logo

Boshlang’ich ta’lim fanlarini o’qitishda pedagogik mahoratning ahamiyati

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

66.1748046875 KB
Boshlang’ich ta’lim fanlarini o’qitishda pedagogik mahoratning ahamiyati
REJA :
1. О`qituvchilik kasbining jamiyatda tutgan o`rni
2. Pedagogik mahorat tushunchasi 
3. Pedagogik ta’sir vositalari haqida umumiy tushuncha.
4. Pedagogik texnika tushunchasi va uning tuzilishi
5. O’qituvchi nutqi - pedagogik mahorat ko’zgusi sifatida Inson paydo bo`libdiki, tarbiya jarayoni mavjud, tarbiya paydo bo`lgan vaqtdan
beri   pedagogik   faoliyat   uzluksiz   davom   etib   kelmoqda.   O`qituvchilik,   tarbiyachilik
kasbi barcha ijtimoiy tuzumlarda sharafli hamda o`ta mas`uliyatli, qiyin va murakkab
kasb hisoblangan.
Mustaqil   O`zbekistonimizda   uzluksiz   ta`lim   tizimining   isloh   qilinishi,   ya`ni
ta`lim standartlari asosida ta`lim va tarbiya jarayonini qayta tashkil etishga kirishilgan
hozirgi   kunda   o`qituvchi   faoliyatiga   uning   pedagogik   mahoratiga   alohida   e`tibor
berilmoqda.
Mamlakatimizda   o`qituvchi     faoliyatiga,   uning   kasbiy   nufuzini   oshirishga
bog’liqdir.   Shunday   ekan,   sog’lom,   har   tomonlama   barkamol   avlodni   yetishtirish
uzluksiz  ta`lim   tizimida  mehnat   qilayotgan  pedagogning  saviyasiga,   tayyorgarligiga
va   fidoyiligiga,   yosh     avlodni   o`qitish   va   tarbiyalash   ishiga   bo`lgan   munosabatiga
bog’liqdir. O`qituvchi jamiyatning ijtimoiy topshirig’ini bajaradi. Shunday ekan, har
tomonlama yetuk mutaxassislarni tayyorlashda o`qituvchi muayyan ijtimoiy-siyosiy,
pedagogik talablarga javob berishi lozim. O`qituvchi mustaqillik g’oyasiga e`tiqodli,
har tomonlama rivojlangan, ilmiy tafakkuri, kasbiga tegishli ma`lumoti bor ya`ni o`z
fanining   chuqur   bilimdoni,   pedagogik   muloqot   ustasi,   pedagogik-psixologik   va
uslubiy   bilim   va   malakalarni   egallagan   bo`lishi   hamda   turli   pedagogik   vaziyatlarni
tezda aniqlay bilishi, o`rganishi va baholay olishi zarur. 
Bugun   pedagogning   ma`naviyati,   mafkuraviy   e`tiqodi   va   o`quv     jarayonini
yaxshi bilishi katta ahamiyatga ega. 
Birinchidan, pedagog jamiyatning fuqarosi sifatida o`z mavqei   va faol o`rnini
o`quvchilarga namoyish eta olishi lozim. Xususan, uning jamiyat va o`z  jamoasidagi
o`rni,   tanlagan   kasbi,   o`qitayotgan   predmeti   bo`yicha   chuqur   bilimga   ega   bo`lishi,
talab va qoidalarga amal qilishi, me`yor va qonunlarni hurmat qilishi  lozim.
Ikkinchidan,   pedagogning   e`tiqodi   va   bilimdonligi   uning   yangi   bilimlar,   o`zi
tanlagan sohasidagi yangiliklarga nisbatan qiziqishida namoyon bo`ladi.
       Uchinchidan, e`tiqodli va bilimdon pedagog o`ziga xos fikrlash tarzi bilan
ajralib   tura   olishi   shart.   Chunki,   yoshlar   Shunday   noyob,   qaytarilmas,   andozasiz
fikrlash   sharoitidagina   mustaqil   fikrlashga   o`rganadilar   va   fanni   boshqa   fanlardan ajrata oladilar.
Bugungi   pedagogdan   yangicha   fikrlash,   yangicha   munosabatlar   talab   etilar
ekan. Uning bilimdonligi  darajasi masalasi ham o`ta muhim.
Bular quyidagilar:
- Ijtimoiy bilimdonlik
Dars  mobaynida sinf bilan samarali o`zaro muomala shaklini tashkil eta olish,
yoshlar bilan til toptirish  va sog’lom ma`naviy muhitni hosil qila olish qobiliyati.
- Uslubiy bilimdonlik
Barcha     bilimlarini,   ko`rgan-kechirganlarni   yoshlarga   tushunarli,   ravon   tilda
yetkaza olishi, ta`lim texnologiyasi va  metodlaridan boxabarlik qobiliyati.
- Kasbiy bilimdonlik
O`z fanini va predmeti sohasi bo`yicha chuqur va har tomonlama mukammal
bilimlariga ega bo`la olishi, o`z ustida ishlash qobiliyati.
Amaliyotda   eng   obro`li,   bilimdon   pedagoglar   birinchi   navbatda     insoniy
bilimdonlik   sohiblari   bo`lishadi   va   shundaylarni   o`quvchilar   yaxshi   qabul   qilishadi.
Chunki zamonaviy o`quvchi ko`plab ma`lumotlarga ega, uning psihologiyasi, talab-
takliflarini aniq bilib til topisha olgan shaxsgina pedagogik jarayonda katta yutuqlarga
erishadi.
Buyuk   mutafakkir   shoir   Alisher   Navoiy   aytganidek,   «Muallimning
maqsadi   mansab   uchun   kurash   bo`lmasligi,   bilmagan   ilmlarini
aytmasligi,   o`zini   ko`rsatish   uchun   dars   bermasligi,   ochko`zlik   va   johillik
qilib,   quruq   gap   sotmasliklari,   g’avg’o     ko`tarmasliklari   lozim».   U
muallimlikni olijanob va faxrli kasb deb hisoblaydi. Shu sababdan bo`lsa
kerak:
Haq yo`lida  kim senga bir harf o`qitmish ranj ila,
Aylamak bo`lmas oning xaqqin ado ming ranj ila.
Pedagogik   mahorat   egasi   oz   mehnat   sarf   qilib,   katta   natijaga   erishadi,   o`z
ishining natijasi bilan  mo`jizalar yaratadi, ijodkorlik uning hamisha hamkori bo`ladi.
Pedagogik   ishga   qobiliyatli,   iste`dodli   kishidagina   pedagogik   mahorat   bo`lishi mumkin.
O`qituvchining qobiliyatlari
Qobiliyat   malaka   va   uddaburonlikdan   farq   qiladi.   Malaka     va   uddaburonlik
mashq, o`qish natijasi hisoblansa, qobiliyatning rivojlanishi uchun esa yana iste`dod,
layoqat va zehn, ya`ni inson nerv tizimida anatomo-fiziologik hususiyat bo`lishi ham
zarur.
Pedagogik   faoliyatning   samarali   bo`lishi   uchun   o`qituvchida   qobiliyatning
quyidagi turlari mavjud bo`lmog’i lozim:
1. Bilish   qobiliyati .   -   Bunday   qobiliyatga   ega   bo`lgan   o`qituvchi   fanni   o`quv   kursi   hajmidagina   emas,   balki
ancha keng va chuqurroq biladi, o`z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi, materialni ipidan ignasigacha
biladi, unga nihoyatda qiziqadi, ilmiy tadqiqot ishlarini ham bajaradi.
2. Tushunt ira   olish   qobiliyat i   -   o`quv   materialini   o`quvchilarga
tushunarli   qilib   bayon   eta   olish,   o`quvchilarda   mustaqil   ravishda   to`g’ri
fikrlashga   qiziqish   uyg’otish   qobiliyati.   O`qituvchi   zarur   hollarda     o`quv
materialini o`zgartira olishi, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy,
noaniq narsani tushunarli qilib o`quvchilarga etkaza olishi lozim.
Qobiliyatli pedagog o`quvchilarning bilim va kamolot darajasini hisobga oladi,
ularni nimani bilishlari va hali nimani  bilmasliklarini, nimani unutib qo`yganliklarini
tasavvur   etadi.   Qobiliyatli,   tajribali   o`qituvchi   o`zini   o`quvchining   o`rniga   qo`ya
oladi, u kattalarga aniq va tushunarli bo`lgan narsalarning o`quvchilarga tushunilishi
qiyin va mavxum bo`lishi ham mumkinligiga asoslanib ish tutadi. Shuning uchun u
bayon etishning shaklini alohida rejalashtiradi.
3. Kuzatuvchanlik qobiliyati . - o`quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy
holatlarini   juda   yaxshi     tushuna   bilish   bilan   bog’lik   bo`lgan     psixologik
kuzatuvchanlik.   Bunday   o`qituvchi   kichkinagina   alomatlar,   uncha   katta   bo`lmagan
tashqi   belgilar   asosida   o`quvchining   ruhiyatidagi   ko`z   ilg’amas   o`zgarishlarni   ham
faxmlab   oladi.   O`quvchilar   bunday   o`qituvchi   haqida:   «Qaramayotganga
o`xshaydiyu, hamma narsani ko`rib turadi!», «O`quvchining xafa   bo`lganligini yoki
dars tayyorlamayotganligini ko`zidan biladi!» - deydilar. 4.   Nutq qobiliyati -nutq yordamida, shuningdek, imo-ishora vositasida o`z fikr
va tuyg’ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyati. 
O`qituvchining   nutqi   darsda   hamisha   o`quvchilarga   qaratilgan   bo`ladi.
O`qituvchi yangi materialni tushuntirayotgan, o`quvchining javobini tahlil qilayotgan
yoki   qoralayotgan   bo`lsa   ham,   uning   nutqi   hamisha   o`zining   ichki   kuchi,   ishonchi,
o`zi gapirayotgan narsaga qiziqayotganligi bilan ajralib turadi. 
O`qituvchining     bayoni   o`quvchilar   fikri     va   diqatini     maksimal   darajada
faollashtirishga   qaratiladi,   savollar   qo`yib,   ularni   asta-sekin   to`g’ri   javob   berishga
undaydi, o`quvchining diqqatini kuchaytiradi hamda fikrini faollashtiradi. («Mana bu
yerga alohida e`tibor bering!», «o`ylab ko`ring!» kabi). Shuningdek, o`rinli qochiriq,
hazil,   yengilgina   istehzo   nutqni     jonlantirib   yuboradi   va   uni   o`quvchilar   tez
o`zlashtiradilar.
O`qituvchining   nutqi   aniq,   jonli,   obrazli,   talaffuz   jihatdan   erkin,   ifodali,
emotsional   bo`lib,   unda   stilistik,   grammatik,   fonetik   nuqsonlar   uchramasligi   lozim.
Ayrim o`quvchilar tez gapirishga, boshqalari sekin gapirishga moyil bo`ladilar. Biroq
o`quvchilarning   o`zlashtirishlari   uchun   o`rtacha,   jonli   nutq   yaxshi   natija   berishini
esdan chiqarmaslik lozim. Shoshqaloqlik materialni o`zlashtirishga halaqit beradi va
bolalarni   tez   charchatib   qo`yadi.   Haddan   tashqari   sekin   nutq   lanjlik   va   zerikishga
sabab   bo`ladi.   Haddan   tashqari     keskin   va   baqiroq   nutq   o`quvchilarning   asabini
buzadi, tez toliqtirib qo`yadi. O`qituvchining zaif ovozi yomon eshitiladi. Nihoyatda
ko`p   takrorlanadigan   bir   xildagi   imo-ishoralar   va   harakatlar   kishining   g’ashini
keltiradi.
5. Tashkilotchilik     qobiliyati -birinchidan,   o`quvchilar   jamoasini   uyushtirish,
jipslashtirish,   muhim   vazifalarni   hal   etishga   ruhlantirishni,   ikkinchidan,   o`z   ishini
uyushtirishni nazarda tutadi.
O`z   ishini   tashkil   etish   deganda   ishni   to`g’ri   rejalashtira   olish   va   uni   nazorat
qila bilish nazarda tutiladi. Tajribali o`qituvchilarda vaqtni o`ziga xos his etish-ishni
vaqtga qarab to`g’ri taqsimlay olish, belgilangan muddatga ulgurish hususiyati hosil
bo`ladi.
Dars   davomida   kutilmaganda   ortiqcha   vaqt   sarflash     hollari   ba`zan   uchrab turadi. Ammo tajribali o`qituvchi zarur hollarda darsning  rejasini o`zgartira oladi.
6 .   Obro`   orttira   olish   qobiliyati -o`quvchilarga   bevosita   emotsional-irodaviy
ta`sir   ko`rsatish   va   shu   asosda   obro`   qozona   olishdir.   Obro`   faqat     shu   asosdagina
emas,   balki   o`qituvchilarning   fanni   yaxshi   bilishi,   mehribonligi,   nazokatliligi   va
xokazolar asosida ham qozoniladi. Bu qobiliyat o`qituvchi shaxsiy sifatlarining butun
bir   yig’indisiga,   chunonchi,   uning     irodaviy   sifatlariga   (dadilligi,   chidamliligi,
qat`iyligi,   talabchanligi   va   xokazolarga),   shuningdek,   o`quvchilarga   ta`lim   hamda
tarbiya   berish   mas`uliyatini   his   etishga,   o`zining   xaq   ekanligiga   ishonishga,   bu
ishonchni o`quvchilarga etkaza olish kabilarga ham bog’liq.
O`quvchilar   qo`pollik   qilmaydigan,   qo`rqitmaydigan,   to`g’ri     talab   qo`ya
oladigan   o`qituvchini   juda   hurmat   qiladilar.   O`qituvchining   bo`shanligi,   laqmaligi,
savotsizligi va irodasizligini yoqtirmaydilar.
7.   To`g’ri     muomala   qila   olish   qobiliyati -bolalarga   yaqinlasha   olish,     ular
bilan   pedagogik   nuqtai   nazardan   juda   samarali   o`zaro   munosabatlar   o`rnata   bilish,
pedagogik nazokatning mavjudligi.
8.   Kelajakni   ko`ra   bilish   qobiliyati -o`z   harakatlarining   oqibatini   ko`ra
bilishda,   o`quvchining   kelgusida   qanday   odam   bo`lishini   tasavvur   qila   olishida,
tarbiyalanuvchida qanday fazilatlarni taraqqiy ettirish lozimligini oldindan aytib bera
olishda   ifodalanadi.   Bu   qobiliyat   pedagogik   optimizmga,   tarbiyaning   qudratiga,
odamga ishonch bilan bog’liqdir.
9 . Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati   - o`qituvchi uchun diqqatning barcha
hususiyatlari-hajmi,   kuchi,   ko`chuvchanligi,   idora   qilina   olishi,   safarbarligi
kabilarning taraqqiy etgan bo`lishi muhimdir.
Diqatni   ayni   bir   vaqtda   taqsimlash   qobiliyati   o`qituvchilik   uchun   alohida
ahamiyat kasb etadi. Qobiliyatli, tajribali o`qituvchi materialni bayon qilish mazmuni
va shaklini, o`z fikrini (yoki o`quvchining fikrini) diqqat bilan kuzatadi, ayni vaqtda
barcha   o`quvchilarni   ko`rib   turadi,   toliqish,   e`tiborsizlik,   tushunmaslik   alomatlarini
hushyorlik   bilan   kuzatib   boradi,   intizomsizlik   hollarini   e`tibordan   qochirmaydi,
nihoyat   o`z   xatti-harakatlarini   ham   kuzatib   boradi.   Tajribasiz   o`qituvchi   ko`pincha
materialni   bayon   qilishga   berilib   ketib,   o`quvchilarni   e`tibordan   chetda   qoldiradi; bordiyu o`quvchilarini diqqat bilan kuzatishga harakat qilsa, fikrini jamlay olmaydi.
O`qituvchi   yuqorida   ko`rsatilgan   qobiliyatlardan   tashqarii   bir   qancha   ijobiy
sifatlarga   -   aniq   maqsadni   ko`zlash,   qat`iylik,   mehnatsevarlik,   kamtarlik   kabi
sifatlarga ham ega bo`lishi kerak. 
