logo

Manzara asarlari vositasida o’quvchilarni tabiatni sevishga o’rgatishning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2485.65625 KB
1 MUNDARIJA
Kirish………………………………………………………………….. 3
I   BOB:   Manzara   asarlari   vositasida   o’quvchilarni   tabiatni   sevishga
o’rgatishning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati.
1.1. Adabiyotlar tahlili………………………………………………..10
1 .2.  Tasviriy san`atda manzara janri х ususida………………………..13
1.3.  Ma nzara janridaijodqilganmusavvirlar hayotiv a  ijodi……….….21
II-BOB:   Umumiy   o’rta   ta’lim   maktablari   tasviriy   san’at   darslarida
tabiat manzaralarini bosqichli ishlash usullari.
2.1.   Manzara   janrida   ob`ekt   tanlashning   zarurligi   va   mavzuning
tug’ulishi … ………………………………………………………………….24
2.2.  Tabiatda perspektiva va rang…………………………………….31
2.3 .   Bosqichli   manzara   ishlashda   izlanishlar   va   kompozitsiyani
mukammallashtirish jarayoni……………………………………..…………48
2.4.  Tajriba-sinov ishlari va olingan natijalar…………………………53
Umumiy x ulosa…………………………………………… … …… . … 57
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………… . … . . 59
Ilovalar ……………………………………………… . …………… .. … 60
2 Kirish.
O'zbekiston   Respublikasi   Mustaqillika   erishgandan   keyin   jamiyatimizda
katta  xayrli   o'zgarishlar   sodir   bo'ldi.  Yangi   tashkil   etilgan   akademik  lisey,   kollej,
oliy ta'lim muassasalarida taxsil olayotgan yoshlarning badiiy va estetik tarbiyasiga
katta   e'tibor   bilan   qaralmoqda.   Inson   ijodiy   faolligi   uning   har   tomonlama   kamol
topishida   muhim   omil   bo'lib,   uni   estetik   to'laqonliksiz   tasavvur   etib   bo'lmaydi.
Inson   xayotiy   jism   va   buyumlar   qurshovida   kechadi.   Rang-barang   buyum   va
jismlar dunyosi borliqqa go'zallik nafosat qonuni orqali qarashga undaydi. 
Ushbu   bitiruv   malakaviy   ishi   –   Rangtasvir   san'ati   sirlarini   o'rganishda
kerakli qo'llanma bo'lib, u o'zbek xalqining ko'p asrlik badiiy me'rosi, uning jaxon
san'ati   taraqqiyotida   tutgan   o'rni   haqida   tasavvur   beradi.   Rangtasvir   sohasi
ijodkorlarning,   eng   avvalo   yosh   iste'dodlarni   xalqimizning   boy   ma'naviy
dunyosini,   shuningdek   jaxon   rangtasvir   san'ati   durdonalarini   o'rganishda   yaqin
ko'makchi hamdir. Ushbu bitiruv malakaviy ishi ko'rgazma faoliyati orqali o'zbek
rangtasvir   san'ati   yutuqlarini   O'zbekiston   va   xorijda   keng   tanitib   kelayotgan
O'zbekiston   Badiiy   Akademiyasi   o'quv   muassasalarida   dastlabki   sinovdan   o'tgan
o'quv reja va dasturlari asos qilib olindi. 
Rangtasvir   o'quv   fani   ma'naviy   barkamol   avlodni   tarbiyalashda   o'zining
keng   imkoniyatlari   bilan   alohida   ajralib   turadi.   Rangtasvir   fani   ijodiy   faoliyati
san'atkorning   dunyosini,   borliqni,   uning   go'zalligini   ranglar   orqali   ko'rish   va
tasavvur etish, xaqiqiy san'at asarini qadrlashni o'rgatadi. Bu fanning bosh maqsadi
– o’quvchilarda badiiy madaniyat va badiiy fikrlash tafakkurini yuksaltirish hamda
ijodiy faoliyatni tarbiyalashdan iboratdir. Rangtasvir o'quv fani o'z oldiga qo'yilgan
vazifalar quyidagilardan iborat: 
- atrof muhitdagi ranglarni ko'ra olish va ularni idrok etishga o'rgatish. 
- badiiy qobilyat, did va fikrlash faoliyatini o'qitish.
-rangtasvirning   nazariy   asoslari:   nur-soya,   rangshunoslik,   perspektiva   va
fazoviy   tasavvurni   o'stirish,   shuningdek   rangtasvir   san'atining   turlari,   janr,   oqim,
atama va iboralari xaqida tushuncha berish.
3 -   rangtasvir   asarlarini   o'qiy   olish   va   rang   ko'rish   malakasi,   ko'nikmalarini
rivojlantirish.
- o’quvchilarni turli kasb-xunarga yo'naltirish va vatanparvarlik, avvlambor
milliy va umuminsoniy qadryatlarga hurmat tuyg'usini tarbiyalash. 
Rangtasvir o'quv fanini o'rgatish barcha umumta'lim va boshqa fanlar bilan
uzviy bog'liq xolda amalga oshiriladi.
Mazkur   bitiruv   malakaviy   ishi   rangtasvirning   umumiy   qonun-qoidalari,
rangning   to'laligi,   kuchi,   yorulikka   munosabati,   toza   va   shaffofligi,   mustaqilligi
haqida tushunchalar  beradi. Shuningdek, rangning sifatlari, rang turlari  va  bo'yoq
texnikasi,   undan   to'g'ri   foydalanish,   bo'yoqning   kimyoviy   tarkibi   va   rang   olami
haqidagi boshqa ko'plab ma'lumotlarni o'zida mujassam etgan. 
Bitiruv   malakaviy   ishning   dolzarbligi:   O'zbekiston   Respublikasida   ta'lim
tizimini  rivojlantirish bo'yicha «Ta'lim to'g'risida»gi  qonunva «Kadrlar  tayyorlash
Milliy   dasturi   qabul   qilindi.   «Kadrlar   tayyorlash   Milliy   dasturi»da   estetik
turkumdagi   fanlarni   o'qitilishiga   alohida   e'tibor   berilgan   bo'lib,   xususan,   uning
«Uzluksiz   ta'limni   tashkil   etish   va   rivojlantirish   tamoyillari»   qismida   uzluksiz
ta'limning   faoliyat   ko'rsatish   tamoyillaridan   biri   ta'limning   ijtimoiylashuvi   deb
qaraldi.   U   ta'lim   oluvchilarda   estetik   boy   dunyoqarashni   hosil   qilish,   yuksak
ma'naviyat,   madaniyat   va   ijodiy   fikrlashni   shakllantirish   lozimligini   qayd   etadi.
«Hozirgi   vaqtda   eng   muhim,   eng   dolzarb   vazifamiz   —   jamiyatimiz   a'zolarini,
avvalambor,   voyaga   yetib   kelayotgan   yosh   avlodni   kamol   toptirish,   ularning
qalbida   milliy   g'oya,   milliy   mafkura,   o'z   Vataniga   mehr-sadoqat   tuyg'usini
uyg'otish,   o'zligini   anglash,   mil liy   va   umuminsoniy   qadriyatlar   ruhida
tarbiyalashdan   iboratdir»,   deyiladi   birinchi   prezidentimiz   I.A.   Karimovning
“Hushyorlikga da’vat” risolasida.  1
Yoshlarga   rangtasvir   darslar ida   “Tabiat   manzaralarini   bosqichli   ishlash
usullari” mavzusidagi o’quv mashg’ulotini   o’qitishda yangicha metod va usullarni
1 I. A.Karimov. Hushyorlikka da’vat.Toshkent. O’zbekiston. 
4 izlab   topish,   zamonaviy   pedagogik   texnologiyalardan   foydalanish   masalalari
ayniqsa dolzab mavzulardan hisoblanadi.
“Tabiat manzaralarini bosqichli ishlash usullari” mavzusida manzara ishlash
mashg’ulotining   mazmunini   aniqlash,   o’qitishda   yangi   pedagogik
texnologiyalardan   foydalanish   va   o’quv   jarayoniga   tadbiq   etish,   o’quv
materialining   mazmuni   va   tuzilishining   mukammaligi   o’quvchilar   saviyasiga
mosligi ilmiy bilish jarayonida faolikni kuchaytiradi va pedagogik samaradorlikni
oshiradi.
Muammoni o’rganilganlik darajasi : 
U zluksiz   p e d a g og i k   t a ’ l i m   t i z i m i d a   o ’q i t uvc h i   s ha x si n i   k as bi y   t a y y or l a s h ,
o ’ qu v - ta r bi y a  j arayo ni da k a sb iy   m a d a ni y a t ni   m illiy   qa d r i y at l a   a sosi d a
s h ak lla n t i ri s h ,   pe d a go g ik   t u r k um   f a n l a r n i   o ’ q itish   j a ra y o n ida   b o ’ la j ak
o ’ qituv c hila r n ing   p e d a gogik   m adani y at i ni   t a rb i y alas h ,   s h uni ng de k ,   p e d ag og i k
m ah o r a t n i   q a r or t op ti r ish   m asa l a l a ri   A .   A li e v , X . Ab duka r i m o v ,   A .   A. V erbitski y ,
V .   K.   D y ache n k o , D.   O. X i m m ata l iev   v a   b o s h q a lar   i sh la r i d a   y or i ti l g a n b o ’l s a , M.
Y u.   X a k i m o va ,   B.   X .   Raxi m ov a ,   E.   I .   Pa s sov   ha m da   T.   Q udr a tovl a r   t o m o n i d a n
olib   b o ri lgan   ta dq i q ot   is hl ar i da   bo ’ lajak   o ’ qituv c hila r da   m u lo q o t   v a   n utq
m a d a n i y atini s h ak lla n t i ri sh bora sid a s o ’ z  y ur i tila d i .
T a ’ l i m   ti z i m ida   o ’ qituv c hi   s ha x si n i   sh a kll a n t iri s h   o ’ z- o ’ z i ni   b o s h q a r uv i
a s os ida   o ’ q it u vch i la r ni n g   i j t i m o i y   fa ol l i g ini   o sh i r i sh   v a   k as b i y   sh ak ll an g a n l ik.
Tas h xisi   m asa l a la r i   N .   A.   Mu s li m ov   M.   A.   A b d ul l a jo no v ,   O .   A.   A b d u lina,   A.
A k b arov,  M  .M .  A x m edjo n o v , L . A . Re g ushlar to m o n idan  y arat i l g a n a s a r la r da o ’ z
ifod a si  v a e c h i m i n i  t o p g a n .
T a ’ l i m   t iz i m i   u chu n ,   x u s us a n   u m u m i y   o ’ rta   t a ’ lim   m ak t abla r i   uc h un
rangtasvir   sa n ’ at   o ’ qi t uv ch ilar i ni   t ay y or l ash   m u a m m o l ari   bi l a n   bog ’ liq   b o ’l gan
t e xn o lo g i k  y o n das h uvlar  B. S .  K uz i n ,  A .  A.  Me l i k - Pa s ha e v, B. M.  N e m e n sk i y , B.
O ripo v ,  N . O y d i no v , Z.  N. N o v l y anska y a ,  N . N . Rost o vts e v , T.  Y a. Sh pi kal o v a , B.
P .   Yu sov   k a bila r ni n g   t ad qi q ot l ar i da   o ’ r g a n ilg a n .   Bi ro q ,   glob a l l as h u v   j a r a y o n ida,
bi l im   ol ish   s h ak l   v a   us u llari   y a n gi   t ex n o lo g i y alar   b il a n   b o y i t ila y ot g a n   bir   d a vrda
y angi   tad q iq o tl a r   ko ’ p r oq   qi z i qi s h   u y g ’ o t ad i .   S hu   m a ’ n od a   k e y i n gi   y il l a r da
5 bajar il g a n disser t a t si y a ishla r ida bu   m u a m m o ni ng e c h i m ida   y a n g i  i l m iy   xu l o salar
ta q d ime ti b b o ri l m o q d a .   X u s usan,   bo ’ laj a k   rangtasvir   s an ’ at   o ’ qituv c h isin i ng   k a s b iy
sh a k ill a ni s h i   ( V . N. Bannik o v ,   2009),   rangtasvir   s a n ’ at   o ’ q i tuv c h is ini   ka sbi y
k o m pe t e ntl ig ini   s h ak ill a nti r ish   jara y o n i ni   uz v i y l i g i ni   t a ’ m i nl ash n ing   p e d a g o gik
s har t - s ha r oi t la r i ( N . N.D o l g i x ,   2005)   k a bi   t ad q iq otlarbizn i ng   i z l a ni s hl a ri m iz   u c h un
m uay y an   a h a m i y at   k asb   e tsa- d a,   u l arda   rangtasvir   s an ’ ati   o ’ qituv c h i l a ri ni   kasbiy
t ay y or l as h da   ixti s osl i k   o ’ quv   f anlari   m iso l i d a   m u a mm o   hale til m aga n .   F a q a tgina
D . E. Starc h en ko   to m o n id a n   o l iy   p e d a g og ik   o ’ q u v   y ur t lar i da   b o ’l a j ak   rangtasvir
s a n ’ a t   o ’ qituv c hila r i ni   r a ng t asvir   o b ’ e k t l a r i ni   id r o k   e t is hga   o ’ rgat i sh   (2009),
A . P. D r o z do v t o m o n id a n   e sa   rangtasvir   s a n ’ at   o ’ q it uvc hi la r ini   t a y y or l a s h   m i s olida
q a la m ta s vir da r s l a r i da   o’quvchilarda b a d i i y   id r o k   e ti s h   q o bi l i y at l a r i n i   r i v ojl a n t i r ish
(2 00 7 )   m u a mm olari   a m alga   o sh i r i la y o t gan   t a d qi qot i m iz     u c h un   m et a do l ogik
y o ’ l l a n m a va z if a s i ni   o ’ ta y d i .   B i z ni n g bitirruv malakaviy ish i m iz g a   k en g   a l oq a d or
bo ’l gan   ishlar d an   B.B o y m et o vn i ng   bo ’ lajak   rangtasvir   s a n ’ at   o ’ qit u v c hi l ar i ni
o ’ z b ek   m i ll iy xalq a m aliy sa n ’ ati na m u n a la r i   a s o sida ta y y or l a s h ,   J . D ar m en o vni n g
M illiy   sa n ’ a t   v os i ta sid a   rangtasvir   sa n ’ at   o ’ qituv c hila r i   ta y y o r l a shni n g   n a z ar i y
a s o s la r i,   s h u ni ngd e k ,   rangtasvir   s a n ’a t i   o ’ qituv c hi s i n i   ka s b i y   fa o li y at g a
t ay y or l a s hn i ng   m etod i k   ji h a tl ari   A . S u la y m on o v   t o m o n id a n ,   s h unin g d ek
r e sp u b li ka m iz   o l i m lari   to m o n id a n   k o ’ p l a b   s hu   ka b i   il m i y   ishlar   t a d qiq   e tilgan
bo ’ lsa-da,   a y nan   i x itso s lik   f a nl a r i ni   o ’q i t ish   m et o dika s ini   ishlab   chiq i sh   o r q a li
rangtasvir   s a n ’ at   o ’q i t uvc h ilar i n i   k as b i y   t a y y orla s h   m asa l as i   m ax s us   t a dq i q o t
ob ’ ekti   s i f a t ida   o ’ r g a n i l m aga n .   O ’ zb e kis to n   sha r o itida   b u   o m il n i n g   o ’ z i ga   xo s
xu su s i y at l a r i ,   m i l li y -tar i x i y   n e g i z la r i   h a m da   za m onaviy   y o n das h uvla r i   m avjudligi
b o i s   h am   b u   yo ’ nalis h da   m ax s us   ta d qiqot   o ’ tka zish n i   taqa z o   e t a d i .   Ma z kur
m uam m oni   t ad q i q   qilis hd a   y uq o ri da   ko ’ rs a t ib   o ’ til g a n   v a   bo sh qa   m ua lli f la r ni n g
i l m iy   a s a r la r i ,   m o n ogr a f i k   k i to b la r i   biz   t ad qiq qil m o q chi   bo ’ lg a n   m ua m m o n i   h am
n azari y ,   h a m   a m al i y   m u sh oh a da   qi l is h da   ka t ta  a m al i y  y or d am   berad i .
Bitiruv-malakaviy   ishda ko’rilayotgan muammo ilgari ham har tomonlama
o’rganilib   chiqilgan   va   amaliyotga   joriy   qilingan.   Masalan,   bu   muammolar
yechimi   S.   Abdirasilov,   B.   Boymetov,   N.   Tolipov   tomonidan   2006   yilda   chop
6 etilgan   “Rangtasvir   san’at”   o’quv   qo’llanmasida,   Rahim   Hasanovning   Rangtasvir
san’at   o’qitish   metodikasidan   amaliy   mashg’ulotlar”   kabi   qo’llanmalarida
atroflicha ishlab chiqilgan. 
Ammo bu mavzu doirasida, xususan, kasb-hunar kollejlari rangtasvir san’at
darslarida   “Tabiat   manzaralarini   bosqichli   ishlash   usullari”   mavzusida   manzara
ishlash   mashg’ulotlarini   o’qitishning   zamonaviy   texnologiyalarini   qo’llash   hali
to’liq   ishlab   chiqilmagan.   Malakaviy   ishda   ana   shu   kamchiliklarni   bartaraf   qilish
yo’llari   taklif   qilingan.   Bular,   “Tabiat   manzaralarini   bosqichli   ishlash   usullari”
mavzusida   manzara   ishlash   mashg’ulotini   zamonaviy   pedagogik   texnologiyalar
asosida o’qitish uslubiyotining o’ziga xos tomonlari tadbiq qilinganligidir. 
Mavzuning   maqsadi .   Bitiruv-malakaviy   ishini   bajarishda   quyidagi
maqsadlar ko’zda tutilgan:
 - rangtasvirda kartina  ishlash,  uning  vositalari va qoidalarini o’rganish;
  -tasvirlash   metodlari   tarixi,   ularning   takomillashuv   jarayoni   va   hozirgi
zamon rangtasvir san’at o’qitilishi yo’llarini o’rganish, tahlil qilish;
-   kasb-hunar   kollejlari   o’quvchilarini   chizmatasvir   va   rangtasvir   ishlashga
o’rgatishning   eng   muhim   qirralariga   to’xtalib   aniq   misollar   asosida   yoritishga
e’tibor berish;
-ragtasvir   fani   masg’ulotlari   mazmuni   bilan   yanada   yaxshiroq   tanishib
chiqish;
-   kasb-hunar   kollejlari   rangtasvir   san’at   darslarida   “Tabiat   manzaralarini
bosqichli   ishlash   usullari”     mavzusida   rasm   ishlash   mashg’ulotlari   ishlanmasini
zamonaviy pedagogik texnalogiyalarni qo’llagan holda ishlab chiqish;
  -   “Tabiat   manzaralarini   bosqichli   ishlash   usullari”   nomli   rangtasvir
kompozitsiyasi ishlashni amaliy jihatdan ishlab chiqish;
Mavzuning   vazifalari.   Mavzuni   bajarishda     quyidagilarni   amalga   oshirish
vazifasi qo’yildi:
-  rangtasvir sanatning yosh avlodni tarbiyalashdagi ahamiyatini ochib berish;
-rangtasvir  nazariyasi bo’yicha ma’lumotlarni to’plash va o’rganish;
7 -rangtasvir   san’atdan  Davlat  Talim  Standartlarining  mazmun  va mohiyatini
o’rganish;
- Mashur rassomlarning  mavzu yuzasidan   tajribalarini o’rganish;
-   umumiy   o’rta   ta’lim   maktablari   tasviriy   san’at   darslarida   “Tabiat
manzaralarini   bosqichli   ishlash   usullari”   mavzusid a   rasm   ishlash   mashg’ulotlari
ishlanmasini   zamonaviy   pedagogik   texnalogiyalarni   qo’llagan   holda   ishlab
chiqish;
Bitiruv   malakaviy   ishning   obе'kti.   Umumiy   o’rta   ta’lim   maktablari
tasviriy   san’at     darslari   innovatsion   pеdagogik   tеxnologiyalarni   tadbig’iga
asoslangan   va   o’qitish   usullari   va   mеtodlarini   ishlab   chiqishga   qaratilgan     o’quv
jarayoni.
Bitiruv   malakaviy   ishning   prеdmеti.   Umumiy   o’rta   ta’lim   maktablari
tasviriy san’at fanida “Tabiat manzaralarini bosqichli ishlash usullari” mazvzusida
maznzara ishlash mashg’ulotini o’qitishda innovatsion pеdagogik tеxnologiyalarni
tadbiq   qilish   yo’llariga   bag’ishlangan   o’quv   matеriallari   mazmuni,   shakli   va
tanlash tamoyillari.
