logo

O‘QUVCHILARNING TEXNIK IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

77.8876953125 KB
MAVZU :  O‘QUVCHILARNING TEXNIK IJODKORLIGINI
RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI
RЕJА:
Muammoni hal etishning birinchi yo‘nalishi . 
Muammoni  h al etishning ikkinchi yo‘nalishining mazmuni. 
O‘quvchilarning  texnik  ijodkorligini  tashkiliy  sistemasi
Аdаbiyotlаr.
1.  N.Muslimov,  Sh.Sharipov,  M.Qodirov.  “Texnik  ijodkorlik  va  dizayn”.-T.: 
2010y
2.  L.E.Bobomurodova.  «Texnik  ijodkorlik  va  dizayn»  fanidan  amaliy 
mashg‘ulotlarni bajarish. – Samarqand.: 2019 y
3.  L.E.Bobomurodova.  «Texnik  ijodkorlik  va  dizayn»  fanidan  laboratoriya 
mashg‘ulotlarini bajarish. – Samarqand.: 2019 y   Milliy   o‘zlikni   anglashga   e’tibor   kuchaygan   hozirgi   sharoitda   mustaqil
fikrlash   hamda   ijodkorlik   sifatlari   barkamollikning   aosiy   belgilari   sifatida   qaror
topmoqda.   Insonning   o‘z-o‘zini   anglashida   hayotida   tutgan   o‘rnini   belgilashda,
hayotning   mohiyatini   tushunishga   nisbatan   munosabat   o‘zgarmoqda.   Zero,
“Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi”da   ta’kidlanganidek:   «Inson,   uning   har
tomonlama   uyg‘un   kamol   topishi   va   farovonligi   shaxs   manfaatlarini   ro‘yobga
chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur
va   ijtimoiy   xul-atvorning   andozalarini   o‘zgartirish   respublikada   amalga
oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir». 
Mustaqillik   sharoitida   shaxsni   rivojlantirishning   asosiy   yo‘nalishi   mustaqil
fikrlash   va   ijodkorlik   sifatlarini   shakllantirish,   shaxsiy   va   ijtimoiy   faolligini
oshirish,   tanqidiy   fikrlash,   shaxsiy   g‘urur   va   o‘z   intellektual   imkoniyatlariga
ishonch   hissini   tarbiyalashdan   iborat   bo‘lmoqda.   Ushbu   jarayonlarning   barchasi
bugungi kunda rivoj topayotgan   xalqaro globallashuv sharoitida alohida dolzarblik
kasb etmoqda. 
Respublikamizda   shaxs   sifatlarini   shakllantirish   muammosining   echimini
topishga   qaratilgan   aksariyat   tadqiqotlarda   mustaqil   fikr   yuritish   shaxsning
mustaqil   ta’lim   olishi  bilan  bog‘liq  holda qaraladi,   ijodkorlik  faoliyati   esa  asosan
moddiy   buyumlar   yaratishni   va   takomillashtirish   bilan   bog‘liq   yaratuvchilik
jarayoni sifatida o‘rganilgan. 
Ushbu tadqiqotlarda mustaqil-ijodiy fikrlash sifatlarining o‘quvchilar   xulqida,
ularning   boshqalar   bilan   muloqotida,   amalga   oshiradigan   kasbiy   faoliyatida
barqaror   aks   ettirilish   masalalari   etarlicha   hal   etib   berilmagan.   Bugun   biz
insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini  ko‘z   oldimizga  keltiradigan  bo‘lsak,
xalqaro   globallashuv   bu   jarayonning   eng   yaqqol   namoyon   bo‘luvchi   xususiyati
ekanligini   ko‘ramiz.   Hozirda   xalqaro   globallashuv   iqtisod,   siyosat   va   shu   kabi
ijtimoiy   hayotning   barcha   muhim   sohalari   qatorida   ta’lim   tizimini   ham   o‘z   ta’sir
doirasiga   olgan.   SHunday   ekan,   jahonda   o‘zining   munosib   o‘rniga   ega   bo‘lib
borayotgan   respublikamiz   ta’lim   tizimiga   tatbiqan   shaxs   sifatlarining   muhim qirralari   bo‘lgan   mustaqil   hamda   ijodiy   fikrlash   sifatlarini   faollashtirishning
metodologik asoslarini tadqiq qilish muhim zamonaviy muammo   hisoblanadi. 
Barcha mamlakatlarda, shu jumladan O‘zbekistonda ham shaxsni   tarbiyalash
unda   axloqiy   va   intellektual   sifatlarni   rivojlantirish   orqali   amalga   oshiriladi.
