logo

Yosh voletbolchilarni jismoniy sifatlarini rivojlantirish metodlari

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

367.5 KB
25Mavzu: Yosh voletbolchilarni jismoniy sifatlarini rivojlantirish metodlari.
Reja;
Kirish
I.Bob Yosh voleybolchilarning jismoniy sifatlarini umumiy asoslari.
1.1. Yosh voleybolchilarni jismoniy sifatlarini o’stirishdagi jismoniy  
tayyorgarliklarning umumiy asoslari
1.2. Jismoniy tayyorgarlikning vositalari va uslublari.
1.3.Yosh voleybolchilarni kuch jismoniy sifatini rivojlantirish metodlari
II. Bob. Yosh voleybolchilarni chidamlilik jismoniy sifatini rivojlantirish 
metodlari
2.1.Yosh voleybolchilarni chaqqonlik jismoniy sifatini rivjlantirish metodlari
2.2. Yosh voleybolchilarni egiluvchanlik jismoniy sifatini rivojlantirish va 
takomillashtirish metodlari
2.3. Yosh voleybolchilarni tezkorlik jismoniy sifatini tarbiyalash va 
takomillashtirish
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar. 25KIRISH
Mamlakatimizda   jismoniy   tarbiya   soha sini   rivojlanishiga   qaratilgan   qator
me`yoriy-huquqiy   hujjatlar   qabul   qilingan   va   jadallikda   hayotga   tatbiq   etib
kelinmoqda.   Jumladan,   O‘zbekiston   Respublikasining   «Ta`lim   to‘g‘risida»gi,
«Jismoniy   tarbiya   va   sport   to‘g‘risida»gi   qonunlari,   O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidentining 2017-yil 3-iyundagi  PQ-3031-sonli   “Jismoniy tarbiya va ommaviy
sportni   yanada   rivojlantirish   chora-tadbirlari   to‘g’risida”gi   Qarori   shular
jumlasidandir [1, 2, 3]. Buning natijasida yoshlar  o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi
keng qaror topib, sportning ommaviyligi ta’minlanmoqda. O‘zbekiston sportchilari
jahonning   nufuzli   musobaqalarida   yuksak   g‘alabalarni   qo‘lga   kiritib,
mamlakatimiz sport salohiyatini butun dunyoga namoyon qilmoqda.
Ushbu   konseptual   hujjatlar   jismoniy   tarbiya   va   sport   sohasida   ulkan
islohotlar,   beqiyos   bunyodkorlik   ishlarini   amalga   oshirish   imkoniyatini   yaratdi.
So‘nggi yillar ichida yurtimiz hududlarida, hatto uzoq qishloq va tumanlarda ham
ko‘pdan   ko‘p   zamonaviy   sport   inshootlari   barpo   etildi   va   ayni   kunda   ular
farzandlarimiz,   halqimiz   xizmatida   faoliyat   ko‘rsatib   kelmoqda.   Kundan   kunga
jismoniy tarbiya va sport, jumladan milliy sport turlari va milliy harakatli o‘yinlar
milliy qadriyatlar sifatida xalqimiz, ayniqsa o‘quvchi-yoshlarning kundalik hayotiy
ehtiyojiga aylanib bormoqda.
Ushbu   natijalarni   mustahkamlash   va   ularni   yuksak   darajaga   ko‘tarish
maqsadida 2000-yillardan boshlab mamlakatimizda «kichik Olimpiada» maqomida
o‘tkaziluvchi   «Umid   nihollari»,   «Barkamol   avlod»   va   «Universiada»   kabi   ko‘p
bosqichli ommaviy sport musobaqalari joriy etildi va borgan sari nufuzli mavqega
ega   bo‘lib,   iste’dodli   sportchilarni   halqaro   va   Olimpiya   musobaqalariga   olib
chiqishda   «ko‘prik»   vazifasini   o‘tab   kelmoqda.   Bu   borada   barcha   ustuvor   sport
turlari   kabi   qayd   etilgan   ommaviy   sport   musobaqalari   va   Olimpiya   o‘yinlari 25dasturidan   joy   olgan,   Yer   Kurrasida   eng   ommaviy   deb   tanilgan   voleybol   sport
turiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
I-BOB. Yosh voleybolchilarning jismoniy sifatlarini umumiy asoslari.
1.1.Yosh  voleybolchilarni jismoniy  sifatlarini o’stirishdagi jismoniy
tayyorgarliklarning umumiy asoslari
Bugungi   voleybol   o‘yinining   mohiyati,   jumladan   texnik-taktik
harakatlarining   ijro   etilishi   aksariyat   «havoda»,   ya’ni   tayanchsiz   holatda   amalga
oshirilishi bilan farqlanadi. Sakrab zarba berish, to‘siq qo‘yish, to‘p uzatish, yiqilib
to‘p   qabul   qilish,   to‘p   kiritish   bunga   yaqqol   misol   bo‘laoladi.   So‘nggi   yillarda
o‘yin qoidalarining keskin o‘zgarishi (tanani barcha qismi bilan to‘p qabul qilish,
hisobni   tay-breyk   tizimida   olib   borilishi,   «libero»   o‘yinchisining   joriy   etilishi,
o‘yinchi   almashinuvining   to‘g‘ridan   to‘g‘ri   amalga   oshirilishi,   to‘rning   pastki
qismiga tegishga ruxsat berilishi va h.k.) o‘yin sur’atini yanada jadallashishiga olib
keldi.   Mutaxassislar   tomonidan   aniqlanganki,   har   bir   musobaqa   o‘yinida
voleybolchilar 300-600 marta, hatto undan ko‘p sakrab ijro etiladigan texnik-taktik
malakalarni   bajarar   ekanlar.   Agar   o‘yindan   oldingi   «razminka»   davomidagi
sakrashlar,   o‘yin   vaziyatlarida   to‘psiz   ijro   etiladigan   chalg‘ituvchi   sakrashlar
e’tiborga   olinsa,   qayd   etilgan   sakrashlar   hajmi   yanada   ortadi.   Bordi-yu   bu
sakrashlarning yillik hajmi nazarda tutilsa, zamonaviy voleybolda yuksak natijaga
erishish qanchalik jismoniy imkoniyatlarga bog‘liq ekanligi ayon bo‘ladi. Demak,
jismoniy tayyorgarlik texnik-taktik tayyorgarlik bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib,
yuksak   sport   mahoratini   ta’minlanishida   poydevor   sifatida   muhim   ahamiyat   kasb
etadi.Inson   bolalikdan   turli   yo‘nalishdagi   harakat   malakalarini   ongsiz   va   ongli
tarzda bajaradi.  Natijada shu harakatlar ma’lum jismoniy sifatlar (kuch, tezkorlik,
chaqqonlik,   chidamkorlik,   egiluvchanlik)   tusida   rivojlana   boradi.   Sekin-asta
hayotiy   zarur   harakat   malakalari   (yurish,   yugurish,   sakrash,   to‘xtash,   osilish   va
h.k.)   sayqal   topadi.Mutaxassislarning   fikricha,   asosan   shu   jismoniy   sifatlar   va 25hayotiy   zarur   harakat   malakalari,   o‘yinlar   yordamida   yanada   samaraliroq
rivojlanishi isbotlab berilgan.
Oilada,   maktabgacha   tarbiya   muassasalarida,   turli   bosqichdagi   ta’lim
maskanlarida   ushbu   muammoga   har   doim   ham   rejali   va   ilmiy   jihatdan
yondoshilmaydi.Jismoniy   mashqlarni   to‘g‘ri   qo‘llash,   ularni   bolalar
qandayo‘zlashtirayotganligini   nazorat   qilib   borish,   shu   bolalardagi   jismoniy
sifatlarni,   uning   qaddi-qomati,   jismoniy   va   funksional   taraqqiyoti   to‘g‘ri
yo‘nalishda tarbiyalanib borishiga imkon yaratadi.
Ma’lumki,   insonning   jismoniy   sifatlari   uning   tug‘ilishidan   boshlab
shakllana boradi. Lekin, uning bolaligida shu sifatlar qanday darajada shakllanishi,
oddiy   yoki   murakkab   harakatlarni   o‘zlashtirib   olishi     nafaqat   uni   o‘sib,   yashab
kelayotgan   muhitga   bog‘liq,   balki   bolaning   muayyan   sifatini   qanday   vositalar
yordamida   rivojlantirilishi   bilan   belgilanadi.   Shu   bilan   bir   qatorda   harakatni   turi,
yo‘nalishi  va qanday maqsadga  qaratilganligiga (kasb, ro‘zg‘or ishi, sport, harbiy
faoliyat va h.k.) qarab, har bir jismoniy sifatni shu harakat ijrosidagi o‘rni turlicha
bo‘ladi.   Shunday   bo‘lsada,   turli   kasb   faoliyatlarida   yoki   sport   turlarida   shu
jismoniy   sifatlarning   integral   ahamiyati     o‘ziga   xos   ulushga   ega   bo‘ladi.   Ammo
qanday bo‘lmasin, ko‘pgina tadqiqotchilarning fikricha, barcha harakat faoliyatida
ayrim jismoniy sifatlarning ustuvorligi darhol ko‘zga tashlanadi.
