logo

TEXNIK IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISH METODLARI (TRIZ)

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

59.244140625 KB
MAVZU :  TEXNIK   IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISH   METODLARI
(TRIZ)
R Е J А :
1. Ijodkorlik faoliyatini tashkil qilish metodlari .
2. IMEN   (TRIZ)   Ilm,   fan,   texnika   va   texnologiyaning
integratsiyasi .
3. IMEN (TRIZ) usullari  Ijodkorlik masalalariga insonlar har qadamda duch keladilar, biroq ularni har
doim   ham   ijodiy   yo‘l   bilan   qilishga   intilmaydilar.   Jumladan,ta’limni   tashkil
qilishning   asosiy   shakllari   bo‘lgan   dars   va   darsdan   tashqari   mashg‘ulotlarda
o‘quvchilar   ijodkorlik   faoliyatini   tashkil   qilish   muammosi   o‘zining   to‘laqonli
echimini   topmay   kelmoqda.   Mazkur   muammoni   darsdan   tashqari   mashg‘ulotlar
jarayonida   hal   etish   muayayn   echimlari   taklif   etilgan   bo‘lsa-da,   dars
mashg‘ulotlarida   o‘quvchilar   ijodkorlik   faoliyatini   tashkil   qilish   muammosi
etarlicha tadqiq qilingan emas.
Qisqa   qilib   aytilganda,   ijodkorlikni   murakkab   ko‘ringan   masalani   hal
etishning soda echimini topish deb ta’riflash mumkin. Odatda, uni oqilona echim
yoki ixtiro deb atashadi. Ushbu fikrni ko‘proq moddiy shaklga ega bo‘lgan texnik
ijodkorlik misolida izohlash mumkin.
Umumiy o‘rta ta’limda fizika va mehnat ta’limi DTSlari va o‘quv dasturiga
asosan   o‘quvchilar   deformatsiya   tushunchasini,   materiallarning   qattiqligi,
mo‘rtligi,   ustuvorligi   kasbi   tushunchalarni   nazariy   o‘rganishlari   hamda
laboratoriya-amaliy mashg‘ulotlarida tajribadan o‘tkazishlari kerak bo‘ladi. Biroq,
ushbu laboratoriya ishlarini bajarish uchun mo‘ljallangan R-20, SM-4 kabi sanoat
tipidagi   sinov   qurilmalari   juda   kata   o‘lchamga   egaligi,   barcha   o‘quv   yurtlarida
o‘rnatish   imkoniyatining   mavjud   emasligi,   mavjud   bo‘lganlarida   ham   barcha
o‘quvchilar shug‘ullanishiga imkon bermasligi sababli ishni ijodiy tashkil qilishga
to‘sqinlik qiladi. Ixtirochi bu masalani oddiy yo‘l bilan, metall kesuvchi qaychiga
namunani  kesish  uchun  sarf  bo‘ladigan kuchni   o‘lchash   moslamasini  o‘rnatib  hal
qilib   beradi.   Bu   echimning   soddaligi   unda   muammo   echimi   sifatida   oddiy
qaychidan   foydalanilganligi,   ixtironi   qilingan   qurilmani   o‘quvchilar   o‘z   kuchlari
bilan   tayyorlash   imkonining   mavjudligi,   bu   usulda   tayyorlangan   qurilmadan
barcha   o‘quvchilar   bir   varakayiga   foydalanishi   mumkinligi   kabi   ko‘plab   dalillar
bilan   asoslanadi.   Eng   muhimi,   o‘quvchilar   ulkan   va   murakkab   qurilmalar
bajarayotgan   «tushunarsiz   operatsiyalarni»   soda   qurilmalarda   tushunarli   qilib
bajarish mumkinligini bilib oladilar. Demak, ixtiro – bu talabchanlik, nozik ta’blik yoki «aql o‘yini» emas, balki
inson   faoliyatini   yangi,   uning   uchun   qulayroq   bo‘lgan   vaziyatga   olib   chiquvchi
taraqqiyot   yo‘lidir.   Insondagi   ana   shu   ijodkorlik,   ixtirochilik   sifatlari   uni   tabiat
kuchlari   bilan   raqobatni   engib,   yangi   –   tafakkur   qobiliyatining   shakllanishiga
zamin yaratdi.
Inson   ehtiyojlarining   o‘sib   borishi   jarayonida   uning   tomonidan
qo‘llaniladigan   mehnat   qurollari   ham   murakkablashib,   takomillashib   borgan.
Insoniyat   taraqqiyoti   o‘z   yo‘lida   yutuqlar   bilan   birga   ko‘plab   muammolarni   ham
keltirib chiqargan. YAqin o‘tmishga qadar esa bu muammolar
Faqat bitta usul – amal va xato metodi orqali halq ilib kelingan. Bu usul minglab
xato echimlarichida bitta to‘g‘risini topishga qaratilgan bo‘lsa-da, uning vositasida
elektr   dvigatellari   va   generatorlar,   ichki   yonuv   dvigateli,   marten   pechlari,   telefon
va   samolyotlar   ixtiro   qilindi.   Biroq   texnik-texnologik   jarayonlarning   nihoyatda
murakkablashib   borishi   amal   va   xato   metodining   ikki   yo‘nalishda
takomillashtirilishiga   asos   bo‘ldi:   birinchisi,   muammo   echimi   sifatida   taklif
etiladigan   g‘oyalar   sonini   oshirib   borish,   ikkinchisi   taklif   etilayotgan   g‘oyalarni
saralashga bo‘lgan talablarni orttirish.
Dastlab,   ikkala   yo‘nalish   ham   o‘zaro   uyg‘unligini   namoyish   qilgan   bo‘lsa-
da,   keyinchalik   echim   variantlarini   tanlashdagi   sub’ektivlik,   xatolardan
himoyalanmaganlik bilan bog‘liq kamchiligi ayon bo‘ldi. Bu metodning «umri»ni
uzaytirish uchun variantlarni taqqoslashni tezlashtirish yo‘li tanlandi. EHMlarning
dastlabkilari aynan mana shu prinsip asosida ishlagan. Bunda ham, oxir-oqibatda,
ulkan   hajmdagi   variantlarni   o‘zaro   taqqoslab   chiqish   yo‘li   bilan   ijodkorlik
masalalarini
hal etib bo‘lmasligi ma’lum bo‘ldi.
Bildirilgan   mulohazalarga   yakun   yasab   aytish   mumkinki,   hozirgi   paytda
o‘qituvchi   va   o‘quvchilarning   asosiy   ijodkorlik   «quroli»   bo‘lgan   amal   va   xato
metodi yordamida yangi sifat o‘zgarishlariga erishib bo‘lmas ekan.
Bizning   fikrimizga   ko‘ra,   o‘qituvchi   hamda   o‘quvchilarni   ijodkorlik
faoliyatini   amalga   oshirishning   turli-tuman,   zamon   sinovidan   o‘tgan   ilg‘or metodlar   bilan   qurollantirish   vaziyatni   yaxshilashning   eng   maqbul   yo‘li
hisoblanadi.
Insoniyat   taraqqiyotining   hozirgi   bosqichi   barcha   sohalarda   zamonaviy
texnologiyalar   rivoji   bilan   bog‘liq   ekan,   ijodkorlik   yo‘llarini   puxta   o‘zlashtirgan
barkamol   avlodni   tarbiyalash   respublikamiz   ta’lim   tizimining   eng   muhim
vazifalaridan   biri   sifatida   yuzaga   chiqadi.   Bu   masalaning   asosiy   echimi   esa
umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablari   ishini   maqsadga   muvofiq   tashkil   qilish   bilan   hal
etiladi.
