logo

O‘QUVCHILARNING TEXNIK IJODKORLIGI UYUSHMALARIDA ISHLARNI TASHKIL QILISH MAZMUNI VA METODI.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

99.4052734375 KB
  MAVZU :  O‘QUVCHILARNING TEXNIK IJODKORLIGI
UYUSHMALARIDA ISHLARNI TASHKIL QILISH MAZMUNI VA
METODI.
RЕJА:
O‘quvchilarning  texnik  ijodkorligi  uyushmalarida  ishlarni 
tashkil kilish mazmuni va metodi
Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari
Talabalar ijodiy qobiliyatlarini  rivojlantirish  
Аdаbiyotlаr.
1.  N.Muslimov,  Sh.Sharipov,  M.Qodirov.  “Texnik  ijodkorlik  va  dizayn”.-T.: 
2010y
2.  L.E.Bobomurodova.  «Texnik  ijodkorlik  va  dizayn»  fanidan  amaliy 
mashg‘ulotlarni bajarish. – Samarqand.: 2019 y
3.  L.E.Bobomurodova.  «Texnik  ijodkorlik  va  dizayn»  fanidan  laboratoriya 
mashg‘ulotlarini bajarish. – Samarqand.: 2019 y   O‘quvchilarning  texnik  ijodkorligi   uyushmalarida  ishlarni  tashkil  kilish
mazmuni   va   metodi.     Hozirgi   kunda   Respublikamizda   juda   ko‘p   ixtisosliklar
mavjud.   Bu   ixtisosliklarda   har   xil   turdagi   texnik   ob’ektlar   va   moslamalar
ishlatiladi. SHuning uchun texnika bo‘yicha maktabdan tashqari tadbirlarni tashkil
qilishda   o‘quvchilarning   o‘z   xohishi   moyilligiga   va   qiziqishiga   qarab   tanlash
prinsipiga asosan sharoit tug‘dirib berish zarur. Kichkina maktablarda bitta mehnat
ta’limi   o‘qituvchisi   o‘quvchilarning   texnikaning   barcha   yo‘nalishlari   bo‘yicha
qiziqishlari qondira olmaydi. Agarda katta maktab bo‘lsa unda 2-3 mehnat ta’limi
o‘qituvchilari   ishlasa   unda   o‘quvchilarning   texnik   to‘garaklar   bo‘yicha   ixtisos   va
qiziqishlarini qondira olishlari mumkin.   To‘garak ishlarining yo‘nalishlari maktab
ma’muriyati   ehtiyojidan   kelib   chiqib   o‘zi   belgilaydi.   Bunda   maktab   atrofida
joylashgan   ishlab   chiqarish   korxonasini   xarakteri,   pedagogik   kadrlarning
salohiyati,   maktab   moddiy   texnik   bazasi   va   uni   rivojlantirish   imkoniyatlari
inobatga olishi zarur.
Agarda   maktab   miqyosida   tashkil   etayotgan   to‘garaklar   o‘quvchilarning
ehtiyojiga mos kelmasa u holda rayon va shahar miqyosidagi to‘garaklarda ishtirok
etishlari   mumkin.   Har   bir   yo‘nalish   bo‘yicha   ochilgan   to‘garak   faoliyatida
o‘quvchilar   umumiy   va   xususiy   vazifalarni   amalga   oshiradilar.   Xususiy
masalalarni   hal   etish   uchun   texnik   to‘garaklar   tipaviy   dasturi,   me’yoriy   hujjatlari
bo‘yicha   to‘garak   tashkilotlari   va   rahbarlari   o‘quvchilar   bilan   olib   boriladigan
ishlarni mazmuni, formasi va metodlarini ishlab chiqadilar. 
Texnik to‘garaklar Respublika ta’lim markazi tomonidan tasdiqlangan dastur
asosida   olib   boriladi.   To‘garak   ishlari   maktabdan   tashqari   mashg‘ulotlarning
dasturiga asosan mavzular har xil bo‘lish mumkin. Ular shug‘ullanishi yiliga qarab
boshlang‘ich,   asosiy   va   yuqori   darajadagi   guruhlarga   bo‘linadi.   To‘garaklarni
tashkil qilish jarayonida rahbar o‘zining tayyorgarlik darajasi, maktabning moddiy-
texnik   bazasining   imkoniyati   va   o‘quvchilarning   qiziqishiga   qarab   dasturga
ma’lum   o‘zgartirishlar   kiritish   mumkin.   Har   tomonlama   fikrlab   tuzilmagan   rejasi
quyilgan   maqsadga   erishish   qiyin.   SHuning   uchun   tugarak   ishlarini   rejasi,
strukturasida quyidagi bo‘limlar bo‘lishini tavsiya etadi: 1.   Umumiy   qism;   2.   Ta’lim   tarbiya   ishlari;   3.   Metodik   ishlanmalar;   4.
Ommaviy tadbirlar; 5. Xo‘jalik ishlari.
To‘garaklarni tuzilgan yillik rejasi maktab direktori yoki maktabdan tashqari
o‘quv muassasining direktori tomonidan tasdiqlanadi.
To‘garak ishlari boshlanguncha qadar uning rejasi tasdiqdan o‘tadi. To‘garak
rahbari   to‘garak   ishtirokchilarining   bilim   va   ommaviy   ko‘nikma   darajasi
bo‘lmaganligi   uchun   uning   rejasini   amalga   oshirishda   rahbarga   qiyinchilik
tug‘diradi.Birinchi   darsdan   keyin   o‘quvchilar   o‘zlarini   qiziqish   va   moyilligiga
qarab   texnik   ob’ektlarni   tanlaydilar,   reja   loyihasini   muhokama   qilishda   uning
a’zolarini   fikr   va   mulohazalarini   e’tiborga   olish   zarur.   Har   bir   mashg‘ulotga
to‘garak rahbarlari zarur bo‘lgan asbob - uskuna, material va zaruriy adabiyotlarni
tayyorlab qo‘yadi.
O‘quvchilarni texnik to‘garaklarga qabul qilish ma’lum bir mezonlar asosida
qabul qilinadi. Texnik ijodkorlik faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun
o‘quvchilar   maktab   ustaxonasida   mehnat   darslarida   ma’lum   darajali
tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishi lozim. Agar o‘quvchi mustahkam bilim va amaliy
ko‘nikmaga ega bo‘lsagina texnik ijodkorligi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlariga
erishish   mumkin.   O‘quvchilarni   yoshi   va   individual   xususiyatlari   ma’lum   texnik
t o‘gar aklar   qabul   qilish   bo‘yicha   mezon   hisoblanadi.   Imkon   darajasida   to‘garak
a’zolarining   yoshlari   bir   xil   bo‘lsa   1-2   yosh   farqi   bilan   to‘garakni   komplektlash
mumkin. Undan tashqari to‘garak guruhlarini komplektlashda asosiy mezonlardan
biri   maktab   o‘quvchilarining   qaysi   texnika   turiga   qiziqishlaridadir.   Har   doim
to‘garaklarga   o‘quvchilar   rejasidagidan   ko‘proq   qabul   qilinadi,   sababi   bilib   -
bilmay to‘garakka kirib qolgan o‘quvchilarni tashlab ketishadi.
Talabalarning   ilmiy-tadqikot   ishlari.   O liy   ta’lim   muassasalarining   asosiy
vazifasi  ta’lim  tizimi  uchun yuqori  malakali pedagoglar  tayyorlashdir.   O‘ qituvchi
inson   yaratgan   barcha   ilm–qadriyatlarni   egallagan,   ijodkor   shaxs   hisoblanadi.
O‘ qituvchilik qilish uchun mutaxassislikka oid, pedagogik va psixologik bilimlarni
chuqur egallashigina kifoya qilinadi , b alki u ilmiy-tadqiqot ishlariga ham layoqatli,
o‘quvchilar ta’lim tarbiyasi jarayoniga ijodiy yondoshish ko‘nikma va malakalarini ham   egallagan   kishi   bo‘lmog‘i   lozim.   B unday   o‘qituvchini   shakllantirish   uchun
pedagogik   o‘quv   yurtlari   talabalar   faoliyatida   ilmiy-tadqiqot   elementlarini   ham
qo‘llash lozim.
