YOSH QO’L TO’PICHILARNI O’YIN IXTISOSLIGIGA QARAB HUJUM TEXNIKASINI O’RGATISH METODIKASI
YOSH QO’L TO’PICHILARNI O’YIN IXTISOSLIGIGA QARAB HUJUM TEXNIKASINI O’RGATISH METODIKASI MUNDARIJA KIRISH 4-11 I-BOB. Yosh qo’l to’pichilarni tayyorlashning nazariy va amaliy asoslari xususida. 12-44 1.1. Yosh qo’l to’pichilar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlar jarayonida o’rgatish ning dolzarbligi. 12-23 1.2. Yosh qo’l to’pi chilarning o’yin ixtisosligiga qarab hujum texnikasini rivojlantirish metodikasi . 24-34 1.3. Yosh qo’l to’pichilarning jismoniy tayyorgarligi texnik k o‘ nikmalarni samarali o‘ zlashtirish poydevori. 34-44 II-BOB. Tadqiqotning maqsadi, vazifalari, usullari va uni tashkil qilish 45-58 2.1.Tadqiqot maqsad va vazifalari 45-49 2.2. Pedagogik kuzatishlar 49-52 2.3. Pedagogik nazorat testlari 52-53 2.4. Tadqiqotni kuzatish 53-54 2.5. Tadqiqotning tashkil etilishi 54-57 2.6. Tadqiqot uslublari 57-58 III - BOB . Yosh qo’l to’pichilarni o’yin ixtisosligiga qarab hujum texnikasini takomillashtirishga doir ekspremental tadqiqot natijalari va qiyosiy tahlili. 59-82 3.1. Yosh to’pi chilar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlar jarayonida o’yin texnikasini tarbiyalash samaradorligi ni aniqlash usullari. 59-73 3.2. Yosh qo’l to’pi chilar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlar jarayonida o’yin texnikasini rivojlantirishning vosita va usullari 73-77 3.3. Tadqiqot jarayonida olingan natijalar va ularning tahlili 77-82 Amaliy tavsiyalar 83 Xulosa 84-85 1
Foydalanilgan adabiyotlar. 86-88 KIRISH O‘zbekistonda sport o’yinlari rivojiga katta ahamiyat berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan oxirgi yillarda bir qator qaror va farmonlar qabul qilindi: jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 3 iyun, Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-son, 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368-sonli farmon va qarorlari imzolandi. Unda, oxirgi yillarda gandbol bo‘yicha Milliy chempionatlar obro‘si va darajasini oshirish bo‘yicha ishlar yetarlicha olib borilmayotganligi, yuqori malakali va sport zahiralari tayyorgarligini tashkil etish va mazmuniga yetarli darajada ahamiyat berilmayotganligi bayon etilgan. Shu bilan birga, jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashga ko‘maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo‘yicha yuqori natijalarni ta’minlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenerlar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish zarurati mavjud. Dasturda 2017-2021 yillarda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish uchun 995,2 milliard so’mdan ziyod mablag’ sarflanishi, sport maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 167 ta sport inshooti, jumladan, 90 ta sport majmuasi va 77 ta suzish havzasini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, jihozlash va qayta jihozlash nazarda tutilgan. Shuningdek ushbu qaror va farmonlar jismoniy va ma naviy sog lomʼ ʻ yosh avlodni voyaga yetkazish, yoshlar o rtasida sog lom turmush tarzi va ʻ ʻ sportga intilishni kuchaytirish, bu ishlarning g oyat muhim sharti sifatida bolalar ʻ ommaviy sportini rivojlantirishni ko zda tutadi. ʻ 2
Dissertatsiya ishi mavzusining dolzarbligi . Yosh avlodni sport bilan shug‘ullanishi, sog‘lom turmush tarziga amal qilish,ma’naviy va jismoniy kamolga intilishi, Vatanga mehr-muhabbati, o‘z yurti bilan g‘ururlanish ruhida tarbiyalanishlari asosiy yo‘nalish sifatida belgilanadi. Mamlakatimizda bolalar ommaviy sportini rivojlantirishni taminlash maqsadida, joylarda sport muassasalarining barpo etilishi, yangi-yangi sport turlaridan to‘garaklar faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi, ularni tegishli jihozlar va malakali sport murabbiylari bilan taminlanishi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanayotgan bolalar va o‘smirlar soni yildan yilga ortib borishiga asos bo‘lmoqda. Qo’l to’pi bo yicha o tkazilayotgan sport musobaqalarida raqobatningʻ ʻ kuchayib borayotganligi sportchi va murabbiylar tayyorlash tizimini takomillashtirishni taqazo etmoqda. Raqobatning kuchayib borishi va natijalarning to‘xtovsiz o‘sib borayotganligi dastlabki o‘rgatish bosqichidan boshlab sportchilarning barcha sifat va ko‘nikalarini ilmiy asosda shakillantirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratadi. Yurtimizda qo’l to’pi sport turini rivojlantirish,ommaviyligini oshirish, aholining barcha qatlamlarini qo’l to’pi bilan shug’ullanishga keng jalb qilish hamda iqtidorli, istiqbolli sportchilar va murabbiylarni saralash talab etiladi. Qo’l to’pi sport turida dastlabki o‘rgatish