O‘quvchilarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlash strategiyasi quyidagi
asosiy usullarga tayanadi:
-   doimo   o‘quvchilar   e’tiborini   masalani   hal   qilishda   qo‘llanilgan   usulning
universalligi,   hammabopligiga   qaratish.   Buning   natijasida   o‘quvchilar   darsda
ma’lum   vaziyatga   nisbatan   qo‘llanilgan   metodni   yangi   hodisalarga   tatbiq   qilib,
yangi qonuniyat va echimlarni izlashga odatlanadilar;
-   o‘quvchilarni   ijodkorlik   metodlariga   o‘rgatishni   dars   maqsadi   sifatida
emas, balki darsda qo‘yilgan vazifani yanada samarali hal qilishga qaratilgan yangi
yo‘l,   imkoniyat   sifatida   qarilishi   taqozo   etiladi.   Muammo   echimini   topishga
qaratilgan   vazifalar   o‘rganilayotgan   tizim   tarkibi   va   undagi   jarayonlarni   tahlil
qilishni ko‘zda tutadi. SHu sababli masalani hal etishdan kutilgan maqsadni va uni
amalga   oshirishdagi   vazifalarning   to‘g‘ri   belgilanishi   muammoni   darhol   hal
etishga qaratilgan intilishlardan ko‘ra ko‘proq naf keltiradi;
-   o‘quvchilar   o‘zlari   mustaqil   xulosa   chiqarib   topadigan   yangi   g‘oyalar
ijodkorlik darslarining asosiy «mahsuli» hisoblanadi. Biroq, faqatgina masalaning
yangi   echimini   topish   ijodkorlik   faoliyatining   so‘nggi   bosqichi   bo‘lib   qolmasligi
kerak.   O‘quvchilar   o‘z   g‘oyalarini   «oxiriga   etkazish»ni   o‘rganishlari,   ya’ni   yangi
echimni   sinab   ko‘rish,   asoslash   va   tatbiq   qilishga   oid   ma’lum   ko‘nikmalarni
egallashlari   ijodkorlikni   «xayollar»   darajasidan   amaliy   bosqichga   ko‘tarish   zarur
asosni yuzaga keltiradi.
Mazkur mulohazaning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, u o‘quvchilarning
keyingi  ta’lim  bosqichlarida  yuqori  faollik darajasini  ta’minlashga  va pirovardida turli fan sohalarida chuqur ilmiy tadqiqotlarni amalga oshiruvchi bo‘lajak olimlarni
tarbiyalashga zamin tayyorlaydi;
- ijodkorlikni  yo‘lga qo‘yishning muhim jihati  – axborotlarni  yig‘ish, tahlil
va   talqin   qilish   bilan   bog‘liq   bo‘lib,   bu   siz   har   qanday   ijodkorlik   metodi   o‘z
ahamiyatini   yo‘qotadi.   O‘quvchilarda   axborotlar   bilan   ishlashga   oid   dastlabki
ko‘nikmalarni shakllantirishda ularni o‘z qiziqishlariga oid rasmlar va fotosuratlar,
ilmiy-ommabop   maqolalar,   markalar   vah.k.larni   yig‘ish,   saralash   va   tizimga
keltirishishlariga jalb qilish metodlaridan keng foydalanish mumkin;
-   ta’lim   muassasalarida   o‘tkaziladigan   mashg‘ulotlarining   juda   muhim,
qamrovi   jihatidan   dars   va   darsdan   tashqari   mashg‘ulotlardan   ham   tashqariga
chiqadigan   masala   –   shaxs   ijodkorlik   sifatlarini   tarbiyalashdan   iboratdir.   Odatda
buyuk   olim   va   ixtirochilar   to‘g‘risida   so‘z   yuritilganda   o‘quvchilar   «Ulug‘
allomalargina shu qadar yuksak yutuqlarni qo‘lga kiritganlar, bizlar bo‘lsak oddiy
odamlarmiz», - deb o‘zlarini urintirishdan saqlamoqchi bo‘ladilar. Bu tushunchani
engishning   muhim   yo‘nalishlaridan   biri   turli   hayot   yo‘liga   ega   bo‘lgan   taniqli
ijodkor   shaxslar   biografiyasi   bilan   o‘quvchilarni   yaqindan   tanishtirib   borishga
bog‘liq   bo‘lib,   bunda   so‘z   yuritilayotgan   shaxs   hayotining   barcha   jabhalari   ro‘y-
rost bayon qilinishi lozim bo‘ladi. Mazkur metodning asosida ilm-fandagi yuksak
yutuqlarga   unga   intilgan   har   shaxs   erishishi   mumkinligi   to‘g‘risidagi   g‘oyani
o‘quvchilar ongiga singdirish talabi yotadi.
Ijodkorlik   faoliyatini   tashkil   qilishning   mazkur   usullarini   turli   yoshdagi
o‘quvchilarga   nisbatan   samarali   qo‘llash   mumkin,   faqat   buning   uchun   tegishli
dasturlar   hamda   o‘quv   qo‘llanmalarining   tizimlashtirilgan   majmuasi   mavjud
bo‘lishi   talab   qilinadi.   Demak,   navbatdagi   dolzarb   vazifa   sifatida   maqolada
keltirilgan   usullarni   samarali   amalga   oshirishga   xizmat   qiluvchi   o‘quv-metodik
majmuani yaratish masalasi hal etilishi lozim.
Texnik   ijodkorlik   jarayonida   qo’llaniladigan   metodlar.   Birinchi   texnik
qurilmalar va sodda mexanizmlar paydo bo’lishi bilan insoniyat o’z oldiga har xil
qiyinchilikda   va   ahamiyatga   ega   bo’lgan   texnik   vazifalarni   yechishga   harakat qiladi.   Insoniyat   o’sib   kelayotgan   ehtiyojini   qoniqtirish   va   mehnatini
yengillashtirish   maqsadida   yangi   texnikani   va   mashinalarni   yaratishga,   uning   ish
unumdorligini   oshirishga   va   foydali   ish   koeffisiyentini   ko’paytirishga   harakat
qiladi.   Ko’p   vaqtlar   ijod   bilan   faqat   qobiliyatli   odamlargina   shug’ullanadi   deb
tushunishgan.   Ilm,   fan   va   texnikaning   o’sib   borishi   shuni   ko’rsatadiki   ko’p   sonli
maxsus tayyorgarlikdan o’tgan odamlarning tayyorgarligi tufayligina ilmiy-texnik
taraqqiyotining rivojlanishini ta’minlay oladi.
Sanoat   ishlab   chiqarishida   yuzaga   kelgan   ehtiyoj   texnika   taraqqiyotini
jadallashtirishga   xizmat   qiluvchi   muxim   omillardan   biri   hisoblanadi.   Bu   fikrni
aynan texnika ijodkorligiga nisbatan ham qo’llash mumkin. 
