logo

O‘quvchilarning texnik ijodkorligini rivojlantirish yo‘nalishlari, bosqichlari va metodlar

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

23.8642578125 KB
O‘quvchilarning texnik ijodkorligini rivojlantirish yo‘nalishlari, bosqichlari
va metodlar .
Reja: 
1. Texnik ijodkorlikning rivojlanishi.
2.O‘quvchilarning texnik ijodkorligini tashkiliy tizimi
3.O‘quvchilar texnik ijodkorligi mazmunini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari.
4.Texnik yechimlar kidirishning sinektika va morfologik tahlil usullari.
  1.Texnik ijodkorlikning rivojlanishi.
O‘quvchilarning texnik ijodkorligi oldingi vaqtlarda individual xarakterga ega
bo‘lgan.   Maktabdan   tashqari   ishlar,   texnik   ijodkorlik   to‘garaklari   umuman
bo‘lmagan. O‘quvchilarni qiziqtirgan ijodiy faoliyat turlari bilan o‘z xohish irodasi
bilan   uyda   shug‘ullanganlar.   O‘smirlarning   texnik   ijodkorligi   faoliyati   bilan
shug‘ullanishni  boshlanishi  sobiq   ittifoq  tuzumi   davriga   mos   keladi.  O‘quvchi   va
yoshlar   texnik   ijodkorlik   faoliyatini   quyidagi   bosqichlarga   ajratish   mumkin.
Birinchi (1920 yil) mehnat maktabini paydo bo‘lishi, yoshlarni pioner tashkilotini
tashkil   qilinishi  (1923 yil)  mamlakatni   industrlashtirish.  Ilmiy  texnik taraqqiyotni
ommaviy   tashviqot   qilish   (1926   yil)   asosida   maktabdan   tashqari   ishlarni   tashkil
qilishning   yangi   shakllarini   topish   (1932   yil)   ulug‘   vatan   urushi   boshlanishi
yillarida   o‘quvchilarning   zaruriy   ishlab   chiqarish   ko‘nikmalarini   egallash   davri;
Ulug‘   vatan   urushining   oxirgi   yillarida   ko‘p   ishlab   chiqarish   ustaxonalarini
qisqartirish;   Politexnik   ta’lim   va   o‘quv   ustaxonalarini   tashkil   qilinishi   texnika
bo‘yicha   maktabdan   tashqari   ishlarni   tashkil   qilinishga   sabab   bo‘ladi.   Xalq
ta’limini rivojlantirish va maktab bilan hayotni o‘zaro aloqasini mustahkamlashga
qaratilgan   qonun   asosida   yanada   takomillashtirildi.   (1960   yillari)   o‘quvchilarning
ixtirochilik   va   ratsionalizatorlik   bo‘yicha   maktab   va   maktabdan   tashqari
tashkilotlarning ko‘rigi o‘tkazilishi munosabati bilan (1967 yil) yoshlarning ilmiy-
texnik   ijodkorligi   ko‘riklarida   ishtirok   etish   (1975   yil)   yoshlarning   ilmiy   -
texnikaviy   ijodkorligining   yagona   davlat   tizimining   paydo   bo‘lishi   (1980   yil)
bosqichlari mavjud.
2.O‘quvchilarning texnik ijodkorligini tashkiliy tizimi
O‘quvchilarning texnik ijodkorligini tashkiliy tizimi juda ko‘p qirrali. Hozirgi
kunda   bolalar   va   yoshlar   ijodiy   faoliyati   bilan   har   xil   vazirliklar   xalq   ta’limi
xodimlari,   kasaba   uyushmasi,   Kamolot   jamg‘armasi,   Vatanparvar   tashkiloti   va
boshqalar   shug‘ullanadilar.   Bolalar   va   yoshlarning   ommaviy   ravishda   ijodiy
faoliyat   bilan   shug‘ullanishida   umumiy   o‘rta   ta’lim   maktabi,   akademik   litsey,
kasb-hunar kollejlari, markazlar va maktabdan tashqari muassasalar (yosh texniklar markazi,  uylari, o‘quvchilar  markazlari, yosh  texniklar  klubi,  madaniyat  markazi,
madaniyat va texnika markazi) shug‘ullanadi.
Texnik  ijodkorligining  mazmuni   o‘quvchilarning  yoshlariga  qarab  tanlanadi.
