Zamonaviy voleybol tavsifi o’yin texnikasi va uning tasnifi
Mavzu: Zamonaviy voleybol tavsifi o’yin texnikasi va uning tasnifi M u n d a r i j a Kirish ……………………………………………………................................... І. Bob. Zamonaviy voleybol tavsifi ............................................................ 1.1. Voleybol ta’rifi va tarixi.. ...................................................................... 1.2. O’zbekistonda voleybolning vujudga kelishi ................. .......................... ІІ. Bob. Voleybol o’yini texnikasi va uning tasnifi ............................... 2.1. Hujum texnikasi, holatlar va harakatlanish, dastlabki holatlar............. 2.2. To’p uzatish va to’p kiritish ............... ............................................................. 2.3. Hujum zarbalari va himoya texnikasi ........................ .................................. 2.4. To’pni qabul qilish va to’siq qo’yish .............................................................. Xulosa …………………………………………………….................................. Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………............................ 1
Kirish Mamlakatimizda jismoniy tarbiya sohasini rivojlanishiga qaratilgan qator me`yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan va jadallikda hayotga tatbiq etib kelinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining «Ta`lim to‘g‘risida»gi, «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-iyundagi PQ-3031-sonli “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi Qarori shular jumlasidandir [1, 2, 3]. Buning natijasida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi keng qaror topib, sportning ommaviyligi ta’minlanmoqda. O‘zbekiston sportchilari jahonning nufuzli musobaqalarida yuksak g‘alabalarni qo‘lga kiritib, mamlakatimiz sport salohiyatini butun dunyoga namoyon qilmoqda. Ushbu konseptual xujjatlar jismoniy tarbiya va sport sohasida ulkan isloxatlar, beqiyos bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish imkoniyatini yaratdi. So’nggi yillar ichida yurtimiz xududlarida, hatto uzoq qishloq va tumanlarda ham ko’pdan-ko’p zamonaviy sport inshootlari barpo etildi va ayni kunda ular farzandlarimiz, halqimiz xizmatida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Kundan-kunga jismoniy tarbiya va sport, jumladan milliy sport turlari va milliy harakatli o’yinlar milliy qadriyatlar sifatida halqimiz, ayniqsa o’quvchi-yoshlarning kundalik xayotiy ehtiyojiga aylanib bormoqda. Takidlash joizki, jismoniy tarbiya va ommaviy sport turlarini rivojlantirish bilan bir qatorda, “katta” sport mavqyeini ko’tarishga ham ustivor ahamiyat qaratilmoqda. Yildan-yilga Respublikamizda halqaro va jahon miqyosidagi nufuzli musobaqalarni o’tkazish an’anaviy tadbirlar tarkibidan joy olmoqda. O’zbek sportchilari Osiyo, Jahon va Olimpiya musobaqalarida yuksak natijalarga erishib, yurtimiz shuhratini jahon hamjamiyati oldida tarannum etib kelmoqda. Ushbu natijalarni mustahkamlash va ularni yuksak darajaga ko’tarish maqsadida 2000 yillardan boshlab, mamlakatimizda “kichik Olimpiada” maqomida o’tkaziluvchi “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” kabi ko’p bosqichli ommaviy sport musobaqalari joriy etildi va borgan sari nufuzli 2
mavkega ega bo’lib, iste’dodli sportchilarni xalqaro va Olimpiya musobaqalariga olib chiqishda “ko’prik” vazifasini o’tab kelmoqda. Bu borada barcha ustivor sport turlari kabi qayd etilgan ommaviy sport musobaqalari va Olimpiya o’yinlari dasturidan joy olgan, yer qurrasida eng ommaviy deb tanilgan voleybol sport turiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Voleybol o’zining hammabobligi, kamharajatligi, go’zal o’yin mazmuni, kattayu-kichik diqqatini o’ziga rom qiluvchi xujum va ximoya kombinasiyalari bilan yurtimiz shahar-qishloqlarida, mahallayu-maskanlarda, to’y va bayramlarda baxs-raqobat, sihat-salomatlik jismoniy va ruhiy barkamollik vositasi sifatida xizmat qilib kelmoqda. Voleybol – o’quv fani sifatida barcha ta’lim muassasalari o’quv rejasiga kiritilgan, darsdan va ishdan tashqari vaqtlarda faoliyat ko’rsatadigan sport to’garaklari, BO’SMlar, sport klublarida maxsus rejalashtiruv xujjatlariga asoslangan o’quv-trenirovka jarayoniga joriy etilgan. Shu bilan bir qatorda ayni kunda voleybol bo’yicha iste’dodli sport zahiralari va yuqori malakali, raqobatbardosh sportchilarni tayyorlash hamda ommaviy voleybol geografiyasini yanada kengaytirish, mashg’ulot va musobaqalarni ilmiy asosda tashkil qilish zaruriyati yuksak kasbiy-pedagogik salohiyatga ega mutaxassis-kadrlar yetishtirish muhimligiga e’tibor qaratadi. 3
