logo

SHUDGOR VA UNING TURLARI.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

181.0087890625 KB
MAVZU:   SHUDGOR VA UNING TURLARI . 
                                       
         1. SHudgor va uning turlari.
2. Kuzgi shudgorning ahamiyati.
3. Haydalma qatlam qalinligini oshirish usullari
  1. SHudgor va uning turlari.
O‘zbekistonning   tog‘li   va   tog‘   oldi   vodiylarining   ko‘p   qismida   lalmikor
dexqonchilik   qilinadi.   Bu   y yerda   asosan   g‘alla   etishtiriladi.   Hosildorlik   yog‘in
sochin   suvlarini   to‘planishi,   saqlanishi   va   taqsimlanishiga   bog‘liq.
Qurg‘oqchiliklar   bu   yyerda   dehqonchilik   ishlarini   ancha   murakkablashtiradi,
shuning   uchun   ham   bu   yyerda   o‘tkaziladigan   tadbirlar   yog‘in-sochin   suvlarini
to‘plash va saqlashga qaratilishi kyerak.
Ang‘izni   haydab   yil   davomida   ekin   ekilmay   maxsus   ajratilgan   dala   toza
shudgor deyiladi. SHudgorda yil davomida yoki yozning yarmigacha ekin ekilmay
faqat begona o‘tlarni  yo‘qotish uchun quruq ishlov byerib turiladi. Ishlov byerish
natijasida   shudgor   yumshoq   va   begona   o‘tlardan   holi   bo‘ladi,   unda   nam   ko‘proq
to‘planadi   oziq   moddalar   ko‘payadi,   ekinlarning   kasallik   va   zararkunandalari
kamayadi.
Toza shudgor yertagi, o‘rtagi, kechki va band shudgorlarga bo‘linadi.
Jizzax viloyatidagi G‘allachilik ilmiy tekshirish institutining dalalarida toza
shudgorga ekilgan bug‘doy xosili 14-22ss ni, ang‘izda 4-8ss ni tashkil etgan.
Lalmi yerlarni shudgorlashning eng qulay muddati tekislik zonada martning
ikkinchi   yarmi,  tekislik   adir   zonada   martning  oxiri   aprelning  birinchi   yarmi,   tog‘
oldi   zonasida   aprel   va   tog‘li   zonada   aprelning   oxiri   va   mayning   boshlari
hisoblanadi.   Toza   shudgor   yoz   davomida   2-3   marta   10-12   sm   chuqurlikda
kulьtivatsiya qilinadi. Bu ish KRN-3,5, KPNA-3, KPN-4,3, KP-4A, PL-5-25, PPL-
10-25 rusumli kulьtivatorlar va KPL-2-150 rusumli ploskorezlar bilan ishlanadi. 
Ekin hosili yig‘ishtirib olish, bilan bir paytda  y yer haydalsa uni qora shudgor
deyiladi.   Qora   shudgor   lushchilnik   bilan   10-12   sm   yumshatib   keyin   20-22   sm
chuqurlikda   haydaladi.   Qora   shudgor   O‘zbekistonda   yaxshi   samara   byermaydi.
SHuning uchun qo‘llanilmaydi.
Band shudgor. Toza shudgorga chopiq talab etadigan biror ekin ekilgan  y yer
band   shudgor   hisoblanadi.   Qator   oralariga   ishlov   byerilganda   begona   o‘tlar
yo‘qotib   turiladi.   Band   shudgor   toza   shudgor   bilan   navbatlanib   turishi   yaxshi samara   byeradi.   Band   shudgor   yog‘in   miqdori   etarli   bo‘lgan   tog‘li   va   tog‘oldi
zonalarda yaxshi natija byeradi. Lekin toza shudgor o‘rnini bosa olmaydi.
Yerta   bahorgi   band   shudgorga   ko‘k   no‘xot,   xashaki   no‘xot,   no‘xot,
kungaboqar,   yasmiq,   maxsar:   o‘rta   bahorgiga   kungaboqar,   oqjo‘xori,   sudan   o‘ti,
ayrim   joylarda   makkajo‘xori;   kech   bahorgiga   oqjo‘xori,   makkajo‘xori,   sudano‘ti,
kungaboqar, poliz ekinlari ekiladi.
Yyerlarni shudgorlash ekin ekishga tayyorlash, ya’ni chizellash, boronalash,
mola   bosish   ishlari   tuproqiqlim   sharoitidan   kelib   chiqib   kyerakli   tartib   va
muddatda o‘tkaziladi. Sidyeratlar ham band shudgor hisoblanadi.
2. Kuzgi shudgorning ahamiyati.
“Yyer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda” degan naql bejiz
aytilmagan. Yyer kuzda haydalganda kesaklar orasidagi suv sovuq va iliq kunlarda
goho muzlab, goho yerib kesaklarni maydalanishini ta’minlaydi.
