logo

Dunyo xalqlari klassifikasiyasi. Geografik klassifikasiya. Tarixiy-etnologik viloyatlar. Dunyo xalqlarining antropologik tarkibi. Ho’jalik-madaniy tiplar

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

44.6953125 KB
Mavzu.  Dunyo xalqlari klassifikasiyasi. Geografik klassifikasiya. Tarixiy-
etnologik viloyatlar. Dunyo xalqlarining antropologik tarkibi.  Ho’jalik-
madaniy tiplar
Reja
1. Dunyo aholisining geografik va antropologik klassifikatsiyasi .
2. Lingvistik va etnolingvistik tasniflash.
3. Xo‘jalik   madaniy,   tarixiy   madaniy   viloyatlarga   ajratib   klassifikatsiya   qilish
usuli Dunyo   aholisining   geografik   va   antropologik   klassifikatsiyasi
Bugungi kunda dunyoda bir necha ming turli-tuman xalqlar yashamoqda va
ular   jamiki   insoniyatni   tashkil   etadi.   Ular   jamiyat   rivoji,   madaniyati,   irqiy
ko‘rinishi va nihoyat o‘z miqdoriga ko‘ra bir biridan sezilarli darajada farq qiladi.
Bu   turli   tumanlik   xalqlarning  uzoq   vaqt   davomida   mustaqil   rivojlanishi,   ularning
turli   tabiiy-geografik,   xo‘jalik   va   ijtimoiy   sharoitda   yashashi   natijasida   paydo
bo‘lgan.
Shu   bilan   birga   etnik   chegaralar   juda   ham   qattiq,   o‘tib   bo‘lmaydigan
darajada bo‘lmagan. Xalqlar o‘zlarining butun tarixi davomid bir-biri bilan doimiy
ravishda   aloqada   bo‘lib   o‘zlarining   madaniyatdagi   yutuqlarini   almashib,   o‘zaro
aralashib   turgan.   Bularning   barchasi   yer   yuzidagi   barcha   odamlarning   yagona
biologik turga mansubligi va bir-biriga o‘xshash qirralari ko‘pligi bilan izohlanadi.
Bu   xilma-xillik   va   ayni   vaqtda   turli   xalqlarni   bir-biri   bilan   bog‘lab   turgan
umumiy hususiyatlarni  tahlil qilish uchun ularni tasniflash zarur. Etnoslar tasnifi-
bu   dunyo   etnoslarini   u   yoki   bu   belgilariga,   bu   turning   insondagi   umumiy
parametrlariga qarab qayta taqsimlab chiqishdir.
Geografik  (yoki   areal)  tasniflashda  xalqlarning  geografik  jihatdan  o‘xshash
xududda   joylashganligi,   ularning   ma’lum   bir   hududda   birgalikda   yashashidagi
o‘xshashlik   inobatga   olinadi   va   bu   ko‘p   holatlarda   juda   katta   hududni   qamrab
oladi.   Geografik   tasniflashda   xalqlar   tarixiy-etnografik   yoki   ananviy   madaniy
viloyatlar deb nomlangan yirik hududlarga bo‘linadi va bu hudud chegarasida uzoq
tarixiy   rivojlanish   davomida   ma’lum   bir   madaniy   jamoa   shakllangan   bo‘ladi.   Bu
yerda umumiylik eng birinchi navbatda moddiy madaniyatdagi turli elementlarda,
shuningdek   ma’naviy   madaniyatdp   qisman   ko‘zga   tashlanadi.   Geografik
tasniflashga o‘ziga xos tarixiy-etnografik tumanlashtirish sifatida qarash mumkin.
Geografik   tasniflash   dunyoning   turli   xalqlari   yashaydigan   ma’lum   bir
geografik   hududni   shartli   ravishda   ajratib   olish   uchun   ishlatiladi.   Shu   asosda
“Kavkaz xalqlari”, “Shimol xalqlari”, “Okeaniya xalqlari” va boshqa tushunchalar
mavjuddir.   Biroq   xalqlarni   bu   taxlit   geografik   birlashtirilishi   geografik   tasniflash etnik tasniflash bilan qay darajada mos tushishiga bog‘liq. Tasniflashning bu sharti
keng   qo‘llaniladi,   chunki   uni   juda   katta   hududlarga   nisbatan   ishlatish   mumkin.
Biroq   geografik   tasniflash   qoidalari   xalqning   etnik   hususiyatini   to‘liq   ochib
bermaydi.   Geografik   xususiyat   xalqning   kelib   chiqishi,   ularning   shakllanishi,
xo‘jalik   va   madaniy   qiyofasi,   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanish   darajasi   xaqidagi
savollarga   javob   bermaydi,   lekin   makonda   etnoslarning   hudud   bo‘ylab
tartiblashtirish   va   taqsimlash   imkonini   beradi.   Juda   katta   hududlar   qamrab
olinganda   foydalaniladigan   bu   usul   makondagi   uncha   katta   bo‘lmagan   hudud
etnoslarning   bir-biriga   qardoshligi   borasidagi   tasavvurga   ziddir.   Shuning   uchun
ham   geografik   tasniflash   yordamchi   xususiyat   kasb   etgan   holda   xalqlar   boshqa
xususiyatlari   bilan   bir-biriga   mos   kelganda   ya’ni   yirik   hududlar   doirasidagina
ishlatiladi.
Shuni  qayd etib o‘tish  kerakki  xalqlarni  geografik tasniflash xali  yetarlicha
ishlab   chiqilmagan.   Barcha   mamlakatlar   uchun   dunyoning   tarixiy-madaniy
hududlarini   aniqlovchi   miqdor,   shuningdek   bu   hududlarning   chegaralari   borasida
yagona   to‘xtam   mavjud   emas.   Faqatgina   xalqlarning:   Avstraliya   va   Okeaniya,
Osiyo   xalqlari,   Amerika   xalqlari,   Afrika   xalqlari,   Yevrpa   xalqlariga   bo‘lishda
yagona qarash mavjud. Antropologik tasniflash turli etnik jamiyatlarning madaniy
emas,   balkim   biologik,   genetik   qarindoshligiga   asoslangan.   Biroq   faqatgina
genetik   aloqadorlik   kishilarni   ma’lum   turga   ajratish   uchun   xalqlarni   ajratish
talablariga   javob   bermaydi.   Shuning   uchun   ham   etnologiyada   xalqlar   o‘rtasidagi
irqiy   qarindoshlikni   aniqlashda   ulardagi   farqlar   antropologik   tasniflash   asosida
amalga oshiriladi.
Biologik jihatdan insoniyat  yagona inson turiga mansubdir. Biroq fenotipik
jihatdan   turli   tuman   odamlar   mavjud   ya’ni   insonlar   o‘rtasida   jismoniy   (tana)
farqlari mavjud. Bu farqlar teri rangi, yuzdagi farqlar, skletning tuzilishi, soch turi
va   boshqalardan   iborat.   Tana   va   antropologik   farqlar   bir-biridan   uzoq,   turli
geografik-tabiiy sharoitda yashaydiganlarda ayniqsa sezilarli bo‘ladi. Odamlarning
fizik   jihatdan   bu   tarzda   farqlanishi   odatda   irqiy   deb   ataladi.   Irqiy   farqlar   doimiy
ravishda   irsiy   bo‘lib,   u   bir   necha   avlodda   ota-onadan   bolalarga   o‘tadi.   Shuning uchun   ham   katta   miqdordagi   mazkur   farqlarni   o‘rganishda   irsiyat   xaqidagi   fan-
genetikaning   ahamiyati   katta.   Turli   odamlar   va   butun   boshli   guruhlarda   irsiy
bo‘lgan   ko‘pgina   jismoniy   belgilarning   o‘xshashligi   ularning   kelib   chiqishi
birligiga yoki qarindosh ekanligiga yaqqol isbotdir.
Irqiy belgilar odamlarning jismoniy tuzilishi borasidagi o‘ziga xoslik bo‘lib
u avloddan avlodga o‘tadi va odamlarning juda katta guruhlari uchun xosdir. Irq va
irqiy belgilar haqida gapirganda uning geografik xususiyat kasb etishini va ma’lum
bir   hudud   bilan   bog‘liqligini   nazarda   tutish   lozim.   Aslida,   insondagi   tana
belgilarini   barchasini   ham   irqiy   xisoblanmaydi,   faqatgina   ma’lum   bir   hududda
tarqalgan   ya’ni   butun   insoniyatda   emas   aksincha   u   yoki   bu   mamlakat   hududida
yashaydigan   xalqlarda   uchraydigan   belgilar   irqiy   hioblanadi.   Irsiy   hususiyat   va
ma’lmu   bir   hududda   tarqalganlik-mana   shu   ikki   zaruriy   shart   odamning   aniq   bir
jismoniy belgisini irqiy deyishga asos bo‘ladi. 
Irq bu-tarixiy jihatdan bir hududda shakllangan odamlar guruhi bo‘lib kelib
chiqishiga ko‘ra umumiylik birlashtirib turadigan va bu umumiylik irsiy hususiyat
kasb  etib ma’lum  oraliqda  tebranib  turadigan  morfologik  va jismoniy  belgilardan
iborat bo‘ladi.
Irq   so‘zining   kelib   chiqishi   aniq   emas.   Ehtimol   u   arabcha   “ras”   (bosh,   ilk,
ildiz)   so‘zining   o‘zgargan   shakli   bo‘lishi   mumkin.   Shuningdek   bu   bu   atama
italyancha   rassa   yani   “qabila”   so‘zi   bilan   bog‘liq   bo‘lishi   mumkin.   Irq   so‘zi
bugungi   ma’nosida   1684   yilda   fransuz   olimi   Fransua   Bernening   odamzotni   irqiy
sinflarga   ajratgan   asarida   tilga   olingan.   Irq   borasidagi   konsepsiyalar   XVIII   asr
oxirida   paydo   bo‘ldi.   U   mustamlaka   siyosati   tufayli   xayotga   keldi   va   Yevropa
davlatlari   tomonidan   begona   hudularni   bosib   olinishi   va   Afrika,   Osiyo,   Amerika,
Avstraliya   va   Okeaniyada   millionlar   insonlarni   bo‘ysundirilishi,   qulga
aylantirilishi   va   talanishining   g‘oyaviy   asosi   bo‘lib   xizmat   qildi.   Bu   konsepsiya
xalqlarning   irqiy   mansubligi   ularni   madaniyatini   belgilashini   o‘zida   aks   ettirgan
edi.
Irqchilarga   ko‘ra   irqlarning   farqi   va   bu   irq   vakillari   o‘z   qobiliyatiga   ko‘ra
“yetuk”  va “yetuk  bo‘lmagan”  irq  va millatlarga bo‘linadi. Bu  bilan  irqchilar  o‘z mamlakati   ichkarisida   va   boshqa   davlatlarga   nisbatan   olib   borgan
mustamlakachilik siyosatini oqlashga harakat qilishgan.
Reaksion g‘oya sifatida irqchilik ayniqsa XIX asrda yaqqol namoyon bo‘ldi.
Xususan,   bu   g‘oyadan   AQSH   dagi   qulchilikni   oqlashda   foydalanildi.   Bir   qancha
amerikalik   antropologlar   (Morton,   Pett,   Gliddon)   quldorlarni   fikrini   “ilmiy”
jihatdan   mustahkamlab   qulchilikni   saqlanib   qolinishi   zarur   va   adolatli   ekanligini
isbotlashga   urinib,   negrlar-past   irq   vakillari   bo‘lib   boshqalarning   ko‘magisiz
yashay olishmaydi degan fikrni bildirishgan.
Yevropada   ham   irqchilik   g‘oyalari   paydo   bo‘ldi.   Bu   borada   fransuz   grafi
J.A.Gobino   tomonidan   1853   yilda   chop   etilgan   “Insoniyat   irqining   notengligi
xaqida tajriba” kitobi alohida ahamiyat kasb etdi. Bu kitobda muallif inson irqlari
nafaqat   “go‘zalligi”   va   bir   qator   jismoniy   belgilari   bilan   balkim   psixologik
madaniyati bilan ham farq qilishini ta’kidladi. 
Gobino qora irqni past irq, sariq irqni nisbatan rivojlangan irq deb hisobladi.
Gobinoga ko‘ra rivojlanishga qodir yagona va oliy irq bu oq irq vakillari bo‘lib uni
alohida   “oriy   irq”   deb   atadi.   Uning   fikriga   ko‘ra   sariq   yoki   mongoloid   irqi   oq
irqdan sezilarli darajada past, qora irq esa sivilizasion o‘zgarishlarni o‘zlashtirishga
qodir   emas   va   shuning   uchun   ham   abadiy   qoloqlikka   mahkum   edi.   Bu   g‘oya
bevosita   o‘sha   davrning   biologlari   (E.Gekkel,   F.Galton   va   boshqalar)   tomonidan
qo‘llab   quvvatlanishi   yevropalik   mustamlakachilarning   Afrika   va   Osiyodagi
faoliyatini oqlash uchun juda qulay bo‘ldi, mustamlakalarda irqiy va etnik zulmni
kuchaytirdi va keyinchalik Britaniya va boshqa metropoliyalarda keng tarqaldi.
Insonlarning  biologik  jihatdan  notengligi  g‘oyasi  asosida   yozilgan  yana  bir
asar   fransuz   sosiologi   G.Lebonning   “Xalqlar   va   omma   psixologiyasi”   asaridir.
Nafaqat   odamlar,   balkim   butun   boshli   irq   va   xalqlar   tenglikka   davo   qilmasligi
kerak, aks holda bu inson tabiati va uning mavjudligiga qarshi turish hisoblanadi.
