logo

DIDAKTIK O’YINLAR

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

71.73828125 KB
   MAVZU:   DIDAKTIK   O’YINLAR 
                                 REJA:

1 Didaktik o’yin turlari 

2 Didaktik o’yin olib borishga doir talablar

3 Didaktik o’yin qoidalari 
    Didaktik o'yinlarning turlari  Annotatsiya: Ushbu maqolaning mazmuni bo'lajak musiqa 
o'qituvchilarining qiziqish va faollik darajasini oshiradigan didaktik o'yinlarga 
bag'ishlangan. O'yin usullari o'quv materialini mustahkam o'zlashtirishga 
yordam beradi, dunyoqarashni kengaytiradi, ijodiy fikrlashni, badiiy tasavvurni,
xotirani, kuzatishni, sezgini rivojlantiradi.
Kalit so'zlar: o'yin usullari, ijodiy fikrlash, badiiy tasavvur, musiqa o'qituvchisi, 
dunyoqarash, sezgi, qiziqish, o'quv materiali, didaktik o'yinlar.
Types of didactic games and requirements for their conduct
Azimova Egambergan kizi Rakhimova Tashkent State Pedagogical University 
named after Nizami
Abstract: The content of this article is devoted to didactic games which increase
the interest and activity level of future music teachers. Playful methods 
contribute to the long-term learning of educational material, broaden the 
outlook, develop creative thinking, artistic imagination, memory, observation 
and intuition.
Keywords: game methods, creative thinking, artistic imagination, music teacher,
outlook, intuition, interest, educational material, didactic games
Ilg'or texnologiyalarning keng o'zlashtirilishi, uzluksiz ta'limni fan va ishlab 
chiqarish bilan integratsiyalashuvi, o'quvchilarning musiqa qobiliyatlari va 
imkoniyatlariga muvofiq ravishda musiqiy ta'limga tabaqalashtirilgan 
yondashuvning joriy etilishi hamda musiqiy ta'lim berishning ilg'or pedagogik 
texnologiyalari va zamonaviy o'quv - uslubiy majmualarning yaratilishi 
pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish tizimini takomillashtirishda 
bo'lajak musiqa o'qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga asos 
bo'lmoqda.
Binobarin, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: Biz ta'lim 
va tarbiya tizimining barcha bo'g'inlari faoliyatini bugungi zamon talablari 
asosida takomillashtirishni o'zimining birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz, 
alohida qayd qilib o'tgan1. 1 Shavkat Mirziyoyev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - 
yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining
Bu o'z navbatida pedagoglarning jahon miqyosdagi yutuqlarni, ilmiy asoslangan
innovatsiyalarni tadbiq etgan holda pedagogik jarayonlarni ilmiy asosda tashkil 
etish va boshqarish, shuningdek, pedagogik jarayonlarning samaradorligini 
ta'minlashga xizmat qiluvchi didaktik o'yinlardan foydalanish bo'lajak musiqa 
o'qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb 
etadi.
Didaktik o'yinlarning asosiy turlari intellektual (aqliy) va harakatli hamda 
aralash o'yinlardan iborat. Bu o'yinlar ishtirokchilarda aqliy - jismoniy, axloqiy, 
psixologik, estetik, badiiy tadbirkorlik, mehnat va boshqa ko'nikmalarni 
rivojlantirishga yordam beradi. Musiqiy ta'lim tarbiya jarayonida asosan 
talabalarda musiqiy ta'lim olish motivlarini ularning turli yo'nalishdagi qobilyat 
va qiziqishlarini oshiradigan musiqa o'qituvchi kasbga moyilliklarini 
ko'rsatadigan didaktik o'yinlardan foydalaniladi. Didaktik o'yinlar nazariy, 
amaliy, rolli, ishchanlik va boshqa yo'nalishlar bo'yicha turlarga ajratiladi. 
Hozirda kompyuter vositasidagi didaktik o'yinlardan foydalaniladi va alohida 
o'ringa ega bo'lib bormoqda. Umumiy o'yinlar nazariyasiga ko'ra mavjud barcha
o'yin turlarini tasniflashda ularni funksional mavzuli konstruktiv, didaktik, sport
va harbiy o'yinlarga ishlatiladi. Bularning orasida didaktik o'yinlar musiqiy 
ta'lim - tarbiya vazifalarini amalga oshirish imkoniyatini borishi bilan alohida 
o'ringa ega.
