logo

TEXNIK MODELLAR KLASSIFIKATSIYASI.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

77.54296875 KB
MAVZU :  TEXNIK MODELLAR KLASSIFIKATSIYASI.
MODELLASHTIRISH VA MODELLI - TEXNIK TAJRIBA
RЕJА:
Model va modellashtirish
Texnik modellar klassifikatsiyasi.
O‘quvchilarning  konstruktorlik  qidiruv  faoliyatining  mantig‘i  va 
strukturasi.  
Аdаbiyotlаr.
1.  N.Muslimov,  Sh.Sharipov,  M.Qodirov.  “Texnik  ijodkorlik  va  dizayn”.-T.: 
2010y
2.  L.E.Bobomurodova.  «Texnik  ijodkorlik  va  dizayn»  fanidan  amaliy 
mashg‘ulotlarni bajarish. – Samarqand.: 2019 y
3.  L.E.Bobomurodova.  «Texnik  ijodkorlik  va  dizayn»  fanidan  laboratoriya 
mashg‘ulotlarini bajarish. – Samarqand.: 2019 y   Hozirgi   kunda   texnika   va   texnologiyaning   kun   sayin   rivojlanib   borishi,
bilimlarning   tezlik   bilan   yangilanishi   bo‘lajak   o‘qituvchilardan   zamonaviy
sharoitlarga moslashish ko‘nikmasiga ega bo‘lish hamda yangi bilimlarga intilishni
talab etadi. Bu esa bo‘lajak kasb ta’limi ta’limi o‘qituvchilarini mustaqil izlanishga
va   ishlashga,   kasbiy   hamda   hayotiy   muammolarni   mustaqil   echib   unga   ijodiy
yondashishga o‘rgatish zaruriyatini tug‘diradi. SHuning uchun ham bugungi kunda
mustaqil   fikrlovchi   erkin   shaxs   konsepsiyasini   amalga   oshirish   uzluksiz   ta’lim
tizimining   bosh   vazifasi   bo‘lib,   bunda   kompetentli   yondashuv   asosida   bo‘lajak
kasb   ta’limi   o‘qituvchilarining   kasbiy-pedagogik   ijodkorligini   rivojlantirish
muhim hisoblanadi
Model   va   modellashtirish.   Texnik   modellashtirishga   kirish   ishdan   oldin
«model» va «maket» tushunchalarining aniqlab bilib olish zarur. Model haqiqatdan
ob’ektning   yoki   undagi   asosiy   uzellarning   nusxasidir.   SHuningdek   u
xarakatlanadigan va o‘z na’munasi (haqiqiy ob’ekt)ning funksiyalari ixcham holda
bajaradigan   ham   bo‘lishi   kerak.   Maket   -   ob’ektning   konsturksiyasini   yaqqolroq
tasavvur   etish   imkonini   beradigan   umumiy   hajmi   tasavvurdir.   Ishlab   chiqarish
sharoitlarida   yangi   mashinalarni   yaratish   jarayonini   ham,   o‘quv   ustaxonalarida
texnik   modellarni   yasash   jarayoni   ham   quyidagi   jihatlarini   tashkil   qiladi:   texnik
maqsadning (mashinalar) mexanizmlar konstruksiyasini, modellar yasash fikrining
vujudga kelishi:   o‘ ylangan texnik maqsadga, texnik talablar q o‘ yish: konstruksiya
eskizlarini   tuzish   va   uni   muhokama   qilish,   texnologik   jarayonni   ishlab   chiqarish
hamda   kerakli   materiallar   va   asboblarni   tanlash;   m o‘ ljallangan   buyum   detallarini
tayyorlash   va   ularni   uzellarga,   uzellarni   buyumlarga   yig‘ish,   buyumni   ishlatib
sinash va rostlash.
Texnik modellar klassifikatsiyasi.  Texnikada ishlatiladigan modellar 3 tipga
bo‘linadi. 
1-tip   -   geometrik   o‘lchamlari   o‘xshash.   Ko‘rgazmali   qurol   maqsadida
ishlatiladigan   ob’ektning   tashqi   qiyofasini   anglatadigan.   Geometrik   modellar
ta’limda   keng   qo‘llaniladi.     Jumladan   bunday   modellar   o‘quvchilarni   texnika
ob’ektlarining   ishlash   mezonlari   va   umumiy   tuzilishi   bilan   tanishtirishda   muhim ahamiyat   kasb   etadi.   Odatda,   ishlab   chiqarishning   eng   zamonaviy   yo‘nalishlari
bilan   faqatgina   kitob   va   jurnallarda   keltirilgan   chizmalardagi   va   rasmlar   orqali
tanishadilar,   ya’ni   obrazli-belgili,   ideal   modellardan   foydalanadilar.   Biroq   ular
ob’ekt   to‘g‘risida   to‘la   tushuncha   hosil   qilish     imkonini   bermaydi.   SHu   sababli
keyingi yillarda model va maketlardan keng foydalanilmoqda.
