TEXNIK IJODKORLIK METODLARI (STEAM)
MAVZU : TEXNIK IJODKORLIK METODLARI ( STEAM ) R Е J А : 1. STEAM–ta‘limini joriy etishdan asosiy maqsad 2. STEAM –ta'limining afzallik tomon lari
O‘ zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘ zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g’risida ” gi PF-5712-son farmoni ga ko‘ra innova t sion ta’lim jarayoniga o‘tish, zamonaviy kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda AKT va ta’lim berishning yangi metodlarini o‘rganish, STEAM pedagogika asoslarini o‘zlashtirish, yangi kasbiy kompetensiyalarni o‘zlashtirish uchun zarur bilimlar bazasini shakllantirish kabi masalalar vazifa qilib olindi. “2018 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” II bo‘lim, 11 bandi: Umumiy o‘rta ta’limning yangi davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini takomillashtirish va shu bilan birga STEAM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) metodlarini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish belgilab berilgan. Mazkur vazifalarni bajarish uchun avvalo ta’lim ishtirokchilari –pedagoglar, metodistlar, o‘quvchilar, ota-onalar va boshqalar STEAM metodi va ta’lim sifati yo‘nalishida o‘tkaziladigan xalqaro tadqiqotlar xaqida ma’lumotlarni bilishi hamda ularni amaliyotda qo‘llash uchun malakalarga ega bo‘lishlari zarur bo’ladi. Ta`lim sohasidagi bunday islohotlar o’quvchilarning iqtidorini rivojlantirish bilan birga, izlanuvchanlik, darslik bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantiradi. Bugungi kunda yoshlarga nisbatan davlat siyosati ham, asosan yosh-avlodni keng fikrli, jamiyat ravnaqi uchun munosib hissasini qo’sha oladigan, har tomonlama kuchli, bilimli , yetuk o‘quvchilarni tarbiyalashdan iboratdir . STEAM–TA‘LIMINI JORIY ETISHDAN ASOSIY MAQSAD O ‘quvchi yoshlarning qiziqishlarini maktab yoshidan erta aniqlash va iqtidorini, ijodkorligini rivojlantirishga yo‘naltirish, yangiliklarni hayotga tatbiq etish orqali ilmiy izlanuvchan, yaratuvchan kadrlarni tarbiyalash. STEAM - fanlararo integrasiya yondashuvga asoslangan o‘qituvchi va o‘quvchining hamkorligidagi faoliyat STEAM ta’lim o‘quvchilarda muammolarni keng qamrovli tushunish, ijodiy fikrlash, muhandislik yondashuv, tanqidiy fikrlash, ilmiy metodlarni
tushunish va qo‘llash, dizayn asoslarini tushunish kabi muhim xususiyatlar va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. STEAM yondashuvining asosiy g‘oyasi: Amaliyot nazariy bilim kabi juda muhimdir STEAM so`zi harflab izohlansa: S - science (tabiiy fanlar) T - technology (texnologiya) Е - engineering (muhandislik) А- art ( san’at) M - mathematics (matematika) Axborotni olish, qayta ishlash va amaliyotda foydalanish STEAM – ta‘limi dasturining asosini tashkil etadi. STEAM - zamon talablari asosida xalqaro miqyosda o ‘ quvchilarga ta ’ lim - tarbiya berishda umumta ’ lim fanlari bo ‘ yicha fanlararo bog ‘ lanish va amaliy yondashuvni kuchaytirishga qaratilgan umumiy reja . STEAM - o ’ ziga tabiiy fanlar , texnologiya , injenerlik san ’ ati , ijodkorlik , matematika fanlarining amaliy jihatlarini umumlashtirib integrasiyalashni nazarda tutadi . STEAM Amerikada ishlab chiqilgan. STEAM yondashuvining eng mashhur namunasi Massachusets texnologiyalar instituti (MIT). Bu mashhur universitetining shiori "Mind and hand" – "aql va qo'l" dir. Massachusets texnologiya instituti STEAM kurslarini ishlab chiqdi va hatto ba'zi o'quv yurtlarida STEAM ta'lim markazlari yaratildi. Ilk bor bu iborani Amerikalik bakterolog Rita Kolvell 1990-yilda fanga kiritishni taklif qilgan. Biroq 2000-yildan boshlab faol ishlatila boshlangan. STEM atamasi AQSh da ilk bor maktab dasturiga kiritilgan bo'lib o'quvchilarning ilmiy-texnika yo'nalishlarida kompetentsiyalarini rivojlantirishgaqaratilgan. Keyinchalik bu yo'nalish kengaytirilib atamaga
