MIKRONEZIYA XALQLARI.
MIKRONEZIYA XALQLARI. Reja. 1. Karolin orollari aholisi tarixiy antropologiyasi. 2. Marshall orollari aholisi tarixiy antropologiyasi. 3. Gilbert orollari aholisi tarixiy antropologiyasi.
Karolin, Marshall, Gilbert orollari aholisi . Mikroneziyaning markaziy va sharqiy hududlarida Ponape, Truk va Kusayelardan tashqari barcha orollar chig‘anoqlardan tashkil topib o‘simlik hamda hayvonot dunyosi boy emas. Aholisi yuzlab, ba’zida minglab qilometr uzoqlikda joylashgan orollarda yashagan. O.Kotsebuning yozishicha ilgari Karolin orollari aholisi guamliklar bilan savdo aloqalarida bo‘lganlar, yevropaliklar mustamlakalash boshlangandan so‘ng bunday sayoxatlar tuxtagan. Dengizchilar yo‘lda yulduzlarga qarab suzishgan. Gilbert orolidan bo‘lgan qariya dengizchi 178 ta yulduz va yulduzlar turkumini nomma — nom, joylashishi xasida gapirib bergan. Orollarda dexqonchilik yaxshi rivojlangan. Ayrim joylarda: taro, yams, batat yetishtirilsa, ba’zi orollarda: banan, non daraxti, pandanus va kokos yongoklari o‘simlik ozuklarining asosini tashkil qiladi. Mevali daraxtlarni parvarishlash asosan erkaqlarning ishi bo‘lib, ayollar yerga ishlov berishda ishtiroq etmaganlar. Asosiy ko‘pchilik orollarda baliq ovlash aholining asosiy mashg‘uloti bo‘lgan. Ovni qayiqlarda, uzunligi 30 — 40 metrli turlar yordamida yil davomida olib borishgan. Baliqni: kovurib, dimlab va hatto xomligicha yeyishgan. Uy hayvonlari deyarli bo‘lmagan. Mikroneziya orollarida tovuqni bog‘lab qo‘yib boqishgan va patlaridan bezakda foydalanishgan. Latke Ponape va Lugunor orollarida yarim yovvoyi itlarni ko‘rganligini yozgan. To‘quv dastgoxidan faqat, Karolin orollarida foydalanishgan. U gorizontal (yoti q ) kurinishda bo‘lgan. Karolin orollarida pul sifatida chig‘anoqlarni turli navlarini ishlatishgan. Tosh bo‘lmaganidan chig‘anoqlardan boltalar tigini (ba’zida 50sm.gacha) yasaganlar. Pichoqlar ham chig‘anoqlardan qilingan. Karolin, Marshall va Gilbert orollarida rejasi b o‘ yicha to‘rtburchaqli, lekin devorsiz uylar ko‘rganlar. Ikki tomonlama tom, ustunlarda o‘ rnatilgan, 2,5 — 3 metr balandlikda qurilgan shipda buyumlar saqlangan, ba’zida shu joyda uxlashgan, unga yog‘ochdan yasalgan narvonda chiqishgan. Ko‘pincha yerda yotib uxlayverganlar, issiq iqlim hatto devorlarga ham extiyoj tug‘ dirmagan. Marshall orollarida uylar yakkam —dukkam joylashgan bo‘lsa, Gilbertda b u tun — bo‘tun qishloqlar uchraydi. Orollarda katta jamoa uylari ham mavjud. Kiyimlar
ko‘p emas, tapani bilishmagan. Beliga belbog‘chalar, quloklariga esa sirgalar gakishgan. Tatuirovka keng q o‘ llanilgan, sharqka tomon uning ahamiyati oshib borgan. Tatuirovka diniy tasavurlar bilan bog‘liq bo‘lgan. Mikroneziyaning sharqida qadimgi yog‘ochdan yasalgan nayza va qilichlar uchraydi. Qilichga skat baligining o‘tkir tishlari mustaxkamlangan. Gilbert orolida kokosning qattiq tolalaridan kalqon, sovo‘t yasalgan. Ijtimoiy t u zum . Mikroneziyaning markaziy va sharqiy hududlarida hozirga qadar zodagonlar va oddiy aholi toifalari mavjud. Marshall orollarida zodagonlar id’irik va yerodya ona urug‘lariga mansubdir. Zodagonlar Marshall orollarida ham jismoniy mehnat bilan shug‘ullanmaydilar. Ular va q tlarini asosan bekorchilikda maishatda o‘tkazganlar. Sarkorlar yerning yagona egalari bo‘lib ekin maydonlari ularning boyliklari hisoblangan. Sarkor vafot et s a yer uning ukasiga, ukasi bo‘lmasa singlisiga o‘tgan. Kayurlar oddiy aholi dalalarda yanvardan iyulga qadar etishtirilgan hosillari sarkorlarga kolgan olti oydagisi o‘zlariga tekkan. Ekin maydonlarining kamligi esa aholining sarkorlarga qaramligini yanada kuchaytirgan. Xususan sarkor kayurdan har q anday buyumni talab qilib olishga xavdi bo‘lgan. U o‘z qo‘li ostidagi har qanday qiz yoki ayolni ixtiyor qilishi, birinchi nikoh kechasiga, qizlarga turmushga chiqishga ta’qiq qo‘yish huquqiga ega edi. Aholi esa unumli yerdan xaydalishdan qo‘ rkib sarkorga karshi chiqa olmagan. Erdlandning xabar berishicha sarkor fukaroga o‘lim jazosi chiqarish huquqiga ham ega bo‘lgan. Ayrim mualliflar Gilbert orollaridagi "Kaungo" — qullar haqida ma’lumot beradilar. Kaungolarda yer bo‘lmay yirik yer egalarinikida yashab mehnat qilishgan., yetishtirgan maxsulotlaridan faqat iste’mollari uchun ajratilib kolgani xujayinga o‘tgan. Kaungolar o‘z toifalari doirasidagina nikohda bo‘lishlari mumkin edi. Qulchilikning shunga o‘xshash turi Nauru orolida ham paydo bo‘lgan.