Asrimizning   40-yillarida   texnik   yechimlarni   tadqiq   qilishning   faol
metodlariga   ehtiyoj   kuchayadi.   Bu   boradagi   metodlarning   yetishmasligi   atom
energetikasi,   raketasozlik,   elektron   hisoblash   mashinalarini   takomillashtirish
ishlarining   rivojiga   salbiy   ta’sir   ko’rsatmoqda   edi.   Bu   davrda   turli   yo’nalishlarda
izlanishlar olib borilishi natijasida quyidagi holatlar aniqlandi:
-   birinchidan,     murakkab   masalalarni   hatto   daho   insonlar   ham   yakka   o’zlari
yecha olmasligi, ijod qilishning jamoa usuliga zarurati asoslandi;
-   ikkinchidan,   texnik   yechimlarni   ishlab   chiqishga   ajratilgan   vaqtning
qisqaligini   e’tiborga   olib   ilmiy   izlanishlar   uzluksiz   ravishda   yangi   g’oyalarning
ishlab chiqilishi bilan birgalikda olib borilishi lozim; 
-   uchinchidan,   mavjud   bo’lgan   ko’plab   g’oyalar   orasidan   asosli   va   samarali
bo’lganlarini ajratib olish yo’llarini belgilash.
  «Amal   va   xato»   metodlari.   Ijod   qilishni   o’rganish   uchun   uning
qobiliyatlarini   bilish   kerak.   Oldingi   vaqtlarda   ya’ni   qurollanish   davrlarida
ixtirochilik   bilan   shug’ullanishda   faqat   bitta   «Amal   va   xato »   metodidan
foydalanilgan. Ular o’zlarining ish jarayonlarida texnik masalalarni yechishda har
xil   amallarni   bajarishda   ko’p   xatoliklarga   yo’l   quyiladi   va   bu   xatoliklarni
minimumga keltirishga harakat qilinadi.
Har xil texnik masalalarni yechishda ixtirochilar «Amal   va xato » metodlarini
qo’llaydilar.   Uning   moxiyati   shundan   iboratki   texnik   masalalarni   hal   etishda ixtirochi bor imkonini variantlarining hammasini qo’llagan holda quyilgan talabga
javob   beradigan   bittasini   tanlaydi.   Texnik   masalalarni   yechishda   ko’proq
ixtirochining kuzatuvchanligi, intuisiyasi, intellekti ahamiyatga molik.
«Amal   va   xato »   metodining   afzalligi   va   kamchiliklari.   «Amal   va   xato »
metodining kamchiligi ham undan foydalanish metodikasi yaratish juda murakkab.
Har   bir   yangi   texnik   masalani   yechishda   ixtirochi   ishni   yangidan   boshlashga
majbur.   «Amal   va   xato»   metodi   juda   og’ir   mehnatni   talab   etadi   va   undan
foydalanishda   masalalarni   muvaffaqiyatli   yechishga   kafolat   bera   olmaydi.   Ilmiy-
texnika   taraqqiyot   sharoitida   texnikaning   jadal   rivojlanib   borishda   ulkan   g’oyali,
katta effekt beradigan metodlarni foydalanishni taqozo etadi. Lekin tajribani shuni
ko’rsatadiki   texnik   masalalarni   yechishda   foydalaniladigan   barcha   metodlarda
«Amal  va xato » metodi elementlari ma’lum darajada ishlatiladi. 
  «Aqliy   hujum»»   metodi.   Olimlarning   fikricha   ijodiy   faoliyat   bu   aniq
qonuniyatga asoslangan xarakterda bo’lib, ijodiy masalalarni yechishning adekvat
metodlarini topish zamin yaratadi. Bu metodlar 2 ta guruhga bo’linadi. Birinchisi
guruhga «Aqliy xujum», “Sinektika,  morfologik tahlil” metodlari, bular assosiativ
fikrlari   va   kutilmagan   yechim   xarakteri   mexanizmlarga   asoslanadi.   Bu
metodlardan   foydalanish   juda   yengil,   lekin   qo’llanilayotgan   obyektning
mohiyatiga   bog’lanmagan.   Ikkinchi   guruhga   “Ixtirochilik   masalalarini   yechish
algoritmi”   “Funksional–tannarx   tahlili”   metodlari   va   boshqalar   kiradi.   Bu
metodlardan   foydalanish   juda   murakkab   lekin   obyektning   mohiyatini   ochib
borishga   qaratilgan.   Ishlab   chiqarish   korxonalar   ilmiy   asoslarida   ehtiyoj   paydo
bo’lar   ekan,   u   ko’plab   ilmiy   tekshirish   institutlariga   nistaban   ilm   -   fanni
rivojlantirishga   sabab   bo’ladi.   1990   yillarning   o’rtalarida   atom   energetika,
raketasozlik,   elektron   hisoblash,   mashinalarning   jadal   sur’atlar   bilan   rivojlanib
ketishi   ijodiy   mexnatni   ilmiy   asosda   tashkil   qilish   yo’llarini   qidirish   boshlandi.
Ular har xil yo’nalish bo’yicha olib borildi. Shulardan bittasi Amerikalik tadbirkor
va ixtirochi A.Osbornning taklif etgan «Aqliy hujum» metodi edi. Uning fikricha
kimlardir   g’oya   bera   olish   imkoniyatiga   ega   bo’lsa,   kimlardir   uni   tanqidiy   tahlil
qila   olish   imkoniyatiga   ega.   Ularni   ikkita   guruhga,   ya’ni   «Generatorlar»   va «Ekspertlar»   ajratishni   taklif   etadi.   « Aqliy   h ujum»   metodini   qo’llashda   quyidagi
tartib qoidalarni ishlab chiqqan:
1.  « Aqliy   hujum» metodi yordamida masalalarni yechishda 12-25 gacha
odamlar   ishtirok   etish   kerak.   Ularni   yarimi   g’oya   beruvchilar,   keyingisi   tahlil
qiluvchilar.   G’ oyani   generasiya   qiluvchilar   guruhiga   kuchli   fantaziyaga,   abstract
tafakkurga   ega   bo’lgan   kishilar   kiritiladi.   Ekspertlar   guruhiga   tahliliy   va   tanqidiy
fikrlaydigan shaxslar  tanlab olinadi. « Aqliy   hujum» sessiyasiga  malakali, tajribali
xodim rahbarlik qiladi.
2.  Generatorlar quyilgan masalaning yechimini toppish uchun maksimal
sondagi   g’oyalarini   beradilar.   Berilgan   g’oyalar   bayoni   magnitofonlarga   yozib
olinadi. Ekspertlar shularni ichidan ma’ q ulini tanlab olishadi.
3.  Q o’ yilgan masalaning yechimining og’irligiga qarab «Sessiya» 30-50
daqiqa gacha davom etishi mumkin.
4.  « Aqliy  xujum» sessiyasida ishtirok etilayotgan xodimlarning o’rtasida
bir biriga nisbatan xurmat va erkin munosabatni o’rnatish zarur.
5.  Agarda   sessiya   natijasiz   tugasa   uning   ishtirokchilarini   o’zgartirish
zarur. Masalaning q o’ yilishi   ham   qayta   ko’ rib   chiqish   maqsadga   muvofiq.
