JISMONIY MASHQLAR KLASSIFIKATSIYASI
JISMONIY MASHQLAR KLASSIFIKATSIYASI Reja: Kirish 1. Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi sifatida 2. Jismoniy mashqlar klassifikatsiyasi 3. Jismoniy mashqlarni tarixiy klassifikatsiyasi 4. Jismoniy mashqlarni xarakat sifatlarini rivojlantirishiga qarab klassifikatsiyalash 5. Tabiatning solomlashtiruvchi kuchlari va gigienik omillar 6.Gigienik omillar jismoniy tarbiya vositasi sifatida 7. Jismoniy mashqlarning taosirini belgilovchi omillar Xulosa Foydalanilgan adabiyot 1
Kirish Eotiboringizga xavola etilmoqda jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi o‘quv predmetining mazmuni xozirgi kunda nisbatan mustaqil lekin bir-biri bilan o‘zaro uzviy bolangan muammoli sikllardan tashkil topgan bo‘lib, oliy o‘quv yurti mutaxassislaridan jismoniy tarbiya soxasi uchun maxsus kasb-xunarga ega bo‘lgan ixtisoslikni puxta egallagan pedagogni tarbiyalashni nazarda tutadi. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini tayyorlay-digan Oliy o‘quv yurtlarining talabalari, magistrlari, o‘rta maxsus taolim muassasalarining o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan ushbu darslik jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiya bakalavri o‘quv dasturi asosida yozilgan bo‘lib, jismoniy tarbiya mutaxassisiga kasb tayyorgarligining ilmiy, nazariy va amaliy materiallarini o‘zida mujassamlashtirgan va jismoniy tarbiya jarayonini tashkil etish masalalarida yordam beradi. «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi»da ko‘rsatilgan kamchiliklar va muammolar «Jismoniy tarbiya», «Chaqiriqqacha xarbiy tayyorgarlik va jismoniy tarbiya» o‘quv predmetiga xam tegishli. Kadrlash tayyorlashning milliy modeli talablaridan kelib chiqib jaxon standartdariga javob beruvchi, ilor xalqaro tajribalarga tayanib yozilgan maxsus adabiyotlarga ayniqsa, davlat tilida yozilgan o‘quv materiallari muxtojlik katta. Biz mavjud xolatdan kelib chiqib soxaning keng ko‘lamdagi ilmiy izlanishlarining nazariy va amaliy materiallarini barchasini qamrab olish imkoniyatida yiroqligimizni nazarda tutib, rusiy zabon olimlarimizning (L.P.Matveev, A.D.Novikov, B.A.Ashmarin, M.Ya.Vilenskiy, V.M.Kachashkin va boshqa qator mualliflarning) darsliklari asosida jismoniy tarbiya naza-riyasi va metodikasining faqat umumiy asoslarinigina bayon qilishni maqsad qildik. Darslikda avvalo, «Jismoniy madaniyat», «Chaqiriqqacha xarbiy tayyorgarlik taolimi va jismoniy tarbiya» ixtisosligi beruvchi oliy o‘quv yurti jismoniy madaniyat fakulptetlari talabalarining «Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi»ga oid nazariy bilimlar turkumini to‘la qamramay, faqat jismoniy 2
