logo

Masofali ta‘lim ochiq ommaviy onlayn kurslar

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

583.716796875 KB
Masofali ta‘lim ochiq ommaviy onlayn kurslar .
Reja:
1. Oliy   ta’lim   muassasalarida   ommaviy   onlayn   ochiq   kurslardan
foydalanish imkoniyatlari .
2. Ommaviy ochiq onlayn kurslar tashkil etgan tashkilotlar.
3. Amaliy ishlanmalar. Jahonning barcha oliy ta’lim muassasalarida oliy ta’lim sifati, ya’ni sifatli
kadrlar tayyorlash hamma vaqt ham dolzarb masala bo‘lib kelgan va shunday
bo‘lib   qoladi.   Sifat   masalasi,   ayniqsa,   XX   asrning   oxiri   va   XXI   asrning
boshlarida   yana   ham   muhim   ahamiyat   kasb   etmoqda.   Istiqlolning   ilk
kunlaridan   boshlab   yurtimizda   ta’lim   sohasiga   yuksak   e’tibor   qaratilmoqda.
Mamlakatimiz   jahon   hamjamiyatiga   tobora   keng   kirib   borayotgan   bir
sharoitda   iqtisodiyotning   turli   tarmoqlarini   modernizatsiyalash,   jumladan,
ta’lim   jarayonida   rivojlangan   mamlakatlarning   ilg‘or   tajribalaridan   keng
foydalanilmoqda.
Ta’lim   tizimini   isloh   etish   va   uning   sifatini   oshirish   maqsadida   uning
normativ-huquqiy bazasi shakllantirildi, jumladan, Respublikamizda «Ta’lim
to‘g‘risida»gi   qonun   va   «Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi»   qabul   qilindi.
Mazkur   normativ-huquqiy   hujjatlarni   qabul   qilishda   Prezidentimiz   Islom
Karimov ta’kidlaganlaridek,  «…shuning uchun ham  amaldagi ta’lim-tarbiya
tizimi ning   zaif   tomonlarini,   zamon   talablari,   jamiyatimiz   kelajagi   va
maqsadlariga   ja vob   bermaydigan   jihatlarini   chuqur   tasavvur   qilish,   erkin,
badavlat   yashayotgan   mamlakatlar   tajribasini   o‘rganish,   o‘z   o‘lkamizda
yuksak malakali, har jihatdan yetuk kadrlar tayyorlash dasturimizning asosiy
sharti   bo‘lmog‘i   lozim»,   ayniqsa,   globallashuv,   axborotlashuv   jadal
borayotgan   sharoitda   xalqaro   maydonda   o‘zini   oqlagan   ta’lim   modellarida
ta’lim   sifatini   ta’minlashga   qaratilgan   usullarni   o‘rganish   va   ularni   milliy
ta’lim   tizimiga   moslashtirish   bo‘yicha   izla nishlarni   amalga   oshirish   hozirgi
kunda dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Olib   borilgan   ilmiy-metodik   tadqiqotlarning   tahlili   shuni   ko‘rsatadiki,
ommaviy   onlayn   ochiq   kurs   (OOOK)lar   juda   yangi   yo‘nalish   bo‘lganligi
sababli (ommaviy onlayn ochiq kurs termini 2008-yil birinchi bo‘lib kiritildi)
kam   o‘rganilgan,   shunday   bo‘lsada   o‘rganilayotgan   va   tadqiq   qilinayotgan
muammoning   nazariy   va   amaliy   tomonlari ning   ayrim   qirralari   bilan   xorijda D. Komer, S. Dauns, K. G. Skripkin, L. Breslow, D. E. Prit chard, J. DeBoer,
A.   McAuley,   B.   Stewart,   G.   Siemens,   D.   Cormier,   L.   Pappano,   S.   Mak,   R.
Williams,   J.   Mackness   va   D.   Simenslar,   respublikamizda   ommaviy   onlayn
ochiq   kurslardan   foydalangan   holda   o‘quv   jarayonini   tashkillashtirish
mavzusi bo‘yicha maqola muallifi V. Hamidovlar tadqiqotlar olib borganlar.
