logo

MELANEZIYA XALQLARI TARIXIY ANTROPOLOGIYASI IJTIMOIY VA MA’NAVIY MADANIYATI.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

54.9794921875 KB
MELANEZIYA  XALQLARI  TARIXIY ANTROPOLOGIYA SI :  IJTIMOIY
VA MA’NAVIY MADANIYATI.
Reja
1. Melaneziyaliklarning ijtimoiy tuzumi: urug‘ jamoalari, oila —nikoh 
munosabatlari. 
2. Erkaklarning maxfiy ittifoqlari.
3. Urug‘ va qishloq jamoalari.
4. Qarindoshlik munosabatlari .
5. Oila va nikoh masalalari.
6. Diniy tasavvurlar, dafn tartiblari   1.   Adabiyotlarda   Melaneziya   aholisining   ijtimoiy   tuzumi   haqida   yagona
fikr mavjud emas. Umrining 25 yilini melaneziyaliklar orasida o‘tkazgan missioner
Kodringgon «Melaneziya  orollarida ijtimoiy tuzum  qabilachilikka asoslanmagan»
deb   xulosa   qilgan   edi.   Kodrington   qabila   tashkiloti,   qabila   sarkorlari   kengashi,
saylangan   yoki   merosiy   qabila   boshqaruvi   yo‘qligini   nazarda   to‘tgani,   ehtimol.
Okeaniyada   48   yil   yashagan   yana   bir   missioner   Jorj   Braun   Melaneziyada   qabila
nomlari bo‘lmagani, uning o‘rnida qishloqlar nomlari ishlatilganini yozadi. Ushbu
fikrlarga   albatta   tanqidiy   yondashish   lozim.   Chunki   yirik   orollarda   bir   necha
okruglar   bo‘lib,   ularning   aholisi   o‘z   urf   —odatlari,   shevalari   bilan   farqlanadilar.
Ularni   mustaqil   qabilalar   sifatida   olish   ham   mumkin,   lekin   haqiqatan   ham   qabila
nomlari ko‘p hollarda geografik atamalar ekanligi aniqlangan. Shu bilan birgalikda
bu   muammo   hamma   yerda   ham   bir   xil   hal   etilgan   deb   bo‘lmaydi.   Xususan
Trobrian   arxipelagidagi   yirik   Boyova   oroli:   Kirivina,   Tilataula,   Kuboma,
Qulumata,   Muba,   Kaibvagina   kabi   maxsus   oqsoqollar   boshqaradigan   okruglarga
bo‘linadi.   Ular   kelib   chiqishi   bo‘yicha   qabilalar   nomi   bo‘lgani   ehtimol.   Yangi
Gvineya   papuaslarining   ijtimoiy   tuzumi   ham   o‘ziga   xos   bo‘lib,   ularning   ijtimoiy
munosabatlari kam o‘rganilgan, hamda murakkab tuzilishga egadir.
Papuaslarda   ham   avstraliyaliklardagi   kabi   qabilalar   ko‘p   hollarda   ijtimoiy
boshqaruv   rolini   emas,   balki   etiik   jamiyat   vazifasini   o‘taydi.   Qabilalarni   til   va
madaniyat   birlashtirgan,   lekin   ularda   boshqaruv   tashkilotlari   sarkorlari   vujudga
kelmagan   edi.   Papuaslarda   urug‘   patriarhal   ko‘rinishida   bo‘lsada,   Yangi
Gvineyaning   melaneziyalik   aholisida   ona   urug‘i   boshqaruvi   saqlanib   kolgan.   Bir
necha   urug‘lar   ittifoqka
birlashgan   bo‘lsada,   ularni   yuqorida   ko‘rsatilgan   sabablarga   ko‘ra
qabila   emas,   fratriya   deb   atash   to‘g‘riroq   bo‘ladi.   Yevropaliklar
kelishi   arafasida   eng   yirik   ijtimoiy   tashkilot   urug‘lar
birlashmasi   hisoblangan.   Yangi   Gvineyadagi   asosiy   xo‘jalik
yacheykasi   jamoadir.   Jamoaning   eng   keng   tarqalgan   turi   esa
urug‘chilik   jamoasidir.   Urug‘da   jamoa   mulki   ham   mavjuddir.
Jamoani   o‘zining   shaxsiy   xususiyatlari   asosida,   hurmatga   sazovor shaxslar   boshqargan.   Papuaslar   urug‘chilik   jamoasining   asosiy
xususiyati   erkaqlar,   ularning   singillari   va   qizlari   bitta
jamoadan   bo‘lishidir.     Jamoda   urug‘dan   chetdan   keladiganlar   faqat
xotinlikka olinadigan  boshqa urug‘ ayollari bo‘lishgan.
Yangi   Gvineyada   ko‘p   bo‘lmasada   geterogen   jamoa   —yirik   oilalar
boshqaruvi   ham   mavjud   edi.   Unda   botqoqlar,   qo‘riqlar   va   x.k.lar
umumiy   mulk   bo‘lsa,   qayiqlar,   poliz   ekinlari   yirik   oilalarga
tegishli   bo‘lgan.   Yevropaliklar   va   indoneziyaliklar   bilan   iqtisodiy
aloqalar   natijasida   papuaslarda   jamoaning   uchinchi   turi   —
qo‘shnichilik   jamoasi   vujudga   kelgan   hamda   bunday   jamoalar   asosan
shaharlarga   yaqin   joylarda   shaqllangan.   Yangi   Britaniya   orollarida
qabilalar   bo‘lgan   bo‘lsada,   lekin   hozirga   qadar   ularning
hammasining   ham   nomi   aniqlanmagan.   Orolning   sharqiy   qismida:
sulka,   gaktei,   tumuip,   o   —mengen,   bo‘tam,   taulil,   bayning,   nakanai,
gunantuna   qabilalari   yashaydi.   Ularning   ba’zilari   papuas,
boshqalari   melaneziya   tillarida   so‘zlashgan.   Solomon   orollaridan
eng   yiriklari   okruglarga   bo‘linib,   ularning   har   birida   o‘z   shevasi
va   udumlari   mavjud   edi.   Bugenvil   orolining   janubida   papuas
qabilalari:   telei   (rugara),   sibbe,   nasion   va   melaneziya   qabilalari:
torau,   uruava,   banoni   va   boshqalar   yashaydi.   Yangi   Kaledoniya   va
Fidjidagi   ijtimoiy   taraqqiyot   darajasi   yuqori   bo‘lgan   qabila
tuzumi   gullab   yashnagan.   Yangi   Keledoniyada   40   —   50   ta   shevasiga,
qabila   sarkorlariga   o‘z   hududiga   ega   qabilalar   aholisi   soni   500   dan
2000   tagacha   qadar   bo‘lgan.   Bu   qabilalar   o‘zaro   urushib   tursalarda,
ularda   o‘zaro   almashinuvlar   ham   mavjud   bo‘lgan.   Ma’lum   hududni
egallagan   Fidjidagi   qabilalar   sarkorlari   kuchli   hokimiyatga   ega
edilar. Fidji,   maydoni   (18,333   km 2
,)       1643   yili   Abel   Tasman   tomonidan
kashf   qilingan.   XX   asrning   boshlaridan   sandal   daraxtiga   talabning   oshishi
yevropaliklar   bilan   aloqalarni   kuchaytiradi.   Yevropaliklar   kelishi   arafasida
urug‘chilik   jamiyati   inqirozi   boshlanib,   keyinchalik   savdo   aloqalarining faollashuvi   mulkiy   tabaqalanishni   kuchaytiradi.   O‘zaro   urushlar   kuchayib   Mbau
oroli   hokimi   Takombau   1852   yildan   yevropaliklar   tomonidan   «Fidji   qiroli»   deb
atala   boshlanadi.   Inglizlarning   iqtisodiy   siyosati   tez   orada   Fidjidagi   ekin
maydonlarining katta qismini ularning qo‘liga o‘tishi bilan yakunlandi.