Bitiruv   malakaviy   ishining   amaliy   ahamiyati.   Bitiruv-malakaviy   ishini
bajarishda   olib   boriladigan   tadqiqotimizning   imiy   yangiligi   shundaki,   unda
Umumiy   o’rta   ta’lim   maktablari   tasviriy   san’at   darslari,   xususan   “Tabiat
manzaralarini   bosqichli   ishlash   usullari”   mavzusida   manzara   ishlash
mashg’ulotlarini     an’anaviy   va   noananaviy   usullardan   foydalangan   holda   olib
borishning   samarali   yo’llari   ishlab   chiqilmoqda   va   tavsiya   qilinmoqda.   Ishlab
chiqilgan   metodlar   amliyotda   sinab   ko’rilgan   va   undan   umumiy   o’rta   ta’lim
maktablari   tasviriy   san’at     san’at   fani   o’qituvchilari,  shu   sohada   ta’lim   olayotgan
o’quvchilar foydalanishlari mumkin.
Bitiruv   malakaviy   ishining   il m iy   ya n gil ig i :   “ Umumiy   o’rta   talim
maktablarining   tasviriy   san’at   darslarida   manzarani   bosqichli   ishlash   metodikasi ”
mash’gulotiga qo ’ y i l adig a n tal a b l a r n i  a sos l a s h ;
-“ Umumiy   o’rta   talim   maktablarining   tasviriy   san’at   darslarida   manzarani
bosqichli   ishlash   metodikasi ”   mavzusida   kompozisiya   islashga   o’rgatish
8 metodikasi”   mavzusidagi   amaliy   mash’gulotlarini   olib   borishning   m et o dik
asosla r i n i il m i y - i shlab c h iq ilis h i;
- Umumiy   o’rta   talim   maktablarining   tasviriy   san’at   mashg’ulotlarida
o’quvchilarni   “ Tabiat   manzaralarini   bosqichli   ishlash   usullari ”   mavzusida
kompozisiya   islashga   o’rgatish   metodikasi   mavzusidagi   amaliy   mashg’ulotlarini
olib borishning sa m arali  s h a kl va vo s it a la r i ni  i sh l ab  ch iqi li shi;
-Umumiy   o’rta   ta’lim   maktablari   tasviriy   san’at     darslarida   o’quvchilarni
“ Tabiat   manzaralarini   bosqichli   ishlash   usullari ”   mavzusida   kompozisiya   ishlash
mash’gulotlarini   olib   borish   jara y oni d a   o’quvchilar l a r n ing   e g al l a shla r i   lo z im
b o ’l g a n   bili m ,   ko ’ ni k m a   v a   m ala k a l a r i ni   b aho l a sh ni n g   ko ’ rs a tki c h   v a   m ezonla r i
ishlab  ch iqi li shi  bi lan be lg i l a n a d i .
Bitiruv   malakaviy   ishi   bo’yicha   tajriba-sinovishlari :   p e d a g o gik
t ad qiq otl ar n i   y anada   faoll as hti r is h ,   m uh i m   x u lo s a lar   c hi qa r ish  taj	riba-	sinov	
m	aydonlarid	a  
sh a kll a nti r uv c h i   ta j r ib a - sin ov   i shl ari n i   ol i b   b o ri s h   v a   o ’ t k a z is h ,
bitiruv   malakaviy   ishi	
m	azm	uniga  	aniqliklar  	va  	qo’shim	cha  	m	ateriallar  	kiritish,	
tajriba-sinov  	ishlari  	natijalarini  	uslu	biy  	tavsiyano	m	alar,  	ishlanm	alar  	va  	ilm	iy	
m	aqolala	rd	a  	yor	itish,  taj	riba-sinov  	ishlari  	natijalari  	m	atem	atik-statistik  	m	et	odi	
orq	ali  	qayta  	ishla	b  	chiqish,  	ishlab  	chiqi	lgan  	m	etodika  	bo’yicha  	olingan
n a t ija l a r ni   u m u m la s hti ri s h , bitiruv malakaviy ishi ho l i g a  k elti r i s hva  h i m o y aga  o lib
c h iq i sh b e lgila n g a n .
Bitiruv-malakaviy   ishning   qo’llanilish   sohasi;   “ Umumiy   o’rta   talim
maktablarining   tasviriy   san’at   darslarida   manzarani   bosqichli   ishlash   metodikasi ”
mavzusida manzara ishlashga o'rgatish mashg’ulotlari jarayoni.
Bitiruv-malakaviy   ishning   hajmi.   Ish   kirish,   uchta   bob,   olti   bo’lim,
umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan va ilovalarda iborat.
9 I   BOB:   Manzara   asarlari   vositasida   o’quvchilarni   tabiatni   sevishga
o’rgatishning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati.
I.1. Mavzu yuzasidan adabiyotlar tahlili
1. O'zbekiston   Respublikasining   «Ta'lim   to'g'risida»   gi   Qonuni
//Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. -Т.: Sharq, 1997.  19 b.
2. O'zbekiston   Respublikasining   "Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi".//
Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. -Т.:Sharq, 1997.32-63 b.
O'zbekiston   Respublikasida   amalga   oshirilayotgan   tub   islohotlar   jamiyatda
o'ziga   xos   ijtimoiy-siyosiy   va   iqtisodiy   rivojlanish   yo'lining   tanlab   olinishi,
shuningdek, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g'oyasi va talablari asosida jahon
ta'limi   standartlariga   muvofiq   keluvchi   uzluksiz   ta'lim   tizimini   shakllantirish
uchun qulay shart-sharoitni yaratdi. Ta'lim sohasida olib borilayotgan hamda aniq
maqsadga yo'naltirilgan davlat siyosati ijtimoiy jamiyat taraqqiyotini ta'minlovchi
ustuvor yo'nalishlardan bin sifatida e'tirof etilgan.
3. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. Т.: Ma'naviyat, 2008.
Ushbu   adabiyotda   ma'naviyat   tushunchasi,   insonning   ichki   dunyosi,   bugungi
kunda   insonlarda   ma'naviy   mafkurani   shakllantirish,   Sharq   mutafakirlarining
ma'naviyatni   shakllantirish   borasidagi   fikrlari,   mustaqillik   davrida   amalga
oshirilgan ishlar, oilaning jamiyatning asosiy bo'g'ini ekanligi hamda oila, mahalla
va   maktabning   ma'naviyatni   shakllantirishdagi   o'rni   kabi   masalalarga   e'tibor
qaratilgan.   Ushbu   adabiyotdan   o’quvchilarning   manaviy   dunyoqarashlarini
rivojlantirish borasidagi fikr va mulohazalarimizda foydalanishga harakat qildik.
4. Tasviriy san’at  darslarida manzara ishlash mashg’ulotlari   ilmiy va ijodiy
yo’nalishda   olib   borilishi   lozim.   O’quvchirga   ilmiy   yo’nalishda   ta’lim   berish
uchun   sana’t   tarixiga   oid   bilimlarga   o’qituvchi   ega   bo’lishi   lozim.   Shuningdek
bitiruv   malakaviy   ishining   birinchi   bobini   yoritishda,   tasviriy   san’atda   manzara
janri   tarixi   va   rivojlanish   bosqichlarini   ochib   berishda   ushbu   adabiyotlardan
unumli foydalandik   N. Abdullayev. N. Abdullayev San'at  tarixi. T-1987 y. San'at
tarixi. T-2001 y. N. 
10 5.  Hasanov R.H. Tasviriy san’at asoslari. Toshkent. Gofir G’ulom nomidagi
nashiryot matbaa – ijodiiy uyi 2009 -y. R.Hasanovning tasviriy san’at asoslari deb
nomlangan   asari   1966   yilda   chop   etilgan   O.K.   Apuxtinning   “Tasviriy   san’at
asoslari” nomli  kitobidan tubdan farq qiladi. Bu asarda tasviriy san’atning tarixiy
rivojlanishi   qisqacha   aytib   o’tilgan.   Tasviriy   san’atning   tur   va   janrlari   batafsil
yoritilgan   va   yangi   janrlar   ham   qo’shib   aytiladi.Turli   asarlar   tahlili   va
rassomlarning ijodi qisqacha aytib o’tiladi. Yaxshi reproduksiyalar bilan bezatilgan
va   izohli   lug’atga   ham   e’tiborini   qaratgan.   Adabiyotdan   biz   bitiruv   malakaviy
ishini  bajarish jarayonida manzara janr, va unda ijod qilgan turli rassomlar  ijodiy
faoliyatlarini yoritishda foydalandik.
6.   Raxmetov   S.   Dastgohli   rahgtasvirda   kompozisiya   asoslari.T.,   2007   y.
Ushbu   adabiyot   rangtasvir   to’garaklari   mashg’ulotlarini   olib   borishda
kompozitsion   yechim   topishda   keng   foydalaniladi.   Shuning   uchun   biz   bu
adabiyotni   yetarlicha   tahlil   qildi,   o’rgandik.   Raxmetovning   “Dostgohli
rangtasvirda kompozisiya asoslari” asarida alohida bizning mavzumizga doir joylar
bor. Chunki manzara ishlash san’atining o’zi kompozisiya bilan bog’lanib boradi.
Shuning uchun ham manzarachi rassomlarning ijodiga to’xtalib o’tilgan. Manzara
janrining mohiyati ochib berilgan ma’lumotlarni olish mumkin.
7. Mustaqillik davri manzara janrda ijod qilayotgan rassomlar haqida qisman
malumotlarni   birinchi   bobda   yoritish   uchun   quyidagi   adabiyotdan   foydalandik.
O’zbekiston  san’ati. Avtorlar jamoasi. T.: Uzbekiston. 2001. O’zbekiston tasviriy
va   amaliy   san’ati   haqida   keyingi   o’n   yilliklarni   o’zida   mujassam   etuvchi   kitob
hisoblanadi.   Tasviriy   san’atning   mustaqillikdan   keyingi   rivojlanishidan   ajoyib
satrlar   keltirib   o’tadi.   Juda   ko’plab   manzarachi   rassomlar   va   ularning   asarlari
haqida ma’lumotlar beriladi.
8. Taniqli san’atshunos Abduvali Egamberdiyevning rus tilida nashr etilgan
“Janrovaya   jivopis   O’zbekistana”   nomli   kitobida   Yu.   Taldikinning   “Bog’larda
bahor”   (1993)   manzara   kartinasining   mukammal   kompozitsion   echimi   va   oldingi
plandagi qiyg’os gullagan daraxtlar va go’zal rang koloritini e’tirof etgan. 
11 9 .Manzara   janrda   rasm   ishlashda   bevosita   manzara   janriga   ham   murojat
qilinadi.   Yurtimizda   manzarachi   rassomlar   yetakchisi   O’   Tansiqboyev   va   uning
hayoti   haqida   o’quvchirga   ma’lumot   bermasdan   bo’lmaydi.   Shu   maqsadda   biz
quyidagi adabiyotni lozim topdik va tahlil qildik. Taniqli san’atshunos olimlar N.
Ahmedova va R. Toqtoshlarning, manzarachi akademik rassom O’. Tansiqboyevga
bag’ishlab chiqarilgan monografiyalarida musavvirning ilk ijodidan boshlab taniqli
asarlar   yaratgungacha   bo’lgan   hayoti   va   ijodiy   izlanishlari   yorqin   ta’riflanadi.
Yuqorida qayd etilgan industrial manzara misolida “Qayroqqum GESi tongi” asari
tugal kompozitsiyasi bilan diqqatga sazovordir. 
10.   R.   Hasanov.   “Maktabda   tasviriy   san’atni   o’qitish   metodikasi”   T-“Fan”
2004 yil. Ushbu adabiyotdan biz asosan maktabda tasviriy san’at darslarini tashkil
etish   va   ularning   faoliyatini   olib   borish   borasidagi   fikirlarni   tahlil   qildik,   va
manzara janrda rasm ishlash mashg’ulotlarini tashkil etishda keng foydalandik.
Shuningdek   biz   bitiruv   malakaviy   ishini   yoritishda   quyidagi   adabiyotlarni
ham   yetarlicha   tahlil   qildik,   o’rgandik. .   B.   Jabbarov.   Rangshunoslikka   oid   ayrim
atama   va   iboralarning   izohli   lug'ati.   N-2001   y,   N.Normatova   Tasviriy   san'at
atamalari   lug'ati.   O'zbekiston   Badiiy   Akademiyasi.   T-1998   y,   B.   Tojiboyev.
Rangtasvir fanidan  ma'ruzalar matni. T-2000 y.
Tasviriy   san’atda   manzara   janr   jozibali   va   qiziqarliligi   bilan   ajralib   turadi.
Uni   o’zlashtirish,   hatto   uni   idrok   qila   bilish   ham   muayan   tayyorgarlikni   talab
qiladi.   M.   Nabiyevning   “Rangshunoslik”,   B.   Boymetovning   “Qalam   tasvir”,     B.
Boymetov   va     N.   Tolipovning   Maktabda   tasviriy   san’at   to’garagi,   S.   Uralovning
“Mo’jiza   yaratish   san’ati”,   N.   Oydinovning   “Rassom-o’qituvchilarni   tayyorlash
muammolari”,   D.   A.   Nazilovning   Kompozisiya   asoslari   kabi   adabiyotlarini
o’rganish ushbu muammolarning yechimiga sabab bo’ladi.
12 1.2. Таsviriy sаn`аtdа mаnzara jаnri   х ususida.
  Barcha   san'at   turlarida   bo`lgani   kabi   tasviriy   san'at   ham,   (rangtasvir,
qalamtasvir, haykaltaroshlik) o`z ichida har  xil janrlarga ajraladi. Janrlarga ajratish
rangtasvirda   yaqqolroq   ko`zga   tashlanadi.   Tasviriy   san'at   asarlarini   janrlarga
ajratishda,   odatda,   rasmda   nima   tasvirlanganligi   asos   qilib   olinadi.   Shunga   ko`ra,
rangtasvir   asarlarini   peyzaj   (tabiatni   tasvirlash),   natyurmort   (narsa-buyumlar
tasviri),   portret   (inson   tasviri),   syujetli-mavzuli   kartina   (xayotiy   voqealarni
tasvirlash)   kabi   janrlarga   ajratish   mumkin.   Tasviriy   san'atning   qalamtasvir
(grafika) turi ham shu tarzda janrlarga ajratiladi.
"Peyzaj"   fransuzcha   so`z   bo`lib   "tabiat"   degan   ma'noni   anglatadi.   Tasviriy
san'atda   tabiatni   real   yoki   xayoliy   ko`rinishlarini   aks   ettirishga   bagishlangan   asar
peyzaj:   yoki   manzara   deyiladi.   Manzara   qalamtasvir   yoki   haykaltaroshlikda   ham
yaratilishi mumkin. Biroq, manzara janrining imkoniyatlari rangtasvir san'atida har
tomonlama, to`laligicha uz ifodasini topadi.
Manzara   janrining   paydo   bo`lishi   juda   uzoqlarga   borib   taqaladi.   Manzara
tasvirlarining   keng   tarqalishini   qadimgi   Shark   davlatlari   xududida   va   Krit
orollarida   olib   borilgan   arxeologik   qazishmalarda   topilgan   buyumlar   misolida
ko`rish mumkin.
Tabiat   manzaralarini   aks   ettirish   Xitoy   rassomlik   san'atida   VI   asrda   paydo
bo`lgan.   Yevropa   san'atida   manzara   janri   mustaqil   janr   sifatida   XVII   asrdan
boshlab   rivojlandi.   U,   ayniqsa,   golland   rangtasvir   san'atida   keng   tarqaldi.   Shuni
qayd   etib   o`tish   kerakki,   to   XVII   asrgacha   tabiat   manzarasi   ko`rinishlari   faqat
mavzuli surat yoki portretlar uchun fon vazifasini o`tagan. Manzara janri mustaqil
janr   sifatida   shakllangan   bo`lsa-da,   unda   ba'zan   inson   obrazini   ham   uchratish
mumkin. 
Biroq, manzara kompozisiyasida inson tasviri, shuningdek, kichik voqeaviy
saxnalar   hal   qiluvchi rol   uynamaydi,   balki   manzarani to`ldirish,   tasvirning
jonli     chiqishi   uchun     xizmat     qiladi.Kamil   Koroning"Pichan       tashish",
13 A.Plastovning       "Birinchi   qor",     O`.Tansiqboevning   "Issiqq   ko`i   oqshomi"
kartinalarida shu holni kuzatish mumkin.
Tasviriy   san'at   asarlarida,   jumladan,   manzara   janrida   yaratilgan   asarlarda
rassomning   borliqdan   olgan   taassurotlari,   voqealikka   g`oyaviy-hissiy   munosabati
ham   aks   etadi.   Tabiat   manzaralari   tasvirida   rassomning   dunyoqarashi,   tabiatni
idrok   etishining   ijtimoiy-tarixiy,   milliy   va   uslubiy   xususiyatlari   o`z   ifodasini
topadi.   Shunga   ko`ra,   mashhur   rassomlarning   asarlarida   manzara   motivlarining
ulug`va-romantik   Shishkinning   "O`rmon   uzoqliklari"   kartinasi),   lirik
(A.Savrasovning   "Qora   qarg`alar   uchib   keldi"   kartinasi)   yoki   ijtimoiy-falsafiy
(I.Levitanning "Mangu uyquda"kartinalari) talqinlarini uchratish mumkin.
Manzara janri o`zining ichki bo`linishi - janr ko`rinishlariga ham ega bo`lib,
bular qishloq manzarasi, shahar manzarasi, industrial  manzara va manzara-marina
ko`rinishlarida bo`lishi mumkin.
Manzara ishlash texnikasini egallash bo`lajak rassomdan juda katta qunt va
mehnatni   talab   qiladi.Kuzatuvchidan   tabiat   manzaralarini   katta   masofa   ajratib
turishi,   yorug`lik   va   soya   reflekslarining   xilma-xilligi   va   ko`pligi,   yorug`-
soyalarning   tez   o`zgaruvchanligi,   ob-havo   va   fasllarning   o`zgarishi   -bularning
barchasi   manzara   ishlamoqchi   bo`lgan   rassom   mehnatini   qiyinlashtiradi.
Shuningdek,qiziqarli motivlarni paydo bo`lishiga olib keladi ham.
"Perspektiva" so`zi lotinchada "aniq ko`raman" ma'nosini anglatadi. Tasviriy
san'atda perspektiva qisqarish hamda narsalarning kuzatuvchidan uzoqlashgan sari
o`zgarib   borishi   ma'nosida   ishlatiladi.   Perspektiva   rassomga   manzarani   naturada
qanday   qurilsa,   kartinada   shunga   mos   tasvirlash   imkonini   beradi.   Perspektiva
qoidalarini   o`zlashtirish   manzara  chizish   jarayonida   ham   muhim   ahamiyatga   ega.
Manzara asarlarining muvaffaqiyati   ularda   tasvirlangan   predmetlarning   o`zaro
uyg`un  o`lchovlarda  aks  ettirilishiga  ham   bog`liq,  albatta.  Buning uchun  bo`lajak
rassom   naturani   diqqat   bilan   kuzatishi,   narsa   va   buyumlar,   jonivorlarning   bir-
14 birlariga   nisbatan   o`lchovlarini,   ularning   ufq   chizig`iga   nisbatan   joylashishi   kabi
jihatlarini tasvirlash bilan ularda manzara chizish malakasi shakllanib boradi.
Perspektiva   ufq   chizigi   bilan   bog`lik   holda   belgilanadi.   Ufq   chizigi
deyilganda   osmon   bilan   yerni   ajratib   turadigan   chiziq   tushuniladi.   Ufq   chizigi
rassomlikda   kuzatuvchining   yoki   rasm   chizuvchining   ko`zi   balandligida   tasavvur
etiladigan   epik   (gorizontal)   suvrat   tekisligiga   yondosh   (parallel)   chiziqdir.   Ufq
chizigi odatda tasvirlanadigan manzaraning mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. 
Ufq chizigini qog`oz betiga uch xil: qog`oz betining yuqorisidan, o`rtasidan,
pastidan   o`tkazish   mumkin.Bu,   asosan,   kuzatuvchi   egallab   turgan   ko`rish
nuqtasiga bog`liq bo`ladi.
Perspektivaning   chiziqli   perspektiva,   rang   perspektivasi   va   hajm
perspektivasi   ko`rinishlari   mavjud.   Chiziqli   perspektivaning   muhim   tomoni
shundaki,   u   narsa   va   buyumlarning   kuzatuvchiga   nisbatan   o`z   shakli   va
o`lchovlarini   o`zgartirib   borishini   ifodalaydi.   Narsalar   kuzatuvchidan   uzoqlashib
borgan   sari   ularning   o`lchovlari   kichrayib   boradi.   Aksincha,   kuzatuvchiga   yaqin-
lashgan sari narsalarning ulchovlari ham kattaroq ko`rinadi. Perspektiv qiskarishni
qog`ozda   tasvirlashda   quyidagi   qoidaga   amal   qilinadi.   Birinchidan,   kuzatuvchiga
yaqin   turgan   manzara   qog`oz   betining   pastki   qismida   tasvirlanadi   va   aksincha,
kuzatuvchiga   nisbatan   uzoqda   ko`rinadigan   narsalar   qog`oz   betining   yuqori
qismiga   joylashtiriladi.   Kuzatuvchiga   nisbatan   juda   uzoqda   ham,   yaqinda   ham
joylashmagan ob'ektlar qog`oz betining o`rtasida tasvirlanadi.