O'yinlar maktabgacha va maktab yoshdagi bolalarning asosiy faoliyat shakllari 
hisoblanadi. Bu esa pedagogika oliy o'quv yurtlarida bo'lajak musiqa 
o'qituvchilarni va olimlar tomonidan shu yosh davridagi o'yinlarning musiqa 
ta'lim - tarbiyaviy ahamiyatini o'rganish va yanada oshirish bo'yicha tadqiqot 
olib borishiga asos bo'ldi. Natijada oldingi asrning 60-yillari boshida AQSH 
so'ngra boshqa G'arb mamlakatlarida ishchanlik o'yinlari qo'llanila boshlandi.  Ishchanlik o'yinlari tadqiqotchilari bu usulni eng asosiy samarali va tejamli 
ta'lim metodlaridan iborat deb takidlaganlar. Didaktik o'yinlarning yana bir turi 
aqliy hujum usulini birinchi marta 1939 - yilda A.F.Osborn qo'llagan. Bu usulni 
g'oyalar banki deb ham nomlagan. U muammolarni quyidagicha yechishga 
asoslanadi:
- muammoli vaziyat yaratish;
- g'oyalarni shakllantirish;
- eng yaxshi g'oyalarni tekshirish, baxolash va tanlash.
Ishchanlik o'yin darsi - dars mavzusi bo'yicha masalalarni hal etish jarayonida 
o'quvchilarning faol ishtirok etishini ta'minlash orqali yangi bilimlarni 
o'zlashtirish mashqi.
Ro 'lli o 'yin darsi - dars mavzusi bo'yicha masalalarni o'rganishda o'quvchilarga
oldindan ma'lum rollarni taqsimlash va dars jarayonida shu ro'lni bajarishlarini 
tashkil etish asosida bilimlarni mustaxkamlash darsi.
garovi. (O'zbekiston Respublikasi Konstitusiya qabul qilinganinig 24 yilligiga 
bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruza.T., 2017 y. 22 bet
Teatrlashtirilgan dars - dars mavzusi bilan bog'liq sahna ko'rinishlari tashkil 
etish orqali dars mavzusi bo'yicha chuqur, aniq ma'lumotlar berish darsi.
Kompyuter darsi - tegishli o'quv fani bo'yicha dars mavzusiga doir kompyuter 
materiallari ( multimediya, virtual o'quv kursi va shu kabilar ) asosida 
o'tiladigan dars.
Kim oshdi savdosi darsi - o'quv fani ayrim bo'limi bo'yicha bilimlarni har bir 
o'quvchi qanchalik ko'p bilishini namoyish etish darsi.
Yamarka darsi - dars mavzusini bo'laklar bo'yicha oldindan o'zlashtirish 
o'quvchilarning o'zaro muloqat asosida sinfga qiziqarli tushuntirish orqali 
o'tiladigan dars. Tayanch tushunchalar darsi - o'quvchilarning musiqa savodi faoliyatidan 
tayanch tushunchalarni puxta o'zlashtirishlari bo'yicha turli o'yinlar shaklidagi 
mashqlar o'tkazish darsi.
O'yin darsi - dars mavzusiga mos o'yin orqali o'quvchilarning o'zlashtirishlarini 
tashkil etish darsi.
Sud darsi - o'quvchilar bilan dars mavzusiga mos "sud" jarayonini tashkil etish 
orqali yangi mavzuni tashkillashtirish darsi.
Konsert darsi - dars mavzusini sahnalashtirgan holdagi konsert shaklida 
ifodalash mashqlari bo'lib, o'quvchilarni faollashtirish va bilimini 
mustahkamlash imkoniyatini beradi.
Tergovchi bilimdonlar olib boradigan darsi - dars mavzusini oldindan puxta 
o'rgangan o'quvchilar yordamida qiziqarli savol - javoblar, tahlillar asosida 
isbotlab, tushuntirish mashqlari bo'lib, bunda o'quvchilar dars mavzusini 
o'zlashtirib eslab qolishlari uchun qulaylik yaratadilar.