O`qituvchining pedagogik mahorati
Pedagogik mahorat-  bu o`quv jarayonining barcha  shakllarini  eng qulay va
samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo`naltirish,
talabalarda (o`quvchilarda) dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish, ularda jamiyat
uchun zarur bo`lgan faoliyatga moyillik uyg’otishdir. 
Pedagogik maqsadning o`ziga xosligini  quyidagilarda bilish mumkin:
1. Pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi, ya`ni
pedagog faoliyatining natijasi jamiyat manfaatlari bilan bog’liqdir. Uning mehnati
yoshlar   shaxsini   har   tomonlama   kamol   toptirishga   yo`naltirilgan.   Pedagogik
faoliyat   avlodning   ijtimoiy   uzviyligi   (ketma-ketligi)ni   ta`minlaydi.   Bir   avlod
tajribasini,   ikkinchi   avlodga   o`tkazadi,   ijtimoiy   tajriba   orttirish   uchun   insondagi
tabiiy imkoniyatlarni ro`yobga chiqaradi.
2. Pedagog   faoliyati   doimo   shaxs   faoliyatini   boshqarish   bilan   bog’liq.
Bunda   pedagogik   maqsad   o`quvchi   maqsadiga   aylanishi   muhimdir.   Pedagog   o`z
faoliyati   maqsadini   va   unga   erishish   yo`llarini   aniq   tasavvur   qilishi   va   bu
maqsadga   erishish   o`quvchilar   uchun   ham   ahamiyatli   ekanligini   ularga   anglata
olishi   zarur.   Gyote   ta`kidlaganidek:   «Ishonch   bilan   gapir,   ana   shunda   so`z   ham,
tinglovchilarni mahliyo qilish ham o`z-o`zidan kelaveradi».
3. Pedagogik (ta`lim-tarbiya)  jarayonida  o`quvchi  faoliyatini  boshqarish
shuning uchun ham murakkabki, pedagog maqsadi doimo o`quvchi kelajagi tomon
yo`naltirilgan   bo`ladi.   Buni   anglagan   holda,   mohir   pedagoglar   o`z   faoliyatining
mantiqini   o`quvchilar   ehtiyojlariga   muvofiq   holda   loyihalaydilar.   Hamkorlik
pedagogikasining  tub mohiyati ham ana shundan iborat.
Shunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadining o`ziga xosligi o`qituvchidan
quyidagilarni talab qiladi:
-   jamiyatning   ijtimoiy   vazifalarini   to`la   anglab,   o`z   shaxsiga   qabul   qilishi. Jamiyat maqsadlarining «o`sib», uning pedagogik nuqtai  nazariga aylanishi;
- muayyan harakat va vazifalarga ijodiy yondoshishi;
-   o`quvchilar   qiziqishlarini   e`tiborga   olish,   ularni   pedagogik   faoliyatning
belgilangan maqsadlariga aylantirish.
Pedagogik  faoliyatning o`ziga xosligi quyidagilarda namoyon bo`ladi.
1. Inson   tabiatning   jonsiz   moddasi   emas,   balki   o`zining   alohida
hususiyatlari,   ro`y   berayotgan   voqealarni   idrok   qilishi   va   ularga   o`zicha   baho
beradigan   takrorlanmaydigan   faol   mavjudotdir.   Psixologiyada   ta`kidlanganidek,
har   bir   shaxs   takrorlanmasdir.U   pedagogik  jarayonning   o`z   maqsadi,   ishtiyoqi   va
shaxsiy xulqqa ega bo`lgan ishtirokchisi hamdir.
2. Pedagog doimo o`sib-o`zgarib boradigan  inson bilan ishlaydi. Ularga
yondoshishda   bir   xil   qolip,   shakllanib   qolgan   xatti-harakatlardan   foydalanish
mumkin emas.  Bu esa pedagogdan doimo ijodiy izlanib turishni talab qiladi.
3. O`quvchilarga pedagogdan tashqarii, atrof muhit, ota-ona, boshqa fan
o`qituvchilari, ommaviy axborot vositalari ijtimoiy hayot ham ta`sir etadi. Shuning
uchun   ham   pedagog   mehnati   bir   vaqtning   o`zida   jamiki   ta`sirlarga   va
o`quvchilarning o`zida paydo bo`lgan fikrlarga tuzatishlar kiritib borishni nazarda
tutadi.
O`quvchi   shaxsiga   doimo   ijobiy-axloqiy   ta`sir   ko`rsata   oladigan   kishigina
haqiqiy   tarbiyachidir.   Bunga   erishish   uchun   pedagog   o`zining   axloqiy   sifatlarini
doimo takomillashtirib borishi zarur.
O`quvchilarni mehnat, muloqot, o`yin, o`qish kabi faoliyat turlarida ishtirok
etishlari   tarbiyaning   asosiy   vositasi   hisoblanadi.   Har   bir   mohir   pedagog   o`zining
individual pedagogik tizimiga ega bo`lishi kerak.
Ayrim  pedagoglar    kasbiy   mahorat   sirlarini  egallash   uchun,  avvalo,  ta`lim-
tarbiya   metodlarini   takomillashtirishga   intiladilar.   Bu   tabiiy   hol,   chunki   aynan
metodlar yordamida pedagog o`z o`quvchilarini turli o`quv faoliyatiga  jalb qiladi.
Shu   bilan   birga   o`quvchilarni   bilim   olishga   qiziqtirishda   o`qituvchi   tomonidan
tanlangan   metodlar,   usullar   va   topshiriqlardan   boshqa   sabablar   ham   ta`sir   etadi.
Pedagog   faoliyatining     muvaffaqiyatli     kyechishi   uning   shaxsi,   harakteri, o`quvchilar   bilan   muomalasiga   ham   ko`p   jihatdan   bog’liq   bo`ladi.   Odatda
bularning ta`lim-tarbiya jarayoniga ta`siri ahamiyatsizdek tuyuladi. Ammo tajribali
pedagog,   uning   xatti-harakati   o`quvchilarga     qanday   ta`sir   ko`rsatayotganligiga
ahamiyat   berib,   unga   kerakli   tuzatishlar   kiritib,   takomillashtirib   boradi.   Shuning
uchun   ham   pedagogik   mahoratni   o`qituvchi   shaxsi   sifatlarini   majmui   sifatida
qaralib,   uni   o`qituvchi   yuqori   darajada   psixologik-pedagogik   tayyorgarlikka   ega
bo`lishi bilan bog’liq bo`lishini unutmaslik lozim.
Pedagogik mahorat yaxlit tizim sifatida quyidagi tarkibiy qismlardan iborat
bo`ladi:
-   pedagog   shaxsini   insonparvarlik   yo`nalishiga   ega   bo`lishi,   uning
qiziqishlari,   qadriyat   yo`nalishlari   va   ideallarining   oliy   maqsad-barkamol   avlod
tarbiyalab yetishtirishga yo`naltirilganligi;
-   mutaxassislik   fanlari,   o`qitish   metodikasi,   pedagogika-psixologiyadan
mukammal bilimga ega bo`lish;
-   pedagogik   qobiliyatga   ega   bo`lish   (muloqotga   moyillik,   ishchanlik,
kelajakni   tasavvur   qila   olish,   kasbiy   mustaqillik,   sensor   axborotlarni   tezlik   bilan
anglash (yuzidan o`qib olish);
- pedagogik texnikani egallash, ya`ni o`z-o`zini boshqara olish, o`zaro ta`sir
etish va hamkorlikda ishlashni uddalash.
Pedagogik   mahorat   o`ziga   bolalar   haqidagi,   ularning   psixologiyasi
to`g’risidagi,   maktab   haqidagi,   ta`lim-tarbiya   jarayonlarini   tashkil   etish   va   uning
mazmuni,   metodlari   haqidagi   keng   bilimlarni   qamrab   oladi.   Bu   bilimlar   umumiy
pedagogik   madaniyatni   tashkil   etadi,   o`qituvchi,     tarbiyachi   bu   madaniyatni
egallamasa,   hech   vaqt   o`z   ishining   chinakam   ustasi   bo`la   olmaydi,   yomon,   eski
usuldan, bir qolipdagi tayyor andozalarni ishlatishdan nariga o`tmaydi.
Biroq,   zamonaviy   o`qituvchiga   birgina   umumiy   madaniyatning   o`zi   kifoya
qilmaydi-maxsus   bilimlar   va   malakalar-bolalarni   kuzatish,   ularning   o`sishdagi
muhim narsalarni aniqlay olish, ularni rivojlantirish yo`llari va usullarini aniqlash,
turli o`zaro ta`sirini chuqur tahlil qilish, pedagogik izlanishlar va yutuqlarni ilmiy
jihatdan bir tizimga solish malakalari zarur bo`ladi. Shunday   qilib,   pedagog-muallim   o`z   mahoratiga   quyidagi   bosqichlarda
erishishi mumkin:
1. Pedagogika-psixologiya fanlarini chuqur o`rganish.
2. Maxsus fanlar, ularni o`qitilish metodikasini chuqur bilish.
3. Pedagogik amaliyotda faol igshtirok etish va uni samarali o`tkazish.
4. O`z   faoliyatini     doimo   tahlil   qilib,   unga   nisbatan   tanqidiy
munosabatda bo`lish.
5. O`z ustida mustaqil ishlash, malaka oshirish kurslarida o`qib borish.
Pedagogik mahorat tushunchasi 
Respublikamiz   mustaqillikka   erishgach,   uning   oldiga   juda   qisqa   muddatda
yangicha   fikrlovchi,   respublika   ravnaqi,   taraqqiyoti   uchun   ongli   ravishda
kurashuvchi yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlash vazifasi ko’ndalang turdi. 
Savol tug’iladi: Pedagogik mahorat nima o’zi? 
Pedagogik   mahorat   bu   –   fahm-farosat   va   chinakkam   ilmiy   bilimlarning,
tarbiyadagi   qiyinchiliklarni   yengishga   qodir   bo’lgan   obro’li   rahbarlikning,
o’quvchilar   qalbining   qandayligini   his   qilish   mahorati   (empatiya),   ichki   dunyosi,
nozik   va   zaif   bo’lgan   bola   shaxsiga   mohirona,   avaylab   yondashish,   donolik   va
ijodiy   dadillik,   ilmiy   tahlil,   xayol   va   fantaziyaga   boy   bo’lgan   qobiliyat
majmuasidir.
Pedagogik  mahorat ning t uzilishi
Pedagogik mahorat quyidagi tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi:
1. O’qituvchi faoliyatida insonparvarlikning ustunligi.
2. Pedagogik iste’dod, qobiliyat.
3. Pedagogik texnika (san’at).
4.O’qituvchining shaxsiy intilishi.
1.   Pedagogik   mahorat   nazariyasi   va   metodikasining   ishlab
chiqilmaganligi   shunga   olib   keladiki,   pedagoglarning   har   biri   o’z-o’zicha,
paypaslab ijodiy izlanish olib boradi: bolalar bilan, pedagogik jamoa bilan qanday
qilib   yaqindan   til   topishish   mumkin?   Qanday   qilib   qisqa   muddat   ishida   bolalar
o’rtasidagi   munosabatlarning   haqqoniy   manzarasiga   erishmoq   mumkin?   degan savollarga javob izlaydi.
Bu savollarga beriladigan javoblar har bir mohir pedagogning faoliyati
ochun   zarur   bo’lgan   umumiy   pedagogik   malakalarni   shakllantirish   bilan   bog’liq
bo’lib,   mazkur   muammoni   hal   qilish   pedagogdan   odatdan   tashqari   kuch-g’ayrat,
qat’iyat, tirishqoqlik, ijodiylikni, o’z faoliyatini to’g’ri baholay bilish, shuningdek,
bolalar,   tarbiyalanuvchilarga   nisbatan   insonparvarona   munosabatda   bo’la   olishni
talab etadi. Ibn Sino “Tadbiri manzil” asarida bola uchun o’qituvchi tanlayotganda
uning to’g’ri so’z, halol, toza-ozoda va bolalarni sevuvchi kishi  bo’lishiga e’tibor
berish   lozimligini   ta’kidlaganida   o’qituvchining   insonparvarlik   sifatini   nazarda
tutgan edi.
2.   Har   bir   insonda   u   yoki   bu   kasbga   qobiliyat   mavjud   bo’ladi.   Ba’zi
taniqli   ruhshunoslarning   fikricha   (F.Gonobolin,   N.Kuzmina),   pedagoglik   kasbi
uchun quyidagi 6 xil qobiliyatlar muhim hisoblanadi;
1. O’rtaga tusha bilish.
2. Tashkilotchilik.
3. O’zini idora eta bilish.
4. Mo’ljallay olish, chamalay bilish.
5. Kuchlilik, zehnlilik.
6. Faoliyatga ijodiy yondashish.
Bularning barchasi tarbiyaviy maqsad mavjud bo’lgan, insonparvarlik
nuqtai-nazaridan   turib   yondashilgan   taqdirdagina   pedagogik   qobiliyat   tarkibiga
kirishi mumkin.
3. Pedagogik texnika – pedagogik mahoratning asosiy qismlaridan biri
bo’lib, u o’qituvchidan o’quvchilar bilan muomala qilganda zarur so’z, gap ohangi,
qarash,   imo-ishorani   tez   va   aniq   topish,   eng   o’tkir   va   kutilmagan   pedagogik
vaziyatlarda   osoyishtalik   va   aniq   fikr   yuritish,   tahlil   qilish   qobiliyatini   caqlab
qolish   imkonini   beradi.   Haqiqiy   pedagogik   ta’sir   ko’rsatishda   o’qituvchining
pedagogik texnika sohasidagi barcha malakalari bir paytda yaqqol ko’rinadi. Nutq,
imo-ishora, mimika harakat bilan birga sodir bo’ladi.
Pedagogik   texnika   pedagogning   individual   psixik-fiziologik xususiyatlari   asosida   tarkib   topadi.   Indidvidual   pedagogik   texnika   pedagogning
jinsi,   yoshi,   mijozi,   fe’l-atvori,   anatomik-psixologik   xususiyatlariga   ham   bog’liq
bo’ladi.
Pedagogik   texnika   malakalarining   shakllanish   darajasi   ma’lum
darajada pedagogning umumiy tayyorgarlik darajasini, ya’ni shaxsning pedagogik
imkoniyatlarini   aks   ettiradi.   Pedagogning   nutqi   tartibsiz,   qashshoq   bo’lsa,   o’zi
jizzaki bo’lsa, didi past, madaniyatsiz bo’lsa, eng topib gapirgan to’g’ri so’zi ham
tarbiyalanuvchilarga ta’sir etmaydi, balki teskari natijaga olib kelishi mumkin.
Shuning   uchun   ham,   tarbiyachi   avvalo   o’zi   tarbiyalangan,   o’tirib-
turish, suhbatlashish madaniyatini qon-qoniga singdirgan bo’lishi lozim.
Har yigitning aslin bilay desangiz
Ma’rakada o’tirib-turishin ko’ring.    (Maxtumquli)
4.   O’qituvchining   shaxsiy   intilishi,   munosabati   pedagogik   mahorat
tarkibiy   qismlari   orasida   muhim   o’rinni   egallaydi.   Uning   bunday   shaxsiy
munosabati   unda   tegishli   bir   qolipdagi   fikrlar   sistemasi   mavjudligi   bilan
izohlanadi, shu tufayli u ko’p hollarda deyarli avtomatik ravishda ta’sirlarga javob
bera   oladi.   Chunonchi,   o’quvchilar   bilan   albatta   xushmuomalada   bo’lish,
dilkashlik   o’quvchi   shaxsiga   prinsipial   yondashishning   yuqori   darajada
bo’lishi,   o’zining   birorta   ham   o’quvchisi   yomon   emasligi ,   buning   ustiga
ishonchsiz  bo’lishi mumkin emasligiga ishonch kabilar.
Lekin   bunday   bir   qolipdagi   fikrlar   salbiy   rol   o’ynashi   ham   mumkin.
