Modellashtirish va modellar
Modellashtirish va modellar REJA 1. Ma’lumotlarning rastr modeli . 2. Ruxsat etilish darajasi 3. Vektor modellar .
Yuqorida bayon qilingan ma’lumotlar asosida endi siz bilasizki, GAT tarkibida ma’lumotlar - rastr yoki vektor tavsifda ifodalanishi mumkin, bunda vektor tavsifda ifodalash tarkibida topologik tavsiflar mavjud bo„lishi yoki mavjud bo„lmasligi ham mumkin. Bu barcha modellar o„zaro aloqadorlikda qayta o„zgartiriladi. Bundan tashqari, qayd qilish kerakki, ya’ni grafik maydonlar va uch o„lchamli ob’ektlarni aks ettirish uchun, GRID va TIN- modellardan foydalaniladi. Vektor va rastr tasvirlar o„rtasida aynan, GAT uchun xos bo„lgan sezilarli darajada farqlanishlar mavjud hisoblanadi. Jumladan, rastr modellarda ma’lumotlar maydoni aks ettiriladi, ya’ni maydonga oid tavsifga (uzluksizlik) ega hisoblanadi. GAT tarkibida vektor modellar o„z navbatida, ob’ektlarni ifodalab beradi, ya’ni ob’ektlarga oid (joylashgan) tavsifga ega ma’lumotlardan tuzib chiqiladi. Ma’lumotlarning rastr modeli . Rastr model - bu makonga tegishli ob’ektlarning atribut qiymatlari berilgan, rastr kachakchalari (piksellar) umumiy yig„indisi ko„rinishida ifodalanishi hisoblanadi. Rastr model tarkibida har bir katakcha (yacheyka) o„lchamiga ko„ra bir xilda bo„lib, biroq ob’ekt yuza uchastkasini ifodalashi nuqtai nazaridan o„zaro farqlanuvchi tavsiflarga ega hisoblanadi. Piksellar to„plami bilan ifodalanuvchi makonga oid ob’ektlarning koordinatalarini belgilab chiqish talab qilingan vaziyatda bu koordinata qiymatlari hisoblab chiqilishi mumkin. Ko„pincha vaziyatlarda rastr formatidagi ma’lumotlarning aniqlik darajasi pikselning eni va balandligi qiymatining yarmisiga teng hisoblanadi. Rastr modellarni ishlab chiqish asosan, yuzaning uzluksizlikda aks ettirilishiga mo„ljallangan. Boshqacha aytganda, agar vektor model u yoki bu ob’ektning qaerda joylashganligini aniqlab bersa, u holda rastr model - ob’ektning hududning u yoki bu nuqtasida joylashganligini aniq ko„rsatib beradi. Rastr va vektor modellarni o„zaro solishtirishga o„tishdan oldin, qayd qilish kerakki, ya’ni vektor modellar ob’ektlarning o„zaro aloqadorlik tavsifidagi bog„liqliklari ustida ishlash uchun nisbatan qulay hisoblanadi. Bundan tashqari, oddiy uslublar, masalan jadval tarkibiga atributlarni kiritish uslubini rastr tizimlarda ham o'zaro bog'liqlikda tashkil qilish qilish mumkin. Rastr modellar uchun bir qator o'ziga xos farqlanuvchi xususiyatlar xos hisoblanadi: jumladan, ruxsat etilish darajasi, mo ‘ljal olish, qiymatlar, zanalar qayd qilinadi.
