ pin ch a   yuzaki   bo ’ l i shi   ham     mumkin.       Bunday   bilim
xotirada uzoq     saqlanmaydi. O’quvchi savol berilganda eslashi, ba’zan     eslay olmasligi
ham mumkin.
An’anaviy o’qitish metodlarini bilish manba’lari bo’yicha quyidagi uch guruhga
bo’linadi:
 Og’zaki   metodlar   (bilimlarni   so’z   bilan   bayon   qilish,   suhbat,   darslik
ma’lumotnoma va ilmiy adabiyotlar bilan ishlash).
 Ko’rsatmali metodlar (rasmlar, namoyishlar  (prezentatsiyalar) , kuzatishlar).
 Amaliy metodlar (mashqlar, lab o ratoriya ishlari).
An’anaviy ta’lim texnologiyalari asosida dars loyihasi.
Mavzu:   Algoritmning asosiy xossalari
Maqsad:
ta’limiy: O’quvchilarga algoritmning asosiy xossalarini o’rgatish;
tarbiyaviy: O’quvchilarga iqtisodiy tejamkorlik va estetik tarbiya berish;
rivojlantiruvchi:   o’quvchilarning   mantiqiy   fikrlash   va   algoritmlash   qobiliyatlarni
rivojlantirish.
Darsning borishi.
I. Tashkiliy davr
a) salomlashish;
b) davomatni aniqlash;
d) sinfni darsga tayyorlash.
II. Takrorlash. Algoritm deganda nimani tushunasiz?
Algoritm   so’zining   kelib   chiqish   tarixini   gapirib   bering.
Algoritm ijrochisi haqida nimalarni bilasiz?
Qanday ko’rsatmalarni ijrochi bajara olmaydi?
III. Yangi mavzuni o’rganish.
Avvalgi darsda algoritm va algoritm ijrochisi haqida so’z borgan edi. Endi algoritmning
asosiy xossalari bilan kengroq tanishtiramiz:
1.   Tushunarlilik .   Algoritm   ijrochiga   tushunarli   bo’lishi   uchun   ijrochining
imkoniyatlarini   bilish   lozim.   Agar   ijrochi   inson   bo’lsa,   u   holda   algoritm   insonning
imkoniyatlaridan kelib chiqib tuzilishi kerak. Bunda ko’zlangan maqsad va algoritmdan
kelib chiqib inson tushunadigan til, insonning bilimi, hayotiy tajribasi, kasbiy malakasi,
yoshi,   qolaversa,   jismoniy   imkoniyatlari   hisobga   oli nishi   zarur.   Agar   ijrochi   texnik
vosita   (masalan,   kompyuter,   elektron   soat,   dastgohlar)   bo’lsa,   u   holda   algoritm   shu
texnik vositaning imkoniyatlaridan kelib chiqib tuzilishi kerak.
Demak, berilayotgan har qanday ko’rsatma ijrochinining ko’rsatmalar sistemasidan oli -
nishi, ya’ni ijrochi uni qanday bajarishni bilishi kerak ekan.
2.   Aniqlik .   Algoritmdagi   barcha   amallar,   ko’rsatmalar   yoki   buyruqlar   bir   ma’noli   va
aniq   bo’lishi   kerak.   Masalan,   “ozgina   tuz   solinsin”   (   bir   osh   qoshiqmi   yoki   bir   choy
qoshiqmi   yoki   bir   piyolami?),   “ke ra gicha   suv   quyilsin”   (kerak   deganda   qancha   suv
nazarda tutildi: 1 litrmi, 100 litrmi, 1 tonnami?), “insho yozib kelinsin” (qaysi mavzuga
oid?) kabi ko’rsatmalar har xil (ko’pincha keraksiz) natijalarga olib keladi.
Bundan   shunday   xulosaga   kelamiz,   aniqlik   xossasiga   asosan   algoritm   ijrochisi
ko’rsatmalar  ketma-ketligini  mexa nik ravishda xatosiz bajaradi  va qo’shimcha izohlar
talab qilmaydi.
3.   Diskretlilik   (uzluklilik,   alohidalik) .   Algoritmda   masalani   yechish   jarayoni   alohida
olingan sodda ko’rsatmalar ketma-ketligini qadamma-qadam bajarishdan iborat bo’lishi
kerak.   Ya’ni   uni   chekli   sondagi   oddiy   ko‘rsatmalar   ketma-ketligi   shaklida   ifodalash
mumkin.   Agar   kuzatilayotgan   jarayonni   chekli   qadamlardan   iborat   qilib   qo’llay
olmasak, uni algoritm deb bo‘lmaydi.