Integral (integratsiyalangan) dars - bir nechta(musiqa, tarix, adabiyot va h.q.) 
fanlarga doir integratsiyalash uchun qulay bo'lgan mavzular bo'yicha tashkil 
qilingan dars bo'lib, o'quvchilarning turli fanlarga qiziqishlarini orttirib musiqiy 
ta'lim jarayonidagi faolliklarini taminlaydi.
Bunday darslar o'quvchilarga fanlararo bog'liqlikni o'rgatish orqali ularda ilmiy 
dunyoqarashini shakllantirish ijodiy tafakkurlarni rivojlantirishga hizmat qiladi.
Mo'jizalar maydoni darsi o'quvchilar bilan o'tkaziladigan qiziqarli o'yinlar bo'lib
turli savollarga belgilangan vaqt davomida to'g'ri javoblar topish va g'oliblarni 
rag'batlantirish orqali o'quvchilarda fikrlash, topqirlik va ziyraklik, bilimlarni 
kengaytirib borish sifatlarini shakllantiradi. Didaktik o'yinli mashg'ulotlarni 
talabalarning bilim olish va o'yin faoliyatining uyg'unligiga qarab syujetli- rolli 
o'yinlar, ijodiy o'yinlar, ishbilarmonlar o'yinli, konfrensiyalar o'yin mashqlariga 
ajratish mumkin. O'qituvchi - pedagog avval talabalarni individual (yakka 
tartibdagi) so'ngra guruhli o'yinlarga tayyorlashi va uni o'tkazishi, o'yin  muvaffaqiyatli chiqandan so'ng esa ularni ommaviy o'yinlarga tayyorlashi 
lozim.
Chunki talabalar didaktik o'yinli mashg'ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun 
zaruriy bilim, ko'nikma malakalarga ega bo'lishlari, bundan tashqari guruh 
jamoasi o'rtasida hamkorlik, o'zaro yordam vujudga kelishi lozim.
O'qituvchi - pedagog didaktik o'yinli mashg'ulotlarni o'tkazishda qizg'in 
tayyorgarlik ko'rishi va uni o'tkazishda quyidagi didaktik talablarga rioya qilishi
talab etiladi:
1. Didaktik o'yinli mashg'ulotlar dasturida qayd etilgan mavzularning ta'limiy, 
tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifalarni hal qilishga qaratilgan 
bo'lishi;
2. Jamiyatdagi va kundalik hayotdagi muhim muammolarga bag'ishlanib, ular 
o'yin davomida hal qilishi;
3. Barkamol shaxsni musiqiy tarbiyalash tamoyillariga va sharqona odob-ahloq 
normalariga mos kelishi;
4. O'yin tuzilishi jihatidan mantiqiy ketma-ketlikda bo'lishi;
5. Mashg'ulotlar davomida musiqiy didaktik prinsiplarga amal qilinishi va eng 
kam vaqt sarflanishiga erishishi kerak.
Didaktik o'yinli mashg'ulotlar orasida konfrensiya mashg'ulotlari ham muhim 
o'rin tutadi. Konfrensiya mashg'ulotlari talabalarning bilish faoliyatini 
faollashtirishda ilmiy dunyo qarashini kengaytirishda, qo'shimcha va mahalliy 
materiallar bilan tanishtirishda, ilmiy va ilmiy-ommabob adabiyotlar bilan 
mustaqil ishlash ko'nikma va malakalarni ortirish, mustaqil hayotga ongli 
tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Konfrensiya mashg'ulotlarini 
talabalarning bilish faoliyatni faollashtirishda ilmiy dunyoqarashini mustaqil 
ishlash ko'nikma va malakalarni ortirish kengaytirishda, ilmiy va ilmiy 
ommabop adabiyotlar bilan mustaqil hayotga ongli tayyorlashda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Konfrensiya mashg'ulotini o'tishdan oldin mashg'ulot mavzusini maqsad va 
vazifalarini belgilab, shu mavzuga oid qo'shimcha ilmiy, ilmiy-ommabop 
adabiyotlar ko'zdan kechiriladi. Mashg'ulotni o'tishdan bir hafta oldin 
mashg'ulot mavzusi elon qilinib unga tayyorgarlik ko'rish uchun adabiyotlar 
tavsiya etiladi. Ushbu mashg'ulotda "Olimlar" ro'lini tanlash, mavzuni har 
tomonlama yoritish, maruza tayyorlash talabaning ixtiyorida bo'ladi.
