logo

Masofali o‘qitishning didaktik prinsiplari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

28.533203125 KB
Masofali o‘qitishning didaktik prinsiplari.
Reja:
1. Masofali o‘qitishning didaktik prinsiplari.
2. Masofaviy o‘qitishning didaktik tizimi .
3. Amaliy ishlanmalar. Masofaviy o‘qitish da   o‘quv jarayoni ketma-ket keladi gan   muloqotda
bo‘lish va muloqotda bo‘lmagan dav rlardan iborat.  
O‘qitish shakllarining barcha turlari, o‘quv jarayoni muloqotda bo‘lish
davrida va muloqotda bo‘lmagan davrida o‘z xususiyatiga ko‘ra qo‘llaniladi.
Moliyaviy-iqtisodiy   tizim .   Bu   masofaviy   o‘qitish   tizimida   eng
ahamiyatli   omillardan   biri   bulib,   bozor   iqtisodi   sharoitida   u   faqat   o‘z-o‘zini
moddiy   ta’minlab   qolmay,   balkim,   o‘quv   tizimini   rivojlantirish   va
takomillashtirishga   olib   keladi.   SHuning   uchun   har   bir   o‘qituvchi   o‘qitish
tizimi iqtisodiyoti bilan tanish bo‘lishi kerak.
CHet   el   tajribalari   bu   masofaviy   o‘qitish   tizimining   samaradorligini
ko‘rsatdi,   ammo   har   bir   konkret   holatni   iqtisodiy   va   pedagogik   nuqtai
nazardan baholash lozim. 
Me’yoriy-huquqiy     tizim    .     O‘qitish tizimining rivojlanish asosi sifatida bu
sohadagi qonunchilikning rivojlanishi va mukammalligi xizmat qiladi.
O‘quv   qonunchiligining   predmeti   –   pedagogik   munosabatlardir,
qolganlari   esa,   ya’ni,   boshqaruv,   mulkiy,   moliyaviy   va   hokazo   ishlab
chiqarish   xarakteriga   ega.   O‘qitish   muassasasining   faoliyati   «Ta’lim
to‘g‘risidagi   qonun»,   Nizom,   Davlat   ta’lim   standartlari,   namunaviy   o‘quv
dasturlar,   rejalar,   yo‘riqnomalar,   buyruqlar,   kollegiya   va   ilmiy   kengash
qarorlariga asoslanadi.
Marketing   tizimi.   Bozor   iqtisodi   sharoitida   tizim   samaradorligini
ta’minlash   uchun,   har   bir   muassasa,   shu   jumladan   o‘quv   muassasasi   ham
marketing   xizmatini   tashkil   qilishi   kerak.   Har   bir   muassasa,   shu   jumladan
o‘quv   muassasasining   marketing   xizmatini   tashkil   qilish   bozor   iqtisodi
sharoitida samarali faoliyat qilish uchun kerak.  Masofaviy   o‘qitish   tizimida   marketing   an’anaviy   vazifalarni   bajaradi,
ya’ni,   ishlab   chiqarishni   boshqarish   va   mahsulotni   sotish,   talablarni
aniqlashga   yo‘naltirilgan,   o‘quv   muassasasi   faoliyatini   iste’molchi   bozoriga
moslashtiradi.
Masofaviy   o‘qitish   tizimini   tashkil   etishda   marketingning   quyidagi
asosiy tamoyillardan foydalaniladi:
 ta’lim   xizmatlari   bozorida   talabni   va   uning   o‘sish   dinamikasini
hisoblash,   yo‘nalishlarni   aniqlash,   kerak   bo‘lgan
mutaxassislarning soni va sifatini aniqlash;
 ta’lim   xizmatlari   ishlab   chiqarishini   bozor   talablariga   makimal
darajada moslash (o‘quv rejalar va o‘quv dasturlar, o‘quv-uslubiy
adabiyot, o‘qituvchilar tayyorlash va h.z);
 masofaviy o‘qitish tizimini tashkil etishda iste’molchi, jamiyat va
ta’lim muassasasi manfaatlarini uyg‘unlashtirish;
 ta’lim   xizmatlarini   targ‘ibot   qilish   (milliy   va   xalqaro
masshtabda);
Masofaviy   o‘qitish   tizimining   didaktik   tizimini   izchillik   bilan
tashkil   etish,   zamon   talablariga   mos   mutaxassislarni   tayyorlashga
imkon yaratadi.