Tahlil natijalaridan ayon bo‘ldiki, oliy ta’lim tizimida ommaviy onlayn ochiq
kurslardan   foydalangan   holda   o‘quv   jara yonini   va   professor-
o‘qituvchilarning   malakasini   oshirish   jarayonini   tashkillash tirish   bo‘yicha
muammolar hali yetarli da rajada o‘rganilmagan.
Elektron   ta’lim   (ET)   rivojlanishi   ta’lim   jarayoniga   uning   samarali   tadbiq
etilishi   amaliyotini   yanada   kengaytirib,   hozirgi   zamon   ta’lim
paradigmasining   rivojla nishida   asosiy   vektorlarni   belgilab   beruvchi
zamonaviy   tendentsiyalar   va   mavjud   jahon   tajribasiga   diqqat   bilan   nazar
solish ni   talab   etmoqda.   Bular   orasida   so‘nggi   2–3   yilda   ET   rivojlanishining
eng   istiqbolli   yo‘nalishlaridan   biri   —   OOOKlarning   shakllanishi   bo‘ldi,
ularning asosida esa ommaviy va barchaga teng imkoniyatlar mavjud bo‘lgan
ta’lim g‘oyasi yotadi. OOOK — bu ommaviy ochiq onlayn kurslar (ingliz. —
Massive   Open   Online   Course,   MOOC)   bo‘lib,   ular   jahonning   ko‘plab
universitetlari   tomonidan   Yer   sharining   istalgan   nuqtasida   bo‘lgan   har
qanday insonga  masofaviy  texnologiyalar  yordamida  professor-o‘qituvchilar
va yuz minglab talabalar (kurs tinglovchilari)ga erkin muloqotni tashkil qilish
imkoniyatini   beruvchi   akademik   kurslarni   taqdim   etadi.   О OOKning   siri
nimadan   iborat?   Nima   uchun   bunday   noodatiy   ta’lim   turi   ommalashib,
shiddat bilan rivojlanib bormoqda? Ushbu savollarga javob berishga harakat
qilib   ko‘ramiz.   Tarixga   nazar   solsak,   OOOK   atamasi   2008-yilda   AQShda
paydo bo‘lib, ammo hozirgi ta’lim OOOK yo‘nalishiga 2011-yilda Stenford
shahrida yaratilgan Coursera asos solgan va u dastlab AQSHning uchta yirik
universitetlarning   ochiq   resurslarini   birlashtirdi,   2012-yilda   Time   jurnali fikriga   ko‘ra,   eng   yaxshi   ta’lim   sayti   bo‘lgan.   Cour sera   asoschilari   Endryu
Ng va Dafna Koller o‘z loyihasini ommaviy onlayn o‘qitish g‘oyasida («bir
dunyodan bir kurs») shakllantirib, barcha xohlovchilarga jahonning yetakchi
universitetlari ma’ruzalarini tinglash imkoniyatini berdi.
Ommaviy ochiq onlayn kurslar tashkil etgan tashkilotlar.
Coursera rasmiy sayting umumiy ko‘rinishi
Faqatgina   birinchi   yarim   yil   ichida   lo yihada   ishtirok   etish   uchun   1   mln.ga
yaqin tinglovchilar a’zo bo‘ldilar, 2015-yil mart oyida Coursera da deyarli 12
mln. foydalanuv chilar  (2015-yil 15-martda —  11 937  678 kishi) ro‘yxatdan o‘tib, Courseraning 116 hamkori taqdim etgan 984 kursda o‘qidilar, ayniqsa,
2013-yildan   boshlab   ko‘pgina   oliy   ta’lim   tizimi   rivojlangan   mamlakatlarda
OOOKga bo‘lgan qiziqish butun dunyoda keng tarqa lib ketdi. Bu sohada 15
OOOK-maydonchalar   (Coursera,   EdX,   Udacity   va   bosh.)   va   millionlab
tinglovchilarga   ega   AQSh   yetakchilardan   biri   bo‘lib   sanaladi.   O‘zining
OOOK   maydonchalarini   Germaniya   (Iversity)   va   Ispaniya   (Crypt   4   you),
Buyuk   Britaniya   12   oliy   ta’lim   muassasasidan   iborat   Futurelearn,   Yevropa
Ittifoqi Open up Ed (11 universitet) ittifoqlarini yaratdilar.