Odamlar, xalqlar va irqlarning notengligi ular mavjudligining obyektiv vositasi deb
hisoblaydi Lebon. “Irqiy g‘oyaga ko‘ra” oq irq genetik va ijtimoiy jihatdan boshqa
irqlardan   o‘zining   “aqliy   qobiliyati”,   “mustaqilligi”,   “intelektualligi”,   dunyoga
nisbatan   baholash   munosabati   mavjudligi   bo‘yicha   “mantiqiy   fikrlashi”   jihatidan ancha ustun turadi. Sariq irq oq irqdan bir pog‘ona, jigarrang irq ikki pog‘ona, qora
irq esa uch pog‘ona pastda turadi.
XX   asrga   kelib   irqchilik   g‘oyasi   yanada   rivojlandi   va   amalda   qo‘llanildi.
Gitler   Germaniyasida   irqchilik   fashizmning   bosh   g‘oyasiga,   siyosiy   amaliyotiga
aylandi.   “Oliy   german   irqi”   g‘oyasi   bilan   qurollanib,   dunyoda   hukmronlik
o‘rnatish   maqsadida   ikkinchi   jahon   urushini   keltirib   chiqargan   fashizm   “noqobil
xalqlar”ni   to‘liq   yo‘q   qilishga   qo‘l   urdi.   Gitler   irqchilari   jinoyatkorona   ravishda
millionlab   ruslar,   ukrainlar,   beloruslar,   polyaklar,   serblar,   chexlar,   yaxudiylar,
siganlar va boshqa millat vakillarini yo‘q qilishdi.
Shuni   qayd   etish   kerakki   yuqorida   ko‘rsatilgan   irqchilik   g‘oyalari   sobiq
mustamlakalar   va   qaram   xalqlar   orasida   teskari   g‘oya   va   harakatlarni   yuzaga
keltirdi.   Oq   irq   ustunligiga   qarshi   yangi-hind,   afrika,   xitoy   madaniyalarining
xozirgi   yevropaliklardan   ustunligi   borasida   g‘oyalar   payo   bo‘ldi.   Xususan,   xali
XIX asr o‘rtalaridayoq Lotin Amerikasida yangi jamoaviy oqim “xinduizm” oqimi
vujudga keldi va ularning maqsadi xindular holatini yaxshilash edi. XX asrga kelib
xinduizm   tarafdorlari   faqat   toza   qonli   hindular   hindlar   yerida   yashash   mumkin
degan g‘oyani ilgari sura boshladi.
XX   asr   60   yillarida   Afrikada   bu   qit’adagi   mamlakatlar   mustamlakachilik
zulmidan   ozod   bo‘lgach   Senegalning   sobiq   prezidenti   L.Sengor   tomonidan   “qora
irqchilik”   ka   asoslangan   negrityuda   konsepsiyasi   ilgari   surildi.   Dastlab   (XX
asrning 20-30  yillarida)  fransuzlarning mustamlaka  doktrinasiga  qarshi   qaratilgan
negrityuda   konsepsiyasi   qora   irq   vakillarini   emansipasiya   qilishga   va   yevropa
madaniyatini   “madaniy”   jihatdan   xukmronligiga   qarshi   turish   g‘oyasiga
asoslangan  edi. 60-yillardan boshlab mustamlaka mamlakatlarida o‘z mustaqilligi
uchun   kurash   kuchaygan   vaqtda   negrityuda   “qora   irqchilik”   g‘oyasini   o‘zida   aks
ettira   boshladi.   Negroid   xalqlarining   etnik   va   madaniy-tarixiy   umumiyligiga
asoslangan   bu   g‘oya   amalda   qora   va   oq   dunyoning   tarixiy   ziddiyatidan   iborat
bo‘lib qoldi.
Bir etnos yoki etnik guruhning boshqasidan farq qiluvchi mezonlari ko‘p. Bu
tasnif   mezonlari   umumiy   antropologik   belgilar,   bir   yoki   bir-biriga   yaqin hududlarda   birgalikda   yashashi,   etnik   jamiyatning   turi,   turmush   tarzi   va
madaniyatning   umumiy   o‘ziga   xosligi,   tarixiy   taqdir   birligi,   tilning   yaqinligi   va
boshqalardan   iborat.   Shunga   mos   holatda   barcha   xalqlarni   quyidagi   asosga   ko‘ra
bo‘lish   mumkin:   geografik,   antropologik,   til,   xo‘jalik-madaniyatiga
qarabGeografik   klassifikatsiya   aholining   etnik   hududiga   aylanadi.   “Afrika
xalqlari”, “Amerika xalqlari”, “Markaziy Osiyo” yoki “Old Osiyo”. Yer yuzining
aholi   joylashgan   qismi   “oykumen”   deyiladi.   (oykeo   –   yashamoq,   istiqomat
qilmoq).   Oykumena   tarixiy   jihatdan   o‘zgarardi.   Yangi   yerlarning   o‘zlashtirilishi
bilan   inson   huquqlarining   takroriy,   ikkilamchi   almashish   jarayoni   kuchaydi.   Bu
aholining   o‘sishi,   ko‘payishi   tabiiy   sharoitning   vaqtincha   o‘zgarishi   yoki   boshqa
omillar sababli yuz berardi. Quruqlikda yoki dengiz yo‘llari orqali, ommaviy yoki
kichik   guruhiy   ko‘chishlar   bo‘lardi.   Asta   -   sekin   alohida   mamlakatlar   va   yer
yuzining butun qismlari aholisi o‘zgarardi.
Masalan,   eramizdan   avvalgasi   II   asrda   Indoneziya   oroliga,   ya’ni   oldin
veddoidlar   yashagan   hududga   aholi   Hindixitoydan   tarqalgan.   Eramizdan   avvalgi
II-I   asrlarda   xindevropaliklar   hozirgi   Yevropaning   Hindistongacha   bo‘lgan
hududga   joylashadilar.   Hindevropaliklardan   avvalgi   aholidan   bayaklar   saqlanib
qolgan.
Insoniyat tarixining ayrim davrlarida etnik ko‘chishlar jarayoni juda avj olar
edi. Masalan turkiy qabilalarning ko‘chishi yoki kapitalizm vujudga kelgan davrda
Amerikaning   mustamlakaga   aylanishi.   Alohida   mamlakatlar   aholisining   etnik
tuzilishi   o‘rganilganda,avtokton   (oborigen)   aholi   muammolarga   alohida   ahamiyat
bermoq   lozim.   Boshqa   bir   ahamiyatli   tomoni   borki,   azaldan   bitta   mamlakatda
yashab   bir-biridan   til   va   kelib   chiqish   jihatidan   turlichaligi   bilan   farq   qiladilar.
Bunga   misol   qilib   Kavkaz   xalqlarini   aytish   mumkin.   Bir   necha   asrlar   davomida
qo‘shnichilikda   yashab   turmush   madaniyati,   kiyimi,   e’tiqodi,   folklori   juda
o‘xshash.
Har   bir  fan  tarmog‘i   mazkur   fanning  asosiy   tadqiqot  predmeti  to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni   yig‘ish   va   ularni   tizimlashtirish   hamda   klassifikatsiyalashdan
boshlanadi.   Lekin   klassifikatsiyalash   barcha   uchun   umumiy   va   turli   maqsadlarni o‘zida   qamrab   olgan   bo‘lmog‘i   hamda   o‘z   tabiatiga   klassifikatsiya   qilinayotgan
obyektining   tuzilishini   to‘liq   aks   ettirgan   holda   mavjud   prinsiplar   va   dasturlarga
mos kelmog‘i zarur. Odatda klassifikatsiyalash natijasida qator yangi qonunlari va
qonuniyatlar, nazariyalar va konsepsiyalari yaratiladi. Bu ma’noda etnologiya fani
ham mazkur mulohazalardan mustasno emas.
Dunyo   xalqlarini   ma’lum   bir   tarzda   etnik   tasniflashni   talab   qilganligi   bois
yuqorida   ta’kidlab   o‘tilganidek,   dunyo   xalqlarining   geografik   joylashuviga,
antropologik   tuzilishiga,   til   guruhiga   hamda   xo‘jalik   an’analariga   ko‘ra
tasniflanadi.
19   asr   oxirida   nimis   olimlari   (L.   Frobenius,   F.   Grebner   va   boshqalar)   va
keyinchalik amerikalik antropologlar (K. Uissler, A. Kryober) dunyo mintaqalarini
madaniy rivojlanish «madaniy mintaqalar», rayonlarga bo‘lishni ishlab chiqqanlar.
Sobiq sovet ittifoqi etnografiyasida ushbu ilmiy an’ana «xo‘jalik madaniy tiplari»
«tarixiy-madaniy   viloyatlar»   kategoriyalarida   o‘z   aksini   topgan.   Bu   borada
mashhur   rus   etnograflari   V.G.   Bogoraz,   S.P.   Tolstov,   M.G.   Levin,   N.N.
Cheboksarov   ishlarini   alohida   ta’kidlab   o‘tish   joizdir.   To‘g‘ri   bugungi   kunda
bunday   tasniflanish   ayrim   g‘arb   olimlari   tomnidan   jiddiy   tanqid   ostiga   olinishiga
qaramay   hali   hanuz   ilm   olamida   butkul   o‘z   mavqeini   yo‘qotgan   deb   aytib
bo‘lmaydi. Shu bois biz quyida ushbu tasniflashga biroz kengroq to‘xtalib o‘tdik.
Geografik klassifikatsiya xalqlarning bevosita yashayotgan mintaqalari bilan
bog‘liq   tarzda   yaratiladi.   Geografik   tasniflash   natijasida   turli   xalqlar   yashagan
shartli geografik regionlar nomi paydo bo‘ladi. Xuddi shunday tarzda «O‘rta Osiyo
xalqlari», «Sharqiy Yevropa xalqlari» kabi nomlar paydo bo‘lgan. Bunday tarzda
xalqlarni   geografik   umumlashtirib   tasniflash   faqatgina   geografik   tasniflash
uslublari,   etnik   prinsiplar   bilan   ma’lum   ma’noda   mos   kelgan   taqdirdagina
bajariladi.   Xalqlarni   bu   tarzda   tasniflash   prinsiplari   garchi   fanda   keng
qo‘llanilishiga   qaramay,   xalqlarning  kelib  chiqishi,   ularning  shakllanishi,  xo‘jalik
yuritish   an’analari,   ijtimoiy-iqtisodiy   taraqqiyoti   muammolariga   javob   bermaydi.
Biroq xalqlarni turli xududlar bo‘yicha umumlashtirish va etnoslarni turli hududlar
bo‘yicha taqsimlagan holda tasniflash imkonini beradi. Shu bois bunday tasniflash yordamchi   xususiyat   kasb   etadi   va   xalqlarni   guruhlashtirishdagi   boshqa   meyorlar
bilan   mos   kelgandagina,   ya’ni   boshqacha   tarzda   aytganda   katta-katta   mintaqalar
misolidagina   qo‘llaniladi.   Xalqlarni   klassifikatsiyalash   ichki   viloyatlardan   voz
kechishni talab qiladi. 
Yer   sharidagi   barcha   mamlakatlar   tomonidan   qabul   qilingan   yagona
geografik   tasniflash   mavjud   emas.   Bu   borada   eng   sodda   bo‘linish   tarzida
Avstraliya va Okeaniya xalqlari, Osiyo xalqlari, Amerika xalqlari, Afrika xalqlari,
Yevropa xalqlari deb bo‘linishni keltirishimiz mumkin.
Xo‘jalik madaniy tiplar - jahon xalqlarining ibtidoiy jamiyat davri (qadimgi
tosh,   bronza   va   temir   asrlari)dagi   ijtimoiy-iqtisodiy   taraqqiyoti,   turlicha   tabiiy
sharoitda   joylashishining   va   moslashishi   ularning   hayotida   turli   tipdagi   xo‘jalik-
madaniyatlarni   vujudga  keltirgan  edi.  Xo‘jalik-madaniy  tiplar  dastavval  muayyan
jamiyatda   ustuvor   ishlab   chiqarish   bilan   bog‘liq   bo‘lib,   har   bir   tarixiy   davrda
kishilarning tevarak-atrofdagi muhit bilan aloqa harakterini belgilaydi.
Mazkur   tiplar   kishilarning   mashg‘uloti   va   ishlab   chiqarish   qurollari,   turar-
joylari   va   uy-ro‘zg‘or   jihozlari,   taomlari   va   kiyim-kechaklari,   transport   vositalari
va   boshqa   tiplarga   qarab,   muayyan   jamiyatning   ijtimoiy   tuzumini   ham   aniqlash
mumkin.   Ma’naviy   madaniyat   xususiyatlari,   asosan   urf-odatlarda,   tasviriy
san’atda,   e’tiqodi   va   folklorida   yorqin   namoyon   bo‘ladi.   Xo‘jalik-madaniy
tiplarning   birligi   va   o‘zaro   bog‘liqligi   muayyan   ijtimoiy-iqtisodiy   taraqqiyot   va
bir-biriga yaqin geografik muhit bilan bog‘liq bo‘lib, o‘zgaruvchan harakterga ega.