Shakarqamish   yetishtirish   keng   tus     olib   1879  yili   Xindistondan   dastlabki
kontrakt shartnomasi  buyicha yollangan  ishchilar   keltiriladi.
  Hozircha   aholisi   715   mingdan   ortik,   orol   aholisi   1970   yili   mustaqillikka
zrishgan. Poytaxti — Suva shahri. Yangi Kaledoniyaning (er maydoni 18,576 km 2
,
ma’muriy markazi — Numea). Aholisi 154 ming (1983) Mahalliy melaneziyaliklar
—   kanaqlar   va   franso‘zlardan   iborat.   Yangi   Kaledoniya   orollari   hozirga   qadar
Fransiyaning dengizorti hududlari hisoblanadi.
Urug‘   va   qishloq   jamoalari:   Melaneziya   qabilalari   urug‘   va
qishloq   jamoalariga   bo‘lingan.   Xususan   Trobrian   orollarida
asosiy   ijtimoiy   guruh   qishloq   jamoasidir.   R.Malinovskiyning
yozishicha   «qishloq   jamoalari   o‘z   bog‘larini   parvarishlaydi,   udum   —
marosimlarini   amalga   oshirishda,   urush   olib   borishda,   savdo
ekspeditsiyalari   uyushtirish   maqsalida   qayiqlarda   birgalikda
qatnashadi.   Har   bir   qishloqning   oqsoqoli   bo‘lib,   u   qabila
sarkoriga   bo‘ysungan.   Trobrian   orollarida   ushbu   hududiy
qo‘shnichilik   jamoalari   bilan   birlikda   ururchilik   jamoalari   ham
mavjud.   Aholisi   4   ta   urug‘ga   —   kumilaga   bo‘linib,   ururga   oidlik
onalar   tomonidan   aniqlanadi.   Lekin   kumilalar   yirik   bo‘lib,
hududiy   sochilgan   holda   yashaganligi   sababli   ularni   uyushgan   jamoa
guruhi   deb   atash   mushkul,   shuning   uchun   R.Malinovskiy   uni
«subklan»   deb   nomlangan.   Parkinsonning   yozishicha,   Admiralteystva
orollaridagi   moanus   qabilasida   XIX   asr   urtalarida.   14   ta   totem
nomlari   bilan   ataladigan   ekzogam   ona   urug‘i   bo‘lgan.   Lekin   xuddi
shu   qabilani   XX   asrning   30   yillari   tad q i q   qilgan   M.Mid   va
R.Forchunlar   ona   uru g‘ i   o‘rnida   patrilokal   urug‘lar   shaqllanganini
yozadilar.   XX   asrning   boshlarida   ham   ona   ururi   xukmronligi   Yangi Irlandiya   orolida   saqlanib   kolgan   edi.   Solomon   orollarida   esa   ona
ururi   bilan   birlikda,   ba’zi   joylarda   ota   urug‘iga   o‘tish
darajasidagi   urug‘   jamoalari   ham   vujudga   kelgan.   Demak
Melaneziyada    ijtimoiy guruhlarning    turli    k o‘ rinishlari:
1)fratriya,   2)ona   uru g‘ i,   3)Ona   urug‘idan   ota   urug‘iga   o‘tish   darajasidagi
jamoalar, 4)ota uru g‘ lari mavjud bo‘lgan. Shu bilan birlikda  XX  asrning boshlarida
jamoaning keyingi bosqichi — qishloq jamoalari ham shaqllana boshlagan. Ushbu
jamoa turlari Melaneziya orollaridagi ijtimoiy taraqqiyotning notekisligi belgisidir .
Mulkka   vorislik   ham   ona
tomonidan   —   toradan   jiyanga   qolga n.   Dalada   ishlayotgan   kishi
oladigan   hosilini   oilasiga   emas,   turmushdagi   singlisiga   eltib
bergan,   o‘zi   esa   xotini   yoki   uning   aka   —ukalari   yetishtirgan
ma h sulotni   iste’mol   qiladi   Bu   borada   ko‘chmanchi   o‘zbeklardagi
«tog‘a   yet ti   otadan   ulu g‘ »   —   matali   esga   tushishi   tabiiy.   Matalning
mazmuni   ko‘chmanchi   chorvadorlarda   ham   ona   uru g‘ i   xukmronligi   u zo q
vaqt  saqlanib   kolganligidan   darak  beradi.   Dobu     orolidagi   aholida   esa
yevropadagi   oila   tushunchasiga   mos   so‘zning   o‘zi   yo‘q.   Unga   yaqin   —   susu
atamasi   onasining   yaqinlarini   nazarda   to‘tib,   otasini   umuman   hisobga   olmagan.
Shuning   uchun   missionerlar     «Injil»ni   mahalliy     tilga   tarjima     qilganda   maxsus
so‘z   —pamili       (inglizcha   —   family)ni   kiritishga   majbur   bo‘lishgan.
