logo

Sportchilarni yillik va ko'p yillik tayyorlash jarayonida uzoq vaqtli moslashuvning tashkil topishi

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

209 KB
Sportchilarni yillik va ko'p yillik tayyorlash jarayoni da uzoq vaqtli
moslashuvning tashkil topishi
REJA:
Kirish
1  bob . Texnik tayyorgarlik
1. 1.  Sportchining texnik tayyorgarligi haqida tushuncha. Har xil sport turlarida 
sport texnikasining tutgan o’rni va ahamiyati
1.2. Sportchilar texnik tayyorgarligining turlari, vazifalari, 
vosita va usullari
1.3. Mashg’ulotning ko’p yillik va yillik sikllarida texnik 
tayyorgarlikning bosqichlari va mazmuni
2  bob . Jismoniy tayyorgarlik
2.1. Sportchining jismoniy tayyorgarligi tushunchasi. 
Uning zamonaviy sportdagi a h amiyati
2.2. Jismoniy tayyorgarlikning turlari, vazifa  h amda vositalari
3  bob . Taktik tayyorgarlik
3.1. Sportchining taktik tayyorgarligi to’g’risida tushuncha
3.2. Sportchilar taktik tayyorgarligining turlari, vazifa  h amda vositalari
3.3. Sportchining musoba q a da  ishtirok  e tish taktik rejasini 
tuzishning mazmuni  h amda usuliyati
4  bob . Sportchining psixologik (ru h iy) tayyorgarligi
4.1. Sportchining psixologik tayyorgarligi to’ g’ risida tushuncha, uning turlari. 
Ayrim sport turlarida ruhiy sifatlarning ahamiyati
4.2. Mashg’ulot jarayoniga psixologik tayyorgarlik
4.3. Musobaqalarga psixologik tayyorgarlik
Xulosa
Foydalanilgan adabiyot Kirish
Maxsus   adabiyotlarda   sportchilar   tayyorgarligining   har   tur   va   xillari
far q lanadi.   Tarqoq   va   nisbatan   turg’un   fikrlarning   umumlashtirilishi   ularning
umumiy   tasnifi   uchun   uchta   eng   ahamiyatli   beligini   taklif   etishga   imkon   beradi:
sportchining   muvaffaqiyatga   erishish   uchun   tayyorgarlik   u   yoki   bu   tarkibiy
qismlariga   (texnik,   taktik,   jismoniy,   psixologik,   aqliy   (nazariy),   tayyorgarlik)
ustuvor   ta'sir   ko’rsatishi   bo’yicha;   sport   ixtisosligi   bilan   o’zaro   bog’liqligining
xususiyatiga   ko’ra   (umumiy   va   maxsus   tayyorgarlik);   mashg’ulot   hamda
musobaqa   faoliyati   sharoitida   tayyorgarlikning   har   xil   jihatlari   sifatlar   va
qobiliyatlarning   birlashuvi,   uyg’unligi   hamda   ro’yobga   chiqarilishi   bo’yicha
(integral tayyorgarlik).
Sportchining   bir   necha   yillar   davomida   qat'iyatli   va   oqilona   tashkil   etilgan
tayyorgarligi   bilangina   yuqori   sport   natijalariga   erishish   mumkin.   Uzoq   muddatli
o'qitishning   tuzilishi   ko'plab   omillar   bilan   belgilanadi.   Ular   orasida:   eng   yuqori
natijalarga erishish uchun zarur bo'lgan muntazam mashg'ulotlarning o'rtacha yillik
soni;   optimal   yosh   chegaralari,   bunda   sportchining   qobiliyatlari   odatda   to'liq
namoyon   bo'ladi   va   eng   yuqori   natijalarga   erishiladi;   sportchining   individual
xususiyatlari   va   uning   sport   mahoratining   o'sish   sur'ati;   sport   bilan   shug'ullana
boshlagan yosh, shuningdek, maxsus tayyorgarlikni boshlagan yosh.
Uzoq   muddatli   mashg'ulotlarni   oqilona   rejalashtirish   uchun   odatda   eng
yuqori   sport   yutuqlari   namoyon   bo'ladigan   optimal   yosh   chegaralarini   aniq
belgilash   muhimdir.   Odatda,   uzoq   muddatli   mashg'ulotlar   jarayonida   sport
muvaffaqiyatining uchta yosh zonasi mavjud:
1) birinchi katta muvaffaqiyatlar zonasi;
2) optimal imkoniyatlar zonasi;
3) yuqori natijalar zonasi.
Yengil atletikaning aksariyat turlarida eng yuqori yutuqlarga erishish uchun
optimal yosh chegaralari ancha barqaror bo'lib, ularga na tanlov va o'qitish tizimi,
na   mashg'ulotlarning   boshlanish   vaqti   yoki   boshqa   omillar   jiddiy   ta'sir
ko'rsatmaydi. Odatda yangi boshlovchidan xalqaro sport ustasigacha bo'lgan yo'l 8- 10   yil   davom   etadi.   Ayollar   uchun   yuqori   sport   mahoratiga   erishish   yo'li   odatda
erkaklarnikiga qaraganda qisqaroq. Sprinterlar va jumperlar stayers va piyodalarga
qaraganda qisqaroq mahoratga ega. Qobiliyatli sportchilar o'zlarining birinchi katta
muvaffaqiyatlariga   ko'p   hollarda   mashg'ulotlar   boshlanganidan   4-6   yil   o'tgach
erishadilar. 1  bob . Texnik tayyorgarlik
1. 1.  Sportchining texnik tayyorgarligi haqida tushuncha. Har xil sport
turlarida sport texnikasining tutgan o’rni va ahamiyati
Texnik   tayyorgarlik   sportchini   harakatlar   texnikasiga   o’rgatish   va   ularni
mukammal darajaga yetkazishga qaratilgan bo’ladi.
Sport   texnikasi   sport   harakatini   bajarish   yo’li   bo’lib,   u   sportchining   o’z
psixo-fizik imkoniyatlaridan foydalanish samaradorligining muayyan darajasi bilan
ajralib turadi.
H ar xil sport turlarida sport texnikasining a h amiyati bir xil  e mas. O’ziga xos
sport texnikasiga  e ga bo’lgan sport turlari ning   to’rt guru h i ajratiladi:
1.   Tezlik-kuchga   asoslangan   turlar   (sprintercha   yugurish,   ulo q tirishlar,
sakrashlar,   o g’ ir   atletika   va   h .k.).   Mazkur   sport   turlarida   texnika   shunday
yo’naltirilganki,   bunda   sprinterchi   musobaqalashuv   mashqining   yetakchi
bosqichlarida,   masalan,   yugurish,   uzunlikka   va   balandlikka   sakrashda   itarilish
chog’ida, nayza, disk va h.k. uloqtirishda yakunlovchi harakatlarni bajarayotganda
eng baquvvat hamda tezkor kuchlanishlarni rivojlantira olishi lozim.
2.   Chidamlilik   namoyish   etilishini   talab   qiluvchi   sport   turlari   (uzoq
masofalarga yugurish, chang’ida poyga, velosiped sporti va b.).
3.   Asosini   harakatlanish   san'ati   tashkil   etuvchi   sport   turlari   (gimnastika,
akrobatika,   suvga   sakrash   va   h.k.).   Texnika   sportchi   h arakatlarining   go’zalligi,
ifodaliligi va ani q ligini ta'minlab berishi kerak.
4.   Sport   o’yinlari   va   yakkakurash   turlari.   Texnika   musobaqa   kurashining
doimo o’zgarib turadigan sharoitlarida sportchiga yuksak samaradorlik, barqarorlik
va  h arakatlarining servariantligini ta'minlab berishi zarur.
Sportchining   texnik   tayyorgarligi   shunisi   bilan   ajralib   turadiki,   u
o’zlashtirilgan   harakatlarni   bajara   oladi   va   ularning   texnikasini   egallab   olgan.
Texnik tayyorgarlikning yetarlicha yuqori darajasini texnik mahorat deb ataydilar.
Texnik mahoratning mezonlari quyidagilardir:
 Texnikaning   h ajmi   –   sportchi   bajara   oladigan   texnika
priyomlarning umumiy mi q dori.  Texnikaning   ser q irraligi   –   texnik   priyomlarning   xilma-xilligi
darajasi. Masalan, sport o’yinlarida bu –  h ar xil o’yin priyomlaridan foydalanishlar
sur'atining nisbati.
Texnik mahoratning mazkur ko’rsatkichlari texnik harakatlarning juda katta
zahirasi   bo’lgan   sport   turlarida   –   sport   o’yinlari,   yakkakurash   turlari,   gimnastika,
figurali uchish – ayniqsa katta ahamiyatga ega.
 Sport   texnikasiga   e galik   q ilish   samaradorligi   sport   h arakati
texnikasining individual optimal variantga ya q inligi darajasi bilan belgilanadi.
Texnikaning samaradorligini bir necha usul bilan ba h olaydilar:
a)   uni   q andaydir   biomexanik   e talon   bilan   q iyoslash.   Agar   texnika
biomexanik jihatdan oqilona darajaga yaqin bo’lsa, u eng samarali hisoblanadi;
b)  ba h olanayotgan   h arakat texnikasini  yu q ori  malakali sportchilar  texnikasi
bilan ta qq oslash;
v)   sport   natijasini   sportchining   harakat   imkoniyatlarini   belgilovchi   texnik
tomondan   birmuncha   soddaroq   –   kuch,   tezlik-kuch   va   h.k.   topshiriqlaridagi
natijalar   bilan   taqqoslash.   Masalan,   30   m   ga   avval   past,   keyin   yu q ori   startdan
yugurish amalga oshiriladi. Vaqtdagi tafovut pastki start texnikasi samaradorligini
ko’rsatadi;
g)   ko’rsatilgan   natijani   harakat   faoliyatini   bajarish   paytidagi   kuch-quvvat
harakatlari   bilan   taqqoslash.   Quvvat   sarfi   qanchalik   kam,   ya'ni   harakatlar   tejamli
bo’lsa, texnika samaradorligi shuncha yuqori hisoblanadi.
 Harakatlar   texnikasining   o’zlashtirilganligi.   Mazkur   mezon   bu
texnik harakat qanday o’rganilgani, mustahkamlanganligini ko’rsatadi.
Yaxshi o’zlashtirilgan  h arakatlarga xos xususiyatlar: 
a)   h arakatni   standart   sharoitlarda   bajarish   va q tida   uning   texnikasiga   xos
q ator ji h atlar va sport natijasining bar q arorligi;
b)   h arakatni   bajarish   cho g’ ida   (sportchining   h olati,   murakkablashtirilgan
sharoitlarda   ra q ib   h arakatlari   o’zgarganda)   natijaning   bar q arorligi   (nisbatan   kam
o’zgarishi);
v) mash g’ ulotdagi tanaffuslarda  h arakat ko’nikmasining sa q lanib  q olishi; g)  h arakatlar bajarilishining avtomatlashganligi.
1.2. Sportchilar texnik tayyorgarligining turlari, vazifalari, 
vosita va usullari
Umumiy   va   maxsus   texnik   tayyorgarlik   far q lanadi.   Umumiy   texnik
tayyorgarlik   sport   faoliyatida   zarur   bo’lgan   xilma-xil   harakat     ko’nikma   va
malakalarini egallashga yo’naltirilgan.
Umumiy texnik tayyorgarlik jarayonida  q uyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
1.   Tanlangan   sport   turidagi   ko’nikmalarni   shakllantirish   uchun   asos
hisoblangan   harakat   ko’nikma   va     malakalari   diapazonini   kengaytirish   (yoki
tiklash).
2. UJT vositalari sifatida  q o’llanadigan mash q lar texnikasini o’zlashtirish.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik tanlangan sport turidagi  h arakatlar texnikasini
o’zlashtirishga yo’naltiriladi. U ushbu vazifalarning  h al  e tilishini ta'minlaydi:
1. Sport  h arakatlari texnikasi to’ g’ risidagi bilimlarni shakllantirish.
2.   H arakatlar   texnikasining   sportchi   imkoniyatlariga   e ng   mos   keluvchi
alo h ida shakllarini ishlab chi q ish.
3.   Musobaqalarda   muvaffaqiyatli   ishtirok   etish   uchun   zarur   bo’lgan
ko’nikma va malakalarni shakllantirish.
4.   Texnika   shakllarini   o’zgartirish   va   yangilash   (sport   taktikasini
takomillashtirish  q onuniyatlari talab  q ilgan darajada).
5. Sport  texnikasining  ilgari  qo’llanmagan yangi  variantlarini  shakllantirish
(masalan,   balandlikka   sakrashda   “fosbyuri-flop”;   yadro   itqitishning   xuddi   disk
uloqtirishdagidek   burilish   tamoyiliga   asoslangan   texnikasi;   chang’ida
konkidagidek uchish va b.).
Texnik   tayyogarlik   jarayonida   sport   mash g’ ulotlarining   vosita   va   usullari
majmuasidan foydalaniladi. Ularni shartli ravishda ikki guruhga bo’lish mumkin:
Og’zaki,   ko’rgazmali   va   sensor-tahrirlovchi   ta'sir   ko’rsatadigan   vosita
hamda usullar.
Bularga  q uyidagilar kiradi: a) su h bat, tushuntirish,  h ikoya, tasvirlash va b.;
b) o’rganilayotgan  h arakat texnikasini ko’rsatish;
v)   plakatlar,   chizmalar,   kinogrammalar,   videomagnitofon   yozuvlari   va   h .k.
namoyish  e tish;
g) predmetli va bosh q a mo’ljallarni  q o’llash;
d) tovush va yorug’lik;
e) har xil trenajyorlar, qayd etuvchi qurilmalar, tezkor axborot asboblari.
Sportchining   q andaydir jismoniy  mash q larni  bajarishiga  asoslangan  vosita
va usullar.
Bu  h olda  q uyidagilar  q o’llaniladi:
a)   umumtayyorlovchi   mash q lar.   Ular   tanlangan   sport   turi   bo’yicha   texnik
mahoratni   o’stirish   uchun   poydevor   sanalgan   xilma-xil   ko’nikma   va   malakalarni
o’zlashtirib olishga imkon beradi;
b)   maxsus   tayyorlovchi   va   musoba q a   mash q lari.   Ular   o’z   sport   turi
texnikasini  e gallashga yo’naltiriladi;
v)  yaxlit  va ta q simlangan mash q   usullari. Ular  yaxlit  harakat  faoliyati  yoki
uning   alohida   qismlari,   bosqichlari,   elementlari   texnikasini   egallash,   tugatish,
mustahkamlash hamda takomillashtirishga yo’naltirilgan;
g)   harakatlar   texnikasini   takomillashtirish   va   barqarorlashtirishga   yordam
beradigan   bir   me'yorli,   o’zgaruvchan,   takroriy,   oraliqli,   o’yin,   musobaqalashuv
usullari va b.