2-tip   -   fizikaviy   o‘xshashligi.   Bu   faqat   tashki   qiyofasini   anglatmasdan   balki
o‘rganilayotgan   ob’ektning   xarakat   dinamikasi,   o‘zaro   bog‘liqligi   qonuniyatlari,
xususiyatligi va o‘xshashliklarini ko‘rsatadi. Bunday modellarni yaratishda nafaqat
ob’ektlarni   tuzilishini   o‘rganish,   balki   ulardagi   jarayonlar   dinamikasini   o‘rganish
ham   ko‘zda   tutiladi.   Fizik   modellashtirishda   model   va   uning   prototipi   bir   xil
turdagi   fizik   tabiatga   ega   materialdan   tuzilgan   deb   qaraladi,   ya’ni,   suyuqlik
harakati suyuqlik harakati bilan, elektr toki elektr toki bilan, samolyot modelining
uchishi uning modeli uchishi bilan almashtiriladi. Biroq, bir fizik hodisani ikkinchi
bir   mos   holat   bilan   ham   almashtirishga   ruxsat   etiladi,   misol   uchun   suyuklikning
oqishini elektr toki, suvning qumlardagi harakatini issiklik uzatilishi bilan va b.
3-tip–   funksional   o‘xshashligi   –   tirik   mavjudotlarning   harakatlarini
modellashtirish   tushuniladi.   Bu   turdagi   modellarning   asliga   yaqin   bo‘lishini
ta’minlash   maqsadida   ko‘p   holatlarda   ular   tirik   mavjudotlar,   insonlarga   o‘xshash
qilib   yaratiladi.   Ularga   misol   sifatida   elektromexanik   va   elektron   «toshbaqa»,
«chuvalchang»,   «ayiqcha»   va   boshqalarni   keltirish   mumkin.   Bu   qatorga   insonga
qiyosanishlangan   robotlarni   ham   kiritish   mumkin.   Bunday   modellar   ustida
o‘quvchilar   uchun   juda   qiziqarli   bo‘lib,   bunda   modelni   avtomatlashtirish   va
mexanizatsiyalashtirish uchun cheksiz istiqbollar ochiladi.  
Modellar   dinamik   va   statik   bo‘lishi   mumkin.   Texnik   modellash   jarayonida
konstruksiyalash   elementlarini   o‘rgatish   tajribali   qator   murakkab   vazifalarni
quyidagi   tartibda   bajarish   ayni   maqsadga   muvofiqligi   ko‘rsatadi:   chizmalar
eskizlarini   o‘qish   va   tayyorlanadigan   detallar   konstruksiyasini   tushuntirish,
hisoblash   asosida   ayrim   detallarning   konstruksiyalarini   o‘zgartirish,   ana   shu
o‘zgartirishlarni   chizmaga   kiritish   va   kinematik   sxemasini   tuzish:   detallarni
biriktirish   va   mustaxkamlash   yo‘llarini   belgilash;   detallarni   yig‘ish   jarayonida ularni   o‘rnatish   joylarga   ko‘ra   konstruksiyalash;   konstruksiyada   etishmaydigan
detallar va uzellarni konstruksiyalash; texnik talablar, shuningdek topshiri bo‘yicha
yoki ixtiyoriy ravishda detallar tayyorlash, detallarni uzellarga, uzellarni detallarga
yig‘ish va modelni ishda sinab ko‘rish aniqlangan kamchiliklarni tuzatish, modelni
takroran ishda sinab ko‘rish va pardozlash.
O‘quvchilarning   konstruktorlik   qidiruv   faoliyatining   mantig‘i   va
strukturasi.     O‘quvchilarning   texnik   ijodkorligi   integral   xaraktergaega,   ya’ni   u
bilish – qayta qurish faoliyatini o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan nazariy tekshirish,
tajriba, texnik masalalar echish, model va qurilmalarni real holatda ishlatilishi, uni
sinash kompleksi bilan belgilanadi. Shu faoliyat orqali o‘quvchilar ob’ektiv borliq
haqida bilimga ega bo‘ladi, oldinga surilgan nazariy g‘oyani to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri
ekanligi   haqida   amaliyotda   tekshirib   xulosa   chiqarish   bo‘yicha   ko‘nikma   va
malaka   hosil   qiladilar.   O‘quvchilar   har   qanday   yangi   texnik   ob’ektni   yaratish
jarayonida   mustaqil   organik   jihatdan   o‘zaro   bir-biriga   bog‘liq   bo‘lgan
bosqichlardan   iborat.   Bu   texnik   ijodkorligida   mantiqiy   strukturali   bosqich
hisoblanadi.