Eng   qadimgi   davrlarda   paydo   bo‘lgan   etnoslarning   xo‘jalik-madaniy   tipli
issiq   tropik   va   subtropik   iqlimli   o‘lkalardagi   ovchilik,   terim-termachilik   va
sohillardagi   baliqchilikdir.   Namli   tropik   va   subtropik   joylarda   ikkinchi   madaniy-
xo‘jalik   tipi,   ichki   issiq   iqlimdagi   qo‘l   mehnatli   dehqonchiligi   tarqalgan   bo‘lib,
bunga   qisman   ovchilik-terimchilik   va   baliqchilik   xo‘jaliklari   ham   yordamchi
hisoblangan.   Iqtisodiyot   va   texnika   taraqqiyotiga   yangi   sifat   yaratgan   uchinchi
madaniy-xo‘jalik tipi motiga dehqonchilik bilan chorvachilik qo‘shilishi natijasida
paydo bo‘lgan edi. Keyingi davrdagi fan-texnika taraqqiyoti butun jahondagi an’anaviy xo‘jalik
madaniy   tiplarga   jiddiy   o‘zgartirishlar   kiritdi.   Yevropa   va   Amerikadagi   eng
rivojlangan   mamlakatlarda   aholining   ko‘pchiligi   industrial   sohaga   jalb   etildi,
an’anaga   aylanib   qolgan   qishloq   xo‘jaligi   o‘rniga   yuksak   taraqqiy   etgan   tovar
dehqonchiligi va intensiv chorvachilik, plantasiyali qishloq xo‘jaligi paydo bo‘lgan
edi.   XX-XXI   asrning   boshlarida   an’anaviy   xo‘jalik-madaniy   tiplar   barham   topa
boshladi va saqlanib qolgan belgilari yangi mazmun bilan boyidi.
Xalqlarni antropologik klassifikatsiyalash.   Vatanimizda va xorijda e’tirof
etilgan ilmiy an’anaga ko‘ra antropologiya fan tarzida insoniyatning kelib chiqish
tarixini,   uning   evolyutsiyasi,   irqlarning   kelib   chiqishini   hamda   turli   xalqlarning
morfologik   va   jismoniy   xususiyatlarini   o‘rganadi.   Antropologik   tasniflashda   turli
etnik   guruhlar   va   xalqlarning   madaniy   xususiyatlari   emas,   balki   biologik
xususiyatlariga   va   genetik   qarindoshlilik   prinsiplariga   asosiy   e’tibor   qaratiladi.
Biroq   genetik   aloqadorlilik   prinsiplari   insonlarni   ma’lum   bir   tasniflarga   bo‘lish
imkonini bermaydi. Shu bois etnologiyada turli xalqlar orasidagi qon-qarindoshlik
aloqalari   tarixini   tahlil   etishda   ko‘plab   uslublardan   foydalaniladi.   Ko‘pincha
etnologlar   antropologik   klassifikatsiyaning   asosini   tashkil   qiluvchi   etnoslarning
irqiy farqlarini asos qilib olishadi.
Insoniyat biologik tuzilish jihatdan umumiylikka ega va yer sharidagi barcha
insonlar   bir   biologik   turga   mansubdir.   Lekin   dunyoning   mavjud   etnik   manzarasi
turli   mintaqalarda   yashayotgan   insonlar   tana   tuzilishi,   ranggi,   soch   turi,   yuz-
qiyofasiga   ko‘ra   rang-barang,   ya’niki   antropologik   tuzilishiga   ko‘ra   turli-tuman
ko‘rinishga ega. Insonlar orasidagi o‘zaro farqli xususiyatlar irqiy tasniflash orqali
tahlil qilinadi. Irqiy tasniflashda insonning sochi  shakli, uchlamchi  soch qoplami,
teri   tuzilishi,   sochning   rangi,   ko‘z   rangi,   bo‘yi,   tananing   proporsiyasi,   tananing
bosh   qismining   tuzilish   shakliga   ko‘ra   farqlanadi.   Umuman   olganda   irqlar   deb
genetik   qon-qarindoshlilik   munosabatlari   asosida   tashqi   tana   tuzilishiga   ko‘ra
o‘xshash   bo‘lgan   xududiy   birlashgan   kishilarga   aytiladi.   Antropologik   jihatdan
hozirgi   xalqlarni   vatanimiz   va  xorijiy  antropologiya  fanida   to‘rtta  katta   irqlarga-- negroid   (afrikan),   yevropoid   (yevroosiyo),   mongoloid   (osiyo-amerika)   va
avstroloid (Okeaniya) irqlariga bo‘linadi.
Ushbu   irqlarning   farqli   xususiyatlari   sifatida   quyidagi   irqiy   alomatlarni
ko‘rsatish   mumkin.   Yevropoid   irqiga   mansub   kishilarning   terisi   oq   yoki
bug‘doyrang, sochlari turli-tuman to‘g‘ri va to‘lqinsimon, ko‘pincha mayin bo‘lib
o‘sadi  va yuz hamda tanani jun qoplagan bo‘ladi. Burni  tor, lablari o‘rtacha yoki
kichik hajmda bo‘ladi. Ko‘zlari turli  –tuman rangda va bosh miya suyaklari  hech
qachon oldinga bo‘rtib chiqmagan bo‘ladi.
Avstroloidlar  terisining  rangi   qoramtir,  sochlari  qora  to‘lqinsimon,   jingalak
va qattiq, yonoq va bosh suyaklari oldinga chiqqan bo‘ladi, burunlari katta, lablari
qalin   bo‘ladi.   Yuzlarida   va   tanasi   jundor   bo‘ladi.   Mongoloidlarda   esa   teri   rangi
sariqroq, yoki to‘q bug‘doyrang bo‘ladi, sochlari esa to‘g‘ri shaklda qattiq bo‘ladi.
Soch   va   ko‘zlarning   rangi   qora   yoki   to‘q   jigarrang   bo‘ladi,   erkaklarda   soqol   va
mo‘ylov   biroz   kechroq  chiqadi   va   ko‘pincha   siyrak   bo‘ladi.   Yuzi   keng   va   yonoq
chanog‘i   qattiq   chiqadi,   burun   esa   unchalik   katta   bo‘lmaydi.   Amerikaning
mongoloid aholisida teri rangi sariq rangda bo‘ladi.
Negroidlarning   sochi   qora,   tim   qora   rangda,   jingalak   va   ko‘pincha   qattiq
hamda   shakliga   ko‘ra   to‘g‘ri   bo‘ladi.   Soqol   va   mo‘ylovlari   xuddi
mongoloidlarnikiga o‘xshash tarzda yomon o‘sadi.  Ko‘zlari  ba’zida qisiq bo‘ladi.
Burnilarining   kengligi   juda   katta   bo‘lib,   deyarli   balandligi   bilan   teng   bo‘lgan.
Yuzlari   kichkina   va   tor   ko‘zlari   esa   yevropaliklarnikiga   o‘xshash   keng   ochiq
bo‘ladi.
Irqlarning   tarqalish   mintaqasi.   Yevropoidlar   bugungi   kunga   kelib   nafaqat
Yevropada   joylashgan.   Ular   Shimoliy   Afrikaning   barcha   xududini   (aljirliklar   va
misrliklar),   Osiyoning   g‘arbi   (turklar   va   arablar),   Sibir-ruslar   va   deyarli   barcha
Kavkaz   mintaqasida,   O‘rta   Osiyoda,   Iroq,   Afg‘oniston   va   Hindistonda   ham   keng
tarqalgan.   Oxirgi   400   yil   ichida   Shimoliy   Amerika   va   Janubiy   Amerika
mamlakatlarining asosiy aholisini yevropoid irqiga mansub kishilar tashkil qilgan.
Yevropada so‘nggi paleolit va mezeolit davridanoq mahalliy tabiiy sharoitga
moslashgan   yevropoid   irqining   ikki   tipi   shakllangan.   Bular:   oq   tanli,   malla   rang sochli,   ko‘k   ko‘zli   blandinlar   bo‘lmish   shimoliy   yevropoid   tip   va   qora   to‘lqin
sochli,  qora  ko‘zli  oq  badan bryunetlardan iborat   janubiy yevropoid tipini  tashkil
qiladilar. Mazkur irqiy guruhlar oralig‘ida turgan o‘rta tip (shoten) xar ikki tipning
ham   belgilarini   saqlab   qolgan.   Keyinchalik   Yevropaga   kirib   kelgan   mo‘g‘ullar
ayrim etnoslarda o‘z izini qoldirgan. Bunga Skandinaviyada yashovchi mongoloid
belgilariga ega bo‘lgan loparlar misol bo‘la oladi.
Negroidlar   hozirgi   kunga   kelib   Afrikada   yashashadi,   Tinch   okeanining
ko‘plab   orollarida,   o‘z   navbatida   ularning   ko‘plari   Amerika   qit’asiga
mustamlakachilik   tuzumi   davrida   majburan   qul   qilib   olib   kelingan   va   ularning
avlodlari hozirda ham Amerikada ko‘plab istiqomat qiladilar. 
Avstroloidlar   ko‘p   xususiyatlariga   ko‘ra   negroidlarga   o‘xshash   bo‘lib
Avstraliya   va   Malaneziyada   yashashadi.   Mongoloidlar   (osiyo   shoxi)   Xitoyda,
Vetnamda,   Yaponiyada,   Indoneziya,   Filippinda   yashashadi.   Ularga   qozoqlar,
qirg‘izlar va Uzoq Sharq hamda Shimolning mahalliy xalqlari ham kiradi.
Mazkur   to‘rtta   katta   irq   taxminan   25   ta   kichkina   irqlar(ularni   ba’zida
etnogenetik shoxobchalar yoki lokal irqlar ham deb aytishadi)  ga bo‘linadi. Katta
va   kichkina   irqlar   orasida   oraliqdagi   irqlar   ham   mavjud.   Misol   uchun,   negroidlar
va   yevropoidlar   orasida-efiopiyaliklar   va   mulatlar;   mongoloidlar   va   avstroloidlar
orasida   janubiy   osiyo   irqi   –   yaponlar   va   shu   qabilarni   ko‘rsatish   mumkin.
Efiopiyaliklarning yuzlari ularning qo‘shnilari bo‘lgan arablar bilan bir xil shaklda
bo‘lsada   terilarining   rangi   qora,   negroid   irqi   terisiga   o‘xshash   o‘ta   yorqin   emas.
Yaponlarda   bir   vaqtni   o‘zida   avstroloidlarga,   mongoloidlarga   va   yevropoidlarga
xos alomatlarni kuzatish mumkin.
Lingvistik va etnolingvistik tasniflash.
Til albatta asosiy etnik belgi hisoblanadi. U orqali xalqni kelib chiqishi, qon-
qarindoshligini   aniqlash   osonroq.   Etnologiyada   xalqlarni   tilni   yaqinligiga   qarab
tasniflash birmuncha keng tarqalgan. Chunki, qoidaga ko‘ra tillarning o‘xshashligi
xalqlarning   yoki   genetik   yaqinligidan   yoki   ularning   uzoq   vaqt   madaniy   jihatdan
aloqada   bo‘lganligidan   dalolat   beradi.   Shuning   uchun   ham   lingvistik   guruhlash
ayni   vaqtda   etnik   tavsiflashning   o‘zidir.   Albatta,   faqatgina   tilning   o‘zi   xalqlar o‘rtasidagi chegarani o‘rnatish imkonini bermaydi va bunday xollarda boshqa etnik
ko‘rsatgichlarga   murojat   qilishga   to‘g‘ri   keladi.   Lekin   bu   holat   etnik   tasniflashda
tilga   qarab   tasniflashni   yetakchi   ekanligini   inkor   qilishga   asos   bo‘lmaydi.
Tasniflashning   bu   usuli   etnolingvistik   deb   ataladi,   chunki   uning   asosida   ikki
mezon-til   va   etnik   mansublik   yotadi.   Va   nihoyat   etnos   va   til   ko‘p   hollarda   bir-
biriga mos tushishi tilga qarab tasniflashni etnik o‘ziga xoslikni ajratishdagi asosiy
birlik   sifatida   yuzaga   keltiradi   va   ularning   kelib   chiqishini   aniqlashda   muhim
ahamiyat kasb etadi.
Zamonaviy   dunyoning   til   manzarasi   o‘zining   rang-barangligi   va
murakkabligi   bilan   ajralib   turadi.   Olimlar   dunyodagi   jamiki   tillar   soni   6   ming   ta
deb xisoblaydilar. Bu esa aniq nomuvofiqlik bo‘lishi mumkin, chunki tillar soni va
etnoslar   soni   (5   ming)   bir-biriga   mutloqo   mos   kelmaydi.   Gap   shundaki,   “etnik
umumiylik” va “til umumiyligi” xar doim ham bir xilda bo‘lavermaydi.
Odatda   xar   bir   xalq   bir   tilda   gaplashadi.   Biroq   ikki   tilli   (bilingvizm)   ham
keng   tarqalgan   bo‘lib   qachondir   xalqning   bir   qismi   ba’zan   butun   xalq   ikki   tildan
ham   bir   xilda   foydalanadi.   Ikki   tillilik   ko‘p   millatli   davlatlarda   keng   tarqalgan
holat bo‘lib, kam  sonli  millat  vakillari  o‘z ona tilidan tashqari  ko‘p sonli  bo‘lgan
millat tilini ham ishlatadi. Xususan, Fransiya sharqida yashovchi elzasliklar (nemis
va fransuz) to‘liq ikki tildan foydalanadi. Belgiya va Shveysariya kabi ko‘p millatli
davlatlarning   aholisi   esa   ikki   va   xatto   uch   tilda   ham   gaplashadi.   Osiyo   va
Afrikaning   yosh   davlatlarida   ham   ikki   tildan   foylanish   keng   tarqalgan.   Bu   yerda
mahalliy xalq tili bilan birga davlat tili ham (Hindistonda-xind tili va Pokistonda-
urdu,   Indoneyziyada   –baxasa   indoney   tili,   Filipinda-pilipino   tili,   Afrikaning   bir
qancha davlatlarida-ingliz yoki fransuz) ishlatiladi.
