logo

Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning nazariy asoslari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

25.14453125 KB
MAVZU:  Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil
qilishning nazariy asoslari
Reja
1. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarninng shaxs 
kamolotidagi o’rni. 
2. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni mazmuni.
3. Sinfdan tashqari ishlarning shakl va metodlari. Maktabning   o’quvchilar   bilan   olib   boradigan   o’quv   mashg’ulotlaridan
tashqari   xilma-xil   ta’lim-tarbiya   ishlari   sinfdan   tashqari   ishlar   nomini   olgan.
Sinfdan   tashqari   ishlar   maktab   ta’lim-tarbiya   jarayonining   tarkibiy   qismi
o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini yo’lga qo’yish shakllaridan biridir.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar shaxsni har tomonlama kamol toptirish
va uni hayotga aktiv faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoniyatga ega. Bu ishlar
bolalarning   qiziqishlariga   muvofiq   tarzda   ko’ngillilik   asosida   tashkil   qilinadi.
O’quvchilar   sinfdan   va   maktabdan   tashqari   ishlarda   o’zlarini   qiziqtiradigan
mashg’ulotlarni   tanlab   olishadi   va   ularda   mustaqil   tashabbuskorona   ishtirok
etishadi.
Maktab   va   maktabdan   tashqari   muassasalarning   tashkiliy   ishlarini,   mazmuni
va   maqsadini   belgilash   bugungi   kunimizning   barcha   qirralarini   hisobga   olishni
talab   etmoqda.   Sinfdan   va   maktabdan   tashqari   mazkur   tarbiyaviy   ishlar   shaxs
kamoloti   bosqichlarini   belgilab   olishga   qaratilganligi   bilan   tavsiflanadi.   Mazkur
muammoni ijobiy hal etish uchun sinfdan va maktabdan tashqari, tarbiyaviy ishlar
tizimida quyidagilar bo’lishi lozim:
-   pedagoglar   va   o’quvchilar   o’rtasida   o’zaro   hurmat   munosabatlarini
shakllanganlikning o’ziga xos an’ana vositalariga tayanish;
– ulg’aygan  inson  shaxsini   tarbiyada  oliy ijtimoiy qadriyat   deb tan  olish,  har
bir bola, o’smir va yosh yigitning betakror va o’ziga xosligini hurmatlash, ijtimoiy
huquqini e’tiborda tutish zarur.
Sinfdan   tashqari   ishlarni   to’la   qamrab   olgan   to’garaklar   bir   necha   xilda
bo’lishi mumkin:
a) fan to’garaklari;
b) mohir qo’llar to’garaklari;
v) duradgorlik to’garaklari;
g) sport to’garagi;
d) badiiy havaskorlik to’garagi.
O’rta   umumta’lim   maktablarida   bu   ishlarni   sinf   rahbari   va   tarbiyaviy   ishlar
tashkilotchisi   uyushtiradi[7].   Sinf   rahbari   to’garak   rahbarlariga   yaqindan   yordam beradi. Qiziqishlari,  intilishlari   bir   xil  bo’lgan o’z  o’quvchilarini  biror   to’garakka
a’zo bo’lishga chorlaydi.
Sinfdan va maktabdan tashqari  tashkil  qilingan ishlar  o’quvchilar  hayotidagi
tarbiyaviy   faoliyatni   to’ldiradi.   Ularni   dunyo   qarashini   to’g’ri   shakllanishiga,
axloqiy   kamol   topishiga   ko’maklashadi.   Nazariy   bilimlarni   amaliyot,   ishlab
chiqarish bilan chambarchas bog’lanishiga zamin yaratadi. Sinfdan va maktabdan
tashqari   ishlarga   rahbarlik   qiluvchi   tashkilotchilarning   vazifalari   ham   ko’p
qirralidir. 