1-bosqich,   maktab   o‘quvchilari   faol   ravishda   mavjud   bo‘lgan   texnik
ob’ektning mohiyatini tushunishga harakat qiladi;
2-bosqich, bu o‘quvchilarni ma’lum texnik ob’ekt tuzilishining texnik g‘oyasi
sodir bo‘lishi bilan boshlanadi;
3-bosqich,   yangi   bo‘lajak   texnik   tuzilishning   (ideal   xolatda)   modeli   ishlab
chiqiladi;
4-bosqich,   loyihalash,   yosh   texnik   fikrga   kelgan   ob’ektning   mazmuni   va
shaklini keltiradi;
5-bosqich, harakatdagi modelni qurish va sinash;
  6-bosqich,   qurilmaning   real   namunasini   yaratish   va   aslini   tajribadan
o‘tkazish;
7-bosqich, texnik  h ujjatlarni yaratish.
Texnik konstruksiyalash va modellashtirishda sinab k o‘ rish mu h im bosqich
h isoblanadi.  Chunki talabalar tomonidan tayyorlangan xar bir topshiriqning (modelning)
qancha   puxta   va   sifatli   hamda   barcha   texnik   va   texnologik   talablarga   javob
berishining   baholash   mezoni   bu   sinab   ko‘rish   jarayonidir.   Modellarni   tayyorlash
asosan uch bosqichda amalga oshiriladi:
1. texnik xujjatlarni tayyorlash
2. yasash 
3. sinab ko‘rish. 
Bundan   sinab   ko‘rish   jarayoni   o’quv   jarayonida   barcha   bosqichlardek   bir
xilda   qaraladi.   Ishlab   chiqarish   jarayonida   esa   sinab   ko‘rish   asosiy   bosqich
hisoblanadi, chunki bu jarayonda tayyorlangan mashinaning qanchalik ishonchligi,
puxtaligiga ishonch hosil qilinadi.
Mashg`ulotlarda   konstruksiyalash   bo`yicha   talabalar   tayyorlangan   xar
qanday ob’yekt qo‘yilgan texnik talablarga muvofiqlashtirilishi lozim. Model yoki
asbobning   uzellari   va   detallari   oxirgi   sozlash   hamda   rostlashdan   keyin   ularni
ishlatib sinab ko‘rish zarur. Bajarilgan ishlarga baxo qo‘yishda quyidagi talablarni
hisobga olish kerak:
A)   Fan-texnikaga   doir   tegishli   xajmdagi   bilimlarni   va   ulardan   amaliy
faoliyat jarayonida foydalanish ko`nikmalarini o‘zlashtirish;
B) ishning sifati, xajmi va va q t normasining bajarilishi;
V)  q ilinadigan ishni planlashtirish va ish  o‘ rnini tashkil etish.
G)   mehnat   usullarini   t o‘g‘ ri   bajarish   ko`nikmasini   hamda   ish   va   kontrol
ulchov asboblaridan foydalanish.
D)   texnik   va   ma’lumotli   adabiyotlardan   foydalana   olish   va   buyumni
tayyorlashning texnologik jarayoniga muvofi q  ishlash.
E) mehnat intizomiga rioya qilish va ishda musta q illik k o‘ rsatish.
J) ish  o‘ rnida sanitariya-gigiyena normalariga rioya qilish.
Talabalar   modellar   sinab   k o‘ rish   jarayonida   amalga   oshirilgan   ishlar
yuzasidan ma’lumotlar yoritadi.
Modellashtirish   va   modelli-   texnik   tajriba .   Har   xil   turdagi   texnik
ob’ektlarning   modeli     tajriba     tekshiruvchi   o‘quvchilarning     bilish   faoliyatini rivojlantiradi.   Ma’lum     bir     texnik     ob’ektni     tajribadan     o‘tkazishda     qonunlar
asosida   chiqarilgan     xulosa     va     umumlashtirish     natijasida     boshqa     sohada
ishlatiladigan     mashina     va     qurilmalarga     qo‘llay     olish     bo‘yicha     bilimlarini
shakllantirishga vositasi bo‘lib xizmat qiladi. 