I-IV   elementar   bilimlarga,   V-IX   sinflar   asosiy   chuqur   texnik   tayyorgarlikka   ega
bo‘lgan   bilimlar   shakllantiriladi.   Egallangan   bilimlar   va   asosiy   ko‘nikmalariga
tayangan   holda   o‘quvchilarning   texnik   ijodkorligi   mazmuni   kengayib   boradi.
Kasb-hunar   kollejlarida   o‘quvchilar   tanlagan   kasbi   bo‘yicha   ixtirochilik   va
ratsionalizatorlik   faoliyatlarida   ishtirok   etadilar.   Bunda   ular   texnik,   texnologiya,
ishlab   chiqarishni   tashkil   qilish   bo‘yicha   ilmiy   tekshirish,   konstruktorlik   ishlarni
amalga oshirishda xizmat qiladilar.
3. O‘quvchilar   texnik   ijodkorligi   mazmunini   rivojlantirishning   asosiy
yo‘nalishlari .
Bizning   asrimiz   fan-texnika   yutuqlarining   mislsiz   darajada   taraqqiy   etishi,
hamda bu taraqqiyot natijalarining oddiy insonlar hayotiga juda qisqa muddatlarda
keng kirib kelayotganligi bilan tavsiflanadi. Mana shunday taraqqiyot omillaridan
biri bu shubhasiz yangi axborot texnologiyalaridir. Bugungi  kunda hayotimizning
hech   bir   sohasini,   jumladan   ta’lim   tizimini   ham   yangi   axborot   texnologiyalari
(YAAT) hamda uning asosi bo‘lgan kompyuterlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Axborotlarni   qabul   qilish,   qayta   ishlash   va   yangi   axborotni   yaratish   bilan
shug‘ullanuvchi   texnologiyalarni   kompyuterlar   asosida   joriy   etish,   ya’ni
belgilangan   faoliyat   turini   amalga   oshiruvchi   kompyuter   va   unda   joriy   etilgan
dasturiy   ta’minotni   yuritish   majmuasi   yangi   axborot   texnologiyasi   deb   yuritiladi.
Axborotlar   davri   hisoblangan   bugungi   kunda   tarixda   birinchi   marotaba   insoniyat
faoliyatining   ko‘plab   sohalari   moddiy   buyumlar   bilan   emas,   balki   axborotlarni
qayta   ishlash   bilan   bog‘liq   bo‘lmoqda.   Shu   sababli,   bugungi   kunda   yoshlarni
axborot   davrida yashash  va  ishlashga  o‘rgatish,  ularda  axborotlarni   yig‘ish,  tartib
va   tahlil   qilish,   uni   uzatish   ko‘nikmalarini   shakllantirish   muhim   ahamiyat   kasb
etadi.  Bular  o‘z  navbatida,  o‘quvchilarning  ko‘plab  qobiliyatlarini,  shu   jumladan,
ijodkorlik   qobiliyatlarini   rivojlantirishda   ham   muhim   asos   vazifasini   o‘taydi,
chunki har qanday yangi g‘oyani taklif qilishdan ilgari qaralayotgan sohani batafsil o‘rganib chiqish, yangi axborotlarni topish va uni tavsiya etilayotgan yechim bilan
bog‘lashni   o‘rganish   lozim   bo‘ladi.   Bu   vazifalarni   amalga   oshirish   uchun   bo‘lsa,
albatta   oddiy   inson   xotirasida   saqlab   bo‘lmaydigan   darajada   katta   hajmdagi
axborotlarni   qayta   ishlash   talab   etiladi.   YAAT   imkoniyatlari   ushbu   muammoni
avtomatlashgan   o‘quv-axborot   tizimlari,   bilimlar   banki   va   ma’lumotlar   banklari
vositasida   oson   va   samarali   hal   qilish   imkoniyatlarini   yaratadi.   Shu   munosabat
bilan   keyingi   paytda   respublikamizda   bu   sohaga   e’tibor   kuchayib   bormoqda,
keyingi besh yil mobaynida mavjud kompyuterlar parki bo‘yicha vatanimiz jahon
ko‘rsatgichlariga   yaqinlashib   qoldi.   Biroq,   ta’lim   jarayonida   zamonaviy   axborot
texnikalarini,  jumladan   shaxsiy   kompyuterlarning  qo‘llanishi   uchun  zarur  nazariy
va   amaliy,   ilmiy-uslubiy   asoslarning   ishlab   chiqilmaganligi   ayniqsa   ijodiy
qobiliyatlarni rivojlantirish bilan bog‘liq qator muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Texnik   ijodkorlikni   amalga   oshirishda   kompyuterlarni   qo‘llashning   shakl   va
usullarini   belgilashda,   avvalo   ular   yordamida   o‘quvchilarning   ijod   qilishni   emas,
balki yangi texnik yechimni yaratishdagi axborotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishi
va   uni   amalga   oshirishning   samarali   yo‘llarini   ishlab   chiqishda   foydalanishini
e’tiborga olish lozim.
