logo

DUNYO TILLARI VA TILLAR TASNIFI.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

23.9443359375 KB
DUNYO TILLARI VA TILLAR TASNIFI . 
Reja  :
1.Dunyo tillarini tasniflash asoslari.
2.Tillarning geneologik tasnifi.
3.Tillarning morfologik tasnifi.
4. Analitik tizimdagi tillar.
5. Sintetik tizimdagi tillar.
6. Polisentetik tillar. 1.  Dunyo tillarini tasniflash asoslari.  
Dunyoda   3000ga   yaqin   til   borligi   qayd   qilingan.   Mas.,   Rossiyada   –
130, Hindistonda – 720, Indoneziya – 200, Fillipin – 80, Janubiy Gveniya –
400 va hokazo.
Bu tillar   funksional  jihatdan   teng  emas . Birida bir qabila gaplashsa,
ikkinchisi   xalqaro   til   hisoblanadi.   Ba’zi   tillar   yo‘q   bo‘lib   ketgan,   ba’zilari
o‘lik til: lotin va sanskrit tili.
Dunyoda   shuncha   miqdorda   til   mavjud   ekan,   tabiiyki,   ularni   tasniflab
o‘rganishga ehtiyoj tug‘iladi.
Tillarning bir-biri bilan yaqinligi, qarindoshligi haqidagi fikrlar paydo
bo‘lgach, ularni guruhlab o‘rganish birmuncha osonlashdi..
Fr.o.   G.Postellus   (1510-1581)ning   «Tillarning   qarindoshligi   haqida»,
gol.o.   I.Skaligerning   (1540-1609)   «Evropaliklarning   tillari   haqida   muloha
zalar» asarlari. Qiyosiy-tarixiy metodning yaratildi.
F.Bopp   (1791-1867)   uch   tomlik   asari   bilan   tilshunoslikda
agglyutinatsiya nazariyasi ni yaratdi.
R.Raskning (1787-1832) - «Qadimgi island tili va island tilining paydo
bo‘lishi»,   YA.Grimmning   (1785-1863)   -   «Nemis   tili   grammatikasi»,
A.Vostokovning «Slaviyan tili haqida mulohazalar» (1820) asarlari.
Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik vujudga keldi. Geneologik tasnif yaratildi.
XIX asrga kelib tilshunoslikda qator tasniflar vujudga keldi. Jumladan: areal-
geografik,   genetik-geneologik,   morfologik-tipologik,   funksional   struktural
kabi.
Areal   tasnif .   Kamchiligi:   qabila,   elat,   irq,   hudud   chegarasi   bilan   til
chegarasi o‘zaro to‘g‘ri kelmaydi).
Tillarning  xalq  tarixi  bilan  aloqasiga  ko‘ra,  asosan,  uch  tipga  ajraladi:
qabila tili, elat tili, milliy  til . Funksional   tasnif .   Tilning   jamiyatdagi   vazifasi.   ularning   funksional
differensiatsiyalashuviga  olib keladi. 
Tipologik   tasnif .  Unda tillarning grammatik qurilishi asosga olinadi va
tiplari belgilanadi: morfologik va sintaktik tipologiya. 
Morfologik   tasnif   ana   shu   usulga   asoslanadi.   So‘zlarning   o‘zgarishi
asosga olingan  morfologik     tipologiya  tilshunoslikda keng tarqalgan.
Sintakaktik tipologiyada  gap ot va fe’l gaplarga ajratiladi.
Geneologik tasnif da  til faktlari tarixiy prinsip (usul) asosida o‘rganilib,
tillarning qarindoshlik munosabati hisobga olinadi.
Struktural   tasnif da   hamma   tillarning   vazifasi   bir   xilligidan   kelib
chiqib, ulardagi umumiylik va o‘xshashlik asos qilib olinadi. 
SHundan   so‘ng   geneologik   va   morfologik   tasnif   va   ularning   afzal
tomonlariga to‘xtalib o‘tiladi.
