Koreys tili darslarida leksik kompetensiyani rivojlantirish metodlari
Koreys tili darslarida leksik kompetensiyani rivojlantirish metodlari MUNDARIJA KIRISH………………………………………………………………………….…4 I BOB . KOREYS TILINI O‘QITISH METODLARI………………………….8 1.1. Koreys tilini o‘rgatish metodlari .…………………….……………………. ….8 1.2. Koreys tili darsida kompetensiya……... ……………………………………...12 II BOB. FOYDALANILADIGAN METODLARNING ILMIY VA AMALIY NAZARIYASI………………...………………………………………………….21 2.1. Leksik kompetensiyani rivojlantirish………………...…………………….… 21 2.2. Kompetensiyani rivojlantirish metodlari………………………………….….27 XULOSA…………………………………………………………………………35 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………….38 1
KIRISH Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbari O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan soha vakillariga yo‘llagan tabrik nutqida ta’kidlaganidek, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. Shuning uchun ham, O‘zbekistonda ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash maqsadlariga katta kuch va mablag‘lar yo‘naltirilmoqda. Maktabgacha ta’lim, maktab va oliy ta’lim tizimlari, ilmiy- tadqiqot muassasalari faoliyatida sifat o‘zgarishlari ro‘y bermoqda. Jumladan, jamiyatda muallimning obro‘-e’tibori va maqomini ko‘tarish, o‘quv dasturlari va metodikasini to‘liq qayta ko‘rib chiqish, maktabni ta’limning keyingi bosqichlari bilan uzviy bog‘lash, o‘qituvchilarni ortiqcha qog‘ozbozlikdan xalos etib, o‘z ustida ko‘proq ishlashi uchun sharoit yaratish va shuni rag‘batlantirish, maktab infratuzilmasi va undagi ma’naviy muhitni yaxshilash kabi masalalarning yechimlari aniq belgilab berilmoqda. Eng asosiysi, joylardagi rahbarlarning, shuningdek, mahalliy kengashlarning ushbu muhim masalaga yondashuvi va e’tiborini tubdan o‘zgartirish, ularning mas’uliyati, javobgarligi va hisobdorligi mexanizmlari kiritilmoqda. Videoselektor yig‘ilishida ta’lim sohasidagi muammolar, ularni hal etib, ta’lim sifatini oshirishga oid vazifalar muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari avvalo maktablarda o‘quv yuklamasi va darslar sonini qayta ko‘rib chiqish, o‘quvchilarni faqat yodlashga emas, balki fikrlashga chorlaydigan metodika yaratish zarurligini ta’kidladi. Bu borada Finlyandiya tajribasi misol qilib keltirildi. Ushbu mamlakat umumiy savodxonlik, 2
tabiiy fanlar va matematika bo‘yicha dunyoda eng ilg‘orlardan biri. – Maktabda o‘qitish metodikasi o‘zgarmasa, ta’lim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham o‘zgarmaydi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. “O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi” fanini o‘qitishdan maqsad - ona tili ta’limining ilmiy - nazariy asoslarini, o‘qitishning eng qulay va zamonaviy metodlarini ta’limning turli bosqichlarida qo‘llay olishni, bo‘lajak o‘qituvchilarga qo‘yiladigan kasbiy talablar asosida ona tili fanini zamon talablari darajasida o‘qitishning samarali metodlari, shakl va usullarini o‘rgatish, ularni amaliyotga tatbiq qilishning pedagogik-metodik imkoniyatlarini yoritishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni zaruriy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish, ularda kasbiy-pedagogik hamda metodik ko‘nikma va malakalami shakllantirish, mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyati, o‘qituvchilik kasbiy madaniyatini kamol toptirishga o‘rgatish vazifalarini bajaradi. O‘zbek tilini o'qitish metodlari, usullari, ularning nazariy asoslari, ona tili fanining ta’lim tizimida tutgan o‘rni, ona tilining bar bir sathi doirasida o'quvehilarua beriladigan BKMlar majmuasi, o‘zbek tili va adabiyot o‘qituvehisining innovatsion pedagogik faoliyatining nazariy-metodik asoslari, pedagogik faoliyatni amalga oshirish metodikasi baqidagi bilimlarga; - o‘zbek tili bo‘yicha o‘quvchilarni mustaqil tahsil olishga yo‘llash. ona tili fani bo‘yicha o‘quvchilar bilimini baholay olish, darslarni loyihalashtirish va tashkil etish metodlarini to‘g‘ri tanlash, muammolar yechimlarini topa olish ko‘nikmalariga. umumiy o‘rta va o‘rta maxsus. kasb-lumar ta’limi o‘zbck tili ta’limi mazmuni, bu fanlarni o‘qitishda uning qismlari, boblariga xos xususiyallarini tahlil qila olish, o‘zbek tili ta’limida an’anaviy va noan’anaviy shakllarini qo‘llash, o‘quvchilar o‘quv-biluv faoliyatini faollashtirishga qaratilgan dars usullaridan foydalanish, darsdan tashqari mashg‘ulotlarni aniq va maqsadli tashkil eta olish, o‘z shaxsiy va kasbiy axborot maydonini loyihalashtirish malakalariga ega bo‘lishi kerak. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Sharq filologiyasi fakulteti tomonidan 2022-yil 17-may kuni “Koreys tilini o‘qitishda pedagogik kasbiy 3