Zamonaviy sport amaliyotida yuqori natijalarga erishish sportchining uzoq
muddat davomida yuqori sifatli va samarali ish qobiliyatini saqlay olish imkoniyati
bilan bog‘liqdir.Har xil sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalar muddati
halqaro musobaqalar qoidalari bilan belgilanadi. Shu musobaqalar muddatida qaysi
sportchi   o‘z   ish   qobiliyatini   sifati   va   samaradorligi   jihatidan   qanchalik   uzoq  vaqt
saqlay   olsa   yoki   uni   oshira   olish   «kuchi»ga   ega   bo‘lsa,   unga   muvaffaqiyat
shunchalik «kulib» boqishi muqarrar. Boshqacha qilib aytganda, ish qobiliyatining
sifat va samaradorlik darajasini ko‘p yoki kam vaqt davomida saqlanishi  umumiy
va   maxsus   chidamkorlik   sifatlarining   turlari   (tezkorlik,   kuch,   tezkor-kuchga
bo‘lgan   chidamkorlik,     sakrashga   bo‘lgan   chidamkorlik,   texnik-taktik 25chidamkorlik   va   h.k.)   qanchalik   rivojlanganligi   bilan   belgilanadi.Ma’lumki,   ish
qobiliyati   haqida   gap   ketganda,   ayniqsa   so‘z   uning   sifati   va   samaradorligiga
tegishli   bo‘lsa,   masalaning   mohiyati   va   pirovard   «mag‘izi»   boshqa   jismoniy
sifatlarning   shakllangan   yoki   shakllanmaganligiga   borib   taqaladi.   Ya’ni   samarali
natijaga   mos     umumiy   va   maxsus   chidamkorlik,   kuch,   tezkorlik,   chaqqonlik,
egiluvchanlik sifatlarini o‘zida mujassam qilgan bo‘ladi. Ushbu sifatlarning o‘zaro
uzviy   bog‘liqligi   va   ularning   yuksak   darajadagi   integral   natijasi   mahoratning
muayyan   taqdirini   belgilab   beradi.Jismoniy   tayyorgarlik   –   tayyorgarlik   turlaridan
biri   bo‘lib,   voleybolchining   organizmini   rivojlantirish,   uning   jismoniy   sifat   va
qobiliyatlarini   takomillashtirishga,   hamda   o‘yin   faoliyatini   samarali   amalga
oshirilishini   ta’minlovchi   mustahkam   poydevor   yaratishga
qaratilgandir.Zamonaviy   voleybol   shug‘ullanuvchilardan   nihoyatda   katta   kuch,
tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik va egiluvchanlik sifatlarini talab qiluvchi sport
o‘yinlari   turiga   mansubdir.   O‘yinning   mohiyati   o‘yinchi   harakatining   turli
yo‘nalish va o‘zgaruvchan vaziyatda o‘ta tezkor, aniq hamda qisqa vaqt ichida ijro
etilishi   bilan   ta’riflanadi.   Voleybolchining   har   bir   o‘yin   davomida   ko‘pdan   ko‘p
to‘siq qo‘yish, zarba berish va to‘p kiritish uchun sakrashlari, yiqilishlar, yugurish,
to‘xtash,   burilish,   egilish  va  boshqa   harakatlarni   yuqori  tezlikda  ijro  etilishi   katta
jismoniy   kuch,   o‘ta   chaqqonlik,   mustahkam   chidamkorlik   va   ruhiy   uyg‘unlikni
talab   qiladi.   Binobarin,   ushbu   yuklama   (nagruzka)   ta’siri   shug‘ullanuvchi
organizmining   funksional   jihatdan   mukammal   shakllangan   bo‘lishini   taqozo
etadi.Bugungi   voleybolchi   bo‘yi   jihatdan   185-195   sm.   va   undan   katta   uzunlikka
ega   bo‘lib,   harakatchan,   tezkor,   sakrovchan,   ziyrak,   zukko,   tez   fikrlovchi,   o‘tkir
zehnli,   maydonda   ro‘y   beradigan   vaziyatni   tez   fahmlab   «foydali»   javob   qaytara
oladigan   ko‘rsatkichlarga   ega   bo‘lishi   kerak.   Sportchilarning   yoshiga,
tayyorgarligiga,   malakasiga,   hamda   sport   trenirovkasi   davriga   va   vazifalariga
qarab jismoniy tayyorgarlikni mazmuni, hajmi va shiddati turlicha bo‘ladi.
Jismoniy tayyorgarlikning vazifalari va mazmuni
Jismoniy tayyorgarlikning vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Sog‘liqni mustahkamlash. 252.   Hayotiy   zarur   harakat   malakalarini   takomillashtirish   (yurish,   yugurish,
sakrash va hokazo).
3. Harakat sifatlarini rivojlantirish.
4.   Harakat   malakalari   hajmini   oshirish   va   ularning   ijroiy   chegarasini
kengaytirish.
5. Organizmning o‘yin davomida ishtirok etuvchi organ, bo‘lim va mushak
guruhlarining funksiyalarini shakllantirish.
6.   O‘yin   malakalarini   samarali   o‘zlashtirishni   ta’minlovchi     maxsus
sifatlarni rivojlantirish.
Jismoniy   tayyorgarlik   umumiy   UJT   va   maxsus   MJT   jismoniy
tayyorgarlikka   bo‘linadi.Umumiy   jismoniy   tayyorgarlik   sport   trenirovkasini
muhim   vazifalaridan   biri   sifatida   shug‘ullanuvchilarning   to‘laqonli   jismoniy
taraqqiyotini   va   har   tomonlama   jismoniy   tayyorgarligini   ta’minlashga   qaratiladi.
UJT   hayotiy   zarur   harakat   malakalarini   takomillashtirishga   va   asosiy   jismoniy
sifatlarni   rivojlantirishga   yo‘naltirilgan   jarayondir.   Maqsadi   MJTning   poydevori
bo‘lgan   UJT   bazasini   yaratishdir.Vazifalari   –   asosiy   jismoniy   sifatlarni
rivojlantirish,   organizm-ning   funksional   imkoniyatlarini   oshirish,   harakat
malakalarining hajmi va ijroiy chegarasini kengaytirish, sog‘liqni mustahkamlash,
tiklanish   jarayonini   faollashtirish,   organizmning   tashqi   va   ichki   salbiy   ta’sirlarga
bo‘lgan bardoshini oshirishdan  iborat.Umumiy jismoniy sifatlarga kuch, tezkorlik,
chaqqonlik, chidamkorlik va egiluvchanlik kiradi.
UJT   –   jismoniy   sifatlarni   alohida   yoki   birgalikda   rivojlantiruvchi   o‘ziga
xos jismoniy mashqlardan iborat.
UJTni amalga oshirish jarayonida har xil sport uskunalaridan, anjomlardan,
trenajyorlardan   va   tabiat   omillaridan   foydalanish   maqsadga   muvofiqdir.Sport
trenirovkasining ayrim bosqich va davrlarida UJT mashqlari va mashg‘ulotlarining
hajmi, shiddati, yo‘nalish va tuzilishi o‘ziga xosligi bilan farqlanadi.
Maxsus   jismoniy   tayyorgarlik   –   tanlangan   sport   turida   yuqori   natijalarga
erishish maqsadida shu sport turida asosiy va hal etuvchi ahamiyatga ega bo‘lgan
jismoniy sifatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan jarayondir. 25Vazifalari:
-   voleybolga   xos   maxsus   harakat   sifatlari   va   qobiliyatlarini   (tezkorlik,
kuch-tezkorlik, chaqqonlik, maxsus chidamkorlik va hokazo) rivojlantirish;
-   o‘yin   texnikasini   o‘zlashtirishda   zarur   bo‘lgan   qobiliyatlarni
rivojlantirish;
- o‘yin taktikasini o‘zlashtirishda zarur bo‘lgan qobiliyatlarni rivojlantirish.
MJT   sport   trenirovkasining   barcha   bosqich   va   davrlarida   hajm   va   shiddat
jihatidan munosib me’yorda qo‘llaniladi.
1.2. Jismoniy tayyorgarlikning vositalari va uslublari.
Jismoniy   tayyorgarlik   bo‘yicha   qo‘yilgan   vazifalarni   yechishda   turli
vositalar:   tayyorgarlik   mashqlari,   harakatli   va   sport   o‘yinlari,   o‘quv   o‘yinlari   va
musobaqalardan   foydalanish   mumkin.   Shug‘ullanuvchilarning   individual
xususiyatlariga   mashqlarning   moslab   qo‘llanilishi   asosiy   shartlardan   biri   bo‘lib
hisoblanadi.
Shug‘ullanuvchilar   uchun   beriladigan   jismoniy   mashqlarga   quyidagilarni
kiritish mumkin:
a)   tana,   qo‘l,   oyoq   mushaklarining   rivojlanishiga   ta’sir   etuvchi   kuch   va
tezkorlik-kuch mashqlari;
b) chidamlilik sifatining rivojlanishiga ta’sir etuvchi (tezkorlik-chidamlilik,
tezkorlik-kuch chidamliligi) mashqlar;
v) harakatlanish tezkorligiga ta’sir etuvchi mashqlar;
g) chaqqonlik sifatiga ta’sir etuvchi mashqlar;
d) egiluvchanlik sifatiga ta’sir etuvchi mashqlar;
Bu   mashqlardan   foydalanish   texnik   va   taktik   usullarni   bajarish   sifatiga
to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir etadi.
Shug‘ullanuvchilar   uchun   zarur   bo‘lgan   jismoniy   sifatlarni   tarbiyalashda
quyidagi uslublardan foydalaniladi:
1.   Bazaviy   chidamlilikni   tarbiyalash   uchun   bir   tekis   uzoq   muddatli
yugurish. 252.   Maxsus   chidamlilikni   tarbiyalashda   o‘zgaruvchan   xarakterdagi   ishlarni
bajarish.
3. Takroriy mashq usuli. Bu  usul  tezkorlik, kuch va chaqqonlik sifatlarini
rivojlantirishda   qo‘llanilib,   bunda   dam   olish   oraliqlari   organizmning   to‘liq
tiklanishiga imkoniyat yaratishi zarur.
4.   Oraliq   uslub.   Bu   uslub   asosan   tezkorlik   va   kuch   chidamkorligini
tarbiyalashda qo‘llaniladi. Bunda ish va dam olish qat’iy ravishda tartiblashtiriladi.
Dam olish oralig‘i odatda katta bo‘lmaydi.
5.   Almashinuvchi   mashq   usullari.   Bu   usulning   muhim   tomoni   mashqning
borishiga   qarab   ta’siri   bir   maqsadga   qaratilgan   holda   o‘zgarishidir.   Bunga   turli
hollarda   turlicha   yo‘l   bilan   nagruzka   (harakat   tezligi,   ish   hajmi,   muddati   va
hokazo)ning   ayrim   ko‘rsatkichlarini   to‘g‘ri   o‘zlashtirish   (harakat   usulini
navbatlashtirish,   shuningdek,   dam   olish   oraliqlari   va   faoliyatning   tashqi
sharoitlarini   o‘zgartirish)   yo‘li   bilan   erishiladi.   Bunda   organizmning   funksional
imkoniyatlariga odatdagidek bo‘lmagan, ya’ni tobora kattaroq talablar qo‘yiladi va
bu   bilan   ularning   rivojlanishi   uchun   imkoniyatlar   yaratiladi.   Shu   bilan   birga,
harakat   shakli   va   sharoitini   yangilab   turish   tufayli   o‘zlashtirilgan   malakalarning
dinamik stereotipiga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Shug‘ullanuvchilarda   jismoniy   sifatlarni   tarbiyalash   uchun   berilayotgan
mashqlar   ularning   yoshlik   xususiyatlariga   va   jismoniy   sifatlarning   qulay   yoshlik
davrlariga qarab tanlanishi va rivojlantirilishi juda muhim hisoblanadi
1.3. Yosh voleybolchilarni kuch jismoniy sifatini rivojlantirishmetodlari
Tashqi   qarshiliklarni   mushak   kuchi   yordamida   yengish   yoki   unga   qarshi
turish kuch sifatini ta’riflaydi. Mushaklar kuchi quyidagicha namoyon bo‘ladi:
1) o‘z uzunliklarini o‘zgartirmay (statik, izometrik);
2) o‘z uzunliklarini qisqartirib (qarshiliklarni yenguvchi, miometrik);
3) uzayib (yon beruvchi, pliometrik). 25Qarshiliklarni   yenguvchi   va   ularga   yon   beruvchi   mushak   kuchlari
birgalikda «dinamik rejim» deb ham yuritiladi. Kuch sifatini taqqoslashda quyidagi
kuch turlari farqlanadi:
1.   Nisbiy   kuch.   Nisbiy   kuch   deganda   o‘z   vaznining   bir   kilogrammiga
to‘g‘ri keladigan kuch miqdori tushuniladi.