Kuzda   haydab   qo‘yilgan   y yerda   namlik   ko‘p   to‘planadi,   mikrobiologik
jarayonlar   uchun   qulay   sharoit   yaratiladi.   O‘simlik   qoldiqlari   ko‘milib   chirishi
uchun imkoniyat yaratiladi. Kuzda haydab qo‘yilgan yyerni bahorda ekin ekishga
tayyorlash ancha oson bo‘ladi. Sifatli o‘tkazilgan kuzgi shudgor bahorgi haydashga
nisbatan ekinlar hosilini 10-20% oshiradi, hosil yerta va sifatli bo‘lib etiladi.
Tuproq   namligi   maksimal   dala   nam   si g‘ imiga   nisbatan   40-60   %   bo‘lganda
yyer sifatli haydaladi. Quruq yoki syernam tuproq haydalganda palaxsa va kesaklar
hosil bo‘ladi.
Respublikamizning   shimoliy   zonasida   noyabr   oyi,   Markaziy   zonasida  
15   noyabrdan   15   dekabrgacha,   janubiy   zonada   20   noyabrdan   15   dekabrgacha
bo‘lgan vaqt kuzgi shudgor uchun eng qulay vaqt hisoblanadi.
Tuproq sharoitiga ko‘ra yer 30-35 sm gacha chuqurlikda haydalishi mumkin.
Yangi o‘zlashtirilgan yerlar 20-22 sm chuqurlikda haydaladi.   Keyinchalik haydash
chuqurligi asta-sekin oshirib boriladi.
Yyerni ikki yarusli haydash muhim ahamiyatga ega. Buni uchun PYA-3-35,
PuYA -3-35 rusmli pluglardan foydalaniladi. Ikki yarusli haydalganda ustki qatlam (0-15   sm)   pastga,   pastki   qatlam   (15-30   sm)   tepaga   chiqariladi.   Tuproqning
xossalari yaxshilanadi. Ekinlar hosili ma’lum darajada oshadi.
Yyerni   har   xil   chuqurlikda   haydash   begona   o‘tlarni   zararkunandalarni,
kasalliklarni   kamaytirish   va   organik   qoldiqlarni   to‘la   chirishini   ta’minlash   uchun
o‘tkaziladi. Yyer birinchi yili 30-32 sm, ikkinchi yili 22-24 sm, uchinchi yili 26-28
sm   chuqurlikda   haydalsa,   yuqorida   ko‘rsatilgan   chuqurlikdagi   qatlamga   tushgan
zararli   organizmlar   h amda   organik   qoldiqlar   uch   yilgacha   tuproq   yuzasiga
chiqarilmaydi.   Natijada   zararli   organizmlarni   kamayishi   va   o‘simlik   qoldiqlarini
to‘la chirishiga yerishiladi.
Kuzgi   s h u d g o r   bahorda   xaydashga   qaraganda   tashkiliy   jihatdan   ham   katta
ahamiyatga   ega,   chunki   yyer   ekin   ekish   oldidan   yaxshi   ishlanadi   va   ekin   o‘z
vaqtida   sifatli   ekiladi.   Bahorgi   haydashda   yyerni   qiska   vaqt   ichida   ekin   ekishga
tayyorlash kyerak. Texnika, qurol va ishchi kuchidan foydalanishda qiyinchiliklar
tug‘iladi hamda ayrim tadbirlar sifatsiz bajariladi. Bahorgi haydashda   vegetatsiya
davridagi   birinchi   suvni   kuzgi   shudgorlashga   nisba tan   bir   necha   kun   oldinroq
byerishga   to‘g‘ri   keladi.   Sifatli   o‘tkazilgan   kuzgi   shudgor   bahorgi   haydashga
nisbatan   paxta   hosilini   10-20%   oshirishi   bilan   bir   qatorda,   hosil   sifati   yuqori
bo‘lishini ham ta’minlaydi. Kuzgi shudgorning yerta bahorgi haydashdan yana bir
afzalligi   shundaki,   kuzda   shudgor   qilingan   yerlarda   g‘o‘za   doim   yerta   etiladi   va
undan mo‘l hosil olinadi.
Kuzgi   shudgorlash   samaradorligi   uni   o‘tkazish   muddatiga,   yyerni   haydash
chuqurligiga   va   sifatiga   bog‘liqdir.   Kuzgi   shudgorlashning   sifati   ham   yerni
xaydash sifatiga qo‘yilgan talablar asosida aniklanadi.