Texnologiya   ta’limi   o‘qituvchilarining   kasbiy-pedagogik   ijodkorligini
rivojlantirishga   qaratilgan   pedagogik,   texnik-texnologik   integrativ   topshiriqlarni
bajarish   metodlari   (variantlarni   tanlash,   morfologik   tahlil,   dixotomiya,   sinektika,
tizimli   operator,   ixtirochilik   masalalarini   echish   algoritmi,   modellashtirish)ni
qo‘llash   interfaol   ta’lim   texnologiyalari   (“SMART   texnology”,   CASE   study)   va
didaktik vositalari (“IQ” testlari, muammoli videotopshiriqlar tizimi, muammoli va
ijodiy mashqlar) asosida takomillashtirilgan:
variantlarni   tanlash   (ijodiy   vaziflarni   hal   qilishning   primitiv   (sodda)   metodi
bo‘lib,   ta’limning   boshlang‘ich   darajasida   undan   foydalanish,   izlanish   faoliyatini
tashkil   qilish   malakalari,   o‘z   ijodiy  faoliyatini   tashkil   qilish   tajribasini   to‘plashga
ko‘maklashadi, o‘quvchilarning to‘plangan tajribasini dolzarblashtiradi); morfologik   tahlil   (berilgan   mavzu   doirasida   variantlarning   katta   miqdorini
generatsiyalash   malakasini   rivojlantiradi,   g‘oyalarni   baholaydi   va   tobora
muvaffaqiyatlilarini   detallashtiradi,   ijodiy   faoliyatni   rejalashtirish   malakalarini
rivojlantiradi, izlanishli faoliyatni tashkil qilishga ko‘maklashadi);
dixotomiya   (ob’ektlarning   turli   belgilarini   ajratish,   ob’ekt,   vaziyat   va
hodisalarni   aniqlangan   tavsiflari   bo‘yicha   guruhlash,   turli   asoslarga   ko‘ra
tasniflash, maqsad va muayyan vaziyatdan kelib chiqib, tasniflash uchun asoslarni
tanlash malakalarini rivojlantiradi. Izlanish maydonini qisqartirish imkonini beradi.
Makonda yo‘nalganlik olish, vaziyatni tahlil qilish malakalarini rivojlantiradi);
sinektika (ob’ekt, vaziyat va hodisalarni turli nuqtai nazardan ko‘rib chiqish,
odatiy ob’ektlarga nuqtai nazarni pedagog tomonidan berilgan shartlar yordamida
o‘zgartirish malakalarini rivojlantiradi);.
tizimli   operator   (ob’ekt,   vaziyat   va   hodisalarni   tizimli   fikrlash   algoritmi
yordamida   qarab   chiqish   malakasini   rivojlantiradi.   O‘quvchilarga   ob’ektlarni
tizimlar   sifatida   qarash   imkonini   beradi.   Sabab,   oqibat   aloqadorliklarni   aniqlash
malakasini rivojlantiradi. o‘quvchilarni ob’ekt va uning funksiyalari rivojlanishini
bashoratlashga undaydi);
ixtirochilik   masalalarini   echish   algoritmi   (ziddiyatli   xossalarni   ajratish
(farqlash)   malakalarini   rivojlantiradi.   Ijodiy   faoliyatni   rejalashtirish   malakasini
rivojlantiradi.   Echimni   izlashni   samarali   tashkil   qilish   imkonini   beradi.   Vazifani
sifat jihatidan mutlaqo yangi darajada bajarishga ko‘maklashadi);
modellashtirish   (o‘quvchilarning   ob’ektni   “ichidan”   qarab   chiqish
malakalarini   rivojlantiradi.   Ularning   izlanishli   faoliyatini   boshqarishda
o‘quvchilarning   imkoniyatlarini   kengaytiradi.   Vaziyat,   hodisalarni   mustaqil
tushuntirishga intilishga ko‘maklashadi);
resurs yondashuv (o‘quvchilarni tizimlarni ichki va tashqi resurslar yordamida
rivojlantirish, idealga yaqin original echimlar olishga undaydi);
ziddiyatlarni   bartaraf   etish   (ziddiyatli   xossalarni   aniqlash   (ajratib   ko‘rsatish)
malakalari rivojiga ko‘maklashadi. Ob’ektlarni qarama-qarshiliklari bo‘yicha qarab chiqish   malakasini   rivojlantiradi.   Vaqt   va   makonda   ziddiyatli   xossalarni   ajratish
malakasini rivojlantiradi).  
O'qituvchilarning   kasbiy-metodik   ijodkorlik   kompetentsiyalarini
rivojlantirish metodlari mashg'ulotlarda ixtirochilik masalalarini echish algoritmi
(IMEA)   va   ixtirochilik   masalalarini   echish   nazariyasi   (IMEN)   yondashuvlarini
qo'llash   tamoyillarining   intensivligi   va   produktivligini   belgilash   orqali
takomillashtirilgan
Ushbu   metod   o'ziga   xos   tomonidan   texnologik   echimlarni   xam   ishlab
chiqishga   asos   bo'la   oladi.   Bunday   tadqiqotlarning   natijasi   ijodiy   tasniflarni
(nazariy   daraja),   ijodiy   echimlarni   (uslubiy   daraja),   texnik   bosqichlarni
(texnologik   darajani),   shakllarni,   texnologik   xaritalarni,   brifinglarni   (amaliy
darajani)   amalga   oshirishning   umumiy   tamoyillari   va   usullarini   tavsiflash,
yaratish, ishlab chiqish uchun kerak bo'ladi.
Ijodkorlik   ob'ekt   yoki   vaziyatni   o'zgartirishga   qaratilgan   faol   jarayon
ekanligi   haqidagi   ta'rifga   asoslanib,   biz   ikki   turdagi   kasbiy-metodik   ijodkorlik
vazifasini aniqladik:
-   ob'ekt   xususiyatlarini   o'rganish   hamda   vaziyatni   tahlil   qilishga   qaratilgan
vazifa;
-   ob'ekt   hamda   vaziyatlarni   o'zgartirish   qobiliyatini   rivojlantirishga
qaratilgan vazifa.
Zamonaviy jamiyatda ilm-fan va texnikaning ko'plab sohalarida tobora jadal
va tez sur'atlar bilan o'ziga Yuklangan vazifani sidqidildan hal etishga yondasha
oladigan   ijodkor   va   har   tomonlama   rivojlangan   shaxsga   extiyoj   sezilmoqda.
Shuning   uchun   pedagogikaning   bu   rivojlanish   bosqichida   innovasion   ta'lim
texnologiyalariga   e'tibor   qaratiladi.   Bo'lajak   texnologik   ta'lim   yo'nalishi
o'qituvchilarining   o'quv   faoliyati   uchun   foydalanadigan   texnologiyalardan   biri
ixtirochilik   masalalarini   echish   nazariyasi   IMEN   (Teoriya   resheniya
izobretatelskix zadach (TRIZ)).
IMEN (TRIZ) usullari: IMEA  (ARIZ)  ixtirochilik  masalalarini   echish  algoritmi   (imena)   ((algoritm
resheniya izobratitelskix zadach (ARIZ));
ISHRN (TRTL) – ijodiy shaxsni rivojlantirish nazariyasi;
ITR (RTV) – ijodiy tasavvurni rivojlantirish.
Ilmiy   ijodkorlik   texnologiyasini   yaratish   ustida   1946   yildan   e'tiboran
Bokuda ish boshlangan. Bu yangi texnologiya IMEN (TRIZ - (Teoriya resheniya
izobretatelskix zadach) deb nomlangan. IMEN (TRIZ) haqidagi birinchi malumot
matbuotda   1956   yilda   paydo   bo'la   boshlagan.   G.Altshuller   (1926   y.   Toshkent
shahrida   tug'ilgan.   O'qituvchi,   ixtirochi,   ilmiy-fantastik   yozuvchi)   1958   yili
Trizni o'rgatish bo'yicha birinchi o'quv seminarini  o'tkazgan. 1989 yilda xalqaro
IMEN   (TRIZ)   assosiasiyasi   tuzildi.   1998   yilda   xalqaro   IMEN   (TRIZ)
assosiasiyasi   Sankt-Peterburgdagi   shtab-kvartirasi   bilan   tashkil   etildi.   IMEN
(TRIZ) ning harakati chuqur va keng rivojlandi.