Ilmiy konfrensiya mashg'ulotini quyidagicha o'tkazish tavsiya etiladi.
Didaktik o'yinlarni tanlashda o'quvchilarga bilim va tarbiya berishning quyidagi
tartib qoidalariga rioya qilinadi:
1. Didaktik o'yinlar tanlash va ulardan foydalanishda o'quvchilarning yosh 
xususiyatlari pedagogik jihatdan tayyorgarligi va bilim saviyasi hisobga olinadi;
2. Tanlangan har bir o'yin o'quvchilarga sistemali bilim berish, malaka va 
ko'nikmalar hosil qilish bilan birga ularning barkamol bo'lib yetishishiga va 
ruhan tetik o'sishiga qaratilgan bo'ladi;
3. Didaktik o'yinlarni tanlashda musiqiy ta'limning aniq maqsad va vazifalari 
asos qilib olinadi.
Didaktik o'yinlar musiqiy ta'lim mazmunini aniqlashtirishning muhim 
vositalaridan biri. U o'quvchilarda o'qish motivini, istagini rivojlantirishga 
xizmat qiladi.
Didaktik o'yin - ta'lim beruvchi usul bo'lib, bu usul muayyan ta'limiy 
maqsadlarga erishishga yani o'tilgan o'quv materiallarini aniqlashga, 
mustahkamlashga va uni chuqurlashtirishga qaratilgan bo'ladi. Har bir didaktik 
o'yinni o'tkazishda muayyan bir vazifa maqsad qilib olinadi. Masalan: musiqa 
nazariyasi misollar o'yinida musiqa savodini mustahkamlashdan iborat bo'lgan 
didaktik topshiriq qo'yiladi. Didaktik topshiriq musiqa darsga qo'yiladigan 
umumiy maqsadining bir qismini tashkil qiladi. Har bir didaktik o'yinning ham, 
har qanday o'yindagi singari qoidalari bo'ladi. O'sha qoidalarga amal qilinmasa 
o'yinning o'yin sifatidagi ahamiyatli binobarin o'yinning musiqiy ta'lim 
tarbiyaviy va psixologik ahamiyati yo'qoladi. O'yin qoidalari o'yin topshirig'iga  kiritiladi. O'yin topshirig'i -musiqa o'qituvchining bolalarga o'yinning qanday 
o'ynalishini, kim g'olibligini aniqlashdan iborat. Har bir didaktik o'yin o'z 
navbatida quyidagi komponentlardan tuziladi: o'yin maqsadi, qoidalari, jihozi, 
mazmuni natijasi.
1. O'yin qoidalari. O'yinni olib borish va unga qatnashish tarkibini aniqlab 
beradi. Qoidalar o'yin maqsadidagi mos holda o'quvchilar faoliyatini tartibga 
solish uchun kerak bo'ladi;
2. O'yin mazmuni o'quvchilarning bajarishi kerak bo'lgan harakatlari bilan 
aniqlanadi, musiqa darsida bu harakatlar ko'proq musiqa tinglash, musiqa 
savodi, musiqaga mos harakatlarni bajarish, jamoa bo'lib kuylash, bolalar 
cholg'u asboblarda jo'r bo'lish faoliyatidan iborat bo'ladi. O'yin jihozi o'yinni 
o'tkazish uchun kerak bo'lgan texnik vositalar, musiqa cholg'u asboblari, 
kartochka va ko'rgazmalardan iborat;
3. O'yin natijasi. Qo'yilgan vazifaning bajarilishi bilan aniqlanadi. Natija 
o'quvchilarni qoniqtirishi kerak .
Har bir didaktik o'yin jarayonida o'ziga hos vositalar turlari qo'llaniladi va 
mashg'ulot jarayonida ulardan to'gri, unumli va xavfsiz foydalanish lozim. Bu 
vositalarni quyidagi turlarga ajratish mumkin.
