Gandbolchilarni jismoniy sifatlarini rivojlantirish
MUNDARIJA KIRISH I BOB. BOLALAR VA O’SMIRLAR SPORT MAKTABLARIDA DASTLABKI TAYYORLOV GURUXIDA GANDBOL MASHGULOTLARINI TASHKIL QILISH USULLARI 1.1 Bolalar va o’smirlar sport maktablarida gandbol sport turiga dastlabki tayyorlov guruxiga yosh gandbolchilarni sport mashg’ulotiga tanlab olish usullari 1.2 Yosh Gandbolchi o`quvchilarini gandbolga o’rgatish uslubiyati 1.3 Yosh gandbolchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish II BOB. PEDAGOGIK TAJRIBALARNING SAMARADORLIGI VA ULARNING MUHOKAMASI 2.1 Yosh gandbolchilarni jismoniy sifatlarini tarbiyalash orqali tadqiqot natijalarining qiyosiy taxlili 2.2 O‘tkazilgan tajribani samaradorligi XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Mamalakatimizda yosh avlodni har tamonlama barkamol inson etib tarbiyalash davlat siyosatining bosh masalalari sifatida qaraladi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 2017-yil 3-iyuldagi ,,Jismoniy tarbiya va ommoviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3031sonli qarori va 2018-yil 5-martdagi ,,Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida’’gi PQ- 5368 sonli farmoni, 2020-yil 30-oktabrdagi ,,Sog’lom turmush tarzini keng targ’ib etish va ommoviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’rida”gi PQ- 6099 farmoni va 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilinib. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi 3031-sonli Qarori / Xalq so‘zi, 4 iyun 2017 yil. Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368 sonli Farmoni. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 16 iyuldagi “Davlat ta’lim muassasalari huzurida sport klublarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 542-sonli qarori. Respublikada oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitatsiyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashga ko‘maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo‘yicha yuqori natijalarni ta’minlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenerlar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish zarurati mavjud. Mamlakatda yuksak madaniyatga ega bo‘lgan har tomonlama yetuk
hamda jismonan sog‘lom insonni shakllantirish maqsadida, aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) jarayoniga innovatsion shakllar va usullarni joriy etish maqsadida, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirishda ularni jismonan sog‘lom, ruhiy va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy nuqtai-nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish….yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda amalga oshirish, bolalar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etishbelgilab qo‘yilgan.[45-b, 15-b,65-b,75- b] O’zbekistonda sog’lom avlodni kamol toptirish, ta’lim-tarbiya berishning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi, jamiyatning rivojlanishida muhim ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy vazifalardan biri bo’lib xizmat qilmoqda. Bu esa yosh avlod tarbiyasini yanada kuchaytirish, ularni o’z xalqi, mustaqil davlati vajamiyati oldidagi burchini his etish ruhida tarbiyalashdek g’oyat muhim vazifalar bilan bog’liqdir. Mazkur mavzuni “Bolalar va o’smirlar sport maktablarida dastlabki tayyorlov guruxida Gandbol mashgulotlarini tashkil qilish metodikasini takomillashtirish” deb tanlashimizdan maqsad, bugungi kunda sport turlari ichida shug’ullanuvchilar soni jihatidan nihoyatda keng ommaviylashganligi bilan muhim o’rinni egallaydi. Gandbollning sirlarini to’la qonli mukammal egallash bugungi kunning dolzarb masallaridan biri hisoblanadi.[145-b, 115-b, 126-b] Shu nuqtai nazardan qaraganda biz tanlagan mavzuning dolzarbligi va muhimligi yaqqol namoyon bo’ladi.
