O‘SMIR VOLEYBOLCHI QIZLARNI SAKRASH CHIDAMKORLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
O‘SMIR VOLEYBOLCHI QIZLARNI SAKRASH CHIDAMKORLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI MUNDARIJA KIRIS H 4- 8 I BOB. ZAMONAVIY SPORT O‘YINLARIDA SAKRASH KO‘NIKMALARI VA SAKROVCHANLIK SIFATINING O‘RNI ... ......... 9-25 1.1. “Sakrash”, “sakrovchanlik”, “sakrash chidamkorligi” tushunchalarining moxiyati va ularni inson hayotidagi o‘rni............................................................................................... 9-11 1.2. Voleybolga xos sakrovchanlik va uni boshqa jismoniy sifatlar bilan bog‘liqligi.............................................................. 12-22 1.3. Sakrash turlari va ularni harakatli o‘yinlar yordamida shakllantirish afzalligi.................................................................. 23-25 II BOB. TADQIQOTNING G‘OYASI, VAZIFALARI, USLUBLARI VA UNI TASHKIL QILISH........................................................... ......................... 26-38 2.1. Tadqiqotning g‘oyasi............................................................................. 26 2.2. Tadqiqot vazifalari va uslublari.................................................... 27 2.3. Qo‘llanilgan uslub-testlar mohiyati va ulardan foydalanish tartibi.......................................................................................... 27-38 III BOB. VOLEYBOLGA XOS SAKRASH TURLARI, SAKROVChANLIK VA ULARNI AN’ANAVIY HAMDA NOAN’ANAVIY MASHG‘ULOTLAR DAVOMIDA SHAKLLANISH SAMARADORLIGI........................................................................................... 39-59 3.1. Sakrash, sakrovchanlik, sakrash chidamkorligi tushunchalari va ularning mantiqiy mohiyati............................................................... 39-49 3.2. An’anaviy mazmunli mashg‘ulotlar davomida sakrovchanlikni rivojlanish sur’ati............................................................................ 50-58 III -bob bo ‘ yicha xulosalar........................................................................ 59 IV BOB. VOLEYBOLGA XOS IXTISOSLASHTIRILGAN SAKRASH TURLARI VA ULARNI ISHLAB CHIQILGAN MAXSUS MASHQLAR YORDAMIDA SHAKLLANTIRISH SAMARADORLIGI.......................... 60-67 IV bob bo ‘yicha xulosalar……………………………………………… 68 XOTIMA............................................................................................ ................. 69-70 AMALIY TAVSIY A LAR …………………………………………………….. 71-76 FOYDALANILGAN ADABIY O TLAR............................................ ............... 77-78 1
KIRIS H Mustaqillikka erishgan kundan boshlab mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport davlat siyosatining ustivor yo‘nalishlari doirasida ravnaq topib bormoqda. O‘tgan davr ichida ushbu soha bo‘yicha asrlarga teng o‘zgarishlar ro‘y berdi, olamshumul islohatlar amalga oshirildi, yurtimiz bo‘ylab minglab jahon standartlariga mos sport majmualari barpo etildi. Respublikamizning barcha hududlarida yirik, nufuzli mamlakat va xalqaro musobaqalarni o‘tkazish odat tusiga kirdi. Alohida ta’kidlash joizki, 2000-yildan boshlab diyorimizda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” mohiyatiga hamohang bo‘lgan ko‘p bosqichli uzluksiz o‘tkaziladigan “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” kabi ommaviy sport musobaqalari joriy etilishi va yuqorida qayd etilgan islohatlarning amalga tadbiq etilishi nafaqat sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalash imkoniyatlarini kengaytirdi, balki jismoniy tarbiya va sportni xalqimiz hayotining kundalik ehtiyojiga aylanishiga asos bo‘ldi. Mazkur sohaga bo‘lgan bunday e’tibor yurtimiz farzandlari tarkibidan yetuk, iste’dodli sportchilarni yetishtirib