logo

Masofali o‘qitishni rivojlantirish bosqichlari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

35.7861328125 KB
Masofali o‘qitishni rivojlantirish bosqichlari.
Reja:
1. Masofali o‘qitishni rivojlantirish bosqichlari.
2. Masofaviy ta’lim platformalari.
3. Amaliy ishlanmalar. Hozirgi   zamon   ta’lim   jarayoniga   ananaviy   tushunchalar   qatorida
yangiyangi   tushunchalar   kirib   kelmoqda.   Qo‘yida   shu   tushunchalardan
asosiylari   keltirilib,   ularga   ta’riflar   berib   o`tilgan.   O`qitish   –   bu   ma’lum   bir
maqsadga   yo`naltirilgan   tizimli   bilim   va   ko`nikmalar   bilan   qurollangan
jarayondir. Ta’lim – bu o`qitishning natijasi bo`lib, shaxsiyatni tarbiyalash va
rivojlantirishdir.   Masofaviy   o`qitish   –   eng   yaxshi   an’anaviy   va   innovatsion
metodlar, o`qitish vositalari va formalarini o`z ichiga olgan sirtqi va kunduzgi
ta’lim   singari   axborot   va   telekommunikatsiya   texnologiyalariga   asoslangan
ta’lim   formasidir.   Masofaviy   o`qish   –   bu   yangi   axborot   texnologiyalari,
telekommunikatsiya   texnologiyalari  va  texnik   vositalariga   asoslangan  ta’lim
tizimidir.   U   ta’lim   oluvchiga   ma’lum   standartlar   va   ta’lim   qonun-qoidalari
asosida o`quv shartsharoitlari va o`qituvchi bilan muloqotni ta’minlab berib,
o`quvchidan   ko`proq   mustaqil   ravishda   shug`ullanishni   talab   qiluvchi
tizimdir. Bunda o`qish jarayoni ta’lim oluvchini qaysi vaqtda va qaysi joyda
bo`lishiga   bog`liq   emas.   Masofaviy   ta’lim   –   masofadan   turib   o`quv
axborotlarini almashuvchi vositalarga asoslangan, o`qituvchi maxsus axborot
muhit   yordamida,   aholining   barcha   qatlamlari   va   chet   ellik   ta’lim
oluvchilarga   ta’lim   xizmatlarini   ko`rsatuvchi   ta’lim   kompleksidir.   Demak,
masofaviy o`qitish masofaviy ta’lim kompleksidagi jarayon ekan. Masofaviy
o`qitishning   va   masofaviy   ta’limning   o`ziga   xos   xususiyatlari,   pedagogik
tizimi, zarurligi va maqsadi mavjud.
Masofaviy   ta’lim   an’anaviy   ta’lim   turidan   quyidagi   xarakterli   xususiyatlari
bilan farqlanadi. Moslashuvchanlik – Ta’lim oluvchiga o`ziga qulay vaqt, joy
va tezlikda ta’lim olish imkoniyati mavjudligi. Modullilik – Bir biriga bog`liq
bo`lmagan mustaqil o`quv kurslari to`plamidan - modullardan individual yoki
guruh talabiga mos o`quv rejasini tuzish imkoniyati mavjudligi. Parallellik –
O`quv   faoliyatini   ish   faoliyati   bilan   birga   parellel   ravishda,   ya’ni   ishlab chiqarishdan   ajralmagan   holda   olib   borish   imkoniyati   mavjudligi.   Keng
qamrovlilik   –   Ko`p   sonli   o`quvchilarning   bir   vaqtning   o`zida   katta   o`quv
(elektron   kutubxona,   ma’lumotlar   va   bilimlar   bazasi   va   boshqalar)
zahiralariga   murojaat   qila   olishi.   Bu   ko`p   sonli   o`quvchilarning
kommunikatsiya   vositalari   yordamida   o`zaro   va   o`qituvchi   bilan   muloqotda
bo`lish   imkoniyati.   Iqtisodiy   tejamkorlik   –   O`quv   maydonlari,   texnika
vositalari, transport vositalari va o`quv materiallaridan samarali foydalanish,
o`quv materiallarini bir joyga yig`ish, ularni tartiblangan ko`rinishga keltirish
va   bu   ma’lumotlarga   ko`p   sonli   murojaatni   tashkil   qilib   bera   olish
mutaxassislarni tayyorlash uchun ketadigan xarajatlarni kamaytiradi. Ijtimoiy
teng   huquqlilik   –   Ta’lim   oluvchining   yashash   joyi,   sog`lig`i   va   moddiy
ta’minlanish darajasidan qat’iy nazar hamma qatori teng huquqli ta’lim olish
imkoniyati.   Internatsionallilik   –   Ta’lim   sohasida   erishilgan   jahon
standartlariga javob beradigan yutuqlarni import va eksport qilish imkoniyati.
