logo

Yog’och turlari va uning xususiyatlari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

4039.12890625 KB
Mavzu:  Yog’och turlari va uning xususiyatlari
Reja:
1. Yog’och va unning asosidagi mahsulotlarning hayotda qo‘llanilishi.
2. Daraxtning asosiy qismlari va ularning xom ashyoviy ahamiyati.
3.Yog‘ochning fizik xossalari	. Yog’och va unning asosidagi mahsulotlarning hayotda qo‘llanilishi.
Yer yuzasidagi quruqliklarning deyarli 1/3 qismi o‘rmonlar bilan 
qoplangan. Ularning yarmi shimoliy yarim sharda, qolgan yarmi tropik iqlimli 
mintaqalarda joylashgan. Hozirgi kunga kelib ormonlardan olinadigan yog'och 
miqdori yiliga deyarli 6,5 mlrd m 3
 ni tashkil etadi. Dunyodagi yog'och zahirasi 
taxminan 400 mlrd m 3
 ni tashkil etadi. Yog'och hayotning barcha sohalarida 
qo‘llaniladi.  Bunga  uning boshqa materiallardan quyidagi afzal tomonlari sabab 
bo‘ladi:
- neft, ko‘mir, gaz, rudalarga nisbatan yog'och zahirasi hech qachon 
tugamaydi va har yili yangilanadi;
- nisbatan  yengil  va pishiq  material;
- issiq-sovuqdan yaxshi himoyalaydi;
- shovqin va titrashlarni, zarbni o‘ziga yutadi;
- kesuvchi asboblar bilan oson ishlanadi;
- yaxshi yelimlanadi, metall va boshqa birikmalarni o‘zida yaxshi ushlaydi;
- noyob tashqi ko‘rinishga ega;
- yaxshi akustik va rezonans hususiyatlarga ega;
- inson tanasi uchun zararsiz va ekologik  toza  mahsulot;
- oson qayta ishlanadi.
Ushbu xususiyatlari sababli yog'ochdan qurilishda ishlatiladigan detallar va
konstruktsiyalar, mebel va duradgorlik buyumlari, musiqa asboblari, idishlar va 
qutilar, sport anjomlari olinadi va boshqa turli texnika sohalarida ham ishlatiladi.
Yog'ochdan chorva ozuqasi uchun drojlar, shina ishlab chiqarishda 
qo‘llaniladigan kord iplari, to‘qimachilik sanoati uchun sun'iy tolalar, yarim 
o‘tkazgichlar ishlab chiqarish sanoati va kimyoviy qirg'in qurollaridan 
himoyalanish uchun yog'och ko‘miri, dorivor preparatlar olish mumkin. 
Daraxtning asosiy qismlari va ularning xom ashyoviy ahamiyati.
Daraxt ildiz, tana va shoxalardan iborat. Ularning daraxt tanasiga nisbatan
hajmiy ulushlari taxminan quyidagi 1-jadvalda keltirilgan. 1-jadval. 
Yog’och turi Daraxt qismlarining hajmiy ulushlari, %
Tana Ildiz Shoxlar
Tilog’och  72-82 12-15 6-8
Qarag’ay  (сосна) 65-77 15-25 8-10
Shumtol  (ясень) 55-70 15-25 15-20
Oq qayin  (берёза) 78-90 5-12 5-10
Qora qayin  (бук) 55-70 20-25 10-20
Daraxt   tanasi   har   yili   bitta   qatlamga   o‘sadi.   Lekin   ilmiy   tasqiqotlar
daraxt tanasining shakli turli balandlikda turlicha bo‘lishini ko‘rsatdi - pastki qism
ko‘proq   neyloidga,   asosiy   (o‘rta)   qismida   paraboloid   va   yuqorigi   qismida   kesik
konusga   o‘xshaydi.   Tananing   tuzilishi   umuman   olganda   kesik   konus   shakliga
deyish mumkin (1-rasm). 1-rasm.Daraxt  tanasining qismlari  va shakllanishi.
o‘sayotgan daraxt; 8 yoshli  nina  bargli daraxt tanasining tuzilishi.
Daraxt   tanasi   uch   xil   kesimda   ko‘ndalang   va   ikkita   bo‘ylama   (radial   va
tangensial)   kesimlarda   o‘rganiladi.   Ko‘ndlang   kesim   daraxt   tanasiga   nisbatan
perpendikulyar   joylashgan.   Bo‘ylama   kesimlardan   biri   daraxt   tanasining   radiusi
bo‘ylab yo‘nalgan bo‘ladi va albatta o‘zakdan o‘tadi. Ikkinchi bo‘ylama kesim esa
yillik halqalarga urinma bo‘lib, o‘zakdan chetroqdan o‘tadi (2-rasm).
  Daraxtning   asosiy   anatomik   qismlarini
uning   ko‘ndalang   kesimida   kuzatish
mumkin. O‘zak eng markazda joylashgan
bo‘ladi, uning atrofini yog‘och qatlamlari
o‘rab   turadi.   Tashqi   qism   -   po‘stloq   o‘z
ko‘rinishi   bilan   yog‘ochdan   keskin   farq
qiladi.   Yog‘och   bilan   po‘stloq   o‘rtasida
daraxtning o‘sishini ta’minlovchi kambiy
qatlami   joylashgan,   u   oddiy   ko‘zga
ko‘rinmaydi. O‘zakning diametri 2-5 mm
atrofida   bo‘ladi.   U   ko‘pincha   dumaloq
yoki oval shaklida bo‘ladi. Yog‘ochlik
qism   daraxtning   yoshiga   qarab
kengayib   boradi.   Daraxtning
ko‘ndalang   qirqimi   dumaloq   shaklda
bo‘ladi. Daraxtning diametri tana bo‘ylab yuqoriga qarab kichrayib boradi. 2-rasm. Yog'och tuzilishini o‘rganish
uchun daraxt tanasining bosh kesimlari
K - ko‘ndalang; R - radial; T - tangentsial Yog‘och   materiallar   asosan   ikki   xil   ninabargli   va   yaproqli   daraxt
yog‘ochlaridan   iborat.   Ninabargli   daraxt   yog‘ochlaridan   skipidar   hidi   keladi.
Yaproqli   daraxtlar   yillik   qavatlaridagi   nay   (kapal)   lar   qanday   joylashganiga,
ularning   qalin   yoki   yupqaligiga   qarab,   halqasimon,   nayli   va   tarqoq   daraxtlar
deyiladi.   Yaproqli   daraxtlarning   yog‘ochligida   o‘zak   nurlari   turlicha   rivojlanib,
ular   ninabargli   daraxtlardagi   singari   mayda   bo‘ladi   va   qoraqayin,   zarang,   chinor
daraxtlari yog‘ochligining istalgan yo‘nalishdagi kesimida yaqqol ko‘rinib turadi.
Qarag‘ay .   Qarag‘ayning   po‘stlog‘i   qalin,   to‘q   jigar   rang,   yog‘ochi   oq
qizg‘ish   rangli,   to‘g‘ri   qatlamli,   Yengil,   puxta,   smolali   bo‘lib,   namga   chidamli;
yillik halqalarini aniq ko‘rish mumkin.
Qarag‘aydan qurilishda, kemasozlikda, vagonsozlikda, duradgorlikda keng
foydalaniladi, u oson ishlanadi.  ( 3- rasm)
          
