logo

Metall turlari va ularning xususiyatlari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

70.7158203125 KB
M etall turlari va ularning xususiyatlari
Reja:
1. Metall ar to‘g’risida umumiy ma’lumotlar.
2. Metallarni ng  xalq xo‘jaligida, texnikada ishlatilishi va qo‘llanilishi .
3. Metallarning fizik, mexanik va texnologik xossalari   Metall ar to‘g’risida umumiy ma’lumotlar.
Metallar   (yun.   metalleuo   —   qaziyman,   yerdan   qazib   olaman)   —   oddiy
sharoitda   yuqori   elektr   o tkazuvchanligi,   issiq   o tkazuvchanligi,   elektrʻ ʻ
o tkazuvchanligi,   elektr   magnit   to lqinlarini   yaxshi   qaytarishi,   plastikligi   kabi	
ʻ ʻ
o ziga   xos   xususiyatlarga   ega   bo lgan   oddiy   moddalar.   Metallar   qattiq   holatda
ʻ ʻ
kristall   tuzilishda   bo ladi.   Bug   holatida   esa   bir   atomlidir.   Metallarning   oksidlari	
ʻ ʻ
suv   bilan   birikkanida   ko pincha   gidroksidlar   (asoslar)   ga   aylanadi.   Metallar	
ʻ
elektron tuzilishi tu-fayligina yuqorida aytib o tilgan o ziga xos xususiyatlarga ega.	
ʻ ʻ
D.I.   Mendeleevning   elementlar   davriy   sistemasi   o‘z   ichiga   109   kimyoviy
elementni   oladi.   Tabiatda   89   element   tabiy   holda   uchraydi,   qolganlari   su’niy
ravishda   yadro   reaksiyalari   natijasida   olinadi.   Kimyoviy   elementlarni   metal   va
metalmaslarga ajratish qabul qilingan. Metalmaslarga quyidagi 19 element kiradi:
vodorod   (N
2 ),   bor   (V),   uglerod   (S),   kremniy   (Si),   azot   (N),   fosfor   (R),   kislorod
(O
2 ),   oltingugurt   (S),   ftor   (F),   xlor   (Cl),   borm   (Br),   yod   (J),   astat   (At),   va   inert
gazlar:  galiy (Ne), neon (Ne), argon (Ar), kripton (Kr), ksenon (Xe), radon (Rn).
Qolgan   86   element   metallik   xususiyatlarga   egadir.   Metallik   holatini   metallik
yaltiroqligi va shaffofligi, yuqori issiqlik va elektr o‘tkazuvchanlik, egiluvchanlik,
kristall   tuzilishi,   och   va   to‘q   kulrang   rangi   kabi   umumiy   xususiyatlar   belgilaydi.
Bundan   tashqari   tipik   metallar   uchun   elektr   o‘tkazuvchanlikni   haroratga
bog’liqligi:   harorat   oshishi   bilan   elektr   o‘tkazuvchanligi   kamayishi   kabi   umumiy
xusususiyatlar mavjud.
Metallarni ng  xalq xo‘jaligida, texnikada ishlatilishi va qo‘llanilishi
Ishlatilishi jihatdan tarixi atigi ikki asrga teng bo‘lgan   alyuminiy   egallaydi.
Alyuminiyning   kichik  zichligi,   yuqori   qattiqlikka  ega   bo‘lgandagi   egiluvchanligi,
korroziyaga   bardoshligi   kabi   xususiyatlari   Yangi   texnika   yaratuvchilarni   –
konstruktorlarni   diqqatini   jalb   qilmoqda.   Elektr   va   isiqlik   o‘tkazuvchanligi
bo‘yicha u faqatgina misdan keyin turadi. Boshqa metallar (Si, Mg, Be, Ti, Cu, Ni)
bilan legirlanishi va termik ishlov berilganda qattiqligi va muustahkamligi jihatdan alyuminiydan   ancha   ustun   bo‘lgan   turli   qotishmalar   olish   mumkin.   Bunday
xususiyatlari   uchun   alyuminiy   aviasiya   va   raketasozlik   sanoatidagi   asosiy   metall
hisoblanadi. Alyuminiyning raketalardagi ulushi teng yarimni, fukaro aviasiyasida
esa 2/3 yoki 3/4 qismni tashkil etadi. Boshqa transport vositalarida ham alyuminiy
ulushi   uzluksiz   ortib   bormoqda.   Alminiyning   eng   yirik   iste’molchisi   uzatkich,
kabel,   transformator   o‘ramlari,   kondensatorlar   ishlab   chiqaradigan   elektrotexnika
sanoati hisoblanadi. Alyuminiyning korroziyaga chidamligi uning yuzasida yupqa
oksid   qavat   hosil   bo‘lishi   va   bu   metallni   keyingi   havo   bilan   oksidlanishidan
saqlashi   bilan   izohlanadi.   Alyuminiy   po‘latdan   kislorodni   tortib   oluvchi
qaytaruvchi   va   ko‘pgina   metall   va   qotishmalar   olish   uchun   ishlatiladigan
alyumotermik usulda faol kimyoviy element sifatida metallurgiyada ishlatiladi.