  Perspektiv   qisqarishni   qog`ozda   aks   ettirish   kurish   nuqtasiga   nisbatan
olinadi. Ko`rish nuqtasidan xayolan chiqarilgan chiziqlar manzaraning yuqorisi va
pastki qismidan o`tkaziladi.
    Manzaradagi   boshqa   predmetlarning   perspektiv   qisqarishini   belgilashda
ko`rish   chizig`ini   o`zgartirmaslik   talab   qilinadi.   Xuddi   shu   usulda   har   qanday
narsalarning   rasmini   perspektiv   qisqarish   qoidasiga   ko`ra   ishlash   mumkin.
15 Perspektiv   qisqarish   usulida   narsalarning   o`lchovlarini   haqiqatga   yaqin   va   to`g`ri
aks ettirish mumkin bo`ladi.
Manzara   chizish   jarayonida   yorug`-soyalar   va   ranglar   munosabatini
kuzatish,   har   bir   ko`rinishning   xususiyatlarini   idrok   etish   bilan   chegaralanib
qolmay, naturani yaxlit holda ko`ra olish    malakasini ham    shakllantirish    zarur.
Manzara    rangtasvirida bir vaqtning o`zida barcha manzarani ko`ra olish, oldingi,
o`rta   va   orqa   planni   yaxlit   ko`rish   maydoni   sifatida   idrok   etish   zarur   bo`ladi.
Manzaradagi turli holatda joylashgan manzarani alohida emas, yaxlit birlikda, bir-
biriga bog`langan bitta asar sifatida idrok etish muhimdir.
Rassom   rang   perspektivasi   xususiyatlarini   ham   puxta   o`zlashtirishi   talab
etiladi.   Rang   perspektivasi   deganda   borliqdagi   barcha   narsalar   kishi   ko`zidan
uzoqlashib   borgan   sari   uz   rangini   o`zgartirishi   tushuniladi.   Bizdan   uzoqlashgan
sari narsalar xavoga "singib" borayotgandek ko`rinadi. Agar predmet aniq belgilari
bilan   tasvirlansa,   u   bizga   yaqin   turgandek   taassurot   tug`iladi.   Predmet   belgi-
xususiyatlarining   xiralashishi   esa   uni   bizdan   uzoqlashtiradi.   Oldingi   planda
joylashgan   narsalardagi   yorug`-soyalarning   keskinligi   kuzatiladi.   Tuman,   chang
yoki   tutun   bilan   qoplangan   joydagi   narsalar   ko`rinishi   xiralashadi.   Uzoqlashgan
sari   narsalarning   rangi   xavorangga   moyillashib   boradi,   ularning   rangidagi   farqlar
kamayib boradi.
Shuningdek,   manzara   ishlash   jarayonida   xajmlilik   yoki   yorug`lik
perspektivasini   ham   e'tiborga   olish   zarur.   Narsalar   yorug`lik   manbaidan
uzoqlashgan sari uzining yorqinligi, rangi, shakli aniqligini yo`qota boradi. Barcha
narsalar   bizdan   uzoqlashgan   sari   yoki   unga   nur   yorug`lik   tushgan   sari   shakl   va
rang   aniqlashib,   manzaraning   xajmli   ko`rinishi   aniqlashadi.   Yorug`lik
perspektivasi,   ayniqsa,   oqshom   manzarasi   tasvirlangan   kartnalarda   alohida
ahamiyatga ega bo`ladi. Masalan, O`. Tansikboev-ning "Tog` qishlogi" kartinasida
manzaralarning  barchasi  quyoshning  kechki   nurlariga  chulg`angan  holda,  ko`kish
rangda tasvirlangan va shakldagi aniqlik real rang yuqolib borgan.
16 Shu   bois   talabalar   mustakil   ishlar   bajarish   jarayonida   perespektiva
qoidalariga   amal   qilish   bilan   birga   tasviriy   san'at   asarlarini   kuzatishi   hamda   o`zi
chizgan suratlarni tahlil qilib borishi yaxshi samara beradi.
"Kompozisiya"   so`zi   lotincha   compositio   so`zidan   kelib   chiqqan   bo`lib,
qismlarni ma'lum bir tartibda joylashtirish degan ma'noni anglatadi. Tasviriy san'at
asaridagi   kompozisiya   kartinada   tasvirlangan   barcha   elementlarning   rassom
g`oyasiga muvofikq joylashtirilishini bildiradi. 
Tomoshabin   e'tiborini   jalb   qilish   va   uni   xayajonga   solish   uchun   rassom
tasvirlashning kuchli ifoda vositalarini izlab topishga harakat qiladi. O`z maqsadini
ifodalashda barcha ortiqcha narsalarni chiqarib tashlaydi, ikkinchi darajali narsalar
asosiga   bo`ysundiriladi.   Mato   sirti.   O`lchami   ko`zlangan   maqsad   yoki   ko`rish
nuqtasi.   ufq   chizig`ini   belgilash,   rang   berish,   kompozisiya   markazini   belgilash   -
bularning   barchasi   kompozisiyaning   elemeitlari   sifatida   xizmat   qiladi.   Manzara
asarining   mazmuni.   tanlangan   motivning   hayotiyligi   kartinaning   kompozision
ko`rilishi   bilan   yuzaga   chiqadi.   Manzara   motivlarini   tanlash,   kompozision
uyg`unlikni topa bilish har bir rassomning o`ziga xos ijodiy did va mayliga bog`lik
bo`ladi.   Manzara   etyudlarini   ishlash   bilan   avvalo   kompozisiyaning   dastlabki
detallari   -   oldingi,   o`rta   va   orqa   planni   tanlashdan   boshlanadi.   Bunda   ko`rish
nuqtasini,qog`oz   yoki   mato   o`lchamini   belgilab   olish   muhimdir.   Manzara   etyudi
kompozisiyasida osmon, yer va boshqa ko`rinishlar o`rtasidagi o`zaro bog`liqlikni
topishga ham e'tibor berish kerak.
Tasvirlanayotgan obrazning ta'sirchanligi tanlab olingan naturaning qiziqarli
tomoni   bilan   ham   belgilanadi.   Shuning   uchun   rassom   naturaning   eng   ta'sirli
jihatlarini   topa   bilishi,   buning   uchun   naturani   har   xil   holatlarda,   kunning   turli
vaqtlarida   diqqat   bilan   kuzatishi   kerak.   Zarur   ufq   chizig`ini   belgilash,   o`ng   va
chapdan, yaqin va uzoqdan qarab, shunday bir nuqtai   nazarni     ko`rish nuqtasini
topish   kerakki,   toki   natura   o`zining   ifodaviyligi   bilan   rassom   niyatini   optimal
darajada amalga oshirish uchun xizmat qilsin.
17 Kartinada   barcha   narsa   rassomning   istagini,   g`oyasini   ifodalashga
bo`ysundiriladi.  Kompozisiyaning  mukammalligi  asosiy   manzara ko`rinishlarning
ikkinchi darajalilaridan farqlay olishda ko`rinadi. 
Har   bir   detal   o`z   o`rni   va   mazmuniy   vazifasiga   ega.   Kompozisiyadagi
ikkinchi   darajali,   uncha   muhim   bo`lmagan   narsalar   darhol   ko`zga   tashlanmasligi,
asosiy ko`rinishga alohida urg`u berilishi kerak. Asosiy manzara kartinada alohida
diqqat va e'tibor bilan ifodalanishi zarur. Biz atrofini kuzatganimizda ko`p hollarda
bitta muhim  deb hisoblagan narsamizga diqqat bilan qaraymiz. U bizning ko`rish
maydonimizdagi markazga joylashgan bo`ladi, uning mayda-chuyda belgilarigacha
e'tiborimizdan chetda qolmaydi. Ko`rish markazidan chetda turgan boshqa narsalar
esa umumiy tarzda, yaxlit holda qabul qilinadi. Kartinaning kompozision qurilishi
ko`p   jihatdan   insonning   ko`rish   sezgisidagi   ana   shu   o`ziga   xoslikka   asoslanadi.
Rassom   kartinada   asosiy   manzarani   rang,   tus,   shaklining   aniqligi   bilan   ajratib
ko`rsatishi lozim.
Kartinada   muvozanatni   saqlash   uchun   rassom   naturani   kuzatish   jarayonida
zarur   rakursni   belgilab   olishi   kerak.   Aks   holda   tasvir   xuddi   bir   tarafga   og`ib
ketayotgandek, kartinaning bir tomoni bo`sh qolgandek taassurot berishi mumkin.
Muvozanatni   saqlash   tasvirlanayotgan   manzara   ko`rinishlarining   miqdori   va
qanday joylashganligi  bilangina emas, balki ularning rang-tusi  bilan ham bog`lik.
Kartinaning   bir   tomonidagi   yorqin   ranglarni   ikkinchi   tomonida   ham   ma'lum   bir
holatda qo`llash kerak yoki kartinaning bir tomoniga alohida e'tibor berib, boshqa
tomonini biroz nazardan qoldirish yaramaydi.
Rangtasvirning   eng   asosiy   ifoda   vositasi   -   bu   rang.   Ranglar   rangtasvir
asariga   tasviriy   san'atning   boshqa   turlariga   qiyoslaganda   alohida   hayotiylik
bag`ishlaydi,   tasvirning   to`laligi   va   ishonchliligini   ta'minlaydi.   Rassomning
g`oyaviy   maqsadi   hamda   tasvir   jarayonidagi   kayfiyatiga   muvofiq   ravishda
manzarada ranglar yorqinlashishi, nur va havo yetakchilik qilishi, bu orqali tasvir
jarayonida   rassom   ruhiy   holatidagi   ko`tarinkilik,   hayotsevarlik   va   kelajakka
18 ishonch tuyg`ulariga ishora qilinishi mumkin. Yoki aksincha, sovuq ranglar orqali
tushkun kayfiyat, bezovtalik kabilar ifodalangan bo`ladi. 
Rangning   asosiy   xususiyatlari   uning   yorqinligi   (och-to`qligi)   tusi   va
to`yinganligi bilan belgilanadi.
Rang borasida ran ketganda bir narsani unutmaslik kerak soyalar ham rangli
bo`ladi. Bunda rassom  bir  rangning nur  va soya hisobiga tuslanishini  ko`ra olishi
va shunga muvofiq aks ettira bilishi kerak bo`ladi (valyor rangtasviri). Shuningdek,
manzarada   reflekslardan   foydalanish   –   tasvirlanayotgan   predmetning   boshqa
buyumlarning   yorug`ligi   yoki   rangi   ta'sirida   o`zgarishini   to`g`ri   belgilash   va   aks
ettirish ham muhimdir.Bu esa manzaraning rangdorligini ta'minlaydi.
Manzara   rantasvirida  har  bir   rang  surtmasiga  alohida  e'tibor  qaratish  zarur.
Manzarani   professional   darajada   mahorat   bilan   ishlash   undagi   ranglar
munosabatini real xolatini naturada ko`rilganidek tasvirlay olish bilan belgilanadi.
Manzara   ishlash   jarayonida   ranglarning   o`zaro   munosabatini   his   qilish   va   aks
ettirish   malakasini   hosil   qilish   uchun   manzara   ko`rinishlarining   yorug`-soya
ta'siridagi   o`zgarishlarini   zaruriy   plandagi   kuo`rinishlarda   kuzatish,   o`zaro
qiyoslash yaxshi samara be radi.
Naturadagi  manzaralarning  ko`rinishi  ularning  yoritilish  darajasi   va boshqa
manzaraning   soyalari   ta'sirida   ham   o`zgaradi.   Tongda   natura   sariq-oltin   rangida
ko`rinadi,   oy   nurida   kulrang-moviy   rangga,   bulutli   kunda   esa   to`qroq   kumush
rangiga kiradi. O`rmonda hamma narsa iliq yashil rangga moyil bo`ladi.
Manzara   chizish   jarayonida   rangtasvirning   plastik   vositalaridan   ham
foydalaniladi. Buning uchun naturadagi ranglar dinamikasini diqqat bilan kuzatish
zarur.   Shundagina   yorug`   va   soya   dog`larining   kartina   bo`ylab   tarqalishidagi
tabiiylikka, asarning jonli va ta'sirli chiqishiga erishish mumkin bo`ladi.
Umuman,   tasviriy   san'at   asarini   idrok   qilishdagi   o`ziga   hoslikdan   kelib
chiqilsa,   tasviriy   san'at   asari,   eng   avvalo,   alohida   qismlari   orqali   emas,   balki   bir
butunicha idrok etiladi, shundan so`ng sekin-asta kartinadagi qismlarga, detallarga
19 e'tibor   qaratiladi.   Shunga   ko`ra,   rangtasvir   asarida   birinchi   navbatda   ko`zga
tashlanadigan, tomoshabin diqqatini jalb qiladigan jihat rang undagi koloritidir.
Kolorit manzara chizish jarayonidagi rassom e'tibor qaratishi  lozim bo`lgan
eng   muhim   jihatlardan   biri   hisoblanadi.   Kolorit   deganda   tasviriy   san'at   asaridagi
ranglarning   o`zaro   uyg`unligi   va   birligi   tushuniladi.   Kolorit   rangtasvirdagi   badiiy
obrazning emosional ifodaviyligini ta'minlaydigan muhim vositalaridan biri bo`lib,
ranglarning o`zaro uyg`unligiga ko`ra u iliq yoki sovuq, yorug` yoki xira bo`lishi,
shuningdek, xotirjamlik yoki bezovtalikni ifodalashi mumkin.
Manzara   chizish   jarayonida   ko`pincha   va   ayniqsa   boshlovchi   rassomlarga
predmetning rangi haqida ilgaridan shakllanib qolgan   tasavvurlar  halaqit   berishi
mumkin. Predmet   qanday yorug`lik muhitida joylashganiga qaramay, uning rangi
xaqida   ilgaridan   shakllangan   tushuncha   xotirada   saqlanib   turaveradi.   Natijada
tajribasizroq   rassomlar   etyud   ishlash   jarayonida   jiddiy   xatoga   yo`l   qo`yadilar
manzara   ko`rinishini   ilgaridan   shakllangan   tasavvurlariga   ko`ra   tasvirlaydilar.
Masalan,maysalarning   rangi   kuzatuvchidan   uzoqlashishi,   shunga   muvofiq
ravishda   muhitning   o`zgarishiga   o`zgarishini   hisobga   olmasdan   birdek   yashil
rangda tasvirlayveradilar.
Manzara   chizishdagi   muhim   jihatlardan   yana   biri   kartinada   ob-havoni,
faslni,   kunning   turli   vaqtlardagi   holatlarini   tasvirlay   olishdir.   Bu   narsa   kartinada
umumiy   tus va rang kayfiyatini  bera olish deyiladi. Tabiatning tez o`zgaruvchan
holatlari   -   erta   ton   g,   peshin,   kech,   nam   havo,   quruq   havo,   bulutli   kun,   quyoshli
kun va boshqalar o`ziga xos rang gammasini talab qiladi. Kunning turli vaqtlarida
va   turlicha   ob-havo   sharoitida   ishlangan   etyudlar   bunday   paytlarda   tabiatning
yoritilish   holatidagi   o`zgarishlarga   muvofiq   tarzda   o`zining   umumiy   tusi     va
rangiga ko`ra farqlanadi.
20 1. 3 .Manzara janrida ijod qilgan musavvirlar hayoti va ijodi
O`rol Tansiqboev
1904   —   1972   yillarda   yashab   ijod   etgan   o`zbekiston   xalq   rassomi   O`rol
Tansiqboev   mashhur   manzarachi   rassomlardandir.   O`zbekistonning   takrorlanmas
go`zalligiga bag`ishlangan asarlari nihoyatda rang-barang bo`lib, chet ellarda ham
ma’lum.   O`rol   Tansi iq boevning   “Jonajon   o`lka”,   “Tog`   oqshomi”   manzarasi,
“Kattaqo`rg`on   suv   ombori”,   “Issiqko`l   oqshomi”,   ”Tog`larda”   “Mening
qo`shig`im” kabi ko`plab mashhur asarlari mavjuddir.
Rassomga   shuhrat   keltirgan   asarlardan   biri   “Qayroqqum   GES   ko`rinishi”
deb ataladi.Bu  asarda u yuqoridan turib kuzatilgan elektrostansiya va suv ombori
lirik   kayfiyatda   tasvirlangan   bo`lib,   undagi   qurilishlar   tabiat   bilan   uyg`unlashib
ketgan.   Suvrat   markazidagi   erta   tongda   zangori   tusga   kirgan   elektrostansiyasi
to`g`oni cheti ko`rinmas ulkan dengizni mahkam tutib turgandek tuyuladi.
Asarni   kuzatgan   odam   sahroga   jon   bagishlovchi   mo’jizakor   manzaraning
sehrli   olamiga   kirib   qoladi.   Unda   olislarga   by   cho`zgan   musaffo   dengiz   qa ’riga
ko`milgan   shodlik   va   nafosatga   boy   tong   yorishib   kelayotganligini   q albdan   his
etadi. Bu suvratda tasvirlangan narsalar juda oddiy, lekin sehrlidir. Chunki dengiz,
osmon   va   kengliklarning   bepoyonligi   koloritning   jozibadorligi,   mayinligi   kishini
o`ziga   tortadi.   O`.Tansiqboev   1958   yilda   Bryusseldagi   xalqaro   ko`rgazmada   shu
asari bilan qatnashib, xalqaro kumush medal bilan taqdirlangan.
Uning yetuk asarlaridan biri “Mening qo`shig`im” asari bo`lib, tabiiy ranglar
jilosi bir-biriga uyg`unlashib ketgan bu kartinada birinchi planda gullarning qiyg`os
ochilgan   nayti   tasvirlangan,   orqa   planda   esa   uzoq   tog`larning   ko`rinishi   aks
ettirilgan.   Undagi   kolorit   asosan   ko`k-yashil   rang   hisobiga   yaratilgan   bo`lib,
ulug`vor   tog`lar   ko`rinishi   bilan   moviy   osmon   rangi   uyg`unlashib   ketgan.
Ranglarning yoriqinligi kishida xush kayfiyat uyg`otadi.
O`.Tansiiqboevning uy-muzeyi Toshkent shahrida joylashgan.
21 Rahim Amedov
O`zbekiston xali rassomi Rahim Amedov ijodiy faoliyatida o`spirinligidanoq
atrofidagilarga   xurmatda,   do`stona   munosabatda   bo`lgan.   Katta   bo`lib   san’at
yo`lini   tanladi.   U   san’at   to`garaklariga   qatnashib   rassom   Xikmat   Raxmanov
ustozligida   rassomlik   sir-asrorlarini   o`rgana   boshladi.   1937   yili   Toshkentdagi
Benkov nomidagi Respublika rassomchilik bilim yurtiga ishga kirdi. Bilim yurtida
B.   Xamdami,   P.   Benkov,   N.T.   Karaxan   kabi   ustozlar   qo`lida   tahsil   oldi.   Raxim
Axmedov   oldin   o`tgan   hozirgi   zamon   rassom   asarlarini   ko`rarkan   men   ularga
taqlid   qilmasdan,   o`zimni   tasavvurimda   xayotni   qanday   ko`rsam,   shundayligicha
qog`ozga  tushuraman derdi.
Karaxan,   Benkovlarda   tahsil   olib   yurganida   Raxim   Axmedovda   ham
tabiatga   bo`lgan   munosabati   uni   sevish,   matoga   tushirish   qiziiishi   ortib   bordi.
Karaxan   aytganidek   har   doim   bir   so`zida   takror   aytar   ekan   etyud   ishlanmasdan
turib rang-tasvir yaratib bo`lmaydi derdi.
Manzara   sirlarini   Karaxan   Bankovlardan   o`rgana   boshladi.   1947   yillarda
Leningraddagi   I.E   .Repin   nomidagi   rassomchilik,   haykaltaroshlik   va   arxitektura
institutiga o`qishga kirib o`qidi. Institutni tugatgach rassomlik faoliyatini boshladi.
U   ijod   qilib   Toshkentdagi   rassomchilik   san’at   institutida   ko`’pgina   shogirdlar
tayyorladi.   Hozir   ular   respublikamizni   turli   viloyatlarida   ijod   qilibkelishmoqda.
Hozirda   Rahim   Axmedovni   ko`pgina   asarlari   xorijiy   mamlakat   muzeylarida
saqlanmoqda.
