Masofali o‘qitish metodlari va modellari, ularning turlari
Masofali o‘qitish metodlari va modellari, ularning turlari. Reja: 1. Masofali o‘qitish metodlari va modellari. 2. Masofali o’qitish metodlari va uning turlari. 3. Amaliy ishlanmalar.
Masofaviy ta’lim (lotincha “distanstiya” – masofadan foydalanish) o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi to’g’ridan-to’g’ri, shaxsiy aloqasiz “masofadan o’qitish” imkonini yaratib beruvchi zamonaviy axborot va telekommunikastion texnologiyalardan foydalanish bo’lib, unga ko’ra ta’lim jarayoni yangi axborot texnologiyalari, multimedia tizimi yordamida tashkil etiladi. U O’quv fanlari bo’yicha o’zlashtirish samaradorligini ta’minlash; idrok etish qobiliyatini rivojlantirish kabi imkoniyatlarga ega. Kompyuter ta’limi masofaviy ta’limning o’ziga xos turi sanaladi. Masofaviy ta’lim metodi o’z tarkibiga birqancha ta’lim shakllarini oladi. Ulardan ayrimlarini ko’rib chiqamiz. Internet konferensiyalar – ta’lim metodi Internet konferenstiyalar – bu muayyan muammoni hal qilayotgan guruh ishtirokchilarining Internet tarmog’i orqali konferenst aloqasi yordamida o’zaro axborot almashinishi jarayonidir. Tabiiyki, bu texnologiyadan foydalanish huquqiga shaxslar doirasi cheklangan bo’ladi. Adabiyotlarda telekonferenstiya atamasini ko’p uchratish mumkin. Telekonferenstiya o’z ichiga konferenstiyalarning uch turini : audio, video va kompyuter konferenstiyalarini oladi. Kompyuter konferenstiyasi ishtirokchilari soni audio va videokonferensiyalar ishtirokchilari sonidan ancha ko’p bo’lishi mumkin. Audiokonferensiyalar Ular tashkilot yoki firmaning hududiy jihatdan uzoqda joylashgan xodimlari yoki bo’linmalari o’rtasida kommunikastiyalarii saqlab turish uchun audioaloqadan foydalanadi. Ikkitadan ko’p ishtirokchi so’zlashuvda qatnashishini ta’minlaydigan qo’shimcha qurilmalar bilan jihozlangan telefon aloqasi tizimi audiokonferenstiyalarni o’tkazish uchun qo’llaniladigan eng
oddiy texnika vositasi hisoblanadi. Audiokonferenstiyalarni tashkil etish kompyuter bo’lishini talab etmaydi, faqatgina uning ishtirokchilari o’rtasida ikki tomonlama audioaloqadan foydalanishni ko’zda tutadi. Audiokonferenstiyalardan foydalanish qarorlar qabul qilish jarayonini engillashtiradi, u arzon ham qulay. Videokonferensiyalar Videokonferensiyalar ham audiokonferenstiyalar qanday maqsadlarga mo’ljallangan bo’lsa, shunday maqsadlarga mo’ljallangan, lekin bunda videoapparatura qo’llaniladi. Videokonferensiya – bu shunday kompyuter texnologiyasiki, u orqali foydalanuvchi shaxslar bir-birlarini real vaqtda ko’radi, eshitadi va ma’lumotlar bilan almashadi. Videokonferensiyani o’tkazish kompyuter va monitorlar bo’lishini talab etadi. Masofadan turib muloqotning videokonferensiya shakli 1964 yilda AT&T kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Videophone (real vaqtda ovoz va tasvirni almashish) qurilmasidan boshlanadi. Bu qurilma yordamida ishtirokchilarning masofadan bir- birlariny real vaqtda ko’rib turgan holda muloqotlarini tashkil qilingan. Videokonferensiya jarayonida bir-biridan ancha uzoq masofada bo’lgan uning ishtirokchilari ekranda o’zlarini va boshqa ishtirokchilarni ko’rib turadilar. Televizion tasvir bilan bir vaqtda ovoz ham eshitilib turadi. Masofadan videokonferensiya tizimi – matnli axborotlar almashish, fayllar almashish imkonini beradi. Shunisi bilan videokonferensiya shaklida masofadan turib interfaol o’qitish tizimi Internet yoki lokal tarmoq orqali o’qitishdan hamda radio yoki televidenie orqali ma’ruza o’qishdan farq qiladi. Videokonferensiyada tashqi elektron doskadan foydalanilganda o’qituvchi doskaga yozadi va uni videokonferensiya aloqasi ko’magida boshqa auditoriya tinglovchilariga ko’rsatiladi.