Uchinchi o‘rinda ishlab chiqarilishi va ishlatilishi jihatdan   mis   turadi. Mis -
yuqori   elektr   o‘tkazuvchanlikka   ega   bo‘lgan   elektrotexnikadagi   asosiy   metal
hisoblanadi.   Yaxshi   bolg’alanuvchan   va   yuqori   o‘tkazuvchanlik   qobiliyatiga   ega
bo‘lgani   uchun   o‘tkazgich,   kabel,   kontakt   kabi   tok   o‘tkazuvchan   mahsulotlar
ishlab chiqarishda mis eng ma’qul metall hisoblanadi. Misning o‘ta yuqori issiqlik
o‘tkazuvchanligi   uni   isitgich,   sovutgich   va   boshqa   ko‘plab   issiqlik   o‘tkazuvchi
qurilmalar  ishlab  chiqarishda  almashtirib  bo‘lmaydigan  qilib qo‘ydi. Misning   rux
bilan   (latun)   va   qalay   bilan   (bronza)   qotishmalari   keng   tarqaldi.   Misning   nikel
bilan qotishmasi tanga (pul belgisi) ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
Nikel . Ochilgandan so‘ng 150 yil  davomida uning sanoat  miqyosida ishlab
chiqarilishi   yo‘lga   qo‘yilmadi.   XIX   asr   ikkinchi   yarmida,   po‘latni   sifatini
yaxshilaydigan   nikel   xossalari   ochilgandan   so‘ng,   uning   ishlab   chiqarilishi   tez
sur’atlar  bilan o‘sdi. Nikelning 70%  ga yaqini  o‘tga  chidamli  va zanglamaydigan
po‘lat   ishlab   chiqarishga   sarflanadi.   Nikel   boshqa   metallar   bilan   birga   qattiq   va
o‘ta   qattiq   po‘latlar   tarkibiga   kiradi.   Texnikada   tarkibida   nikel   bo‘lgan   3000   ga
yaqin qotishma ishlatiladi. Nikel ayirim kimyoviy jarayonlarda katalizator, boshqa
metallarni bezaydigan va korroziyadan saqlash uchun qoplama sifatida ishlatiladi.
Sanoatda ishqorli temir – nikeli akkumulyatorlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Rux   temirdan   yasalgan   detallarni   korroziyadan   saqlash   uchun   qoplamalar
sifatida,   elektr   batareyalarini   ishlab   chiqarishda,   sinilli   eritmalardan   oltin   va
kumushni   cho‘ktiruvchi   vazifasida,   mis   va   bir   qancha   metallarni   qotishmalarini
ishlab chiqarishda keng qo‘llanadi.
Qo‘rg’oshin   uchdan   bir   qismi   avtomobil   va   boshqa   transport   vositalari
uchun   elektr   akkumulyatorlar   ishlab   chiqarishda   ishlatidadi.   Qo‘rg’oshin
plastinalari   nurlanishdan   (rentgen,   radiaktiv   izotoplarini   nurlari)   himoyalanish
maqsadida   xonalarni   pardozlashda,   ko‘pchilik   kimyoviy   reaktorlarni   (bir   qator
kislota   va   ishqorlarga   qarshi   yuqori   bardoshliligini   hisobiga)   ichki   tomonini
qoplashda keng qo‘llanadi.  
Magniy ning   boshqa   metallardan   farq   qiladigan   muhim   xususiyati   kichik
zichligi - 1,74 g/sm 3
 hisoblanadi. Olimlar magniy ishtirok etgan engil, mustahkam,
issiqqa bardoshli bir qator qotishmalar kashf etishga muvaffaq bulishdi. Magniyni
legirlash uchun Ti, Au, Be, Li, Cd, Ce kabi metallar ishlatiladi.
O‘zining   kimyoviy   barqarorligi,   tashqi   ko‘rinishi   jozibadorligi   va   yuqori
baholanishi   sababli   oltin   va   kumush     mahsulot   –   pul   muomalasi   rivojlanish
davrida,   narx   -   qiymatini   belgilaydigan   pul   vazifasini   bajara   boshladi.   Kumush
Kime   sanoatida   bir   qator   kimyoviy   jarayonlarni   tezlashtiradigan   katalizator,   foto
va   kino   sanoatida   yrug’lik   sezuvchan   emulsiyalar   ishlab   chiqarishda   ishlatila
boshlandi. Hozirgi vaqtda oltin va kumush yuvelir mahsulotlari ishlab chiqarishdan
tashqari   ishonchli   oksidlanmaydigan   elementlar   sifatida   elektron   qurilmalarda
ishlatila boshlandi. XX asr o‘rtasidagi texnika inqilobi natijasida yangi jarayonlar,
texnologiyalar,   sanoatning   elektronika,   yadro   energetikasi,   raketa   –   kosmik
komplekslar kabi tarmoqlari paydo bo‘ldi. Ularni hayotga tatbiq qilish uchun yangi
xususiyatlar va xossalarga ega Y a ngi materiallar talab etilardi.