3. Masofaviy o‘qitishning tamoyillari  
Masofaviy o‘qitishning o‘ziga xos tamoyillari quyidagilardan iborat:
Interfaollik   tamoyili .   Bu   tamoyil   tinglovchi   va   o‘qituvchi   o‘rtasidagi
aloqani   ta’minlab   qolmay,   balki   tinglovchilar   o‘rtasidagi   aloqani   ham
ta’minlaydi.   Tajribalar   tinglovchi   va   o‘qituvchi   o‘rtasidagi   aloqadan   ko‘ra
tinglovchilar o‘rtasidagi aloqalar ko‘proq ekanligini ko‘rsatadi. Boshlang‘ich   bilimlar   tamoyili .   Masofaviy   o‘qitish   tizimida
tinglovchining   oldindan   tayyorgarlik   ko‘rishi   va   apparat   -   texnik   vositalari
bilan   ta’minlanganlik   darajasi,   kompyuterga   ega   bo‘lishi   va   internetga
ulanishi, hamda bu tizimda ishlay olish malakalariga ega bo‘lishi lozim.
Individuallik        tamoyili    .   Real   o‘quv   jarayonida   kirish   va   oraliq   nazorat
o‘tkaziladi.   Bular   natijasini   tahlili   asosida   individual   o‘quv   rejalar   tuziladi,
shu jumladan oqsayotgan dastlabki bilimlar va ko‘nikmalar bo‘yicha ham.
Identifikatsion   tamoyil.   Mustaqil   o‘qishni   nazorat   shakli   b o‘ lib,   bilim
sifatini   nazorat   qilishda   bevosita   muloqot   videokonferensiya lar   kabi   turli
texnik vositalarini qo‘llaniladi.
O‘qitish   reglamenti        tamoyili    .   O‘quv   jadvalining   qat’iy   rejalashtirilishi
va rejalashtirilgan jadvalning nazorati bilan belgilanadi. 
YAngi   axborot   texnologiya   vositalarini   qo‘llashning   pedagogik
maqsadliligi        tamoyili    . Masofaviy o‘qitish tizimini loyihalashtirishda, yaratish
va tashkil etishda mavjud bo‘lgan texnik vositalarini qo‘llashning maqsadga
muvofiqligini tahlil qilib, ularni qo‘llashda xato qilishning oldini olish lozim.
Masofaviy   o‘qitish   tizimida   qo‘llaniladigan   texnik   vositalarning   optimal
nisbati kuyidagicha: bosma materiallar 40-50%, WWW serverlaridagi o‘quv
materiallar   30-35%,   kompyuter   videokonferensiya   aloqasi   10-15%   ,
qolganlari 5-20%.
Ta’limning      oshkoralik   va   o‘zgaruvchanligini      ta’minlash      tamoyili    .     Bu
tamoyil  yosh  va  boshlang‘ich  ta’lim  darajasi  jihatdan  «mo‘‘tadilligi»,  kirish
nazoratining   suhbat,   imtihon,   test   shaklida   o‘tkazilishi   va   h.k.   bilan
ifodalanadi.   Buning   natijasida   keyinchalik   o‘quv   muassasasidan   bu
tinglovchini   shaxsiy   (i n dividual)   reja   bo‘yicha   o‘qitishda   qo‘shimcha
harakatlar talab qilinadi. Ta’lim tizimining ko‘p variantliligini ta’minlash va
bir o‘quv yurtidan boshqa o‘quv yurtiga o‘tish imkoniyatini mavjud bo‘ladi.  Masofaviy   o‘qitish   tizimining   istiqbolligi   shundaki,   bu   tizim
shaxsning   eng   asosiy   huquqlaridan   biri   –   ta’lim   olish   huquqini
amalga   oshirishni   ta’minlaydi.   Masofaviy   o‘qitish   tizimining
maqsadga   muvofiqligini   baholashda,   albatta   uning   ijtimoiy
samaradorligini e’tiborga olish lozim. 