O`qituvchining   yangi   roli   –   Masofaviy   o`qitish   o`qituvchining   o`qitish
jarayonidagi   rolini   yanada   kengaytiradi   va   yangilaydi.   Endi   o`qituvchi
o`zlashtirish   jarayonini   muvofiqlashtirishi,   yangiliklar   va   innovatsiyalarga
mos   ravishda   berayotgan   fanini   muntazam   mukammallashtirishi,   saviya   va
ijodiy   faoliyatini   yanada   chuqurlashtirishi   talab   etiladi.   Sifat   –   Masofaviy
o`qitish   usuli   ta’lim   berish   sifati   bo`yicha   kunduzgi   ta’lim   turidan
qolishmaydi. Balki, mahalliy va chet ellik dars beruvchi kadrlarni jalb qilib,
eng   yaxshi   o`quv-metodik   darsliklar   va   nazorat   qiluvchi   testlardan
foydalangan   holda   o`quv   jarayonini   tashkil   etish   sifatini   oshirishi   mumkin.
Yuqoridagilarni   hisobga   olinganda   masofaviy   ta’lim   kompleksi   ancha
qulayliklarga   ega   ekan.   Lekin,   nima   uchun   masofaviy   ta’lim   kerak   bo`lib
qoldi?   –   degan   savol   tug`ilishi   tabiiy.   Bu   savolga   javob   tariqasida
quyidagilarni   sanab   o`tish   mumkin:   -   Ta’lim   olishda   yangi   imkoniyatlar
(ta’lim olishning arzonligi, vaqt va joyga bog`liqmasligi va boshqalar).   Ta’lim   maskanlariga   talaba   qabul   qilish   sonining   cheklanganligi.   -   Ta’lim
olishni   xohlovchilar   sonining   oshishi.   -   Sifatli   axborot   texnologiyalarining
paydo   bo`lishi   va   rivojlanishi.   -   Xalqaro   integratsiyaning   kuchayishi.
Yuqorida sanab o`tilgan sharoit va imkoniyatlar masofaviy o`qitishga ehtiyoj
borligini   ko`rsatadi.   Umuman   olganda   masofaviy   ta’limning   maqsadiga
quyidagilar kiradi: 1) Mamlakat miqyosidagi barcha hududlar va chet eldagi
barcha   o`quvchilar,   talabalar,   ta’lim   olishni   xohlovchilarga   birdek   ta’lim
olish   imkoniyatini   yaratib   berish.   2)   Yetakchi   universitetlar,   akademiyalar,
institutlar,   tayyorlov   markazlari,   kadrlarni   qayta   tayyorlash   muassasalari,
malaka oshirish institutlari va boshqa ta’lim muassasalarining ilmiy va ta’lim
berish potensiallaridan foydalanish evaziga ta’lim berishning sifat darajasini
oshirish.   3)   Asosiy   ta’lim   va   asosiy   ish   faoliyati   bilan   parallel   ravishda
qo`shimcha   ta’lim   olish   imkoniyatini   yaratib   berish.   4)   Ta’lim   oluvchilarni
ta’lim olishga bo`lgan ehtiyojini qondirish va ta’lim muhitini kengaytirish. 5)
Uzluksiz   ta’lim   imkoniyatlarini   yaratish.   6)   Ta’lim   sifatini   saqlagan   holda
yangi   prinsipal   ta’lim   darajasini   ta’minlash.   Yuqoridagilarni   xulosa   qilib
shuni aytish mumkinki, masofaviy ta’lim kompleksini ta’lim muassasalariga
joriy   etilishi   har   tomonlama   foyda   keltiradi.   Oliy   ta’lim   tizimida   bu
kompleksni   joriy   qilish   uchun   barcha   shart-sharoitlar   mavjud.   Respublika
miqyosidagi   barcha   Oliy   ta’lim   maskanlari   (OTM)   kompyuter,   axborot   va
kommunikatsiya   texnologiyalari   bilan   yaxshi   ta’minlangan.   Ularning
barchasi   Internet   tarmog`iga   ulanganlar.   Ushbu   texnologiyalarni   ta’lim
tizimiga   keng   joriy   etish   OTMlari   oldiga   qo`yilgan   ko`p   muammolarni   o`z
paytida   xal   etishga   yordam   beradi.   Masofaviy   o`qitish   nima?   Darhaqiqat,
masofaviy o`qitish nima, undan uzluksiz ta’lim tizimida qanday foydalanish
mumkin.   Uning   qanday   shakl   va   modellari   mavjud?   Insoniyat   yigirmanchi
asr   nihoyasida   bir   turkum   muammolarga   duch   keldikim ,   ular   bevosita