Modelli-texnik   tajriba   ishlarining   maqsadi   bo‘lajak   texnologiya   ta’limi
o‘qituvchilarini   tayyorlashda   ularning   texnik   ijodkorligini   rivojlantirish   hamda
ularni ijodkorlikka undovchi omillarni shakllantirish imkonini beruvchi pedagogik
shart-sharoitlardan samarali foydalanish darajasini aniqlashdan iborat bo‘ladi.
Qishloq  xo‘jaligi  yoki  korxonada  o‘tkazilayotgan  o‘quvchilarning  texnik
ijodkorligi   amaliy   faoliyatning   maxsus   shakli   hisoblanadi.   Texnik   ijodkorlik   o‘z
bilimlarini tinmay boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganish, shu kun va davr
talablarini his etish, yangi bilimlarni izlab topish mahoratini, o‘z amaliy faoliyatida
qo‘llashni   talab   qiladi.   Model-texnik   tajriba   egasi   bo‘lgan   mutaxassis
muammolarni echishda o‘zi o‘zlashtirib olgan, aynan shu sharoitga mos metod va
usullardan   foydalanishni   yaxshi   bilishi,   hozirgi   vaziyatga   munosib   bo‘lgan
metodlarni   tanlab   olib   qo‘llashi,   to‘g‘ri   kelmaydiganlarini   rad   etishi,   masalaga
tanqidiy ko‘z bilan qarashi kabi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.
Texnik   ijodkorlikda   modellashtirish   –   bu   bilim,   mahorat   va   tajriba
uzviyligi   bo‘lib,   loyihalash   mutaxassis   faoliyatini   ro‘yobga   chiqaruvchi   omil
hisoblanadi.   Texnologiya   ta’limi   jarayonida   mutaxasiss   ijodkorligi   bevosita
mehnat   bozori   bilan   aloqador   bo‘lib,   ishlab   chiqarish   jarayonini   boshqarish,
mehnat operatsiyalarini bajarishda bir vaziyatdan ikkinchi vaziyatga ko‘chira olish,
texnologik   jarayonni   nazorat   qilish   kabi   ko‘nikmalar   muhim   o‘rin   tutadi.
Texnologiya   ta’limi   o‘qituvchilariga   hozirgi   kundagi   ehtiyoj   sifatida   ijodkorlik
darajasi yuqori bo‘lgan mutaxassislar kutilmoqda.
Taraqqiy   etgan   jamiyatda   ta’lim   tizimini   rivojlantirishning   strategik
yo‘nalishi – bu insonning turli sohalarda maqsadli mustaqil faoliyati asosida uning
intellektual va axloqiy rivojlanishidir. YUqoridagilardan   kelib   chiqqan   holda   fikr   bildiradigan   bo‘lsak,
mutaxassisning   texnik   ijodkorligi   shakllanishida   ham   protsessual,   ham   shaxsning
ijodiy fazilatlari rivojlanib borishi lozim.
Mutaxassisning   ijodkorlik   kompetensiyasi   tuzilishi   va   mohiyatini
o‘rganishga   bag‘ishlangan   tadqiqotlar   tahliliga   ko‘ra,   quyidagicha   xulosalar
chiqarish mumkin: kasbiy kompetensiya murakkab tuzilma bo‘lib, mutaxassisning
faoliyatini   belgilab   beradi   va   umummadaniy,   kasbiy   bilimlar,   mahorat,
ko‘nikmalar, kasbiy ijodiy yondashuv, shaxsning ijtimoiy yo‘nalganligi, umuman,
kasbiy vazifalarni samarali hal etishga imkon beruvchi smfatlar majmuidir.
Mazmun-mohiyatiga ko‘ra, mutaxassisning kasbiy kompetensiyasi  quyidagi
bilimlardan iborat: 
 funksional (turli fan sohalarini tashkil etish prinsiplari haqidagi bilimlar) 
 harakat haqidagi amaliy bilimlar (metodik va texnologik) 
 shaxsning o‘z bilimlaridan iborat. 
Bularning   natijasida   mutaxassisning   kasbiy,   kommunikativlik   mahorati   va
ko‘nikmalari shakllanadi, loyihalash, tajribaviy va texnologik vazifalarni ijobiy hal
etish imkoniyatlari paydo bo‘ladi. 