4.  Texnik yechimlar kidirishning sinektika va morfologik tahlil usullari.
  «Aqliy   hujum»   usulining   rivojlanib   borishi   natijasida   texnik   yyechimlarni
qidirishning   V.Gordon   tomonidan   taklif   etilgan   sinektika   deb   ataladigan   usuli
yuzaga   keldi.   Sinektika   so‘zi   lotinchadan   olingan   bo‘lib,   u   turli   tipdagi
elementlarning qo‘shilishini bildiradi.  
Sinektorlar   o‘qish   jarayonida   eng   kamida   quyidagi   xususiyatlarni
egallashlari   lozim:   abstraktlashuvga   ko‘nika   olish,   ya’ni   muxokama   qilinayotgan
predmetdan   xayolan   uzoqlasha   olishlari;   xayollar,   fantaziyalarga   berila   olish;   bir
g‘oyadan   umuman   boshqasiga   fikran   uta   olish,   ya’ni   bitta   g‘oya   bilan   o‘ralashib
kolmaslik;   boshqalarni   eshita   olish,   boshqalar   tomonidan   berilgan   g‘oyalarni
chidam bilan eshita olish; g‘ayrioddiylaridan oddiylarini va aksincha, oddiylardan
g‘ayrioddiylarni topa olish.  Sinektorlar   chuqur   va   asosli   tarzda   qat’iy   ishonch   xosil   qilishlari   kerakki,
ijodiy  faoliyatda  ijodiy  jarayonni   rivojlantiruvchi   tashki  omillardan  tashqari  ichki
omillar-analogiyalar xam muxim rol o‘ynaydi. 
Sinektorlar   ish   jarayonida   to‘rt   turdagi   analogiyalarni   keng   qo‘llaniladi:
to‘g‘ri   (qo‘riladigan   masalaga   o‘xshashlari   qanday   yyechilar   edi?);   shaxsiy
(sinektor   o‘zini   texnik   obyekt   o‘rniga   qo‘yib   ko‘rishi);   simvolik   (masala
mohiyatini   ikki   og‘iz   so‘z   bilan   ifodalab   berish);   fantastik   (masala   shartlari
talabidan kelib chiqib, shularni bajaruvchi fantastik personaj yoki qurilma kiritish).
Sinektika   mohiyatini   shaxsiy   analogiya   misolida   ko‘rsatib   berish   mumkin,   ya’ni
sinektor   o‘zini   texnik   obyekt   o‘rniga   qo‘yib   ko‘radi   (misol   uchun   aytish
mumkinki, bola o‘zini samolyot, lunaxod va shu kabilarga o‘xshatishi), so‘ngra esa
sodir bo‘lgan vaziyatda qanday yul tutishi mumkinligi to‘g‘risida o‘ylaydi.
Shveytsariyalik   astronom   F.   Svikki   tomonidan   taklif   qilingan   morfologik   tahlil
usuli   ixtirochilik   soxasiga   sistemali   yondashadigan   birinchi   usul   xisoblanadi.   Bu
usulning moxiyati quyidagicha. Texnik tizimda uning uzi uchun xarakterli bo‘lgan
struktura   yoki   funksional   morfologik   belgilardan   bir   nechtasi   ajratib   olinadi.   Xar
bir   belgi   buyicha   uning   mumkin   bo‘lgan   variantlari,   alternativlari   ro‘yxati   tuzib
chiqiladi.   Belgilarni   morfologik   yashik   yoki   matritsa   deb   ataluvchi   jadvallar
shaklida   joylashtirish   mumkin.   Bu   bilan   izlanishlarga   sarf   bo‘ladigan   vaqtni
oldindan   belgilash   mumkin.   Tuzib   chikilgan   belgilar   ruyxatidan   turli   variantlarni
xosil   kilish   bilan,   masalani   yangi   yyechimini   ham   aniklash   mumkin.   Shuning
uchun   morfologik   tahlil   usuli   qandaydir   bitta   yyechimni   qidirish   uchun   emas,
aksincha   mumkin   bo‘lgan   yyechimlar   soxasini   izlab   ko‘rishda   ko‘proq
qo‘llaniladi.