N.YA.Marrning   stadial   tasnif i.   Uningcha   til   to‘rt   unsurdan   sal,   ber,
yon, rosh  dan iborat bo‘lgan. Dunyodagi barcha tillar ana shu to‘rt unsurdan
tarkib topgan.
Alisher Navoiyning «Muhokamat-ul lug‘atayn» asari.(107 bet).
2. Geneologik tasnif 
til   faktlarini   tarixiy   prinsip   asosida   o‘rganib,   tillarning   qarindoshlik
munosabatlarini aniqlay di.
Eng ko‘p tarqalgan tillar quyidagilar:
I.  Hind-evropa tillari oilasi.
1. Hind tillari guruhi. Jonli tillar:   hind, urdu, bengal, panjob, maraxti,
singal’, nepal, bixar, oriy, assam, kashmir, lo‘lilar tili . O‘lik tillar:  sanskrit .
2.   Eron   tillari   guruhi:   fors,   pushtu,   tojik,   kurd,   osetin,   sug‘diylar   tili,
pomir   tili .   Pomir   tillari,   skif,   pahlaviy,   xorazmiy,   qadimgi   fors,   parfiyan
tillari o‘lik tillar  hisoblanadi.
3. Slavyan tillari guruhi: sharqiy, janubiy, g‘arbiy. a) sharqiy:  rus, ukrain, belorus .
b) janubiy:  bolgar, makedon, serb-xorvat, slovyan tili .
v)  chex, slovak, polyak, kashub, sorab .
4. Boltiq tillari guruhi:  litva, latviya .
5. German tili guruhi: shimoliy, g‘arbiy, sharqiy.
a) shimoliy:  daniya, shved, norveg, island .
b) g‘arbiy:  ingliz, golland, frits, nemis .
v) sharqiy:  vestgot, ostgot  (o‘lik tillar)
6.   Roman   tili   guruhi:   fransuz,   ital’yan,   ispan,   portugal,   rumin,
moldovan, lotin .
7. Kelt tili guruhi:  irland, shotland  (o‘lik).
8. Grek tillari guruhi:  grek
9. Alban tili
10. Arman tili 
II.  Xom va som tillari oilasi.  
Som tillari:
-sharqiy som tili:  akkad
-shimoliy som tili:  xannan, oromiy .
-janubiy som tili:  arab  va  axmar  tili
Xom   tillari:   shilx,   tuareg,   kabil,   amazirt,   kot,   beroer   va   kushit   o‘lik
tillardan  liviya, numid, shtul,  misr  tillari   kiradi.
III. Kavkaz tillari oilasi.
1.G‘arbiy guruh:  abxaz, kabardin, cherkas, adigey .
2.Nax tili guruhi:  chechen, ingush, batsbiy .
3.Dog‘iston tillari guruhi:  avar, darg‘in, lezgi, lak, tabasarin  (bularning
yozuvi   bor)   va   andiy,   karatin,   tindin,   chamolin,   bagaul’,   axvax,   butlix,
gadobern, sez, betedin  (yozuvi yo‘q) tillari.
4. Janubiy yoki kartvel tillari guruhi:  gruzin, zan, svan . IU. Ugor-fin tillari oilasi.
1.Ugor tillari guruhi:  venger(mojor) tili,mansay tili va xantay .
2.   Fin   tillari   guruhi:   fin,   sam,   eston,   karel,   komi,   udmurt,   mariy,
morden .
Samodiy tillari guruhi:  nenets, enets, selkum .
V. Tungus-manjur tillari oilasi.
1.Tungus tillari guruhi:  evenk, even .
2.   Manjur   tillari   guruhi:   manjur,   nanay,   udey,   ul’g,   orog   (SHarqiy
Sibir’, Saxalin, CHukotka)
VI.  Xitoy-tibet tillari oilasi.
1.Tay-xitoy tillari guruhi:  xitoy, dungan, vet’nam, tay, laos .