Volfram   va   molibden     kabi   qiyin   eriydigan   metallar   elektr   pechlarida
isitgich,   elektr   va   yorug’lik   lampalari   qismlari,   elektr   kontaktlar,   buyoqlar,
moylash   materiallari   ishlab   chiqarishda   ishlatiladi.   Biroq   bu   metallarning   asosiy
qismi   asbobsoz,   tez   kesar,   o‘tga   chidamli,   emirilishga   chidamli,   kislota   bardoshli
va boshqa turdagi legirlangan po‘latlar olishga yo‘naltiriladi. Titan     asosidagi   qotishmalar   yuqori   solishtirma   mustahkamlikka   ega,
shuning   uchun   uni   asosiy   ishlatadigan   soha   reaktiv   aviasiya   va   raketa   –   kosmik
texnika   bo‘lib   qoldi.   So‘nggi   vaqtda   titanli   qotishmalar   kemasozlik,   kimyoviy
mashinasozlik,   tibbiyot   uskunalari   ishlab   chiqarishda   ishlatila   boshlandi.   Titan
karbidi qattiq asbobsozlik qotishmalari tarkibiga kiradi.
Sirkoniy   yadro   reaktorlari   elementlarini   tayyorlashda   eng   mos   material
bo‘lib   qoldi.   Elektronikada   sirkoniyni   gazlarni   yaxshi   yutishi   evaziga   elektron
qurilmalarda   yuqori   vakuum   saqlab   turish   qobiliyatidan   foydalaniladi.   ZrO
2   va
ZrSiO
4   ko‘rinishida   sirkoniy   yarmidan   ortig’i   o‘tga   chidamli   materiallar,   farfor,
emal, shisha ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Tantal   va   niobiy     radioelektronika   va   elektrotexnikada,   o‘tga   chidamli,
qattiq   qotishmalar   ishlab   chiqarishda,   atom   energetikasida,   kimyoviy
mashinasozlikda ishlatiladi.
Reniy.   Asosan kimyo va neft sanoatidagi kimyoviy jarayonlarda katalizator
vazifasida   ishlatiladi.   Reniyning   ko‘p   miqdori   o‘tga   chidamli,   qattiq   qotishmalar
olishga yo‘naltiriladi.Noyob   er–metallari	  -     metall,   qotishma,   kimyoviy   birikmalar	
ko‘rinishida   qora   va   rangli   metallurgiyada,   shisha   va   keramika   sanoatida,
atom   energetikasida   ishlatiladi.   Noyob   er   –   metallarini   ishlatilishi
cheklanmagan   va   lantanoid,   uning   qotishmalari   va   birikmalarini   xossalari
o‘rganilishi kengayishi bilan yangi ishlatilish sohalari yaratilmoqda.
Metallarning fizik, mexanik va texnologik xossalari   
Bizga ma’lumki, metall va qotishmalar bir-biridan ma’lum bir o‘zlariga xos
xususiyatlari   bilan   ajralib   turadi.   Shuning   uchun   ulardan   buyum   va   dyetallar
tayyorlashda ma’lum xossalariga asosan tanlab olinadi.
Metall   va   qotishmalarning   xossalarini   shartli   ravishda   fizikaviy,   kimyoviy,
mexanikaviy   va   texnologik   xossalarga   bo‘lish   mumkin.   Ana   shu   xossalarni
qisqacha ko‘rib o‘tamiz:
Metall   va   qotishmalarning   fizikaviy   xossalari.   Bunga   ularning   zichligi
(solishtirma   og’irligi),   suyuqlanuvchanligi,   issiqlikdan   kyengayuvchanligi,
suyuqlanishda   hajmining   o‘zgarishi,   issiqlik   sig’imi,   issiqlik   o‘tkazuvchanligi   va
magnit   xossalari   kiradi.   Metall   va   qotishmalarning   fizikaviy   xossalarining namoyon bo‘lishiga olib boradigan hodisalar (qizish, elektr tokining o‘tishi va shu
kabilar) vaqtida moddaning kimyoviy tarkibi o‘zgarmaydi. 
Metallar   va   qotishmalarning   zichligi   deb   hajm   birligidagi   (og’irlikka)
aytiladi, ya’ni: ρ=	М
v
    yoki    	d=	G
v
Zichlikning   o‘lchov   birligi   SI   da      	
кг
м3   da   o‘lchanadi,   ayrim   hollarda   g/sm 3
kattalikdan   foydalaniladi   (ko‘p   hollarda   N/m 3
  dan   ham   foydalaniladi).   Metall   va
qotishmalarning zichligi ularning tabiatiga qarab har xil bo‘ladi.
Metall   va   qotishmalarning   qattiq   holatdan   suyuq   holatga   o‘tishi   ularning
suyuqlanishi   deb,   shu   vaqtdagi   harorat   esa   suyuqlanish   harorati   deyiladi.   Bu
suyuqlanish harorati har xil metallar va qotishmalar uchun har xil bo‘ladi. 