Masalan,   hamkasbi   o’quvchilar   bilan   haqiqatda   noto’g’ri   munosabatda   bo’lganda
unga qarshi turish o’rniga, uni himoya qila boshlaydi.
O’qituvchining   xohish-istagi   haqqoniylik   va   insonparvarlik
xarakterida bo’lsagina bunday chekinishlarga yo’l qo’ymasligi mumkin bo’ladi.
Pedagogik faoliyat va mahorat
Pedagogik   faoliyat   -   yoshlarni   hayotga,   mehnatga,   Vatan   mudofaasiga
tayyorlash uchun xalq oldida, davlat va jamiyat oldida javob beradigan, bolalarga
ta’lim-tarbiya berish ishi bilan shug’ullanadigan va bu ishga maxsus tayyorlangan
kishilarning mehnat faoliyatidir. Maktab   o’qituvchilarining   faoliyati   respublikamizda   buyuk   davlat-
jamiyatni  quruvchi  va  unda  yashab  mehnat   qiluvchi  yetuk,  erkin  fikrlovchi  inson
shaxsini   shakllantirishga   qaratilgan.   O’qituvchining   barkamol   avlodni   tarbiyalash
va unda yangi insonga xos sifatlarni tarkib toptirish vazifasi eng oliyjanob, yuksak
va shu bilan birga eng sharafli va murakkab vazifadir. Har bir tarbiyalanuvchi o’z
xulq-atvoriga,   xarakteriga   ega.   Ularni   o’qitish   va   tarbiyalashda   ularning   ana   shu
o’ziga   xos   xususiyatlarini   hisobga   olish   nihoyatda   murakkabdir.   Bunga   insonlar
o’rtasida   ijtimoiy   munosabatlarning   murakkabligini   o’zida   akz   ettiruvchi   maxsus
usullardan   foydalaniladi.   Pedagogik   faoliyatga   tayyorgarlik   ko’rayotgan   yoshlar
uning ana shunday xususiyatlarini bilishlari lozim.
O’qituvchilik   ixtisosining   bu   xususiyatlari   uning
professiogrammasida   o’z   ifodasini   topadi:   1)   O’qituvchining   shaxsiy
xususiyatlari;   2)   O’qituvchining   pedagogik-psixologik   tayyorgarligiga
qo’yiladigan   talablar;   3)   Maxsus   tayyorgarlikning   hajmi   va   tarkibi:   4)
Ixtisosga oid metodik tayyorgarlik mazmuni.
Pedagogik   mahoratning   asosiy   poydevorini   kasbga   doir   bilimlar   tashkil
etadi.   Bunday   bilimlar   mazmuni   esa   o’qitilayotgan   fan   mazmuni,   metodikasi,
pedagogikasi va psixologiyasiga doir bilimlarni o’z ichiga oladi.
Shuning   uchun   ham   O’zbekiston   Respublikasining   “Ta’lim
to’g’risida”gi   Qonunida   (44-modda):   “Tegishli   ma’lumot,   kasb   tayyorgarligi,
boy   va   yuksak   axloqiy   fazilatlarga   ega   bo’lgan   shaxslar   pedagogik   faoliyat
bilan shug’ullanish huquqiga ega”,  deb ta’kidlangan.
“Ta’lim   to’g’rida”gi   Qonun   talablarini   bajarish   pedagogik   faoliyat
samaradorligini   oshirishni,   demak,   bo’lajak   o’qituvchilarda   pedagogik   mahoratni
shakllantirishni talab etadi.
Xorijiy pedagoglar pedagogik mahorat to’g’risida
“Tarbiya   san’ati   shunday   xususiyatga   egaki,   -   degan   edi   K.Ushinskiy,   -
deyarli barchaga tanish va tushunarli, ba’zilarga esa juda oson ish bo’lib tuyuladi -
odam   bu   ish   bilan   nazariy   va   amaliy   jihatdan   qanchalik   kam   tanish   bo’lsa,   unga shunchalik   tushunarli   va   oson   bo’lib   ko’rinadi.   Deyarli   buning   uchun   tug’ma
qobiliyat   va   malaka,   ya’ni   ko’nikma   kerak   deb   aytadilar:   lekin   juda   kam   odam
sabr-toqat, tug’ma qobiliyat va malakadan tashqari yana maxsus bilimlar kerakligi
haqida ishonch hosil qiladi”.
V.Suxomlinskiy,   A.Makarenko,   A.Disterverg,   L.Tolstoylar   ham
insonga   bilim,   ko’nikma   va   malakalarni   singdirishda   pedagogik   mahoratning   roli
buyuk ekanligini ta’kidlaganlar.
Masalan,   L.Tolstoy   haqiqiy   o’qituvchi   shaxsiga   klassik   tavsif   berib,
quyidagilarni yozgan edi: “Agar o’qituvchi faqat o’z ishiga havas qo’ygan bo’lsa,
u   yaxshi   o’qituvchi   bo’ladi.   Agar   o’qituvchiga   faqat   otasi,   onasi   kabi   havas
qo’ygan   bo’lsa,   u   oldingi   o’qituvchidan   yaxshiroq   bo’ladi.   Bordi-yu,
mujassamlashtirsa,   u   holda   u   mukammal   o’qituvchi   bo’ladi”.   Kasbiy
tayyorgarlikning   ahamiyatini   yaxshi   tushungan   A.Disterverg   esa:   “O’zing
bilmagan narsalarni birovlarga o’rgata olmaysan”, - degan edi.
Pedagogik   mahoratni   shakllantirishda   o’qish   san’atining   roli   haqida
Emil Tage shunday degan edi: “O’qish san’ati o’zganing ko’magi yordamida fikr
yuritish   san’atidir.   O’qish   o’zga   bilan   birgalikda   fikrlash,   o’zganing   fikrini
mulohaza   qilib   ko’rish,   o’zimizning   fikrlarimizni   o’lchash   va   unga   zid   fikrlarni
xayoldan o’tkazish demakdir”.
Andrey Morua esa, A.Navoiy kabi, kasbni  kamolga yetkazish  haqida
gapirib:   “Agar   inson   biror   kasbni   mukammal   egallasa,   mehnat   unga   huzur
bag’ishlaydi, baxt keltiradi” deb yozgan edi. Bu haqda A.Navoiy shunday yozgan
edi: 
Kamol et kasbkim olam uyidan,
Senga farz o’lmag’ay g’amnok chiqmoq.
Jahondin notamom o’tmak biaynih,
Erur hammomdin nopok chiqmoq.
Buyuk Sharq mutafakkirlari pedagogik mahorat haqida
Quyida biz buyuk sharq mutafakkirlarining pedagogik mahoratga doir ayrim
fikrlarini keltiramiz. Buyuk   mutafakkir   Muhammad   al-Xorazmiy   “Al-jabr   val
muqobala”   nomli asarida pedagoglar faoliyatiga baho berib quyidagilarni yozgan
edi:   “Ulardan   biri   o’zidan   avvalgilar   qilgan   ishlarni   amalga   oshirishda
boshqalardan o’zib ketadi va o’zidan avvalgilarning asarlarini sharhlaydi, tabiat
sirlarini   ochadi,   yo’lni   yoritadi   va   uni   tushunarliroq   qiladi.   Yoki   bu   ayrim
kitoblarda nuqsonlar topadigan va sochilib yotganini to’playdigan odam bo’lib, u
o’zidan   avvalgilar   haqida   yaxshi   fikrda   bo’ladi,   takabburlik   qilmaydi   va   o’zi
qilgan ishdan mag’rurlanmaydi” .   Bu bilan olim pedagogning qiyin muammolarni
oson qilib tushintira olish, ijodkorlik kabi mahoratlarini qo’llab-quvvatlaydi.
Abu Nasr Farobiy o’zining “Baxt saodatga erishuv”   nomli asarida
ta’lim-tarbiya berish usulini ikki turga bo’ladi: rag’batlantirish va jazolash (majbur
qilish).   U   mazkur   usullarni   izohlar   ekan,   o’qituvchining   pedagogik   mahoratiga
ham to’xtalib o’tadi:   “Bolalar ustida turgan odam esa muallim bo’lib, u tarbiya
berishda   turli   tarbiya   usulidan   foydalanadi.   Mana   shundan   ma’lum   bo’ladiki,
hukumat   va   muallim   har   ikkovi   o’z   yo’lida,   bolalar   yoki   xalqqa   tarbiya
beruvchilar,   ustod   va   muallimlardir,   Ulardan   biri   bolalarga   mehribonlik   va
yaxshi   so’zlar   bilan   tarbiya   bersa,   ikkinchisi   majburiy   ravishda   tarbiyalaydi”
(108-bet).   Uningcha,   pedagoglik   kasbi   bilan   o’zida   12   tug’ma   xislatni
mujassamlashtirgan kishilar shug’ullanishi lozim: 
1. Barcha organlari mukammal taraqqiy etgan;
2. Barcha masalani tez va to’g’ri tushuna oladigan;
3. Xotirasi kuchli bo’lgan;
4. Zehni o’tkir bo’lgan;
5. Nutqi ravon bo’lgan;
6. Bilish va o’qishga muhabbati kuchli bo’lgan;
7. Ko’zi to’q, pokiza bo’lgan;
8. Haqiqatparvar bo’lgan;
9. G’urur va vijdonli bo’lgan;
10. Pulni sevmaydigan;
11. Adolatli; 12. Qat’iyatli, qo’rqmas va jasur kishilar.
Shu   bilan   birga   u   “Ta’lim-tarbiya   ahllari   ham   o’z   bilimlarining   darajasiga
qarab”   bir-birlaridan   farq   qilishlari,   ortiq-kam   bo’lishlari,   ba’zi   birlarida   kashf,
ixtiro   quvvati   bo’lmasligi,   ba’zilarida   esa   bu   quvvatning   kamroq   bo’lishini
ta’kidlaydi   (110-b).   Farobiy   shogirdga   nisbatan   o’ta   qattiq   yoki   o’ta   yumshoq
munosabatda bo’lishning zararli ekanligini ham ta’kidlab o’tadi. 
Buyuk   mutafakkir   Abu   Rayhon   Beruniy   ta’lim   va   tarbiyaning
tabiatga   mosligi,   ta’lim   va   tarbiyada   mo’tadillik   prinsiplarini   asoslagan   buyuk
pedagogdir.
Beruniy   insonni   tabiatning   bir   qismi   deb   biladi.   Tabiatni   va   jamiyat
ilmini   o’rganishda   “O’zimni   tekshirib   ko’rmaguncha   ishonmayman”   degan
shiorga   amal   qiladi.   U   mohir   pedagog   sifatida   pedagogik   mahorat   masalasida
o’zining   qator   tavsiyalarini   ishlab   chiqadi:   “O’qituvchini   hamma   narsaga
o’rgatish”  san’ati, tabiatga moslik, bolalarning shaxsiy xususiyatlarini  hisobga
olish   kabilar   shular   jumlasidandir.   Beruniy:   “Maqsad   vaqtni   cho’zish   emas,
balki   o’quvchini   zeriktirmaslik.   Chunki   doimo   bir   xil   narsaga   qaray   berish
mallollik   va   sabrsizlikka   olib   keladi.   O’quvchi   fandan-fanga   o’tib   tursa,   turli
bog’larga  yurganga o’xshaydi. Birini  ko’rib  ulgurmay,  boshqasi  boshlanadi  va
o’quvchi   “Har   bir   yangi   narsada   o’ziga   yarasha   lazzat   bor”-   deyilganidek,
ularni   ko’rishga   qiziqadi   va   ko’zdan   kechirishni   istaydi.   Bir   xil   narsa
charchatadi, xotiraga malol keltiradi” , - deb yozgan edi.
Beruniy o’qitish jarayonida quruq yodlashni qoralaydi. U “ Tushunish
yodlashdan   yaxshiroq   va   afzaldir”...   “Kuzatishning   ko’pligi   narsalarni   yeslab
qolish qobiliyatini yaratadi”, deb uqtiradi. U o’zining “Osor al-boqiya” asarida
“Butun kuchimni yigib, bor imkoniyatni ishga solib, goh eshitish, goh ko’rish va
qiyos qilish orqali, bilimim yetganicha u narsani bayon etishga bel bog’ladim”,
deb   yozar   ekan,   har   bir   pedagogning   ham   ana   shunday   sifatlarga   ega   bo’lishini
orzu qiladi.
Buyuk   mutafakkir   Abu   Ali   ibn   Sino   o’zining   “Tadbiri   manzil”,   “Tib
qonunlari”   kabi   asarlarida   pedagogik   mahoratga   doir   o’z   qarashlarini   yozib qoldirgan.   Masalan,   u   “Tadbiri   manzil”   asarida   bolaga   ta’lim   berishni
o’qituvchining   pokiza,   adolatli,   farosatli,   sog’lom,   notiq   va   o’z   kasbining   ustasi
bo’lishi lozimligini ta’kidlaydi. “Tib qonunlari” asarida   esa, o’qituvchining nutq
gigiyenasiga   doir   maslahatlarini   bergan:   “Uzoq   muddat   davomida   qattiq
tovush   bilan   baqirish   juda   xavflidir.   Chunki   baqirish   ko’p   miqdorda   havoni
tashqariga   chiqarishni   talab   qiladi   (bularning   har   ikkisi   ham)   xavflidir”.
(“Ovozni   yo’qotmaslik,   nafas   olish   organini   ishdan   chiqarmaslik   uchun,   avvalo
o’qishni   past   ovoz   bilan,   keyinchalik   asta-sekin   kuchaytirish   lozim,   lekin   kuchli
ovoz bilan o’qish ham uzoq davom etmasligi kerak” (316-B) . 
Yusuf   Xos   Hojib   “Qutadg’u   bilig”   asarida   o’g’il-qizga   ta’lim-tarbiya
beruvchining shaxsi haqida quyidagilarni yozadi:
Murabbiyni yaxshi kishilardan olgin,
O’g’il-qiz pok o’sadi (nomatlub ishlardan) forig’ turadi.
O’g’il-qizga bilim va odob o’rgat,
Ikki olam uniki, uning manfaati yetarli bo’ladi.
O’g’ilga barcha san’at-hunarlarni tugal o’rgat,
Bu san’at-hunarlar bilan u mol-dunyo yig’a beradi (164-b).
Burhoniddin Zarnudjiy  (1150 y)  “O’quvchiga ta’lim yo’lida qo’llanma”
asarida   bilimlarni   tez   va   puxta   o’zlashtirish   uslublarini   ishlab   chiqdi,   uningcha:
“O’rganuvchilar   zimmasida   barcha   fanlar   orasidan   eng   muhimlarini   tanlash
vazifasi   turadi.   ...   Bilimlarga   bo’lgan   qiziqish   shuni   talab   etadiki,   u
o’qituvchisiga va o’rganayotgan faniga, kitobiga nisbatan to’la qanoatli bo’lsin,
toki   muvaffaqiyasizlikni   o’zidan   yiroqlashtirish,   bilimning   maxsus   bo’limiga
nisbatan ham shunday ish tutmoq kerak.
Bilimlarni   chuqur   o’zlashtirishning   6   sharti   mavjud:   aql-farosat,   kucnli
istak,   chidam,   oziq-ovqat,   o’qituvchi   ta’limi   va   bilim   olish   uchun   yetarli   vaqt.
Mashg’ulotlar   davomida   o’qituvchilar   muallimdan   “bir   o’q-yoy”masofada
o’tirishsin, shunda o’quvchining o’z o’qituvchisiga hurmati namoyon bo’ladi. ...
O’qib-o’rganish   uchun   eng   yaxshi   vaqt   -   yoshlik   davri,   erta   tong   va   qosh
qoraygan   payt.   Bilim   oluvchi   ana   shu   vaqtni   samarali   tashkil   etishga odatlantirilsin,   bordiyu   unga   bir   fan   zerikarli   bo’lsa,   boshqasi   bilan   mashg’ul
bo’lsin.
Pedagogik  t a’sir v osit alari haqida umumiy  t ushuncha.
