logo

TEXNIK IJODKORLIK JARAYONIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

46.712890625 KB
MA’RUZA:  TEXNIK IJODKORLIK JARAYONIDA AXBOROT
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
R Е J А :
1. Texnik   ijodkorlik   jarayonida   axborot     texnologiyalaridan
foydalanish
2. Ijodkorlik faoliyatini tashkil etishda kompyuterlar afzalligi  Texnik ijodkorlik  jarayonida  axborot   texnologiyalaridan foydalanish. Bizning
asrimiz   fan-texnika   yutuqlarining   mislsiz   darajada   taraqqiy   etishi,   hamda   bu
taraqqiyot   natijalarining   oddiy   insonlar   hayotiga     juda     qisqa   muddatlarda   keng
kirib   kelayotganligi   bilan   tavsiflanadi.   Mana   shunday   taraqqiyot   omillaridan   biri
bu   shubhasiz   yangi   axborot   texnologiyalaridir.   Bugungi   kunda   hayotimizning
hyech   bir   sohasini,   jumladan   ta’lim   tizimini   ham   yangi   axborot   texnologiyalari
hamda uning asosi bo’lgan kompyuterlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi.
Axborotlarni qabul   qilish,   qayta   ishlash va yangi axborotni yaratish bilan
shug’ullanuvchi   texnologiyalarni   kompyuterlar   asosida   joriy   etish,     ya’ni
belgilangan    faoliyat     turini  amalga  oshiruvchi  kompyuter  va  unda  joriy  etilgan
dasturiy   ta’minotni   yuritish   majmuasi   axborot   texnologiyasi   deb   yuritiladi.
Axborotlar davri hisoblangan bugungi kunda tarixda birinchi marotaba insoniyat
faoliyatining     ko’plab   sohalari   moddiy   buyumlar   bilan   emas,   balki   axborotlarni
qayta   ishlash   bilan   bog’liq   bo’lmoqda.   Shu   sababli,   bugungi   kunda   yoshlarni
axborot   davrida   yashash   va   ishlashga   o’rgatish,   ularda   axborotlarni   yig’ish,
tartibga   solish   va   tahlil   qilish,   uni   uzatish   ko’nikmalarini   shakllantirish   muhim
ahamiyat   kasb   etadi.   Bular   o’z   navbatida   talabalarning   ko’plab   qobiliyatlarini,
shu   jumladan,     ixtirochilik   qobiliyatlarini   rivojlantirishda   ham   muhim   asos
vazifasini   o’taydi,     chunki   har   qanday   yangi     g’oyani   taklif     qilishdan   ilgari
qaralayotgan   sohani   batafsil   o’rganib   chiqish,   yangi   axborotlarni   topish   va   uni
tavsiya   etilayotgan   yechim     bilan   bog’lashni   o’rganish   lozim   bo’ladi.   Bu
vazifalarni   amalga   oshirish   uchun   bo’lsa,     albatta   oddiy   inson   xotirasida   saqlab
bo’lmaydigan   darajada   katta   hajmdagi   axborotlarni   qayta   ishlash   talab   etiladi.
Yangi   axborot   texnologiyasi   imkoniyatlari   ushbu   muammoni   avtomatlashgan
o’quv-axborot   tizimlari,   bilimlar   banki   va   ma’lumotlar   banklari   vositasida   oson
va   samarali   hal   qilish   imkoniyatlarini   yaratadi.   Shu   munosabat   bilan   keyingi
paytda respublikamizda bu sohaga e’tibor  kuchayib bormoqda,  keyingi besh yil
mobaynida   mavjud   kompyuterlar   parki   bo’yicha   vatanimiz   jahon
ko’rsatkichlariga  yaqinlashib  qoldi. Biroq,  ta’lim   jarayonida  zamonaviy  axborot
texnikalarini, jumladan shaxsiy kompyuterlarning qo’llanishi uchun zarur nazariy va   amaliy,   ilmiy-metodik   asoslarning   ishlab   chiqilmaganligi   ayniqsa   ijodiy
qobiliyatlarni   rivojlantirish   bilan   bog’liq   qator   muammolarni   keltirib
chiqarmoqda.