Metall   va   qotishmalarning   haroratini   oshirganimizda   ularning   o‘lchamlari
turlicha   o‘zgaradi,   ya’ni   ular   kyengayadi.   Metall   va   qotishmalarning   issiqlikdan
kengayishini   haraktyerlovchi   kattalik   issiqlikdan   kengayish   koeffitsiyenti   bo‘lib
hisoblanadi. 
Issiqlikdan   kengayish   koeffitsiyenti   ikki   xil   bo‘ladi:   chiziqli   kengayish
koeffitsiyenti   va   hajmiy   kengayish   koeffitsiyenti.   (  )-chiziqli   kengayish
koeffitsiyenti.    -metall   va   qotishmaning   haroratini   1 0
  S   ga   oshirganda   uning
chiziqli o‘lchamlari qanchagacha o‘zgarishini ko‘rsatadi, ya’ni
              	
d=	Δℓ
ℓ0Δt          (o‘lchov birligi 	
1
град )
bunda 	
Δ l=l
t -l
0  va 	Δ t=t-t
0  bunda  t
0  va  l
0  boshlang’ich harorat va chiziqli o‘lcham,  l
t
va  t  kyeyingi chiziqli o‘lcham va harorat.
Metall   va   qotishmalarning   issiqlikdan   hajmiy   kengayish   koeffitsiyenti    ,
ularni 1 0
 S ga qizdirganda hajmi qanchaga o‘zgarishini ko‘rsatadi, ya’ni	
β=	Δv
V0Δt
(o‘lchov birligi 	
1
град )
bunda 	
Δ v=v-v
o  va 	Δ t=t-t.  	Δ v  - oxirgi va boshlang’ich hajmlarning farqi.
Metall   va   qotishmalarning   issiqdan   chiziqli   va   hajmiy   kengayish
koeffitsiyenti ularning turiga qarab har xil bo‘ladi. 
Metall va qotishmalarning chiziqli va hajmiy kengayish koeffitsiyentlari ish
vaqtida qiziydigan dyetallarni hisoblashda katta ahamiyatga ega.  Metall va qotishmalarning suyuqlanishida hajmining o‘zgarish koeffitsiyenti
  orqali byelgilanadi:            γ=	Δv
V0
⋅100 %
Bu koeffitsiyent metall va qotishmalardan zagatovka yoki dyetallar quyishda
ishlatiladigan qoliplar uchun modyellar va styerjyen yashiklar tayyorlashda albatta
hisobga olinishi kyerak. 
Metall va qotishmalarning qizdirilganda o‘zidan issiqlikni o‘tkazishi  issiqlik
o‘tkazuvchanligi  deb ataladi va solishtirma issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti  
bilan   xaraktyerlanadi,   hamda   turli   moddalar   uchun   har   xil   qiymatga   ega.   Metall
yoki qotishmaning bir-biridan 1 sm oraliqda turgan har birining yuzi 1 sm 2 
bo‘lgan
ikkita   ko‘ndalang   kyesimi   orasidan   1   syek.   davomida   o‘tgan   issiqlik   miqdoriga
solishtirma issiqlik o‘tkazuvchanlik  deyiladi. 
Metall   va   qotishmalarning   elektr   o‘tkazuvchanlik   darajasi   ularning   elektr
o‘tkazuvchanligi   deb   ataladi   va   bu   xususiyati   solishtirma   elektr   o‘tkazuvchanligi
dyegan   koeffitsiyent,   ya’ni   kattalik   bilan   xaraktyerlanadi.   Solishtirma   elektr
o‘tkazuvchanligi solishtirma elektr qarshiligi (  ) ga tyeskari kattalikdir, ya’ni agar	
ρ=	R
ls
  bo‘lsa, solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik   	1
ρ        bo‘ladi. SI da solishtirma
elektr qarshiligi   	
ом⋅мм	2	
М   da o‘lchanadi. Turli metall va qotishmalar uchun      ning
qiymati har xil bo‘ladi.
Metallarning mexanik xossalari.
  Metall va qotishmalarning cho‘zuvchi kuchlarga qarshilik qilish xususiyati
ularning   cho‘zilishdagi   mustahkamligi   deyiladi.   Metallarning   cho‘zilishdagi
mustahkamligini   sinashda   ularning   elastiklik   moduli,   elastiklik   chyegarasi,
proportsionallik   chyegarasi,   oquvchanlik   chyegarasi,   mustahkamlik   chyegarasi,
nisbiy torayishi (ingichkalanishi) aniqlanadi.    
Metall   va   qotishmalarning   cho‘zilishdagi   mustahkamligini   sinab   ko‘rish
uchun   ulardan   ma’lum   shakldagi   va   o‘lchamdagi   namunalar   GOST   talablariga
asosan, doiraviy kyesimli (silindrik) yoki to‘g’ri to‘rtburchak kyesimli (yassi) qilib
tayyorlanadi.
Silinrik   namunalar   tokarlik   dastgohlarida   ish   qismining   diamyetri   (d
o )
d
o =10-20 mm , hisoblash uzunligi  l
o =100  yoki  200 (l
o =10d
0 )  qilib tayyorlanadi.
