logo

AVSTRALIYA VA OKEANIYA XALQLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

21.0400390625 KB
AVSTRALIYA  VA  OKEANIYA  XALQLARI
Reja:
 1. Avstraliya va Tasmaniya xalqlari
 2. Okeaniya xalqlarining tarixiy - etnologik tavsifi 1. Avstraliya va Tasmaniya xalqlari
    Avstraliya   (lotincha   australis-   janubiy)   –   janubiy   yarim   sharda
joylashgan   materik   hisoblanadi.   Avstraliya   shimoldan   janubga   York   burni
bilan   janubiy-g‘arbiy   burun   janubiy   kengliklar   oralig‘ida   3200   kmga,
g‘arbdan sharqqa 4100 kmga, Stip-Poyit burni va Bayron burunlari oralig‘ida
cho‘zilgan.   Maydoni   –   7682   kv.km.   (Tasmaniya,   Kenguru,   Melvill   orollari
bilan birga 7707.5 kv.km ga yaqin.). 2014 yil 18 yanvardagi ma’lumotlarga
ko‘ra,  qit’ada aholisi  23 mln 468   874 kishidan iborat bo‘lib, ularning asosiy
qismi sharqiy qirg‘oq bo‘ylaridagi shaharlarda yashaydi.
Avstraliyaning   davlat   ramzida   kenguri   va   tuyaqush   tasviri   aks   etgan.
Aynan   mazkur   hayvonlarni   gerbda   aks   ettirilishining   ikki   sababi   bor.
Birinchidan, bu jonzotlar Avsraliya faunasida keng tarqalgan jonzotlar bo‘lsa,
ikkinchidan,   na   tuyaqush   va   na   kenguri   orqaga   qarab   yurmaydi.   Bu   esa
mazkur mamlakatni doimo olg‘a yurishini ramziy aks ettiradi.
Avstraliya   materiklar   ichida   eng   kichigi   bo‘lib,   Janubiy   tropik   chizig‘i
materikning   deyarli   o‘rtasidan   kesib   o‘tadi.   Materikni   g‘arb,   shimol   va
janubdan   Hind   okeani,   sharqda   Tinch   okeani   dengizlari   o‘rab   turadi.
Qirg‘oqlari unchalik egri –bugri emas, shimolda Kartentariya, janubda Katta
Avstraliya   qo‘ltig‘lari   mavjud.   Katta   yarim   orollari-   Arnemlend   va   Keyp-
York. Tasmaniya orolinini Avstraliyadan kengligi 224 km li bo‘g‘ozi ajratib
turadi. Avstraliyaning shimolida yirik orollardan Yangi Gvineya joylashgan.
Avstraliyaning   sharqiy   sohili   bo‘ylab   behisob   marjon   orollaridan   tashkil
topgan Katta to‘siq rifi 2300 km masofaga cho‘zilib yotadi. XVII asrgacha bu
hududdagi aborigenlar ibtidoiy jamoa tuzumi sharoitida yashashgan. 
Avstraliya   haqidagi   dastlabki   noaniq   ma’lumotlar   yevropaliklarga
portugal dengizchilari orqali XVI  asrda yetib kelgan. Ammo Avstraliyaning
shimoliy   qismlarini   ba’zi   bir   indonez   qabilalari   qadimdan   bilishgan   bo‘lsa kerak. Avstraliyani 1606 yilda gollandiyalik Yanszon kashf qilgan va Yangi
Gollandiya   deb   atagan.   Bir   necha   oydan   so‘ng   ispaniyalik   L.Torres
Avstraliyaning Keyp-York yarim oroli shimolidagi bo‘g‘ozdan suzib o‘tgan.