  Hozirgi   paytda   o’quv   dasturlariga   xalq   xo’jaligida   yangi   axborot
texnologiyalari   va   kompyuter   texnikalarining   qo’llanilish   sohalari   bilan
tanishtiruvchi   ko’plab   fanlar   kiritilgan.   Ularni   o’zlashtirish   davomida   talabalar
kompyuterlarning   ta’lim,     iqtisod     va     muhandislik   ishlarida   qo’llanilishi,
matematik   modellashtirish,   avtomatlashgan   o’quv-axborot   tizimlari   hamda   ish
o’rinlarida   foydalanish     tartibi,   mehnat   tavsifi   va   unumdorligini   oshirishdagi
ahamiyati bilan tanishadilar. Bunda talabalar mehnat va kasb  ta’limi o’qituvchisi
faoliyatida kompyuterlarni   qo’llash   tartibini ma’lum ma’noda o’zlashtirsalarda,
uni   bugungi   kun   talabi   darajasida   deb   bo’lmaydi,   zero   u   "Kadrlar   tayyorlash
milliy   dasturi"da   belgilab   berilgan   vazifalarni   amalga   oshirish   uchun   yetarli
emas.   Demak,   talabalarni   yangi   axborot   texnologiyalari   bilan   ishlash   bilim   va
ko’nikmalarini jahon talablari darajasiga ko’tarish uchun o’quv dasturidagi fanlar
bilan   birgalikda   oliy   o’quv   yurtlaridagi     barcha     ta’lim     shakllari,     jumladan
talabalar konstruktorlik byurolaridan ham samarali foydalanish kerak. Bu o’rinda
hal   etilishi   lozim   bo’lgan   asosiy   vazifa   yangi   axborot   texnologiyalarini   ta’lim
jarayonida qo’llashning didaktik imkoniyat va shakllarini aniqlab olishdan iborat.
Ixtirochilik   ijodkorligini   amalga   oshirishda     kompyuterlarni   qo’llashning
shakl va usullarini belgilashda,   avvalo ular yordamida talabaning ixtiro qilishni
emas, balki yangi texnik yechimni  yaratishdagi  axborotlarga  bo’lgan ehtiyojini
qondirishi   va   uni   amalga   oshirishning   samarali   yo’llarini   ishlab   chiqishda
foydalanishini   e’tiborga   olish   lozim.     Bundan   kelib   chiqqan   holda   ixtirochilik
ijodkorligini   takomillashtirishdagi   vazifalar   tahlili   asosida,   bu   jarayonda
kompyuterlarni qo’llashning quyidagi asosiy yo’nalishlarga amal qilinadi:
1.   Ta’lim   jarayonining   aniq   masalalarini   hal   qilishga   yordam   beruvchi
didaktik vosita sifatida.
2.   Talabalar   ilmiy-texnika   ijodkorligining     axborot   bilan   ta’minlanganlik
darajasini oshirishga xizmat qiluvchi didaktik vosita sifatida. 3.   O’qituvchilarni   tayyorlashda   politexnik   yo’nalishni   amalga   oshirishni
ta’minlovchi vosita sifatida.
Ixtirochilik   ijodkorligini     shakllantirishning   asosi   sifatida   kompyuterlar
vositasida amalga oshiriladigan dasturlashtirilgan ta’lim metodidan foydalandik.
Bunga   ko’ra   talabalar   ixtirochilik   ijodkorligiga   oid   bilimlarini     kompyuter
axborot     kadrlari   orqali   o’rganadilar   va   operao’ion   kadrlar   vositasida   sinab
ko’radilar.
Dasturlashtirilgan   ta’limni   amalga   oshirishda   kompyuterlardan
foydalanishning yana bir afzalligi test    savoliga noto’g’ri  javob berilgan   holda,
talabada ishlab chiqilgan bilimlar bankidan qo’shimcha ma’lumotlar olib vazifani
bajarishga   qayta   kirishish   imkoniyatining   mavjudligidir.     Bundan   tashqari,
displeyda   shaklni   chizishni   mustaqil   bajarish   talabaning   chizmachilik
elementlari,     masshtab,   o’lcham,   koordinata   to’g’risidagi   tushunchalarni
mukammal o’zlashtirishiga xizmat qiladi.
Ixtirochilik   ijodkorligini   amalga   oshirishdagi   asosiy   vazifalardan   biri
axborotlarni   topish   va   qayta   ishlash   bilan   bog’liq   bo’lganligi   sababli
kompyuterlarning   axborot   bilan   ta’minlovchi   didaktik   vosita     sifatida
qo’llanilishi  alohida  dolzarblik kasb etadi. Ma’lumki, kompyuterlar axborotlarni
yig’uvchi,   saqlovchi   va   uzatuvchi   qurilma   sifatida   ishlaydi.     Ma’lumotlar   talab
darajasida   qayta   ishlanib,   hajm   jihatidan   qanchalik   keng,   aniq,   asosli   va
foydalanish   uchun   qulay   shaklga   keltirilsa,   ilmiy   imkoniyatlardan   foydalanish
samaradorligi va erishiladigan ijodiy yutuqlar soni ham ortib boradi. Bu boradagi
kompyuterlar   imkoniyatlaridan   to’laroq   foydalanish   maqsadida   talabalar
ixtirochilik   ijodkorligini   amalga   oshirishning   avtomatlashtirilgan   o’quv-axborot
tizimini ishlab chiqdik va joriy qildik..