Yuqoridagi vosita va usullarning qo’llanishi tanlangan sport turi texnikasiga
xos   xususiyatlar,   sportchilarning   yoshi   va   malakasi,   mashg’ulotning   yillik   hamda
ko’p yillik sikllarida texnik tayyorgarlikning bosqichlariga bog’liq.
1.3. Mashg’ulotning ko’p yillik va yillik sikllarida texnik 
tayyorgarlikning bosqichlari va mazmuni
Texnik   tayyorgarlik   jarayoni   sportchining   butun   ko’p   yillik   mash g’ ulotlari
davomida amalga oshiriladi.  Sportchining ko’p yillik texnik tayyorgarligi jarayonini 3 bosqichga bo’lish
mumkin:
1. Bazaviy texnik tayyorgarlik bosqichi.
2.   Chuqur   texnik   takomillashuv   va   yuksak   sport-texnik   mahoratga   erishish
bosqichi.
3. Sport-texnik ma h oratni sa q lab  q olish bos q ichi.
H ar bir bos q ich yillik sikllardan iborat bo’lgan po g’ onalarni o’z ichiga oladi.
Masalan,   birinchi   bosqich,   odatda,   4-6   yillik   sikldan,   ikkinchisi   –   6-8   yillik,
uchinchisi – 4-6 yillik sikllardan iborat bo’ladi.
Shuning   uchun   sportchining   har   bir   bosqichdagi   texnik   tayyorgarligining
muayyan   mazmuni   va   usuliyati,   odatda,   yillik   mashg’ulot   sikli   davrlashtirilishiga
bo’ysunadi.   Ko’pincha   bu   yuqori   malakali   sportchilar   tayyorgarligida   yaqqol
ko’zga   tashlanadi.   Gap   shundaki,   boshlovchi   sportchilarda   yillik   siklni   alohida
tayyorgarlik,   musobaqa   va   o’yin   davrlariga   taqsimlamaydilar.   Ularda   butun   yil
davomida mashg’ulotlar tayyorgarlik xususiyatlariga ega bo’ladi.
Bundan   kelib   chiqadiki,   malakali   sportchilarda   yillik   mashg’ulot   sikli
doirasida harakatlar texnikasini egallash va takomillashtirish jarayoni ko’p jihatdan
sport   formasini   egallash,   saqlab   qolish   hamda   yana   ham   rivojlantirish
qonuniyatlariga bog’liq bo’ladi.
Shunga   ko’ra   yillik   siklda   texnik   tayyorgarlikning   3   bosqichi   ajratiladi:   1)
izlanish; 2) barqarorlik; 3) moslashib takomillashish.
1-bosqichdagi   texnik   tayyorgarlik   musobaqa   faoliyatlari   yangi   texnikasini
(yoki   uning   yakunlangan   variantini)   shakllantirishga,   uni   amaliy   o’zlashtirish,
musobaqa   faoliyati   tarkibiga   kiruvchi   alohida   harakatlarni   o’rganish   (yoki   qayta
o’rganish) asoslarini yaxshilashga yo’naltiriladi. Bu bosqich tayyorgarlik davrining
birinchi   yarmiga   to’g’ri   keladi.   2-bosqichda   texnik   tayyorgarlik   musobaqa
faoliyatlarining   yaxlit   ko’nikmalarini   chuqur   o’zlashtirish   va   mustahkamlashga
yo’naltiriladi. U  tayyorgarlik  davri   ikkinchi  yarmining anchagina  qismini   qamrab
oladi.   3-bosqichda   texnik   tayyorgarlik   shakllantirilgan   ko’nikmalarni
takomillashtirishga,   asosiy   musobaqalar   sharoitiga   mos   holda   ularning   maqsadga muvofiq   servariantligi   (o’zgaruvchanligi),   barqarorligi   (turg’unligi),   ishonchliligi
diapazonini   oshirishga   yo’naltiriladi.   Bu   bosqich,   odatda,   tayyorgarlik   davrining
yakunlovchi   qismidan   boshlanib,   butun   musobaqa   davrini   qamrab   oladi.   Texnik
mahoratni   takomillashtirish   vaqtida   texnik   tayyorgarlikning   har   bir   bosqichi
oldidagi asosiy vazifalar quyidagilardir:
1)   tanlangan   sport   turidagi   texnik   priyomlarning   asosini   tashkil   etuvchi
harakat   ko’nikmalarining   yuksak   barqarorligiga,   oqilona   variativligiga   erishish,
musobaqa sharoitida ularning samaradorligini oshirish;
2) zamonaviy ilm-fan yutuqlari va sport amaliyoti talablari nuqtai nazaridan
harakat   ko’nikmalarini   qisman   qayta   qurish,   ko’nikmaning   alohida   qismlari
kinematikasi yoki dinamikasini takomillashtirish.
Birinchi   vazifani   hal   etish   uchun,   odatda,   tashqi   shart-sharoitni
murakkablashtirish   usuli,   organizmning   turli   holatlarida   mashq   qilish   usuli
qo’llaniladi; ikkinchisini amalga oshirish uchun texnik harakatlarni soddalashtirish
usuli, birgalikda ta'sir ko’rsatish usulidan foydalaniladi.
Texnik   priyomlarni   bajarishda   tashqi   shart-sharoitni   murakkablashtirish
usuli qator usuliy priyomlarda amalga oshiriladi:
1. Shartli raqibning qarshilik ko’rsatish usuliy priyomi asosan sport o’yinlari
va   yakkakurashlarda   qo’llaniladi.   Shartli   raqib   bilan   kurashish   elementlari
sportchiga   texnik   priyomning   bajarilish   ritmi   va   tuzilishini   takomillashtirish,
barqarorlik   va   samaradorlikka   tezroq   erishish   imkonini   beradi.   Shuningdek,   u
mashg’ulotda   yuklama   zichligini   oshirishga   yordam   beradi,   o’z   kuchiga   bo’lgan
ishonchni,   ko’rqmaslik   va   qat'iyatni   tarbiyalashda   ta'sirchan   psixologik   omil
hisoblanadi.
2.   Murakkab   dastlabki   h olatlar   va   tayyorgarlik   h arakatlari   usuliy   priyomi.
Masalan,   figurali   uchishda   bir   yarim   marta   burilib   sakrash   (“aksel”)   avval   oddiy
yugurib   kelishdan,   keyin   e sa   “ q ayi q cha”   h olatidan   takomillashtiriladi.   Suvga
sakrashda   tramplinning   balandligi   kamaytiriladi.   Futbolchilarga   murakkab
traektoriya  bo’ylab  uchib  borayotgan  to’pga  oyoq  hamda   bosh  bilan  zarba  berish
taklif qilinadi va h.k. 3.   H arakatlarni   maksimal   tezlik   va   ani q lik   bilan   bajarish   usuliy   priyomi.
Masalan,   boksda   sportchiga   muayyan   vaqt   oralig’ida   –   1   raundda   zarbalarning
yuksak sur'atda bajarilishiga erishish imkoni beriladi. Uzunlikka sakrashda yugurib
kelish   bir   oz   qiya   yo’lkachada   bajariladi.   Futbolda   to’pni   doimiy   kuch   bilan
uzatishni bajarishda sheriklar orasidagi yaqinlashuvdan foydalaniladi va b.
4.   Harakatlarni   bajarish   uchun   maydonni   (fazoni)   cheklash   usuliy   priyomi
ko’nikmani   takomillashtirishda   mo’ljal   olish   sharoitlarini   murakkablashtirish
imkonini   beradi.   Masalan,   chang’i   sportida   murakkab   trassaga   yopiq   burilishli
qiyaliklar   kiritiladi,   bu   muayyan   radiusda   burilishni   tanlash   vaqtini   cheklab
qo’yadi.   Yugurish   va   sakrashlarda   qadamlar   avvaldan   qo’yilgan   belgilarga   qarab
bajariladi. Boksda kichraytirilgan ringdan foydalaniladi va h.k.
5.   Harakatlarni   noodatiy   sharoitlarda   bajarish   usuliy   priyomi   mashg’ulot
sharoitlarini o’zgartirishni (tabiiy sharoiti, asbob-anjomlar, jihozlar) nazarda tutadi,
harakatlar   texnikasining   bir   yoki   bir   necha   xususiyatlarini   makoniy,   zamoniy,
dinamik,   ritmik   va   b.   takomillashtirishga   yordam   beradi.   Masalan,   yengil
atletikada  yugurish  yohud  sakrashlarda  zarb bilan  yugurib  kelish  qattiq shamolga
qarshi,   nam   tuproqda   o’tkaziladi,   chang’i   poygalarida   muzlagan   trassa   bo’ylab
harakatlanishdan foydalaniladi.
Sportchi   organizmining   texnik   harakatlarni   bajarishni   qiyinlashtiradigan
holatlarida mashq o’tkazish usuli ham xilma-xil priyomlarda amalga oshiriladi.
1. Jiddiy charcho q   h olatida   h arakatlar bajarish usuliy priyomi. Bu vaziyatda
sportchiga   katta   hajm   va   shiddatli   jismoniy   yuklamadan   so’ng   mashq   bajarish
taklif   etiladi.   Masalan,   gimnastikada   mashg’ulot   oxirida   sportchi   texnik   jihatdan
eng   murakkab   kombinatsiyani   bajaradi,   chang’i   poygalarida   musobaqalardagidan
ortiqroq   masofa   bosib   o’tilganidan   so’ng   turlicha   tuzulishli   trassalarda   texnika
musobaqa tezligiga yaqin tezlik bilan takomillashtiriladi. Bu priyom markaziy asab
tizimiga   juda   katta   yuklama   beradi,   undan   organizmning   iroda   imkoniyatlarini
jamlashni talab etadi. 2.   Jiddiy   hissiy   zo’riqish   holatida   harakatlarni   bajarish   usuliy   priyomi
texnikani   o’stiruvchi   mashqlarga   nazorat,   musobaqa   va   o’yin   usullarini   kiritish
orqali amalga oshiriladi.
3.   Ko’rib   nazorat   qilish   imkonini   vaqti-vaqti   bilan   cheklash   yoki   butunlay
“o’chirib   qo’yish”   usuliy   priyomi   harakat   ko’nikmasining   retseptor-analizatorli
tarkibiy   qismlariga   tanlab   ta'sir   ko’rsatishga   yordam   beradi.   Natijada   sportchida
o’z   harakatlarini   kinestetik   sezgilariga   ko’ra   sinchiklab   baholash   va   nozik   idrok
etish   qobiliyati   ortadi.   Masalan,   ko’zlarni   berkitib   eshkak   eshish   qayiqning
suzishini   yaxshiroq   his   etish   hamda   “mushak   sezgisi”   ko’magida   ko’nikmaning
barqarorligini osonroq nazorat qilish uchun sharoit yaratadi.
4.   Ishchi   vaziyatni   shakllantirish   usuliy   priyomi   sportchini   musobaqa
sharoitida takomillashtirilgan texnik priyomni albatta bajarishga ruhan hozirlaydi,
ko’nikmani   takomillashtirish   jarayonida   uning   faolligini   oshiradi.   Masalan,
mashg’ulotdagi   jang   chog’ida   qilichboz   o’z   diqqatini   ko’proq   himoya   texnik
priyomlari yoki, aksincha, hujum priyomlariga jamlash to’g’risida ko’rsatma oladi.
Texnik   harakatlarni   bajarish   sharoitlarini   soddalashtirish   usuli   bir   qator
usuliy priyomlarni o’z ichiga oladi.  Q uyida ularning ayrimlari berilgan.
1.   H arakatning   biror   e lementini   bajarish   usuliy   priyomi.   Masalan,   boksda
panjaning   alo h ida   e 'tibor   bilan   zarba   berish   h arakati,   oyo q   va   tos   bilan   itarilish,
gavda   va   y elka   kamarini   burab   h arakatlantirish   va   bu   e lementlarni   birlashtirish.
Suzishda qo’l va oyoqlar faoliyati alohida ajratiladi.
2.   Mushak   zo’riqishlarini   pasaytirish   usuliy   priyomi   sportchiga   harakat
ko’nikmasidagi   alohida   harakatlarni   nozik   tahrirlash,   harakatlar   koordinatsiyasini
nazorat   qilish   (teskari   aloqa   mexanizmi   bo’yicha)   imkonini   beradi,   bu   esa
takomillashtirish   jarayonini   tezlashtiradi.   Masalan,   kurashda   ancha   yengil   vaznli
raqib   tanlanadi,   boksda   sportchilar   mashqlarni   ancha   yengil   mashq   qo’lqoplarida
bajaradi.
3. Qo’shimcha mo’ljallar  va tezkor  axborot  usuliy priyomi  zarur  harakatlar
amplitudasi,   sur'ati,   ritmini   juda   tez   o’zlashtirib   olishga   yordam   beradi,
bajarilayotgan   faoliyatni   anglash   jarayonini   tezlashtiradi.   Masalan,   figurali uchishda   muzga   shaklning   bo’y   o’qi   chizib   qo’yiladi   va   mo’ljal   –   bayroqlar
o’rnatiladi. Nayza uloqtiruvchi uchun u zarb bilan yugurib keladigan to’g’ri chiziq
tortiladi.
Birgalikda   ta'sir   ko’rsatish   usuli   sport   mash g’ ulotlarida   asosan   ikki   priyom
yordamida amalga oshiriladi.
1. Ixtisoslashtirilgan dinamik mashqlar usuliy priyomi jismoniy qobiliyatlar
o’zaro   rivojlantirish   va   harakat   ko’nikmalarini   takomillashtirishga   asoslangan.
Bunga   maxsus   mashqlarni   tanlab   olish   yo’li   bilan   erishiladi.   Masalan,   suzishda
eshish harakatlarini bajarish vaqtida qo’shimcha qarshilikni yuzaga keltirish uchun
oyoqlarga   last   va   qo’llarga   kuraklar   kiyishdan   foydalaniladi.   Yengil   atlektikada
sakrash mashqlari, uzoqlikka va balandlikka sakrash og’irlashtirilgan belbog’ bilan
bajariladi. Suv polosida uzatish va tashlashlar o g’ irlashtirilgan to’plar bilan amalga
oshiriladi.