Bu bo‘g‘oz keyinchalik uning nomiga qo‘yilgan. Yava oroliga qatnab turgan
golland   dengizchilari   1640   yilda   materikning   g‘arbiy,   qisman   shimoliy   va
janubiy   sohillarini   kashf   qilganlar.   1642   yilda   A.Tasman   Avstraliyadan
janubroqda   suzib,   Tasmaniya   orolini   topdi   va   materikni   Antraktidadan
uzoqda joylashganligini isbotlagan. J.Kun 1770 yilda Avstraliyaning sharqiy
sohillarini   kashf   etdi   va   uni   Yangi   Janubiy   Uels   deb   atadi.1788   yildan
Angliya hududi deb e’lon qilingan. M.Flinders va N.Boden tadqiqotlari bilan
Avstraliya janubiy sohillarining kashf etilishi nihoyasiga yetgan. M.Flinders
materikni   Avstraliya   (“Janubiy   yer”)   deb   atagan   va   XIX   asrdan   shu   nom
bilan atala boshlaydi.
Avstraliyaning   ichki   qismi   yevropaliklarning   chorva   mollari   uchun
yaylov   va   cho‘l   qidirish   maqsadlarida   o‘rganilgan.   Ko‘plab   geografik
tadqiqotlar   natijasida   butun   Avstraliyaning   tabiat   boyliklari   asosan
o‘rganilishi qit’a xo‘jaligini tez o‘zlashtirilishiga olib keldi. 
Avstraliya   bugungi   kunda   dunyo   bo‘yicha   eng   rivojlangan
mamlakatlardan   biri   bo‘lib,   jahon   mamlakatlari   orasida   iqtisodiyotiga   ko‘ra
13-o‘rinni,   aholi   soniga   ko‘ra   yalpi   ishlab   chiqarish   bo‘yicha   6-o‘rinni
egallagan.   Mazkur   mamlakat   insoniyat   imkoniyatlari   rivojlanishi   indeksi
bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda bo‘lib, aholi salomatligi, erkin iqtisodiyot,
fuqoralar erkinligi va siyosiy huquqlarni himoya qilish bo‘yicha ham dunyo
reytingida   eng   oldingi   o‘rinda   turuvchi   mamlakatlardan   biri   sanaladi.
Avstraliya qator xalqar tashkilotlar va bloklarga ham a’zo davlat hisoblanadi.
Chunonchi,   Avstraliya   BMT,   G20,   JST(Jahon   savdo   tashkiloti),   Milatlar
hamkorligi,   Tinch   okeani   orollari   Forumi   kabi   xalqaro   tashkilotlarga   a’zo
hisoblanadi.   Avstraliya   dunyodagi   aholisi   zich   joylashgan   davlatlar   orasida 50-o‘rinda turadi. Aholining 80 foizga yaqini materikning sharqiy va janubiy-
sharqiy sohillaridagi shaharlarda yashaydi. 
Yashil   qit’aning   hozirgi   aholisini   asosiy   qismi   Britaniya   orolidan
ko‘chib   kelganlarning   avlodlari-   inglizlar,   islandlar,   irlandlar   bo‘lib,   ular
avstraliyaliklar   millatini   tashkil   etadi.   Tub   aholi   va   duragaylar   Avstraliya
aholisining 1,5 %ini tashkil etadi: armanlar, nemislar, greklar, gollandlar va
boshqalar   yashaydi.   Bir   necha   yuz   o‘zbeklar   istiqomat   qiladi.   Rasmiy   tili-
ingliz   tili.   Aholisining   o‘rtacha   zichligi   –   1   kv.km   ga   salkam   2   kishi.