Coursera rasmiy saytidagi kurslardan namunalar    Udacity rasmiy saytining umumiy ko‘rinishi
О OOKning   keng   tarqalishi   masofaviy   texnologiyalardan   maksimal
foydalangan   holda   yangi   ta’lim   paradigmasining   shakllanishiga   va   yagona
transmilliy axborot-ta’lim muhiti yaratilishiga olib keladi. Hozirda Coursera
loyihasi ishga tushgandan boshlab elektron ta’limning mashhurligi nihoyatda
oshib ketdi. Shu  bilan  birga,  onlayn-kurslarning sifati  ham  oshgan, uzluksiz
ra vishda   texnologiyalar   takomillashib   bormoqda,   materialni   o‘zlashtirish   va
foydala nish uchun qulay bo‘lgan universal virtual muhitni yaratishga yordam
beradigan   turli   ilovalar   va   platformalar   ishlab   chiqilmoqda.   OOOK
loyihalariga   ishonchlilik   va   aha miyatlilikning   ortishi   jahonning   yetakchi
universitetlari   bo‘lgan   Masachusets   texno logik,   Stenford,   Garvard   va
boshqalarning   ishtiroki   natijasida   sodir   bo‘layapti.   Shuni   ham   aytib   o‘tish
joizki,   OOOK   haqida   fikr larning   har   xilligiga   qaramay,   onlayn-kurslar
ommalashib   bormoqda.   OOOKning   uch-to‘rt   yillik   faol   tarqalishi   bir   necha
o‘nlab, hatto minglab kishilardan iborat auditoriyani to‘plash kabi sensatsion
natijalarga   olib   keldi.   O‘zining   bepulligi   tufayli   ommaviy   va   ochiq   bo‘lgan
yetakchi jahon universitetlari ning kurslari bo‘yicha o‘qish hozirda haqiqatga
aylandi, bu esa millionlab insonlar uchun yuqori saviyada uzluksiz ta’limning
rivoj lanishini   ta’minladi   hamda   katta   mablag‘   bo‘lmagan   to‘lovlar   evaziga
imtihonlarni   topshirib   yoki   yakuniy   topshiriqlarni   bajarib,   sertifikat   olishga
imkoniyatlar yaratildi. OOOK tugatganligini tastiqlovchi sertifikat namunasi
ОOOKning   asosiy   xususiyatlari   ta’lim ning   uzluksizlik   va   shaxsga
yo‘naltirilgan   tamoyillarini   amalga   oshirish,   tushunish   uchun   qulay   bo‘lgan
shaklga keltirib, zamonaviy ilmiy g‘oyalarni keng targ‘ib etish kabi vazifalar
bilan bog‘liq:
1) ommaviylik, ya’ni kurs tinglovchilari soni cheksizligi;
2)   ochiqlik,   ya’ni   istagan   kishiga,   unga   qulay   joyda   va   vaqtda   bilimlarni
bepul berishi;
3) kurslarning yaxlitligi, ya’ni kurslar nafaqat o‘quv material parchalari, balki
amaliy   mashg‘ulotlar,   kommunikatsiya,   olingan   bilimlarni   nazorat   qiluvchi
materillarni o‘z ichiga oladi;
4) kurs muvaffaqiyatli o‘zlashtirilganda sertifikat olish imkoniyati.