2. Absolut kuch. Biror bir harakatda o‘z og‘irligidan qat’i nazar, namoyon
qilingan kuch tushuniladi.
3.   Tezkor   kuch   (portlovchi   kuch).   Qisqa   vaqt   ichida   katta   miqdordagi
kuchning namoyon qilinishi tushuniladi.
Qarshiligi   oshirilgan   mashqlar   kuchni   rivojlantirishda   asosiy   vosita   bo‘lib
hisoblanadi. Bu vositalar ikki guruhga bo‘linadi.
1.   Tashqi   qarshiliklarni   yengish   bilan   bajariladigan   mashqlar.   Odatda,
tashqi   qarshilik   sifatida   quyidagilardan   foydalaniladi:   buyumlarning   og‘irligi;
sherikning qarshiligi; elastik buyumlarning qarshiligi; tashqi muhit qarshiligi;
2. O‘z vazni og‘irligini yengib bajariladigan mashqlar.
Og‘irlik ko‘tarib bajariladigan mashqlar juda qulay bo‘lib, ular yordamida
ham   kichik,   ham   katta   mushak   guruhlariga   ta’sir   ko‘rsatish   mumkin.   Bu
mashqlarni   me’yorlash   ham   oson.   Og‘irlik   ko‘tarib   bajariladigan   mashqlarda
dastlabki  holat  yetakchi  rolni  o‘ynaganligi  sababli, bunga  alohida e’tibor  qaratish
zarur   bo‘ladi.Cho‘ziluvchan   va   elastik   buyumlar   (prujinali   espanderlar,   rezinka)
bilan   bajariladigan   mashqlarda   harakatning   oxiriga   borib   zo‘riqishning   ortib
borishi   xarakterlidir.O‘z   gavda   og‘irligini   yengish   mashqlari,   odatda,   osilish   va
tayanish   holatlarida   amalga   oshiriladi.Kuch   mashqlarining   yuqorida   keltirilgan
tasnifi   bilan   bir   qatorda,   ularning   saralab   ta’sir   etish   darajasiga   (umumiy   va
nisbatan   ma’lum   bir   joyga   ta’sir   etishiga)   ko‘ra,   shuningdek,   mushaklarning
ishlash rejimiga ko‘ra, statik va dinamik, kuchlilik va tezkorlik-kuch, qarshiliklarni
yenguvchi va yon beruvchi mashqlarga bo‘linishini ham e’tiborga olish kerak.Agar 25shug‘ullanuvchining   kuchiga   muntazam   ravishda   zo‘r   berilmasa,   mushak   kuchi
o‘smay qolishi, hatto kamayib ketishi ham mumkin.
Maksimal darajada zo‘r berishni turli yo‘llar bilan hosil qilish mumkin:
1.   Chegaraga   yaqin   bo‘lmagan   og‘irliklarni   (qarshiliklarni)   yengishni
chegara darajasida ko‘p marotaba takrorlash;
2.   Tashqi   qarshilikni   chegara   darajagacha   oshirish   (dinamik   va   statik
faoliyatlarda);
3. Qarshiliklarni chegara darajadagi tezlik bilan yengish.
Kuch sifatini rivojlantirishda foydalaniladigan namunaviy mashqlar
1.   Kaft   va   panjalarni   sherikning   qarshiligini   yengib   (yoki   gantellar   bilan)
bukib-yozish mashqlari.
2.   Turli   og‘irlikdagi   to‘ldirma   to‘plarni   irg‘itish.   Asosiy   e’tibor   qo‘l
harakatlariga qaratiladi.
3. Qo‘llarga tayanib yotgan holda ularni bukib-yozish, yerdan uzib chapak
chalish mashqlari 
4.   Amortizatorli   jihozlarni   cho‘zish   bilan   boradigan,   tuzilishi   bo‘yicha
texnik usullarga o‘xshash mashqlarni bajarish.
5. Og‘irliklar (shtanga lappagi, gantellar, qum to‘ldirilgan qopchalar) bilan
gavdaning aylanma harakatli mashqlari.
6. Shtangani ko‘krakka ko‘tarib o‘tirib-turish mashqlari.
7. Shtangani yelkaga olib sakrashlar. Og‘irlik maksimalning 50% hajmida.
8. Arg‘amchi bilan sakrashlar.
9. Joydan va yugurib kelib yuqoriga ilib qo‘yilgan predmetga qo‘l tekkizish
yoki olish. 2510 Bir va ikki oyoqda uzunlikka sakrashlar.
11. To‘siqlar ustidan ko‘p sakrashlar.
12. Chuqurlikka sakrashlar  25 25II-BOB. Yosh  voleybolchilarni  chidamlilik  jismoniy  sifatinirivojlantirish
metodlari
Faoliyat   turlarining   xususiyatiga   qarab   charchoqning   bir   necha   turlari
mavjuddir.   Bular   aqliy,   sensor   (his-tuyg‘u   organlariga   tushadigan   nagruzka   bilan
bog‘liq), emotsional  va  jismoniy  charchoqdan iborat. Sport  sohasi   uchun  mushak
faoliyati   tufayli   hosil   bo‘lgan   jismoniy   charchoq   ko‘proq   ahamiyatga   ega. Odam
o‘z   faoliyatida   belgilangan   yuklama   shiddatini   qachongacha   saqlay   olishini
ko‘rsatadigan   vaqt   chidamlilikning   asosiy   o‘lchovidir.   Chidamlilik   bevosita   va
bilvosita   usullar   bilan   o‘lchanadi.   Bevosita   o‘lchash   usulida   tekshirilayotganlarga
biror   bir   topshiriqni   bajarish   (masalan,   berilgan   tezlikda   yugurish)   tavsiya   etiladi
va ish qancha vaqtgacha berilgan muddatda bajarilishi (tezlik pasaya boshlagunga
qadar)   aniqlanadi. Kishining   harakat   faoliyati   xilma-xildir;   charchoqning   xarakteri
va   mexanizmlari   ham   turli   hollarda   turlicha   bo‘ladi.   Sportda   umumiy   charchoq
ko‘proq   uchrab   turadi.Shakl   jihatdan   bir   xil   bo‘lgan   mashqlarni   turli   shiddatda
bajarish   mumkin,   shunga   muvofiq   bu   mashqlarni   bajarishga   sarflanadigan   vaqt
chegarasi bir necha sekunddan bir necha soatgacha bo‘ladi. Bu hollarda charchash
mexanizmlari   ham   turlicha   bo‘ladi.   Shuning   uchun   jismoniy   mashqlar   shiddatiga
ko‘ra ham turkumlanadi.
Aerob   imkoniyatlarni   oshirish   uslubiyati.   Trenirovka   jarayonida
organizmning aerob imkoniyatlariga ta’sir etish orqali uch vazifa hal etiladi:
1) kislorod iste’mol qilishning maksimal darajasini oshirish;
2) shu darajani uzoq vaqtgacha saqlab turish qobiliyatini rivojlantirish;
3)   nafas   olish   jarayonlarining   maksimal   miqdorgacha   tezroq   yetishini
ta’minlash.
Aerob   imkoniyatlarni   oshirishda   bir   me’yorda   mashq   qilish   usulidan,
shuningdek,   takroriy   va   o‘zgaruvchan   mashq   usullaridan   foydalaniladi.   Bir
me’yorda to‘xtovsiz mashq qilish umumiy chidamlilikni tarbiyalashning dastlabki
bosqichlarida,   ayniqsa,   keng   qo‘llaniladi.Aerob   imkoniyatlarni   oshirishda,   garchi 25birinchi   qarashda   tushunarsiz   bo‘lib   ko‘rinsa   ham,   qisqa   muddatli   dam   olish
oraliqlariga   bo‘lingan   takrorlash   tarzida   bajarilayotgan   ishlar   (oraliqli   takroriy   va
o‘zgaruvchan   mashq   usullari)   ko‘proq   samara   beradi.   Qisqa   vaqt   ichida   shiddatli
faoliyat   natijasida   hosil   bo‘ladigan   anaerob   parchalanish   mahsulotlari   nafas   olish
jarayonlarining kuchli stimulatori bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun bunday ish
bajargandan so‘ng dastlabki 10-90 sek.ichida kislorod iste’mol qilish ortadi, yurak
ishining   ba’zi   bir   ko‘rsatkichlari   ham   oshib   boradi   –   haydalayotgan   qon   hajmi
ortadi.   Agar   qayta   nagruzka   bu   ko‘rsatkichlar   ancha   yuqori   bo‘lib   turgan   vaqtda
bajarilsa,   mashqni   takrorlagan   sari   kislorod   iste’mol   qilish   ortib   boradi.   Chegara
darajadagi   miqdorga   yetgach,   u   shu   darajada   barqaror   bo‘lib   qoladi   va   ishning
oxirigacha   qayta   pasaymaydi.   Ish   va   dam   olishning   ma’lum   bir   nisbatida
organizmning   kislorodga   bo‘lgan   talabi   bilan   kislorod   iste’mol   qilish   o‘rtasida
muvozanat hosil bo‘lishi mumkin.Aerob imkoniyatlarni oshirish uchun takroriy va
takroriy-o‘zgaruvchan   mashq   usullaridan   foydalanganda,   asosiy   vazifa   ishlash
bilan   dam   olishning   eng   yaxshi   variantini   tanlashdan   iborat.   Taxminan   quyidagi
xarakteristikalarni ko‘rsatish mumkin:
1. Ishning shiddati maksimal  ko‘rsatkichning taxminan 75-85% darajasida
bo‘lishi   kerak.   Tomir   urushi   minutiga   130   tadan   kam     bo‘lishiga   olib   keladigan
past shiddatli nagruzkalar aerob imkoniyatlarning sezilarli ortishiga olib kelmaydi.
2.   Dam   olish   oraliqlari   shunday   bo‘lishi   kerakki,   keyingi   bajariladigan
ishlar   oldingi   ishdan   keyin   ro‘y   bergan   qulay   o‘zgarishlar   holatida   sodir   bo‘lsin.
Dam   olish   oralig‘i   3-4   minutdan   oshmasligi   kerak,   chunki   bu   vaqtga   kelib,
mushaklarning ish jarayonida kengaygan qon tomirlari qisqarib ulguradi, natijada,
takroriy ishning dastlabki minutlarida qon aylanishi ancha qiyinlashadi.
Anaerob   imkoniyatlarni   oshirish   uslubiyati .   Anaerob   imkoniyatlarni
oshirishda ikki vazifani hal qilish kerak:
1) fosfokreatin mexanizmining funksional imkoniyatlarini oshirish; 252) glikolitik mexanizmni takomillashtirish. Vosita sifatida, odatda, tegishli
shiddatli siklik mashqlardan foydalaniladi.
Kreatinfosfat   mexanizmini   takomillashtirishga   qaratilgan   nagruzkalar
quyidagi xarakteristikalar bilan farqlanadi:
1.   Ishning   shiddati   chegara   darajasidagi   tezlikka   yaqin,   maksimal
tezlikning 95% gacha.