madaniyat o‘qituvchisi uchun lozim bo‘lganlarinigina o‘z ichiga olgan. Uni mutaxassislik uchun to‘laqonli darslik deyish fikridan albatta uzoqmiz. Rus tilida chop etilgan darsliklardan farqli o‘laroq, darslikning «Jismoniy tarbiyaning ijtimoiy moxiyati» yoritilgan bobida jismoniy madaniyatning jamiyatdagi o‘rni, uning xizmatlari, sport jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi bo‘limida esa bolalar, o‘smirlar sporti, professional sport va maktab sportiga oid mavzuni kengroq berdik. «Jismoniy sifatlarni rivojlantirish» bobida turli yoshdagi maktab o‘quvchilarining xarakat sifatlarini fiziologik asoslari va ularni tarbiyalash metodikasi, xarakat malakasi va ko‘nikmasi zaxirasini oshirish uslubiyati, taolim jarayonida sodir bo‘ladigan xatolar, ularni aniqlash va tuzatish uslubiyati, o‘qitish metodlarining moxiyatini chuqurlashtirish va samara-dorligini oshirishga oid nazariy material berishga urindik. Darslik asosan jismoniy madaniyat fakulptetlari-ning talabalari, magistrlari umumtaolim maktablari, akademik litseylar, gimnaziyalar va boshqa turdagi o‘rta taolim va o‘rta maxsus davlat taolimi jismoniy tarbiya mutaxassislari, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, bolalar, o‘smirlar sport mak-tablari trenerlari, fizkulptura va sport yo‘riqchilari va ko‘p sonli fizkulptura va sport ixlosmandlari uchun mo‘ljallangan. Tavsiya etilgan darslik Ôàðüîíà, Namangan Davlat universitetlarining, Qo‘qon Davlat Pedagogika institutining jismoniy tarbiya fakulpteti o‘quv tarbiya jarayonida 1990-2006 yillar davosida sanaldi. U kamchilik va munozarali muammo-lardan xoli emas. Ayniqsa, jismoniy madaniyat atamalarini qo‘llash, ularning mazmuniga oid izoxlar baxs va fikr alma-shinuvini taqazo etadi. Shu yo‘sinda o‘zlarining fikr mulo-xazalarini bildirgan kasbdoshlarimizga oldindan samimiy minnatdorchiligimizni izxor qilamiz. Manzilimiz: 712000, Ôàðüîíà shaxri, Ôàðüîíà Davlat universitetining o‘quv- uslubiy bo‘limi, B.Usmonxo‘jaev ko‘chasi, 19 uy. 3
1. Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi sifatida Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning asosiy vosi-tasi bo‘lib, u tarixan gimnastika, o‘yinlar, sport va turizm tarzida guruxlarga ajratilib, tarbiya jarayonining vositasi sifatida foydalanib kelindi. Jismoniy mashq deb, jismoniy tarbiya qonuniyatlari talablariga javob beruvchi, ongli ravishda bajariladigan ixtiyoriy xarakat faoliyatlarining turli turkumi tushuniladi. Bunday xarakat faoliyatlari gimnastika, o‘yinlar, sport, turizm mashqlari sifatida tarixan tizimlashtirildi, usuliyati to‘plandi va to‘ldirildi. Jismoniy mashqni vujudga kelishi tarixan qator dars-liklarda (A.D. Novikov, B.A. Ashmarin va boshqalar, 1966, 1979) Ibtidoiy jamoa tuzumi davriga to‘ri keladi deb ko‘rsatiladi. Jismoniy mashqning vujudga kelishida oboektiv sabab qilib ibtidoiy odamning qorin to‘ydirish maqsadida ov qilishi, suboektiv sabab sifatida ongning shakillanishi deb qaraldi. Ibtidoiy qurollarni ishlatishni bilmagan ibtidoiy odam o‘z o‘ljasini (ovini) xoldan toldirguncha quvlagan. Bu bilan ovchi organizmi katta jismoniy tayyorgarlikka muxtojlik sezgan. Jismoniy tayyorgarligi yetarli bo‘lmaganlarining o‘zlari oviga yem bo‘lgan. Shunga ko‘ra vaqt o‘tishi bilan ibtidoiy odamlar ovga gala-gala bo‘lib chiqadigan bo‘ldilar. Ibtidoiy qurollar: tosh, qirrali tosh boylangan nayza, xas-cho‘p bilan nomigagina berkitilib quyilgan choxlardan va boshqalardan ovchilar foydalana boshlashgan, ijtimoiy