Yassi   namunalar   fryezyerlash   dastgohlarida   polosa   yoki   list   holidagi
metalldan tayyorlanadi, namunaning qalinligi  a
0 =0,5-25 mm  gacha, eni esa  v
0 =10- 30   mm   gacha   bo‘ladi.   Bu   o‘lchamlar   namunaning   kuch   ta’sir   qiladigan   ishchi
qismiga   taalluqlidir.   Namunalarning   mashina   qisqichlariga   mahkamlanadigan
kallaklari   va   o‘tish   qismlari   ham   ma’lum   o‘lchamlarda   qilib   yasaladi.
Namunalarning ish qismi aniq ishlanadi va silliqlanadi.
Har   qanday   namunalarning   umumiy   uzunligi   (L),   ish   uzunligi   (l)   va
hisoblash uzunligi (l
o ) bo‘ladi. Namunalar maxsus mashinalarda sinab ko‘riladi. 
Mashina   qisqichlariga   mahkamlangan   namunaga   cho‘zish   kuchi   ta’sir
ettirilganda,   unda   qoldiq   dyeformatsiya   hosil   bo‘la   boshlash   paytiga   to‘g’ri
kyeladigan kuchlanish  elastik chyegarasi  deb aytiladi va  
E  bilan byelgilanadi.

e =Рэ
Fo
,      	[	кг
мм	2,  SI da  	Н
М	2ёки	МН
М	2]
Bunda   P
e   -   elastiklik   chyegarasiga   to‘g’ri   kyeladigan   nagruzka   (kuch);   F
o   -
namunaning sinashdan oldingi ko‘ndalang kyesim yuzasi.
Elastiklik   chyegarasigacha   kuchlanishga   proportsional   ravishda   uzayish
ortib   boradi.   Namunaning   uzayishi   bilan   nagruzka   orasidagi   proportsionallikning
buzilishiga to‘g’ri kyeladigan kuchlanish   proportsionallik    chyegarasi   deb ataladi
va  
R  bilan byelgilanadi.

R =	
Рр
Fo
,      	
[   	
Н
М	2]
bunda R
R  - proportsionallik chyegarasiga to‘g’ri kyelgan nagruzka.
Dyeformatsiya   qancha   aniq   o‘lchansa,   shu   dyeformatsiyani   vujudga
kyeltirgan   kuchlanish   proportsionallik   chyegarasi   va   elastiklik   chyegarasi
shunchalik   kichik   bo‘ladi.   Namunaning   cho‘zilishini   mashinada   o‘rnatilgan
maxsus   myexanizm   yordamida   diagramma   tarzida   qayd   qilish   mumkin.   Bu
diagrammaga cho‘zilish diagrammasi deyiladi (2-rasm).
Metall va qotishmalarning texnologik xossalari
Metall   va   qotishmalarning   texnologik   xossalari,   ularni   texnologik   ishlash,
ya’ni   quyish,   bolg’alash,   payvandlash,   kesib   ishlash   uchun   yaroqlilik   darajasini
ko‘rsatuvchi   xossalari   (kirishuvchanlik,   suyuq   holatda   oquvchanlik,
bog’lanuvchanlik,   payvandlanuvchanlik,   kesib   ishlanuvchanlik   xossalari)   va
boshqalar kiradi.
Kirishuvchanlik.   Qolipning   o‘lchamlari   va   shu   qolipga   quyish   yo‘li   bilan
hosil qilingan quymaning o‘lchamlari orasidagi farq  kirishuvchanlik  deb ataladi va
% larda o‘lchanadi. Har xil metallarning kirishuvchanligi har xil bo‘ladi. Masalan: oq   cho‘yan   uchun   bu   1,5-1,75%,   po‘lat   uchun   1,4-2,2%,     kul   rang   cho‘yanniki
1,6%, alyuminiy qotishmalariniki 0,3-1,2%, magniy qotishmalariniki 0,3-1,2%.
Metall   va   qotishmalarning   suyuq   holatda   qolipni   to‘ldira   olish   xususiyati
suyuq holatda oquvchanlik  deb ataladi .
Metall va qotishmalarning bolg’alash, shtamplash va prokatlash vaqtida o‘z
shaklini yemirilmay o‘zgartira olish xususiyati  bolg’alanuvchanlik  deb ataladi.
Metall   yoki   qotishma   bosim   bilan   ishlanganda   qanchalik   yuqori   darajada
dyeformatsiyalanib,  bu  dyeformatsiya  uchun  zarur   bo‘lgan  kuch  qanchalik kichik
bo‘lsa, uning bolg’alanuvchanligi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Metall va qotishmalarni payvandlashda puxta va zich birikma hosil qila olish
xususiyati   payvandlanuvchanlik   deb ataladi. Payvand chokning mexanik xossalari
qanchalik qisqa, uning strukturasi qanchalik bir jinsli, payvandlashda g’ovaklar va
boshqa   nuqsonlar   qanchalik   kam   bo‘lsa,   payvandlanuvchanlik   shunchalik   yuqori
bo‘ladi.