Pluglarni ishga tayyorlash va sozlash.   Dalaga chiqishdan oldin xar bir plug
tekis maydonchaga urnatilib, kurikdan utkaziladi. Bunda barcha ish organlarining
mavjudligi,   lemexlar   tig‘larining   o‘tkirlanganligi   va   maydoncha   yuzasiga
parallelligi,   lemexlarning   uchini   bu   yuzaga   birdek   tegib     turishi,   ular   orasidagi
masofalarning bir xilligi xamda dala taxtalarining xarakat yo‘nalishiga parallelligi
tekshiriladi.   Bunda   alohida   lemexning   uchi   maydonchadan   ko‘pi   bilan   10   mm
ko‘tarilib turishi mumkin. Yerlarni   xaydashga   tayyorlash .   Xaydashdan   oldin   dalalar   g‘o‘zapoya   va
boshqa   o‘simlik   qoldikdaridan   tozalanishi   dalalarning   shunday   o‘tlar   bosgan
joylariga   gyerbitsidlar   sepilishi,   sungra   belgilangan   mikdordagi   mahalliy   va
minyeral  o‘g‘itlar  solinishi   lozim.  Dalalarni   ko‘p  yillik  begona  o‘tlardan   tozalash
uchun tuproq oldin agdargichi olib tashlangan pluglar bilan 18-20 sm chukurlikka
yumshatiladi, o‘tlar keyin chizel-kulьtivatorlar, chopiq kulьtivatorlari va boronalar
bilan yig‘ib olinib, dala tashqarisiga chiqarib tashlanadi.
Yyer larni   sifatli   va   kam   xarajat   sarflab   xaydash   uchun   tuproqning   namligi
16-18   foiz   atrofida   bulishi   zarur:   tuproq   yaxshi   maydalanadi,   ish   organlariga
yopishmaydi, yonilgi sarfi kamayib, agregatnin ish unumi ortadi.
SHudgorlashni sifatli o‘tkazish uchun birinchi navbatda dalalar g‘o‘zapoya
va   boshqa   o‘simlik   qoldiklaridan   tozalanishi   yoki   ular   maydalanib,   sochib
yuborilishi,   ko‘p   yillik   begona   o‘tlarni   (g‘umay,   ajrik.,   qamish   va   boshkalar)
tomiri bilan yo‘qotishda ko‘karib turgan, buyi 10 - 15 sm.begona o‘tlarga qarshi
gyerbitsidlardan   Dafosat,   Uragan   va   boshqa   gyerbitsidlar   gektariga   4-6   litr
ko‘llash   yulga   ko‘yish   lozim.   Kuzgi   shudgor   oldidan   fosforli   o‘g‘itlar   yillik
me’yorining   70%   (100   -   120   kg/ga   sof   xolda,   ammofos   o‘g‘iti   200   -   250   kg/ga
yoki supyerefos 430 - 500 kg me’yorda), kaliyli o‘g‘itning 50 % ( 50 - 60 kg/ga
kaliy   sof   holda   yoki   80   -   100   kg/ga   kaliy   xlorid   o‘g‘iti)   xamda   maxalliy   o‘g‘it
(gung   20-30   tonna   yoki   kompost   30   tonna/ga   mikdorida)   solish   tavsiya   etiladi.
SHudgorlash   ishlari   yer   muzlagunga   qadar   tugatilsa,   tuproq   qatlami   yaxshi
agdariladi   va   uvalanishi   hamda   xaydovni   bir   tekis   chukurlikda   utkazilishiga
yerishiladi.  Agar,  yyer   muzlab  syernam  bulib  qolsa,  sifatsiz  xaydaladi   va  tuproq
strukturasi bo‘ziladi. 
Yyer   haydashni   tashkil   etish.   Yerlarni   PD-4-45,   PNYA-4+1-45,   PN-
4-45,   PLN-5-35   kabi   bir   tomonga   ag‘daradigan   pluglar   bilan   xaydashdan   oldin
dala kengligi 40-50 metrli bo‘laklarga bo‘linadi va xar qaysi bo‘lakda agregatning
ish yo‘li belgilab chiqiladi. Bulaklar ichkariga yoki tashqariga ag‘darib haydalishi
mumkin.   Ichkariga   ag‘darib   haydashda   shudgorlash   bo‘lakning   o‘rtasidan
boshlanib, dalaning ohiriga etganda plug o‘ng tomonga buriladi va tuproq birinchi xaydalgan tomonga ag‘dariladi. Bo‘lakning o‘rtasida marza (pushta) hosil bo‘ladi.
Keyingi   xaydashlar   shu   yo‘sinda   davom   ettirilib,   tuproq   xamma   vaqt   pushta
tomonga   ag‘dariladi.   Tashqariga   ag‘darib   xaydashda   plug   bo‘lakning   o‘ng
chekkasidan   boshlab,   oxiriga   etganda   chapga   aylanadi   va   bo‘lakning   chap
chekkasini   xaydashni   davom   ettiradi.   SHu   tariqa   agregat   bulak   urtasiga
yaqinlashadi  va egat  hosil  bo‘ladi. Ichkariga ag‘darib xaydash  uchun agregatning
birinchi   o‘tishida   plugning   birinchi   korpusi   dala   yuzasiga   sirpanib   yuradigan,
oxirgi   korpusi   esa   belgilangan   chukurlikda   ishlaydigan   qilib   rostlanadi.
Agregatning   ikkinchi   utishida   birinchi   korpus   xam   belgilangan   chukurlikda
ishlaydi va u birinchi o‘tishda oxirgidan oldinga korpus yurgan izdan yurgiziladi.