4. Masofaviy o‘qitish texnologiyasi.
Masofaviy   o‘qitish   texnologiyasi   tushunchasi   standartlashtiril magan.
Eng   ko‘p   tarqalgan   ta’rif   quyidagicha:   masofaviy   o‘qitish   texnologiyasi   bu
ta’limni   belgilangan   mazmunini   nusxalab   amalga   oshirishga   yo‘naltirilgan
usullar tizimi, maxsus vositalarning, o‘qitish shakllarining majmuasidir.
Masofaviy   o‘qitish   texnologiyasi   pedagogik   texnologiyalarning   bir
ko‘rinishi   sifatida   qabul   qilinishi   mumkin.   «Pedagogik   texnologiya»
tushunchasi   standartlashtirilmaganligini   hisobga   olgan   holda,   ko‘pincha
YUNESKO qabul qilgan tushuncha ishlatiladi.
Pedagogik   texnologiya   tushunchasiga   berilgan   YUNESKO   ta’rifiga
ko‘ra   masofaviy   o‘qitishga   quyidagi   ta’rifni   shakllantirish   mumkin:
masofaviy   o‘qitish   texnologiyasi   –   bu   inson   va   texnik   resurslarini,   ularning
o‘zaro   aloqasini,   hisobga   olgan   holda,   ta’lim   xizmatining   butun   jarayonini
yaratish,   qo‘llash   va   ommaboplashtirish   tizimli   yondashuvi   bo‘lib,   bilvosita
individuallashgan   ta’lim   tizimida   o‘qitish   shakllarini   maqbullashtirishni
o‘ziga vazifa qilib qo‘yadi.
Masofaviy o‘qitish texnologiyasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
 ta’lim axborotlarini ta q dim etish texnologiyasi;
 ta’lim axborotlarini uzatish texnologiyasi;
 ta’lim axborotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi.
Ta’lim   axboroti :   muayyan   faoliyat   turi,   ixtisosini   amalga   oshirishda
ko‘llashi uchun, ta’lim oluvchiga berish kerak bo‘lgan bilimlar dir . Masofaviy o‘qitish tizimida yangi elektron kitoblarga alohida talablar qo‘yiladi. Elektron
kitoblardagi   ta’limiy   axborot   tinglovchining   psixofiziologik   xususiyatlarini
hisobga   olgan   holda   tayyorlanishi   kerak,   chunki   u   bu   axborotni   ko m pyuter
ekrani orqali qabul qiladi. 
Elektron darslik  q uyidagi maxsus talablarga javob berishi kerak:
 tushunchalar   beriladigan   matn   qismining   rivojlangan,   gipertekst
tuzilishi (tushunchalar, ta’riflar, teoremalar), va bayonning mantiqiy
tuzilishi (qismlarning ketma ketligi, bog‘liqligi);
 ta’lim   olishda   qulay   yangilik   tizimiga   ega   bo‘lishi,   tinglovchi
kursning bir qismidan ikkinchi qismiga o‘tishi, o‘qituvchiga elektron
xabarlar yuborishi, diskussiyalar bo‘limiga o‘tishi;
 zamonaviy   kompyuterlarning   multimedia   va   Internet
i mkoniyatlaridan foydalanish;
 darslikda bilimlar nazorati tizimining ishlab turishi;
 glossariy   mavjudligi   (avtonom   qo‘shimcha   ma’lumotlar)   va   ularga
tayanish.   Glossariylar   kurslar   uchun   alohida,   bir   necha   kurs   uchun
alohida modullar uchun ishlab chiqariladi;
 darsliklarda tasviriy manbalar, elektron kutubxonalar va Internetdagi
manbalarning ko‘rsatilishi;
 qulayligi- tizimga tez kirish;
 o‘qituvchi   bilan   samarali   aloqada   bo‘lish   (elektron   pochta,   ...)   aniq
vaqt birligida Internet orqali gapira olish;
Ta’lim axborotlari ta’lim texnologiyalari orqali uzatiladi.