Bu   metod   ijodga   moyillik   inson   o'zini   namoyon   etishining   yuqori   faolligi,
yangilikni   yaratish   qobiliyati,   inson   faoliyatining   har   qanday   ko'rinishida   o'ziga
xos ahamiyatga ega.
Mamlakatimiz   va   xorijning   yuzlab   shaharlarida   maktablar,   milliy
universitetlar,   kattalar   va   bolalarga   ixtironi   o'rgatish   markazlari   mavjud   bo'lib,
unda   g.S.Altshuller   va   uning   talabalari   dars   bera   boshlashdi.   Hozirgi   kunda
IMEN   (TRIZ)   nafaqat   mamlakatimizda,   balki   xorijda   ham   keng   tarqalgan
pedagogik   texnologiyalardan   biridir.   IMEN   (TRIZ)   kitoblari   AQSh,   Buyuk
Britaniya,   Yaponiya,   Shvesiya,   Finlyandiya,   Germaniya,   Bolgariya   va   boshqa
mamlakatlarda   chop   etilgan.   Rossiya,   Finlyandiya,   AQSh,   Niderlandiya,
Shvesiya, Angliya va Chexiyada IMEN (TRIZ) konsalting bilan shug'ullanuvchi
firmalar bor. IMEN (TRIZ) nazariyasi  haqida ko'proq ma'lumotlarni veb-saytlar
o'z   ichiga   olgan.   Dunyoning   taniqli   korporasiyalari   o'zlarining   ixtirochilik   va
tadqiqot   xizmatlari   uchun   MDH   hududida   IMEN   (TRIZ)   mutaxassislarini
izlamoqdalar.
Biz   foydalanadigan   fikrlash   metodlarining   ko'pchiligi   IMEN   (TRIZ)
tizimining   bir   qismi   –   "ixtirochilik   muammosini   hal   qilish   nazariyasi"   bo'lib, ulardan yangi g'oya va yangiliklarni yaratish, muammolarni hal qilish jarayonini
tartibga soluvchi ko'plab tushuncha va usullarni o'z ichiga oladi.
Ixtirochilik   muammosini   hal   qilish   nazariyasi   (IMEN   (TRIZ))   -   tizimlarni
rivojlantirish   va,   umuman,   ijodning   har   qanday   sohasida   samarali   fikrlash
haqidagi   fan.   IMEN   (TRIZ)   tafakkur   va   uning   turlari   o'rtasidagi   asosiy   farq
fikrlash   jarayonini   ongli   boshqarishdir   (bu   algoritmlarga   ko'ra   fikrlashdir,   bu
qonun va qoidalarga ko'ra fikrlashdir).
IMEN   (TRIZ)   muammolarni   hal   qilish   uchun   ishlatiladigan   boshqa
usullardan   muhim   afzalligi   bilan   ajralib   turadi.   Ya'ni,   biz   ijodkorlikda
ishlatadigan   "aqliy   hujum",   "amal   va   xato",   "sinektika",   "morfologik   tahlil"   va
hokazo   metodlarimiz   muammolarni   hal   qilish   yoki   to'g'ri   echimlarni   ta'kidlash
yo'llarini aniq ko'rsatmaydi. Bu usullar odatda muammoni va uning tub sababini
aniqlash   qobiliyatiga   ega,   lekin   aslida   bu   muammolarni   hal   qilish   qobiliyatiga
ega   emas.   Boshqa   tomondan,   IMEN   (TRIZ)   tizimli   innovasiyalarni   etkazib
berishni,   muammolarni   ijodiy   yo'llar   bilan   hal   qilishni   tezlashtirishni,   yangi
echimlarning   barcha   imkoniyatlari   qoplanganligini   va   innovasion   ixtirochilik
muammolarini   hal   qilishda   ruhiy   ingibitor   (tashqi   kuzatuvchilarning   mavjudligi
natijasida   inson   mehnatining   faolligi   va   samaradorligining   pasayishi)   larni
buzadi.
IMEN(TRIZ)ga   asoslangan   pedagogik   texnologiyalarning   maqsadi   ijodiy
metodlarni o'rgatishdir.
Qo'llashdan maqsad:
- g'oyalarni qidirish;
- ko'plab ijodiy muammolarni aniqlash va hal qilish;
- istiqbolli echimlarni tanlash,
- ijodiy tafakkurni rivojlantirish,
- ijodiy shaxsni shakllantirish. IMEN (TRIZ) metodikasi ushbu maqsadlarga javob topishga yordam beradi.
IMEN(TRIZ)dan foydalanadigan darslarda bilim  va ko'nikmalarni  shakllantirish
amaliy harakatlarda ko'rinadi.
Ijodkorlik   o'zini   namoyon   qilish,   yaratish,   yangisini   olishga   intilish
imkoniyatini   beradi,   bilimga   bo'lgan   ehtiyojni   rivojlantiradi.   Bu   istiqbolli
texnologik, zamonaviy standartlarga mos keluvchi yo'nalishlarni tadqiq qilish va
joriy   etish,   talaba   shaxsida   tizimli   fikrlash,   muloqotchanlik,   o'z-o'zini   tashkil
etish,   talabalarning   ijodkorlik   qobiliyatini,   loyihalash-texnologik   va
tadqiqotchilik madaniyatini shakllantirishga imkon beradi.
IMEN (TRIZ) metodikasi  (ixtirochilik muammolarini  hal  qilish nazariyasi)
turli   xil   faoliyat   turlarini   o'z   ichiga   oladi:   frontal,   individual,   guruhlar
o'qituvchining   rahbarligi   ostida   barcha   talabalarining   birgalikdagi   harakatlarini
o'z ichiga oladi.
Kreativ   fikrlash   –   bu   innovasion   (yangi,   novator,   original,   nostandart,
noodatiy va hokazo) va samarali  (amaliy, natijaviy, tejamli, optimal va hokazo)
echimlarni   topish,   yangi   bilimlarni   egallash,   tasavvurni   ta'sirchan   ifodalashga
qaratilgan   g'oyalarni   ishlab   chiqish,   baholash   va   takomillashtirish   jarayonida
samarali ishtirok etish qobiliyatidir.
Kreativ   fikrlash   bizga   muammolarni   hal   qilishda   noodatiy   echim   topishga
yordam beradi. Biroq biz uni tanqidiy fikrlash bilan adashtirib yubormasligimiz,
aksincha, bizga imkonsiz muammolarni hal qilishda bir-birini to'ldirib turadi deb
qarashimiz kerak.
Texnik   ziddiyat   shunday   paradoksal   xususiyat   bilan   tavsiflanadi:   texnik
tizimning   bir   qismini   (elementini)   yaxshilashga   harakat   qilganda,   ikkinchisi
muqarrar   ravishda   yomonlashadi.   Tizim   deganda,   alohida   elementlarning
xossalariga   tushmaydigan   o'zaro   shartlangan   xossalarga   ega   bo'lgan   o'zaro
bog'langan   elementlar   to'plamining   integral   birligi   tushuniladi.   Odatda,   texnik
ziddiyat – jismoniy ziddiyat tufayli kelib chiqadi.
