13-14 YOSHLI GANDBOLCHILARNING MASHG’ULOT JARAYONIDA SAKROVCHANLIK JISMONIY QOBILYATINI OSHIRISHDA HARAKATLI O’YINLARDAN FOYDALANISH USULLARI
13-14 YOSHLI GANDBOLCHILARNING MASHG’ULOT JARAYONIDA SAKROVCHANLIK JISMONIY QOBILYATINI OSHIRISHDA HARAKATLI O’YINLARDAN FOYDALANISH USULLARI MUNDARIJA KIRISH ..................................................................................................................... I BOB . YOSH GAND BOLCHILARNI TAYYORLASHDA JISMONIY QOBILIYATLARNING O’RNI .................... 1.1. Yosh sportchilarni tayyorlashda jismoniy sifatlarning ahamiyati .................... 1.2. Jismoniy sifatlar va ularni o’rgatish jarayonidagi o’rni. .................................. 1. 3 . Jismoniy sifatlar va ularni o’rgatish jarayonidagi o’rni. .................................. 1. 4 . Tadqiqotning vazifalari, obyekti, uslublari va tajriba mazmuni ...................... I bob bo’yicha x ulosa .............................................................................................. II BOB. SAKROVCHANLIK NING NAMOYON BO’LISHIDA KUCH VA TEZLIK-KUCH QOBILIYATLARINING O’RNI ....................... 2.1. Kuch qobiliyatlarining rivojlanish darajasi va namoyon bo‘lishini belgilovchi omillar .................................................................................. 2.2. Mushaklararo muvofiqlash va mushaklarning o‘zaro harakatini belgilovchi omillar .................................................................................. 2.3. Turli mushak guruhlarining kuchini rivojlantirish uchun mashqlar ................. 2.4. K uch, tezlik-kuch, reaktiv kuch qobiliyatlarini rivojlantirish va harakatli o’yinlardan foydalanish usullari .............................................................................. 35 I I bob bo’yicha x ulosa ............................................................................................. III BOB. YOSH GANDBOLCHILARDA SAKROVCHANLIK QOBILIYATINI HARAKATLI O’YINLAR VOSITASIDA RIVOJLANTIRISH USLUBIYATI ...................... 3.1. Yosh sportchilarda jismoniy sifatlarni rivojlantirishda harakatli o’yinlardan foydalanish tajribasini savolnoma asosida o’rganish ............ 3.2. Yosh gandbolchilarda tezkor- sakrovchanlik sifatini harakatli o’yinlar yordamida o’stirish samaradorligi .................................. 54 3.3. Yosh gandbolchilarda tezlik-kuch sifatini harakatli o’yinlar orqali rivojlantirish samaradorligi ............................................................. 3.4. Yosh gandbolchilarda sakrovchanlik sifatini harakatli o’yinlar yordamida o’stirish samaradorligi ............................................................. 64 II I bob bo’yicha x ulosa ............................................................................................ XULOSA VA TAKILF LAR ................................................................................. 71 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ......................................... 1
KIRISH Yangilanayotgan O’zbekistonning mustaqillikka erishishi va istiqlol yilidagi taraqqiyotlari va hozirgi vaqtda o zbek xalqining o z–o zini anglashʻ ʻ ʻ tuyg usi avj olganligi, milliy va madaniy qadriyatlar tiklanganligi, aholining ʻ ko p tabaqasi tomonidan urf–odatlar va marosimlarning amalga oshirilishi ʻ munosabati bilan jismoniy tarbiyaga, xususan, yengil atletikaga zamon talabi hamda milliy an analar ruhida bilim berish va tarbiyalashga asoslanib ʼ yondoshish zarur. Chunki O zbekiston Respublikasi Prezidenti ʻ Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 31 oktyabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqarish tizimini takomillashtirish, ommaviy sportni rivojlantirish bo’yicha yig’ilish o’tkazib, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yo'nalishlaridan biri etib belgilangan. Chunki sport aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sog'lom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sog'lom turmush tarzini qaror toptiradi. Turli kasalliklar, yoshlar o'rtasida zararli odatlarning oldini oladi. Sport yuksak madaniyat, vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirishda ham muhim o'rin tutadi. Bu sohada erishilgan yutuqlar mamlakatni dunyoga tanitadi, barcha yurtdoshlarga g'urur-iftixor bag'ishlaydi. Shuningdek, Istedodli bolalarni tanlash va professional sportchilarni tayyorlash bo'yicha uzluksiz tizim yaratildi. Umumtalim maktablari va bolalar sport majmualaridagi mashg'ulotlarda qobiliyati ko'zga tashlangan o'g'il-qizlar bolalar va o'smirlar sport maktablari, sport kollejlariga olinib, professional yondashuvlar asosida tarbiyalanmoqda. Prezidentimizning 2018 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori sohadagi yana bir muhim hujjat bo’ldi. Ushbu qaror bilan O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Dasturda 2017-2021 yillarda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish uchun 995,2 milliard so’mdan ziyod mablag’ sarflanishi, sport maktablarining 2
moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 167 ta sport inshooti, jumladan, 90 ta sport majmuasi va 77 ta suzish havzasini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, jihozlash va qayta jihozlash nazarda tutilgan. Shuningdek ushbu qaror va farmonlar jismoniy va ma naviy sog lom yoshʼ ʻ avlodni voyaga yetkazish, yoshlar o rtasida sog lom turmush tarzi va sportga ʻ ʻ intilishni kuchaytirish, bu ishlarning g oyat muhim sharti sifatida bolalar ʻ ommaviy sportini rivojlantirishni ko zda tutadi. ʻ A h olining salomatligini yaxshilash, me h natkashlarning ish q obiliyati va me h nat samaradorligini oshirish, o’q uvchi yoshlarning ma’naviy - jismoniy kamolotini tarbiyalash y o’ li bilan ularni kasb - xunar egallashlariga y o’ naltirish masalalari Respublika xukumatining di qqa t e’tiborida turibdi. Shu sababdan h am Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 24 yanvarda "O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi farmon ni imzola di. Ularning mazmunida uzluksiz ta’lim jarayoni va sportni turlarini amalga oshirish, h amda o’q uvchi yoshlarning jismoniy barkamolligini tarbiyalashda ularni jismoniy tarbiya va sport mash g’ ulotlari h amda ommaviy sport musoba q alariga t o’ la jalb etish va shart-sharoitlar yaratish k o’ zda tutilgan. Respublikada oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitasiyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog’lig’ini mustahkamlashga ko’maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo’yicha yuqori natijalarni ta’minlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va murabbiylar uchun qo’shimcha shart-sharoitlar yaratish zarurati mavjud. 3
Mamlakatda yuksak madaniyatga ega bo’lgan har tomonlama yetuk hamda jismonan sog’lom insonni shakllantirish maqsadida aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yo’nalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) jarayoniga innovasion shakllar va usullarni joriy etish maqsad va vazifa lar i qo’yilgan; jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanayotgan aholining umumiy sonini 30 foizgacha, sport tashkilot va muassasalarida shug’ullanayotgan yoshlarning umumiy sonini 20 foizgacha oshirish; davlat sport ta’limi