3- rasm.
Archa .   Archa   daraxtining   po‘stlog‘i   qalin,   qoramtir   kul   rang   bo‘lib,
yog‘ochi serbutoq bo‘lganligi uchun ishlash qiyin. Mayin qatlamli bo‘lgani uchun
o‘zak   nurlari   ko‘rinmaydi.   Kam   smolali,   nam   ta’siriga   chidamsiz.   Archa
qurilishda,   sellyuloza   qog‘oz   sanoatida,   oddiy   mebellar,   taralar   tayyorlashda
ishlatiladi.  (4 - rasm)  
4 - rasm.
Tilog‘och . Tilog‘ochning po‘stlog‘i qalin, qoramtir sarg‘ish rangli bo‘ladi .
Yog‘och   mayin   qatlamli,   yillik   halqalari   aniq   bilinadigan,   qizg‘ish   jigar   rang,
ortiqcha   smolali   bo‘lib,   qarag‘ayga   qaraganda   puxta   bo‘ladi,   tez   chirimaydi.
Ortiqcha smolali bo‘lgani uchun ishlash qiyin. Undan gidrotexnik inshoatlarda, yer
osti   qurilishlarida,   shpallar   tayyorlashda   foydalaniladi.   Qurilish   va   vagonsozlikda
uni zman yog‘ochining o‘rnida ishlatsa bo‘ladi.  (5 - rasm)
            
5 - rasm
Oq   qarag‘ay .   Oq   qarag‘ay   po‘stlog‘i   yupqa,   silliq,   kulrang   tovlanadi.
Yog‘ochi   oqish,   bilinar   bilinmas   qoramtir   dog‘li,   yumshoq,   Yengil   bo‘lib,   oson
ishlanadi. Undan ko‘pincha qog‘oz sanoatida va taralar tayyorlashda foydalaniladi.
(6 - rasm)      6 - rasm.
Kedr . Kedrning po‘stlog‘i qalin, chatnagan, qo‘ng‘ir tusli. Yog‘ochi 
Yengil, yumshoq oson ishlanadi, rangi va tabiiy guli chiroyli, yillik halqalari 
barcha qirqimlarda aniq ko‘rinadi. Undan qurilishda, duradgorlikda qarag‘ay va 
archa bilan bir qatorda foydalaniladi, qalam tayyorlanadi.  (7 - rasm)	
     