Elektron doskadan masofadan o’qitish tizimi foydalanuvchilari bir xil foydalanishlari mumkin, ya’ni bir doskaga chizilgan rasm boshqa auditoriyadagi doskalarda ham ko’rsatiladi. Dars olib borish jarayonida videokamera avtomat tarzda ma’ruza o’qiyotgan professor, talaba yoki savol beruvchi tomonga buriladi. Videokonferensiya o’tkazish uchun asosan ikkita shartni bajarish lozim: a) videokonferensiyani amalga oshirish uchun zarur bo’lgan kompyuter (texnik) qurilmalari; b) videokonferensiyani o’tkazish talabiga javob beruvchi aloqa kanallaridan foydalangan holda muloqotga chiquvchilar bilan bog’lanish. Videokonferensiyalar transport va xizmat safari harajatlarini ancha qisqartirish imkonini beradi. Bunda uzoqda joylashgan ta’lim oluvchilarda ta’limni o’zlashtirish samaradorligi oshadi. FORUMLAR – TA’LIM METODI Forum tushunchasi. Internet tarmog’ida forumlar veb-sayt ko’rinishida bo’ladi va Veb-forum deb ataladi. Veb-forum – veb- sayt tashrif buyuruvchilarining o’zaro muloqotini tashkil etish uchun mo’ljallangan veb- sayt sahifalari va uskunalari majmui. Qisqacha aytganda, forum bu veb- saytning tashrif buyuruvchilari muloqot o’rnatadigan maydonchasi. Bunda ixtiyoriy foydalanuvchi forum veb-saytiga tashrif buyurib, o’zini qiziqtirgan mavzuni o’rtaga tashlashi va veb-saytning boshqa tashrif buyuruvchilari bilan muhokama qilishlari mumkin. Forum muloqotning yana bir oddiy turi bo’lib, bu muloqotda ixtiyoriy vaqtda ixtiyoriy joydan qatnashish ham mumkin. Forumni o’tkazishda biror mavzu tanlanadi va u muhokamaga qo’yiladi. Qatnashuvchilar muzokara jarayoni bilan tanishib, o’z fikrlarini jo’natishlari mumkin. Bu usulda siz muhokamada qatnashayotganlarni ko’rmaysiz, faqatgina ularning fikrlari
bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Forumda turli-tuman mavzular muhokama qilinadi. Bunda siz biror mavzuni tanlab, ularning muhokamasida ishtirok etishingiz mumkin. Milliy va xalqaro internet forumlari. Internet forumlari alohida yo’nalishlarga ixtisoslashgan yoki umumiy bo’lishi mumkin. Ixtisoslashgan Internet forumlariga medistina, dasturlash texnologiyalari, dizayn va moda, kompyuter o’yinlari va transport vositalariga bag’ishlangan forumlar misol bo’ladi. Ixtisoslashgan forumlarda faqatgina mo’ljallangan sohaga oid mavzular muhokama qilinadi, umumiy forumlarda esa, ixtiyoriy mavzuni o’rtaga tashlash mumkin. Xalqaro forumlar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: o Medicinform.ru forumi — ushbu forum tibbiyot sohasiga ixtisoslashgan bo’lib, u orqali kasalliklar va ularni davolash, dori vositalari va ularni to’g’ri qo’llash hamda tibbiyot bo’yicha yuridik maslahat olish mumkin. o Progz.ru forumi – ushbu forum dasturlash texnologiyalaridan foydalanish, kompyuter dasturiy vositalarini ishlab chiqish va dasturlash bilan bog’liq yuzaga kelgan muammolarni muhokama qilishga mo’ljallangan. o Avtomobili.ru forumi – ushbu forum avtomobil ishqibozlari forumi bo’lib, unda avtomobillar brendlari, markalari va turlari hamda ularni ta’mirlash va xizmat ko’rsatish bilan bog’liq masalalarni muhokama qilish mumkin. o Stopforum.ru forumi – bu kompyuter o’yinlari forumidir. Bunda o’yinlarning turlari, ularni o’ynash sirlari va yuzaga kelgan muammolar muhokama qilinadi. o WildDesign.ru forumi — bu forumda dizayn, moda va tasviriy san’at ixlosmandlari va ijodkorlari fikr almashishadi. Bundan tashqari ijodkorlar asarlaridan baxramand bo’lish mumkin.