Uchinchi   utishda   yer   odatdagidek   xaydaladi.   Yyer   aylanma   pluglar   bilan
xaydalganda   dala   bo‘laklarga   bo‘linmaydi,   chunki   ularning   korpuslari   unga   va
chapga ag‘daradigan bo‘lganligi uchun dala bir chekkadan xaydalavyeradi.  
SHudgor   sifatini   nazorat   qilish.   Plugning   ish   sifatini   belgilovchi   agrotexnik
talablar   orasida   xaydash   chuqurligi   va   uning   bir   tekisda   bulishi   xamda   begona
o‘tlar,   ularning   urugi   va   ildizlarini   kumilish   chuqurligi   muxim   xisoblanadi.
CHukurlik   egat   o‘lchagich   yoki   oddiy   chizg‘ich   bilan   anikdanadi.   Buning   uchun
plugning   oxirgi   korpusi   qoldirgan   egat   chu q urligi   25   joydan   o‘lchanadi.   Keyin
xamma   o‘lchov   ko’rsatkichlari   qushilib,   o‘rtacha   ko’rsatkich   aniqlanadi.   Sifatli
xaydalgan   yerlarda   xaydash   chuqurligi   agronom   tomonidan   o‘rnatilgan
ko‘rsatkichdan   +2   sm   dan   ortiq   bo‘lmasligi   kyerak.   Begona   o‘tlarni   ko‘milish
chuqurligi xam dalaning 25 joyidan xaydalgan yerni kovlab va shudgor yuzasidan
begona   o‘t   yotgan   joygacha   bo‘lgan   masofa   o‘lchab   aniklanadi.O‘rtacha
ko‘rsatkich ikki yarusli pluglarda 20, umumiy ishlarga mo‘ljallangan pluglarda esa
10   sm.   dan   kam   bo‘lmasligi   lozim.   SHuni   aytib   o‘tish   kyerakki,   yerlarni   uzoq
yillar  mobaynida bir  xil  chukurlikda  xaydash va  traktorlar  xamda  boshka qishloq
xo‘jalik   mashinalari   g‘ildiraklari   ostida   toptalishi   tuproqning   xaydov   osti   qatlami
zichlanib   ketishiga   olib   keladi.   Bu   o‘simliklar   xavo   va   ozuqa   rejimining   uzilishi
xamda   hosilning   kamayishiga   sabab   bo‘ladi.   SHuning   uchun   barcha   dalalar   2-3
yilda bir marta 50-55 sm chukurlikka yumshatilishi lozim. Bunda GRP-3/5,GNU- 1MS   va   xo‘jaliklarda   mavjud   bo‘lgan   boshqa   rusumdagi   chukur
yumshatkichlardan   foydalaniladi.   Xaydov   agregatlarining   beto‘xtov   va   yuqori
unum bilan ishlashini ta’minlash uchun pluglarning tez ishdan chikadigan kismlari
(lemex,   dala   taxtasi,   saklovchi   boltlar),   traktorning   motor   va   gidravlika   moylari
xamda   yonilga   zaxirasi   oldindan   yaratilishi,   xaydov   agregatlariga   texnik   xizmat
kursatish, ularga yonilgi qo‘yish dalaning uzida tashkil  etilishi, mexanizatorlar va
ta’mirlovchi chilangarlarga etarli  maishiy sharoitlar  barpo etilishi  xamda ularning
mehnati doimiy ravishda ragbatlantirib borilishi zarur . 1
 
Kuzgi shudgorni chuqurligi va o‘tkazish muddatlar
Bu   masala   buyicha,   asosan   Paxtachilik   ilmiy-tadqiqot   instituti   (hozirgi
PSUEAITI) da va respublikamizning sug‘oriladigan yerlarida ko‘p yillik tajribalar
o‘tkazib,  kuyidagilar  aniklangan.  Ko‘p yillik va xar  xil  tuproq tiplari  va mexanik
tarkibi   turlicha   bo‘lgan   tuproqdarda   o‘tkazilgan   tajriba   natijalaridan   ko‘rinib
turibdiki,   yyerni   kuzda   shudgorlagan   ma’qulroq.   Yyer   etilganda   shudgorlash
kyerak,   aks   holda   hosil   yig‘ishtirib   olingandan   keyin   tuproqdan   nam   kutarilishi
tufayli   nam   etmaydi   va   yerni   sug‘oririb   haydash   uchun   vaqt   etishmay   koladi.
Natijada,   ya’ni   bu   x o latda   yer   shudgor   kilinganda   katta   kesaklar   paydo   bo‘ladi.