Р edagogik  t a’sir k o’rsat ish
Pedagogika o’z metodlarinilarini yo’q joydan yaratmaydi. U hayotdan kishilar
xulq-atvorining   real   omillarini,   bolalar   hayotini   pedagogik   jihatdan   maqsadga
muvofiq tarzda tashkil etish vazifalariga javob beradiganlarini tanlab oladi, ulardan
tarbiyaviy ishda pedagogik ta’sir ko’rsatish usullari sifatida foydalanadi.
Pedagogik   ta’sir   ko’rsatish   metodikasi   bolalarning   ijtimoiy-foydali
faoliyatini   pedagogik   jihatdan   maqsadga   muvofiq   tarzda   tashkil   etishga   xizmat
qiladigan   vositalar   tizimidan   iboratdir.   Bu   vazifalar   tarbiyalanuvchi   shaxsiga
qaratilgan   bo’lib,   bolalarning   xulq-atvorini   rag’batlantiradi,   qiyin   va   murakkab
vazifalarni   quvonch,   ijodiy   zavq-shavq   manbaiga,   har   bir   o’quvchining   shaxsiy
muddaosiga aylantiradi.
Pedagogik ta’sir ko’rsatishning asosiy usullari
Pedagogik   ta’sir   ko’rsatishning   asosiy   usullari   -   ishontirish ,   talab ,   istiqbol ,
rag’batlantirish   va   jazolash ,  jamoatchilik   fikridir .
O’zaro hamkorlikda ta’sir ko’rsatishning natijasi ishontirishdir. U haqiqiy va
soxta turlarga bo’linadi. M.: Kommunizmga ishonish.
Ishonch 3 tarkibiy qismdan iborat: 1.   Bilim ; 2.   Hissiyot ; 3.   Xulq - atvor . U
tushunish  -  kechinma  -  qabul   qilish  orqali amalga oshadi.
Ishontirish   shakllari   quyidagilar:   ma’ruza ,   bahs ,   munozara ,   suhbat ,
hikoya   qilish ,  dalillash ,  ko’rsatish  ( namoyish   qilish ),  shaxsiy   namuna .
Pedagogik   talab   - ta’lim-tarbiya jarayonida ko’p qo’llaniladigan usullardan
biri   bo’lib,   u   tarbiyachi   va   tarbiyalanuvchi   orasidagi   shaxsiy   munosabatlarda
namoyon bo’ladi.
Pedagogik   ta’sir   ko’rsatish   usuli   bo’lgan   talab   bilan   jamoani   tashkil   etish
metodi   sifatidagi   yagona   pedagogik   talablarni   farqlay   bilish   lozim.   Agar   yagona
pedagogik   talablar   bolalarning   ijtimoiy   foydali   faoliyatini   rag’batlantirish mazmunini,   jamoani   jipslashtirishda   pedagoglar   bilan   bolalarning   harakatlari
birligiga erishish yo’llarini ta’minlasa, talab esa xulq-atvor va faoliyat normalarini,
bolalarning xatti-harakatlari hamda ishlarida amalga oshirish usullaridan iboratdir.
Istiqbol   -   ta’sir   ko’rsatishning   juda   ta’sirchan   usuli   bo’lib,   u   bolalarning
xatti-harakatlarini   ular   oldiga   maroqli,   qiziqarli   maqsadlar   qoyish   yo’li   bilan
ta’minlaydi,   bu   maqsadlar   ularning   shaxsiy   intilishlari,   qiziqish   va   muddaolariga
aylanadi. Bu usul maktab o’quvchilarida shaxsning eng muhum fazilatlaridan biri
bo’lgan maqsadga intiluvchanlikni shakllantirishga yordam beradi.
Rag’batlantirish   va   jazolash   -   tarbiyaning   eng   an’anaviy   usuli   bo’lib,
tarbiyalanuvchilar xulq-atvoriga tuzatish kiritishni, ya’ni foydali xatti-harakatlarni
qo’shimcha   rag’batlantirishni   va   tarbiyalanuvchilarning   nomaqbul   xatti-
harakatlarini   to’xtatishni   ta’minlaydi,   bunda   ularning   huquq,   burchlarini
kengaytirish yoki cheklash, ularga axloqiy ta’sir ko’rsatish yo’lidan foydalaniladi.
Rag’batlantirish   va   jazolash   metodi   o’ziga   xos   xususiyatga   ega   bo’lganligi
sababli uni qo’llashda juda ehtiyot bo’lish lozim.
Jamoatchilik   fikri   -   ta’sir   ko’rsatishning   qudratli   usuli   bo’lib,
tarbiyalanuvchilarning   ijtimoiy   foydali   faoliyatini   har   tomonlama   va   muntazam
rag’batlantirib borishni ta’minlaydi, jamoaning tarbiyaviy vazifalarini ancha to’liq
amalga   oshiradi.   Pedagogik   ta’sir   ko’rsatish   usullaridan   samarali   foydalanishning
zarur   sharti   pedagogikaning   tarbiyalanuvchilarga   bo’lgan   munosabatlarining
chinakkam insonparvarligidir. 
Pedagogik ta’sirning ta’lim-tarbiyadagi o’rni
Respublikamiz   istiqlolga   erishgan   hozirgi   davrda   shaxsga   chuqur,   asosli   va
umumiy   talablar   qo’iladi,   lekin   ikkinchi   tomondan,   shaxsga   katta   hurmat
ko’rsatiladi.   Bu   shaxsga   bo’lgan   talablarni   va   unga   bo’lgan   izzat-hurmatni   birga
qo’shish   -   ikki   xil   zarur   shart   bo’lib,   pedagogning   bolalarga   bo’lgan
munosabatlarining   chinakkam   insonparvarligidir.   Pedagogik   ta’sir   ko’rsatish
usullari o’z tarbiyalanuvchilari taqdiriga beparvo bo’lgan kishilar qo’lida sof kasb-
korlik vositalari emas, balki insonlar orasidagi jonli munosabatlar majmuidir.
Umuman, pedagogik ta’sir ko’rsatish usullarini mukammal egallamasdan va undan   mohirona   foydalanmasdan   turib   ta’lim-tarbiya   sohasida   katta
muvaffaqiyatlarga erishib bo’lmaydi.
Ijtimoiy   ruhiyat   nazariyasida   va   pedagogik   amaliyotda   o’   zaro   fikr
almashishda   ta’sir   ko’rsatish   ikki   usulda   olib   boriladi:   ishontirish   va   ta’sir   etish.
Rus pedagogi Uspenskiy “Odamni tarbiyalashning eng asosiy yo’li ishontirishdir,
odamning   e’tiqodiga   esa   faqat   ishontirish   bilan   ta’sir   qilish   mumkin”,   degan   edi.
O’qituvchi   faoliyati   o’z   o’quvchilarini   ishontirish   va   ta’sir   etishni   talab   qiladi.
Pedagogning   barcha   ta’sirlari:   tarbiyalanuvchilarning   munosabatlari,   fikrlari,   his-
tuyg’ulari, harakatlarini o’zgartirishga va mustahkamlashga yo’naltirilgan bo’lib, u
muhit   va   tabiatning   hamkorligiga   ta’sirlanadi.   O’zaro   hamkorlikda   ta’sir
ko’rsatishning   natijasi   ishonchdir.   Ishonch   asosida   o’qituvchining   bilimlar   tizimi,
dunyoqarashlari, munosabatlari va xulq-atvori shakllanadi.
Ishonch  – o’zaro hamkorlikdagi ta’sir etishning natijasi ekanligini ko’ramiz.
Ishonch   ikki   xil,   ya’ni   haqiqiy   va   soxta   turlarga   bo’linadi.   Haqiqiy   ishonch   real
borliq   hayot   talablariga   mos   bo’lib,   u   insonni   qadrli,   obro’li   qiladi.   “Bolalikka
buyuk   hurmat-ehtirom   bilan   qarash   lozim”,   degan   Iuvenal   (123-b).   Inson   o’z
ishonchini   himoya   qilish   uchun   o’limga   ham   boradi.   Soxta   ishonch   o’zi   va
birovlarning salbiy tajribasi, qarashlari asosida hosil bo’ladi. O’quvchilardagi soxta
ishonchni   o’zgartirish   uchun   o’qituvchi   ko’p   kuch   sarflaydi.   U   uch   yo’nalishda
olib   boriladi:   sinf   jamoasida   sog’lom   ijtimoiy   fikrni   shakllantirish,   qimmatli
maxsus individual tajribani yaratish, noto’g’ri ishonchdagi qarash, bilim, tasavvur,
tushunchalarni bartaraf etish.
Ishonch   odamlarning   dil   rishtalarini   bog’lovchi   katta   kuch.   Buning   uchun
odam   boshqalarga   ishonmog’i,   ixlos   qilmog’i   kerak.   Halollik,   adolat   sof
vijdonlilik,   poklik,   so’z   va   ish   birligi   ishonchning   mezonlaridir.
Ikkiyuzlamachilarga, firibgarlarga, munofiqlarga hyech kim ishonmaydi.
Insonda   ishonch   uchta   tarkibiy   qismdan   tarkib   topadi:   bilim   -   hissiyot   -
xulq - atvor .   Ishonch   quyidagi   formula:   tushunish   -   kechinmalar   -   o’ziga   qabul
qilish  -  bajarish  (o’z faoliyati va atrofidagilar tajribasi) asosida amalga oshiriladi.
Ishontirish   yordamida   yangi   qarashlar,   munosabatlar   shakllanadi   yoki o’zgaradi.
Iishontirish shakllari tubandagilar: munozara, bahs, suhbat, hikoya qilish va
namuna.
Ishontirish hamkorlikda ta’sir ko’rsatishda maksimum ta’sirli bo’lishi uchun
quyidagi pedagogik talablarga javob berishi kerak.
-   ishontirish   mazmuni,   shakli   o’quvcnining   rivojlanish   darajasiga   mos
bo’lishi (kichik o’quvchilarda ertak, fantastik hikoyalar va boshqa);
- ishontirishda o’quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish;
-   ishontirish   umumlashgan,   konkret   asoslarga,   misollarga,   boshlang’ich
sinflarda ovozli materiallarga tayanishi;
- ishontirishda o’qituvchi o’zi xabar qilayotgan narsaga o’zi chuqur ishonishi
va h.k.
Ishontirishning   o’zaro   hamkorlikdagi   ta’sir   ko’rsatish   samarasi   quyidagi
shartlarda yuz beradi: 
-   o’zaro   hamkorlikda   ta’sirning   kuchi   ishontiruvchining   obro’siga   va
voqyeaning   mazmuniga   bog’liq   (o’quvchi   o’qituvchiga   qanchalik   ijobiy
munosabatda bo’lsa, shunchalik unga tez ishonadi);
- ishontirishda o’quvchining individual ruhiy holatini hisobga olish;
-   ishontirishda   ishontiruvchining   intellektual   hissiy   holati   bilan
ishonuvchining   holati   mos   bo’lishi   kerak.   Masalan,   bola   haddan   tashqari
hayajonlanganda noxush  his-tuyg’ular  unda hukmronlik qilganda  uning xulqidagi
kamchiliklarni ko’rsatish orqali ta’sir ko’rsatish samara bermaydi.
Ishontirish   metodi   ta’sirli   bo’ladi   qaysiki,   fikr,   hissiyot   va   iroda   bir   butun
holda muvofiqlashadi. Ishontirishning samarasi o’qituvchining so’z va ish harakat
birligiga ham bog’liq.
Ta’lim   va   tarbiyada   o’qituvchining   ishontirishi   haqida   Ibn   Sinoning
quyidagi   ibratli   so’zlari   qimmatlidir:   “Har   bir   so’z   harakat   va   mimika   bilan
tasdiqlanishi, bolalarda hissiyot uyg’otadigan bo’lishi zarur”.
Pedagogik   ta’sir   ko’rsatishda   ishontirish   metodi   bilan   bir   qatorda   ta’sir
ko’rsatish metodi ham qo’llaniladi. Uzoq yillar pedagogik jarayonda ta’sir etish tan olinmas edi. Biz xohlasak, xohlamasak ta’sir ko’rsatish elementlari hayotda o’zaro
hamkorlikda   muhum   rol   o’ynaydi.   So’z   yordamida   biz   o’quvchilarda   ziyraklik
yoki qo’rquvni, o’ziga ishonch yoki ishonchsizlikni, zerikish, ishonch yoki shubha
singarilarni hosil qilamiz.
O’quvchilarga ta’sir  qilish so’zning fandagi  ma’nosiga qarab emas,  so’z va
nutq   intonasiyasi,   aniqligini   ifodalovchi   hamda   bularni   mustahkamlovchi   imo-
ishoralar   –   yuz,   qo’l   harakatlari   bilan   bevosita   hissiyotga   ta’sir   etadi.   Bu   haqda
Makarenko: “... Yuz harakatlarini yaxshi egallamagan, o’z yuzida zarur ma’nolarni
bera bilmaydigan yoki o’z kayfiyatini ushlab turolmaydigan kishi yaxshi tarbiyachi
bo’lishi mumkin emas”, - deb o’rinli ta’kidldgan.
Suxomlinskiy   so’zning   ta’siri   haqida:   O’qituvchining   so’zi   -
tarbiyalanuvchining qalbiga ta’sir o’tkazadigan yagona so’z. Tarbiyachilik san’ati -
avvalo,   gapirish,   inson   yuragiga   murojaat   qila   olish   san’atidir.   Men   shunga
astoydil   ishonamanki,   ko’pincha   katta   janjal   bilan   tugaydigan,   maktabda   tez-tez
sodir bo’lib turadigan mojarolar – o’qituvchilarning o’quvchilar bilan gaplashishni
bilmasliklari oqibatidir”, - degan fikrlari qimmatlidir.
Pedagogik ta’sirning samarali bo’lish shartlaridan biri tubandagilardir: o’quv
materialining   mazmuni:   ta’sir   ko’rsatishda   o’qituvchining   ta’sir   ko’rsatishga
bo’lgan   munosabati;   ta’sirning   o’quvchi   yosh   va   individual   sifatlariga   va   ta’sir
ko’rsatishdagi   holatiga   bog’liqligi;   o’qituvchining   ta’sir   ko’rsatish   texnikasiga;
ta’sir   ko’rsatishning   asoslangan   sifatiga   va   amalda   qo’llash   uchun   yaratilgan
sharoitga va boshqalarga bog’liq.
Ta’sir k o’rsat ish t urlari
Ta’sir ko’rsatish ko’pincha quyidagi asosga ko’ra klassifikasiya qilinadi, ular
5 ta turda olib boriladi:
1.  Harakat   manbaiga  asoslanib ta’sir ko’rsatish:
a)  boshqa   kishi  orqali ta’sir ko’rsatish;
b)  o’ziga - o’zi  ta’sir qilish - ta’sir etish obyekti bilan subyekti mos tushadi.
2. Subektning holatiga asoslanib ta’sir ko’rsatish:
a)  uyg’oq   holda  ta’sir ko’rsatish; b)  uxlagan   holda  ta’sir ko’rsatish;
c)  gipoteza   holida  ta’sir ko’rsatish (faraziy, taxminiy).
3.Ta’sir   ko’rsatuvchining   bor   yoki   yo’qligi,   ta’sir   ko’rsatish   maqsadiga
qarab, ongli ravishda, zo’r berish orqali amalga oshiriladi:
a)  oldindan  mo’ljallab ta’sir ko’rsatish;
b)   mo’ljallamaSdan   ta’sir   ko’rsatish.   Mo’ljallangan   ta’sir   ko’rsatishda
o’qituvchi   oldiga   qo’yilgan   maqsad   asosida   ruhiy   ta’sir   ko’rsatishni   ongli   tashkil
etib,   o’z   oldiga   qo’ygan   natijaga   erishadi.   Masalan,   o’qituvchi   yaxshi   o’qigan
o’quvchining   o’qishdagi   ijobiy   tomonlarini   o’quvchilar   oldida   maqtaydi   va   unga
kuchli   ta’sir   etadi.   Mo’ljallanmaganda   ta’sir   ko’rsatuvchi   o’z   oldiga   maqsad
qo’ymaydi.   Ba’zan   o’qituvchi   o’zi   tushunib   yetmay,   odatdagidan   murakkab
bog’lanishda bir o’quvchiga murojaat qilib unga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Masalan,
sen hamma vaqt shundaysan. Senga biror ishni topshirsam, baribir sen uni uddalay
olmaysan, kabi.
c)   o’ziga - o’zi   ta’sir   etish   ham   mo’ljallangan   va   mo’ljallanmagan.   Inson
ongli   ravishda   o’zidagi   salbiy   sifatlarni   yo’qotishga   intiladi.   Mo’ljallanmaganda
esa ongsiz, erkin, o’z xohishicha amalga oshiradi.