Avstraliya   aborigenlarning   ancha   qismi   mustamlakachilar   tomonidan   qirib
tashlangan. 2006 yilda o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish jarayonida 517200
kishi,   ya’ni   umumiy   aholini   2,5   %   ni   mahalliy   aborigenlar   tashkil   tashkil
qilishi   aniqlangan[(XVIII   asr   oxirida   250-300   ming   bo‘lsa,   1992   yilda   170
mingga   yaqin   edi.).   Qisman   rezirvatsiyalar   deb   e’lon   qilingan   cho‘l
zonalarida   yashaydi.   Avstraliyaliklar   katta   ekvatorial   (negroid-avstraloid)
irqqa   mansub.   Bu   irqdagilar   qora   tanli,   keng   burunli,   yuz   qismi   turtib
chiqqan,   to‘lqinsimon   sochli,   badani   va   yuzi   sertuk.   Ular   500   dan   ortiq
qabilaga   bo‘lingan.   Har   bir   qabila   o‘z   tilida   so‘zlashgan.   Avstriyaliklar
ovchilik,   temirchilik,   baliqchilik   bilan   shug‘ullanishgan.   Avstriyaliklarning
ilk   ajdodlari   Janubi-sharqiy   Osiyodan   (asosan   Indoneziyadan)   taxminan   40
ming yillar ilgari kelib joylashishgan. Ba’zan Avstraliyaning barcha aholisini
avstriyaliklar   deb   atashadi.   Avstraliyaning   asosiy   aholisi,   asosan,   Buyuk
Britaniyadan   ko‘chib   kelganlarning   avlodlari,   ingliz   –avstraliyaliklar   bo‘lib,
ingliz   tilining   avstraliya   shevasida   so‘zlashadi.   Xristian   dinining   kotolik,
presviterian mazhablariga e’tiqod qilishadi. 
Avstraliya tillari –Avstraliya tub aholisining tillari. Papua tili, miriam va
tasman tillari bundan mustasno, to‘la o‘rganilmagan. Tillarning umumiy soni
(dialektlar   o‘rtasidagi   farqning   kattaligidan)   200dan   600   gacha   deb
hisoblanadi.   Avstraliya   tillari   hududiy   belgiga   ko‘ra,   quyidagicha   tasnif qilinadi:   Shimoliy   Kimberlin   tillari   (varora,   kakoyimidir   va   boshqalar);
Janubiy-sharqiy   avstraliya   tillari   (buandiq,   kulin,   kurlam   va   boshqalar);
G‘arbiy Avstraliya tillari (yungar, loritya va boshqalar); markaziy Avstraliya
tillari (parikola, diyeri, aranta va boshqalar) hamda Kviklend va Yangi Uels
tillari. Ularning lug‘at tarkibi boy, ko‘p ma’noli so‘zlar ko‘p. Mahalliy ahaoli
orasida   ko‘pgina   tillar   barham   topgan   yoki   yo‘qolib   bormoqda.   Hozirda   70
ming kishigina mahalliy tillarni biladi.
VI 2. Okeaniya xalqlarining tarixiy-etnik tavsifi
Okeaniya   –   Tinch   okeanining   markaziy   va   g‘arbiy   qismlaridagi   orollar
to‘dasi   iborat   bo‘lib,   uning   tarkibiga   10   mingga   yaqin   aosan   mayda   orollar
kiradi.  Okeaniya  Avstraliya bilan  bir  qit’a  hisoblanadi. Orollarning  umumiy
maydoni   1.26   mln   kv.km.   Shuning   80   foizi   Yangi   Gvineya   va   Yangi
Zelandiya   orollariga   to‘g‘ri   keladi.   Aholisi   35162670   kishini   tashkil
qiladi(2011 yil)
Okeaniyaning   tarixiy   madaniy   rayonlarga   bo‘linishi   uning   geografik
bo‘linishga  mos  bo‘lib,   asosan  3   ta  yirik  viloyatga:   janubi-g‘arbiy   qismdagi
«qora   orollar»   deb   nom   olgan   Melaneziya   (Yangi   Gviniya,   Bismark
arxepelagi,   Solomonov   orollari,   Santa-Krus,   Yangi   Gibridlar,   Yangi
Kaledoniya, Luayota, Fidji va boshqa mayda orollar), Osiyo sohillariga yaqin
mayda orollardan iborat Mikroneziya  (Marians orollari, Karolinsk, Marshall
Gilbert orollari va ikkita ajratilgan — Oshen vaNauru orollari) va  Polineziya
(tarjimasi «ko‘p sonli orollar») uning sharqiy va shimoli-g‘arbidagi bepoyon
Tinch   okeanida   tarqoq   joylashgan     (Tonga,   Saza,   Taita,   Markiz,   Gavay,
Tuamotu,   Tubuai,   Gambye,   Xorn,   Uollis,   Tushu,   Tokelau,   Feniks,   Layn,
Kuka orollari, Pitkern, Pasxi kabi alohida orollar va boshq.) bo‘linadi.