2.Tibet-birma tillari guruhi:  tibet, birma .
VII.   Dravid   tillari   oilasi :   tamil,   malalayam,   telugu,   kannar,   tulu,
barxun, gondi .
VIII.  Malay-polineziya tillari oilasi .
Indoneziya  tillari:  malay, yava, dayak, tagal’, batak, age, bali, madur,
torigi, bug‘iy .
IX.  Avstaliya tillari oilasi : asosiysi  aranta .
X.  Papuas tillari oilasi .
YAngi Gveniyadagi 400 ga yaqin til papuas tillari deb ataladi.
XI.  Afrika tillari oilasi .
1.Bantu   tillari   guruhi:   bube,   lundu,   fang,   kongo,   rundi,   ganda,   poto,
igala,   luba,   bemba,   subiyya,   suaxili,   sanga,   shambala,   zulu,   soto,   venta,
lunda.
2.Sudan tillari guruhi:  zanda, banda, koma, kunama, kardofan, mil’tu .
XII.  Paleosiyo tillari oilasi .
1.CHukot tillari guruhi:  chukot, koryak.
2.Sibir’ guruhi:  odul’, nivx . XIII. Eskimos  tillari   oilasi .  Vrengel,   CHukotka,   Kanada,   Alyaskaning
shimolida yashovchi xalqlarning tillari eskimos tillari oilasini tashkil qiladi.
XIV.   SHimoliy   Amerika   tillari   oilasi .   200   dan   oshiq.   Ko‘pchiligi
yo‘qolib ketgan yoki yozuvga ega emas. 
Birorta tillar oilasiga kirmagan tillar:  yapon, koreys, ayn .
XUI.  Mo‘g‘il tillari oilasi :  xalxa-mo‘g‘il, buryat, qalmiq .
XVI.   Turkiy   tillar   oilasi :   30   ga   yaqin.   Turk,   ozorbayjon,   turkman,
gagauz,   qrimtatar,   qoragay,   balgar,   qo‘miq,   nug‘oy,   tatar,   boshqird,   oltoy,
щ or, xakas, tuva, yoqut, qirg‘iz, o‘zbek, qoroqalpoq, chuvash, uyg‘ur, qozoq .
1.Bulg‘or tillari guruhi:  chuvash, qadimgi bulg‘or, xazar .
2.O‘g‘uz   tillari   guruhi:   turkman,   truxman,   o‘g‘uz-bulg‘or-gagauz,
bolqon; ozarbayjon va turk .
3.Qipchoq   tillari   guruhi:   qaray,   qo‘miq,   koragan-balqar,   qrim-tatar-
qirim,  belorus, litva tatarlari: tatar, boshqird, no‘g‘oy, qaraqalpoq, qozoq .
4.O‘zbek va uyg‘ur tillari guruhi:  o‘zbek, uyg‘ur .
5.O‘g‘iz tillari guruhi:  tuva, tofalar, (yoki karagass-krasnoyarskda).
6.YOqut tili.
7.Xakas tili guruhi:  xakas, shor, cho‘lim, oltoy-shimoliy shevalar .
8. Qirg‘iz-qipchoq tillari guruhi:  qirg‘iz, oltoy .
Geneologik   tasnifda   tillarning   kelib   chiqishi,   so‘zlarning   paydo
bo‘lishi va manbai, ularning ma’no jihatdan yaqinligi, shu bilan birga, ularda
tovushlar va affikslar o‘xshashligi hisobga olinadi.
Zamonaviy   tilshunoslik   ma’lumotlariga   ko‘ra   hozirgi   kunda   20   dan
ortiq til oilalari mavjud.