2.   Ixtisoslashtirilgan   izometrik   mashqlar   usuliy   priyomi   izometrik
mashqlardan   texnik   priyom   uchun   xos   bo’lgan   muayyan   bo’g’im   burchaklarida
foydalanishni   ko’zda   tutadi.   Masalan,   og’ir   atletikada   sportchi   izometrik
zo’riqishlarni   oyoqlarni   90˚   dan   kichikroq   burchak   ostida   bukib,   chuqur
cho’nqaygan holatda bajaradi.
Sportchi   texnik   tayyorgarligining   mazmuni   va   shakllariga   uning   dastlabki
tayyorgarligi   darajasi,   tanlangan   sport   turining   xususiyatlari,   yillik   siklning
tuzulishi va boshqa omillar ta'sir  ko’rsatadi. Shuning uchun sport amaliyotida uni
turli variantlarda  q urish mumkin.
2  bob . Jismoniy tayyorgarlik
2.1. Sportchining jismoniy tayyorgarligi tushunchasi. 
Uning zamonaviy sportdagi a h amiyati
Sportchining   jismoniy   tayyorgarligi   uning   salomatligini   mustahkamlash   va
saqlab   qolishga,   tana   tuzilishini   shakllantirishga,   organizmning   funktsional imkoniyatlarini   oshirishga,   kuch,   tezlik,   koordinatsiya,   chidamlilik   hamda
egiluvchanlik kabi jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishga yo’naltiriladi.
Zamonaviy   sport   sportchilarning   jismoniy   tayyorgarligiga   yuksak   talablar
q o’yadi. Bu quyidagi omillar bilan izohlanadi:
1.   Sportdagi   yutuqlarning   o’sishi   har   doim   sportchining   jismoniy
qobiliyatlari rivoji yangi darajalarga ko’tarilishini talab etadi. Masalan, yadroni 20
m   dan   uzoqroqqa   itqitish   uchun   faqatgina   mukammal   texnika   emas,   yuqori
darajada   rivojlangan   kuch   va   tezkorlik   zarur.   H isob-kitoblarning   ko’rsatishicha,
yadroning   parvozini   1   m   ga   uzaytirish   uchun   itarish   q uvvatini   5-7%   ga   oshirish
zarur bo’ladi.
2.   Jismoniy   tayyorgarlikning   yuqori   darajasi   –   mashg’ulot   va   musobaqa
yuklamalarini oshirishning muhim shartlaridan biri. So’nggi 20-25 yil mobaynida
dunyodagi   eng   kuchli   sportchilarning   yillik   siklidagi   yuklama   ko’rsatkichlari   3-4
barobar  o’sdi. Shuning natijasida miokardning    o’ta    zo’ri q ishi surunkali tus olgan
sportchilarning   soni   h am   keskin   ortdi.   Bu   kasallik   ko’pincha   jismoniy
rivojlanishida,   alohida   organ   va   tizimlari   faoliyatida   nuqsonlari   bo’lgan
sportchilarda uchraydi.
Jismoniy tayyorgarlik   h ar   q anday yosh, malaka va sport  turiga   e ga bo’lgan
sportchi   uchun   zarur.   Biroq   sportchilarning   jismoniy   tayyorgarligi   –   alohida
sifatlarining   rivojlanish   darajasiga,   funktsional   imkoniyatlari   hamda   tana
tuzilishiga har bir sport turi o’ziga xos talablar qo’yadi. Shu sababdan ham u yoki
bu   sport   turida,   har   xil   yosh   va   malakali   sportchilarning   jismoniy   tayyorgarligi
mazmuni hamda usuliyatida muayyan tafovutlar bo’lishi tabiiy.
3-jadvalda ayrim sport turlaridagi jismoniy tayyorgarlikning alohida tarkibiy
qismlari ahamiyati ko’rsatilgan.
2.2. Jismoniy tayyorgarlikning turlari, vazifa  h amda vositalari
Umumiy   jismoniy   tayyorgarlik   (UJT)   va   maxsus   jismoniy   tayyorgarlik
(MJT) farqlanadi.  UJT   tanlangan   sport   turiga   xos   bo’lmagan,   lekin   h ar   h olda   sport   faoliyati
muvaffa q iyatini belgilaydigan jismoniy  q obiliyatlarning  h ar tomonlama rivojlanish
jarayoni sanaladi.
UJT ning vazifalari:
1.   Organizmning   funktsional   imkoniyatlari   umumiy   darajasini   oshirish   va
q o’llab- q uvvatlash.
2. Barcha asosiy jismoniy sifatlar – kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik
va egiluvchanlikni rivojlantirish.
3. Jismoniy rivojlanishdagi kamchiliklarni bartaraf  e tish.
Kishining o’zi shug’ullanadigan va boshqa sport turlaridan olingan mashqlar
UJT   vositalari   h isoblanadi.   Shuningdek,   chaqqonlik   va   egiluvchanlikni
rivojlantiradigan   mashqlarga   katta   o’rin   ajratiladi.   Umumiy   chidamlilikni
rivojlantiruvchi   mashqlarning   hissasi   kamroq   bo’ladi.   Uzoq   masofalarga
yuguruvchilarda,   aksincha,   umumiy   chidamlilikni   rivojlantiradigan   mashqlar
alohida   ahamiyatga   ega.   UJT   jarayonida   ularga   katta   o’rin   ajratiladi.   Kuch
mashqlari uncha katta bo’lmagan og’irliklar bilan, lekin ko’p takrorlab bajariladi.
MJT   tanlangan   sport   turi   xususiyatlariga   muvofiq   bo’lgan   jismoniy
qobiliyatlarni rivojlantirishga yo’naltiriladi. Bunda u mazkur   q obiliyatlarni imkon
darajasida maksimal rivojlantirishga  q aratilgan bo’ladi. 
MJT ning vazifalari:
1.   Muayyan   sport   turi   uchun   zarur   bo’lgan   jismoniy   q obiliyatlarni
rivojlantirish.
2.   Tanlangan   sport   turidagi   muvaffa q iyatlarni   belgilovchi   organ   va
tizimlarning funktsional imkoniyatlarini oshirish.
3.   Musobaqa   faoliyatining   o’ziga   xos   sharoitlarida   mavjud   yashirin
funktsional   imkoniyatlarini   yuzaga   chiqarish   qobiliyatlarini   tarbiyalash.   Masalan,
suzuvchilarga   laboratoriya   sharoitida   standart   yuklama   berilganda   maksimal
kislorod   iste'moli   (MKI)   o’rtacha   70   ml/kg/da q .   ni   tashkil   e tadi.   Musobaqa
tezligida   suzganda   esa   46   ml/kg/daq.,   ya'ni   MKI   –   bor-yo’g’i   65%   qismiga   teng
bo’ladi.  4.   Muayyan   sport   fani   talablarini   h isobga   olgan   h olda   sportchilarning   tana
tuzilishini   shakllantirish.   Masalan,   har   xil   masofalarga   ixtisoslashgan   yengil
atletikachilarda tana tuzilishi  ko’rsatkichlari (bo’y, vazn, tuzilish va h.k.), odatda,
bir-biridan   farq   qiladi.   Shuning   uchun   ham   MJT   jarayonida   tananing   tanlangan
sport   turidagi   yutuqlarni   belgilaydigan   hamda   sport   mashg’ulotlarining   vosita   va
usullari   yordamida   maqsadli   ravishda   o’zgartirish   mumkin   bo’lgan   tarkibiy
qismlariga yo’naltirib ta'sir ko’rsatish zarur.
1 -jadval
H ar xil sport turlarida sportchilar jismoniy tayyorgarligi alo h ida 
ko’rsatkichlarining a h amiyati
Sport turi Ko’rsatkichlar
y etakchi q o’shimcha ikkinchi darajali
akrobatika,
gimnastika, suvga
sakrash, figurali
uchish koordinatsiya va
kuch qobiliyatlari,
egiluvchanlik, tana
tuzilishi, qomat,
tananing
solishtirma
og’irligi tezlik  q obiliyatlari chidamlilik
q ilichbozlik,
boks, kurash tezlik va
koordinatsiya
q obiliyatlari kuch qobiliyatlari,
tana tuzilishi,
chidamlilik e giluvchanlik,
chidamlilik
basketbol,
voleybol, gandbol tananing baland
uzunligi,
koordinatsiya,
tezlik-kuch va
tezlik qobiliyatlari chidamlilik e giluvchanlik, kuch
q obiliyatlarining
o’zi
yengil atletika
(sprint,
sakrashlar,
bar’yerlar osha
yugurish) tezlik, tezlik-kuch
va koordinatsiya
qobiliyatlari,
egiluvchanlik,
oyoq kafti
gumbazlarining
holati kuch
q obiliyatlarining
o’zi chidamlilik
yengil atletika chidamlilik, yurak koordinatsion kuch e giluvchanlik (o’rta va uzoq
masofalarga
yugurish),
chang’i poygalari hajmi va
o’lchamlari,
yurakning zarba
vaqtidagi va bir
daqiqalik hajmi
kattaligi qobiliyatlarining
o’zi, tezlik
qobiliyatlari
futbol tezlik va
koordinatsiya
qobiliyatlari,
chidamlilik kuch
q obiliyatlarining
o’zi e giluvchanlik
Sportchining   MJT   asosiy   vositalari   musobaqa   mashqlari   hamda   maxsus
tayyorlov mashqlari sanaladi.
Sportchining mashg’ulotida UJT va MJT vositalarining nisbati hal etiladigan
vositalar,   sportchining   yoshi,   malakasi   va   alohida   xususiyatlariga,   sport   turi   va
mashg’ulot jarayoni davrlari kabilarga bog’liq.
Sportchining ko’p yillik tayyorgarligi jarayonida UJT va MJT vositalarining
nisbati quyidagi ko’rinishga ega bo’lishi mumkin (3-rasm).
Rasmda   ko’rinib   turibdiki,   sportchining   malakasi   oshgani   sayin   MJT
vositalari   hissasi   ortib,   UJT   vositalari   hajmi   muvofiq   ravishda   kamayib   boradi.
Mashg’ulot yilining davri hamda tuzilishiga qarab, UJT va MJT vositalari nisbati
o’zgarishi 2-jadvalda keltirilgan.
3-rasm. Sportchilarning ko’p yillik mashg’ulotlari jarayonida umumiy va maxsus
jismoniy tayyorgarlik vositalarining taxminiy nisbati MJT
UJTVositalar hajmi 
(%)
Yangi shug’ullanuvchilar sport malakasi 2-jadval
Yu q ori malakali sportchilarning yillik mash g’ ulot siklida   UJT va MJT 
vositalarining taxminiy nisbati
(S.M.Vaytsexovskiy bo’yicha)
Jismoniy
tayyorgarlik
vositalari Yillik siklni davrlashtirish
Birinchi sikl Ikkinchi sikl
Tayyorgarlik
davri Musobaqa 
davri Tayyorgarlik
davri Musobaqa 
davri
UJT mash q lari 70 20 55 15
MJT
mash q lari 30 80 45 85
3  bob . Taktik tayyorgarlik
3.1. Sportchining taktik tayyorgarligi to’g’risida tushuncha
Sportchining   taktik   tayyorgarligi   sport   taktikasini   egallash   va   tanlangan
sport   turi   bo’yicha   taktik   ma h oratga   e rishishga   yo’naltiriladi.   Taktika   –   bu
musoba q alar   sharoitida   sport   kurashi   olib   borishning   shakl   va   yo’llari   yi g’ indisi
h isoblanadi.
Alo h ida   (individual),   guru h li   va   jamoaviy   taktika   far q lanadi.   Shuningdek,
taktika passiv, faol  h amda kombinatsiyalangan (aralash) bo’lishi mumkin.
Passiv   taktika   –   bu   zarur   lahzada   faol   harakatlarni   amalga   oshirish   uchun
avvaldan   ko’zda   tutib   raqibga   tashabbusni   berib   qo’yish   demak.   Masalan,
yugurish, velosiped sportida or q adan turib marra ya q inida oldinga tashlanish, boks,
q ilichbozlik, futbol va b. da  q arshi  h ujum shular jumlasidandir. Faol   taktika   – o’zi   uchun manfaatli bo’lgan harakatlarni bajarishga raqibni
majbur qilish. Masalan, betartib ravishda tezlikni o’zgartirib yugurish (uzun-yuluq
yugurish),   boksda   faol   hujumkor   jangdan   sustiga   o’tish   va   b.;   futbol,   gandbolda
texnik priyom  va kombinatsiyalarni  tez-tez o’zgartirish;  uzunlikka va balandlikka
sakrash,   uloqtirishlarda,   velosport,   suzish   va   h.k.   da   birinchi   urinish,   poyganing
o’zidayoq yuqori natijaga erishish.
Aralash   taktika   sport   kurashi   olib   borishning   faol   va   passiv   shakllarini   o’z
ichiga oladi.
Musoba q alarda   sportchining   taktikasi,   e ng   avvalo,   uning   oldiga   q o’yilgan
vazifa   bilan   belgilanadi.   Bunday   vazifalar   juda   xilma-xil   bo’lishi   mumkin,   lekin
ularni pirovardida to’rttagacha birlashtirish mumkin:
1. Maksimal, rekord natija ko’rsatish .
2.  Q anday natija ko’rsatilishidan  q at'i nazar, ra q ibni ma g’ lub  e tish .
3. Musobaqada g’olib chiqish va ayni vaqtda eng yuqori natija ko’rsatish .
4. Musoba q alarning keyingi turi – chorakfinal, yarimfinal va finalga chi q ish
uchun  y etarli bo’lgan natija ko’rsatish .
Musoba q ada   bu   vazifalardan   birortasining   h al   e tilishi   sportchi   yoki   jamoa
q anday taktikani tanlashini belgilaydi. Musoba q a bellashuvlarini olib borishning 4
ta taktik siklini ajratish mumkin:
1. Rekordlar taktikasi.
2. Ko’rsatilgan natijadan qat'i nazar musobaqalarda g’olib chiqish taktikasi.
3. Musoba q alarda yu q ori natija bilan  g’ olib chi q ish taktikasi .
4. Bellashuvlarning navbatdagi turiga chiqish taktikasi .
Musobaqa taktikasining har bir turini qo’llaganda, taktik priyomlarning eng
tipik variant va kombinatsiyalarni ko’rib chiqamiz.