- konselyariya tovarlari - turli o'lchamlardagi oq va rangli qog'ozlar, skoch, 
flomasterlar, ruchka, qalam, chizg'ichlar, qaychi, yelim va boshqalar.
- texnika vositalari - proektor, mikrofon, kompyuter, video kamera, video 
magnitafon, televizor va boshqalar.
- musiqa cholg'u asboblari - fortepiano, rubob, dutor, doyira, nog'ora va 
boshqalar.
- mahalliy - tabiiy materiallardan tayyorlangan vositalar.
Didaktik o'yinlar tashkilotchilari ular uchun ishlatiladigan har bir material bilan 
ishlash, ulardan tegishli didaktik vositalarni tayyorlash hamda xavfsizlikni 
taminlash texnologiyalarini puxta bilishlari va rioya qilishlari lozim. Chunki 
didaktik vositalarning sifati, ko'zda tutilgan maqsadlarga mosligi, qulayligi va  ulardan to'g'ri foydalanish musiqa darslar samaradorligini oshirishga ijobiy ta'sir
ko'rsatadi.
Didaktik o 'yin turlarini tanlash mezonlar:
- ishtirokchilar tarkibi bo'yicha - o'g'il bolalar, qiz bolalar, o'smirlar, katta 
yoshdagilar uchun o'yinlar;
- ishtirokchilar soni bo'yicha - yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh, sinf 
jamoasi, raqobatdosh komandalar, sinflar aro va ommaviy o'yinlar;
- o'yin jarayoni bo'yicha - fikrlash, o'ylash, topag'onlik, harakatlar, musoboqa va
boshqalarga yo'naltirilgan o'yinlar;
- vaqt meyori bo'yicha - dars, mashg'ulot vaqtining reja bo'yicha ajratilgan 
qismi, o'yin maqsadiga erishguncha, g'olib yoki g'oliblar aniqlanguncha davom 
etadigan va boshqa o'yinlar.
Didaktik o'yin turlarini tanlash mezonlari:
1-rasm. Didaktik o'yin turlarini tanlash mezonlari
Shunday qilib, yuqoridagilardan quyidagi xulosalar chiqarishimiz mumkinki, 
musiqa ta'limi tizimida didaktik o'yinlardan foydalanish bo'lg'usi musiqa 
o'qituvchilarning muloqot qilish ko'nikma va malakalarini, o'zaro yordam 
ko'rsatish ko'nikmalarini rivojlantiradi va o'quvchilarning bilim saviyasini 
oshirishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Atayeva N., Salayeva M., Hasanov S. Umumiy pedagogika. T., 2013 y.
2. Avliyaqulov N., Musaeva N. Pedagogik texnologiyalar. T., 2008 y.
3. Zunnunov A., Maxkamov U., Didaktika (Ta'lim nazariyasi). O.O'Yu uchun 
qo'llanma.T., Sharq, 2006y.
4. Mavlonova R. , Vohidova N. , Rahmonqulova N. Pedagogika nazariyasi va
tarixi. „Fan-texnologiya" T., 2010y.
5. Mahmudov A.X. Uzluksiz ta'lim jarayoniga kompetentlik yondoshuvini joriy 
qilishning didaktik asoslari // Uzluksiz ta'lim. 2012y. №4 . 8-12 betlar 6. Tolipov O'.No'monova N.Ta'lim-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik 
texnologiyalar. G'G' Xalq ta'limi.-Toshkent, 2002.-N 3.
7. Choriev R. Yangi pedagogik texnologiyalar - ta'lim - tarbiya sifat va 
samaradorlik omili.