Respublikamizda   joriy   etilayotgan   va   jahon   miqyosida   tan   olingan   kadrlar
tayyorlash milliy modelining bosh sub’ekti   va ob’ekti sifatida o‘quvchi shaxsining
olinganligi   bu   boradagi   muammolarning   muvaffaqiyatli   hal   etilishi   uchun   zamin
yaratib bergan. Respublikamizda yoshlar mustaqil – ijodiy fikrlashini   faollashtirish
masalalarining   dolzarbligi   quyidagi   muammolarni   hal   etish   zarurati   bilan
belgilanadi: 
-     shaxs   sifatlarining   bugungi   kundagi   shakllanganlik   darajasi   va   uni
tarbiyalashga   aratilgan   mavjud   metodlar   zamonaviy   talablarga   javob   bera
olmasligi; 
-  ta’lim tizimida an’anaviy tarbiya va bilim «berish»   metodlarining salmog‘i
amon yuori darajada salanib olayotganligi;  
-     umumiy   o‘rta   ta’lim,   o‘rta   maxsus,   kasb-unar   ta’limi   h amda   oliy   ta’lim
o‘ q uv   rejalarida   ko‘zda   tutilgan   ta’lim   predmetlarining   yoshlarda   musta q il-ijodiy
fikrlashini faollashtirish imkoniyatlaridan etarli   darajada foydalanilmayotganligi; 
-     yoshlarda   mustaqil-ijodiy     fikrlashni   shakllantirishga   oid   ishlab   chiilgan
nazariy   ishlanmalarni   amaliyotga   keng   ko‘lamda   joriy   etish   yo‘llarining   asoslab
berilmaganligi. 
Bu   esa   o‘quvchi   va   talaba   yoshlar   shaxs   sifatlarini   faollashtirishning
metodologik   asoslarini   yaratish,   uni   amalga   oshirish   yo‘llarini   ishlab   chiqishga
qaratilgan tadqiqotlarni amalga oshirish zaruratini yuzaga   keltiradi. 
Qayd   etilgan   muammolar   echimini   topishning   ikki   yo‘nalishini   taklif   etish
mumkin: 
Muammoni hal etishning birinchi yo‘nalishi  quyidagicha mazmunga ega: 
Mustaqil-ijodiy fikrlash sifatlarini faollashtirishda boshlang‘ich ta’lim muhim
o‘rin   tutadi,   chunki   xuddi   shu   davrda   shaxs,   uning   qiziqishlari,   moyilliklari
shakllanishi uchun poydevor yaratila boshlaydi.  Jamiyat   uchun   mustaqil,   tanqidiy   fikrlaydigan,   harakat   qila   oladigan   ijodkor
shaxslar   juda   asqotayotgan   hozirgi   kunda   o‘quvchilar   ijodiy   qobiliyatlarini
rivojlantirish pedagogikaning dolzarb muammosi bo‘lib turibdi. 
O‘quvchilarning   ijodiy   faoliyati   tajribalarini   o‘zlashtirishlari   uchun   talim
jarayonida   faol   aqliy   izlanishni   talab   qiladigan   muammoli   vaziyatlarni   vujudga
keltirish zarur. Ijodiy faoliyat tajribalarini o‘qituvchini tayyor axboroti orqali hosil
qilish   mumkin   emas,   chunki   o‘qituvchi   muammolarni   o‘zi   hal   qilsa,
o‘quvchilardagi   qiziqish,   muammolarni   hal   qilishga   bo‘lgan   intilish,   so‘nadi,   o‘z
bilimlarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qo‘llash imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. 
Noan’anaviy   ta’lim   o‘quvchilarni   faqat   bilim,   ko‘nikma,   malakalar   bilan
qurollantirishni   ko‘zda   tutmasdan,   balki   darsda   vujudga   keltiradigan   muammoli
vaziyatlarni   o‘quvchilar   avval   o‘zlashtirgan   bilim,   ko‘nikma,   malakalarni
kutilmagan   vaziyatlarda   ijodiy   qo‘llashlari   orqali   ijodiy   faoliyat   tajribalari,
o‘quvchilarning   mustaqilligi,   o‘quv-bilish   motivlarini,   mantiqiy   fikrlashni
rivojlantirishga,   mustaqil   izlanish   yo‘lini   o‘zlashtirishga   imkon   beradigan
murakkab jarayondir. 
O‘quvchilar   mustaqil   fikrlash   ko‘nikmalarini   shakllantirishi   noan’anaviy
ta’lim   jarayonida   muvaffaqiyat   bilan   qo‘llanib   kelayotgan   ta’lim   prinsiplari:
ilmiylik,   tushunarlilik,   sistemalilik,   o‘quvchilarning   ongligi   va   faolligi,
ko‘rgazmalilik,   o‘quvchilarni   puxta   bilim,   ko‘nikma   va   malakalar   bilan
qurollantirish,   uzviylik,   ketma-ketlik,   o‘quvchilarning   ijodiy   mustaqil   ishlari
prinsipi, o‘quvchilarga individual va tabaqalashtirilgan yondoshuv prinsipi, o‘quv
ishlarini insonparvarlashtirish prinsiplaridan foydalanishni taqozo etadi. 
Umumiy   o‘rta   ta’limda   yuqori   sinf   o‘quvchilarining   ijtimoiy   hodisalarni
mustaqil  va ijodiy tahlil  qilishga tayyorlik darajasiga oid bilim  va ko‘nikmalarini
o‘rganishda   an’anaviy   metodlar   bilan   birgalikda   interfaol   metodlar   ham   katta
yordam   berishi   mumkin.   Bir   tomonlama   muloqotni   ko‘zda   tutuvchi   savol-javob
usulidan   farqli   ravishda   faol   ta’lim   metodlari   yoshlarning   o‘zlashtiriladigan
bilimlarga   munosabati   to‘g‘risida   ham   xulosa   chiqarishga   imkon  beradi.   Natijada
o‘quvchilarning   turli   ijtimoiy-siyosiy   hodisalarni   qanday   tushunayotganliklarini ham   aniqlab   olish   mumkin.   SHu   bilan   birga   ularning   yangi   vaziyatlarni,   vaqt   va
hodisalarni baholash uchun mazkur bilimlardan foydalanishga qay darajada tayyor
ekanliklari to‘g‘risida ham ma’lumot imkoniyati yaratiladi. 