Melaneziyaliklar udumlari ko‘p   xotinlikka   ruhsat   bergan.     Lekin   faqat   boylar
yoki  qabila sarkorlarida   ikki   yoki   undan   ko‘p   xotinga  uylanish   imkoniyati
bo‘lgan.   Insonning   jamiyatdagi   to‘tgan  o‘rni   kancha   yuqori   bo‘lsa, uning
xotini   shunchalik   ko‘p   bo‘lgan.     Yirik   qabila   boshliqlarida   o‘ntagacha,
R.Kodringtonning   ma’lumoti   bo‘yicha   30   —   60   tagacha   xotini   bor   qabila
boshliqlari   ham     bo‘lgan.           Yangi   Gebridda   xotin   uchun   «qalin»       tulovi
cho‘chqa   bilan   berilgan.   Ko‘plab   orollarda   20 — 40 ba’zida, 100—150 ipga
tizilgan   chig‘anoklardan   iborat   «qalin»   puli   to‘langan.   Melaneziyada   qiz   olib
qochib uylanish deyarlik uchramaydi. To‘y marosimlari nisbatan sodda bo‘lib, uch
kiemga:   sovchilik,   tulov   berish       va     kelinni     kuyovnikiga     keltirishdan     iborat. Sovchilikda yigitning     otasi     yoki     onasi     qizning     otasinikiga     kelib,     undan
rozilik so‘raydi. Rozilik olingandan so‘ng 2 — 3 kun o‘tib cho‘chqa yoki 10—12
ta tukylgan bo‘yra (pul o‘rnida) keltiriladi, kelin balog‘atga yetganidan keyingina
to‘lov   mikdori   o‘zil—kesil   kelishib   olinadi.   Ba’zida   qizning   otasi   ko‘tilgandan
ko‘proq   «qalin»   talab   qilsada,   kuyov     tomon       oldingi       bergan       narsalarini
yo‘qotmaslik   uchun     rozi bo‘lishga   majbur   bo‘lgan.     Kuni   belgilanib,     o‘sha
kuni     kelinning   yaqinlari   savatlarga   yams   solib   kuyovnikiga   olib   borishadi.
Savatlar soni   to‘lovga   berilgan   cho‘chqalar     soniga   teng     bo‘ladi.     Kelinning
qarindoshlari   kaytib,   uni   tuyga   hozirlay   boshlaydilar.   Kelin onasi  pishirgan
udumdagi     pechenedan     yeydi,       so‘ng     bir     savat     yams   ko‘targan   kelinni
kuyovning uyiga olib boradilar. Kelin kelganidan so‘ng   kuyov   tomon   tulovdagi
cho‘chqalarni     tartib     bilan     kelinning yaqinlariga     topshiradi.     Yigit     erkaqlar
bilan,   kelin   esa   kuyov tomondagi  ayollar   bilan  bazm  uyushtiradi.   Bazmdan
so‘ng   kelinni «ayollar uyi»ga boshlab borishib, u yerda kelin bir oy turishi zarur
bo‘lgan.
Qarindoshlik munosabatlari :  Melaneziyaliklarning   qarindoshlik
atamalarida   o‘tmishda   bo‘lgan   promiskuitet   —guruhiy   nikohning   ta’siri
hozirgacha   yo‘qrlmagan.   Muammoni   batafsil   o‘rgangan   Rivers   unga   urug‘chilik
ekzogamiyasi deb nom bergan. Melaneziyaliklarda bobo va buvi, nevara atamalari
bir so‘z bilan: Rova orolida —  popo,  Xiv orolida —  pulu  deb atalgan. Bobo, buvi,
nevaralarni   boshqa   —boshqa   nom   bilan   ataydigan   orollar   ham   bo‘lgan.   Otalari
avlodidagi,   otasi,   aka   —ukalari   bir   xil   atama   bilan   chakirilsa,   onasining   aka   —
ukalari   tog‘alar   uchun   maxsus   atama   ishlatiladi.   Masalan,   Mota   orolida   otasi   va
amakisi —  tamai,  tog‘asi esa —  maraui  deb nomlashgan.
  Jiyanlar   ham   turlicha   ataladi,   erkak   ukasining,   ayollar   o‘z   singillari
bolalarini   o‘z   bolalari   kabi   nomlashadi.   Buning   aksi   erkak   singlisining,   ayol
akasining bolalarini boshqa maxsus atama bilan ataydi. Jumladan Malaita orolidagi
shevalarning birida erkak o‘zi va ukasining bolalarini —   mvela,   singlisi bolalarini
—  ko,  ayol esa o‘z bolalari va singillarinikini —  mvela,  akasining bolalarini esa —
aiya   deb   nomlagan.   Er   va   xotinni   anglatuvchi   atamalarning   deyarlik   barcha laxjalarda   mavjudligi   esa   Melaneziyada   monogam   oila   mustaxkam   ko‘rinishda
bo‘lganidan darak beradi.
Oila   udumlari:   Erkak   va   ayollarning   ham   «qochishi»   hamda   yaqinlariga
nisbatan cheklanishlari melaneziyaliklar jamiyatida ham mavjud. Deyarlik hamma
yerda   qaynona   va   kuyov   bir   —biridan   «qochadi».   Ba’zi   joylarda   qaynotaning
ismini   aytish   yoki   uning   hamiyatiga   tegadigan   so‘zlarni   gapirish   bo‘tunlay
ta’qiqlangan.   Kelin   uchun   ham   qaynotasiga   nisbatan   ta’qiqlar   bo‘lgan.   Bu   kabi
udumlar  dunyoning boshqa  joylarida  ham  uchrab  turadi. O‘ziga xos  udum  Banks
orollarida   bo‘lib   unda   ayolning   ukasi   va   erkakning   singlisi   bir   —   birlari   bilan
gaplashib   yoki   hazillashishi   ham   mumkin   emas   edi.   O‘zaro   «qochuv»
amakivachcha   va   hatto   aka   va   singillar   orasida   ham   uchraydi.   San   —   Kristobal,
Savo, Aoba, Yangi Kaledoniya orollari aholisida aka — singillarning hazillashishi
yoki suxbatlari chog‘ida erotikaga oid mavzular bo‘lishi ta’qiqlangan.
Erkaqlar           maxfiy           ittifoqlari:           Melaneziyaliklarning   an’anaviy
ijtimoiy         hokimiyati          asosiy          ko‘rinishi          qabila sarkorlari  hokimiyatidir.
Yana     bir   hokimiyatning   turi     sifatida   erkaqlar   maxfiy   ittifoqlarini   ko‘rsatish
mumkin.     Bu   tashkilot   erkaqlar   uylaridan   o‘sib   chiqkan.   Erkaqlar   uylari   esa   o‘z
navbatida matriarxatdan     patriarxatga     o‘tish     bosqichi      uchun     xususiyatlidir.
Melaneziyaning     shimoliy   —   g‘arbiy     qismidan     boshqa   deyarlik     barcha
hududlarda   erkaqlar   uylari   bo‘lgan.   Adabiyotlarda   Gazel   va   Gersog   Yorkskiy
orollaridagi  «Ingiet»  va «Duk  —Duk», shuningdek  Banks  orolidagi      Sukve      va
Tama —Te,   Yangi   Gebridda   Sukve   yoki   Maki ittifoqlari keng ta’riflangan.