Yo g‘ing archilik   mi q dori   O‘ zbekiston   sharoitida   yo g‘ in   asosan   kech   kuz,   kish   va
yerta bahorda   o’rtaacha 150 mm (och tusli bo‘z tuproq l ar mintaqasida) 300 - 350
mm   (tipik   bo‘z   tuproq l ar   mintaqasida)   kesakni   namlaydigan   x o latda   bo‘ladi.   Bu
ho latlarda   kesak   muzlaydi,   yerta   ba ho rda,   kunlar   isishi   bilan   muz   yerib,   kesak
kichik   bulaklarga   parchalanib   ketadi.   Bu   xildagi   yerlar   joriy   tekislanib,
molalangandan keyin mayin tuproq x o sil   bulib,  urug‘  ekishga tayyor bo‘ladi. Lekin
respublikamizning   sa h ro   mintaqasidagi   (Markaziy   Far g‘ ona,   Navoiy,   Buxoro,
Xorazm, Kashkadaryo, Surxondaryo viloyatlarining bir  q ismi) yo g‘ ingarchilik   100
mm   atrofida   bo‘lganligi   uchun   kesaklar   nam   etishmasli g idan   ichigacha
muzlamaydi,   natijada   maydalanmay   qo ladi.   SHudgorlangan   yer   kesagini
maydalash   uchun   traktor   agregatlari   yana   maydonga   kiradi.   Yyer ni   h aydashdan
b o‘ lgan ma q sad tuproqni yumshatish chippakka chi q ib ketadi. Bu x o latda tuproqni
1
  А .  Тухтақузиев , М .  Тошболтаев .   Иш   қуролинг   соз   бўлса .  Ўзбекистон қишлоқ хўжалиги.  2014  №3 .  8-9  б . a g‘ darmay,   q aytadan   shudgorlashga   to‘g‘ri   keladi   yoki   ko‘pchilik   x o‘ jaliklarda
q ayta yumshatmay uru g‘  ekiladi. Bu  ho lat  q uyidagilarga   olib keladi  ( 1.35 -jadval).  
1.35-jadval
Yyer  turli chuqurlikda shudgor qilinganda g‘o‘za hosili,s/ga.
Tajriba o‘tqazilgan
joy va tuprog‘i Tajriba
soni Hosil, ss /ga
Yyer  28-30
sm.
chuqurlikda
haydalganda Ikki yarusda
y yer 28-
30sm.
chuqurlikda
haydalganda Ikki yarusda
40 sm.
chuqurlikda
haydalganda
Toshkent viloyati tipik
bo‘z tuproqlari 21 26,7   39.1 39.1
Och tusls bo‘z,
Andijon viloyati 6 34,3 37.3 40.3
O‘tloqlashib
borayotgan och tusli
bo‘z, Sirdaryo viloyati 2 37.2 44.4 37,6
O‘tloqi  bo‘z,
Samarqand viloyati 2 25,9 31.0 30,4
O‘tloqi soz, Farg‘ona
viloyati 3 31.8 33,6 33.8
O‘tloqi allyuvial,
Qoraqalpag‘iston
Respublikasi, Xorazm
va Buxoro viloyati 8 33.0 34,3 34,5
Xajm massasi 1,0-1,2 g/sm 3
 bo‘lganda tuproqning g‘ovakligi 63,0, tuliq nam
sig‘ami   40,9,   ayeratsiyasi   34,4%   bo‘lgan   xolatda   1,5   g/sm 3
  bo‘lganda
yuqoridagilarga mos ravishda 40,8; 25,0 va 12,8% bo‘lgan. Bu ma’lumotlar shuni
ko‘rsatadiki,   tuproqning   eng   maqbul   yumshoqligi   1,2-1,3   g/sm 3
  hisoblanadi.
Demak, och va to‘q tusli  bo‘z tuproqlar  hamda bu mintaqalarda tarkalgan o‘tloqi bo‘z,   o‘tloqi   allyuvial,   o‘tloqi   soz   tuproqlarni   albatta   kuzgi   shudgordan   o‘tkazish
zarur,   shunda   maqbul   xajm   massasiga   ega   bo‘ladi   xamda   ularning   fizik   va
gidrofizik xossalari kyerakli holatda bo‘ladi.
Mexanik   tarkibi   engil   tuproqlarni   bahorda   shudgorlab   urug‘   eksa   ham
bo‘lavyeradi.   Kechki   noyabrь   va   dekabrь   oylaridagi   yerni   shudgorlashga
qaraganda   bahorgisi   foydaliroq   negaki,   mexanik   tarkibi   engil   yerlar   xaydalganda
kesak ko‘p ko‘chmaydi.
3. Haydalma qatlam qalinligini oshirish usullari
Haydalma   qatlam   qalinligini   oshirish   tuproq   profilining   tuzilishini   hisobga
olgan holda olib boriladi. Qumli, shag‘al qatlam yuza yotgan yyerlarda yerta bahorda loyqa yotqizish
(kolmataj   usuli)   yo‘li   bilan   haydalma   qatlam   qalinligi   oshiriladi.   Bu   har   yili
bahorda bir necha marta takrorlanadi. Haydalma qatlam qalinligini oshirish uchun
tepaliklar tuprog‘i, go‘ng va boshqa organik o‘g‘itlardan ham foydalanish mumkin.