Karolin orollarida yirik sarkorlar katta ekin maydonlariga egalik qilib — tomol deb nomlanishgan. Ularga qo‘yi bosqich kichik sarkorlari buysunishgan. Tomol vafot etea hokimiyat sarkorlar yigani tanlagan ukasi yoki yak in qarindoshiga o‘tgan. Demak, ma’lum oila doirasida bo‘lsada tomol lavozimidagi shax sga oylab qo‘yilgan. Kotsebuning sayo h atlari paytida (1817 — 24) Marshall arxipelagi sharqidagi Ratak orollarini kuchli sarkor L am ari boshqargan. U boshqa orollar sarkorlarini o‘ ldirib o‘zini bosh tomol deb e’lon qilgan edi. Lekin Mikroneziyaning sharqida ko‘p hollarda ur ug‘ —jamoa boshqaruvi o‘z ahamiyatini XX asrning o‘ rtalariga qadar saqlab kolgan. Xususan Gilbert arxipelagida 27ta ur ug‘ vaqillari bo‘lib, ular turli orollarda yashaganlar. Uru g‘ tartiblari kuchli bo‘lib bir —birini kurmagan kishilar ham uni tan olganlar. Marshall orollaridagi urug‘lar totem nomlariga ega bo‘lishgan. Ur ug‘ lar ona urug‘i bo‘lib, bolalar onalari ur ug‘ iniki hisoblangan. Qarindoshlik munosobatlari muhim ahamiyat kasb etgan. Marshallda «D o‘ st t u tinish» udumi bo‘lib —dyara, o‘zaro d o‘ stlik munosabatini tanlagan yigitlar yoki qizlar ayrim udumlarni bajarganlar. Dyara ota —onalar xo h ish — irodasi bilan ham to‘zilishi mumkin edi. Dyaralar ismlarini alishganlar, qullarida qon chiqarib, bir — birlarinikini ishkaganlar. Dyaralar aka — ukalardan ham yaqinroq hisoblanganlar. Karolin orollarida ham ona urug‘i munosabatlari saqlanib kolgan. Truk oroli aholisi 40ta ona urug‘i asosidagi — ey na ng ga bo‘linib, ularda nikoh ekzogam k o‘ rinishda bo‘lgan. Ururlarda nikoh munosabatlari muvofiklashtiriladi. Jamiyatning eng kichik yacheykasi onalar uro‘tiga oid yirik oilalarda 30 — 40tagacha kishilar birlashgan. Oila boshli g‘ i yoshi katta, tajribali erkak bo‘lib u xo‘jalik ishlarini boshqargan. Eng keksa ayol oiladagi ayollarning ishlarini boshqargan. Har bir yirik oila o‘z ining ekin maydoniga, umumiy uyiga, katta ucho g‘ i va erka k lar uyiga ega bo‘lgan. Erka k lar uyida yi g‘ inlar o‘tkazilgan. Uylanmagan yigitlar shu joyda uxlaganlar. Meros onalar urug‘i tomonidan koldiriladi. Jiyan otasi emas, tog‘asining merosx o‘ ridir.
Qarindoshlik sistemasi Gavayi orollaridagiga o‘xshash. Marshall orollarida barcha aka —uka, opa — singillar murojat etuvchidan katta bo‘lsa yeiyu; kichik bo‘lsa yatyu deb nomlangan. Ota, tog‘a ularning ukalari — «yema»; ona, hola va ularning bir korin naridagi singillari— «yimmao», buvi uning singillari — «yibyu» deb nomlangan. Demak , mikroneziyaliklar qarindoshlik tizimi malayyalarnikiga o‘xshash avlodlarni farqlashga asoslangan. Oilada erkak va ayollarning teng huquqliligi mavjud bo‘lganidan, otalar xukmronligi umuman ko‘zatilmaydi. Agar erkak xotinini xakorat qilsa, uning dustlari kelib olib ketishgan. Erka k lar hatto xotini vafosizlik qilgan ta q dirda ham, uni jazolay olmagan, ko‘p bo‘lsa bir necha kun uyga qo‘ymagan holos. Er —xotin ajralgan takdirda bolalar onasi bilan kolishgan. Zodagonlarda ko‘p xotinlik — poligamiya mavjud bo‘lgan. Sarkorlar xotiniga uydan tashqariga chiqish ta’qiqlangan, oddiy kishining zodagonning xotini bilan aloqasi o‘lim jazosi bilan yakunlangan. Shu tariqa Mikroneziyada ikki nikoh tartibi mavjud bo‘lib: zodagonlar uchun poligamiya va undagi ayollarning huquqlari cheklanadi, boshqasida esa oddiy jamoa a’zolari nikoh munosabatlaridagi ayollarning erkinligi va mustaqilligi kuzatiladi.