Shu bilan birga bir qancha xalqlar bir tilda gaplashadigan holat ham uchrab
turadi.   Masalan,   ingliz   tilida   (bir   qancha   mahalliy   farqlar   bilan)   inglizlar,
avstraliyalik   inglizlar,   yangi   zellandiyalik   inglizlar,   afrikalik   inglizlar,   kanadalik
inglizlar,   AQSH   amerikaliklari,   Karib   Amerikasidagi   xalqlar   va   boshqa   etnos
vakillari   gaplashadi.   Ispan   tili   nafaqat   ispanlarning,   balkim   Lotin   Amerikasidagi ko‘pgina xalqlarning ona tili hisoblanadi. Ayni bir tilda nemislar, avstriyaliklar va
germano-shveysariyaliklar gapirishadi.
  Ba’zan   esa   xalqning  bir   qismi   boshqa   tilda  gaplashadi.   Masalan,   mordova
etnosi   bir-biridan   keskin   farq   qiluvchi   ikki   tilda-mokshan   va   erzyan   tilida
gaplashadi. Irlandiyadagi irlandlarning atiga beshdan bir qismi o‘z ona tilida (kelt
guruxida) gaplashsa, qolganlari-ingliz tilida gaplashadi. 
Ba’zi hollarda bir til ichidagi shevalardagi farq shu darajada katta bo‘ladiki
bir   millat   vakillari   umum   qabul   qilingan   adabiy   tilni   bilmasdan   gaplashish
imkoniyati   bo‘lmaydi.   Bunga   misol   sifatida   xitoy   tilidagi   shevalarning   farqlarini
keltirish   mumkin.   Shuning   uchun   ham   ba’zi   tilshunoslar   xitoy   tilidagi   ayrim
shevalarni   mustaqil   til   deb   hisoblashadi.   Arab   tilida   ham   bir   qancha   shevalar
mavjud.
Xalqlarni   guruhlashda   etnolingvistik   tizimda   tillarni   genealogik   tasniflash
ishlatiladi,   unga   ko‘ra   tillar   qardoshlik   belgilariga   ko‘ra   oilalarga   birlashtiriladi.
O‘z navbatida oilalar guruhlarga bo‘linadi  va ba’zan guruhlar  ham  guruhchalarga
ajraladi.   Tillar   tarixiy   genetik   qardoshligiga   ko‘ra   tasniflanadi.   U   yoki   bu   tilning
qardoshligini   o‘rnatilishi   etnologiya   uchun   madaniyatlar   yaqinligini   ko‘rsatishda
muhim   ahamiyatga   ega.   Bunda   tillarning   yaqinligi   xalqlarning   kelib   chiqishiga
ko‘ra   yaqinligini   ham   bildiradi.   Lekin,   tilshunoslarga   ko‘ra   o‘z   xayoti   davomida
xalq   bir   necha   marta   o‘z   tilini   o‘zgartirishi   ham   mumkin   va   bu   etnogenetik
masalalarni yechishda tilshunoslikka oid ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini
cheklaydi.
Etnologiyada til tasnifining ma’nosi shundan iboratki, bir til oilasiga mansub
xalqlar   odatda   o‘z   moddiy   va   manaviy   madaniyatida   umumiy   elementlarga   ega
bo‘ladi. Bunda etnologiya til tasnifida bir etnik guruhga mansub odamlar o‘rtasida
o‘zaro   bir-birini   tushinish   borasidagi   tasavvurga   asoslanadi.   Etnolingvistik
tasniflashda   qabul   qilingan   qoidaga   ko‘ra   xalqlar   “tiliga   ko‘ra   qardosh”   sifatida
baholanadi. Masalan, hind-yevropa oilasiga slavyan, german, roman va boshqa bir
qancha   guruhlar   kiradi.   Slavyan   guruhiga   mansub   tilda   gaplashadigan   barcha xalqlar   o‘zaro   yaqinligini   va   genetik   qardoshligini   anglab   yetishadi   va   oddiy
turmush tarzida ham odamlar bir-birini yaxshi tushunishadi.
Etnologlar tilshunoslar tomonidan “til oilasi” deb ataladigan til va madaniyat
o‘rtasidagi   ancha   uzoq   qarindoshlikni   ham   inobatga   olishadi.   Tilshunos   olimlar
dunyo   tillarining   96%   ni   qamrab   oladigan   12   ta   til   oilasini   ajratib   ko‘rsatishadi.
O‘z navbatida har bir til oilasi bir biriag yaqin bo‘lgan bir necha tildan iborat oila
ostiga yoki tarmoqlarga bo‘linadi. Shuningdek bu yerga til belgilariga yaqinligidan
ko‘ra   geografik   va   madaniy-tarixiy   belgilariga   ko‘ra   yaqin   bo‘lgan   “oilalar”   ham
kiradi.   Bu   kabi   xalqlarga   papuass   va   hindu   xalqlarin   misol   qilib   ko‘rsatish
mumkin. Ularning har biri amalda bir qancha oilalarni va yuksak oilalarni o‘zida
birlashtiradi.   Masalan,   uch   afrika   “oila”si   (niger-kordofan,   nilo-saxara   va
koysansk) aslida super oila bo‘lib bir necha oilalardan iboratdir.
Til oilalarining shakllanish jarayoni odamzotning yer shariga tarqalishi bilan
bevosita   aloqador.  Bir-biriga   yaqin  bo‘lgan   tillar   odatda  qo‘shni   bo‘lgan   yoki   bir
hudud   chegarasida   uzoq   vaqt   birgalikda   yashab   kelgan   xalqlarda   uchraydi.   Ba’zi
xollarda   bir-biridan   uzoq   yashovchi   etnoslarning   tillari   bir-biriga   yaqin   bo‘ladi.
(masalan,   yavaliklar   va   malagasiylar,   vengerlar   va   mansi,   yakutlar   va   qirg‘izlar).
Bu   odatda   mazkur   tilda   gaplashuvchi   xalqlar   yoki   qandaydir   genetik   qardoshligi
mavjudligi   yoki   uzoq   o‘tmishda   aralash   hududlarda   birgalikda   yashaganligi   bilan
izohlanadi.
Til-etnosning eng muhim belgilaridan biri va bunda etnolingvistik tasniflash
kelib chiqishi bir bo‘lgan yoki uzoq muddat madaniy aloqasi mavjud bo‘lgan xalq
guruhlarini   ajratib   oladi.   O‘z   shakliga   ko‘ra   etnolingvistik   tasniflash   tillarning
genealogik   tasniflashiga   juda   yaqindir.   Butun   dunyo   etnologlari   tilshunoslar
tomonidan xalqlarni guruhlarga ajratishda qo‘llaydigan tizimdan o‘zgartirishlarsiz
foydalanishadi.
Tilshunoslar   til   klassifikatsiyasining   2   ta   usulidan   foydalanadilar,   ya’ni
morfologik   va   geneologik.Marfologik   klassifikatsiya   etnografiya   fani   uchun   ko‘p
ma’lumot   bera   olmaydi.   Geneologik   klassifikatsiya   esa   tillar   o‘rtasidagi
qarindoshlik   aloqalarini,   qisman   esa   xalqlar   orasidagi   yaqinlikni   aniqlashga yordam  beradi. Masalan,  oltoy tillari, o‘zbek va qozoq yaqinligi yoki ancha uzoq
qarindoshlik   aloqalari.   Shu   kabi   jarayonni   xind-yevropa   til   oilasida   ham   kuzatish
mumkin.Tilshunoslar   til   oilasi   deb   alohida   qarindoshlik   yoki   uning   kelib   chiqish
jamoasi   mavjud   bo‘lgan   guruhlarga   aytadilar.   Yer   yuzida   2700   til   mavjudligi
aniqlanib,   ularni   10   ta   til   oilasi   birlashtiradi.   Bular   hind   –   yevropa,   semit-xamit,
ural   –   oltoy,   xitoy   –   tibet,   malayya   –   polineziya,   dravid,   munda,   bantu,   kavkaz,
mon-kxmer.
Grammatik tuzilishi bo‘yicha xind – yevropa tili flektiv hisoblanadi. Semit-
xamit   til   oilasi   Shimoliy   Afrika   va   Janubiy-G‘arbiy   Osiyo   xalqlarida   keng
tarqalgan.   Ushbu   tillarda   yer   yuzida   eng   qadimgi   bo‘lgan   Misr   va   bobil   yozma
yodgorliklari   yozilgan.   (IV-III   er.avv.).   U   bir   necha   guruhlarga   bo‘linadi:   semit,
berber,   kushit.   Grammatik   tuzilish   bo‘yicha   semit   –   xamit   til   oilasidagi   barcha
tillar   frentiv.   Ural   til   oilasining   fin   –   ugor   guruhi   yuqori   Volga   bo‘yida   yuzaga
kelib Vengriyadan Finlyandiyagacha va Ob daryosigacha yoyilgan. Oltoy til oilasi
uch   guruhga   bo‘lingan:   turkiy,   mo‘g‘il,   tangus.   Turkiy   guruh   eng   yirigi   bo‘lib,
Bolqon   yarim   orolidan   Kolm   (yoqut)   daryosigacha   bo‘lgan   hududni   egallagan.
Unga   O‘rta   Osiyo   xalqlari,   Kavkaz   (Povoloje)   Janubiy   Sibir   oltoy   xalqlari   tillari
kiradi.   Mo‘g‘il   guruhiga:   Mo‘g‘liston,   Shimoliy   –   Sharqiy   Xitoy,   Boltiq   bo‘yida
yashovchi   xalqlar   kiradi.   Tungus   guruhiga:   manjurlar   va   Shimoliy   Rossiyadagi
kichik   xalqlar   (evenklar,   nanaylar-goldlar)   kiradi.Tuzilish   bo‘yicha   ural-oltoy
tillari   agglyutinasiyalanuvchi   tillar   hisoblanadi.   Xitoy-Tibet   til   oilasida
so‘zlashuvchilar Sharqiy va Janubi – Sharqiy Osiyo hududdi joylashgan. Geografik
jihatdan   malayya-polineziya   til   oilasi   Hind   va   Tinch   okeani,   G‘arbda
Madagaskardan   Paska   oroligacha.   Bu   yerda   katta   qismini   tashkil   etadigan
Indoneziya  guruhi  bo‘lib, unga  Hindixitoy va  milgash  tillari.  Madagaskar  orolida
yashovchi   xalqlar   va   Mikroneziya,   Melaneziya,   Polineziya   orolida   yashovchi
xalqlar   tillari   kiradi.   Dravid   til   oilasi   Hindistonning   janubiy   qismi   va   Seylon
orolining   unchalik   katta   bo‘lmagan   qismidagi   hududni   egallaydi.   Ushbu   til
to‘g‘risida qadim yodgorliklar saqlanmagan, ammo olimlar aytishicha bir paytlar u
butun Hindiston yoki uning katta qismini  Himolay tog‘larigacha bo‘lgan hududni egallagan.   Miloddan   avvalgi   II   ming   yillikda   oriylarning   kirib   kelishi   dravidlarni
janubga   siqib   chiqargan.   Munda   guruhi   Sharqiy   Hindistonning   katta   bo‘lmagan
qismini   egallaydi.   Ushbu   tillar   qadimiy   hisoblanadi.   Bantu   guruhi   Afrikaning
janubiy   janubiy   qismini   egallagan.   Mon-kxemer   guruhi   Hindixitoyda   tarqalgan.
Shunday   farazlar   borki   mon-kxemer   guruhining   Janubiy-Sharqiy   Osiyo   va
Okeaniya   guruhidagi   til   guruhlari   bilan   bog‘liq.   Yuqorida   nomi   keltirilganlardan
tashqari   Amerika   hindulari,   Yangi   Gvineya   orolidagi   papuaslar,   avstraliya
oborigenlarining ko‘plab til oilalari mavjud.
Sayyoramizda   yashovchi   turli-tuman   xalqlarni   shakllanishida   va   ularni
farqlashda   til   ham   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Til   birligiga   qarab   ayrim   xalqlar,
etnik   guruhlar   aniqlanibgina   qolmay,   ko‘pincha   til   asosida   nom   ham   beriladi.
Dunyo   xalqlarining   til   boyligi   juda   boy   va   o‘z   navbatida   juda   ham   murakkab
hisoblanadi. Biroq lingvistik bir  qator  kamchiliklardan ham  xoli  emas.  Jumladan,
lingvistik   tahlil   orqali   bir   necha   tillarda   so‘zlashuvchi   xalqlarni   (misol   uchun
yahudiylarni),   yoki   oldingi   tillaridan   farqli   tilda   so‘zlashuvchi   xetnoslar   (misol
uchun   irlandlarni)ni   tasniflash   meyorlariga   solish   qiyindir.   Shunga   qaramay
lingvistik   klassifikatsiyalashning   ko‘plab   ijobiy   jihatlari   mavjud.   Avvalo,   bunday
klassifikatsiyalashni qo‘llash natijasida yoki umumiy kelib chiqishiga ega bo‘lgan
xalqlar   yoki   uzoq   muddat   doimiy   madaniy-lingvistik   aloqada   bo‘lgan   xalqlar   bir
guruhga kiradi.
Lingvistik   tasnif   tarixiy-qiyosiy   o‘rganish   orqali   aniqlanadi.   Qolaversa
etnoslarning turli klassifikatsiyalari orasida etnosning tiliga qarab tasniflash muhim
tasniflashlardan biri hisoblanadi. Chunki aynan lingvistik tasniflash orqali ma’lum
bir   xalqlarning   etnik   yaqinligi,   u   yoki   bu   madaniyatning   umumiy   asosga   ega
ekanligi borasida birmuncha aniq tasavvurlar beradi.