Rekordlar   taktikasi .   Sportning   siklik   turlarida   ko’pincha   musobaqalar
davomida   peshqadamlik   qilish   taktikasi   qo’llaniladi.   Sportchi   marraga
yaqinlashmasdan ancha avval o’z zimmasiga peshqadam rolini oladi va ustunlikni
musobaqalar tugaguniga qadar saqlab qolishga harakat qiladi. Ko’rsatilgan taktika asosiy   raqiblarni   muvozanatdan   chiqarishi,   ularni   asabiylashishiga,   o’z   taktik
rejalarini o’zgartirishga majbur qilishi mumkin.
Pesh q adamlik taktikasining ikki xil varianti far q lanadi:
- yugurish, suzish, eshkak eshishda – masofani bosib o’tishda bir me'yordagi
tezlik bilan peshqadamlik qilish;
- masofada tezlik, sur'atni o’zgartirib peshqadamlik qilish.
Bir   me'yorli   sur'at   bilan   rekordlar   taktikasini   uzoq   masofalarga   yuguruvchi
mashhur   sportchilar   –   P.Bolotnikov,   N.Sviridov   (Sobiq   Ittifoq),   R.Klark
(Avstraliya)   muvaffaqiyat   bilan   namoyish   etganlar.   “Uzun-yuluq   yugurish”
taktikasini   qo’llashning   ajoyib   namunasi   mashhur   yuguruvchi   V.Kutsning   G.Piri
va   K.Chatatuzy   singari   taniqli   ustalar   ustidan   1956   yil   Olimpiadasida   g’alabasi
hisoblanadi.
Chidamlilikni namoyish etish lozim bo’lgan sport turlaridagi ko’pgina Jahon
rekordlari  masofani  bir  me'yorda  bosib o’tish  chog’ida o’rnatilgan. Buni  shunday
ifodalash   mumkin:   fiziologik   nuqtai   nazardan   notekis   ish   tartibi   bir   me'yordagi
tartibga qaraganda ko’proq quvvat talab qiladi. Shuning uchun uni fa q at  y etarlicha
yaxshi tayyorlangan sportchilargina  q o’llay oladilar.
Ko’rsatilgan   natijadan   qat'i   nazar,   musobaqalarda   g’olib   chi q ish .   Bu
taktikadan,   odatda,   final   musobaqalarida,   shuningdek,   ko’rsatilgan   sport   natijasi
asosiy   raqiblar   orasida   o’rinlarning   uzil-kesil   taqsimlanishiga   ta'sir   ko’rsata
olmaydigan   hollarda   foydalanish   mumkin.   Bu   h olatda   musoba q a   kurashi   olib
borishning   keyingi   taktik   variantlari   q o’llanishi   mumkin   (4-rasm).   Taktik
priyomlarning   har   qaysisi   mashg’ulot   jarayonida   bekamu   ko’st   tayyorlanishi
lozim.
Mazkur murakkab vazifani bajarayotgan sportchi, odatda: 
1)   bellashuv   boshidayoq   maksimal   samaradorlikka   erishish   va   raqiblardan
uzoqlashib   ketishga   (“uzoqlashish”   taktikasi)   –   masofaning   birinchi   yarmida
maksimal   tezlikni   rivojlantirish;   dastlabki   qayd   etiladigan   urinishda   maksimal
uzunlik   va   balandlikka   sakrash;   gimnastikada,   suvga   sakrash   va   b.   da   majburiy yoki   erkin   dasturlarning   birinchi   qismida   eng   qiyin   mashqni   yaxshi   bajarishga
intiladi;
2)   h al   e tuvchi   “marraga   tashlanish”   uchun   kuchini   sa q lab   turadi   (“marra
spurti”   taktikasi).   Startdan   so’ng   darhol   peshqadam   ortidagi   joyni   egallaydi   va
barcha   raqiblarni   diqqat   bilan   kuzatib   boradi   yoki   har   bir   lahzada   manyovr
qo’llashga tayyorlanib, peshqadam guruhda boradi;
3)   bellashuv   davrida   ataylab   harakatlar   tezligi,   sur'atini,   alohida   taktik
priyomlar   va   ularning   kombinatsiyalarini   o’zgartiradi   (“raqibni   holdan   toydirish”
taktikasi   –   boksda,   qilichbozlikda   ko’p   marotaba   vaqti-vaqti   bilan   “portlovchi
hujumlar” ni amalga oshiradi, yugurishda, suzishda, chang’i poygalarida masofada
tezligini   keskin   o’zgartiradi),   tez-tez   texnik   priyomlarni   o’zgartiradi,   shu   tariqa
raqibini murakkab ahvolga soladi va h.k.
Musoba q alarda   yu q ori   natijalar   bilan   g’ olib   chi q ish   taktikasi.   Bu   juda
kamyob   taktika.   U   musobaqalarda   o’rinlar   finallarsiz,   ya'ni   har   xil   poyga,
urinishlarda  (konkida yugurishda,  og’ir  atletikada,  suzishda)   ko’rsatilgan  natijalar
bo’yicha aniqlanganda uchraydi. 
Bu vazifani hal etishda ikki xil vaziyat bo’lishi mumkin:
1) asosiy ra q ib startga chi qq an va sportchi ularning natijalarini biladi;
2) asosiy ra q ib keyingi poygalarda start oladi.
Birinchi   holatda   sportchi   o’zining   asosiy   raqibidan   yuqoriroq   natija
ko’rsatishi kerak (“raqibning natijasini ortda qoldirish” taktikasi):
a)   yugurish,   suzish,   eshkak   eshish   va   b.   da   –   masofani   raqiblari   jadvali
bo’yicha ozroq zahira bilan bosib o’tish;
b) raqibnikidan og’irroq vaznli shtangani ko’tarish;
v) snaryadni uzo q ro q  masofaga ulo q tirish;
g)   futbol,   gandbol,   kurash   va   b.   da   ko’proq   gol   urish,   ko’proq   ochko
to’plash.
Ikkinchi   vaziyatda   esa   sportchi   dastlabki   urinishlardayoq   yuqori   natija
ko’rsatishga intiladi (“birinchi zarba” taktikasi, “uzoqlashish” taktikasi). Bellashuvlarning   navbatdagi   turiga   (bos q ichiga)   o’tish   taktikasi .   Ayrim
sportchilar   ko’p   kuch   sarflab   dastlabki   musobaqalarda   yuqori   natijalar
ko’rsatadilar:   finalda   esa,   dam   olishga   ulgurmay,   o’z   ko’rsatkichlarini
pasaytiradilar va mag’lub bo’ladilar. Boshqa sportchilar musobaqalarning dastlabki
qismida   o’z   kuchlarini   haddan   tashqari   tejaydilar,   oqibatda   esa   finalga   chiqa
olmaydilar.   Bunday   xatolarga   yo’l   qo’ymaslik   uchun   quyidagilarga   amal   qilish
kerak:
1. Finalga nechta sportchi (jamoa) chiqishini bilish
2. Ra q iblar kuchi  h a q ida tasavvurga  e ga bo’lish
3. Yarim finalga, finalga chi q ish uchun  y etarli natija ko’rsata olish
Sport   amaliyotida   bu   taktik   vazifani   h al   q ilishda   sportchi   (jamoa)
q uyidagilarga intiladi:
1.   Bellashuvlarning   keyingi   bosqichiga   chiqish   uchun   yetarli   natija
ko’rsatish (“bellashuvlar davomida kuchlarni oqilona taqsimlash” taktikasi).
2.   Bellashuvlarning   h ar   bir   bos q ichida   yu q ori   natijalar   ko’rsatish   (“ru h iy
ustunlik va  y engilmaslikni sa q lab turish” taktikasi).
3.2. Sportchilar taktik tayyorgarligining turlari, vazifa  h amda vositalari
Umumiy va maxsus taktik tayyorgarlikni far q lash  q abul  q ilingan.
Umumiy   taktik   tayyorgarlik   sportchini   xilma-xil   taktik   priyomlarga
o’rgatishga   yo’naltirilgan.   Maxsus   taktik   tayyorgarlik   tanlangan   sport   turida
taktikani  e gallash  h amda takomillashtirishga yo’naltirilgan.
Taktik tayyorgarlik jarayonida  q uyidagi asosiy vazifalar  h al  e tiladi:
1. Sportchining sport taktikasi bo’yicha bilimlarni (uning samarali shakllari,
tanlangan va unga ya q in sport turlarida rivojlanish yo’nalishlari)  e gallash.
2. Raqiblar, bo’lajak bellashuvlarning sharoitlari haqida, musobaqalar tartibi,
bu   mamlakatdagi   ijtimoiy-psixologik   iqlim   to’g’risida   axborot   yig’ish,
sportchining musobaqadagi ishtiroki taktik rejasini ishlab chiqish.
3.   Musoba q a   kurashini   olib   borishning   taktik   priyomlarini   o’zlashtirish
h amda takomillashtirish. 4.   Taktik   tafakkur   va   u   bevosita   bog’liq   qobiliyatlar   –   kuzatuvchanlik,
ziyraklik,   ijodiy   tashabbuskorlik,   raqibning   taktik   mo’ljallarini,   uning   va   o’z
shaxsiy   harakatlarining  natijalarini   oldindan  ko’ra  bilish,   musobaqadagi  muayyan
vaziyat va raqibning harakatlariga qarab bir xil taktik faoliyatdan boshqasiga o’tish
tezligi kabilarni shakllantirish.
5.   Ra q ibga   psixologik   ta'sir   ko’rsatish   priyomlarini   e gallash   h amda   o’z
ma q sadlarini yashira bilish.
Taktik   tayyorgarlikning   o’ziga   xos   vositalari   sirasiga   muayyan   taktik
vazifalarni   bajarish   uchun   qo’llaniladigan   jismoniy   mashqlar,   ya'ni   harakat
faoliyatlari kiradi.
Taktik  h arakatlarda uch asosiy bos q ich ajratiladi:
1) musoba q a vaziyatini idrok  e tish va ta h lil  q ilish;
2) taktik vazifani fikran  h al  e tish;
3) taktik vazifani  h arakat or q ali  h al  e tish.
Bu   bos q ichlarning   barchasi   xotira   bilan   chambarchas   bo g’ li q   bo’lib,   taktik
vazifani  h al  q ilishning neyromotor tarkibiy  q ismlari sanaladi (5-rasm).
Ular   alo h ida   taktik   priyomlar   yoki   musoba q alar   taktikasining   yaxlit
shakllarini   modellashtirish   mumkin.   Tayyorgarlik   bosqichidan   kelib   chiqib,   bu
mashqlar quyidagi hollarda qo’llaniladi:
a) yengillashtirilgan sharoitlarda;
b) murakkablashtirilgan sharoitlarda;
v) musoba q alarga maksimal ya q inlashtirilgan sharoitlarda.
Tanlangan sport turidan taktika bo’yicha umumiy va maxsus bilimlar har xil
taktik   harakatlarni   o’rganish   hamda   taktik   ko’nikmalarni   egallash   uchun   zarur
poydevorni   tashkil   qiladi.   Bundan   tashqari,   ular   alohida   va   jamoaviy   vazifalarni
hal etishda ijodiy fikrlashning asosi hisoblanadi.
Sportchi quyidagilarni bilishi kerak:
- musobaqa qoidalari, ularga hakamlik qilish va o’tkazishning xususiyatlari;
musobaqaning va raqiblarning shartlari; -   sportdagi   taktik   harakatlarning   asoslari,   ularning   jismoniy,   texnik   va
irodaviy tayyorgarlikka bog’liqligi; o’z sport turi taktikasining asosiy xususiyatlari
va b.
Maxsus   adabiyotlarni,   hakamlik   va   musobaqa   o’tkazishning   xususiyatlari,
taktika bo’yicha foto va kinomateriallarni o’rganish, musobaqalardagi kuzatuvlarni
tahlil   etish,   musobaqa   o’tkaziladigan   sharoitlar   va   joylarni   o’rganish   muhim
ahamiyatga ega. Taktik   tayyorgarlik   bir   xil   holatlarda   musobaqalar   paytida   sportchining
kuchini   to’g’ri   taqsimlashdan   yoki   muayyan   sport   vazifalarni   hal   qilish   uchun
texnikadan   maqsadga   muvofiq   tarzda   foydalanishdan,   boshqa   hollarda   esa
jamoadagi   sheriklar   bilan   o’zaro   munosabatlarda   samaradorlikni   oshirish   yoki
taktik faoliyatlarning bir  tizimidan boshqasiga  tez va o’z vaqtida o’tishdan  iborat
bo’ladi.
Taktik   tayyorgarlikning   eng   tipik   vazifalari,   ularni   hal   qilish   uchun   zarur
usuliy   priyomlar   hamda   ular   ko’proq   qo’llaniladigan   sport   turlari   3-jadvalda
keltirilgan.  
3.3. Sportchining musoba q a da  ishtirok  e tish taktik rejasini 
tuzishning mazmuni  h amda usuliyati
Musoba q a   kurashini   olib   borishning   barcha   vosita,   usul   va   shakllari   taktik
rejada bayon  e tiladi.
Taktik   reja   –   alo h ida   sportchilar   yoki   jamoaning   asosiy   faoliyatlari
dasturidir.   U   musobaqalarga   tayyorgarlik   ko’rish   jarayonida   tuziladi   va
musobaqalar boshlanishi oldidan uzil-kesil aniqlashtiriladi.
Taktik reja quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:
1. Bu musoba q alarda sportchi yoki jamoa oldiga  q o’yiladigan asosiy vazifa .
2. Taktik kurashning umumiy shakli – faol, passiv, kombinatsiyalangan .
3.   Musobaqa   rejimini   hisobga   olib,   kuchlarni   butun   musobaqalar   o’tadigan
davrga taqsimlash .
4.   Kuchlarni   har   bir   chiqish   jarayonida   taqsimlash   (masofani   bosib   o’tish
tezligi   grafigi,   o’yin,   jang   sur'ati,   badan   qizdirish   mashqlarining   davomiyligi   va
xususiyatlari) .
5.   Taktik   kurashda   vazifalar   hamda   vaziyatning   o’zgarishlar   ehtimoli   bilan
bog’liq   holda   bevosita   musobaqa   jarayonida   taktikaning   bir   ko’rinishidan
boshqasiga o’tish mumkinligi .