4.   Natijaviylik   (cheklilik) .   Algoritmni tavsifida “biror maqsadga erishishga qaratilgan”
jumlasi  ishlatilgan. Bu maqsadni  yuqorida keltirilgan misollarda ko’rishimiz mumkin:
choy   damlash,   g’ishtlar   sonini   hisoblash,   yig’indini   hisoblash.   Bular algoritmning   natijaviylik   (cheklilik)   xossasi   bilan   bog’liq.   Bu   xossaning   mazmuni
shundan iboratki, har qanday algoritm ijrosi chekli qadamdan so‘ng oxir-oqibat ma’lum
bir yechimga olib kelishi kerak. Shuni ta’kidlash joizki, algoritm avvaldan ko‘zlangan
maqsadga   erishishga   olib   kelmasligi   ham   mumkin.   Bunga   ba’zan   algoritmning
noto‘g‘ri tuzilgani yoki boshqa xatolik sabab bo‘lishi ham mumkin. Ikkinchi tomondan,
qo‘yilgan   masala   ijobiy   yechimga   ega   bo‘lmasligi   ham   mumkin.   Lekin   salbiy   natija
ham   natija   deb qabul qilinadi.
1–misol.     kvadrat tenglama yechilsin.
Quyida   keltirilgan   “   ko‘rinishidagi   kvadrat   tenglamani   yechish”
algoritmini qo‘llab, tenglama yechimga ega emasligini aniqlaymiz. Bu ham natijadir.
1)   a ,   b ,   c   qiymatlar aniqlansin;
2) diskriminant:     hisoblansin;
3) agar   D
4) agar   D =   0 bo‘lsa, yagona yechim     ga teng deb olinsin va 6-bandga o‘tilsin;
5) birinchi yechim     ga, ikkinchi yechim     ga teng deb olinsin;
6) tugallansin.
E’tibor qilgan bo‘lsangiz diskriminantning noldan kichikligi, nolga tengligi tekshirildi,
ammo noldan kattaligi tekshirilmadi. Sababini o‘ylab ko‘ring!
Demak,   algoritm   doimo   chekli   qadamdan   iborat   bo‘lishi   va   biror   natija   berishi   kerak
ekan.
5.   Ommaviylik.   Biror masalani yechish algoritmi umumiy hollar uchun tuziladi, ya’ni
faqatgina   boshlang‘ich   ma’lumotlar   bilan   farqlanuvchi   bir   turdagi   masalalar   turkumi
uchun tuziladi.
Yuqoridagi   “   ko‘rinishidagi   kvadrat   tenglamani   yechish”   algoritmi
ixtiyoriy   a ,   b ,   c   sonlar   uchun   natija   beradi,   ya’ni   algoritmning   ommaviylik   xossasi
o‘rinlidir.
2–misol .   N   va   M   natural sonlarning eng katta umumiy bo‘luvchisi topilsin.
1) agar   N   =   M   bo‘lsa,   N   natija deb olinsin va 5 - bandga o‘tilsin;
2)   N   va   M   sonlarning kattasi aniqlansin;
3)   N   va   M   sonlarning kattasi o‘zi bilan kichik sonning ayirmasiga teng deb olinsin; 4) 1-bandga o‘tilsin;
5) tugallansin.
Xulosa   qilib   shuni   aytish   mumkin:   yuqoridagi   barcha   xossalar   bajarilganda
ko‘rsatmalar   ketma-ketligi   algoritm   bo‘ladi   va   biror   (ijobiy   yoki   salbiy)   natijaga   olib
keladi.
IV. Mustahkamlash
 Algoritmning qanday asosiy xossalari bor?
 Tushunarlilik   xossasi   bajariladigan   va   bajarilmaydigan   ko‘rsatmaga   misol
keltiring.
 Ko‘rsatmalar   ijrochiga   tushunarli   bo‘lishi   uchun   qanday   sistemadan   olinishi
kerak?
 Ijrochi algoritmni mexanik ravishda bajarishi uchun qanday xossa ahamiyatli?
 Algoritmning diskretlilik xossasini misollar asosida tushuntiring.
 Algoritmning natijaviylik xossasini misollar asosida tushuntiring.