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida qaralayotgan muammoni hal qilish uchun
axborotning tarbiyaviy samarasini oshirish bilan birga izlanish, bahs-munozaralari,
o‘zaro bilim almashish kabi faol shakl va uslublaridan ham foydalanish maqsadga
muvofiqdir.   Ular   o‘quvchilarni   yangi   bilim   va   tushunchalarni   mustaqil   topishiga,
o‘z   qarashlari   va   g‘oyalarini   himoya   qilishga,   dunyoqarashi   va   tasavurlarini
o‘rtoqlari   bilan   almashinishga   o‘rgatadi.   Bunda   ijodiy   fikrlash,   tasavvurlarni
rivojlantirish,   fikrlar   tafovuti   va   xilma-xilligi,   kuzatuvchanlik,   xotirani
mustahkamlash, topqirlik, idroklilik, zukkolik va zehnni tarbiyalash talab etiladi. 
Talaba-yoshlarda   mustaqil-ijodiy   fikr   yuritish,   ma’lum   masalalar   bo‘yicha
muhokama   yuritishning   qoida   va   mezonlarini   bilish,   o‘z   fikrini   to‘g‘ri,   izchil,
asosli   bayon   eta   olish,   mushohada   yuritish,   o‘zi   bayon   etgan   fikridan   xulosalar
chiqara   olishni   tarkib   toptirish   mustaqil-ijodiy   fikrlashni   rivojlantirishning   asosiy
yo‘nalishini tashkil etadi. 
Muammoni  h al etishning ikkinchi yo‘nalishining mazmuni  uyidagicha: 
Ma’lumki,   dars   ta’lim   muassasalaridagi   o‘quv-tarbiya   jarayonini   tashkil
qilishning asosiy shakli hisoblanadi. Biroq, aksariyat o‘qituvchilar   o‘zlari rahbarlik
qiladigan dars mashg‘ulotining asosiy va yagona maqsadi   sifatida ish rejaga ko‘ra
qayd   etilgan   mavzuga   doir   bilimlarni   «o‘quvchilarga   berish»ni   tushunadilar.
Bunda,   hamma   vaqt   ham   ta’lim-tarbiya   birligi   mezoniga   amal   qilinmaydi   va
yanayam   ko‘pchilik   holatlarda   darsda   o‘quvchilarning   mustaqil-ijodiy   fikrlashi
uchun   sharoit   yaratilmaydi.   SHu   sababli   dars   mashg‘ulotlarida   mavzuga   oid
bilimlarni   o‘quvchi   mustaqil-ijodiy   fikrlashini   faollashtirish   bilan   omuxtalashgan
holda amalga   oshirish metodlarini tadqiq qilish alohida dolzarblik kasb etadi. 
Darsdan   va   ta’lim   muassasasidan   tashqari   mashg‘ulotlar   asosan   individual,
guruh   hamda   ommaviy   shakllarda   amalga   oshiriladi.   SHuni   ta’kidlab   o‘tish
kerakki, darsdan tashqari faoliyat o‘quvchilarda dunyoqarashning nafaqat g‘oyaviy
asoslarini   shakllantiradi,   balki   uni   amaliy   harakatiga   aylanishini   ta’minlaydi. Bunda  sust  tinglovchi  va   kuzatuvchi  rolida  qolib  ketmaydi;   u  bilimlarni   mustaqil
va   erkin   egallashga   kirishadi,   ilmiy   va   ijtimoiy-siyosiy   axborotlarni   tushunishga
harakat   qiladi,   o‘zi   o‘zlashtirilgan   sifatlarning   tengdoshlari   orasidagi   faol
targ‘ibotchisiga aylanadi. 
O‘quvchilarning   mustaqil-ijodiy   izlanishlariga   yo‘naltirilgan   to‘garaklarda,
turli   birlashmalarda,   mazmun   va   shakli   jihatidan   turlicha   bo‘lgan   faoliyat   turlari
ham   estetik   ijtimoiy   fikrlash   bilan   birga   o‘zaro   muvofiqlikni   keltirib   chiqaradi.