Dunyo xalqlari til birligiga ko‘ra, boyligi va murakkabligiga ko‘ra farqlanib
turadi. Tadqiqotchi olimlar tomonidan yer sharida turli etnik guruhlar va jamoalar
so‘zlashuvchi 6 mingdan ortiq tillar mavjudligi aniqlangan. Sayyoramizdagi ayrim
davlatlardagina   (ko‘plab   Yevropa   mamlakatlarida)   bitta   tilda   gaplashishsa,   ayrim
mamlakatlarda   (Nigeriya   va   Rossiyada)   100   dan   ortiq   tillarda   so‘zlashishadi. Hozirda ayrim tillar kelib chiqqan xududidan tashqaridagi  keng hududlar  bo‘ylab
yoyilgan. Bu borada misol uchun arab tilini olib ko‘radigan bo‘lsak, arab tili paydo
bo‘lgan vaqtda (VII asrdan oldin) undan faqat Arab yarim orolining janubidagina
yashovchi qabilalar foydalangan bo‘lsa, hozir bu tilda Shimoliy Afrika va Janubiy
Sharqiy   Osiyoda   joylashgan   juda   ko‘p   xalqlar   so‘zlashadilar.   Yoki   ingliz   tilini
olsak,   dastlab   unda   Britaniya   orolining   aholisi   so‘zlashgan   bo‘lsa,   hozir   Yevropa
va   Shimoliy   Amerika   aholisining   beshdan   bir   qismi,   Avstraliya   va   Yangi
Zelandiya   xalqlari   asosan   shu   tilda   so‘zlashadilar.   Asl   vatani   Pireniy   yarim   oroli
bo‘lgan ispan tili keyinchalik butun Lotin Amerikasiga tarqalgan.
Xalqlarni   tilga   qarab   tasniflash   mezonlari   asosan   ikki   kriteriya-til   va   etnik
mansublik prinsiplariga asoslanadi. Umuman olganda til insoniyat madaniyatining
asosini tashkil etadi. Chunki til aynan insonga xos maxsus ramzlar orqali ma’lumot
uzatiladi. Tilning taraqqiyoti madaniyat taraqqiyoti bilan parallel tarzda rivojlanib
borgan va yakunida inson shakllangan.
U   yoki   bu   tillarning   qon-qarindoshliligi   etnologiya   uchun   ushbu   tillarda
so‘zlashuvchi   madaniyatlarni   va   xalqlarning   yaqinliligini   namoyon   qilishi   bilan
ham ahamiyatlidir.
Dunyo xalqlari orasidagi turli til oilalari borasida tadqiqotchi olimlar orasida
umumiy   qarash   mavjud   emas.   Biroq   oxirgi   yillardagi   ilmiy   tadqiqotlar   natijalari
asosida dunyo xalqlari tillarini quyidagi til oilalariga bo‘lish mumkin:
Hindoyevropa  tillar   oilasi   –   eng  ko‘p  sonli   va   eng  keng   tarqalgan   til   oilasi
hisoblanadi. Mazkur  oilaga kiruvchi  tillarda dunyo aholisining 45% i so‘zlashadi.
Hindoyevropa   oilasiga   kiruvchi   xalqlar   Yevropaning   katta   qismida,   Tojikistonda,
Eronda,   Afg‘onistonda,   Janubiy   Osiyoning   shimoliy,   janubiy   va   markaziy
xududlarida, Amerika va Avstraliyada yashaydi. O‘z navbatida hindoyevropa tillar
oilasi   10   ta   guruhga:   slavyan,   boltiq,   nemis,   kelt,   roman,   grek,   alban,   eron,
hindooriy va arman tillar guruhiga bo‘linadi.
Kartvel   til   oilasiga   mansub   kishilar   kam   sonli   bo‘lib,   faqatgina   Guruziya
hududidagina yashashadi. Dravidlar oilasi (dunyo aholisining 4% i) ga Hindistonning janubida va Shri-
Lankaning   sharqida   yashovchi   aholi   kiradi.   Ushbu   til   oilasi   ham   4   guruhga:
markaziy,   janubiy,   shimoliy-sharqiy   va   shimoliy-g‘arbiy   (darvit   tillarining
boshqacha klassifikatsiyasi ham bor)ga bo‘linadi.
Oltoy tillar oilasi (dunyo aholisining 6% i). Mazkur tillarda Yevrooisyoning
bir-biridan   uzilgan   mintaqalari-Bolqondan   tortib   Yapon   orollarigacha,   Shimoliy
muz   okeani   qirg‘oqlaridan   tortib   Markaziy   Osiyo   cho‘llarigacha   bo‘lgan
hududlarda yashovchi turli xalqlar so‘zlashadilar. Ushbu oila 5 ta guruhga: turkiy,
mo‘g‘ul, tungus-manchjur. koreys tillari kiradi.
Afraoisiyo tillari (semito-xamit) oilasi (dunyo aholisining 5% i) Shimoliy va
Shimoliy-sharqiy   Afrikada,   Arabiston   yarim   orolida   va   unga   tutash   bo‘lgan
shimoliy mamlakatlarda: 
Suriya,   Livan,   Iordaniya,   Iordan   daryosining   g‘arbiy   qirg‘og‘ida,   Iroqda
hukmron   hisoblanadi   va   4   ta   guruhni:   semit,   berber,   chad   va   kushit   tillarini
birlashtiradi.
Nigero-kordofan   oilasida   so‘zlashuvchi   xalqlarga   (dunyo   aholisining   6%   i)
Farbiy,   markaziy,   sharqiy   va   janubiy   Afrikada   yashovchi   aholi   kiradi.   Ushbu   til
oilasi –kongo va kordofan tillariga bo‘linadi.
Nigero-kordofan   tillarida   so‘zlashuvchi   xalqlar   yashaydigan   mintaqaning
shimoliy   xududlarida   nil-saxar   oilasida   gaplashuvchi   xalqlar   (dunyo   aholisining
6%   i)   yashashadi   va   ular   9   guruhga:   Sharqiy   Sudan,   Markaziy   Sudan,   bertlar,
kunama, saxar, songai, fur, mabang, komuelarga bo‘linadi.
Kamsonli   shimoliy   Kavkaz   oilasi   (dunyo   aholisining   0,1%   i)ga   ab-xaz-
adigeylar va nax-dog‘istonliklar kiradi.
Hindoyevropa   til   oilasidan   keyingi   aholi   soniga   ko‘ra   eng   ko‘p   tarqalgan
tillar   oilasiga   sino-tibet   tillar   oilasi   kiradi.   Bu   tilda   dunyo   aholisining   23%   i
so‘zlashadi.   Bu   til   oilasi   Sharqiy,   Markaziy,   Janubiy-Sharqiy   Osiyo   aholisi   va
Janubiy   Osiyoning   shimoliy   mintaqalarida   yashovchi   aholiga   mansub.   Turli
olimlar   xitoy-tibet   tillar   oilasini   turli   guruhlarga   bo‘ladi.   Ba’zi   bir   tasnifiy
bo‘linishga ko‘ra ushbu guruhga 13 ta tillar: xitoy, tibet-birma, kachin, bodo-garo, midju,   digaro,   miri,   djimal,   lepcha,   shimoliy   ximolay,   neva-ri,   gurung,   sharqiy
himolay tillari kiradi.
Avstroosiyo   tillari   oilasi   (dunyo   aholisining   1,6%   i)   Janubiy-Sharqiy,
Janubiy   Osiyoda   yashaydi   va   5   guruhga:   mon-kxmers,   asliy,   niko-bar,   kxasi,
munda tillariga bo‘linadi.
Mmyao-yao   tillari   oilasiga   kiruvchi   aholining   (dunyo   aholisining   0,2%   i)
tarqalish   xududi   juda   ham   tor   bo‘lib,   Sharqiy   Osiyoning   janubiy   rayonlari   va
Janubiy-Sharqiy   Osiyoning   shimolidagi   xalqlar   orasida   yoyilgan   bo‘lib,   myao   va
yao degan tillarga bo‘linadi.
Janubiy-sharqiy   Osiyoda   paratay   tillari   oilasiga   kiruvchi   xalqlar(dunyo
aholisining 1,4% i) yashaydi. Ayrim tasniflashlarga ko‘ra ushbu oila 6 guruh tillar:
tay, kim-suys, ong-be, li, lakk, gelaolardan iborat.
Janubiy-Sharqiy   Osiyoda,   Okeaniyada   va   Tayvanda   avstroneziya   tillari
oilasiga   kiruvchi   xalqlar   yashaydi   (dunyo   aholisining   5%   i).   Dunyo   xalqlarini
zamonaviy   klassifikatsiyasiga   ko‘ra   ushbu   oila   6   guruhga:   g‘arbiy   avstroneziy,
sharqiy avstroneziy, atayal, sou, payvan (oxirgi 3 tasi Tayvandagi kamsonli guruh
hisoblanadi) tillariga bo‘linadi. 
Avstraliya   tillari   oilasi   Avstraliya   qit’asida   saqlanib   qolgan   kamsonli
xalqlarni birlashtiradi. Ushbu til oilasi 22 guruhga bo‘linadi.
And   tillar   oilasi   (dunyo   aholisining   0,3%   i)   –   hindularning   eng   yirik   oilasi
hisoblanadi. Chunki  bu tilda  Amerika hindularining eng yirik qabilalaridan biri  –
kechua qabilasi  gaplashadi. Ushbu til  oilasi  atrofida And tog‘i  atrofida yashovchi
xalqlar   kiradi   va   6   guruh:   urari-na-vaorani,   kauapana-saparo,   shimoliy,   kechua,
aymara, janubiyga bo‘linadi.
Jahon   xalqlari   tillarini   klassifikatsiyalash   borasida   dunyo   tilshunoslari
tomonidan qator mulohazalar bildirilgan bo‘lib, bunday tarzda klassifikatsiyalashni
keng   ilmiy   jamoatchilik   tomonidan   to‘la   e’tirof   etilgan   qarash   deb   bo‘lmaydi.
Jumladan, hali hanuz barcha olimlar ham turkiy, mo‘g‘ul va tungus-manjur tillarini
genetik  umumiyligini   tan   olmaydilar.  Koreys   va   yapon  tillarini   izolyasiyalashgan tillar deb hisoblovchilar ham bor. Shuningdek Afrika va Amerika xalqlari tillarini
tasniflash borasida ham yakuniy umumiy xulosaga kelinmagan.
Xo‘jalik madaniy, tarixiy madaniy viloyatlarga ajratib klassifikatsiya
qilish usuli .
Til   klassifikatsiyasi   etnografiyada   katta   ahamiyatga   ega   bo‘lsa   ham,
xalqlarni   zamonaviy   bog‘liqligi   to‘g‘risida   ko‘p   ma’lumot   bera   olmaydi.   Gohida
bitta til oilasida so‘zlashuvchi va bir-biridan uzoqda yashovchi xalqlar xo‘jaligida,
turmushida,   madaniyatida   hech   qanday   o‘xshashlik,   umumiylik   bo‘lmasligi
mumkin,   yoki   teskari   ya’ni   bir-biridan   uzoqda   bo‘lib   yashash   sharoiti   o‘xshash,
ammo   ular   o‘rtasida   til   jihatdan   qarindoshlik   rishtasi   bo‘lmagan   xalqlar   ham
mavjud:   O‘rta   Osiyodagi   mo‘g‘il   ko‘chmanchilari   va  Arabistondagi   ko‘chmanchi
beduinlar,   bug‘uchi-neneslar   va   bug‘uchi   –   gukchalar.   Yer   yuzida   joylashgan
odamlar   turli   geografik   sharoitga   tushardi   va   bunga   moslashardi,   ya’ni   odamlar
o‘zlarining   moddiy   va   ishlab   chiqarish   kuchlarini   rivojlantirardi.   Shunday   qilib
turli xo‘jalik shakllari yuzaga kelib rivojlanadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanish   darajasi   bo‘yicha   bir   qadar   yaqin   bo‘lgan
xalqlar   madaniyatida   bir   qancha   farqlar   va   o‘xshashliklar   mavjud   bo‘lishi
allaqachonlar   payqalgan   edi.   Shu   bilan   birga   turli   tillarda   gaplashadigan   xalqlar
madaniyatini   bir-biriga   yaqinligi   va   aksincha   bir-biriga   qardosh   bo‘lgan   tilda
gaplashuvchi   xalq   orasida   ham   madaniy   xilma-xillik   kuzatilishi   ham   diqqatga
sazovordir.   Ko‘p   hollarda   bu   farq   va   o‘xshashliklar   ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanganlik   darajasi   bilan   izohlanmaydi.   Aynan   shuning   uchun   ham   xo‘jalik-
madaniy tur ajratib olingan.
Xo‘jalik-madaniy   tur   deganda   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishda   bir-biriga
yaqin darajada bo‘lgan va o‘xshash tabiiy-geografik sharoitlardagi turli xalqlarning
tarixiy jarayonlarda shakllangan xo‘jalik va madaniy kompleksi nazarda tutiladi.
Xo‘jalik-madaniy konsepsiyasi rus etnologlari tomonidan ishlab chiqilgan va
u   asosan   xalqlarning   etnogenezi,   ularning   etnik   tarixi,   xo‘jalik   tarixi,   moddiy   va
ma’naviy   madaniyatini   o‘rganishda   ishlatiladi.   Xo‘jalik-madaniy   turning   alohida
belgilari   bu   kishilarning   xo‘jaligi   va   xo‘jalik   faoliyatining   manzarasi   va rivojlanganlik darajasi hisoblanadi. Xo‘jalik-madaniy turning asosiy farqi birinchi
navbatda   aholining   katta   qismini   asosiy   mashg‘uloti,   qishloq   xo‘jaligi,
hunarmandchiligi, shuningdek mehnat qurollari, ovqatlari, turar joyi, xarakatlanish
vositalari,   idish-tovoqlari,   kiyim-kechagi   va   moddiy   madaniyatning   boshqa
elementlaridan   iborat.   Ma’naviy   madaniyat   sohasida   xo‘jalik-madaniy   turning
asosiy   farqi   eng   birinchi   navbatda   urf-odatlar   va   udumlarda,   tasviriy   san’atdagi
o‘ziga   xoslikda,   e’tiqodda,   sig‘inish   va   folklorda   u   yoki   bu   tabiiy-geografik
sharoitdagi mashg‘uloti va turmush tarzi yanada yorqinroq aks etadi.