Xususan Ingiet ittifoqini boy, e’tiborli  kishi   boshqargan.   Ittifoqka  kirish  badali
100     shoda   chig‘anoqli       pul   hisobida     olingan.       Ittifoqda     afsungarlik     bilan
shug‘ullanilib,   uning   sirlarini   faqat   a’zolari   bilganidan   qolgan   aholi   itoatda
tutilgan. Daxshatga tushgan oddiy aholi   ularga so‘zsiz bo‘ysunishgan.     Yashirin
ittifoq       a’zolari       sud       qilish,       jazolash,   zaharlab   uldirish   kabi   tadbirlarni
qo‘llashgan.   Bu   borada   Duk   —Duk   ittifoqi       ba’zida       ko‘pol       bosqinchilik
tarzida       harakat       qilgan.   Tadqiqotchilarning   fikricha,   Duk   —   Duk   XIX   asrda shaqllangan bo‘lib, unga    kirmokchi     bo‘lganlar      a’zolik     badali     to‘lashdan
tashqari, murakkab udumlar va sinovlardan o‘tkazilgan.
 A’zolikka kattalar ham,   bolalar   ham   qabul   qilingan.   Maxfiy   ittifoq
a’zolari o‘zlarining   nikoblari,   barglardan   tuqilgan   plashlari,   marosim raqslari
bilan   boshqalardan   farqlangan.   Erkaqlar   boshlariga   uchli   nikob   kiyganlar.
O‘rmonda faqat ittifoq a’zolari ishtirokida har yili     1—2     oy     davomida     udum
—  marosimlari       o‘tkazib       turilgan   —   taranu.         Ushbu       maydonga         ittifoqka
a’zo         bo‘lmaganlar         bilib   —   bilmasdan       kelib       kolsalar         katta       jarima
tulaganlar.         Ittifoq   a’zolari         vaqti   —vaqti         bilan         qishloqka         tashriflari
chog‘ida   aholini,       ayniqsa       ayollarni       kurkitib       turli       narsalar,       pul     talab
qilishgan.   Duk   —duk   ittifoqiga   nisbatan   har   qanday   hurmatsizlik   munosabati
jarima       bilan       tugagan.       Marosim       so‘ngida       niqoblar   yo‘qotilib   Duk   —duk
«ulgan» keyingi yili esa yangidan «tug‘ilish» yangi niqoblar ostida ruy bergan.
Kannibalizm:   Melaneziyaliklar   urug‘   —   jamoalari   va   qabilalari   orasida
o‘tmishdagi urushlar, qurolli tuknashuvlar, kannibalizmning bo‘lishiga olib kelgan.
Lekin Trobrian va unga qo‘shni orollarda, Santa Krus, Torres va Banks orollarida
kannibalizm     bo‘lmagan.   Bu     orollar     aholisi      fak a t     odam     g o‘ shti   emasligi
bilan   emas,   balki   bu   udumga   jirqanch   bilan   qarashlari   ham   k u zatilgan.   Boshqa
joylarda kannibalizmga oddiy  h ol sifatida qaralgan. Xususan Gazel ya.o.da, Yangi
Irlandiya   va   boshqalarda   jangda   o‘ ldirilgan   dushmanlari   go‘shti   yeyilsa,
kolganlarida   h atto   bunday   cheklanishlar   h am   bo‘lmagan.   Yangi   Gebridda   odam
go‘shti   yeyish   diniy   afsungarlik   udumlari   bilan  izo hla ngan.  Endokannibalizm   o‘z
qabiladoshlarini   yeyish   Melaneziyada   uchramaydi.   Mulkiy   taba q alanish
boshlangan Tapia, Yangi Kaledoniya orollarida odam go‘shti yeyish zodagonlar va
qabila sarkorlari imtiyoziga aylangan edi.  XIX  asrdan yevropaliklar kelib, o‘tochar
qurollarning tarqalishi Melaneziyada,  ayniqsa  Fidji orolida urushlarni, shu asosda
kannibalizmni   h am   kuchaytiradi.   Okeaniyada   bugunga   kelib   kannibalizmning
sar q itlari ham  q olmagan, albatta.
5.  Diniy tasavvurlar, dafn tartiblari: Melaneziyaliklar   dinlari,   ijtimoiy   t u zumlari   kabi
rang   —barangdir.   Melaneziyaliklar   dinida   totemistik   tasavvurlar
bilan   birlikda,   urug‘   —jamoa   qulti,   qabila   boshli g‘ ini
ilo h iylashtirishni   k u zatish   mumkin.   Hudud da   maxsus   ruhoniylar
kastasi   shaqllanmagan   bo‘lsada,   diniy   —   se h rgarlik   udumlari,
arvo hla rni   cha q iruvchilar,   issiq—sovuk   qiladiganlar,   shamanlar
tomonidan   bajarilgan.   Ba’zi   orollarda   esa   ayol—afs u ngarlar
alo hi da   o‘rin   t u tishgan.   Sitbo   orolida   tabiblar   ixtisoslashib:
epilepsiyani,   revmatizmni,   terlamani,   jami   12   ta   kasalikni
da’volaydigan   tabib   va   folbinlar   bo‘lib,   ularga   x izmatlari   uchun
davolanuvchilar   h a q   ham   t o‘ lashgan.   Orolliklar   ayniqsa   o‘zimizdagi
jin,   alvasti,   dev   tushunchalariga   to‘g‘ri   keladigan   «uchar
sehrgarlar»dan   qo‘rqadilar.   Mahalliy   aholi   tasavvuricha   bunday
sehrgarlar   «yoyova»   dengizda   halok   bo‘lganlarni   yeganlar.
O‘ ljalarni   dengizda   kemalarni   ch o‘ kishi   paytida   xavodan   kelib
ovlaganlar.   Umuman   Trobrian   orollarida   afso‘ngarlikning   ko‘p
turlari   bilan   ayollar   shug‘ullanadi.   Melaneziyaning   boshqa
orollarida   afs u ngarlar   bilan   birgalikda   arvo h lar   bilan
so‘zlashuvchilar   ham   ko‘zga   k o‘ rinarli   o‘rin   tutadi.   Ba’zi   joylarda
afs u ngarlar   arvo h lar   bilan   mulo q atni   qo‘ shib   ham   olib   borishadi.