 Natijaviylik   xossasi   bajarilmaydigan   ko‘rsatmalar   ketma-ketligiga   misol
keltiring.
Noan’anaviy   ta’lim   texnologiyasi   –   muayyan   muddatga   mo’ljallangan,   ta’lim
jarayoni   markazida   talaba   shaxsi   bo’lib,   o’qitishning   zamonaviy   shakli,   faol   o’qitish
metodlari   va   zamonaviy   didaktik   vositalarning   majmuini   ta’lim   –tarbiya   ishidan
ko’zlangan maqsad va kafolatlangan natijaga erishishga yo’naltirishdir.
Noan’anaviy   ta’lim   texnologiyasi   an’anaviy   ta’lim   texnologiyasidan   farq   qilib,
talabalarning   bilish   imkoniyatlarini   rivojlanishiga   sharoit   yaratadi,   mustaqil
ishlashlariga ohida e’tibor beriladi, bilish faoliyatlari izlanuvchan va ijodiy xarakterga
ega bo’ladi. Dars tuzilmasi o’zgaruvchan bo’ladi.
Noan’anaviy ta’lim texnologiyasi o’z navbatida uchga bo’linadi:
 Hamkorlikda o’rganish
 Modellashtirish
 Tadqiqot (Loyiha)  Hamkorlikda   o’qitishning   asosiy   g’oyasi   –   o’quv   topshiriqlarini   nafaqat
birgalikda bajarish, balki hamkorlikda o’qish o'rganishdir.   Hamkorlikda o’qitish har bir
talabani   kundalik  qizg’in  aqliy   mehnatga,  ijodiy   va  mustaqil   fikr   yuritishga   o’rgatish,
shaxs sifatida onglilik, mustaqillikni tarbiyalash, har bir talabada shaxsiy qadr himmat
tuyg’usini   vujudga   keltirish,   o’z   kuchi   va   qobiliyatiga   bo’lgan   ishonchni
mustahkamlash,   tahsil   olishda   mas’uliyat   hissini   shakllantirishni   ko’zda   tutadi.
Hamkorlikda   o’qitish   texnologiyasi   har   bir   talabaning   tahlil   olishdagi   muvafaqqiyati
guruh   muvafaqqiyatiga   olib   kelishini   anglagan   holda   mustaqil   va   sidqidildan   aqliy
mehnat   qilishga,   o’quv   topshiriqlarini   to’liq   va   sifatli   bajarishga   o’quv   materialini
puxta   o’zlashtirishga,   o’rtoqlariga   hamkor   bo’lib,   o’zaro   yordam   uyushtirishga   zamin
tayyorlaydi.
 Modellashtirish - bu o’qituvchi o’rganishga yangi kontseptsiya yoki yondashuvni
namoyish   etadigan   va   o’quvchilar   kuzatish   orqali   o’rganadigan   ta’lim   strategiyasidir.
Tadqiqotlar   shuni   ko’rsatdiki,   modellashtirish   samarali   ta’lim   strategiyasi   bo’lib,   u
talabalarga   o’qituvchining   fikrlash   jarayonlarini   kuzatish   imkonini   beradi.   Ushbu
turdagi   ko’rsatmalardan   foydalanib,   o’qituvchilar   o’quvchilarni   o’rganishni
rag’batlantiradigan   muayyan   xatti-harakatlarga   taqlid   qilishga   jalb   qiladilar.
Modellashtirish - bu o’qituvchi yangi tushuncha yoki yondashuvni ko’rsatadigan ta’lim
strategiyasidir.  T alabalar kuzatish va o ’ rganish qaydlarini tuzish orqali o ’ rganadilar.