chiqarishga turtki berdi, negaki kunda sport maktablarida endigina shug‘ullanishni boshlagan bolajonlar bugungi kunda Jahon, Olimpiya o‘yinlari, Osiyo chempionatlari va boshqa yirik xalqaro musobaqalarda yuksak o‘rinlarni egallashga muyassar bo‘lib, davlatimiz shuhratini jahon ham jamiyati oldida tarannum etib kelmoqda. Shu bilan bir qatorda bugungi kunda xalqaro musobaqalar raqobatning keskinlasha borishi iste’dodli sportchilarni tayyorlash jarayoniga yangichp texnologik yondashuv bilan qarashga da’vat etmoqda. Ushbu vaziyat sport mashg‘ulotlari va umuman yuqori malakali sportchilar tayyorlash jarayonlarini ilmiy asosda rejalashtirish hamda tashkil qilish zarurligiga e’tibor qaratmoqda. Fikrimizcha, so‘nggi yillarda olib borilayotgan va chop etilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari-maqolalar, ma’ruzalar, monografiyalar-aksariyat yirik muammolar yoki yaxlit mavzularga bag‘ishlanmoqda. Bu holat to‘g‘ri va taxsinga sazovor, albatta. Shubhasiz, “kichik sportni” yuksak natijalar sportcha olib chiqish yo‘lida yirik yoki yaxlit ilmiy mavzular yechimi ham o‘ta muhim rol o‘ynaydi, lekin har 2
bir yirik ilmiy muammo kichik, “ko‘zga ko‘rinmas muammochalardan” iborat bo‘ladi. Bunday “muammochalar” ayniqsa tanlagan sport turiga dastlabki o‘rgatish bosqichida tez-tez uchraydi, agar ular tadqiqotlar asosida o‘rganilib, o‘z vaqtida bartaraf etilmasa, bora-bora yirik muammolar paydo bo‘la boshlaydi. Mavzuning dolzarbligi: sakrash turlari, ularning koordinatsiyasi va sakrash sur’atini rivojlantirishda o‘ziga xos mashqlarni tanlash, ularni tabaqalashtirilgan holda qo‘llash o‘ta muhim amaliy axamiyatga egadir. Ana shu dolzarb va a h amiyatli masalalar bizning magistrlik dissertatsiyamiz mazvusini tanlashga asos bo‘ldi. Tadqiqotning predmeti sifatida voleybol to‘garagida shug‘ullanuvchi 11- 12 yoshli bolalarni tanlash, ular bilan o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarini ijodiy yondashuv asosida kuzatish, olingan natijalar asosida sakrash ko‘nikmalari hamda voleybolchiga xos sakrovchanlik sifatini shakllantirishga mo‘ljallangan vaziyatli mashqlar majmuasini ishlab chiqish va uning samaradorligini pedagogik tajriba yordamida o‘rganishga da’vat etdi. Tadqiqotning maqsadi: voleybolga xos bo‘lgan sakrash ko‘nikmasi, sakrab ijro etiladigan texnik usullarga ixtisoslashgan sakrash turlari va ularni erta yoshlikdan boshlab shakllantirish afzalligini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning vazifalari: tanlangan mavzu moxiyati va mazmunini ochish, rejalashtirilgan tadqiqot maqsadini amalga oshirish bo‘yicha quyidagi vazifalar belgilanadi: 1. Voleybolga xos sakrash turlari, ularning tarkibiy tuzilishi va sakrovchanlikni rivojlanish dinamikasini o‘rganish. 2. Voleybolga xos sakrash turlari, sakrovchanlik va sakrash chidamkorligini rivojlantiruvchi vaziyatli o‘yin mashqlari majmuasini ishlab chiqish va uning samaradorligini yosh voleybolchilar jalb qilingan pedagogik tajriba yordamida o‘rganish. 3. Olingan natijalar asosida uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish va ularni voleybolchilar tayyorlash amaliyotiga tadbiq eti sh . 3
To‘g‘ri, “voleybol nazariyasi va uslubiyati” faniga doir ilmiy hamda o‘quv adabiyotlarida “sakrash”, “sakrovchanlik” va “sakrash chidamkorligi” mavzulari batafsil ochib berilgan. Ammo, sakrab ijro etiladigan o‘yin usullariga xos (zarba, to‘siq) sakrash turlari va ularni shakllantirish masalalari nazardan chetda qolgan. Sakrash ko‘nikmalari va ularni turmush tarzida muayan to‘siq yoki qarshiliklarni yengishda as qotadigan zarur harakatlar tarkibiga mansub bo‘lib, zamonaviy sport amaliyotida o‘ziga xos xususiyatli harakat vazifalarii hal qilida muhim axamiyat kasb etadi. Sakrash