axborot   telekommunikatsiya   sohasidagi   jiddiy   o`zgarishlar,   xususan   axborot texnologiyalarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishiga bog`liq. Ta’lim, ishlab
chiqarish   va   kishilik   jamiyatining   turli   jabhalariga   yangi   axborot
kommunikatsiya   vositalari   kirib   kela   boshladi.   Internet   global   kompyuter
tarmog`ini   rivojlanishi   butun   dunyo   ta’lim   tizimini   takomillashtirishning
yangi   yo`nalishlarini   ochilishiga   sabab   bo`ldi.   Birinchidan,   o`quv
muassasalarining   texnik   ta’minotini   keskin   o`zgarishi,   dunyoviy   axborot
resurslarga   keng   yo`l   ochilishi   o`qitishning   yangi   shakl   va   usullaridan
foydalanish   zaruratini   keltirib   chiqardi.   Zamonaviy   axborot   va
kommunikatsiya   texnologiyalari   vositalarini   ta’lim   jarayoniga   kirib   kelishi
an’anaviy   o`qitish   usullariga   qo`shimcha   ravishda   yangi   o`qitish   shakli   -
masofaviy   o`qitish   yaratilishiga   omil   bo`ldi.   Masofaviy   ta’limda   talaba   va
o`qituvchi fazoviy bir-biridan ajralgan holda o`zaro maxsus yaratilgan o`quv
kurslari,   nazorat   shakllari,   elektron   aloqa   va   Internetning   boshqa
texnologiyalari   yordamida   doimiy   muloqotda   bo`ladilar.   Internet
texnologiyasini   qo`llashga   asoslangan   masofaviy   o`qitish   jahon   axborot
ta’lim   tarmog`iga   kirish   imkonini   beradi,   integratsiya   va   o`zaro   aloqa
tamoyiliga   ega   bo`lgan   muhim   bir   turkum   yangi   funksiyalarni   bajaradi.
Masofaviy   o`qitish   barcha   ta’lim   olish   istagi   bo`lganlarga   o`z   malakasini
uzluksiz   oshirish   imkonini   yaratadi.   Bunday   o`qitish   jarayonida   talaba
interaktiv   rejimda   mustaqil   o`quv-uslubiy   materiallarni   o`zlashtiradi,
nazoratdan   o`tadi,   o`qituvchining   bevosita   rahbarligida   nazorat   ishlarini
bajaradi   va   guruhdagi   boshqa   «vertikal   o`quv   guruhi»   talabalari   bilan
muloqotda   bo`ladi.   Ma’lum   sabablarga   ko`ra,   ta’lim   muassasalarining
kunduzgi   bo`limlarida   tahsil   olish   imkoniyati   bo`lmagan,   masalan,   sog`ligi
taqoza   etmaydigan,   mutaxassicligini   o`zgartirish   niyati   bo`lgan   yoki   yoshi
katta,   malakasini   oshirish   niyati   bo`lgan   kishilar   uchun   masofaviy   o`qitish
qulay   o`qitish   shakli   hisoblanadi.   Masofaviy   o`qitishda   turli   xil   axborot   va
kommunikatsiya   texnologiyalaridan   foydalaniladi,   ya’ni   har   bir   texnologiya maqsad   va   masala   mohiyatiga   bog`liq.   Masalan,   an’anaviy   bosma   usuliga
asoslangan  o`qitish  vositalari   (o`quv  qo`llanma,  darsliklar)   talabalarni  yangi
material   bilan   tanishtirishga   asoslansa,   interaktiv   audio   va   video
konferensiyalar   ma’lum   vaqt   orasida   o`zaro   muloqotda   bo`lishga,   elektron
pochta to`g`ri va teskari aloqa o`rnatishga, ya’ni xabarlarni jo`natish va qabul
qilishga   mo`ljallangan.   Oldindan   tasmaga   muhrlangan   videoma’ruzalar
talabalarga   ma’ruzalarni   tinglash   va   ko`rish   imkonini   bersa,   faksimal   aloqa,
xabarlar,   topshiriqlarni   tarmoq   orqali   tezkor   almashinish   talabalarga   o`zaro
teskari   aloqa   orqali   o`qitish   imkonini   beradi.   Yuqoridagilarga   asoslanib,
ta’lim   jarayonida   ayni   vaqtda   qayta-qayta   tilga   olinayotgan   ayrim   terminlar
tavsifi va ta’riflarni keltirib o`tamiz. Masofaviy ta’lim - masofaviy o`qitishga
asoslangan ta’lim.