Vaqt   birligi   ichida   yoki   ma’lum   ish   sarf   qilinganda   eng   ko‘p   yo‘nib
tushirilgan   qirindi   og’irligi   bilan   baholanadigan   miqdor   kesib   ishlanuvchanlik
deyiladi. 
Metall va qotishmalarning texnologik xossalarini aniqlashda ular ma’lum bir
standartlashtirilgan   usullar   bilan   sinab   ko‘riladi.   Bu   usullarga   bukiluvchanlikni
sinash,   sovuq   holatda   cho‘kuvchanlikni   sinash,   botishuvchanlikni   sinash   va
boshqalar kiradi. 
Materialning turi hamda vazifasiga ko‘ra, namuna turlicha: 
1. Ma’lum burchak hosil qilguncha;
2. Tomonlari   parallel   holga   kelguncha   va   ikkala   tomoni   jipslanguncha
bukiladi. 
Buning   uchun   namuna   ikkita   tayanch   rolikga   qo‘yilib,   tiska   yoki   press
yordamida   bukiladi.   Namuna   sovuq   holda   ham,   qizdirib   ham   sinalishi   mumkin.
Sinovdan o‘tkazilgan namunada darz ketgan, qavatlarga ajralgan, singan joylar va
boshqa  nuqsonlar   bo‘lmasa,  namuna  materiali  bukilishiga  bardosh  bergan bo‘ladi
(67-rasm).
  67-rasm. Namunaning bukiluvchanligini sinash sxemasi: a-burchak, b-parallel, v-
jips.a) b) v)  Asosiy adabiyotlar
1. N.A.Muslimov,   SH.S.SHaripov,   M.Qodirov.   “Texnik   ijodkorlik   va
dizayn”. - T.: “TDPU”, 2010. 
2. A.S.Iskandarov.   «Materiallarni   kesib   ishlash,   kesuvchi   asboblar   va
stanoklar.-T.: “Fan va texnologiya” 2004.
3. R.S.SHermuxamedov,   S.S.YAxyaev,   A.E.Parmonov.   CHilangarlikdan
amaliy ishlar.-T.: «Iqtisod-moliya» 2007.
4. G‘.M.Abduqodirov. Kasb ta’limi praktikumi.-T.: “Sharq” 2012.
Qo‘shimcha  adabiyotlar
1. V .A. Mirboboev.   “ Konstruksion   materiallar   texnologiyasi ” -   T.:
« O‘qituvchi » 2004 
2. K.B.Usmonov “Metall kesish asoslari” T.: «O‘qituvchi» 2004 y
3. Mangal S.K Mangal Uma. Educational technology Dehli-2012.
4. G’.R.Raxmonberdiyev,   M.T.Primqulov,   Yu.T.Toshpo‘latov.   Qog’oz
texnologiyasi asoslari. Toshkent-2009
5. A.Olimov,   A.qosimov   Mashinasozlik   texnologiyasi.   Toshkent
O‘zbekiston-2003
6. M.A.Babajonov   Texnologik   jarayonlarni   loyixalash   Cho‘lpon
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent-2009
7. Z.Sotvoldiyev Dizayn asoslari 2015
8. D.D.zuparova N.N.Karimov “Dizayn tarixi” 2015
9. D.A.Nozilov “O‘rta Osiyo dizayn tarixi” 1998

M etall turlari va ularning xususiyatlari Reja: 1. Metall ar to‘g’risida umumiy ma’lumotlar. 2. Metallarni ng xalq xo‘jaligida, texnikada ishlatilishi va qo‘llanilishi . 3. Metallarning fizik, mexanik va texnologik xossalari

Metall ar to‘g’risida umumiy ma’lumotlar. Metallar (yun. metalleuo — qaziyman, yerdan qazib olaman) — oddiy sharoitda yuqori elektr o tkazuvchanligi, issiq o tkazuvchanligi, elektrʻ ʻ o tkazuvchanligi, elektr magnit to lqinlarini yaxshi qaytarishi, plastikligi kabi ʻ ʻ o ziga xos xususiyatlarga ega bo lgan oddiy moddalar. Metallar qattiq holatda ʻ ʻ kristall tuzilishda bo ladi. Bug holatida esa bir atomlidir. Metallarning oksidlari ʻ ʻ suv bilan birikkanida ko pincha gidroksidlar (asoslar) ga aylanadi. Metallar ʻ elektron tuzilishi tu-fayligina yuqorida aytib o tilgan o ziga xos xususiyatlarga ega. ʻ ʻ D.I. Mendeleevning elementlar davriy sistemasi o‘z ichiga 109 kimyoviy elementni oladi. Tabiatda 89 element tabiy holda uchraydi, qolganlari su’niy ravishda yadro reaksiyalari natijasida olinadi. Kimyoviy elementlarni metal va metalmaslarga ajratish qabul qilingan. Metalmaslarga quyidagi 19 element kiradi: vodorod (N 2 ), bor (V), uglerod (S), kremniy (Si), azot (N), fosfor (R), kislorod (O 2 ), oltingugurt (S), ftor (F), xlor (Cl), borm (Br), yod (J), astat (At), va inert gazlar: galiy (Ne), neon (Ne), argon (Ar), kripton (Kr), ksenon (Xe), radon (Rn). Qolgan 86 element metallik xususiyatlarga egadir. Metallik holatini metallik yaltiroqligi va shaffofligi, yuqori issiqlik va elektr