logo

Matn birliklari va ularning xususiyatlari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

49.9267578125 KB
Mavzu:Matn birliklari va ularning xususiyatlari
Reja:
1.Kirish.
2.Asosiy qism.
a)  Matn ta’rifi   masalasi.
b)   Matn va uning turlari
c)   Matn birliklari (komponentlari)
3.Xulosa
Adabiyotlar. MATN TA’RIFI   MASALASI
Matn   ta’rifi   masalasi   matn   lingvistikasining   eng   muhim   va   dolzarb
muammolaridan   hisoblanadi.   Chunki   tilshunoslikda   bu   masalada   yagona   fikrning
o‘zi   yo‘q.   Zero,     “Ammo   hayratlanarlisi   shundaki,   -   deb   yozadi   rus   tilshunosi
E.S.Kubryakova,   -   bu   fan   sohasi   o‘zining   bosh   ob’ekti   –   matnning   umume’tirof
etilgan   ta’rifiga   ega   emas   va   bu   yo‘nalishdagi   deyarli   har   bir   tadqiqot   tekstning
nima   ekanligi   va   bu   termin   bilan   ifodalanadigan   hodisaning   qanday   belgi   yoki
xususiyatlar   bilan   xarakterlanishi   haqidagi   mulohazalar   bilan   boshlanadi.” 1
  Biz
ham   matn   ta’rifi,   uning   asosiy   belgi-xususiyatlariga   to‘xtalishini   maqsadga
muvofiq deb bildik.
Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, matn tushunchasini material jihatdan tayin
etish va ta’riflashda mutaxassislar  o‘rtasida  yagona fikr  yo‘q, aksincha, bir-biriga
qarama-qarshi   bo‘lgan   ikki   xil   qarash   mavjud.   Ayrim   tilshunoslar   faqat   yozma
shakldagi   yaxlit   nutq   yoki   nutq   parchasini   matn   deb   hisoblaydilar.   Masalan,   rus
tilshunosi L.M.Loseva “matn” tushunchasini aniqlashda barcha matnlar uchun xos
bo‘lgan   belgilardan   kelib   chiqish   lozimligini   aytadi   va   bu   belgilarning   birinchisi
sifatida   uning   yozma   shaklda   bo‘lishini   alohida   qayd   etadi. 2
  Ammo   matnning
yozma yoki og‘zakiligi uning ontologiyasi va funksiyasiga nechog‘lik bog‘liq yoki
bog‘liq   emasligi   muallif   tomonidan   aniq-tiniq   ko‘rsatib   berilmagan.   Matnning
mohiyati   va   kommunikatsiya   jarayonida   bajaradigan   vazifasi   faqat   yozuv   bilan
chegaralanadigan   bo‘lsa,   bu   yirik   kommunikativ   birlikning   tildagi   o‘rni   qanday
belgilanishi haqidagi masala ochiq qolgan.
Aytish kerakki, matn lingvistikasi  muammolari  bilan jiddiy shug‘ullangan
juda   ko‘pchilik   tilshunoslar   matnning   yozma   ham,   og‘zaki   ham   bo‘laverishi
mumkinligini   aytadilar.  Chindan   ham,   ayni   shu   fikr   ilmiy-mantiqiy  jihatdan   to‘la
asosga ega va u matnning mavjud mohiyatini to‘g‘ri aks ettiradi. 
1
                 Кубрякова Е.С.   О тексте и критериях его определения / Текст. Структура и семантика. Т. 1. –М.,
2001, с.72-81.
2
            Лосева Л.М.   Ko ‘ rsatilgan   asar , 4- b . Z.Y.Turayeva   matn   lingvistikasining   umumiy   nazariyasiga   ko‘ra   uning
predmeti   sifatida   og‘zaki   yoki   yozma   nutq   mahsuli   bo‘lgan   matnni   olish
mumkinligini  aytadi, ammo matnni tor ma’noda, ya’ni  faqat yozma nutq mahsuli
sifatida   talqin   qilish   maqsadga   muvofiq   ekanligini   ta’kidlaydi.   U   I.R.Galperin
tomonidan   ilgari   surilgan   yozma   matn   talqinini   ma’qullaydi   va   quyidagicha
yozadi:   “Agar   og‘zaki   nutqqa   tovushlar   orqali   namoyon   bo‘lish   xos   bo‘lsa,   matn
uchun   grafik   gavdalanish   xarakterlidir.   Agar   og‘zaki   nutqni   bir   yo‘nalishlilik
(“lineynost”)   farqlab   tursa,   matnga   ko‘p   o‘lchovlilik   xosdir.   Og‘zaki   nutq   bir
yo‘nalishlidir,   chunki   u   faqat   tovush   orqali   gavdalana   oladi.   Yozuv   (grafik   yoki
magnit   tasmasidagi)   uning   sifatini   o‘zgartiradi.   Shunday   qilib,   og‘zaki   nutq
qaytishsizdir, ya’ni aytildimi, uning biror parchasiga qaytish mumkin emas. Matn
ko‘p   o‘lchovlidir,   chunki   uning   istalgan     bo‘lagiga   ko‘p   marta   qaytish   mumkin.
Agar   nutq   harakat,   jarayon   bo‘lsa,   matn   ikkiyoqlama   tabiatga   ega,   ya’ni   u   ham
tinch holatda, ham harakatda bo‘la oladi. Agar nutqning zamonda mavjudligi shu
nutqning   talaffuz   vaqti   bilan   chegaralangan   bo‘lsa,   matnning   mavjudligi   amaliy
jihatdan hech narsa bilan chegaralanmagan.” 3
O‘zbek   tilshunosligidagi   bu   yo‘nalishdagi   ishlarga   e’tibor   qilinsa,   ularda
ham   yuqoridagiga   o‘xshash   mulohazalar   yo‘q   emas.   Masalan,   M.Hakimovning
nomzodlik   dissertasiyasida   mana   bunday   fikrlarni   o‘qish   mumkin:   “...Nutq   –   bu
so‘zlovchining nutqiy jarayoni  bilan aloqador  bo‘lgan hodisa sifatida ifoda etilsa,
matn   (tekst)   ham   ana   shu   nutqiy   hodisaning   yozilgan   (“bosma   harf   orqali   aks
etgan”)   parchasidir...   “Nutq”   o‘zining   yozma   shaklida   “matn”   atamasiga   teng
keladi...   Har   qanday   nutqning   yozma   shakli   matn   tushunchasi   mohiyatini   ifoda
etadi...   Tekst   –   og‘zaki   nutq,   kontekstga   nisbatan   stabillashgan,   ma’lum   qoida,
qonuniyatlar   va  adabiy til   me’yorlari   asosida   shakllangan  yozma  nutq... Matn  bir
vaqtning   o‘zida   emas,   balki   bir   necha   asr   avvalgi   va   keyingi   shaxslar   o‘rtasidagi
aloqa munosabatini yuzaga chiqaruvchi vositadir.”   4
3
             Тураева З.Я.  Лингвистика текста. –М.: Просвещение, 1986, с. 12.
4
              Ҳакимов М.Х.  Ўзбек илмий матнининг синтагматик ва прагматик хусусиятлари: Филол. фан. н-
ди ...дисс. –Тошкент, 1993. Tabiiyki,   bunday   anchayin   keskin   fikrlar   munozaralidir.   Avvalo,   aytish
joizki,   kishilar   o‘rtasidagi   aloqa   –   kommunikatsiya   matnlar   vositasida   amalga
oshar   ekan   (va   bu   hol   matn   lingvistikasining   yaratuvchilari,   umuman,   matn
tadqiqotchilarining   aksariyati   tarafidan   e’tirof   etilgan   ekan),   matnni   faqat   yozma
shakl   bilan   chegaralash   shakllanib   ulgurgan   mavjud   matn   nazariyasi   qoidalariga
zid bo‘lishi turgan gap. Axir, kishilar o‘rtasidagi har qanday kommunikatsiya faqat
va faqat yozma shaklda amalga oshishini tasavvur etib bo‘lmaydi.
Sintaksisning asosiy birligi gap ekanligi hamisha e’tirof etilgan, matn yoki
uning   birliklari   gapdan   yirik,   oliy   sintaktik-kommunikativ   birliklar   hisoblanishi
lozimligi   bugungi   matn   lingvistikasining   asosiy   qoidalaridan   biriga   aylanib
ulgurdi.   Shunday   ekan,   faqat   yozuvda   aks   etgan   gapnigina   gap   deb,   og‘zaki
nutqdagi   gapni   gap   bo‘lolmaydi   deyish   to‘g‘ri   bo‘lmasligini   isbotlab   o‘tirishning
hojati   yo‘q,   albatta.   Agar   faqat   yozuvda   ifodalangan   yaxlit   nutqnigina   matn
deyiladigan bo‘lsa, mantiq gapni ham faqat yozuvdagisinigina tan olish kerakligini
taqozo etadi. Ammo buning mumkin emasligi tabiiy.
Og‘zaki nutqning bir yo‘nalishliligi, yozma (harflar yoki magnit tasmasida)
nutq   (matn)ning   ko‘p   yo‘nalishliligi,   og‘zaki   nutqning   “qaytishsizligi”,   yozma
nutqning   esa   “qaytishliligi”,   ya’ni   uning   istalgan   bo‘lagiga   har   qachon   qaytish
mumkinligi   haqidagi   da’vo-dalil   ham   asosli   emas.   Chunki   bu   “qaytish”
tushunchasi faqat vizual-amaliy mohiyatga ega, nutqiy asar (matn)ning mohiyatiga
aslo   daxldor   emas.   Agar   faqat   yozma   nutqdagina   oldingi   qismlarga   qaytish
mumkinu   og‘zaki   nutqiy   yaxlitlikda   uning   oldingi   qismlariga   qaytishning   imkoni
bo‘lmasaydi, unda hech qanday og‘zaki nutqni tushunish, demakki, og‘zaki nutqiy
kommunikatsiya   mutlaqo   mumkin   bo‘lmasdi.   Chunki   so‘zlovchi   muayyan   yaxlit
bir fikr, mavzuni og‘zaki bayon qilar ekan, ayni bayon jarayonining har bir onida
uning   o‘zi   ham,   xuddi   shuningdek,   tinglovchi   ham   mazkur   nutqning   oldingi
istalgan parchasiga qayta oladi, nafaqat qayta oladi, balki oldingi qismlar ularning
xotirasida   turadi.   Agar   shunday   bo‘lmasa,   ya’ni   nutq   butunisicha   ham
so‘zlovchining,   ham   tinglovchining   xotirasida   turmasa,   nutqni   tuzish   ham,   uni
mazmunan   anglash   ham   imkonsiz   bo‘ladi.   Tabiiyki,   so‘zlovchi   ayni   talaffuz jarayonidagina   o‘z   nutqiga   hokim   bo‘lsa,   tinglovchi   nutqning   ayni   eshitib   turgan
onidagi   parchasinigina   tushunsa,   nutqning   oldingi   qismlari   ularning   har
ikkichining   ham   “esidan   chiqib   qolaversa”,   ular   bir-birlarini   tushunish
imkoniyatidan   tamomila   mahrum   bo‘lib   qolaveradi.   To‘g‘ri,   og‘zaki   nutqning
so‘zlangan   paytidagina   mavjud   ekanligini,   yozma   nutqning   esa   zamon   nuqtai
nazaridan chegaralanmaganligini hech kim inkor etmaydi, ammo bu og‘zaki nutqni
eslash,   xotirada   saqlash,   umuman,   uni   yoki   uning   muayyan   parchalarini   tiklash
ilojsiz degani emas. Yaxlit og‘zaki nutq faqat yozma shaklga olingandagina matn
yuzaga keladi tarzidagi hukm daryoda oqib turgan suv suv emas, b a lki bu “modda”
faqat shishaga solingandagina suv paydo bo‘ladi deganday bir gapdir.