Sinfdan   va   maktabdan   tashqari   tarbiyaviy   ishlar   tashkilotchisining
vazifalariga quyidagilar kiradi:
1. darsdan   tashqari   tarbiyaviy   ishlarni   rejalashtirish   va   amalga   oshirishni
nazorat qilish;
2. o’quvchilarning   sinfdan   va   maktabdan   tashqari   ko’p   qirrali   ishlarni
pedagogik jamoa, o’quvchilar tashkilotlari sinf faollari yordamida yo’lga qo’yish;
3. sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo’nalishiga bevosita rahbarlik qilgan
holda,   o’qituvchilar,   sinf   rahbarlari,   ota-onalar,   o’quvchilar   tashkilotlari,   sinf
faollariga uslubiy yordam ko’rsatish;
4. umummaktab   va   maktablararo   o’tkaziladigan   eng   muhim   tarbiyaviy
tadbirlarda qatnashish;
5. o’quvchilarning   bo’sh   vaqtlarini   tashkil   qilishda   tarbiya   va   madaniyat
muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish;
6. bu borada tashkilotchilar faolligini uchta asosiy tomonini ko’rish mumkin:
tashkilotchilik, uslubiy va ma’muriy.
7. bular ko’pincha o’zaro uzviy bog’langan holda namoyon bo’ladi. 
Tashkilotchining   tashkilotchilik   faoliyatiga   quyidagi   bir   qator   ishlarni   kiritish
mumkin:
1) tarbiyaviy ishlar sohasida erishilgan yutuq va kamchiliklarni tahlil qilish;
2) tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalarini aniqlash;
3) tarbiyaviy, ommaviy-siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning mazmuni, 
shakl va usullarini aniqlash; 4) sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni guruhlashtirish, 
boshqaruvchi shaxslarni aniqlash.
5) maktabda   tarbiyaviy   ishlarni   aniq   rejalashtirmasdan   uning   mazmuni,   shakl
va   usullarini   aniqlamasdan,   ma’lum   bir   tizimga   solmasdan   turib   ko’zda
tutilgan maqsadga erishish qiyin.
Sinfdan tashqari ishlarning tarbiyaviy ta’siri ko’p darajada o’quv jarayonini
tashkil   etish   saviyasiga   hamda   o’quvchilar   jamoasining   xilma-xil   ishlarni   qanday
yo’lga   qo’yishga   bog’liqdir.   Sinfdan   tashqari   faoliyat   majburiy   dastur   bilan
chegaralanmaydi,   balki   yoshlari   har   xil   o’quvchilarni   ixtiyoriy   ravishda
birlashtiradi.   Ularning   tashabbusi   asosida   ishlarni   amalga   oshiradi,   fanga
qiziqtiradi, ularni xalqning madaniy hayoti muhitiga olib kiradi.
Sinfdan   tashqari   ishlar   shaxsdagi   ijtimoiy   faollik,   ijtimoiy   ong   hamda
axloqiy odatlarni tarkib toptirishning eng muhim omilidir. Bu faoliyat ilmiy jamoa,
adabiy va maktab teatrlarining ishlari, turli mavzularda o’tkaziladigan kitobxonlar
konferensiyasi   va   munozaralar,   siyosiy,   axloqiy,   ilmiy-ommabop   va   mehnat
mavzularidagi   ma’ruza   va   suhbatlar,   ijtimoiy-foydali   mehnat,   siyosiy   axborot,
bayram kechlari va ertaliklari, to’garak mashg’ulotlarini o’z ichiga oladi.
O’quvchilarning   sinfdan   tashqari   ishlari   o’z   mazmuniga   ko’ra   tafakkur
faoliyati   va   munosabat   vositasi   hisoblanadi.   Chunki   sinfdan   tashqari   ishlarda
olingan   axborot   idrok   etiladi,   qayta   ishlanadi   va   shu   asosda   yangi   bilimlar   hosil
qilinadi.