Talabalarning    ilmiy-tadqiqot ishlari o‘z navbatida ulardan chuqur mustahkam
bilim egallashni talab qiladi ,  mustaqil bilimlarsiz amaliy, o‘quv-tarbiyaviy ishlarga
ijodiy  yondoshish mumkin emas.
Oliy   ta’lim   muassasalarida   talabalarning   ilmiy-tadqiqot   ishlari   asosan,
professional   pedagogik,   o‘quv-tarbiyaviy   yo‘nalishda   amalga   oshiriladi ,   uning
asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
-     talabalarning   izlanishga,   tadqiqotchilik   faoliyatiga,   o‘quv-tarbiyaviy
ishlarga ijodiy yondoshishni rivojlantirish;
-     mutaxassislikka   oid   pedagogik-psixologik   fanlarga   oid   o‘quv-tadqiqot
ko‘nikma va malakalarni shakllantirish;
-     adabiyotlar   va   boshqa   ilmiy   manbalarni   o‘rganish   va   tahlil   qilish
qobiliyatlarini o‘stirish;
-     o‘quvchilar   bilan   olib   boriladigan   ta’lim-tarbiyaviy   ishlar,   shuningdek
mutaxassislik   fanlari   sohasidagi  muammolarni  ko‘ra  olish  va       sh u sohada   ilmiy-
tadqiqot ishlari olib borish ko‘nikma va malakalarini egallash;
-   o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli tashkil  qilishda ilmiy-tadqiqiot metodlaridan
foydalanishga o‘rganish.
Pedagogik   oliy   ta’lim   muassasalarida   talabalar   bajaradigan   ilmiy-tadqiqot
ishlari   ikki   yo‘nalishda   tashkil   qilinadi:   birinchisi,   o‘quv   mashg‘ulotlari   bilan
bog‘liq   bo‘lgan   tadqiqot   ishlari,   ya’ni   o‘quv-tadqiqot   ishlar;   ikkinchisi,
auditoriyadan tashqaridagi ilmiy-tadqiqot ishlari.
O‘quv   mashg‘ulotlari   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   tadqiqot   ishlariga   quyidagilar
kiradi:
-  laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tishda tadqiqot ishlariga o‘rgatish;
-   o‘quv   predmetlaridan   amaliy   mashg‘ulotlar   uchun   tajriba -sinov
materiallarini to‘plash; - qo‘shimcha adabiyotlarni, ayniqsa ilmiy-tadqiqot metodlari va metodogiyasi
masalalari   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   adabiyotlarni   (vatan   va   chet   el   adabiyotlarini)
o‘rganish va tanqidiy tahlil qilish;
- to‘plangan tadqiqot materiallari asosida referat va ma’ruzalar yozish;
-   pedagogik,   ishlab   chiqarish   va   dala   amaliyotlari   davomida   o‘quv
ekspeditsialari   vaqtida   o‘quv   topshiriqlari   bo‘yicha   individual   yoki   jamoaviy
tadqiqot   ishlarini   olib   borish;   o‘quvchilarning   qiziqishlari   individual
xususiyatlarini   o‘rganish,   jamoada   shaxslararo   munosabatlar   bir   maqsadga
qaratilgan   ijtimoiy   psixologik   va   sotsiologik   tadqiqotlar,   yoshlar   tadqiqodi   va
ideali maktabda o‘quv-tarbiyaviy ishlar metodlarini qiyosiy-psixologik, pedagogik,
arxeologik  tadqiqotlar, gerbariylar to‘plash, fenologik va materialogik hodisalarni
o‘rganish,   o‘quv   ustaxonalarida   mehnat   ta’limi   metodlarining   samaradorligini
tadqiq   etish,   o‘simliklar,   daraxtlar   o‘stirishning   samarali   vositalarini   tadqiq   qilish
va boshqalar;
-  kurs, bitiruv va diplom ishlarini tajriba-tadqiqot yo‘nalishida bajarish.
Auditoriyadan tashqaridagi ilmiy-tadqiqot ishlariga quyidagilar kiradi:
-     talabalarning   ilmiy   to‘garaklardagi   ishlari.   B unday   to‘garaklarda   talabalar
ilmiy bilish metodlarini, tadqiqot usullarini o‘rganadilar, adabiyotlar va boshqa ilm
manbalari   asosida   hisobotlar   yozadilar,   o‘zlarining   tadqiqot   ishlari   haqida
chiqishlar   qiladilar,   turli   masalalarni   muhokama   qilishda,   munozaralarda
qatnashadilar;
-     kafedra   o‘qituvchilari,   aspirantlar,   shuningdek,   maktablar,   xalq   ta’limi
tizimidagi   ilmiy-metodik   muassasalari   tomonidan   olib   boriladigan   tadqiqot
ishlarida qatnashish;
-     ilmiy-tadqiqot   muassasalari   tomonidan   o‘tkaziladigan   arxeologik,
etnografik va boshqa ekspeditsiyalarda qatnashish;
-  o‘zining tadqiqot materiallari asosida ma’ruzalar va chiqishlar qilish;
-     konstruktorlik   byurolaridagi   ishlarda,   shartnoma   yoki   otaliq   asosida   olib
boriladigan   tadqiqot   ishlarida   qatnashish;   asboblarni   konstruksiya   qilish, ta’limning   texnik   vositalari   va   ko‘rgazmalik   vositalarini   yasash,   jamoa
xo‘jaliklarida mehnatni ilmiy tashkil qilishni o‘rganish va boshqalar.
1-2   kurslarda   talabalar   kafedra   o‘qituvchilari   rahbarligida   psixologik-
pedagogik   va   o‘z   mutaxassisligi   yuzasidan   dastur   topshiriqlarida   muvofiq   o‘quv
xarakteridagi   tadqiqot   ishlarini   bajaradilar.   O‘ qigan,   bilganlarini   yozma   bayon
qilishga   o‘rganadi,   ilmiy   tushunchalarni,   qoidalarni   o‘z   tushunchasi   bilan
solishtiradi. maktablar orasidagi aloqalarni tushunadi va mustaqil fikrlaydi ,   referat
yozish   davomida   talabalar   adabiyotlar   bilan   ishlash   malakasini   egallaydi,   muhim
nazariy   masalalarni   mustaqil   hal   qilish   imkoniyatiga   ega   bo‘ladi.   I lmiy   ishlarni
rasmiylashtirish   kabi   qoidalar   bilan   ham   tanishadi.   A yrim   kurslarining   oxirida
o‘tkaziladigan   o‘quv   konferensiyalari   ham   talabalarni   ilmiy   tadqiqot   ishlariga
o‘rgatishga   muhim   ahamiyatga   kasb   etadi.   I shning   bu   shakli   referativ   ishga
bog‘lanadi va unga suyanadi.   M aruzachilar muammo yuzasidan eng yaxshi referat
yozgan talabalaridan tanlanadi.   U larning chiqishlarini   boshqalar to‘ldiradilar.   H ar
bir   ma’ruza   to‘ldiriladi,   muhokama   qiladi ,   bunday   konferensiyalar   o‘quv   yili
oxirida o‘tkaziladi.
  SHuningdek, birinchi, ikkinchi kurslarda o‘quv amaliyoti jarayonida talabalr
maktab   o‘quvchilarining   yosh   va   individual       xususiyatlarini   o‘rganishga   jalb
et il adi.   Bu nda   ular   kuzatish,   suhbat   va   anketalar   yordamida   o‘quvchilarga
hususiyatlarga,   qiziqishlarni   va   intilishlarni   o‘rganadilar   va   tadqiqotchilik
malakalarni egallaydilar.