Dunyoda biron-bir, kattadir-kichikdir, xalq yoki qavm yo‘qki, uning necha
asrlardan   beri   og‘zaki   shaklda   avloddan-avlodga   o‘tib   yashab   kelayotgan   rang-
barang so‘z san’ati durdonalari bo‘lmasin. Masalan, bir qo‘shiq yoki ertakni faqat
qog‘ozga   yoki   magnit   tasmasiga   (yoki   multimedia   shakliga)   tushirilganda   matn,
ammo   og‘zaki   shaklida   matn   bo‘la   olmaydi   deyish   matn   tushunchasini   til
doirasidan   tashqariga   chiqarib   yuborishi   tayin.   Og‘zaki   nutqiy   asarni   muayyan
vositalar   (yozuv,   magnit   tasmasi,   multimedia   kabi)   yordamida   qayd   etish
axborotning   zamon   va   makonda   saqlanishini   ta’minlash   imkoniyatlaridir,   lekin,
garchi yozma nutq muayyan tayyorgarlik bilan amalga oshiriladi, shuning uchun u
ravon   va   ishlangan   nutq   deyilsa-da,   buning   til   birliklarining   tabiatiga   bevosita
jiddiy o‘zgartirish kiritadigan ta’siri to‘g‘risida gapirib bo‘lmaydi.
Aytish lozimki, tayyorgarliksiz spontan og‘zaki nutq va tayyorgarlik bilan
ishlangan   yozma   nutq   o‘rtasida   muayyan   struktur-uslubiy   farqlar,   o‘ziga
xosliklarning mavjudligi tabiiy, ammo bu o‘ziga xosliklar birining mahsulini matn
emas, ikkinchisining mahsulini esa matn deyishga hech bir asos bo‘lolmaydi.
Matnning   semantik-struktur   tuzilishini   rus   tilidagi   og‘zaki   va   yozma   nutq
misolida batafsil tadqiq etgan R.A.Karimova doktorlik diisertatsiyasida matn faqat
grafik,   yozma  shakldagina   emas,   balki   og‘zaki   shaklda   ham   namoyon  bo‘ladigan
nutqiy   asar   ekanligini,   bunda   og‘zaki   shakl   genetik   asos   ekanligini   alohida
ta’kidlaydi   va   faktlarning   tahlillaridan   kelib   chiqqan   holda   “bir   qarashda   matn makonining   qarama-qarshi   nuqtalarida   joylashganday   ko‘rinadigan   og‘zaki
spontan   matn   va   yozma   matn   (badiiy   matn)   umumiy   xususiyat   –   muayyan
tuzilishga ega” degan nazariy xulosaga keladi. 5
Shubhasizki,   og‘zaki   nutq   birlamchi,   yozma   nutq   esa   ikkilamchidir,
shuning   uchun   ham   yozma   matn   uchun   og‘zaki   nutqning   “genetik   asos”   bo‘lishi
aksiomadir.   Demakki,   tovushli   nutq   (ichki   va   tashqi)   diqqat   markazida   turmas
ekan, matnni ilmiy o‘rganish, matn nazariyasini tasavvur etish, matn lingvistikasini
rivojlantirish mumkin emas.
Demak, matn og‘zaki yoki yozma shakldagi yaxlit nutqiy asardir.  
MATN BIRLIKLARI (KOMPONENTLARI)
Tabiiyki,   har   qanday   butunlik   kabi   matn   ham   uni   tarkib   toptiruvchi
unsurlardan,   muayyan   birliklardan   iborat   bo‘ladi.   Tilshunoslikda   qanday   birliklar
matnni   shakllantirishi   yoki   matnni   bo‘laklarga   ajratganda   qanday   birliklar   aynan
matn   birligi   deb   hisoblanishi   borasida   ancha-muncha   munozaralar   mavjud.   Bir
qarashda,   matn   birliklarini   tayin   etish,   belgilash   u   qadar   ham   qiyin   ish   emasday
tuyuladi.   Ammo   aslida   unday   emas,   shuning   uchun   ham   bu   masalada   matn
lingvistikasi tadqiqotchilari orasida juda ko‘p va farqli qarashlar mavjud.
Biz   matnga   ta’rif   berganda,   ikki   asosiy   belgiga,   ya’ni   bog‘lanishlilik   va
yaxlitlikka   alohida   e’tibor   berdik.   Tabiiyki,   bog‘lanishlilik   va   yaxlitlik   gaplar
o‘rtasida   va   gaplarning   mazmuniy-grammatik   birligi   asosida   yuzaga   keladi.
Deyarli barcha matn tadqiqotchilari bu ikki belgini hech vaqt nazardan qochirgan
emas.   Ayniqsa,   g‘arb   tilshunoslari   tomonidan   matnga   berilgan   ta’riflarda
gaplarning ketma-ket bog‘lanishi, gaplar zanjiri matnda asosiy jihat ekanligi, busiz
matn   yuzaga   kela   olmasligi   muntazam   ta’kidlanadi.   Boshqacha   qilib   aytganda,
mustaqil   gaplarning   oliy   darajadagi   koordinatsiyasi   (albatta,   muayyan   axborotni
ifodalash   maqsadi   bilan)   mahsuli   o‘laroq   matn   shakllanadi.   Oliy   darajadagi
koordinatsiya, aniqki, ayni matn deyiladigan butunlik, yaxlitlikni paydo qiladigan
gaplar   o‘rtasidagi   barcha   jihatlardan,   ya’ni   semantik,   sintaktik,   kommunikativ,
5
                  Каримова   Р.А   Семантико-структурная   организация   текста   (на   материале   устных   спонтанных   и
письменных текстов): Автореф. дисс. ...д-ра филол. наук. –М., 1992 .-С . 6 -  27. estetik   va   yana   boshqa   barcha   jihatlardan   uyg‘unlikdir,   muvofiqlashuvdir.
Gaplarning   ana   shunday   o‘zaro   uyg‘unligi,   muvofiqlashuvining   natijasi   sifatida
matn mavjud bo‘ladi. Ana shu bir-ikki mulohazadan kelib chiqib, matnning asosiy
birligi   gapdir   degan   xulosaga   kelish   mumkin.   Ammo   gapni   matn   birligi   sifatida
baholash tilshunoslikda u qadar keng tarqalgan emas. Aksincha, bu borada bahsli
yondashuvlar anchagina.
 Aksariyat tilshunoslar gapni matn birligi emas deb hisoblaydilar. Masalan,
I.R.Galperin   gap   emas,   balki   bir   qator   gaplarni   birlashtiradigan   nisbatan   yirik
butunlik   –   frazadan   katta   butunlik   matn   birligi   bo‘la   olishini   aytadi.   U   gap     ana
shunday   butunlikda   konstituent   sifatida   ishtirok   etishini,   frazadan   katta
butunlikning  tarkibiy  qismi  bo‘lgan  gap  bir   paytning  o‘zida  yaxlit  matnning  ham
tarkibiy qismi bo‘la olmasligini ta’kidlaydi.
Ayni shu frazadan katta butunlikni matnning asosiy birligi sifatida baholash
deyarli barcha tilshunosliklarda keng tarqalganligini ta’kidlash mumkin. 
O‘zbek tilshunosligida ham  mazkur tushunchani  ifodalash uchun bir qator
farqli   terminlar   qo‘llanmoqda.   Masalan,   A.Mamajonov   dastlab   “yirik   sintaktik
birlik” 6
  terminini   qo‘llagan   bo‘lsa,   keyinroq   muntazam   ravishda   “superfrazali
sintaktik birlik” 7
 terminidan foydalanadi. Matnning stilistik muammolariga alohida
e’tibor   bilan   qaragan   I.Rasulov   va   H.Rustamovlar   esa   “murakkab   sintaktik
butunlik”   terminini   ma’qul   ko‘radilar. 8
  O‘zbek   matnidagi   ana   shunday   birliklarni
monografik   tarzda   tadqiq   etgan   M.Abdupattoyev   “supersintaktik   butunliklar”
terminini   qo‘llashni   maqsadga   muvofiq   deb   hisoblaydi. 9
  Biz   ham   hodisa
mohiyatini   anchayin   to‘g‘ri   va   xolis   aks   ettiradigan   atama   sifatida   ana   shu
“supersintaktik butunlik” terminini ma’qul ko‘ramiz. 
M.Abdupattoyev   mazkur   nomzodlik   dissertatsiyasida   o‘zbek   tilidagi
matnda   supersintaktik   butunliklarning   mohiyati,   sintagmatik   va   semantik-uslubiy
xususiyatlarini   ilmiy   asosli   ravishda   ko‘rsatib   bergan.   Shuni   ham   aytish   kerakki,
6
           Мамажонов А.  Йирик синтактик бирликлар // Ўзбек тили ва адабиёти, 1980, №5, 62-б.
7
             Мамажонов А.  Текст лингвистикаси. –Тошкент, 1989, 27-б.
8
          Расулов И.  Мураккаб синтактик бутунлик // Ў з бек тили ва адабиёти, 1983,  № 1, 22-б . ; 
            Шомақсудов А., Расулов И.   Ўзбек тили стилистикаси. -Тошкент: Ўқитувчи, 1983, 223-227-б.
9
              Абдупаттоев М.Т.   Ўзбек  матнида суперсинтактик бутунликлар:  Филол. фан. ном. ...дисс.  автореф. -
Тошкент, 1998. tadqiqotchi supersintaktik butunliklarning matn tarkibidagi chegaralarini belgilash,
ularni ajratish prinsiplarini (semantik, grammatik va kompozitsion-stilistik) ishlab
chiqqan. Shu asosda matndagi bir kichik mavzuning tugallanib, yangi bir mavzuga
o‘tilishi   supersintaktik   butunlikning   strukturasini   belgilovchi   omillardan   biri
ekanligini, bu butunlikni tashkil etuvchi nisbiy mustakil gaplar orasida mustahkam
semantik-grammatik   aloqa   mavjudligini,   ayni   shu   aloqa   supersintaktik
butunlikning semantik-struktural yaxlitligini ta’minlashini juda to‘g‘ri ta’kidlagan .
Tabiiyki,   supersintaktik   butunlikning   shakllanishida   gaplar   ishtirok   etadi,
buni hech kim inkor etmaydi. Lekin ikki yoki undan ortiq gapning o‘zaro birikib,
muayyan   bir   butunlikni   shakllantirishi   shunchaki   bir   oddiy   jarayon   emas,   balki
benihoya   murakkab   va   serqatlam   hodisadir.   Ana   shunday   gaplar   yig‘indisini
yaxlitlashtiradigan   bir   qator   omillar   mavjud.   Ayni   shu   masala   borasida   fikr
yuritgan   tadqiqotchilarning   aksariyati   (I.R.Galperin,   O.I.Moskalskaya,
Z.Y.Turayeva,   L.M.Loseva,   A.Mamajonov,   M.To‘xsanov,   M.Abdupattoyev   va
ko‘plab   yana   boshqalar)   yagona   kichik   mavzuning   mavjudligi,   shu   asosda   gaplar
mazmunining   umumiyligi   va   o‘zaro   uyg‘unligi,   semantik-grammatik   va
kommunikativ yaxlitlik kabi  jihatlarni  ana shunday  omillar  sifatida qayd  etadilar.
Masalan,  quyidagi  parchada mazkur  omillarning barchasi  mavjud, shuning  uchun
ham   uni   alohida   supersintaktik   butunlik   deyish   mumkin:   Kishi   ortiqcha
qo‘rqqanda   gangib   a’zosi   harakatsiz   va   og‘riq   holga   tushadirkim,   albatta,   buni
biz   qattiq   qo‘rqqandan   deb   bilamiz.   Darhaqiqat,   bizning   qarshimizga   yo‘lbars
chiqsa,   biz   qattiq   qo‘rqamiz,   chunki   bizni   o‘lim   kutadir,   inson   uchun   dunyoda
o‘limdan   qo‘rqinch   narsa   yo‘q.   Binoan   alayhi   biz   bundagi   qo‘rquvni   tabiiy
hisoblaymiz.   Ammo   qizig‘i   shundakim,   biznidunyo   baxti   kutganda,   bizga   saodat
bashorati   berilganda   nega   biz   o‘lim   kutgandagi   holga   tushamiz   va   uzviy
tashkilotimiz birinchidagi holatni kechiradir  (A.Qodiriy, “O‘tgan kunlar”).