Masalan,   San   Kristobal   orolida   shaman   —tabib   kasalni   davolashda
uning   tanasini   tashlab   chiqkan   «jonini»   kaytarish   uchun   o‘zini
jazava   holatiga   keltiradi.   Solomon,   Banks,   Yangi   Gebrid,   Yangi
Kaledoniya   orollarida   ijtimoiy   munosabatlar   nisbatan   yuqori
rivojlanib   ko h inlar   toifasi   kasblari   avloddan   —   avlodga   o‘ta
boshlagan.   Fidji   orollarida   —   mb e te—   ko h inlarning   ahamiyati   katta
bo‘lib,   har   bir   qabila   sarkorining   o‘z   kohini   bor   edi.   Aholi
orasida   kohin   yuksak   obr o‘ ga   ega   bo‘lib,   bu   holatdan   o‘zi   va   qabila
sarkorining maqsallarida foydalangan. Mana—  g‘oyasi melaneziyaliklar dinlari uchun harakterlidir. Mana haqida dastlab   missioner
Kodrington   1878   yili   Maks   Myullerga   yozgan   xatida   so‘z
yuritgan   edi.   «Melaneziyaliklar   dinida   k o‘ rinmas   oliy   kuchga
ishonish   mavjud   bo‘lib,   u   «mana»   deyilgan.   Melaneziyaliklarning
barcha   toat   —ibodatlari   q urbonliklari   manani   o‘ziga   qaratish,
k o‘ nglini olish, undan foydalanishga qaratilgan.»
Melaneziyaliklarda   hatto   afsungarlik   ham   mananing   kuchidan   o‘z
maqsalida   foydalanishga   yunaltirilgan   edi.   Afso‘ngarlikning   ziyon   —za h mat
yetkazuvchi, sevgi (issiq —sovuk) davolash kabi turlari bo‘lib, xususan ziyondan
himoyalanish  afso‘ngarligida  turli   usullardan foydalanilgan.  Ular   ichida  tumorlar,
turli   bezaqlarning   asl   mo h iyati   asranish   ekanligi   shub h asiz.   Melaneziyaliklar
orasida   h arbiy   mojarolar   tez   —tez   bo‘lib   to‘rganidan   h arbiy   afsungarlik   h am
alo hi da a h amiyat kasb etgan. Uning eng ko‘p tarqalgan turi badan va yuzni maxsus
tatuirovka qilishdan iborat edi. Melaneziyaliklarda zsujalik faoliyati: de h qonchilik,
baliqchilik,   qayiq   yasash   bilan   bog‘liq   afsungarlik   turlari   h am   mavjud   bo‘lgan.
Ni h oyat   ob   — h avoda   (meteorologiyada)   h am   afsungarlik   bo‘lib
melaneziyaliklarda   maxsus   afs u ngarlar;   yomg‘ir,   shamol,   quyosh   nurini
«cha q irishga»   ixtisoslashgan.   Har   qanday   udumning   ajralmas   qismi   sehrgarning
duolari  hisoblangan. Uni  ba’zida pichirlab, boshqa hollarda ashula tarzida baralla
aytishgan. Yomg‘ir chakirish uchun Avrora (Maevo) orolidan bo‘lgan sehrgar bir
bog‘ich maxsus barglarni toshning yorigiga qo‘yib, ustidan maydalab ezilgan kava
usimligi   shoxini,   unga   sehrli   yosin   toshini   qo‘yib   duolar   bilan   o‘z   faoliyatini
davom ettiradi. Afsungarlikka yaqin diniy tasavvurlardan biri  mantika—  fol ochish
yoki   oldindan   aytib   berish,   turli   belgilar   asosida,   qo‘shning   tovushi,   osmon
jismlarini   joylashishiga   qarab,   u   yoki   bu   vokealarni   sharxlagan.   Bunday
afsungarlik turini dunyoning deyarlik barcha xalqlarida uchratish mumkin.
Totemizm: Melaneziyaliklar        hayotida        totemistik
tasavvurlar   aytarlik   katta   o‘rin   t u tmagan.   Udumlardan   eng   yaxshi
saqlangani  totem  hayvonni   o‘ ldirish va iste’mol qilishga  ta’qiqdir. Bu kabi ta’qiq
Yangi   Irlandiya,   Gersog   Yorkskiy,   Yangi   Britaniya,   Solomon   orollarining ba’zilarida saqlanib kolgan. Bundan farqliroq melaneziyaliklar   h ayotida animistik
tasavvurlar   muhim   o‘rin   egallagan.   Ularning   tushunchasicha   odamning   joni   uni
vaktinchalik   tashlab   ketib,   yana   kaytib   kelishi   mumkin   bo‘lgan.   Motlav   orolida
jonni   —   talegi   deb  nomlashib,   uni   soya   yoki   aks   —  tasvir   sifatida  tushunishgan.
O‘ lganlarning joni   h akida tasavvur deyarlik barcha orollarda muhim o‘rin to‘tgan,
va zarar yetkazuvchi kuch sifatida tushunilgan.
Dafn   tartiblari:   d afn   tartiblari   ulganlarning   «ruhi»   mavjudligi   tasavvurlari
bilan o‘zviy bog‘liqdir. Uning xilma — xilligi     esa     hududiy     va     ijtimoiy
negizga     ham     egadir . 
Melaneziyaliklar ma’naviy madaniyatlari. Afsonalar, badiiy madaniyat, 
musiqa, ilmiy bilimlar :
Afsona   va   rivoyatlar   melaneziyaliklar   ma’naviy   madaniyatining   ajralmas
qismidir. Afsonalarning katta qismi diniy tasavvurlar bilan uzviy bog‘liq. Bunday
afsonalar   Trobrian   orolida   ayniqsa   ko‘p   bo‘lib,   ular   udum   —   marosimlar,   urf   —
odatlarning   paydo   bo‘lishini   izohlab   bergan.   Qahramonlik   va   ba’zi
qahramonlarning   sarguzashtlari   haqidagi   afsonalar   ham   ko‘p   bo‘lib,   ularda
ko‘pincha   egizaqlar   siymosi   haqida   so‘z   boradi.   Bosh   qahramonlardan   biri   aqlli,
chakqon, adolatli , ikkinchisi esa axmok, qo‘pol va ko‘pincha alamzada bo‘lganini
kuzatish mumkin.   Afsonalarda aqlli yigit To —Kabinana, axmo g‘ i — Tokervuvu
nomi   bilan   uchraydi.   Melaneziyaliklar   afsonalari   va   dinlarida   quyosh   va   oy
aksincha muhim o‘rin egallamaydi. Quyosh hamda oyga sig‘inish ham ularda keng
tarqalmagan. Ushbu osmon jismlari aksi tushirilgan ni q oblardan esa faqat marosim
raqslarida,   bayramlarda   foydalanishgan   holos.   Melaneziyaliklar   dinlarida
urug‘chilik   jamoasi   tuzumi,   uning   in q irozi   sharoitidagi   tasavvurlar,   udumlar   ham
o‘z aksini topgan.