Talabalarda     tadqiqotchilik   sifatlari   shakllanishning   ikkinchi   bosqich i   yuqori
kurslarda   o‘qish   davomida   bo‘ladi.   B u   bosqich da   talabalar   laboratoriyada,   o‘quv
va   ilmiy   ekspeditsiyalarda     turli   darajadagi   tadqiqot   ishlarni   mustaqil   bajaradilar,
ilmiy-to‘garak   va   kafedra   o‘qituvchilar   va   aspirantlar   tadqiqotlarda,   talabalarning
jamoaviy   tadqiqot   ishlarda   qatnashadilar;   kurs,   bit i ruv   va   diplom   ishlari   yozish
bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaradilar; ilmiy nazariy konferensiyalarda
ma ’ ruza   qiladilar,   ilmiy   ishlar   konkurslarida   ishtirok   etadilar.     Bu   bosqichda
talabalar   olib   borgan   tadqiqot   ishlar   natijasida   mavzu   tanlay   olish,   tadqiqot
metodikasini   tuza   olish,   tadqiqotni   tashkil   etish   va   o‘tkazish,   tadqiqot   natijalarini sifat   va   son   jihatidan   tahlil   qilish,   o‘z   hulosalarini   ayta   olish,   o‘z   ishini   talabalar
ilmiy ishlari konkurslari uchun tayyorlay olish qobiliyatini ko‘rsatish kerak.
Talabalar   ijodiy   qobiliyatlarini     rivojlantirish     uchun     eng   qulay
imkoniyatlarni   yaratish     maqsadida     o‘quv   dasturidagi     boshqa   fanlar   bilan
birgalikda   talabalar   konstruktorlik   byurosi,   texnik   ijodkorlik,   rassomchilik,
modelchilik,   tasviriy   san’at   to‘garaklari   imkoniyatlaridan   to‘laroq   foydalanish
lozim   bo‘ladi.     Bu   qatorda   talabalar   konstruktorlik   byurolarida   olib   boriladigan
ijodiy   ishlarning   afzalligi   yangi   texnik   ishlanmalar   yaratish     bilan   birgalikda
ulardagi   texnik   echimlarni   amalga   oshirishning   iqtisodiy,   texnik-texnologik
ko‘rsatkichlarini   asoslash,   g‘oyani   xalq   xo‘jaligiga     qo‘llashning   amaliy
imkoniyatlarini   o‘rganish   kabi   yaxlit   majmuaviy   faoliyat   bilan   belgilanadi.
Talabalar konstruktorlik byurolarida ijodiy mehnat asoslarini o‘rgatishdan maqsad
ratsionalizatorlik   va   ixtirochilik   faoliyatida   namoyon   bo‘luvchi   kasbiy   faoliyatga
qiziqishni   tarbiyalash,   egallanayotgan   faoliyat   sohasiga   ijodiy   munosabatni
shakllantirish   va   mustahkamlashdan   iborat   bo‘lib,   bunday   ta’lim   o‘z   kasbiga
bo‘lgan   qiziqishni   orttirishi,   ta’lim   va   ishlab   chiqarish   texnologiyalarini
takomillashtira   oladigan   mutaxassisni   tarbiyalashi   bilan   ahamiyatlidir.   Talabalar
konstruktorlik   byurolarida   talabalar   o‘z   ilmiy-ijodiy   ishlari   yakunini   ixtiro,
ratsionalizatorlik   taklifi,   referat,   kurs   va   diplom   ishlari   shaklida   amalga   oshirish
yo‘llarini     o‘zlashtiradilar.   Albatta,   talabalarning   bunday   yuqori   ko‘rsatkichlarga
erishishlari,   ixtirochilik   va   ratsionalizatorlik   faoliyatida     ishtirok     etishi   bevosita
ularning   bilim   saviyasi   bilan   bog‘liq   bo‘ladi.   Bilim   saviyasi   yuqori   bo‘lgan
talabalarning malaka  tavsifi ortib boradi, kasbni egallash tezlashadi, ilmiy texnika
ijodkorligida ishtirok etish davri ertaroq boshlanadi.
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyasi.  Ma’lumki, har bir ta’limot
o‘zining   nazariy   hamda   amaliy   asoslariga   ega   bo‘ladi.   Pedagogik   texnologiya
borasidagi   ilk   g‘oyalar   ilgari   surilgan   davrlardayoq   uning   nazariy   asoslari   bilan
birga   uni   amaliyotga   tatbiq   qilishning   umumiy   asoslari   ham   yaratila   boshlangan.
Pedagogik   texnologiya   nazariy   va   amaliy   asoslarini   uning   maqsadi,   mazmuni, vazifalari,   tamoyillari,   ob’ektiv   hamda   sub’ektiv   omillari,   ob’ekti,   asosiy
tushunchalari, mezonlari va boshqalar tashkil etadi.
Pedagogik   texnologiyaning   umumiy   mohiyati   xususida   so‘z   yuritish   uchun
avvalo,   ushbu   tushunchaning   tub   ma’nosini   anglash   talab   etiladi.   Bugungi   kunda
pedagogik texnologiya tushunchasining ko‘plab ta’riflari mavjud bo‘lib, bu borada
yagona fikrga kelinmagan. SHu sababli har bir o‘qituvchi o‘rgangan adabiyotlar va
amaliy   tajribasi   asosida   o‘zi   uchun   eng   maqbul   deb   hisoblagan   ta’rifni   qabul
qilishi, yoki ulardan kelib chiqqan holda o‘z ta’rifini shakllantirishi mumkin.
Bizning   fikrimizga   ko‘ra,   pedagog   olim   V.P.Bespalko   tomonidan   berilgan
ta’rif   boshqalariga   nisbatan   maqbulroq   hisoblanadi.   Ushbu   ta’rifga   ko‘ra
«Pedagogik   texnologiya   amaliyotga   tadbiq   qilinadigan   muayyan   pedagogik   tizim
loyihasidir».   Muallifning   fikriga   ko‘ra   pedagogik   texnologiya   tushunchasi
ta’limning   har   bir   bosqichida   joriy   qilinishi   lozim   bo‘lgan   yuqori   darajadagi
aniqlikni   ko‘zda   tutadi,   shu   sababli   uni   «pedagogik   texnologiya   =   ta’limdagi
aniqlik»   ko‘rinishida   ifodalash   mumkin.   Zero,   pedagogik   texnologiya   ta’lim
maqsadini   belgilashdan,   toki   uning   natijasini   aniqlashgacha   bo‘lgan   barcha
jarayonlarning   aniq   belgilash   hamda   o‘lchash   asosida   tashkil   qilishni   talab   qiladi
va bu aniqliksiz pedagogik texnologiya ham o‘z mohiyatini yo‘qotadi.
SHu o‘rinda yuqorida pedagogik texnologiya berilgan ta’rifda so‘z yutirilgan
pedagogik   tizim   tushunchasini   aniqlashtirib   o‘tish   lozim   deb   hisoblaymiz.
V.P.Bespalkoning   fikriga   ko‘ra,   pedagogik   tizim     deganda   ma’lum   sifatlarga   ega
bo‘lgan   shaxsni   shakllantirishga   nisbatan   aniq   maqsadli,   tashkillashtirilgan
pedagogik ta’sir ko‘rsatish uchun talab etiladigan, bir-biri bilan o‘zaro  bog‘langan
metod,   vosita   va   jarayonlar   majmuasi   tushuniladi.   Pedagogik   tizimni   pedagogik
texnologiyaning asosi ekanligini e’tirof etgan holda uning quyidagi elementlardan
iborat   ekanligini   qayd   etish   lozim:   talaba,   ta’lim-tarbiyaning   maqsadi,   mazmuni,
o‘quv   jarayoni,   o‘qituvchi   yoki   ta’lim   vositalari   va   ta’lim-tarbiyaning   tashkiliy
shakllari.