Bunga   bir   qancha   yaratgan   manzarali   asarlari   misol   bo`la   oladi.   “Tog`
vodiysi” 1970 yil, “Oq toshda iish” 1975 yil, “Qish” 1975 yil,”Quyshli  kuz” 1976
yil, “Venetsiya” shahri ko`rinishi, “Kuz ranglari” 1970 yil kabi asarlardir.
R.Amedov chet  el safarlarida ham  bir necha turkum  asarlar  yaratib kelgan.
Uning   “Venetsiya   oqshomi”   shajar   manzarasi,   “Rim   ko`rinishlari”   kabi   asarlari
shular   jumlasidandir.   U   ishlagan   manzara   asarlari   o`zining   yorqin   ranglari   bilan
22 yodda   qoladi.   Uning   kartinalarida   manzaraning   tabiiyligi,   ranglarning   uyg`unligi
saqlanadi
Alisher Mirzaev
O`zbekiston   xalq   rassomi   Alisher   Mirzaev   Toshkentda   tug`ilgan.   Uning
manzaraga   oid   asarlari   chet   ellarda   ham   namoyish   qilib   kelinmoqda.   A.
Mirzaevning ijod namunalaridan “Anor daraxti”, “Tog` daryosi sohilida”, “Shahar
manzarasi”,   “Boloxonada”   qishloq   manzarasi   ko`rinishlari   kabi   asarlardir.   Uning
“Yangi   va   eski   Toshkent”   turkumidagi   asarlarida   qadim   va   navqiron   shaharning
ko`rinishi   aks   etgan.   Unda   Toshkentning   ko`hna   va   navqiron     shahar   bilan
zamonaviy binolar aralashib ketgan qismi - Chorsu bozori ko`rinishi tasvirlangan.
Rassom   shaharning   tinimsiz   jarakatdagi   hayotidan   bir   lahzalik   holatni   kartinaga
muhrlab qo`ygan. 
A.Mirzaevning   bu   asari   ekspressiv-ramziy   tarzda   yaratilgan   kartinalardan
hisoblanadi.                                             
Ne’mat Qo`ziboev
O`zbekiston   xalq   rassomi   Ne’mat   Qo`ziboev   ham   Toshkentda   tug`ilgan.
Uning   ko`plab   manzara   janridagi   asarlaridan   “Tog   manzarasi”,   “Bibixonim”
ko`rinishi kabi manzara asarlarini sanab o`tish mumkin. “Tog` manzarasi” asarida
tog`   manzarasi   format   usulida   tasvirlangan   bo`lib,   yashil   rangda   berilgan.   Unda
tog`da   o`sadigan   daraxtlarning   turlicha   ko`finishini,   baland   cho`qqilar   sari   suzib
yurgan   bulutlarni   kuzatishimiz   mumkin.   Ne’mat   Qo`ziboevning   yana   bir
manzaraga   oid   asarida   Bibixonim   ansambli   ko`rinishi   tasvirlagan.   Bu   asarida
rassom Samarqanddagi Bibixonim masjidini vayrona holatda tasvirlar ekan, uning
uzoq yillar davomida xaroba holida bo`lsa-da, mahobatli ekanligini ko`rsata olgan.
Rassomning   bu   asarida   syujetli-tematik   kartina   janri   belgilarini   ham   ko`rishimiz
mumkin.   Tarixiy   hodisalar,   yillar,   asrlar   Bibixonim   masjidi   oldidan   go`yo
qatorlashib   o`tib   boraveradi,   biroq   Bibixonim   masjidi   o`z   mahobati   va
ulug`vorligini   yo`qotmay,   olls   o`tmishning   tilsiz   guvohi   bo`lib   turaveradi.
Kartinada   binoning   mahobatli   —   monumental   xarakterda   tasvirlanishi   rassom
tanlagan mavzu va goyani ifodalash maqsadiga ham muvofiq kelgan.
23 II-BOB:   Umumiy   o’rta   ta’lim   maktablari   tasviriy   san’at   darslarida
tabiat manzaralarini bosqichli ishlash usullari.
2.1.   Manzara   janrida   ob`ektni   tanlashning   zarurligi   va   mavzuning
tug’ulishi.
Ochiq   havoda   rasm   chizishning   boshlanishida   oddiyrok   syujetni   tanlagan
ma'qulroq- Masalan, hovlining bir qismi, uy yonidagi yoki devor oldidagi daraxt,
ko`prikli ariqcha, xarakterliroq ko`chani bir qismi, darvoza oldi va xokazo. Ochiq
xavoda   etyud   ishlash   buyicha   bir   mo`ljal   malaka   xosil   qilgach,   so`ng   vazifasini
sekin-asta murakkablashtirib borish   mumkin.
Odatda manzara ishlashning  ikki  xil  tipi  mavjud:  Birinchisi;  davomli, ya'ni
tugatilgan manzara. 
Ikkinchisi;  qisqa muddatli bir seansli etyudlar.
Uzoq   muddatli   manzaralar   ishlashda   fazoni   ishonchli   tasvirlash   ob-havoni
holati,   yorug`likning   nozik   kochirimlari   va   manzara   ko`rinishining   shakli-
shamoyili ancha aniqlikda ishlanadi. Uzoq muddatli davomli etyudlarda naturaning
turik ifodalash kobiliyati va dastlabki fikrni to`la-to`kis rangtasvir asariga aylantira
olish tarbiyalanadi. Uzoq muddatli ishlarni bir necha seans da kunning (bir payti)
o`sha vaqtida havoning bir xil holatida yozish chizish kerak.
Yaxlitlikni   rivojlantirish   va   rangtasvirni   qu`ruq   va   kambag`al   bo`lib
qolishdan   qutulish   uchun   davomli   tasvirlardan   tashqari   qisqa   muddatli   etyudlar
bajarish zarur  bo`ladi. Bu etyudlar  manzarachi  uchun o`ta zaruriy bosqich bo`lib,
rassomning   o`ziga   xos   kundalik   daftaridir.   Etyuddagi   eng   ahamiyatli   narsa   bu
natura haqida jonli nigoh va jonli tasavvurdir.
Ochiq   xavoda   ishlanar   ekan,   tabiatning   tez   o`zgaruvchanligini   kuzatish
mumkin: buroq  bulut va momaqaldiroq, quyoshning chiqishi, bulutlarning xayratli
almashinishlari   va   rangdor   yoritilishini   kuzatish   mumkin.   Bunday   o`zgarishlar   5-
10   minut   ichidayoq   sodir   bo`ladi:   kun   botish   butunlay   boshqa   rangga   kiradi,
bulutlarni  ham  shakli  buzilib ketadi. Bunday paytda juda tez ishlash  talab etiladi,
24 boshlang`ich chizmatasvirni to`lik bajarish ham shart emas yoki umumiy holda kist
bilan   belgilab   olish   kifoya   qiladi.   Sungra   tezda   zaruriy   tusdagi   buyoqlarni   tanlab
yirik mazeklar bilan ishlash kerak.
Qisqa   vaqt   ichida   umumiy   rang   tusining   holatini   hosil   qilish   ranglar
garmoniyasini, planli bog`lanishlarni yuzaga chiqarish zarur bo`ladi. 
Bu yerda albatta yaxlit ko`rish zarur va asosiy ob'ektlarni taqqoslash matoda
asosiy   rang   munosabatlarni   joylashtirib   olish:   osmon,   yer,   daraxtlar,   suv   va
xokazo. Agar, umumiy tus ishonchli olinsa, yorug`lik kuchi, rang va uning to`qligi
(to`yin-ganligi)   naturaviy   nisbatlarga   mos   bo`lsa,   har   xil   planlarni   munosabati
to`gri    ilg`ab olingan bo`lsa  shularni  o`zi  etyud-qoralama uchun yetarlidir. Yaxlit
ko`rish   ni   bilish   va   katta   shakl   nisbatlarini   topa   olish   ko`nikmasi   kelajakda
manzara ishlash mahoratini egallash uchun poydevor bo`lib xizmat qiladi.
Davomli etyud ishlash jarayoni haqida to`xtalib o`tamiz.
Manzara   ko`rinishini   tanlab   olingach,   tasvir   yuzasida   tayyorgarlik
chizmalari   ishlanadi.   Chizmatasvir   albatta,   shubhasiz,   perspektiv   qurilish   va   turli
manzara ko`rinishlarini planli va nisbatlarini saklagan holda chiziladi.
Manzaraning   chizikli   tasvirini   to`g`riligi   boshidano`   ishning   sifatini
belgilaydi. Mobodo ranglarni muvaffaqiyatsiz ko`yilsada, chiziqli tasvir etyudning
qimmatini   saqlab   turadi.   Mashhur   italyan   rassomi   Tisian   o`zining   o`quvchilariga
takrorlar ediki: - na soya-yorug`lar, na ranglar emas, balki tasvirni tug`ri chizilgan
shakl va chiziqli tasvir go`zal qiladi".
Tajribasiz   rassomlar   ko`pincha   boshidanoq   qo`pol   xatoga   yo`l   qo`yadilar,
osmonni   barcha   tavsiflari   bilan   chizib   oladilar,   so`ng   yerning   tasviriga   o`tadilar.
Bunday   qilish   yaramaydi.   Manzarada   avvalo   asosiy   ob'ektlarning   to`qligi   va
rangining   kuchini   tasvirlash:   osmon,   yer,   suv   va   boshqa   va   so`ngra   bosqichma-
bosqich etyudni tugallash holatigacha olib borish zarur.
25 Buyoqlar   bilan   ishlashdash   avval   naturaga   ko`zni   qisib   karab,   naturaning
eng yorug va eng to`q joylarini chamalab olish zarurdir. Aytaylik, eng yorug`  blik
joy   suvning   chekka   qirg`og`ida,   eng   to`k     joy   esa-daraxtning   shoxlari   deylik.
Boshqa   barcha  to`qliklarni   shu  ikki  bosh   nuqtaga  nisbatan   taqqoslaymiz.  Bunday
taqqoslashda   hatto   og`ir   qora   bulutlar   ham   to`qligi   jihatidan   albatta   yerdagi
ob'ektlarga nisbatan yengil ekanligini ko`rish mumkin.
Umuman   olganda,   faqat   chuqur   fikrlab,   predmet   va   planlarni   to`qligi   va
rangdagi farqlarni aniq tasavvur etib olib, so`ng ishga kiritish ma'qul.
Ish jarayonida manzaraning umumiy to`qligi  va rang holatini  hisobga olish
zarur.   Kunning  turli   vaqtida   va  har   xil   ob-havoda  yozilgan   etyudlar   umumiy   tusi
jihatdan turlicha bo`lishi kerak.
Shuni   yaxshi   anglab   olishimiz   kerakki,   predmet   va   jismlarni   ochiq   havoda
tasvirlashning   asosiy   o`quv   vazifalari   turlicha   yorug`lik   muhitida,   umumiy
yoritilganligi   turlicha   bo`lgan,   sutkaning   turli   vaqtiga,   faslga,   ob-havoning
o`zgarishiga bog`liqdir.
Ayniqsa, asosiy yorug`lik manbaiga nisbatan predmet va ob'ektlarning rangli
ko`rinishi kuchli ravishda o`zgarib ketadi: ertalab, kunduzi, kechki payt. Masalan,
daraxt soyasidagi natura bilan baland devor yonidagi soyadagi naturaning, o`zining
soyasining   rangiga   nisbatan   bir   xil   bo`lmagan   rang   gammasini   tashkil   qiladi.   Bir
xil   vaqtda,   barchasi   yashil   soyalanadi,   ba'zida   osmon   ta'sirida   ko`kish   bo`lishi
mumkin.
Oldingi   daraxtlarning   rangi   nafaqat   yorqinroq,   va   issiqroq,   shu   bilan   birga
uzoqroqdagi   daraxtlar   tobora   xiralashib,   sovuq   soyalar   bo`lib   boradi   vaholangki,
yashil-sariq o`rmonzor gorizontda, ko`k rangdagi chiziqqa aylanadi. Daraxtlarning
bunday   o`zgarishi   ma'lumki,   ko`kish   rangga   ega   bo`lgan   havoning   bizdan
uzoqlashgan sayin quyuqlashib borishi evaziga ro`y beradi.
Yuqorida ko`rsatib o`tilgan havo perspektivasining bunday qonuniyatini har
qanday   manzarani   tasvirlashda   qo`llanadi   deb   o`ylash   to`g`ri   emas.   Yorug`lik
26 xolatining ob-havoning shunday vaziyatini uchratish mumkinki, anchayin aniqroq
va   yorqin   ranglar   tus   va   rangi   bilan   oldingi   planda   emas,   balki   o`rta   yoki   hatto
uzoq planlarda bo`lishi mumkin.
Shu   o`rinda   manzaralarda   ko`pincha   uchrab   turadigan   suvni   tasvirlash
xususiyatlari   haqida   to`xtalib   o`tamiz.   Tinch   ob-havoda   suv   qirg`oqdagi   barcha
narsalarni   aksidagi   ranglarni   yorqinligi   va   mayinligi,   suvning   ustidagi   o`ziga
nisbatan   sustroq   bo`ladi.   Aksining   rangi   suvning   rangiga   va   suv   to`lkinlashiga
qarab   o`zgaradi.   Tuqroq   predmetlar   aksida   naturadagiga   nisbatan   yorug`roq,
yorug`lari   to`kroq   ko`rinadi;   predmetlarning   chegaralari   noaniqroq,   xiralashadi,
detallarning soni ham yuqoridagiga qaraganda kamayib boradi.
Suv yuzasi doimo bliklar va tomchilar bilan belgilanadi, shuningdek, suvdan
chiqib turgan va unda suzib turgan predmetlar ko`rinadi. Yorug` kunda suv odatda
qirg`oqdan yorug`roq  bulutli kunda to`kroq  bo`ladi.
Naturada bir  xil  bir tekis rang bo`lmaydi, qaysiki  matoda bir xil  rang bilan
ko`plab ham bo`lmaydi. 
Har qaysi rang rangtasvirda o`zining ko`plab rangli jilolarini ko`rsatadi.
Osmon   bir   qarashda   to`lik   to`q   rangda   ko`rinadi,   lekin,   osmonni   gorizont
bilan bo`lgan qismini  boshimiz ustidagi  joy bilan taqqoslansa,  darhol  ranglarning
bir xil emasligini payqaymiz. quyoshning yorug`ida rang anchayin yorqin-jiloli nur
tushgan   joyda,   ufqqa   yaqinlashgan   sari   osmon   rangi   ochlashadi,   issqklashadi,
gorizontni   o`zida   kuchli   tumanda   ko`rinadi.   Agar   yozda   yaxshi   maysazorga
qaralsa, yashil rang turli-tuman tovlanishlarini ko`rish mumkin. Maysalarni bir xil
yashil   bilan   chizib,   tasvirlab   bo`lmaydi,   xuddi   osmonni   ko`k   buyoq   bilan   ishlab
bo`lmagani kabi.
Biroq,   shuni   unutmasligik   kerakki,   manzaraning   ranglari   qanchalar   rang-
barang   bo`lmasin,   yorug`lik   nuri,   umumiy   tus   unga   ta'sirini   o`tkazadi,   barcha
jismlarda barcha bo`yoqlar unga bo`ysundiriladi.
27 Naturadan   har   kuni   etyudlar   bajarib   borish   bilan   albatta   rassom   katta
zafarlarga erishishi mumkin.
Manzara   janrida   ishlashni   ko`pincha   oddiygina   ommabop   ish   deb
xisoblaydilar,   rassomdan   kuchli   malaka   talab   etmaydigan   ish   deb   noto`g`ri
fikrlaydilar.   Vaholangki,   aslida   manzara   rangtasvirida   chuqur   obrazli   ko`rinish
yaratish bu oson emas. Rassomga u chuqur ijodiy ko`nikish xosil qiluvchi xissiyot
beruvchi vositadir.
Manzara   kompozisiyasi   ustida   ishlash   eng   qiziqarli   e'tibor   tortuvchi   motiv
tanlashdan   boshlanadi.   Bu   ma'noda   esa   eng   avvalo   etyudlar   bajarishda   yoki
manzara   materiali   ustida   ishlaganda   asosiy   vazifalarni   belgilab   olish   ham
muhimdir.
So`siz   etyud   yozish   manzara   kartinasi   ustida   ishlashga   nisbatan   albatta
yengilroqdir.   Biroq   etyudga   nisbatan   ham   ancha   jiddiy   munosabatda   bo`lib,
tevarak-atrof   -muhit   haqida   tasavvurlarini   kengaytirish   va   unga   kasbiy   mahoratni
oshirish, mukammallashtirish vositasi sifatida qarash kerak.
Mashhur  manzarachi  rassomlarning ijodi  bizni  yangi  motivlari  bilan o`ziga
tortadi.   Unda   tomoshabin   usta   shaxsning   aksini   ilg`ab   oladi,   uning   individual
(pocherki)   chizgisi,   bu   bilan   u   o`zini   hissiyoti,   kayfiyati   estetik   g`alayonlarning,
tabiatning ta'sirida go`zallik ta'sirida ko`radi. 
Mashxur   manzarachi   rassomlarning   barcha   jihatlarini   o`zlashtirish   ularga
to`lik   bog`lanib   qolish,taqlid   qilish,   begona   kompozisiyalarga   suyanib   qolish
yaramaydi.
Tabiatdagi go`zallikni ko`ra bilish ko`nikmasi, yangilikni idrok etish bizning
davrimizga   xos   xarakterni   topish   fazilatini   ko`plab   rassomlar   ijodida   ko`rish
mumkin.
Ayrim   yosh   rassomlar   kompozisiyadagi   chiziqli   yechimni   o`rniga   to`liq
baho bermaydilar, ular asosiy narsa rangtasvirda bu kolorni deb hisoblaydilar. Bu
28 noto`g`i.   Manzara   rangtasvirda   teppa   teng   chiziqdi   yechim,   rangtasvir   va
kompozisiya zarur hisoblanadi.
Naturadagi   eng   qiziqarli   motiv   topib   olingandan   so`nggina   kompozision
izlanishlar boshlanadi.Etyudni o`lchami, formati aniqlanadi.
Odatda   tajribali   rassomlar   tayyorlab   olingan   formatdagi   holatda   ishlash
vazifasini   qo`yadilar.   Bu   holatda   chizuvchining   atrofida   bor   bo`lgan   tabiat
ko`rinishi motivini joylashtirishga to`g`ri keladi.
Boshq`a   rassomlar   esa   fikriy-g`oyaviy   izlanishlar   olib   boradi,   tabiatni
kuzatar   ekan,   ko`rish   nuqtasini   o`zgartiradi.   Bunda   ramka-kuzatkichdan
foydalaniladi. U zaruriy (gorizontal, vertikal yoki yakin   kvauratga) format topish
ga   yordam   beruvchi.   Shunga   karab   material   asos   (xolet,   krgoz   yoki   karton),
odatda,   bu   etyudga   chiqishdan   avval   tayyorlab   olinadi.   Yana   shuni   ham   aytish
mumkinki,yordamchi   vositalarisiz   ham,   ko`z   chamasi   bilan   zaruriy   manzarani
qismini tanlab olish mumkin.
Etyud ishlash jarayonida tanlangan motivning kompozisiyasi, uning tonal va
kolorit yechimi, naturadan chizilgan tasvir bilan taqqoslaniladi va bu holda ayrim
kamchiliklar   chiziqli   tasvirda,   koloritda,   kontrast   va   tongdagi   kuchi,   qaysiki
oxirida manzaraning ifodaviyligi hal qiladi.
Manzara   kartina   yaratish   mo`ljallanar   ekan   naturadan   chizish   bilan
rangtasvirchining   kuzatganlari   va   taassurotlari   aks   etadi.   Ko`p   manzarachilar
shunday   ishlaydilar.   Ba'zi   bir   rassomlargina   ularga   ma'lum   bo`lgan   hayoliy
taassurotlar va rang bilan ishlaydilar.
Naturadan ishlash kartina ustida xiyla og`ir jarayon   hisoblanadi, bajarilgan
etyud esa kartina uchun yordamchi material bo`lib xizmat qiladi.
Kartina   ustida   ishlash   jarayonida   kartinaning   chiziqli   yechimi,   tus   va
rangdagi eskiz bajariladi. 
29 Rassom yana va takror naturaga murojaat etadi, unda qo`shimcha tabiatning
obrazliligini boyituvchi xarakterli shtrixlar topadi.
Zamonaviy manzarada esa inson faoliyatining natijalarini ifodalash mumkin.
Qaysiki kompozisiyaga odam tasvirlarini (figurasini) kiritish bilan manzara kartina
kompozisiyasi   ustida   ishlash   shu   darajagacha   davom   etadiki,   qaysiki   chiziqli
kompozisiya   naturan   olingan   etyud   yoki   xomaki   rasm   asosida   tusli   va   rangli
yechimini   topgunga   qadar.   Bu   vaziyatda   tugal     holda   shunday   aniq     vazifalar
bajariladiki,   qaysiki   har   holda   qisman   bo`lsa-da   birinchi   kompozision   eskizlarda
yechib borilgandagi asoslanadi.