Aytish   mumkinki,   supersintaktik   butunliklarning   matn   birligi   ekanligi
haqida hech bir munozara yo‘q. Ular, shubhasiz, matning asosiy birligidir.
Ayrim tilshunoslar matnda supersintaktik butunliklar tarkibiga kirmaydigan
yakka   gaplar   ham   mavjudligini   aytadilar   va   ularni   “erkin”   gaplar   sifatida baholaydilar,   shu   asosda   erkin   gaplarni   supersintaktik   butunliklar   qatorida   matn
birliklari   deb   hisoblaydilar.   A.Mamajonov   va   M.Abdupattoyevlar   ham   bu   fikrni
qo‘llab-quvvatlaydilar   va   o‘zbek   tili   matnidagi   ana   shunday   erkin   gaplarni   tahlil
qiladilar, Said Ahmadning “Ufq” romanidan olingan shunday misol beradilar: 
Dala   toshni   kuydirgan   saraton   haroratini   bag‘riga   yashirgan   o‘sha
mash’um   tutzor,   azamat   yigitning   pahlavon   ko‘ksiga   bosh   qo‘ygan   qoq   tush
pallasi...
U   damlar   Dildorga   katta   baxt,   tush   kabi   shirin   hayot   va’da   qilgandi.
Aldangan qiz hamon tush pallasi o‘zini unutgan daqiqalarning dardini tortardi.
Ayol kishiga vafo degan narsa qanchalar qimmatga tushishini ko‘plar hali
bilmaydi.
Dildor   hech   kimni   qoralayolmasdi.   Faqat   birgina   o‘zim   aybliman   deb
bilardi. Agar u Nizomjonga bevafolik qilmaganda, bu kunlar boshiga tushmasdi.
Mualliflar   ostiga   chizilgan   gapni   ikkita   abzatsdan   iborat   birinchi
supersintaktik   butunlikka   ham,   oxirgi   abzats   shaklidagi   ikkinchi   supersintaktik
butunlikka   ham   kirmasligini,   shuning   uchun   ham   erkin   gap   ekanligini
ta’kidlaydilar. Aytish mumkinki, matndagi  bunday erkin gaplar mazmuniga ko‘ra
ko‘proq muallif izohi, muayyan yaqin mavzuni eslatishi, lirik chekinishi kabilarni
ifodalashga   xizmat   qiladi.Ba’zi   tilshunoslar   gapni   uzil-kesil   “matnning   minimal
birligi” deb hisoblaydilar. Bu munosabat bilan M.Y.Bloxning mulohazalari alohida
e’tiborga molik. Uning fikricha, yaxlit tekst strukturasining bevosita elementi faqat
frazadan   katta   birlik   (bizningcha,   supersintaktik   butunlik),   ya’ni   gaplarning
qo‘shilmasigina   emas,   balki   ayni   paytda   matn   tuzuvchi   tomonidan   mazmunan
muhim   maqomga   qo‘yilgan   alohida   gaplar   hamdir.   Bunday   gaplarning   ayni
maqomi   monologik   yozma   nutqda   ularni   alohida   abzats   sifatida   ajratishni   taqozo
etadi.   Bu   fikrida   u   yuqorida   aytilgan   erkin   gaplarni   nazarda   tutganday   tuyuladi.
Ammo   M.Y.Blox   har  qanday gapning matn tarkibidagi  favqulodda ahamiyatiga
e’tiborni qaratadi. U aynan matn qurilishi nuqtai nazaridan gap ifodalashning eng
muhim   (kardinal)   unsuri   ekanligini   turli   shakl   va   maqsadlardagi   nutq   (og‘zaki,
yozma,   kundalik,   professional,   sokin,   emotsional   va   sh.k.)ni   kuzatish   asosidagi tadqiqotlar   tasdiqlashini   aytadi.   U   shunday   deb   yozadi:   “Gap   predikatsiyaning,
ya’ni   nutqning   nominativ   mazmunini   real   voqelikka   nisbatlashning   ifodachisi
ekanligi   haqidagi   haqiqatni   esga   olishimiz   bilan   bu   narsa   oydin   bo‘ladi-qo‘yadi.
Matnning   gapga   alternativalar   sifatida   ko‘rsatilayotgan   “haqiqiy”   birliklaridan
birontasi predikatsiyani ifodalovchi o‘z vositalariga ega emas. Bu shuni bildiradiki,
matn gapdan tashqarida hukm va xulosalarni ifodalay olmaydi, ya’ni matn olamni
anglangan   holda   aks   ettirishning   to‘laqonli   vositasi   bo‘lib   xizmat   qilish
qobiliyatidan mahrum bo‘ladi.”
Bunga   o‘xshash   fikrni   boshqa   tadqiqotchilarning   ishlarida   ham   ko‘rish
mumkin.   Masalan,   rus   tilshunosi   G.V.Kolshanskiy   gap   sub’ekt-predikat
munosabatini   ifodalashi   bilan   matnda   mazmunning   mantiqiy   fikr   sifatida
shakllanishiga imkon beruvchi mazmuniy-struktur birlik bo‘lishini, gap “matnning
asosiy  (bazis)   operativ unsuri”  ekanligini  alohida  ta’kidlaydi. 10
  Aytish  mumkinki,
matnning mazmuniy tarkibini, bu mazmunning ob’ektiv olam bilan nisbatlanishini,
demakki, to‘g‘ri anglanishini gapsiz tasavvur etish mushkul.
Ko‘rinadiki, gapning matn sistemasidagi o‘rnini, ayniqsa, uning matn hosil
qilish qobiliyatini aslo inkor etib bo‘lmaydi. Gapning matn hosil qilish xususiyati
haqida   gapirganda,   mutaxassislar   rus   ritorikasi   namoyandalaridan   biri
I.Davidovning “Gap dondir, undan butun asar unib chiqadi” tarzidagi juda obrazli
qilib   aytgan   (1838   -yilda)   gapini   eslashadi. 11
  Umuman   aytganda,   gap   matn   hosil
bo‘lishida o‘ziga xos materialdir. Ana shular hisobga olinsa, matn birliklari sifatida
supersintaktik   butunliklar   bilan   bir   qatorda   erkin   gaplarni   tan   olgan   holda   har
qanday gapni ham ana shunday birliklar ichida qarash maqsadga muvofiq.
Matn lingvistikasi, xususan, matn birliklarini belgilashdagi eng munozarali
va behad ko‘p tadqiq etilgan masalalardan biri abzatsning mohiyati, tabiati va matn
tarkibidagi maqomi masalasidir. Bu borada rus va Evropa filologiyasida juda katta
miqdordagi ilmiy ishlar yaratilgan, ularning soni bir necha yuzlardan ham oshadi.
Ularning   aksariyatida   abzats   va   supersintaktik   butunliklar   o‘rtasidagi   munosabat,
10
             Колшанский Г.В.  От предложения к тексту / Сущность, развитие и функции языка. –М. Наука,1987,
с.40 . 
11
             Одинцов В.В.  Стилистика текста. -М.: 1980, с. 122. umumiy va farqli jihatlar, ularning matndagi ahamiyatlilik darajasi kabi masalalar
borasida bahs yuritiladi. Ammo oldindanoq alohida ta’kidlash zarurki, bizningcha,
abzatsni supersintaktik butunliklar bilan qiyoslash, ularni bir-biri bilan solishtirish
ilmiy mantiq nuqtai nazaridan unchalik asosli emas.
Tilshunoslikda   abzats   va   uning   mohiyati   talqini   masalasida   bir-biridan
farqli   bir   necha   nuqtai   nazarni   ko‘rish   mumkin.   Ularning   ba’zilarini   qarab
chiqaylik.
O.I.Moskalskaya   supersintaktik   butunlik     va   abzatsni   solishtirar   ekan,
supersintaktik   butunlikning   sintaktik   mohiyatga   ega   hodisaligini,   abzats   esa
kompozitsion sath birligi ekanligini ta’kidlaydi. Abzatsning matnda kompozitsion-
stilistik   birlik   maqomida   bo‘lishiga   boshqa   tadqiqotchilar   ham   e’tiborni
qaratadilar. 12
Bir   qator   tadqiqotchilar     abzatsning   sintaktik   struktura   birligi   bo‘la
olmasligini   aytadilar.   Ularning   fikricha,   abzats   til   sistemasining   birligi   emas,
shuning   uchun   unda   boshqa   sintaktik   birliklardan   farqlanishga   xizmat   qiladigan
grammatik   belgilar   yo‘q,   demakki,   u   alohida   sintaktik   birlik   emas.   Ana   shundan
kelib   chiqib,   ular   abzatsni   sintaktik   kategoriya   deb   hisoblamaydilar   va   shunday
ta’kidlaydilar:   “Matnning   sintaktik   strukturasida   so‘z   birikmasi,   so‘zlar
qo‘shilmasi, gaplar, murakkab sintaktik butunliklardan boshqa hech qanday birlik
yo‘q.” 13
  Ayni   paytda   ular   abzatsning     yozma   nutq   amaliyotida   fikr   idrokini
qulaylashtirish   maqsadida   yozuvchi   tomonidan   ongli   ravishda     ajratiluvchi   birlik
ekanligiga alohida urg‘u beradilar.
Yana   ayrim   tilshunoslar   supersintaktik   butunlikni   matnda   sintaktik   birlik
sifatida  qarash  mumkin  emasligini,   faqat  abzatsgina  matnda   ana  shunday   maqom
ola   bilishini   isbotlashga   urinadilar.   Masalan,   ayni   masalani   nemis   tili   materialida
o‘rgangan   L.G.Fridman   murakkab   sintaktik     butunlik   o‘zining   sintaktik   birlik
maqomini   tayin   etadigan   tegishli   ko‘rsatkichlarga   ega   emas   deb   hisoblaydi,
shuning   uchun   uni   grammatik   birlik   tarzida   emas,   balki   bir   qator   mustaqil
12
                        Сильман   Т.И.   Структура   абзаца   и   принципы   его   развертывания   в   художественном   тексте   /
Теоретические проблемы синтаксиса современных индоевропейских языков. -Л.: Наука, 1975, с.208-216. 
13
             Лосева Л.М.  Межфразовая связь в тексте монологической речи. –Одесса, 1969, с. 24. gaplarning   mazmuniy   umumiyligi     asosida   shakllanadigan   mantiqiy-semantik
butunlik   tarzida   talqin   qilish   to‘g‘ri   bo‘lishini   aytadi.   Muallif   abzats   stilistik,
adabiy-kompozitsion   birlik   sifatida   tadqiq   etilgan   ishlarda   uni   sintaktik   birlik
maqomini   tayin   etadigan   belgilar   yo   ikkinchi   planga   surib   qo‘yilishini,   yoki
umuman   e’tibordan   chetda   qolishini   tanqid   qiladi.   U   abzatsning   mohiyati   va
maqomi   haqida   quyidagicha   anchayin   keskin   fikrni   ilgari   suradi:   “Nisbatan   quyi
sath   birligi   bo‘lmish   gapdan   farqlovchi   relevant   belgilar   turkumiga   ega   bo‘lgan
frazadan   katta   sintaktik   birlik   abzatsdir   deb   hisoblaymiz...   Abzatsning
kompozitsion   birlik   sifatidagi   rolini   inkor   etmagan   holda   biz   o‘ylaymizki,   u   eng
avvalo sintaktik birlikdir, chunki  abzatsning  aynan sintaktik  tabiati  uning adabiy-
kompozitsion   birlik   sifatida   qo‘llanishi   uchun   imkoniyat   yaratadigan   bazis,
asosdir.” Ko‘rinadiki, tadqiqotchi abzatsni xuddi gap kabi sintaktik hodisa sifatida
talqin   qiladi   va   matnning   asosiy   birligi   abzatsdir   degan   fikrni   qat’iy   asoslashga
harakat qiladi.