Masofaviy o`qitish – o`zaro ma’lum bir masofada Internet texnologiya yoki
boshqa   interaktiv   usullar   va   barcha   o`quv   jarayonlari   komponentlari   –
maqsad, mazmun, metod, tashkiliy shakllar va o`qitish usullariga asoslangan
talaba   va   o`qituvchi   o`rtasidagi   munosabat.   Masofaviy   o`qitish   tizimi   –
masofaviy o`qitish shartlari asosida tashkil etiladigan o`qitish tizimi. Barcha
ta’lim   tizimlari   singari   masofaviy   o`qitish   tizimi   o`zining   tarkibiy   maqsadi,
mazmuni,   usullari,   vositalari   va   tashkiliy   shakllariga   ega.   Masofaviy
o`qitishning   pedagogik   texnologiyalari   –   tanlangan   o`qitish   konsepsiyasiga
asoslangan   masofaviy   ta’limning   o`quv-tarbiyaviy   jarayonini   ta’minlovchi
o`qitish   metodi   va   uslublar   majmuasi.   Keys-texnologiya   –   masofaviy
o`qitishni   tashkil   qilishning   shunday   uslubiki,   masofaviy   ta’limda   matnli,
audiovizual   va   multimediali   (keys)   o`quv   uslubiy   materiallar   majmuasi
qo`llanishga   asoslanadi.   TV-texnologiya   –   masofaviy   o`qitishni   tashkil
qilishning   shunday   uslubiki,   u   talabalarga   o`quv-metodik   ma’lumotlarni
televidenie   vositasi   yordamida   yetkazishga   xizmat   qiladi   va   tashqi   aloqali ixtiyoriy   interaktiv   usullardan   biri   bilan   o`rnatishga   asoslanadi.   Masofaviy
o`qitishning   ta’lim   tizimida   bir-biridan   farqlanuvchi   model   va   shakllari
mavjud bo`lib, ular quyidagi qo`llanish shartlari bilan farqlanadi: - geografik
shartlar   (masalan,   mamlakat   territoriyasi,   markazdan   uzoqlikda   joylashuvi ,
iqlimi);   -   mamlakatning   axborotlashuvi   va   kompyuterlashtirish   umumiy
darajasi; -  kommunikatsiya va transport  vositalarining  rivojlanish  darajasi; -
ta’lim   jarayonida   axborot   va   kommunikatsiya   texnologiyalari   vositalarining
qo`llanish darajasi; - ta’limda qo`llaniladigan an’analari; - masofaviy o`qitish
tizimi   uchun   ilmiy   pedagog   kadrlar   mavjudligi   va   ularning   salohiyati   va
boshqalar.   Bugungi   kunda   taraqqiyot   juda   tez   rivojlanmoqda   va   juda   tez
o‘zgarmoqda.   Deyarli   har   daqiqada   sayyoramizning   turli   burchaklarida
o‘zgarishlar, yangilanishlar va kutilmagan voqea-hodisalar sodir bo‘lmoqda.
Har   bir   kunimiz   kuchli   axborot   oqimi   ostida   kechmoqda.   Axborot   oqimi
bizni uyda, ishxona va ta’tilda ta’qib etadi. Inson informatsiya ta’siridan xoli
normal   faoliyat   yurita   olmaydi.   Hayotni   anglash,   uni   o‘rganish
informatsiyalarni yig‘ish va o‘zlashtirish orqali kechadi. Insonning bilimlilik
darajasi   ham   ma’lum   davr   ichida   shaxs   tomonidan   o‘zlashtirilgan
informatsiyalarning   ko‘p   yoki   ozligi   bilan   belgilanadi.   Shuning   uchun
zamonaviy   bilimlar   sari   keng   yo‘l   ochish,   ta’limotni   takomillashtirishda
yangi   axborot   texnologiyalardan   unumli   foydalanish   bugungi   kunning
talabiga   aylandi.   Vaholanki,   ta’lim   tizimida   sezilarli   o‘zgarishlar   ro‘y
bermoqda.   Ta’lim   tizimida   Masofadan   o‘qitish   uslubi   shakllari
qo‘llanilmoqda.   Masofadan   o‘qitish   uslubi   -   bu   sirtqi   o‘qishning   yangi
shaklidir.   Masofadan   o‘qitish   bu   mustaqil   o‘qishdir.   Mustaqil   o‘qish
insonning   mustaqil   fikrlash,   holatni   baholash ,   xulosa   va   bashorat   qilish
qobiliyatlarini   rivojlantiradi.   Masofadan   o‘qitishning   yana   bir   afzalligi
shundaki,   unda   o‘quvchi   o‘ziga   qulay   vaqtda   va   hattoki   ishdan   ajralmagan
holda   o‘qishi   mumkin.   Aynan   shu   afzalliklari   tufayli   bu   uslub   dunyoda hozirgi   kunda   keng   tarqalgan.   Ko‘pgina   yirik   korxonalar   mutaxassislari
malakasini   oshirish   yoki   o‘zgartirish   uchun   shu   uslubdan   foydalanib,   yiliga
millionlab dollarlarni tejamoqdalar. Masofadan o‘qitishning yana bir afzallik
tomoni unda o‘qish muddatini o‘quvchi o‘zi belgilaydi, ya’ni talaba ixtiyoriy
paytda   o‘qishni   boshlaydi,   materiallarni   o‘qituvchi   nazoratida   o‘zlashtiradi.