YUqoridagi mulohazalar asosida, ta’lim maqsadini aniq belgilab olish muhim
ahamiyatga   ega   ekanligi   to‘g‘risidagi   fikrlarga   tayanib   ushbu   masalani   ham aniqlashtirib   o‘tmoqchimiz.   Pedagogik   texnologiya   -ta’lim   maqsadiga   erishish
jarayonining   umumiy   mazmuni,   ya’ni,   ilgaridan   loyihalashtirilgan   ta’lim
jarayonini yahlit tizim asosida, bosqichma-bosqich amalga oshirish, aniq maqsadga
erishish yo‘lida muayyan metod, usul  va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan
samarali, unumli foydalanish hamda ta’lim jarayonini yuqori darajada boshqarishni
ifodalaydi.   Ta’lim   maqsadini   belgilashda   1-shaklda   keltirilgan   ta’lim   oluvchilar
o‘zlashtirish darajalariga tayanib ish ko‘rish lozim bo‘ladi. Pedagogik texnologiyada o‘zlashtirish darajalarining belgilanishi
Muayyan pedagogik texnologiyaning tanlanishi  rejalashtirilgan mashg‘ulotda
qaysi   darajadagi   bilim   va   ko‘nikmalarni   o‘zlashtirish   nazarda   tutilganligiga
bog‘liqdir.   1-shaklda   qayd   qilinganidek,   pedagogik   texnologiya   doirasida   yangi
o‘quv   materialini   o‘zlashtirishning   boshlang‘ich,   algoritmik,   evristik,   ijodiy
xarakterdagi darajalari mavjud.
Boshlang‘ich   va   algoritmik   xarakterdagi   darajalar   produktiv   bilim   va
ko‘nikmalarni   aniqlash   uchun   mezon   vazifasini   o‘taydi.   O‘zlashtirishning   ushbu
darajalarini   aniqlashga   yordam   beruvchi   texnologik   jarayonni   ijrochi   texnologiya
deb   atash   mumkin.   O‘quv   materialini   esda   saqlab   qolish   hamda   ko‘nikmalarni
hosil qilishga yo‘naltirilgan faoliyat darajasi talabalarning mahsuldor va produktiv
faoliyatlarini uyg‘unlashtirishni talab qiladi. Mazkur holat o‘quv faoliyatini tashkil
etishga   muammoli   rivojlantiruvchi   texnologiyani   tadbiq   etilishi   bilan   amalga
oshadi.   Ushbu   texnologiya   asosida   ta’lim   jarayonini   tashkil   etish   ta’lim Бошлан ғич Алгоритмик Эвристик Ижодий oluvchilarni   o‘quv   materialini   referatlashtirish,   ularning   mashg‘ulotlarda   o‘z
ma’ruzalari bilan qatnashish, munozara hamda ishchanlik o‘yinlarida faol ishtirok
etishga o‘rgatishi lozim.
Ta’lim   jarayoni   evristik   va   undan   keyingi   ijodiy   darajalarga   erishganida,
yuqori darajadagi muammoli, muammoli-rivojlantiruvchi ta’lim, vaziyatlarni tahlil
qiluvchi topshiriqlar, ishchan o‘yinlar  kabi  metodlar, shuningdek, mustaqil  ishlar,
muammoli xarakterdagi topshiriqlardan foydalanish zarur.
SHunday qilib, talabalar o‘zlashtirish darajalarini e’tiborga olgan holda ta’lim
maqsadi belgilab olingach, uning mazmunini loyihalashga o‘tiladi. Bugungi kunda
interaktiv   ta’lim   metodlarini   qo‘llash   pedagogik   texnologiyalarni   joriy   qilishning
asosiy   elementlaridan   biri   sifatida   qaralmoqda.   Bunga   ko‘ra   biz   iqtisodiy   ta’lim
fanlaridan   amaliy- s eminar   mashg‘ulotlarini   samarali   tashkil   qilish   imkonini
beruvchi trening mashg‘ulotlari asosida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish to‘g‘risida
so‘z yuritamiz.
O‘quvchilar   ijodkorlik   faoliyatini   tashkil   qilishga   tabaqalashtirilgan
yondoshuv.   Respublikamizda   tabaqalashtirilgan   ta’limni   joriy   qilish     rivojlangan
demokratik   davlatlar   darajasida,   yuksak   ma’naviy   va   axloqiy   talablarga   javob
beruvchi   yuqori   malakali   kadrlar   tayyorlashga   xizmat   qiluvchi   milliy   ta’lim
tizimini yaratishning muhim tadbirlardan biri sifatida e’tirof etildi hamda «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi»ni joriy etishning ikkinchi bosqichida muhim vazifa etib
belgilandi.
O‘z navbatida, kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti bo‘lgan
shaxsga   nisbatan   qo‘yilgan   talablarda   uning   intellektual   va   ma’naviy-axloqiy
barkamol,   ijodiy   qobiliyatlarini   to‘la   namoyon   eta   oladigan   darajada   tarbiyalash
zarurati   alohida   qayd   etilgan.   Biz   milliy   ta’lim   tizimini   shakllantirishning   ushbu
talablarini   asos   sifatida   qabul   qilib,   shaxs   ijodkorlik   faoliyatini   tabaqalashtirilgan
metodlar vositasida amalga oshirish yo‘llarini tadqiq qildik.
Bugungi   kundagi   asosiy   vazifalar     tabaqalashtirilgan   ta’limning   darajalari,
mazmuni,   shakli,   vositalari,   amalga   oshirish   metodlari,   pedagogik   hamda
psixologik   asoslarini   aniqlash,   o‘quvchilarning   ijodiy   qobiliyatlarini   individual yondashuv   asosida   rivojlantirishga   doir   ilmiy-metodik   tavsiyalarini   ishlab
chiqishdan iborat.
Inson jamiyatda oliy qadriyat hisoblanadi. Ammo, turli kishilar turli qiziqish,
turli   iqtidor,   turli   o‘sish   sur’ati   ega,   u   turli   sohalar   bo‘yicha   turli   darajada
muvaffaqiyatga   erishadi.   Ushbu   omillar   shaxs   qobiliyatlarini   rivojlantirish
jarayonida     hisobga     olish     kerak.     Pedagogika   nazariyasida   ta’limni   o‘quvchilar
qiziqishlariga   ko‘ra   tabaqalashtirishning   maqsadga   muvofiqligi   asoslab   berilgan.
Biroq   amaliyotda   turli   darajadagi   iqtidor   va   qobiliyatga   ega   bo‘lgan   o‘quvchilar
ijodiy sifatlarini rivojlantirish muammosi o‘zining to‘laqonli echimini topmagan.
Tabaqalashtirilgan   ta’limni   tashkil   etishning   eng   qulay   metodi   bu
o‘quvchilarning   qiziqishiga   ko‘ra   tabaqalashtirishdir.   Mazkur   metodning
demokratik xarakterda ekanligi, ushbu asosda o‘quvchilar xohishiga ko‘ra ixtiyoriy
fanlarni   chuqurlashtirib     o‘qitishga   oid   ilmiy-metodik   tavsiyalar   ishlab
chiqilganligini   e’tiborga   olib   biz   uni   o‘z   izlanishlarimizda   asos   sifatida   qabul
qildik.
O‘quvchilarni   qiziqishlariga   ko‘ra   tabaqalashtirishga   oid   tavsiyalarda
o‘q ituvchining   individual   yondashuvi,   sinfning   o‘ ziga   x os   x ususiyatiga,
o‘q uvchilar yoshi ning e’tiborga olinishi  asosiy omillar sifatida qaraladi . Ta’limda
tabaqalashtirishni   amalga   oshirishning   asosiy   yo‘llari   sifatida   doimiy   guruhlarni
shakllantirish   taklif   qilinadi.   Guruhlarni   taqsimlash   avvalo   majburiy   tayyorgarlik
darajasi muvaffaqiyatining mezoni asosida amalga oshiriladi. 