Xo‘jalik-madaniy   turning   miqdori   cheklangan   va   jamiyatning   ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish bosqinchlari  bilan bog‘langan bo‘lishi  mumkin. Etnoslarning
xo‘jalik-madaniy   tur   bo‘yicha   tasniflash   faqat   an’anaviy   madaniyatlarga   xos   va
o‘rta   asrlar   chegarasidan   chetga   chiqib   ketmaydi.   Kapitalizmgacha   shakllangan
barcha   xo‘jalik-madaniy   turlar   uch   asosiy   guruhga   bo‘linadi   va   ular   bir-biridan
yanada   yuksakroq   ishlab   chiqarish   qobiliyati   bilan   farq   qiladi.   Birinchi   guruhga
iqtisodiy   ahamiyatili   bo‘lgan     ovchilik,   termachilik   va   qisman   baliqchilik   kirsa,
ikkinchi guruhga-motiga dehqonchiligi va chorvachilik; uchinchi guruhga-qishloq
xo‘jaligi   ishlarida   uy   xayvonlaridan   foydalangan   holda   dehqonchilik   bilan
shug‘ullanish kiradi. Kapitalizm davriga kelib o‘tgan davrlarning xo‘jalik-madaniy
turi asta-sekinlik bilan yemrilib boradi, shakli o‘zgaradi va yangi hududiy iqtisodiy
va madaniy-xo‘jalik majmualar tarkibiga kiradi.
Turli   darajadagi   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanish   bosqichiga   ega   bo‘lgan
zamonaviy   xalqlarda   yuqoridagi   uch   turdagi   xo‘jalik-madaniy   turlarni   har   birini
uchratish   mumkin.   Biroq,   shuni   qayd   etish   kerakki   bir   holatda   bu   turlardan   biri
yetakchi rol o‘ynashda davom etayotgan bo‘lsa, boshqa holatda qoldiq ko‘rinishda
saqlanib qolgan bo‘ladi.
Rossiya   hududdida   ma’lum   bir   hududiy-geografik   sharoitlarda   ba’zi   bir
xalqlarning   xo‘jalik-madaniy   turning   barcha   uch   guruhi   ham   saqlanib   qolgan.
Unga;   arktikada   dengiz   xayvonlarini   ovlovchilar,   tundradagi   ovchi   va   bug‘u
boquvchilar, o‘rmon hududlaridagi ovchi va baliqchilar, dengiz bo‘ylaridagi o‘troq
baliqchilar,   o‘rmon   hududidagi   dehqonlar,   cho‘l   va   yarim   cho‘l   hududlaridagi dehqonlar,   cho‘llardagi   ko‘chmanchi   chorvadorlar,   tog‘oldi   hududlaridagi
dehqonlar va chorvadorlar kiradi.
Ko‘p   hollarda   etnik   chegaralara   xo‘jalik-madaniy   tur   bilan   mos
kelavermaydi;   yirik   etnoslar   bu   chegaralarni   qismlarga   ajratadi,   kichiklari   esa-
birlashtiradi.   Lekin   shunga   qaramay   masalan,   sharqiy   slavyan   xalqlari   va
xindevropa   oilasiga   mansub   xalqlarning   katta   qismi   dehqonchilik   bilan   o‘zaro
bog‘lanib   turadi,   ko‘pgina   turkiy   va   mo‘g‘ul-majusiy   xalqlar   esa-dehqonchilik
bilan   shug‘ullanishini   kuzatish   mumkin.   Ko‘p   hollarda   xo‘jalik-madaniy   tur   va
tabiiy-landshaft   hududlari   chegarasi   bir-biriga   mos   tushadi.   Xususan,   tundra
zonasidagi barcha xalqlar (neneslar,nganasanlar, dolganlar va boshqalar) an’anviy
bug‘uchilik   bilan;   taygalardagi   yirik   daryolar   yaqinida   yashaydigan   xalqlar   esa
(xantlar,nanaylar, ketlar va boshqalar) baliqchilik bilan shug‘ullanishadi.
Xo‘jalik-madaniy tur bilan birgalikda xalqlarni tarixiy-etnografik hududlarga
bo‘lish  tasnifi  ham  mavjud. Bu kabi  yondashuv  doirasida  turli  darajadagi  tarixiy-
etnografik hududlarni, yarim hududlarni va mahalliy tarixiy-etnografik tumanlarni
ajratib   ko‘rsatish   mumkin.   Masalan,   Rossiyada   quyidagi   yirik   tarixiy-etnografik
provinsiyalar   ajratiladi:   Yevropa   qismi,   Kavkaz,   Povolje   va   Ural   atrofi,   Sibir,
Shimol, Uzoq Sharq. Mazkur  tarixiy-etnografik hududlar tarkibiga ham  bir necha
viloyatlar kiradi. Masalan Sibirda g‘arbiy sibir viloyati, sharqiy sibir, janubiy sibir
ajratiladi.   Odatda   tarixiy-etnografik   viloyatlar   bu   yerdagi   xalqlarni   tavsiflashda
qo‘llaniladi:   “Povolje   xalqlari”,   “Shimoliy   Kavkaz   xalqlari”,   “Shimol   xalqlari”,
“Sibir xalqlari”.
Tarixchi olimlarning aytganidek, biz uchun hamma narsadan ham muhim va
yuksak   bo‘lgan   tarix   fani   kishilik   jamiyati,   uning   rivojlanish   qonuniyati   haqida
baxs etadi. Jahon xalqlari tarixi muqarar ravishda biri ikkinchisi bilan almashinuvi
beshta   davrga   bo‘linadi.   Ular   ibtidoiy   jamoa,   qadimgi,   o‘rta,   yangi   va   eng   yangi
tarixiy   davrlardir.   Ularning   eng   dastlabkisi   ibtidoiy   jamoa   tuzumi   xisoblanadi.   U
yer   kurrasida   odamzod   paydo   bo‘la   boshlagan   davrdan   boshlab   ibtidoiy   gala,
urug‘, urug‘chilik tuzumining yemirilishi mulkiy tengsizlik tabaqalar va davlatning
kelib  chiqishigacha   bo‘lgan   katta   tarixiy   davrni   o‘z   ichiga   qamrab   oladi.  Ibtidoiy jamoa   tuzumi   davrida   ayniqsa   urug‘chilik   tuzimigacha   bo‘lgan   davrda   odamlar
tosh, yog‘och, suyak  va boshqa buyumlardan yasalgan  juda sodda  qurollarga ega
edilar. Ular yerda mavjud bo‘lgan narsani terib termachilik, ovchilik va termachilik
bilan tirikchilik qilganlar. Arxeolog olimlar Afrika, Yevropa,va Osiyo shuningdek,
yer   kurrasining   boshqa   joylaridan   ibtidoiy   kishilarning   juda   ko‘p   manzil   va
manzilgoxlari,   makonlari   kovlab   ochishga   muyassar   bo‘ldilar.   Ibtidoiy   jamoa
tuzumi davrida, ayniqsa, uning dastlabki bosqichlarida odamlar yasab foydalanigan
mehmat   qurollari   shunchalik   sodda   ekan   bu   ularning   mehnat   malakasi,   ishlab
chiqarish tajribasining nixoyat  darajada past  bo‘lganligidan darak beradi. Demak,
o‘sha   davrdagi   shart-sharoit   ibtidoiy   kishilarni   birgalashib   mehnat   qilish   va
yashashga   majbur   etdi.   Birgalashib   mehnat   qilish   va   yashash   ishlab   chiqarish
vositasi   hamda   istemol   maxsulotlarini   hamma   uchun   umumiy   mulkka   aylantigan
edi.   Umum   mehnati   natijasida   qo‘lga   kiritilgan   oziq-ovqat   va   boshqa   istemol
buyumlari u yoki buguruhda yashagan barcha katta kichik kishilar orasida baravar
taqsimlanar edi. Ibtidoiy jamiyat tuzumi tabaqasiz va davlatsiz jamiyat edi. XIX va
XX  asrning  mashhur  tarixchilari   bu  eng  dastlabki  davrga  baho  berib,  uni   hamma
barobar, teng bo‘lgan ibtidoiy davr deb ta’riflagan edilar. Ajdodlarimiz tarixininmg
ilk davriniyaniibtidoiy jamoa tuzumi tarixini qayta tiklash, uni o‘rganish nixoyatda
murakkab,   ayni   vaqtda   sharafli   vazifadir.Uzoq   davom   etgan   bu   tarixiy   davrda
tabiatning turli –tuman hodisalari girdobida yashagan ibtidoiy kishilar yer sharida
katta qismida xayot kechirib, xilma-xil tarzda tirikchilik o‘tkazganlar.
O‘rta   Osiyo   bronza   davri   tadqiqotchilari   ixtiyorida   yozuvsiz   manbalar
mavjud bo‘lib, mazkur zamonning axolisi, ularning kiyofasi antropologik manbalar
asosida o‘rganiladi. Bronza davrida O‘rta Osiyo janubida O‘rtayer dengiz irqining
vakillari   tarqalgan.   O‘rta   Osiyoning   shimoliy   dasht   va   cho‘l   qismlarida   janub
axolisidan   farq   qiladigan   qabilalar   shakllangan.   Miloddan   avvalgi   II   ming
yillikning   ikkinchi   yarmida   O‘zbekiston   va   Janubiy   Tojikistonning   tog‘   va   dasht
viloyatlariga   janubi-g‘arbdan   va   shimoldan   dexqonchilik   va   chorvachilik   bilan
mashg‘ul   bo‘lgan   qabilalar   kelib   o‘rnashgan.   Dasht   qabilalarining   moddiy
madaniyati   xaqida   Vaxsh   makonida   topilgan   sopol   buyumlar   va   bronza   qurollari dalolat   beradi.   Sopol   idishlar   qo‘lda   ishlangan   va   ularning   sirti   murakkab
geometrik   uyma   naqshlar   bilan   qoplangan.   Bu   idishlar   miloddan   avvalgi   II   ming
yillikning   ikkinchi   yarmida   G‘arbiy   Sibir   va   Qozoqiston   dashtlarida   yoyilgan
Andronovo   madaniyatiga   doyr   idishlargao‘xshab   ketadi.   Janubiy   Tojikistogpshng
bronza   davri   axolisi   tarkibida   yangi   guruxlar   paydo   bo‘lganligi   arxeologik
manbalar   asosida   isbotlanadi.   Teguzak   va   Kongurtug   makonlaridan   topib
tekshirilgan   uy-joy   qoldikdari,   sopol   idishlar,   mexnat   qurollari   va   zeb-ziynat
buyumlari   O‘rta   Osiyoning   janubiy   o‘trok   dexqonchilik   va   shimoliy   chorvachilik
qabilalarining   yoyilishi   bilan   izoxlanadi.   Bu   qabilalar   Kofirnixon,   Vaxsh   va   Panj
daryolari   dashtlariga,   tog‘   yonbag‘irlariga   yoyilib   ketgan.   Chorvador   qabilalarga
mansub bronza davri yodgoliklari Samarqand yaqinidagi Mo‘minobod qishlog‘ida
tekshirilgan.   Miloddan   avvalgi   II   ming   yillikning   ikkinchi   yarmida   O‘rta   Osiyo
dasht   va   tog‘   oldilarida   chorvador   qabilalar   keng   miqyosda   kelib   o‘rnasha
boshladi. Ularning modsiy madaniyati Janubiy Sibir va Qozoqistonning cho‘llarida
yashagan   axoli   madaniyatiga   o‘xshab   ketadi.   Dasht   qabilalari   tarqalganligidan,
ayniqsa sopol idishlar, metall buyumlar va chorvador qabilalarga mansub qadimgi
qabrlar   tuzilishi   dalolat   beradi.   Chorvadorlarning   ba’zi   bir   guruhlari   o‘troq   bo‘la
boshlagan   va   dehqonchilik   bilan   shug‘ullanuvchi   qabilalarning   chegaralarida
joylashgan. Qadimgi axoli daryo soxillari bo‘ylab, cho‘l, tog‘ yonbag‘irlarida ham
tarqalgan. Bu vaziyat axoli chorva boqish xamda dexkonchilik bilan shug‘ullanish
maqsadida   qulay   geografik   yerlarni   o‘zlashtirganligini   ko‘rsatadi.   Zarafshon,
Hisor,   Bobotog‘   va   Pomir   tog‘lari   yonbag‘irlaridagi   yaylovlarda   qabilalar   asosan
mayda   chorva   boqqanlar.   Ular   vohalarda   yashovchi   dexqonchilik   bilan
shug‘ullanuvchi   axoli   bilan   keng   madaniy   munosabatlarda   bo‘lgan.   O‘rta
Osiyodagi bronza davri qabilalari o‘lkamizda yashab o‘tgan qadimgi elatlarga asos
solgan.   O‘zbekiston   xududida   ham   joylashgan   elatlarning   vakillari   o‘zbek
xalqining   qadimgi   ajdodlaridan   bo‘lib,   ular   xaqida   ayrim   ma’lumotlar   qadimgi
yozma   manbalarda   saqlangan.   Miloddan   avvalgi   I   ming   yillikda   O‘rta   Osiyo
tuprog‘ida   bir   necha   yirik   tarixiy-madaniy   viloyatlar   -   Xorazm,   Sug‘d,   Baqtriya,
Marg‘iyona, Farg‘ona, Shosh (Choch) paydo bo‘lgan. Mehnat qurollarining takomollashuvi.