Qadimdan  sug‘oriladigan   y yerlarda  agroirrigatsion   yotqiziqlarning  qalinligi
2-3 m dan ortadi. Ana shu joylarda haydalma qatlam qalinligini  bemalol oshirish
mumkin.   Akademik   Muxammadjonov   qadimdan   sug‘orilib   dexqonchilik
qilinayotgan haydalma qatlam osti zichlashgan hamma yyerlarda har 3-4 yilda bir
marta   yerni   50-60   sm   chuqurlikda   yumshatib   bir   yo‘la   28-30   sm   chuqurlikda
ag‘darib haydashni tavsiya qiladi.
Bunda   yer   kuzda   GR-2,7   rusumli   chuqur   yumshatgich   bilan   yumshatiladi,
keyin plugda ag‘darib haydaladi.
Professor   A.Yermatov   bedapoyani   60   sm   chuqurlikda   haydash   va
organominyeral   o‘g‘itlar   solish   haydalma   qatlam   qalinligini   oshirishda   samarali
usullardan   ekanligini   ta’kidlaydi.   Haydalma   qatlam   qalinligini   oshirilishi   va
tuzilishini   yaxshilanishi   bedadan   va   undan   keyin   ekilgan   ekinlardan   yuqori   hosil
olishni ta’minlashi bu olim o‘tkazgan tajribalarida ko‘rsatib byergan. Foydalanilgan adabiyotlar
1.   Chandrasekaran   B.,   Annadurai   K.,   Somasundaram   E.   A   textbook   of
Agronomy. New Delhi. 2010. New a ge Intyernational (p) Limited, Publi-shyers.
                        2 .   Crop   Rotation   on   Organic   Farms:   A   Planning   Manual,   NRAES   177
Charles L. Mohlyer and Sue Ellen Johnson, editors Published by NRAES, July 2009.
3.   Azimboev   S.A.   Dehqonchilik,   tuproqshunoslik   va   agrokimyo   asoslari.
(Darslik). T. Iqtisodiyot-moliya 2006. – 180 b.
4. Mo‘minov K., Azimboev A., Sanaqulov A., Byerdiboev E., Kenjaev YU
Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan. (O‘quv qo‘llanma) – T.: “Turon-iqbol”,
2014. – 240 b.
5.   Artukmetov   Z.A.,   SHyeraliev   X.SH.   Ekinlarni   sug‘orish   asoslari.
(Darslik). T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. 2007.-312 b. 
6. Norkulov U., SHyeraliev X. Qishloq xo‘jalik melioratsiyasi. (Darslik). T.:
ToshDAU tahr.-nashr. bo‘limi, 2003. – 214 b.
7. To‘xtashev B., Azimboev S., Qarabaeva T., Byerdiboev E., Nurmatov B.
Qishloq   xo‘jalik   melioratsiyasi   va   yer   tuzish   fanidan   amaliy   va   tajribaviy
mashg‘ulotlar.   (O‘quv   qo‘llanma).   -   T.:   “ToshDAU   nashr-tahririyat   bo‘limi”,
2012. – 187 bet.

MAVZU: SHUDGOR VA UNING TURLARI . 1. SHudgor va uning turlari. 2. Kuzgi shudgorning ahamiyati. 3. Haydalma qatlam qalinligini oshirish usullari

1. SHudgor va uning turlari. O‘zbekistonning tog‘li va tog‘ oldi vodiylarining ko‘p qismida lalmikor dexqonchilik qilinadi. Bu y yerda asosan g‘alla etishtiriladi. Hosildorlik yog‘in sochin suvlarini to‘planishi, saqlanishi va taqsimlanishiga bog‘liq. Qurg‘oqchiliklar bu yyerda dehqonchilik ishlarini ancha murakkablashtiradi, shuning uchun ham bu yyerda o‘tkaziladigan tadbirlar yog‘in-sochin suvlarini to‘plash va saqlashga qaratilishi kyerak. Ang‘izni haydab yil davomida ekin ekilmay maxsus ajratilgan dala toza shudgor deyiladi. SHudgorda yil davomida yoki yozning yarmigacha ekin ekilmay faqat begona o‘tlarni yo‘qotish uchun quruq ishlov byerib turiladi. Ishlov byerish natijasida shudgor yumshoq va begona o‘tlardan holi bo‘ladi, unda nam ko‘proq to‘planadi oziq moddalar ko‘payadi, ekinlarning kasallik va zararkunandalari kamayadi. Toza shudgor yertagi, o‘rtagi, kechki va band shudgorlarga bo‘linadi. Jizzax viloyatidagi G‘allachilik ilmiy tekshirish institutining dalalarida toza shudgorga ekilgan bug‘doy xosili 14-22ss ni, ang‘izda 4-8ss ni tashkil etgan. Lalmi yerlarni shudgorlashning eng qulay muddati tekislik zonada martning ikkinchi yarmi, tekislik adir zonada martning oxiri aprelning birinchi