IMEN (TRIZ) texnologiyasida oliy ta'lim tizimida talabalar bilan ishlashda
keng qo'llaniladigan usullar nihoyatda ko'p. Ta'lim   amaliyotida   IMEN   (TRIZ)   metodikasi   qo'llanilib,   izlanish   va
tadqiqotli   ta'lim   metodlari   asosida   insonning   tafakkur   yuritish   xususiyatlariga
tayanadi.   IMEN   (TRIZ)   yondashuv   algoritm   va   modellarni   tadqiqotchilik
ta'limiga   tatbiq   etishga,   muammoga   yo'naltirilgan   loyihalarni   amalga   oshirishga
qaratiladi.   Ushbu   muammolarning   echimini   topishda   bizga   ixtirochilik
masalalarini echish algoritmi (imea, ARIZ) metodi yordam beradi.
Insonning   ixtirochilik   masalalarini   echish   algoritmi   (imea,   ARIZ)   bo'yicha
harakatlari va shu muammo bo'yicha oddiy aqliy mehnat o'rtasidagi farq nimada?
Biror   muammoni   hal   qilishga   kirishganda,   inson   ideal   yakuniy   natijaga   e'tibor
qaratadi.   Arizning   ko'rinishi   yangi   ob'ekt,   mashina,   jarayon   va   boshqalarni
yaratishda izlanishning yo'nalishini belgilab beradi.
Ob'ektning   ideal   va   Real   holatlarini   taqqoslash,   texnik  ziddiyat   yoki   uning
sababini  aniqlash – fizik ziddiyat va bunday qidiruv muammolarini hal  qilishda
mavjud   harakatlar   ketma-ketligi   algoritmi   yordamida   ularni   bartaraf   etish   (hal
qilish) imea (ARIZ) usulidir.
Imea (ARIZ), ayniqsa, yuqori bosqichda murakkab muammolarni hal qilish
uchun ishlatiladi. Bu echimda aniq amallar ketma-ketligini nazarda tutadi. Biroq,
bu   algoritm   fikrlash   o'rniga,   yanada   samarali   chora   –   tadbirlarni   tashkil   etish,
shuningdek,   echim   yo'nalishini   ko'rsatadi.   Muammoni   tahlil   qilishda
fikringizning borishini ongli ravishda nazorat qilasiz.
Ixtirochilik   masalalarini   echish   algoritmi   imea   (ARIZ)   texnik   tizimlarning
rivojlanish qonuniyatlariga asoslangan va ixtirochilik masalalarini tahlil qilish va
hal   qilish   uchun   mo'ljallangan   murakkab   algoritmik   dasturdir.   Imea   (ARIZ)
ixtirochilik   muammosini   hal   qilish   nazariyasi   bilan  birgalikda  paydo   bo'lgan   va
rivojlangan. Dastlab imea (ARIZ) "ixtirochilik ijod usuli"deb atalgan.
Imea   (ARIZ)   texnologiyasi   sizni   fikrlashga   o'rgatadi,   to'g'rirog'i,   insonni
aniq fikrlashga o'rgatadi.
Imea   (ARIZ)ning   asosiy   tushunchalari:   tizim   tushunchasi,   ziddiyat,
resurslar, ixtirochilik masalalarini echish algoritmi. Imea   (ARIZ)ning   rivojlanishi   texnologik   tizimlarda   ildiz   otgan.   Ushbu
texnologiyaning   shart-sharoitlari   va   asoslari   texnikaning,   ularning   vazifalarini
tizimli   o'rganishda   topiladi.   Metodlar   oddiy   ierarxiyalarda   mavjud,   shuning
uchun texnika quyi tizimlardan iborat bo'ladi va supertizim, deb ataluvchi boshqa
tizimning   bir   qismidir.   Texnikaning   kichik   tizimlari   texnikaning   tabiati   yoki
tarkibi   bilan   belgilanadi,   supertizimning   tabiati   esa   texnikaning   muammolarini
hal qiluvchi tomonidan qabul qilinadigan kontekstga bog'liq.
Yana   bir   asosiy   tushuncha   ziddir.   Har   bir   muammo   yoki   vazifada   bir
ziddiyat   bor.   Ziddiyat   –   bu   ularning   biri   ikkinchisini   istisno   qilganda,   qarama-
qarshi   manfaatlar,   istaklar   yoki   ehtiyojlar   kurashidir.   Oddiy   hayotda   ko'pincha,
ziddiyatlarni   hal   qilish   kerak.   Imea   (ARIZ)   metodikasida   ham   ularni   to'g'ri
shakllantirish   kerak.   Ziddiyatni   to'g'ri   shakllantirish   qisman   hal   qilingan
muammodir.
Tegishli   resurslarni   tan   olish   va   safarbar   qilish   IMEN(TRIZ)ning   muhim
jihati bo'lib, bu resurslar tizim va uning zarur funktsiyalarni ta'minlashga yordam
beradigan muhitining istalgan jihatini o'z ichiga olishi mumkin.
Improvizasiya,   imea   (ARIZ)ning   asosiy   texnologiyalaridan   yana   biri
talabalar   nutq   madaniyatini   rivojlantirish   uchun   asos   hisoblanadi.   Bo'lajak
texnologik   ta'lim   yo'nalishi   o'qituvchilarining   ijodkorlik   darajasining   asosiy
ko'rsatkichlaridan   biri   uning   nutqining   to'yinganligidadir.   Bu   ma'lumotlar   uning
umumiy ruhiy rivojlanishi va kelajakda pedagoglik kasbi bilan jiddiy bog'liq. Shu
sababli   imea   (ARIZ)   pedagogikada   bu   yo'nalishga   asosiy   e'tibor   qaratilmoqda.
Talabaning   nutqi   muloqot   qilish,   dunyoni   o'rganish,   harakatlarni   rejalashtirish
jarayonida shakllanadi.
IMEN(TRIZ)ning   asosiy   g'oyalari   tadqiqotchilik   bo'lib,   nazariya
muammolarning   ijodiy   echimini   topish,   bilim   ijodiy   ish   jarayonida   bir   vosita
sifatida kashfiyot sirlari ifodalanadi.
IMEN  (TRIZ)   nazariyasida  asosiy  o'rinni  ijodiy  tasavvurlarni   rivojlantirish
(ITR)   masalasi   egallaydi.   IMEN   (TRIZ)ning   asosida   rivojlantiruvchi   ta'lim texnologiyasi   hisoblangan   muammoli   izlanish   metodlar   turadi.   Ixtirochilik
vazifalarini echish nazariyasining o'ziga xos tamoyillariga quyidagilar kiradi:
o'qitishga faoliyatli yondashuv;
nazariy xulosalarni shakllantirishga yo'nalganlik;
o'qituvchi va talaba o'rtasidagi ikki tomonlama muloqot;
ta'lim jarayonida muammoli masalalarni, muammoli vaziyatlarni qo'llash.
IMEN   (TRIZ)   –   ishlab   chiqarishni,   yangi   texnik   fikrlarni   aniq   fanga
aylantiradi, ixtiroli masalalarni echishga yordam beradi.