kompetensiya muammolari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Konferensiyada soha mutaxassislari, yetakchi olimlar, professor o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrant va iqtidorli talabalar ishtirok etishi mumkin. Konferensiya materiallari elektron to‘plam tarzida nashr etilgan. Ilmiy maqolalar to‘plamiga DOI raqam beriladi va konferensiyaning barcha ishtirokchilariga sertifikat taqdim etiladi. Kurs ishining dolzarbligi. Koreys tili hozirgi kunda nafaqat bizning mamlakatda balki butun dunyo bo ‘yicha keng ko‘lamda o‘rganilayotgan til bo‘lganligi uchun bu tilni o‘rganish kata ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga bu tilni o‘rganish usullari va metodlari ha,m muhim rol o‘ynaydi. Darsni qanchalik qiziqarli tarzda o‘tish tilning o‘zlashtirish samaradirlik darajasini belgilab beradi. Nafaqat koreys tilida o‘rganishda balki umuman olganda barcha fanlarni o‘rganishda o‘yinlardan va metodlardan foydalanishni bilish va qo‘llay olish juda kata ahamiyat kasb etadi. Kurs ishi mavzusining maqsadi. Yosh olimlarning malakasini oshirish; Sharqshunoslik va filologiyaning dolzarb masalalari bo yicha hamkorlik olibʻ boriladigan ilmiy mavzularni belgilagan holda xalqaro darajadagi ilmiy-uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish; Yangi ilmiy loyihalar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; Yangi ilmiy loyihalar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; O‘zbekiston va Koreya fan va ta’lim tizimidagi ilg‘or tajribalar, innovatsiyalar haqida yangi ma’lumotlar olish. Hozirgi paytda xorijiy tillarni o‘rgatishda bo‘lajak mutaxassislarni xorijiy tillardan birida erkin, tarjimonlar-siz tushuna oladigan, dunyo fani va texnikasi yangiliklaridan original tilda eshitib va o‘qib fahmlay oladigan, mamlakatimizning boshqa mamlakatlar bilan madaniy, iqtisodiy, do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shadigan kadrlar tayyorlash bosh vazifa qilib belgilanmoqda. Respublikamizda amalga oshirilayot gan kadrlar tayyorlash borasidagi milliy siyosatni amalga tadbiq qilinishi o‘laroq chet tillarni o‘qitish, xorijiy tillarda munosabat o‘rnatishga salohiyatli kadrlar tayyorlash maqsadida 1994 yilda Samarqand shahrida ham chet tillar instituti tashkil qilindi. Institut 4
o‘quv dasturlariga ingliz, nemis, fransuz, koreys, yapon, xitoy, arab tillari bo‘yicha filolog kadrlar, tarjimonlar etishtirish vazifasi ham qo‘yildi-ki, hozir bu sohadagi ishlar muvaffaqiyat bilan amalga oshirib kelinmoqda. Bo‘lajak xorijiy til mutaxassisi bilimlarining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri uning muloqatga kirisha olish ko‘nikma va malakalarining qay darajada shakllanganligi bilan o‘lchanadi. Bunda avvalom bor, o‘rganilayotgan chet tili grammatikasi, xususan so‘z turkumlarining qiyosiy tahliliy o‘zlashtirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Nazarimizda bu borada maxsus metodik sistema yaratish, o‘quvchilarni xorijiy tillarga o‘rgatishning kommunikativ strategiyasini aniqlash, o‘rganayotgan xorijiy til (ishimizda koreys tili nazarda tutilmoqda) hamda ona tili sistemasida morfologik qatlamning qiyosiy talqin etilishi, bu orqali talabalarning kommunikativ salohiyatini yanada oshirish dolzarb muammo sifatida ko‘zga tashlanayapti. Kurs ishimizda biz ana shu muammoni o‘rganishni, koreys hamda o‘zbek tillari grammatikasida sifat so‘z turkumining qiyosiy talqini asoslarini tadqiq qilishni maqsad qilib belgiladik. Kurs ishi mavzusining vazifalari. O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish; O‘zbekiston bilan Sharq mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlarning ustuvor yo‘nalishlarini ilmiy o‘rganish va amaliy takliflar ishlab chiqish; filologiya sohasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish; Kurs ishi mavzusining predmeti. Zamonaviy koreys tilining o‘qitishda pedtexnologiyalardan foydalanish Sharq tillarida o‘qitishning samaradorligi Ko‘p madaniyatli dunyo makonida chet tillarni o‘qitish Uzluksiz ta’lim tizimida chet tillarni o‘qitishning zamonaviy yondashuvlari 5