3.   Morfologik   tasnif   tillarning   grammatik   xususiyatlarini,   aniqrog‘i,
o‘zak   va   affikslarni   qarama-qarshi   qo‘yish   asosida   taqqoslab   o‘rganishga
asoslanadi. Bu   tasnifiga   F.SHlegel   (1772-1829)   asos   solgan.   U   o‘zining
«Hindlarning tili va donoligi» (1809) nomli asarida sanskrit tilini grek, lotin
va   turkiy   tillar   bilan   chog‘ishtirib,tillarni   ikki   tipga   ajratadi:   affiksli   tillar ,
flektiv tillar .
Olimning bu tasnifi keyinchalik ukasi A.SHlegel tomonidan «Provansal
tili va adabiyoti haqida mulohazalar» (1818) asarida qayta qo‘rib chiqilgan va
tillar   uch   tipga   bo‘lingan:   flektiv   (bukilish),   agglyutinativ   (qo‘shimchali),
amorf (qo‘shimchasiz) tillar.
V.fon  Gumbol’d  MT   bilan  qiziqib,   tillarni   to‘rt   tipga  ajratgan:   amorf,
agglyutinativ,   flektiv   va   polisintetik .   Polesintetik   tillarga   eskimos,   aleut,
chukot va Amerika hindulari tillarini kiritgan. 
A.Shlayxer uch tipga ajratgan:  o‘zakli ,  aglyutinativ ,  flektiv . 
Hozirgi tilshunoslikda quyidagi to‘rt tipga asoslaniladi:
I. O‘zakli   yoki   ajratuvchi   tillar .   Bu   tillarga   xitoy,   birma,   tay,   tibet   va
boshqa janubiy-SHarqiy Osiyo tillari kiradi. Bu tillarda forma yasovchi, so‘z
o‘zgartiruvchi   affikslar   yo‘q.   Grammatik   munosabat   so‘z   tartibi,   urg‘u,
intonatsiya va boshqa vositalar orqali ifodalanadi.
II. Agglyutinativ tillar : turkiy va fin-ugor tillari, mo‘g‘ul tillari, dravid,
batu, yapon tillari.
Asosiy xususiyatlari:
1.Affikslar bir ma’noni ifodalaydi. 
2. Affikslar o‘zakka qo‘shila veradi:   maktablardan . Flektiv tillarda esa
birikib ketadi:  -viju/vid.
3.   Turkiy   tillarda   prefiks   yo‘q,   grammatik   ma’nolar   affikslar   orqali
ifodalanadi. Flektiv tillarda ikkalasi ham mavjud.
4. Turkiy tillarda ko‘makchilar ot yoki ot vazifasidagi so‘zlardan keyin
keladi,   sintaktik   munosabat   ifodalaydi:   Ukam   uchun   oldim .   Flektiv   tillarda
oldin kelib, shu vazifani bajaradi:  v knige, nad stolem . 5. Turkiy tillarda rod (jins) kategoriyasi yo‘q.
III.   Flektiv   tillar   hind-evropa   tillari   kiradi.   So‘zning   morfologik
formalarining   fleksiya   orqali   yasalishi   bu   tillarning   asosiy   xususiyatlaridir.
Bu   tillarda   har   bir   mustaqil   so‘zning   dastlabki   shakli   ham     negiz   va
qo‘shimchalarga bo‘linadi, natijada o‘zak negiz mustaqil qo‘llanmaydi. Mas.,
rus   tilida   siju,   sidish,   sidyat   so‘zlari-   ning   o‘zak-negizi   sid,   sij   bo‘lib,   ular
mustaqil qo‘llanmaydi.
Flektiv   tillarga   so‘z   yasovchi   va   so‘z   o‘zgartiruvchi   funksiyani
bajaradigan  ichki  fleksiya  xos.  Bunda  o‘zak-negiz  tovush  almashinuvi  bilan
turli grammatik ma’nolar ifodalanadi. Mas., arab tilida:   ktb-kataba: u yozdi,
kotib: yozuvchi, kitob: kitob, akteb   kabi.