yarmi, tog‘ oldi zonasida aprel va tog‘li zonada aprelning oxiri va mayning boshlari hisoblanadi. Toza shudgor yoz davomida 2-3 marta 10-12 sm chuqurlikda kulьtivatsiya qilinadi. Bu ish KRN-3,5, KPNA-3, KPN-4,3, KP-4A, PL-5-25, PPL- 10-25 rusumli kulьtivatorlar va KPL-2-150 rusumli ploskorezlar bilan ishlanadi. Ekin hosili yig‘ishtirib olish, bilan bir paytda y yer haydalsa uni qora shudgor deyiladi. Qora shudgor lushchilnik bilan 10-12 sm yumshatib keyin 20-22 sm chuqurlikda haydaladi. Qora shudgor O‘zbekistonda yaxshi samara byermaydi. SHuning uchun qo‘llanilmaydi. Band shudgor. Toza shudgorga chopiq talab etadigan biror ekin ekilgan y yer band shudgor hisoblanadi. Qator oralariga ishlov byerilganda begona o‘tlar yo‘qotib turiladi. Band shudgor toza shudgor bilan navbatlanib turishi yaxshi

samara byeradi. Band shudgor yog‘in miqdori etarli bo‘lgan tog‘li va tog‘oldi zonalarda yaxshi natija byeradi. Lekin toza shudgor o‘rnini bosa olmaydi. Yerta bahorgi band shudgorga ko‘k no‘xot, xashaki no‘xot, no‘xot, kungaboqar, yasmiq, maxsar: o‘rta bahorgiga kungaboqar, oqjo‘xori, sudan o‘ti, ayrim joylarda makkajo‘xori; kech bahorgiga oqjo‘xori, makkajo‘xori, sudano‘ti, kungaboqar, poliz ekinlari ekiladi. Yyerlarni shudgorlash ekin ekishga tayyorlash, ya’ni chizellash, boronalash, mola bosish ishlari tuproqiqlim sharoitidan kelib chiqib kyerakli tartib va muddatda o‘tkaziladi. Sidyeratlar ham band shudgor hisoblanadi. 2. Kuzgi shudgorning ahamiyati. “Yyer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda” degan naql bejiz aytilmagan. Yyer kuzda haydalganda kesaklar orasidagi suv sovuq va iliq kunlarda goho muzlab, goho yerib kesaklarni maydalanishini ta’minlaydi. Kuzda haydab qo‘yilgan y yerda namlik ko‘p to‘planadi, mikrobiologik jarayonlar uchun qulay sharoit yaratiladi. O‘simlik qoldiqlari ko‘milib chirishi uchun imkoniyat yaratiladi. Kuzda haydab qo‘yilgan yyerni bahorda ekin ekishga tayyorlash ancha oson bo‘ladi. Sifatli o‘tkazilgan kuzgi shudgor bahorgi haydashga nisbatan ekinlar hosilini 10-20% oshiradi, hosil yerta va sifatli bo‘lib etiladi. Tuproq namligi maksimal dala nam si g‘ imiga nisbatan 40-60 % bo‘lganda yyer sifatli haydaladi. Quruq yoki syernam tuproq haydalganda palaxsa va kesaklar hosil bo‘ladi. Respublikamizning shimoliy zonasida noyabr oyi, Markaziy zonasida 15 noyabrdan 15 dekabrgacha, janubiy zonada 20 noyabrdan 15 dekabrgacha bo‘lgan vaqt kuzgi shudgor uchun eng qulay vaqt hisoblanadi. Tuproq sharoitiga ko‘ra yer 30-35 sm gacha chuqurlikda haydalishi mumkin. Yangi o‘zlashtirilgan yerlar 20-22 sm chuqurlikda haydaladi. Keyinchalik haydash chuqurligi asta-sekin oshirib boriladi. Yyerni ikki yarusli haydash muhim ahamiyatga ega. Buni uchun PYA-3-35, PuYA -3-35 rusmli pluglardan foydalaniladi. Ikki yarusli haydalganda ustki qatlam

(0-15 sm) pastga, pastki qatlam (15-30 sm) tepaga chiqariladi. Tuproqning xossalari yaxshilanadi. Ekinlar hosili ma’lum darajada oshadi. Yyerni har xil chuqurlikda haydash begona o‘tlarni zararkunandalarni, kasalliklarni kamaytirish va organik qoldiqlarni to‘la chirishini ta’minlash uchun o‘tkaziladi. Yyer birinchi yili 30-32 sm, ikkinchi yili 22-24 sm, uchinchi yili 26-28 sm chuqurlikda haydalsa, yuqorida ko‘rsatilgan chuqurlikdagi qatlamga tushgan zararli organizmlar h amda organik qoldiqlar uch yilgacha tuproq yuzasiga chiqarilmaydi. Natijada zararli organizmlarni kamayishi va o‘simlik qoldiqlarini to‘la chirishiga yerishiladi. Kuzgi s h u d g o r bahorda xaydashga qaraganda tashkiliy jihatdan ham katta ahamiyatga ega, chunki yyer ekin ekish oldidan yaxshi ishlanadi va ekin o‘z vaqtida