Bunday   qarash,   bu   qadar   keskin   bo‘lmasa-da,   boshqa   tilshunoslarda,
ayniqsa,   xorijiy   tillarni   o‘qitish   metodikasi   bilan   shug‘ullangan   mutaxassislarda
ham   bor.   Masalan,   ana   shunday   yo‘nalishdagi   ishlardan   birida   matn   yaratishning
majburiy   unsuri   sifatida   abzats   alohida   ajratib   ko‘rsatiladi,   uning   matn
lingvistikasida   o‘ziga   xos     strukturaga   ega   bo‘lgan   to‘laqonli   birlik   ekanligi
ta’kidlanadi   va   shunga   asoslangan   holda   abzats   “katta   matn”   ichidagi   “kichik
matn”   degan   xulosaga   kelinadi,   uning   “abzats-tahlil”,   “abzats-tavsif”,   “abzats-
kontrast”, “abzats-analog”, “abzats-ta’rif” kabi mazmuniy turlari ajratiladi.
Abzatsni   sintaktik   hodisa   sifatida   tushunish   yoki   abzats   va   supersintaktik
butunlik   tushunchalarini   qorishtirish   turli   tilshunosliklarda   ancha-muncha
uchraydi.   Hatto   muayyan   bir   asarda   abzatsning   bir   necha   farqli   talqinlarini   ham
uchratish   mumkin.   Masalan,   I.V.Arnoldning   “Hozirgi     ingliz   tili   stilistikasi”
kitobidagi     “Matniy   sath   -   abzats”   nomli   paragraf   shunday   boshlanadi:   “Yozma
nutqning   bir   xatboshidan   ikkinchi   xatboshigacha   bo‘lgan,   murakkab   sintaktik
butunlik sifatida reallashgan va adabiy matnning nisbiy tugallangan qismini tashkil etuvchi bo‘lagi abzats deyiladi.” 14
 Abzats nazariyasining ibtidosi A.M.Peshkovskiy
ishlariga   borib   taqalishini,   keyinchalik   esa   N.S.Pospelov,   T.I.Silman   va   boshqa
ko‘plab tilshunoslar tomonidan tadqiq etilganligini ta’kidlar ekan, muallif mazkur
ta’rifidagi   fikrlarini   yanada   oydinlashtiradi:   “Abzats   gapga   nisbatan   yuqori
darajadagi   sintaktik-intonatsion   butunlikdir.”   Ammo   bir   sahifadan   keyinoq   bu
fikridan   qaytganday   bo‘ladi.   U   abzats   tarkibidagi   gaplarning   grammatik   va
mazmuniy   mustaqilligi   turli   yozuvchilarda,   hatto   bir   yozuvchining   turli   janrdagi
asarlarida   ham   turlicha   bo‘lishini   va   shuning   uchun   “abzatsning   tipik   strukturasi
uchun misol  keltirish  umuman  mumkin emasligi”ni  ta’kidlaydi.  Bir-ikki  sahifalik
misollar tahlili asosida dastlabki fikriga zid bo‘lgan mana bunday xulosaga keladi:
“Shunday   qilib,   abzats   jumlaning   (fikr   ifodasining)   mantiqiy   va   emotsional
strukturasini grafik aks ettirganligi uchun uni fikr ifodasining kitobxon tomonidan
idrok   qilinishini   engillashtiruvchi   kompozitsion   usul   sifatida   talqin   qilish
mumkin.” 15
  Albatta,   abzats   bir   paytning   o‘zida   ham   “gapdan   katta   sintaktik-
intonatsion   butunlik”,   ham   “grafik-kompozitsion   usul”   bo‘lishi   mumkin   emas,
ya’ni butunlik-birlik bilan usul boshqa-boshqa tushuncha va hodisalardir.
Hozirgacha   qarab   chiqilgan   abzats   haqidagi   mulohazalardagi   asosiy
nuqtalarni   shunday  guruhlashtirish  mumkin:   1)   abzats  -  sintaktik  birlik, 2)  abzats
sintaktik   birlik   emas,   balki   3)   abzats   –   kompozitsion-stilistik   birlik,   4)   abzats   –
kompozitsion-grafik   usul.   Ko‘rinib   turganiday,   bu   qarashlarning   har   biri
boshqasini   inkor   etadi   yoki   to‘la   e’tirof   etmaydi.     Abzatsning   sintaktik   (umuman
lingvistik)   hodisa   emasligini,   u   o‘z   mohiyatiga   ko‘ra   bunday   bo‘la   olmasligini
aksar   tilshunoslar   ta’kidlaydilar. 16
  Ammo   shunga   qaramasdan,   abzats   va
supersintaktik   birlik   (murakkab   sintaktik   butunlik)   munosabati   masalasida   bahs-
munozaralarning intihosi ko‘rinmaydi.
14
           Арнольд И.В.  Стилистика современного английского языка. -Л.: Просвещение, 1973, с. 244.
15
                    Талмацкая   Л.М.   Экспрессивно-стилистическая   функция   членения   на   абзацы   в   предисловии   к
роману О.Уайльда “Портрет Дориана Грея” / Прагматико-функциональное исследование языков. –Кишинев:
Штиинца, 1987, с. 131-138.
16
                    Мухин  А.М.   Структура   предложения  и   их  модели.  –Л.:   Наука,  с.   211;   Валгина  Н.С.   Синтаксис
современного   русского   языка.   –М.:   Высшая   школа,   1973,   с.380;   Лосева   Л.М.   Как   строится   текст.   –М.:
Просвещение, 1980, с. 85.  Bu   o‘rinda   supersintaktik   birlik   va   abzatsning   farqli   mohiyatga   egaligini
ko‘rsatib   berishga   bag‘ishlangan   ilmiy   izlanishlar   turli   tilshunosliklarda   ancha-
muncha bor. Ammo ular orasida ikki maqola alohida 
diqqatga   sazovor.   Xususan,   N.A.Levkovskayaning   rus   tili   materiali   va
E.V.Referovskayaning fransuz tili materiali asosidagi maqolalarida bu muammoga
o‘ziga   xos   tarzda   yondashilgan   va   masalaning   mohiyatiga   daxldor   konkret
farqlarni birma-bir belgilashga harakat qilingan. 17
N.A.Levkovskayaning   ko‘rsatishicha,   matnni   bo‘laklarga   ajratish   -   ko‘p
aspektli  murakkab jarayon, bu jarayon, umuman, ikki tomonlama xarakterga ega,
ya’ni,   birinchidan,   u   matnning   funksional   yo‘nalishi   –   matnning   pragmatik
maqsadi  bilan bog‘liq bo‘lgan ob’ektiv jarayon. Ikkinchidan, u matn ijodkorining
niyati   –   muallifning   pragmatik   maqsadiga   bog‘liq   bo‘lgan   sub’ektiv   jarayon.
Matnni   bo‘laklashda   ana   shunday,   ya’ni   matnning   pragmatik   maqsadi   –
muallifning   pragmatik   maqsadi   tarzidagi   o‘ziga   xos   dixotomiya   mavjud   bo‘ladi.
Matnni aynan matnning pragmatik maqsadiga muvofiq bo‘laklash mahsuli sifatida
supersintaktik birlik yuzaga keladi. Matnni muallifning pragmatik maqsadiga ko‘ra
bo‘laklash   mahsuli   sifatida   esa   abzats   yuzaga   keladi.   Ana   shunga   ko‘ra,
tadqiqotchi   supersintaktik   birlik   matnni   ob’ektiv   bo‘laklash   birligi   ekanligini,
uning   fikriy   tugallikka,   mantiqiy   butunlikka   egaligini   aytadi.   Abzats   esa   matnni
sub’ektiv   bo‘laklash   birligi   bo‘lganligidan   hamisha   ham   fikriy   tugallikka   sohib
bo‘lolmasligiga,   abzats   aksar   hollarda   kitobxonga   ta’sir   qilish   samaradorligini
oshirishning sof emfatik vositasi sifatida namoyon bo‘lishiga alohida urg‘u beradi.
Maqola muallifi abzats ilmiy matnda struktur, semantik va kommunikativ butunlik
maqomida   bo‘lsa-da,   badiiy   matnda,   asosan,   emfatik   vazifa   bajaruvchi   vosita
sifatida   ishtirok   etishini   ta’kidlaydi.   Albatta,   bu   badiiy   matnning   o‘ziga   xos
maqsad   va   vazifalari,   xususiyatlari,   umuman,   yozuvchining   kitobxonga   estetik
ta’sir   qilishdan   iborat   pragmatik   maqsadi   bilan   bog‘liq   ekanligi   ma’lum.   Badiiy
matnda, tabiiyki, yozuvchining estetik niyati hal qiluvchi ahamiyatga molikdir. 
17
                Левковская И.А.   В чем  различие между  сверхфразовым  единством и  абзацем  //  Филологические
науки, 1980,  № 1 . -С . 75-78;  Реферовская Е.А . Сверхфразовое единство и абзац / Теория языка. Методы его
исследования и преподавания. -Л.: Наука, 1981 . -С . 225-228. E.A.Referovskayaning   ilmiy   kuzatishlarida   ham   abzats   mohiyatidagi
sub’ektivlikka   asosiy   e’tibor   qaratilgan,   uningcha,   “abzats   muallifning   individual
manerasiga   muvofiq   tarzda   mavzuning   mazmuniy   rivojiga,   supersintaktik   birlik
esa fikr ifodasining struktural shakllanishiga qaratilgan”dir.
Ko‘rinadiki, supersintaktik birlik va abzats o‘rtasidagi  farqni tayin etishda
matnni   bo‘laklashning   ob’ektiv   va   sub’ektiv   omillaridan   kelib   chiqilsa,
muammoning   xolis   echimiga   kelish   mumkin.   Chindan   ham,   matnni   abzatslarga
bo‘lishda   muallifning   sub’ektiv   maqsadi,   fikr   tarkibidagi   nimani,   qanday,   qay
tarzda ta’kidlash hal qiluvchi rol o‘ynaydi. To‘g‘ri, ilmiy matnda fikrning mantiqiy
oqimini   tabiiy   ifodalash   muhim,   shuning   uchun   supersintaktik   birlik   va   abzats,
asosan,   mos   keladi.   Ammo   hatto   ilmiy   matnda   ham   muayyan   holatlarda
tadqiqotchining fikrni bitta-bitta, “hijjalab”, ta’kidlab ko‘rsatish maqsadi  bilan bir
supersintaktik   birlik   bir   necha   abzatslarga   bo‘lingan   holda   ifoda   qilinishi   ham
mumkinki,   bu   holat   muallif   fikrining   anglanishini   aslo   qiyinlayshtirmaydi,
aksincha, yanada qulaylasht i radi, xolos. Masalan, tilshunoslikka oid quyidagi ilmiy
matn parchasiga e’tibor beraylik:
Semantik   maydon   nuqtai   nazaridan   qaraydigan   bo‘lsak,   zid   ma’noli
so‘zlarning   funksional-semantik   xususiyatlari   bo‘yicha   qiziqarli   ma’lumotlarga
duch kelamiz.
Semantik   maydon   uzvlari   o‘rtasidagi   zidlanishlar   ko‘lami   antonimlar
doirasiga qaraganda keng va ko‘p qirralidir.
Shu   ma’noda   antonimlarga   maydon   uzvlari   o‘rtasidagi   zidlanishning   bir
ko‘rinishi   sifatida   qarash   mumkin.   Semantik   maydonda   leksemalararo
zidlanishdan   tashqari   guruhlar,   mikromaydonlar,   hatto   yirik   qurilmalararo
ziddiyatlarning   ham   mavjudligi   kuzatiladi   (Sobirov   A.   O‘zbek   tilining   leksik
sathini   sistemalar   sistemasi   tamoyili   asosida   tadqiq   etish.-   Toshkent:   Ma’naviyat,
2004, 152-b.).