6. O’z ma q sadlari ( h arakatlari) ni ni q oblash yo’llari 7.   Raqiblar   to’g’risida   ma'lumotlar,   ular   tayyorgarligidagi   kuchli   va   zaif
jihatlar.
8.   Musobaqa   o’tkaziladigan   joylar,   ob-havo,   bo’lajak   musobaqalardagi
hakamlik va tomoshabinlar to’g’risida ma'lumotlar.
Taktik   rejaning   asosiy   bo’limlari:   a)   bosh   vazifa;   b)   taktik   kurashning
umumiy shakli (hujumkor, faol mudofaaga asoslangan, himoyalanuvchi) va uning
mazkur   musobaqalar   sharoitiga   muvofiq   varianti.   Bundan   tashqari,   sport
o’yinlarida   o’yin   tizimini   kombinatsiyalar,   o’yinchilarning   o’zaro   harakatlardagi
priyomlarini ko’zda tutish kerak. Boshqa sport turlarida guruhli taktika va alohida
kombinatsiyalar,   priyomlarni   qo’llash   imkoniyatiga   ham   e'tibor   berish   lozim;
v)   yuklama   va   dam   olishning   xususiyatlari,   davomiyligi,   shiddatli   –   musobaqa
rejimini   hisobga   olib,   kuchlarni   taqsimlash;   g)   har   bir   alohida   chiqish   jarayonida
kuchlarni taqsimlash (tezlik grafigi, shartli grafik, o’yin sur'ati, badan qizdirishning
davomiyligi   va   xususiyatlari);   d)   taktik   kurashning   vazifalari   hamda   vaziyatidagi
ehtimoliy   o’zgarishlar   bilan   bog’liq   holda   musobaqalar   jarayonida   bir   taktikadan
(yoki   tizimdan)   boshqa   taktikaga   (tizimga)   o’tish   mumkinligi;   e)   o’z   niyatlarini
niqoblash   yo’llari   va   usullari;   j)   raqib   to’g’risidagi   ma'lumotlar,   uning
tayyorgarligidagi (jismoniy, taktik, texnik va irodaviy) kuchli hamda zaif jihatlar,
hujum   (alohida   va   guruhli)   va   qarshilik   ko’rsatishning   (faol   mudofaaga   hamda
himoyaga asoslangan)   tegishli   priyomlari;  z)  musobaqa   o’tkaziladigan  joylar, ob-
havo, hakamlik, tomoshabinlar va h.k. to’g’risida ma'lumotlar.
Sport o’yinlarida jamoa o’yinining umumiy taktik rejasidan tashqari alohida
har bir o’yinchi uchun ham taktik reja tuzilishi mumkin. Bunday rejaning asosida
yakkama-yakka   kurashayotgan   juftlama   kuchlari   nisbatining   tahlili   bo’lishi
mumkin (hujum va himoya).
O’tkaziladigan   bellashuv   rejasi   sportchi   va   murabbiy   bilan   hamkorlikda
tuziladi, chunki sportchining taktik mahoratini o’stirishda murabbiyning roli katta,
u musobaqalarning taktik rejasini tuzishda faol ishtirok etishi kerak. 4  bob . Sportchining psixologik (ru h iy) tayyorgarligi
4.1. Sportchining psixologik tayyorgarligi to’ g’ risida tushuncha, uning turlari.
Ayrim sport turlarida ruhiy sifatlarning ahamiyati
Psixologik   tayyorgarlik   deganda,   sportchilarda   mashg’ulot   vazifalarining
muvaffaqiyatli   hal   qilinishi   hamda   musobaqalarda   ishtirok   etishni   ta'minlovchi
psixologik   faoliyatlar,   jarayonlar,   shaxsiy   holat   va   xususiyatlarni   shakllantirishga
yo’naltirilgan   psixologik-pedagogik   tadbirlar   hamda   sportchilarning   hayotiy
faoliyatiga muvofiq shart-sharoitlar tushuniladi.
Psixologik tayyorgarlikni umumiy va maxsus turlarga bo’lish qabul qilingan.
Umumiy   psixologik   tayyorgarlikning   mohiyati   shundaki,   ular   sportchilarda   aynan
o’zlari   tanlagan sport   turi   bilan muvaffaqiyatli  shug’ullanish  uchun  zarur   bo’lgan
psixik   faoliyatlar   va   sifatlarni   rivojlantirish   hamda   takomillashtirishga
yo’naltiriladi.   Tayyorgarlikning   bu   turi,   shuningdek,   sport   kurashining   tarang
sharoitlariga hissiy barqarorlikni shakllantirish, asabni va jismoniy zo’riqishlarning
izlarini tez bartaraf etish qobiliyatini va tarbiyalash, uyqu rejimini ixtiyoriy tarzda
boshqarish va b. maqsadida psixik holatlarni faol ravishda tartibga solish yo’llarini
o’rganishni ham nazarda tutadi. 
Umumiy psixologik tayyorgarlik mashg’ulotlar jarayonida amalga oshiriladi.
U texnik, taktik tayyorgarlik bilan bir paytda o’tkaziladi. Lekin sport faoliyatidan
tashqari   vaqtda   ham,   sportchi   o’zi   mustaqil   yoki   o’zgalar   yordamida   miyasida
sodir   bo’layotgan   psixik   jarayonlarni,   shaxsiy   holatlari   va   xususiyatlarini
takomillashtirish   maqsadida   muayyan   topshiriqlarni   bajarish   orqali   ham   ro’yobga
chiqarilishi mumkin.
Maxsus   psixologik   tayyorgarlik   asosan   sportchida   muayyan   musobaqada
qatnashishga   psixologik   tayyorgarlikni   shakllantirishga   qaratiladi.   Musobaqalarga
psixologik   tayyorgarlik   (A.Puni   bo’yicha)   sportchini   o’z   kuchiga   ishonchida,
belgilangan maqsadlarga erishish  yo’lida oxirigacha kurashishga  intilishda, hissiy
qo’zg’alishning   optimal   darajasida,   har   xil   noqulay   tashqi   va   ichki   ta'sirotlarga
nisbatan   yuksak   darajadagi   barqarorlikda,   sport   kurashining   o’zgaruvchan sharoitlarida o’z xatti-harakatlari, ehtiroslari, hulqini ixtiyoriy holda boshqara olish
qobiliyatida namoyon bo’ladi.
Psixologik   tayyorgarlikning   tarkibiy   qismlari:   texnika   va   taktikani
egallashga   yordam   beradigan   psixik   sifatlar   hamda   jarayonlar;   shaxsni
musobaqalarda   birdek   chiqishlarini   ta'minlovchi   xususiyatlar;   mashg’ulot   va
musobaqalarning murakkab sharoitlarida ishchandik va psixik faoliyatning yuqori
darajasi; mazkur sharoitlarda namoyon bo’ladigan barqaror ijobiy psixik holatlar.
Texnikani   egallash   va   harakat   faoliyatlarini   boshqarishga   ko’maklashuvchi
jarayon   va   sifatlar   qatoriga,   xususan,   harakatlarning   turli   o’lchamlarini   nazorat
qilib   turishga   imkon   yaratuvchi   nozik   rivojlangan   mushak   sezgilari;   vaqt,   ritm,
sur'at   va   masofa   hissi;   makonda   mo’ljal   olish   qobiliyati;   diqqatning   yuksak
rivojlangan   sifatlari   (kontsentratsiyasi   –   nomlanishi,   ko’chishi,   taqsimlanishi);
mukammal ideomotorika; tezkor xotira; oddiy va murakkab reaktsiyalarni (tanlash,
bir   narsadan   boshqasiga   ko’chirish,   oldindan   ilg’ash,   harakatlanayotgan   ob'ektga
qarab   mo’ljal   olish   reaktsiyalari   va   h.k.)   tezkor   hamda   aniqligi   kiradi.   Taktikani
o’zlashtirishga   turli   o’ziga   xos   fikrlash   sifatlari:   raqiblar   harakati   to’g’risida
olinayotgan   axborotlarni   bir   lahzada   tahlil   qilish   va   vaziyatga   mos   qaror   qabul
qilish qobiliyati; fikrlashning egiluvchanligi va b.
Sport   turining   o’ziga   xos   jihatlari   sportchi   psixologik   tayyorgarligining
sifatlari   va   tuzilishiga   har   xil   talablar   qo’yadi   (4-jadval).   Masalan,   boks,   kurash,
uloqtirishlar,   og’ir   atletika,   sprinterlik   masofalari   kabi   siklik   xususiyatli   sport
turlariga   ixtisoslashayotgan   sportchilarda   peshqadamlikka   intilish,   mustaqillik,
motivlashning   yuqori   darajasi,   tavakkalchilikka   moyillik,   zarur   vaqtda   butun
kuchini   jamlab,   ularni   g’alabaga   bag’ishlay   olish   qobiliyati   ustun   bo’ladi.   Lekin
ayni   paytda   ularda   ishonmaslik,   bo’ysunmaslik,   qaysarlik,   ziddiyat   chiqarishga
moyillik sifatlarini ham ko’rish mumkin.
Uzoq masofalarga ixtisoslashayotgan sportchilarga xos xususiyatlar: faollik,
katta   yuklamalarga   bardosh   bera   olish,   o’z   shaxsiy   manfaatlarini   jamoa
manfaatlariga   bo’ysundirish,   shubhalarga   berilmaslik   va   b.   Biroq   ular   ba'zan   o’z kuchlariga   to’la   ishonmaydilar,   yetakchiga   ehtiyoj   sezadilar,   o’ziga   xos   xatti-
harakatlar va fikrlash tarziga moyil bo’ladilar.
Sport   o’yinlari   va   yakkakurashlarga,   sportning   murakkab   koordinatsiyali
turlariga   ixtisoslashayotgan   sportchilarda   samarali   ko’rish   idroki,   sensomotor
reaktsiya   qilish   va   tezkor   fikrlash,   diqqatni   keng   taqsimlash,   tez   ko’chirish   va
barqarorligini   kuchaytirish,   zehnlilik,   qat'iyat,   qarorida   turish,   qo’rqmaslik,
murakkab harakat reaktsiyalari tezkorligi va aniqligi, harakat ko’nikmalarini oson
shakllantirish hamda qayta qurish qobiliyatlari mavjud bo’ladi.4-jadval
Sportchilarga  q o’yiladigan psixologik talablar
(M. E luran ma'lumotlari bo’yicha)
Sport turi Psixologik
faoliyat turi Zarur psixologik
sifatlar
Golf, gorodki, kegli, stendda
va o’q otish, kamondan otish Sensomotor Sezgi organlarining
rivojlanganligi, sensomotor
sifatlar
Yengil atletika, suzish, og’ir
atletika, velopoygalar,
chang’i poygalari, konkida
yugurish sporti, akademik
eshkak eshish, baydarka va
kanoeda eshkak eshish Safarbar  e tuvchi-
funktsional Sensomotor   sifatlar ,  irodaviy
sifatlar ,  ayniqsa ,  irodani
safarbar   eta   olish ,  qat ' iyat ,
bardoshlilik , harakatlanish
vositasini   boshqarish
qobiliyati
Figurali uchish (konkida),
velosport, sport va badiiy
gimnastika, suvga sakrash Koordinatsion
e stetik Artistona xususiyatlar, estetik
va ijodiy sensomotor sifatlar.
Tavakkalchilik, qo’rqmaslik,
o’zini qo’lga ola bilish,
qat'iyat, zehnlilik
Avtomobil, aviatsiya,
parashyut, mototsikl sporti,
planerizm, suvga sho’ng’ish,
bobsley, tog’ chang’isi
sporti, tramplindan chang’ida
sakrash Tavakkalchilik
bilan bo g’ li q Hissiy barqarorlik, texnik
ko’nikma va qobiliyatlar
Boks, dzyudo, kurash Tavakkalchilik
bilan bo g’ li q Ijodiy fikrlash qobiliyati
(oldindan sezish, taktik sezgi).
Qaror qabul qila olish
qobiliyati, psixik chidamlilik.
Sensomotor sifatlar
Badminton, tennis, stol Individual ijodiy Ijodiy fikrlash qobiliyati. tennisi, qilichbozlik fikrlash Sensomotor sifatlar
Gandbol, futbol, basketbol,
voleybol, muz va chim ustida
xokkey, regbi, suv polosi Jamoada ijodiy
fikrlash Ijodiy   fikrlash   qobiliyati .
Muloqotga   kirisha   olish ,
hamkorlik   qilish   qobiliyati
Shaxmat Individual ijodiy
fikrlash Ijodiy fikrlash qobiliyati
(oldindan sezish, strategiya,
kombinatsiyalarni bajarish
qobiliyati)
4.2. Mashg’ulot jarayoniga psixologik tayyorgarlik
Sportchining   psixologik   pedagogik   jihatdan   tayyorgarligini   tekshirganda,
avvalo, sport faoliyatiga munosabatni belgilovchi motivlarni shakllantirish; sportda
muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo’lgan irodaviy sifatlarni tarbiyalash o’ziga
xos psixik imkoniyatlarni takomillashtirish ustida to’xtalish kerak.
Har qanday sport turida alohida sportchi yoki jamoaning sport faoliyatini har
doim u yoki bu motivlar taqozo etadi, ular ham shaxsiy, ham ijtimoiy qiymatga ega
bo’ladi. Motivlar odamni biror faoliyat bilan shu g’ ullanishga undovchi ichki kuch
demakdir. Sportchi bajarmoqchi yoki erishmoqchi bo’lgan faoliyat maqsadlaridan
farqli   o’laroq,  motivlar   u   aynan  shuni   nima   uchun   amalga  oshirmoqchi   va   aynan
shangu erishmoqchi ekanligi sabablarini tushuntiradilar.
Sport   faoliyatining   sabablari   sifatida   h ar   xil   q izi q ishlar,   intilishlar,
ko’rsatmalar, ibrat-namunalar va b. maydonga chi q adi.
Yosh   sportchilarda,   odatda   sport   bilan   shug’ullanishni   bilvosita   motivlari
ustuvor   bo’ladi:   kuchli,   sog’lom,   chaqqon,   jismonan   rivojlangan   bo’lish   va   h.k.