Muammoli   masalalarni   qo‘yish,   ularni   mustaqil   ijodiy   hal   qilish   yoshlarning
qo‘shimcha   bilimlarga   ega   bo‘lishiga,   dunyoqarashga   oid   masalalarni
rivojlanishiga   o‘zlarini   fikrlarini   isbotli   himoya   qilish   ko‘nikmalari   va   mahorati
shakllanishga   yordam   beradi.   Muammo   echimining   taklif   etilgan   yo‘nalishlar
asosida hal etib   borilishi o‘quvchi va talaba yoshlar tayyorgarligining davlat ta’lim
standarti talablariga javob berish darajasining ortishi, yuksak darajada   shakllangan,
faol   mustaqil-ijodkorlik   sifatlariga   ega   shaxs   sifatida   yuqori   akademik
harakatchanlik   darajasiga   erishishi   uchun   nazariy-metodologik   asoslarning
yaratilishiga asos  bo‘ladi. SHuningdek, bu boradagi   vazifalarni  samarali  hal etish
uchun   mustaqil   fikrlovchi   ijodkor   shaxs   to‘g‘risidagi   tushunchalarni
umumlashtirish   hamda   uning   yagona   strukturasini   ishlab   chiqish   jarayonini
boshqarishning axborot ta’minoti   texnologiyasini ishlab chiqish talab etiladi.
O‘quvchilarning  texnik  ijodkorligini  tashkiliy  sistemasi . 
O‘quvchilarning   texnik   ijodkorligini   tashkiliy   sistemasi   juda   ko‘p   qirrali.
Hozirgi   kunda   bolalar   va   yoshlar   ijodiy   faoliyati   bilan   har   xil   vazirliklar   xalq
ta’limi   xodimlari,   kasaba   uyushmasi,   “Kamolat”   yoshlar   ijtimoiy   harakati,
Vatanparvar tashkiloti va boshqalar shug‘ullanadilar. 
Bolalar   va   yoshlarning   ommaviy   ravishda   ijodiy   faoliyat   bilan
shug‘ullanishida   umumiy   o‘rta   ta’lim   maktabi,   akademik   litsey,   kasb-hunar
kollejlari, markazlar va maktabdan tashqari muassasalar (yosh texniklar stansiyasi,
uylari, o‘quvchilar markazlari, yosh texniklar klubi, madaniyat markazi, madaniyat
va texnika markazi) shug‘ullanadi.  Texnik  ijodkorligining  mazmuni   o‘quvchilarning  yoshlariga  qarab  tanlanadi.
I-IV   sinflarda   elementar   bilimlarga,   V-IX   sinflarda   asosiy   chuqur   texnik
tayyorgarlikka ega bo‘lgan bilimlar shakllantiriladi. 
Egallangan bilimlar va asosiy ko‘nikmalariga tayangan holda o‘quvchilarning
texnik ijodkorligi mazmuni kengayib boradi. Kasb-hunar   kollejlarida o‘quvchilar
tanlagan   kasbi   bo‘yicha   ixtirochilik   va     ratsionalizatorlik   faoliyatlarida   ishtirok
etadilar. Bunda ular texnik, texnologiya, ishlab chiqarishni  tashkil  qilish bo‘yicha
ilmiy tekshirish, konstruktorlik ishlarni amalga oshirishda xizmat qiladilar. 
O‘quvchilar   texnik   ijodkorligi   mazmunini   rivojlantirishning   asosiy
yo‘nalishlari. Bizning asrimiz   fan-texnika   yutuqlarining mislsiz darajada taraqqiy
etishi,   hamda   bu   taraqqiyot   natijalarining   oddiy   insonlar   hayotiga   juda   qisqa
muddatlarda keng   kirib kelayotganligi bilan tavsiflanadi. Mana shunday taraqqiyot
omillaridan   biri   bu   shubhasiz   yangi   axborot   texnologiyalaridir.   Bugungi   kunda
hayotimizning   hech   bir   sohasini,   jumladan   ta’lim   tizimini   ham   axborot
texnologiyalari   hamda   uning   asosi   bo‘lgan   kompyuterlarsiz   tasavvur   etib
bo‘lmaydi. 
Axborotlarni   qabul   qilish,   qayta   ishlash   va   yangi   axborotni   yaratish   bilan
shug‘ullanuvchi   texnologiyalarni   kompyuterlar   asosida   joriy   etish,   ya’ni
belgilangan   faoliyat   turini   amalga   oshiruvchi   kompyuter   va   unda   joriy   etilgan
dasturiy   ta’minotni   yuritish   majmuasi   yangi   axborot   texnologiyasi   deb   yuritiladi.