 Hozirgida   ta’lim   jarayonida   innovatsion   texnologiyalardan,
jahon     pedagogikasining ilg’or metodlaridan samarali foydalanish dolzarb masalalardan
bo’lib,   loyiha   metodi   ta’lim   ilg’or   usullarini   o’zida   mujassamlashtirgan.   Loyiha
metodidan informatika fani o’qituvchisi o’quv mashg’uloti jarayonida     mavjud tajribani
o’zlashtirish   va   ta’limning   barcha   bosqichlarida   qo’llashdek   muhim   vazifa
turadi.   Loyihalash   -   oldindagi faoliyat modelini tuzish, mavjud sharoitlarda o’rnatilgan
vaqt   mobaynida   yo’l   va   vositalarni   tanlash   uchun,   maqsadga   erishish   bosqichlarini
ajratish, ular uchun alohida vazifalarni shakllantirish, o’quv axborotini etkazish vositasi
va   yo’llarini   aniqlash   usulidir.       O’quv   loyihalar   usuli   ta’lim   beruvchining   ta’lim
oluvchilarga   muammoni,   faraz,   vazifalarni   ifodalashda   yordam   beradi   va   tezkor
boshqaradi.   O’quv   l oyiha   faoliyatida   o’quvchilarda   tadqiqotchilik,   ijodiy,   o’yin,
axborot izlanish   faoliyatlarini qamrab olib,   ijtimoiy ehtiyoj qiziqishlar hisobga ol in adi,
natijaga aniq yo’naltiriladi. Har   bir   o’qitish   metodining   o’z   vazifasi   bor.   O’qitish   metodlari   rag’batlantiruvchi
(motivlashgan),   ta’limiy,   tarbiyaviy   va   kamol   toptiruvchi   umumpedagogik   vazifalarni
bajaradi.
Bugungi   kunda   o‘quvchining   mustaqil   o’zlashtirishi,   bilim   olishi   va   idrok   etishi
uchun sharoit yaratmasdan turib, ko‘zlangan maqsadga erishish, o‘qitish muammolarini
hal   etish   mumkin   emas.   Zamonaviy   o’qituvchining   vazifasi   maktab   o’quvchilariga
bilim   berishgina   emas,   balki   motivatsiya   yaratish   va   o’zini   o’zi   tarbiyalash   uchun
ko’nikmalar   to’plamini   shakllantirishdir.   Albatta,   o‘qituvchi   yordamisiz   o‘quvchiga
hech   qanday   mahorat   kelmaydi.   Bu   o’quvchining   shaxsiy   shakllanishiga   va   uning
rivojlanishiga olib keladi. Ta’limning interfaol usullari o’qituvchiga o’quvchilarni dars
bilan   qiziqtirishga,   ularni   faol   ishtirok   etishga,   natijalarga   erishishga   va   jamoaviy
ishlashga undashga yordam beradi.
“ZAKOVAT” USULI
                  Zakovat     usuli   asosan   darsni   o‘tilgan   mavzuni   takrorlash   hamda   darsni
mustahkamlash   qismlarida   o‘tkaziladi.     Bu   usul   o‘quvchilarni   mustaqil   fikrlashga,
tezkorlik   bilan   javob     berishga   undaydi.   O’quvchining   fanga   bo’lgan   qiziqishini
oshiradi.   Bu   usul   o‘quvchilarning   o‘tilgan   mavzuni   qay   darajada   o‘zlashtirganligini
aniqlashda   ham   yordam   beradi.   Zamonaviy   o’qituvchi   kompyuterning   amaliy
dasturlarida   ishlashni   mukammal   bilishi   lozim.   Zakovat   usuli     “Zakovat”   intellektual
o’yiniga   o’xshab   ketadi.   Bu   usul   Power   Point   dasturida   tayyorlanadi.   Baraban    
o’quvchi tomonidan bosiladi.
Strelka qaysi savolga borib to’xtasa o’sha savol ochiladi. Savollar:
1. Algoritm deb nimaga aytiladi? (Algoritm d е b, masalani   е chish uchun bajarilishi
lozim   bo‘lgan   amallar   k е tma-k е tligini   aniq   tavsiflaydigan   qoidalar   tizimiga
aytiladi)
2. Algoritmlar   berilishi   va   ifodalanishiga   qarab   qanday   turlarga   bo’linadi?
(Algoritmlar   berilishi   va   ifodalanishiga   qarab:   chiziqli,   tarmoqlanuvchi   va
takrorlanuvchi turlarga bo‘linadi)
3. Algoritm so‘zi qaysi olim nomi bilan bog‘liq? ( Al- Xorazmiy)
4. Algoritmning berilish usullari qanday? ( matn, formula, jadval ,dastur, algoritmik
til,blok-sxema)