7 - rasm.
Zirk .   Qora   zirkning   po‘stlog‘i   qoramtir   tusli,   qalin,   chatnagan   bo‘lib,   oq
zirkning   po‘stlog‘i   tiniq   va   silliq   bo‘ladi.   Yog‘ochi   oqish,   ochiq   havoda   tezda
qizarib   ketadi,   tez   quriydi;   yumshoq,   Yengil   bo‘ladi;   oson   ishlanadi,   namga
chidam li,   yillik   halqalari   aniq   bilinib   turadi.   Zirk   yog‘och   bo‘yoqni   yaxshi   oladi,
uni   qizil   yog‘och,   yong‘oq   beysi   va   tezob   bilan   zarangga   o‘xshatib   ishlash   oson. Zirkning katta kamchiligi uni tez qurt yeyishidir. Undan arzon mebellar, faner va
taralar tayyorlanadi.
Arg‘uvon .   Arg‘uvon   qalin   po‘stloqli,   yog‘ochi   yumshoq,   Yengil,   oqish
tusli bo‘lib yillik halqalari aniq bilinmaydi. Kesish yo‘li bilan oson ishlanadi, kam
chatnaydi,   toblanmaydi.   Undan   chizmachilik   taxtalari,   quyish   korxonalarida
modellar,   o‘yinchoqlar,   qalam   tayyorlanadi.   Yog‘ochi   hidsiz   bo‘lganligi   uchun
undan yog‘och idishlar, qoshiq va bochkalar tayyorlanadi.
Oq   qayin . Qayinning po‘stlog‘i oqish, uncha qalin bo‘lmaydi, keksa qayin
daraxtining   po‘stlog‘i   palaxsa-palaxsa   bo‘lib   yorilgan   bo‘ladi.   Yog‘ochi   qattiq,
qiyin   ishlanadi,   oqish   tusli,   yillik   halqalari   sal-pal   bilinadigan,   namga   chidam siz,
yaxshi   pardozlanadi,   bo‘yoqni   yaxshi   oladi.   Qayin   yog‘ochi   faner   ishlab
chiqarishda   keng   ishlatiladi,   undan   oddiy   mebellar,   egri   chiziqli   yog‘och   detallar
tayyorlanadi. Qayindan ochiqda, namda saqlanadigan buyumlar tayyorlanmaydi. 
Qora qayin . Qora qayin sarg‘ish qizg‘imtil tovlanadigan oqish tusli, radial
qirqimi   bo‘yicha   chiroyli   tabiiy   gulli,   namga   chidamsiz,   qattiq   qovushoq
yog‘ochdir.  Shuning  uchun undan  egib  ishlanadigan  mebellar, randalangan  faner,
chizmachilik asboblari tayyorlanadi, mashinasozlik sanoatida ham ishlatiladi. Qora
qayindan   ro‘zg‘or   buyumlari:   jo‘va,   chekich,   non   taxta,   yog‘och   idish-tovoqlar,
bochkalar, randa va etikdo‘zlik qoliplari tayyorlanadi.  
Chinor .   Chinor   daraxtining   po‘stlog‘i   qizg‘ish   sa riq   tusli,   silliq,   yupqa
bo‘ladi.   Keksa   chinorlarda   tananing   pastki   qismida   qisman   chatnog‘i   bo‘ladi.
Yog‘ochi   pishiq-puxta,   qattiq,   ishlash   ancha   qiyin,   qizg‘ish-qoramtir   rangli,
chiroyli   tabiiy   gulli,   yaxshi   pardozlanadi.   Undan   randalangan   faner,   qimmatbaho
mebel tayyorlanadi. (8-9-rasm)      
                     8-rasm.                                                           9-rasm.
Zarang .   Zarang   yog‘ochi   oqish   yoki   qoramtir   qizg‘ish   rangli   bo‘lib,
zichligi   yuqori,   puxta,   mexaniqaviy   xossalari   jihatidan   emandan   ustun   turadi,
yaxshi   pardozlanadi,   tabiiy   guli   juda   chiroyli   bo‘ladi,   yillik   halqalari   sal-pal
bilinadi. Undan randalangan faner, qimmatbaho mebel tayyorlanadi, mashinasozlik
korxonalarida ishlatiladi. Zarang yog‘ochi boshqa yog‘ochlardan «qush ko‘z» deb
ataluvchi juda chiroyli tabiiy gullari bilan ajralib turadi.
Eman . Eman yog‘ochi to‘jigar rangli, yillik halqalari aniq bilinadi, chiroyli
tabiiy gulli, yirik tolali  bo‘ladi. Mexaniqaviy  xossalari  juda yuqori, ishlash  qiyin,
zichligi   katta.   Suvda   chirimaydi,   namga   chidamli,   yaxshi   pardozlanadi.   Shuning
uchun   undan   yer   osti   qurilishlarida,   mashinasozlikda,   mebellarni   fanerlashda,
mebel   korxonalarida   keng   ishlatiladi.   Parket,   yog‘och   mix,   egri   sirtli   detallar
tayyorlanadi. (10-rasm)     
10-rasm
Duradgorlikda mahaliy sharoitda yetishtirilgan terak tol, qayrag‘och hamda
mevali daraxtlar ishlatiladi.
Terak   (Populis   L.)   toldoshlar   (tolgullilar   oilasi)ga   mansub   daraxtlar
turqumi. Turoncha, oq terak qora terak degan kenja turqumi, 115 dan ortiq turi bor.
Bo‘yi   50—60   m,   diametri   1—1,5   m.   Tanasi   tik.   Shox-shabbasi   tuxumsimon,
piramidasimon,   keng   ovalsimon.   Po‘stlog‘i   yoshiga   qarab   har   xil.   Bir   yillik
novdalarining   po‘stlog‘i   kulrang,   qo‘ng‘ir   kul   rang   va   och   sariq.   Tanasining
po‘stlog‘i  qo‘ng‘ir   kulrang, katta  yoshida bo‘ylamasiga  yorilgan bo‘ladi. Barglari
bandli,   ketma-ket,   barg   plastin kasi   yaxlit   yoki   panjali,   chiziqli   lansetsimon,
buyraksimon.   rombsimon   va   hokazo.   Bir   tupning   o‘zida   har   xil   shaklli   barglar
bo‘lishi mumkin. Barg plastinkasining har ikkala tomoni tuksiz. Ustki tomoni to‘q
yoki och yashil, ostki  tomoni kul rang, ayrimlariniki zangori, dag‘al qalin po‘stli.
Cheti   kesiq   tishli   yoki   yaxlit.   Bandi   tukli   yoki   tuksiz   yon   bargchalari   ensiz
lansetsimon,   tez   to‘qiladi.   Aksariyati   barg   yozishdan   oldin,   ba’zilari   barg
yozgandan   keyin   gullaydi.   Gullari   gul   yon   bargchalarning   qo‘ltig‘ida   rivojlanadi.
Shamol, ayrimlari esa hasharotlar yordamida changlanadi. Urug‘i mayda, kumush rang   tukli.   Shamol   va   suv   yordamida   tarqaladi.   Urug‘i   nam   tuproqda   tez   unib
chiqadi.   Qalamchadan   yaxshi   ko‘payadi,   ildizidan   bachkilaydi.   Terak   asosan
ko‘kalamzorlashtirish,   ixota   o‘rmonlar   hosil   qilish   maqsadida   ko‘p   eqiladi.   (11 -
rasm)
   