Mehnat   va   kasb   ta’limi   o’qituvchilarini   tayyorlashning   politexnik
yo’nalishini ta’minlashda kompyuterlarni qo’llashning imkoniyatlari uning ta’lim
sifatini oshirishga xizmat qiluvchi didaktik vosita bo’lishi bilan birga, talabalarda
ushbu texnika imkoniyatlari to’g’risidagi   tushuncha-larning tegishli masalalarni
yechish jarayonida hosil qilinishi bilan ham belgilanadi. Ushbu   qarab     chiqilgan     yo’nalishlar     mazmunidan     kelib   chiqqan   xolda
kompyuterlardan    foydalanish tartibini    o’rgatuvchi,  ko’nikma hosil  qiluvchi  va
nazorat qiluvchi vazifani bajarishidan iborat deb belgiladik. O’rgatuvchi tartibda
ishlashda     kompyuter     o’rgatuvchi   dastur   yordamida  talabaning   egallagan   bilim
darajasiga mos holda yangi bilimlarni egallashiga xizmat  qiladi. Ko’nikma    hosil
qilish tartibida ishlashda kompyuter chizmalarni bajarish,  ixtiro texnik yechimini
tavsiflovchi   buyumni   yasashning   texnologik   hujjatlarni     ishlab   chiqishni
yengillashtiruvchi vosita sifatida ishlaydi.    Nazorat tartibida ishlashda kompyuter
talabaning   test   savollariga     bergan   javoblarini     hisoblab,   talaba     va   o’qituvchi
bilan teskari aloqani amalga oshirib boradi. Yo’l qo’yilgan xatoni tuzatish uchun
talabani   qo’shimcha   axborotlar   bilan   ta’minlaydi   va   qo’yiladigan   masalalarni
murakkablik   darajasiga   ko’ra   oddiydan     murakkabga     o’tib     boruvchi   ketma-
ketlikda amalga oshirish imkonini beradi.
Kompyuterlar   -   ulkan   imkoniyatlarga   ega   bo’lib,     undan   mavjud   ta’lim
metodlarini   takomillashtirish   va     yangi,   yanada   samarali   metodlarni   amalga
oshirishda   keng   foydalanish   mumkin.   Kompyuterlar     barcha   turdagi   ta’lim
oluvchilar   bilim   olishini   yaxshilash   imkoniyatiga   ega,   ularni   ko’plab   fanlarni
hamda   turli   ta’lim   shakllarini   amalga   oshirishda   ham   qo’llash   mumkin.   Biroq,
kompyuterlarni   noo’rin   yoki   talab   darajasidagi   malakalarsiz   qo’llash   ta’lim
tizimidagi   mavjud   xato   metodlarni   yanada   chuqurlashtirishi   va   yangi
muammolarni   keltirib   chiqarishi   mumkin.   Bu   yangi,   qudratli   texnikadan   o’z
o’rnida,   samarali   foydalanash   uchun   talab   darajasidagi   kompyuter
savodxonligiga,   tegishli   metod   va   malakalarga   ega   bo’lish   hamda     ularni   yangi
kompyuter dasturlariga to’g’ri bog’lay olish talab etiladi.
Ijodkorlik   faoliyatini   tashkil   etishda   kompyuterlar   quyidagi
afzalliklarga ega:
1.   Boshqarilishi   muloqotli   tartibda,   tez   va     qulay   amalga   oshiriladi,     uning
texnik   vositalari:     displey,   klaviatura,   manipulyator,   chiqarish   qurilmalaridan
foydalanish sodda tartibda amalga oshiriladi. 2.   Kompyuterdan     foydalanuvchi   talabaning   dastur   tuzishi   va   bu   sohadagi
bilimlarga ega bo’lishi talab qilinmaydi.
3. Tashqi xotirasi ixcham va katta sig’imga ega.
4.   Arxitektura   va   dizayn   yechimi   uning   tashqi   ko’rinish   va   texnik
yechimlarining yuqori samaradorlik va qulayligini ta’minlaydi.
5.   Kompyuterning   iqtisodiy   va   texnik   ko’rsatkichlari     ta’lim   muassasalari
talab va imkoniyatlariga mos keladi.
Ixtirochilik   g’oyalarini   bevosita   kompyuterlar   yordamida   ishlab   chiqish
talabalarga bir qator qulayliklar tug’diradi. Bularga misol sifatida   talaba   fikrini
yozma   ravishda   bayon   qilishidagi,   turli   manzillardagi   kompyuterlarda   mavjud
axborotlarni   uzatish   imkoniyatlari,   ko’rgazmali     qurol   sifatida   foydalanishdagi
qulayliklarini keltirish mumkin.
Mashg’ulotlarni kompyuterlar yordamida olib borish ta’lim samaradorligini
oshiradi,  talabalarni reyting tizimida  baholash xaqqoniyligi ortadi  va qo’yilgan
ballarni   hisoblash   va   ularning   ko’rgazmaliligini   ta’minlash   osonlashadi.
O’qituvchilarning   talabalarga   alohida   vazifalarni   yechishda   yordam   berishi,
yangi usullarni ishlab chiqishi,  rahbarlik qilishi va rag’batlantirishga, nihoyat o’z
ustida   ko’proq     ishlashiga   qo’shimcha   vaqt   ajratish   imkoniyati   tug’iladi.