Morfologik tasnifda so‘zlarning tuzilishi eng muhim, eng asosiy belgi
qilib olinadi. Tillarning kelib chiqishi e’tiborga olinmaydi.
Unda   so‘zlarning   o‘zaro   bog‘lanishidagi   so‘z,   turlovchi   va   tuslovchi
qo‘shimchalarning   bor-yo‘qligi,   ularning   xususiyatlari   va   so‘z   yasalishi
tomonlari hisobga olinadi.
4.Analitik tizimdagi tillar.
Analitik   –   grekcha   analitikas   –   echilish,   ajralish   demakdir.   Analitik
tillarning xususiyati shundan iboratki,  bu tillarda grammatik munosabatlar
qo‘shimchalar   orqali   emas,   analitik   vositalar   (so‘z   tartibi,   bog‘lovchi,
ko‘makchi va boshqalar) yordamida ifodalanadi . Ingliz, fransuz, fors kabi
tillar   mana   shunday   tillardir.   Analitik   tillarga   roman     tillari,   Daniya,   yangi
grek va boshqa tilar kiradi.
4. Sintetik tizimdagi tillar.  
Sintetik (gr.   sintetikos   – biriktirish, birikish ) tillarda grammatik ma’no
qo‘shimchalar orqali, ya’ni so‘zning tarkibida ifodalanadi. Masalan, rus tilida
knigu   so‘zi   leksik   ma’nodan   tashqari   bir   necha   grammatik   ma’nolarni   ham ifodalaydi   (viniteln ы y   padej,   birlik   va   jenskiy   rod).   YAna:   hozirgi   litva,
slavyan, nemis tillari kiradi.
5.  Polisintetik tillar .
Bu   tillarning   asosiy   morfologik   xususiyatlari   ega,   aniqlovchi,
to‘ldiruvchi   va   holni   ifodalab   kelgan   so‘zlar   fe’l   bilan   birikib,   murakkab
tarkibli   qo‘shma   so‘z   formasiga   o‘xshash   gap   hosil   qilishdir.   Mas.,   chukot
tilida:   t’mayn’valmnark’nmen   –   men   (t’),   katta   (mayn),   pichoqni   (vala),
charxlayapman   (mnarkan);     t ы -ata-kaa-nm ы rk ы in   -   men   semiz   bug‘ularni
o‘ldirayapman.   Bunda   gap   boshida   ega,   oxirida   kesim,   to‘ldiruvchi,   hol,
aniqlovchilar esa ega bilan kesimning o‘rtasida keladi.
Tillarni   bunday   tasnif   qilish   nihoyatda   nisbiy.   Ular   mutlaq   qoidalarga
bo‘ysunmaydi. Foydalanilgan adabiyotlar
1.   Mirziyoev Sh.   Buyuk kelajagimizni   m ard va olijanob xalqimiz bilan
birga quramiz.   – T oshkent : O‘zbekiston .  2017.
2.Mirziyoev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash –
yurt   taraqqiyoti   va   xalq   farovonligining   garovi.   –   Toshkent:   O‘zbekiston,
2017.
 
3. Abduazizov A.Tilshunoslik nazariyasiga kirish. -Toshkent, 2010.
4. Ирисқулов И.Тилшуносликка кириш. -Тошкент, 2009.
5. Rasulov R.Umumiy tilshunoslik. - Т oshkent, 2013.
6. Тилшунослик   назарияси   ва   методологияси.   Тузувчи:   Ҳ.
Дадабоев. –Тошкент, 2004.
7. Х olmanova Z. Tilshunoslikka kirish. -Toshkent, 2007.

DUNYO TILLARI VA TILLAR TASNIFI . Reja : 1.Dunyo tillarini tasniflash asoslari. 2.Tillarning geneologik tasnifi. 3.Tillarning morfologik tasnifi. 4. Analitik tizimdagi tillar. 5. Sintetik tizimdagi tillar. 6. Polisentetik tillar.