Ta’lim texnologiyasi   – bu ta’lim axborotlarini manbadan iste’molchiga
uzatishda   qo‘llaniladigan   didaktik   uslublar   majmuasidir.   Masofaviy   o‘qitish
tizimida   tasviriy   fikrlashni   faollashtirishga   alohida   e’tibor   berilishi   kerak,
ya’ni   o‘qituvchi   fikrini   tasviriy   obrazlar   ko‘rinishida   taqdim   etishi   kerak. Masofaviy   o‘qitish   tizimi   ta’lim   texnologiyalarida   fikr,   axborot,   bilimni
vizuallashtirish, katta ahamiyatga ega.
Masofaviy   o‘qitish   tizimida   kuyidagi   ta’lim   texnologiyalarini   ishlatish
mumkin:
 video-ma’ruzalar;   multimedia-ma’ruzalar   va   laboratoriya
amaliyotlar i ;   elektron   va   multimedia-darsliklari;   kompyuter   test
tizimlar;   imitatsiya   modellari   va   kompyuter   trenaj yo rlar;
telekommunikatsiya   vositalaridan   foydalanuvchi   konsultatsiya   va
testlar; videokonferensiyalar.
Axborotlarni saqlash, qayta ishlatish, tinglovchiga etkazish, o‘qituvchi
va   tinglovchi   o‘rtasidagi   interfaol   muloqot,   hisoblash   texnikani   qo‘llashga
tayangan   apparat-dasturlar   vositasida   amalga   oshiriladi.   Bular   –   axborot
texnologiyalaridir .
Masofaviy   o‘qitish   tizim   texnologiyalari   pedagogik   texnologiyalar
asosida ishlangan bo‘lib, kuyidagi qo‘shimcha talablarga javob berishi kerak . FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.  «Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori».  T. 1997. 64  b.
2. Avliyakulov   N.X.   Zamonaviy   o‘qitish   texnologiyalari.   O‘quv   qo‘llanma.   -T:
2001.   –   68  s.
3. Avliyakulov   N.X.   Prakticheskie   osnov ы   modulnoy   sistem ы   obucheniya   i
pedagogicheskoy texnologii.  O‘quv qo‘llanma - Buxara: 2001. - 99 s.
4. Avliyakulov   N.X.,   Musaeva   N.N.   Kasb-hunar   kollejlarida   kasbiy   fanlarning
modulli o‘kitish texnologiyalari.  O‘quv metodik  qo‘llanma.   -     T.:   YAngi
asr avlodi, - 2003. –  88 s.
5. Azizxodjaeva   N.N.   Pedagogicheskie   texnologii   i   pedagogicheskoe
masterstvo. -  Tashkent: Moliya, 2002.
6. Bat ы shava S.YA., SHaparinskiy  S.A. Osnov ы   professionalnoy pedagogiki.  -
M: V ы sshaya shkola, 1977. - 504 s.
7. Bespalko V.P. Slagaem ы e pedagogicheskoy texnologii. - M: Nauka, 1989. -
192s.
8.  Borodina N.V., Samoylova E.S. Modulnaya texnologiya v professionalnom
obrazovanii: Uchebnoe posobie. - Ekaterinburg.: UGPPU, 1998. -27 s.
9. Davletshin M.G. Modulnaya texnologiya obucheniya. – T: TGPU, 2000.
10.   Klarin  M.V.   Pedagogicheskaya   texnologiya   v   uchebnom   protsesse.   -  M:
Znanie, 1989 - 80 s.

Masofali o‘qitishning didaktik prinsiplari. Reja: 1. Masofali o‘qitishning didaktik prinsiplari. 2. Masofaviy o‘qitishning didaktik tizimi . 3. Amaliy ishlanmalar.