11 - rasm
Baqa   terak   va   mirza   terak   bor.   Ular   bir-biridan   tana,   va   shoxlarining
tuzilishi bilan  farq qiladi. Baqa terakning po‘stlog‘i oq ko‘kish rangli, silliq bo‘lib,
tananing pastki qismida chatnog‘i bo‘ladi. Sershox, tanasi uncha to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Yog‘ochi oqish tusli, pishiq puxta, ishlash ancha qiyin. Mirza terakning po‘stlog‘i
sarg‘ish, silliq, chatnash kam uchraydi. Tanasi  to‘g‘ri, baqa terakka nisbatan kam
shox bo‘ladi, undan yaxshi sifatli xoda tayyorlanadi. Yog‘ochi oqish tusli, namga
chidamsiz.   Baqa   terak   va   mirza   terak   yog‘ochi   asosan,   qurilish   materiali
hisoblanadi.   Baqa   terak   yog‘ochidan   duradgorlik   buyumlari   tayyorlashda   ham
foydalaniladi.
Ko‘k   terak ,   sho‘rterak   chinniterak
—toldoshlar   (tolgullilar   oilasiga
mansub   daraxt.   Bo‘yi   35—   40   m,   keng   shox-shabbali.   Barglari   yiriq   uch,   besh,
yetti   burchakli,   cheti   ko‘pgura,   orqasi   mayin   oq   tukli,   usti   kumush   rangi   yashil,
yaltiroq.   Barg   yozishdan   oldiy   to‘pgul   kuchala   chiqaradi.   O‘rta   Osiyo,   G‘arbiy
Yevropa, O‘rta dengiz va Eronda ko‘p. Ko‘k terak qalamcha va ildiz bachkisidan
ko‘paytiriladi,   tez   o‘sadi.   Manzarali   o‘simlik   sifatida   eqiladi.   Yog‘ochi
duradgorlikda ishlatiladi. (12-rasm)     12 - rasm
Tol   toldoshlarga   mansub   o‘simliklar   turqumi   300   turi   ma’lum.   Asosan
mu’tadil   mintaqada.   Yevrosiyo   va   Shimoliy   Amerikada   tarqalgan.   O‘zbekistonda
120,   O‘rta   Osiyoda   esa   22   turi   bor.   Daraxt   buta   va   chala   butalardan   iborat.
Daraxtlarinnng   tanasi   yo‘g‘on,   po‘sti   dag‘al,   yoriqli.   Monopodial   shoxlangan,
shox-shabbasi keng piramidasimon,   ayrim turlari (majnun tol) yerga egilib o‘sa di.
Novdasi   qisqa,   po‘stlog‘i   silliq   yoki   g‘adir- budur.   Barglari   spiralsimon,   ayrim
turlariniki  qarama-qarshi  joylashgan,  bandli, plas tinkasi yaxlit, cheti tishchali yoki
tekis. Ayrim   turlarining bargida bezchalar bor. Yon   bargchalari har xil shaklli, tez
to‘qiladi.   Tol   turli   vaqtda:   ba’zilari   bargi   yozilguncha,   boshqalari   bargi   yozilib
bo‘lgandan   so‘ng   yoki   barg   yozilishi   bilan   bir   vaqtda   gullaydi.   Ikki   yoshli
novdala ri   kuchala   chiqaradi.   Guli   bir   jinsli,   yon   barg chalar   qo‘ltig‘ida,   urug‘chi
gullari   bir   mevachi   bargli,   tugunchasi   tuxumsimon,   bandsiz   yoki   bandli,   bir
ustunchali,   ikkiga   ajralgan   tumshuqchasi   bor.   Hasharotlar   yordamida   (shimoliy
rayonlarda o‘sadigan ayrim turlari shamol vositasida) changlanadi. (13-rasm)        
13-rasm
Shumtol .   Shumtol   yog‘ochi   och   qizg‘ish   rangli,   puxta   pishiq,   egiluvchan
bo‘lib, ishlash qiyin. Lekin silliq randalanadi va yaxshi pardozlanadi. Bug‘langan
holda yaxshi egiluvchan bo‘ladi. Mayin tolali, yillik halqalari aniq bilinadi, tabiiy
guli   chiroyli.   Shumtol   yog‘ochi   mebel   sanoatida,   faner   tayyorlashda,   kemasozliq
vagonsozliq samolyotsozlik korxonalarida ishlatiladi.
Qayrag‘och.  Tuzilishi jihatidan emanga o‘xshash yirik tolali, pishiq-puxta,
qattiq,   zichligi   yuqori,   chayir,   egiluvchan,   ishlash   qiyin   bo‘lgan   qoramtir   tusli
yog‘ochdir.   Undan   yog‘och   vint lar,   yog‘och   tirnoqlar,   turli   xil   dastalar,   g‘ildirak
kegayi, tegarchaq gupchaklar tayyorlanadi. Tabiiy guli chiroyli bo‘lib, undan faner
sanoatida shpon tayyorlanadi.  (14 - rasm)
         