Axborotlar   davri   hisoblangan   bugungi   kunda   tarixda   birinchi   marotaba   insoniyat
faoliyatining   ko‘plab   sohalari   moddiy   buyumlar   bilan   emas,   balki   axborotlarni
qayta   ishlash   bilan   bog‘liq   bo‘lmoqda.   SHu   sababli,   bugungi   kunda   yoshlarni
axborot   davrida yashash  va   ishlashga  o‘rgatish,  ularda  axborotlarni   yig‘ish,  tartib
va   tahlil   qilish,   uni   uzatish   ko‘nikmalarini   shakllantirish   muhim   ahamiyat   kasb
etadi.   Bular   o‘z   navbatida   o‘quvchilarning   ko‘plab   qobiliyatlarini,   shu   jumladan,
ijodkorlik   qobiliyatlarini   rivojlantirishda   ham   muhim   asos   vazifasini   o‘taydi,
chunki har qanday yangi g‘oyani taklif qilishdan ilgari qaralayotgan   sohani batafsil
o‘rganib chiqish, yangi axborotlarni topish va uni tavsiya   etilayotgan echim bilan
bog‘lashni   o‘rganish   lozim   bo‘ladi.   Bu   vazifalarni   amalga   oshirish   uchun   bo‘lsa, albatta   oddiy   inson   xotirasida   saqlab   bo‘lmaydigan   darajada   katta   hajmdagi
axborotlarni   qayta   ishlash   talab   etiladi.   Axborot   texnologiyalari   imkoniyatlari
ushbu   muammoni   avtomatlashgan   o‘quv-axborot   tizimlari,   bilimlar   banki   va
ma’lumotlar   banklari   vositasida   oson   va   samarali   hal   qilish   imkoniyatlarini
yaratadi. SHu munosabat  bilan keyingi  paytda respublikamizda bu sohaga e’tibor
kuchayib   bormoqda,   keyingi   besh   yil   mobaynida   mavjud   kompyuterlar   parki
bo‘yicha   vatanimiz   jahon   ko‘rsatkichlariga   yaqinlashib   qoldi.   Biroq,   ta’lim
jarayonida   zamonaviy   axborot   texnikalarini,   jumladan   shaxsiy   kompyuterlarning
qo‘llanishi   uchun   zarur   nazariy   va   amaliy,   ilmiy-metodiy   asoslarning   ishlab
chiqilmaganligi   ayniqsa   ijodiy   qobiliyatlarni   rivojlantirish   bilan   bog‘liq   qator
muammolarni keltirib   chiqarmoqda. 
Texnik   ijodkorlikni   amalga   oshirishda   kompyuterlarni   qo‘llashning   shakl   va
usullarini   belgilashda,   avvalo   ular   yordamida   o‘quvchilarning   ijod   qilishni   emas,
balki   yangi   texnik   echimni     yaratishdagi     axborotlarga     bo‘lgan   ehtiyojini
qondirishi   va   uni   amalga   oshirishning   samarali   yo‘llarini   ishlab   chiqishda
foydalanishini e’tiborga olish lozim. 
Ijodkorlik darslarini  tashkillashtirish  tamoyillari.
O‘quvchilar jamiyat uchun ahamiyatga ega bo‘lgan yoki uning uchun yangilik
bo‘lgan mahsulot yarata olmaydilar. Qolaversa, bu ularning, maktabning vazifasiga
kirmaydi.   Maktab   o‘quvchisining   ijodi   uning   mahsulot   tayyorlashi,   buyum
yasashida   namoyon   bo‘ladi.   Bunday   ish   jarayonida   ular   egallagan   bilimlari,
malaka   va   ko‘nikmalarini   qo‘llaydilar.   O‘rgatuvchi   ijodiy   faoliyatiga,   birinchi
navbatda,   ijodkor   shaxsning   sifatlarini   rivojlantirishga   yordam   beruvchi   faoliyat
sifatida   qaraymiz.   Bu   faoliyat   davomida   o‘quvchilarning   aqliy   faolliklari,
bilag‘onliklari,   tadbirkorliklari,   aniq   ish   bajarish   uchun   zarur   bo‘lgan   bilimlarni
egallashga   intilishlari,   masala   tanlash   va   uni   echishda   mustaqilliklari,   turli
masalalar ichida eng asosiylarini tanlay bilish kabi sifatlari rivojlanadi. 
Ijodkorlik   darslarini   loyihalashtirishda   darsning   maqsad   va   vazifalarini   aniq
belgilab   olish   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Darsning   yakuniy   maqsadini   maktab
o‘quvchilarining   ijodiy   sifatlarini   rivojlantirish   va   shakllantirishdan   iborat   etib belgilash mumkin. Bu maqsadga o‘quvchilar qobiliyatini aniqlash va rivojlantirish
uchun zarur shart-sharoitlarni belgilash orqali erishish mumkin. 
SHuning uchun aniq vazifalar quyidagicha belgilandi. 
1.  Bolalarni turli faoliyatga jalb qilish. Bunga maxsus tanlangan   amaliy ishlar
turlari   orqali   erishish   mumkin.   Bu   ishlarning   muvaffaqiyatli   bajarilishi   mehnat,
rasm,   chizmachilik   va   boshqa   fanlar   bo‘yicha   bilimlardan   foydalanishni   taqozo
etadi.   Aniq   buyum   yasash   jarayonida   bu   asosiy   bilimlarni   o‘zlashtirish,   o‘z
navbatida ularni yuqori   sinflarda chuqur nazariy asoslashga yordam beradi. 
2.   O‘quvchilarda   mehnat   faoliyatining   yangi   turlarini   tez     o‘zlashtirishga
yordam beruvchi malaka hosil qilish. 
3. Amaliy  faoliyat   bilan bog‘liq turli  yangi   vazifalarni   bajarishda   topqirlikni
rivojlantirish. 
O‘quvchilarning   yosh   va   psixofiziologik   xususiyatlari,   ularni   ijodkorlikka
o‘rgatishning   maqsad   va   vazifalarini   hisobga   olgan   holda   texnik   ijodkorlik
darslarini quyidagi tamoyillar asosida loyihalashtirish tavsiya etiladi: 
1.     O‘quvchining   faoliyati   undagi   mavjud   bilimlar   doirasidan   tashqariga
chiqib   keta   olmaydi.   SHuning   uchun   ularga   avval   bu   asosiy   bilimlarni   ma’lum
qilish, ularni  loyihalashtirilgan,  shu jumladan   ijodiy mahsulotlarni  yaratish  uchun
zarur   bo‘lgan   amaliy   ko‘nikma   va   malakaga   o‘rgatish   lozim.   Bolani   maqsadga
yo‘naltirilgan   holda   maqsadga   intiluvchan   qilib   tarbiyalash,   avval   egallangan
ko‘nikmalarni muntazam   ravishda, ko‘p karra mustahkamlab borish kerak.