Antropologik   va   lingvistik   jihatdan   ham   polineziyaliklar   Janubiy
Osiyoga borib taqaladi. Ular til va madaniy qiyofasi bilan umumiy xarakterga ega   bo‘lsa-da,   irqiy   jihatdan   negro-avstraloid   va   mongoloidlar
aralashmasidan   tashkil   topgan   o‘ziga   xos   tipdan   iborat.   Malayya-polineziya
til   oilasiga   kirgan   indoneziya   tiliga   yaqin   ekanligi   ham   polineziyaliklarning
vatani   Osiyo   bilan   bog‘liq   degan   fikrni   ma’qullaydi.   Moddiy   va   ma’naviy
madaniyat   belgilarining   ancha   qismi   ham   polineziyaliklarni   Indoneziya   va
Hindi-Xitoy (Malayziya) bilan bog‘laydi.
XVI asrda Okeaniyaga ko‘chib borib borib o‘rnashish jarayonida Tinch
okeanni   o‘zlashtirganlar.   Ularning   tajribasidan   keyinchalik   yevropaliklar
ma’lum   darajada   foydalanganlar.   Okeaniya   orollarining   yevropaliklarga
ma’lum   bo‘lishi   F.Magellan   ekspeditsiyasidan   (1521   y)   boshlandi.   XVI   asr
oxirlarigacha  ispan   va   portugal   dengizchi   sayyohlari   Mikroneziya,  Solomon
va   Melaneziyadagi   boshqa   orollarni   topdilar.   1642-1643   yillarda   A.Tasman
ekspeditsiyasi   Yangi   Zelandiya,   Tonga   va   Fiji   orollarini   tadqiq   qildi.   XVII
asr   oxiri-   XVIII   asr   boshlarida   ingliz   va   fransuz   dengizchi   sayyohlari
Okeaniyaning markaziy va sharqiy qismidagi orollarga yetib boradilar. J.Kuk
tomonidan   Tuomotu,   Tonga,   Yangi   Gebrid,   Yangi   Kaledoniya,   Gavayi
orollari, Kuk  orllari  va boshqalar  kashf  etildi. XIX asrda Okeaniyani tadqiq
qilinishiga I.F.Kruzenlitern, Y.F.Lisyanskiy, F.F.Belinsgauzen, M.P.Lazerev,
O.YE.Kotsebu,   F.P.Litke   va   boshqalar   katta   hissa   qo‘shdilar.   N.N.Mikluxo-
maklay   Okeaniyadagi   Yangi   Gvineya   va   boshqa   orollar   aholisining
antropologiya   va   etnografiyasi,   xo‘jaligi   to‘g‘risida   ma’lum   ma’lumotlar
to‘plagan.
Адабиётлар
The   Cambridge   Encyclopeadia   of   Hunters   and   Gatherers.   Cambridge ,
1999 
Австралия ва Океания : история. экономика, этногенез. М.,1978  Бутинов   Н.   А.   Папуасы     Новой   Гвинеи   (Хозяйство,   общественной
строй) М., 1988.
Кабо   В.Р.   Происхождение   религии:история   проблемы   Канберра:
Алчеринга, 2002.
Кабо   В.Р .     Дорога   в   Австралию:   Воспоминания.   М.:   Восточная
литература, 2008.