Morfologik tahlil usulining moxiyatini transport vositasini yaratish misolida ko‘rib
chiqaylik. Faraz kilaylikki, oldimizga lunoxod yaratish masalasi qo‘yilgan. Dastlab
muammo   yyechimiga   boglik   bo‘lgan   parametrlarni   aniqlaymiz   va   ular   ro‘yxatini
tuzib chiqamiz.
A-dvigatel (A1-elektrik; A2-kimyoviy; A3-reaktiv; A4-yadro dvigatel);  B-xarakatlantiruvchi   mexanizmlari   (B1-gildirakli;   B2-gusenitsali;   B3-odimlovchi;
B4-shnekli);
C-kabinasi (C1-germetik; C2-nogermetik;)
D-boshkarish (D1 -radio orkali; D2-dastur bilan; D3-EXM yordamida) va x.k.
Ruyxat asosida matritsa tuzamiz:
A1 A2 A3 A4
B1 B2 B3 B4
C1 C2
D1 D2 D3 D4
.   .    .   .   .
Tuzilgan bu matritsa mumkin bo‘lgan yyechimlar yozuvining belgili shakli bo‘lib
hisoblanadi.   Konstruksiyaning   har   konkret   varianti   turli   katordagi   elementlarni
to‘plash   bilan   aniqlanadi.   Misol   uchun,   A1   B2   C2   D2   ...   variantda   lunoxod
elektrodvigatelli,   gusenitsali   va   kabinasi   nogermetik   xamda   dastur   orqali
boshqarilishini bildiradi.
Mumkin   bo‘lgan   variantlar   soni   xar   bir   katordagi   elementlar   sonlarining
kupaytmasiga   teng   bo‘ladi.   Kurayotgan   misolimizda   mumkin   bo‘lgan   variantlar
soni
                                           N=4x4x2x3=96 ga teng
Matritsani   tuzib   bo‘lingandan   so‘ng   yyechimlar   variantlarini   funksional
baxolanishini   aniqlashga   o‘tiladi.   Bu   ko‘p   mexnat   talab   qiladigan   hamda   muxim
masaladir.   Yechimni   mumkin   bo‘lgan   variantlarini   tahlil   qilish   konkret   sharoit
uchun maqbo‘l bo‘lgan eng ratsionalini tanlash imkonini beradi.
Modellashtirish va modelli - texnik tajriba .
Har   xil   turdagi   texnik   obyektlarning   modyeli   tajriba   tekshiruvchi
o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantiradi.
Ma’lum   bir   texnik   obyektni   tajribadan   o‘tkazishda   qonunlar   asosida
chiqarilgan   xulosa   va   umumlashtirish   natijasida   boshqa   sohada   ishlatiladigan
mashina   va   qurilmalarga   qo‘llay   olish   bo‘yicha   bilimlarini   shakllantirish   vositasi
bo‘lib xizmat qiladi. Qishloq   xo‘jaligi   yoki   korxonada   o‘tkazilayotgan   o‘quvchilarning   texnik
ijodkorligi amaliy faoliyatning maxsus shakli hisoblanadi.
Xarakteri bo‘yicha - bu tajriba, yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqarish faoliyati,
vazifasi   bo‘yicha   ta’lim   va   tarbiya.   Bunday   turdagi   texnik   ijodkorligi   faoliyatini
o‘quv - ishlab chiqarish texnik tajribasi sinfiga ajratish mumkin. Bu masalani ikki
tomonlama   qarash   maqsadga   muvofiq:   Birinchi   tomondan   -   bu   metod   ya’ni
o‘quvchilar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan yangi texnik obyektni yaratish yoki
tuzilishini o‘zgartirish ishlarida ishtirok etadilar. Bunday tajriba o‘quv xarakteriga
ega bo‘lishiga qaramay ishlab chiqarishning asosiy vazifalari ya’ni uning tarkibiga
kiradi   (asosiysi   bunda   o‘quvchilar   bilim   tajriba   o‘tkazish   ko‘nikmasini   hosil
qiladilar).