Parcha uch abzatsdan iborat, ammo bitta supersintaktik birlik mavjud. Buni
har   uch   abzatsdagi   gaplarning   bir-biriga   ham   mazmuniy-sintaktik,   ham   mantiqiy bog‘lanishini   ta’minlagan  mushtarak   so‘zlar   va  bog‘lovchi  vositalar   hamda  fikriy
tugallanganlik ko‘rsatib turibdi.
Ko‘rinib turganiday, matnda uchta gapdan iborat bitta supersintaktik birlik
mavjud, ammo ular sakkizta abzatsga ajratilgan holda berilgan.
Badiiy   matnda   esa   abzatslarning   bunday   tuzilishi,   bir   supersintaktik
birlikning   bir   necha   abzatslarda   ifodalanishi   yozuvchining   badiiy-estetik   niyati
bilan bog‘liq holda juda ko‘p kuzatiladi. Mana bu misollarda buni ko‘rish mumkin:
Otaqo‘zi   millioner   raislarga   xos   viqor   va   dabdaba   bilan   qo‘qqisdan
“bostirib”   keldi.   Domla   Sh o murodav   mashina   ovozini   eshitib   ko‘chaga
chiqqanida   darvoza   oldida   biri   oq,   biri   havorang   ikkita   “Volga”   qator   turardi.
Ketma-ket “Gazik” kelib to‘xtadi.
Oq   “Volga”dan   oldin   Otaqo‘zi,   uning   ketidan   sipogina   kiyingan,
xushbichim bir odam, havorang “Volga”dan esa Otaqo‘zining qizi Tohira tushdi
(O.Yoqubov, “Diyonat” romani).
...Hozir   Mahkam   Gavharning   intilishlarini   o‘z   intilishlariday   tushunib,
ko‘ksida bir emas, ikki yurak urib turganday kuch, ishonch sezayotgan bir paytda
ko‘ngli ham g‘ubordan tez tozalanardi.
Gavharda   esa   Mahkamning   sevgan   ishiga   hurmat   o‘tgan   yiliyoq   paydo
bo‘lgandi. U Mahkamning kelajagiga qarab, bolalarga tarbiya beruvchi olijanob
bir o‘qituvchini ko‘z oldiga keltirardi  (P.Qodirov, “Uch ildiz” romani).
Keltirilgan  har  ikki  parchada  bittadan  supersintaktik  birlik  mavjud, ammo
bu   birliklar   ikki   abzats   tarzida   ifoda   qilingan.   Shubhasizki,   bu   yozuvchining
badiiy-estetik   niyatiga   uyg‘un   holatda   tegishli   fikr   bo‘laklarini   ta’kidlashga,
kuchaytirishga   xizmat   qilgan.   Ana   shu   bir-ikki   misolning   o‘ziyoq   abzatsni
supersintaktik birlik bilan solishtirish maqsadga muvofiq emasligini yana bir marta
ko‘rsatadi.
O‘zbek   tilshunosligida   matn   tadqiqiga   bag‘ishlangan   ishlarning
aksariyatida matn birliklari haqida gap borganda, shunday birliklar sifatida, asosan,
jumla, murakkab sintaktik butunlik va abzats sanab o‘tiladi. Ayrim   tadqiqotchilar,   masalan,   nemis   tilining   yirik   tadqiqotchisi
V.G.Admoni abzatsning  eng avvalo grafik butunlik ekanligini  ta’kidlaydi, chunki
yozma   matnda   abzatsni   ajratib   ko‘rsatish   uchun   uning   har   ikki   tomonidan   bir   oz
ochiq   joy   qoldiriladi,   bu   uning   grafik   chegarasi   hisoblanadi.   Olim   keyingi
yillardagi nemis nashrlarida abzatsni ajratib ko‘rsatuvchi mazkur ochiq joy o‘rniga
abzatslar   o‘rtasida   (vertikal)   bir   qator   tashlab   ketish   usulidan   foydalanish   ham
kuzatilayotganini aytadi. 18
Rus tilshunosligida abzatsni  punktuatsion vositalar sistemasi  ichida qarash
an’anasi   ham   mavjud.   Matn   lingvistikasining   yirik   tadqiqotchilaridan   biri
I.R.Galperin ham bundan ellik yillar burun nashr ettirgan bir kitobida abzats xuddi
tinish   belgilari   kabi   matndagi   mantiqiy   va   emotsional   jihatlarni   alohida   ta’kidlab
ko‘rsatish   uchun   xizmat   qiladigan   vosita,   kompozitsion-grafik   usul   ekanligini
asoslagan.   Ta’kidlash   joizki,   I.R.Galperin   ham,   I.V.Arnold   kabi   (uning   fikrini
yuqorida   keltirdik)   abzatsni   matnda   (albatta,   yozma   matnda)   birlik   emas,   balki
muayyan   fikrni   ta’kidlash,   emotsionallikni   kuchaytirish,   muhim   jihatni   ajratib
ko‘rsatish usuli ekanligini ta’kidlaydi.
Bizningcha,   abzatsni   matn   birligi   sifatida   talqin   qilish   tegishli   mantiqiy
asosga   ega   emas.   Bunday   talqin   aslida   matnning   mohiyatini   belgilashdagi   bir
yoqlamalik   bilan   bog‘liq   bo‘lsa   kerak.   Yuqorida   ko‘rib   o‘tganimizdek,   bir   qator
mutaxassislar   yozma   shakldagi   nutqnigina   matn   deb   hisoblaydilar.   Ana   shunga
ko‘ra, yozma nutqqagina xos bo‘lgan abzats  tushunchasi  matn birliklari doirasiga
olib   o‘tilgan   bo‘lishi   tabiiy.   Holbuki,   matn   og‘zaki   ko‘rinishga   ham   ega
bo‘laverishi mumkin. Shuning uchun ham abzatsning lingvistik belgilarini izlashga
urinishlar bor, ammo oldinroq ko‘rib o‘tilganiday, ilmiy asosli natijalar hali qo‘lga
kiritilgani yo‘q.
Hatto   yozma   nutqda   ham   abzats   mutl a qo   ob’ektiv   hodisa   emas,   balki
ko‘proq   sub’ektiv   munosabat   mahsuli   ekanligi   bu   sohadagi   adabiyotlarning
yuqoridagi ancha batafsil sharhidan ma’lum bo‘lib turibdi. 
18
              Адмони В.Г.  Синтаксис современного немецкого языка. –Л.: Наука, 1973, с. 356. Ana   shulardan   kelib   chiqilsa,   abzatsni   matn   birligi   sifatida   talqin   etish
maqsadga   muvofiq   emasligi   ayon   bo‘ladi.   Ammo   yozma   matnda   abzats   degan
hodisa   bor,   uni   o‘rganish   kerak.   Faqat   abzatsni   yozma   nutqdagi   matn   birligi
sifatida emas, balki yozma matndagi o‘ziga xos kompozitsion-stilistik usul (aynan
usul,   birlik   emas)   tarzida   tadqiq   etish   xolis   ilmiy   xulosalar   chiqarish   imkonini
beradi.
Atoqli   tilshunos   Y.Toji y ev   ham   “Matnga   yondashuv”   maqolasida   matn
birliklari   borasidagi   fikrlarini   bayon   qiladi:   ”Bizningcha,   gap   va   super   sintaktik
butunlik  parallel  holda  matn birligi bo‘lishi mumkin. Matn birligi sifatida  yo gap
yoki     supersintaktik     butunlikdan     biri   bo‘ladi,   deyish   to‘g‘ri   emas,   albatta.
“Supersintaktik   butunlik   M.Yo‘ldoshevning qarashlari bo‘yicha  talqin qilinsa (u
to‘g‘ri belgilagan ko‘rinadi), abzatslardan  ham  tashkil topishi mumkin “.    19
 
Mazkur   mulohazalarga   asoslanib   aytish   mumkinki,   supersintaktik   birlik
va gapni matnning asosiy birliklari deb hisoblash maqsadga muvofiq.  20
Matn birliklari
              Ma’lumki   ,   har   qanday   butunlik   kabi   matn   ham   uni   tarkib   toptiruvchi
unsurlar,   muayyan   birliklardan   iborat   bo’ladi.   Tilshunoslikda   qanday   birliklar
matnni     shakllantirishi     yoki     matnni     bo’laklarga     ajratganda   qanday   birliklar
aynan   matn   birligi     deb   hisoblanishi     borasida     ancha   -   muncha   munozaralar
mavjud.     Bu     aslida   unday   emas,   shuning   uchun   ham   bu   masalada   matn
lingvistikasi tadqiqotchilari orasida  jud ko‘p va farqli fikrlar mavjud.
Aksariyat     tilshunoslar     gapni     matn     birligi     emas     deb     hisoblaydilar.
Masalan,     I.   R.   Galperin   gap   emas,   balki   bir   qator   gaplarni   birlashtiradigan
nisbatan     yirik     butunlik   –   frazadan     kata     butunlik     matn   birligi   bo’la   olishini
aytadi.   U   gap   ana   shunday     butunlikda   constituent   sifadida   ishtirok   etishini,
frazadan     kata     butunlikning     tarkibiy     qismi     bo’lgan     gap   bir   paytning   o’zida
yahlit matnning ham tarkibiy qismi bo’la olmasligini ta’kidlaydi 21
. 
19
            Тожиев Ё.  Матнга ёндашув // Тилшуносликнинг долзарб масалалари. -Тошкент: Академнашр, 2010. –
Б.197-205.
20
  Й ўлдошев  М.  Бадиий матн лингвопоэтик аси . –Тошкент:Фан, 2008.
21
 Galperin   O’sha asar              Ayni   shu   frazadan   katta   butunlikni   matnning   asosiy birligi sifatida
baholash   deyarli  tilshunosliklarda  keng  tarqalganligini ta’kidlash  mumkin. Bu
termin   orqali     ifodalangan     tushuncha   turli   tilshunoslar   tomonidan   turlicha
nomlanadi,   ya’ni   mazkur   terminning   bir   qancha   sinonimlari   mavjud.   Masalan:
”frzadan   kata   butunlik   (O.   S.   Axmanova),   “murakkab   sintaktik   butunlik’’(A.   M.
Peshkovskiy, N. S. Pospelov),  ”matn komponenti’’ (I. A. Figurovskiy) va hokazo.
O‘zbek     tilshunosligida     ham   mazkur   tushunchani   ifodalash   uchun   bir   qator
farqli   terminlar   qo’llanilmoqda.   Masalan,   A.   Mamajonov   dastlab   “yirik   sintaktik
birlik’’   terminini   qo’llagan   bo‘lsa,   keyinroq   “superfrazali   sintaktik   birlik’’
terminidan   foydalanadi.   Matnning   stilistik   muammolariga   alohida   e’tibor   bilan
qaragan     I.   Rasulov   va   H.   Rustamovlar   esa   “murakkab   sintaktik   butunlik   ‘’
terminini   ma’qul   ko‘radilar 22
.   O‘zbek   matnidagi   ana   shunday   birliklarni
monografik   tarzda     tadqiq   etgan   M.   Abdupattoyev     “supersintaktik   butunliklar’’
terminini   qollashni   maqsadga   muvofiq   deb   hisoblaydi 23
.   Bu   atama   hodisa
mohiyatini   ancha   to‘g‘ri   va   xolis   aks   ettiradigan   atama   sifatida,   shubhasiz,
matnning asosiy birligidir.
O‘zbek   tilshunosligida   matn   tadqiqiga   bag‘ishlangan   ishlarning   aksaryatida
matn   birliklari   haqida   gap   ketganda,   shunday   birliklar   sifatida,   asosan,   jumla,
murakkab   sintaktik   butunlik   va   abzats   sanab   o’tiladi.   Olimlar   keyingi   yillardagi
ishlarida   abzatsni     ajratib     ko’rsatuvchi       mazkur     ochiq     joy   orni     abzatslar
o‘rtasida   bir   qator   tashlab   ketish   usulidan     foydalanish   ham   kuzatilayotganini
aytadi.