2.   Dam   olish   taxminan   2-3   minutga   teng   bo‘lishi   kerak.   Biroq
mushaklardagi   kreatinfosfat   zaxiralari   juda   kam   bo‘lganligi   uchun,   mashq   3-4
marta   takrorlanganidan   keyin   fosfokreatin   mexanizmining   imkoniyatlari
tugaydi.Shuning   uchun   mashg‘ulotlarda   rejalashtiriladigan   ish   hajmini   har   birida
4-5   ta   takrorlanish   bo‘ladigan   bir   necha   seriyalarga   bo‘lib   yuborish   maqsadga
muvofiqdir. Seriyalar oralig‘idagi dam olish vaqti 7-10 minut bo‘lishi mumkin.
3.   Takrorlashlar   soni   shug‘ullanuvchilarning   tayyor   ekanlik   darajasiga
qarab belgilanadi.
Glikolitik   mexanizmni   takomillashtirishda   nagruzkalar   quyidagi
xususiyatlar bilan xarakterlanadi.
1.   Ishning   shiddati   mashq   uchun   tanlangan   masofaning   uzunligi   bilan
belgilanadi.   Siljish   tezligi   mazkur   masofadagi   chegara   tezlikka   yaqin   (chegara
tezlikning 90-95%) bo‘lishi kerak.
2.   Dam   olish   oraliqlari   glikolitik   jarayonlar   dinamikasi   bilan   belgilanadi.
Dam olish oraliqlarini sekin-asta kamayib boradigan qilish kerak. Masalan, 1 va 2-
takrorlash oralig‘ida 5-8 minut, 2 va 3-sida 3-4 min, 3 va 4-sida esa 2-3 min.
3.   Bunday   holda   dam   olish   oraliqlarini   boshqa   ish   turlari   bilan   to‘ldirish
kerak emas. Faqat batamom harakatsiz qolinmasa bas. 254.   Dam   olish   oraliqlari   kamayib   boruvchi   faoliyatda   takrorlashlar   soni,
charchoq tez  ortib borgani  sababli,  uncha  ko‘p bo‘lmaydi  (3-4  tadan  ko‘p  emas).
Seriyalar oralig‘idagi dam olish vaqti kamida 15-20 min. bo‘lishi kerak.
Sport   bilan   endigina   shug‘ullana   boshlaganlar   va   kichik   razryadli
sportchilar, odatda, bir mashg‘ulotda ko‘pi bilan 2-3 seriya bajarishlari mumkin.
Shunday qilib, trenirovka jarayonida chidamlilikning xilma-xil tomonlariga
ko‘proq   ta’sir   etish   izchilligi   quyidagicha   bo‘lishi   kerak:   dastlab   nafas   olish
imkoniyatlarini,   so‘ngra   glikolitik   imkoniyatlarni   va,   nihoyat,   kreatinfosfatkinaza
reaksiyasi energiyasidan foydalanish qobiliyati bilan belgilanadigan imkoniyatlarni
oshirishga   e’tibor   beriladi.Chidamlilik   umumiy   va   maxsus   bo‘ladi.   Umumiy
chidamlilik – bu uzoq vaqt mo‘tadil sur’at bilan bajariladigan ishdagi chidamlilik
bo‘lib, u barcha mushak apparatlarining funksiyalarini o‘ziga qamrab oladi. Lekin
bu ta’rif hozirgi paytda birmuncha eskirgan.Bu o‘rinda gap faoliyatning muayyan
sur’ati   haqida   emas,   balki   mushakning   har   qanday   holatidagi   faoliyat   haqida
borishi   kerak.   Binobarin,   buni   mushaklar   ishi   oxirgi   imkoniyat   darajasida   (ya’ni,
uzoq vaqt) bajariladigan faoliyat deb tushunmaslik kerak, balki ishga layoqatning
eng   yuqori   darajasini,   mashg‘ulotlarda   bajarilayotgan   ishni   butun   vaqt   davomida
saqlay   olishdir.Maxsus   chidamlilik   sportchining   maxsus   yuklamalarni   o‘z
ixtisosligi   talablari   bo‘yicha   uzoq   vaqt   davomida   samarali   bajara   olish
qobiliyatidir.Yosh   voleybolchilarni   tayyorlashda   chidamlilik   sifatini   rivojlantirish
umumiy tayyorgarlikning eng asosiy qismi hisoblanadi.Bu yoshdagi voleybolchilar
aerob   xarakterdagi   ishga   tez   moslashadilar.   Bu   esa   ularda   kislorod   –   transport
tizimini   rivojlantirish   imkoniyatini   oshiradi.   Shuning   uchun   boshlang‘ich   sport
ixtisosligida katta hajmdagi ishlarni nisbatan yuqori bo‘lmagan shiddatda bajarish
tavsiya   etiladi.Yosh   voleybolchilarda   umumiy   chidamlilikni   tarbiyalashda   uzoq
masofalarga   yugurish,   kross,   velosiped   haydash,   suzish,   harakatli   va   sport
o‘yinlaridan vosita sifatida foydalaniladi. Ko‘p hollarda nisbatan yuqori bo‘lmagan
shiddatda   yugurishdan   foydalanilib,   uning   davomiyligi   5-8   dan   30-60   min.gacha
oshirib   boriladi.   Tayyorgarligi   yuqori   bo‘lgan   yosh   voleybolchilarda   ishning 25davomiyligini  yanada  uzaytirish mumkin.Umumiy chidamlilikni  tarbiyalashda  bir
me’yordagi trenirovka, o‘zgaruvchan mashq usuli, o‘yin va qat’iy tartiblashtirilgan
uslub   variantlaridan   foydalanish   mumkin.   Ayniqsa,   aylanma   mashq   uslubidan
foydalanish   katta   samara   beradi.   Chunki   ushbu   uslubda   shug‘ullanuvchilarning
individual   xususiyatlarini   aniq   e’tiborga   olish   imkoniyati   bo‘ladi.Yosh
voleybolchilarning   umumiy   chidamlilik   darajasini   masofa   uzunligini   bosib   o‘tish
shiddati   orqali   aniqlash   mumkin   bo‘ladi.   Bunda   shiddat   maksimal   tezlikning   60
%ini   tashkil   etishi   kerak   yoki   3000   m   masofani   qancha   vaqt   ichida   bosib   o‘tish
aniqlanadi.Chidamlilikni   rivojlantirish   uchun   quyidagi   uslublar   qo‘llaniladi:
bajariladigan   mashqlar   hajmi   va   shiddatini   oshirish,   o‘zgaruvchan,   oraliqli,
o‘zgaruvchan-oraliqli,   takroriy.Hajmni   oshirish   uslubi   shundan   iboratki,   jismoniy
mashqlarni bajarish vaqti mashg‘ulotdan mashg‘ulotga asta-sekin ortib boradi. Bu
uslub   mashg‘ulotlar   sonini   ko‘paytirishni   nazarda   tutadi.Shiddatni   oshirish   uslubi
jismoniy   mashqlarni   bajarish   sur’ati,   shuningdek,   butunlay   mashg‘ulot   zichligini
mashg‘ulotdan   mashg‘ulotga   asta-sekin   oshirib   borishni   ko‘zda
tutadi.O‘zgaruvchan   uslub   shundan   iboratki,   jismoniy   mashqlar   har   xil   sur’atda
bajariladi.   Bunda   past   sur’atli   mashqlar   o‘tkaziladigan   vaqt   bo‘laklari
mashg‘ulotdan   mashg‘ulotga   kamayib,   baland   sur’atda   o‘tkaziladiganlari   ortib
boradi.Oraliqli   uslub   shundan   iboratki,   bunda   jismoniy   mashqlar   bo‘laklarga
bo‘linib   (seriyalab),   sust   va   faol   dam   olish   oraliqlariga   bo‘lib     o‘tkaziladi.
Trenirovka   vazifalari   mashqlarni   bajarish   sur’ati   va   davomiyligiga,   shuningdek,
voleybolchining mashqlanganlik darajasi hamda kayfiyatiga qarab, ish hamda dam
olish   oraliqlari   davomiyligiga   ko‘ra   har   xil   bo‘lishi   lozim.Takrorlash   uslubi
shundan iboratki, sportchi bir mashg‘ulotning o‘zida yoki bir nechta mashg‘ulotda
hajmi va shiddatiga ko‘ra bir xil bo‘lgan mashqlarni takrorlaydi.Sport trenirovkasi
jarayonida   hamma   uslublar   bir-biri   bilan   turlicha   uyg‘unlashtirilgan   holda
qo‘llaniladi.   Chidamlilikni   tarbiyalash   samaradorligi   ko‘p   jihatdan   trenirovka
jarayonining oqilona tuzilganligi bilan belgilanadi. Turli yo‘nalishdagi mashqlarni
bajarishda   ma’lum   bir   ketma-ketlikka   amal   qilish   va   ularning   ijobiy   o‘zaro   ta’sir 25etishini ta’minlash juda muhimdir. Quyidagi ketma-ketlikka rioya etish maqsadga
muvofiqdir:
-   avval   alaktat-anaerob   mashqlar   (tezkor   va   tezkorlik   kuch),   so‘ngra
anaerob-glikolitik (kuch chidamliligi uchun) mashqlar;
-   avval   alaktat-anaerob,   so‘ngra   aerob   mashqlar   (umumiy   chidamlilik
uchun);
- avval anaerob-glikolitik, aerob mashqlar.
Agar mashqlar ketma-ketligi teskari bo‘lsa, trenirovka samarasining o‘zaro
ta’siri salbiy bo‘ladi hamda bunday mashg‘ulot kam foyda beradi.
Umumiy   chidamlilik   o‘rtacha   shiddatdagi   ishni   uzoq   muddat   bajarish
qobiliyatidir.   Uning   rivojlanishiga   ta’sir   qilinganda,   avvalambor,   organizmning
yurak-tomir,   nafas   tizimlariga   va   kislorod   ta’minotini   takomillashtirish   nazarda
tutiladi.Aerob   chidamlilikni   tarbiyalashda   asosiy   usul   bu   ishni   uzoq   muddat   (10
daqiqadan ortiq) bir tekis va o‘rtacha o‘zgaruvchan shiddatda bajarish (tomir urishi
–   130–150   zarba/min)   bilan   amalga   oshiriladi.   Shug‘ullanuvchilarni   o‘z-o‘zining
holatini nazorat qilishga o‘rgatish juda muhimdir.To‘g‘ri mo‘ljal sifatida quyidagi
tartiblarni misol qilib keltirish mumkin.
Chidamlilik sifatini rivojlantirishda foydalaniladigan namunaviy mashqlar
1. 15-20 sek davomida sakrashlar. Birinchi urinishda maksimal darajada
ko‘p sakrash. Ikkinchi urinishda maksimal darajada balandroq sakrash. 4–5-
seriyalarda 1–1,5 min. davomida to‘xtovsiz sakrash. Ushbu mashqni arg‘amchilar
bilan ham bajarish mumkin.