O’quvchilar   maktabdan   tashqari   ishlarda   qatnashib,   turli   kishilar   bilan
muayyan   munosabatga   kirishadi,   turli   vazifalarga   duch   keladilar.   Shuning   uchun
ham   o’quvchilarning   maktabdan   tashqari   faoliyatlari   qanchalik   xilma-xil   bo’lsa,
ularning   munosabatlari   shunchalik   boy,   munosabat   doirasi   keng   va   ma’naviy
o’sishi   samarali   bo’ladi.   Maktabdan   tashqaridagi   tarbiyaviy   ishlarda   o’quvchilar
jamoada   ishlashni   o’rganadilar   ijtimoiy   mehnat   quvonchini   his   qiladilar,   ishlab
chiqarish mehnatiga qo’shiladilar, jamoatchilik fikriga bo’ysunishga, jamoa sharafi
uchun   kurashishga   odatlanadilar.   Maktabdan   tashqari   faoliyat   unda
qatnashuvchilarning ma’naviy va jismoniy rivojlanishi hamda yosh xususiyatlariga ko’ra   belgilanadi.   Bu   jarayonga   ular   ta’lim   olayotgan   maktabning   sharoiti   ham
ta’sir   etadi.   Garchand   mamlakatimizdagi   barcha   maktablarning   vazifalari   bir
bo’lsa-da,   o’sha   maktablarning   o’ziga   xos   xususiyatlari   bor   va   bu   xususiyatlar
madaniy va milliy sharoitlarda yaqqol ko’rinadi. Tarbiyachilar, sinf rahbarlarining
sinfdan   va   maktabdan   tashqari   olib   boradigan   tarbiyaviy   ishlarida   quyidagi   ish
usullaridan foydalanishlari maqsadga muvofiqdir.
1. Og’zaki   ish   usullari .   Turli   axborotlar,   majlislar,   ertalabki   yig’inlar,
ma’ruzalar,   kitobxonlar   konferensiyalari,   munozaralar,   uchrashuvlar,   og’zaki
gazetalar, radiojurnallar.
2. Amaliy   ish   olib   borish   usullari .   Turli   joylarga   sayyohatlar,   sport
musobaqalari, olimpiada, iztoparlar ish faoliyati, yosh tabiatshunoslar to’garaklari,
shanbaliklar.
3. Ko’rgazmali   ish   usullari .   Maktab   muzeylari,   urush   va   mehnat
qahramonlari xonasi, yangi kitoblar ko’rgazmalari.
1. Tarbiyaviy   ish   pedagogdan   butun   qobiliyatini   ishga   solishni,   tinmay
izlanishni   taqozo   etadi.   Chunki   kelajak   avlod   tarbiyalangan,   uyushgan,   ahil,
jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bo’lishlari lozim.
Sinfdan tashqari ishlarning shakl va metodlari
Jamoat   tashkilotlari   o’quvchilar   bilan   darsdan   tashqari   vaqtlarda   olib
boriladigan   xilma-xil   mashg’ulotlarni   o’qituvchilar   yordamida   tashkil   qiladilar.
Sinfdan   tashqari   ishlar   o’z   mazmuniga   ko’ra   juda   xilma-xil:   ijtimoiy-siyosiy,
ilmiy,   ijtimoiy   foydali,   badan   tarbiya-sog’lomlashtirish   ishlari   bo’ladi.   Sinfdan
tashqari ishlar uch xil shaklda: ommaviy, to’garak va individual shakllarda tashkil
qilinadi.
Ommaviy   shakllar :   ertaliklar,   maktab   kechalari,   bolalar   bayramlari,
ko’riklar,   quvnoqlar   va   topqirlar   to’garagi,   sayr,   maktab   muzeylari,   bolalar
ishlarining ko’rgazmalari v hokazolar.
To’garak   ishlari:   maktabdagi   har   bir   to’garak   o’zining   doimiy   ish   kunlari
va   soatlariga   ega   bo’lishi   lozim.   To’garakda   qat’iy   intizom   bo’lishi:   to’garak a’zolari mashg’ulotlariga kechikmasdan kelishlari, to’garak topshiriqlarini batartib
bajarishlari, to’garakning moddiy boyliklarini ehtiyot qilishlari kerak.
Sinfdan   tashqari   individual   ish :   har   bir   o’quvchi   mayl   va
qobiliyatlarining   rivojlanishiga   yordam   beradi.   Bu   ishda   sinfdan   tashqari   o’qish
katta ahamiyatga ega. Maktabda har bir sinf uchun sinfdan tashqari o’qish dasturi
bor.   O’quvchining   nima   o’qiyotgani   va   o’qigan   narsalarini   qanday   idrok
qilayotganini o’qituvchi bilishi juda muhim. Shuning uchun o’qituvchining sinfdan
tashqari   o’qishga   rahbarligi   eng   yaxshi   kitoblarni   targ’ib   qilish   va   o’quvchilarda
o’qilgan darsliklarni to’g’ri, chuqur idrok etishni rivojlantirishdan iborat.