5. Algoritmning asosiy xossalarini aytib bering.
6. Tushunarlilik xossasiga oid misol keltiring. 
7. Algoritmning diskretlilik xossasi mohiyatini tushuntirib bering.
8. Algoritmning natijaviylik xossasiga oid misollar keltiring.
9. Qanday algoritmlarga chiziqli algoritmlar deyiladi?
10. Chiziqli algoritmlar blok-sxemasi qanday tuzilishga ega?
11. Qanday algoritmlarga tarmoqlanuvchi algoritmlar deyiladi?
12.   Algoritmda   belgilangan   buyruq   yoki   ko’rsatmalarni   bajarishga   qodir   mavhum
(abstrakt)   yoki   moddiy   (texnik,   biologik   yoki   biotexnik)   tizim?   (Algoritm
ijrochisi)
 
“ MO’JIZALAR MAYDONI ”  USULI Mo’jizalar   maydoni   usuli   o‘quvchini   tez   idrok   qilish   va   xozirjavoblikka
chorlaydigan   usuldir.   Yangi   mavzuni   o‘tishda   o‘quvchilar   bilimini   sinashda   bu   usul
qiziqarliligi,   tafakkur   va   xotirani   o‘stirishi   bilan   ajralib   turadi.   Bu   usulda   javob   so’z
kataklarda   yashiringan   holda   chiqadi,   keyin   savol   chiqadi.   Agar   o’quvchi   so’zni   topa
olmasa, javob so’zning    birinchi harfi ochiladi. So’z topilgandan keyin o’quvchi qarsak
bilan olqishlanadi. Shu tariqa savollar o’quvchilarga ketma-ket beriladi.
i i
Algoritmning asosiy xossalaridan biri (aniqlik)
a m ch
Algoritmning ifodalanishiga ko’ra turlaridan biri (tarmoqlanuvchi)
“ZUKKO HAYDOVCHI” USULI
                  Bu   interfaol   usulni   amaliyotda   qo‘llashdan   maqsad,   dars   jarayonida
o‘quvchilarning   mantiqiy   fikrlashini   tarkib   toptirish   va   ularning   bilim   olishga
qiziqtirish hisoblanadi. 
Jadvalga   o’tilgan   va   yangi   mavzu   bo’yicha     5   ta   termin   ketma   –ket   shaklda
joylashtirilgan.   Masalan,   masalani   y е chish   uchun   bajarilishi   lozim   bo‘lgan   amallar
k е tma-k е tligini   aniq   tavsiflaydigan   qoidalar   tizimi   (algoritm),   algoritmning
xossalaridan   biri   (aniqlik),   (tushunarlilik),   va   hokazo.     Sohaga   bog’lab   mashina
joylashtirilgan. Mashinadagi jihozni manzilga yetkazish uchun    o’quvchidan jadvaldagi
5   ta   terminni     yo’l   shaklida   chizilib   topilishi   talab   etiladi.   O’quvchining   to’g’ri
bajarganligini   tekshirish  uchun  Power   Point   dasturida  so’zlarning ustiga  yo’l  shaklida
chiziq   qo’yilib   chiqiladi   va     animatsiya   (harakat)     bilan   manzilga   yetkaziladi.
Avtomobilga   ham   harakatli   animatsiya   va   avtomobil   tovushi   qo’yilib,   chiziqlardan
iborat yo’ldan avtomobil harakatlanib manzilga yetib boradi. 
a l g o r t m a h h
u r e w e d g n g b
g f g h j k l i o u n a u t k i l q g h
j s s
h r t y u i o p
u x u g h j k l m n
g c n z x c v b n m
n v a q w e r y u i
m b r l i l i k n y
m n a s d f g h a g
n m g j k l c v t j
k i l y i v a j i k
o m m a v i y l i k
XULOSA
Interfaol usularni qo’llaganda bellashuv, raqobat, tortishuv o’quvchilar ruhiyatini
intellektual faolligiga kuchli ta'sir etadi. Bunda o’quvchilar uyushgan holda muammoni
yechishni izlaganlarida namoyon bo'ladi. Bundan tashqari, shunday psixologik omillar
ta'sir   qiladigan,   atrofdagilar   tomonidan   bildirilgan   har   qanday   fikrga   o'zining   shunga
o'xshash, yaqin yoki aksincha mutlaqo qarama-qarshi fikr bildirishga da'vat etadi.