O‘quvchilarni   ijodkorlik   faoliyatini   tabaqalashtirish   asosida   tashkil   qilishda
bunday yondoshuvning ikkita kamchiligi mavjud, ya’ni:
-   o‘quvchilarni   ijodkorlik   qobiliyatlariga   ko‘ra   tabaqalashtirishda   majburiy
tayyorgarlik   darajasi   muvaffaqiyatining   mezoni   asosiy   va   hal   qiluvchi   omil
vazifasini bajara olmaydi;
-   o‘quvchilar   ijodkorlik   faoliyatini   samarali   tashkil   etishda   guruh
o‘quvchilarining   soni   va   tarkibi   ham   muhim   ahamiyat   kasb   etadi,   shu   sababli
guruhga   yahlit   ob’ekt   sifatida   yondoshish   kutilgan   natijaga   erishish   imkonini
bermaydi.  Qayd   etilgan   kamchiliklarni   tuzatish   maqsadida   biz   o‘quvchilarni   ijodiy
qobiliyatlariga   ko‘ra   tabaqalashtirish   mezonlarini   quyidagi   xislat   hamda   sifatlar
asosida amalga oshirni tavsiya qilamiz:
SHaxs xislatlari SHaxs sifatlar
I.      Ijtimoiy Dunyoqarashi, ma’naviy, estetik, mehnat
II.     Tajriba Anglanganligi, ilmiyligi, mahorati, ko‘lami
III. Aqliy Tasavvuri, diqqati, fikrlash kengligi, xotirasi
IV. Irsiy Zehnlilik, topqirlik, ziyraklik, ixtirochilik, ishchanlik,
hozirjavoblik, mantiqiylik, og‘lom fikrlilik
Ijodkorlik   faoliyatini   samarali   tashkil   qilish   nuqtai   nazaridan   o‘quvchilarni
tabaqalashtirishda   keltirilgan   shaxs   xislat   hamda   sifatlarini   uning   barcha
sohalardagi   faoliyat   ko‘rsatkichlarini   umumiy   majmuasi   sifatida   qarab,   talab
etilayotgan   xususiyatlar   salmog‘ini   oshirishga   asosiy     e’tiborni     qaratish   lozim.
Buning   uchun   yuqorida   qayd   etilgan   shaxs   sifatlarni   tahlil   qilib,   ulardan
quyidagilarini   ijodiy   guruhni   shakllantirish   uchun   asos   sifatida   taklif   etish
mumkin:
-  muammolarni ilg‘ashdagi ziyrakligi .  Bu qobiliyat bir qarashda oddiy bo‘lgan
holatlardagi muammolarni ilg‘ay olish, atrofdagi hodisalarni nafaqat  kuzata  olish,
balki ularning sodir bo‘lish sabablarini ham anglay bilishda namoyon bo‘ladi;
-  ijodiy fikrlash saviyasining yuqoriligi;
-   ijodiy   bilim   va   ko‘nikmani   qo‘llay     olishi .   Kuzatilayotgan   hodisalarni
o‘zlashtirilgan   bilimlar   bilan   umumlashtira   olish   va   shu   asosda   xulosa   yasash
hamda yangi  bilimlarni  keltirib chiqara olishda namoyon bo‘ladi;
-   ijodiy   fikrlash   jarayonlarini   boshqara   olishi,   ya’ni   oraliq   fikrlarni   bartaraf
qila olish, bir nechta tushunchalarni bitta umumiysi bilan almashtira olish, ko‘plab
hodisalardan asosiysini ajrata olish ; -  o‘z  fikrini  to‘g‘ri  va  batafsil ifodalashi,   ya’ni so‘z, raqam, fazoviy-vizual
shakldagi axborotlarni qabul qilish va uzata olish imkoniyati;
-   ijodiy   mushohadasining   ko‘lami ,   ya’ni   hal   qilinayotgan   muammoni
e’tibordan qochirmagan holda, diqqatni kengroq taqsimlay olish;
-   h    ozirjavoblik    ,   ya’ni   masala   echimi   uchun   talab   qilinadigan   ma’lumotlarni
tez xotirlay olish; 
-   muammoni   tahlil   qila   olish   qobiliyati ,   ya’ni   tadqiq     qilinayotgan   ob’ektga
nisbatan muqobil baholardan  mos  keluvchisini  tanlay olish;
-  muammo echimini tez va oson topa bilishi, topqirlik ;
-   nutqining   ravonligi ,   ya’ni   muammo,   g‘oya   echimlarini   so‘zlarda   tez   va
to‘g‘ri ifodalay olish;
-  ishni  oxiriga etkaza olishi ,  ya’ni  ko‘zlangan g‘oyani yuzaga keluvchi to‘siq
va  qiyinchiliklarni  bartaraf qilgan holda oxirigacha amalga oshirish;
-   tafakkurining   moslashuvchanligi ,   ya’ni   vaziyat   o‘zgarishiga   mos   ravishda
fikrlash yo‘nalishini o‘zgartira olish.
SHaxs   faoliyatining   ushbu   ko‘rsatkichlari   asosida   o‘quvchilarni   ijodkor
guruhlarga   tanlab   olishda   maxsus   testlar,   anketa-so‘rovnomalari,   intervyu   hamda
suhbat metodlaridan samarali foydalanish mumkin.
YUqorida   qayd   etib   o‘tganimizdek,   tabaqalashtirish   metodi   yordamida
o‘quvchilar   ijodkorlik   faoliyatini   tashkillashtirishda   guruh   o‘quvchilari   soni   va
uning   tarkibi   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Tadqiqot   sohasida   amalga   oshirilgan
ishlarning   tahliliga   asosan   sohasi   bo‘yicha   biz   guruh   a’zolari   sonini   10-12
o‘quvchidan iborat bo‘lishi tavsiya qilamiz. Bunda guruh a’zolarining vazifalariga
ko‘ra tarkibi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
-  etakchi  (lider) – guruh faoliyatini tashkil etuvchi va boshqaruvchi;
-   g‘oya  beruvchi   –  guruh  oldiga  qo‘yilgan  ijodkorlik  masalalarini   hal   qilish
uchun g‘oyalar ishlab chiqadi;
-   tatbiq   qiluvchi   –   taklif   etilgan   g‘oyalarni   aniqlashtirish   hamda   amalga
oshirish yo‘llarini taklif qilishda faollik ko‘rsatadi; -   bilimdon   -   taklif   etilgan   g‘oyalarni   amalga   oshirish   uchun   guruh
a’zolarining bilimlarini umumlashtirib, muammo echimini taklif qiladi;
- hissiy   barqarorlashtiruvchi   -     guruhdagi   shaxslararo   munosabatlarni
muvofiqlashtiradi va ijodkorlik uchun qulay psixologik muhit yaratadi;
-   tanqidchi   –   ishlab   chiqiladigan   ijodkorlik   g‘oyalariga   o‘zining   tanqidiy
munosabatini bildirib, ularning mukammallik darajasini oshirishga xizmat qiladi. 
Taklif etilgan ko‘rsatkichlar asosida tashkil qilingan ijodkor guruh ishini dars
va   darsdan   tashqari   mashg‘ulotlar   jarayonida   tabaqalashtirilgan   holda   samarali
tashkil   etish   yo‘llarini   belgilab   olish     o‘ziga   xos   xususiyatlarga   ega.   Namuna
tariqasida,   shakllantirilgan   guruh   faoliyatini   mehnat   ta’limi   darslarida
tabaqalashtirish   holda   tashkil   qilishning   quyidagi   ketma-ketligini   taklif   qilish
mumkin: 
№ Darsning bosqichlari Vaqti
1 Tashkiliy  qism 2 min.
2 Aqliy  hujum. O‘quvchilar motivatsiyasini o‘yg‘otish 5 min.
3 O‘quvchilarni tabaqalashtirish asosida guruhlarga taqsimlash 10 min.
4 Amaliy  mashg‘ulot 20 min.
5 Darsning yakuni  va uyga  topshiriq 5 min.
6 Ish  o‘rnini  yig‘ishtirish 3 min.
Ijodkorlik faoliyatini tashkil qilishda mashg‘ulotlarning aniq maqsadli tashkil
qilinmasligi,   o‘quvchilarning   turli   tadbirlarga   jalb   etilishi   ulardagi   qiziqishning
so‘nishiga va guruh ishining barbod bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Buning oldini
olish   uchun   darsdan   tashqari   mashg‘ulotlarning   muhim   shakllari   bo‘lgan
to‘garaklar   ishi,   ekskursiyalar,   ko‘rik-tanlovlar,   turli   mavzulardagi   uchrashuv   va
suhbatlarni   tashkil   qilishda   o‘quvchilar   ijodkorlik   faoliyatini   rivojlantirib   borish
uchun maxsus ishlab chiqilgan tadbirlar rejasi  asosida  ish olib borish talab etiladi. 