Modellashtirish   va   modelli-texnik   tajriba ni   tadqiq   etishda   ijodkorlikning
quyidagi   guruhlarini   texnologiya   ta’lim   o‘qituvchisining   kasbiy   kompetentligini
shakllantirish uchun zarur deb hisoblaymiz: 
–  gnostik – ishlab chiqarishga oid yangi bilimlarni egallay olish, o‘z shaxsiy
tajribasini   hamda   ishlab   chiqarish   ilg‘orlari   va   novatorlari   tajribasini
umumlashtirish va tizimlashtira olish;
–   loyihalash – texnik va texnologik tizimlarni, tikuv buyumlari ob’ektlarini
yaratish, kasbiy faoliyatni joriy va istiqbolli rejalashtirish, texnologik jarayonlarni
boshqarish va nazorat qilish tizimini loyihalash;
–   tashkilotchilik–muhandislik   g‘oyalarini   amaliyotga   joriy   eta   bilish,
jamoaga etakchilik qila olish; 
–  texnologik – texnologik jarayonlarni tashkil etish, chizmalar va texnologik
xaritalarni   o‘qiy   olish,   qo‘yilgan   vazifalarni   bajarish   uchun   zarur   bo‘ladigan imkoniyatlar   va   sharoitlarni,   asbob-uskuna   va   jixozlarning   texnik   tavsiflarini
aniqlay bilish;
–   konstruktorlik   –   buyumlarni   tayyorlash   bo‘yicha   hisoblash grafik   ishlarni
bajara   olish,   eskizlar   va   chizmalarni   bajara   olish,   texnik   shartlarga   mos   ravishda
texnologik   jarayonni   yo‘lga   qo‘ya   bilish,   nosozliklarni   bartaraf   etish   uchun
tadbirlar tizimini aniqlay olish.
SHunday   qilib,   ijodkorlik   deganda,   muayyan   kasbiy   faoliyatni
muvaffaqiyatli   amalga   oshira   olishni   ta’minlaydigan   kasbiy   bilim,   ko‘nikma,
malakalar   va   faoliyat   tajribasining   yig‘indisi   hamda   shakllangan   shaxsiy   sifatlar
tushuniladi. 
Ta’limga   texnik   tajriba   asosida   yondashuv   faqatgina   ma’lumotlar   va
ko‘nikmalarning   yig‘indisini   egallashdan   iborat   bo‘lgan   ta’lim   natijalariga   emas,
balki   shaxsning   kasbiy   faoliyatga,   ijodkorlikka,   turli   xil   muammolarni   mustaqil
ravishda   echa   olishga   qodirligi   va   tayyorligiga   yo‘naltirilgan   ta’lim   natijalarining
yangi turlarini yuzaga keltiradi. 
Ijodkorlikni   tadqiq   qilish   mustaqil   ta’lim   olish   va   ijodiy   individuallikni
rivojlantirish   maqsadida   ijodkorlik   jarayonlarini   tashkil   qilish   va   boshqarishning
ijodiy   jarayonni   innovatsion   amaliyotda   modellashtirish   (aynan   yaratuvchanlik
faoliyatida   shaxsning   kreativ   potensiali   rivoj   topadi)   bilan   bog‘liq   maqbul
shakllarini   aniqlash   imkonini   berdi.   Bu   o‘rinda   yuzaga   keladigan   murakkablik
ijodiy   hamkorlik   faoliyatini   yaxshiroq   tashkil   qilish   hamda   boshqarish   bilan
belgilanadi,   zero,   bunda   ongli   ijodiy   individuallikning   to‘g‘ridan-to‘g‘ri
anglanmaydigan jarayonlari ham shakllanadi.
Texnik modellashtirishda ijodkorlik dinamik hodisa, murakkab ochiq tizim,
shaxs   hayotiy   dasturi   sifatida   namoyon   bo‘ladi.   Zamonaviy   ijodkor   o‘qituvchi
pedagogik faoliyatning  reproduktiv  usuli va ijodkorlikdan birini tanlashda nafaqat
o‘zligini,   hayotiy   maqsadlarini   ro‘yobga   chiqaradi,   u   o‘zini   sifat   jihatidan
o‘zgartiradi,   psixologik   to‘siqlarni     engadi,   kasbiy   ahamiyatli   sifatlarini
rivojlantirish imkoniyatlarini qidiradi, o‘z pedagogik konsepsiyasini ishlab chiqadi.
Umuman   olganda,   o‘qituvchining   pedagogik   faoliyati   uchun,   birinchidan, innovatsion   yo‘naltirilgan,   ikkinchidan,   ijodkorlik   faoliyati   jarayonida
individuallik sifatida o‘ziga  yo‘naltirilganlik xos bo‘ladi
Xarakteri     bo‘yicha   –     bu     tajriba,     yo‘nalishi     bo‘yicha     ishlab     chiqarish
faoliyati,     vazifasi     bo‘yicha     ta’lim     va     tarbiya.     Bunday     turdagi     texnik
ijodkorligi   faoliyatini   o‘quv-ishlab     chiqarish     texnik     tajribasi     sinfiga   ajratish
mumkin. 