IMEN   (TRIZ)   –   ta'limda   eskiliklardan   voz   kechishdir.   IMEN   (TRIZ)
elementlari faqat texnik sohalarda emas, balki ta'lim-tarbiya, shuningdek, boshqa
sohalarda ham ishlatilishi  mumkin. Hayot va tabiatdagi  har  bir  predmet, har bir
modda,   hodisa,   voqea,   ob'ektda   ikkilamchilik   siri,   qarama-qarshilik   mavjudligi
talabalarni har bir narsaning nimasidir yaxshi-yu, nimasidir yomon, bir tomondan
foydali,   ikkinchi   tomondan   zararli,   bir   jihatdan   xalal   bersa,   ikkinchi   jihatdan
zarur   ekanligiga   qiziqish   uyg'otadi   va   uni   topishga   undaydi.   Bu   bilan
o'zlashtirilishi   qiyin   boshlagan   ayrim   materiallarni   IMEN   (TRIZ)   elementlari
orqali osonlik bilan o'zlashtira olish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
IMEN   (TRIZ)   texnologiyasining   maqsadlarini   amalga   oshirishning   asosiy
og'zaki   metodlari:   "vizual   o'qitish",   "suhbat",   "dialogik",   "amal   va   xato",
"Brainstopming" (aqliy hujum) bo'lib, bunda o'qituvchi puxta o'ylangan savollar
tizimini   belgilab,   talabalarni   yangi   materialni   tushunib   olishga   yo'naltiradi.
Evristik   suhbat   davomida   o'qituvchi   talabalarning   bilimlari   va   amaliy
tajribalariga   tayanib,   ularni   yangi   bilimlarni   tushunishga   va   o'zlashtirishga,
qoidalar va xulosalarni shakllantirishga olib keladi.
IMEN   (TRIZ)   texnologiyasida   eng   ko'p   va   muvaffaqiyatli   natijaga   olib
keladigan   usullardan   "aqliy   hujum",   "sinektika",   "morfologik   tahlil",
"Fokuslanadigan   ob'ektlar",   "Robinzon"   kabi   munozara   shakllariga   alohida
e'tibor   qaratiladi,   chunki   bu   tushunchalar   ixtirochilik   muammolarini   hal   qilish
nazariyasiga yaqinlashtiradi. IMEN   (TRIZ)da   axborot   manbalari   bilan   ishlash,   ma'lumot   manbalari   va
mustaqil   ishlashning   bir   qator   metodlari   qo'llaniladi.   Ularning   asosiylari
quyidagilardan   iborat:   eslatma   olish,   matnning   rejasini   tuzish,   iqtibos   qilish
(chiqish ma'lumotlari), izoh (mazmunning qisqartirilgan mazmuni), ko'rib chiqish
(o'qigan   narsangizga   munosabatingizni   bildirgan   holda   qisqa   sharh   yozish),
rasmiy   mantiqiy   model   (o'qiganingizning   og'zaki-sxematik   tasvirini   tuzish),
tematik to'plam tezislar (bo'lim, mavzu bo'yicha asosiy tushunchalarning tartibga
solingan   to'plami),   g'oyalar   matrisasini   tuzish   (bir   xil   ob'ektlarning   qiyosiy
tavsifi),   ma'lumotnoma   (izlanishlardan   so'ng   olingan   narsalar   to'g'risida
ma'lumot) va boshqalar.  
Аdаbiyotlаr.
1.   N.Muslimov,   Sh.Sharipov,   M.Qodirov.   “Texnik   ijodkorlik   va   dizayn”.-T.:
2010y
2.   L.E.Bobomurodova.   « Texnik   ijodkorlik   va   dizayn
»   fanidan   amaliy
mashg‘ulotlarni bajarish. – Samarqand.: 2019 y
3.   L.E.Bobomurodova.   « Texnik   ijodkorlik   va   dizayn
»   fanidan   laboratoriya
mashg‘ulotlarini bajarish. – Samarqand.: 2019 y

MAVZU : TEXNIK IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISH METODLARI (TRIZ) R Е J А : 1. Ijodkorlik faoliyatini tashkil qilish metodlari . 2. IMEN (TRIZ) Ilm, fan, texnika va texnologiyaning integratsiyasi . 3. IMEN (TRIZ) usullari

Ijodkorlik masalalariga insonlar har qadamda duch keladilar, biroq ularni har doim ham ijodiy yo‘l bilan qilishga intilmaydilar. Jumladan,ta’limni tashkil qilishning asosiy shakllari bo‘lgan dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilar ijodkorlik faoliyatini tashkil qilish muammosi o‘zining to‘laqonli echimini topmay kelmoqda. Mazkur muammoni darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida hal etish muayayn echimlari taklif etilgan bo‘lsa-da, dars mashg‘ulotlarida o‘quvchilar ijodkorlik faoliyatini tashkil qilish muammosi etarlicha tadqiq qilingan emas. Qisqa qilib aytilganda, ijodkorlikni murakkab ko‘ringan masalani hal etishning soda echimini topish deb ta’riflash mumkin. Odatda, uni oqilona echim yoki ixtiro deb atashadi. Ushbu fikrni ko‘proq moddiy shaklga ega bo‘lgan texnik ijodkorlik misolida izohlash mumkin. Umumiy o‘rta ta’limda fizika va mehnat ta’limi DTSlari va o‘quv dasturiga asosan o‘quvchilar deformatsiya tushunchasini, materiallarning qattiqligi, mo‘rtligi, ustuvorligi kasbi tushunchalarni nazariy o‘rganishlari hamda laboratoriya-amaliy mashg‘ulotlarida tajribadan o‘tkazishlari kerak bo‘ladi. Biroq, ushbu laboratoriya ishlarini bajarish uchun mo‘ljallangan R-20, SM-4 kabi sanoat tipidagi sinov qurilmalari juda kata o‘lchamga egaligi, barcha o‘quv yurtlarida o‘rnatish imkoniyatining mavjud emasligi, mavjud bo‘lganlarida ham barcha o‘quvchilar shug‘ullanishiga imkon bermasligi sababli ishni ijodiy tashkil qilishga to‘sqinlik qiladi. Ixtirochi bu masalani oddiy yo‘l bilan, metall kesuvchi qaychiga namunani kesish uchun sarf bo‘ladigan kuchni o‘lchash moslamasini o‘rnatib hal qilib beradi. Bu echimning soddaligi unda muammo echimi sifatida oddiy qaychidan foydalanilganligi, ixtironi qilingan qurilmani o‘quvchilar o‘z kuchlari bilan tayyorlash imkonining mavjudligi, bu usulda tayyorlangan qurilmadan barcha o‘quvchilar bir varakayiga foydalanishi mumkinligi kabi ko‘plab dalillar bilan asoslanadi. Eng muhimi, o‘quvchilar ulkan va murakkab qurilmalar bajarayotgan «tushunarsiz operatsiyalarni» soda qurilmalarda tushunarli qilib bajarish mumkinligini bilib oladilar.

