JISMONIY TARBIYA NAZARIYASINING YETAKCHI TUSHUNCHALARI
MAVZU: JISMONIY TARBIYA NAZARIYASINING YETAKCHI TUSHUNCHALARI. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism 1. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining asosiy tushunchalari 2. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi va vazifalari. 3. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fani ilmiy va amaliy fan sifatida 4. Jismoniy madaniyat nazariyasi fanining mazmuni va tuzilishi. 5. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. III. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
Respublikamizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy va madaniy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar ta'limni, kadrlar tayyorlash tizimini tubdan yangilash va rivojlantirishni talab etadi. Ta'lim tizimini zamon talablari darajasida va erishilgan tajribalar asosida rivojlantirish orqali o’sib kelayotgan yosh avlodni jamiyat hayotida faol ishtirok etadigan, har tomonlama yetuk va yuksak ma'naviyatli komil insonlar qilib tarbiyalash davlatimizning eng ustivor yo’nalishlaridan hisoblanadi. 1997 yil 29 avgustda O’zbekiston Respublikasining “Ta'lim to’g’risida”gi qonuni qabul qilindi. Bu qonunda ta'lim tizimining mazmun va mohiyatini isloh qilish, davlat va nodavlat ta'lim muassasalari hamda ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish nazarda tutilgan. Unda ta'lim tizimini yagona o’quv-ilmiy ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta'minlash hamda fuqarolarga ta'lim, tarbiya berish, kasb-hunar o’rgatishning huquqiy asoslarini belgilash va har bir shaxsning barobar bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqlari ta'minlangan. Hozirgi kunda jahon tarjribasidan ko’rinib turibdiki, ta'lim jarayoniga o’qitishning yangi, zamonaviy usul va vositalari jadal kirib kelmoqda va ulardan samarali foydalanilmoqda. Bizda ham zamonaviy texnologiyalardan ta'lim tizimida samarali foydalanish tizimi talabalarning kelgusida tajribali mutaxassis, o’z kasbining fidoyisi bo’lib yetishishlariga qaratilgan. Mamlakatimizning jismoniy madaniyati ta’limi va tarbiyasi jarayonida jismoniy madaniyat nazariyasi ve metodikasi fani soha kadrlarini tayyorlashda Davlat ta’lim standartlari talablaridan kelib chiqib bo‘lajak jismoniy madaniyat bakalavrlarini tayyorlashning kasbiy nazariy, kasbiy amaliy tayyorgarliklarini amalga oshirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi va uni hal qilish uchun yo‘naltirilgan maqsadli vazifalarni hal qiladi. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining asosiy tushunchalari. U yoki bu sohada ishlovchi odamlar o’rtasida bir-birini tushunish va aloqa qilish uchun muvofiq tushunarli apparat zarur. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi ham muayyan tushunarli apparatdan foydalanadi, uni tushunish va
o’zlashtirish shu soha mutaxassislarining barchasi uchun majburiydir. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasida atama va tushunchalardan keng ravishda foydalaniladi. Biz faqat eng muhim atamalarni ko’rib chiqamiz, ularni tushunmasdan turib jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanini o’rganish mumkin emas. Jismoniy mashqlar, jismoniy tarbiya tamoyillari to’g’risidagi tushunchalar muvofiq boblarda ko’rib chiqiladi. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining tushunchalarini ko’pchiligi “Jismoniy” so’zi bilan boshlanadi. Odatda amalga oshiriladigan har qanday harakat faoliyati, bajariladigan ish, jismimiz, vujudimizning ma’lum a’zolari, tanimiz bo’laklarining makon (fazo)dagi joyi, o’rnini almashinuvi orqali sodir bo’ladi va bu “jismoniy” so’zi bilan ifodalanadi. Jismoniy so’zi asosan tana skeleta mushaklari, bo’g’inlarning bog’lovchilarining ishtirokida bajariladigan faoliyatlar - barcha mushaklarning, ularning faqat ayrimlarini yoki bir bo’lagini, birnecha qismlarini birgalashib namayon qiladigan faoliyatlari namayon bo’ladi. Jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy rivojlanganlik, jismoniy yetuklik, jismoniy kamolot, jismoniy sifatlar, jismoniy tayyorlanganlik, jismoniy harakat, jismoniy mashq, jismoniy tiklanish (rekreatsiya), jismoniy reabilitatsiya va boshqa shunga o’xshash qator tushunchalardagi “jismoniy” so’zi jismimiz, vujudimizning a’zolarini bajargan, namoyon qilayotgan jismoniy faoliyatini ifodalaydi. Qator adabiyotlarda jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya, sport tushunchalarini “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” hamda “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” fanining yetakchi tushunchalari deb xisoblaydilar (A.D.Novikov, L.P.Matveev, B.A.Ashmarin va boshqalar). Qayd qilingan asosiy tushunchalar tarkibidagi “umumiy jismoniy tayyorgarlik”, “kasbiy- jismoniy tayyorgarlik”, “sport tayyorgarligi”, “sport trenirovkasi” va boshqa qator tushunchalar ham jismoniy madaniyat hamda jismoniy tarbiya nazariyasi fanlarining yetakchi tushunchalari tarzida qabul qilingan, qolaversa, ularning tarkibida “umumiy jismoniy rivojlanganlik” va “jismoniy tayyorgarlik”, “maxsus jismoniy