1. Dunyo tillarini tasniflash asoslari. Dunyoda 3000ga yaqin til borligi qayd qilingan. Mas., Rossiyada – 130, Hindistonda – 720, Indoneziya – 200, Fillipin – 80, Janubiy Gveniya – 400 va hokazo. Bu tillar funksional jihatdan teng emas . Birida bir qabila gaplashsa, ikkinchisi xalqaro til hisoblanadi. Ba’zi tillar yo‘q bo‘lib ketgan, ba’zilari o‘lik til: lotin va sanskrit tili. Dunyoda shuncha miqdorda til mavjud ekan, tabiiyki, ularni tasniflab o‘rganishga ehtiyoj tug‘iladi. Tillarning bir-biri bilan yaqinligi, qarindoshligi haqidagi fikrlar paydo bo‘lgach, ularni guruhlab o‘rganish birmuncha osonlashdi.. Fr.o. G.Postellus (1510-1581)ning «Tillarning qarindoshligi haqida», gol.o. I.Skaligerning (1540-1609) «Evropaliklarning tillari haqida muloha zalar» asarlari. Qiyosiy-tarixiy metodning yaratildi. F.Bopp (1791-1867) uch tomlik asari bilan tilshunoslikda agglyutinatsiya nazariyasi ni yaratdi. R.Raskning (1787-1832) - «Qadimgi island tili va island tilining paydo bo‘lishi», YA.Grimmning (1785-1863) - «Nemis tili grammatikasi», A.Vostokovning «Slaviyan tili haqida mulohazalar» (1820) asarlari. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik vujudga keldi. Geneologik tasnif yaratildi. XIX asrga kelib tilshunoslikda qator tasniflar vujudga keldi. Jumladan: areal- geografik, genetik-geneologik, morfologik-tipologik, funksional struktural kabi. Areal tasnif . Kamchiligi: qabila, elat, irq, hudud chegarasi bilan til chegarasi o‘zaro to‘g‘ri kelmaydi). Tillarning xalq tarixi bilan aloqasiga ko‘ra, asosan, uch tipga ajraladi: qabila tili, elat tili, milliy til .

Funksional tasnif . Tilning jamiyatdagi vazifasi. ularning funksional differensiatsiyalashuviga olib keladi. Tipologik tasnif . Unda tillarning grammatik qurilishi asosga olinadi va tiplari belgilanadi: morfologik va sintaktik tipologiya. Morfologik tasnif ana shu usulga asoslanadi. So‘zlarning o‘zgarishi asosga olingan morfologik tipologiya tilshunoslikda keng tarqalgan. Sintakaktik tipologiyada gap ot va fe’l gaplarga ajratiladi. Geneologik tasnif da til faktlari tarixiy prinsip (usul) asosida o‘rganilib, tillarning qarindoshlik munosabati hisobga olinadi. Struktural tasnif da hamma tillarning vazifasi bir xilligidan kelib chiqib, ulardagi umumiylik va o‘xshashlik asos qilib olinadi. SHundan so‘ng geneologik va morfologik tasnif va ularning afzal tomonlariga to‘xtalib o‘tiladi. N.YA.Marrning stadial tasnif i. Uningcha til to‘rt unsurdan sal, ber, yon, rosh dan iborat bo‘lgan. Dunyodagi barcha tillar ana shu to‘rt unsurdan tarkib topgan. Alisher Navoiyning «Muhokamat-ul lug‘atayn» asari.(107 bet). 2. Geneologik tasnif til faktlarini tarixiy prinsip asosida o‘rganib, tillarning qarindoshlik munosabatlarini aniqlay di. Eng ko‘p tarqalgan tillar quyidagilar: I. Hind-evropa tillari oilasi. 1. Hind tillari guruhi. Jonli tillar: hind, urdu, bengal, panjob, maraxti, singal’, nepal, bixar, oriy, assam, kashmir, lo‘lilar tili . O‘lik tillar: sanskrit . 2. Eron tillari guruhi: fors, pushtu, tojik, kurd, osetin, sug‘diylar tili, pomir tili . Pomir tillari, skif, pahlaviy, xorazmiy, qadimgi fors, parfiyan tillari o‘lik tillar hisoblanadi. 3. Slavyan tillari guruhi: sharqiy, janubiy, g‘arbiy.