ko‘nikmlari (uzunlikka yoki balandga sakrash, yon tomonlarga sakrash, langar bilan sakrash, suvga sakrash va x.k.) - bu tayanchsiz holatga ijro etiluvchi va kordinatsion, biomexanik hamda aerodinamik jixatlardan farq qiluvchi texnik-taktik harakat majmuasini ifodalaydi. Sakrash elementlari qo‘llaniladigan har bir sport turida sakrash ko‘nikmasi o‘z moxiyati, maqsadi, mazmuni va yo‘nalishi bilan keskin farqlanadi. Masalan, yengil atletikada uzunlikka sakrash, to‘siqlararo sakrash, langar bilan sakrash, sport o‘yinlarida (voleybol, basketbol, futbol, gandbol) vertikal yoki dioganal yo‘nalishda sakrash, badiy gimnastikaga xos sakrash va xokozalar qayd etilgan fikrga misol bo‘la oladi. Ilmiy yangiligi: 1. Voleybolga xos sakrash turlari, ularning tarkibiy tuzilishi va sakrovchanlikni rivojlanish dinamikasi o‘rganilgan. 2. Voleybolga xos sakrash turlari, sakrovchanlik va sakrash chidamkorligini rivojlantiruvchi vaziyatli o‘yin mashqlari majmuasini ishlab chiqish va uning samaradorligini yosh voleybolchilar jalb qilingan pedagogik tajriba yordamida o‘rganilgan. 3. Olingan natijalar asosida uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish va ularni voleybolchilar tayyorlash amaliyotiga tadbiq etilgan. Tadqiqotning ilmiy farazi. Voleybolda turli zonalarda va turli taktik maqsadda sakrab ijro etiladigan hujum zarbalari turlariga mos sakrash ko‘nikmalari o‘ziga xos koordinatsion mazmun (nusqa) bilan farqlanadi. Faraz qilindiki, bunday sakrash ko‘nikmalarini ixtisoslashtirilgan vaziyatli o‘yin 4
mashqlari yordamida erta yoshlikdan boshlab shaklllantirish sakrash balandligini ham, uning koordinatsion aniqligini ham jadal o‘sishiga imkon yaratadi. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar tahlili. Mutaxasislarning fikriga ko‘ra, voleybolda sakrovchanlik sur’ati nafaqat oyoq mushaklarining “portlovchi” kuchiga bog‘liq ekan, balki balandligi oyoqlarning tizza qismidan bukilish burchagi va tana xamda qo‘llarning faol “yoysimon” xarakati bilan ham belgilanar ekan. (Yu.D.Jeleznyak, 1997; 2005; L.R.Ayrapetyans, 2006; L.R.Ayrapetyans, A.A.Pulatov, 2012). Mazkur mualliflar yana bir muxim masalaga e’tibor qaratishdiki, sakrab turli o‘yin usullarini (Masalan zarba berish, to‘siq qo‘yish, to‘p uzatish yoki to‘p kiritish) ijro etishda sakrash kordinatsiyasi va sakrash balandligini ta’minlovchi mushaklarda ixtisoslashuv belgilari shakllanib borar ekan. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Sakrash ko‘nikmalari va ularning mazmun-moxiyati nafaqat sport turining xususiyatiga qarab farqlanadi, balki bir sport turi tarkibida ijro etiladigan sakrash ko‘nikmalari sakrab bajariladigan texnik usullar turi va yuzaga kelgan taktik vaziyatlar talabiga qarab har bir-biridan keskin farq qiladi. Jumladan voleybolda birinchi yoki ikkinchi “temp” o‘yinchisining zarba berishda, to‘p kiritishda, to‘siq qo‘yishda, to‘p uzatishda va orqa zonalardan hujum qilishda qo‘llaniladigan sakrash ko‘nikmalari turli mazmun va yo‘nalishda ijro etiladi. Amaliy jihatdan muxim va e’tiborli joyi shundaki, ushbu o‘yin usullarining ayrimlarini (zarba berish va to‘siq qo‘yish) ijro etishda foydali natijaga erishish ustivor jixatdan sakrovchanlik sifatiga bog‘liqdir. Ma’lumki, bugungi kunda sport amaliyotida jismoniy sifatlar, shu jumladan sakrash ko‘nikmalari va sakrovchanlik sifatini tanlagan sport turiga xos yo‘nalishda shakllantirish erta yoshlikdan boshlab amalga oshirilishi isbot talab qilmaydi. Dissertatsiyaning tarkibiy tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya “Kirish”, 4 ta bob, “Xotima”, “Amaliy tavsiyalar” va “Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati” dan iborat bo‘lib, uning hajmi 78 betni tashkil etadi. Ishda o‘tkazilgan tadqiqot 5