Ilk   urug‘   jamoalari   davrida   paydo   bo‘lgan   mexnat   qurollari   insonlarga
ovchilik   paytida,   termachilik   paytida   juda   ko‘plab   manfaatlar   olib
kelgan.Keyinchalik   mezolit   davriga   kelganda   tabiatdagi   o‘zzharishlar   iqlimiy
voqealar   odamzodni   yangi   qurollar   yatishga   undadi.   Hayvonlar   ham   o‘z   vaqtida
chaqqon va epchil bo‘lib odam oldingi qurollar bilan ularni ovlashlari qiyin bo‘lib
qoldi.   Mezolit   davri   o‘tralariga   kelib   odamlar   o‘q-yoyni   ixtiro   qilishdi.O‘q-yoyni
kashf etilishi juda katta yutuqlarga olib keldi.Yerkaklar nufuzi ortib bordi.Ayniqsa
yakka   ovchilar   roli   oshdi.Dexqonchilikni   paydo   bo‘lishi   bilan   esa   mexnat
qurollarida   o‘zgarishlar   sodir   bo‘ldi.Yerni   omoch   bilan   ishlab   dexqonchilik
qilishgan.   Chaqmoqtoshlar   bilan   birga   maxalliy   sharoitlarga   qarab   bir   muncha
qattiqroq   jinslar   kvarsit,   diorit,   obsidian,   diabaz,   marmartosh   ham   ishlatilgan.
Suyak   yoki   shoxdan   yasalish   mumkin   bo‘lgan   buyumlar   igna,   qarmoq,   bigiz,
nayza   va   yoy   uchi   kabi   mexnat   qurollarining   yasashgan.   Qurol   yaroq   va   mexnat
qurollari   mavjud   barcha   qurollari   turlari   faqat   urish,   kesish   va   parmalash   kabi
asosiy   vazifalarni   bajargan.   Qurol-yaroqlarning   ishlab   chiqarish   vazifalarini
bajargan. Yoy  umuman olganda  ikki  xil   bo‘lgan:   bir   butun yog‘ochdan  yasaygan
oddiy   yoy,   ikkinchisi   bir   biriga   yopishtirib   yasalgan   murakkab   yoyudan   iborat
bo‘lgan. 
Turar joylar.
Urug‘   jamoalarini   vaqti   o‘tishi   bilan   o‘sib   borgan   ehtiyojlari   xaqida
gapiradigan bo‘lsak turar joylarni eslab o‘tish zarur hisoblanadi. Turarjoylar oldin
paydo bo‘lganmi yoki kiyim-kechakmi degan masala ko‘p marta o‘rtaga tashlandi.
Odamlarning   eng   dastlabki   turar   joylari   g‘orlar   va   daraxtlarning   kovaklari
bo‘lganligi haqida bilishimiz mumkin. Ibtidoiy turar joylarning bu xilma-xilligiga
qaramay ularning rivojlanishini uch bosqichga ajratish mumkin.
Odamning eng oldin va juda soda qilib qurgan turar joyi shamol to‘sig‘i yoki
g‘ovdan va yerda kovlangan o‘radan iborat bo‘lgan. Shu eng sodda ikki shakildan
yer   osti   va   yer   usti   turar   joylari   paydo   bo‘ladi.   Birinchisi   chayla   yoki   kappa,
ikkinchisi   yerto‘ladir.   O‘z   navbatta   chayla   yoki   kaoa   shakli   va   takomillashuvi jixattan   qanchalik   turli-tuman   bo‘lsa   ishlanadigan   materiali   jixatdan   xam
shunchalik   turli   tumandir.   Turar-joylarning   shu   rivojlanish   bosqichiga   tegishli
boshqa   shakli   yerto‘lalar   juda   xam   soda   bo‘lsa   xam   xarxil   ko‘rinishga   ega.Ular
yerni  qanchalik chuqur o‘yilgani  bilan bir biridan farq qiladi. Ular  turli  xil  bo‘lib
bazilari   tuproqdan   quriladi   va   yer   ustidan   ko‘tarilib   turadi,   ba’zilari   esa   yerga
chuqur qazilib usti yer bilan barobar bo‘ladi. 
Dastlabki  uy  joylarda  umuman  eshik   bo‘lmagan.   Kiriladigan  teshikka   xech
bo‘lmasa   po‘stloq   yoki   bo‘yra   osib   qo‘yilmagan.   Turar   joylarning   ichkari   qismi
hech   narsa   bilan   berkitilmagan.Biroq   dastlabki   davrlarda   uy   egasini   yo‘qligini
bildiruvchi belgi yaratildi, bu belgi kiraverishga qo‘yilgan tayoqdir.
Rivojlangan   urug‘jamoasi   dastlabki   bosqichlariga   turar   joylarayollarning
ishi   bo‘lgan   desak   mubolag‘a   bo‘lmaydi.   Chunki   ko‘chish   vaqtida   xam   turar
joylarni   ayollar   ko‘tarib   borganlar.   Keyinchalik   astasekinlik   bilan   urug‘
jamosaining   so‘ngi   bosqichlaridan   mustaxkam   va   doimiy   turar   joylarni   qurish
asosan   erkaklarni   ishi   bo‘lib   qoldi.   Turar   joylarning   isitish   xaqida   gap   ketganda
isitish   doimiy   mustahkam   turar   joylar   bilan   bir   vaqtta   paydo   bo‘lgan.   Kulba
o‘rtasiga   o‘choq   qurgan   yoki   gulxan   yoqildi   va   tutun   tepadan   ochilgan   mo‘rikon
orqali  chiqib  ketadi.   Keyinchalik  o‘choq   asosan   ovqatpishirish  uchun   xizmat   qila
boshlagan   va   endi   u   devorga   tirkab   o‘rnatilgan   tuynukni   esa   o‘choqdan
yuqoriroqda devoldan ochilgan teshikdan chiqarib yuboradi. 
Turar joylar paydo bo‘lganidan so‘ng u faqat odamgagina boshpana bo‘lmay
unda   uning   qurollari,   oziq   –ovqatlar   zaxiralari   saqlangan.   Sovuq   iqlimli   joylarda
esa hayvonlar uchun ham molxona bo‘lganligini arxealogik tekshiruvlar natijasida
bilib   olishimiz   mumkin.   Neolit   davrida   ayniqsa   dexqonchilik   va   chorvachilik
rivojlandan   davrda   dastlab   turar   joylarning   ichida   xayvonlarning   oziq-ovqat
zaxiralarini   saqlash   uchun   ham   turli   g‘ovlar   o‘rnatishgan.   Keyinroq   esa   ombor,
saroy,   og‘ulxaona   singari   maxsusu   xo‘jalik   binolari   paydo   bo‘lgan.Ko‘rinib
turibdiki   rivojlanish   urug‘   jamoasi   davrida   insonlar   ko‘plab   xo‘jalik   yutulariga
erishganlar buning qatorida albatta turar joylarni eslab o‘tishimiz o‘rinlidir.  So‘nggi   urug‘chilik   jamiyati   moddiy   madaniyati   oldingi   davrlarga   nisbatan
ancha   mukammallashgan   bo‘lib   insoniyat   rivojlanishining   yangi   bosqichlar   yuza
keldi.   Neolit   davrining   ikkinchi   yarmidan   boshlab   ishlab   chiqarish   kuchlaring
yanada   rivojlanishi   urug‘chilik   jamiyatining   yangi   tashkilotga   o‘tishishi   –
patrearxatga o‘tishga majbur bo‘lgan. 
Yuqorida   takidlab   o‘tkanimizdek,   matrearxat   va   patrearxat   urug‘chilik
jamiyati   tashkilotining   ikki   uzviy   tarixiy   shakillari,   ibtidoiy   tarixning   ikki   uzviy
davrining tashkil etadi. Matrearxetdan patrearxatga o‘tish negizida ishlab chiqarish
kuchlarining   yuksalishi   yotadi.   Moddiy   boyliklarni   ishlab   chiqarishda   vosita
bo‘ladigan qurollari va ma’lum ishlab chiqarish tajribasiga va mexnat  malakasiga
ega   bo‘lganliklari   orqasida   ishlab   chiqarish   qurollari   xarakatga   keltiruvchi   va
moddiy boyliklar ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi kishilar jamiyatning ishlab
chiqarish kuchlarini tashkil etadui bunday o‘sish avvalo xo‘jalikni yuksalishida va
dexqonchilikdan omoch asosidagi dexqonchilikka o‘tishda o‘zining ko‘rsatadi. Shu
munosabat   bilan   erkaklar   endi   yuqori   mavqega   ko‘tarila   boshladilar.   Ishlab
chiqarishkuchlarinining,   xususan   dexqonchilik   va   chorvachilikning,   shuningdek,
almashishning   rivojlanishi   uy   xayvonlarining   ajralib   chiqishiga   olib   keladiki   bu
ayollarning mexnat soxasi bo‘lib qoladi.
So‘ngi   urug‘chilik   jamiyatining   moddiy   madaniyatiga   keladigan   bo‘lsak
ushbu davrdagiga nisbatan xo‘jalik soxasida urushishlar sodir bo‘ldi.ijtimoiy ishlab
chiqarishta ham iqtisodiy tomondan xam so‘ngi urug‘ jamoalari yuksak moddiy va
madaniy   madaniyat   yaratdilar.   Shuni   aytib   o‘tish   kerakki,   bu   o‘tmish   yetakchi
ishlab   chiqarish   rivojlangan   baliqchilik   bo‘lgan   jamiyatlarda   xam   vositalarning
rivojlanishi yotadi.
Matriarxat patriarxatga o‘tish nikoxning va oilning yangi shakillari     paydo
bo‘lishi   bilan   birga   sodir   bo‘ladi.   Mazkur   davrga   kelib   matrearxat   o‘rnatish
endilikga   erkaklar   egallay   boshlagan   ijtimoiy   va   xo‘jalik   bilan   murosasiz
qaramaqarshilikka   uchraydi.   Endilikda   erkak   o‘zining   yangi   ijtimoiy   vaziyatga
tayangan   xolda   matrilakal   nikox   tartibini   yemirib   tashlaydi   va   xotinini   o‘z   uyiga
olib keladi.   Bolalari   bilan  birgalikga   er  xotinning  mustaxkam   bog‘lanishi   yakka  nikox
tartibi   o‘rnatiladi. Bolalari   bilan birgalikda  er   va  xotinning  mustaxka,  bog‘lanishi
yakka nikox monogamiyani vujudga keltirdi. Yerga va ishlab chiqarish qurollariga
umumiy egalik oila asosini xo‘jaligini tashkil etadi. Iltimoiy ishlab chiqarishda va
oila   xo‘jaligida   xam   erkaklar   bilan   ayollar   o‘rin   almashti.   Endi   ayollar   faqat   uy
xo‘jaligi   bilan   shug‘ullanadigan   bo‘lishdi.   Ilgari   ovchilik   bilan   shug‘ullangan
erkaklar   endilikda   dexqonchilik   va   chorvachilikni   o‘zlariga   kasb   qilib   ola
boshladilar.   Xuddi   mana   shu   davrdan   boshlab   o‘troq   yashash   boshlanganligini
bilishimioz mumkin.
Rivojlangan urug‘ jaoasida kiyim-kechak va bezaklar
Ushbu   davrda   kiyim-kechaklar   rivojlanib   yuksak   darajada   mavqeyi   oshti.
Albatta   yer   yuzidagi   ba’zi   mintaqalardagi   kabilarni   xisobga   olmaganda.Kiyim-
kechaklar ushbu davrda turli  yo‘llar bilan tikilgan.To‘qimachilikni paydo bo‘lishi
kiyim-kechak   texnikasini   yanada   oshirdi.   Kiyim-kechakni   paydo   bo‘lishi   haqida
to‘xtaladigan   bo‘lsak   qadim   paytlardayoq   insoniyat   turlixil   daraxt   po‘syloqlarini,
hayvon terilaridan kiyim sifatida foydalanganligini bilib olishimiz mumkin. 
Kiyimning   paydo   bo‘lishiga   sovuqdan   saqlanish   zaruriyati   sabab   bo‘lgan
degan   zaruriyati   sabab   bo‘lgan   degan   fikirlar   ko‘p   tarqalgandi.   Kiyim   uyalish
tuyg‘usi natijasi paydo bo‘lgan degan nazari ham juda keng tarqalgan. Olimlarning
fikriga   ko‘ra   kiyim   odamlarni   o‘z   tanasini   beztishga   ishlatilishidan   kelib
chiqqan.Kiyim-kechakka   ishlatiladigan   homashyolar   turli-tuman   bo‘lib   ko‘p
jixatdan   maxalliy   sharoitga   ham   bog‘liqdir.   Kiyimning   asosiy   va   eng   qadimgi
xillarini   aytib   berish   juda   qiyin   ammo   bular   kamar,   yoping‘ich,   peshband,
yubkadan   iborat   bo‘lgan.   Juda   ko‘p   qoloq   qabilalar   boshlariga   turli   bezaklarni
taqib   yurganlar.   Kiyim   bilan   bezak   o‘rtasida   xaqiqattan   xam   aloqa   borligi
ma’lumdir.   Ayollar   o‘sha   davrlardayoq   turli   buyumlardan   bezak   sifatida
foydalanganlar.   Bezaklar   ko‘pincha   turli   suyak   qoldiqlari,   xatto   itning   tishlarini
ipga   terib   bo‘yinlariga   taqishgan.   Turli   metallardan   bezak   sifatida
foydalanishganligini bilib olishimiz mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati .
1. Barth   F.   Introduction   //   Ethnic   Groups   and   Boundaries:   The   Social
Organisation   of   Culture  Difference  /  Ed de  F.Barth  Bergen, Oslo,  London, 1969.
P.9-17.  
2. Edited by M. N. Srinivas .  The University Of Chicago Press  1998
3. Encyclopedia   Of   Social   And   Cultural   Anthropology.   Edited   by  Alan   Barnard
Jonathan Spencer. - London & New York, 2002.
4. Greenberg J.H. Language in the Americas. Stanford, 1987.
5. Introduction to Sociocultural Anthropology.  Zerihun Doda  .  Debub University .
2005
6. Method   In   Social   Anthropology   Selected Essays by K. R. Radcliffe-Brown
7. Ruhlen M. A guide to world' languages. Vol.1: Classification. London, 1987.
8. Small   Places,   Large   Issues   An   Introduction   to   Social   and   Cultural
Anthropology .  Thomas Eriksen   2001
9. Social Anthropology  Core Course Calicut University page 26-27-28
10. Social Anthropology  Core Course Calicut University , 2011
11. Алесеев   В.П,   Першиц   А.И.   “История   первобытного   обшества”   Москва.
“Высшая школа” 2004
12. Асқаров   А.   Ўзбек   халқи   этногенез   ва   этник   тарихининг   баъзи   бир
назарий   ва   илмий   методологик   асослари   // O ’ zbekiston   tarixi .–   2002.№4.   –
Б.54-60.
13. Аширов А. «Авесто»дан мерос маросимлар» - Т.; 2001.
14. Бромлей Ю.В. Очерки теории этноса. М., 1983.– С. 34.
15. Бўриев О. ва бошқалар «Ўзбек оиласи тарихи».  Т., 1995.

Mavzu. Dunyo xalqlari klassifikasiyasi. Geografik klassifikasiya. Tarixiy- etnologik viloyatlar. Dunyo xalqlarining antropologik tarkibi. Ho’jalik- madaniy tiplar Reja 1. Dunyo aholisining geografik va antropologik klassifikatsiyasi . 2. Lingvistik va etnolingvistik tasniflash. 3. Xo‘jalik madaniy, tarixiy madaniy viloyatlarga ajratib klassifikatsiya qilish usuli

Dunyo aholisining geografik va antropologik klassifikatsiyasi Bugungi kunda dunyoda bir necha ming turli-tuman xalqlar yashamoqda va ular jamiki insoniyatni tashkil etadi. Ular jamiyat rivoji, madaniyati, irqiy ko‘rinishi va nihoyat o‘z miqdoriga ko‘ra bir biridan sezilarli darajada farq qiladi. Bu turli tumanlik xalqlarning uzoq vaqt davomida mustaqil rivojlanishi, ularning turli tabiiy-geografik, xo‘jalik va ijtimoiy sharoitda yashashi natijasida paydo bo‘lgan. Shu bilan birga etnik chegaralar juda ham qattiq, o‘tib bo‘lmaydigan darajada bo‘lmagan. Xalqlar o‘zlarining butun tarixi davomid bir-biri bilan doimiy ravishda aloqada bo‘lib o‘zlarining madaniyatdagi yutuqlarini almashib, o‘zaro aralashib turgan. Bularning barchasi yer yuzidagi barcha odamlarning yagona biologik turga mansubligi va bir-biriga o‘xshash qirralari ko‘pligi bilan izohlanadi. Bu xilma-xillik va ayni vaqtda turli xalqlarni bir-biri bilan bog‘lab turgan umumiy hususiyatlarni tahlil qilish uchun ularni tasniflash zarur. Etnoslar tasnifi- bu dunyo etnoslarini u yoki bu belgilariga, bu turning insondagi umumiy parametrlariga qarab qayta taqsimlab chiqishdir. Geografik (yoki areal) tasniflashda xalqlarning geografik jihatdan o‘xshash xududda joylashganligi, ularning ma’lum bir hududda birgalikda yashashidagi o‘xshashlik inobatga olinadi va bu ko‘p holatlarda juda katta hududni qamrab oladi. Geografik tasniflashda xalqlar tarixiy-etnografik yoki ananviy madaniy viloyatlar deb nomlangan yirik hududlarga bo‘linadi va bu hudud chegarasida uzoq tarixiy rivojlanish davomida ma’lum bir madaniy jamoa shakllangan bo‘ladi. Bu yerda umumiylik eng birinchi navbatda moddiy madaniyatdagi turli elementlarda, shuningdek ma’naviy madaniyatdp qisman ko‘zga tashlanadi. Geografik tasniflashga o‘ziga xos tarixiy-etnografik tumanlashtirish sifatida qarash mumkin. Geografik tasniflash dunyoning turli xalqlari yashaydigan ma’lum bir geografik hududni shartli ravishda ajratib olish uchun ishlatiladi. Shu asosda “Kavkaz xalqlari”, “Shimol xalqlari”, “Okeaniya xalqlari” va boshqa tushunchalar mavjuddir. Biroq xalqlarni bu taxlit geografik birlashtirilishi geografik tasniflash

etnik tasniflash bilan qay darajada mos tushishiga bog‘liq. Tasniflashning bu sharti keng qo‘llaniladi, chunki uni juda katta hududlarga nisbatan ishlatish mumkin. Biroq geografik tasniflash qoidalari xalqning etnik hususiyatini to‘liq ochib bermaydi. Geografik xususiyat xalqning kelib chiqishi, ularning shakllanishi, xo‘jalik va madaniy qiyofasi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi xaqidagi savollarga javob bermaydi, lekin makonda etnoslarning hudud bo‘ylab tartiblashtirish va taqsimlash imkonini beradi. Juda katta hududlar qamrab olinganda foydalaniladigan bu usul makondagi uncha katta bo‘lmagan hudud etnoslarning bir-biriga qardoshligi borasidagi tasavvurga ziddir. Shuning uchun ham geografik tasniflash yordamchi xususiyat kasb etgan holda xalqlar boshqa xususiyatlari bilan bir-biriga mos kelganda ya’ni yirik hududlar doirasidagina ishlatiladi. Shuni qayd etib o‘tish kerakki xalqlarni geografik tasniflash xali yetarlicha ishlab chiqilmagan. Barcha mamlakatlar uchun dunyoning tarixiy-madaniy hududlarini aniqlovchi miqdor, shuningdek bu hududlarning chegaralari borasida yagona to‘xtam mavjud emas. Faqatgina xalqlarning: Avstraliya va Okeaniya, Osiyo xalqlari, Amerika xalqlari, Afrika xalqlari, Yevrpa xalqlariga bo‘lishda yagona qarash mavjud. Antropologik tasniflash turli etnik jamiyatlarning madaniy emas, balkim biologik, genetik qarindoshligiga asoslangan. Biroq faqatgina genetik aloqadorlik kishilarni ma’lum turga ajratish uchun xalqlarni ajratish talablariga javob bermaydi. Shuning uchun ham etnologiyada xalqlar o‘rtasidagi irqiy qarindoshlikni aniqlashda ulardagi farqlar antropologik tasniflash asosida amalga oshiriladi. Biologik jihatdan insoniyat yagona inson turiga mansubdir. Biroq fenotipik jihatdan turli tuman odamlar mavjud ya’ni insonlar o‘rtasida jismoniy (tana) farqlari mavjud. Bu farqlar teri rangi, yuzdagi farqlar, skletning tuzilishi, soch turi va boshqalardan iborat. Tana va antropologik farqlar bir-biridan uzoq, turli geografik-tabiiy sharoitda yashaydiganlarda ayniqsa sezilarli bo‘ladi. Odamlarning fizik jihatdan bu tarzda farqlanishi odatda irqiy deb ataladi. Irqiy farqlar doimiy ravishda irsiy bo‘lib, u bir necha avlodda ota-onadan bolalarga o‘tadi. Shuning

uchun ham katta miqdordagi mazkur farqlarni o‘rganishda irsiyat xaqidagi fan- genetikaning ahamiyati katta. Turli odamlar va butun boshli guruhlarda irsiy bo‘lgan ko‘pgina jismoniy belgilarning o‘xshashligi ularning kelib chiqishi birligiga yoki qarindosh ekanligiga yaqqol isbotdir. Irqiy belgilar odamlarning jismoniy tuzilishi borasidagi o‘ziga xoslik bo‘lib u avloddan avlodga o‘tadi va odamlarning juda katta guruhlari uchun xosdir. Irq va irqiy belgilar haqida gapirganda uning geografik xususiyat kasb etishini va ma’lum bir hudud bilan bog‘liqligini nazarda tutish lozim. Aslida, insondagi tana belgilarini barchasini ham irqiy xisoblanmaydi, faqatgina ma’lum bir hududda tarqalgan ya’ni butun insoniyatda emas aksincha u yoki bu mamlakat hududida yashaydigan xalqlarda uchraydigan belgilar irqiy hioblanadi. Irsiy hususiyat va ma’lmu bir hududda tarqalganlik-mana shu ikki zaruriy shart odamning aniq bir jismoniy belgisini irqiy deyishga asos bo‘ladi. Irq bu-tarixiy jihatdan bir hududda shakllangan odamlar guruhi bo‘lib kelib chiqishiga ko‘ra umumiylik birlashtirib turadigan va bu umumiylik irsiy hususiyat kasb etib ma’lum oraliqda tebranib turadigan morfologik va jismoniy belgilardan iborat bo‘ladi. Irq so‘zining kelib chiqishi aniq emas. Ehtimol u arabcha “ras” (bosh, ilk, ildiz) so‘zining o‘zgargan shakli bo‘lishi mumkin. Shuningdek bu bu atama italyancha rassa yani “qabila” so‘zi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Irq so‘zi bugungi ma’nosida 1684 yilda fransuz olimi Fransua Bernening odamzotni irqiy sinflarga ajratgan asarida tilga olingan. Irq borasidagi konsepsiyalar XVIII asr oxirida paydo bo‘ldi. U mustamlaka siyosati tufayli xayotga keldi va Yevropa davlatlari tomonidan begona hudularni bosib olinishi va Afrika, Osiyo, Amerika, Avstraliya va Okeaniyada millionlar insonlarni bo‘ysundirilishi, qulga aylantirilishi va talanishining g‘oyaviy asosi bo‘lib xizmat qildi. Bu konsepsiya xalqlarning irqiy mansubligi ularni madaniyatini belgilashini o‘zida aks ettirgan edi. Irqchilarga ko‘ra irqlarning farqi va bu irq vakillari o‘z qobiliyatiga ko‘ra “yetuk” va “yetuk bo‘lmagan” irq va millatlarga bo‘linadi. Bu bilan irqchilar o‘z

mamlakati ichkarisida va boshqa davlatlarga nisbatan olib borgan mustamlakachilik siyosatini oqlashga harakat qilishgan. Reaksion g‘oya sifatida irqchilik ayniqsa XIX asrda yaqqol namoyon bo‘ldi. Xususan, bu g‘oyadan AQSH dagi qulchilikni oqlashda foydalanildi. Bir qancha amerikalik antropologlar (Morton, Pett, Gliddon) quldorlarni fikrini “ilmiy” jihatdan mustahkamlab qulchilikni saqlanib qolinishi zarur va adolatli ekanligini isbotlashga urinib, negrlar-past irq vakillari bo‘lib boshqalarning ko‘magisiz yashay olishmaydi degan fikrni bildirishgan. Yevropada ham irqchilik g‘oyalari paydo bo‘ldi. Bu borada fransuz grafi J.A.Gobino tomonidan 1853 yilda chop etilgan “Insoniyat irqining notengligi xaqida tajriba” kitobi alohida ahamiyat kasb etdi. Bu kitobda muallif inson irqlari nafaqat “go‘zalligi” va bir qator jismoniy belgilari bilan balkim psixologik madaniyati bilan ham farq qilishini ta’kidladi. Gobino qora irqni past irq, sariq irqni nisbatan rivojlangan irq deb hisobladi. Gobinoga ko‘ra rivojlanishga qodir yagona va oliy irq bu oq irq vakillari bo‘lib uni alohida “oriy irq” deb atadi. Uning fikriga ko‘ra sariq yoki mongoloid irqi oq irqdan sezilarli darajada past, qora irq esa sivilizasion o‘zgarishlarni o‘zlashtirishga qodir emas va shuning uchun ham abadiy qoloqlikka mahkum edi. Bu g‘oya bevosita o‘sha davrning biologlari (E.Gekkel, F.Galton va boshqalar) tomonidan qo‘llab quvvatlanishi yevropalik mustamlakachilarning Afrika va Osiyodagi faoliyatini oqlash uchun juda qulay bo‘ldi, mustamlakalarda irqiy va etnik zulmni kuchaytirdi va keyinchalik Britaniya va boshqa metropoliyalarda keng tarqaldi. Insonlarning biologik jihatdan notengligi g‘oyasi asosida yozilgan yana bir asar fransuz sosiologi G.Lebonning “Xalqlar va omma psixologiyasi” asaridir. Nafaqat odamlar, balkim butun boshli irq va xalqlar tenglikka davo qilmasligi kerak, aks holda bu inson tabiati va uning mavjudligiga qarshi turish hisoblanadi. Odamlar, xalqlar va irqlarning notengligi ular mavjudligining obyektiv vositasi deb hisoblaydi Lebon. “Irqiy g‘oyaga ko‘ra” oq irq genetik va ijtimoiy jihatdan boshqa irqlardan o‘zining “aqliy qobiliyati”, “mustaqilligi”, “intelektualligi”, dunyoga nisbatan baholash munosabati mavjudligi bo‘yicha “mantiqiy fikrlashi” jihatidan