4. Ta’sir etish natijasiga qarab ikkiga bo’linadi:
a)   ijobiy ;   b)   salbiy .   Ijobiy   ta’sirda   ijobiy   ruhiy   sifatlar   shakllanadi   (odat,
qiziqishlar,   munosabatlar).   Salbiy   ta’sir   ko’rsatishda   salbiy   sifatlar   shakllanadi.
Masalan, tahqirlash, ma’naviyasizlik va h.k.
5. Ta’sir etish mazmuniga qarab farqlanadi:
a)   ochiqchasiga   ta’sir   ko’rsatish.   Ta’sir   ko’rsatishni   to’g’ridan-to’g’ri,
ochiqchasiga   ta’sirlanuvchi   biror   aniq   harakatga   da’vat   etadi.   Masalsn,   bundan
keyin hyech qachon chekmaysan; 
b)   yashirin   holda   ta’sir   ko’rsatish.   Ta’sir   ko’rsatishda   maqsad   yashirinadi,
to’g’ri   aytilmaydi,   u   yoki   bu   mo’ljal   qilingan   ta’sir   harakat   orqali   amalga
oshiriladi.
Pedagogik ta’sir ko’rsatishning shakllari
Maktabda pedagogik ta’sir etishning tubandagi shakllari qo’llaniladi. I.   Bevosita   oldindan   mo’jallab   ta’sir   etish  (bu to’g’ridan-to’g’ri ta’sir etish
deyiladi) qaysiki komanda, buyruq va murabbiy ta’sir etish qo’llaniladi.
Buyruq   va   komanda   o’quv-tarbiyaviy   jarayonda   tubandagi   turlarda
qollaniladi:
1.  Ogohlantiruvchi  yoki  yo’naltiruvchi  shaklda. Bunda vazifa qisqa vaqtda
bajarishga da’vat qilinadi. Masalan, Diqqat! Tayyorlaning!
2.  Bajaruvchi   shaklda . Masalan, to’g’irlaning! Smirno! Stop!
3.  Ta’qiqlovchi   shaklda . Masalan, To’xta! Tugat! Bas!
4.   Namuna   asosida   bajariladi.   Masalan,   men   shunday   bajarsam,   sen   han
shunday   bajar.   Validek   bajar.   Murabbiy   ta’sir   ko’rsatish   shakli.   Masalan,   “Sen
yaxshi o’qiy olishing mumkin. Bugun sen uch soat dars tayyorlaysan” kabi.
II.   Bilvosita   ta’sir   ko’rsatisn   o’quvchiga   ta’sir   ko’rsatishning   asosiy
vositasi   hisoblanadi.   Bilvosita   ta’sir   ko’rsatishning   tubandagi   shakllari   mavjud
shama   shaklida   (o’qituvchiga   jamoat   isnlaridagi   faolligi   uchun   uni   qo’llab-
quvvatlaydi”.   “Mabodo,   sen   charchamadingmi?”   ta’sir   ko’rsatishning   bilvosita
ma’qullashi).
Ta’sir ko’rsatishning pedagogik ta’sir texnikasi
Ta’sirning   samarasi,   ta’sir   ko’rsatuvchining   ovoz   tuzilishi,   qarashlari   (aft-
bashara   holati),   harakatlarning   uzviyligiga   bog’liq   murabbiyning   ta’sir
ko’rsatuvchiga ko’rsatgan ta’siri qaysini so’z bilan ta’sir ko’rsatish mazmuni uning
intonasiyasini,   imo-ishorani,   yuz,   aft   harakatlarini   qo’llab-quvvatlaganda   kuchli
bo’ladi. Bular mazmunga zid bo’lmasligi kerar.
To’g’ri   aloqa   uslubini   shakllantirishda   o’zini   tuta   bilish,   o’zini   bilish,
haqqoniy   bo’lish   boshqalar   tarbiyasiga   ijodiy   yondashish,   pedagogik   texnikani
rivojlantirish,   hazilni   sezish   singari   sifatlari   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Bunda
albatta o’qituvchi doimo o’z o’quvchilarini xizmat qilishi va ular shaxsini himoya
qilishi shart.
Ustoz - pedagoglar erishgan muvaffaqiyatlarning sirini bilishga harakat qilar
ekanmiz, biz ularning pedagogik ta’sir usullaridan ustalik bilan foydalangan holda
turli-tuman amaliy ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni ustalik bilan hal etishlariga guvoh bo’lamiz.   Bunda   muhim   rolni   maxsus   ko’nikmalar   egallaydi:   o’quvchilarni
ijrimoiy foydali o’quv faoliyatiga safarbar eta bilish, muammo qo’ya bilish, jamoa
va   alohida   shaxs   bilan   til   topish,   kuzata   bilish,   o’z   kechinmalarini   boshqacha
bilish: ovoz, nutq, mimika, harakatlarini erkin boshqara bilish va h.k. 
Pedagogik   texnika   -   o’qituvchi   faoliyatining   botiniy   mazmunini   hamda
zohiriy ifodasining garmonik birligidan iboratdir. Pedagog mahoratining ma’naviy
madaniyati hamda pedagogik jihatdan maqsadga muvogiq bo’lgan zohiriy ifodasi
sintezidan iboratdir. (N.N.Tarasovich)
Shunday qilib texnika - usullar majmuasidir. Uning vositalari esa - nutq va
muloqot vositalaridir. “Pedagogik texnika” tushunchasi o’z ichiga 2 guruh tarkibiy
elementlarni oladi:
1.   O’qituvchining   odob - axloqiy   ko’nikmalari   bilan   bog’liq   bo’lgan
elementar:   o’z   jismini   (mimika,   pantomimika)   boshqara   bilish;   his-tuyg’u,
hayajon, ta’bini boshqara bilish (ortiqcha ruhiy zo’riqishlardan osonlik bilan xalos
bo’la   olish,   ijobiy   muhitni   to’g’richa   bilish):   diqqat   qila   bilish,   kuzatuvchanlik,
tasavvurning   kengligi;   nutq   texnikasi   (nafas,   ovozni   boshqarish,   diksiya,   nutq
tezliqi (tempi)).
2.   Shaxs   va   jamoaga   ta’sir   ko’rsata   bilish   texnikasi   ta’lim-tarbiyaning
texnalogik   tomoni   bilan   bog’liq   bo’lib,   bularda:   didaktik,   tashkiliy,   ijodiylik,
muomala   ko’nikmalari;   talab   qila   bilish,   pedagogik   muloqotni   boshqara   bilish,
jamoatchilik ijodiy faoliyatini tashkil eta bilish va boshqalar kiradi.
Quyida   biz   pedagogik   texnikaning,   pedagogning   odob-axloqi   bilan   bog’liq
bo’lgan jihatlarini qarab chiqamiz.
Pedagogik   maqsadga   qaratilganlik   va   pedagogning   tashqi   qiyofasi.
Tarbiyachining tashqi qiyofasi estetik jihatdan ko’rimli bo’lishi lozim. O’qituvchi
juda ham bashang va juda ham pala-partish kiyinmasligi lozim.
Uning   tashqi   qiyofasi   kiyim-kechaklari   –   tarbiyachi   shaxsini   shakllantirish
vazifasini   hal   etishga   bo’ysindirilgan   bo’lishi   lozim.   Zamonaviy   kiyinish
normalaridan   keyinda   qolmagan   holda   u   o’rtacha   me’yorga   amal   qilgani   tuzuk.
Tarbiyachining   estetik   did   bilan   kiyinishi,   uning   o’zini   erkin   tuta   bilishi,   nutqi, mimik   va   pantomimik   harakatlariga   mos   bo’lishi   lozim.   Chunki   uning   har   bir
harakati: auditoriyaga qay tahdidda kirishi, stulda qanday o’tirishi, yurish-turishi –
barchasi tarbiyalanuvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatadi. U o’zini xotirjam, jiddiy,
o’rni   kelganda   esa   bolalarning   yoshiga   mos   ravishda   xushchaqchaq   tuta   bilsa,
tarbiyalanuvchilarga ta’siri talab darajasida bo’ladi.
Emosional   holatni   boshqarish.   Boshlovchi   pedagog   birinchi   marta   o’zini
juda   ishonchsiz   sezadi.   O’ziga   qarab   turgan   ko’zlarning   taz’yiqi   natijasida   uni
titroq bosadi, nutqi uzuq-yuliq, pala-partish, o’zini yo’qotib qo’yadi. (chunki u o’z
ustidan   kulishlaridan   qo’rqadi).   Bularning   barchasi   o’qituvchidan   bo’lajak
mashg’ulot   oldidan   o’zini   ruhiy   fiziologik   jihatdan  tayyorlashni,   muloqot   paytida
o’z emosional holatini boshqara bilishni talab etadi. 
O’z - o’zini   boshqarish   qobiliyatini   aniqlash   uchun   B.M.Cherniy   tuzgan
testdan foydalanish mumkin:
“ Ha   yoki   yo’q ”   so’zlari   bilan   hissiyot-holatingizga   tegishli   bo’lgan
savollarga javob bering:
- Har doim xotirjam, toqatlimisiz?
- Sizning ta’bingiz har doim tuzukmi?
-   Auditoriyada   mashg’ulot   o’tayotganda,   unga   diqqat   va   saranjomlik   sizni
tark etmaydimi?
- Siz o’z his-hayajoningizni boshqara olasizmi?
-   Siz   o’z   o’rtoqlaringiz   va   yaqinlaringizga   nisbatan   diqqat   e’tiborli   va
mehribonmisiz?
- Siz o’rganish kerak bo’lgan materialni yengil o’zlashtira olasizmi?
- Sizda o’zingiz xalos bo’lishni istagan salbiy odatlar yo’qmi?
-   Siz   qaysidir   vaziyatda   o’zimni   noto’g’ri   tutdim,   deb   afsuslanasizmi?
“ Ha   va   yo’q ”   javoblarini   hisoblab,   xulosa   chiqarish   mumkin.   Agar   barcha
javoblar   ijobiy   bo’lsa,   vazminlik,   o’z-o’zini   boshqara   bilish,   yoki   o’ziga   ortiqcha
baho   berishni   ko’rsatadi.   Agar   barcha   javoblar   yoki   ularning   ayrimlariga   salbiy
javob to’g’ri kelsa, bu kishining notinchligi, o’ziga ishonchsizligi, o’ziga tanqidiy
qarashidan   dalolat   beradi.   Aralash   javoblar   (“Ha”   ham   “yo’q”   ham)   o’z nuqsonlarini ko’ra bilishni ko’rsatadi, bu esa o’z-o’zini tarbiyalash tomon birinchi
qadamdir.
O’z-o’zini boshqarish usullari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
- yaxshilik, mehribonlik va optimizimni tarbiyalash;
-   o’z   xulq-atvorini   nazorat   qilish   (mushak   zo’riqishi,   harakat   tezligi,   nutq,
nafas olish);
-   faoliyatda   dam   olish   (mehnat,   musiqa,   kitobxonlik,   yumor,   imitasion
o’yinlar).
Navbatdagi   usullar   organizmning   faoliyatini   nazorat   qilishga   asoslanadi.
Xususiy   qayg’urishlar   chuqurligini   o’zgartirish   mumkin.   Buning   uchun   tashqi
ta’sir   zarur   bo’ladi.   Bunga   nazoratni   nimaga   qaratish   lozim?   Albatta   mimika,
suyak muskullari, nutq tezligi, nafas olishni mo’tadillashtirish lozim bo’ladi.
Jismoniy   va   ruhiy   jihatdan   organizmni   bo’shashtirish   uchun   autogen
mashqlar  (psixik  o’z-o’zini   boshqarish)  o’ziga  xos  psixofizik  gimnastik   mashqlar
bo’lajak   o’qituvchi   uchun   nafas   olish   va   nutq   ohangini   tarbiyalashda   xizmat
qiluvchi   mashqlar   qatoridan   joy   olmog’i   lozim.   Psixik   o’z-o’zini   boshqarish   o’z
tarkibiga   relaksasiya   (bo’shashuv   holati)   va   kasbiy   zarur   bo’lgan   sifatlarni
egallash   uchun   o’z-o’zini   ishontirish   formulalaridan   foydalanishni   qamrab   oladi.
Buning   uchun   chordona   qurgan   holda   maxsus   formulalar   yordamida   og’irlik   va
issiqlik   sezgisini   organizm   a’zolari   -   qo’l-oyoqda   hosil   qilish,   muskullarni
bo’shashtirish,   tinchlanishni   mashq   qilish   mumkin.   Shundan   so’ng   quyidagi
formula asosida  quyidagilarni  ovoz chiqarib aytib o’z-o’zini  u yoki  bu faoliyatda
safarbar etish mumkin:
“Men   xotirjamman.   Darsimni   yaxshi   o’tyapman.   Talabalar   yaxshi
tinglashyapti.   O’zimni   erkin   his   etyapman.   Men   darsga   yaxshi   tayyorlanganman.
Dars   qiziqarli.   Talabalarning   barchasini   bilaman   va   ko’ryapman.   Men   darsni
yaxshi o’taman. Mening darsimga talabalar qiziqishadi. Men o’zimga ishonaman,
kuchliman.   Men   o’zimni   yaxshi   tuta   olaman.   Ruhiyatim   yaxshi.   O’qitish   qanday
yaxshi.   Talabalar   meni   hurmat   qilishadi,   tinglashadi   va   mening   talablarimni   ijro
etishadi. O’qituvchilik kasbi menga yoqadi. Men - o’qituvchiman!”. Biroq pedagogik faoliyatning boshida ro’y beradigan qiyinchiliklarni yengib
o’tish   uchun   katta   bardosh,   iroda,   sabr-toqat   talab   etilishini   yoddan   chiqarmaslik
lozim.
Pantomimika.   Gavda,   qo’l   va   oyoqning   harakatiga   -   pantomimika
deyiladi.   Pantomimikadan   mohir   pedagoglar   o’z   fikrlarining   asosiy   o’rnini
ta’kidlash,   obraz   yaratish   maqsadida   foydalanadilar.   O’qituvchi   dars   paytida
o’quvchilar oldida to’g’ri turish malakasini egallashi kerak (oyoqlar oralig’i 12-15
sm, bir oyoq biroz oldinga tashlangan holda). Uning barcha harakatlari nazokatli,
oddiy   va   tabiiyligi   bilan   ajralib   turishi   lozim.   Gavdani   tutish   estetikasi   salbiy
odatlardan   xoli   bo’lishni   talab   etadi:   orqa-oldga   tomon   chayqalish,   bir   oyoqdan
ikkinchisiga   og’irlikni   tashlash,   stul   suyang’ichini   tutish,   qo’lda   darsga   aloqasiz
buyumlarni aylantirish, bosh qashish, burun qoqish, quloq kavlash va h.k.
Uning   imo-ishoralari   aniq   tushunarli,   ma’noli   bo’lmog’i   lozim.   Imo-
ishoralar   tasviriy   va   psixologik   turlarga   bo’linadi.   Tasviriy   ishoralar   fikr
yo’nalishini   tasavvur   etish,   chizib   berish   uchun   xizmat   qiladi.   Eng   muhimi
psixologik   testlar   bo’lib,   ular   his-hayajon,   tuyg’ularni   ifodalashga   xizmat   qiladi.
Masalan,  o’qituvchi  to’g’ri  javobdan  mamnunligini  boshini  3 marta ohista  pastga
egish   orqali,   javobdan   qoniqmaganligini   esa   boshini   ikki   tomonga   “sarak-sarak”
qilib chayqash orqali ifodalashi mumkin. Shuni   ta’kidlash   joizki,   ishoralar
aytilmoqchi bo’lgan fikr to’g’risida oldindan ogoh etish uchun ishlatiladi, aytilgan
fikrdan   keyin   ularni   qo’llashning   foydasi   yo’q.   O’quvchilarga   aytiladigan   fikr
ta’sirini oshirish uchun oldinga qarab yurish, ularga dam berish uchun esa orqaga
qaytish lozim.
