Ko’p qutbli, multisivilizasiyaviy dunyo
Ko’p qutbli, multisivilizasiyaviy dunyo . Reja: 1. Sovuq urush mobaynida global siyosat 2. Jahon sivilizasiyalari: 1990-yillardan keyin So’nggi Sovuq urushda, tarixda ilk marotaba global siyosat ko’p qutbli va multisivilizasiyaviy bo’ldi. Insoniyat mavjudligida ko’pincha munosabatlar vaqtinchalik yoki umuman bo’lmagan edi. Keyinchalik, zamonaviy eraning boshlarida (taxminan milodiy 1500 yil) global siyosat ikki tomonga bo’lingandek qaraldi. To’rt yuz yillar mobaynida G’arbning milliy mamlakatlari – Britaniya, Fransiya, Ispaniya, Avstriya, Prussiya, Germaniya, Qo’shma Shtatlar va boshqalar – g’arbiy sivilizasiya bilan ko’p qutbli xalqaro tuzumni tashkillashtirishdi, shuningdek, o’zaro munosabat o’rnatishdi, musobaqalashishdi, hattoki bir-biri bilan urushlarda kurashishdi. Shu bilan bir vaqtda g’arbiy millatlar kengayishdi, zabt etib, koloniyalashtirishdi yoki boshqa sivilizasiyalarga ayyorona ta’sir o’tkazishdi. Sovuq urush mobaynida global siyosat ikki qutbli edi, jahon esa uch qismga bo’linib olgandi. AQSh tomonidan boshqariladigan demokratik va juda boy mamlakatlar Sovet Ittifoqi tomonidan boshqariladigan va qo’llab- quvvatlanadigan, ma’lum ma’noda kambag’alroq kommunist jamiyatlar bilan keng yoyilgan mafkuraviy, siyosiy, iqtisodiy, va shuningdek, harbiy musobaqaga kirishib ish yuritishar edi. Bu nizolarning ko’p qismi shu ikki lagerning tashqarisidagi Uchinchi dunyoda sodir bo’lib, kambag’al, siyosiy turg’unligi kuchsiz, endigina mustaqil bo’lgan, shuningdek, teng bo’lmagan deya e’tirof etilgan davlatlarni qamrab oldi. 1980 yillar oxirida kommunist dunyosi quladi, Sovuq urush esa tarixda xalqaro tizim sifatida muhrlandi. Sovuq urushning so’nggi yillarida xalqlarning eng asosiy farqlari mafkuraviy, siyosiy yoki iqtisodiy emas edi. Eng asosiy farq madaniylikda edi. Insonlar va millatlar insoniyat uchraydigan eng asosiy savolga javob berishga harakat qilishyapti: Biz kimmiz? Bunga insonlar insoniyat javob berib kelgan odatdagi usulda, ya’ni din, til, tarix, qadriyatlar, odatlar va rasm-rusumlarga ishora qilgancha javob berishmoqda.
Ular o’zlarini qabilalar, urug’lar, etnik guruhlar, diniy jamoalar, millatlar va keng ma’noda – sivilizasiyalar bilan tanitishadi. Insonlar siyosatdan faqatgina qiziqishlarini oshirib borish uchun emas, balki o’zliklarini izohlashda ham foydalanishadi. Biz qachonki kim emasligimizni bilsak hamda kimga qarshi ekanligimizni anglab yetsakkina kim ekanligimizni bilishimiz mumkin. Milliy davlatlar jahon hamjamiyatida asosiy aktyorlar hisoblanishadi. Ularning fe’l-atvori o’tgan zamonlardagi boylik va qudrat ta’qibiga ko’ra, shuningdek, madaniy afzalliklar, umumiyliklar va farqliklarga ko’ra shakllangan. Davlatlarning eng muhim guruhlashtirishlari endi Sovuq urushning uchta blokiga emas, balki jahonning kattagina yetti yoki sakkizta sivilizasiyasiga bog’liq bo’lib qoldi (1.3-xarita). G’arbiy bo’lmagan mamlakatlar, asosan, Sharqiy Osiyo, o’zlarining iqtisodiy boyliklarini oshirib borib, siyosiy ta’sir va mahoratli harbiy qudrat uchun asos yaratmoqdalar. O’z kuch-qudrati va o’ziga ishonchi oshib borar ekan, g’arbiy bo’lmagan mamlakatlar madaniy qadriyatlarini muttasil tasdiqlab, g’arb tomonidan singdirilayotgan “majburlash”larni rad etib kelmoqdalar. “XXI asrning xalqaro tizimi”, – deya so’z ochadi Genri Kissinjer, — “o’z ichiga oltita kuchli davlatlarni: Qo’shma Shtatlar, Yevropa, Xitoy, Yaponiya, Rossiya va ehtimollik bilan Hindiston, shuningdek, o’rtacha va kichik davlatlar ko’pligini qamrab oladi. Kissinjerning buyuk oltiligi beshta turli xil sivilizasiyaga tegishli bo’lsa-da, bunda strategik joylashuvi, aholi ko’pligi hamda yoqilg’i boyliklariga ega islomiy mamlakatlarning ham jahon hamjamiyatiga ta’siri bor. Hozirgi kunda jahonda mahalliy siyosat – bu etnik siyosat, global siyosat esa sivilizasiyalar siyosati hisoblanadi. Superkuchlar raqobatining o’rni esa sivilizasiyalar to’qnashuvi bilan almashdi.
G’arb va boshqalar: 1920
Sovuq urush: 1960- yillar Erkin davlatlar Kommunist blok Betaraf xalqlar
Jahon sivilizasiyalari: 1990- yillardan keyingi holat. G’arb tomonidan boshqarilgan G’arbning mustaqil va nominal davlatlari