Tasviriy san'at darslarida manzara ishlash orqali faoliyatini rivojlantirish usullari (Tog’ manzarasi misolida)
Tasviriy san'at dars larida manzara ishlash o rqali faoliyatini rivojlantirish usullari (Tog’ manzarasi misolida) MUNDARIJA: KIRISH …………………………………………………………………………... I. Bob. Tasviriy san'at dars larida manzara ishlash o rqali faoliyatini rivojlantirish usullari . I.1. Adabiyotlar tahlili………………………………………………………... I.2. O’quvchilarning na z a r iy b ilim va a m ali k o’ n i k m al a r i n i sh a k i l lan t i r ish d a m an z a r a i sh l ash m as h g’ u l o tl ari n i n g o ’ rni va a h a m i y a t i. I.3. T as v iriy sa n ’ a t d a r s l a r i d a o’quvchilarni m anz a r a k o m poz i t s iy a s i n i i s hl a s h g a o ’ r ga ti sh h a m da o’quvchi r i jo diy q obil iy a t o a r i n i sha k l l an t irish ped a go g ik m u a m m o sifatida. II. Bob. Tasviriy san'at dars larida manzara ishlash o rqali faoliyatini rivojlantirish metodikasi . II.1. Manzara ishlash bo‘yicha tasviriy san’at mashg’ulotlarini tashkil qilish prinsiplari ……………………………………………………..…………… II.2. Manzara ishlash mashg’ulotlarini mavzusi bo‘yicha dars ni ma’lum texnologiya asosida tashkil etish va uning samaradorligi………………… II.3. “Tog’ manzarasi” kompozitsiyasi bo‘yicha naturadan rangtasvir jarayoni... U m u m iy x ulosa ………………………………………………………………… F o y d a l a n i lg an a d a bi yo tl ar r o’yha t i… ……………………………………..…. Il o valar ………………………………………………………………………….. 1
KIRISH O‘ zbekiston xalqlarining tarixi, qadriyatlari, ilm-fan, madaniyat durdonalarini, har tomonlama ilmiy o‘rganish va tahlil etish g‘oyat muhimdir. ”Bugun bizning oldimizga shunday tarixiy imkoniyat paydo bo‘ldiki, - degan edi prezidentimiz SH.M.Mirziyoev - biz bosib o‘tgan yo‘limizni tanqidiy baholab, ilmiy davlatchiligimiz negizlarini aniqlab, buyuk madaniyatimiz tomirlariga, qadimiy merosimiz tomirlariga qaytib, o‘tmishdagi boy an’analarni yangi jamiyat qurilishiga tatbiq etmog‘imiz kerak.” Shu maqsadda respublikamiz hukumatining qator hujjatlari Vatanimizning har tomonlama jahon andozalari asosida rivojlantirishga qaratilmoqda. Jumladan, yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda madaniyatimiz, qadriyatlarimiz, milliy san’atimiz namunalaridan, ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan va butun jahonga mashhur bo‘lgan ajoyib san’at namunalaridan keng foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. San’at, xususan rassomlik, istiqlol davrida mafkuraviy - g‘oyaviy, ma’naviy olamning tarkibiy qismi sifatida u millat hayotidagi siyosiy va ijtimoiy – iqtisodiy o‘zgarishlarga plakat kabi tashviqot - targ‘ibot vositalarga o‘xshab tezkorlik bilan javob bera olmasa-da, 1990 yillarning ijodiy targ‘ibotlaridan kelib chiqqan holda davom etmoqda. Ko‘p asrlik tarixga ega O‘zbekiston rassomlik san’ati murakkab va serqirra badiiy obrazli tizimdir. Boshqa san’at turlari kabi, rassomlik ham doimiy rivojlanishda. Rassomlik haqida ilmiy tadqiqotlar olib borilib, arxeologik topilmalar san’at tarixini kundan- kunga yangi ma’lumotlar bilan boyitmoqda. Rassomlik kishilik jamiyati taraqiyotining barcha davrlarida unga hamroh bo‘lgan. Xalqlar kelishgan-ketishgan, davlatlar taraqqiy etgan va vayron bo‘lgan, lekin san’at qolgan. Tarix, turmush, o‘tgan odamlarning qiyofasi haqida ko‘pgina ma’lumotlar san’at tufayli orttirilgan. Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi: 2