O‘zlashtirish   topshiriqlarni,   testlarni   bajarishiga   qarab   aniqlanadi.   O‘quvchi
berilgan   programmani   qanchalik   tez   o‘zlashtirsa,   shunchalik   tez   o‘qishni
tugatadi   va   guvohnoma   oladi.   Dasturni   o‘zlashtira   olmasa,   unga   mustaqil
ishlab,   o‘qishni   davom   ettirishga   imkoniyat   beriladi.   Masofadan   o‘qitishda
odatda   ishlayotganlar   onalar,   o‘qiyotganlar   biror   mutaxxassislikni   egallash
yoki malakasini oshirish maqsadida o‘qiydi. Bu uslub nogironlar uchun juda
qulaydir. Masofadan o‘qitishda hattoki maxbuslar ham o‘qish imkoniga ega.
Masofadan   o‘qitish   uchun   talabalar   uchun   auditoriyalar,   yotoxonalar   zarur
emas.   Masofadan   o‘qitishda   moliyaviy   harajatlar   asosan   o‘quv   uslubiy
materiallar   tayyorlash   uchun,   maxsus   auditoriyalar   uchun   sarflanadi.   Bu
xarajatlarning   asosiy   qismi   bu   jarayonni   tashkil   etish   bosqichida   sarflanadi.
Keyinchalik   moliyaviy   harajatlar   kamayadi.   Shuning   uchun   talabalar   sonini
oshishi   bilan   o‘qish   narxi   ham   pasayadi.   Masofadan   o‘qitishda   asosiy
e’tiborni   o‘quv-uslubiy   materiallarni   tayyorlashga   qaratish   darkor.   Chunki
o‘quvuslubiy   materiallarning   sifati   masofadan   o‘qitish   sifatining   eng   asosiy
omillaridan   biridir.   O‘quv-uslubiy   material   qanchalik   tushunarli   va   batafsil
bo‘lsa,   shunchalik   u   o‘quvchiga   foydali   bo‘ladi.   Ya’ni   material   uslubiy
jihatdan puxta bo‘lmog‘i zarur. Masofadan o‘qitish nima? Masofadan o‘qitish
bu Internet tarmog‘i orqali sizga qulay bo‘lgan vaqtda o‘qishdir. Masofadan
o‘qitishning   tarkibiy   belgilari:   o‘qituvchi,   o‘quvchi,   kommunikatsiyadir.
Masofadan   o‘qitish   uslubiy   materiallari   quyidagilardir:   •   Darslik•   Audio   va
video   darsliklar  •  Onlayn  darslar   (Internet   sahifa)  •  Elektron  kutubxonalar  •
Testlar • Multimedia - elektron darsliklar Masofadan o‘qitish qanday amalga oshiriladi. Dunyoda ko‘pgina universitetlarda va o‘quv markazlarida bu usul
mavjud. Kerakli manzilni Internetdan topishingiz mumkin. Manzilga kirib bu
o‘qish   talabasi   bo‘lish   uchun   maxsus   shaklni   to‘ldirishingiz   zarur.   Odatda
avval kursning va o‘qish tartibi tavsifi bilan tanishib chiqish mumkin. Keyin
shakldagi satrlarni to‘ldirib, kredit kartochkangiz raqamini kiritishingiz zarur.
Kursga   kirish   tartibi   turlicha,   bu   mutaxxassilikka   bog‘liq.   O‘qish   tartibi
quyidagicha:   o‘qituvchi   kurs   bilan   tanishtiradi   va   topshiriqlar   beradi.   Siz
ko‘rsatilgan   manbalar   bilan   ishlab   topshiriqlarni   bajarasiz   va   o‘qituvchiga
yuborasiz.   O‘qituvchi   uni   tekshirib,   javobni   sizga   qaytaradi.   Zarur   holda
ko‘rsatmalar   beradi.   Shu   tartibda   kurs   mavzulari   o‘rganib   chiqiladi.