2.   Pastki   turish   holatidan   1-1,5   min.   davomida   turli   yo‘nalishlarda
harakatlanishlar. 3–4-seriyalarda 2-5 kgog‘irliklar bilan.
3.   Hujum   zarbasi   va   to‘siqni   taqlid   qilib,   orqa   zonalarda   do‘mbaloq
oshishni navbatlashtirib bajarish. Har bir texnik usulni 10 marotabadan. 254. Turli harakatlanishlar bilan estafetalar o‘tkazish.
5. Turli yo‘nalish va masofalarga «mokkisimon yugurishlar»
6. 2x2, 3x3, 4x4 tarkibda o‘quv o‘yinlari.
2.1. Yosh voleybolchilarni chaqqonlik jismoniy sifatini rivjlantirish metodlari
Chaqqonlik   bir   qancha   ko‘rsatkichlar   bilan   aniqlanishi   sababli   yagona
ta’rifga ega emas.Har qanday harakat biror bir aniq vazifani hal qilishga qaratilgan
bo‘ladi:   mumkin   qadar   balandroq   sakrash;   to‘pga   zarba   berish;   to‘pni   uzatish   va
boshqalar.   Harakat   vazifasining   murakkabligi   ketma-ket   bajariladigan
harakatlarning   uyg‘unligi   bilan   belgilanadi.   Harakatlarning   koordinatsion
murakkabligi   chaqqon-likning   birinchi   mezoni   hisoblanadi.Agar   harakat   yetarli
darajada   aniq   bo‘lsa,   harakat   vazifasi   bajariladi.   Harakatning   aniqligi
chaqqonlikning   ikkinchi   o‘lchovi   hisoblanadi.Agar   shug‘ullanuvchi   o‘zi   uchun
yangi   harakatlarni   tezda   bajara   olsa,   ushbu   harakatlarni   o‘zlashtirib   olishga
ko‘proq   vaqt   ketkazgan   shug‘ullanuvchiga   nisbatan   chaqqonroq   hisoblanadi.
Shuning   uchun   harakatlarni   o‘zlashtirib   olishga   sarflanadigan   vaqt   chaqqonlik
ko‘rsatkichlaridan   biri   bo‘lishi   mumkin.   Yuqoridagilarni   hisobga   olib,
chaqqonlikni   yangi   harakatlarni   tezda   o‘zlashtirib   olish,   harakat   faoliyatini
to‘satdan   o‘zgarayotgan   sharoit   talablariga   muvofiq   ravishda   tezda   qayta   qurish
qobiliyati   deb   atash   mumkin   bo‘ladi.Chaqqonlikni   tarbiyalash   koordinatsion
jihatdan   murakkab   harakatlarni   o‘zlashtirib   olish,   harakat   faoliyatini   to‘satdan
o‘zgargan   sharoit   talablariga   muvofiq   ravishda   qayta   qurish   qobiliyatini
tarbiyalashdan   iborat.   Bunda   muvozanat   saqlash,   galma-gal   zo‘r   berish   va
bo‘shashtirish   harakatlarini   tanlab   takomillashtirish   muhim   ahamiyatga
ega.Chaqqonlikni tarbiyalashning asosiy yo‘li yangi xilma-xil harakat ko‘nikma va
malakalarini   o‘rganib   olishdir.   Bu   harakat   zaxiralarining   ortib   borishi   va   harakat
analizatorining funksional imkoniyatlariga samarali ta’sir etadi. Yangi harakatlarga
o‘rgatishning   uzluksiz   bo‘lishi   tavsiya   etiladi.   Chunki   shug‘ullanuvchilar   yangi 25harakatlarga   muntazam   o‘rgatib   borilmasa,   harakatlarga   o‘rganish   qobiliyati
pasayib ketadi.
Harakat   faoliyatini   tez   va   maqsadga   muvofiq   ravishda   qayta   qurish
qobiliyati   sifatidagi   chaqqonlikni   tarbiyalash   uchun   to‘satdan   o‘zgargan
sharoitdagi   ta’sirlarga   darhol   javob   berish   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   mashqlar
qo‘llaniladi.   Chaqqonlikni   rivojlantirishga   qaratilgan   mashqlar   nisbatan   tez
charchashga   olib   keladi.   Ayni   paytda   esa   bu   mashqlarning   bajarilishi
mushaklarning   nihoyatda   aniq   sezib   turishini   talab   etadi   va   charchash   sodir
bo‘lganda   kam   samara   beradi.   Shuning   uchun   chaqqonlikni   tarbiyalashda   dam
olish oraliqlari to‘liq tiklanish uchun yetarli bo‘lishi lozim.Voleybolda muvozanat
saqlash va uni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratiladi.Muvozanat deganda gavdani
turg‘un bir holatda saqlash qobiliyati tushuniladi. Voleybolda muvozanatni saqlash
statik   (deyarli   harakatsiz   muvozanat)   va   dinamik   (harakat   vaqtidagi   muvozanat)
bo‘lishi   mumkin.   Muvozanat   funksiyasi   qanchalik   takomillashgan   bo‘lsa,   u
muvozanatni   shunchalik   tez   tiklab   oladi,   unda   tebranish   amplitudasi   shunchalik
kichik   bo‘ladi.Muvozanat   saqlashni   ikkita   asosiy   yo‘l   bilan   tarbiyalash   mumkin.
Birinchisi   muvozanat   saqlash   mashqlarini   qo‘llash,   ya’ni   muvozanat   saqlashni
qiyinlashtiradigan   sharoitlardagi   mashqlar   va   holatlar.   Ikkinchi   yo‘l   muvozanat
(vestibulyar  va harakat  muavozanati)  yo‘qolmasligini  ta’minlovchi  analizatorlarni
tanlab   takomillashtirishga   asoslangan.   Vestibular   funksiyani   takomillashtirish
uchun   to‘g‘ri   chiziqli   va   burchakli   tezlanishlar   bilan   bajariladigan   mashqlardan
foydalaniladi.
Chaqqonlik sifatini rivojlantirishda foydalaniladigan namunaviy mashqlar
1. Bir   va   ko‘p   marotaba   oldinga   va   orqaga   do‘mbaloq   oshishlar.   Xuddi
shu mashq ayrim texnik usullarni bajargandan so‘ng.
2. Turgan joydan va yugurib kelib 180˚, 270˚, 380˚ ga burilib bir va ko‘p
marotaba sakrashlar.  Burilishlar bilan turli texnik harakatlarni bajarish.
3. Turli buyumlar orasidan va ustidan o‘tib harakatlanishlar. 254. Gimnastika   ko‘prikchasidan   depsinib   havoda   turli   harakatlarni   bajarib
sakrashlar.
5. To‘siqlar osha estafetalar.
6. Turli   signal   va   ta’sirlarga   belgilangan   harakatlar   bilan   javob   berish.
Signallar va ta’sirlar sekin-asta ko‘paytirib boriladi  (48,49-rasmlar) .
2.2. Yosh voleybolchilarni egiluvchanlik jismoniy sifatinirivojlantirish va
takomillashtirish metodlari
Egiluvchanlik   deganda   tayanch-harakat   apparatining   morfo-funksional
xususiyatlari   tushunilib,   bu   xususiyatlar   shu   apparatning   zvenolari
harakatchanligini   belgilaydi.   Harakatlarning   maksimal   amplitudasi
egiluvchanlikning   mezoni   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Amplituda   burchak   o‘lchovlarida
yoki chiziqli o‘lchovlarda ifodalanadi. Egiluvchanlikning ikki turi farqlanadi: faol
va   sust   egiluvchanlik.Faol   egiluvchanlik   kishining   o‘z   mushaklari   kuch   berishi
hisobiga   namoyon   bo‘ladi.   Sust   egiluvchanlik   gavdaning   harakatla-nayotgan
qismiga tashqi kuchlar–og‘irlik kuchi, sherikning qarshiligi va shu kabi kuchlardan
foydalanganda   namoyon   bo‘ladi.Egiluvchanlik   mushak   va   to‘qimalarning
elastikligiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Mushaklarning  elastiklik  xususiyatlari  ko‘p  darajada
markaziy nerv tizimining ta’sirida o‘zgarishi mumkin.Egiluvchanlikning namoyon
bo‘lishi muhitning tashqi haroratiga ham bog‘liq bo‘ladi. Egiluvchanlik charchash
ta’sirida sezilarli o‘zgaradi, jumladan, faol egiluvchanlik ko‘rsatkichlari kamayadi, 25sust   egiluvchanlik   ko‘rsatkichlari   ortib   boradi.Egiluvchanlikni   tarbiyalash   uchun
harakat   amplitudasi   oshirilgan   (cho‘ziluvchanlikni   oshiradigan)   mashqlardan
foyda-laniladi.   Harakatlarda   biror   bo‘g‘indagi   harakatchanlikning   ortishi   shu
bo‘g‘indan   o‘tadigan   mushaklarning   qisqarishi   hisobiga   ro‘y   beradi.   Harakatlar
bajarilish   xarakteriga   ko‘ra   bir-birlaridan   farq   qiladi:   bir   fazali   mashqlar   va
prujinasimon mashqlar; silkinish va ma’lum holatlarni qayd qilib turish; og‘irliklar
bilan   mashqlar.   Cho‘ziluvchanlikni   oshiradigan   mashqlarni   seriyalar   bilan   har
birini bir necha marta takrorlab bajarish tavsiya etiladi. Bunda seriyadan seriyaga
o‘tgan   sari   harakat   amplitudasi   orttirib   boriladi.   Har   bir   mashg‘ulotda
cho‘ziluvchanlik   mashqlarini   sal-pal   og‘riq   paydo   bo‘lguncha   bajarish   lozim.
Egiluvchanlik   mashqlari   mustaqil   bajarish   uchun   topshiriq   sifatida   berilishi
mumkin.   Egiluvchanlik   mashqlari   tayyorgarlik   qismida,   asosiy   qismning   oxirida
va boshqa mashqlar oralig‘ida bajariladi.
Egiluvchanlikni rivojlantirishda foydalaniladigan namunaviy mashqlar
1. Sherikning qarshiligini yengib bajariladigan cho‘zilish mashqlari.
2. Gimnastika halqalarida tebranishlar va aylanma harakatlar.
3.   Rezinka   va   prujinali   amortizatorlar   qarshiligini   yengib   bajariladigan
aylanma (qo‘l va oyoqlar uchun) harakatlar.
4.   Oldinga   va   orqaga   ketma-ket   engashishlar   (og‘irliklar   bilan   ham
bajariladi).
5.   Predmet   ustiga   (gimnastik   devorchaga)   oyoqlarni   yuqori   ko‘tarib
qo‘ygan holda ushlab turish. Oyoqlar holati navbatlashtirib turiladi.