ong shakllana boshlangan. Ovda ishtirok etolmay qolgan qabilani qariyalari yoshlarga toshni nishinga otish, uni zarbini kuchaytirishni mashq qildira boshlagan va bu bilan tarbiyaga asos solingan tarbiya jarayonining elementlari shakillana boshlagan. Keyinchalik uloqtirish, quvib yetish yoki qochish uchun yugurish, sakrashlar mashq qilina boshlangan. Bu esa jismoniy mashqlarni xamda jismoniy tarbiyaning elementlarini vujudga kelishi va shakillanish davri deb qaralgan. Shu kunga kelib bu mashqlar xozirgi zamonning yengil atletika, gimnastika, sport o‘yinlari, yakka kurashlari, turizm va sportning boshqa turlari tarzida jismoniy tarbiya jarayoni uchun asosiy vosita sifatida foydalanilmoqda. Jismoniy mashqlar xillarining ko‘payi-shiga insonning mexnat 4
faoliyati xam taosir ko‘rsatdi. Maolum-ki, mexnat jismoniy kuch, chidamlilik, tezkorlik, chaqqonlik-dek insonning jismi (xarakat) sifatlarining maolum dara- jadagi tayyorgarligi, uning rivojlanganligini talab qiladi. Tarbiya amaliyotida, asosan, inson mexnat faoliyatida qo‘llaydigan xarakatlarini ko‘proq mashq qiladi. Jismoniy mashqning rivojlanishida diniy marosimlar, bayramlardagi o‘yinlar, raqslar, xarbiy faoliyatdagi, sanoatdagi ongli ravishda bajariladigan ixtiyoriy xarakatlar vosita bo‘lib xizmat qiladi. Jismoniy mashqlar tabiatini tabiiy qonunlar I.M. Sechenov va I.P. Pavlovning ilmiy dunyoqarashlarida ochib berilgan. Ixtiyoriy xarakat Sechenovning fikricha, ong va aql bilan boshqariladi xamda biror maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Pavlov esa xarakatlarni fiziologik mexanizmini ochib, xarakatlar bosh miya pustloq qismining to‘plash xususiyati bilan boliqligini birinchi, ikkinchi signal sistemasi, shartli xamda shartsiz reflekslarning aktiv ishtirokida vujudga kelishligini ilmiy isbotladi. Jismoniy mashqlarning mazmuni va shakli . Barcha xodisa va jarayonlarga o‘xshash jismoniy mashqlar o‘zining mazmuni va shakliga ega. Jismoniy mashqni bajarishda sodir bo‘ladigan mexanik, biologik, psixologik jarayonlarning to‘plami jismo-niy mashqlarning mazmunini vujudga keltiradi, ularning taosiridan xarakat faoliyati uchun qobiliyat rivojlanadi. Shuningdek mashq mazmuniga uning bo‘laklarini to‘plami, masalan, uzunlikka sakrashda tanaga tezlik berish, depsinish xavoda uchish, yerga tushish zvenolari xamda mashqni bajarishda xal qilinadigan vazifalar, shuningdek mashqni bajarishdan organizmda sodir bo‘ladigan funksional o‘zgarishlar xaqidagi nazariy bilim va amaliy xarakat malakalari kiradi. Bu elementlarning barchasi jismoniy mashqning umumiy mazmu-nini vujudga keltiradi. Jismoniy mashqning shakli ularning ichki va tashqi strukturasini muvofiqligida ko‘rinadi. Mashqning ichki strukturasiga shu faoliyatni bajarishda ishti-rok etadigan skelet muskullari, ularning qisqarishi, cho‘zi-lishi, buralishi va x.k., biomexanik, bioximik bolanishlari – energiya sarflanishi, yurak-tomir, nafas olish, nerv boshqaruvi va boshqa organalardagi jarayonlar, ularning o‘zaro boliqligi-ning, o‘z ichiga oladi. Biologik, mexanik, psixologik va boshqa 5