2. Mashg‘ulotlarni tashkillashtirishda o‘quvchi uchun kerakli axborotni tanlay
bilish lozim. Zero, yakuniy maqsadga qaratilmagan har qanday axborot maqsadga
erishishni qiyinlashtiradi, ta’lim samaradorligini keskin pasaytiradi. 
3.   Mehnatning   ko‘pgina   turlarida     o‘quvchilar     ilgarigi     ishlaridan   tanish
bo‘lgan ayrim ish elementlari, usul va qoidalari bilan uchrashadilar. 
Ular   yangi   materialni   o‘rganish   chog‘ida   o‘ziga   ma’lum   qoidalarni
qo‘llaydilar.   Aytaylik,   o‘quvchi   faqat   kulolchilikka   o‘rgatilsa,   u   bu   kasbni   katta
mehnat   evaziga   o‘zlashtiradi.   Lekin   u   bir   vaqtning   o‘zida   buyum   yasasa,   chizsa,
model tayyorlasa, maqsadiga oson erishadi.  4. O‘quvchi bir ishni 3-5 mashg‘ulotda katta qiziqish bilan bajarishi   mumkin.
Demak,   unda   mehnatga   qiziqishni   ushlab   turish   uchun   ish   turlarini   tez-tez
o‘zgartirib   turish   zarur:   3-5   mashg‘ulotda   kema   nusxasini   tayyorlash,   3-5
mashg‘ulotda   somondan   buyum   yasash   va   hokazolar   bajarilsa,   o‘quvchilardagi
ishtiyoqni   uzoq   muddat   davomida   ushlab   turish   mumkin.   SHu   tariqa   o‘quvchilar
qiziqishidagi   bu   «salbiy   holat»dan   mashg‘ulotlarga   qiziqishni   qo‘llab-quvvatlash
yo‘lida foydalanish mumkin. 
5.     Maktab   o‘quvchisi   aksariyat   hollarda   katta   yoshdagilarga   taqlid   qilishga
intiladi.   Boladan   kattalar   rahbarligisiz   ijodiy   va   savodli   ishni   kutish   qiyin.
Bolalarda   xayolot   dunyosi   juda   boy.   U   bir   zumda   stulni   parovozga,   bochkani
raketaga   aylantirib   yuborishi   mumkin.   Lekin   xayolot   bilan   ijodiyot   bitta   narsa
emas.   Agar   bolada   faqat   xayolot   rivojlantirilsayu,   u   ishni   savodli   bajarish   bilan
bog‘lanmasa, bu oxir- oqibatda o‘quvchini boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘yish
demakdir.     SHu   tariqa   biz   qo‘lidan   bir   ish   kelmaydigan,   hamma   ishni   og‘zida
bajaradigan   xayolparastlarni   tarbiyalagan,   bu   bilan   yuqori   malakaga   erishish
yo‘lini   kesib qo‘ygan bo‘lamiz. 
O‘quvchi   mashqni   ko‘p   karra   takrorlar   ekan,   ko‘nikmani   mustahkamlaydi.
SHuning   uchun   ishni   to‘g‘ri,   savodli   bajarishga   o‘rgatgan   ma’qul.   Savod–   bu
o‘rinda,   eng   avvalo,   masalani   hal   qilish   qoidasi,   prinsipi   va   usullaridir.   Bolani
to‘g‘ri  faoliyat  turi  bilan qurollantirar  ekanmiz,  biz  uni  xato qilishdan  chetlatgan,
ko‘nikmani takomillashtirishga imkon yaratgan, ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanish
uchun vaqt ajratgan bo‘lamiz. 
O‘qituvchining   o‘quvchi   ishini   doimiy   nazorat   qilishi.   O‘quvchi   ish
bajarayotganda uning butun hatti-harakati o‘qituvchi nazorati ostida bo‘lishi lozim.