Bunday mashg'ulotlar vaqtida o'qituvchidan ancha ko'p ijodkorlik va faollik talab
etiladi.   Interfaol   usul   nafaqat   ta'limda   balki,   tarbiyada   ham   ayniqsa   yaxshi   natija keltiradi,   ilmiy   nuqtayi   nazardan   qaraganda   o'qituvchi   muhokamaga   ta'sir   qilganda
nafaqat   fikr   bildiradi,   balki   muammoga   o'zining   shaxsiy   munosabatini,   axloqiy
mavqeyi va dunyoqarashini bildiradi. O’quvchilar bahsida o'qituvchini ishtiroki turlicha
bo’lishi   mumkin.   Lekin   har   qanday   holatda   ham   o'zini   fikrini   o'tkazmasligi   kerak.
Yaxshisi  bahsni  boshqarishda   yaxshilab  hisoblab  chiqilgan  usul, sermahsul   fikrlashni,
yechimini topishda ijodiy izlanuvchanlikni talab etuvchi yoki muammoli savol qo'yish
orqali boshqarish lozim. 
Shu   tartibda,   interfaol   o'qitish   usuli,   o’quvchilarning   hamkorlikdagi   faoliyati
o'qituvchining   bahslardagi   ishtiroki   tufayli   dars   jarayonini   nafaqat   hamkorlikdagi
faoliyati         bo'ladi,   balki   shaxsning   ijtimoiy   munosabatlarining   real   ijodiy   sermahsul
faoliyatiga   aylanadi.   O'qishdagi   hamkorlik   o'z-o'zidan   o’quvchilar   tomonidan
o'zlashtirilgan   bilim,   to'g'ridan-to'g'ri   ularning   ichki   dunyosiga   ta'sir   etadi   va   dars
jarayonini asosiy tarbiyaviy funksiyasi hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. D.   Tojiboyeva,   A.Yo’ldoshev   “Maxsus   fanlarni   o’qitish   etodikasi”   Toshkent
2009
2. O’qitish metodlari va ularning tasnifi. “arxiv.uz” internet sayti.

Mavzu: “Algoritmning asosiy xossalari” mavzusini o’qitishda an’anaviy va noan’anaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish. Reja: I. Kirish. II. Nazariy qism. 1. Pedagogikada an’anaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish. 2. “Algoritmning asosiy xossalari” mavzusini o’qitishda an’anaviy ta’lim metodida darsni loyihalashtirish. 3. Noan’anaviy ta’lim yo’nalishlari. III. Amaliy qism. 1. “Algoritmning asosiy xossalari” mavzusini o’qitishda noan’anaviy interfaol metodlardan foydalanish  “Zakovat” usuli  “Mo’jizalar maydoni” usuli  “Zukko haydovchi” usuli IV. Xulosa. V. Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish. XXI - asrda axborot texnologiyalari hayotimizning turli jabhalariga kirib borishi, axborotlashgan jamiyatning shakllantirishga zamin yaratib bermoqda. "Internet", "Elektron pochta", "Elektron ta'lim", "Elektron boshqaruv", "Elektron hukumat", "Masofaviy ta'lim", "Ochiq ta'lim", "Axborotlashgan iqtisod" kabi tushunchalar hayotimizga kirib kelishi jamiyatimizning axborotlashishiga intensiv ta'sir ko’rsatmoqda. Axborot – kommunikatsiyalari orqali mamlakatlarning milliy iqtisodi globallashib, axborotlashgan iqtisod shakliga o’tmoqda, ya’ni milliy iqtisoddagi axborot va bilimlarning 90 % so’nggi 30 yil mobaynida yaratilgan bo’lib, ular hajmini ko’payib borishi axborot-kommunikatsiyalaridan samarali foydalanishni talab etmoqda. Ko’plab mamlakatlar o’zlarining istiqboldagi rivojlanishini axborot kommunikatsiyalari asosida yo’lga qo’yishni anglab yetishgan. Mustaqil O’zbekiston Respublikamizda ham jamiyatni axborotlashtirish, kompyuter ilmini o’qitishni rivojlantirish bo’yicha Qonunlar qabul qilinib, ular asosida bir qator dastur va tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Hozirgi kunda umumta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalarini o’qitish metodikasi eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Umumta’lim maktablardagi o’quvchilarini tarbiyalashda va ularni kompyuter savodxonligini mukammal o’rganishi uchun barcha sharoitlar mavjud. Mutaxassislar informatikani o’qitish sohasida ulkan ishlarni bajarmoqdalar. Barcha sinflar uchun o’quv dasturlari yaratildi. Bilim, malaka, ko’nikmalarni o’quvchilarda namoyon qilish maqsadida pedagogik texnologiyalar yaratilmoqda. Informatikani o’qitish jarayoni aniq spetsifikani talab qiladi. O’quvchilar amaliy tarzda bilim va ko’nikmalarni mustaqil amaliyotda qo’llay boshlashlarini rivojlantirish talab etadi. Darsda o’qituvchi turli metodik yondashish bilan o’quvchida bilim, malaka- ko’nikmalarni rivojlantirishi talab etiladi. Birinchi navbatda o’qituvchi: a) O’qitishning metodik ma’nosini va maqsadini anglashi b) O’qitishni ko’rgazmalilik asosida olib borishi c) O’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro munosabati hamda sinf o’quvchilarining o’zaro munosabati va shu kabi jihatlarga e’tibor berishi lozim.