Yosh ortgan va muvaffaqiyatlar ortgani sayin bu motivlar ikkinchi darajaga o’tadi,
sport   faoliyatining   bevosita   motivlari   oldinga   chiqadi:   sport   razryadi   me'yorlarini
bajarish,   sport   ustasi   bo’lish,   mamlakat   terma   jamoasi   tarkibiga   kirish,   yirik
musobaqalarda   yuqori   natijalarga   erishish,   Jahon   yoki   Olimpiada   o’yinlari
chempioni   bo’lish,   katta   pul   mukofotlarini   qo’lga   kiritish   va   b.   (Yu.F.Kuralishin,
B.Krayti, R.A.Piloyan). Sportchi amal qiladigan muayyan motivlarning ahamiyati murabbiy va sport
rahbarlari uchun katta amaliy ahamiyatga ega, chunki ularda namoyon bo’ladigan
shaxsning   xususiyatlarini   (qiziquvchanlik,   intiluvchanlik,   vatanparvarlik,   or-
nomus,   o’ziga   xoslik,   jamoachilik,   o’rtoqlik   hissi   kabilar)   baholash   va   sportchini
tarbiyalashda ulardan foydalanish imkonini beradi.
Uzoq   muddatli   mashq   jarayoniga   motivlarni   shakllantirishning
muvaffaqiyati   quyidagilarga   bog’liq:   ancha   uzoqqa   mo’ljallangan   maqsadlarni
belgilash,   muvaffaqiyatga   ishonchni   shakllantirish   va   qo’llab-quvvatlash,
rag’batlantirish   va   jazolashning   optimal   nisbati,   mashg’ulotlarni   hissiy   ko’tarinki
ruhda   o’tishi,   sport   an'analarini   rivojlantirish,   jamoa   bo’lib   qarorlar   qabul   qilish,
murabbiy shaxsining o’ziga xosligi.
Sportchilarni   motivlarini   ta'minlashdan   tashqari,   murabbiy   mashg’ulot
jarayonidagi   sport   faoliyatining   muvaffaqiyatini   ta'minlovchi   turli   jihatlarga
munosabatlar  tizimini  shakllantirish lozim. Mashg’ulot  jarayoniga  sportchilarning
munosabati   tizimi   elementlariga   umuman   sport   mashg’ulotlariga   munosabat,
mashg’ulot   va   musobaqa   yuklamalariga   munosabat,   mashg’ulotlarga   munosabat,
sport rejimiga munosabat va h.k. kiradi.
Umumiy   psixologik   tayyorgarlikning   tarkibiy   qismlaridan   biri   irodaviy
tayyorgarlikdir.
Iroda   deganda   odamning   u   yoki   bu   istak   xohishlar   tufayli   har   xil
qiyinchiliklarni  yengishda  ongli  ravishda  belgilangan maqsadlarga  erishish uchun
o’z   xatti-harakatlari,   fikrlari,   hissiyotlari,   tanasini   boshqarish   bo’yicha   psixik
faoliyati   tushuniladi.   Iroda   maqsad   yo’lida   uchragan   qiyinchiliklarni   yengish
jarayonida rivojlanadi va chiniqadi.
Sportdagi   qiyinchiliklar   sub'ektiv   va   ob'ektiv   turlarga   bo’linadi.   Sub'ektiv
qiyinchiliklar   shu   sportchining   shaxsiga   xos   xususiyatlarga   bog’liq   (uning   fe'l-
atvori, temperamenti va b.). Bu qiyinchiliklar ko’proq salbiy hissiy kechinmalarda
namoyon   bo’ladi   (raqibdan   cho’chish,   jarohatlanish   havfi,   tomoshabinlar   oldida
dovdirash). Ob'ektiv qiyinchiliklar sport faoliyatining umumiy va o’ziga xos shart-
sharoitlari:   belgilangan   rejimga   qat'iy   rioya   qilish,   musobaqa   faoliyatining ommaviylik   xususiyati,   shiddatli   mashg’ulotlar,   ko’p   miqdordagi   musobaqalarda
ishtirok   etish,   noqulay   ob-havo   sharoiti,   mashqlarni   koordinatsion   murakkabligi
kabilar sababli yuzaga keladi.
Sportdagi   asosiy   irodaviy   sifatlar   –   maqsadga   intiluvchanlik,   qat'iyat,
dadillik  va   mardlik,   tashabbuskorlik   va   mustaqillik,  o’zini   qo’lda   ushlab   olish   va
sabr-bardosh hisoblanadi.
Maqsadga   intiluvchanlik   mashg’ulotning   yaqin   va   istiqboldagi   maqsad
hamda   vazifalarini,   ularga   erishishning   vosita   va   usullarini   aniq   belgilay   olish
qobiliyatida   aks   etadi.   Oldinga   qo’yilgan   maqsad   va   vazifalarni   amalga   oshirish
uchun   sportchi   murabbiyi   bilan   hamkorlikda   ularni   rejalashtiradi.   Bu   rejalarni
ro’yobga   chiqarishda   erishilgan   natijalarni   baholash,   murabbiy   nazorati   va   o’z-
o’zini nazorat qilish katta ahamiyatga ega.
Qat'iyat   qo’yilgan   maqsadga   erishish   uchun   intilishni,   maqsadga   erishish
yo’lidagi   to’siqlarni   tap   tortmay,   faol   tarzda   oshib   o’tishni   anglatadi.   Mazkur
irodaviy   sifatlar   mashg’ulot   va   musobaqa   vazifalarini   albatta   bajarish,   jismoniy,
texnik   va   taktik   tayyorgarlikni   takomillashtirish,   muntazam   tarzda   qat'iy   rejimga
rioya qilish  bilan bog’liq. Sportchi  barcha  mashg’ulotlarga qatnashi,  mehnatsevar
bo’lishi,   charchoq   va   noqulay   shart-sharoitlar   tufayli   faolligini   susaytirmasligi,
musobaqalarda oxirigacha kurashishi lozim.
Tashabbuskorlik   va   mustaqillik   ijodkorlikni,   shaxsiy   tashabbusni,   topqirlik
va zukkolikni, zararli ta'sirlarga qarshi tura olishni ko’zda tutadi. Sportchi jismoniy
mashqlarni   mustaqil   bajarish   va   baholashni,   navbatdagi   mashg’ulotlarga
tayyorlanishni, bajarilgan ishni tahlil etishni, o’rtoqlarining mulohazalari va xatti-
harakatlariga tanqidiy munosabatda bo’lishni, o’z hulqini tuzatishni eplashi shart.
Dadillik   va   mardlik   bu   sportchining   faolligi,   ikkilanmay   h arakat   q ilishga
tayyorligi   ifodasidir.   Mazkur   sifatlar   chiqarilgan   qarorlarning   mavridli,   chuqur
o’ylanganligini   ko’zda   tutadi,   ayrim   hollarda   esa   sportchi   muayyan
tavakkalchilikka ham yo’l qo’yadi.
Sabr-bardosh   va   o’zini   qo’lda   ushlay   bilish   odatiy   va   noqulay   sharoitlarda
aniq-ravshan   fikrlash,   o’ziga   tanqidiy   ko’z   bilan   qaray   olishi,   o’z   hissiyotlari   va xatti-harakatlarini   boshqarish   nazarda   tutadi,   ya'ni   bunda   sportchi   o’zini
yo’qotmaydi,   qo’rquv,   asabning   ko’zg’alishini   yenga   oladi,   o’zini   va   o’rtoqlarini
xato harakatlardan ushlab qoladi.
Bu sifatlarni barchasi o’zaro bog’liq, lekin ularning eng asosiy va yetakchisi
maqsadga   intiluvchanlik   bo’lib,   boshqa   sifatlarning   tarbiyalanishi   va   yuzaga
chiqishi darajasini belgilaydi. Oqilona pedagogik boshqaruv ostida irodaviy sifatlar
shaxsni   doimiy   xususiyatiga   aylanadi.   Bu   sportchilarga   o’zlarini   me h nat,   o’ q uv,
jamoat va b. ishlarda ko’rsatishni imkonini beradi. Sportchilarda irodaviy sifatlarni
tarbiyalash, eng avvalo, ularning oldiga aniq maqsad va vazifalar qo’yilishini talab
qiladi.   Bu   maqsadlarga   erishish   uchun   sportchilar   irodasini   ishga   soladi,   iroda
kuchini zo’riqtiradi, qiyinchiliklarni yengib, o’z harakatlarini boshqarishga intiladi.
Sportchilar irodaviy sifatlarini tarbiyalashning asosiy vositasi ularning mashg’ulot
jarayonida   shu   sport   turi   uchun   o’ziga   xos   bo’lgan   iroda   kuchining   qo’llanishini
talab qiluvchi mashqlarni muntazam bajarish hisoblanadi.
Har   qanday   irodaviy   faoliyatda   aqliy,   axloqiy   va   hissiy   asos   mavjud
(A.Puni).   Shuning   uchun   ham   irodaviy   tayyorgarlik   sportchilarda   axloqiy
hissiyotlar hamda aqlning kengligi, chuqurligi va egiluvchanligi, mustaqil fikrlash
singari aqliy qobiliyatlarni takomillashtirish ustiga qurilishi zarur.
Sportchilarda   irodaviy   sifatlarni   rejali   tarzda,   shug’ullanuvchilarning   yoshi
va jinsini, jismoniy va psixologik imkoniyatlarini e'tiborga olgan holda tarbiyalash
lozim. Bunda, birinchi navbatda, tanlangan sport turining xususiyatlariga ahamiyat
beriladi. Shunga ko’ra, F.Genov taklif etgan sportchining yetakchi va qo’shimcha
irodaviy sifatlari tasnifi diqqatga loyiq (5-jadval).
Sportchilarning   irodaviy   sifatlarini   tarbiyalash   doimiy   tarzda   ob'ektiv   va
sub'ektiv   qiyinchiliklarni   yengish   bilan   bog’liq.   O’quv-mashq   jarayonini
murakkablashtirish,   oshib   o’tish   mumkin   bo’lgan,   ammo   irodaviy   zo’riqishlarni
talab   qiluvchi   qiyinchiliklarni   yaratish,   “issiqxona”   sharoiti   bilan   kurash   olib
borish,   mashg’ulotlarda   murakkab   vaziyatlarni   yuzaga   keltirish,   mashg’ulotlar
sharoitini   musobaqa   sharoitiga   yaqinlashtirishning   bular   mashg’ulot   jarayonida
irodaviy sifatlarni tarbiyalashga imkon beradigan asosiy talablardir. Irodaviy   sifatlarni   tarbiyalash   jarayonida   sanab   o’tilgan   talablarni   amalga
oshirish   uchun   bir   qator   usuliy   priyomlar   qo’llaniladi   (6-rasm):   noqulay   ob-havo
sharoitlaridan   foydalanish:   trassalar,   maydonchalar,   mashg’ulot   o’tkaziladigan
joylar, snaryadlar joylashuvining har xil variantlari; musobaqa vaqtidan yaxshiroq
vaqt   ko’rsatish;   musobaqa   trassasi,   joylari,   snaryadlari,   rejimini   sinovdan
o’tkazish,   har   xil   (kuchli   va   zaif)   raqiblar   bilan   bellashish;   mashg’ulotlarni
hakamlar, mehmonlar, tomoshabinlar huzurida o’tkazish; og’irligi darajasi turlicha
bo’lgan   kutilmagan   to’siqlarni   yaratish   va   h.k.   Shu   bilan   birga,   ma'qullash,
maqtash,   rag’batlantirish,   tanqid,   misol   keltirish,   namuna,   ishontirish   va   b.   dan
keng foydalaniladi.
Alo h ida sport turlarida irodaviy sifatlarning  q iyosiy a h amiyati
(F.Genov bo’yicha)*
Sport turlari Y etakchi
irodaviy sifatlar Y etakchilarga
e ng ya q in Ulardan
1-guruh:   yengil
atletikadagi   yugurish,
chang’ida   yugurish,
suzish, velosport, konkida
yugurish,   e shkak   e shish,
y elkanli sport q at'iyat o’zini qo’lda
ushlay bilish,
matonat keyingi
2-guruh:   sport   va   badiiy
gimnastika,   akrobatika,
og’ir   atletika,   yengil
atletikadagi   sakrash   va
uloqtirishlar,   konkida
figurali uchish, otish qat'iyat, o’zini
qo’lda ushlay
bilish mardlik tashabbuskorlik,
mustaqillik,
dadillik, mardlik
3-guruh:   chang’ida
sakrash,   slalom,   suvga
sakrash,   parashyutda
sakrash,   motosport,   ot
sporti, alpinizm mardlik,
dadillik qat'iyat, o’zini
qo’lda ushlay
bilish tashabbuskorlik,
musta q illik,
dadillik
4-guru h : sport o’yinlari tashabbuskorlik,
musta q illik q at'iyat, dadillik,
mardlik tashabbuskorlik,
musta q illik
5-guru h :   boks,   kurash,
q ilichbozlik tashabbuskorlik,
musta q illik dadillik, mardlik o’zini qo’lda
ushlay bilish,
qat'iyat *Izo h :   ma q sadga   intiluvchanlik   barcha   sport   turlari   uchun   umumiy   irodaviy   sifat
h isoblanadi.
Sportchining   irodaviy   tarbiyasidagi   muhim   bir   jihat   o’z-o’zini   bilish,   o’z
faoliyatini   mohiyatini   anglash   asosida   o’z-o’zida   tarbiyalashni   izchil   kuchaytirish
sanaladi.   Buning   tarkibiga   quyidagilar   kiradi:   a)   umumiy   yashash   tartibiga   rioya
qilish;   b)   mashg’ulot   dasturini   bajarishga   o’zini   ishontirish,   niyat   qilish   va   o’zini
majburlash;   v)   autogen   va   ularga   o’xshash   usul   hamda   priyomlar   vositasida   o’z
hissiyotlari,   psixik   va   umumiy   holatini   boshqarish;   g)   muntazam   ravishda   o’z-
o’zini nazorat qilish (L.P.Matveev).
4.3. Musobaqalarga psixologik tayyorgarlik
Muayyan   musobaqaga   psixologik   tayyorgarlikning   musobaqalardan
taxminan   bir   oy   oldin   boshlanadigan   erta   hamda   chiqish   oldidan,   musobaqa
davomida va u tugaganidan keyin bo’ladigan bevosita turlari bor (7-rasm).