Talabaning   darsda   kompyuter   bilan   ishlashdagi   samaradorligini   darslik   bilan
ishlash va o’qituvchi bilan shug’ullanishning o’rta holati deb hisoblash mumkin,
ya’ni     bunda     kompyuter   zarur   o’quv   dasturi   bilan   ta’minlanganda   talaba
qobiliyati va saviyasiga to’laroq moslanishi mumkin, bu bilan u darslikdan ustun
turadi, biroq hali o’qituvchi bilan  raqobatlashadigan darajaga yetganicha yo’q.
Kompyuterlar   beqiyos   imkoniyatlari   bilan   ta’limda   favqulodda   o’qitish
vositasi   bo’lsada,   u   ijodkorlik   va   ta’lim   sohasining   barcha   muammolarini   hal
qilib   bera   olmaydi.   Misol   uchun,   kompyuterlar   ijodiy   va   aynan   ixtirochilik
masalalarini     hal   qilish     imkoniyatiga     ega   emas,   ular   faqat     tuzilgan   dasturda
ko’zda   tutilgan   vazifalarnigina   bajara   oladilar.   Ijodkorlik   jarayonida   esa   ular
faqatgina yordamchi vosita sifatidagina qatnashishi mumkin. Ushbu   tadqiqot   davomida   olib   borilgan   ishlar   shuni   ko’rsatdiki,     ixtiro
texnik yechimini asoslash uchun ma’lumotlarni qayta ishlamoqchi  bo’lgan talaba
hisob-kitoblarni   statistik   yo’l   bilan   hisoblash   uchun   bir   necha   oy   jadal   ishlashi
lozim bo’lgan holda, kompyuter  zarur  natijani bir necha daqiqa ichida yetkazib
bera   oladi.   Ushbu   fikrlardan   kelib   chiqqan   holda,   kompyuterlarning   ijodiy
yo’nalishdagi   ahamiyatini   quyidagicha   tavsiflash   mumkin:     tadqiqotchi
kompyuter vositasida tejalgan vaqti va kuchlarini yangi g’oyalar  ishlab  chiqish,
o’z     xulosalarini     asoslash   va   isbot   qilishga   sarflashi   mumkin.   Bu   bilan   ijodiy
jarayonlarning     jadallashuviga   erishiladi.   O’z     ishlarida   kompyuterlardan
foydalanish   tadqiqotchi   talabalarga,   ilmiy-texnik   xodimlarga   o’zlarining     ijodiy
faoliyatlariga   va   yangi   g’oyalarga   ko’proq   e’tibor   berishga,     ularni   amaliyotga
tadbiq   etishning   yangi-yangi   usullarini   qidirib   topishga,     ya’ni   kompyuterlar
amalga  oshira  olmaydigan vazifalarni bajarish imkonini beradi.
Shunday   qilib,   bugungi   kunda   kompyuterlarning   ijodiy     sohada     erishgan
darajasi   va   ularning   ixtirochilik   ijodkorligini   amalga   oshirishdagi   o’rnini
belgilashda   ularning   o’z   imkoniyatlari   majmui   vositasida   u   bilan     ishlovchi
insonga   o’z   qobiliyatlarini   to’la   rivojlantirish   uchun   erkinlik   yarata   olishini
ta’kidlash   mumkin.   Endilikda,   inson   butun   umr   bitta   sohada   ixtisoslashib
qolmasdan turli sohalarda o’z bilimini kengaytirish,  turli tadqiqotlar o’tkazish va
hayotdagi   o’zining   asl   o’rnini   topish     uchun     zarur     vaqtga   ega   bo’ladi.   Oxir-
oqibatida   inson   ma’lumotlarni   yig’ib,   qayta   ishlovchi   sifatidagi   mashinaga   tobe
mavjudot   emas,   balki   butun   jarayonlarning   boshqaruvchisi     bo’lib     qoladi.   Bu
ma’noda     yangi   axborot   texnologiyalari   butun   insoniyatning   hayot   tarzini   va
mehnat   shaklini   o’zgartirib,   uni   o’z   bilimlarini   chuqurlashtirishga,   malakasini
oshirishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Zamonaviy ishlab chiqarish va uni boshqarish jarayonlari   talablardan kelib
chiqib yangi axborot texnologiyalari ikki guruhga bo’linadi.   Ularning birinchisi
matn   prosessorlari,     elektron   jadvallar,   ma’lumotlar   jamlamasi,   grafik
muharrirlar, multimedia va telekommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishga
asoslangan bo’lib,   universal  tipdagi axborot texnologiyalari   deb ataladi.   Maxsus axborot   texnologiyalari   deb   nomlanuvchi   ikkinchi   yo’nalishga   ma’lum   bir
ixtisoslashgan   yo’nalishdagi   faoliyatni   amalga   oshirishda     foydalaniluvchi
kompyuterli   texnologiyalar,   misol   uchun   o’qitishning   yangi   axborot
texnologiyalari   kiradi.   O’qitishning   yangi   axborot   texnologiyalari   har   qanday
ta’lim   texnologiyasining   asosiy   qismi   bo’lgan   bilim   berish   va   uni     qabul   qilish
jarayonlarini   kompyuterlashtirish   natijasida   vujudga   kelgan   o’qituvchining
texnologiyasi   bo’lib,   o’qituvchi   undan   o’qitishning   texnik   vositasi     sifatida
foydalanadi,     darsga   tayyorlanadi   va   uni   tashkil   qiladi,     o’quvchilar   bilimini
nazorat   qiladi   hamda   ularga   vazifalar   beradi.     Hozirgi   kundagi   va   yaqin
kelajagimizdagi   ta’lim   tizimini   takomillashtirishda   kompyuterlashtirishning   eng
asosiy   vazifasi   -   o’qitishning   yangi   axborot   texnologiyalarining     yangilarini
yaratish va ularni ta’lim jarayoniga olib kirishdan iborat bo’ladi.