Bu komponentlarning har biri turli metodik yondashish zahiralariga egadir. Darsni loyihalashda asosan o’qituvchidan turlicha metodik usullardan foydalanish talab etiladi. Ta’lim – boshqariladigan jarayon bo’lib, uning natijasi, ko’p jihatdan, tayyorlangan didaktik loyihaga bog’liq. Didaktik loyiha esa ta’lim texnologiyasining mahsulidir. Talabalarning bilish faoliyatini didaktik loyihaga ko’ra boshqarish ta’lim texnologiyasining pedagogik asosi sanaladi. Har qanday jarayonning boshlanishi va yakuni mavjud bo’lganidek, didaktik loyihani amalga oshirishning ham kirish va chiqish nuqtalari bor. Ikki nuqta orasiga juda ko’p nuqtalarni joylashtirish mumkin bo’lganidek, didaktik loyihani amalga oshirish ibtidosi bilan intihosigacha bo’lgan masofada ta’limning samarali usullari, vositalari ko’p topiladi. Bu yerda ta’lim texnologiyasi eng samarali usul bo’lib, ta’limning samarali shaklini tanlashda o’qituvchiga yordamga keladi. Ta’limni texnologiyalashtirish g’oyasi yangilik emas. Bundan 400 yil ilgari chex pedagogi Yan Amos Komenskiy ta’limni texnologiyalashtirish g’oyasini ilgari surgan. U ta’limni “texnikaviy” qilishga uringan, ya’ni hamma narsa nimaga o’qitilsa, muvaffaqiyatga ega bo’lsin. Natijaga olib keluvchi o’quv jarayonini, u “didaktik mashina” deb atagan. Bunday didaktik mashina uchun aniq qo’yilgan maqsadlar; bu maqsadlarga erishish uchun, aniq moslashtirilgan vositalar; bu vositalar bilan qanday foydalanish uchun, aniq qoidalarni topish muhimligini yozgan edi. Pedagogika – ta’lim-tarbiya haqidagi fan sifatida tarbiyaning mohiyatini tushunishini va uning qonuniyatlarini ochib berishi hamda shu orqali inson manfaatlari tarbiya jarayoniga ta’sir etishini nazarda tutadi. Pedagog-o’qituvchi darsning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashi uning ixtiyorida, chunki uning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan. Bunda o’quvchilarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi, masalan: natijaga erishish uchun film, tarqatma material, chizma yoki plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyalari bo’lishi mumkin, bular o’qituvchi va o’quvchiga bog’liq. Ta’lim metodlari va usullarini tanlash o’qituvchi tomonidan darsda hal qilinishi mo’ljallangan masalaga bog’liq bo’ladi. Ya’ni yangi materialni bayon etishda bir xil metod va usul qo’llanilsa, uni mustahkamlashda boshqa xil usul, mavzuni

umumlashtirishda yana boshqa xil metodlar qo’llaniladi. Darsning turli bosqichlarida puxta o’ylangan va samarali usullar va metodlarni tanlash juda muhimdir. Pedagogika fani va amaliyotida turli yondashuvlar qo’llaniladi. Bulardan biri an’anaviy yondashuv. An’anaviy yondashuv. Uning asosiy xususiyati-o’qituvchi ma’lum axborotni, gapirib beradi, tushuntiradi, o’quvchi esa bu bilimni xotirasida saqlaydi. O’quvchida bilim bor-yo’qligi imtihonda shu axborotga doir berilgan savolga yoddan bergan javobiga qarab aniqlanadi. Bunda bilim degani asosan esda qoldirishning natijasidir, u ko ’ pin ch a yuzaki bo ’ l i shi ham mumkin. Bunday bilim xotirada uzoq saqlanmaydi. O’quvchi savol berilganda eslashi, ba’zan eslay olmasligi ham mumkin. An’anaviy o’qitish metodlarini bilish manba’lari bo’yicha quyidagi uch guruhga bo’linadi:  Og’zaki metodlar (bilimlarni so’z bilan bayon qilish, suhbat, darslik ma’lumotnoma va ilmiy adabiyotlar bilan ishlash).  Ko’rsatmali metodlar (rasmlar, namoyishlar (prezentatsiyalar) , kuzatishlar).  Amaliy metodlar (mashqlar, lab o ratoriya ishlari). An’anaviy ta’lim texnologiyalari asosida dars loyihasi. Mavzu: Algoritmning asosiy xossalari Maqsad: ta’limiy: O’quvchilarga algoritmning asosiy xossalarini o’rgatish; tarbiyaviy: O’quvchilarga iqtisodiy tejamkorlik va estetik tarbiya berish; rivojlantiruvchi: o’quvchilarning mantiqiy fikrlash va algoritmlash qobiliyatlarni rivojlantirish. Darsning borishi. I. Tashkiliy davr a) salomlashish; b) davomatni aniqlash; d) sinfni darsga tayyorlash. II. Takrorlash.