Mamlakatimiz o’z mustaqilligiga erishgan dastlabki yillardan boshlab hukumatimiz tomonidan yosh avlod tarbiyasiga e’tibor berishni eng muhim vazifa deb qaraldi. Chuki, har bir davlat o’z kelajagini soglom, ma’naviy barkamol bolgan, ilmli yoshlar misolida ko’radi. Ana shunday milliy uyg‘onish davrida О ‘zbekiston Prezidenti SH.M.Mirziyoev Mustaqillik bilan bog‘lik barcha ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy masalalar qatorida inson, ayniqsa yosh avlod ma’naviyati, erkin, ozod shaxs ma’rifatiga, madaniyat va san’atning rivojiga alohida e’tibor berdi. «Hozirgi murakkab sharoitda xalqimiz, awalo, o'sib-unib kelayotgan yosh avlodimiz ongi va qalbida mafkuraviy immunitet hosil qilish muhim ahamiyatga ega. Bu ishni bamisoli yosh niholga mevali daraxt kurtagini payvand qiladigan usta bog'bondek noziklik va mehr bilan oqilona amalga oshirish lozim», deb ta’kidlanadi sobiq Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimovning “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” asarida. Shuningdek, yurtboshimiz 1989 yilning 25 oktyabrida O’zbekiston SSR Oliy Sovetining XI sesiyasida so’zlagan nutqida kadrlar tayyorlash ishiga muhim e’tibor qaratib, quyidagi fikrlarni bildirgan edilar: “Agar ertangi kunimizni o’ylab ish qilmoqchi bo’lsak, kelajakda ishimizni davom ettiradigan bugungi yoshlarimizga sharoit yaratib,ularning hayoti haqida qayg’uradigan bo’lsak, avvalo, mahalliy yoshlarni tarbiyalash ishiga munosabatimizni mutlaqo o’zgartirishimiz kerak”. 1 Zotan, takomil ma’na vii madaniyat va san’atsiz, milliy qadriyat-larni yanada yukori boskichga k о ‘tarmasdan tu-rib, yangi jamiyatni, yangi ijtimoiy-manzara munosabatlarni va yangi dunyokarashni barpo etish mumkin emasligi ayon b о ‘ldi. Shu munosabat bilan, 1997-yili O'zbekiston Respublikasida ta'lim tizimini rivojlantirish bo'yicha «Ta'lim to'g'risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilindi. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da estetik turkumdagi fanlarni o'qitilishiga alohida e'tibor berilgan bo'lib, xususan, uning «Uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivoj-lantirish tamoyillari» qismida uzluksiz ta'limning faoliyat ko'rsatish tamoyillaridan biri ta'limning ijtimoiylashuvi deb qaraldi. U 1 Islom Karimov. O’zbekiston Mustaqillikka erishish ostonasida. –T, “O’zbekiston” NMIU, 2011 yil, 70-bet. 3
ta'lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, yuksak ma'naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish lozimligini qayd etadi. «Hozirgi vaqtda eng muhim, eng dolzarb vazifamiz — jamiyatimiz a'zolarini, avvalambor, voyaga yetib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish, ularning qalbida milliy g'oya, milliy mafkura, o'z Vataniga mehr-sadoqat tuyg'usini uyg'otish, o'zligini anglash, mil liy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iboratdir», deyiladi sobiq Prezidentimiz I.A. Karimovning “Xushyorlikka da’vat” risolasida. Yoshlarga tasviriy san’at darslarini o’qitishda yangicha metod va usullarni izlab topish, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalalari ayniqsa dolza r b mavzulardan hisoblanadi. Ushbu bitiruv malakaviy ishida , ham tasviriy san’at darslarining muhim bo’g’ini bo’lgan manzara janrda rasm ishlash mashg’ulotlarini olib borish, uning o’ziga hos jihatlari aniq bir mashg’ulot misolida yoritilib berishga harakat