Bu   bilan   faol   holda,   barcha   asosli   materiallar   kompozisiyaga   va   chiziqli
rasmga va rangli qurilishiga tuziladi.
Ish   jarayonida   albatta   kontrvallar   va   yaxlitlik   qonuniga     amal     qilinishini
hisobga olish kerak. 
Alohida   unutmaslik   kerakki,   tus   va   rang   kontrastlari,   shakl   va   o`lcham   va
boshqa elementlardagi kontrastlar ham tasviriy motivga kiruvchi.
Kartina   ustida   ishni   tugallash   bosqichida   rassom   alohida   vazifalarni
bajarishga   ya'ni   qiziqib   ketishi   mumkin.   Alohida   detallarning   tus   va   tonal
munosabatlarni berishda bu esa kompozisiyani qo`pol va  quruq   bo`lib
qolishiga,   kayfiyatni   o`zgarib   ketishiga   olib   keladi.Shu   bois   kompozisiyaga
yaxlitlik   qonuni   prizmasi   orqali   qarash   va   kompozisiyaning   bo`laklarga   ajralib
ketishiga yo`l qo`ymaslik  kerak.
30 2.2.  Tabiatda  perspektiva va rang.
Manzara   ishlash   jarayoni   rassomdan   jida   katta   qunt   va   talab   qiladi.
Kuzatuvchi   tabiat   manzaralarini   katta   masofa   ajratib   turishini   yorug’lik   va   soya
reflekslarini     xilma-hilligi   va   ko`pligi   ,   yorug`-soyalarning   tez   o`zgaruvchanligi   ,
ob-havo va fasllarning o`zgarishi bularning barchasi manzara ishlamoqchi bo`lgan
rassom mehnatini qiyinlashtiradi.Shuningdek, qiziqarli motivlarni paydo bo`lishiga
olib keladi.
“Perspektiva”   so`zi   lotinchada   “aniq   ko`raman”   ma`nosini   anglatadi.
Tasviriy   san`atda   perspektiva   qisqarish   hamda   narsalarning   kuzatuvchidan
uzoqlashgani   sari   o`zgarib   borishi   ma`nosida   ishlatiladi.Perspektiva   rassomga
manzarani   naturada   qanday   ko`rilsa   kartinada   shunga   mos   tasvirlash   imkonini
beradi.Shuning   uchun   ham   perspektiva   qoidalarini   o`zlashtirish   manzara   chizish
jarayonida   ham   muhim   ahamiyatga   ega.Peyzaj   asarlarining   muvaffyati   ularda
tasvirlangan   predmetlarning   o`zaro   uyg`un   o`lchovlarda   aks   ettirilishiga   ham
bog`liq.Buning   uchun   bo`lajak   rassom   naturani   diqqat   bilan   kuzatish,   narsa   va
buyumlar jonivorlarning bir-birlariga nisbatan o`lchovlarini ularning ufq chizig`iga
nisbatan   joylashishi   kabi   jihatlarini   tasvirlash   bilan   ularda   manzara   chizish
malakasi shakllanib boradi.
Kartinadagi barcha ko`rinib turgan narsalar maysa, daraxt ,osmon bularning
barchasi   bizning   ko`zimizdan   uzoqlashgani   sari   kichiklashib   boradi.Bundan
tashqari   ranglarning   ham   o`zgarishini   kuzatishimiz   mumkin.Yaqin   masofada
turgan   daraxt   bilan   undan   naridagi   daraxt   ranglari   bir-biridan   keskin   farq
qiladi.Uzoqlashib   borayotgan   barcha   narsalarning   ranglari   to`qlashib
boradi.Shamol   bulutlarni   surib   boradi,   bulutlar   orasidan   quyosh     nurlari   ko`rinib
manzaramizdagi yorug`-soyani ajratmoqda. 
Perspektiva   ufq   chizig`i   bilan   bog`liq   holda   belgilanadi.   Ufq   chizig`i
deyilganda   osmon   bilan   yerni   ajratib   turadigan     chiziqni   tushuniladi.
Ufq   chizig`ini   qog’oz     uch   xil   qog’oz   betining   yuqorisidan,   o`rtasidan,   pastidan
31 o`tkazish mumkin.Bu kuzatuvchi egallab turgan ko`rish nuqtasiga bog`liq bo`ladi.
Perspektivaning   chiziqli,rang,hajm   perspektivasi   ko`rinishlari   mavjud.
Chiziqli   perspektivaning   muhim   tomoni     u   narsa   buyumlarning   kuzatuvchiga
nisbatan   o`z   shakli   o`lchovlarini   o`zgartirib   borishini   taminlaydi.
Narsalar   kuzatuvchidan   uzoqlashib   borgan   sari   ularning   o`lchovlari   kichrayib
boradi.   Kuzatuvchiga     yaqin   turgan   manzara     narsalarining   o`lchovlari   kattaroq
ko`rinadi.                
  Perspektiv   qisqarishni   qog`ozda   tasvirlashda   quyidagi   qoidaga   amal
qilinadi.
Birinchidan,kuzatuvchiga   yaqin   turgan   manzara   qog`oz   betining   pastki
qismida tasvirlanadi.
Kuzatuvchiga nisbatan uzoqda  ko`rinadigan narsalar qog`oz betining yuqori
qismiga   joylashtiriladi.Kuzatuvchiga   nisbatan   uzoqda   ham,yaqinda   ham
joylashmagan narsalar   qog`ozning  o`rtasida tasvirlanadi.
Perspektiv   qisqarishni   qog`ozda   aks   ettirish   ko`rish   nutasiga     nisbatan
olinadi.
Ko`rish   nuqtasidan   xayolan   chiqarilgan   chiziqlar     manzaraning   yuqorisi   va
pastki qismidan o`tkaziladi.
Manzaradagi   boshqa   narsalarning   perspektiv   qisqarishini   belgilashda
ko`rish  chizig`ini   o`zgartirmaslik  talab qilinadi.
Manzara   chizish   jarayonida   yorug`-soyalar,   ranglar     munosabatini   kuzatish
har   bir   ko`rinishning   hususiyatlarini     idrok     etish   bilan   chegaralanib     qolmay,
naturani   yahlit holda ko`ra   olish malakasini   shakllantirish ,oldingi, orta va orqa
planni yahlit ko`ra olish  maydoni sifatida  idrok  etish  zarur  bo`ladi.
Manzaradagi     turli   holatda     joylashgan     manzarani     alohida   emas,     yahlit
birlikda  bir-biriga  bog`langan  bitta asar sifatida  idrok etish muhimdir.
32 Rassomdan     rang     perspektivasuni   hususiyatlarini   puhta     bilishni     talab
qiladi.
Rang  pperspektivasi  deganda   borliqdagi  barcha  narsalar  kishi   ko`zidan
uzoqlashib  brogan  sari o`z rangini  o`zgartirishi tushuniladi.
Bizdan uzoqlashgan  sari  narsalar  havoga  singib  borayotgandek ko`rinadi.
Agar narsalar belgilari bilan  tasvirlansa  u  bizga yaqin  tirgandek   taassurot
tug`iladi.
Narsalarning  belgi-hususiyatlarini  hiralashishi  unu  bizdan  uzoqlashtiradi.
Oldingi     planda     joylashgan     narsalardagi   yorug`-soyalarning     keskinbligi
kuzatiladi.Tuman,   chang,     tutun     bilan     qoplangan   joydagi   narsalar     ko`rinishi
hiralashadi.   Uzoqlashgan     sari     narsalarning       rangi     havorangga   moyillashib
boradi,rangidagi  farqlar kamayib  boradi. 
Manzara  ishlash  jarayonida xajmlilik yoki  yorug`lik  perspektivasini  ham
etiborga  olish    zarur. Narsalar    yorug`lik   manbaidan   o`zining   yorqinligi, rangi,
shakli  aniqligini  yo`qota  boradi.
Barcha     narsalar     bizdan     uzoqlashgan     sari   unga     yorug`lik     tushgan     sari
shakl  va  rang  aniqlashib, manzaraning  hajmli  ko`rinishi  aniqlashadi.
Manzara   janrida  ijod  qilgan  musavvirlar   Alisher    Otaboyevning  “Chorbog`
Bahor   I.   Levitan     “Ko`lda”,   R.Ahmedov     “Soldatni     qaytishi”,Igor   Grobar
‘Ko`lda”   Savrasov   A.K   ‘Proselok’1853   y,”Vid   na   Kreml   nenastnuyu     pogodu”
1851y.   I.I   Shishkin     ‘Pered     groznoy”,     “Polden   v     krestostya   v     Moskve”kabi
kartinalar  kiradi. Bu asarlar nihoyatda mohirona ishlangan.
Tasviriy   san'at   yo'nalishi   talabalarini   manzara   ishlashga   o'rgatishda   asosiy
vazifalardan   biri   bu   qalamtasvirda   olingan   bilimlarni   shu   mavzuga   tadbig'ini
amalga   oshirish   metodlarini   to'gri   ishlab   chiqish   hisoblanadi.   Bu   jarayonda
pedagogning   vazifasi   yosh   ijodkorda   manzara   obyektlarini   masofadan   ko'rish   va
33 uni   tasvirlash   mahoratini,   manzara   ko'rinishlari,   undagi   predmetlarning   fazoviy
holatini, jismlarni "hajmdor" tarzda, uch o'lchamli (balandligi, eni, bo'yi) shaklda,
perspektiva   qonunlariga   bo'ysingan   holda   ifodalash   ko'nikmalarini
shakillantirishdan iborat.
Bizga   ma'lumki   manzara   qalamtasvirini   ishlash   mashg'ulotlarining   asosiy
vazifasi   naturadagi   obyektlarning   o'lchamlarini   to'g'ri   tasvirlagan   holda   realistik
ko'rsatib   bera   olishdan   iborat.   Bu   maqsadga   qalamtasvir   mashg'ulotlarining
dastlabki   mashg'ulotlari   ko'z   bilan   chamalash   (masofa,   manzara   obyektlarining
bo'yini eniga, bo'yini balandligiga v.h.k.) qobiliyatini uzluksiz tarzda rivoj lantirish
orqali erishiladi. Manzara qalamchizgisini bajarishda nisbatlar munosabatlari juda
muhim   qonun   hisoblanadi.   Chunki   manzara   ko'rinishida   juda   ko'p   predmet   va
shakllar   mavjud,   bunday   holat   talabaga   birmuncha   qiyinchiliklar   tug'diradi.
Talabalarda   manzara   ishlash   ko'nikmasini   qalamtasvir   qonuniyatlarini   chuqur
o'zlashtirmasda shakllantirib bo'lmaydi.
Talabalarni   manzara   ishlashga   o'rgatishni   umumiy   ko'rinish,   uning   alohida
obyektlarini   kuzata   bilish,   tahlil   qilish,   idrok   etish   qobiliyatini   rivojlantirishdan
boshlagan   ma'qul.   Shu   jarayon   o'talsagina,   keyinchalik   beriladigan   bilimlar
ishonarli va asosli bo'ladi. Misol uchun manzaradagi turli predmetlarning asosida
qanday geometrik shakl  yotibdi, manzaraning soddalashtirilgan  varyanti  qanday?
Turli bino ko'rinishlarining qanday gemetrik shakllar  asosida qurilganligi v. h. k.
keyin   esa   o'quv   xonasida   olingan   geometrik   jtuzilgan   natyurmortni   tasvirlashda
olingan  bilimlarni  manzara  ko'rinishining  qalamchizgisini   bajarishga  tadbiq  etish
yo'llari pedagog tomonidan ishlab chiqilishi kerak.
Tasvirlanayotgan   buyumlar,   ushbu   buyum   yoki   ob’yektning   qaysi
tomonidan   qaralishidan   qat'yi   nazar   (uzoqdan,   yaqindan,   yuqoridan,   pastdan,
to'g'ridan   yoki   chekkadan)   chizuvchiga   nisbatan   perspektiva   qonunlariga
bo'ysungan   holda   qisqarib   ko'rinadi.   Manzara   perspektivasini   talabalarga
tushuntirishning eng sodda va samarali usuli bu masalan shahar ko'rinishidagi ko'p
qavatli binolarni  tasvirlab ko'rsatish  bo'lishi  mumkin. Bu jarayonad albatta kubni
ishlash   mashg'ulotida   olingan   bilimlarni   rivoj  lantirish  kerak.  Kubning  ko'rinmas
34 qisimlarini   tasvirlaganimiz   kabi   binoning   ko'rinmas   qisimlarini   aks   ettirib,
shaklning   haqqoniyligiga   erishishimiz   mumkin.   Manzara   obyektlarini   haqqonoy
tasvirlashda   rassom   perspektiva   qonuniga   bevosita   murojat   qiladi.   Bu   holatni
shunday  tariflash  mukin;  "tabiatdagi  barcha  (narsalar)   buyumlar   qanday  shakilga
ega bo'lmasin, perspektiva qonun-qoidalariga bo'ysinadi". Manzarada perspektiva
qonunlarining asosiy xususiyati quyidagicha;
Manzara   predmetlari   qanday   kattalikda   bo'lmasin,   chizuvchidan
uzoqlashgan sari va tekslikda qanday joylashganligiga qarab perspektiv qisqaradi.
O'z navbatida perspektiva qonuni haqqoniy tasvirlash "alifbos"laridan biri bo'lgan
surat   teksligi,   buyum   teksligi,   ko'rish   maydoni,   ko'rish   nuqtasi,   ufq   chizigi   kabi
qonuniyatlar bilan chambarchas bog'liq.
Manzara ishlashda dastlabki amaliy ishni qisqa muddatli qalamchizgilardan
boshlash   tavsiya   qilinadi,   ammo,   bu   ishni   tasviriy   san'atning   yuqoridagi   asosiy
qonunlarining mazmunini bilmasdan amalga oshirib bo'lmaydi. Bu qonunlar ham
nazariy ham amaliy ko'rinishda talabalarga ta'limning dastlabki davridayoq chuqur
o'rgatilishi   shart.   Manzara   ishlashda   bu   qonunlar   haqidagi   bilimlar   yanada
chuqurlashib,   amliy   jihatdan   to'g'ri   yechilib   borilishi   kerak.   Bu   o'rinda   albatta
pedagogning   o'rni   muhim   bo'lishi   lozim.   Talabalar   tasviriy   san'atda   olingan
bilimlar   hech   qachon   "alohida,   muayyan   bir   mavzu   uchun"   degan   fikirdan   xoli
bo'lishi lozim.
Manzarada surat   tefo/zg/'-tasvirlanayotgan manzara ko'rinishi yoki obyekti
bilan, tasvirlovchi orasidagi fazoviy bo'shliqqa aytiladi. Surat teksligi tasvirlovchi
bilan natura o'rtasidagi vosita bo'lib xizmat qiladi.
Manzarada   buyum   teksligi   deb   tasvirlanayotgan   manzara   teksligi,   uning
obyektlari joylashgan tekslikka aytiladi.
Ko'rish   maydoni -Ъи chizuvchining   tasvirlanayotgan   manzarani   ko'rish
vaqtida   qamrab   olishidir.   Rassom   tasvirlanayotgan   obyektdan   qancha   uzoqlashib
borgani sari uning ko'rish maydoni ham kengayib boradi. Bu esa tasvirlanayotgan
ob'yektning   barcha   qisimlarini   to'la-to'kis   ko'rish   imkoniyatini   yaratadi.   Ammo
ob'yektdan   juda   katta   masofaga   uzoqlashib   ketish   ham   undagi   bo'laklarning
35 hajimdorligini   taminlashda   birmuncha   qiyinchiliklar   tug'diradi.   Odatta   rassomlar
tasvirlanayotgan   ob'yektdan   uning   kattaligining   uch   marta   ko'paytirilgan
masofadan   tasvirlash   ishlarini   olib   boradi.Masalan   inson   qomatini   tasvirlashda
rassom  5-5.5  masofada ishni olib borishi lozim.
Ufq chizig'i-  ufq chizig'i deb kuzatuvchi ko'z balandligidan o'tuvchi hayoliy
chiziqqa   aytiladi.   Ufq   chizig'ini   oddiy   qog'ozni   olib   uni   gorizantal   holatda   tutib
ko'zimiz   darajasigacha   ko'tarib   aniqlash   mumkin.   Buyum   odatda   uch   xil   xolatda
bo'lishi mumkin
1. Ufq chizig'idan yuqorida.
2. Ufq chizig'idan pastda.
3. Ufq chizigida (ko'zimiz nuri balandligida)
Ufq chizig'i har doyim ko'zimiz nuri balandligidan o'tadi. Agar biz tik tursak
u   yuqorida,   o'tirgan   holatda   esa   pastda   kuzatiladi.   Talabalarga   manzara   ishlashda
ufq   chizig'ining   ahamiyatini   o'rgatish   juda   muhim,   aks   holda   talaba   manzara
ko'rinishining   qalamtasvirini   qurishda   juda   ko'p   qiyinchiliklar   duch   keladi.
Jumladan   obyektlarni   perspektiv   joylashtirishda v.h.k.Ufq   chizig'i   talimning
dastlabki   bosqichlaridayoq   pedagok   tomonidan   ham   nazariy   ham   amaliy   jihatdan
to'la   qonli   yoritilib   berilishi   kerak.   Chunki   manzara   ishlashda   talabalar   ufq
chizig'ini aniqlashda natyurmort va portret ishlashga qaraganda bir muncha jiddiy
muammoga  duch   kelishi   mumkin.   Bunday   salbiy   holatlarning   oldini   olishda   turli
reproduksiyalarning   tahlili,   pedagog   tomonidan   tayyorlangan   ko'rgazmali
materiallar yaxshi samara beradi.
Manzarada   ко 'rish   nuqtasi.   Ko'rish   nuqtasi   ko'rish   maydoni   bilan   bevosita
bog'liq, chunki ko'rish maydonining qanchalik keng yoki torligi ko'rish nuqtasining
tasvirlanayotgan  manzara markazidan  qanchalar   uzoq yoki   yaqinligini   belgilaydi.
Ko'rish   nuqtasini   tanlashda   awalombor   tasvirlanayotgan   manzara   yoki   uning
alohida obyektlarining qanchalar tasvirlash uchun qulay va chiroyli kompazitsion
yechimga   ega   ekanligiga   qarab   tanlanadi.   Odatda   ko'rish   nuqtasimanzara
ko'rinishini   chuqur   kuzatish   uni   tahlil   qilish   orqali   tanlanadi.   Tanlangan   ko'rish
nuqtasidan   bir   nechta   qalamchizgilar   bajariladi.   Agar   bunday   holatda   manzara
36 kompazitsiyasining   plastikasi   to'g'ri   yechilmagan   bo'lsa,   manzara   ko'rinishining
boshqa   tomonidan   o'rganilib   chiqiladi.   Ko'rish   nuqtasini   to'g'ri   tanlash   talabadan
chuqur   bilim   talab   etadi.   Talabada   his   qilish,   idrok   qilish,   bajariladigan   ishning
yakuni   haqida   ma'lum   bir   tasawurga   ega   bo'lish   qobiliyatlarining   rivojlanganlig
v.h.k kabi.
Ma'lumki   har   bir   tasviriy   san'at   asarida   natyurmortda   yoki   murakkab
kompazitsiyalardashu   jumladan   manzara   kompazitsiyasida   ham   doimo   asosiy
markaziy   predmet   yoki   predmetlar   guruhi   bo'lishi   shart.   Muayyan   mavzuning
mazmunini   belgilovchi   asosiy   predmetlar   kompazitsiyaning   markazi   hisoblanadi.
Kampazitsa   haqida   gap   borar   ekan,   u   kartina   tekisligining   gemetirik   markazida
joylashish   kerakligini   bildirmaydi.   Bunday   joylashtirish   bazan   xunik   bo'lib,   rasm
sathini   suniy   ravishda   ikkiga   bo'lib   qo'yish   mumkin.Odatda   sathning   markazidan
qaysidir   tomonga   suriladi.   Agar   uning   ro'li   muallif   mavzusi   bo'yicha   arzirli
movqega   ega   bo'lsa,   doim   kompozitsiya   markazi   sifatida   ko'zga   tashlanib   turadi.
Manzara   qalamchizgilarini   bajarishda   bu   jarayonlar   to'la   qonli   о 'tab   bo'lingandan
so'ng   kunning   turli   vaqtlarida   turli   sharoitlarda   kuzatib   eng   maqbul   holat
aniqlanadi. Mazkur holat va tabiat ko'rinishiga xos bo'lgan umumiy jihatlar idrok
etiladi.   Ko'rish   nuqtasini,   ko'rish   maydoni   va   ufq   chizig'ni   aniqlab   olgach   har
qanday   manzara,   yoki   uning   alohida   bo'laklarini   ishlashda   uning   konsturiktiv
tuzilishiga etiborni qaratish lozim.