Onlayn-kurslarda   o‘qish   natijalarini   hisobga   olish   bo‘yicha   harakatlar
AQSHda   kuzatilmoqda.   U   yerda   2013-yilda   Amerika   ta’lim   kengashi universitetlar   mutaxassislari   tomonidan   ishlab   chiqilgan   va   AQSH   kollej -
larida   hisobga   olish   uchun   tavsiya   qilingan   5ta   kursni   ma’qulladi.   Kurslar
yakunida   real   vaqtda   videokonferensiya   rejimida   akkre ditatsiyadan   o‘tgan
imtihon xizmati yordamida onlayn-imtihon o‘tkaziladi. Yevro komissiya ham
VMPass loyihani virtual mobillik va ochiq ta’lim resurlar bo‘yicha o‘qishni,
onlayn-mashg‘ulotlarni  real  mash g‘ulotlarga  tenglashtirish,  OOOK  bo‘yicha
attestatsiya   natijalarini   rasmiy   o‘qish   dasturlariga,   shu   bilan   bir   qatorda,
universitet   dasturlariga   kiritishni   qayta   hisoblash   imkoniyatini   beruvchi
o‘qish   pasporti   yor damida   tan   olinishini   ma’qulladi.   Loyiha   onlayn-ta’limni
an’anaviy   ta’limga   tenglashtirish   va   ularning   diplomlarini   teng   ahamiyatli
qilishni   taklif   etadi.   Massachusets   texnologik   instituti   va   Garvard
universitetlari   tomonidan   yaratilgan   edX   platformasida   bilimning   turli
sohalari bo‘yicha 300 dan ortiq kurslar joylashtirilgan. Bugungi kunda 2011–
2012   yillarda   AQShda   start   olgan,   yuqorida   qayd   etilgan   uchta   platforma
(Coursera,   EdX,   Udacity)lar   auditoriyasi   millionlab   insonlarni   o‘z   ichiga
qamrab   oladi,   ammo   boshqa   davlatlarda   OOOK   vosita sida   ta’limni   amalga
oshiruvchi   o‘xshash   loyihalar   paydo   bo‘lmoqda.   Buyuk   Britaniya da   Ochiq
universitet yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda Futurelearn plat -
formasini   yaratdi,   Rossiyada   Lektorium   lo yihasi   ishga   tushirildi,   uning
doirasi   ikkita:   mediateka   (ochiq   videoma’ruzalar)   va   OOOK   yo‘nalishlarida
faoliyat   olib   bor moqda.   Avstraliyaning   ochiq   universitetlari   Open   2   Study
loyihasini yo‘lga qo‘ydi, ular ning platformasiga sakkizta kategoriya bo‘yicha
taqsimlangan   50ta   kurslar   joylashtirilgan.   Kanada,   Yevropa   Ittifoqi,   Lotin
Amerikada   internet-maydonlar   yaratish   bo‘yicha   ishlar   olib   borilmoqda.
Bundan tashqari, bu mamlakatlarning universitetlar va tashkilotlar tomonidan
o‘z   saytlari   yoki   mustaqil   saytlarda   taklif   qilinuvchi   ko‘pchilik   OOOKlar
mavjud. D.Simens 2012-yildagi internet nashridan birida OOOKni yaratishda
qo‘llanuvchi pedagogik modellarning farqlarini tahlil qildi. Coursera va edX lo yihalarining   shiddatli   rivojlanishiga   to‘xta lib,   birinchi   navbatda,   diqqatini
OOOKning   oliy   ta’lim   tizimidagi   o‘rni,   kurslarning   shakl lari   kabi
masalalarga emas, butun dunyoda millionlab talaba larning hayotini o‘zgarti -
ruvchi   OOOKning   ta’lim   potensialiga   qaratdi,   bu   OOOK   yaratuvchilarning
birinchi navbatdagi maq sadi bo‘lishi kerak, deb ta’kidladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.   «Barkamol   avlod   -   O‘zbekiston   taraqqiyotining   poydevori».   T .   1997.   6 4
b.  
2. Avliyakulov N.X. Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma. -
T: 2001.   –   68  s.
3. Avliyakulov   N.X.   Prakticheskie   osnov ы   modulnoy   sistem ы   obucheniya   i
pedagogicheskoy texnologii.  O‘quv qo‘llanma - Buxara: 2001. - 99 s.