Bu  masalaga  ikki  tomonlama  qarash  maqsadga  muvofiq: 
Birinchi     tomondan   -     bu     metod     ya’ni     o‘quvchilar     ishlab     chiqarishda
qo‘llaniladigan     yangi     texnik     ob’ektni     yaratish     yoki     tuzilishini     o‘zgartirish
ishlarida     ishtirok     etadilar.     Bunday     tajriba     o‘quv     xarakteriga     ega   bo‘lishiga
qaramay    ishlab    chiqarishning    asosiy     vazifalari    ya’ni     uning  tarkibiga    kiradi.
Asosiysi  bunda  o‘quvchilar  bilim  tajriba  o‘tkazish ko‘nikmasini hosil qiladilar. 
Ikkinchi   tomondan    bunday   turdagi    tajribalar   o‘quvchilarning egallagan
nazariy     bilimlarini     ishlab     chiqarishga     joriy     qilish,     ya’ni   tabiiy     bilish
qonunlarni     o‘zining     harakatlari     orqali     bilish     faoliyatini   haqiqiy     ishlab
chiqarish  sharoitida  texnikaga  qo‘llash  yo‘llarini  ochib beradi. 
O‘quv-ishlab  chiqarish  texnik  tajribalari  o‘quvchilar  politexnik ta’limining
nazariya va amaliyot birligi natijasi hisoblanadi. 
Tajriba   ishlarining   muvaffaqiyatli   kechishi   quyidagi   ob’ektiv   va   sub’ektiv
omillarning  mavjudligiga:
-   texnologiya   ta’limi   o‘qituvchilarida   ijodkorlik   qobiliyatlarini
rivojlantirishga qaratilgan metodik shart - sharoitlarning yaratilganligi;
- ta’lim muassasalarining etarli moddiy-texnik bazaga egaligi;
-   o‘quv   va   tarbiyaviy   ishlar   jarayonida   zamonaviy   texnik   vositalar   hamda
axborot texnologiyalaridan unumli foydalanilganligi;
-   texnologiya   ta’limi   o‘qituvchilarining   kompetentli   yondashuv   asosida
kasbiy-pedagogik   ijodkorlikka   oid   ko‘nikma   hamda   malakalarini   rivojlantirish ga
alohida e’tibor qaratilganligi;
- talabalarning   kasbiy-pedagogik ijodkorligini rivojlantirish   ishiga malakali,
yuksak pedagogik mahoratga ega pedagoglarning jalb etilganligi;   -   talabalarning   elektron   kutubxonalardan   foydalanish   imkoniyatlariga
egaliklari va hokazo larga bog‘liq.

MAVZU : TEXNIK MODELLAR KLASSIFIKATSIYASI. MODELLASHTIRISH VA MODELLI - TEXNIK TAJRIBA RЕJА: Model va modellashtirish Texnik modellar klassifikatsiyasi. O‘quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining mantig‘i va strukturasi. Аdаbiyotlаr. 1. N.Muslimov, Sh.Sharipov, M.Qodirov. “Texnik ijodkorlik va dizayn”.-T.: 2010y 2. L.E.Bobomurodova. «Texnik ijodkorlik va dizayn» fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish. – Samarqand.: 2019 y 3. L.E.Bobomurodova. «Texnik ijodkorlik va dizayn» fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish. – Samarqand.: 2019 y

Hozirgi kunda texnika va texnologiyaning kun sayin rivojlanib borishi, bilimlarning tezlik bilan yangilanishi bo‘lajak o‘qituvchilardan zamonaviy sharoitlarga moslashish ko‘nikmasiga ega bo‘lish hamda yangi bilimlarga intilishni talab etadi. Bu esa bo‘lajak kasb ta’limi ta’limi o‘qituvchilarini mustaqil izlanishga va ishlashga, kasbiy hamda hayotiy muammolarni mustaqil echib unga ijodiy yondashishga o‘rgatish zaruriyatini tug‘diradi. SHuning uchun ham bugungi kunda mustaqil fikrlovchi erkin shaxs konsepsiyasini amalga oshirish uzluksiz ta’lim tizimining bosh vazifasi bo‘lib, bunda kompetentli yondashuv asosida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik ijodkorligini rivojlantirish muhim hisoblanadi Model va modellashtirish. Texnik modellashtirishga kirish ishdan oldin «model» va «maket» tushunchalarining aniqlab bilib olish zarur. Model haqiqatdan ob’ektning yoki undagi asosiy uzellarning nusxasidir. SHuningdek u xarakatlanadigan va o‘z na’munasi (haqiqiy ob’ekt)ning funksiyalari ixcham holda