Muzoqara   asosan   elektron   pochta   orqali   amalga   oshiriladi.   Telefon
tarmog‘idan   ham   ba’zan   foydalaniladi.   Bosma   o‘quv   materiallari   pochta
orqali yuboriladi. O‘qish jarayonida talaba darsliklardan, elektron kutubxona
va   darsliklardan,   elektron   forumlardan,   vidoekonferentsiyalardan
foydalanadi.   Bunda   o‘qish   individual   shaklda   olib   boriladi   va   o‘qituvchi
o‘quvchining   qobiliyati   va   xususiyatlarini   hisobga   olgan   holda   o‘qitadi.   Bu
individuallik   o‘quvchida   qiziqish   uyg‘otadi   va   uni   o‘qishda   aktivlikka
rag‘batlantiradi.   Masofaviy   o‘qitishning   kontseptual   asoslari   Masofaviy
o‘qitish   tizimi   uzluksiz   ta’lim   tizimida   kunduzgi,   sirtqi,   eksternat   o‘qitish
tizimlari qatorida ko‘rilishi kerak. Pedagogikaning asosiy tamoyillarini o‘zida
aks ettiradigan shaxsiy yo‘naltirilgan yondoshuv dunyo pedagogik jamoalari
tomonidan   zamonaviy   ta’lim   tizimlarining   barcha   shakllari   uchun   tan
olingan.   O‘qitish   markazida   o‘qitish   jarayoni   emas,   talabaning   shaxsiy
imkoniyatlari   va   qobiliyatidan   kelib   chiqadigan   bilish   faoliyati,   o‘rganish
turadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.   «Barkamol   avlod   -   O‘zbekiston   taraqqiyotining   poydevori».   T .   1997.   6 4
b.  
2. Avliyakulov N.X. Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma. -
T: 2001.   –   68  s.
3. Avliyakulov   N.X.   Prakticheskie   osnov ы   modulnoy   sistem ы   obucheniya   i
pedagogicheskoy texnologii.  O‘quv qo‘llanma - Buxara: 2001. - 99 s.
4. Avliyakulov   N.X.,   Musaeva   N.N.   Kasb-hunar   kollejlarida   kasbiy
fanlarning modulli o‘kitish texnologiyalari.  O‘quv metodik  qo‘llanma.   -
T.: YAngi asr avlodi, - 2003. –  88 s.
5. Azizxodjaeva   N.N.   Pedagogicheskie   texnologii   i   pedagogicheskoe
masterstvo. -  Tashkent: Moliya, 2002.
6. Bat ы shava S.YA., SHaparinskiy S.A. Osnov ы  professionalnoy pedagogiki.
-  M: V ы sshaya shkola, 1977. - 504 s.
7. Bespalko V.P. Slagaem ы e pedagogicheskoy texnologii. - M: Nauka, 1989.
-192s.
8.   Borodina   N.V.,   Samoylova   E.S.   Modulnaya   texnologiya   v
professionalnom   obrazovanii:   Uchebnoe   posobie.   -   Ekaterinburg.:   UGPPU,
1998. -27 s.
9. Davletshin M.G. Modulnaya texnologiya obucheniya. – T: TGPU, 2000.
10.   Klarin M.V. Pedagogicheskaya texnologiya v uchebnom protsesse. - M:
Znanie, 1989 - 80 s.

Masofali o‘qitishni rivojlantirish bosqichlari. Reja: 1. Masofali o‘qitishni rivojlantirish bosqichlari. 2. Masofaviy ta’lim platformalari. 3. Amaliy ishlanmalar.