Badiiy madaniyat: Melaneziyaliklar qurollarini turli buyumlarni   o‘ yib yoki
bo‘yoq   bilan   rasmlar,   s u ratlar   bilan   bezashgan.   Solomon   orollarida   qayiq   va
eshka k lar ham turli chizmalar bilan bezatilgan. Badiiy   o‘ ymakorlikdan, idishlarni,
kotik,   chumichlar,   bolta   dastasi,   nororalar   va   x.k.   lar   bezatilgan.   Bambukdan
yasalgan   buyumlarga   o‘ ymakor   na q shlardan   tashqari,   ku ydirib   rasmlar   ham solingan.   Odamlarning   o‘zi   ham   badanini   tatuirovka   bilan   bezaganlar.
Melaneziyaliklarda   yog‘ochda   o‘ yib   yasalgan   din   bilan   borlik   turli   h aykalchalar
ham   mavjud   bo‘lgan.   Buyumlarni   o‘ ymakor   naqshlar   bilan   bezashni   har   qanday
erkak va ayollar bajarsa: bayram va marosimlar uchun niqoblar, o‘yin taxtachalari,
ajdodlar,   totemlar   tasvirlarini   maxsus   o‘ ymakor   hunarmand   va   rassomlar
tayyorlashgan. Badiiy hunarmandchilik sirlari va u bilan bog‘liq irim, marosimlar
sir   t u tilib   otadan   farzandga   o‘tib   kelgan.   Solinadigan   na q shlar   ichida   ko‘proq
odamlar   tasviri,   so‘ng   turli   qushlar   va   baliq   s u ratlari   bo‘lgan.So‘ratlar   asosan
stilistik tarzda ishlangan.
Musiqa   :   Musiqa   asboblarining   ko‘pchiligi   puflash   va   urib   chalish   uchun
mo‘ljallangan.   Dumbira   q um   soati   kurinishida   yasalgan.   Urib   chalinadigan
asboblardan   shaqildoklar   ham   bo‘lgan.   Puflab   chaladigan   asboblar   ichida
chiranoklardan yasalgan fleyta, Melaneziyaning turli hududlarida mavjud. Uyinlar
musiqa   bilan   o‘zviy   borlikdir.   Orolliklar   raqslari   musiqadan   tashqari,   qo‘shiq
jo‘rligida   o‘tkaziladi.   Rak s   va   uyinlar   bayramlarning   ajralmas   qismidir.   Rake   va
tomoshalar   kund u zi,   ko‘proq   kechki   paytlarda   uyushtiriladi.   Raqslar   asosan
erka k lar mash g‘ uloti bo‘lib ayollar maxsus maydondagi uyinlarni chetdan tomosha
qilishgan.   Ba’zi   tadqiqotchilarning   fikricha   melaneziyaliklar   ayollar   o‘ yinlari
unchalik   qizikarli   emas.   Yangi   Irlandiya   orolida   «totem»   o‘ yini   bo‘lib   ularning
ishtiroqchilari   o‘z   raqslarida   totem   hayvonlari   harakatlarini   namoyon   etishadi.
Oddiy   o‘yin,   raqsdagilarning   oyok,   qo‘l,   tana   bilan   maxsus   maydonchada   ritmik
harakatlaridan   iboratdir.   Katta   uyinlarda   yuzlab   kishi   katnashib,   ularning   oyo q
harakatlaridan   yer   larzaga   kelgan.   Ni q ob,   rang—   barang   kiyimlar,   maxsus   rak s
tayoqlari,   taxtachalar,   eshkak,   bolta   va   shaqildoklar   ovozi   kushilib,   ajoyib
manzarani yaratgan.
Ilmiy   bilimlar   :Melaneziyaliklar   atrof   —muhit,   tabiat   haqida   anchagina
ma’lumotlarga   ega   bo‘lib,   undan   qishloq   xo‘jaligi   yumushlarida   keng
foydalanishgan.   Ularning   o‘simliklar   turi   va   navlari   haqidagi   bilimlari   kengligi
tadqiqotchilarni   ham   xayratga   solgan.   Kremerning   xabar   berishicha   Yangi
Irlandiyada ayollar 220 xil taro, 10 xil yams, 14 xil non daraxti va 52 xil bananni ajrata   bilishgan.   Bunga   o‘xshash   ma’lumbtlar   boshqa   orollardan   ham   olingan.
Melaneziyaliklarning   xalq   meditsinasi   borasida   to‘plagan   bilimlari   ham   di qq atga
sazavordir.   Kasallarni   davolashda   ratsional   usullarga   afsungarlik   qo‘ shib   olib
borilgan.
Xususan   amaliy   tibbiyotga:   uqalash,   qon   chiqarish,   har   xil   dorivor
o‘tlardan   suyuk   ichimliklar   tayyorlab   ichirish   kiradi.   Melaneziyalik
tabiblar   inson   tanasini,   jumladan   ichki   organlarini   yaxshi
bilganlar.   Eng   ajablanarlisi,   melaneziyaliklar   va   ayniqsa
Bismark   oroli   tabiblarining   jarroxlik   muolajalari
o‘tkazganligidir.
Jarroxlar   hatto   kalla   suyagini   trepanatsiya
qilishni   bilganlar.   Bu   murakkab   muolajani   amalda   k u zatgan
Parkinsonning   yozishicha   operatsiyani   peshonadan   yaralanganda
qilingan,   chakka   suyagi   jaro h atlangan   ta q dirda   jarroxlik
muolajasi   o‘tkazilmagan.   Skalpel   o‘rnida   obsidiandan
tayyorlangan   asbob,   aqulaning   tish   suyagi   ishlatilgan.   Yaradagi   suyak
sini q lari   olib   tashlangandan   so‘ng   uni   atrofi   tekslanib,   daraxt
iddizidan   yasalgan   gazlama   malya   yoki   banan   bargi   bilan   yopilib,   yuvib
bog‘lab   qo‘yishgan.   Parkinsonning   yozishicha   ko‘pchilik   hollarda   bemor
to‘zalib   ketgan.   Mahalliy   tabiblar   suyak   singanda   ham   maxorat
bilan   taxtakachlar   bog‘lab   davolashgan.   Melaneziyaliklarning
geografik   bilimlari   ko‘pincha   o‘z   orollari   hududi   bilan
chegaralangan.   Arxipelagning   boshqa   orollari   haqida   faqat   dengiz
kirrori   aholisigina   qisman   tasavvurga   ega   bo‘lgan.   J.Kuk
sayoxatlari   paytida   Fate   oroli   aholisi   Yangi   Gebridning
janubidagi   o‘zlaridan   bir   necha   un   qilometr   u zoklikdagi   orollarni
bilishmagani   ham   shundan   dalolat   beradi.   Umuman,
melaneziyaliklarning geografik bilimlari qo‘shni
Polineziyaliklarninkiga   nisbatan   tor   bo‘lgan.   Melaneziya   xalq   og‘zaki
ijodida tarixiy rivoyatlari ham unchalik ko‘p emas. Uzoq o‘tmishdagi k o‘ chishlar, urushlar   va   t o‘q nashuvlar   haqida   ma’lumot   aholida   deyarlik   saqlanmagan.