.2.3. Yosh  voleybolchilarni tezkorlik jismoniy  sifatini tarbiyalash va
takomillashtirish
Tezkorlik deb, muayyan faoliyatni qisqa muddat ichida ijro etilishiga
aytiladi. Tezkorlik namoyon bo‘lishining uchta asosiy shakllari mavjuddir:
1. Harakat reaksiyalarining latent (yashirin) vaqti. 252. Ayrim harakatlar tezligi (tashqi qarshilik kichik bo‘lganda).
3. Harakatlar chastotasi.
Tezkorlik namoyon bo‘lishining shakllari bir-biriga nisbatan bog‘liq emas.
Reaksiyaning latent vaqti beshta tarkibiy qismdan iborat:
1) retseptorda qo‘zg‘alishning paydo bo‘lishi; 
2) qo‘zg‘alishni markaziy nerv sistemasiga uzatish; 
3)   qo‘zg‘alishning   nerv   yo‘llari   bo‘ylab   o‘tib   borishi   va   effektor   signal
hosil bo‘lishi; 
4) signalning markaziy nerv sistemasidan mushakka o‘tkazilishi;
5) mushakning qo‘zg‘alishi va unda mexanik faollikning paydo bo‘lishi.
Maksimal   tezlikda   bajariladigan   harakatlar   fiziologik   xususiyatlarga   ko‘ra
sustroq   harakatlardan   farq   qiladi.   Bular   orasidagi   eng   muhim   farq   shundan
iboratki,   harakatlarni   maksimal   tezlikda   bajarish   davomida   sensor   bog‘lanishlar
hosil   bo‘lishi   qiyinlashadi:   reflektor   yoy   impulslarni   tashib   ulgurolmaydi.   Tezlik
juda   katta   bo‘lganida   harakatlarni   yetarlicha   aniqlik   bilan   bajarishning   qiyinligi
mana shu bilan bog‘liqdir.
Oddiy   reaksiya   tezkorligini   tarbiyalash. Harakatlantiruvchi   reaksiya   tezligi
ta’sirga   javob   berishning   latent   vaqti   bilan   belgilanadi.   Reaksiyalar   oddiy   va
murakkab   bo‘ladi.   Oddiy   reaksiya   oldindan   ma’lum   bo‘lgan   signalga   ilgaridan
ma’lum bo‘lgan harakat bilan javob berishdir.
Tezkorlikning   juda   ko‘p   o‘tishi   (boshqa   biror   harakatga   o‘tishi)   oddiy
reaksiyalar   uchun   xarakterlidir:   ayrim   vaziyatlarda   tezda   biror   qarorga   keluvchi
kishilar   boshqa   sharoitdarda   ham   tezroq   biror   fikrga   keladilar.   Tez   bajariladigan
xilma-xil   mashqlar   bilan   shug‘ullanish   oddiy   reaksiya   tezkorligini
yaxshilaydi.Harakatlantiruvchi   reaksiya   tezkorligini   anchagina   yaxshilash   g‘oyat 25murakkab vazifadir.Oddiy reaksiya tezkorligini tarbiyalashda bir necha usullardan
foydalaniladi.   Bulardan   eng   ko‘p   tarqalgani   to‘satdan   paydo   bo‘ladigan   signalga
yoki   tevarak-atrofdagi   vaziyatning   o‘zgarishiga   javoban   mumkin   qadar   tezroq
reaksiya ko‘rsatish usulidir. Bu usul yangi shug‘ullanuvchilar bilan o‘tkaziladigan
mashg‘ulotlarda   tez   orada   ijobiy   natijalar   ko‘rsatadi.   Afsuski,   shundan   keyin
reaksiya tezkorligi stabillashib qoladi va uning yaxshilanishi ancha qiyin bo‘ladi.
Murakkab   reaksiya   tezkorligini   tarbiyalash .   Murakkab   reaksiyaning   ikki
xili,   ya’ni   harakatdagi   obyektga   bo‘ladigan   reaksiya   va   tanlash   reaksiyasi   ustida
to‘xtalib  o‘tamiz.Harakatdagi  obyektga  bo‘ladigan  reaksiyada   to‘p  qabul  qiluvchi
o‘yinchining   harakatlarini   ko‘rib   chiqaylik.   Bu   holda   o‘yinchi   quyidagilarni
bajarishi kerak: 
1) to‘pni ko‘rish;
2) to‘pning yo‘nalishini va uning uchish tezligini baholash;
3) bajariladigan amal rejasini tanlash;
4) bu rejani ro‘yobga chiqara boshlash. Mazkur holda reaksiyaning yashirin
davri   mana   shu   to‘rt   elementdan   tashkil   topadi.   Harakatdagi   obyekt   to‘satdan
paydo bo‘lganda,  bu obyektga  reaksiya  ko‘rsatish   0,25 sek.  -  1  sek.  vaqtni   oladi.
Bu   vaqtning   asosiy   qismi   birinchi   elementga,   ya’ni   to‘pni   tez   ko‘rib   olishga   sarf
bo‘lishi  tajribalarda  kuzatilgan.  Sensor  fazaning  o‘ziga juda  kam  -   0,05 sek.  vaqt
ketadi.   Shunday   qilib,   harakat   qilayotgan   to‘pni   ko‘ra   bilish   asosiy   ahamiyatga
ega.Aynan   mana   shu   qobiliyatni   o‘stirishga   alohida   e’tibor   berish   kerak.   Buning
uchun harakatdagi buyumga reaksiya ko‘rsatishga doir mashqlardan foydalaniladi;
trenirovka talablari harakatdagi buyumning tezligini oshirish, obyektning to‘satdan
paydo   bo‘lishi,   sportchi   bilan   buyum   o‘rtasidagi   masofani   qisqartirish   hisobiga
amalga   oshiriladi.   Kichik   to‘p   (tennis   to‘pi)   bilan   bajariladigan   harakatli   o‘yinlar
juda   foydalidir.   Obyekt   (jumladan,   o‘yindagi   to‘p)   siljiy   boshlaguncha   ko‘rib
qolingan   bo‘lsa,   reaksiya   vaqti   ancha   kamayadi.   Bunda   to‘pga   zarb   berayotgan 25o‘yinchining harakatlariga binoan to‘pning yo‘nalishini va uchish tezligini aniqlay
bilish katta ahamiyatga ega.
Harakat   tezkorligini   tarbiyalash   uslubiyati. Harakat   tezkorligini   tarbiyalash
jarayonida organizmning harakat faoliyati xilma-xil turlaridagi (bevosita amaliy va
sport   faoliyatidagi)   tezlik   xarakteristikasini   belgilovchi   funksional   imkoniyatlarni
har tomonlama oshirib borish zarur. Shug‘ullanuvchi biror-bir faoliyatda namoyon
qilishi   mumkin   bo‘lgan   maksimal   tezlik   shu   kishida   faqat   tezkorlik   qanchalik
rivojlanganligiga   emas,   balki   bir   qator   boshqa   omillarga   –   dinamik   kuch,
chaqqonlik,   texnikaning   egallanganligi   darajasi   va   boshqalarga   bog‘liq.   Shuning
uchun   harakat   tezligini   tarbiyalash   boshqa   jismoniy   sifatlarni   tarbiyalash   hamda
texnikani takomillashtirish bilan mustahkam bog‘liq holda olib borilishi kerak.
Maksimal tezlikda bajarish mumkin bo‘lgan mashqlardan (bularni, odatda,
tezkor   mashqlar   deb   ataydilar)   tezkorlikni   tarbiyalash   vositasi   sifatida
foydalaniladi. Ular quyidagi talablarni qondirishi kerak:
1)   texnika   mashqni   juda   tez   bajarishga   imkon  beradigan   darajada   bo‘lishi
kerak;
2)   mashqlarni   bajarish   vaqtida   asosiy   irodaviy   zo‘riqish   mashqni   bajarish
usuliga   emas,   balki   ularni   bajarish   tezligiga   qaratilishi   uchun   mumkin   darajada
yaxshi o‘zlashtirilgan bo‘lishi kerak;
3)   mashqlarning   davomiyligi   ularni   bajarish   oxirida   charchash   tufayli
tezlikning kamayib ketishiga olib kelmasligi kerak.
Tezkorlikni   tarbiyalash   usullari   ichida   takroriy   mashq   usuli   keng
qo‘llaniladi.Bundagi   asosiy   tendensiya   mashg‘ulotda   o‘z   maksimal   tezligini
oshirib   borishga   intilishdir.   Usulning   barcha   xususiyatlari   (masofaning   uzunligi,
bajarish   shiddati,   dam   olish   oraliqlari,   takrorlash   soni   va   boshqalar)   shunga
bo‘ysundirilgan.   Masofaning   uzunligi   (yoki   mashqning   qancha   davom   etishi)   har
galgi mashq bajarish oxirida siljish tezligi (ishning shiddati) kamaymaydigan qilib
tanlanadi.   Harakatlar   maksimal   tezlikda   bajariladi;   shug‘ullanuvchilar   har   safar 25o‘zlari   uchun   eng   yaxshi   natija   ko‘rsatishga   intiladilar.   Mashq   bajarish   gallari
o‘rtasidagi dam olish oraliqlari kuchning nisbatan to‘la tiklanishini ta’minlaydigan
darajada   katta   bo‘lishi   lozim.   Harakatlar   tezligi   takrorlashlar   o‘rtasida   sezilarli
darajada   kamaya   borishiga   yo‘l   qo‘ymaslik     kerak.Tez   bajariladigan   mashqlar
takrorlanganda,   to‘la   tiklanish   uchun   dam   olish   oraliqlari   yetarli   bo‘lmaganligi
sababli   charchash   nisbatan   tez   boshlanadi,   tashqi   tomondan   bu   tezlikning
pasayganligida ifodalanadi. Tezlikning pasayishi mazkur mashg‘ulotda tezkorlikni
tarbiyalashni   to‘xtatish   uchun   birinchi   signal   bo‘lib   xizmat   qiladi:   bundan   keyin
mashqni   takrorlash   faqat   chidamlilikning   o‘sishiga   yordam   beradi,
xolos.Tezkorlikning   namoyon   bo‘lishi   uchun   mashg‘ulotlarda   o‘yin   va,   ayniqsa,
musobaqa   usulidan   foydalanish   katta   ahamiyatga   ega.   Musobaqalar,   odatda,
ko‘tarinki ruh paydo qiladi, kishini anchagina zo‘r berishga majbur etadi – bu esa
ko‘p   hollarda   sport   natijalarining   yaxshilanishiga   olib   keladi.Yangi
shug‘ullanuvchilar   bilan   ishlashning   asosiy   vazifasi   sportchini   biror-bir   alohida
mashqni   bajarishga   ixtisoslashtirmay,   balki   boshqa   vositalarni   qo‘llab   va   ularni
ko‘p   jihatdan   o‘zgartira   borib,   nisbatan   yuqori   natijalarga   erishishdan   iboratdir.