Individual   topshiriqlarning   turlari   juda   ko’p   bo’lib,   o’simliklar   o’stirish,
gullar,   sabzavotlar   yetishtirish   ham   ana   shunday   topshiriqlar   jumlasiga   kiradi.
Individual   topshiriqlarda   har   bir   o’quvchining   imkoniyat   va   qiziqishlari   hisobga
olinsa, ular bolalarning qobiliyatlari, iste’dodlarini o’stirishga yordam beradi.
O’qituvchi   ta’lim   jarayonida   bolalarning   madaniy   ehtiyojlari   va   kamolot
darajalarini   aniqlash   bilan   shug’ullanadi.   Ularga   muvofiq   tarzda   ayrim
o’qituvchilar,   gruppa   yoki   butun   sinf   bilan   olib   boriladigan   sinfdan   tashqari
ishlarni rejalashtirish.
Maktabdan tashqari ishlar
Maktabdan tashqari ishlar bolalarning yoshi va qiziqishlarini hisobga olgan
holda, ularni ixtiyoriy ravishda, aktiv va mustaqil qatnashishlari sharoitida tashkil
qilinadi.
Rayon, shahar, o’lka va respublika hamda maktab o’quvchilari saroylari va
uylari - ancha keng tarqalgan maktabdan tashqari muassasalardir. Ular xalq maorifi
organlari rahbarligi ostida ishlaydilar.
Maktabdan   tashqari   muassasa   bolalar   kutubxona   (axborot-resurs
markaz)sining   ishi   diqqatga   sazovor.   Bolalar   kutubxona   (axborot-resurs
markaz)lari   maktablarning   barcha   o’quvchilariga,   shuningdek,   maktabgacha
tarbiya yoshidagi kitob o’qiy oladigan bolalarga xizmat ko’rsatadi. Kutubxonaning
butun   ishi   bolalarga   yaxshi   tarbiya   berishga,   fan   asoslarini   o’rganishda
o’quvchilarga   yordamlashishga,   bolalarda   o’qish   madaniyatini   tarbiyalashga, mustaqil   ravishda   bilim   olish   malakalarini   hosil   qilish   va   mustahkamlashga
qaratilgan.
Ko’pgina maktabdan tashqari muassasalarning ishlari misolida, maktabdan
tashqari   muassasalar   o’quvchilar   bilan   olib   boriladigan   ta’lim-tarbiya   ishida
maktab   va   oilaga   jiddiy   yordam   bermoqdalar   degan   xulosaga   kelish   mumkin.
O’qituvchi   muayyan   aholi   yashaydigan   joyda   maktabda   qanday   muassasalar
borligini   bilib,   ular   bilan   hamkorlikda   qilinadigan   ishni   yo’lga   qo’yadi,
o’quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda, ularni  to’garaklarga yo’llaydi.
Maktab   bolalalari   bilan   olib   boriladigan   tarbiyaviy   ishni   rejalashtirishda
maktabdan tashqari muassasalardan olishi mumkin bo’lgan yordamni ham nazarda
tutadi.   Maktabning   tarbiyaviy   ish   rejasini   bolalar   muassasalarining   rejasiga
moslashtirish   zarur.   Maktab   tarbiyaviy   ish   rejasini   o’quvchilar   bilan   sinfdan   va
maktabdan   tashqarida   olib   boriladigan   ishlarning   shakl   va   metodlarini,   ularni
oqilona yo’lga qo’yishni o’z ichiga oladi.
Sinfdan   va   maktabdan   tashqari   ishlar   tashkilotchisi,   maktab   tarbiyaviy
ishining   umumiy   rejasini   tuzadi   hamda   o’quvchilarga   har   tomonlama   tarbiya
berishda   maktab   o’qituvchilari,   maktabdan   tashqari   muassasalar   hamda   maktabni
otaliqqa olgan tashkilotlarning ishlarini bir-biriga muvofiqlashtiradi.

MAVZU: Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning nazariy asoslari Reja 1. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarninng shaxs kamolotidagi o’rni. 2. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni mazmuni. 3. Sinfdan tashqari ishlarning shakl va metodlari.