Mimika.   O’z   fikri,   hissiyoti,   ruhiy   holatini   ifodalash   san’atiga   -   mimika
deyiladi.   Ba’zan   o’qituvchi   yuz   ifodasi   u   aytmoqchi   bo’lgan   so’zdan   ham   ko’ra
kuchli   ta’sirga   ega.   Imo-ishora   va   mimika   axborotning   emosional   ta’sir   kuchini
oshirib yaxshi qabul qilishiga sabab bo’ladi.
O’quvchilar   o’qituvchining   fikrini   uning   yuz   ifodasidanoq   bilib   oladilar.
Shuning   uchun   ham   o’qituvchi   o’z   kechinmalarini   yashira   olish   ham   lozim.   Yuz
harakatlari faqatgina o’quv tarbiya maqsadida qo’llanilishi lozim. Yuz ifodasi  butun qiyofa kabi o’zga ishonch, xayrixohlik, hukm, norozilik,
xursandlik,   faxrlanish,   loqaydlik,   qiziquvchanlik,   xafalik   kabilarni   ifodalay   olishi
lozim. Insonning barcha hissiyotlari  uning tabassumida  mujassamlashgan  bo’ladi,
u kishining ma’naviy sog’lomligi va axloqiy qudratini o’zida ifodalaydi. Mimikani
ifodalovchi   detallar   -   qosh   va   ko’zdir.   Qoshning   yuqoriga   ko’tarilishi
hayratlanishni,   chimirilishi   -   diqqatni   to’plashni,   qimirlatmasdan   turish-
xotirjamlikni, loqaydlikni, tez harakatga kelishim - tang qolishni ifodalaydi.
Ko’z   kishining   eng   ta’sirchan   organidir.   O’qituvchi   o’z   yuz   tuzilishining
imkoniyatlarini yaxshilab o’rganib chiqishi lozim. U har bir xodisaga nisbatan o’z
ko’z  qarashlari   bilan  o’zining ijobiy, salbiy,  betaraf  munosabatini  ifodalay  bilishi
lozim. Uning ko’zi “olma-kesak” termasligi, yoki “baliq ko’z” bo’lmasligi lozim. 
Mana   masalan,   quvonchli   holatni   ifodalovchi   belgilar:   tabassum,   ko’z
yashnaydi, haddan tashqari imo-ishoralar, so’zamollik, boshqalarga yordam berish
istagi ko’zga tashlanadi.
Qo’rquv   belgilari:   ko’zlar   katta-katta   ochilgan,   gavda   shalpaygan,   qoshlar
biroz ko’tarilgan, ovoz titraydi, ko’z olma-kesak teradi, harakatlar shiddatli, gavda
titraydi.
O’qituvchining   nazari   o’quvchilarda   bo’lishi   lozim.   Ular   orasidagi   ko’z
aloqasi   mashg’ulotlar   davomida   mustahkamlanib   borishi   kerak.   Biroq   shuni   ham
unutmaslik   lozimki,   katta   yig’in,   mitinglarda   so’zga   chiqqanda   bunday   aloqadan
voz   kechish   lozim.   Chunki   ko’pchilik   tomonidan   hosil   bo’ladigan   biomaydon
notiqqa   salbiy   ta’sir   ko’rsatadi.   Shuning   uchun   ham   olomonga   xuddi   devor   yoki
gulzorni   kuzatgan   kabi   nazar   tashlagan   maqsadga   muvofiq   bo’ladi:   olamon
biomaydoni notiqqa salbiy ta’sir ko’rsata olmaydi.                     O’qituvchi nutqi - pedagogik mahorat ko’zgusi sifatida
Olimlarning hisoblashlariga ko’ra o’quv uchun ajratilgan vaqtning taxminan
1/4   -   1/2   qismi   o’quvchilarning   o’qituvchi   nutqini   eshitishlari   va   tushunishlari
uchun   sarflanadi.   Demak,   o’quv   materialining   o’quvchilar   tomonidan   puxta
o’zlashtirilishi o’qituvchi nutqining kamoloti va yorqinligiga bog’liq ekan.
Haqiqatan   ham,   A.Avloniy   ta’kidlaganidek   “So’z   insonning   daraja
va   kamoli,   ilm   va   fazlni   ulug’lab   ko’rsatadurg’on   tarozisidir.   Aql
sohiblari   kishilarning   fikr   va   niyatini,   ilm   va   quvvatini,   qadr   va
qimmatini   so’zlagan   so’zidan   bilur”.   Ayniqsa,   o’quvchilar   o’qituvchi
talaffuzi,   nutq   texnikasiga   katta   e’tibor   beradilar.   Duduq,   kirish,
tovushga   taqlid   kabi   so’zlarning,   masalan   “aytaylik”,   “xo’sh”,   “anaqa”,
“o’tga-bo’tga”,   “demak”   kabi   so’zlarning   o’rinsiz   ravishda   ko’p
takrorlanishi   o’quvchilarning   ensasini   qotiradi.   Bunday   hol   faqat   o’rta
maktab o’qituvchilari va o’quvchilari orasidagina emas, balki oliy o’quv
yurti   professor-o’qituvchilari   orasida   ham   uchrashi   achinarli   holdir.
Masalan,   sobiq   ittifoq   davridagi   SamDUning   bir   o’qituvchisi   (muayan
sabablarga   ko’ra   u   kishining   ismini   aytmadik)   bir   juft   ma’ruza
davomida 82 marta hyech bekorga “xo’sh” va 172 marta “demak”so’zini
ishlatgan.   Bunday   hol   o’quvchi   va   talabalarning   fanga   bo’lgan
qiziqishlarni so’ndiradi. 
Kishining   ovozi,   tabiati   o’zgarmas   degan   fikrlarga   qo’shilib   bo’lmaydi.
Hozirgi   zamon   fiziologiya   faninig   dalolat   berishicha   ovoz   sifatini   mutlaqo
o’zgartirish   mumkin.   Bu   tarixiy   faktlar   bilan   ham   isbotlangan.   Masalan,   buyuk
notiq   Demosfen   o’z   duduqligini   mashq   qilish   tufayli   yengib   Qadimgi   Rimning
buyuk notig’iga aylangan.
Hozirgi   kunda   nutq   texnikasiga   doir   mashqlar   tizimi   ishlab   chiqilgan.   Bu
tizim   teatr   pedagogikasi   tajribalariga   tayanadi   hamda   nutq   paytida   to’g’ri   nafas olish, tanaffus va diksiyani so’zlash kabi ko’nikmalar o’quv-metodik majmuasidan
tashkil topgandir. Mazkur tizimni o’zlashtirgan istalgan o’qituvchi o’z nutqi orqali
o’quvchilarda   o’zi   istagan   bilim,   ko’nikma   va   malakalarni   singdira   oladi,
tarbiyalay oladi.
Nutqni boshqarishning ilmiy asoslarini quyidagilar tashkil etadi:
1. To’g’ri nafas olish.
2. Talaffuz va diksiyani sozlash.
3.   Nutq,   talaffuz,   diksiyani   pantomimik   va   mimik   harakatlar   bilan
uyg’unlashtirish (teatr pedagogikasi tajribasi asosida).
To’g’ri nafas olish
Nafas   faqatgina   insonning   tirikligini   ta’minlabgina   qolmaSdan   nutqning   kuch
beruvchi   bazasi   bo’lib   ham   hisoblanadi.   Nutq   hosil   qiluvchi   nafas   Fonatika   deb
ataladi (grekcha   fono   -   tovush ). Hayotda muomala dialogik tarzda kechishi nafas
olishda ko’p qiyinchilik tug’dirmaydi. Biroq dars paytida esa bir oz boshqacharoq:
o’qituvchi uzoq vaqt gapirishiga to’g’ri keladi, mashqsiz nafas olish shunda o’zini
namoyish qiladi: nafas olish qiyinlashishi  tomir  urishni  tezlashishi  , yuz qizarishi
kuzatiladi.
Nafas   olish   jarayonida   qanday   muskullar   ishtirok   etishiga   qarab   nafas
olishning 4 xil tipi farqlanadi.
Yuzaki nafas   - olish yelkani ko’taruvchi va tushiruvchi, ko’krak qafasning
yuqori qismini harakatga keltiruvchi muskullar ishtirokida hosil bo’ladi. Bu yuzaki
nafas hosil qiladi, o’pkaning faqat yuqori qismigina faol harakat qiladi.
Ko’krak   nafasi   -   qovurg’alar   oralig’i   muskullari   yordamida   hosil   qilinadi.
Ko’krak   qafasining   ko’ndalang   qismi   o’zgarishga   uchraydi.   Diafragma   deyarli
harakatsiz, natijada nafas chiqarish kuchsiz.
Diafragma   orqali   nafas   olish   -   ko’krak   qafasining   ko’ndalang   o’zgarishi
hisobidan sodir bo’ladi. Diafragma qisqaradi (bunda qovurg’alar oralig’idagi nafas
muskullari qisqaradi, biroq ozroq). 
Diafragma qovurg’a orqali nafas olish   diafragmalarning to’g’ridan-to’g’ri
va   ko’ndalang   ravishda   qisqarishi,   qovurg’alararo   nafas   olish   muskullarining qisqarishi   natijasida   yuzaga   keladi.   Bu   nafas   olish   eng   to’g’ri   bo’lib,   undan   nutq
tovushini hosil qilish uchun foydalaniladi.
Ko’krak qafasining kengayishi nafas chiqarish natijasida faol ishga kirishgan
qovurg’alararo   muskullarning   harakati   o’pka   kengayadi   va   havo   bilan   to’ladi.
Shunday savol tug’iladi - nafas olish qanday sodir bo’ladi? 
Ko’krak   qafasi   diafragmasi   qisqaradi   va   ko’tariladi   hamda   ko’krak
qafasining   yuqorisiga   ta’sir   etadi,   bu   vaqtda   qovurg’alar   pastga   tushadi,   natijada
ko’krak qafasining ko’ndalang hajmini kichraytiradi. Ko’krak qafasining umumiy
hajmi qisqarishi natijasida bosim ko’payadi va havo tashqariga chiqadi. 
Oddiy   nafas   burun   orqali   sodir   bo’ladi:   u   vaqt   jihatidan   qisqa   va   ravondir.
Oddiy nafasning formulasi: nafas olish, chiqarish, pauzadan iborat.
Buni shunday tasavvur etish mumkin:
Bunday   nafas   olish   esa   nutq   uchun   yetarli   emas.   Nutqda   nafas   chiqarish
nafas olishga nisbatan cho’ziqroqdir. 
Nutq   tovushlari   nafas   chiqarish   jarayonida   yuzaga   keladi.   Shuning   uchun
ham   diafragma,   bel   hamda   qovurg’alararo   muskularni   rivojlantirishga   doir
mashqlar mavjiud. Masalan:  yonboshlagan holda burun orqali chuqur nafas olish.
Bunda havo o’pkaning pastki qavatida saqlanishiga e’tibor bermoq darkor. Havoni
har doim pastga tomon yo’llash lozim.
Talaffuz hamda diksiyani sozlash Nafas chiqarish
Pauza 
Nafas olish
Pauza
Nafas olish Nafas chiqarish Ha,  ba’zi   o’qituvchilarning  ovozi  tabiatan  berilgan.  Biroq  har   qanday  ovoz
maxsus mashqsiz vaqt o’tishi jarayonida buzila boshlaydi. Har bir kishining ovozi
o’zigagina xos: kuchli qattiq va ohangdordir.
Ovoz   apparati   3   qismdan:   generatorli ,   energetik ,   rezanotorlik
xususiyatiga  ega. 
Ovoz   generasiyasi   ovoz   tugunchalari   og’iz   bo’shlig’idagi   to’siqlarda   hosil
bo’ladi, natijada shovqinli tovushlar yuzaga keladi.
Rezanator   tizimida   xalqum,   burun-xalqum,   og’iz   bo’shlig’i,   nutq   ritmi   va
dinamik rivojlanishni ta’minlaydi.
Energetik tizimda tashqi nafas olish bilan bog’liq bo’lib, havo to’lqinlari va
miqdorini   tashkil  etadi,  tovushning  kelib chiqishiga   sabab  bo’ladi.  Pedagog  nutqi
kuchli,   uzoq   masofaga   yetib   boradigan   o’zgaruvchan,   diapazonli   (ovoz   hajmi),
tembri (ulug’lik, yorqinlik) bo’lishi talab etadi. 
Maxsus ilmiy tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, past ovozda tushuntirish yuqori
ovozda nisbatan samaraliroq o’zlashtirilar ekan.
Ovoz buzilishlari 4 sababga ko’ra sodir bo’lishi aniqlangan:
1. Har kungi ovoz  zo’riqishi .
2. Ovoz apparatlarining  zaifligi .
3.  Gigiyena  qoidalarini bilmaslik.
4. Ovoz apparatining  tug’ma   zaifligi .
Ovoz   apparatining   zo’riqishi   natijasida   ovozning   buzilishi   o’qituvchilar
orasida   50   %   ni   tashkil   etadi   -   bu   baland   ovoz   bilan   gapirishning   oqibatidir.
O’qituvchining   ovozini   ehtiyot   qilishi   haqida   Abu   Ali   Ibn   Sino   “ Tib
qonunlari ”da   asarida   shunday   yozadi:   “Ovozni   yo’qotmaslik,   nafas   olish
organlarini   ishdan   chiqarmaslik   uchun,   avvalo   o’qishni   past   ovoz   bilan,
keyinchalik esa asta-sekin kuchaytirish lozim, lekin kuchli ovoz bilan o’qish ham
uzoq muddat davom etmasligi lozim” (316-b). U yana davom etib yozadi: ”Uzoq
muddat   davomida   qattiq   tovush   juda   xavflidir.   Chunki   baqiriq   ko’p   miqdorda
havoni   ichga   tortishni   talab   qilib,   uzoq   muddat   tovush   chiqarib   turish   esa   ko’p
miqdordagi   havoni   tashqariga   chiqarishni   talab   qiladi   (bularning   har   ikkisi   ham xavflidir)” - degan edi.
Diksiya.   Talaffuzning   aniqligi,   ravshanligi.   Diksiya   bu   har   bir   so’z,
jumlani aniq talaffuz etishdir. Talaffuzning aniqligi nutq apparatining sofligi, ya’ni
sozlanganligiga   bog’liq.   Nutq   hosil   qilishda   til,   lab,   yumshoq   tanglay,   kichik   til,
pastki  jag’  faol  qatnashadi. Shuning uchun ularni  mashq  qildirish darkor. Buning
uchun   maxsus   artikulasion   gimnastikalardan   foydalanish   mumkin.   Bunday
mashqlar   nutq   apparatini   sozlaydi,   har   bir   tovushni   to’g’ri   talaffuz   qilishga
o’rgatadi.   Masalan,   tilning   chuchukligini   mashq   orqali   tuzatish   mumkin.   Buning
uchun til yuqori tanglay ostiga qattiq bosiladi. Gugurt cho’pi bilan talaffuz   qilish
orqali ham bunday natijaga erishsa bo’ladi.
Nutq,   talaffuz   diksiyasini   pantomimik   va   mimik   harakatlar   bilan
uyg’unlashtirish
Nutqning cho’ziqligi, davomiyligi alohida so’zlarning talaffuzi, uning ritmik
tezligini   tashkil   etadi.   Uning   tezligi   o’qituvchining   individual   xususiyatlariga
bog’liq bo’ladi. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, V-XI sinflarda 1 minutda 60 so’z, X
sinflarda 75 so’z bayon qilinganda o’quvchilarning yaxshi o’zlashtirishga erishishi
aniqlangan.