Abzats   yangi   fikrlar  qatorining   ko’rsatkichi sifatida  xizmat qiladi;   abzats
ichida   mustaqil   gaplar   bilan   ifodalangan   fikrlar mazmunan birlashgan bo’ladi
va   muayyan     kichik     mavzuni     rivojlantiradi.     Bir     necha     gap     yoki     hatto   bitta
gapni     alohida     abzats     sifatida     ajratish     bu     gaplarga       muayyan   salmoq   baxsh
etadi,   bunday   ajratish   muallif   tomonidan   o‘z   maqsadiga   bog‘liq   tarzda   amalga
oshiriladi.   I.   R.   Galperin   ham   abzats       xuddi     tinish     belgilari     kabi   matndagi
22
 Rasulov I. Murakkab sintaktik butunlik.  //O‘zbek tili va adabiyoti,1983,1-son,22-bet;  ShomaqsudovA., 
RasulovI. vaboshq. O‘zbek tili stilistikasi.-Toshkent: O‘qituvvchi, 1983, 223-227-betlar
23
Abdupattoyev  M. T. O‘zbek matnida supersintaktik butunliklar: Fil. fan.nom…diss.avtoref.-Toshkent,1998, 17-
bet. mantiqiy   va   emotsional   jihatlarni     alohida     ta’kidlab   ko’rsatsh     uchun   xizmat
qiladigan vosita kompozitsion-grafik usul ekanligini asoslagan 24
.
        Ana   shulardan   kelib   chiqilsa,   abzatsni   matn   birligi     sifatida   talqin     etish
maqsadga   muvofiq   emasligi   ayon   bo’ladi.Ammo   yozma   matnda   abzats   degan
hodisa   bor,   uni   o‘rganish   kerak.   Faqat   abzatsni   yozma   nutqdagi   matn   birligi
sifatida   emas,   balki     yozma     matndagi     o‘ziga   xos   kompozitsion   -   stilistik   usul
tarzida   tadqiq   etish   xolis   ilmiy   xulosalar   chiqarish   imkonini   beradi.   Yuqoridagi
fikrlarga   asoslahgan     holda     shuni   aytish   mumkinki,     supersintaktik     birlik     va
gapni matnning asosiy birliklari deb hisoblash  maqsadga  muvofiq  bo’ladi.
 Matn va uning turlari
Matn – nutq ko‘rinishi bo‘lib, vazifasi jihatidan tugal nutqiy butunlikdir.Har
bir matn murakkab tuzilish va mazmun mundarijasiga ega bo‘lib, u og‘zaki hamda
yozma   ijod   namunasi   hisoblanadi.T i lshunoslikda   matn   tilning   alohida   birligi
(supersintaktik   butunlik)   va   matn   tilshunosligi   deb   atalayotgan   sohaning   asosiy
obyekti sifatida talqin qilinadi. 
Matn     so‘z   birikmasi   va   gapdan   farqlanadi,   chunki   matnning   ham   o‘z
kategoriyasi va qonuniyatlari mavjud.  Matn so‘zining lug‘aviy ma'nosida birikish,
bog‘lanish   tushunchalarining   borligi,   shuning   uchun   matn   tarkibi   o‘zaro   qaysidir
bog‘lovchilar   yordamida   birikishni   o‘rganish   “Matn   tilshunosligi”   sohasining
asosiy muammolaridan biridir.  Tilshunos E.Qilichev “Matnning lingvistik tah`lili”
nomli  kitobida “Matn   – hamma  elementlari  o‘zaro zich  aloqada  bo‘lgan  va  avtor
nuqtayi nazaridan ma'lum bir maqsadga yo‘naltirilgan nominativ-estetik axborotni
ifodalovchi   murakab   tuzilma»   degan   ta'rifni   beradi.   I.Rasulov   esa     matnni
quyidagicha ta'riflaydi: “Gapdan katta birlik murakkab sintaktik butunlik bo‘lib, u
fikran   va   sintaktik   jihatdan     o‘zaro   bog‘liq   bo‘lgan   gaplar   birlashmasidan   iborat.
Unda fikr gapga nisbatan ancha to`liq bo‘ladi”.     
Matn   hajm   va   mazmun   belgisiga   ko‘ra   ikkiga   bo`linadi:   1.   Hajm   belgisiga
ko‘ra matn turlari. 2. Ifoda maqsadi va mazmun belgisiga ko‘ra matn turlari.
24
.Galperin  O‘sha asar  46-bet.             1.  Hajm belgisiga ko‘ra matn turlari.  Matn gapdan ko‘ra yirik hajmli
aloqa vositasi, nutqiy faoliyat mahsuli, muayyan qonuniyatlar asosida shakllangan
yozma   nutq   ko`rinishidir.   Matn   hajm   belgisiga   ko‘ra   ikkiga   ajratiladi.   Minimal
matn (mikromatn) va maksimal matn ( makromatn).
Badiiy   uslubda   minimal   matn   deyilganda   biror   mavzuni   yoritishga
bag‘ishlangan   qatralar,   xalq   donishmandligini   ifodalaydigan   maqol,   matal   va
aforizmlar,   miniatyuralar,   hajviy   asarlar,   nomalar,   she'r   va   she'riy   parchalar,
umuman,   kichik   mavzuni   qamrab   oluvchi   bir   necha   gaplardan   iborat   butunlik
tushuniladi. Matnning ichki tomonini mazmun yaxlitligi, tashqi tomonini esa turli
shakldagi bog`lamalar, sintaktik vositalar birlashtirib turadi.
Maksimal   matn   deyilganda   keng   ko‘lamdagi   voqealarni   yoritish   ehtiyoji
bilan yuzaga kelgan butunlik nazarda tutiladi. Badiiy uslubda hikoya, qissa, roman,
epopeya   kabi   yirik   hajmli   asarlar   maksimal   matn   hisoblanadi.Maksimal   matn
mikromatnlardan iborat. Eng kichik butunlik abzatsga, eng katta butunlik esa bob
(qism   yoki   fasl)larga   to‘g‘ri   keladi.   Bunday   matn   tarkibida   epigraf,   so‘zboshi
(muqadddima),   so‘ngso‘z   (epilog)   kabi   yordamchi   qismlar   ham   ishtirok   etishi
mumkin.   Ular   asar   mazmuni   va   g‘oyasiga,   shuningdek,   mavzuning   tanlanishi   va
yoritilishiga oid ayrim masalalarga qo‘shimcha  izoh, sharh bo‘lib keladi.
Makromatnning eng kichik birligi  abzatsdir. Abzats bir  mazmuniy butunlik
bo‘lib,   “matnning   bir   xat   boshidan   keyingi   xat   boshigacha   bo‘lgan   qismi”
hisoblanadi.
Oddiy  kundalik hayotdagi so‘zlashuv nutqida har doim ham yangidan matn
yaratmaymiz.   Ehtiyojimizga   ko‘ra   turli   matn   turlaridan   foydalanamiz.   Ba'zan
boshimizdan   o‘tgan   yoki   o‘zimiz   guvoh   bo‘lgan   qoqealarni   kimgadir   aytib
beramiz.   Insonlar   o‘rtasidagi   muloqot   maqsadi   va   mazmuni   shular   bilangina
chegaralanib   qolmaydi.   Inson   hissiyotlarini,   tuyg‘ularini,   hayajonlarini,   azob   va
qayg‘ularini   ifodalash,   shu   orqali   tinglovchi   yoki   kitobxonni   ta'sirlantirishni
istaydi.Ana shunday hollarda ba'zan mubolag‘a ba'zan o‘xshatish – qiyoslash kabi
tasviriy vositalardan foydalanamiz. 2. Ifoda   maqsadiga   va   mazmuniga   ko‘ra   badiiy   matnni   quyidagi   turlarga
bo‘lib   chiqish   mumkin:   1.   Hikoya   mazmunli   matn.   2.   Tasviriy   matn.   3.Izoh
mazmunli matn. 4. Didaktik matn. 5. Xabar mazmunli matn. 6. Buyruq mazmunli
matn. 7. Hissiy ifoda mazmunli matn.
1.Hikoya   mazmunli   matnlar   .Bunday   matnda   muallif   yoki   asar   qahramoni
o‘zi   boshidan   o‘tkazgan   eshitgan,   ko‘rgan   yoki   guvoh     bo‘lgan   biror   voqeani
hikoya qilib beradi. Xotiralar, esdaliklar, ertak va rivoyatlarni narrativ matn turiga
kiritish mumkin. Hikoya tarzi, asosan, o‘tgan zamon shaklida, birinchi shaxs birlik
yoki ko‘plikda ifodalanadi.
      2.   Tasviriy   matnlar.   Bunday   matn   tinglovchiga   noma'lum   bo‘lgan   biror
kishi,   joy,   hayvonot   va   nabotot   olamiga   mansub   mavjudot   yoki   qandaydir   narsa-
buyum   hamda   voqea-hodisani     batafsil   tasvirlab     berish   maqsadida   tuzilgan
bo‘ladi.   Tasviriy   matnda   ham   monologik   nutq   ko‘rinishi   yetakchilik   qiladi.
Partonimik   tasvir   bunday   matnning   eng   xarakterli   xususiyati   hisoblanadi,   ya'ni
tasvirlanayotgan obyektning dastlab, birlamchi xususiyati tilga olinadi. Keyin unga
aloqador xususiyatlar va qismlardan so`z yuritiladi. 
3.     Izoh   mazmunli   matnlar.   Bunday   matnda   aytilayotgan   fikrning
ishonarliligini ta'kidlash uchun turli dalil va izohlar keltiriladi. Asoslash, isbotlash,
o‘zini oqlashga urinish yoki himoya maqsadida har xil vajlarni keltirish argumentli
matn turining o`ziga xos jihatlaridan hisoblanadi.
4. Didaktik matnlar. Kimgadir pand-nasihat qilish, uni turli  hayotiy voqealar
vositasida   tarbiyalash   yoki   aytilganlardan   xulosa   chiqarishga   o‘rgatish   istagi
asosida   tuzilgan   matn   eksplikativ   yoki   didaktik   matn   deyiladi.Maqsadga   erishish
uchun   maqol,   matal,   aforizm,   turli   hayotiy   voqealar,   rivoyatlar,   masallardan
namuna sifatida foydalaniladi.
5.   Xabar   mazmunli   matnlar.Biror   voqea-hodisa   haqida   xabar   berish
maqsadida   tuzilgan   yoki   havola   qilingan   matn   ,   informativ   matn   hisoblanadi.
Badiiy matnda informativlik o‘ziga xos tarzda bo‘ladi. Oddiy xabardan farqlanib,
estetik maqsad yuklangan bo‘ladi. 6.   Buyruq   mazmunli   matnlar.   Buyruq   havmda   maslahat   ohangi   yetakchilik
qiladigan,   buyruq   maylidagi   gaplardan   tuzilgan,   biror   ishni   bajartirish   yoki   turli
ta'qiqlashlarni  ifoda etadigan matn tipiga buyruq mazmunli  matn deyiladi.Asosan
qahramonlar nutqida kuzatiladi.
        7.   Hissiy   ifoda   mazmunli   matnlar   .   Insonning   ichki   kechinmalarini,
voqelikka   munosabatini,   o‘ziga   xos   pafos   Bilan   i fodalash   maqsadida   tuzilgan
matnlar   hissiy   ifoda   mazmunli   matn   deyiladi.     Matn   –   nutq   ko`rinishi   bo`lib,
vazifasi   jihatidan   tugal   nutqiy   butunlikdir.Har   bir   matn   murakkab   tuzilish   va
mazmun   mundarijasiga   ega   bo`lib,   u   og`zaki   ham       yozma   ijod   namunasi
hisoblanadi. Tilshunoslikda matn tilning alohida birligi (supersintaktik butunlik) va
matn tilshunosligi deb atalayotgan sohaning asosiy ob'ekti sifatida talqin qilinadi. 