Nazorat   susaygan   joyda   ko‘nikma   yo‘q,   bo‘lib   ketishi   yoki   noto‘g‘ri   shakllanishi
mumkin

MAVZU : O‘QUVCHILARNING TEXNIK IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI RЕJА: Muammoni hal etishning birinchi yo‘nalishi . Muammoni h al etishning ikkinchi yo‘nalishining mazmuni. O‘quvchilarning texnik ijodkorligini tashkiliy sistemasi Аdаbiyotlаr. 1. N.Muslimov, Sh.Sharipov, M.Qodirov. “Texnik ijodkorlik va dizayn”.-T.: 2010y 2. L.E.Bobomurodova. «Texnik ijodkorlik va dizayn» fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish. – Samarqand.: 2019 y 3. L.E.Bobomurodova. «Texnik ijodkorlik va dizayn» fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish. – Samarqand.: 2019 y

Milliy o‘zlikni anglashga e’tibor kuchaygan hozirgi sharoitda mustaqil fikrlash hamda ijodkorlik sifatlari barkamollikning aosiy belgilari sifatida qaror topmoqda. Insonning o‘z-o‘zini anglashida hayotida tutgan o‘rnini belgilashda, hayotning mohiyatini tushunishga nisbatan munosabat o‘zgarmoqda. Zero, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’kidlanganidek: «Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xul-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir». Mustaqillik sharoitida shaxsni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishi mustaqil fikrlash va ijodkorlik sifatlarini shakllantirish, shaxsiy va ijtimoiy faolligini oshirish, tanqidiy fikrlash, shaxsiy g‘urur va o‘z intellektual imkoniyatlariga ishonch hissini tarbiyalashdan iborat bo‘lmoqda. Ushbu jarayonlarning barchasi bugungi kunda rivoj topayotgan xalqaro globallashuv sharoitida alohida dolzarblik kasb etmoqda. Respublikamizda shaxs sifatlarini shakllantirish muammosining echimini topishga qaratilgan aksariyat tadqiqotlarda mustaqil fikr yuritish shaxsning mustaqil ta’lim olishi bilan bog‘liq holda qaraladi, ijodkorlik faoliyati esa asosan moddiy buyumlar yaratishni va takomillashtirish bilan bog‘liq yaratuvchilik jarayoni sifatida o‘rganilgan. Ushbu tadqiqotlarda mustaqil-ijodiy fikrlash sifatlarining o‘quvchilar xulqida, ularning boshqalar bilan muloqotida, amalga oshiradigan kasbiy faoliyatida barqaror aks ettirilish masalalari etarlicha hal etib berilmagan. Bugun biz insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ko‘z oldimizga keltiradigan bo‘lsak, xalqaro globallashuv bu jarayonning eng yaqqol namoyon bo‘luvchi xususiyati ekanligini ko‘ramiz. Hozirda xalqaro globallashuv iqtisod, siyosat va shu kabi ijtimoiy hayotning barcha muhim sohalari qatorida ta’lim tizimini ham o‘z ta’sir doirasiga olgan. SHunday ekan, jahonda o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lib borayotgan respublikamiz ta’lim tizimiga tatbiqan shaxs sifatlarining muhim

qirralari bo‘lgan mustaqil hamda ijodiy fikrlash sifatlarini faollashtirishning metodologik asoslarini tadqiq qilish muhim zamonaviy muammo hisoblanadi. Barcha mamlakatlarda, shu jumladan O‘zbekistonda ham shaxsni tarbiyalash unda axloqiy va intellektual sifatlarni rivojlantirish orqali amalga oshiriladi. Respublikamizda joriy etilayotgan va jahon miqyosida tan olingan kadrlar tayyorlash milliy modelining bosh sub’ekti va ob’ekti sifatida o‘quvchi shaxsining olinganligi bu boradagi muammolarning muvaffaqiyatli hal etilishi uchun zamin yaratib bergan. Respublikamizda yoshlar mustaqil – ijodiy fikrlashini faollashtirish masalalarining dolzarbligi quyidagi muammolarni hal etish zarurati bilan belgilanadi: - shaxs sifatlarining bugungi kundagi shakllanganlik darajasi va uni tarbiyalashga aratilgan mavjud metodlar zamonaviy talablarga javob bera olmasligi; - ta’lim tizimida an’anaviy tarbiya va bilim «berish» metodlarining salmog‘i amon yuori darajada salanib olayotganligi; - umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-unar ta’limi h amda oliy ta’lim o‘ q uv rejalarida ko‘zda tutilgan ta’lim predmetlarining yoshlarda musta q il-ijodiy fikrlashini faollashtirish imkoniyatlaridan etarli darajada foydalanilmayotganligi; - yoshlarda mustaqil-ijodiy fikrlashni shakllantirishga oid ishlab chiilgan nazariy ishlanmalarni amaliyotga keng ko‘lamda joriy etish yo‘llarining asoslab berilmaganligi. Bu esa o‘quvchi va talaba yoshlar shaxs sifatlarini faollashtirishning metodologik asoslarini yaratish, uni amalga oshirish yo‘llarini ishlab chiqishga qaratilgan tadqiqotlarni amalga oshirish zaruratini yuzaga keltiradi. Qayd etilgan muammolar echimini topishning ikki yo‘nalishini taklif etish mumkin: Muammoni hal etishning birinchi yo‘nalishi quyidagicha mazmunga ega: Mustaqil-ijodiy fikrlash sifatlarini faollashtirishda boshlang‘ich ta’lim muhim o‘rin tutadi, chunki xuddi shu davrda shaxs, uning qiziqishlari, moyilliklari shakllanishi uchun poydevor yaratila boshlaydi.