4. Avliyakulov   N.X.,   Musaeva   N.N.   Kasb-hunar   kollejlarida   kasbiy
fanlarning modulli o‘kitish texnologiyalari.  O‘quv metodik  qo‘llanma.   -
T.: YAngi asr avlodi, - 2003. –  88 s.
5. Azizxodjaeva   N.N.   Pedagogicheskie   texnologii   i   pedagogicheskoe
masterstvo. -  Tashkent: Moliya, 2002.
6. Bat ы shava S.YA., SHaparinskiy S.A. Osnov ы  professionalnoy pedagogiki.
-  M: V ы sshaya shkola, 1977. - 504 s.
7. Bespalko V.P. Slagaem ы e pedagogicheskoy texnologii. - M: Nauka, 1989.
-192s.
8.   Borodina   N.V.,   Samoylova   E.S.   Modulnaya   texnologiya   v
professionalnom   obrazovanii:   Uchebnoe   posobie.   -   Ekaterinburg.:   UGPPU,
1998. -27 s.
9. Davletshin M.G. Modulnaya texnologiya obucheniya. – T: TGPU, 2000.
10.   Klarin M.V. Pedagogicheskaya texnologiya v uchebnom protsesse. - M:
Znanie, 1989 - 80 s.

Masofali ta‘lim ochiq ommaviy onlayn kurslar . Reja: 1. Oliy ta’lim muassasalarida ommaviy onlayn ochiq kurslardan foydalanish imkoniyatlari . 2. Ommaviy ochiq onlayn kurslar tashkil etgan tashkilotlar. 3. Amaliy ishlanmalar.

Jahonning barcha oliy ta’lim muassasalarida oliy ta’lim sifati, ya’ni sifatli kadrlar tayyorlash hamma vaqt ham dolzarb masala bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Sifat masalasi, ayniqsa, XX asrning oxiri va XXI asrning boshlarida yana ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Istiqlolning ilk kunlaridan boshlab yurtimizda ta’lim sohasiga yuksak e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatiga tobora keng kirib borayotgan bir sharoitda iqtisodiyotning turli tarmoqlarini modernizatsiyalash, jumladan, ta’lim jarayonida rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribalaridan keng foydalanilmoqda. Ta’lim tizimini isloh etish va uning sifatini oshirish maqsadida uning normativ-huquqiy bazasi shakllantirildi, jumladan, Respublikamizda «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Mazkur normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishda Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, «…shuning uchun ham amaldagi ta’lim-tarbiya tizimi ning zaif tomonlarini, zamon talablari, jamiyatimiz kelajagi va maqsadlariga ja vob bermaydigan jihatlarini chuqur tasavvur qilish, erkin, badavlat yashayotgan mamlakatlar tajribasini o‘rganish, o‘z o‘lkamizda yuksak malakali, har jihatdan yetuk kadrlar tayyorlash dasturimizning asosiy sharti bo‘lmog‘i lozim», ayniqsa, globallashuv, axborotlashuv jadal borayotgan sharoitda xalqaro maydonda o‘zini oqlagan ta’lim modellarida ta’lim sifatini ta’minlashga qaratilgan usullarni o‘rganish va ularni milliy ta’lim tizimiga moslashtirish bo‘yicha izla nishlarni amalga oshirish hozirgi kunda dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Olib borilgan ilmiy-metodik tadqiqotlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, ommaviy onlayn ochiq kurs (OOOK)lar juda yangi yo‘nalish bo‘lganligi sababli (ommaviy onlayn ochiq kurs termini 2008-yil birinchi bo‘lib kiritildi) kam o‘rganilgan, shunday bo‘lsada o‘rganilayotgan va tadqiq qilinayotgan muammoning nazariy va amaliy tomonlari ning ayrim qirralari bilan xorijda