Hozirgi zamon ta’lim jarayoniga ananaviy tushunchalar qatorida yangiyangi tushunchalar kirib kelmoqda. Qo‘yida shu tushunchalardan asosiylari keltirilib, ularga ta’riflar berib o`tilgan. O`qitish – bu ma’lum bir maqsadga yo`naltirilgan tizimli bilim va ko`nikmalar bilan qurollangan jarayondir. Ta’lim – bu o`qitishning natijasi bo`lib, shaxsiyatni tarbiyalash va rivojlantirishdir. Masofaviy o`qitish – eng yaxshi an’anaviy va innovatsion metodlar, o`qitish vositalari va formalarini o`z ichiga olgan sirtqi va kunduzgi ta’lim singari axborot va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan ta’lim formasidir. Masofaviy o`qish – bu yangi axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya texnologiyalari va texnik vositalariga asoslangan ta’lim tizimidir. U ta’lim oluvchiga ma’lum standartlar va ta’lim qonun-qoidalari asosida o`quv shartsharoitlari va o`qituvchi bilan muloqotni ta’minlab berib, o`quvchidan ko`proq mustaqil ravishda shug`ullanishni talab qiluvchi tizimdir. Bunda o`qish jarayoni ta’lim oluvchini qaysi vaqtda va qaysi joyda bo`lishiga bog`liq emas. Masofaviy ta’lim – masofadan turib o`quv axborotlarini almashuvchi vositalarga asoslangan, o`qituvchi maxsus axborot muhit yordamida, aholining barcha qatlamlari va chet ellik ta’lim oluvchilarga ta’lim xizmatlarini ko`rsatuvchi ta’lim kompleksidir. Demak, masofaviy o`qitish masofaviy ta’lim kompleksidagi jarayon ekan. Masofaviy o`qitishning va masofaviy ta’limning o`ziga xos xususiyatlari, pedagogik tizimi, zarurligi va maqsadi mavjud. Masofaviy ta’lim an’anaviy ta’lim turidan quyidagi xarakterli xususiyatlari bilan farqlanadi. Moslashuvchanlik – Ta’lim oluvchiga o`ziga qulay vaqt, joy va tezlikda ta’lim olish imkoniyati mavjudligi. Modullilik – Bir biriga bog`liq bo`lmagan mustaqil o`quv kurslari to`plamidan - modullardan individual yoki guruh talabiga mos o`quv rejasini tuzish imkoniyati mavjudligi. Parallellik – O`quv faoliyatini ish faoliyati bilan birga parellel ravishda, ya’ni ishlab

chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati mavjudligi. Keng qamrovlilik – Ko`p sonli o`quvchilarning bir vaqtning o`zida katta o`quv (elektron kutubxona, ma’lumotlar va bilimlar bazasi va boshqalar) zahiralariga murojaat qila olishi. Bu ko`p sonli o`quvchilarning kommunikatsiya vositalari yordamida o`zaro va o`qituvchi bilan muloqotda bo`lish imkoniyati. Iqtisodiy tejamkorlik – O`quv maydonlari, texnika vositalari, transport vositalari va o`quv materiallaridan samarali foydalanish, o`quv materiallarini bir joyga yig`ish, ularni tartiblangan ko`rinishga keltirish va bu ma’lumotlarga ko`p sonli murojaatni tashkil qilib bera olish mutaxassislarni tayyorlash uchun ketadigan xarajatlarni kamaytiradi. Ijtimoiy teng huquqlilik – Ta’lim oluvchining yashash joyi, sog`lig`i va moddiy ta’minlanish darajasidan qat’iy nazar hamma qatori teng huquqli ta’lim olish imkoniyati. Internatsionallilik – Ta’lim sohasida erishilgan jahon standartlariga javob beradigan yutuqlarni import va eksport qilish imkoniyati. O`qituvchining yangi roli – Masofaviy o`qitish o`qituvchining o`qitish jarayonidagi rolini yanada kengaytiradi va yangilaydi. Endi o`qituvchi o`zlashtirish jarayonini muvofiqlashtirishi, yangiliklar va innovatsiyalarga mos ravishda berayotgan fanini muntazam mukammallashtirishi, saviya va ijodiy faoliyatini yanada chuqurlashtirishi talab etiladi. Sifat – Masofaviy o`qitish usuli ta’lim berish sifati bo`yicha kunduzgi ta’lim turidan qolishmaydi. Balki, mahalliy va chet ellik dars beruvchi kadrlarni jalb qilib, eng yaxshi o`quv-metodik darsliklar va nazorat qiluvchi testlardan foydalangan holda o`quv jarayonini tashkil etish sifatini oshirishi mumkin. Yuqoridagilarni hisobga olinganda masofaviy ta’lim kompleksi ancha qulayliklarga ega ekan. Lekin, nima uchun masofaviy ta’lim kerak bo`lib qoldi? – degan savol tug`ilishi tabiiy. Bu savolga javob tariqasida quyidagilarni sanab o`tish mumkin: - Ta’lim olishda yangi imkoniyatlar (ta’lim olishning arzonligi, vaqt va joyga bog`liqmasligi va boshqalar).