Maktabning o’quvchilar bilan olib boradigan o’quv mashg’ulotlaridan tashqari xilma-xil ta’lim-tarbiya ishlari sinfdan tashqari ishlar nomini olgan. Sinfdan tashqari ishlar maktab ta’lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini yo’lga qo’yish shakllaridan biridir. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar shaxsni har tomonlama kamol toptirish va uni hayotga aktiv faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoniyatga ega. Bu ishlar bolalarning qiziqishlariga muvofiq tarzda ko’ngillilik asosida tashkil qilinadi. O’quvchilar sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda o’zlarini qiziqtiradigan mashg’ulotlarni tanlab olishadi va ularda mustaqil tashabbuskorona ishtirok etishadi. Maktab va maktabdan tashqari muassasalarning tashkiliy ishlarini, mazmuni va maqsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qirralarini hisobga olishni talab etmoqda. Sinfdan va maktabdan tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Mazkur muammoni ijobiy hal etish uchun sinfdan va maktabdan tashqari, tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagilar bo’lishi lozim: - pedagoglar va o’quvchilar o’rtasida o’zaro hurmat munosabatlarini shakllanganlikning o’ziga xos an’ana vositalariga tayanish; – ulg’aygan inson shaxsini tarbiyada oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o’smir va yosh yigitning betakror va o’ziga xosligini hurmatlash, ijtimoiy huquqini e’tiborda tutish zarur. Sinfdan tashqari ishlarni to’la qamrab olgan to’garaklar bir necha xilda bo’lishi mumkin: a) fan to’garaklari; b) mohir qo’llar to’garaklari; v) duradgorlik to’garaklari; g) sport to’garagi; d) badiiy havaskorlik to’garagi. O’rta umumta’lim maktablarida bu ishlarni sinf rahbari va tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi uyushtiradi[7]. Sinf rahbari to’garak rahbarlariga yaqindan yordam

beradi. Qiziqishlari, intilishlari bir xil bo’lgan o’z o’quvchilarini biror to’garakka a’zo bo’lishga chorlaydi. Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o’quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to’ldiradi. Ularni dunyo qarashini to’g’ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko’maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot, ishlab chiqarish bilan chambarchas bog’lanishiga zamin yaratadi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham ko’p qirralidir. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi: 1. darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish; 2. o’quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko’p qirrali ishlarni pedagogik jamoa, o’quvchilar tashkilotlari sinf faollari yordamida yo’lga qo’yish; 3. sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo’nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda, o’qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalar, o’quvchilar tashkilotlari, sinf faollariga uslubiy yordam ko’rsatish; 4. umummaktab va maktablararo o’tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish; 5. o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish; 6. bu borada tashkilotchilar faolligini uchta asosiy tomonini ko’rish mumkin: tashkilotchilik, uslubiy va ma’muriy. 7. bular ko’pincha o’zaro uzviy bog’langan holda namoyon bo’ladi. Tashkilotchining tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator ishlarni kiritish mumkin: 1) tarbiyaviy ishlar sohasida erishilgan yutuq va kamchiliklarni tahlil qilish; 2) tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalarini aniqlash; 3) tarbiyaviy, ommaviy-siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning mazmuni, shakl va usullarini aniqlash;

4) sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni guruhlashtirish, boshqaruvchi shaxslarni aniqlash. 5) maktabda tarbiyaviy ishlarni aniq rejalashtirmasdan uning mazmuni, shakl va usullarini aniqlamasdan, ma’lum bir tizimga solmasdan turib ko’zda tutilgan maqsadga erishish qiyin. Sinfdan tashqari ishlarning tarbiyaviy ta’siri ko’p darajada o’quv jarayonini tashkil etish saviyasiga hamda o’quvchilar jamoasining xilma-xil ishlarni qanday yo’lga qo’yishga bog’liqdir. Sinfdan tashqari faoliyat majburiy dastur bilan chegaralanmaydi, balki yoshlari har xil o’quvchilarni ixtiyoriy ravishda birlashtiradi. Ularning tashabbusi asosida ishlarni amalga oshiradi, fanga qiziqtiradi, ularni xalqning madaniy hayoti muhitiga olib kiradi. Sinfdan tashqari ishlar shaxsdagi ijtimoiy faollik, ijtimoiy ong hamda axloqiy odatlarni tarkib toptirishning eng muhim omilidir. Bu faoliyat ilmiy jamoa, adabiy va maktab teatrlarining ishlari, turli mavzularda o’tkaziladigan kitobxonlar konferensiyasi va munozaralar, siyosiy, axloqiy, ilmiy-ommabop va mehnat mavzularidagi ma’ruza va suhbatlar, ijtimoiy-foydali mehnat, siyosiy axborot, bayram kechlari va ertaliklari, to’garak mashg’ulotlarini o’z ichiga oladi. O’quvchilarning sinfdan tashqari ishlari o’z mazmuniga ko’ra tafakkur faoliyati va munosabat vositasi hisoblanadi. Chunki sinfdan tashqari ishlarda olingan axborot idrok etiladi, qayta ishlanadi va shu asosda yangi bilimlar hosil qilinadi. O’quvchilar maktabdan tashqari ishlarda qatnashib, turli kishilar bilan muayyan munosabatga kirishadi, turli vazifalarga duch keladilar. Shuning uchun ham o’quvchilarning maktabdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo’lsa, ularning munosabatlari shunchalik boy, munosabat doirasi keng va ma’naviy o’sishi samarali bo’ladi. Maktabdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda o’quvchilar jamoada ishlashni o’rganadilar ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar, ishlab chiqarish mehnatiga qo’shiladilar, jamoatchilik fikriga bo’ysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga odatlanadilar. Maktabdan tashqari faoliyat unda qatnashuvchilarning ma’naviy va jismoniy rivojlanishi hamda yosh xususiyatlariga

ko’ra belgilanadi. Bu jarayonga ular ta’lim olayotgan maktabning sharoiti ham ta’sir etadi. Garchand mamlakatimizdagi barcha maktablarning vazifalari bir bo’lsa-da, o’sha maktablarning o’ziga xos xususiyatlari bor va bu xususiyatlar madaniy va milliy sharoitlarda yaqqol ko’rinadi. Tarbiyachilar, sinf rahbarlarining sinfdan va maktabdan tashqari olib boradigan tarbiyaviy ishlarida quyidagi ish usullaridan foydalanishlari maqsadga muvofiqdir. 1. Og’zaki ish usullari . Turli axborotlar, majlislar, ertalabki yig’inlar, ma’ruzalar, kitobxonlar konferensiyalari, munozaralar, uchrashuvlar, og’zaki gazetalar, radiojurnallar. 2. Amaliy ish olib borish usullari . Turli joylarga sayyohatlar, sport musobaqalari, olimpiada, iztoparlar ish faoliyati, yosh tabiatshunoslar to’garaklari, shanbaliklar. 3. Ko’rgazmali ish usullari . Maktab muzeylari, urush va mehnat qahramonlari xonasi, yangi kitoblar ko’rgazmalari. 1. Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qobiliyatini ishga solishni, tinmay izlanishni taqozo etadi. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, ahil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bo’lishlari lozim. Sinfdan tashqari ishlarning shakl va metodlari Jamoat tashkilotlari o’quvchilar bilan darsdan tashqari vaqtlarda olib boriladigan xilma-xil mashg’ulotlarni o’qituvchilar yordamida tashkil qiladilar. Sinfdan tashqari ishlar o’z mazmuniga ko’ra juda xilma-xil: ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, ijtimoiy foydali, badan tarbiya-sog’lomlashtirish ishlari bo’ladi. Sinfdan tashqari ishlar uch xil shaklda: ommaviy, to’garak va individual shakllarda tashkil qilinadi. Ommaviy shakllar : ertaliklar, maktab kechalari, bolalar bayramlari, ko’riklar, quvnoqlar va topqirlar to’garagi, sayr, maktab muzeylari, bolalar ishlarining ko’rgazmalari v hokazolar. To’garak ishlari: maktabdagi har bir to’garak o’zining doimiy ish kunlari va soatlariga ega bo’lishi lozim. To’garakda qat’iy intizom bo’lishi: to’garak