o‘tkazuvchanlik, egiluvchanlik, kristall tuzilishi, och va to‘q kulrang rangi kabi umumiy xususiyatlar belgilaydi. Bundan tashqari tipik metallar uchun elektr o‘tkazuvchanlikni haroratga bog’liqligi: harorat oshishi bilan elektr o‘tkazuvchanligi kamayishi kabi umumiy xusususiyatlar mavjud. Metallarni ng xalq xo‘jaligida, texnikada ishlatilishi va qo‘llanilishi Ishlatilishi jihatdan tarixi atigi ikki asrga teng bo‘lgan alyuminiy egallaydi. Alyuminiyning kichik zichligi, yuqori qattiqlikka ega bo‘lgandagi egiluvchanligi, korroziyaga bardoshligi kabi xususiyatlari Yangi texnika yaratuvchilarni – konstruktorlarni diqqatini jalb qilmoqda. Elektr va isiqlik o‘tkazuvchanligi bo‘yicha u faqatgina misdan keyin turadi. Boshqa metallar (Si, Mg, Be, Ti, Cu, Ni) bilan legirlanishi va termik ishlov berilganda qattiqligi va muustahkamligi jihatdan

alyuminiydan ancha ustun bo‘lgan turli qotishmalar olish mumkin. Bunday xususiyatlari uchun alyuminiy aviasiya va raketasozlik sanoatidagi asosiy metall hisoblanadi. Alyuminiyning raketalardagi ulushi teng yarimni, fukaro aviasiyasida esa 2/3 yoki 3/4 qismni tashkil etadi. Boshqa transport vositalarida ham alyuminiy ulushi uzluksiz ortib bormoqda. Alminiyning eng yirik iste’molchisi uzatkich, kabel, transformator o‘ramlari, kondensatorlar ishlab chiqaradigan elektrotexnika sanoati hisoblanadi. Alyuminiyning korroziyaga chidamligi uning yuzasida yupqa oksid qavat hosil bo‘lishi va bu metallni keyingi havo bilan oksidlanishidan saqlashi bilan izohlanadi. Alyuminiy po‘latdan kislorodni tortib oluvchi qaytaruvchi va ko‘pgina metall va qotishmalar olish uchun ishlatiladigan alyumotermik usulda faol kimyoviy element sifatida metallurgiyada ishlatiladi. Uchinchi o‘rinda ishlab chiqarilishi va ishlatilishi jihatdan mis turadi. Mis - yuqori elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan elektrotexnikadagi asosiy metal hisoblanadi. Yaxshi bolg’alanuvchan va yuqori o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgani uchun o‘tkazgich, kabel, kontakt kabi tok o‘tkazuvchan mahsulotlar ishlab chiqarishda mis eng ma’qul metall hisoblanadi. Misning o‘ta yuqori issiqlik o‘tkazuvchanligi uni isitgich, sovutgich va boshqa ko‘plab issiqlik o‘tkazuvchi qurilmalar ishlab chiqarishda almashtirib bo‘lmaydigan qilib qo‘ydi. Misning rux bilan (latun) va qalay bilan (bronza) qotishmalari keng tarqaldi. Misning nikel bilan qotishmasi tanga (pul belgisi) ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Nikel . Ochilgandan so‘ng 150 yil davomida uning sanoat miqyosida ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilmadi. XIX asr ikkinchi yarmida, po‘latni sifatini yaxshilaydigan nikel xossalari ochilgandan so‘ng, uning ishlab chiqarilishi tez sur’atlar bilan o‘sdi. Nikelning 70% ga yaqini o‘tga chidamli va zanglamaydigan po‘lat ishlab chiqarishga sarflanadi. Nikel boshqa metallar bilan birga qattiq va o‘ta qattiq po‘latlar tarkibiga kiradi. Texnikada tarkibida nikel bo‘lgan 3000 ga yaqin qotishma ishlatiladi. Nikel ayirim kimyoviy jarayonlarda katalizator, boshqa metallarni bezaydigan va korroziyadan saqlash uchun qoplama sifatida ishlatiladi. Sanoatda ishqorli temir – nikeli akkumulyatorlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Rux temirdan yasalgan detallarni korroziyadan saqlash uchun qoplamalar sifatida, elektr batareyalarini ishlab chiqarishda, sinilli eritmalardan oltin va kumushni cho‘ktiruvchi vazifasida, mis va bir qancha metallarni qotishmalarini ishlab chiqarishda keng qo‘llanadi. Qo‘rg’oshin uchdan bir qismi avtomobil va boshqa transport vositalari uchun elektr akkumulyatorlar ishlab chiqarishda ishlatidadi. Qo‘rg’oshin plastinalari nurlanishdan (rentgen, radiaktiv izotoplarini nurlari) himoyalanish maqsadida xonalarni pardozlashda, ko‘pchilik kimyoviy reaktorlarni (bir qator kislota va