O’quv   materiallarining   murakkab   qismi,   bo’limlarini   asta-sekinlik   bilan,
qolganlarini   esa   ritmik   tezlik   bilan   uyg’unlikda   tushuntirilishi   lozim.   O’quvchi
qanchalik   hayajonlansa,   o’qituvchi   shuncha   sekin   va  xotirjam   vaziyatda   gapirishi
katta   samara   beradi.   Nutq   jozibadorligi   va   boyligini   oshirish   uchun   maxsus
mashqlardan   foydalanish   tavsiya   qilinadi.   Bular:   nafas   olishni   tashkil   qilish,
talaffuzini   o’rganish,   nutq   sur’atini   boshqarish,   ovoz   bog’lanishlarini
mustahkamlash   va   boshqalardir.   O’qituvchi   nutqi   tiniq,   mazmunli,   jarangli,   aniq,
o’quvchilar   diqqatini   o’ziga   tortadigan,   fikrlashga   da’vat   etuvchi,   o’quvchini
to’lqinlantiruvchi, uning uyqusini keltirmaydigan bo’lishi lozim.
Agar   nutq   tezligiga   ritm   deyilsa,   uning   cho’ziq   yoki   qisqalik   jihatdan
muayyan   o’lchovga   egaligiga   vazn   deyiladi.   Masalan,   she’riy   asarlarning   vazni:
aruz ,  barmoq,   oq   she’r  kabilar.
O’qituvchi o’z nutqini, talaffuz va diksiyasini pantomimik, mimik harakatlar bilan uyg’unlashtira olsa va shuning bilan birga chuqur kasbiy bilimlar zahirasiga
ega bo’lsa, bunday o’qituvchini mohir usta, ustoz o’qituvchi deb atash mumkin. 
Pedagogik muomala va uning funksiyalari
Ba’zi o’qituvchilar borki, ular nihoyatda kuchli bilim, yaxshigina nutqqa ega
bo’lishadi, biroq o’quvchilar bilan muomala qila bilishmaydi. Ularda o’qituvchini
eshitish sabr-toqat malakasi yetishmaydi.
Maktabda  2  ta bosh   figura   -   o’qituvchi   va   o’quvchi   mavjud  bo’lib,  butun
ta’lim-tarbiya   jarayonining   muvaffaqiyati   ana   shu   kishilarning   muomala
madaniyati   darajasiga   bog’liq.   Biroq,   hozirgi   maktab,   ta’lim-tarbiyani
demokratiyalashtirish   jarayoni   bajarayotgan   birdavrda   ham,   biz   avtoritar-
byurokratik, imperativ yondashuvni ko’ramiz.
Sakkiz   yillik   maktab   direktori   “Men   o’quvchilar   bilan   yolg’iz
kurashmoqdaman,   lekin   ular   bilan   hamma   kurashishini   istayman”,   deb   javraydi,
natijada   bolalardagi   nuqsonlarga   emas,   balki   ularning   o’zlariga   qarshi   kurash
boshlaydi.   Masalan,   sharmanda   qilishga   bag’ishlangan   lineyka,   qasam   ichirish,
ota-onalar   orqali   siquvga   olish   va   h.k.   Natijada   ikki   bir-biriga   qarshi   turuvchi
o’quvchilar va o’qituvchilar lageri yuzaga keladi. Umumiy maqsadlar emas, balki
shaxsiy qiziqishlar uchun kurash avj oladi.
Hozirgi   istiqlol   va   demokratiya   sharoitida   ta’lim-tarbiya   jarayonini,   ongli
fikrlay oladigan vatan va shaxsiy manfaatlari oldida mas’uliyat sezadigan fuqaroni
tarbiyalash maqsadiga bo’ysunadi.
O’zaro   qarama-qarshilik   emas,   balki   hamkorlik,   insonparvarlik   bilan
sug’orilgan   munosabatlar   -   maktabda   sermahsul   muomala   madaniyatini   yo’lga
qo’yish orqaligina yuqoridagi maqsadga erishish mumkin.
Bu jarayonni shartli ravishda quyidagicha tasavvur etish mumkin.
Jamiyat Maktab
Jamiyatni yangilash. Pedagogik   jarayon   ishtirokchilari   orasidagi
munosabatlarni insonparvarlashtirish.
Demokratiyalashtirish. Hamkorlik:
O’qituvchi-o’quvchi. O’qituvchi - pedagogik jamoa.
O’quvchi - o’quvchi.
Xo’jayinlik tarbiyasi. Har   bir   o’quvchining   shaxsiy   mas’uliyati,   har
tomonlama rivojlanish. 
Hamma narsa o’qituvchining o’quvchilar bilan mohirona maqsadga muvofiq
munosabatlarni   o’rgatishga   bog’liq,   chunki   bunday   munosabatlar   o’z   navbatida
ijodiy muloqotni shakllantirishga xizmat qiladi.
Ko’pchilik   25   %   o’qituvchi   o’zining   maktabdagi   yetakchilik   rolini
anglamaganligi uchun hamma aybni o’quvchilarning “tarbiyasizligi” ga to’nkaydi.
Muomala   -   pedagogik   faoliyatning   muhim   kasbiy   quroli   bo’lib,   olimlar
A.A.Kovalev,   N.B.Kuzmina,   U.A.Kan-Kalik,   A.A.Leontyev,   A.N.Mudrik,
A.U.Sherbakovlar   muomalaning   o’qituvchi   faoliyatida   muhim   rol   o’ynashini
isbotlashgan.
Pedagogik muomala   - bu o’qituvchining o’quvchilar bilan dars va darsdan
tashqari paytdagi qulay psixologik holat yaratish maqsadida olib boradigan kasbiy
muloqoti.
Pedagogik   muomala   ijtimoiy-psixologik   jarayon   sifatida   quyidagi
funksiyalarga ega:  shaxsni  anglash, axborot almashuv, faoliyatni tashkil  etish, rol
almashtirish,   hamdardlik,   o’z   qadrini   bilish,   ishtirokchilarni   almashtirish,
kechinmalar hosil qilish, o’zida ishonchni shakllantirish va hakozo.
Axborotlarning   almashinish   funksiyasi   materiallarning   va   ma’naviy
sifatlarni   almashtirish,   ta’lim-tarbiyaviy   jarayonni   rivojlantirish,   ichki   ijoboy
o’zgarishlarni hosil qilish, hamkorlikda bilishga oid qidiruv hamda ongli fikrlashga
zarur sharoit yaratadi. .
Pedagogik muomala tuzilishi.   1) Pedagog tomonidan sinf bilan bo’ladigan
muomalani modellashtirishi (pragnostik bosqich). 
  2)   Dastlabki   o’zaro   faoliyatga   kirishuvdanoq   bevosita   muomalaga   kirishuv
(kommunikativ hukum). 
 3) Pedagogik jarayonda muomalani boshqaruv. 
  4) Kelajakdagi faoliyatni inobatga olgan holda qo’llanilgan muomala sistemasi va modellashtirishni tahlil qilish. 
Noto’g’ri   pedagogik   muomala   o’quvchilar   qo’rquvini,   ishonchsizligini,
diqqati, xotirasini bo’shashtiradi, bilish qobiliyatini pasaytiradi, mustaqil fikrlashni
susaytiradi   va   salbiy   xulq-atvorini   shakllantiradi.   Natijada   o’quvchida   o’qituvchi
va predmetga nisbatan munosabat shakllanadi. Pedagogik faoliyatda o’qituvchi va
o’quvchilar   hamkorligidagi   uning   samaradorligini   ta’minlaydi.   A.S.Makarenko
o’qituvchi va o’quvchilarning munosabatlarida asosiy narsa talabchanlik va hurmat
bo’lishi   kerakligini   alohida   ta’kidlagan.   Suxomlinskiy   quyidagi   mahoratni
o’qituvchi   “Maktab   partalaridan   aytilgan   har   bir   so’z   o’ylantiradigan
donishmandona, maqsadga yo’naltirilgan, to’la ma’noli bo’lmog’i kerak”. 
O’qituvchi munosabatida uslublar
Muloqotni   2   qismga   bo’lish   mumkin:   ya’ni   muomala   va   hamkorlikdagi
harakatdan   tashkil   topadi.   Ilmiy   tadqiotlar   ko’rsatadiki,   o’qituvchilar   doimo   o’z
o’quvchilari bilan emosional - turg’un munosabatlarda bo’lganlari o’qishda, xulq-
atvorida nuqsonlarni osoyishtalik bilan - teng va ishonch asosida hal etadi.
O’quvchilar   bilan   qo’pol   muomalada   bo’lgan   o’qituvchilar   esa   o’quvchilar
ishonchini   yo’qotadi,   tilyog’lamalik,   o’zini   ko’rsatish,   sinfda   masxaraomuz
qiliqlarni shakllantirishga sharoit yaratadi. Bular o’quv-tarbiyaviy jarayonga ta’sir
ko’rsatadi.   Tadqiqotchilar   o’qituvchining   sinf   jamoasi   bilan   munosabatlarida   3   ta
uslub  mavjudligini   ta’kidlaydi:  1.   Barqaror   ijobiy   (turg’un);   2.   Faol   -   ijobiy ;   3.
Barqaror   bo’lmagan  (turg’un bo’lmagan) uslub. 
O’qituvchilarning   o’quvchilar   bilan   bo’ladigan   uslublarini   A.A.Leontyev
xulosalab,   beqaror   o’ta   salbiy   uslubda   bo’lganlari   o’zlariga   salbiy   munosabatni
yuzaga   keltirishni   ta’kidlaydi.   Bunday   o’qituvchi   maktabga   va   jamiyatga   ziyon
keltiradi. Muomalada o’qituvchilarning ish uslublari 3 xil bo’ladi: 
1. So’zsiz buysunishga asoslangan  uslub.
2. Demokratik  uslub. 
3. Ko’ngilchanlik  uslubi.
V.A.Kan-Kalik aloqa uslublarini tubandagilarga ajratib ko’rsatadi:
-  hamkorlikdagi  ijodiy faoliyat asosidagi uslubi; -  do’stlikni   xush   ko’rish  asosidagi aloqa uslubi;
-  masofa   saqlash  asosidagi aloqa o’rnatish uslubi;
-  do’g’lash ,  qo’rqitish  asosida aloqa o’rnatish uslubi;
-  hazil  yoki  o’yin  asosida aloqa o’rnatish uslubi;
Sh.A.Amonashvili   do’stlik   asosida   aloqa   uslubi   haqida   shunday   g’oyani
ifodalaydi: (“Agar bola bizdan uzoqlashsa qanday qilib uni tarbiyalaymiz?”).
 “Faqat ma’naviy birlik - bundan boshqa hyech narsa bu birlikni buzishi mumkin
emas”.
“Baqirish   -   insoniy   munosabatlar   madaniyati   yo’qligining   yaqqol   ko’rinib
turgan belgisidir. O’qituvchining baqirishi bolani dovdiratib, garang qilib qo’yadi”
- degan edi Suxomlinskiy.
O’qituvchi munosabatlarida xushmuomalalik
Takt   so’zma-so’z   tarjima   qilinganida   dahldorlik,   aloqadorlik,   taalluqlilik
ma’nosini   bildiradi.   Xushmuomalalik   ishtirokchilar   o’rtasidagi   o’zaro   hamkorlik
munosabatlarini tartibga solishga yordam beruvchi axloqiy mezon.
Xushmuomala xulq-atvorli pedagog insonparvarlik prinsipiga asoslanib, eng
murakkab vaziyatlarda ham insonni hurmat qilish asosida ish tutadi. Bu to’g’risida
O’zbekiston   Respublikasining   “Ta’lim   to’g’risida”gi   Qonunida   “ta’lim   va
tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi”  ta’kidlangan.
Pedagogik  xushmuomalalik  pedagogning   kasb  sifati  ya’ni   mahoratining  bir
bo’lagidir. Pedagogik nazorat umumiy nazoratdan farqlanib, o’qituvchi shaxsining
asosiy sifati bo’lib balki o’quvchiga to’g’ri malakali yondoshishni  nazarda tutadi.
Shunday   qilib,   pedagogik   xushmuomalalik   -   o’qituvchining   maqsadga   muvofiq
o’quvchiga   ta’sir   ko’rsatish   mahoratini   belgilab   beradigan,   samarali   uslubiy
aloqasidir.
K.D.Ushinskiy  “ Maktabda hazilga yo’l qo’yishni jiddiy hukm surishi lozim,
ammo   hamma   ish   hazilga,   ermakka,   sertakalluflikka,   adolat   tirnoq   ostidan   kir
izlashga,   yaxshilik,   muloyimlikka,   tartib   bachkanalikka   aylanib   ketmasligi,   eng
muhimi doimo aqliy faoliyat hukmron bo’lishi kerak ”, - deb ta’kidlagan edi.
O’qituvchining   o’quvchilarga   qo’yadigan   talablari   me’yoridan   ortiq   bo’lsa, teskari   natijalarni   me’yoridan   ortiq   ko’ngilsizlik   esa   salbiy   natijalarni   keltirib
chiqarishi   mumkin.   O’qituvchi   o’quvchini   hurmatlab   buni   o’quvchilarga   ko’rsata
olish   zarur.   Hurmat   qilish   ochiq   ko’ngillikni,   erkalatishni,   talabchanlikni   inkor
etmaydi,   aksincha   uni   kuchaytiradi.   Talabchanlik   o’quvchi   yoshining   o’rtiq
bo’lishi bilan orttirib boriladi.
Darsda pedagogik xushmuomalalik
O’quvchilar   bilan   o’qituvchi   o’rtasidagi   tushunmasligining   asosiy
sabablaridan   biri   -   o’qituvchining   xushmuomala   emasligi   ya’ni   o’quvchilarning
tashqi   ko’rinishi,   aqliy   rivojlanishi,   qobiliyatlariga   qo’pol   ravishda   e’tiroz
bildirishlari   natijasida   ro’y   beradi.   Ba’zi   o’qituvchilar   sinfda,   ko’chada,   qayerda
bo’lmasin   o’quvchilarni   ogohlantiradi.   O’qituvchining   xushmuomalaligi   darsning
barcha   bosqichlarida   amalga   oshirilishi   kerak.   Asosiy   e’tiborni   o’quvchilar   uy
vazifalarini tekshirish va baholashga qaratishi lozim.
Bunda o’qituvchining nazorati mohirlik bilan ularning javoblarini tinglashi,
mazmuni   shakli,   duch   keladigan   qiyinchiliklari   va   boshqalar.   O’qituvchi
o’quvchining   javobidan   kulimsirashi,   yuz-qo’l   harakatlarini   o’zgartirishi,   boshni
irg’ashi, izoh berishi, javobni bo’lishi maqsadga muvofiq emas.
Pedagogik xushmuomalalikni o’zgartirish shartlari
Pedagogik   xushmuomalalik   o’qituvchining   ma’naviy   yetuklik   darajasi,
qaysiki   o’z   ustida   ishlab,   maxsus   bilimlarini   orttirib   borishi   va   o’quvchilar   bilan
xushmuomalalik   qilish   ko’nikmalarini   shakllanririshni   talab   qiladi.   U   avvalo
yoshlar ruhiyati va hozirgi zamon o’quvchilarining xususiyatlari haqida pedagogik
ma’lumotga   ega   bo’lishini   talab   etadi.   (Albatta   o’quvchilarga   ko’rsata   olish,
bolalarning ichki xulq-atvori).
Albatta o’quvchilarning ta’sir ko’rsatuvchi ko’nikma va bilimlar, o’qituvchi
uchun juda zarur. Bular quyidagilardir:
-   Bolalarni   sevish,   uni   o’quvchilarga   ko’rsata   olish,   bolalarning   ichki   xulq-
atvorini mohiyarini ko’ra olish, sezish,  vaziyatni mo’ljal qila olish:  o’quvchilarga
maqsadli   ta’sir   ko’rsatish   usullarini   tanlash,   bolalar   bilan   suhbatlashish   va
hakozo ю O’qituvchining vositachilik qobiliyatini rivojlantirish
O’qituvchida   to’g’ri   aloqa   usullarining   ta’minlanishi,   pedagogik   odobni
saqlashi,   har   qanday   faoliyatda   uning   vositachilik   qobiliyat   -   ko’nikmalarini
rivojlantirish talab qiladi.