qilindi. Umumta’lim maktablari tasviriy san’at darslarida manzara janrda rasm ishlash mashg’ulotlari o’z mazmuniga ko’ra bir necha turga bo’linadi va bu darslarni o’qitish ma’lum murakkabliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun mahg’ulotlarni metodik jihatdan to’g’ri tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Umumta’lim maktablarida tasviriy san’at fani mazmunini aniqlash, o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish va o’quv jarayoniga tadbiq etish, o’quv materialining mazmuni va tuzilishining mukammaligi o’quvchilar saviyasiga mosligi ilmiy bilish jarayonida faolikni kuchaytiradi va pedagogik samaradorlikni oshiradi. “ Tasviriy san'at mashg'ulotlarida o'quvchilarni manzara chizishga o'rgatish metodikasi (Tog’ manzarasi misolida)” mavzusi ham dolzarb muammolardan bo’lib, u ta’limda yangicha usullarni ishlab chiqish va samarali foydalanishni taqoza qiladi. Mazkur malakaviy ish ana shu dolzarb muammoni hal qilishga qaratilgan. Muammoni o’rganilganlik darajasi : O'zbekistonning milliy tasviriy san'ati ayniqsa rangtasvir san'atining shakllanishi XX asrning boshiga to'g'ri keladi. Turkistonda-Toshkentda va Samarqandda qisqa vaqt ichida (1918-1919 yillarda) ikki badiiy bilim yurtlari tashkil etildi Nikolay Rozanov, Povel Benkov, Ogenes 4
Tatevosyan, F.Urimstev, Leonid Bure va boshqa rus rassomlari o'zbek yoshlarining baddiy Kasb-hunar kolleji va studiyadagi dastlabki ustozlari bo'lgan edilar. Ular o'z shogirdlariga o'zbek badiiy madaniyatining eng yaxshi an'analarini singdirib bordilar. Turkistonda birinchi badiiy maktablarning ochilishi o'zbek xalq san'atining rivojlanishida yangi bir sahifa bo'ldi. 1916 yilda Toshkentda rassom A.Volkov umumiy o’rta ta’lim maktablarida, Toshkent o'qituvchilar instituti, Oliy pedagogika kursi, temir yo'l bilim yurtida rasmdan das berdi. XIX asr oxirida Toshkentdagi Evropacha ta'lim maktablarida rasm va chizmachilik darslari o'tilgan. Bu ushbu hudud va badiiy ta'limi uchun o'ziga xos yangilik edi. Masalan I.Kazakov real bilim yurtida S.Yudin kadet kursida dars bergan. Mohir akvorelchi-manzarachi P.Nikiforov esa 1912 yilda Farg'ona Kasb- hunar kollejilarida rasm va chizmachilikdan saboq bergan. O'zbekistonda XX asr boshlarida rassomchilik maktablari, studiyalar, texnikumlar ochildi. 1918 yilda Samarqand rassomchiliik Kasb-hunar kollejii tashkil etildi. 1919 yilda esa S.Yudin, I.Kazakov, Z.Chernavskaya tashabbusi bilan Toshkentda Turkiston Xalq rassomchilik Kasb-hunar kollejii ochildi. Unda S.Yudin, I.Kazakov, A,Volkov, A. Isupov kabi taniqli rassomlar dars berdi. Bu Kasb-hunar kollejining . o'quvchilari orasida A.sidiqiy, Ruziev va boshqalar bor edi. 1949 yilda Turkiston xalq rassomchilik maktablari, rassomlik bilim yurtiga aylantirilib, unga P.Benkov nomi berildi (hozirgi rassomlik kolleji). Ushbu bilim yurti Respublikada badiiy ta'limni ravnaq topishiga samarali ta'sir ko'rsatdi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Rossiyadan O'zbekistonga minglab kishilar, jumladan ko'plab rassomlar ham ko'chib keldi. Bu paytda Toshkentda yuqori malakali pedagoglar jamoasi mavjud edi. Ushbu fakultetda O'rta Osiyoning qo'shni respublikalaridan va kavkaz o'lkalaridan yoshlar kelib o'qirdi. TTRI, rassomlik fakultetining yuksak malakali professor o'qituvchilari bo'lg'usi rassomlarni mustaqil ijodiy ishlashga o'rgatadigan salohiyatga ega edilar. 5