Ta’lim maskanlariga talaba qabul qilish sonining cheklanganligi. - Ta’lim olishni xohlovchilar sonining oshishi. - Sifatli axborot texnologiyalarining paydo bo`lishi va rivojlanishi. - Xalqaro integratsiyaning kuchayishi. Yuqorida sanab o`tilgan sharoit va imkoniyatlar masofaviy o`qitishga ehtiyoj borligini ko`rsatadi. Umuman olganda masofaviy ta’limning maqsadiga quyidagilar kiradi: 1) Mamlakat miqyosidagi barcha hududlar va chet eldagi barcha o`quvchilar, talabalar, ta’lim olishni xohlovchilarga birdek ta’lim olish imkoniyatini yaratib berish. 2) Yetakchi universitetlar, akademiyalar, institutlar, tayyorlov markazlari, kadrlarni qayta tayyorlash muassasalari, malaka oshirish institutlari va boshqa ta’lim muassasalarining ilmiy va ta’lim berish potensiallaridan foydalanish evaziga ta’lim berishning sifat darajasini oshirish. 3) Asosiy ta’lim va asosiy ish faoliyati bilan parallel ravishda qo`shimcha ta’lim olish imkoniyatini yaratib berish. 4) Ta’lim oluvchilarni ta’lim olishga bo`lgan ehtiyojini qondirish va ta’lim muhitini kengaytirish. 5) Uzluksiz ta’lim imkoniyatlarini yaratish. 6) Ta’lim sifatini saqlagan holda yangi prinsipal ta’lim darajasini ta’minlash. Yuqoridagilarni xulosa qilib shuni aytish mumkinki, masofaviy ta’lim kompleksini ta’lim muassasalariga joriy etilishi har tomonlama foyda keltiradi. Oliy ta’lim tizimida bu kompleksni joriy qilish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Respublika miqyosidagi barcha Oliy ta’lim maskanlari (OTM) kompyuter, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari bilan yaxshi ta’minlangan. Ularning barchasi Internet tarmog`iga ulanganlar. Ushbu texnologiyalarni ta’lim tizimiga keng joriy etish OTMlari oldiga qo`yilgan ko`p muammolarni o`z paytida xal etishga yordam beradi. Masofaviy o`qitish nima? Darhaqiqat, masofaviy o`qitish nima, undan uzluksiz ta’lim tizimida qanday foydalanish mumkin. Uning qanday shakl va modellari mavjud? Insoniyat yigirmanchi asr nihoyasida bir turkum muammolarga duch keldikim , ular bevosita axborot telekommunikatsiya sohasidagi jiddiy o`zgarishlar, xususan axborot

texnologiyalarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishiga bog`liq. Ta’lim, ishlab chiqarish va kishilik jamiyatining turli jabhalariga yangi axborot kommunikatsiya vositalari kirib kela boshladi. Internet global kompyuter tarmog`ini rivojlanishi butun dunyo ta’lim tizimini takomillashtirishning yangi yo`nalishlarini ochilishiga sabab bo`ldi. Birinchidan, o`quv muassasalarining texnik ta’minotini keskin o`zgarishi, dunyoviy axborot resurslarga keng yo`l ochilishi o`qitishning yangi shakl va usullaridan foydalanish zaruratini keltirib chiqardi. Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini ta’lim jarayoniga kirib kelishi an’anaviy o`qitish usullariga qo`shimcha ravishda yangi o`qitish shakli - masofaviy o`qitish yaratilishiga omil bo`ldi. Masofaviy ta’limda talaba va o`qituvchi fazoviy bir-biridan ajralgan holda o`zaro maxsus yaratilgan o`quv kurslari, nazorat shakllari, elektron aloqa va Internetning boshqa texnologiyalari yordamida doimiy muloqotda bo`ladilar. Internet texnologiyasini qo`llashga asoslangan masofaviy o`qitish jahon axborot ta’lim tarmog`iga kirish imkonini beradi, integratsiya va o`zaro aloqa tamoyiliga ega bo`lgan muhim bir turkum yangi funksiyalarni bajaradi. Masofaviy o`qitish barcha ta’lim olish istagi bo`lganlarga o`z malakasini uzluksiz oshirish imkonini yaratadi. Bunday o`qitish jarayonida talaba interaktiv rejimda mustaqil o`quv-uslubiy materiallarni o`zlashtiradi, nazoratdan o`tadi, o`qituvchining bevosita rahbarligida nazorat ishlarini bajaradi va guruhdagi boshqa «vertikal o`quv guruhi» talabalari bilan muloqotda bo`ladi. Ma’lum sabablarga ko`ra, ta’lim muassasalarining kunduzgi bo`limlarida tahsil olish imkoniyati bo`lmagan, masalan, sog`ligi taqoza etmaydigan, mutaxassicligini o`zgartirish niyati bo`lgan yoki yoshi katta, malakasini oshirish niyati bo`lgan kishilar uchun masofaviy o`qitish qulay o`qitish shakli hisoblanadi. Masofaviy o`qitishda turli xil axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalaniladi, ya’ni har bir texnologiya