Ikkinchi   tomondan   -   bunday   turdagi   tajribalar   o‘quvchilarning   egallagan
nazariy   bilimlarini   ishlab   chiqarishga   joriy   qilish,   ya’ni   tabiiy   bilish   qonunlarni
o‘zining   harakatlari   orqali   bilish   faoliyatini   haqiqiy   ishlab   chiqarish   sharoitida
texnikaga qo‘llash yo‘llarini ochib beradi.
O‘quv   -   ishlab   chiqarish   texnik   tajribalari   o‘quvchilar   politexnik   ta’limining
nazariya va amaliyot birligi natijasi hisoblanadi.
Ijodkorlik   masalalarini   hal   qilishning   mantiqiy   ketma-ketligi .     Har
qanday   masalani   hal   qilish   uchun   avvalambor   undan   ko‘zlangan   maqsadni   aniq
shakllantirish   hamda   mavjud   imkoniyatlar   doirasida   uni   hal   qilishning   eng
samarali   uslublarini   topa   bilish   talab   etiladi.   Ijodkorlik   masalalari   “Maqsad   -
maqsadga   erishish   uchun   mavjud   imkoniyatlar”   ko‘rinishidagi   mantiqiy   ketma-
ketlik   asosida   quyidagicha   hal   etilishi   mumkin.   Bu   o‘rinda   masala,   muammo   va
uning amaldagi holati tushunchalari umumiy holatda qo‘yilgan maqsad va shartlar
asosida belgilanadi.
Ijodkorlik   masalasi   odatda   quyidagi   ko‘rinishga   ega   bo‘ladi:   "[A]   shartlar
berilgan,   [H]   maqsadga   erishish   talab   etiladi".   Masalani   shartli   ravishda   [A,H]
mantiqiy   ifoda   shaklida   yozib   olamiz.   Lekin   ma’lum   sharoitlarga   tadbiqan   ushbu
mantiqiy   ketma-ketlik   turli   ko‘rinishlarda   bo‘ladi,   buni   quyidagi   misollarda
ko‘rishimiz mumkin. 1-misol.   Berilgan:   texnologik   jarayon,   ishni   bajarish   hajmi   va   muddatlari,
agrotexnik   talablar,   tuproq   va   ekin   maydoni   tavsifi,   mexanizmlarning   tuproqqa
beradigan   bosimi   chegaraviy   qiymati.   Ekin   maydoni   birligiga   sarflanadigan
ekspluatatsion   sarf-xarajatlar   miqdorini   minimumga   keltirish   imkonini   beruvchi
kombinatsiya-lashgan   ishlov   berish   agregati   uchun   yangi   texnik   yechim   talab
etiladi.
Masalaning amaldagi holati - berilgan shartlar bilan tavsiflanadi, ya’ni bu [A,
-] ko‘rinishdagi to‘liq bo‘lmagan masala.
Muammo   -   bu   murakkab,   to‘liq   bo‘lmagan   masala,   unda   shartlar
aniqlanmagan, ya’ni [-, H]. Muammoni hal qilish uchun tadqiqot olib borish talab
etiladi.
2   -   misol.   Masalaning   qo‘yilishi:   Ichki   yonuv   dvigateli   yonilg‘i   sarfini   10
foizga kamaytirish imkonini beruvchi yangi texnik yechimni topish talab etiladi.
Masalaning   amaldagi   holati   -   tahlil   qilinishi   va   olingan   ma’lumotlar   asosida
xulosa chiqarilishi lozim, ya’ni [-,H].
Muammo   -   yonilg‘ini   tejash   imkoniyatini   beruvchi   mavjud   texnikaviy
yechimlar   tahlil   qilinib,   sarfni   kamaytirish   uchun   olib   boriladigan   tadqiqot
yo‘nalishi belgilanadi. ADABIYOTLAR
1.Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori: O‘zbekiston
Respublikasining   “Ta’lim   to‘g‘risida”gi   qonuni.   Kadrlar   tayyorlash
milliy dasturi.//  -T.:”Sharq”, 1997. - 63 b. 
2.   “Ixtirolar,     foydali   modellar   va   sanoat   namunalari”   to‘g‘risidagi
qonun.   //O‘zbekiston   ixtirochilar   va   ratsionalizatorlar   jamiyatining
Respublika  Kengashi. Rasmiy xujjatlar to‘plami. № 2.-T.,1994 . 4-28 b.