Erta   musobaqaoldi   tayyorgarligi   quyidagilarni   ko’zda   tutadi:   bo’ladigan
musobaqa va asosiy raqiblar haqida ma'lumot olish; sportchining shug’ullanganligi
darajasi, uning shaxsiy  xususiyatlari  va tayyorgarlikning ayni  bosqichidagi  psixik
holati   to’g’risida   axborot   to’plash;   bo’lajak   musobaqalardagi   harakat   dasturini
tuzish   (mavjud   axborotlarni   inobatga   olgan   holda)   va   chiqishlar   maqsadini
belgilash;   musobaqalarga   psixologik   tayyorgarlik   ko’rish   va   xatti-harakatlarning
batafsil   dasturini   tuzish   (musobaqa   bosqichi   ham   shu   jumladan);   bo’lajak
musobaqalar   sharoitini   modellash   tizimini   ishlab   chiqish,   belgilangan   maqsad,
chiqishning   vazifalari   hamda   mo’ljallangan   tayyorgarlik   dasturiga   muvofiq
musobaqalarda   ishtirok   etishning   to’g’ri   shaxsiy   va   ijtimoiy   motivlarini
rag’batlantirish;   sportchida   irodaviy   sifatlarni,   ishonch   va   taktik   fikrlashni
takomillashtirishga   yo’naltirilgan   musobaqa   faoliyatini   modellovchi   sharoitlarda
qiyinchilik   va   to’siqlarni   yengib   o’tilishini   tashkil   qilish;   tayyorgarlik   jarayonida
sportchining psixik zo’riqishini  pasaytirishga qaratilgan sharoitlar  yaratish hamda
shunday priyomlarni qo’llash. Musobaqalar   oldidan   uning   davomida   o’tkaziladigan   bevosita   psixologik
tayyorgarlik   aynan   maydonga   chiqish   oldidan   psixik   moslashuv   va   psixik
holatning   boshqarilishini;   chiqishlar   orasidagi   tanaffuslarda   psixologik   ta'sir
ko’rsatish va asabiy-psixologik tiklanish uchun sharoitlarning tashkil etilishini; bir
chiqish   davomidagi   psixologik   ta'sirni,   navbatdagi   chiqishdan   keyingi   psixologik
ta'sirni   o’z   ichiga   oladi.   Har   bir   chiqish   oldidan   psixologik   moslashuv   chiqish
uchun aqliy hozirlikni nazarda tutadi, bunda bo’lajak sport kurashini aniqlashtirish
hamda   detallashtirish   kerak   bo’ladi.   Irodaviy   moslashuv   bo’lajak   sport   kurashi
uchun   zarur   irodaviy   sifatlarni   namoyon   etib,   maksimal   kuchlanishlarga
tayyorgarlikni   yaratish   bilan   bog’liq   bo’lsa,   ta'sir   ko’rsatish   tizimi   sportchining
hissiy   zo’riqishlarini   kamaytiradi.   Bir   chiqish   mobaynidagi   psixologik   ta'sir
quyidagilarni   o’z  ichiga  oladi:  tanaffuslar  chog’idagi   o’z-o’zini   qisqa  tahlil  qilish
va   kurash   paytidagi   xatti-harakatlarni   tahrir   etish;   irodaviy   kuchlanishlarni
rag’batlantirish,   zo’riqishni   kamaytirish;   tasniflovchi   chiqishlardan   keyingi
psixologik   ta'sir   ko’rsatish   –   psixik   holatni   yaxshilash,   o’z   imkoniyatlarini   xoli
baholashga   halal   beruvchi   hissiyotlarni   bartaraf   etish,   o’z   kuchiga   ishonchni
mustahkamlash;   alohida   chiqishlar   orasidagi   tanaffuslarda   psixologik   ta'sir
ko’rsatish   –   o’tgan   chiqishlarni   tahlil   etish;   raqiblar   kuchini   hisobga   olgan   holda
navbatdagi   chiqishni   taxminan   dasturlash;   ishonchni   tiklash;   asabiy-psixik
tiklanish   uchun   sharoitni   tashkil   qilish   (psixik   charchoqni   kamaytirish,   faol   dam
olishning   xilma-xil   vositalarini   qo’llash   chalg’ishi   o’z-o’zini   ishontirish   va   h.k.
yo’llari bilan taranglikni pasaytirish).
Sportchining   musoba q alarda   muvaffa q iyatli   chi q ishi   ko’p   ji h atdan   uning
musoba q alar  oldidan  va ular  o’tayotgan paytda o’z psixik   h olatini  bosh q ara olish
q obiliyatiga bo g’ li q .
1) optimal  q o’z g’ alish – “jangga shaylik”. Bu  h olat sportchining o’z kuchiga
ishonchi, xotirjamligi, yu q ori natijalar uchun kurashga intilishi bilan tavsiflanadi;
2)   h addan   orti q   q o’z g’ alish   –   “startoldi   titro g’ i”.   Bu   holatda   sportchida
hayajon, vasvasaga  tushish, musobaqa ko’ngilli o’tishi uchun xavotirlanish paydo
bo’ladi (6-jadval); 3)   y etarlicha   q o’z g’ alishning   yo’ q ligi   –   “startoldi   lo q aydligi”.   Bu   holatda
sportchida   lanjlik,   uyquvchanlik,   texnik-taktik   imkoniyatlarning   pasayishi   va   b.
kuzatiladi;
4)   h addan orti q   q o’z g’ alish o q ibatidagi tormozlanish. Bu holatda sportchida
loqaydlik, psixik va jismoniy lanjlik, ba'zida asabiy holat yuzaga keladi. Sportchi
h ayolini   chul g’ ab   olgan   fikrlarning   keraksizligini   anglaydi,   lekin   ulardan   q utula
olmaydi.
Odatda,   jangovar   shaylik   yu q ori   natijalarga   e rishishga   yordam   beradi,
q olgan   uchta   turi   –   bunga   h alal   beradi.   Shunga   ko’ra   musobaqalar   arafasida
murabbiy va sportchi oldida to’rtta asosiy vazifa turishi mumkin:
1. “Jangovar shaylik”  h olatini imkon  q adar uzo q  va q t sa q lab turish;
2.  H issiy  q o’z g’ alish darajasini pasaytirish – agar sportchi “startoldi titro g’ i”
h olatida bo’lsa;
3.   Sportchining   h issiy   tetikligini   oshirish   –   agar   sportchi   “startoldi
lo q aydligi”  h olatida bo’lsa;
4.   Hissiy   qo’zg’alish   darajasini   o’zgartirish   –   agar   sportchi   haddan   ortiq
qo’zg’alish natijasida tormozlanish holatiga tushib qolgan bo’lsa.
Shu   maqsadda   sportchini   psixikasiga   ta'sir   ko’rsatuvchi   har   xil   vositalar,
usul   va   priyomlardan,   o’quv-mashq   jarayonining   tegishlicha   tashkil   etilishidan
foydalaniladi.
Hissiy   qo’zg’alish   darajasini   pasaytirish   uchun   odatda   quyidagilar
qo’llaniladi:
a) murabbiyning sportchini tinchlantirishga, ishonchsizligini bartaraf etishga
ko’maklashuvchi  og’zaki   ta'sir   ko’rsatishi  – tushuntirishi, ishontirishi, ma'qullashi,
maqtovi   va   b.   Bularni   musobaqalar   boshlanishidan   bir   necha   kun   avval   qo’llay
boshlash   tavsiya   etiladi.   Sport   amaliyotining   ko’rsatishicha,   musobaqalar
o’tkaziladigan   kuni,   ayniqsa,   ular   boshlanishidan   avval   bu   ta'sirlar   ijobiy   samara
bermaydi, ba'zi hatto zarar keltiradi;
b)   sportchining   o’z-o’ziga   ta'sir   ko’rsatishi   (autota'sir)   –   psixik   zo’riqish
holatini   bartaraf   etish   uchun   o’z-o’zini   ishontirish,   tinchlantirish,   o’ziga   buyruq berish.   Masalan,   “tinchlan”,   “o’zingni   qo’lga   ol”,   “hammasi   joyida”,   “barakalla”
va b. shunga o’xshash o’z-o’ziga beriladigan buyruqlar keng qo’llaniladi; 
Start oldidan suzuvchilarda yu q ori  q o’z g’ alish darajasi belgilari 
(V.N.Platonov, S.M.Vaytsexovskiy ma'lumotlari bo’yicha)
Fiziologik belgilar Psixik belgilar
Yurak  q is q arishlari sur'ati ortishi
Arterial  q on bosimining oshishi
Nafas olishning tezlanishi
Mushaklarning yu q ori darajada si q ilishi
Asabiy  h arakatlar
Uy q usizlik
Ko’ngil aynishi
Adrenalinning   h addan   orti q   ajralib
chi q ishi
H arakatlar koordinatsiyasining buzilishi Di qq atning tor fokuslanishi
Charcho q   h issi
Si q ilib nafas olish
Bosh aylanishi
Vasvasaga tushish
O’z ustidan nazoratni yo’qotish
Diqqatning   h ajmi   va   yo’nalishini
bosh q ara olmaslik
Fikr   jamlanishining   ancha   pasayishi,
asabiylik  h olati
Shug’ullanishni   istamaslik,
musobaqalarda   qatnashishdan   qochish,
befarqlik, tushkunlik
v)   diqqatni,   fikrlarni   sportchida   ijobiy   hissiy   reaktsiyalar   hosil   qiluvchi
ob'ektlarga   ko’chirish   –   yumoristik   adabiyotlarni   o’qish,   kinofilmlar,
teleko’rsatuvlarni tomosha qilish;
g)   fikrlarni,   ko’rib   sezish   qobiliyatini   tabiat   manzaralariga   qaratish,
naushniklar orqali musiqa asarlarani tinglash;
d) tinchlantiruvchi autogen mash q lar;
e) tinchlantiruvchi u q alash;
j)   tinchlantiruvchi   badan   qizdirish   mashqlari   (shoshmasdan,   bir   maromda
bajariladigan mashqlar hissasi ko’proq);
z) maxsus nafas olish ko’rigi mashqlari (nafas olish va chiqarish oraliqlarini
o’zgartirish, nafasni tutib turish yo’li bilan nafasni olishni ixtiyoriy boshqarish). 
Bo’lajak chiqishlar  oldidan safarbar qilish maqsadida qo’zg’alish darajasini
oshirish   uchun   o’sha   usullardan   foydalaniladi,   lekin   ular   qarama-qarshi   (ta'sir natijasiga   ko’ra)   yo’nalishga   ega   bo’lishi   ham   mumkin.   Masalan,   murabbiyning
og’zaki ta'siri (ishontirishi, maqtovi, talabi va h.k.) psixik zo’riqishning oshishiga,
diqqatning jamlanishiga ko’maklashishi kerak va b.
Bu   holatda   og’zaki   va   obrazli   o’z-o’ziga   ta'sir   ko’rsatish   fikrni   g’alabaga,
yuqori   natijaga   erishish   uchun   jamlash,   o’z   texnik-taktik   va   jismoniy
imkoniyatlardan   maksimal   foydalanishga   hozirlanish,   o’ziga   “nima   qilib   bo’lsa
ham   g’alaba   qozon”,   “bor   kuchingni   sarfla”   singari   buyruqlar   berishdan   iborat
bo’ladi.   Shuningdek,   “tetiklashtiruvchi”   harakatlar;   qisqa   muddatli
giperventilyatsiyani   qo’llagan   holda   nafas   olishni   erkin   boshqarish;   kuchlanish,
tashlashlarga   taqlidan   badan   qizdirish   mashqlarini   bajarish;   uqalash   va   o’z-o’zini
uqalash (ishqalash, urish); tananing ayrim qismlariga sovuq qo’zg’atuvchilar bilan
ta'sir   ko’rsatishdan   ham   foydalaniladi.   Psixoprofilaktik   usullardan,   eng   avvalo,
autogen mashqlar, faollashtiruvchi terapiya hamda ta'sirchan dam oldiruvchi uyqu
qo’llaniladi.
Sportchilarning   hissiy   holatini   boshqarish   vositalari   va   usullarini   tanlash
ularning   o’ziga   xos   xususiyatlari   (asab   tizimi   kuchi,   harakatchanligi   hamda
muvozanatining   namoyon   bo’lishi,   hissiy   qo’zg’aluvchanlik   darajasi,   ko’rish,
mushak harakat qobiliyatlarining holati, yoshi, tayyorgarligi va h.k.) bilan uyg’un
tarzda amalga oshirilishi lozim.
Qattiq   hayajon   natijasida   tormozlanish   holati   va   yetarlicha   qo’zg’almaslik
holati   tashqaridan   qaraganda   ko’pincha   bir   xil   namoyon   bo’lsa-da,   turlicha
boshqaruv   usullarini   qo’llashni   talab   etadi   (buni   hatto   tajribali   murabbiylar   ham
doim   hisobga   olavermaydilar).   Tormozlanish   holatini   bartaraf   etish   uchun
sportchiga e'tibor bilan, xotirjam munosabatda bo’lish, shu tariqa uning hayajonini
bosish,   psixikasini   boshqaruvchi   ta'sir   ko’rsatish,   past   shiddatli   mashqlar   berish
(yaxshisi alohida holda), iliq dush talab etiladi. Xulosa
Uzoq muddatli sport mashg'ulotlarini bosqichlarga bo'lish mumkin:
 dastlabki tayyorgarlik;
 boshlang'ich sport ixtisosligi;
 tanlangan sport turi bo'yicha chuqurlashtirilgan tayyorgarlik;
 sportni yaxshilash;
 sportning uzoq umr ko'rishi.
Uzoq   muddatli   mashg'ulotlar   bosqichlari   o'rtasida   aniq   chegaralar   mavjud
emas,   ularning   davomiyligi,   birinchi   navbatda,   sportchining   individual
xususiyatlariga,   shuningdek,   mashg'ulot   jarayonining   tuzilishi   va   mazmuniga
bog'liq   holda   ma'lum   darajada   farq   qilishi   mumkin.   Uzoq   muddatli
mashg'ulotlarning   qo'shni   bosqichlarida   sportchilarni   tayyorlash   usullarida   aniq
farqlar   yo'q.   Masalan,   chuqurlashtirilgan   tayyorgarlik   bosqichining   ikkinchi
yarmidagi   mashg'ulot   metodologiyasi   maqsadlarni   belgilashda   ham,   sportni
yaxshilash   bosqichining   birinchi   yarmida   qo'llaniladigan   vositalarning   tarkibi,
hajmi va nisbati  va boshqalarda juda ko'p umumiy xususiyatlarga ega. Sportchini
uzoq   muddatli   tayyorlash   jarayoni   asosiy   uslubiy   qoidalar   asosida   amalga
oshirilishi kerak:
1. Bolalar,   o'smirlar,   o'g'il   bolalar,   qizlar,   o'smirlar,   erkaklar   va   ayollarni
tarbiyalashning vazifalari, vositalari va usullarining uzluksizligi.