Jamiyat uchun mustaqil, tanqidiy fikrlaydigan, harakat qila oladigan ijodkor shaxslar juda asqotayotgan hozirgi kunda o‘quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish pedagogikaning dolzarb muammosi bo‘lib turibdi. O‘quvchilarning ijodiy faoliyati tajribalarini o‘zlashtirishlari uchun talim jarayonida faol aqliy izlanishni talab qiladigan muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish zarur. Ijodiy faoliyat tajribalarini o‘qituvchini tayyor axboroti orqali hosil qilish mumkin emas, chunki o‘qituvchi muammolarni o‘zi hal qilsa, o‘quvchilardagi qiziqish, muammolarni hal qilishga bo‘lgan intilish, so‘nadi, o‘z bilimlarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qo‘llash imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Noan’anaviy ta’lim o‘quvchilarni faqat bilim, ko‘nikma, malakalar bilan qurollantirishni ko‘zda tutmasdan, balki darsda vujudga keltiradigan muammoli vaziyatlarni o‘quvchilar avval o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malakalarni kutilmagan vaziyatlarda ijodiy qo‘llashlari orqali ijodiy faoliyat tajribalari, o‘quvchilarning mustaqilligi, o‘quv-bilish motivlarini, mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga, mustaqil izlanish yo‘lini o‘zlashtirishga imkon beradigan murakkab jarayondir. O‘quvchilar mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishi noan’anaviy ta’lim jarayonida muvaffaqiyat bilan qo‘llanib kelayotgan ta’lim prinsiplari: ilmiylik, tushunarlilik, sistemalilik, o‘quvchilarning ongligi va faolligi, ko‘rgazmalilik, o‘quvchilarni puxta bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, uzviylik, ketma-ketlik, o‘quvchilarning ijodiy mustaqil ishlari prinsipi, o‘quvchilarga individual va tabaqalashtirilgan yondoshuv prinsipi, o‘quv ishlarini insonparvarlashtirish prinsiplaridan foydalanishni taqozo etadi. Umumiy o‘rta ta’limda yuqori sinf o‘quvchilarining ijtimoiy hodisalarni mustaqil va ijodiy tahlil qilishga tayyorlik darajasiga oid bilim va ko‘nikmalarini o‘rganishda an’anaviy metodlar bilan birgalikda interfaol metodlar ham katta yordam berishi mumkin. Bir tomonlama muloqotni ko‘zda tutuvchi savol-javob usulidan farqli ravishda faol ta’lim metodlari yoshlarning o‘zlashtiriladigan bilimlarga munosabati to‘g‘risida ham xulosa chiqarishga imkon beradi. Natijada o‘quvchilarning turli ijtimoiy-siyosiy hodisalarni qanday tushunayotganliklarini

ham aniqlab olish mumkin. SHu bilan birga ularning yangi vaziyatlarni, vaqt va hodisalarni baholash uchun mazkur bilimlardan foydalanishga qay darajada tayyor ekanliklari to‘g‘risida ham ma’lumot imkoniyati yaratiladi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida qaralayotgan muammoni hal qilish uchun axborotning tarbiyaviy samarasini oshirish bilan birga izlanish, bahs-munozaralari, o‘zaro bilim almashish kabi faol shakl va uslublaridan ham foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ular o‘quvchilarni yangi bilim va tushunchalarni mustaqil topishiga, o‘z qarashlari va g‘oyalarini himoya qilishga, dunyoqarashi va tasavurlarini o‘rtoqlari bilan almashinishga o‘rgatadi. Bunda ijodiy fikrlash, tasavvurlarni rivojlantirish, fikrlar tafovuti va xilma-xilligi, kuzatuvchanlik, xotirani mustahkamlash, topqirlik, idroklilik, zukkolik va zehnni tarbiyalash talab etiladi. Talaba-yoshlarda mustaqil-ijodiy fikr yuritish, ma’lum masalalar bo‘yicha muhokama yuritishning qoida va mezonlarini bilish, o‘z fikrini to‘g‘ri, izchil, asosli bayon eta olish, mushohada yuritish, o‘zi bayon etgan fikridan xulosalar chiqara olishni tarkib toptirish mustaqil-ijodiy fikrlashni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishini tashkil etadi. Muammoni h al etishning ikkinchi yo‘nalishining mazmuni uyidagicha: Ma’lumki, dars ta’lim muassasalaridagi o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil qilishning asosiy shakli hisoblanadi. Biroq, aksariyat o‘qituvchilar o‘zlari rahbarlik qiladigan dars mashg‘ulotining asosiy va yagona maqsadi sifatida ish rejaga ko‘ra qayd etilgan mavzuga doir bilimlarni «o‘quvchilarga berish»ni tushunadilar. Bunda, hamma vaqt ham ta’lim-tarbiya birligi mezoniga amal qilinmaydi va yanayam ko‘pchilik holatlarda darsda o‘quvchilarning mustaqil-ijodiy fikrlashi uchun sharoit yaratilmaydi. SHu sababli dars mashg‘ulotlarida mavzuga oid bilimlarni o‘quvchi mustaqil-ijodiy fikrlashini faollashtirish bilan omuxtalashgan holda amalga oshirish metodlarini tadqiq qilish alohida dolzarblik kasb etadi. Darsdan va ta’lim muassasasidan tashqari mashg‘ulotlar asosan individual, guruh hamda ommaviy shakllarda amalga oshiriladi. SHuni ta’kidlab o‘tish kerakki, darsdan tashqari faoliyat o‘quvchilarda dunyoqarashning nafaqat g‘oyaviy asoslarini shakllantiradi, balki uni amaliy harakatiga aylanishini ta’minlaydi.