Masofaviy o‘qitish da o‘quv jarayoni ketma-ket keladi gan muloqotda bo‘lish va muloqotda bo‘lmagan dav rlardan iborat. O‘qitish shakllarining barcha turlari, o‘quv jarayoni muloqotda bo‘lish davrida va muloqotda bo‘lmagan davrida o‘z xususiyatiga ko‘ra qo‘llaniladi. Moliyaviy-iqtisodiy tizim . Bu masofaviy o‘qitish tizimida eng ahamiyatli omillardan biri bulib, bozor iqtisodi sharoitida u faqat o‘z-o‘zini moddiy ta’minlab qolmay, balkim, o‘quv tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga olib keladi. SHuning uchun har bir o‘qituvchi o‘qitish tizimi iqtisodiyoti bilan tanish bo‘lishi kerak. CHet el tajribalari bu masofaviy o‘qitish tizimining samaradorligini ko‘rsatdi, ammo har bir konkret holatni iqtisodiy va pedagogik nuqtai nazardan baholash lozim. Me’yoriy-huquqiy tizim . O‘qitish tizimining rivojlanish asosi sifatida bu sohadagi qonunchilikning rivojlanishi va mukammalligi xizmat qiladi. O‘quv qonunchiligining predmeti – pedagogik munosabatlardir, qolganlari esa, ya’ni, boshqaruv, mulkiy, moliyaviy va hokazo ishlab chiqarish xarakteriga ega. O‘qitish muassasasining faoliyati «Ta’lim to‘g‘risidagi qonun», Nizom, Davlat ta’lim standartlari, namunaviy o‘quv dasturlar, rejalar, yo‘riqnomalar, buyruqlar, kollegiya va ilmiy kengash qarorlariga asoslanadi. Marketing tizimi. Bozor iqtisodi sharoitida tizim samaradorligini ta’minlash uchun, har bir muassasa, shu jumladan o‘quv muassasasi ham marketing xizmatini tashkil qilishi kerak. Har bir muassasa, shu jumladan o‘quv muassasasining marketing xizmatini tashkil qilish bozor iqtisodi sharoitida samarali faoliyat qilish uchun kerak.

Masofaviy o‘qitish tizimida marketing an’anaviy vazifalarni bajaradi, ya’ni, ishlab chiqarishni boshqarish va mahsulotni sotish, talablarni aniqlashga yo‘naltirilgan, o‘quv muassasasi faoliyatini iste’molchi bozoriga moslashtiradi. Masofaviy o‘qitish tizimini tashkil etishda marketingning quyidagi asosiy tamoyillardan foydalaniladi:  ta’lim xizmatlari bozorida talabni va uning o‘sish dinamikasini hisoblash, yo‘nalishlarni aniqlash, kerak bo‘lgan mutaxassislarning soni va sifatini aniqlash;  ta’lim xizmatlari ishlab chiqarishini bozor talablariga makimal darajada moslash (o‘quv rejalar va o‘quv dasturlar, o‘quv-uslubiy adabiyot, o‘qituvchilar tayyorlash va h.z);  masofaviy o‘qitish tizimini tashkil etishda iste’molchi, jamiyat va ta’lim muassasasi manfaatlarini uyg‘unlashtirish;  ta’lim xizmatlarini targ‘ibot qilish (milliy va xalqaro masshtabda); Masofaviy o‘qitish tizimining didaktik tizimini izchillik bilan tashkil etish, zamon talablariga mos mutaxassislarni tayyorlashga imkon yaratadi. 3. Masofaviy o‘qitishning tamoyillari Masofaviy o‘qitishning o‘ziga xos tamoyillari quyidagilardan iborat: Interfaollik tamoyili . Bu tamoyil tinglovchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi aloqani ta’minlab qolmay, balki tinglovchilar o‘rtasidagi aloqani ham ta’minlaydi. Tajribalar tinglovchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi aloqadan ko‘ra tinglovchilar o‘rtasidagi aloqalar ko‘proq ekanligini ko‘rsatadi.