2. Umumiy   va   maxsus   jismoniy   tayyorgarlik   hajmini   bosqichma-bosqich
oshirish, ularning nisbati yildan-yilga ikkinchisining foydasiga o'zgaradi,
umumiy jismoniy tayyorgarlik hajmidagi ulush minimallashtiriladi.
3. Sport   texnikasini   doimiy   ravishda   takomillashtirish.   Mashg'ulotning
birinchi   bosqichida   asosiy   vazifa   -   ratsional   sport   anjomlari   asoslarini
o'zlashtirish.   Boshqa   bosqichlarda   -   texnikaning   alohida   qismlarini
"parlatish", harakatlarni yuqori darajada muvofiqlashtirishga erishish.
4. O'quv va raqobatbardosh yuklarni to'g'ri rejalashtirish, ularning hajmi va
intensivligini   bosqichma-bosqich   va   bosqichma-bosqich   oshirishni
ta'minlash,   shunda   har   bir   davr   o'tgan   yilning   mos   davriga   nisbatan yuqori   darajada   boshlanadi   va   tugaydi.   Shunday   qilib,   yildan-yilga
yuklarning   uzluksizligini   va   ularning   bir   necha   yillar   davomida   ortib
borishini ta'minlash.
5. Sportchilarni   uzoq   muddatli   tayyorlash   jarayonida   mashg'ulotlar   va
raqobatbardosh   yuklarni   bosqichma-bosqich   oshirish   tamoyiliga   qat'iy
rioya qilish.
Agar   uzoq   muddatli   mashg'ulotlarning   barcha   bosqichlaridagi   yuklar
sportchi tanasining yoshi va individual funktsional imkoniyatlariga to'liq mos kelsa
va   sportchi   tanasining   jismoniy   mashqlarga   moslashishini   (moslashishini)
yaxshilashga   qaratilgan   bo'lsa,   sportchining   jismoniy   tayyorgarligi   yaxshilanadi.
har xil davomiylik va intensivlikdagi jismoniy mashqlar.
Jismoniy   fazilatlarni   rivojlantirishga   pedagogik   ta'sir   ularning   o'sishi
rivojlanishning u yoki bu bosqichida, eng qulay yosh davrlarida sezilarli darajada
namoyon   bo'ladigan   ularning   to'liq   namoyon   bo'lishiga   yordam   berishi   kerak.
Treningning   turli   bosqichlarida   jismoniy   sifatlarni   rivojlantirishda   tor
ixtisoslashuvga qarshi turish, normal jismoniy rivojlanish va vosita ko'nikmalarini
rivojlantirishda og'ishlarni bartaraf etish kerak.
Nazariy   va   eksperimental   tadqiqotlar   asosida   engil   atletikaning   turli   turlari
bo'yicha   uzoq   muddatli   mashg'ulotlarni   qurish   uchun   modellar   ishlab   chiqilgan
bo'lib, ular quyidagi tarkibiy qismlarni o'z ichiga oladi:
 uzoq muddatli tayyorgarlik bosqichlari;
 ushbu bosqichdagi sportchilarning yoshi;
 kadrlar tayyorlashning asosiy vazifalari;
 o'qitishning asosiy vositalari va usullari;
 ruxsat etilgan mashg'ulotlar va raqobatbardosh yuklar;
 taxminiy nazorat standartlari . Foydalanilgan adabiyot
1. Bondarchuk A.P. Sportchi mashg'ulotlari. - Kiev, 1986 yil.
2.   Verxoshanskiy   Yu.V.   O'quv   jarayonini   dasturlash   va   tashkil   etish.   -   M.,
1985 yil.
3. Gogin O.V. Yengil atletika: ma'ruzalar kursi / Xark. ushlab turish ped. un-
t im. G.S. Qovurilgan idish. - Xarkov: "OVS", 2001. - 112 p.
4. Yengil atletika / A.N. Makarov, V.Z. Siris, V.P. Tennov. - M., 1987 yil.
5. Yengil atletika / Ed. N.G. Ozolina, V.I. Voronkina, Yu.N. Primakov. - M.,
1989 yil.
6.   Yengil   atletika:   Proc.   talabalar   uchun   nafaqa.   yuqoriroq   ped.   darslik
muassasalar   /   A.I.   Jilkin,   V.S.   Kuzmin,   E.V.   Sidorchuk.   -   M.:   "Akademiya"
nashriyot markazi, 2003. - 464 b.
7.   Maktabda   yengil   atletika   /   J.K.   Xolodov,   V.S.   Kuznetsov,   G.A.
Kolodnitskiy. - M., 1993 yil.
8. Matveev L.P. Sportning umumiy nazariyasi. - M., 1997 yil.
9.   Matveev   L.P.   Sportning   umumiy   nazariyasi   asoslari   va   sportchilarni
tayyorlash tizimi. - Kiev, 1999 yil.
10. Platonov V.N. Sport tayyorgarligi nazariyasi va metodikasi. - Kiev, 1984
yil

Sportchilarni yillik va ko'p yillik tayyorlash jarayoni da uzoq vaqtli moslashuvning tashkil topishi REJA: Kirish 1 bob . Texnik tayyorgarlik 1. 1. Sportchining texnik tayyorgarligi haqida tushuncha. Har xil sport turlarida sport texnikasining tutgan o’rni va ahamiyati 1.2. Sportchilar texnik tayyorgarligining turlari, vazifalari, vosita va usullari 1.3. Mashg’ulotning ko’p yillik va yillik sikllarida texnik tayyorgarlikning bosqichlari va mazmuni 2 bob . Jismoniy tayyorgarlik 2.1. Sportchining jismoniy tayyorgarligi tushunchasi. Uning zamonaviy sportdagi a h amiyati 2.2. Jismoniy tayyorgarlikning turlari, vazifa h amda vositalari 3 bob . Taktik tayyorgarlik 3.1. Sportchining taktik tayyorgarligi to’g’risida tushuncha 3.2. Sportchilar taktik tayyorgarligining turlari, vazifa h amda vositalari 3.3. Sportchining musoba q a da ishtirok e tish taktik rejasini tuzishning mazmuni h amda usuliyati 4 bob . Sportchining psixologik (ru h iy) tayyorgarligi 4.1. Sportchining psixologik tayyorgarligi to’ g’ risida tushuncha, uning turlari. Ayrim sport turlarida ruhiy sifatlarning ahamiyati 4.2. Mashg’ulot jarayoniga psixologik tayyorgarlik 4.3. Musobaqalarga psixologik tayyorgarlik Xulosa Foydalanilgan adabiyot

Kirish Maxsus adabiyotlarda sportchilar tayyorgarligining har tur va xillari far q lanadi. Tarqoq va nisbatan turg’un fikrlarning umumlashtirilishi ularning umumiy tasnifi uchun uchta eng ahamiyatli beligini taklif etishga imkon beradi: sportchining muvaffaqiyatga erishish uchun tayyorgarlik u yoki bu tarkibiy qismlariga (texnik, taktik, jismoniy, psixologik, aqliy (nazariy), tayyorgarlik) ustuvor ta'sir ko’rsatishi bo’yicha; sport ixtisosligi bilan o’zaro bog’liqligining xususiyatiga ko’ra (umumiy va maxsus tayyorgarlik); mashg’ulot hamda musobaqa faoliyati sharoitida tayyorgarlikning har xil jihatlari sifatlar va qobiliyatlarning birlashuvi, uyg’unligi hamda ro’yobga chiqarilishi bo’yicha (integral tayyorgarlik). Sportchining bir necha yillar davomida qat'iyatli va oqilona tashkil etilgan tayyorgarligi bilangina yuqori sport natijalariga erishish mumkin. Uzoq muddatli o'qitishning tuzilishi ko'plab omillar bilan belgilanadi. Ular orasida: eng yuqori natijalarga erishish uchun zarur bo'lgan muntazam mashg'ulotlarning o'rtacha yillik soni; optimal yosh chegaralari, bunda sportchining qobiliyatlari odatda to'liq namoyon bo'ladi va eng yuqori natijalarga erishiladi; sportchining individual xususiyatlari va uning sport mahoratining o'sish sur'ati; sport bilan shug'ullana boshlagan yosh, shuningdek, maxsus tayyorgarlikni boshlagan yosh. Uzoq muddatli mashg'ulotlarni oqilona rejalashtirish uchun odatda eng yuqori sport yutuqlari namoyon bo'ladigan optimal yosh chegaralarini aniq belgilash muhimdir. Odatda, uzoq muddatli mashg'ulotlar jarayonida sport muvaffaqiyatining uchta yosh zonasi mavjud: 1) birinchi katta muvaffaqiyatlar zonasi; 2) optimal imkoniyatlar zonasi; 3) yuqori natijalar zonasi. Yengil atletikaning aksariyat turlarida eng yuqori yutuqlarga erishish uchun optimal yosh chegaralari ancha barqaror bo'lib, ularga na tanlov va o'qitish tizimi, na mashg'ulotlarning boshlanish vaqti yoki boshqa omillar jiddiy ta'sir ko'rsatmaydi. Odatda yangi boshlovchidan xalqaro sport ustasigacha bo'lgan yo'l 8-

10 yil davom etadi. Ayollar uchun yuqori sport mahoratiga erishish yo'li odatda erkaklarnikiga qaraganda qisqaroq. Sprinterlar va jumperlar stayers va piyodalarga qaraganda qisqaroq mahoratga ega. Qobiliyatli sportchilar o'zlarining birinchi katta muvaffaqiyatlariga ko'p hollarda mashg'ulotlar boshlanganidan 4-6 yil o'tgach erishadilar.

1 bob . Texnik tayyorgarlik 1. 1. Sportchining texnik tayyorgarligi haqida tushuncha. Har xil sport turlarida sport texnikasining tutgan o’rni va ahamiyati Texnik tayyorgarlik sportchini harakatlar texnikasiga o’rgatish va ularni mukammal darajaga yetkazishga qaratilgan bo’ladi. Sport texnikasi sport harakatini bajarish yo’li bo’lib, u sportchining o’z psixo-fizik imkoniyatlaridan foydalanish samaradorligining muayyan darajasi bilan ajralib turadi. H ar xil sport turlarida sport texnikasining a h amiyati bir xil e mas. O’ziga xos sport texnikasiga e ga bo’lgan sport turlari ning to’rt guru h i ajratiladi: 1. Tezlik-kuchga asoslangan turlar (sprintercha yugurish, ulo q tirishlar, sakrashlar, o g’ ir atletika va h .k.). Mazkur sport turlarida texnika shunday yo’naltirilganki, bunda sprinterchi musobaqalashuv mashqining yetakchi bosqichlarida, masalan, yugurish, uzunlikka va balandlikka sakrashda itarilish chog’ida, nayza, disk va h.k. uloqtirishda yakunlovchi harakatlarni bajarayotganda eng baquvvat hamda tezkor kuchlanishlarni rivojlantira olishi lozim. 2. Chidamlilik namoyish etilishini talab qiluvchi sport turlari (uzoq masofalarga yugurish, chang’ida poyga, velosiped sporti va b.). 3. Asosini harakatlanish san'ati tashkil etuvchi sport turlari (gimnastika, akrobatika, suvga sakrash va h.k.). Texnika sportchi h arakatlarining go’zalligi, ifodaliligi va ani q ligini ta'minlab berishi kerak. 4. Sport o’yinlari va yakkakurash turlari. Texnika musobaqa kurashining doimo o’zgarib turadigan sharoitlarida sportchiga yuksak samaradorlik, barqarorlik va h arakatlarining servariantligini ta'minlab berishi zarur. Sportchining texnik tayyorgarligi shunisi bilan ajralib turadiki, u o’zlashtirilgan harakatlarni bajara oladi va ularning texnikasini egallab olgan. Texnik tayyorgarlikning yetarlicha yuqori darajasini texnik mahorat deb ataydilar. Texnik mahoratning mezonlari quyidagilardir:  Texnikaning h ajmi – sportchi bajara oladigan texnika priyomlarning umumiy mi q dori.

 Texnikaning ser q irraligi – texnik priyomlarning xilma-xilligi darajasi. Masalan, sport o’yinlarida bu – h ar xil o’yin priyomlaridan foydalanishlar sur'atining nisbati. Texnik mahoratning mazkur ko’rsatkichlari texnik harakatlarning juda katta zahirasi bo’lgan sport turlarida – sport o’yinlari, yakkakurash turlari, gimnastika, figurali uchish – ayniqsa katta ahamiyatga ega.  Sport texnikasiga e galik q ilish samaradorligi sport h arakati texnikasining individual optimal variantga ya q inligi darajasi bilan belgilanadi. Texnikaning samaradorligini bir necha usul bilan ba h olaydilar: a) uni q andaydir biomexanik e talon bilan q iyoslash. Agar texnika biomexanik jihatdan oqilona darajaga yaqin bo’lsa, u eng samarali hisoblanadi; b) ba h olanayotgan h arakat texnikasini yu q ori malakali sportchilar texnikasi bilan ta qq oslash; v) sport natijasini sportchining harakat imkoniyatlarini belgilovchi texnik tomondan birmuncha soddaroq – kuch, tezlik-kuch va h.k. topshiriqlaridagi natijalar bilan taqqoslash. Masalan, 30 m ga avval past, keyin yu q ori startdan yugurish amalga oshiriladi. Vaqtdagi tafovut pastki start texnikasi samaradorligini ko’rsatadi; g) ko’rsatilgan natijani harakat faoliyatini bajarish paytidagi kuch-quvvat harakatlari bilan taqqoslash. Quvvat sarfi qanchalik kam, ya'ni harakatlar tejamli bo’lsa, texnika samaradorligi shuncha yuqori hisoblanadi.  Harakatlar texnikasining o’zlashtirilganligi. Mazkur mezon bu texnik harakat qanday o’rganilgani, mustahkamlanganligini ko’rsatadi. Yaxshi o’zlashtirilgan h arakatlarga xos xususiyatlar: a) h arakatni standart sharoitlarda bajarish va q tida uning texnikasiga xos q ator ji h atlar va sport natijasining bar q arorligi; b) h arakatni bajarish cho g’ ida (sportchining h olati, murakkablashtirilgan sharoitlarda ra q ib h arakatlari o’zgarganda) natijaning bar q arorligi (nisbatan kam o’zgarishi); v) mash g’ ulotdagi tanaffuslarda h arakat ko’nikmasining sa q lanib q olishi;