Bunda tezkorlik mashqlaridan standart holda emas, balki o‘zgaruvchan sharoit va
shakllarda foydalanish kerak. Jumladan, harakatli o‘yinlar va sport o‘yinlari, ochiq
joyda   bajariladigan   mashq   va   hokazolar   ayniqsa   foydalidir.Biror-bir   harakatda
asosan   ikki   yo‘l   bilan   tezlikni   oshirish   mumkin:   1)   maksimal   tezlikni   oshirish
hisobiga,     2)   maksimal   kuchni   oshirish   hisobiga.   Tajriba   ko‘rsatadiki,   maksimal
tezlikni   sezilarli   oshirish   juda   ham   qiyin,   kuch   imkoniyatlarini   oshirish   esa
birmuncha   yengil   hal   qilinadi.   Shuning   uchun   amalda   tezlik   darajasini   oshirish
uchun kuch oshiradigan mashqlardan keng foydalaniladi. Harakat vaqtida yengish
lozim   bo‘lgan   qarshilik   qancha   ko‘p   bo‘lsa,   bu   mashqlarning   samaradorligi
shunchalik   yuqori   bo‘ladi.Harakatlar   tezligini   oshirishga   qaratilgan   kuch   oshirish
tayyorgarligi jarayonida ikki asosiy vazifa hal qilinadi:
1)   maksimal   mushak   kuchi   darajasini   (kuch   qobiliyatlarining   o‘zini)
oshirish; 252)   tezkor   harakatlar   sharoitida   eng   ko‘p   kuch   namoyon   qilish   qobiliyatini
(tezkorlik-kuch qobiliyatlarini) tarbiyalash.
Tezkorlik-kuch mashqlarini kuch mashqlarining o‘ziga asoslanib, ular bilan
birgalikda qo‘llash kerak.
Tezkorlik sifatini rivojlantirishda foydalaniladigannamunaviy mashqlar
1.   Ko‘rish   signaliga   ko‘ra   turli   dastlabki   holatlardan   (turib,   o‘tirib,   yotib)
tezlanib yugurishlar.
2. Harakat yo‘nalishini tez o‘zgartirib yugurishlar.
3. Ayrim harakat usullarini tez o‘zgartirib taqlid qilish.
4. Bir turdagi harakatdan boshqa turdagi harakatlarga tez o‘tish.
5. Tezkorlikni talab etuvchi estafetalar (38,39,40,41-rasmlar). 25XULOSA
Xulosa   qilib   ishni   aytish   kerakki   yosh   voleybolchilarni     jismoniy
sifatlarinirivojlantirish,   takomillashtirish   va   mashg’ulotlar   tashkil   etish   bir   oz
qiynchiliklardan iboratdir.
Mavzuga   doir   ko’pgina   ma’lumotlar   to’pladik.   Shunga   ko’ra   yosh
voleybolchilarni     jismoniy     sifatlarinirivojlantirish     va   takomillashtirishga   doir
ilmiy   uslubiy   ilmiy-amaliy   –   davriy   adabiyotlar   ustida   ishladik.   Bundan   tashqari
voleybol   sport   turini   to’pni   pastdan,   yuqoridan   yondan   qabul   qilish
mashg’ulotlarini   kuzatdik.   Hozirgi   kunda   voleybolga   doir   bir   qancha   o’quv
qo’llanmalar   darsliklar,     monografiyalar   o’zbek   tilida   chop   etilmoqda.Shulardan
L.R.Ayrapetyans,   A.Pulatovning   yuqori   malakani   voleybolchilarni   tayyorlashda
tanlovni   o’rni   1995   yilda   B.Sodiqov,   B.Urozov,   B.Xalimovlarning   birdan-bir
voleybol. 2008 yil bularga erishmoqning bir –biriga yo’li jismoniy mashqlar bilan
dam   olishning   bir-biriga   nisbatan   to’g’ri   bo’lib,   texnika   va   taktikani   jismoniy
sifatlarini     egallash   kuchni,   chidamlilikni,   tezkorlikni,   tirishqoqlikni   g’alabaga
intiladigan   irodali   va   boshqa   fazilatlarni   oshirish   yo’li   bilan   bir   necha   yillar
davomida   uzluksiz   mashqlar   qilish   jarayonidir.   Sport   mashqi   faqat   jismoniy
mashqlar   bilan   shug’ullanishdan   va   gigiyenik   rejimiga   rioya   qismidangina   iborat
deb   bo’lmaydi.Shug’ullanuvchilarni   har   tomonlama   rivojlanishiga   va   hayotiy
sharoitiga  yurish     va   turishiga   ham   bog’liqdir.   Axloqiy,  aqliy   iroda   va  xarakterni
chiniqtirish,   mehnat   sevarlikka   va   iroda   mashqiga   ongli   munosabatda   bo’lishiga
odatlantirish.   O’tkazilgan   tadqiqotlarda   to’pni   yuqoridan,   patdan   qabul   qilish
mashg’ulotlarni   kuzatganda   va   ular   bilan   suhbatlashganda   yuqori   natijalarga
erishish uchun har-bir inson chin dildan yoki vijdonan intilish lozim.
Kurs     ishimizda   voleybol   sport   turini   texnikasini   o’rgatish   voleybolni
o’rganish   asoslari   to’plarni   qabul   qilish   turlari,   texnikasi   va   maxsus   mashqlarni
o’rganish.   Voleybol   mashqlarini   texnikasini   o’rganishning   namunaviy   sxemasi,
ko’rsatilgan.L.R.Ayrametyans,   A.Pulatovni   Yuqori   malakalari   voleybolchilarni
tayyorlash   darsligi   1995   yil   Toshkentda.   «TDJTUni   nashryotia   chop   etildi» 25Darslikda   voleybol   musobaqalariga   ko’proq   ahamiyat   bergan.Bundan   tashkari
respublikamizda   o’tkazilgan   ilmiy-amaliy   anjumandar   materiallaridagi
to’plamlarda   ilmiy   maqolalardan   foydalanilgan.Shularda   «Bolalar   va   o’rtasida
jismoniy   tarbiya   va   sportning   rivojlantirshning   dolzarb   muammomlarini   yo’lga
qo’yishi   kerak».   O’tkazilgan   tadiqqotlarimiz   jarayonida   voleybol   sport   turini
texnikasini   o’rgatish   va   mashg’ulotlar   o’tkazish   bolalarni   xususiyati   ularni
mashg’ulotlarida yangi pedagogik texnologiyalaridan foydalanish ishlarini ko’rdik.
Voleybol   sport   turida   yuqori   sport   natijalariga   erishishyosh   voleybolchilarni
jismoniy   sifatlarinirivojlantirish va takomillashtirish jihatlari ma’lum  ahamiyatga
ega bo’lishi kerak.  25ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. O‘zbekiston   Respublikasi   “Ta’lim   to‘g‘risida”gi   Qonun   “Turkiston”
gazetasi.  29 avgust 1997 yil. N 464-1
2. 2.O‘zbekiston   Respublikasi   “Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi”.
«Ma’rifat» gazetasi. 1 aprel 1998 yil.
3. 3.O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   «O‘zbekistonda
jismoniy   tarbiya   va   sportni   yanada   rivojlantirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida»gi
Qarori.  29 may 1999 yil.
4. 4.I.A.Karimov.“   Ona   yurtimiz   baxtu   iqboli   va   buyuk   kelajagi   yo’lida
xizmat qilish eng oliy soadatdir” Toshkent 2015 y
5. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017-   yil-   3   iyundagi
«Jismoniy   tarbiya   va   ommaviy   sportni   yanada     rivojlantirish   chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi  PQ-3031-son li qarori
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi 
«Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi  farmoni ,
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev raisligida 2017- 
yil 31- oktyabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqarish tizimini 
takomillashtirish, ommaviy sportni rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni tanlash va 
tarbiyalash, sohani malakali kadrlar bilan mustahkamlash hamda zamonaviy sport 
inshootlarini barpo etish
8. L.R .Ayrapetyans,   A.A .PulatovVoleybol   nazariyasi   va   uslubiyoti.   –   T.:
“ Fan va texnologiya ” nashriyoti 2012 yil  107, 113,138,160 b.
9. L.R.Ayrapetyans,   A.A.Pulatov,   SH.X.Isroilov   Voleybol   //Oliy   o‘quv
yurtlari umumiy kurs talabalari uchun o‘quv qo‘llanma. - T. 2009 yil. - 77 b.
10. Л.Р.АйрапетянсВолейбол   //Учебник   для   высших   учебных
заведений. - Т.: Зарқалам. 2006 йил. - 240 с.
11. L.R.Ayrapetyans, M.A.Godik Sportivn ы e igr ы . - T.: Ibn Sino, 1991 yil. -
160 s. 2512. А.В.Беляев   Обучение   технике   игрыв   волейболи   ёсо
вершенствование //Методическое пособие. - М.: Олимпия. Человек, 2008. - 54
с.
13. А.В.Беляев, М.В.Савина Волейбол. - М.: Фон, 2000. - 368 с.
14. Л.П.ВолковТеория и методикадетского июношеского спорта. Киев,
Олимпийская литература, 2002. - 294 с.
15. .Т.Гарипов,Ю.Ю.Клещев, Э .В.Фомин   Скоростно   силовая   подготовка
юных   волейболисток //Методические   рекомеoатсии. ВФВ. - М.: 2009. - 45 с..
16. М.А.   Годик   Физическая   подготовка   футболистов.   -   М.:   Терра-
Спорт, 2006. - 272 с.
17. Ю.Д.Железняк   Волейбол:   У   истоков   мастерства.   -   М.:   ФАИР-
ПРЕСС. - 1998. - 336 с.
18. Ю.Д.   Железняк   Волейбол   //Методическое   пособие   по   обучению
игре. - М.: «Терра-Спорт»: Олимпия-пресс. - 2005. - 112 с.
19. Ю.Д.Железняк, А.В.Ивойлов., Волейбол – М.: ФиС, 1991. – 238 с. . 
20. Yu.D.Jeleznyak,   V.A.Kunyanskiy,   A.V.   CHachin   Voleybol
/Metodicheskoe posobie po obucheniyu igre. - M.:Olimpiya PRESS, 2005. - 111 s.
21. Yu.N Kle щ ev, L.R.Ayrapetyans, V.L.Patkin. Voleybol. - Tashkent, Abu
Ali ibn Sino 1995. - 189 s.
22. A.A.Pulatov Voleybol //JT 2- kurs talabalariga mo‘ljallangan ma’ruzalar
to‘plami. - T., 2004. - 71 b.
23. V.A.Titar Fizicheskaya podgotovka. Voleybol, Uchebnik dlya institutov
fizicheskoy kulturы, M., FiS, 1991 g., 160-165 s. 
24. http://www.twirpx.com     – adabiyotlarning elektron varianti.