Chiziqli konsturiktiv tuzilish.  Har qanday janrdagi kabi manzara ko'rinishida
tasvirlanayotgan   obyekt   va   predmetlar   malum   darajada   o'zining   murakkab
konsturiktiv   tuzilishiga   ega   bo'lib   ularni   tasvirlash,   talabadan   boshqa
mashg'ulotlarda   olingan   bilimlarni   yanada   rivojlantirishni   talab   etadi.   Chunki
manzarada mavjud har  predmet  hoh ubir  tosh  yoki  har  bir  daraxt  bo'lsin o'zining
murakkab   konsturiktiv   tuzilishiga   ega.   Ular   natyurmort   qo'yilmasidagi   olma,
shaftoli va boshqa qo'yilmalar kabi soda tuzilishda emas. Ularning o'zigagina xos
xususiy   va   umumiy   tomonlari   mavjud.   Bu   jihatlarni   talaba   avvalombor   chuqur
anglashi   his   qilishi,   idrok   etishi   lozim.   Misol   uchun   olma   daraxti   yong'oq
37 daraxtidan   o'zining   konsturiktiv   tuzilishi   jihatida   manzara   qalamchizgisini
bajargandayoq farqlanishi ularning o'ziga xos jihatlari topilishi shart.
Konstruktsiya   so'zi   tuzilish   qurilish   degan   ma'noni   berishini   bilamiz   talaba
manzara   ishlash   jarayonida   ham   natyurmort,   portret   ishlashda   amal   qilgan   bu
qonunga bevosita amal qiladi. Manzara obyektlarining haqqoniy ta'surot berishida
ularning   chiziqli   konsturiktiv   qurilishiga   katta   ahamiyat   qaratishi   lozim.
Manzarada   chiziqli   konsturiktiv   qurilishini   amalga   oshirish   uchun   uning   asosiy
qisimlaridan   yordamchi   chiziqlar   o'tkazib   topiladi.   Bu   jarayon   natyurmort
ishlashdagidek   yengil   o'talishi   uchun   Qalamtasvirda   olgan   bilimlarini   to'laligicha
amalda   qo'llay   olishi   lozim.   Yuqorida   ko'rib   o'tilgan   manzarada   qalamtasvirning
o'rni   haqidagi   eng   muhim   bilimlar   bu   fanning   nechog'lik   ahamiyatli   ekanligini
ko'rsatadi.   Peadgog   manzara   ishlash   mashg'ulotlarini   tashkil   qilishda   talabaning
oldingi   bilimlarni   rivojlantirishga   ahamiyatini   qaratish   lozim,   manzara   ishlash
mashg'uloti   esa   bu   ishni   amalgam   oshirish   uchun   eng   maqbul   mashg'ulot   bo'lib
xizmat qiladi.
Manzara   ishlash   mshg'ulotlarida   perspektiva   fanidan   olingan   bilimlarning
o'rni juda muhim. Chunki  turli ko'za, chelak va boshqa aylanish sirtlaridan iborat
buyumlarning aylana qismlari umumiy vaziyatda ellips yoki to'g'ri chiziq holatida,
o'zaro   parallel   bo'lgan   temir   yo'l   relslari   esa   bizdan   uzoqlashgan   sari   bir   nuqtada
uchrashgandek   bo'lib   ko'rinadi.   Balandliklari   bir   xil   bo'lgan   simyog'ochlarning
uzoqda  joylashganlari  boshqalariga  nisbatan  kichik  o'lchamda  korinishini  bunday
hodisalarning   biror   qonuniyatlarga   asoslanishini   perspektiva   fani   o'rganadi.
Manzara ko'rinishidagi narsalarning ko'zimizga o'z shakliga nisbatan biroz o'zgarib
ko'rinishi,   yetuk   rassomlarning   realistik   asarlaridagi   chuqurlik   fazosining   to'la
qonli   ochib   berilishi   sabablari   bir   necha   asrlardan   buyon   o'rganilib   kelingan   va
perspektivaga asos solingan. Perspektiva fani tabiatdagi narsalarning ana shunday
ko'rinishini tekslik yoki biror sirt ustida tasvirlash usullarini o'rganadi.
38 Perspektiva   fransuzcha   so'z   bo'lib,   "la   perspective"-   uzoqqa   qarash
yunonchasiga   esa   " perspistor "- oyna   orqali   to'g'ri   va   aniq   ko'rayapman   degan
ma'noni beradi. 2
Agar markaziy proyeksiyalash insonning ko'rish xususiyatiga moslashtirilsa,
yasalgan   tasvir   yaqqol   va   ishonchli   chiqadi.   Perspektiva-tasviriy   san'atning
gramatikasidir,  chunki  yaratilgan har  qanday  realistik  rassomlik  asari  perspektiva
nazariyasi   asosida   bajariladi.   Shundagina   bu   asarning   to'g'ri   qurilganligi
yokihayotiyligi   ta'minlanadi.   Agar   tasviriy   san'at   asari   bunday   qoidalarga
amalqihnmasdan   yaratilsa,   ilimli   kuzatuvchilar   "bu   kartinada   perspektiva   yo'q",
oddiy   tomoshabin   "bu   kartinada   narsalar   o'ziga   o'xshamabdi"   degan   fikrga
keladilar.   Perspektiva   fani   realistik   tasvir   yaratishda   ilmiy   ba'za   hisoblanadi   va
narsalarni   ko'z   o'ngimizda   qanday   ko'rsak,   shunday   tasvirlashga   yordam   beradi.
Shunday   ekan   bu   fanning   har   bir   bilimlarini   ham   nazariy,   ham   amaliy   jihatdan
o'rgatish,   manzara   ishlash   mashg'ulotlarida   ularni   qo'llash   talabalarning
tasvirlashda yuqori darajaga erishishda xizmat qiladi.
Talabalarga perspektiva faniga oid bilimlarni berishda turli yetuk rassomlar
tomonidan yaratilgan badiiy asarlarni tahlil qilish ko'nikmasini shakillantirish ham
muhim   hisoblanadi.   Talaba   turli   mavzuga   oid   asarlarni   perspektiv   jihatdan   tahlil
qila   olsa,   amaliy   mashg'ulotni   bajarish   jarayonida   bu   bilimlarni   qo'llashi   oson
kechadi. Pedagog manzara ishlash mashg'ulotlarini tashkil qilishda har bir fanning
jumladan   perspektiva   fanining   mshg'ulotni   bajarishdagi   o'rni   va   mohiyati   haqida
bilimlar   berishi   kerak.   Fanning   mavzuga   oid   bilimlarini   yoritishda   turli   metodik
ko'rsatmalarga   asoslangan   holda   dars   ishlanmalari   va   boshqa   ko'rgazmali
materiallar   to'plashi   va   ulardan   mashg'ulotlar   jarayonida   samarali
foydalanishilozim.   Misol   uchun   " Badiiy   asarlarni   perspektiv   tahlil   qilish "
mavzusida quyidagi kabi materiallarni talabalarga taqdim qilishi mumkin.
Har   bir   rassom   o'zining   badiiy   asarini   mukammal   yaratilishiga,
kompazitsiya   jihatdan   mustahkam   bo'lishiga,   kishilar   ruhiyatiga   turlicha   ta'sir
2
A. Valiyev. Perspektiva. T. TDPU.  2001  y.  5  b.
39 etishiga erishishi uchun ufq chiziqni va undagi ko'rish nuqtasini har xil burchakda,
past, baland joylashtirib ta'sir ko'rsatishga harakat qiladilar.
Masalan,   tabiatni   "kuylash"   uchun   ufq   chizig'ini   kartinaning   o'rtarog'iga
oladi.   Yerning   "portreti"ni   tasvirlash   uchun   ufq   chizig'ini   balandroq   yoki
osmondagi voqealarni tasvirlash uchun esa ufq chizig'ini pastroqdan o'tkazadilar.
Odatda, rassomning surat ustidagi ishi kompazitsiyani tanlash, chizmalar va
eskizlar   chizishdan   boshlanadi.   Unda   rassomning   ilik   syujet
fkirlari,harakatlanayotgan   shaxslar   va   ularni   o'rab   turgan   atrof   muhitning
kompazitsiyonjoylashuvi   ifodalanadi.   Chizmalar   perspektivaning   umumiy  qonun-
qoidalariga   asoslangan   holda   chiziladi,   biroq   unda   chiziq   yo'llari   deyarli
ko'rinmaydi.
Rassom   o'z   fikrini   ifodalash   uchun   perspektiv   tasvirning   muayyan
shartlaridan   foydalanadi.   Bunda   eng   asosiy   etibor   ko'rish   nuqtasini   to'g'ri   tanlash
va   ufq   chizig'ining   balandligi,   yorug'lik   manbai   o'rni   va   narsa   buyumlarning   aks
tasviriga   qaratadi.   Bularning   barchasi   manzara   kompazitsiyasi   xususiyatiga   va
suratni ko'rayotgan tomoshabin harakatiga ta'sir ko'rsatadi.
Masalan,   tomoshabin   e'tiborini   suratning   aniq   bir   joyiga   yo'naltirish   uchun
rassom kompazitsion markazdan foydanadi. Bu perspektivaning chuqurligi P bosh
nuqtada   belgilanadi.   Bu   holat   I.   Levitanning   "Mart",   I.   E.   Repinning   "Kutmagan
edilar",   P.   A.   Fedatovning   "Mayorning   uylanishi"   kabi   asarlarda   yaqqol
ko'rinadi. 3
Asarni   perspektiv  tahlil   qilish  jarayonida  ufq  chizig'ining  joylashuvi   va
undagi   bosh   nuqta,   masofa   "distansion"   nuqtalari   o'lchovlarining   joylashuvi
aniqlanadi.   Shuningdek,   kartinaning   masshtabi   va   perspektiv   tasvirdagi   asosiy
buyumlarning   haqiqiy   o'lchamlari   hamda   rassomning   ko'rish   burchagi   ham
aniqlanishi   lozim.   Suratning   asosiy   elementlari   tiklash   va   perspektiv   tasvirdagi
buyumlarning o'lchamlarini aniqlashga kartinani rekonstruksiya qilish deyiladi.
Levitanning   "Mart"   asrida   kartina   elementlari   o'zgacha   ifodalangan.   Avval
tomning  o'zaro  parallel   chiziqlari  kesishishidan   P  bosh  nuqtani  aniqlaymiz  va   bu
nuqta orqali kartina asosiga parallel qilib  hh  ufq chizig'i o'tkaziladi.
3
A. Valiyev. Perspektiva. T.  2001  y.  112  b
40 Distension masofani aniqlash uchun ufq chizig'ini kesib o'tguncha gorizantal
chiziq   devor   yonida   qiya   holatda   turgan   taxta   chekkasi   va   kartinaning   chap
tomonidagi qorli qiyalik yuzasi bo'ylab o'tkaziladi. Ular to'g'ri burchak tomonidan
F!   va   F
2   uchrashish   nuqtalari   o'rnini   aniqlaymiz.   Fi   F
2   masofani   teng   ikkiga
bo'luvchi   nuqtani   markaz   qilib   Fi   va   F
2   nuqtalardan   o'tuvchi   yarim   aylana
chiziladi. P bosh nuqtadan ufq chizig'iga perpendikulyar chiziq chiqarib, aylanada
S   ko'rish   nuqtasi   belgilanadi.   SP   bosh   masofa   yordamida   distansion   Di   va   D
2
nuqtalar   aniqlanadi.   Distansion   masofa   bu   yerda   minimal,   u   taxminan   surat
diagonaliga   teng.   Kartinada   tasvirlangan   uy   derazasining   yerdan   balandligining
haqiqiy   o'lchami   1,20   m   ekanligini   aniqlaymiz.   Ushbu   o'lcham   ufq   chizig'i
balandligi   2,60   m   ni   tashkil   etganini   aniqlashga   imkon   beradi.   Oxirida   suratning
ko'rish burchagini aniqlaymiz.
Demak,   perspektivada   biror   bir   narsaning   tasvirini   chizishdan   oldin,   uning
qanday   vazuyatda   joylashganligini   o'rganib   chiqishimiz   lozim.   Narsalarni
tasvirlashda   ufq   chizig'ining   ahamiyati   katta.   Ufq   chizigini   aniqlash   eng   muhim
masala, chunki ko'p jihatdan ishning tasirchanligi va maqsadliligi ufq chizig'ining
qanday tanlanganligiga bog'liq.
Polotnoda jismlarni yuksak mahorat bilan ishlash uchun chiziqli perspektiva
xizmat   qiladi.   Bizning   qarshimizda   turgan   qog'ozni   "kenglikdagi   deraza"   sifatida
ko'rib   chiqa   turib,   bizga   yaqin   bo'lgan   jismlarni   olisdagilarga   nisbatan   yirikroq
qilib ishlashimiz kerak.
Perspektiva   kenglikdagi   shakillar   tasvirini   ishlash   qoidalarini,   jismlarning
tasvir hamda tabiatdagi ko'rinishi o'rtasidagi farqni ko'rsatib beradi. Bunda u
"nima uchun bir xil jismlar inson ko'zidan turli masofalarda joylashganida o'lcham
jihatidan turlicha bo'lib ko'rinadi  "  degan savolga javob beradi.
Yorug'lik ko'z gavharida sinadi va nurni his etib jism tasvirini hosil qiluvchi
to'r   pardaga   tushadi.   Jism   bizga   qanchalik   yaqin   joylashgan   bo'lsa,   jismlarning
chekka nuqtalari  orasidagi  burchak shunchalik  katta bo'ladi  va o'z  navbatida ko'z
to'r pardasida ham katta tasvir paydo bo'ladi. Shu sababli ham jismlarning o'lchami
to'r   pardada   o'z   aksini   topadi.   Ushbu   holat   qadimdan,   Uyg'onish   davrida
41 aniqlangan   va   u   hozirgi   kunga   qadar   perpektiv   qisqarish   fanining   asosi   bo'lib
xizmat qilmoqda.
Barcha   jismlar   va   ularning   qismlari   masofaning   ortishi   bilan   tomoshabin
ko'z   o'ngida   proportsional   ravishda   qisqarib   borayotgandek   tuyiladi.   Bunda
jismlarning   balandligi,   kengligi   va   uzunligi   tublik   sari   qisqarib   boradi.   Uzoq
masofada joylashgan jismlar yaqindagilarga nisbatan uzoqroq, relefsiz ko'rinishda
bo'ladi.
Turli nuqtalarda joylashgan  jismlar tasvirini  ishlashda gorizont chizig'i  qo'l
keladi. U rassom ko'z balandligi darajasida olinadi va uning yordamida perspektiv
o'zgarish   jarayonini   kuzatish   mumkin.   Bunda   asosiy   birlashish   nuqtasi   muhim
ahamiyatga   egadir.   U   gorizont   chizig'i   va   ko'rish   maydonining   markazida
joylashadi.   Rasm   chizish   yuzasiga   ko'ra   jism   ikki   xil   holatda   bo'lishi   mumkin:
keskin old taraf bilan (frontal) va ko'zga nisbatan istalgan burchakda.
Masalan,   old   tomoni   bilan   joylashgan   kub   asosini   chizish   davomida
qog'ozda   rasm   yuzasi   va   gorizont   chizig'i   belgilab   olinadi.   So'ng   ko'rish
nuqtasining   rasm   yuzasining   buyum   tekisligiga   nisbatan   balandligini   belgilab
beradi.
Perspektiva   qoidasi   quyidagi   tamoyilni   ilgari   suradi:   parallel   chiziqlar   bir-
biridan uzoqlashgan sari nuqtada birlashgandek tuyiladi.
Kvadratning   old   tomoni   va   birlashish   nuqtasi   belgilab   olinganidab   so'ng,
birlashish   nuqtasi   tomon   chiziqlar   tortiladi.   Bunda   to'g'ri   burchaklar   (oldingi
ikkiburchak)   o'tkir   va   (orqa   tomondagi   burchaklar)   o'tmas   burchaklarga
aylanibboradi.   Uzoqlashib   borayotgan   tomonlar   (yon   tomonlar)   esa   brogan   sari
bir- birlariga yaqinlashib boradi. 
42 Tasodifiy   burchakda   joylashgan   kub   tasvirini   ishlashda   faqatgina   bir   nuqta
( bitta   burchak )   rasm   chizish   maydonida   joylashgan   bo ' ladi ,   uning   ikki   parallel
chiziqlarning   uzunligi   qisqaradi   va   gorizont   chizig ' iga   nisbatan   ikki   xil   yo ' nalishda
joylashadi .   Bunda   bitta   birlashish   nuqtasi   o'ng   tomonda,   ikkinchisi   esa   chap
tomonda bo'ladi. Bunday holatda kvadrat to'g'ri to'rtburchak ko'rinishida bo'lmaydi
va uning ikki burchagi o'tkir va boshqa burchaklari o'tmas ko'rinishga ega bo'ladi.
Perspektiv   qisqarishga   uchragan   barcha   jismlar   tasviri   xuddi   bir   ko'zning
ko'rish   maydonidagi   ko'rinishi   bo'yicha   chiziladi   deb   hisoblanadi.   Chunki   ko'z
qorachiqlari   orasidagi   o'lcham   6   sm   gat   eng,   hamda   rassom   va   jism   orasidagi
masofaning   olisligini   hisobga   oladigan   bo'lsak,   bu   oraliq   katta   ahamiyat   kasb
etmaydi.
Yuzada   joylashgan   to'g'ri   chiziqlar   gorizontning   parallel   chiziqlari
qisqarmaydi. Balki masofa olislashgani sari ularning o'lchami kichrayib boradi.
Rassomga   nisbatan   turli   masofalarda   joylashgan   vertical   chiziqlar   o'lchami
bo'yicha turlicha chiziladi.
Kubning   hajimli   ko'rinishini   chizish   uchun   kubning   asosini   chizish
qoidasidan foydalanish mumkin. Bunda kub old tomoni bilan joylashtirilgan
bo'lsa,   barcha   parallel   tomonlar   bir   nuqtada   birlashadi,   kub   biror   burchak
ostidako'rinsa, uning tomonlari birlashish nuqtalarida birlashadi.
Tik   holatdagi   vertical   slindr   tasvirini   ishlash   gorizantal   holatdagi   slindrga
nisbatan   oson.   Biz   gorizontal   holatdagi   slindrni   old   tomoni   va   turli   burchaklarda
joylashgan ko'rinishini ko'rib chiqamiz. Biror burchak ostida gorizontal joylashgan
slindr  tasvirini  ishlash  jarayonida  odatda uning asosi  perspektiv qisqarishga  duch
keladi   (aylana   ellips   ko'rinishini   oladi).   Slindrnin   old   tomonidan,   frontal
43 ko'rinishda   tasvirlaganomizda   bu   holat   kuzatilmaydi.   Bunda   asos   o'qi   aralashib
ketadi va slindr balandligi bo'yicha qisqaradi.
Yuqoridagi   fikirlardan   kelib   chiqqan   holda   rasm   chizishga   kirishishdan
oldin quyidagilarni aniqlab olish kerak:
1-jismning   tasvir   bajariladigan   yuzaga   nisbatan   kenglikdagi   holati,   frontal
(old tomoni bilan joylashgan) yoki ko'rish nuqtasiga nisbatan biror burchak ostida
joylashgan.
2 -jismlar   tuzilishini   hosil   qiluvchi   to'g'ri   chiziqlar   yo'nalishi   (vertical,
gorizontal, ufq teksligiga nisbatan ko'rinishi).
3 -Bir-biri bilan parallel bo'lgan chiziqlarning bir nuqtada kesishishi.
44 Fazoviy   perspektiva .   Rasimda   shartli   tublikni   aks   ettirishda   shuni   yodda
tutish   kerakki ,  jism   rassomdan   ma ' lum   masofaga   uzoqlashganida   uning   rangi ,  toni ,
va   qirralarining   aniqligi   o ' zgarishini   ko ' zda   tutuvchi   yorug ' lik -  samoviy   perpektiva
qoidasi   mavjuddir .   Bizga   yaqin   joylashgan   jismlar   nisbatan   yaqinroq   ko ' rinishga
ega   bo ' ladi   va   biz   ular   yuzasining   o ' ziga   xos   xususiyatlari   haqida   ko ' proq
ma ’ lumotga   ega   bo ' lamiz .   Ular   bizdan   uzoqlashgani   sari   tondagi   contrast
yumshoqlashib   boradi ,   ranglar   o ' z   kuchini   yo ' qotib   boradi ,   jismlarning   kontrlari
xiralashadi .