Taklif qilingan yondashuv an’anaviy yondashuvga ko‘ra bir qancha afzallikka
ega.  U  o‘qituvchiga  tabaqalashtirish   ishi  mazmunini  aniq  mo‘ljallab   tanlashga  va
uni   maqsadga   muvofiq   ishlab   chiqishga   yordam   beradi.   Guruhlarga   ajratishda
o‘quvchi   ijodkorlik   faoliyatining   barcha   jabhalari   qamrab   olinishi tabaqalashtirishni amalga oshirishdagi ob’ektivlikni ta’minlaydi va guruh ishining
yuqori samaradorlik darajasiga erishish uchun tashkiliy-metodik asos yaratadi. 
  Trening   so‘zi   trenirovka   –   mashq   qilish   so‘zidan   olingan   bo‘lib,   yangi
ma’lumotlarni   amalda   qo‘llashni   o‘rganish   degan   ma’noni   anglatadi.   Trening
mashg‘uloti bosqichlarining tahminiy   ketma-ketligini quyidagicha tasavvur qilish
mumkin: 
1. Tanishuv. 2. Mashg‘ulotdan nimalar kutilayotganligi aniqlash. 3. Mavzuga
kirish. 4. Mavzu bo‘yicha ishlash. 5. Natijalarni namoyish qilish. 6. Mashg‘ulotni
natijalash.
Quyida   trening   mashg‘ulotlarini   tashkil   qilish   bosqichlari   mazmuni ni
qarab chiqamiz. 
1. Tanishuv
Ushbu bosqich trening qatnashchilarining  guru h  shaklida ish olib 
borishiga   yordam   beruvchi   muhitni   yuzaga   keltirishga   xizmat   qiladi.   Bunda
quyidagi vazifalarning bajarilishiga erishiladi.
•  guruh a’zolarining o‘zaro yaqindan tanishib olishlari;
•  ta’lim oluvchilar ishining guruh shaklini qaror toptirish;
•   o‘zgalar   oldida   o‘z   fikrini   tortinmasdan,   erkin,   istiholasiz   bayon   qilishga
sharoit yaratadi.
2. Mashg‘ulotdan nimalar kutilayotganligini aniqlash .
Bu bosqichda ta’lim oluvchilardagi umumiy qiziqish va ehtiyojlarni aniqlash
maqsadi qo‘yiladi va unga erishish uchun quyidagi vazifalar hal etiladi:
•   ta’lim   oluvchilardagi   umumiy   qiziqishlarni,   orzu-o‘ylarni,   qadriyatlarni
aniqlash yo‘li bilan guruh a’zolarining o‘zaro birdamlikda ishlashiga;
• yangi a’zolarining guruh ishiga tezroq moslashib, o‘z o‘rnini topib olishiga
ko‘mak beradi. 
3. Mavzuga kirish
1. .
Guruh   a’zolarining   yakdilligini,   hamfikrliligini,   umumiy   qaror   qabul   qilish
ko‘nikmalarini   shakllantirish   bilan   bog‘liq   mazkur   bosqichda   quyidagi   vazifalar
hal qilinadi: 
·     guruh   a’zolarining   boshqa   fikrlardan   ozod   bo‘lib,   guruh   ishiga   sho‘ng‘ib
ketishi;
·     ta’lim oluvchilarning guruhdagi o‘zaro muloqot qoidalarini ishlab chiqishi;
·   guruh   a’zolarida   o‘zgalar   fikrini   hurmat   qilish   va   o‘z   fikrini   bayon   qilish
madaniyatini tarbiyalashga xizmat qiladi.
4. Mavzu bo‘yicha ishlash .
Guruh   a’zolarini   ilhomlantirish,   yangi   bilim   sohalarini   o‘zlashtirishga
yo‘naltirish maqsadida mazkur bosqichda quyidagi vazifalar hal qilinadi:
•  guruh ishini rag‘batlantiradi;
•   turli   murakkab,   guruh   a’zolari   o‘z   imkoniyatlari   yoki   vakolatlaridan
“yu q orida” turadi deb hisoblaydigan masalalarni muhokama  q ilish;
•   guruh   a’zolarini   yangi   muammolar   echimiga   ilhomlantirish   uchun   sharoit
yaratadi.  
5. Natijalarni namoyish qilish
.
Guru h   a’zolarini   o‘zgalar   fikrini   hurmat   qilgan   holda   yagona   qaror   qabul
qilishga o‘rgatish  bilan bog‘liq mazkur bosqichda quyi da gi vazifalar hal etiladi:
•   yagona   qaror   qabul   qilishda   guru hning   har   bir   a’zosining   fikri   ahamiyatli
ekanligini ta’kidlash;
• o‘zgalar fikrini hurmat qilgan holda bahs-munozaraga kirishish, muqobil va
tanqidiy fikr bildira olish; 
•   konstruktiv   fikrlash   –   o‘z   fikrinin g   bildirilgan   fikr-mulohazalar   asosida
to‘g‘riroq ifodalashga erishish.  
6.  Mashg‘ulotni natijalash. Mashg‘ulotlarni, o‘rganilgan mavzuni yoki dars bo‘lagini xulosalash quyidagi
vazifalarning hal etilishi 
mavzu   yoki   mashg‘ulot   bo‘limini   yakunlash,   “qissadan   hissa   chiqarish”,
qo‘llanilgan   metod   va   vositalar   samaradorligini   baholash   va   galdagi   vazifalarni
belgilab olishga xizmat qiladi.
Trening
  mashg‘ulotlarini   tashkil   qilishda   quyidagi   malakalarning   rivojlantirilishiga
alohida   e’tibor   qaratish   talab   etiladi:   loyihalash;   eshitish;   harakatlanish;   tasavvur
qilish; nutq; his qilish.
SHu kabi trening mashg‘ulotlarida quyidagi qoidalarga amal qilish lozim: 
• mashg‘ulotning qatnashchilar uchun yoqimli bo‘lishi;
• guruh barcha a’zolarining jalb qilinishi
• suhbatlashish (ma’ruza qilish emas), muhokama qilish (uqtirish emas)
• o‘zaro teng munosabatda bo‘lish («Sizlar» emas, «bizlar»)
• har bir ishtirokchining fikri qadrli va muhim;
• kamchiliklardagi yutuqni ko‘ra olish;
• auditoriya uchun eng qulay mashg‘ulot maromini tanlash;
• ko‘rgazmalilik;
• qatnashchilar ayta oladigan yoki biladigan ma’lumotlarni takrorlamaslik;
• ta’limning pragmatik asosga qurilishi.
Pedagogik   texnologiyalar   asosida   trening   darslarini   o‘tkazishda   talabalarda
tanqidiy fikrlashni rag‘batlantirish uchun quyidagi masalalarning echimiga erishish
lozim bo‘ladi:
• talabalarga fikr yuritish uchun imkoniyat berish;
• turli-tuman g‘oya va fikrlarni qabul qilish;
• talabalarning o‘quv jarayonidagi faolligini ta’minlash;
• har bir talabaning tanqidiy fikr yuritishga qodir ekanligiga ishontirish;
• tanqidiy fikrlashning yuzaga kelishini qadrlash.
Qayd etilgan masalalarning  muvaffaqiyatli  hal  etilishi  tanqidiy fikrlash  bilan
bog‘liq ravishda quyidagilarga erishish imkonini beradi: • talabalarga maqsadni anglab olishga yordam beradi; 
• mashg‘ulotlarda faollikni ta’minlaydi;
• samarali munozaraga chorlaydi;
• har qanday fikrlarga bo‘lgan hurmat kayfiyatini yaratadi; 
• mustaqil bilim olishni rag‘batlantiradi.