25. http://www.referat.ru     - referat va elektron darsliklar
26. http://www.SamDU.uz     - adabiyotlarning elektron variantlari
27. www.istedot.uz     -     elektron variantlari
28. www.sport.uz     -     elektron variantlari
29. www.ziyoUz.uz     -     elektron variantlari

25Mavzu: Yosh voletbolchilarni jismoniy sifatlarini rivojlantirish metodlari. Reja; Kirish I.Bob Yosh voleybolchilarning jismoniy sifatlarini umumiy asoslari. 1.1. Yosh voleybolchilarni jismoniy sifatlarini o’stirishdagi jismoniy tayyorgarliklarning umumiy asoslari 1.2. Jismoniy tayyorgarlikning vositalari va uslublari. 1.3.Yosh voleybolchilarni kuch jismoniy sifatini rivojlantirish metodlari II. Bob. Yosh voleybolchilarni chidamlilik jismoniy sifatini rivojlantirish metodlari 2.1.Yosh voleybolchilarni chaqqonlik jismoniy sifatini rivjlantirish metodlari 2.2. Yosh voleybolchilarni egiluvchanlik jismoniy sifatini rivojlantirish va takomillashtirish metodlari 2.3. Yosh voleybolchilarni tezkorlik jismoniy sifatini tarbiyalash va takomillashtirish Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.

25KIRISH Mamlakatimizda jismoniy tarbiya soha sini rivojlanishiga qaratilgan qator me`yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan va jadallikda hayotga tatbiq etib kelinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining «Ta`lim to‘g‘risida»gi, «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-iyundagi PQ-3031-sonli “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi Qarori shular jumlasidandir [1, 2, 3]. Buning natijasida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi keng qaror topib, sportning ommaviyligi ta’minlanmoqda. O‘zbekiston sportchilari jahonning nufuzli musobaqalarida yuksak g‘alabalarni qo‘lga kiritib, mamlakatimiz sport salohiyatini butun dunyoga namoyon qilmoqda. Ushbu konseptual hujjatlar jismoniy tarbiya va sport sohasida ulkan islohotlar, beqiyos bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish imkoniyatini yaratdi. So‘nggi yillar ichida yurtimiz hududlarida, hatto uzoq qishloq va tumanlarda ham ko‘pdan ko‘p zamonaviy sport inshootlari barpo etildi va ayni kunda ular farzandlarimiz, halqimiz xizmatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Kundan kunga jismoniy tarbiya va sport, jumladan milliy sport turlari va milliy harakatli o‘yinlar milliy qadriyatlar sifatida xalqimiz, ayniqsa o‘quvchi-yoshlarning kundalik hayotiy ehtiyojiga aylanib bormoqda. Ushbu natijalarni mustahkamlash va ularni yuksak darajaga ko‘tarish maqsadida 2000-yillardan boshlab mamlakatimizda «kichik Olimpiada» maqomida o‘tkaziluvchi «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada» kabi ko‘p bosqichli ommaviy sport musobaqalari joriy etildi va borgan sari nufuzli mavqega ega bo‘lib, iste’dodli sportchilarni halqaro va Olimpiya musobaqalariga olib chiqishda «ko‘prik» vazifasini o‘tab kelmoqda. Bu borada barcha ustuvor sport turlari kabi qayd etilgan ommaviy sport musobaqalari va Olimpiya o‘yinlari

25dasturidan joy olgan, Yer Kurrasida eng ommaviy deb tanilgan voleybol sport turiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. I-BOB. Yosh voleybolchilarning jismoniy sifatlarini umumiy asoslari. 1.1.Yosh voleybolchilarni jismoniy sifatlarini o’stirishdagi jismoniy tayyorgarliklarning umumiy asoslari Bugungi voleybol o‘yinining mohiyati, jumladan texnik-taktik harakatlarining ijro etilishi aksariyat «havoda», ya’ni tayanchsiz holatda amalga oshirilishi bilan farqlanadi. Sakrab zarba berish, to‘siq qo‘yish, to‘p uzatish, yiqilib to‘p qabul qilish, to‘p kiritish bunga yaqqol misol bo‘laoladi. So‘nggi yillarda o‘yin qoidalarining keskin o‘zgarishi (tanani barcha qismi bilan to‘p qabul qilish, hisobni tay-breyk tizimida olib borilishi, «libero» o‘yinchisining joriy etilishi, o‘yinchi almashinuvining to‘g‘ridan to‘g‘ri amalga oshirilishi, to‘rning pastki qismiga tegishga ruxsat berilishi va h.k.) o‘yin sur’atini yanada jadallashishiga olib keldi. Mutaxassislar tomonidan aniqlanganki, har bir musobaqa o‘yinida voleybolchilar 300-600 marta, hatto undan ko‘p sakrab ijro etiladigan texnik-taktik malakalarni bajarar ekanlar. Agar o‘yindan oldingi «razminka» davomidagi sakrashlar, o‘yin vaziyatlarida to‘psiz ijro etiladigan chalg‘ituvchi sakrashlar e’tiborga olinsa, qayd etilgan sakrashlar hajmi yanada ortadi. Bordi-yu bu sakrashlarning yillik hajmi nazarda tutilsa, zamonaviy voleybolda yuksak natijaga erishish qanchalik jismoniy imkoniyatlarga bog‘liq ekanligi ayon bo‘ladi. Demak, jismoniy tayyorgarlik texnik-taktik tayyorgarlik bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, yuksak sport mahoratini ta’minlanishida poydevor sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.Inson bolalikdan turli yo‘nalishdagi harakat malakalarini ongsiz va ongli tarzda bajaradi. Natijada shu harakatlar ma’lum jismoniy sifatlar (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik, egiluvchanlik) tusida rivojlana boradi. Sekin-asta hayotiy zarur harakat malakalari (yurish, yugurish, sakrash, to‘xtash, osilish va h.k.) sayqal topadi.Mutaxassislarning fikricha, asosan shu jismoniy sifatlar va

25hayotiy zarur harakat malakalari, o‘yinlar yordamida yanada samaraliroq rivojlanishi isbotlab berilgan. Oilada, maktabgacha tarbiya muassasalarida, turli bosqichdagi ta’lim maskanlarida ushbu muammoga har doim ham rejali va ilmiy jihatdan yondoshilmaydi.Jismoniy mashqlarni to‘g‘ri qo‘llash, ularni bolalar qandayo‘zlashtirayotganligini nazorat qilib borish, shu bolalardagi jismoniy sifatlarni, uning qaddi-qomati, jismoniy va funksional taraqqiyoti to‘g‘ri yo‘nalishda tarbiyalanib borishiga imkon yaratadi. Ma’lumki, insonning jismoniy sifatlari uning tug‘ilishidan boshlab shakllana boradi. Lekin, uning bolaligida shu sifatlar qanday darajada shakllanishi, oddiy yoki murakkab harakatlarni o‘zlashtirib olishi nafaqat uni o‘sib, yashab kelayotgan muhitga bog‘liq, balki bolaning muayyan sifatini qanday vositalar yordamida rivojlantirilishi bilan belgilanadi. Shu bilan bir qatorda harakatni turi, yo‘nalishi va qanday maqsadga qaratilganligiga (kasb, ro‘zg‘or ishi, sport, harbiy faoliyat va h.k.) qarab, har bir jismoniy sifatni shu harakat ijrosidagi o‘rni turlicha bo‘ladi. Shunday bo‘lsada, turli kasb faoliyatlarida yoki sport turlarida shu jismoniy sifatlarning integral ahamiyati o‘ziga xos ulushga ega bo‘ladi. Ammo qanday bo‘lmasin, ko‘pgina tadqiqotchilarning fikricha, barcha harakat faoliyatida ayrim jismoniy sifatlarning ustuvorligi darhol ko‘zga tashlanadi. Zamonaviy sport amaliyotida yuqori natijalarga erishish sportchining uzoq muddat davomida yuqori sifatli va samarali ish qobiliyatini saqlay olish imkoniyati bilan bog‘liqdir.Har xil sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalar muddati halqaro musobaqalar qoidalari bilan belgilanadi. Shu musobaqalar muddatida qaysi sportchi o‘z ish qobiliyatini sifati va samaradorligi jihatidan qanchalik uzoq vaqt saqlay olsa yoki uni oshira olish «kuchi»ga ega bo‘lsa, unga muvaffaqiyat shunchalik «kulib» boqishi muqarrar. Boshqacha qilib aytganda, ish qobiliyatining sifat va samaradorlik darajasini ko‘p yoki kam vaqt davomida saqlanishi umumiy va maxsus chidamkorlik sifatlarining turlari (tezkorlik, kuch, tezkor-kuchga bo‘lgan chidamkorlik, sakrashga bo‘lgan chidamkorlik, texnik-taktik

25chidamkorlik va h.k.) qanchalik rivojlanganligi bilan belgilanadi.Ma’lumki, ish qobiliyati haqida gap ketganda, ayniqsa so‘z uning sifati va samaradorligiga tegishli bo‘lsa, masalaning mohiyati va pirovard «mag‘izi» boshqa jismoniy sifatlarning shakllangan yoki shakllanmaganligiga borib taqaladi. Ya’ni samarali natijaga mos umumiy va maxsus chidamkorlik, kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik sifatlarini o‘zida mujassam qilgan bo‘ladi. Ushbu sifatlarning o‘zaro uzviy bog‘liqligi va ularning yuksak darajadagi integral natijasi mahoratning muayyan taqdirini belgilab beradi.Jismoniy tayyorgarlik – tayyorgarlik turlaridan biri bo‘lib, voleybolchining organizmini rivojlantirish, uning jismoniy sifat va qobiliyatlarini takomillashtirishga, hamda o‘yin faoliyatini samarali amalga oshirilishini ta’minlovchi mustahkam poydevor yaratishga qaratilgandir.Zamonaviy voleybol shug‘ullanuvchilardan nihoyatda katta kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik va egiluvchanlik sifatlarini talab qiluvchi sport o‘yinlari turiga mansubdir. O‘yinning mohiyati o‘yinchi harakatining turli yo‘nalish va o‘zgaruvchan vaziyatda o‘ta tezkor, aniq hamda qisqa vaqt ichida ijro etilishi bilan ta’riflanadi. Voleybolchining har bir o‘yin davomida ko‘pdan ko‘p to‘siq qo‘yish, zarba berish va to‘p kiritish uchun sakrashlari, yiqilishlar, yugurish, to‘xtash, burilish, egilish va boshqa harakatlarni yuqori tezlikda ijro etilishi katta jismoniy kuch, o‘ta chaqqonlik, mustahkam chidamkorlik va ruhiy uyg‘unlikni talab qiladi. Binobarin, ushbu yuklama (nagruzka) ta’siri shug‘ullanuvchi organizmining funksional jihatdan mukammal shakllangan bo‘lishini taqozo etadi.Bugungi voleybolchi bo‘yi jihatdan 185-195 sm. va undan katta uzunlikka ega bo‘lib, harakatchan, tezkor, sakrovchan, ziyrak, zukko, tez fikrlovchi, o‘tkir zehnli, maydonda ro‘y beradigan vaziyatni tez fahmlab «foydali» javob qaytara oladigan ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi kerak. Sportchilarning yoshiga, tayyorgarligiga, malakasiga, hamda sport trenirovkasi davriga va vazifalariga qarab jismoniy tayyorgarlikni mazmuni, hajmi va shiddati turlicha bo‘ladi. Jismoniy tayyorgarlikning vazifalari va mazmuni Jismoniy tayyorgarlikning vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Sog‘liqni mustahkamlash.