sifatli ekiladi. Bahorgi haydashda yyerni qiska vaqt ichida ekin ekishga tayyorlash kyerak. Texnika, qurol va ishchi kuchidan foydalanishda qiyinchiliklar tug‘iladi hamda ayrim tadbirlar sifatsiz bajariladi. Bahorgi haydashda vegetatsiya davridagi birinchi suvni kuzgi shudgorlashga nisba tan bir necha kun oldinroq byerishga to‘g‘ri keladi. Sifatli o‘tkazilgan kuzgi shudgor bahorgi haydashga nisbatan paxta hosilini 10-20% oshirishi bilan bir qatorda, hosil sifati yuqori bo‘lishini ham ta’minlaydi. Kuzgi shudgorning yerta bahorgi haydashdan yana bir afzalligi shundaki, kuzda shudgor qilingan yerlarda g‘o‘za doim yerta etiladi va undan mo‘l hosil olinadi. Kuzgi shudgorlash samaradorligi uni o‘tkazish muddatiga, yyerni haydash chuqurligiga va sifatiga bog‘liqdir. Kuzgi shudgorlashning sifati ham yerni xaydash sifatiga qo‘yilgan talablar asosida aniklanadi. Pluglarni ishga tayyorlash va sozlash. Dalaga chiqishdan oldin xar bir plug tekis maydonchaga urnatilib, kurikdan utkaziladi. Bunda barcha ish organlarining mavjudligi, lemexlar tig‘larining o‘tkirlanganligi va maydoncha yuzasiga parallelligi, lemexlarning uchini bu yuzaga birdek tegib turishi, ular orasidagi masofalarning bir xilligi xamda dala taxtalarining xarakat yo‘nalishiga parallelligi tekshiriladi. Bunda alohida lemexning uchi maydonchadan ko‘pi bilan 10 mm ko‘tarilib turishi mumkin.

Yerlarni xaydashga tayyorlash . Xaydashdan oldin dalalar g‘o‘zapoya va boshqa o‘simlik qoldikdaridan tozalanishi dalalarning shunday o‘tlar bosgan joylariga gyerbitsidlar sepilishi, sungra belgilangan mikdordagi mahalliy va minyeral o‘g‘itlar solinishi lozim. Dalalarni ko‘p yillik begona o‘tlardan tozalash uchun tuproq oldin agdargichi olib tashlangan pluglar bilan 18-20 sm chukurlikka yumshatiladi, o‘tlar keyin chizel-kulьtivatorlar, chopiq kulьtivatorlari va boronalar bilan yig‘ib olinib, dala tashqarisiga chiqarib tashlanadi. Yyer larni sifatli va kam xarajat sarflab xaydash uchun tuproqning namligi 16-18 foiz atrofida bulishi zarur: tuproq yaxshi maydalanadi, ish organlariga yopishmaydi, yonilgi sarfi kamayib, agregatnin ish unumi ortadi. SHudgorlashni sifatli o‘tkazish uchun birinchi navbatda dalalar g‘o‘zapoya va boshqa o‘simlik qoldiklaridan tozalanishi yoki ular maydalanib, sochib yuborilishi, ko‘p yillik begona o‘tlarni (g‘umay, ajrik., qamish va boshkalar) tomiri bilan yo‘qotishda ko‘karib turgan, buyi 10 - 15 sm.begona o‘tlarga qarshi gyerbitsidlardan Dafosat, Uragan va boshqa gyerbitsidlar gektariga 4-6 litr ko‘llash yulga ko‘yish lozim. Kuzgi shudgor oldidan fosforli o‘g‘itlar yillik me’yorining 70% (100 - 120 kg/ga sof xolda, ammofos o‘g‘iti 200 - 250 kg/ga yoki supyerefos 430 - 500 kg me’yorda), kaliyli o‘g‘itning 50 % ( 50 - 60 kg/ga kaliy sof holda yoki 80 - 100 kg/ga kaliy xlorid o‘g‘iti) xamda maxalliy o‘g‘it (gung 20-30 tonna yoki kompost 30 tonna/ga mikdorida) solish tavsiya etiladi. SHudgorlash ishlari yer muzlagunga qadar tugatilsa, tuproq qatlami yaxshi agdariladi va uvalanishi hamda xaydovni bir tekis chukurlikda utkazilishiga yerishiladi. Agar, yyer muzlab syernam bulib qolsa, sifatsiz xaydaladi va tuproq strukturasi bo‘ziladi. Yyer haydashni tashkil etish. Yerlarni PD-4-45, PNYA-4+1-45, PN- 4-45, PLN-5-35 kabi bir tomonga ag‘daradigan pluglar bilan xaydashdan oldin dala kengligi 40-50 metrli bo‘laklarga bo‘linadi va xar qaysi bo‘lakda agregatning ish yo‘li belgilab chiqiladi. Bulaklar ichkariga yoki tashqariga ag‘darib haydalishi mumkin. Ichkariga ag‘darib haydashda shudgorlash bo‘lakning o‘rtasidan boshlanib, dalaning ohiriga etganda plug o‘ng tomonga buriladi va tuproq birinchi