a) sharqiy: rus, ukrain, belorus . b) janubiy: bolgar, makedon, serb-xorvat, slovyan tili . v) chex, slovak, polyak, kashub, sorab . 4. Boltiq tillari guruhi: litva, latviya . 5. German tili guruhi: shimoliy, g‘arbiy, sharqiy. a) shimoliy: daniya, shved, norveg, island . b) g‘arbiy: ingliz, golland, frits, nemis . v) sharqiy: vestgot, ostgot (o‘lik tillar) 6. Roman tili guruhi: fransuz, ital’yan, ispan, portugal, rumin, moldovan, lotin . 7. Kelt tili guruhi: irland, shotland (o‘lik). 8. Grek tillari guruhi: grek 9. Alban tili 10. Arman tili II. Xom va som tillari oilasi. Som tillari: -sharqiy som tili: akkad -shimoliy som tili: xannan, oromiy . -janubiy som tili: arab va axmar tili Xom tillari: shilx, tuareg, kabil, amazirt, kot, beroer va kushit o‘lik tillardan liviya, numid, shtul, misr tillari kiradi. III. Kavkaz tillari oilasi. 1.G‘arbiy guruh: abxaz, kabardin, cherkas, adigey . 2.Nax tili guruhi: chechen, ingush, batsbiy . 3.Dog‘iston tillari guruhi: avar, darg‘in, lezgi, lak, tabasarin (bularning yozuvi bor) va andiy, karatin, tindin, chamolin, bagaul’, axvax, butlix, gadobern, sez, betedin (yozuvi yo‘q) tillari. 4. Janubiy yoki kartvel tillari guruhi: gruzin, zan, svan .

IU. Ugor-fin tillari oilasi. 1.Ugor tillari guruhi: venger(mojor) tili,mansay tili va xantay . 2. Fin tillari guruhi: fin, sam, eston, karel, komi, udmurt, mariy, morden . Samodiy tillari guruhi: nenets, enets, selkum . V. Tungus-manjur tillari oilasi. 1.Tungus tillari guruhi: evenk, even . 2. Manjur tillari guruhi: manjur, nanay, udey, ul’g, orog (SHarqiy Sibir’, Saxalin, CHukotka) VI. Xitoy-tibet tillari oilasi. 1.Tay-xitoy tillari guruhi: xitoy, dungan, vet’nam, tay, laos . 2.Tibet-birma tillari guruhi: tibet, birma . VII. Dravid tillari oilasi : tamil, malalayam, telugu, kannar, tulu, barxun, gondi . VIII. Malay-polineziya tillari oilasi . Indoneziya tillari: malay, yava, dayak, tagal’, batak, age, bali, madur, torigi, bug‘iy . IX. Avstaliya tillari oilasi : asosiysi aranta . X. Papuas tillari oilasi . YAngi Gveniyadagi 400 ga yaqin til papuas tillari deb ataladi. XI. Afrika tillari oilasi . 1.Bantu tillari guruhi: bube, lundu, fang, kongo, rundi, ganda, poto, igala, luba, bemba, subiyya, suaxili, sanga, shambala, zulu, soto, venta, lunda. 2.Sudan tillari guruhi: zanda, banda, koma, kunama, kardofan, mil’tu . XII. Paleosiyo tillari oilasi . 1.CHukot tillari guruhi: chukot, koryak. 2.Sibir’ guruhi: odul’, nivx .