   3.Pravila   sostavleniya   i   podachi zayavok na izobreteniya i polezniye
modeli. -T., 1993. 56 s. 
4.Asatryan   A.T.     Razvitiye   tvorcheskix   sposobnostey   shkolnikov   v
krujkax stanshii yunix texnikov. - M.: 1987. 18 s.
5.Bosh   qotir,   yarat,   sinab   ko‘r!:   Qog‘oz   modellar   to‘plami:   O‘rta
maktabning   4-8   sinf   o‘quvchilari   uchun   kitob/   [O.YE.Zamotin   va
boshq.].-   2-qayta   ishlangan   va   to‘ldirilgan   nashr.   Tarj.   -   T.O‘qituvchi,
1988 -144 b. 
6.Vachevskiy   M.A.   Osnovi   ratsionalizatorskoy   i   izobretatelskoy   raboti.
Kiyev, 1988 . 92 s. 
7.Vorobyev   A.I.,   Limanskiy   S.A.   Texnicheskoye   konstruirovaniye   i
modelirovaniye. Uchebnoye posobiye dlya studentov IPF pedinstitutov i
uchashixsya peduchilish. -T.: Ukituvchi, 1990. -110 s. 
    8.Turaqulov   X.A.,   Sharipov   Sh.S.   Talabalar   ixtirochilik   ijodkorligini
rivojlantirish . metodiy tavsiyanoma. - Jizzax, 1998. 36 b.
 9.Andrianov P.N. Maktab o‘quvchilari texnik ijodkorligini rivojlantirish
//   O‘quvchilarning   texnik     ijodkorligi.   Tuzuvchi   P.N.Andrianov.   -
T .:”O‘qituvchi”, 1989.128 b.

O‘quvchilarning texnik ijodkorligini rivojlantirish yo‘nalishlari, bosqichlari va metodlar . Reja: 1. Texnik ijodkorlikning rivojlanishi. 2.O‘quvchilarning texnik ijodkorligini tashkiliy tizimi 3.O‘quvchilar texnik ijodkorligi mazmunini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari. 4.Texnik yechimlar kidirishning sinektika va morfologik tahlil usullari.

1.Texnik ijodkorlikning rivojlanishi. O‘quvchilarning texnik ijodkorligi oldingi vaqtlarda individual xarakterga ega bo‘lgan. Maktabdan tashqari ishlar, texnik ijodkorlik to‘garaklari umuman bo‘lmagan. O‘quvchilarni qiziqtirgan ijodiy faoliyat turlari bilan o‘z xohish irodasi bilan uyda shug‘ullanganlar. O‘smirlarning texnik ijodkorligi faoliyati bilan shug‘ullanishni boshlanishi sobiq ittifoq tuzumi davriga mos keladi. O‘quvchi va yoshlar texnik ijodkorlik faoliyatini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin. Birinchi (1920 yil) mehnat maktabini paydo bo‘lishi, yoshlarni pioner tashkilotini tashkil qilinishi (1923 yil) mamlakatni industrlashtirish. Ilmiy texnik taraqqiyotni ommaviy tashviqot qilish (1926 yil) asosida maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilishning yangi shakllarini topish (1932 yil) ulug‘ vatan urushi boshlanishi yillarida o‘quvchilarning zaruriy ishlab chiqarish ko‘nikmalarini egallash davri; Ulug‘ vatan urushining oxirgi yillarida ko‘p ishlab chiqarish ustaxonalarini qisqartirish; Politexnik ta’lim va o‘quv ustaxonalarini tashkil qilinishi texnika bo‘yicha maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilinishga sabab bo‘ladi. Xalq ta’limini rivojlantirish va maktab bilan hayotni o‘zaro aloqasini mustahkamlashga qaratilgan qonun asosida yanada takomillashtirildi. (1960 yillari) o‘quvchilarning ixtirochilik va ratsionalizatorlik bo‘yicha maktab va maktabdan tashqari tashkilotlarning ko‘rigi o‘tkazilishi munosabati bilan (1967 yil) yoshlarning ilmiy- texnik ijodkorligi ko‘riklarida ishtirok etish (1975 yil) yoshlarning ilmiy - texnikaviy ijodkorligining yagona davlat tizimining paydo bo‘lishi (1980 yil) bosqichlari mavjud. 2.O‘quvchilarning texnik ijodkorligini tashkiliy tizimi O‘quvchilarning texnik ijodkorligini tashkiliy tizimi juda ko‘p qirrali. Hozirgi kunda bolalar va yoshlar ijodiy faoliyati bilan har xil vazirliklar xalq ta’limi xodimlari, kasaba uyushmasi, Kamolot jamg‘armasi, Vatanparvar tashkiloti va boshqalar shug‘ullanadilar. Bolalar va yoshlarning ommaviy ravishda ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishida umumiy o‘rta ta’lim maktabi, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, markazlar va maktabdan tashqari muassasalar (yosh texniklar