Tadqiqotchilar   fikricha   orollik   odamlar   o‘z   o‘tmishlari   bilan   qizi q maydi   va   faqat
o‘zlari   yashagan   davr   haqida   ma’lumotlarga   egadir.   Melaneziyaliklar   bu   borada
ham qo‘shnilari polineziyaliklardan keskin farqlanadilar. Asosiy adabiyotlar
1. Hawaiki,  Ancestral   Polynesia   An Essay   in  Historical   Anthropology .   Published   in
the United States of America by Cambridge University Press, New York .  2001 .
2. Barbara A. West .  Encyclopedia of the Peoples of Asia and Oceania   Copyright © 
2009 .
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. Ashirov A. Antropologiya. –T.., 2014.
2. Antropologiya.   (Pod   red.   Miskovoy   Ye.V,   Mexedova   N.A,   Pimenova   V.V ) -M..,
Izd-vo «Kultura» 2005.
3. Jabborov Iso. Jahon antropologiyasi asoslari. Toshkent. “Yangi asr avlodi”, 2005.
E lektron manbalar
www.    mirknig.com   
www.etnology. com

MELANEZIYA XALQLARI TARIXIY ANTROPOLOGIYA SI : IJTIMOIY VA MA’NAVIY MADANIYATI. Reja 1. Melaneziyaliklarning ijtimoiy tuzumi: urug‘ jamoalari, oila —nikoh munosabatlari. 2. Erkaklarning maxfiy ittifoqlari. 3. Urug‘ va qishloq jamoalari. 4. Qarindoshlik munosabatlari . 5. Oila va nikoh masalalari. 6. Diniy tasavvurlar, dafn tartiblari

1. Adabiyotlarda Melaneziya aholisining ijtimoiy tuzumi haqida yagona fikr mavjud emas. Umrining 25 yilini melaneziyaliklar orasida o‘tkazgan missioner Kodringgon «Melaneziya orollarida ijtimoiy tuzum qabilachilikka asoslanmagan» deb xulosa qilgan edi. Kodrington qabila tashkiloti, qabila sarkorlari kengashi, saylangan yoki merosiy qabila boshqaruvi yo‘qligini nazarda to‘tgani, ehtimol. Okeaniyada 48 yil yashagan yana bir missioner Jorj Braun Melaneziyada qabila nomlari bo‘lmagani, uning o‘rnida qishloqlar nomlari ishlatilganini yozadi. Ushbu fikrlarga albatta tanqidiy yondashish lozim. Chunki yirik orollarda bir necha okruglar bo‘lib, ularning aholisi o‘z urf —odatlari, shevalari bilan farqlanadilar. Ularni mustaqil qabilalar sifatida olish ham mumkin, lekin haqiqatan ham qabila nomlari ko‘p hollarda geografik atamalar ekanligi aniqlangan. Shu bilan birgalikda bu muammo hamma yerda ham bir xil hal etilgan deb bo‘lmaydi. Xususan Trobrian arxipelagidagi yirik Boyova oroli: Kirivina, Tilataula, Kuboma, Qulumata, Muba, Kaibvagina kabi maxsus oqsoqollar boshqaradigan okruglarga bo‘linadi. Ular kelib chiqishi bo‘yicha qabilalar nomi bo‘lgani ehtimol. Yangi Gvineya papuaslarining ijtimoiy tuzumi ham o‘ziga xos bo‘lib, ularning ijtimoiy munosabatlari kam o‘rganilgan, hamda murakkab tuzilishga egadir. Papuaslarda ham avstraliyaliklardagi kabi qabilalar ko‘p hollarda ijtimoiy boshqaruv rolini emas, balki etiik jamiyat vazifasini o‘taydi. Qabilalarni til va madaniyat birlashtirgan, lekin ularda boshqaruv tashkilotlari sarkorlari vujudga kelmagan edi. Papuaslarda urug‘ patriarhal ko‘rinishida bo‘lsada, Yangi Gvineyaning melaneziyalik aholisida ona urug‘i boshqaruvi saqlanib kolgan. Bir necha urug‘lar ittifoqka birlashgan bo‘lsada, ularni yuqorida ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra qabila emas, fratriya deb atash to‘g‘riroq bo‘ladi. Yevropaliklar kelishi arafasida eng yirik ijtimoiy tashkilot urug‘lar birlashmasi hisoblangan. Yangi Gvineyadagi asosiy xo‘jalik yacheykasi jamoadir. Jamoaning eng keng tarqalgan turi esa urug‘chilik jamoasidir. Urug‘da jamoa mulki ham mavjuddir. Jamoani o‘zining shaxsiy xususiyatlari asosida, hurmatga sazovor

shaxslar boshqargan. Papuaslar urug‘chilik jamoasining asosiy xususiyati erkaqlar, ularning singillari va qizlari bitta jamoadan bo‘lishidir. Jamoda urug‘dan chetdan keladiganlar faqat xotinlikka olinadigan boshqa urug‘ ayollari bo‘lishgan. Yangi Gvineyada ko‘p bo‘lmasada geterogen jamoa —yirik oilalar boshqaruvi ham mavjud edi. Unda botqoqlar, qo‘riqlar va x.k.lar umumiy mulk bo‘lsa, qayiqlar, poliz ekinlari yirik oilalarga tegishli bo‘lgan. Yevropaliklar va indoneziyaliklar bilan iqtisodiy aloqalar natijasida papuaslarda jamoaning uchinchi turi — qo‘shnichilik jamoasi vujudga kelgan hamda bunday jamoalar asosan shaharlarga yaqin joylarda shaqllangan. Yangi Britaniya orollarida qabilalar bo‘lgan bo‘lsada, lekin hozirga qadar ularning hammasining ham nomi aniqlanmagan. Orolning sharqiy qismida: sulka, gaktei, tumuip, o —mengen, bo‘tam, taulil, bayning, nakanai, gunantuna qabilalari yashaydi. Ularning ba’zilari papuas, boshqalari melaneziya tillarida so‘zlashgan. Solomon orollaridan eng yiriklari okruglarga bo‘linib, ularning har birida o‘z shevasi va udumlari mavjud edi. Bugenvil orolining janubida papuas qabilalari: telei (rugara), sibbe, nasion va melaneziya qabilalari: torau, uruava, banoni va boshqalar yashaydi. Yangi Kaledoniya va Fidjidagi ijtimoiy taraqqiyot darajasi yuqori bo‘lgan qabila tuzumi gullab yashnagan. Yangi Keledoniyada 40 — 50 ta shevasiga, qabila sarkorlariga o‘z hududiga ega qabilalar aholisi soni 500 dan 2000 tagacha qadar bo‘lgan. Bu qabilalar o‘zaro urushib tursalarda, ularda o‘zaro almashinuvlar ham mavjud bo‘lgan. Ma’lum hududni egallagan Fidjidagi qabilalar sarkorlari kuchli hokimiyatga ega edilar. Fidji, maydoni (18,333 km 2 ,) 1643 yili Abel Tasman tomonidan kashf qilingan. XX asrning boshlaridan sandal daraxtiga talabning oshishi yevropaliklar bilan aloqalarni kuchaytiradi. Yevropaliklar kelishi arafasida urug‘chilik jamiyati inqirozi boshlanib, keyinchalik savdo aloqalarining