Tabiatdagi   kuzatuvlarimiz   natijasida   shuni   ko ' rishimiz   mumkinki ,
birmuncha   masofaga   yiroqlashgan   jismlar   tutun   bilan   qoplanganga   o ' xshash
ko ' rinishga   ega   bo ' ladi .   Optika   qoidalaridan   ma ' lumki   yorug ' lik   nurlari   oddiy
sharoitlarda   to ' g ' ri
Chiziq   bo ' ylab   tarqaladi   vaturli   jismlarda   turlicha   aks   etadi .   Bizda   jimlarni
ochrangda   ko ' ramiz ,   boshqalari   esa   to ' q   rangda   namoyon   bo ' ladi .   Ko ' zimizga
yaqinda   oylashgan   jismlardan   uzoqdagilariga   nisbatan   ko ' proq   yorug ' lik   tushadi .
Shu   sababli   ham   yaqindagi   jismlar   nisbatan   aniqroq   va   yorqinroq ,   olisdagilari   esa
xira ,  chalkash   va   ochrangda   ko ' rinadi .
Havo har doim ham musaffo bo'lavermaydi uning tarkibida turli kimyoviy –
moddalarning zarralari, bug'lar, changlar va h. k.   Mavjud bo'lib, hamda ular jism
kontrini aniq ko'rishga xalaqt beradi. Shuning uchun biz tugatilgan rasmni tomosha
qilganimizdan   kontrlar   bilan   ishlangan   jismlar   yaqinda,   xiraton   berilganlari   esa
uzoqdagi   jsmlar   bo'lib   ko'rinadi.   Yorug'lik   miqdori   va   ob-   havoning   o'zgarishi
yorug'lik soyasining kontrastiga va umumiy ko'rinishga ta'sir qiladi.
Masofaning   o'zgarishi   bilan   jismlarning   rangi   o'zgarib   boradi           va
ko'kishtusga   kiradi,   yuzaning   rang   farqlari   yumshab   boradi   hamda
gorizontdaranglar   bir-   bir iga   yaqinlashib,   birlashib   ketadi   va   havorang   ko'krang
ko'rinishda bo'ladi.
Yorug' soyaning keskinligi awaliga kuchli bo'ladi va asta-sekin bir xil tusga
"kirib   boradi,   jismlar   hamjihatlik   xususiyatini   yo'qotadi,   siluet   holatiga   keladi,
fakturasi o'z xususiyatini yo'qotadi.
45 Rasm  chizishni  endi   o'rganayotganlar  ushbu  qoidani   o'zlashtirishlari   lozim.
Rasmda   kenglikni   ifodalash   uchun   uchta   plandan   foydalanish   maqsadga
muvofiqdir,   hamda   har   bir   planni   jismning   olislashuvi   bo'yicha   bo'lib   chiqish
kerak.   Biz   nafaqat   manzara   rasmini   chizishda   balki,   natyurmort   yoki   inson
qomatining   tasvirini   ishlaganimizda   ham   ularning   hajmliligini   ko'rsatib   berish
uchun   birinchi   plandagi   qismlarni   boshqalaridan   alohida   ifodalashimiz   lozim
bo'ladi.
Xulosa   qilib   aytganda   manzara   ishlash   mashgulotlarini   olib   borishda
perspektiva   fani     bilan   uzviy   bog'liq   holda   tashkil   etish   talabalarda   mavzu
yuzasidan   bilimlarning   shakillanishida   va   ularning   malakalarining   oshishida
muhim o'rin tutadi.
Manzara   ishlash   mashg'ulotlarini   olib   borishda   talabalarga   to'la   rahbarlik
qila   olishi   uchun   bo'lajak   o'qituvchi   rangtasvir   asoslarini   mukammal   egallashi,
rangshunoslik nazariyasini qunt bilan o'rganishi kerak.  Chunki  faqatgina  realistik
rangtasvirning   nazariy   asoslarini   egallash   va   izchillik   bilan   mashqlar   bajarish
natijasidagina savodli rasm ishlashga o'rganish mumkin.
Tasviriy san'atning tarixi rangtasvirni amaliy o'rganishda juda katta metodik
tajribaga   ega.   Metodikaga   oid   adabiyotlarda   juda   qimmatli   materiallar   to'plangan
bo'lib,   ularda   ko'plab   texnik   va   texnologik   maslahatlar   yoritilgan.   Rangtasvir
nazariyasiga kelsak, bu masalada tarixiy merosning ahamiyati unchalik sezilmaydi.
Rus   badiiy   akademiyasida   ham   rangtasvirni   amaliy   tarzda   o'qitish   juda   kuchli
bo'lgan,   biroq   tasvirlashning   nazariy   asoslari   ishlanmasiga   yetarli   e'tibor
berilmagan.
Keyingi   vaqtda   tasvirlashni   nazariy   o'qitish   masalasiga   katta   e'tibor
qaratilmoqda. Bir qancha metodik qo'llanmalar nashr etilgan. Ularda yorug'- soya,
ranglar   majmuasi,   havo   perspektivasi   qonuniyatlari   nazariyasi   mukammal   ochib
berilgan. Biroq, bu qo'llanmalar ham tasviriy san'at faoliyatini bekamu ko'st yoritib
bergan, deb bo'lmaydi.
46 Ta'lim   olish   jarayonida   talabalar   awalo,   rangtasvirning   asosiy   qonunlari-
rang va tus munosabatlari va ularni aniqlash usullarini egallashlari lozim. Chunki
aynan shular rangtasvirning nazariy kursi tarkibiga kiradi.
Bundan tashqari, rangtasvirni  o'qitishning nazariy kursiga shunday savollar
ham   kiritilishi   lozim,   ular   rangtasvirda   qalamtasvirning   asosiy   o'rni,   havo
perspektivasi, qog'oz yuzasida xajmli buyumlarning fazoviy joylashuvi, tasvirlash
qoidalari,   soya   -   yorug'lik   qonuni,   qo'yilmani   metodik   ketma   -   ketlikda   tasvirlay
bilish, ishni rang va tus jihatdan yaxlit holatga keltirish va boshqalardir.
Haqqoniy rangtasvirning negzida hajimdor narsalarning uch o'lchovga ega
ekanligini   ko'ra   olish   va   surat   teksligida   to'g'ri   ifodalab   berish   malakasi
yotadi.
Tasvirlamoq   fikr   yuritmoq   demakdir.   Bo'yoqlar   bilan   tasvirlashga
kirishishdan
oldin, albatta, vazifani har tomonlama o'ylab chiqish va maqsadni aniq qilib
olish
lozim.   Rangtasvir   vositalari   bilan   o'quv   manzarasini   tasvirlashdan   maqsad
ranglar   yordamida   narsalarning   fazoviy   holatini   va   hajmdor   shakillarni   bo'rttirib
ko'rsatish, ularning qanday rangi, tusi qanaqa ekanligini badiiy ifodalab berishdir.
Bunga   erishish   uchun   tasvir   bilan   natura   o'rtasidagi   rang   va   ton   nisbatlarining
qanchalar   munosibligini   to'g'ri   aniqlay   olish   talab   etiladi.   Nisbatlar   mutanosibligi
qonuninni bilmay turib, bu maqsadga erishish juda qiyin.
Rangtasvirning   ilmiy   negzini   rangshunoslik   fani   tashkil   etadi.
Rangshunoslik rassomlar uchun zarur bo'lgan ranglarning tabiatda hosil bo'lishi va
tarqalishi masalalarini, ularning atrof muhit ta'sirida o'zgarib ko'rinishi, bo'yoqlarni
:ayyorlash va ulardan foydalanish yo'llarini o'rgatadi.
47 2.3.     Bosqich   asosida   manzara   ishlashda   Izlanishlar   va   kompozitsiyani
mukammallashtirish jarayoni.
“ Etap   asosida   manzara   ishlashda   ”     chizish   jarayonida   manzara   ishlash
texnikasini   egallash   biz     yoshlardan   juda   katta   qunt   va   mehnatni   talab   qiladi.
Kuzatuvchidan   obektlarni   katta   masofa   ajratib   turishi,   yoruqlik   va   soya
reflekslarining     xilma-xilligi   va   ko`pligi,   yoruq-soyalarning   tez   o`zgaruvchanligi,
ob-qavo va fasllarning o`zgarishi bularning barchasi manzara ishlamoqchi bo`lgan
rassom meqnatini qiyinlashtiradi.
Ochiq   xavoda     rasm   chizganda   boshlanishida   oddiyroq   syujetni   tanlagan
ma`qulroq.   Masalan,   hovlini   bir   qismi,   uy   yonidagi   yoki   devor   oldidagi   daraxt,
ko`prikli ariqcha, xarakterliroq ko`chani bir qismi, darvoza oldi va hokazo. Ochiq
xavodaэtyud   ishlash   bo`yicha   bir   mo`ljal   malaka   xosil   qilgach,   so`ng   vazifasini
sekin-asta murakkablashtirib borish   mumkin.
Odatda manzara ishlashning ikki xil tipi mavjud:
Birinchisi;  davomli  ya`ni  tugatilgan  manzara. 
Ikkinchisi;   qisqa muddatli  etyudlar.
Uzoq muddatli  manzaralar ishlashda  fazoni ishonchli  tasvirlash obu-xavoni
xolati,   yorug`likning   nozik   qochirimlari   va   ob`ektlarni   shakli-shamoyili   ancha
aniqlikda ishlanadi. Uzoq muddatli davomli etyudlarda naturaning to`liq ifodalash
qobiliyati   va   dastlabki   fikrni   to`la-to`kis   rangtasvir   asariga   aylantira   olish
tarbiyalanadi. Uzoq muddatli ishlarni bir  necha seansda  kunning (bir  payti) o`sha
payti   va   o`sha   vaqtida   havoning   o`sha   payti   o`sha   vaqtida,   o`sha   bir   xil   xolatida
yozish kerak.
Yaxlitlikni   rivojlantirish   va   rangtasvirni   quruq   va   kambag`al   bo`lib
qolishdan     qutulish   uchun   davomli   tasvirlardan   tashqari   qisqa   muddatli   etyudlar
bajarish   zarur   bo`ladi.   Bu   etyudlar manzarachi uchun o`ta zaruriy bosqich
48 bo`lib, rassomning o`ziga xos kundalik daftaridir. etyuddagi  eng ahamiyatli  narsa
bu natura haqida jonli nigoh va jonli tasavvurdir. Ochiq   xavoda   ishlanar   ekan,
tabiatning   tez   o`zgaruvchanligini   kuzatish   mumkin:   bo`ronli   bulut   va
momaqaldiroq,   quyoshning   chiqishi,   bulutlarning   hayratli     almashinishlari   va
rangdor yoritilishini kuzatish mumkin. Bunday o`zgarishlar 5-10 minut ichidayoq
butunlay   o`zgaradi:   kun   botish   butunlay   boshqa   rangga   kiradi,   bulutlarni   ham
shakli   buzilib   ketadi.   Bunday   paytda   juda   tez   ishlash   talab   etiladi,   boshlang`ich
chizmatasvirni   to`liq   bajarish   ham   shart   emas   yoki   umumiy   xolda   kist   bilan
belgilab olish kifoya qiladi. So`ngra tezda zaruriy tusdagi  buyoqlarni  tanlab yirik
mazeklar bilan ishlash kerak. Qisqa vaqt ichida umumiy rang tusini xolatini hosil
qilish ranglar garmoniyasini, planli bog`lanishlarni yuzaga chiqarish zarur bo`ladi. 
Bu erda albatta yaxlit ko`rish zarur va asosiy ob`ektlarni taqqoslash matoda
asosiy rang munosabatlarni joylashtirib olish: osmon, er, daraxtlar, suv va hokazo.
Agarki,   umumiy   tus   ishonchli   olinsa,   yorug`lik   kuchi,   rang   va   uning   to`qligi
(to`yinganligi)   naturaviy   nisbatlarga   mos   bo`lsa,   xar   xil   planlarni   munosabati
to`g`ri   ilg`ab   olingan   bo`lsa   shularni   o`zi   etyud-qoralama   uchun   etarlidir.   YAxlit
ko`rishni bilish va katta shakl nisbatlarini topa olish ko`nikmasi kelajakda manzara
ishlash mahoratini egallash uchun poydevor bo`lib xizmat qiladi.
Davomli etyud ishlash jarayoni haqida to`xtalib o`tamiz.
Manzara   ob`ekti   tanlab   olingach   tasvir   yuzasida   tayyorgarlik   chizgilari
ishlanadi.   Chizmatasvir   albatta   shubhasiz   perspektiv   qurilish   va   turli   ob`ektlarni
planli va nisbatlarini saqlagan xolda chiziladi.
Manzaraning   chiziqli   tasvirini   to`g`riligi   boshidanoq   ishning   sifatini
belgilaydi.   Mobodo   ranglarning   muvaffaqiyatsiz     qo`yilsada,   chiziqli     tasvir
etyudning   qimmatini   saqlab   turadi.   Titsian     o`zining     o`quvchilariga   takrorlar
eidiki: - ,,,, na soya-yorug`lar, na ranglar emas, balki tasvirni to`g`ri chizilgan shakl
va chiziqli tasvir go`zal qiladi”.
49 Tajribasiz   rassomlar   ko`pincha   boshidanoq   qo`pol   xatoga   yo`l   qo`yadilar,
osmonni   barcha   tavsiflari   bilan   chizib   oladilar,   so`ng   erning   tasviriga   o`tadilar.
Bunday   qilish   yaramaydi.   Manzarada   avvalo   asosiy   ob`ektlarning   to`qligi   va
rangining   kuchini   tasvirlash:   osmon,   er,   suv   va   boshqa   va   so`ngra   bosqichma-
bosqich etyudni tugallash xolatigacha olib borish zarur. 
Buyoqlar   bilan   ishlashdash   avval   naturaga   ko`zni   qisib   qarab,   naturaning
eng  yorug`   va   eng  to`q  joylarini   chamalab   olish   zarurdir.   Aytaylik,  eng   yorug`   –
blik  joy   suvning  chekka   qirg`og`ida,   eng  to`q  joy   esa-daraxtning  shohlari   deylik.
Boshqa barcha to`qliklarni   shu ikki bosh nuqtaga nisbatan taqqoslaymiz. Bunday
taqqoslashda   darhol   aniqlash   mumkinki,   xatto   og`ir   qora   bulutlar   ham   to`qligi
jihatidan albatta erdagi ob`ektlarga nisbatan engil ekanligini ko`rish mumkin.
Umuman   olganda,   faqat   chuqur   fikrlab   va   predmet   va   planlarni   to`qligi   va
rangdagi farqlarni aniq tasavvur etib olib, so`ng ishga kirishgan ma`qul.
Ish jarayonida manzaraning umumiy to`qligi  va rang xolatini  hisobga olish
zarur.   Kunning   turli   vaqtida   va   hat-xil   ob-havoda   yozilgan   etyudlar   umumiy   tusi
jihatdan turlicha bo`lishi kerak.
Umuman  olganda,   yaxshi   anglab   olishimiz   kerakki,   predmet   va   ob`ektlarni
ochiq   xavoda   tasvirlashni   asosiy   o`quv   vazifalari   turlicha   yorug`lik   muhitida,
umumiy   yoritilganligi   turlicha   bo`lgan,   sutkaning   turli   vaqtiga,   fasliga,   ob-
xavoning o`zgarishiga bog`liqdir.
Ayniqsa,   asosiy   yorug`lik   manbaiga   nisbatan   predmet   va   ob`ektlarning
rangli   ko`rinishi   kuchli   ravishda   o`zgarib   ketadi:   ertalab,   kunduzi,     kechki   payt.
Masalan,   daraxt   soyasidagi   natura   bilan   baland   devor   yonidagi   soyadagi
naturaning, o`zining soyasining rangiga nisbatan bir xil bo`lmagan rang gammasini
tashkil   qiladi.   Bir   xil   vaqtda,   barchasi   yashil   soyalanadi,   ba`zida   osmon   ta`sirida
ko`kish bo`lishi mumkin.
50 Oldingi   daraxtlarning   rangi   nafaqat   yorqinroq   va   issiqroq,   shu   bilan   birga
uzoqroqdagi   daraxtlar   tobora   xiralashib,   sovuq   soyalar   bo`lib   boradi   va   holanki,
yashil-sariq   o`rmonzor   gorizontda,   ko`k   rangdagi   chiziqqa   aylanib   boradi.
Daraxtlarning   bunday  o`zgarishi   ma`lumki,   ko`kish   rangga   ega  bo`lgan   havoning
bizdan uzoqlashgan sayin quyuqlashib borishi evaziga ro`y beradi.
Yuqorida ko`rsatib o`tilgan havo perspektivasining bunday qonuniyatini har
qanday   manzarani   tasvirlashda   qo`llanadi   deb   o`ylashsh   to`g`ri   emas.   Yorug`lik
xolatining ob-havoning shunday vaziyatini uchratish mumkinki, anchayin aniqroq
va   yorqin   ranglar   tusi   va   rangi   bilan   oldingi   planda   emas,   balki   o`rta   yoki   xatto
uzoq planlarda bo`lishi mumkin. 
Ijodiy   manzalarda   ba`zan   rassomlikning   o`zi   g`oyaviy   mazmunni   qiziqarli
ifodalash   maqsadida   tonal   (tus)   va   rang   gammasini   yuqoridagidek,   ancha   faol
xarakatdagi   ranglar   jilosi   birinchi   planda   emas   balki   aytaylik   o`rta   planlarda
bo`lish mumkin. 
Shu   o`rinda   manzaralarda   ko`pincha   xollarda   uchrab   turadigan   suvni
tasvirlash   xususiyatlari   haqida   to`xtalib   o`tamiz.   Tinch   obu-xavoda   suv
qirg`oqdagi   barcha   narsalarni   aksidagi   ranglarni   yorqinligi   va   mayinligi,   suvning
ustidagi   o`ziga   nisbatan   sustroq   bo`ladi.   Aksining   rangi   suvning   rangiga   va   suv
to`lqinlashiga   qarab   o`zgaradi.   To`qroq   predmetlar   aksida   naturadagiga   nisbatan
yorug`roq,   yorug`lari-to`qroq     ko`rinadi;   predmetlarning   chegaralari   noaniqroq,
xiralashadi, detallarning soni ham yuqoridagiga qaraganda kamayib boradi.
Suv yuzasi doimo bliklar va tomchilar bilan belgilanadi, shuningdek, suvdan
chiqib turgan va unda suzib turgan predmetlar ko`rinadi. Yorug` kunda suv odatda
qirg`oqdan yorug`roq bulutla kunda to`qroq bo`ladi.
Naturada bir xil bir tekis rang bo`lmaydi,   qaysiki matoda bir xil rang bilan
qoplab   ham   bo`lmaydi.   Har   qaysi   rang   rangtasvirda   o`zining   ko`plab   rangli
jilolarini   ko`rsatadi.   Osmon   bir   qarashda   to`liq   to`q   rangda   ko`rinadi,   lekin,
osmonni   gorizont   bilan   bo`lgan   qismini boshimiz   ustidagi   joy   bilan
51 taqqoslansa,     darhol   ranglarning   bir   xil   emasligini   payqaymiz.   Quyoshning
yorug`ida rang anchayin yorqin-jiloli  nur  tushgan  joyda. Ufqqa yaqinlashgan  sari
osmon rangi  ochlashadi, issiqlashadi,  gorizontni o`zida kuchli tumanda ko`rinadi.
Agar   yozda   yaxshi   maysazorga   qaralsa,   yashil   rang   turli-tuman   tovlanishlarini
ko`rish   mumkin.  Maysalarni   bir   xil   yashil   bilan  yozib   bo`lmaydi,   xuddi   osmonni
ko`k   bo`yoq   bilan   ishlab   bo`lmagani   kabi.   Biroq,   shuni   unutmasligik   kerakki,
manzaraning ranglari qanchalar rang-barang bo`lmasin, yorug`lik nuri, umumiy tus
unga   ta`sirini   o`tkazadi,   barcha   ob`ektlarda   va   barcha   bo`yoqlar   unga
bo`ysundiriladi.
52 2. 4 .   Tajriba-sinov ishlari va natijalar tahlili.
Samarqand   shahar   1- Samarqand   pedagogika   kollejining   o‘quvchilari   uchun
’’ Tasviriy san’at ’’  fani  bo‘yicha o‘qitiladigan mavzularni tahlil qilib grafik ishlarga
oid mеtodik tavsiyalar bеrish va  testlar  ishlanmasini yaratish dolzarb masaladir. 
Tajriba-sinov ishlarining tashkil etilishi va uning natijalari.
Bitiruv   malakaviy   ishi   bajarish   jarayonida   tajriba-sinov   ishlari   quyidagi
metodika asosida amalga oshirildi.
53 Birinchi   bosqichi:   Kasb-hunar   kollejida,   “Tasviriy   san’at“   darslarini
o’qitish   va   o’quvchilarni   tasviriy   san’atga   bo’lgan   qiziqishini   yanada   oshirish
maqsadida   Samarqand   shahar   1-son   pedagogika   kollejining   201-202-guruhlar
o’rtasida 2017-2018-o’quv yilida mart-aprel  oylarida tasviriy san’at fanini o’qitish
jarayoni   o’tkazildi.   Buning   uchun   202-guruhik kiga   bo‘linib   tegishlicha   tajriba   va
nazorat guruhlari sifatida tanlab olindi.