14 - rasm Yong‘oq.   Yong‘oq   daraxtining   po‘stlog‘i   ko‘kimtir,   qalin,   silliq,   keksa
yong‘oq   daraxtlarida   tananing   pastki   qismida   po‘stloqning   chatnog‘i   bo‘ladi.
Yog‘ochi   qoramtir   rangli,   puxta   pishiq,   qattiq,   ishlash   qiyin,   tabiiy   guli   chiroyli,
yaxshi   pardozlanadi.   Undan   randalangan   faner,   qimmatbaho   mebel   tayyorlanadi,
o‘ymakorliq pardoz ishlarida foydalaniladi.  (15 - rasm)
       
15 - rasm
Nok   (grusha).   Nok   daraxtining   po‘stlog‘i   qoramtir,   yetarli   darajada   qalin,
chatnagan   bo‘ladi.   Yog‘ochi   to‘q   jigarrangli,   qattiq,   mo‘rt   bo‘lib,   yillik   halqalari
sal-pal   bilinadi.   Uning   tabiiy   guli   juda   chiroyli   bo‘lib,   undan   randalangan   faner,
qimmatbaho mebel tayyorlanadi, pardoz ishlarida foydalaniladi.  (16 - rasm)
         
16 - rasm Tut.   Tut daraxti (Mortis) tutdoshlar (tutgullilar oilasi)ga mansub o‘simlik.
24   turi   ma’lum.   Sharq,   Jaynubi-Sharq,   Janubiy   Osiyo,   Xitoy,   Urta   Osiyo,
Zakavkazye,   Moldaviya,   Ukraina   va   bo‘oshqa   joylarda   usadi.   Urta   Osiyo,
jumladanb O‘zbekistonda 5 turi: oq tut, sershox tut, kagayama tuti, ipak qurti tuti
va   qora   tut   ustiriladi.   Tut   tez   o‘sadi,   qurg‘oqchilik   va   sovuqqa   chidamli.   Shox-
shabbasi   zich,   keng,   yumaloq,   oval   va   piramida   shaklida,   bo‘yi   20—25   m,
yo‘g‘onligi   1,5   m,   egri-bugri   (ilontut)   va   pastga   qarab   o‘sadigai   (majnun)   tutlar
ham   ustiriladi.   Tut   daraxti   300—500   yil   yashaydi.   Qurt   boqish   uchun   eqiladigan
tut   navlari   barg   hosili   mo‘l,   bo‘yi   baland,   ko‘p   kallakli   yoki   buta   shaklida
ustiriladi. tut novdalari kesilganda tezda yangi novda chiqaradi, ammo har yili qurt
boqish   uchun   kesib   turilganligi   tufayli,   60—70   yilda   qarib,   hosildan   qola
boshlaydi.   Bunday   tutlar   yoshartiriladi,   parvarishi   yaxshilanib,   barg   hosili
oshiriladi.   Tut   tanasi   mustahkam   va   chidamli,   undan   qimmatbaho   cholg‘u
asboblari   va  bochkalar,   novdalaridan   Yengil   stullar   qilinadi.   Tut   daraxtidan   20—
40   kg   barg,   50   kg   gacha   meva   olinadi.   Mevasi   shirin,   shifobaxsh,   har   xil
vitaminlarga   boy.   Tut   ikki   uyli   o‘simlik.   Gullari   bir   jinsli   Tut   urug‘idan,
qalamchasidan,   payvand   va   parxish   qilib   ko‘paytiriladi.   Balxi   Tut,   bedona   Tut,
marvarid Tut, Tojikiston urug‘siz Tuti navlari ko‘p ustiriladi.  (17 - rasm)
 