muassasalarida murabbiy va mutaxassislarning sifat tarkibi, xususan, oliy ma’lumotli xodimlar sonini bosqichma-bosqich 80 foizgacha yetkazish; joylarda yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya)ning samarali va shaffof to’rt bosqichli – tashkilot-tuman (shahar)- hudud-respublika tizimini ishlab chiqish va joriy etish va boshqa maqsad va vazifalar belgilangan; Ushbu farmonda Prezidentimiz jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqarish tizimini to’g’ri takomillashtirish, ommaviy sportni rivojlantirish, iqtidorli yosh sportchilarni tanlash va tarbiyalash, sohani malakali kadrlar bilan mustahkamlash hamda zamonaviy sport musobaqalarida munosib ishtirok etish uchun bugun yoshlarga munosib e’tibor qaratmoq lozim. Bu vazifalar haqida mutafakkirlarimizdan biri «Biz odamni har tamonlama kamol toptirish uchun uning yaxshi yugura olishi, tez va chiroyli yura olishi, uning barcha a’zolari sog’lom bo’lishi, mehnatga va mudofaaga tayyor turishi bilan birga aqliy sifatlari ham o’sib borishini tarbiyalashimiz lozim» degan. Shu nuqtai nazardan qaraganimizda jismoniy tarbiyani insonning bolaligidan boshlash zarur. Buning uchun avalo, bolalarning o’zini sportga qiziqtirish, ular o’rtasida turli xil o’yinlarni musobaqa tarzida tashkil qilish lozimdir, chunki o’yinlarda harakatning xilma – xil qirralari ochiladi. Shu sababli jismoniy tarbiya darslarida o’yinlar qo’llash ijobiy xodisadir. O’yin usulida o’tkaziladigan jismoniy 4
mashqlarning afzalligini barchamiz yaxshi bilamiz. O’yinlarning o’ziga xos turi va uslubini o’qituvchi tanlaydi. Mashg’ulot davomida bolalarning epchilligi, chaqqonligi, tezkorligi, kuchliligi va quvvati aniqlanadi. O’yinlar bolalardagi ana shu sifatlarni rivojlantiradi va ularni darsga jalb qiladi, o’z navbatida bolalarni o’qituvchi bilan yaqinlashtiradi ham. Natijada jismoniy tarbiya fanidan qo’yilgan davlat ta’lim standartlari talablari bajariladi, o’yinlarni yaxshi pedagogik darajada tashkil etish uchun bolalarni yoshi, jinsi va qiziqishlariga mos tarzda ularning jismoniy imkoniyatlarini, psixologik xususiyatlarini xisobga olish muhimdir. Dissertatsiya ishi mavzusining dolzarbligi . Zamonaviy sport amaliyotida jismoniy tayyorgarlik texnik va taktik mahoratni yuksak cho’qqilarga olib keluvchi yagona va hal qiluvchi poydevor bo’lib xizmat qiladi. Binobarin, raqobatbardosh sportchilarni tayyorlash uchun jismoniy sifatlarini erta yoshlikdan, to’garakka endi kelgan bolalar tomonidan tanlangan sport turining o’ziga xos xususiyatlariga mos ravishda rivojlantirish sport mashg’ulotining muhim shartlaridan biridir. Buning uchun mashqlarni to’g’ri tanlash va amaliyotga joriy etish samaradorligini pedagogik nazorat ostiga olish iste`dodli sport zahiralarini etishtirishda o’ta dolzarb masalalar sirasiga kiradi. Shuni ham ta`kidlash muhimki, har bir sport turida o’ziga xoslik mavjud bo’lib, shu xususiyatlar yosh sportchilarni tayyorlashda qaysi bir jismoniy sifatlar ustivor ekanligini belgilab beradi. Gandbolda, tezlik-kuch qobiliyatlari va sakrovchanlik sifati ustun turadi. Yosh gandbolchilarda ushbu sifatni shakllantirishda harakatli o’yinlardan foydalanish to’liq o’rganilmagan va bugungi kun jismoniy tarbiyasining dolzarb muammolaridan biridir. Dissertatsiya ishning ob’ekti : Bolalar o’smirlar sport maktabida shug’ullanuvchi 13-14 yoshli bolalar bilan olib boriladigan gandbol mashg’ulotlari jarayoni. Dissertatsiya ishning predmeti: Ishning predmeti 13-14 yoshli gandbolchilarning mashg’ulot jarayonida sakrovchanlik jismoniy qobiliyatlarini oshirishda harakatli o’yinlardan foydalanish usullari. 5