ishqorlarga qarshi yuqori bardoshliligini hisobiga) ichki tomonini qoplashda keng qo‘llanadi. Magniy ning boshqa metallardan farq qiladigan muhim xususiyati kichik zichligi - 1,74 g/sm 3 hisoblanadi. Olimlar magniy ishtirok etgan engil, mustahkam, issiqqa bardoshli bir qator qotishmalar kashf etishga muvaffaq bulishdi. Magniyni legirlash uchun Ti, Au, Be, Li, Cd, Ce kabi metallar ishlatiladi. O‘zining kimyoviy barqarorligi, tashqi ko‘rinishi jozibadorligi va yuqori baholanishi sababli oltin va kumush mahsulot – pul muomalasi rivojlanish davrida, narx - qiymatini belgilaydigan pul vazifasini bajara boshladi. Kumush Kime sanoatida bir qator kimyoviy jarayonlarni tezlashtiradigan katalizator, foto va kino sanoatida yrug’lik sezuvchan emulsiyalar ishlab chiqarishda ishlatila boshlandi. Hozirgi vaqtda oltin va kumush yuvelir mahsulotlari ishlab chiqarishdan tashqari ishonchli oksidlanmaydigan elementlar sifatida elektron qurilmalarda ishlatila boshlandi. XX asr o‘rtasidagi texnika inqilobi natijasida yangi jarayonlar, texnologiyalar, sanoatning elektronika, yadro energetikasi, raketa – kosmik komplekslar kabi tarmoqlari paydo bo‘ldi. Ularni hayotga tatbiq qilish uchun yangi xususiyatlar va xossalarga ega Y a ngi materiallar talab etilardi. Volfram va molibden kabi qiyin eriydigan metallar elektr pechlarida isitgich, elektr va yorug’lik lampalari qismlari, elektr kontaktlar, buyoqlar, moylash materiallari ishlab chiqarishda ishlatiladi. Biroq bu metallarning asosiy qismi asbobsoz, tez kesar, o‘tga chidamli, emirilishga chidamli, kislota bardoshli va boshqa turdagi legirlangan po‘latlar olishga yo‘naltiriladi.

Titan asosidagi qotishmalar yuqori solishtirma mustahkamlikka ega, shuning uchun uni asosiy ishlatadigan soha reaktiv aviasiya va raketa – kosmik texnika bo‘lib qoldi. So‘nggi vaqtda titanli qotishmalar kemasozlik, kimyoviy mashinasozlik, tibbiyot uskunalari ishlab chiqarishda ishlatila boshlandi. Titan karbidi qattiq asbobsozlik qotishmalari tarkibiga kiradi. Sirkoniy yadro reaktorlari elementlarini tayyorlashda eng mos material bo‘lib qoldi. Elektronikada sirkoniyni gazlarni yaxshi yutishi evaziga elektron qurilmalarda yuqori vakuum saqlab turish qobiliyatidan foydalaniladi. ZrO 2 va ZrSiO 4 ko‘rinishida sirkoniy yarmidan ortig’i o‘tga chidamli materiallar, farfor, emal, shisha ishlab chiqarishda ishlatiladi. Tantal va niobiy radioelektronika va elektrotexnikada, o‘tga chidamli, qattiq qotishmalar ishlab chiqarishda, atom energetikasida, kimyoviy mashinasozlikda ishlatiladi. Reniy. Asosan kimyo va neft sanoatidagi kimyoviy jarayonlarda katalizator vazifasida ishlatiladi. Reniyning ko‘p miqdori o‘tga chidamli, qattiq qotishmalar olishga yo‘naltiriladi.Noyob er–metallari - metall, qotishma, kimyoviy birikmalar ko‘rinishida qora va rangli metallurgiyada, shisha va keramika sanoatida, atom energetikasida ishlatiladi. Noyob er – metallarini ishlatilishi cheklanmagan va lantanoid, uning qotishmalari va birikmalarini xossalari o‘rganilishi kengayishi bilan yangi ishlatilish sohalari yaratilmoqda. Metallarning fizik, mexanik va texnologik xossalari Bizga ma’lumki, metall va qotishmalar bir-biridan ma’lum bir o‘zlariga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Shuning uchun ulardan buyum va dyetallar tayyorlashda ma’lum xossalariga asosan tanlab olinadi. Metall va qotishmalarning xossalarini shartli ravishda fizikaviy, kimyoviy, mexanikaviy va texnologik xossalarga bo‘lish mumkin. Ana shu xossalarni qisqacha ko‘rib o‘tamiz: Metall va qotishmalarning fizikaviy xossalari. Bunga ularning zichligi (solishtirma og’irligi), suyuqlanuvchanligi, issiqlikdan kyengayuvchanligi, suyuqlanishda hajmining o‘zgarishi, issiqlik sig’imi, issiqlik o‘tkazuvchanligi va magnit xossalari kiradi. Metall va qotishmalarning fizikaviy xossalarining