17-rasm
Shumtol   (yasen).   Shumtol   yog‘ochi   och   qizg‘ish   rangli,   puxta   pishiq,
egiluvchan   bo‘lib,   ishlash   qiyin.   Lekin   silliq   randalanadi   va   yaxshi   pardozlanadi.
Bug‘langan   holda   yaxshi   egiluvchan   bo‘ladi.   Mayin   tolali,   yillik   halqalari   aniq bilinadi,   tabiiy   guli   chiroyli.   Shumtol   yog‘ochi   mebel   sanoatida,   faner
tayyorlashda, kemasozlik, vagonsozlik, samolyotsozlik korxonalarida ishlatiladi.
Qayrag‘och. Tuzilishi jihatidan emanga o‘xshash yirik tolali, pishiq-puxta,
qattiq,   zichligi   yuqori,   chayir,   egiluvchan,   ishlash   qiyin   bo‘lgan   qoramtir   tusli
yog‘ochdir.   Undan   yog‘och   vintlar,   yog‘och   tirnoqlar,   turli   xil   dastalar,   g‘ildirak
kegayi, tegarchak, gupchaklar tayyorlanadi. Tabiiy guli chiroyli bo‘lib, undan faner
sanoatida shpon tayyorlanadi.Yog‘ochning fizik 	va mexanik 	xossalari	.	
Yog‘ochning   fizik   xossalari   uning   rangi,   tovlanishi,   tob   tashlab	
eshilishi,   tabiiy   guli(teksturasi),   xidi,   namligi,   nam   ta’sirda   bo‘kishi,
quruvchanligi,   zichligi,   nam   o‘tkazuvchanligi,   issiqlik   o‘tkazuvchanligi,
tovush o‘tkazuvchanligi, elektr o‘tkazuvchanligidan iborat. 	
Rang	i 	yog‘och   materiallarining   turlarini   va   ularning   sifatlarini	
aniqlashga   imkon   beradigan   muxim   xossalaridan   biri.   Yog‘ochning   rangi
avvalo   uning   turiga   va   o‘sish   sharoitiga   bog‘liq.   Ko‘pchilik   yog‘ochlar
(qayin,   tol,   arg‘uvon,   terak,   archa)   oqish   rangli   bo‘lib   nursiz   izlari   bo‘ladi.
Eman,   shumtol-jigarrang;   qora   qayin   akatsiya   oq   qizg‘ish;   yong‘oq,
qayrag‘och-qoramtir bo‘ladi. 	
Yog‘ochning   tovlanishi.	 	Yog‘och   o‘zak   nurlari   tufayli,   ularning	
yo‘nalishi   va   zichligiga   bog‘liq   xolda   tovlanadi.Yog‘ochning   tovlanishini
sun’iy   ravishda   orttirish   uchun   laklash,   politurlash   va   mumlash   ishlari
bajariladi. 	
Yog‘ochning   tabiiy   guli	 (teksturasi).   Randalash   vaqtida   yog‘och	
tolalari, o‘zak nurlari va yillik xalqalarining kesilishi natijasida yog‘ochning
tabiiy guli namoyon bo‘ladi. 
(18-rasm)	
  	  	  
18-rasm Yog‘ochning   hidi.	  Yog‘och   undagi   smalalari,   efir   moylari,   oshlash	
kislotalaridan qaysi birining mavjudligiga va miqdoriga bog‘liq xolda xar-xil
hidli   bo‘ladi.   Yog‘ochning   o‘zak   qismi   o‘tkir   xidli   bo‘lib   unda   yuqoridagi
moddalar   ko‘p   bo‘ladi.   Yangi   kesilgan,   shuningdek,   igna   bargli   daraxtlar
yanada o‘tkir xidli bo‘ladi. Yog‘och qurigan sayin xidsizlanib boradi, ba’zan
hidi   o‘zgarib   ketadi.   xidning   o‘zgarishi   yog‘ochning   buzulishiga   xam
bog‘liq. 	
Yog‘ochning   namligi.	  Namlik   daraxtning   xayoti   va   uning   o‘sishi	
uchun   kerak   bo‘lgan   asosiy   omillaridan   biridir.   Namlik   daraxtning   o‘sish
sharoitiga   va   turiga   yangi   kesilgan   yoki   eski   kesilganiga,   quritilgan   yoki
quritilmaganiga qarab oz yoki ko‘p bo‘ladi. 	
Yog‘ochning qurishi.	 Yog‘ochda erkin va bog‘langan suvlar bo‘ladi.	
Yog‘ochning   ichki   bo‘shliqlarini,   ya’ni   xujayralar   ichidagi   va   xujayralar
orasidagi   fazoni   to‘ldiruvchi   suvlar   erkin   yoki   kapillyar   namlik,   xujayra
pardalari   tomonidan   shimilgan   suvlar   bog‘langan   yoki   gigraskopik   namlik
deyiladi. (19-rasm)
       	       