Algoritm deganda nimani tushunasiz? Algoritm so’zining kelib chiqish tarixini gapirib bering. Algoritm ijrochisi haqida nimalarni bilasiz? Qanday ko’rsatmalarni ijrochi bajara olmaydi? III. Yangi mavzuni o’rganish. Avvalgi darsda algoritm va algoritm ijrochisi haqida so’z borgan edi. Endi algoritmning asosiy xossalari bilan kengroq tanishtiramiz: 1. Tushunarlilik . Algoritm ijrochiga tushunarli bo’lishi uchun ijrochining imkoniyatlarini bilish lozim. Agar ijrochi inson bo’lsa, u holda algoritm insonning imkoniyatlaridan kelib chiqib tuzilishi kerak. Bunda ko’zlangan maqsad va algoritmdan kelib chiqib inson tushunadigan til, insonning bilimi, hayotiy tajribasi, kasbiy malakasi, yoshi, qolaversa, jismoniy imkoniyatlari hisobga oli nishi zarur. Agar ijrochi texnik vosita (masalan, kompyuter, elektron soat, dastgohlar) bo’lsa, u holda algoritm shu texnik vositaning imkoniyatlaridan kelib chiqib tuzilishi kerak. Demak, berilayotgan har qanday ko’rsatma ijrochinining ko’rsatmalar sistemasidan oli - nishi, ya’ni ijrochi uni qanday bajarishni bilishi kerak ekan. 2. Aniqlik . Algoritmdagi barcha amallar, ko’rsatmalar yoki buyruqlar bir ma’noli va aniq bo’lishi kerak. Masalan, “ozgina tuz solinsin” ( bir osh qoshiqmi yoki bir choy qoshiqmi yoki bir piyolami?), “ke ra gicha suv quyilsin” (kerak deganda qancha suv nazarda tutildi: 1 litrmi, 100 litrmi, 1 tonnami?), “insho yozib kelinsin” (qaysi mavzuga oid?) kabi ko’rsatmalar har xil (ko’pincha keraksiz) natijalarga olib keladi. Bundan shunday xulosaga kelamiz, aniqlik xossasiga asosan algoritm ijrochisi ko’rsatmalar ketma-ketligini mexa nik ravishda xatosiz bajaradi va qo’shimcha izohlar talab qilmaydi. 3. Diskretlilik (uzluklilik, alohidalik) . Algoritmda masalani yechish jarayoni alohida olingan sodda ko’rsatmalar ketma-ketligini qadamma-qadam bajarishdan iborat bo’lishi kerak. Ya’ni uni chekli sondagi oddiy ko‘rsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash mumkin. Agar kuzatilayotgan jarayonni chekli qadamlardan iborat qilib qo’llay olmasak, uni algoritm deb bo‘lmaydi. 4. Natijaviylik (cheklilik) . Algoritmni tavsifida “biror maqsadga erishishga qaratilgan” jumlasi ishlatilgan. Bu maqsadni yuqorida keltirilgan misollarda ko’rishimiz mumkin: choy damlash, g’ishtlar sonini hisoblash, yig’indini hisoblash. Bular