Dunyo xalqlari klassifikatsiyasi
Dunyo xalqlari klassifikatsiyasi Reja 1. Xalqlarni soniga ko’ra, hududiy joylashuviga qarab, ijtimoiy – xo’jalik jihatdan, va lingvistik klassifikatsiyasi. 2. Dunyo mamlakatlarining milliy-etnik , til (lingvistik) , diniy tarkibi to’g’risida umumiy tushunchalar . 3. Foydalanilgan adabiyotlar ro yxati.ʻ
Dunyo aholisi juda ko’p etnik birliklardan tarkib topgan. Sayyoramizda 200 dan ortiq millat va Elatlar mavjud. Xalqlarni o’rganish uchun ularni ma’lum xususiyatlariga qarab klassifkatsiyalash, guruhlarga ajratish mumkin. Xalqlarni har xil xususiyatlari va ko’rsatkichlariga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi: 1. Dunyo aholisini soniga ko’ra klassifikatsiyalash. V.V.Pokshishevskiy xalqlarni soniga ko’ra quyidagi guruhlarga ajratgan: -100 mln. kishidan ortiq xalqlar (xitoylar, Amerikaliklar, ruslar, hindlar, yaponlar); -50 mln. dan ortiq 100 mln. gacha bo’lgan xalqlar (braziliyaliklar, nemislar, bengallar, italyanlar, biharliklar); -10 mln.dan 50 mln.gacha bo’lgan xalqlar; -1 mln.dan 10 mln. gacha bo’lgan xalqlar; -1 mln.dan kam bo’lgan xalqlar. 2. Xalqlarni hududiy joylashuviga ko’ra guruhlashtirish. Har bir xalq o’ztning etnik hududiga ega bo’ladi, ana shu hududda u moddiy va ma’naviy madaniyatini yaratadi, tabiatdan foydalanishning o’ziga xos usullarini ishlab chiqadi va h.k. Hududiy jihatdan yaqin bo’lgan va uzoq davrlar mobaynida bir-biri bilan mustahkam aloqa qilib yashagan xalqlarda xo’jalik yuritish shakllari, turmush, madaniyat va din odatda bir-biriga o’xshash va ayrim hollarda bir xil bo’ladi. Mana shu belgi va hususiyatlari jihatdan o’xshash bo’lgan hududlar – tarixiy-etnografik oblastlar deb ataladi. Ular bir necha hududlardan iborat: 1. G’arbiy Evropa 2. O’rta Osiyo 3. Lotin Amerikasi 4. Okeaniya. 3. Xalqlarni ijtimoiy – xo’jalik jihatdan guruhlashtirish. Ko’proq tarixiy harakterga ega. Chunki, bu tipga kiruvchi «dehqon xalqlar», «chorvador xalqlar», «ovchi xalqlar» tushunchalari asosan o’tmish davrlarga xos bo’lib, hozir o’z ahamiyatini yo’qotib bormoqda. 4. Xalqlarni lingvistik guruhlashtirish. Xalqlarni tiliga qarab guruhlarga
ajratishda bir-biriga yaqin bo’lgan qardosh tillar oilalarga birlashtiriladi, ular esa, o’z navbatida tarmoqlarga ajratiladi. Lingvistik guruhlashtirish – xalqlarni tiliga qarab guruhlarga ajratishda bir- biriga yaqin bo’lgan qardosh tillar oilalarga birlashtiriladi, ular esa o’z navbatida guruhlarga yoki tarmoqlarga ajratiladi. Dunyo xalqlarini lingvistik jihatdan quyidagi til oilalariga birlashtiriladi: 1. Hind-Evropa oilasi. AQSh hududlarida, Karib dengizi havzasida, Meksika, Venesuellada, Kolumbiyaning Shimoli-Sharqida, Peru, Chili, Argentina, Braziliyaning janubi-g’arbida, Hindiston, Pokiston, Gayana, Sharqiy Evropa, Afg’oniston, Eron, Avtraliyaning Janubi-g’arbida, Evropaning katta qismi, Shimoliy va Janubiy Amerika, Shimoliy Hindiston xalqlari, jami 2,5 mlrd. bo’lgan 150 mln. xalq so’zlashadi. 1. Hind -E vropa oilasi. 2. Afrosiyo oilasi. 3. Kartv e l oilasi. 4. Dravid oilasi. 5. Ural-Yukagir oilasi. 6. E skimos – Alvut oilasi. 7. Oltoy oilasi. 8. Nivxlar oilasi. 9. Chukotka – Kamchatka oilasi. 10. Niger – Nardofan oilasi. 11. Nil-Sahroi Kabir oilasi. 12. Koison oilasi. 13. Basklar oilasi. 14. Burishlar oilasi. 16. Xettlar oilasiga Rossiyaning shimoliyadagi xalqlar kiradi. 17. Santibet oilasi. 18. Avstro-osiyo oilasi (Vetnam, Kombadja hudularida). 19. Haratay oilasiga Laos, Tailand, Vetnam davlatining shimoli, qisman Myanma