O’qitishning   yangi   axborot   texnologiyalaridan   ta’lim   tizimida
foydalanishning samaradorligi quyidagi holatlar bilan belgilanadi:
1.   O’qitishning   yangi   axborot   texnologiyalari   talabalarga     axborotlarning
noan’anaviy  manbalariga   murojaat   qilish   imkoniyatlarini   ochib  beradi,  mustaqil
ishlar samaradorligini oshiradi va ijodiy faoliyat bilan  shug’ullanish uchun keng
imkoniyatlar yaratadi.
2.   O’qitishning   yangi   axborot   texnologiyalari   qo’yilgan   didaktik
maqsadlarni   amalga   oshirishi   uchun   o’qituvchiga   o’qitishning   turli   shakllaridan
va     ularning   majmuasidan   foydanish,   ya’ni   zaruriy   ta’lim   muhitini   barpo   etish
imkonini   beradi.   O’qitishning   yangi   axborot   texnologiyalaridan   foydanishda
o’qituvchi kompyuterlashtirilgan o’qitish va nazorat qilish dasturlarini sharoitdan
kelib chiqib o’zgartirish imkoniga ega bo’ladi.
3. O’qitishning yangi axborot texnologiyalarini  qo’llash orqali o’qituvchilar
talaba   shaxsini   rivojlantirish,   ijodiy   izlanish   bilan   birgalikda   ishlash,   o’quv
dasturlarining   eng   maqbullarini   tanlash   yoki   yangilarini   yaratish   uchun
qo’shimcha imkoniyatga ega bo’ladilar.
4.   Avtomatlashtirilgan     o’quv-axborot   tizimidan   foydalanishga   asoslangan
o’qitishning   yangi   axborot   texnologiyalarini   qo’llash   natijasida   o’qituvchilar o’zlarining   axborot   bilan   ta’minlanganlik   darajalarini   oshiribgina   qolmay,   balki
deyarli   butun   dunyodagi   axborot   jamlamalaridan   foydalanish   imkoniyatiga   ega
bo’ladilar.
O’qitishning   yangi   axborot   texnologiyalari   bugungi   kunda   ta’lim   tizimiga
keng   kirib   kelayotgan       yangi     pedagogik   texnologiyalarning   vositaviy   asosi
hisoblanadi.     Shu   sababli   biz   o’z   tadqiqotlarimizda   o’qitishning   yangi   axborot
texnologiyalarini   qo’llashda   pedagogik   texnologiyaning   quyidagi   tamoyillariga
amal   qildik:   ta’lim   maqsadining   aniq   shakllantirilganligi,   ta’limning
mahsuldorligi,   teskari   aloqaning   mavjudligi,   kafolatlangan   yakuniy   natija.   Bu
tamoyillarga amal qilinganligi quyidagilarda o’z aksini topgan. 
Ixtirochilik   ijodkorligini   shakllantirishda   ta’limmahsuldorligi   va
teskarialoqaning   mavjudligi   dasturlashtirilgan   ta’lim   metodining   o’qitishning
yangi   axborot   texnologiyalari   vositasida   joriy   qilinganligi   orqali   ta’minlandi.
Kafolatlangan   yakuniy   natijaga   erishish   uchun   avvalo   ta’lim   maqsadi   tashxisli
belgilandi, ya’ni unga erishilganlik darajasini talabalar tomonidan o’zlashtirilgan
bilim   va   ko’nikmalarni   sinash   orqali   aniq   belgilash   mumkin.   Ushbu   tamoyilni
ta’minlashning yana bir omili sifatida talabaning dasturlashtirilgan ta’lim axborot
kadrlari   vositasida   o’zlashtirgan   har   bir   tushunchasi   shu   vaqtning   operasion
kadrdagi test savollari orqali tekshirib borilishidan foydalanildi. 