A.S.Makarenko   o’qituvchining   vositachilik   qobiliyatini
rivojlantirishda   muomalaning   iltimos   shakli   haqida   “Iltimos   qilish
muomalaning   boshqa   turlaridan   shu   bilan   farq   qiladigan,   ishni
bolaning   batamom  o’z   xohishiga   qo’yib   beradi.   Iltimos   xuddi   shunday
bo’lishi   ham   kerak.   Bu   iltimosni   shunday   ifoda   qilish   kerakki,   bola   uni
birovning   majbur   qilish,   orqasida   emas,   balki   o’z   ixtiyori   bilan
bajarayotgandek his qilish”- degan edi. 
A.N.Leontyev  o’qituvchining vositachilik qobiliyatlariga keng tavsif beradi:
1. O’quvchining ijtimoiy o’qish qobiliyatini bilishi;
2. O’quvchining tashqi belgilaridan uning ruhiy holatini tushunish;
3. O’zini o’quvchilar bilan aloqa qilishga yo’llash;
4.   O’quvchilar   bilan   nutql   va   so’zsiz   bog’lanish   orqali   nutqli   aloqani
samarali tashkil etish.
Eng   muhimi   pedagogik   jarayonda   o’zaro   hamkorlik   asosida   o’quvchilar
bilan   aloqa   qilish   qobiliyatlarini   yo’lga   qo’yishi   va   tashkil   etish   maqsadga
muvofiq.   Bu   muammolarni   takomillashtirishda   A.B.Dobrovich,   V.Leviyev,
V.A.Kan-Kalik singari mualliflarning asarlari yordam beradi.
Yosh o’qituvchilarga maslahatlar
1. O’quvchilar bilan aloqa bog’lashga jamiyat manfaatlaridan kelib chiqib talablar
qo’yib borish.
2. O’quvchilar bilan samarali o’zaro hamkorlik qilish uchun o’z shaxsini ular bilan
teng qo’yishi. 
3.   O’qituvchi   va   o’quvchilararo   munosabatlarda   o’zaro   hurmatga   asoslangan
maqsadli   aloqa   o’rnatishi   lozim.   O’qituvchi   har   bir   o’quvchi   shaxsini   hurmat
qilishi,   o’z   tengdoshlari   orasida   o’ziga   ishonch   hosil   qilishi   va   o’quvchilarda yaxshi sifatlarni rivojlantirishi muhim.
4. O’qituvchi ba’zan o’z mavqyeini, imkoniyatini, g’amxo’rligini namoyish qilishi
ham zarur.
5.  O’qituvchining  o’quvchilar   bilan   aloqasining   samarasi   doimo  o’quvchilar   nutq
faoliyatini   o’stirish,   o’z   nutqini   rivojlantirish,   foydasiz   vaqt   sarfini   kamaytirish,
aloqalar sonini ko’paytirish (savol, javob) asosida olib borilsa maqsadga muvofiq. 
6. Arzimaydigan kamgina muvaffaqiyat uchun bolalarni saxiylarcha maqtash zarur
(o’quvchilar   jamoasida   maqtash,   kamchiliklarni   esa   o’quysnining   o’ziga   alohida
aytish).
7.   Agar   siz   o’quvchilar   bilan   ishni   boshlaganingizdan   keyin   ham   umidli
o’zgarishlar   bo’lmasa   ham,   ularga   o’zlarining   kamchiliklarni   va   e’tirozingizni
aytmasligingiz darkor. Sizning asosiy vazifangiz - o’z mo’ljalingizga ota-onalarni
yo’ldosh qilishga va hamfikr bo’lishga qaratilish kerak.
8. Yosh o’qituvchi o’quvchi yoki ota-ona bilan o’zaro bir fikrga kela
olmaslik malakasi yetishmasligi yoki bir masala to’g’risida bir fikrga kela
olmasligi, yo malakasiz suhbatlar asosida samaraga erisha olmaydi. Shuning uchun
suhbat ikki tomonga ham qiziqarli bo’lishi va vazifani ham o’qituvchi o’zi hal
etishi kerak Tavsiya qilingan asosiy adabiyotlar
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi T.: O’zbekiston 
nashriyoti 2019 y
2. X.I.Ibragimov Pedagogik-psixologiya. O’quv 
qo’llanma .O’zbekiston milliy jamiyatinashriyoti.T:2009y
3. Sh.Do’smuxammedova, X.A..Tillshayxova G.Baykusunova, 
G.Ziyavitdinova Umumiy psixologiya 2-kitob. Darslik. T.:2020 y
4. D.A.Nurkeldiyeva, Ya.Ye.Chicherina. Ilk maktabgacha va 
Kichik maktab yoshidagi bolalarni psixologik, pedagogik va 
logopedik tekshirish.  Uslubiy qo’llanma. T.:Yangi avlod 2007y
5. Davletshin M.G. Zamonaviy maktab o‘qituvchisi psixologiyasi. - 
Toshkent,
1998 y.
6. Sherbakov A.I. Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyadan
praktikum. Toshkent, 1991.
7. Xoliqov   A.A.   Pedagogik   mahorat.   Darslik.   –   T.:   IQTISOD-
MOLIYA ” ,  2011.- 425 b.
8. Ibragimov   X.I.,   Abdullayeva   Sh.A.   Pedagogika   nazariyasi.
Darslik.  - T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2008 .
9. O‘zbek   pedagogikasi   antologiyasi.   1-jild.   Tuzuvchi-mualliflar:
K.Hoshimov,   S.Ochil.   –Toshkent   “O‘qituvchi”,   1995;   2-jild.
Tuzuvchi-mualliflar   S.Ochil,   K.Hoshimov   –Toshkent
“O‘qituvchi”, 1999 y
10. Po’latova P. M. Maxsus pedagogigka – T.:  2005.

Boshlang’ich ta’lim fanlarini o’qitishda pedagogik mahoratning ahamiyati REJA : 1. О`qituvchilik kasbining jamiyatda tutgan o`rni 2. Pedagogik mahorat tushunchasi 3. Pedagogik ta’sir vositalari haqida umumiy tushuncha. 4. Pedagogik texnika tushunchasi va uning tuzilishi 5. O’qituvchi nutqi - pedagogik mahorat ko’zgusi sifatida

Inson paydo bo`libdiki, tarbiya jarayoni mavjud, tarbiya paydo bo`lgan vaqtdan beri pedagogik faoliyat uzluksiz davom etib kelmoqda. O`qituvchilik, tarbiyachilik kasbi barcha ijtimoiy tuzumlarda sharafli hamda o`ta mas`uliyatli, qiyin va murakkab kasb hisoblangan. Mustaqil O`zbekistonimizda uzluksiz ta`lim tizimining isloh qilinishi, ya`ni ta`lim standartlari asosida ta`lim va tarbiya jarayonini qayta tashkil etishga kirishilgan hozirgi kunda o`qituvchi faoliyatiga uning pedagogik mahoratiga alohida e`tibor berilmoqda. Mamlakatimizda o`qituvchi faoliyatiga, uning kasbiy nufuzini oshirishga bog’liqdir. Shunday ekan, sog’lom, har tomonlama barkamol avlodni yetishtirish uzluksiz ta`lim tizimida mehnat qilayotgan pedagogning saviyasiga, tayyorgarligiga va fidoyiligiga, yosh avlodni o`qitish va tarbiyalash ishiga bo`lgan munosabatiga bog’liqdir. O`qituvchi jamiyatning ijtimoiy topshirig’ini bajaradi. Shunday ekan, har tomonlama yetuk mutaxassislarni tayyorlashda o`qituvchi muayyan ijtimoiy-siyosiy, pedagogik talablarga javob berishi lozim. O`qituvchi mustaqillik g’oyasiga e`tiqodli, har tomonlama rivojlangan, ilmiy tafakkuri, kasbiga tegishli ma`lumoti bor ya`ni o`z fanining chuqur bilimdoni, pedagogik muloqot ustasi, pedagogik-psixologik va uslubiy bilim va malakalarni egallagan bo`lishi hamda turli pedagogik vaziyatlarni tezda aniqlay bilishi, o`rganishi va baholay olishi zarur. Bugun pedagogning ma`naviyati, mafkuraviy e`tiqodi va o`quv jarayonini yaxshi bilishi katta ahamiyatga ega. Birinchidan, pedagog jamiyatning fuqarosi sifatida o`z mavqei va faol o`rnini o`quvchilarga namoyish eta olishi lozim. Xususan, uning jamiyat va o`z jamoasidagi o`rni, tanlagan kasbi, o`qitayotgan predmeti bo`yicha chuqur bilimga ega bo`lishi, talab va qoidalarga amal qilishi, me`yor va qonunlarni hurmat qilishi lozim. Ikkinchidan, pedagogning e`tiqodi va bilimdonligi uning yangi bilimlar, o`zi tanlagan sohasidagi yangiliklarga nisbatan qiziqishida namoyon bo`ladi. Uchinchidan, e`tiqodli va bilimdon pedagog o`ziga xos fikrlash tarzi bilan ajralib tura olishi shart. Chunki, yoshlar Shunday noyob, qaytarilmas, andozasiz fikrlash sharoitidagina mustaqil fikrlashga o`rganadilar va fanni boshqa fanlardan

ajrata oladilar. Bugungi pedagogdan yangicha fikrlash, yangicha munosabatlar talab etilar ekan. Uning bilimdonligi darajasi masalasi ham o`ta muhim. Bular quyidagilar: - Ijtimoiy bilimdonlik Dars mobaynida sinf bilan samarali o`zaro muomala shaklini tashkil eta olish, yoshlar bilan til toptirish va sog’lom ma`naviy muhitni hosil qila olish qobiliyati. - Uslubiy bilimdonlik Barcha bilimlarini, ko`rgan-kechirganlarni yoshlarga tushunarli, ravon tilda yetkaza olishi, ta`lim texnologiyasi va metodlaridan boxabarlik qobiliyati. - Kasbiy bilimdonlik O`z fanini va predmeti sohasi bo`yicha chuqur va har tomonlama mukammal bilimlariga ega bo`la olishi, o`z ustida ishlash qobiliyati. Amaliyotda eng obro`li, bilimdon pedagoglar birinchi navbatda insoniy bilimdonlik sohiblari bo`lishadi va shundaylarni o`quvchilar yaxshi qabul qilishadi. Chunki zamonaviy o`quvchi ko`plab ma`lumotlarga ega, uning psihologiyasi, talab- takliflarini aniq bilib til topisha olgan shaxsgina pedagogik jarayonda katta yutuqlarga erishadi. Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy aytganidek, «Muallimning maqsadi mansab uchun kurash bo`lmasligi, bilmagan ilmlarini aytmasligi, o`zini ko`rsatish uchun dars bermasligi, ochko`zlik va johillik qilib, quruq gap sotmasliklari, g’avg’o ko`tarmasliklari lozim». U muallimlikni olijanob va faxrli kasb deb hisoblaydi. Shu sababdan bo`lsa kerak: Haq yo`lida kim senga bir harf o`qitmish ranj ila, Aylamak bo`lmas oning xaqqin ado ming ranj ila. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi, o`z ishining natijasi bilan mo`jizalar yaratadi, ijodkorlik uning hamisha hamkori bo`ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste`dodli kishidagina pedagogik mahorat bo`lishi

mumkin. O`qituvchining qobiliyatlari Qobiliyat malaka va uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq, o`qish natijasi hisoblansa, qobiliyatning rivojlanishi uchun esa yana iste`dod, layoqat va zehn, ya`ni inson nerv tizimida anatomo-fiziologik hususiyat bo`lishi ham zarur. Pedagogik faoliyatning samarali bo`lishi uchun o`qituvchida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo`lmog’i lozim: 1. Bilish qobiliyati . - Bunday qobiliyatga ega bo`lgan o`qituvchi fanni o`quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq biladi, o`z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi, materialni ipidan ignasigacha biladi, unga nihoyatda qiziqadi, ilmiy tadqiqot ishlarini ham bajaradi. 2. Tushunt ira olish qobiliyat i - o`quv materialini o`quvchilarga tushunarli qilib bayon eta olish, o`quvchilarda mustaqil ravishda to`g’ri fikrlashga qiziqish uyg’otish qobiliyati. O`qituvchi zarur hollarda o`quv materialini o`zgartira olishi, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, noaniq narsani tushunarli qilib o`quvchilarga etkaza olishi lozim. Qobiliyatli pedagog o`quvchilarning bilim va kamolot darajasini hisobga oladi, ularni nimani bilishlari va hali nimani bilmasliklarini, nimani unutib qo`yganliklarini tasavvur etadi. Qobiliyatli, tajribali o`qituvchi o`zini o`quvchining o`rniga qo`ya oladi, u kattalarga aniq va tushunarli bo`lgan narsalarning o`quvchilarga tushunilishi qiyin va mavxum bo`lishi ham mumkinligiga asoslanib ish tutadi. Shuning uchun u bayon etishning shaklini alohida rejalashtiradi. 3. Kuzatuvchanlik qobiliyati . - o`quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna bilish bilan bog’lik bo`lgan psixologik kuzatuvchanlik. Bunday o`qituvchi kichkinagina alomatlar, uncha katta bo`lmagan tashqi belgilar asosida o`quvchining ruhiyatidagi ko`z ilg’amas o`zgarishlarni ham faxmlab oladi. O`quvchilar bunday o`qituvchi haqida: «Qaramayotganga o`xshaydiyu, hamma narsani ko`rib turadi!», «O`quvchining xafa bo`lganligini yoki dars tayyorlamayotganligini ko`zidan biladi!» - deydilar.

4. Nutq qobiliyati -nutq yordamida, shuningdek, imo-ishora vositasida o`z fikr va tuyg’ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyati. O`qituvchining nutqi darsda hamisha o`quvchilarga qaratilgan bo`ladi. O`qituvchi yangi materialni tushuntirayotgan, o`quvchining javobini tahlil qilayotgan yoki qoralayotgan bo`lsa ham, uning nutqi hamisha o`zining ichki kuchi, ishonchi, o`zi gapirayotgan narsaga qiziqayotganligi bilan ajralib turadi. O`qituvchining bayoni o`quvchilar fikri va diqatini maksimal darajada faollashtirishga qaratiladi, savollar qo`yib, ularni asta-sekin to`g’ri javob berishga undaydi, o`quvchining diqqatini kuchaytiradi hamda fikrini faollashtiradi. («Mana bu yerga alohida e`tibor bering!», «o`ylab ko`ring!» kabi). Shuningdek, o`rinli qochiriq, hazil, yengilgina istehzo nutqni jonlantirib yuboradi va uni o`quvchilar tez o`zlashtiradilar. O`qituvchining nutqi aniq, jonli, obrazli, talaffuz jihatdan erkin, ifodali, emotsional bo`lib, unda stilistik, grammatik, fonetik nuqsonlar uchramasligi lozim. Ayrim o`quvchilar tez gapirishga, boshqalari sekin gapirishga moyil bo`ladilar. Biroq o`quvchilarning o`zlashtirishlari uchun o`rtacha, jonli nutq yaxshi natija berishini esdan chiqarmaslik lozim. Shoshqaloqlik materialni o`zlashtirishga halaqit beradi va bolalarni tez charchatib qo`yadi. Haddan tashqari sekin nutq lanjlik va zerikishga sabab bo`ladi. Haddan tashqari keskin va baqiroq nutq o`quvchilarning asabini buzadi, tez toliqtirib qo`yadi. O`qituvchining zaif ovozi yomon eshitiladi. Nihoyatda ko`p takrorlanadigan bir xildagi imo-ishoralar va harakatlar kishining g’ashini keltiradi. 5. Tashkilotchilik qobiliyati -birinchidan, o`quvchilar jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirishni, ikkinchidan, o`z ishini uyushtirishni nazarda tutadi. O`z ishini tashkil etish deganda ishni to`g’ri rejalashtira olish va uni nazorat qila bilish nazarda tutiladi. Tajribali o`qituvchilarda vaqtni o`ziga xos his etish-ishni vaqtga qarab to`g’ri taqsimlay olish, belgilangan muddatga ulgurish hususiyati hosil bo`ladi. Dars davomida kutilmaganda ortiqcha vaqt sarflash hollari ba`zan uchrab