Boshlang‘ich bilimlar tamoyili . Masofaviy o‘qitish tizimida tinglovchining oldindan tayyorgarlik ko‘rishi va apparat - texnik vositalari bilan ta’minlanganlik darajasi, kompyuterga ega bo‘lishi va internetga ulanishi, hamda bu tizimda ishlay olish malakalariga ega bo‘lishi lozim. Individuallik tamoyili . Real o‘quv jarayonida kirish va oraliq nazorat o‘tkaziladi. Bular natijasini tahlili asosida individual o‘quv rejalar tuziladi, shu jumladan oqsayotgan dastlabki bilimlar va ko‘nikmalar bo‘yicha ham. Identifikatsion tamoyil. Mustaqil o‘qishni nazorat shakli b o‘ lib, bilim sifatini nazorat qilishda bevosita muloqot videokonferensiya lar kabi turli texnik vositalarini qo‘llaniladi. O‘qitish reglamenti tamoyili . O‘quv jadvalining qat’iy rejalashtirilishi va rejalashtirilgan jadvalning nazorati bilan belgilanadi. YAngi axborot texnologiya vositalarini qo‘llashning pedagogik maqsadliligi tamoyili . Masofaviy o‘qitish tizimini loyihalashtirishda, yaratish va tashkil etishda mavjud bo‘lgan texnik vositalarini qo‘llashning maqsadga muvofiqligini tahlil qilib, ularni qo‘llashda xato qilishning oldini olish lozim. Masofaviy o‘qitish tizimida qo‘llaniladigan texnik vositalarning optimal nisbati kuyidagicha: bosma materiallar 40-50%, WWW serverlaridagi o‘quv materiallar 30-35%, kompyuter videokonferensiya aloqasi 10-15% , qolganlari 5-20%. Ta’limning oshkoralik va o‘zgaruvchanligini ta’minlash tamoyili . Bu tamoyil yosh va boshlang‘ich ta’lim darajasi jihatdan «mo‘‘tadilligi», kirish nazoratining suhbat, imtihon, test shaklida o‘tkazilishi va h.k. bilan ifodalanadi. Buning natijasida keyinchalik o‘quv muassasasidan bu tinglovchini shaxsiy (i n dividual) reja bo‘yicha o‘qitishda qo‘shimcha harakatlar talab qilinadi. Ta’lim tizimining ko‘p variantliligini ta’minlash va bir o‘quv yurtidan boshqa o‘quv yurtiga o‘tish imkoniyatini mavjud bo‘ladi.

Masofaviy o‘qitish tizimining istiqbolligi shundaki, bu tizim shaxsning eng asosiy huquqlaridan biri – ta’lim olish huquqini amalga oshirishni ta’minlaydi. Masofaviy o‘qitish tizimining maqsadga muvofiqligini baholashda, albatta uning ijtimoiy samaradorligini e’tiborga olish lozim. 4. Masofaviy o‘qitish texnologiyasi. Masofaviy o‘qitish texnologiyasi tushunchasi standartlashtiril magan. Eng ko‘p tarqalgan ta’rif quyidagicha: masofaviy o‘qitish texnologiyasi bu ta’limni belgilangan mazmunini nusxalab amalga oshirishga yo‘naltirilgan usullar tizimi, maxsus vositalarning, o‘qitish shakllarining majmuasidir. Masofaviy o‘qitish texnologiyasi pedagogik texnologiyalarning bir ko‘rinishi sifatida qabul qilinishi mumkin. «Pedagogik texnologiya» tushunchasi standartlashtirilmaganligini hisobga olgan holda, ko‘pincha YUNESKO qabul qilgan tushuncha ishlatiladi. Pedagogik texnologiya tushunchasiga berilgan YUNESKO ta’rifiga ko‘ra masofaviy o‘qitishga quyidagi ta’rifni shakllantirish mumkin: masofaviy o‘qitish texnologiyasi – bu inson va texnik resurslarini, ularning o‘zaro aloqasini, hisobga olgan holda, ta’lim xizmatining butun jarayonini yaratish, qo‘llash va ommaboplashtirish tizimli yondashuvi bo‘lib, bilvosita individuallashgan ta’lim tizimida o‘qitish shakllarini maqbullashtirishni o‘ziga vazifa qilib qo‘yadi. Masofaviy o‘qitish texnologiyasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:  ta’lim axborotlarini ta q dim etish texnologiyasi;  ta’lim axborotlarini uzatish texnologiyasi;  ta’lim axborotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi. Ta’lim axboroti : muayyan faoliyat turi, ixtisosini amalga oshirishda ko‘llashi uchun, ta’lim oluvchiga berish kerak bo‘lgan bilimlar dir . Masofaviy