"Ta’lim to’g’risida"gi Qonun va  "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" da qayd
etilganidek ta’lim tizimini barkamol insonni voyaga yetkazuvchi yaxlit muhit va
yagona   texnologik   jarayon   deb   qarash   lozim.     Chunki,   ta’lim   oluvchi   ushbu
tizimning   bir   bosqichida     undan     keyingi     bosqichda     ta’lim   olish   uchun
tayyorlanadi va bunda bir bosqichda olgan bilimlarini keyingi   bosqichlarga olib
o’tadi va takomillashtiradi. Agar bilimni o’zlashtirilgan axborot sifatida qarasak,
ta’lim   tizimi   yaxlit   axborot   makonini   o’zida   aks   ettiradi.   O’qitishning   yangi
axborot   texnologiyalari   esa   ana   shu   makonda   bilimlarni   axborot   shaklida
harakatlantirishning   yuqori   darajada   takomillashgan   texnikaviy   vositasi   rolini
bajaradi. Respublikamiz   ta’lim     tizimining     yagona     axborot     makonini   yuzaga
keltirish   maqsadida   shu   sohada   qabul   qilingan   me’yoriy-xuquqiy   hujjatlarga
asoslangan   holda   uzluksiz   ta’lim   tizimi     bo’g’inlarni   yangi   axborot
texnologiyalari     vositasida   axborotlashtirishning   majmuaviy   dasturi   ishlab
chiqilishi lozim:
-   mazkur   dasturda   ta’lim   tizimining   har   bir   bo’g’inida   axborot
texnologiyalarini qay darajada joriy qilinishi, qanday hajmda o’qitilishi va uning
maqsadlari belgilab berilishi;
-   ta’lim     muassasalarini   zamonaviy   kompyuterlar   bilan  ta’minlashni   yo’lga
qo’yilishi   va   bunda   ularning   multimedia   vositalari   bilan   jihozlanishiga   alohida
e’tibor berilishi;
-   o’qitishning   yangi   axborot   texnologiyalari   va   kompyuter   tarmoqlaridan
foydalanish   asosida   o’quv   yurtlarining   o’zaro   axborot   almashinuvini,   ta’lim   va
tadqiqot jarayonlarini masofadan axborot bilan ta’minlash amalga oshirilishi;
-   har   bir   ta’lim   mussasasi   uchun   bilimlar   banki,   ma’lumotlar   bazasi,
o’rgatuvchi dasturlar hamda o’quv yurti xususiyatlaridan kelib chiquvchi boshqa
tuzilmalari   bo’lgan   ixtisoslashgan   avtomatlashgan   o’quv   axborot   tizimini   ishlab
chiqilishi;
- mutaxassislar  tayyorlashning   samarali   metodlaridan   biri bo’lgan va shu
davrga   qadar   texnik   vositalar   imkoniyatlari   cheklanganligi   sababli   deyarli
qo’llanilmay   kelayotgan     dasturlashtirilgan   ta’lim   metodini   kompyuterlar
vositasida keng joriy qilish lozim.
Talabalar   ixtirochilik   ijodkorligini   shakllantirishda   yangi   axborot
texnologiyalarining   qo’llanilishi   to’g’risidagi   fikrlarimizni   quyidagicha
xulosalaymiz:
- kompyuter talabani ixtiro g’oyasi va texnik yechimi yuzasidan qaror  qabul
qilishida   axborotlar   bilan   ta’minlaydi   va   hisoblash   ishlarini   bajaradi,   murakkab
holatlarda   aqliy-irodaviy   sifatlarni   maqsadga   muvofiq   yo’naltirishga   hizmat
qiladi; - kompyuterlar oddiy holatlarda zarur qarorlarni dastur asosida qabul qiladi
va ularni amalga oshiradi;
-   kompyuterlar   bajarilayotgan   amallarni   nazorat   qiladi   va   xatoga   yo’l
qo’yilgan holatlarda talabani ogohlantiradi;
- yangi  texnik yechim ishlab chiqishda murakkab hisob ishlarini tez va aniq
bajaradi. Аdаbiyotlаr.