Ruxsat etilish darajasi - bu bitta piksel orqali ifodalanuvchi er yuzasi uchastkasining (yuza) eng kichik, minimal chiziqli o'lchami hisoblanadi. Odatda, piksel to'g'ri to'rtburchak yoki kvadrat shaklda ifodalanadi, kam holatlarda ushbu maqsadlarda olti burchak yoki uchburchaklardan foydalaniladi. Yacheykalarning o'lchamlari nisbatan kichik bo'lgan rast modelning ruxsat etilish darajasining qiymati shunchalik yuqori darajada bo'lishi qayd qilinadi. Yuqori ruxsat etilish darajasi qiymatiga ega bo'lish - bu alohida tarkibiy qismlarning ko'pligi, yacheykalarning ko'p sonda bo'lishi, yacheykalarning minimal o'lchamda bo'lishini ifodalab beradi. Mo‘ljal olish - bu shimolga tomon yo'nalish va rastrning ustunlari o'rtasidagi burchak hisoblanadi. Qiymat - bu rastr yacheykasi tarkibida saqlanuvchi atribut qiymatini ifodalaydi. Zona - bir xil qiymatga ega bo'lgan rastrning barcha yacheykalarini ifodalaydi. Zona alohida ob’ektlar, geologik jismlar, gidrografiya elementlari va hakozolardan tashkil topgan bo'lishi mumkin. Bir xildagi qiymat bilan barcha zonalarni ko'rsatib berish uchun, zonalarning sinflari tushunchasidan foydalaniladi. Tabiiyki, tasvirning barcha qavatlarida ham zonalar mavjud hisoblanmaydi. Zonalarning asosiy tavsiflari - bu ularning qiymatlari va joylashish holati hisoblanadi. Rastr tarkibida uchta tipdagi axborotlardan bittasi mavjud bo'lishi mumkin. Mavzularga oid ma’lumotlar asosida ifodalangan rastr berilgan hududni sifatli aks ettirib beradi, ya’ni berilgan nuqtada yuzaning qanday xossalarga egaligi haqida aniq tasavvurlarni xosil qiladi. Masalan, tog' jinslari uchun mavzularga oid rastr qiymatlari quyidagi ko'rinishda gradatsiyalarga bo'lib chiqilishi mumkin: ya’ni, magmatik, metamorfik va cho'kindi jinslar. Spektral ma’lumotlar berilgan nuqtada ma’lum bir xossaning qanday qiymatda mavjudligini tavsiflab beradi. Misol sifatida, har bir nuqtada ma’lum bir aniq qiymatga ega bo„lgan magnit maydoni yoki margimush (mishyak) konsentratsiyasining miqdorini variatsiyalashni ko„rsatib o'tish mumkin. Nihoyat, oddiy fotografik tavsirlar, skanerlangan xaritalar va boshqa grafik ma’lumotlar faqat vizual axborotlar sifatida o„rin tutishi mumkin. Rastr modellar quyidagi aflalliklarga ega hisoblanadi. Jumladan, rastr modellar juda oddiy tuzilishga ega bo„lib, bunda ma’lumotlar jadval ustunlari va satrlari ko„rinishida joylashtirilgan raqamlar
(sonlar) to„plami shaklida ifodalanadi. Bu ko„rinishdagi ma’lumotlar dasturlash jarayonida yaxshi foydalaniladi. Rastr ma’lumotlar barcha mavjud bo„lgan GAT tarkibida tahlillarni amalga oshirish uchun foydalanishga qulay hisoblanadi. Shuningdek, ko„pgina rastr geoaxborot tizimlari vektor ma’lumotlarni ham qayta ishlash imkonini beradi. Vektor modellar bilan ishlashga mo„ljallangan GAT tarkibida rastr axborotlarni tahlil qilish jarayonini amalga oshirish nisbatan sezilarli darajada murakkab tavsifga ega hisoblanadi. Nihoyat, rasterizatsiya (ya’ni, vektor ma’lumotlarn rastr ma’lumotlar shakliga o„tkazish) jarayoni vektorizatsiya jarayoniga nisbatan, algoritmlar nuqtai nazaridan ancha oson hisoblanadi, ya’ni vektorizatsiya jarayonida ekspert echimlardan foydalanish talab qilinadi. Ko„pincha holatlarda rastr modellar Erni masofadan turib o„rganish yo„nalishida olingan aerokosmik tavsirlarni qayta ishlash sharoitida foydalaniladi. Vektor modellar . Vektor format haqidagi tushunchalar chiziqli tavsifga ega bo„lgan ob’ektlarning xosil qiluvchi nuqtalar to„plami ko„rinishida ifodalanishi bilan bog„liq hisoblanadi: ya’ni, bunda har qanday hoxlagan egri chiziq berilgan aniqlik darajasida, ushbu nuqtalarni o„zaro tutashtiruvchi to'g'ri chiziqlar kesmalari (yoki vektorlar) yig„indisi yordamida tavsiflanishi mumkin. Shunday qilib, vektor GAT uchun poydevor sifatidagi (fundamental) tushuncha sifatida - bitta yoki bir nechta kesmalar yordamida tuzib chiqiluvchi balandlik (nuqta) va yoy shaklida chiziq hisoblanadi. Maydonga ega bo„lgan ob’ektlar (poligonlar) yoylar to„plami orqali ifodalanadi. Bunda har bir yoy kesmasi ikkita poligon o„rtasining chegarasi sifatida o„rin tutishi mumkin. GAT tarkibida ishlash uchun, rastr modellar bilan solishtirilganda, nisbatan vektor model o„ziga ko„proq darajada jalb qiluvchi tavsifga ega bo„lgan bir qator farqlanuvchi xususiyatlarga ega hisoblanadi. Jumladan, vektor model qavatlarni har qanday hoxlagan ketma- ketlik tartibida, turli xil ob’ektlar bilan birgalikda joylashtirib chiqish imkonini beradi. Vektor model nomlanishlar yoki identifikator bo„yicha ob’ektlarga ihtiyoriy tarzda kirib borish imkonini beradi. Bu ko„rinishdagi shaklga ega bo„lish ob’ektlar ustida operatsiyalarni amalga oshirishni osonlashtiradi: jumladan, ob’ektlarni xossalari bo„yicha tanlab olish, tahlil qilish, shartli belgilashlarni almashtirish va hakozo turdagi ishlar nisbatan oson amalga oshiriladi. Vektor model aniqlik darajasi bo„yicha ham sezilarli
ustunliklarga ega hisoblanadi. Hisoblashlar uchun foydalaniluvchi ko„pgina grafik ilovalar faqat vektor fayllar bilan ish bajaradi, ya’ni bu ko„rinishdagi texnologiyadan foydalanish nisbatan yuqori samaradorlikka ega hisoblanadi. Vektor tasvirlarni buzilishlarsiz holatda, har qanday hoxlagan masshtabda ko„rsatish imkoni mavjud hisoblanadi bunda ekranda ko„rsatish davomida foydalaniluvchi dastur har bir ob’ektning matematik jihatdan tavsiflanishini amalga oshirishi funksiyasidan foydalanib, har doim ekranda tasvirni optimal darajada aks ettirish imkonini beruvchi qiymatda piksellarning joylashish holati va rangi hisoblab chiqilishi mumkin. Shuningdek, vektor modellarda rastr ma’lumotlarda axborotlarni aks etirishda o„xshashi mavjud bo„lmagan ko„rsatish rejimlari mavjud hisoblanadi - masalan, yuzani sinch ko„rinishida ko„rsatish imkoni mavjud hisoblanadi. Vektor modellarda diskret ma’lumotlar to„plami (chiziqlar, poligonlar) yordamida uzluksizlik tavsifiga ega bo„lgan ob’ektlar yoki hodisalarni aks ettirish mumkin. O„z navbatida, ushbu holatda vektor diskretizatsiya haqida fikr bildirish mumkin. Bunda vektor tavsifda aks ettirish rastr modellarga nisbatan solishtirilganda, nisbatan katta o„lchamlarga ega bo„lgan makon bo„ylab o„zgaruvchanlikni ifodalash imkonini beradi va bu holatda chegaralarning nisbatan yuqori darajada aks ettirilishi qayd qilinadi. Nihoyat, kompyuter xotirasida saqlash davomida vektor ob’ektlar nisbatan kam hajmni egallaydi (rastr ma’lumotlarga nisbatan 100-1000 martacha kam), Shuningdek bu shakldagi ma’lumotlar osonlik bilan tahrirlanadi, masshtablari osonlik bilan o„zgartiriladi va buzilishlarsiz transformatsiyalanadi. Vektor modellarda topologiya . Vektor modellarning asosiy ikkita turi mavjud hisoblanadi: ya’ni, topologik va topologik bo ‘Imagan vektor modellar. Topologik bo ‘Imagan vektor model - bu makonga oid ma’lumotlarni faqat ob’ektlarning geometriyasini tavsiflash orqali aks ettirish hisoblanadi (sheyp- fayllar). Topologik model - bu makonga oid ma’lumotlarni ob’ektlarning geometriyasini va Shuningdek, ularning o„zaro aloqadorliklarini (ArcInfo qoplamlari, geo-ma’lumotlar bazalari) ham hisobga oluvchi shaklda ifodalash hisoblanadi. Kartografiyada tamoyil jihatidan topologik makonlar ustida ish olib boriladi va ushbu holatni aylanib o'tishning nafaqat hech qanday zarurati, balki iloji ham mavjud emas. Boshqacha aytganda, xaritada tasvirlar tamoyil