markazi, uylari, o‘quvchilar markazlari, yosh texniklar klubi, madaniyat markazi, madaniyat va texnika markazi) shug‘ullanadi. Texnik ijodkorligining mazmuni o‘quvchilarning yoshlariga qarab tanlanadi. I-IV elementar bilimlarga, V-IX sinflar asosiy chuqur texnik tayyorgarlikka ega bo‘lgan bilimlar shakllantiriladi. Egallangan bilimlar va asosiy ko‘nikmalariga tayangan holda o‘quvchilarning texnik ijodkorligi mazmuni kengayib boradi. Kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilar tanlagan kasbi bo‘yicha ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatlarida ishtirok etadilar. Bunda ular texnik, texnologiya, ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘yicha ilmiy tekshirish, konstruktorlik ishlarni amalga oshirishda xizmat qiladilar. 3. O‘quvchilar texnik ijodkorligi mazmunini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari . Bizning asrimiz fan-texnika yutuqlarining mislsiz darajada taraqqiy etishi, hamda bu taraqqiyot natijalarining oddiy insonlar hayotiga juda qisqa muddatlarda keng kirib kelayotganligi bilan tavsiflanadi. Mana shunday taraqqiyot omillaridan biri bu shubhasiz yangi axborot texnologiyalaridir. Bugungi kunda hayotimizning hech bir sohasini, jumladan ta’lim tizimini ham yangi axborot texnologiyalari (YAAT) hamda uning asosi bo‘lgan kompyuterlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va yangi axborotni yaratish bilan shug‘ullanuvchi texnologiyalarni kompyuterlar asosida joriy etish, ya’ni belgilangan faoliyat turini amalga oshiruvchi kompyuter va unda joriy etilgan dasturiy ta’minotni yuritish majmuasi yangi axborot texnologiyasi deb yuritiladi. Axborotlar davri hisoblangan bugungi kunda tarixda birinchi marotaba insoniyat faoliyatining ko‘plab sohalari moddiy buyumlar bilan emas, balki axborotlarni qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lmoqda. Shu sababli, bugungi kunda yoshlarni axborot davrida yashash va ishlashga o‘rgatish, ularda axborotlarni yig‘ish, tartib va tahlil qilish, uni uzatish ko‘nikmalarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bular o‘z navbatida, o‘quvchilarning ko‘plab qobiliyatlarini, shu jumladan, ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda ham muhim asos vazifasini o‘taydi, chunki har qanday yangi g‘oyani taklif qilishdan ilgari qaralayotgan sohani batafsil

o‘rganib chiqish, yangi axborotlarni topish va uni tavsiya etilayotgan yechim bilan bog‘lashni o‘rganish lozim bo‘ladi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun bo‘lsa, albatta oddiy inson xotirasida saqlab bo‘lmaydigan darajada katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash talab etiladi. YAAT imkoniyatlari ushbu muammoni avtomatlashgan o‘quv-axborot tizimlari, bilimlar banki va ma’lumotlar banklari vositasida oson va samarali hal qilish imkoniyatlarini yaratadi. Shu munosabat bilan keyingi paytda respublikamizda bu sohaga e’tibor kuchayib bormoqda, keyingi besh yil mobaynida mavjud kompyuterlar parki bo‘yicha vatanimiz jahon ko‘rsatgichlariga yaqinlashib qoldi. Biroq, ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnikalarini, jumladan shaxsiy kompyuterlarning qo‘llanishi uchun zarur nazariy va amaliy, ilmiy-uslubiy asoslarning