D. Komer, S. Dauns, K. G. Skripkin, L. Breslow, D. E. Prit chard, J. DeBoer, A. McAuley, B. Stewart, G. Siemens, D. Cormier, L. Pappano, S. Mak, R. Williams, J. Mackness va D. Simenslar, respublikamizda ommaviy onlayn ochiq kurslardan foydalangan holda o‘quv jarayonini tashkillashtirish mavzusi bo‘yicha maqola muallifi V. Hamidovlar tadqiqotlar olib borganlar. Tahlil natijalaridan ayon bo‘ldiki, oliy ta’lim tizimida ommaviy onlayn ochiq kurslardan foydalangan holda o‘quv jara yonini va professor- o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonini tashkillash tirish bo‘yicha muammolar hali yetarli da rajada o‘rganilmagan. Elektron ta’lim (ET) rivojlanishi ta’lim jarayoniga uning samarali tadbiq etilishi amaliyotini yanada kengaytirib, hozirgi zamon ta’lim paradigmasining rivojla nishida asosiy vektorlarni belgilab beruvchi zamonaviy tendentsiyalar va mavjud jahon tajribasiga diqqat bilan nazar solish ni talab etmoqda. Bular orasida so‘nggi 2–3 yilda ET rivojlanishining eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biri — OOOKlarning shakllanishi bo‘ldi, ularning asosida esa ommaviy va barchaga teng imkoniyatlar mavjud bo‘lgan ta’lim g‘oyasi yotadi. OOOK — bu ommaviy ochiq onlayn kurslar (ingliz. — Massive Open Online Course, MOOC) bo‘lib, ular jahonning ko‘plab universitetlari tomonidan Yer sharining istalgan nuqtasida bo‘lgan har qanday insonga masofaviy texnologiyalar yordamida professor-o‘qituvchilar va yuz minglab talabalar (kurs tinglovchilari)ga erkin muloqotni tashkil qilish imkoniyatini beruvchi akademik kurslarni taqdim etadi. О OOKning siri nimadan iborat? Nima uchun bunday noodatiy ta’lim turi ommalashib, shiddat bilan rivojlanib bormoqda? Ushbu savollarga javob berishga harakat qilib ko‘ramiz. Tarixga nazar solsak, OOOK atamasi 2008-yilda AQShda paydo bo‘lib, ammo hozirgi ta’lim OOOK yo‘nalishiga 2011-yilda Stenford shahrida yaratilgan Coursera asos solgan va u dastlab AQSHning uchta yirik universitetlarning ochiq resurslarini birlashtirdi, 2012-yilda Time jurnali

fikriga ko‘ra, eng yaxshi ta’lim sayti bo‘lgan. Cour sera asoschilari Endryu Ng va Dafna Koller o‘z loyihasini ommaviy onlayn o‘qitish g‘oyasida («bir dunyodan bir kurs») shakllantirib, barcha xohlovchilarga jahonning yetakchi universitetlari ma’ruzalarini tinglash imkoniyatini berdi. Ommaviy ochiq onlayn kurslar tashkil etgan tashkilotlar. Coursera rasmiy sayting umumiy ko‘rinishi Faqatgina birinchi yarim yil ichida lo yihada ishtirok etish uchun 1 mln.ga yaqin tinglovchilar a’zo bo‘ldilar, 2015-yil mart oyida Coursera da deyarli 12 mln. foydalanuv chilar (2015-yil 15-martda — 11 937 678 kishi) ro‘yxatdan

o‘tib, Courseraning 116 hamkori taqdim etgan 984 kursda o‘qidilar, ayniqsa, 2013-yildan boshlab ko‘pgina oliy ta’lim tizimi rivojlangan mamlakatlarda OOOKga bo‘lgan qiziqish butun dunyoda keng tarqa lib ketdi. Bu sohada 15 OOOK-maydonchalar (Coursera, EdX, Udacity va bosh.) va millionlab tinglovchilarga ega AQSh yetakchilardan biri bo‘lib sanaladi. O‘zining OOOK maydonchalarini Germaniya (Iversity) va Ispaniya (Crypt 4 you), Buyuk Britaniya 12 oliy ta’lim muassasasidan iborat Futurelearn, Yevropa Ittifoqi Open up Ed (11 universitet) ittifoqlarini yaratdilar. Coursera rasmiy saytidagi kurslardan namunalar