bajaradigan ham bo‘lishi kerak. Maket - ob’ektning konsturksiyasini yaqqolroq tasavvur etish imkonini beradigan umumiy hajmi tasavvurdir. Ishlab chiqarish sharoitlarida yangi mashinalarni yaratish jarayonini ham, o‘quv ustaxonalarida texnik modellarni yasash jarayoni ham quyidagi jihatlarini tashkil qiladi: texnik maqsadning (mashinalar) mexanizmlar konstruksiyasini, modellar yasash fikrining vujudga kelishi: o‘ ylangan texnik maqsadga, texnik talablar q o‘ yish: konstruksiya eskizlarini tuzish va uni muhokama qilish, texnologik jarayonni ishlab chiqarish hamda kerakli materiallar va asboblarni tanlash; m o‘ ljallangan buyum detallarini tayyorlash va ularni uzellarga, uzellarni buyumlarga yig‘ish, buyumni ishlatib sinash va rostlash. Texnik modellar klassifikatsiyasi. Texnikada ishlatiladigan modellar 3 tipga bo‘linadi. 1-tip - geometrik o‘lchamlari o‘xshash. Ko‘rgazmali qurol maqsadida ishlatiladigan ob’ektning tashqi qiyofasini anglatadigan. Geometrik modellar ta’limda keng qo‘llaniladi. Jumladan bunday modellar o‘quvchilarni texnika ob’ektlarining ishlash mezonlari va umumiy tuzilishi bilan tanishtirishda muhim

ahamiyat kasb etadi. Odatda, ishlab chiqarishning eng zamonaviy yo‘nalishlari bilan faqatgina kitob va jurnallarda keltirilgan chizmalardagi va rasmlar orqali tanishadilar, ya’ni obrazli-belgili, ideal modellardan foydalanadilar. Biroq ular ob’ekt to‘g‘risida to‘la tushuncha hosil qilish imkonini bermaydi. SHu sababli keyingi yillarda model va maketlardan keng foydalanilmoqda. 2-tip - fizikaviy o‘xshashligi. Bu faqat tashki qiyofasini anglatmasdan balki o‘rganilayotgan ob’ektning xarakat dinamikasi, o‘zaro bog‘liqligi qonuniyatlari, xususiyatligi va o‘xshashliklarini ko‘rsatadi. Bunday modellarni yaratishda nafaqat ob’ektlarni tuzilishini o‘rganish, balki ulardagi jarayonlar dinamikasini o‘rganish ham ko‘zda tutiladi. Fizik modellashtirishda model va uning prototipi bir xil turdagi fizik tabiatga ega materialdan tuzilgan deb qaraladi, ya’ni, suyuqlik harakati suyuqlik harakati bilan, elektr toki elektr toki bilan, samolyot modelining uchishi uning modeli uchishi bilan almashtiriladi. Biroq, bir fizik hodisani ikkinchi bir mos holat bilan ham almashtirishga ruxsat etiladi, misol uchun suyuklikning oqishini elektr toki, suvning qumlardagi harakatini issiklik uzatilishi bilan va b. 3-tip– funksional o‘xshashligi – tirik mavjudotlarning harakatlarini modellashtirish tushuniladi. Bu turdagi modellarning asliga yaqin bo‘lishini ta’minlash maqsadida ko‘p holatlarda ular tirik mavjudotlar, insonlarga o‘xshash qilib yaratiladi. Ularga misol sifatida elektromexanik va elektron «toshbaqa», «chuvalchang», «ayiqcha» va boshqalarni keltirish mumkin. Bu qatorga insonga qiyosanishlangan robotlarni ham kiritish mumkin. Bunday modellar ustida o‘quvchilar uchun juda qiziqarli bo‘lib, bunda modelni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish uchun cheksiz istiqbollar ochiladi. Modellar dinamik va statik bo‘lishi mumkin. Texnik modellash jarayonida konstruksiyalash elementlarini o‘rgatish tajribali qator murakkab vazifalarni quyidagi tartibda bajarish ayni maqsadga muvofiqligi ko‘rsatadi: chizmalar eskizlarini o‘qish va tayyorlanadigan detallar konstruksiyasini tushuntirish, hisoblash asosida ayrim detallarning konstruksiyalarini o‘zgartirish, ana shu o‘zgartirishlarni chizmaga kiritish va kinematik sxemasini tuzish: detallarni biriktirish va mustaxkamlash yo‘llarini belgilash; detallarni yig‘ish jarayonida