1. N.Muslimov, Sh.Sharipov, M.Qodirov. “Texnik ijodkorlik va
dizayn”. - T.: 2010 y
2.   L.E.Bobomurodova.   « Texnik   ijodkorlik   va   dizayn
»   fanidan
amaliy mashg‘ulotlarni bajarish. – Samarqand.: 2019 y
3.   L.E.Bobomurodova.   « Texnik   ijodkorlik   va   dizayn
»   fanidan
laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish. – Samarqand.: 2019 y

MA’RUZA: TEXNIK IJODKORLIK JARAYONIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH R Е J А : 1. Texnik ijodkorlik jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish 2. Ijodkorlik faoliyatini tashkil etishda kompyuterlar afzalligi

Texnik ijodkorlik jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish. Bizning asrimiz fan-texnika yutuqlarining mislsiz darajada taraqqiy etishi, hamda bu taraqqiyot natijalarining oddiy insonlar hayotiga juda qisqa muddatlarda keng kirib kelayotganligi bilan tavsiflanadi. Mana shunday taraqqiyot omillaridan biri bu shubhasiz yangi axborot texnologiyalaridir. Bugungi kunda hayotimizning hyech bir sohasini, jumladan ta’lim tizimini ham yangi axborot texnologiyalari hamda uning asosi bo’lgan kompyuterlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va yangi axborotni yaratish bilan shug’ullanuvchi texnologiyalarni kompyuterlar asosida joriy etish, ya’ni belgilangan faoliyat turini amalga oshiruvchi kompyuter va unda joriy etilgan dasturiy ta’minotni yuritish majmuasi axborot texnologiyasi deb yuritiladi. Axborotlar davri hisoblangan bugungi kunda tarixda birinchi marotaba insoniyat faoliyatining ko’plab sohalari moddiy buyumlar bilan emas, balki axborotlarni qayta ishlash bilan bog’liq bo’lmoqda. Shu sababli, bugungi kunda yoshlarni axborot davrida yashash va ishlashga o’rgatish, ularda axborotlarni yig’ish, tartibga solish va tahlil qilish, uni uzatish ko’nikmalarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bular o’z navbatida talabalarning ko’plab qobiliyatlarini, shu jumladan, ixtirochilik qobiliyatlarini rivojlantirishda ham muhim asos vazifasini o’taydi, chunki har qanday yangi g’oyani taklif qilishdan ilgari qaralayotgan sohani batafsil o’rganib chiqish, yangi axborotlarni topish va uni tavsiya etilayotgan yechim bilan bog’lashni o’rganish lozim bo’ladi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun bo’lsa, albatta oddiy inson xotirasida saqlab bo’lmaydigan darajada katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash talab etiladi. Yangi axborot texnologiyasi imkoniyatlari ushbu muammoni avtomatlashgan o’quv-axborot tizimlari, bilimlar banki va ma’lumotlar banklari vositasida oson va samarali hal qilish imkoniyatlarini yaratadi. Shu munosabat bilan keyingi paytda respublikamizda bu sohaga e’tibor kuchayib bormoqda, keyingi besh yil mobaynida mavjud kompyuterlar parki bo’yicha vatanimiz jahon ko’rsatkichlariga yaqinlashib qoldi. Biroq, ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnikalarini, jumladan shaxsiy kompyuterlarning qo’llanishi uchun zarur nazariy

va amaliy, ilmiy-metodik asoslarning ishlab chiqilmaganligi ayniqsa ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish bilan bog’liq qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. Hozirgi paytda o’quv dasturlariga xalq xo’jaligida yangi axborot texnologiyalari va kompyuter texnikalarining qo’llanilish sohalari bilan tanishtiruvchi ko’plab fanlar kiritilgan. Ularni o’zlashtirish davomida talabalar kompyuterlarning ta’lim, iqtisod va muhandislik ishlarida qo’llanilishi, matematik modellashtirish, avtomatlashgan o’quv-axborot tizimlari hamda ish o’rinlarida foydalanish tartibi, mehnat tavsifi va unumdorligini oshirishdagi ahamiyati bilan tanishadilar. Bunda talabalar mehnat va kasb ta’limi o’qituvchisi faoliyatida kompyuterlarni qo’llash tartibini ma’lum ma’noda o’zlashtirsalarda, uni bugungi kun talabi darajasida deb bo’lmaydi, zero u "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish uchun yetarli emas. Demak, talabalarni yangi axborot texnologiyalari bilan ishlash bilim va ko’nikmalarini jahon talablari darajasiga ko’tarish uchun o’quv dasturidagi fanlar bilan birgalikda oliy o’quv yurtlaridagi barcha ta’lim shakllari, jumladan talabalar konstruktorlik byurolaridan ham samarali foydalanish kerak. Bu o’rinda hal etilishi lozim bo’lgan asosiy vazifa yangi axborot texnologiyalarini ta’lim jarayonida qo’llashning didaktik imkoniyat va shakllarini aniqlab olishdan iborat. Ixtirochilik ijodkorligini amalga oshirishda kompyuterlarni qo’llashning shakl va usullarini belgilashda, avvalo ular yordamida talabaning ixtiro qilishni emas, balki yangi texnik yechimni yaratishdagi axborotlarga bo’lgan ehtiyojini qondirishi va uni amalga oshirishning samarali yo’llarini ishlab chiqishda foydalanishini e’tiborga olish lozim. Bundan kelib chiqqan holda ixtirochilik ijodkorligini takomillashtirishdagi vazifalar tahlili asosida, bu jarayonda kompyuterlarni qo’llashning quyidagi asosiy yo’nalishlarga amal qilinadi: 1. Ta’lim jarayonining aniq masalalarini hal qilishga yordam beruvchi didaktik vosita sifatida. 2. Talabalar ilmiy-texnika ijodkorligining axborot bilan ta’minlanganlik darajasini oshirishga xizmat qiluvchi didaktik vosita sifatida.