MAVZU: DIDAKTIK O’YINLAR REJA:  1 Didaktik o’yin turlari  2 Didaktik o’yin olib borishga doir talablar  3 Didaktik o’yin qoidalari Didaktik o'yinlarning turlari

Annotatsiya: Ushbu maqolaning mazmuni bo'lajak musiqa o'qituvchilarining qiziqish va faollik darajasini oshiradigan didaktik o'yinlarga bag'ishlangan. O'yin usullari o'quv materialini mustahkam o'zlashtirishga yordam beradi, dunyoqarashni kengaytiradi, ijodiy fikrlashni, badiiy tasavvurni, xotirani, kuzatishni, sezgini rivojlantiradi. Kalit so'zlar: o'yin usullari, ijodiy fikrlash, badiiy tasavvur, musiqa o'qituvchisi, dunyoqarash, sezgi, qiziqish, o'quv materiali, didaktik o'yinlar. Types of didactic games and requirements for their conduct Azimova Egambergan kizi Rakhimova Tashkent State Pedagogical University named after Nizami Abstract: The content of this article is devoted to didactic games which increase the interest and activity level of future music teachers. Playful methods contribute to the long-term learning of educational material, broaden the outlook, develop creative thinking, artistic imagination, memory, observation and intuition. Keywords: game methods, creative thinking, artistic imagination, music teacher, outlook, intuition, interest, educational material, didactic games Ilg'or texnologiyalarning keng o'zlashtirilishi, uzluksiz ta'limni fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvi, o'quvchilarning musiqa qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda musiqiy ta'limga tabaqalashtirilgan yondashuvning joriy etilishi hamda musiqiy ta'lim berishning ilg'or pedagogik texnologiyalari va zamonaviy o'quv - uslubiy majmualarning yaratilishi pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish tizimini takomillashtirishda bo'lajak musiqa o'qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga asos bo'lmoqda. Binobarin, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: Biz ta'lim va tarbiya tizimining barcha bo'g'inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o'zimining birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz, alohida qayd qilib o'tgan1.

1 Shavkat Mirziyoyev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining Bu o'z navbatida pedagoglarning jahon miqyosdagi yutuqlarni, ilmiy asoslangan innovatsiyalarni tadbiq etgan holda pedagogik jarayonlarni ilmiy asosda tashkil etish va boshqarish, shuningdek, pedagogik jarayonlarning samaradorligini ta'minlashga xizmat qiluvchi didaktik o'yinlardan foydalanish bo'lajak musiqa o'qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Didaktik o'yinlarning asosiy turlari intellektual (aqliy) va harakatli hamda aralash o'yinlardan iborat. Bu o'yinlar ishtirokchilarda aqliy - jismoniy, axloqiy, psixologik, estetik, badiiy tadbirkorlik, mehnat va boshqa ko'nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Musiqiy ta'lim tarbiya jarayonida asosan talabalarda musiqiy ta'lim olish motivlarini ularning turli yo'nalishdagi qobilyat va qiziqishlarini oshiradigan musiqa o'qituvchi kasbga moyilliklarini ko'rsatadigan didaktik o'yinlardan foydalaniladi. Didaktik o'yinlar nazariy, amaliy, rolli, ishchanlik va boshqa yo'nalishlar bo'yicha turlarga ajratiladi. Hozirda kompyuter vositasidagi didaktik o'yinlardan foydalaniladi va alohida o'ringa ega bo'lib bormoqda. Umumiy o'yinlar nazariyasiga ko'ra mavjud barcha o'yin turlarini tasniflashda ularni funksional mavzuli konstruktiv, didaktik, sport va harbiy o'yinlarga ishlatiladi. Bularning orasida didaktik o'yinlar musiqiy ta'lim - tarbiya vazifalarini amalga oshirish imkoniyatini borishi bilan alohida o'ringa ega. O'yinlar maktabgacha va maktab yoshdagi bolalarning asosiy faoliyat shakllari hisoblanadi. Bu esa pedagogika oliy o'quv yurtlarida bo'lajak musiqa o'qituvchilarni va olimlar tomonidan shu yosh davridagi o'yinlarning musiqa ta'lim - tarbiyaviy ahamiyatini o'rganish va yanada oshirish bo'yicha tadqiqot olib borishiga asos bo'ldi. Natijada oldingi asrning 60-yillari boshida AQSH so'ngra boshqa G'arb mamlakatlarida ishchanlik o'yinlari qo'llanila boshlandi.