rivojlanganlik” va “maxsus jismoniy tayyorgarlik”, “shug’ullanganlik”, “jismoniy kamolot”, “jismoniy yetuklik”dek boshqa qator tushunchalar mavjud bo’lib ular o’zlarining ilmiy, nazariy asoslariga ega. Jismoniy rivojlanish – bu sog’lomlashtiruvchi jarayon bo’lib, inson organizmining vazifalari va shakllari o’zgarishining asta-sekin qaror topishidir. Rivojlanishning o’sib borishida uchta fazani ajratish mumkin: - rivojlanish darajasining ko’tarilishi, - nisbatan barqarorligi va - inson jismoniy imkoniyatlarining asta-sekin pasayishi. Eng jo’shqin rivojlanish maktabgacha va kichik maktab yoshiga to’g’ri keladi hamda maktabda ta'lim olishning barcha davrlari mobaynida davom etadi. Jismoniy rivojlanish ob'ektiv biologik qonunlarga bo’ysunadi. Bu qonunlardan eng muhimi muhit va organizm rivojlanishining birligi qonunidir. O’quvchi bolalarning dam olishini tashkillashtirishi, mustaqil ishlar va mehnatni, o’qish sharoitini hisobga olishi kerak. Bularning hammasi bolalarning jismoniy rivojlanishiga ta'sir ko’rsatadigan omillardir. Jismoniy rivojlanish uchun shart-sharoit yaratish iste'dodli bolalarni tanlab olishga imkoniyat yaratadi. Chunki iste'dod nasldan-naslga o’tadi. Shuning uchun yuqori sport natijalariga har qanday o’quvchi ham erisha olmaydi. Biroq har bir shug’ullanuvchi maqsadga yo’naltirilgan mashg’ulotlarga muntazam, vijdonan ishtirok etish sharoitida o’zining jismonan yaxshi rivojlanishini ta'minlashi mumkin, biroq organizm himoyasi va mehnatda munosib muvaffaqiyatlarga erishish uchun sharoitlar yaratish zarur. Bunday rivojlanishga erishish uchun “Jismoniy tarbiya” nomini olgan maxsus yo’naltirilgan va tashkillashtirilgan faoliyatdan foydalaniladi. Jismoniy tarbiya - bu insonni irodaviy, ahloqiy, funksional, morfologik takomillashtirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon bo’lib, uning maqsadi o’quvchilarni mehnatda va Vatan himoyasida eng yaxshi natijalarga erishishi uchun ko’nikma, malaka va maxsus bilimlar bilan qurollantirishdir.
Jismoniy tarbiyaga tegishli o’ziga xos vazifalardan kelib chiqib, uning jismoniy ta'lim berish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash kabi ikki tomonini qarab chiqish mumkin. Jismoniy tarbiya - mazmuniga kura keng ma’nodagi “tarbiya” deb nomlanadigan umumiy pedagogik tushuncha tarkibiga kiradi va tarbiya jarayonidagi tarbiyaviy, bilim (ta’lim) berish, vazifalarini mutaxassis pedagogning yo’naltiruvchi xizmati asosida ta’lim taomillariga muvofiq yoki o’zini-o’zi tarbiyalash tartibida amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiya - inson organizmini morfologiyasi va xizmati jihatidan takomillashtirish, uning hayoti uchun muhim bo’lgan asosiy hayotiy - zaruriy harakat malakalari, ko’nikmalari, ular bilan bog’liq bo’lgan nazariy bilim va amaliy malakalarni shakllantirish hamda harakat sifatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan ko’p yillik pedagogik jarayondir. Harakatga o’rgatish (o’qitish) - o’zining asosiy mazmuniga ko’ra jismoniy bilim (ta’lim) berishni, ya’ni insonni o’z harakatlarini ratsional boshqarishni bilishini, tahlil qilishiga oid nazariy bilimlarga ega qilishni va shu yo’l bilan egallangan bilimlariga asoslanib, hayotiy-zaruriy harakat malakalari va ko’nikmalari zahirasini boyitishni hamda ularga oid nazariy bilimlarga ega qilishni nazarda tutadi (P.F.Lesgaft). Jismoniy tarbiyaning mohiyatiga ko’ra yana boshqa ahamiyatli tomoni organizmning jismoniy sifatlarini maqsadli rivojlantirishga yo’naltirilib, uning tabiiy xususiyatlariga kompleksli ta’sir o’tkazish, me’yoriy jismoniy funktsional yuklamalar bilan jismoniy mashqlar harakat faoliyatlari)ni bajartirish, shuningdek, individ hayotiy rejimi (turmush tartibi)ni optimallash yo’li bilan va tabiatning tashqi muhit sharoitidan rotsional foydlanishni stimullash va boshqarish uchun zarurligidir. Jismoniy bilim - jismoniy mashqlarni, mexnat harakatlarini bajarish, undan foydalanish, lozim bo’lganda hayotiy sharoitda qo’llash mahorati va ko’nikmalariga