19-rasm	
Yog‘ochning   nam   tortib   bo‘kishi.	 	Agar   quruq   yog‘ochni   zax	
xonalarda   yoki  ochiq   xavoda   saqlasa,   u   nam   tortib   bo‘kadi   va  o‘lchamlari,
xajmi, og‘irligi ortadi, shakli o‘zgaradi. 
(20-rasm)	
Yog‘ochning zichligi.	 Yog‘ochning bu xossasi uning og‘irligiga 	
aloqador bo‘lib yog‘ochdagi nam bilan xavo miqdoriga bog‘liq. Yog‘ochda 
nam va xavo qanchalik kam bo‘lsa u shunchalik zich bo‘ladi.           	
                                                    20-rasm	
Tovush   o‘tkazuvchanlik	 	deb   yog‘och   materiallarning	
tovushnio‘tkazish   qobiliyatiga   aytiladi.   Yog‘ochning   tovush   o‘tkazish
qobiliyati   yuqori.   Yog‘och   tolalari   yo‘nalishi   bo‘yicha   tovush   xavoga
nisbatan 15-18 marta, eni bo‘yicha 3-6 marta tez o‘tkazadi. 	
Issiqlik o‘tkazuvchanlik.	  Yog‘ochning issiqlik o‘tkazish qobiliyatiga	
issiqlik   o‘tkazuvchanlik   deyiladi.Yog‘och   boshqa   materiallarga   qaraganda
issiqlikni yomon o‘tkazadi. Asosiy adabiyotlar
1. N.A.Muslimov,   SH.S.SHaripov,   M.Qodirov.   “Texnik   ijodkorlik   va
dizayn”. - T.: “TDPU”, 2010. 
2. A.S.Iskandarov.   «Materiallarni   kesib   ishlash,   kesuvchi   asboblar   va
stanoklar.-T.: “Fan va texnologiya” 2004.
3. R.S.SHermuxamedov,   S.S.YAxyaev,   A.E.Parmonov.   CHilangarlikdan
amaliy ishlar.-T.: «Iqtisod-moliya» 2007.
4. G‘.M.Abduqodirov. Kasb ta’limi praktikumi.-T.: “Sharq” 2012.
Qo‘shimcha  adabiyotlar
1. V .A. Mirboboev.   “ Konstruksion   materiallar   texnologiyasi ” -   T.:
« O‘qituvchi » 2004 
2. K.B.Usmonov “Metall kesish asoslari” T.: «O‘qituvchi» 2004 y
3. Mangal S.K Mangal Uma. Educational technology Dehli-2012.
4. G’.R.Raxmonberdiyev,   M.T.Primqulov,   Yu.T.Toshpo‘latov.   Qog’oz
texnologiyasi asoslari. Toshkent-2009
5. A.Olimov,   A.qosimov   Mashinasozlik   texnologiyasi.   Toshkent
O‘zbekiston-2003
6. M.A.Babajonov   Texnologik   jarayonlarni   loyixalash   Cho‘lpon
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent-2009
7. Z.Sotvoldiyev Dizayn asoslari 2015
8. D.D.zuparova N.N.Karimov “Dizayn tarixi” 2015
9. D.A.Nozilov “O‘rta Osiyo dizayn tarixi” 1998

Mavzu: Yog’och turlari va uning xususiyatlari Reja: 1. Yog’och va unning asosidagi mahsulotlarning hayotda qo‘llanilishi. 2. Daraxtning asosiy qismlari va ularning xom ashyoviy ahamiyati. 3.Yog‘ochning fizik xossalari .

Yog’och va unning asosidagi mahsulotlarning hayotda qo‘llanilishi. Yer yuzasidagi quruqliklarning deyarli 1/3 qismi o‘rmonlar bilan qoplangan. Ularning yarmi shimoliy yarim sharda, qolgan yarmi tropik iqlimli mintaqalarda joylashgan. Hozirgi kunga kelib ormonlardan olinadigan yog'och miqdori yiliga deyarli 6,5 mlrd m 3 ni tashkil etadi. Dunyodagi yog'och zahirasi taxminan 400 mlrd m 3 ni tashkil etadi. Yog'och hayotning barcha sohalarida qo‘llaniladi. Bunga uning boshqa materiallardan quyidagi afzal tomonlari sabab bo‘ladi: - neft, ko‘mir, gaz, rudalarga nisbatan yog'och zahirasi hech qachon tugamaydi va har yili yangilanadi; - nisbatan yengil va pishiq material; - issiq-sovuqdan yaxshi himoyalaydi; - shovqin va titrashlarni, zarbni o‘ziga yutadi; - kesuvchi asboblar bilan oson ishlanadi; - yaxshi yelimlanadi, metall va boshqa birikmalarni o‘zida yaxshi ushlaydi; - noyob tashqi ko‘rinishga ega; - yaxshi akustik va rezonans hususiyatlarga ega; - inson tanasi uchun zararsiz va ekologik toza mahsulot; - oson qayta ishlanadi. Ushbu xususiyatlari sababli yog'ochdan qurilishda ishlatiladigan detallar va konstruktsiyalar, mebel va duradgorlik buyumlari, musiqa asboblari, idishlar va qutilar, sport anjomlari olinadi va boshqa turli texnika sohalarida ham ishlatiladi. Yog'ochdan chorva ozuqasi uchun drojlar, shina ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan kord iplari, to‘qimachilik sanoati uchun sun'iy tolalar, yarim o‘tkazgichlar ishlab chiqarish sanoati va kimyoviy qirg'in qurollaridan himoyalanish uchun yog'och ko‘miri, dorivor preparatlar olish mumkin. Daraxtning asosiy qismlari va ularning xom ashyoviy ahamiyati. Daraxt ildiz, tana va shoxalardan iborat. Ularning daraxt tanasiga nisbatan hajmiy ulushlari taxminan quyidagi 1-jadvalda keltirilgan.