ishlab chiqilmaganligi ayniqsa ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish bilan bog‘liq qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. Texnik ijodkorlikni amalga oshirishda kompyuterlarni qo‘llashning shakl va usullarini belgilashda, avvalo ular yordamida o‘quvchilarning ijod qilishni emas, balki yangi texnik yechimni yaratishdagi axborotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishi va uni amalga oshirishning samarali yo‘llarini ishlab chiqishda foydalanishini e’tiborga olish lozim. 4. Texnik yechimlar kidirishning sinektika va morfologik tahlil usullari. «Aqliy hujum» usulining rivojlanib borishi natijasida texnik yyechimlarni qidirishning V.Gordon tomonidan taklif etilgan sinektika deb ataladigan usuli yuzaga keldi. Sinektika so‘zi lotinchadan olingan bo‘lib, u turli tipdagi elementlarning qo‘shilishini bildiradi. Sinektorlar o‘qish jarayonida eng kamida quyidagi xususiyatlarni egallashlari lozim: abstraktlashuvga ko‘nika olish, ya’ni muxokama qilinayotgan predmetdan xayolan uzoqlasha olishlari; xayollar, fantaziyalarga berila olish; bir g‘oyadan umuman boshqasiga fikran uta olish, ya’ni bitta g‘oya bilan o‘ralashib kolmaslik; boshqalarni eshita olish, boshqalar tomonidan berilgan g‘oyalarni chidam bilan eshita olish; g‘ayrioddiylaridan oddiylarini va aksincha, oddiylardan g‘ayrioddiylarni topa olish.

Sinektorlar chuqur va asosli tarzda qat’iy ishonch xosil qilishlari kerakki, ijodiy faoliyatda ijodiy jarayonni rivojlantiruvchi tashki omillardan tashqari ichki omillar-analogiyalar xam muxim rol o‘ynaydi. Sinektorlar ish jarayonida to‘rt turdagi analogiyalarni keng qo‘llaniladi: to‘g‘ri (qo‘riladigan masalaga o‘xshashlari qanday yyechilar edi?); shaxsiy (sinektor o‘zini texnik obyekt o‘rniga qo‘yib ko‘rishi); simvolik (masala mohiyatini ikki og‘iz so‘z bilan ifodalab berish); fantastik (masala shartlari talabidan kelib chiqib, shularni bajaruvchi fantastik personaj yoki qurilma kiritish). Sinektika mohiyatini shaxsiy analogiya misolida ko‘rsatib berish mumkin, ya’ni sinektor o‘zini texnik obyekt o‘rniga qo‘yib ko‘radi (misol uchun aytish mumkinki, bola o‘zini samolyot, lunaxod va shu kabilarga o‘xshatishi), so‘ngra esa sodir bo‘lgan vaziyatda qanday yul tutishi mumkinligi to‘g‘risida o‘ylaydi. Shveytsariyalik astronom F. Svikki tomonidan taklif qilingan morfologik tahlil usuli ixtirochilik soxasiga sistemali yondashadigan birinchi usul xisoblanadi. Bu usulning moxiyati quyidagicha. Texnik tizimda uning uzi uchun xarakterli bo‘lgan struktura yoki funksional morfologik belgilardan bir nechtasi ajratib olinadi. Xar bir belgi buyicha uning mumkin bo‘lgan variantlari, alternativlari ro‘yxati tuzib chiqiladi. Belgilarni morfologik yashik yoki matritsa deb ataluvchi jadvallar shaklida joylashtirish mumkin. Bu bilan izlanishlarga sarf bo‘ladigan vaqtni oldindan belgilash mumkin. Tuzib chikilgan belgilar ruyxatidan turli variantlarni xosil kilish bilan, masalani yangi yyechimini ham aniklash mumkin. Shuning uchun morfologik tahlil usuli qandaydir bitta yyechimni qidirish uchun emas, aksincha mumkin bo‘lgan yyechimlar soxasini izlab ko‘rishda ko‘proq qo‘llaniladi. Morfologik tahlil usulining moxiyatini transport vositasini yaratish misolida ko‘rib chiqaylik. Faraz kilaylikki, oldimizga lunoxod yaratish masalasi qo‘yilgan. Dastlab muammo yyechimiga boglik bo‘lgan parametrlarni aniqlaymiz va ular ro‘yxatini tuzib chiqamiz. A-dvigatel (A1-elektrik; A2-kimyoviy; A3-reaktiv; A4-yadro dvigatel);