Малиновский   Б.   Избранное:   Аргонавты   западной   части   Тихого
океана. М., 2004.
Основы   этнологии:   Учебное   пособие   /   Под   ред.   проф.   В.В.
Пименова. — М.: Изд-во МГУ, 2007.
Пучков П.И. Этнические развитие Австралии М., 1987.
Роуз Ф. Аборигены Австралии. М.,1989.
Салимов   Т.   Австралия   ва   Океания   халқлари   (Ўқув-услубий
қўлланма)  T ., 2003.
Чеслинг У.  Среди кочевников Северной Австралии. М., 1961.
Элькин А.  Коренние население Австралии М., 1962.

AVSTRALIYA VA OKEANIYA XALQLARI Reja: 1. Avstraliya va Tasmaniya xalqlari 2. Okeaniya xalqlarining tarixiy - etnologik tavsifi

1. Avstraliya va Tasmaniya xalqlari Avstraliya (lotincha australis- janubiy) – janubiy yarim sharda joylashgan materik hisoblanadi. Avstraliya shimoldan janubga York burni bilan janubiy-g‘arbiy burun janubiy kengliklar oralig‘ida 3200 kmga, g‘arbdan sharqqa 4100 kmga, Stip-Poyit burni va Bayron burunlari oralig‘ida cho‘zilgan. Maydoni – 7682 kv.km. (Tasmaniya, Kenguru, Melvill orollari bilan birga 7707.5 kv.km ga yaqin.). 2014 yil 18 yanvardagi ma’lumotlarga ko‘ra, qit’ada aholisi 23 mln 468 874 kishidan iborat bo‘lib, ularning asosiy qismi sharqiy qirg‘oq bo‘ylaridagi shaharlarda yashaydi. Avstraliyaning davlat ramzida kenguri va tuyaqush tasviri aks etgan. Aynan mazkur hayvonlarni gerbda aks ettirilishining ikki sababi bor. Birinchidan, bu jonzotlar Avsraliya faunasida keng tarqalgan jonzotlar bo‘lsa, ikkinchidan, na tuyaqush va na kenguri orqaga qarab yurmaydi. Bu esa mazkur mamlakatni doimo olg‘a yurishini ramziy aks ettiradi. Avstraliya materiklar ichida eng kichigi bo‘lib, Janubiy tropik chizig‘i materikning deyarli o‘rtasidan kesib o‘tadi. Materikni g‘arb, shimol va janubdan Hind okeani, sharqda Tinch okeani dengizlari o‘rab turadi. Qirg‘oqlari unchalik egri –bugri emas, shimolda Kartentariya, janubda Katta Avstraliya qo‘ltig‘lari mavjud. Katta yarim orollari- Arnemlend va Keyp- York. Tasmaniya orolinini Avstraliyadan kengligi 224 km li bo‘g‘ozi ajratib turadi. Avstraliyaning shimolida yirik orollardan Yangi Gvineya joylashgan. Avstraliyaning sharqiy sohili bo‘ylab behisob marjon orollaridan tashkil topgan Katta to‘siq rifi 2300 km masofaga cho‘zilib yotadi. XVII asrgacha bu hududdagi aborigenlar ibtidoiy jamoa tuzumi sharoitida yashashgan. Avstraliya haqidagi dastlabki noaniq ma’lumotlar yevropaliklarga portugal dengizchilari orqali XVI asrda yetib kelgan. Ammo Avstraliyaning shimoliy qismlarini ba’zi bir indonez qabilalari qadimdan bilishgan bo‘lsa