1-jadval. Yog’och turi Daraxt qismlarining hajmiy ulushlari, % Tana Ildiz Shoxlar Tilog’och 72-82 12-15 6-8 Qarag’ay (сосна) 65-77 15-25 8-10 Shumtol (ясень) 55-70 15-25 15-20 Oq qayin (берёза) 78-90 5-12 5-10 Qora qayin (бук) 55-70 20-25 10-20 Daraxt tanasi har yili bitta qatlamga o‘sadi. Lekin ilmiy tasqiqotlar daraxt tanasining shakli turli balandlikda turlicha bo‘lishini ko‘rsatdi - pastki qism ko‘proq neyloidga, asosiy (o‘rta) qismida paraboloid va yuqorigi qismida kesik konusga o‘xshaydi. Tananing tuzilishi umuman olganda kesik konus shakliga deyish mumkin (1-rasm).

1-rasm.Daraxt tanasining qismlari va shakllanishi. o‘sayotgan daraxt; 8 yoshli nina bargli daraxt tanasining tuzilishi. Daraxt tanasi uch xil kesimda ko‘ndalang va ikkita bo‘ylama (radial va tangensial) kesimlarda o‘rganiladi. Ko‘ndlang kesim daraxt tanasiga nisbatan perpendikulyar joylashgan. Bo‘ylama kesimlardan biri daraxt tanasining radiusi bo‘ylab yo‘nalgan bo‘ladi va albatta o‘zakdan o‘tadi. Ikkinchi bo‘ylama kesim esa yillik halqalarga urinma bo‘lib, o‘zakdan chetroqdan o‘tadi (2-rasm). Daraxtning asosiy anatomik qismlarini uning ko‘ndalang kesimida kuzatish mumkin. O‘zak eng markazda joylashgan bo‘ladi, uning atrofini yog‘och qatlamlari o‘rab turadi. Tashqi qism - po‘stloq o‘z ko‘rinishi bilan yog‘ochdan keskin farq qiladi. Yog‘och bilan po‘stloq o‘rtasida daraxtning o‘sishini ta’minlovchi kambiy qatlami joylashgan, u oddiy ko‘zga ko‘rinmaydi. O‘zakning diametri 2-5 mm atrofida bo‘ladi. U ko‘pincha dumaloq yoki oval shaklida bo‘ladi. Yog‘ochlik qism daraxtning yoshiga qarab kengayib boradi. Daraxtning ko‘ndalang qirqimi dumaloq shaklda bo‘ladi. Daraxtning diametri tana bo‘ylab yuqoriga qarab kichrayib boradi. 2-rasm. Yog'och tuzilishini o‘rganish uchun daraxt tanasining bosh kesimlari K - ko‘ndalang; R - radial; T - tangentsial

Yog‘och materiallar asosan ikki xil ninabargli va yaproqli daraxt yog‘ochlaridan iborat. Ninabargli daraxt yog‘ochlaridan skipidar hidi keladi. Yaproqli daraxtlar yillik qavatlaridagi nay (kapal) lar qanday joylashganiga, ularning qalin yoki yupqaligiga qarab, halqasimon, nayli va tarqoq daraxtlar deyiladi. Yaproqli daraxtlarning yog‘ochligida o‘zak nurlari turlicha rivojlanib, ular ninabargli daraxtlardagi singari mayda bo‘ladi va qoraqayin, zarang, chinor daraxtlari yog‘ochligining istalgan yo‘nalishdagi kesimida yaqqol ko‘rinib turadi. Qarag‘ay . Qarag‘ayning po‘stlog‘i qalin, to‘q jigar rang, yog‘ochi oq qizg‘ish rangli, to‘g‘ri qatlamli, Yengil, puxta, smolali bo‘lib, namga chidamli; yillik halqalarini aniq ko‘rish mumkin. Qarag‘aydan qurilishda, kemasozlikda, vagonsozlikda, duradgorlikda keng foydalaniladi, u oson ishlanadi. ( 3- rasm) 3- rasm. Archa . Archa daraxtining po‘stlog‘i qalin, qoramtir kul rang bo‘lib, yog‘ochi serbutoq bo‘lganligi uchun ishlash qiyin. Mayin qatlamli bo‘lgani uchun o‘zak nurlari ko‘rinmaydi. Kam smolali, nam ta’siriga chidamsiz. Archa qurilishda, sellyuloza qog‘oz sanoatida, oddiy mebellar, taralar tayyorlashda ishlatiladi. (4 - rasm)