І. BOB. ZAMONAVIY VOLEYBOL TAVSIFI 1.1. Voleybol ta’rifi va tarixi Voleybol 1895 yilda Amerika qo’shma shtatlarining Massachusets shtatidagi Xoliok shahrida yosh xristianlar ittifoqini jismoniy tarbiya bo’yicha rahbari pastor Vilyam J.Morgan tomonidan yaratilgan. U voleybol o’yinini oddiy, ko’p mablag’ sarflamasdan tashkil etishni ko’zda tutgan. 1896 yilda Springfild shahridagi kollej direktori doktor Alfred Xalsted bu o’yinga “voleybol” deb nom berdi. “Voleybol” inglizcha so’z bo’lib, o’zbek tilida “parvoz qiluvchi to’p” degan ma’noni bildiradi. 1896 yilda tadbiq etilgan ba’zi bir o’yin qoidalari quyidagicha edi: 1. Maydon chegaralari 7,6x15,2 m 2. To’rning o’lchamlari 0,65 x 8,2 m, balandligi 195 sm 3. To’pning vazni 252-336 gr, aylanasi 63,5-68,0 sm 4. O’yinchilarning soni chegaralanmagan va hokazo. 1895-1920 yillar voleybol o’yini rivojlanishining birinchi bosqichi bo’lib hisoblanadi. 1920 yildan boshlab maydon o’lchamlari 9x18m qilib belgilandi. O’yinning boshqa davlatlarda vujudga kelishi va rivojlanishi qo’yidagicha. 1900 y. – Kanada, 1906 y. – Kuba, 1909 y. – Puerto-riko, 1910 y. – Peru, 1917 y. – Braziliya, Urugvay, Meksika, osiyoda 1908-1913 yillar – Yaponiya, Kitay, Fillipinda, 1914 y – Angliya, 1917 y. – Fransiya. Voleybol 1920-1921 yillarda o’rta Volga ( Q ozon, Nijniy Novgorod) hududlarida tarqala boshladi. 1922 yildan boshlab voleybol Vseobuch (Umumiy harbiy tayyorgarlik) tarkibiga kiritildi. Moskvada voleybol bilan muntazam shug’ullanishga san’at va teatr vakillari kirishdilar. 1923 yilda tashkil etilgan «Dinamo» jamiyati sportning boshqa turlari bilan bir qatorda voleybolni ham targ’ib qila boshladi. Xuddi shu yillarda voleybol Uzoq Sharqda – Xabarovsk va Vladivostokda paydo bo’ldi. 1925 yildan esa Ukrainada ham rivojlana boshladi. Jahon voleybol tashkilotlari o’z oldilariga mamlakatda voleybolni ommalashtirish, tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, texnika va taktikani 4
mukammallashtirish, o’yinchilarni har tomonlama jismoniy tayyorgarligini yuksaltirish kabi qator vazifalarni qo’ydilar. Voleybolni keng ommalasha borishi musobaqalarning yagona qoidalarini ishlab chiqish zaruriyatini o’rtaga tashladi. Jumladan, 1925 yilning yanvarida Moskva jismoniy tarbiya kengashi voleybol bo’yicha musobaqalarning birinchi rasmiy qoidalrini tuzib, tasdiqladi. To’rning balandligi – ayollar uchun 2 m 20 sm va erkaklar uchun – 2 m 40 sm qilib belgilandi. Ayollar jamoalarida o’yin 15x7,5 o’lchamli maydonchada o’tkaziladigan bo’ldi. 1926 yilda Moskvada yangi qoidalar asosida birinchi musobaqalar o’tkazildi. 1927 yildan voleybol bo’yicha Moskva birinchiligi muntazam ravishda o’tkazila boshladi. Voleybol bo’yicha ilk adabiyot 1926 yilda paydo bo’ldi va u «Voleybol va mushtlar jangi» deb nom olgan edi. Uning mualliflari S.V.Sisoyev va A.A.Marku edi. Shu yillarda voleybol faqatgina Moskvada emas, balki Ukrainada, shimoliy Kavkazda, Kavkazortida, Uzoq Sharq va O’ rta Volga o’lkalarida ham keng tarqaldi. 1928 yilda Moskvada doimiy hakamlar uyushmasi tashkil etildi. Voleybol taraqqiyotida maktab o’quvchilarining spartakiadasi ham (1929) katta ahamiyatga ega edi. Bu spartakiada qatnashchilaridan ko’pchiligi keyinchalik voleybol ustalari bo’lib yetishdilar. Shaharlararo musobaqalar soni anchagina ortdi, bu esa turli texnik usullarning paydo bo’lishiga, voleybol taktikasining rivojlanishiga, o’yinchilar jismoniy tayyorgarligining o’sishiga olib keldi. Shu davrda o’yinchilar maydonga to’pni kuch bilan kiritish, aldov zarbalari usullarini keng qo’llay boshladilar, uzatish texnikasiga e’tibor berdilar, himoyaning ahamiyati ortib o’yin tezkor, shiddatli bo’la boshladi, natijada o’yinchilarning harakatchanligiga talab oshdi. Voleybolning ommaviy rivojlanishi va keng targ’ib qilinishida ko’pgina madaniyat va istirohat bog’larining maydonchalarida o’tkazilgan musobaqalar katta ahamiyatga ega edi. 5