Bizning fikrimizga ko‘ra
  t alabalarning   tanqidiy   fikrlashini   rivojlantirishda   darsda   turli   qiziqarli
masalalarning o‘rinli qo‘llanilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Quyida biz shu kabi
masalalardan namunalar keltirmoqchimiz.
Trassiniya   planetasida   ikki   tur   gumanoidlar   –   lyagoidlar   va   jaboidlar
yashaydi.   Ularning   tashqi   ko‘rinishi   bir   xil,   lyagoidlar   lekin   doim   yolg‘on
gapiradi, jaboidlar esa doim haqiqatni gapiradi.
      Planetaga undagi xayot tarzini biladigan kosmonavt kelib tushdi va uchta
gumanoidga   duch   keldi.   U   gumanoidlar   yaqindan   tanishish   maqsadida   ularning
qaysi turga kirishlarini so‘radi.
      Birinchi gumanoid nimadir deb g‘o‘ldiradi.
      Ikkinchi gumanoid « U lyagoidman» deyapti deb tushuntirdi.
      Uchinchichi esa «Sen har doimgiday yog‘lon gapir ya psan» debdi.
      Sizning fikringizcha uchinchi gumanoid kaysi turga kiradi.
Bu kabi masalalar talabalarning mantiqiy fikrlashini rivojlantiradi va ularning
darsdagi   faolligini   oshirishga   xizmat   qiladi.   Masalaning   javobiga   keladigan
bo‘lsak,   uchin   gumanoid   jaboid   bo‘lib   chiqadi.   Zero,   birinchi   gumanoid   jaboid
bo‘lsa,   u   faqat   haqiqatni   gapiradi   va   «men   jaboidman»   deb   javob   beradi.   Agar
ulyagoid   bo‘lganida   u   baribir   «men   jaboidman»   deb   javob   bergan   bo‘lar   edi,
chunki   lyagoid   hech   qachon   to‘g‘ri   javob   bermaydi.   Demak,   ikkinchi   gumanoid
yolg‘on gapirgan. Uchinchi  gumanoid haqli  ravishda ikkinchisini yolg‘onchilikda
ayblayapti, demak u jaboid bo‘lib hisoblanadi.
Tanqidiy   fikrlashni   rivojlantirishga   xizmat   qiladigan   ikkinchi   bir   masalani
qarab chiqaylik: Samolyotning bir qanotidan ikkinchi qanoti uchlarigacha bo‘lgan uzunlik 40
metrni tashkil qiladi.
Katta albatros qushining qanotlari yoyilganda esa 4 metrga etadi.
Samolet va albatrosning erga tushadigan soyalari o‘zaro teng bo‘lishi uchun
ular qanday balandlikda parvoz qilishlari kerak?
Bu   masalaning   javobiga   keladigan   bo‘lsak,   qush   va   samolyotning   soyasi   bir
xil   bo‘lishi   mumkin   emas.   Zero,   quyosh   erdan   shu   darajada   uzoq   masofada
joylashganki,     qush   va   samolyotning   masala   shartiga   ko‘ra   talab   qilinadigan
balandlikda   uchishi   amalda   mumkin   emas.   Ushbu   masala   o‘quvchilarni   har   bir
masala echimi ustida jiddiy va tanqidiy mulohaza yuritishga o‘rgatadi.
Maqolaning   umumiy   xulosasi   o‘rnida   turli   allomalar   tomonidan,   turli
davrlarda bildirilgan quyidagi fikrlarni keltirmoqchimiz:
 nimanidir boshqacha bajara olish uchun avvalo uni boshqacha tasavvur qila
olish lozim;
 raqobatda   eng   kuchli   yoki   eng   aqllilar   emas,   balki   yuz   berayotgan
o‘zgarishlarga to‘laroq javob bera oladiganlar g‘olib chiqadi;

 agar   siz   to‘g‘ri   yo‘lda   bo‘lgan   chog‘ingizda   ham   bir   daqiqaga   to‘htab
qolsangiz, undan tushib qolishingiz mumkin;
  kashfiyotlar davri nihoyalab, mahorat davri boshlanmoqda.
YAna shuni qayd etish joizki, agar siz nimanidir bajara olaman deb hisoblasangiz 
Siz haqsiz. Agarda, uni bajara olmayman deb hisoblasangiz, bu holatda ham Siz 
haqsiz. Demak, har birimiz davr va ta’lim islohotlari asosida zamonaviy pedagogik
texnologiyalar asosida etuk kasb egalarini tarbiyalashga intilishimiz lozim, chunki 
biz buni bajara olamiz.

MAVZU : O‘QUVCHILARNING TEXNIK IJODKORLIGI UYUSHMALARIDA ISHLARNI TASHKIL QILISH MAZMUNI VA METODI. RЕJА: O‘quvchilarning texnik ijodkorligi uyushmalarida ishlarni tashkil kilish mazmuni va metodi Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari Talabalar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish Аdаbiyotlаr. 1. N.Muslimov, Sh.Sharipov, M.Qodirov. “Texnik ijodkorlik va dizayn”.-T.: 2010y 2. L.E.Bobomurodova. «Texnik ijodkorlik va dizayn» fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish. – Samarqand.: 2019 y 3. L.E.Bobomurodova. «Texnik ijodkorlik va dizayn» fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish. – Samarqand.: 2019 y

O‘quvchilarning texnik ijodkorligi uyushmalarida ishlarni tashkil kilish mazmuni va metodi. Hozirgi kunda Respublikamizda juda ko‘p ixtisosliklar mavjud. Bu ixtisosliklarda har xil turdagi texnik ob’ektlar va moslamalar ishlatiladi. SHuning uchun texnika bo‘yicha maktabdan tashqari tadbirlarni tashkil qilishda o‘quvchilarning o‘z xohishi moyilligiga va qiziqishiga qarab tanlash prinsipiga asosan sharoit tug‘dirib berish zarur. Kichkina maktablarda bitta mehnat ta’limi o‘qituvchisi o‘quvchilarning texnikaning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha qiziqishlari qondira olmaydi. Agarda katta maktab bo‘lsa unda 2-3 mehnat ta’limi o‘qituvchilari ishlasa unda o‘quvchilarning texnik to‘garaklar bo‘yicha ixtisos va qiziqishlarini qondira olishlari mumkin. To‘garak ishlarining yo‘nalishlari maktab ma’muriyati ehtiyojidan kelib chiqib o‘zi belgilaydi. Bunda maktab atrofida joylashgan ishlab chiqarish korxonasini xarakteri, pedagogik kadrlarning salohiyati, maktab moddiy texnik bazasi va uni rivojlantirish imkoniyatlari inobatga olishi zarur. Agarda maktab miqyosida tashkil etayotgan to‘garaklar o‘quvchilarning ehtiyojiga mos kelmasa u holda rayon va shahar miqyosidagi to‘garaklarda ishtirok etishlari mumkin. Har bir yo‘nalish bo‘yicha ochilgan to‘garak faoliyatida o‘quvchilar umumiy va xususiy vazifalarni amalga oshiradilar. Xususiy masalalarni hal etish uchun texnik to‘garaklar tipaviy dasturi, me’yoriy hujjatlari bo‘yicha to‘garak tashkilotlari va rahbarlari o‘quvchilar bilan olib boriladigan ishlarni mazmuni, formasi va metodlarini ishlab chiqadilar. Texnik to‘garaklar Respublika ta’lim markazi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida olib boriladi. To‘garak ishlari maktabdan tashqari mashg‘ulotlarning dasturiga asosan mavzular har xil bo‘lish mumkin. Ular shug‘ullanishi yiliga qarab boshlang‘ich, asosiy va yuqori darajadagi guruhlarga bo‘linadi. To‘garaklarni tashkil qilish jarayonida rahbar o‘zining tayyorgarlik darajasi, maktabning moddiy- texnik bazasining imkoniyati va o‘quvchilarning qiziqishiga qarab dasturga ma’lum o‘zgartirishlar kiritish mumkin. Har tomonlama fikrlab tuzilmagan rejasi quyilgan maqsadga erishish qiyin. SHuning uchun tugarak ishlarini rejasi, strukturasida quyidagi bo‘limlar bo‘lishini tavsiya etadi:

1. Umumiy qism; 2. Ta’lim tarbiya ishlari; 3. Metodik ishlanmalar; 4. Ommaviy tadbirlar; 5. Xo‘jalik ishlari. To‘garaklarni tuzilgan yillik rejasi maktab direktori yoki maktabdan tashqari o‘quv muassasining direktori tomonidan tasdiqlanadi. To‘garak ishlari boshlanguncha qadar uning rejasi tasdiqdan o‘tadi. To‘garak rahbari to‘garak ishtirokchilarining bilim va ommaviy ko‘nikma darajasi bo‘lmaganligi uchun uning rejasini amalga oshirishda rahbarga qiyinchilik tug‘diradi.Birinchi darsdan keyin o‘quvchilar o‘zlarini qiziqish va moyilligiga qarab texnik ob’ektlarni tanlaydilar, reja loyihasini muhokama qilishda uning a’zolarini fikr va mulohazalarini e’tiborga olish zarur. Har bir mashg‘ulotga to‘garak rahbarlari zarur bo‘lgan asbob - uskuna, material va zaruriy adabiyotlarni tayyorlab qo‘yadi. O‘quvchilarni texnik to‘garaklarga qabul qilish ma’lum bir mezonlar asosida qabul qilinadi. Texnik ijodkorlik faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o‘quvchilar maktab ustaxonasida mehnat darslarida ma’lum darajali tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishi lozim. Agar o‘quvchi mustahkam bilim va amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lsagina texnik ijodkorligi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlariga erishish mumkin. O‘quvchilarni yoshi va individual xususiyatlari ma’lum texnik t o‘gar aklar qabul qilish bo‘yicha mezon hisoblanadi. Imkon darajasida to‘garak a’zolarining yoshlari bir xil bo‘lsa 1-2 yosh farqi bilan to‘garakni komplektlash mumkin. Undan tashqari to‘garak guruhlarini komplektlashda asosiy mezonlardan biri maktab o‘quvchilarining qaysi texnika turiga qiziqishlaridadir. Har doim to‘garaklarga o‘quvchilar rejasidagidan ko‘proq qabul qilinadi, sababi bilib - bilmay to‘garakka kirib qolgan o‘quvchilarni tashlab ketishadi. Talabalarning ilmiy-tadqikot ishlari. O liy ta’lim muassasalarining asosiy vazifasi ta’lim tizimi uchun yuqori malakali pedagoglar tayyorlashdir. O‘ qituvchi inson yaratgan barcha ilm–qadriyatlarni egallagan, ijodkor shaxs hisoblanadi. O‘ qituvchilik qilish uchun mutaxassislikka oid, pedagogik va psixologik bilimlarni chuqur egallashigina kifoya qilinadi , b alki u ilmiy-tadqiqot ishlariga ham layoqatli, o‘quvchilar ta’lim tarbiyasi jarayoniga ijodiy yondoshish ko‘nikma va malakalarini

ham egallagan kishi bo‘lmog‘i lozim. B unday o‘qituvchini shakllantirish uchun pedagogik o‘quv yurtlari talabalar faoliyatida ilmiy-tadqiqot elementlarini ham qo‘llash lozim. Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari o‘z navbatida ulardan chuqur mustahkam bilim egallashni talab qiladi , mustaqil bilimlarsiz amaliy, o‘quv-tarbiyaviy ishlarga ijodiy yondoshish mumkin emas. Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari asosan, professional pedagogik, o‘quv-tarbiyaviy yo‘nalishda amalga oshiriladi , uning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat: - talabalarning izlanishga, tadqiqotchilik faoliyatiga, o‘quv-tarbiyaviy ishlarga ijodiy yondoshishni rivojlantirish; - mutaxassislikka oid pedagogik-psixologik fanlarga oid o‘quv-tadqiqot ko‘nikma va malakalarni shakllantirish; - adabiyotlar va boshqa ilmiy manbalarni o‘rganish va tahlil qilish qobiliyatlarini o‘stirish; - o‘quvchilar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlar, shuningdek mutaxassislik fanlari sohasidagi muammolarni ko‘ra olish va sh u sohada ilmiy- tadqiqot ishlari olib borish ko‘nikma va malakalarini egallash; - o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli tashkil qilishda ilmiy-tadqiqiot metodlaridan foydalanishga o‘rganish. Pedagogik oliy ta’lim muassasalarida talabalar bajaradigan ilmiy-tadqiqot ishlari ikki yo‘nalishda tashkil qilinadi: birinchisi, o‘quv mashg‘ulotlari bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqot ishlari, ya’ni o‘quv-tadqiqot ishlar; ikkinchisi, auditoriyadan tashqaridagi ilmiy-tadqiqot ishlari. O‘quv mashg‘ulotlari bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqot ishlariga quyidagilar kiradi: - laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tishda tadqiqot ishlariga o‘rgatish; - o‘quv predmetlaridan amaliy mashg‘ulotlar uchun tajriba -sinov materiallarini to‘plash;

- qo‘shimcha adabiyotlarni, ayniqsa ilmiy-tadqiqot metodlari va metodogiyasi masalalari bilan bog‘liq bo‘lgan adabiyotlarni (vatan va chet el adabiyotlarini) o‘rganish va tanqidiy tahlil qilish; - to‘plangan tadqiqot materiallari asosida referat va ma’ruzalar yozish; - pedagogik, ishlab chiqarish va dala amaliyotlari davomida o‘quv ekspeditsialari vaqtida o‘quv topshiriqlari bo‘yicha individual yoki jamoaviy tadqiqot ishlarini olib borish; o‘quvchilarning qiziqishlari individual xususiyatlarini o‘rganish, jamoada shaxslararo munosabatlar bir maqsadga qaratilgan ijtimoiy psixologik va sotsiologik tadqiqotlar, yoshlar tadqiqodi va ideali maktabda o‘quv-tarbiyaviy ishlar metodlarini qiyosiy-psixologik, pedagogik, arxeologik tadqiqotlar, gerbariylar to‘plash, fenologik va materialogik hodisalarni o‘rganish, o‘quv ustaxonalarida mehnat ta’limi metodlarining samaradorligini tadqiq etish, o‘simliklar, daraxtlar o‘stirishning samarali vositalarini tadqiq qilish va boshqalar; - kurs, bitiruv va diplom ishlarini tajriba-tadqiqot yo‘nalishida bajarish. Auditoriyadan tashqaridagi ilmiy-tadqiqot ishlariga quyidagilar kiradi: - talabalarning ilmiy to‘garaklardagi ishlari. B unday to‘garaklarda talabalar ilmiy bilish metodlarini, tadqiqot usullarini o‘rganadilar, adabiyotlar va boshqa ilm manbalari asosida hisobotlar yozadilar, o‘zlarining tadqiqot ishlari haqida chiqishlar qiladilar, turli masalalarni muhokama qilishda, munozaralarda qatnashadilar; - kafedra o‘qituvchilari, aspirantlar, shuningdek, maktablar, xalq ta’limi tizimidagi ilmiy-metodik muassasalari tomonidan olib boriladigan tadqiqot ishlarida qatnashish; - ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan o‘tkaziladigan arxeologik, etnografik va boshqa ekspeditsiyalarda qatnashish; - o‘zining tadqiqot materiallari asosida ma’ruzalar va chiqishlar qilish; - konstruktorlik byurolaridagi ishlarda, shartnoma yoki otaliq asosida olib boriladigan tadqiqot ishlarida qatnashish; asboblarni konstruksiya qilish,