I . BOB. BOLALAR VA O’SMIRLAR SPORT MAKTABLARIDA DASTLABKI TAYYORLOV GURUXIDA GANDBOL MASHGULOTLARINI TASHKIL QILISH USULLARI. 1.1. Bolalar va o’smirlar sport maktablarida gandbol sport turiga dastlabki tayyorlov guruxiga yosh gandbolchilarni sport mashg’ulotiga tanlab olish usullari. Yosh gandbolchilarni tanlash va tayyorlashda umum-ta’lim maktablaridagi gandbol bo’yicha kuni uzaytirilgan va o’quv mashg’ulotlari chuqur o’zlashtiriladigan maxsus sinflar katta rol o’ynaydi. Bunda bolalar gandbolga mehr qo’yadilar va gandbol o’ynash sirlarini o’rganadilar. Har bir sport maktabida gandbol bo’yicha maxsus sinflarning ochilishi o’quv mashg’ulotlari mazmunini yana ham oshiradi. Bunda mashg’ulotlar kuniga 2 mahal o’tkaziladi. Bugungi kunda gandbolning kun sayin rivojlanishi jismonan eng baquvvat va iste’dodli o’yinchilarni tanlab olish talab qiladi. SHuning uchun ham gandbolchilarni tayyorlashdagi eng asosiy masala - umidli yoshlarni tanlab olishdir. Bolalar va o’smirlar sport maktablari hamda sport yo’nalishidagi maktab- internatlar Nizomida ko’rsatib o’tilganidek, iste’dodli va umidli sportchilarni tanlab olish butun o’qish jarayonida olib boriladi. Har yili o’qishga qabul qilish vaqtida o’quvchilarni tanlab olish yoki bir yosh guruhidan ikkinchisida o’tkazish masalasi ularni har tomonlama tekshirib ko’rish yo’li bilan hal etiladi. Keyingi yillarda gandbolga doir ko’pgina ilmiy maqolalar, usuli ko’rsatmalar va qo’llanmalarda yosh gandbolchilarni tanlab olish masalalari keng yoritil-moqda. Xususan, K.A.SHperlingning ilmiy asoslangan fikrlari, ayniqsa, foydalidir. Muallifning fikricha, xozirgi davrda gandbolchi tayyorgarligini boshqaruvchi yagona jarayon deb qaramoq kerak. Bolalalarning yoshlariga hamda ular oldiga qo’yi-ladigan mashg’ulotlarning maqsadi va vazifalariga ko’ra boshqaruvchi jarayonni 3-4 davrga bo’lish mumkin.[95-b, 108-b, 79-b,300-b] Birinchi davr (7-9 yosh) dastlabki tayyorgarlik davri deb qaraladi. Bu davrdagi asosiy vazifa bolalarda gandbolga bo’lgan qiziqishni uyg’otish va sport mahorati uchun umumiy zamin yaratishdir. Bu vazifalarni amalga oshirishda maxsus
mashg’ulotlardan tashqari o`quv mashg`ulotdan keyingi sektsiya va to’garak ishlari vaqtidan foyda-laniladi. Ikkinchi davr (10-12 yosh) ham biologik ham pedagogik jihatdan tanlab ola boshlashning eng muhim davri hisoblanadi. Uchinchi davr (13-16 yosh) ixtisoslikni chuqur o’zlashtirish davri. To’rtinchi davr (16 yosh va undan katta) sportda takomillashish davridir. Bunda gandbolchi o’smirlar katta yoshlilar jamoalariga tanlab olinadi. Bu davr guruh va jamoalarni tashkil etish hamda mashg’ulotlarni olib borishda o’ziga xos xususiyatlarga ega. M.A.Godik fikricha, yosh gandbolchilar tayyorgarligini kompleks tekshirish dasturi o’ziga xos qator xususiyatlarga ega bo’ladi. Birinchidan, uning mazmuni o’yinchining barcha harakat va ruhiy sifatlarini imkon boricha to’la aks ettirishi kerak.[225-b, 148-b,147-b, 268-b] Ikkinchidan, tekshirish natijalari faqatgina yuklamalarni rejalashtirish uchun emas, balki tanlab olish, kelajagi bor iste’dodli yoshlarni aniqlash uchun ham hisobga olinadi. Dastlab sport turi talablariga javob bera oladigan va harakat malakalariga ega bo’lgan nomzodlar aniqlab olinadi. Tanlov sinovlari musobaqa shaklida o’tkaziladi. Tanlov rejasi bolalarning harakatli o’yinlarda ishtirok etishlari uchun bajariladigan nazorat mashq-larini o’z ichiga oladi. Keyinroq o’ziga xos malaka va mahoratga ega bo’lgan bolalar aniqlanadi. Bu davrda ularning gandbol bo’yicha o’quv mashg’ulotlari talablariga qobiliyati borligini aniqlovchi chuqur tekshirishlar o’tkaziladi. Murabbiylar pedagogik kuzatishlar va maxsus nazorat mashqlari tizimidan foydalanib, bolalarning gandbol o’yini uchun kerak bo’lgan ko’nikma va mahoratlari haqida to’liq ma’lumot oladilar. Gandbol mashg’ulotlarida bolaning (qobiliyatiga baho berish) harakatlari uchun va ruhiy xususiyatlarini aniqlaydigan nazorat mashqlari tanlanadi. Sinovlardan olingan natijalar maktabga yangi qabul qilingan o’quvchining kelajakda qanday o’qishi haqida murabbiyga ma’lumot beradi. Tanlab oladigan murabbiy tanlash sinovlarini bir necha bosqichda o’tkazadi. Gandbol bo’limi mashg’ulotlariga sog’ligi juda yaxshi bo’lgan 9-10 yoshli bolalar qabul qilinadi. Avval murabbiy bolalar bilan tanishadi. qobiliyatli bolalarni tanlab olgach, ular bilan nazorat sinovlari asosida gandbol bo’yicha