qo'shimcha harflar kiritildi. Jumladan, unga "R" –robotics – robototexnikani qo'shib STREM deb yoki "A" - art –san'atni qo'shib STEAM deb atala boshlandi. STEAM o'quvchilarda quyidagi muhim xususiyatlar va ko'nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi: Muammolarni keng qamrovli tushunish ; Ijodiy fikrlash ; Muhandislik yondashuv ; Tanqidiy fikrlash ; Ilmiy metodlarni tushunish va qo'llash ; Dizayn asoslarini tushunish . STEAM –ta'limi texnologiyasi loyihalash metodiga tayangan holda uning asosida bilishvabadiiy izlanish yotadi. STEAM – ta'limi bolaning rivojlanishini tashqi olam bilan bevosita bog'laydi. STEAM –yondashuv bolalarga dunyoni tizimli ravishda o'rganishga, atrofda ro'y berayotgan jarayonlarni mantiqiy mushohada qilishga,ulardagi o'zaro aloqani anglab etishga, o'zi uchun yangi, noodatiy va qiziqarli narsalarni ochishga imkonberadi. STEAM –ta'limining 10 ta afzallik tomoni bor 1. Ta'lim berishni o'quv fanlari bo'yicha emas, balki "mavzu" lar bo'yicha integrasiyalab olib borish. ЅTEAM –ta'limida fanlararo aloqa va loyihalash metodi birlashtirilgan bo'lib, uning asosida tabiiy fanlarni texnologiyaga, muhandislik ijodiyotga va matematikaga integrasiya qilish yotadi. Bunda muhandislik bilan bog'liq kasblarga bo'lgan tayyorgarlik amalga oshiriladi. 2. Ilmiy-texnik bilimlarni Real hayotda qo'llash. ЅTEAM – ta'limida amaliy mashg'ulotlar yordamida, bolalarga ilmiy-texnik bilimlaridan Real hayotda foydalanish namoyish qilinadi. Har bir darsda o'quvchilar zamonaviy industriya modellarini ishlab chiqadi, quradi va modelni rivojlantiradi. 3. Tanqidiy tafakkur ko'nikmalarini rivojlantirish va muammolarni echish. ЅTEAM –dasturi, bolalar kundalik hayotlarida duch keladigan qiyinchiliklarni engishda zarur bo'ladigan tanqidiy tafakkur va muammolarni echish ko'nikmalarini
rivojlantiradi . Masalan, bolalar tez yuradigan mashina modelini yig'adilar, so'ngra uni sinovdan o'tkazadilar. Birinchi sinovdan so'ng, kutilgan natijaga erishilmasa uning sabablari haqida o'ylaydilar va topadilar. Balkim, g'ildiraklarining kattaligi yoki aerodinamikasi to'g'ri kelmagandir. Har bir sinovdan so'ng ular kamchiliklarni bartaraf etib boradilar. 4. O'z kuchiga ishonish hissining ortishi. Bolalar ko'prik qurish, mashina va samolyot modelini ishga tushirishda har safar maqsadiga yaqinlasha boradilar. Har bir sinovdan so'ng modelni takomillashtiradilar. Oxirida barcha muammolarni o'z kuchlari bilan engib maqsadiga erishadilar.Bu bolalar uchun ruhlanish, g'alaba va quvonch demakdir. Har bir g'alabadan so'ng ular o'z kuchlariga yanada ishonadilar. 5. Faol kommunikasiya va komandadaishlash. ЅTEAM –dasturi faol kommunikasiya va komandada ishlash bilan farqlanadi. Muloqat davrida o'z fikrini bayon qilish va bahs - munozara olib borish uchun erkin muhit vujudga keltiriladi. Ular gapirishga va taqdimot o'tkazishga o'rganadilar. Bolalar doimo o'qituvchi va sinfdoshlari bilan muloqatda bo'ladilar. Bolalar jarayonda faol qatnashsalar, mashg'ulotni yaxshi eslab qoladilar 6. Texnik fanlargabo'lgan qiziqishlarini rivojlantirish. Boshlang'ich ta'limda ЅTEAM –ta'limning vazifasi,o'quvchilarni tabiiy va texnik fanlarga bo'lgan qiziqishlarini rivojlantirishdan iborat. Bajaradigan ishini sevib bajarish, qiziqishlarini rivojlantirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. ЅTEAM – mashg'ulotlari juda dinamik va qiziqarli bo'lganligidan bolalar mashg'ulot paytida zerikmaydilar va vaqtning qanday o'tganligini sezmay qoladilar. 7. Loyihalarga kreativ va innovasionyondashuv ЅTEAM –ta'limi oltita bosqichdan iborat: savol(vazifa), muhokama, dizayn, qurish, sinovdan o'tkazish va rivojlantirish. Bu bosqichlar tizimli loyihalash yondashuvining asosi hisoblanadi. 8. Ta'limva karera orasidagi ko'prik turli xil baholashlarga ko'ra hozirgi kunda talabgor eng ko'p bo'lgan 10 mutaxassisdan 9 tasida aynan ЅTEAM bilimlari zarur bo'ladi. Bunday kasblarga : muhandis –kimyogar; neft bo'yicha muhandislar; kompyuter tizimlari analitiklari; muhandis –mexaniklar; muhandis – quruvchilar; robototexniklar; yadro medisinasi kiradi.