Ishchanlik o'yinlari tadqiqotchilari bu usulni eng asosiy samarali va tejamli ta'lim metodlaridan iborat deb takidlaganlar. Didaktik o'yinlarning yana bir turi aqliy hujum usulini birinchi marta 1939 - yilda A.F.Osborn qo'llagan. Bu usulni g'oyalar banki deb ham nomlagan. U muammolarni quyidagicha yechishga asoslanadi: - muammoli vaziyat yaratish; - g'oyalarni shakllantirish; - eng yaxshi g'oyalarni tekshirish, baxolash va tanlash. Ishchanlik o'yin darsi - dars mavzusi bo'yicha masalalarni hal etish jarayonida o'quvchilarning faol ishtirok etishini ta'minlash orqali yangi bilimlarni o'zlashtirish mashqi. Ro 'lli o 'yin darsi - dars mavzusi bo'yicha masalalarni o'rganishda o'quvchilarga oldindan ma'lum rollarni taqsimlash va dars jarayonida shu ro'lni bajarishlarini tashkil etish asosida bilimlarni mustaxkamlash darsi. garovi. (O'zbekiston Respublikasi Konstitusiya qabul qilinganinig 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruza.T., 2017 y. 22 bet Teatrlashtirilgan dars - dars mavzusi bilan bog'liq sahna ko'rinishlari tashkil etish orqali dars mavzusi bo'yicha chuqur, aniq ma'lumotlar berish darsi. Kompyuter darsi - tegishli o'quv fani bo'yicha dars mavzusiga doir kompyuter materiallari ( multimediya, virtual o'quv kursi va shu kabilar ) asosida o'tiladigan dars. Kim oshdi savdosi darsi - o'quv fani ayrim bo'limi bo'yicha bilimlarni har bir o'quvchi qanchalik ko'p bilishini namoyish etish darsi. Yamarka darsi - dars mavzusini bo'laklar bo'yicha oldindan o'zlashtirish o'quvchilarning o'zaro muloqat asosida sinfga qiziqarli tushuntirish orqali o'tiladigan dars.

Tayanch tushunchalar darsi - o'quvchilarning musiqa savodi faoliyatidan tayanch tushunchalarni puxta o'zlashtirishlari bo'yicha turli o'yinlar shaklidagi mashqlar o'tkazish darsi. O'yin darsi - dars mavzusiga mos o'yin orqali o'quvchilarning o'zlashtirishlarini tashkil etish darsi. Sud darsi - o'quvchilar bilan dars mavzusiga mos "sud" jarayonini tashkil etish orqali yangi mavzuni tashkillashtirish darsi. Konsert darsi - dars mavzusini sahnalashtirgan holdagi konsert shaklida ifodalash mashqlari bo'lib, o'quvchilarni faollashtirish va bilimini mustahkamlash imkoniyatini beradi. Tergovchi bilimdonlar olib boradigan darsi - dars mavzusini oldindan puxta o'rgangan o'quvchilar yordamida qiziqarli savol - javoblar, tahlillar asosida isbotlab, tushuntirish mashqlari bo'lib, bunda o'quvchilar dars mavzusini o'zlashtirib eslab qolishlari uchun qulaylik yaratadilar. Integral (integratsiyalangan) dars - bir nechta(musiqa, tarix, adabiyot va h.q.) fanlarga doir integratsiyalash uchun qulay bo'lgan mavzular bo'yicha tashkil qilingan dars bo'lib, o'quvchilarning turli fanlarga qiziqishlarini orttirib musiqiy ta'lim jarayonidagi faolliklarini taminlaydi. Bunday darslar o'quvchilarga fanlararo bog'liqlikni o'rgatish orqali ularda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish ijodiy tafakkurlarni rivojlantirishga hizmat qiladi. Mo'jizalar maydoni darsi o'quvchilar bilan o'tkaziladigan qiziqarli o'yinlar bo'lib turli savollarga belgilangan vaqt davomida to'g'ri javoblar topish va g'oliblarni rag'batlantirish orqali o'quvchilarda fikrlash, topqirlik va ziyraklik, bilimlarni kengaytirib borish sifatlarini shakllantiradi. Didaktik o'yinli mashg'ulotlarni talabalarning bilim olish va o'yin faoliyatining uyg'unligiga qarab syujetli- rolli o'yinlar, ijodiy o'yinlar, ishbilarmonlar o'yinli, konfrensiyalar o'yin mashqlariga ajratish mumkin. O'qituvchi - pedagog avval talabalarni individual (yakka tartibdagi) so'ngra guruhli o'yinlarga tayyorlashi va uni o'tkazishi, o'yin