Matn     so`z   birikmasi   va   gapdan   farqlanadi,   chunki   matnning   ham   o`z
kategoriyasi va qonuniyatlari mavjud.  Matn so`zining lug`aviy ma'nosida birikish,
bog`lanish   tushunchalarining   borligi,   shuning   uchun   matn   tarkibi   o`zaro   qaysidir
bog`lovchilar   yordamida   birikishni   o`rganish   “Matn   tilshunosligi”   sohasining
asosiy muammolaridan biridir.
Tilshunoslikda matnga doir yaratilgan tadqiqotlarni uch katta guruhga bo’lish
mumkin: a) matnning formal-grammatik va ma’no qurilishiga oid ishlar; b) matnni
turlicha   idrok   qilishga   sabab   bo’ladigan  matn   qurilishining   shakliy   va   konseptual
xususiyatlari   tahliliga   bag’ishlangan   ishlar;   v)   matnning   o’zini   idrok   qilishga   oid
ishlar.   Yana   shuni   ta’kidlab   aytish   mumkinki,   bugungi   kunga   kelib   matnni
o’rganishning   yigirmadan   ortiq   usullari,   metodlari   ishab   chiqilgan   va   ular
tilshunoslik fanida keng qo’llanmoqda.
Matn   hajm   va   mazmun   belgisiga   ko`ra   ikkiga   bo`linadi:   1.   Hajm   belgisiga
ko`ra matn turlari. 2. Ifoda maqsadi va mazmun belgisiga ko’ra matn turlari.
 1. Hajm belgisiga ko`ra matn turlari. 
Matn   gapdan   ko`ra   yirik   hajmli   aloqa   vositasi,   nutqiy   faoliyat   mahsuli,
muayyan   qonuniyatlar   asosida   shakllangan   yozma   nutq   ko`rinishidir.   Matn   hajm
belgisiga   ko`ra   ikkiga   ajratiladi.   Minimal   matn   (mikromatn)   va   maksimal   matn
( makromatn). Badiiy   uslubda   minimal   matn   deyilganda   biror   mavzuni   yoritishga
bag`ishlangan   qatralar,   xalq   donishmandligini   ifodalaydigan   maqol,   matal   va
aforizmlar,   miniatyuralar,   hajviy   asarlar,   nomalar,   she'r   va   she'riy   parchalar,
umuman,   kichik   mavzuni   qamrab   oluvchi   bir   necha   gaplardan   iborat   butunlik
tushuniladi. Matnning ichki tomonini mazmun yaxlitligi, tashqi tomonini esa turli
shakldagi bog`lamalar, sintaktik vositalar birlashtirib turadi.
Maksimal   matn   deyilganda   keng   ko`lamdagi   voqealarni   yoritish   ehtiyoji
bilan yuzaga kelgan butunlik nazarda tutiladi. Badiiy uslubda hikoya, qissa, roman,
epopeya   kabi   yirik   hajmli   asarlar   maksimal   matn   hisoblanadi.Maksimal   matn
mikromatnlardan iborat. Eng kichik butunlik abzatsga, eng katta butunlik esa bob
(qism   yoki   fasl)larga   to`g`ri   keladi.   Bunday   matn   tarkibida   epigraf,   so`zboshi
(muqadddima),   so`ngso`z   (epilog)   kabi   yordamchi   qismlar   ham   ishtirok   etishi
mumkin.   Ular   asar   mazmuni   va   g`oyasiga,   shuningdek,   mavzuning   tanlanishi   va
yoritilishiga oid ayrim masalalarga qo`shimcha  izoh, sharh bo`lib keladi.
Makromatnning eng kichik birligi  abzatsdir. Abzats bir  mazmuniy butunlik
bo`lib,   “matnning   bir   xat   boshidan   keyingi   xat   boshigacha   bo`lgan   qismi”
hisoblanadi.
Oddiy  kundalik hayotdagi so`zlashuv nutqida har doim ham yangidan matn
yaratmaymiz.   Ehtiyojimizga   ko`ra   turli   matn   turlaridan   foydalanamiz.   Ba'zan
boshimizdan   o`tgan   yoki   o`zimiz   guvoh   bo`lgan   qoqealarni   kimgadir   aytib
beramiz.   Insonlar   o`rtasidagi   muloqot   maqsadi   va   mazmuni   shular   bilangina
chegaralanib   qolmaydi.   Inson   hissiyotlarini,   tuyg`ularini,   hayajonlarini,   azob   va
qayg`ularini   ifodalash,   shu   orqali   tinglovchi   yoki   kitobxonni   ta'sirlantirishni
istaydi.Anna shunday hollarda ba'zan mubolag`a ba'zan o`xshash – qiyoslash kabi
tasviriy vositalardan foydalanamiz. Xulosa
           Shundan kelib chiqib, badiiy matn quyidagi turlar ajratiladi: 
1.Hikoya   mazmunli   matnlar   (Le   texte   narratif   –   narrativ   matn).   Bunday
matnda   muallif   yoki   asar   qahramoni   o`zi   boshidan   o`tkazgan   eshitgan,   ko’rgan
yoki guvoh   bo`lgan biror voqeani hikoya qilib beradi. Xotiralar, esdaliklar, ertak
va rivoyatlarni  narrativ matn turiga kiritish  mumkin. Hikoya tarzi, asosan,  o`tgan
zamon shaklida, birinchi shaxs birlik yoki ko`plikda ifodalanadi.
                   2. Tasviriy matnlar  (Le texte descriptif – deskriptiv matn). Bunday matn
tinglovchiga   noma'lum   bo`lgan   biror   kishi,   joy,   hayvonot   va   nabotot   olamiga
mansub   mavjudot   yoki   qandaydir   narsa-buyum   hamda   voqea-hodisani     batafsil
tasvirlab  berish maqsadida tuzilgan bo`ladi. Tasviriy matnda ham monologik nutq
ko`rinishi   etakchilik   qiladi.   Partonimik   tasvir   bunday   matnning   eng   xarakterli
xususiyati   hisoblanadi,   ya'ni     tasvirlanayotgan   ob'ektning   dastlab,   birlamchi
xususiyati   tilga   olinadi.   Keyin   unga   aloqador   xususiyatlar   va   qismlardan   so`z
yuritiladi. 
3.  Izoh mazmunli matnlar (Le texte argumtntatif-argumentli matn). Bunday
matnda   aytilayotgan   fikrning   ishonarliligini   ta'kidlash   uchun   turli   dalil   va   izohlar
keltiriladi. Asoslash, isbotlash, o`zini oqlashga urinish yoki himoya maqsadida har
xil vajlarni keltirish argumentli matn turining o`ziga xos jihatlaridan hisoblanadi.
4. Didaktik matnlar (Le texte explicatif- eksplikativ matn). Kimgadir pand-
nasihat qilish, uni turli  hayotiy voqealar vositasida tarbiyalash yoki aytilganlardan
xulosa chiqarishga o`rgatish istagi asosida tuzilgan matn eksplikativ yoki didaktik matn   deyiladi.Maqsadga   erishish   uchun   maqol,   matal,   aforizm,   turli   hayotiy
voqealar, rivoyatlar, masallardan namuna sifatida foydalaniladi.
5. Xabar mazmunli matnlar (Le texte informative - informativ matn). Biror
voqea-hodisa haqida xabar berish maqsadida tuzilgan yoki havola qilingan matng
informativ   matn   hisoblanadi.   Badiiy   matnda   informativlik   o`ziga   xos   tarzda
bo`ladi. Oddiy xabardan farqlanib, estetik maqsad yuklangan bo`ladi.
6.   Buyruq   mazmunli   matnlar   (Le   texte   injonctif-injonktiv   matn).   Buyruq
havmda   maslahat   ohangi   etakchilik   qiladigan,   buyruq   maylidagi   gaplardan
tuzilgan, biror ishni bajartirish yoki turli ta'qiqlashlarni ifoda etadigan matn tipiga
buyruq mazmunli matn deyiladi.Asosan qao`ramonlar nutqida kuzatiladi.
                     7. Hissiy ifoda mazmunli matnlar (Le texte expressif - ekspressiv matn).
Insonning   ichki   kechinmalarini,   voqelikka   munosabatini,   o`ziga   xos   pafos   bilan
i fodalash maqsadida tuzilgan matnlar hissiy ifoda mazmunli matn deyiladi. 
                       Matn murakkab butunlik sifatida     morfemik-morfologik va sintaktik bir
necha jihatdan tahlil etiladi:
1)    matnningfonetik tahli -   bunda tovushlarning uslubiy xususiyatlari bilan
bog’liq holatlar tahlil etiladi;
                     2) matnning leksik tahlili – bunda matnda ijodkor tomonidan qo’llanilgan
leksik   birliklarning   semantik   xususiyatlari,   ya’ni   so’zlarning   denotative   va
konnotativ   ma’nolari,   shuningdek,   ma’nodoshlik,   shakldoshlik,   zidma’nonlilik,
ko’pma’nolilik, ko’chma ma’nolar tahlil etiladi;
                 3) matnning morfemik-morfologik tahlili – bunda morfologik birliklarning
estetik vazifasi, ya’ni ma’lum bir grammatik  ma’no vafunksiyaga ega bo’lgan so’z
formasini     maxsus   qo’llash   orqali   ifodalangan   ekspressiv-emotsionallik     jihatlar
tahlil etiladi;
                    4)   matnning  sintaktik   tahlili   –   bunda   matnda  qo’llangan  maxsus   uslubiy
figuralar:   sintaktik   pfrallelizm,   emotsional   gaplar,   ritorik   so’roq   gap,   inversiya,
ellipsis,   antiteza,   gradatsiya,   sukut,   o’xshatish   va   boshqalarning   matndagi
xususiyatlari tahlil etiladi.                 O‘zbek   tilshunosligida   matn   va   u   bilan   bog’liq   muammolarni   tadqiq   etish
borasida salmoqli yutuqlar qo’lga kiritilgan deyish mumkin. Endigi vazifa ana shu
yutuqlarni   yanada   mustahkamlash   va   tilshunoslikning   alohida   bir   yo’nalishi
sifatida taraqqiy etayotgan matnning nazariy va amaliy ahamiyatini, inson kognitiv
olamidagi rolini  keng yoritishdan iborat.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ҳакимов М.Х. Ўзбек илмий матнининг синтагматик ва прагматик 
хусусиятлари: Филол. фан. н-ди ...дисс. –Тошкент, 1993.
2.     Мамажонов А. Йирик синтактик бирликлар // Ўзбек тили ва адабиёти,
1980, №5, 62-б.
3.    Мамажонов А. Текст лингвистикаси. –Тошкент, 1989, 27-б.
4.    Расулов И. Мураккаб синтактик бутунлик // Ў з бек тили ва адабиёти,
1983,  № 1, 22-б . ;
5. Шомақсудов   А.,   Расулов   И.     Ўзбек   тили   стилистикаси.   -Тошкент:
Ўқитувчи, 1983, 223-227-б.
6. Абдупаттоев М.Т. Ўзбек матнида суперсинтактик бутунликлар: Филол.
фан. ном. ...дисс. автореф. -Тошкент, 1998.
7. Тожиев Ё. Матнга ёндашув // Тилшуносликнинг долзарб масалалари. -
Тошкент: Академнашр, 2010. –Б.197-205.
8. Й ўлдошев  М.   Бадиий матн лингвопоэтик аси . –Тошкент:Фан, 2008.
9. Rasulov I. Murakkab sintaktik butunlik.  //O’zbek tili va adabiyoti,1983,1-
son,22-bet;  ShomaqsudovA., RasulovI. vaboshq. O’zbek tili stilistikasi.-
Toshkent: O’qituvvchi, 1983, 223-227-betlar
10. Abdupattoyev  M. T. O’zbek matnida supersintaktik butunliklar: Fil. 
fan.nom…diss.avtoref.-Toshkent,1998, 17-bet.