faollashuvi mulkiy tabaqalanishni kuchaytiradi. O‘zaro urushlar kuchayib Mbau oroli hokimi Takombau 1852 yildan yevropaliklar tomonidan «Fidji qiroli» deb atala boshlanadi. Inglizlarning iqtisodiy siyosati tez orada Fidjidagi ekin maydonlarining katta qismini ularning qo‘liga o‘tishi bilan yakunlandi. Shakarqamish yetishtirish keng tus olib 1879 yili Xindistondan dastlabki kontrakt shartnomasi buyicha yollangan ishchilar keltiriladi. Hozircha aholisi 715 mingdan ortik, orol aholisi 1970 yili mustaqillikka zrishgan. Poytaxti — Suva shahri. Yangi Kaledoniyaning (er maydoni 18,576 km 2 , ma’muriy markazi — Numea). Aholisi 154 ming (1983) Mahalliy melaneziyaliklar — kanaqlar va franso‘zlardan iborat. Yangi Kaledoniya orollari hozirga qadar Fransiyaning dengizorti hududlari hisoblanadi. Urug‘ va qishloq jamoalari: Melaneziya qabilalari urug‘ va qishloq jamoalariga bo‘lingan. Xususan Trobrian orollarida asosiy ijtimoiy guruh qishloq jamoasidir. R.Malinovskiyning yozishicha «qishloq jamoalari o‘z bog‘larini parvarishlaydi, udum — marosimlarini amalga oshirishda, urush olib borishda, savdo ekspeditsiyalari uyushtirish maqsalida qayiqlarda birgalikda qatnashadi. Har bir qishloqning oqsoqoli bo‘lib, u qabila sarkoriga bo‘ysungan. Trobrian orollarida ushbu hududiy qo‘shnichilik jamoalari bilan birlikda ururchilik jamoalari ham mavjud. Aholisi 4 ta urug‘ga — kumilaga bo‘linib, ururga oidlik onalar tomonidan aniqlanadi. Lekin kumilalar yirik bo‘lib, hududiy sochilgan holda yashaganligi sababli ularni uyushgan jamoa guruhi deb atash mushkul, shuning uchun R.Malinovskiy uni «subklan» deb nomlangan. Parkinsonning yozishicha, Admiralteystva orollaridagi moanus qabilasida XIX asr urtalarida. 14 ta totem nomlari bilan ataladigan ekzogam ona urug‘i bo‘lgan. Lekin xuddi shu qabilani XX asrning 30 yillari tad q i q qilgan M.Mid va R.Forchunlar ona uru g‘ i o‘rnida patrilokal urug‘lar shaqllanganini yozadilar. XX asrning boshlarida ham ona ururi xukmronligi Yangi

Irlandiya orolida saqlanib kolgan edi. Solomon orollarida esa ona ururi bilan birlikda, ba’zi joylarda ota urug‘iga o‘tish darajasidagi urug‘ jamoalari ham vujudga kelgan. Demak Melaneziyada ijtimoiy guruhlarning turli k o‘ rinishlari: 1)fratriya, 2)ona uru g‘ i, 3)Ona urug‘idan ota urug‘iga o‘tish darajasidagi jamoalar, 4)ota uru g‘ lari mavjud bo‘lgan. Shu bilan birlikda XX asrning boshlarida jamoaning keyingi bosqichi — qishloq jamoalari ham shaqllana boshlagan. Ushbu jamoa turlari Melaneziya orollaridagi ijtimoiy taraqqiyotning notekisligi belgisidir . Mulkka vorislik ham ona tomonidan — toradan jiyanga qolga n. Dalada ishlayotgan kishi oladigan hosilini oilasiga emas, turmushdagi singlisiga eltib bergan, o‘zi esa xotini yoki uning aka —ukalari yetishtirgan ma h sulotni iste’mol qiladi Bu borada ko‘chmanchi o‘zbeklardagi «tog‘a yet ti otadan ulu g‘ » — matali esga tushishi tabiiy. Matalning mazmuni ko‘chmanchi chorvadorlarda ham ona uru g‘ i xukmronligi u zo q vaqt saqlanib kolganligidan darak beradi. Dobu orolidagi aholida esa yevropadagi oila tushunchasiga mos so‘zning o‘zi yo‘q. Unga yaqin — susu atamasi onasining yaqinlarini nazarda to‘tib, otasini umuman hisobga olmagan. Shuning uchun missionerlar «Injil»ni mahalliy tilga tarjima qilganda maxsus so‘z —pamili (inglizcha — family)ni kiritishga majbur bo‘lishgan. Melaneziyaliklar udumlari ko‘p xotinlikka ruhsat bergan. Lekin faqat boylar yoki qabila sarkorlarida ikki yoki undan ko‘p xotinga uylanish imkoniyati bo‘lgan. Insonning jamiyatdagi to‘tgan o‘rni kancha yuqori bo‘lsa, uning xotini shunchalik ko‘p bo‘lgan. Yirik qabila boshliqlarida o‘ntagacha, R.Kodringtonning ma’lumoti bo‘yicha 30 — 60 tagacha xotini bor qabila boshliqlari ham bo‘lgan. Yangi Gebridda xotin uchun «qalin» tulovi cho‘chqa bilan berilgan. Ko‘plab orollarda 20 — 40 ba’zida, 100—150 ipga tizilgan chig‘anoklardan iborat «qalin» puli to‘langan. Melaneziyada qiz olib qochib uylanish deyarlik uchramaydi. To‘y marosimlari nisbatan sodda bo‘lib, uch kiemga: sovchilik, tulov berish va kelinni kuyovnikiga keltirishdan iborat.