3. O’qituvchilarni tayyorlashda politexnik yo’nalishni amalga oshirishni ta’minlovchi vosita sifatida. Ixtirochilik ijodkorligini shakllantirishning asosi sifatida kompyuterlar vositasida amalga oshiriladigan dasturlashtirilgan ta’lim metodidan foydalandik. Bunga ko’ra talabalar ixtirochilik ijodkorligiga oid bilimlarini kompyuter axborot kadrlari orqali o’rganadilar va operao’ion kadrlar vositasida sinab ko’radilar. Dasturlashtirilgan ta’limni amalga oshirishda kompyuterlardan foydalanishning yana bir afzalligi test savoliga noto’g’ri javob berilgan holda, talabada ishlab chiqilgan bilimlar bankidan qo’shimcha ma’lumotlar olib vazifani bajarishga qayta kirishish imkoniyatining mavjudligidir. Bundan tashqari, displeyda shaklni chizishni mustaqil bajarish talabaning chizmachilik elementlari, masshtab, o’lcham, koordinata to’g’risidagi tushunchalarni mukammal o’zlashtirishiga xizmat qiladi. Ixtirochilik ijodkorligini amalga oshirishdagi asosiy vazifalardan biri axborotlarni topish va qayta ishlash bilan bog’liq bo’lganligi sababli kompyuterlarning axborot bilan ta’minlovchi didaktik vosita sifatida qo’llanilishi alohida dolzarblik kasb etadi. Ma’lumki, kompyuterlar axborotlarni yig’uvchi, saqlovchi va uzatuvchi qurilma sifatida ishlaydi. Ma’lumotlar talab darajasida qayta ishlanib, hajm jihatidan qanchalik keng, aniq, asosli va foydalanish uchun qulay shaklga keltirilsa, ilmiy imkoniyatlardan foydalanish samaradorligi va erishiladigan ijodiy yutuqlar soni ham ortib boradi. Bu boradagi kompyuterlar imkoniyatlaridan to’laroq foydalanish maqsadida talabalar ixtirochilik ijodkorligini amalga oshirishning avtomatlashtirilgan o’quv-axborot tizimini ishlab chiqdik va joriy qildik.. Mehnat va kasb ta’limi o’qituvchilarini tayyorlashning politexnik yo’nalishini ta’minlashda kompyuterlarni qo’llashning imkoniyatlari uning ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi didaktik vosita bo’lishi bilan birga, talabalarda ushbu texnika imkoniyatlari to’g’risidagi tushuncha-larning tegishli masalalarni yechish jarayonida hosil qilinishi bilan ham belgilanadi.

Ushbu qarab chiqilgan yo’nalishlar mazmunidan kelib chiqqan xolda kompyuterlardan foydalanish tartibini o’rgatuvchi, ko’nikma hosil qiluvchi va nazorat qiluvchi vazifani bajarishidan iborat deb belgiladik. O’rgatuvchi tartibda ishlashda kompyuter o’rgatuvchi dastur yordamida talabaning egallagan bilim darajasiga mos holda yangi bilimlarni egallashiga xizmat qiladi. Ko’nikma hosil qilish tartibida ishlashda kompyuter chizmalarni bajarish, ixtiro texnik yechimini tavsiflovchi buyumni yasashning texnologik hujjatlarni ishlab chiqishni yengillashtiruvchi vosita sifatida ishlaydi. Nazorat tartibida ishlashda kompyuter talabaning test savollariga bergan javoblarini hisoblab, talaba va o’qituvchi bilan teskari aloqani amalga oshirib boradi. Yo’l qo’yilgan xatoni tuzatish uchun talabani qo’shimcha axborotlar bilan ta’minlaydi va qo’yiladigan masalalarni murakkablik darajasiga ko’ra oddiydan murakkabga o’tib boruvchi ketma- ketlikda amalga oshirish imkonini beradi. Kompyuterlar - ulkan imkoniyatlarga ega bo’lib, undan mavjud ta’lim metodlarini takomillashtirish va yangi, yanada samarali metodlarni amalga oshirishda keng foydalanish mumkin. Kompyuterlar barcha turdagi ta’lim oluvchilar bilim olishini yaxshilash imkoniyatiga ega, ularni ko’plab fanlarni hamda turli ta’lim shakllarini amalga oshirishda ham qo’llash mumkin. Biroq, kompyuterlarni noo’rin yoki talab darajasidagi malakalarsiz qo’llash ta’lim tizimidagi mavjud xato metodlarni yanada chuqurlashtirishi va yangi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu yangi, qudratli texnikadan o’z o’rnida, samarali foydalanash uchun talab darajasidagi kompyuter savodxonligiga, tegishli metod va malakalarga ega bo’lish hamda ularni yangi kompyuter dasturlariga to’g’ri bog’lay olish talab etiladi. Ijodkorlik faoliyatini tashkil etishda kompyuterlar quyidagi afzalliklarga ega: 1. Boshqarilishi muloqotli tartibda, tez va qulay amalga oshiriladi, uning texnik vositalari: displey, klaviatura, manipulyator, chiqarish qurilmalaridan foydalanish sodda tartibda amalga oshiriladi.