ularni o‘rnatish joylarga ko‘ra konstruksiyalash; konstruksiyada etishmaydigan detallar va uzellarni konstruksiyalash; texnik talablar, shuningdek topshiri bo‘yicha yoki ixtiyoriy ravishda detallar tayyorlash, detallarni uzellarga, uzellarni detallarga yig‘ish va modelni ishda sinab ko‘rish aniqlangan kamchiliklarni tuzatish, modelni takroran ishda sinab ko‘rish va pardozlash. O‘quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining mantig‘i va strukturasi. O‘quvchilarning texnik ijodkorligi integral xaraktergaega, ya’ni u bilish – qayta qurish faoliyatini o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan nazariy tekshirish, tajriba, texnik masalalar echish, model va qurilmalarni real holatda ishlatilishi, uni sinash kompleksi bilan belgilanadi. Shu faoliyat orqali o‘quvchilar ob’ektiv borliq haqida bilimga ega bo‘ladi, oldinga surilgan nazariy g‘oyani to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi haqida amaliyotda tekshirib xulosa chiqarish bo‘yicha ko‘nikma va malaka hosil qiladilar. O‘quvchilar har qanday yangi texnik ob’ektni yaratish jarayonida mustaqil organik jihatdan o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan bosqichlardan iborat. Bu texnik ijodkorligida mantiqiy strukturali bosqich hisoblanadi. 1-bosqich, maktab o‘quvchilari faol ravishda mavjud bo‘lgan texnik ob’ektning mohiyatini tushunishga harakat qiladi; 2-bosqich, bu o‘quvchilarni ma’lum texnik ob’ekt tuzilishining texnik g‘oyasi sodir bo‘lishi bilan boshlanadi; 3-bosqich, yangi bo‘lajak texnik tuzilishning (ideal xolatda) modeli ishlab chiqiladi; 4-bosqich, loyihalash, yosh texnik fikrga kelgan ob’ektning mazmuni va shaklini keltiradi; 5-bosqich, harakatdagi modelni qurish va sinash; 6-bosqich, qurilmaning real namunasini yaratish va aslini tajribadan o‘tkazish; 7-bosqich, texnik h ujjatlarni yaratish. Texnik konstruksiyalash va modellashtirishda sinab k o‘ rish mu h im bosqich h isoblanadi.

Chunki talabalar tomonidan tayyorlangan xar bir topshiriqning (modelning) qancha puxta va sifatli hamda barcha texnik va texnologik talablarga javob berishining baholash mezoni bu sinab ko‘rish jarayonidir. Modellarni tayyorlash asosan uch bosqichda amalga oshiriladi: 1. texnik xujjatlarni tayyorlash 2. yasash 3. sinab ko‘rish. Bundan sinab ko‘rish jarayoni o’quv jarayonida barcha bosqichlardek bir xilda qaraladi. Ishlab chiqarish jarayonida esa sinab ko‘rish asosiy bosqich hisoblanadi, chunki bu jarayonda tayyorlangan mashinaning qanchalik ishonchligi, puxtaligiga ishonch hosil qilinadi. Mashg`ulotlarda konstruksiyalash bo`yicha talabalar tayyorlangan xar qanday ob’yekt qo‘yilgan texnik talablarga muvofiqlashtirilishi lozim. Model yoki asbobning uzellari va detallari oxirgi sozlash hamda rostlashdan keyin ularni ishlatib sinab ko‘rish zarur. Bajarilgan ishlarga baxo qo‘yishda quyidagi talablarni hisobga olish kerak: A) Fan-texnikaga doir tegishli xajmdagi bilimlarni va ulardan amaliy faoliyat jarayonida foydalanish ko`nikmalarini o‘zlashtirish; B) ishning sifati, xajmi va va q t normasining bajarilishi; V) q ilinadigan ishni planlashtirish va ish o‘ rnini tashkil etish. G) mehnat usullarini t o‘g‘ ri bajarish ko`nikmasini hamda ish va kontrol ulchov asboblaridan foydalanish. D) texnik va ma’lumotli adabiyotlardan foydalana olish va buyumni tayyorlashning texnologik jarayoniga muvofi q ishlash. E) mehnat intizomiga rioya qilish va ishda musta q illik k o‘ rsatish. J) ish o‘ rnida sanitariya-gigiyena normalariga rioya qilish. Talabalar modellar sinab k o‘ rish jarayonida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar yoritadi. Modellashtirish va modelli- texnik tajriba . Har xil turdagi texnik ob’ektlarning modeli tajriba tekshiruvchi o‘quvchilarning bilish faoliyatini