kerak. Avstraliyani 1606 yilda gollandiyalik Yanszon kashf qilgan va Yangi Gollandiya deb atagan. Bir necha oydan so‘ng ispaniyalik L.Torres Avstraliyaning Keyp-York yarim oroli shimolidagi bo‘g‘ozdan suzib o‘tgan. Bu bo‘g‘oz keyinchalik uning nomiga qo‘yilgan. Yava oroliga qatnab turgan golland dengizchilari 1640 yilda materikning g‘arbiy, qisman shimoliy va janubiy sohillarini kashf qilganlar. 1642 yilda A.Tasman Avstraliyadan janubroqda suzib, Tasmaniya orolini topdi va materikni Antraktidadan uzoqda joylashganligini isbotlagan. J.Kun 1770 yilda Avstraliyaning sharqiy sohillarini kashf etdi va uni Yangi Janubiy Uels deb atadi.1788 yildan Angliya hududi deb e’lon qilingan. M.Flinders va N.Boden tadqiqotlari bilan Avstraliya janubiy sohillarining kashf etilishi nihoyasiga yetgan. M.Flinders materikni Avstraliya (“Janubiy yer”) deb atagan va XIX asrdan shu nom bilan atala boshlaydi. Avstraliyaning ichki qismi yevropaliklarning chorva mollari uchun yaylov va cho‘l qidirish maqsadlarida o‘rganilgan. Ko‘plab geografik tadqiqotlar natijasida butun Avstraliyaning tabiat boyliklari asosan o‘rganilishi qit’a xo‘jaligini tez o‘zlashtirilishiga olib keldi. Avstraliya bugungi kunda dunyo bo‘yicha eng rivojlangan mamlakatlardan biri bo‘lib, jahon mamlakatlari orasida iqtisodiyotiga ko‘ra 13-o‘rinni, aholi soniga ko‘ra yalpi ishlab chiqarish bo‘yicha 6-o‘rinni egallagan. Mazkur mamlakat insoniyat imkoniyatlari rivojlanishi indeksi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda bo‘lib, aholi salomatligi, erkin iqtisodiyot, fuqoralar erkinligi va siyosiy huquqlarni himoya qilish bo‘yicha ham dunyo reytingida eng oldingi o‘rinda turuvchi mamlakatlardan biri sanaladi. Avstraliya qator xalqar tashkilotlar va bloklarga ham a’zo davlat hisoblanadi. Chunonchi, Avstraliya BMT, G20, JST(Jahon savdo tashkiloti), Milatlar hamkorligi, Tinch okeani orollari Forumi kabi xalqaro tashkilotlarga a’zo hisoblanadi. Avstraliya dunyodagi aholisi zich joylashgan davlatlar orasida

50-o‘rinda turadi. Aholining 80 foizga yaqini materikning sharqiy va janubiy- sharqiy sohillaridagi shaharlarda yashaydi. Yashil qit’aning hozirgi aholisini asosiy qismi Britaniya orolidan ko‘chib kelganlarning avlodlari- inglizlar, islandlar, irlandlar bo‘lib, ular avstraliyaliklar millatini tashkil etadi. Tub aholi va duragaylar Avstraliya aholisining 1,5 %ini tashkil etadi: armanlar, nemislar, greklar, gollandlar va boshqalar yashaydi. Bir necha yuz o‘zbeklar istiqomat qiladi. Rasmiy tili- ingliz tili. Aholisining o‘rtacha zichligi – 1 kv.km ga salkam 2 kishi. Avstraliya aborigenlarning ancha qismi mustamlakachilar tomonidan qirib tashlangan. 2006 yilda o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish jarayonida 517200 kishi, ya’ni umumiy aholini 2,5 % ni mahalliy aborigenlar tashkil tashkil qilishi aniqlangan[(XVIII asr oxirida 250-300 ming bo‘lsa, 1992 yilda 170 mingga yaqin edi.). Qisman rezirvatsiyalar deb e’lon qilingan cho‘l zonalarida yashaydi. Avstraliyaliklar katta ekvatorial (negroid-avstraloid) irqqa mansub. Bu irqdagilar qora tanli, keng burunli, yuz qismi turtib