Mavzu:Matn birliklari va ularning xususiyatlari Reja: 1.Kirish. 2.Asosiy qism. a) Matn ta’rifi masalasi. b) Matn va uning turlari c) Matn birliklari (komponentlari) 3.Xulosa Adabiyotlar.

MATN TA’RIFI MASALASI Matn ta’rifi masalasi matn lingvistikasining eng muhim va dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Chunki tilshunoslikda bu masalada yagona fikrning o‘zi yo‘q. Zero, “Ammo hayratlanarlisi shundaki, - deb yozadi rus tilshunosi E.S.Kubryakova, - bu fan sohasi o‘zining bosh ob’ekti – matnning umume’tirof etilgan ta’rifiga ega emas va bu yo‘nalishdagi deyarli har bir tadqiqot tekstning nima ekanligi va bu termin bilan ifodalanadigan hodisaning qanday belgi yoki xususiyatlar bilan xarakterlanishi haqidagi mulohazalar bilan boshlanadi.” 1 Biz ham matn ta’rifi, uning asosiy belgi-xususiyatlariga to‘xtalishini maqsadga muvofiq deb bildik. Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, matn tushunchasini material jihatdan tayin etish va ta’riflashda mutaxassislar o‘rtasida yagona fikr yo‘q, aksincha, bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikki xil qarash mavjud. Ayrim tilshunoslar faqat yozma shakldagi yaxlit nutq yoki nutq parchasini matn deb hisoblaydilar. Masalan, rus tilshunosi L.M.Loseva “matn” tushunchasini aniqlashda barcha matnlar uchun xos bo‘lgan belgilardan kelib chiqish lozimligini aytadi va bu belgilarning birinchisi sifatida uning yozma shaklda bo‘lishini alohida qayd etadi. 2 Ammo matnning yozma yoki og‘zakiligi uning ontologiyasi va funksiyasiga nechog‘lik bog‘liq yoki bog‘liq emasligi muallif tomonidan aniq-tiniq ko‘rsatib berilmagan. Matnning mohiyati va kommunikatsiya jarayonida bajaradigan vazifasi faqat yozuv bilan chegaralanadigan bo‘lsa, bu yirik kommunikativ birlikning tildagi o‘rni qanday belgilanishi haqidagi masala ochiq qolgan. Aytish kerakki, matn lingvistikasi muammolari bilan jiddiy shug‘ullangan juda ko‘pchilik tilshunoslar matnning yozma ham, og‘zaki ham bo‘laverishi mumkinligini aytadilar. Chindan ham, ayni shu fikr ilmiy-mantiqiy jihatdan to‘la asosga ega va u matnning mavjud mohiyatini to‘g‘ri aks ettiradi. 1 Кубрякова Е.С. О тексте и критериях его определения / Текст. Структура и семантика. Т. 1. –М., 2001, с.72-81. 2 Лосева Л.М. Ko ‘ rsatilgan asar , 4- b .

Z.Y.Turayeva matn lingvistikasining umumiy nazariyasiga ko‘ra uning predmeti sifatida og‘zaki yoki yozma nutq mahsuli bo‘lgan matnni olish mumkinligini aytadi, ammo matnni tor ma’noda, ya’ni faqat yozma nutq mahsuli sifatida talqin qilish maqsadga muvofiq ekanligini ta’kidlaydi. U I.R.Galperin tomonidan ilgari surilgan yozma matn talqinini ma’qullaydi va quyidagicha yozadi: “Agar og‘zaki nutqqa tovushlar orqali namoyon bo‘lish xos bo‘lsa, matn uchun grafik gavdalanish xarakterlidir. Agar og‘zaki nutqni bir yo‘nalishlilik (“lineynost”) farqlab tursa, matnga ko‘p o‘lchovlilik xosdir. Og‘zaki nutq bir yo‘nalishlidir, chunki u faqat tovush orqali gavdalana oladi. Yozuv (grafik yoki magnit tasmasidagi) uning sifatini o‘zgartiradi. Shunday qilib, og‘zaki nutq qaytishsizdir, ya’ni aytildimi, uning biror parchasiga qaytish mumkin emas. Matn ko‘p o‘lchovlidir, chunki uning istalgan bo‘lagiga ko‘p marta qaytish mumkin. Agar nutq harakat, jarayon bo‘lsa, matn ikkiyoqlama tabiatga ega, ya’ni u ham tinch holatda, ham harakatda bo‘la oladi. Agar nutqning zamonda mavjudligi shu nutqning talaffuz vaqti bilan chegaralangan bo‘lsa, matnning mavjudligi amaliy jihatdan hech narsa bilan chegaralanmagan.” 3 O‘zbek tilshunosligidagi bu yo‘nalishdagi ishlarga e’tibor qilinsa, ularda ham yuqoridagiga o‘xshash mulohazalar yo‘q emas. Masalan, M.Hakimovning nomzodlik dissertasiyasida mana bunday fikrlarni o‘qish mumkin: “...Nutq – bu so‘zlovchining nutqiy jarayoni bilan aloqador bo‘lgan hodisa sifatida ifoda etilsa, matn (tekst) ham ana shu nutqiy hodisaning yozilgan (“bosma harf orqali aks etgan”) parchasidir... “Nutq” o‘zining yozma shaklida “matn” atamasiga teng keladi... Har qanday nutqning yozma shakli matn tushunchasi mohiyatini ifoda etadi... Tekst – og‘zaki nutq, kontekstga nisbatan stabillashgan, ma’lum qoida, qonuniyatlar va adabiy til me’yorlari asosida shakllangan yozma nutq... Matn bir vaqtning o‘zida emas, balki bir necha asr avvalgi va keyingi shaxslar o‘rtasidagi aloqa munosabatini yuzaga chiqaruvchi vositadir.” 4 3 Тураева З.Я. Лингвистика текста. –М.: Просвещение, 1986, с. 12. 4 Ҳакимов М.Х. Ўзбек илмий матнининг синтагматик ва прагматик хусусиятлари: Филол. фан. н- ди ...дисс. –Тошкент, 1993.

Tabiiyki, bunday anchayin keskin fikrlar munozaralidir. Avvalo, aytish joizki, kishilar o‘rtasidagi aloqa – kommunikatsiya matnlar vositasida amalga oshar ekan (va bu hol matn lingvistikasining yaratuvchilari, umuman, matn tadqiqotchilarining aksariyati tarafidan e’tirof etilgan ekan), matnni faqat yozma shakl bilan chegaralash shakllanib ulgurgan mavjud matn nazariyasi qoidalariga zid bo‘lishi turgan gap. Axir, kishilar o‘rtasidagi har qanday kommunikatsiya faqat va faqat yozma shaklda amalga oshishini tasavvur etib bo‘lmaydi. Sintaksisning asosiy birligi gap ekanligi hamisha e’tirof etilgan, matn yoki uning birliklari gapdan yirik, oliy sintaktik-kommunikativ birliklar hisoblanishi lozimligi bugungi matn lingvistikasining asosiy qoidalaridan biriga aylanib ulgurdi. Shunday ekan, faqat yozuvda aks etgan gapnigina gap deb, og‘zaki nutqdagi gapni gap bo‘lolmaydi deyish to‘g‘ri bo‘lmasligini isbotlab o‘tirishning hojati yo‘q, albatta. Agar faqat yozuvda ifodalangan yaxlit nutqnigina matn deyiladigan bo‘lsa, mantiq gapni ham faqat yozuvdagisinigina tan olish kerakligini taqozo etadi. Ammo buning mumkin emasligi tabiiy. Og‘zaki nutqning bir yo‘nalishliligi, yozma (harflar yoki magnit tasmasida) nutq (matn)ning ko‘p yo‘nalishliligi, og‘zaki nutqning “qaytishsizligi”, yozma nutqning esa “qaytishliligi”, ya’ni uning istalgan bo‘lagiga har qachon qaytish mumkinligi haqidagi da’vo-dalil ham asosli emas. Chunki bu “qaytish” tushunchasi faqat vizual-amaliy mohiyatga ega, nutqiy asar (matn)ning mohiyatiga aslo daxldor emas. Agar faqat yozma nutqdagina oldingi qismlarga qaytish mumkinu og‘zaki nutqiy yaxlitlikda uning oldingi qismlariga qaytishning imkoni bo‘lmasaydi, unda hech qanday og‘zaki nutqni tushunish, demakki, og‘zaki nutqiy kommunikatsiya mutlaqo mumkin bo‘lmasdi. Chunki so‘zlovchi muayyan yaxlit bir fikr, mavzuni og‘zaki bayon qilar ekan, ayni bayon jarayonining har bir onida uning o‘zi ham, xuddi shuningdek, tinglovchi ham mazkur nutqning oldingi istalgan parchasiga qayta oladi, nafaqat qayta oladi, balki oldingi qismlar ularning xotirasida turadi. Agar shunday bo‘lmasa, ya’ni nutq butunisicha ham so‘zlovchining, ham tinglovchining xotirasida turmasa, nutqni tuzish ham, uni mazmunan anglash ham imkonsiz bo‘ladi. Tabiiyki, so‘zlovchi ayni talaffuz

jarayonidagina o‘z nutqiga hokim bo‘lsa, tinglovchi nutqning ayni eshitib turgan onidagi parchasinigina tushunsa, nutqning oldingi qismlari ularning har ikkichining ham “esidan chiqib qolaversa”, ular bir-birlarini tushunish imkoniyatidan tamomila mahrum bo‘lib qolaveradi. To‘g‘ri, og‘zaki nutqning so‘zlangan paytidagina mavjud ekanligini, yozma nutqning esa zamon nuqtai nazaridan chegaralanmaganligini hech kim inkor etmaydi, ammo bu og‘zaki nutqni eslash, xotirada saqlash, umuman, uni yoki uning muayyan parchalarini tiklash ilojsiz degani emas. Yaxlit og‘zaki nutq faqat yozma shaklga olingandagina matn yuzaga keladi tarzidagi hukm daryoda oqib turgan suv suv emas, b a lki bu “modda” faqat shishaga solingandagina suv paydo bo‘ladi deganday bir gapdir. Dunyoda biron-bir, kattadir-kichikdir, xalq yoki qavm yo‘qki, uning necha asrlardan beri og‘zaki shaklda avloddan-avlodga o‘tib yashab kelayotgan rang- barang so‘z san’ati durdonalari bo‘lmasin. Masalan, bir qo‘shiq yoki ertakni faqat qog‘ozga yoki magnit tasmasiga (yoki multimedia shakliga) tushirilganda matn, ammo og‘zaki shaklida matn bo‘la olmaydi deyish matn tushunchasini til doirasidan tashqariga chiqarib yuborishi tayin. Og‘zaki nutqiy asarni muayyan vositalar (yozuv, magnit tasmasi, multimedia kabi) yordamida qayd etish axborotning zamon va makonda saqlanishini ta’minlash imkoniyatlaridir, lekin, garchi yozma nutq muayyan tayyorgarlik bilan amalga oshiriladi, shuning uchun u ravon va ishlangan nutq deyilsa-da, buning til birliklarining tabiatiga bevosita jiddiy o‘zgartirish kiritadigan ta’siri to‘g‘risida gapirib bo‘lmaydi. Aytish lozimki, tayyorgarliksiz spontan og‘zaki nutq va tayyorgarlik bilan ishlangan yozma nutq o‘rtasida muayyan struktur-uslubiy farqlar, o‘ziga xosliklarning mavjudligi tabiiy, ammo bu o‘ziga xosliklar birining mahsulini matn emas, ikkinchisining mahsulini esa matn deyishga hech bir asos bo‘lolmaydi. Matnning semantik-struktur tuzilishini rus tilidagi og‘zaki va yozma nutq misolida batafsil tadqiq etgan R.A.Karimova doktorlik diisertatsiyasida matn faqat grafik, yozma shakldagina emas, balki og‘zaki shaklda ham namoyon bo‘ladigan nutqiy asar ekanligini, bunda og‘zaki shakl genetik asos ekanligini alohida ta’kidlaydi va faktlarning tahlillaridan kelib chiqqan holda “bir qarashda matn