Demak, ixtiro – bu talabchanlik, nozik ta’blik yoki «aql o‘yini» emas, balki inson faoliyatini yangi, uning uchun qulayroq bo‘lgan vaziyatga olib chiquvchi taraqqiyot yo‘lidir. Insondagi ana shu ijodkorlik, ixtirochilik sifatlari uni tabiat kuchlari bilan raqobatni engib, yangi – tafakkur qobiliyatining shakllanishiga zamin yaratdi. Inson ehtiyojlarining o‘sib borishi jarayonida uning tomonidan qo‘llaniladigan mehnat qurollari ham murakkablashib, takomillashib borgan. Insoniyat taraqqiyoti o‘z yo‘lida yutuqlar bilan birga ko‘plab muammolarni ham keltirib chiqargan. YAqin o‘tmishga qadar esa bu muammolar Faqat bitta usul – amal va xato metodi orqali halq ilib kelingan. Bu usul minglab xato echimlarichida bitta to‘g‘risini topishga qaratilgan bo‘lsa-da, uning vositasida elektr dvigatellari va generatorlar, ichki yonuv dvigateli, marten pechlari, telefon va samolyotlar ixtiro qilindi. Biroq texnik-texnologik jarayonlarning nihoyatda murakkablashib borishi amal va xato metodining ikki yo‘nalishda takomillashtirilishiga asos bo‘ldi: birinchisi, muammo echimi sifatida taklif etiladigan g‘oyalar sonini oshirib borish, ikkinchisi taklif etilayotgan g‘oyalarni saralashga bo‘lgan talablarni orttirish. Dastlab, ikkala yo‘nalish ham o‘zaro uyg‘unligini namoyish qilgan bo‘lsa- da, keyinchalik echim variantlarini tanlashdagi sub’ektivlik, xatolardan himoyalanmaganlik bilan bog‘liq kamchiligi ayon bo‘ldi. Bu metodning «umri»ni uzaytirish uchun variantlarni taqqoslashni tezlashtirish yo‘li tanlandi. EHMlarning dastlabkilari aynan mana shu prinsip asosida ishlagan. Bunda ham, oxir-oqibatda, ulkan hajmdagi variantlarni o‘zaro taqqoslab chiqish yo‘li bilan ijodkorlik masalalarini hal etib bo‘lmasligi ma’lum bo‘ldi. Bildirilgan mulohazalarga yakun yasab aytish mumkinki, hozirgi paytda o‘qituvchi va o‘quvchilarning asosiy ijodkorlik «quroli» bo‘lgan amal va xato metodi yordamida yangi sifat o‘zgarishlariga erishib bo‘lmas ekan. Bizning fikrimizga ko‘ra, o‘qituvchi hamda o‘quvchilarni ijodkorlik faoliyatini amalga oshirishning turli-tuman, zamon sinovidan o‘tgan ilg‘or

metodlar bilan qurollantirish vaziyatni yaxshilashning eng maqbul yo‘li hisoblanadi. Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi barcha sohalarda zamonaviy texnologiyalar rivoji bilan bog‘liq ekan, ijodkorlik yo‘llarini puxta o‘zlashtirgan barkamol avlodni tarbiyalash respublikamiz ta’lim tizimining eng muhim vazifalaridan biri sifatida yuzaga chiqadi. Bu masalaning asosiy echimi esa umumiy o‘rta ta’lim maktablari ishini maqsadga muvofiq tashkil qilish bilan hal etiladi. O‘quvchilarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlash strategiyasi quyidagi asosiy usullarga tayanadi: - doimo o‘quvchilar e’tiborini masalani hal qilishda qo‘llanilgan usulning universalligi, hammabopligiga qaratish. Buning natijasida o‘quvchilar darsda ma’lum vaziyatga nisbatan qo‘llanilgan metodni yangi hodisalarga tatbiq qilib, yangi qonuniyat va echimlarni izlashga odatlanadilar; - o‘quvchilarni ijodkorlik metodlariga o‘rgatishni dars maqsadi sifatida emas, balki darsda qo‘yilgan vazifani yanada samarali hal qilishga qaratilgan yangi yo‘l, imkoniyat sifatida qarilishi taqozo etiladi. Muammo echimini topishga qaratilgan vazifalar o‘rganilayotgan tizim tarkibi va undagi jarayonlarni tahlil qilishni ko‘zda tutadi. SHu sababli masalani hal etishdan kutilgan maqsadni va uni amalga oshirishdagi vazifalarning to‘g‘ri belgilanishi muammoni darhol hal etishga qaratilgan intilishlardan ko‘ra ko‘proq naf keltiradi; - o‘quvchilar o‘zlari mustaqil xulosa chiqarib topadigan yangi g‘oyalar ijodkorlik darslarining asosiy «mahsuli» hisoblanadi. Biroq, faqatgina masalaning yangi echimini topish ijodkorlik faoliyatining so‘nggi bosqichi bo‘lib qolmasligi kerak. O‘quvchilar o‘z g‘oyalarini «oxiriga etkazish»ni o‘rganishlari, ya’ni yangi echimni sinab ko‘rish, asoslash va tatbiq qilishga oid ma’lum ko‘nikmalarni egallashlari ijodkorlikni «xayollar» darajasidan amaliy bosqichga ko‘tarish zarur asosni yuzaga keltiradi. Mazkur mulohazaning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, u o‘quvchilarning keyingi ta’lim bosqichlarida yuqori faollik darajasini ta’minlashga va pirovardida

turli fan sohalarida chuqur ilmiy tadqiqotlarni amalga oshiruvchi bo‘lajak olimlarni tarbiyalashga zamin tayyorlaydi; - ijodkorlikni yo‘lga qo‘yishning muhim jihati – axborotlarni yig‘ish, tahlil va talqin qilish bilan bog‘liq bo‘lib, bu siz har qanday ijodkorlik metodi o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. O‘quvchilarda axborotlar bilan ishlashga oid dastlabki ko‘nikmalarni shakllantirishda ularni o‘z qiziqishlariga oid rasmlar va fotosuratlar, ilmiy-ommabop maqolalar, markalar vah.k.larni yig‘ish, saralash va tizimga keltirishishlariga jalb qilish metodlaridan keng foydalanish mumkin; - ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarining juda muhim, qamrovi jihatidan dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlardan ham tashqariga chiqadigan masala – shaxs ijodkorlik sifatlarini tarbiyalashdan iboratdir. Odatda buyuk olim va ixtirochilar to‘g‘risida so‘z yuritilganda o‘quvchilar «Ulug‘ allomalargina shu qadar yuksak yutuqlarni qo‘lga kiritganlar, bizlar bo‘lsak oddiy odamlarmiz», - deb o‘zlarini urintirishdan saqlamoqchi bo‘ladilar. Bu tushunchani engishning muhim yo‘nalishlaridan biri turli hayot yo‘liga ega bo‘lgan taniqli ijodkor shaxslar biografiyasi bilan o‘quvchilarni yaqindan tanishtirib borishga bog‘liq bo‘lib, bunda so‘z yuritilayotgan shaxs hayotining barcha jabhalari ro‘y- rost bayon qilinishi lozim bo‘ladi. Mazkur metodning asosida ilm-fandagi yuksak yutuqlarga unga intilgan har shaxs erishishi mumkinligi to‘g‘risidagi g‘oyani o‘quvchilar ongiga singdirish talabi yotadi. Ijodkorlik faoliyatini tashkil qilishning mazkur usullarini turli yoshdagi o‘quvchilarga nisbatan samarali qo‘llash mumkin, faqat buning uchun tegishli dasturlar hamda o‘quv qo‘llanmalarining tizimlashtirilgan majmuasi mavjud bo‘lishi talab qilinadi. Demak, navbatdagi dolzarb vazifa sifatida maqolada keltirilgan usullarni samarali amalga oshirishga xizmat qiluvchi o‘quv-metodik majmuani yaratish masalasi hal etilishi lozim. Texnik ijodkorlik jarayonida qo’llaniladigan metodlar. Birinchi texnik qurilmalar va sodda mexanizmlar paydo bo’lishi bilan insoniyat o’z oldiga har xil qiyinchilikda va ahamiyatga ega bo’lgan texnik vazifalarni yechishga harakat