chiqqan, to‘lqinsimon sochli, badani va yuzi sertuk. Ular 500 dan ortiq qabilaga bo‘lingan. Har bir qabila o‘z tilida so‘zlashgan. Avstriyaliklar ovchilik, temirchilik, baliqchilik bilan shug‘ullanishgan. Avstriyaliklarning ilk ajdodlari Janubi-sharqiy Osiyodan (asosan Indoneziyadan) taxminan 40 ming yillar ilgari kelib joylashishgan. Ba’zan Avstraliyaning barcha aholisini avstriyaliklar deb atashadi. Avstraliyaning asosiy aholisi, asosan, Buyuk Britaniyadan ko‘chib kelganlarning avlodlari, ingliz –avstraliyaliklar bo‘lib, ingliz tilining avstraliya shevasida so‘zlashadi. Xristian dinining kotolik, presviterian mazhablariga e’tiqod qilishadi. Avstraliya tillari –Avstraliya tub aholisining tillari. Papua tili, miriam va tasman tillari bundan mustasno, to‘la o‘rganilmagan. Tillarning umumiy soni (dialektlar o‘rtasidagi farqning kattaligidan) 200dan 600 gacha deb hisoblanadi. Avstraliya tillari hududiy belgiga ko‘ra, quyidagicha tasnif

qilinadi: Shimoliy Kimberlin tillari (varora, kakoyimidir va boshqalar); Janubiy-sharqiy avstraliya tillari (buandiq, kulin, kurlam va boshqalar); G‘arbiy Avstraliya tillari (yungar, loritya va boshqalar); markaziy Avstraliya tillari (parikola, diyeri, aranta va boshqalar) hamda Kviklend va Yangi Uels tillari. Ularning lug‘at tarkibi boy, ko‘p ma’noli so‘zlar ko‘p. Mahalliy ahaoli orasida ko‘pgina tillar barham topgan yoki yo‘qolib bormoqda. Hozirda 70 ming kishigina mahalliy tillarni biladi. VI 2. Okeaniya xalqlarining tarixiy-etnik tavsifi Okeaniya – Tinch okeanining markaziy va g‘arbiy qismlaridagi orollar to‘dasi iborat bo‘lib, uning tarkibiga 10 mingga yaqin aosan mayda orollar kiradi. Okeaniya Avstraliya bilan bir qit’a hisoblanadi. Orollarning umumiy maydoni 1.26 mln kv.km. Shuning 80 foizi Yangi Gvineya va Yangi Zelandiya orollariga to‘g‘ri keladi. Aholisi 35162670 kishini tashkil qiladi(2011 yil) Okeaniyaning tarixiy madaniy rayonlarga bo‘linishi uning geografik bo‘linishga mos bo‘lib, asosan 3 ta yirik viloyatga: janubi-g‘arbiy qismdagi «qora orollar» deb nom olgan Melaneziya (Yangi Gviniya, Bismark arxepelagi, Solomonov orollari, Santa-Krus, Yangi Gibridlar, Yangi Kaledoniya, Luayota, Fidji va boshqa mayda orollar), Osiyo sohillariga yaqin mayda orollardan iborat Mikroneziya (Marians orollari, Karolinsk, Marshall Gilbert orollari va ikkita ajratilgan — Oshen vaNauru orollari) va Polineziya (tarjimasi «ko‘p sonli orollar») uning sharqiy va shimoli-g‘arbidagi bepoyon Tinch okeanida tarqoq joylashgan (Tonga, Saza, Taita, Markiz, Gavay, Tuamotu, Tubuai, Gambye, Xorn, Uollis, Tushu, Tokelau, Feniks, Layn, Kuka orollari, Pitkern, Pasxi kabi alohida orollar va boshq.) bo‘linadi. Antropologik va lingvistik jihatdan ham polineziyaliklar Janubiy Osiyoga borib taqaladi. Ular til va madaniy qiyofasi bilan umumiy xarakterga