bosqichidan boshlab jismoniy texnik va taktik tayyorgarlikka oid mashqlarni me’yorlab qo‘llash tavsiya etiladi. Oydan-oyga, yidan-yilga mashg‘ulot yuklamalarining hajmi va shiddati “zinapoya” sifatida emas, balki “to‘lqinsimon shaklda orttirilib borilishi maqsadga mufofiqdir. Binobarin, har bir murabbiy o‘z kasbiy-pedagogik faoliyatini ilmiy asosda tashkil qilishi istedodli yosh sportchilar tayyorlash muamosining tamoiliy va dolzarb jihatlaridan biridir. Dissertatsiya ishning ob’yekti. Mavzudagi maqsad va vazifalarni amalga oshirishda asosan Samarqand shahar 58-umuta’lim maktabi 5-6-sinf o’quvchilari bilan o‘tkaziladigan darslari va qo’l to’pi mashg‘ulotlari faoliyati obyekt qilinib olindi. D i ssertatsiya ishning predmeti. “ Yosh qo’l to’pichilarni o’yin ixtisosligiga qarab hujum texnikasini o’rgatish metodikasi” modulini yaratish 3
tadqiqot obyekti hisoblanadi. Yosh qo’l to’pichilarni o’yin ixtisosligiga qarab hujum texnikasini o’rgatish metodikasida qo’llaniladigan zamonaviy ta’lim va pedagogik texnologiyalaridan foydalangan holda o’quv-uslubiy materiallarni ishlab chiqish va uning asosida modul tizimida o’qitish jarayonlarini tashkil etish. Dissertatsiya ishning maqsadi. Yosh qo’l to’pichilarni o’yin ixtisosligiga qarab hujum texnikasini o‘rgatishning zamonaviy vosita va usullarini o‘rganish hamda maxsus o‘yin mashqlari yordamida ularning tayyorgarlik darajasini oshirish hamda ularning texnik tayyorgarligini nazorat va tahlil qilish. Dissertatsiya ishning vazifasi. Yuqoridagi maqsadni hayotga tadbiq qilish uchun quyidagi vazifalar amalga oshiriladi. Yosh qo’l to’pichilarni o’yin ixtisosligiga qarab hujum texnikasini o’rgatish metodikasi ni ilmiy-nazariy jihatdan adabiyot manbalari bo’yicha tahlil qilish. Mavzuga taalluqli adabiyot manbaalaridan foydalanish. Yosh qo’l to’pichilarni o’yin ixtisosligiga qarab hujum texnikasini aniqlash. Tajribadan keyin qo’l to’pi chilar natijasini qiyoslab tahlil qilish. Dissertatsiya ishning yangiligi: Mavzuga taalluqli adabiyot manbaalaridan foydalan gan . Yosh qo’l to’pichilarni o’yin ixtisosligiga qarab hujum texnikasini aniqlangan. Tajribadan keyin qo’l to’pi chilar natijasini qiyoslab tahlil qili ngan . Dissertatsiya ishning farazi: Faraz qilindiki , malakali qo’l to’pichilarning musobaqa faoliyatiga texnik-taktik tayyorgarligini oshirishda, mashg‘ulot jara yo nida biz tavsiya etgan maxsus test, o‘yin mashqlaridan kompleks mashqlardan foydalanilsa , murabbiylarning ko‘zlagan maqsadiga yanada osonroq erishishiga yaqindan yordam beradi. D i ssertatsiya ishning nazariy hamda amaliy mohiyatlari. Tadqiqot da davomida ishlab chiqilgan “ Yosh qo’l to’pichilarni o’yin ixtisosligiga qarab hujum texnikasini o’rgatish metodikasi ni ” moduli asosida o’qitish yuzasidan 4
ilmiy tavsiyalardan sport maktabi va BO’SM larda umumta’lim maktablarida qo’l to’pi sport turi bilan shug’ullanayotgan yosh o’quvchilarining mashg’ulot jarayonini samarali tashkil etishda keng foydalanish mumkin. 11-12 yoshli bolalar bilan o‘tkaziladigan o’yin ixtisosligiga qarab hujum texnikasini o’rgatish uchun vosita, uslublar tayyorlandi va nisbati aniqlandi.O’yin ixtisosligiga qarab hujum texnikasini o’rgatish mashqlari qo’l to’pichining texnik-taktik ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga yordam beradi. Dissertatsiya ishi bo’yicha adabiyotlar sharhi (tahlili) : Har bir o‘yinchining texnik mahorati uning ixtiyorida bo‘lgan, ijro etishni yaxshi bilgan o‘yin vazifalarini hal etish uchun kerakli texnik usullar turlari ko‘pligiga qarab belgilanadi. Qo’l to’pichining sport tay yo rgarligi jara yo ni o‘yin texnikasining muntazam yaxshilanib borishi bilan uzviy bog‘liqdir. Mashg‘ulotning bosh vazifalaridan biri qo’l to’pi texnikasini har tomonlama egallashdan iboratdir. Mazkur vazifani hal qiilish uchun : 1 ) o‘yinning barcha hozirgi zamon texnik usullarini bir xil darajada egallagan bo‘lishni va ularni turli shart sharoitda yanada takomillashgan usullar bilan bajarishni bilishni; 2 ) bir usulni ikkinchisi bilan turli izchillikda qo‘shib olib bora bilishni; 3 ) jamao bo‘lib bajariladigan harakatlarga bog‘liq ravishda o‘yin paytida ko‘proq foydalaniladigan hujum va himoya usullarini egallashni; 4 ) erkin va ixtiyoriy harakatlarda ishlatiladigan usullarning umumiy muvofiqligini tobora oshirib, ijro sifatini muntazam yaxshilab borishni talab qiladi. Qo’l to’pichilarning texnik mahoratini takomillashtirish umumnazariy quriladi va taktikani takomillashtirish, harakat va ma’naviy iroda sifatlarini rivojlantirish bilan birga qo‘shib bojariladi . Mashg‘ulot jarayonida usulni bajarish texnikasini nimalar hisobiga yaxshilash mumkinligini 5