davlatlarida yashovchi xalqlar kiradi. 20. Mayya-Yava oilasi – Laosning shimoliy qismi, qisman Xitoyda, Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyo, Tibet, Laos, Birma xalqlari. 21. Avtsroneziya oilasi. 22. Papuas oilasi – Yangi Gvineya, Timor orollari hududlaridagi xalqlar. 23. Avtraliya oilasi – Avstraliya markazidagi xalqlar. 24. Nadene oilasi (Kanada, AQSh davlatlari). 25. Shimoliy Amerika oilasi – Kanada. Meksikaning sharq iva Gvatemaladagi xaqlar. 26. Markaziy Amerika oilasi (Meksika, AQSh). 27. Chibchapaes oilasi (Panama, Gonduras, Gayana). 28. And oilasi (Chili). 29. Ekvatorial Tukanaon oilasi – Bariziliya, Boliviya, Kolumbiyaning janubi, Paragvay, Argentinaning shimolidagi xalqlar. 30. Jepano-Karib oilasi – Braziliya, Venesuellaning janubiy qismi, Peruning sharqidagi xaqlar. 2 -asosiy savol bayoni: Y irik xalqlar – Er yuzidagi soni 100 mln dan oshgan xalqlar. Til oilalari – etnik jihatdan kelib chiqishi bir bo’lgan tillarni birlashtiruvchi tushuncha . J ahon tillari – Dunyo xalqlari tomonidan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarda keng ishlatiladigan tillar. Davlat tili – muayyan davlatning barcha siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlar uchun qabul qilgan rasmiy tili. Diniy tarkib – aholi o’rtasidagi kishilarning diniy e’tiqodga mansubligini ifodalovchi miqdor. Jahon dinlari – Er yuzida geografik jihatdan keng tarqalgan va ko’pchilik aholi e’tiqod qiluvchi dinlar. Milliy dinlar – muayyan davlatda istiqomat qiluvchi xalqning tarixiy rivojlanishi davomida shakllangan din. Mazhablar – muayyan din tarkibida turli siyosiy, ijtimoiy maqsadlarda vujudga keluvchi oqim. Ayrim mamlakatlar va dunyo aholisining milliy tarkibini aniqlash murakkab ishdir. Bu ishning murakkabligi shundaki, xalqlarning ro’yxatini tuzishda turli
davlatlar hududida yashovchi xalqlarning qaysi kategoriyaga tegishli, ya’ni alohida millatmi yoki biror millatning tarkibiga kiruvchi guruhmi ekanligini aniqlash zaruriyati tug’iladi. Turli etnografik guruhlar o’z yashash tarzi, urf-odatlari bilan biror millatga o’xshamagni holda tili hududdagi biror millatga o’xshash bo’lishi mumkin. Dunyo xalqlari haqida aniq tasavvur faqat dunyo mamlakatlarida aholi ro’yxatlari o’tkazilganidan so’ng hosil bo’ladi. Milliy tarkibni aniqlashda turli davlatlarda millat yoki, xalq tushunchalari o’rtasidagi tafovutdir. Masalan ingliz, frantsuz va ispan terminologiyasida “millat” tushunchasi “davlat” tushunchasi bilan bir xil talqin qilinadi, “millatga tegishlilik” tushunchasi esa “fuqarolik” tushunchasi bilan bir xildir. XX asrning ikkinchi yarmigacha Evropa davlatlari tomonidan mustamlaka qilingan bir qancha Osiyo va Afrika mamlakatlarida turli qabilalarning birlashuv jarayoni to’xtab qolgan edi. Ayni vaqtda mustaqil davlatlarda milliy birlashuv – etnik integratsiya jarayoni jadal kechmoqda. Xalqlarning rivojlanishi tarixiy – ijtimoiy hodisadir. Har bir xalq (etnos) o’z shakllanish tarixida bir qancha bosqichlarni bosib o’tgan. Etnik jarayonlar turli xalqlarning tarixida alohida o’rin egallaydi. Masalan: o’zbek millatining shakllanishi tarixini ayni bir davrdan boshlab bo’lmaydi, chunki hozirgi O’zbekiston hududida ming yillar davomida til, turmush tarzi, urf-odati va hatto dini jihatidan farq qiluvchi etnoslar va qabilalarning assimilyatsiya jarayoni kechgan. Turli bosqinchilik urushlari bu jarayonni tezlashtirdi va rang-baranglik baxsh etdi. 3-jadval. Dunyoda eng ko’p tarqalgan xalqlar va tillar (2001 yil) № Dunyodagi eng yirik xalqlar Soni (mln kishi ) Dunyodagi eng ko’p tarqalgan tillar Shu tilda so’zlashuv chi aholi (mln kishi) Aholisi eng ko’p davlatlar Soni (mln kishi) 1 Xitoylar 1100 xitoy 1100 Xitoy 1200 2 H indistonliklar 220 ingliz 350 Hindiston 855