Biz   tadqiqot   etilayotgan   masala   yuzasidan   o’quvchilarning   bilim   va
ko'nikmalarini   aniqlash   uchun   dastlabki   bosqichda   o’quvchilar   bilan   turli   savol
javoblar,   so'rovnomalar   o'tkazdik.   O’quvchilar   bilan   o'tkazilgan   savol   javob
natijalari,   anketa   so'rovnomalari   bilan   ishlash   yo'lga   qo'yildi.   Unga   quyidagi
savollar kiritildi. 
1. “ Tabiat manzarasini ”  qog'ozga joylashtirish.
2. “ Tabiat   manzalarini   bosqichli   ishlash ”   mavzusini   konstruktiv   va
perespektiva qonunlari asosida qurish, 
3. Fazoviy joylashuvi, matirialligi, hajim va nisbatlari ifodalash, 
4. Qalam   tasvir da   manzarani   xomaki   tasvirini   yaxlit   bir   but u nlikka
keltirish,
5. Tasvirlanayotgan manzara   xususiyatlarini   aniqlash,   yorug’-soya
qonunlarining o’z o'rnida qo’llanilganligi.
Olingan natijalar quyidagi jadvalda ko'rinib turibdi. 
1- j adval.
Kasb-hunar kollejlari   o’quvchi larining   tasviriy san’at darslarida   manzara
ishlash  to’g'risidagi bilimlarining mavjudligi;
№ “ Tabiat manzalarini bosqichli ishlash”manzarasini
ishlash qonun qoidalari
tasvirlash qoidalari Olingan javoblar
1  guruh 2  guruh
54 1. “ Tabiat manzarasini ”  qog'ozga joylashtirish. 60% 56%
2. “ Tabiat   manzalarini   bosqichli   ishlash ”   mavzusini
konstruktiv va perespektiva qonunlari asosida qurish,  78% 68%
3. Fazoviy   joylashuvi,   matirialligi,   hajim   va   nisbatlari
ifodalash,  87% 65%
4. Qalam   tasvir da   manzarani   xomaki   tasvirini   yaxlit   bir
but u nlikka keltirish, 89% 62%
5. Tasvirlanayotgan manzara   xususiyatlarini   aniqlash,
yorug’-soya qonunlarining o’z o'rnida qo’llanilganligi. 76% 71%
Olingan   natijalar   shuni   ko'rsatadiki,   o’quvchilarning   bu   boradagi   bilimlari
pastligi   manzarani   tasvirlashga   bo'lgan   qiziqishlari   shu   kungacha   qoniqarli   bo'lib,
aksariyat   o’quvchilaralar   vazifaning   majburiyligi   tufayli   mashg'ulotlarda   qatnashib
kelmoqdalar.   Jumladanijodiyjarayonlarh arakatdagi
odam niishlashdaenglozimbo'ladiganjihatlardanbiridir.
Ikkinchi bosqichi :  Birinchi bosqich o‘tkazilgan guruhlarda mart  oyi oxirgi
haftasida tasviriy  san’ at   fanini o‘qitish jarayonida o‘tkazildi. 
Tadqiqotimiz   doirasi   olib   borilgan   tajriba-sinov   ishlariga   qo‘yilgan   asosiy
maqsad,   tadqiqotlarimiz   natijasida   ishlab   chiqilgan   tasviriy   san’atga   doir   amaliy
chizish  jarayoni dan  olingan samaradorlikni aniqlashdan iborat bo‘ldi. 
Tajriba-sinov   bu   guruhlarning   amaliyot   mashg`ulotlarida   5-15   daqiqa
oralig`ida   fanning   ishchi   dasturi   bo‘yicha   belgilangan   mashg`ulotlar   mavzularini
o‘tishda,   iqtidorli   o‘quvchilarga   nazariy   tomonlarini   har   bir   elementidan
o‘quvchilar   tomonidan   asosiy   mavzuni   o‘zlashtirishlariga   halaqit   bermaydigan,
balki uni yanada to‘ldirgan holda foydalanildi.
Tajriba-sinov   ishlarini   amaliy   mashg`ulotlarda   uni   oldiga   qo‘yilgan
umumta`lim   maqsadlardan   quyidagilarni ajratish mumkin.
55 Ta`limiy: Naturadan   tasvirlab   va   kompozitsion   tasavvur   qilishni
shakllantirish va tasvirlash ko‘nikmalari hosil qilish uchun sharoitlar yaratish. 
Rivojlantiruvchi:   O’quvchilarning   dars   jarayonida   shakllanishi,   ijodiy   va
aqliy faoliyatlarini rivojlantirish, mustaqil va guruhda ishlash ko‘nikm a larini hosil
qilish uchun sharoitlar yaratish.
Tarbiyaviy: Yangi  metodikani  qo‘llab  o’ quvchi larda  fanga  nisbatan  qiziqish
uyg`otish, ularda tasvirlash savodxonlikni oshirish. 
Nazorat guruhida amaliy mashg`ulotlar har doimgidek an`anaviy usulda olib
borildi. 
Tajriba guruhida har bir mashg`ulot oddiy o‘quv auditoriyasida olib borildi.
O‘quvchilarning   nazariy   bilimlari   va   amaliy   ko‘nikmalarini   oshirish   bitiruv
malakaviy   ishimizning   ta`siri   tajriba   va   nazorat   guruhlarida   o‘tkazilgan
mashg`ulotlar natijalariga ko‘ra baholandi. 
Olingannatijalartahlili.
Birinchi   va   ikkinchi   bosqich   tajriba-sinovlarning   natijalari   2   va   3 -
jadvallarda keltirilgan.
Birinchi bosqich tajriba-sinov natijalari:
2 - jadval 
Guruhlar A`lo Yaxshi O‘rta O’quvchi  soni
Tajriba guruhi 4 7 4 15
Nazorat guruhi 3 8 4 15
Ikkinchi bosqich tajriba-sinov natijalari:
3 - jadval
Guruhlar A`lo Yaxshi O‘rta O’quvchi  soni
56 Tajriba guruhi 6 6 3 15
Nazoratguruhi 5 4 6 15
Olib   borilgan   tajriba-sinov   natijasida   quyidagi   xulosalarni   keltirish   mumkinki,
kasb-hunar   kollejining   tasviriy   san’at   darslari   uchun   biz  tavsiya   qilgan   metodika,
dars   ishlanmalari   asosida   tajriba   guruhi   o‘quvchilarining   fanni   o‘zlashtirishlarida
samarali ta`sir etganligini ko‘rish mumkin.
57 UMUMIY  XULOSA
Rassomlar manzara asarlarida tabiatni o`z borligicha real holatini tasvirlash
bilan   birga unda alohida e'tiborga molik, xarakterli ko`rinishlarni tanlab oladilar,
e'tiborimizdagidek tuyulgan narsalarni ikkinchi darajada, asosiylarni  esa bo`rttirib
tasvirlab,  badiiylik hosil qiladilar. 
Rassom   borliqni   shunchaki   biladigan   va   aks   ettiradigan   emas,   balki   unga
asoslanib,   nimalarnidir   o`zi   o`ylab   ham   topadi.,   tasavvur   etadi,   to`qiydi.   Demak,
manzara asarlari o`z   mazmunida borliqni aks ettiribgina qolmay, ayni paytda ular
rassomning   g’oyalarini   ifodalaydi,     tomoshabin   ongini   boyitadi.   Manzara   asarlari
insonlar   ruhiyatiga   ta'sir   etib   ularning   ma'naviy   olamini,   bilimini   boyitadi   va
rassomlarning   esa   ijodiy   tajribasini   kengaytiradi.   Tasviriy   san'at   o`qituvchisidan,
albatta   tasviriy   san'atning   barcha   tur   va   janrlari   bilan   tanish     bo`lmog`i,   amaliy
ishlay olmog`i talab etiladi. Manzara  janrini  o`ziga  xos  jihatlari alohida  bo`lib,
uni  talabalar  boshqa  janrlardan  ajrata  olishni  bilishlari  kerak.   
Manzara     janrida     juda     go`zal     tabiat     manzaralarini     tasvirlash     mumkin.
Ayniqsa,   dengiz sohili mavzusidagi   asar     meninmcha   juda   chiroyli   yaratilishi
joiz.  Chunki  bu  mavzu  dengiz  bo`ylarida  aylanib  yurgan  odamni    vaqtincha
bo`lsa  ham  bir qancha  o`ylardan  nari  etadi.  
58 Men   bu   malakaviy   ishimdato’rt   bosqich   asosida   akvarelda   tabiat
manzarasini ishlashga erishdim.Bunda jonajon O’zbekistonimizning sersuv daryosi
bo’lgan     Sirdaryo   bo’ylaridagi   go’zal   manzarani   ko’rsatib   bera   oldim   deb
o’ylayman.Ushbu   ishimda     musaffo   osmonning   suvdagi   tasvirini,   oltin   kuzning
maftunkor   tabiatida   daraxtlarning   tovlanishini   va   suvdagi   aksini   ko’rishimiz
mumkin.Suv   bo’ylarining     chiroyli   tabiati     doimo   insonlarni   o’ziga   jalb   qilib
kelgan,   shu   sababli   u   yerdagi   ranglarning   uyg’unligini   topishga   harakat   qildim.
Daraxtlarning   barglaridagi   bu   turfa   rangni   boshqa   fasllarda   topa   olmaysiz,   aynan
kuz   faslidagi   barglardagi   ana   shu   jiloni   ko’rsatishga   harakat   qildim.   Daryoning
suvlarida ham shu manzaraning takrorlanishi kishiga   zavq berish bilan birgalikda
suvning   tinilib   ,sokin   oqishi   tabiatning   dam   olishga   tayyorlanayapganini   ham
ko’rsatib  turibdi.   Sahiy  quyoshning   nurlarini   daraxt  barglarida,  maysalarda  ,suv
yuzasida   va   osmondagi   bulutlarda   ko’ramiz.   Men   bu   manzarani   bosqich   asosida
ishlaganim  tufayli  o’zim  ham tabiatdagi  ranglarning turfa xilligini    ko’rsatib bera
olishga imkoniyatim darajasida harakat qildim. Rangtasvir   janri va uning ustalari
haqida imkonimiz darajasida eng  qisqa yo`sinda ma'lumotlar berdim. Shuningdek,
manzara chizishning nazariy asoslari va amaliy   tavsiyalarimizda rassom-pedagog
uchun   o`qituvchilik   faoliyatida   o`z   ustida   ishlaganda,   ijodiy   ish   olib     borganda
foydalanadi, degan umiddamiz. 
59 Foydalanilgan adabiyotlar ro ’ yxati .
1. N\Abdullayev.  “San’at  tarixi”. T.”san’at”, 2001-y.
2. B.N.Oripov. “Tasviriy  san’at  nazariya  aoslari”. N. 2010-y.
3. Rahim  Hasanov. “Tasviriy  san’at asoslari”.T.G’.G’ulom-2009.  
4. Raxim Hasanov.  “Tasviriy  san’at  darslari ”.  T. O’qituvchi.1997-y.
5. O’zbekiston  Ensiklopediyasi.
6. A.Hakimov va  boshqalar. “O’zbekiston  san’ti”.  T.  “Sharq”.  2001-y
7. B.N.Oripov “Tasviriy  san’atdan mustaqil ta`lim”.N 2010 yil .
8. B.N.Oripov   “Tasviriy   san’at   o`qitishning   zamonaviy   pedagogik
texnalogiyasi”.N. 2009 yil . 
9.   B.N.Oripov   .”Tasviriy   san’at   darslari   samaradorligini   oshirish
ominlari”.
10.   A.Sulaymonov B.Jabborov   “Tasviriy san’atda oqim va yonalishlar”.
T 2008 yil.  
11. M.Nabiyev “Rang shunoslik”. T. O’qituvchi  1995 yil.
12.  S.Abdurasulov N.Tolipov “Rang tasvir” T 2005 yil.
13.  G`.M.Abdurahmanov “Kompozitsiya asoslari”. T.TDPU 2003 yil.
14.  G`.M.Abdurahmanov “Tasviriy  san`at  kompozitsiya” T.TDPU 1996
Internet saytlari
60                  http:// art.ru.
                 http:// ziyonet.uz.
                 http:// samdu.uz.\                            
ILOVALAR
Manzara ishlash bosqichlari.. Kuz etyudi.
1-bosqich
61 Manzara ishlash bosqichlari.. Kuz etyudi.
2-bosqich
Manzara ishlash bosqichlari.. Kuz etyudi.
3-bosqich
62 Manzara ishlash bosqichlari.. Kuz etyudi.
4-bosqich
63 P.P.Benkov “Bibixonim”
I.I.Levitan “Vesna”
64 O.Qozoqov “Bahor”
                                              O.Qozoqov”Bahor”
65

1

MUNDARIJA Kirish………………………………………………………………….. 3 I BOB: Manzara asarlari vositasida o’quvchilarni tabiatni sevishga o’rgatishning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati. 1.1. Adabiyotlar tahlili………………………………………………..10 1 .2. Tasviriy san`atda manzara janri х ususida………………………..13 1.3. Ma nzara janridaijodqilganmusavvirlar hayotiv a ijodi……….….21 II-BOB: Umumiy o’rta ta’lim maktablari tasviriy san’at darslarida tabiat manzaralarini bosqichli ishlash usullari. 2.1. Manzara janrida ob`ekt tanlashning zarurligi va mavzuning tug’ulishi … ………………………………………………………………….24 2.2. Tabiatda perspektiva va rang…………………………………….31 2.3 . Bosqichli manzara ishlashda izlanishlar va kompozitsiyani mukammallashtirish jarayoni……………………………………..…………48 2.4. Tajriba-sinov ishlari va olingan natijalar…………………………53 Umumiy x ulosa…………………………………………… … …… . … 57 Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………… . … . . 59 Ilovalar ……………………………………………… . …………… .. … 60 2

Kirish. O'zbekiston Respublikasi Mustaqillika erishgandan keyin jamiyatimizda katta xayrli o'zgarishlar sodir bo'ldi. Yangi tashkil etilgan akademik lisey, kollej, oliy ta'lim muassasalarida taxsil olayotgan yoshlarning badiiy va estetik tarbiyasiga katta e'tibor bilan qaralmoqda. Inson ijodiy faolligi uning har tomonlama kamol topishida muhim omil bo'lib, uni estetik to'laqonliksiz tasavvur etib bo'lmaydi. Inson xayotiy jism va buyumlar qurshovida kechadi. Rang-barang buyum va jismlar dunyosi borliqqa go'zallik nafosat qonuni orqali qarashga undaydi. Ushbu bitiruv malakaviy ishi – Rangtasvir san'ati sirlarini o'rganishda kerakli qo'llanma bo'lib, u o'zbek xalqining ko'p asrlik badiiy me'rosi, uning jaxon san'ati taraqqiyotida tutgan o'rni haqida tasavvur beradi. Rangtasvir sohasi ijodkorlarning, eng avvalo yosh iste'dodlarni xalqimizning boy ma'naviy dunyosini, shuningdek jaxon rangtasvir san'ati durdonalarini o'rganishda yaqin ko'makchi hamdir. Ushbu bitiruv malakaviy ishi ko'rgazma faoliyati orqali o'zbek rangtasvir san'ati yutuqlarini O'zbekiston va xorijda keng tanitib kelayotgan O'zbekiston Badiiy Akademiyasi o'quv muassasalarida dastlabki sinovdan o'tgan o'quv reja va dasturlari asos qilib olindi. Rangtasvir o'quv fani ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalashda o'zining keng imkoniyatlari bilan alohida ajralib turadi. Rangtasvir fani ijodiy faoliyati san'atkorning dunyosini, borliqni, uning go'zalligini ranglar orqali ko'rish va tasavvur etish, xaqiqiy san'at asarini qadrlashni o'rgatadi. Bu fanning bosh maqsadi – o’quvchilarda badiiy madaniyat va badiiy fikrlash tafakkurini yuksaltirish hamda ijodiy faoliyatni tarbiyalashdan iboratdir. Rangtasvir o'quv fani o'z oldiga qo'yilgan vazifalar quyidagilardan iborat: - atrof muhitdagi ranglarni ko'ra olish va ularni idrok etishga o'rgatish. - badiiy qobilyat, did va fikrlash faoliyatini o'qitish. -rangtasvirning nazariy asoslari: nur-soya, rangshunoslik, perspektiva va fazoviy tasavvurni o'stirish, shuningdek rangtasvir san'atining turlari, janr, oqim, atama va iboralari xaqida tushuncha berish. 3

- rangtasvir asarlarini o'qiy olish va rang ko'rish malakasi, ko'nikmalarini rivojlantirish. - o’quvchilarni turli kasb-xunarga yo'naltirish va vatanparvarlik, avvlambor milliy va umuminsoniy qadryatlarga hurmat tuyg'usini tarbiyalash. Rangtasvir o'quv fanini o'rgatish barcha umumta'lim va boshqa fanlar bilan uzviy bog'liq xolda amalga oshiriladi. Mazkur bitiruv malakaviy ishi rangtasvirning umumiy qonun-qoidalari, rangning to'laligi, kuchi, yorulikka munosabati, toza va shaffofligi, mustaqilligi haqida tushunchalar beradi. Shuningdek, rangning sifatlari, rang turlari va bo'yoq texnikasi, undan to'g'ri foydalanish, bo'yoqning kimyoviy tarkibi va rang olami haqidagi boshqa ko'plab ma'lumotlarni o'zida mujassam etgan. Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi: O'zbekiston Respublikasida ta'lim tizimini rivojlantirish bo'yicha «Ta'lim to'g'risida»gi qonunva «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilindi. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da estetik turkumdagi fanlarni o'qitilishiga alohida e'tibor berilgan bo'lib, xususan, uning «Uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirish tamoyillari» qismida uzluksiz ta'limning faoliyat ko'rsatish tamoyillaridan biri ta'limning ijtimoiylashuvi deb qaraldi. U ta'lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, yuksak ma'naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish lozimligini qayd etadi. «Hozirgi vaqtda eng muhim, eng dolzarb vazifamiz — jamiyatimiz a'zolarini, avvalambor, voyaga yetib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish, ularning qalbida milliy g'oya, milliy mafkura, o'z Vataniga mehr-sadoqat tuyg'usini uyg'otish, o'zligini anglash, mil liy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iboratdir», deyiladi birinchi prezidentimiz I.A. Karimovning “Hushyorlikga da’vat” risolasida. 1 Yoshlarga rangtasvir darslar ida “Tabiat manzaralarini bosqichli ishlash usullari” mavzusidagi o’quv mashg’ulotini o’qitishda yangicha metod va usullarni 1 I. A.Karimov. Hushyorlikka da’vat.Toshkent. O’zbekiston. 4

izlab topish, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalalari ayniqsa dolzab mavzulardan hisoblanadi. “Tabiat manzaralarini bosqichli ishlash usullari” mavzusida manzara ishlash mashg’ulotining mazmunini aniqlash, o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish va o’quv jarayoniga tadbiq etish, o’quv materialining mazmuni va tuzilishining mukammaligi o’quvchilar saviyasiga mosligi ilmiy bilish jarayonida faolikni kuchaytiradi va pedagogik samaradorlikni oshiradi. Muammoni o’rganilganlik darajasi : U zluksiz p e d a g og i k t a ’ l i m t i z i m i d a o ’q i t uvc h i s ha x si n i k as bi y t a y y or l a s h , o ’ qu v - ta r bi y a j arayo ni da k a sb iy m a d a ni y a t ni m illiy qa d r i y at l a a sosi d a s h ak lla n t i ri s h , pe d a go g ik t u r k um f a n l a r n i o ’ q itish j a ra y o n ida b o ’ la j ak o ’ qituv c hila r n ing p e d a gogik m adani y at i ni t a rb i y alas h , s h uni ng de k , p e d ag og i k m ah o r a t n i q a r or t op ti r ish m asa l a l a ri A . A li e v , X . Ab duka r i m o v , A . A. V erbitski y , V . K. D y ache n k o , D. O. X i m m ata l iev v a b o s h q a lar i sh la r i d a y or i ti l g a n b o ’l s a , M. Y u. X a k i m o va , B. X . Raxi m ov a , E. I . Pa s sov ha m da T. Q udr a tovl a r t o m o n i d a n olib b o ri lgan ta dq i q ot is hl ar i da bo ’ lajak o ’ qituv c hila r da m u lo q o t v a n utq m a d a n i y atini s h ak lla n t i ri sh bora sid a s o ’ z y ur i tila d i . T a ’ l i m ti z i m ida o ’ qituv c hi s ha x si n i sh a kll a n t iri s h o ’ z- o ’ z i ni b o s h q a r uv i a s os ida o ’ q it u vch i la r ni n g i j t i m o i y fa ol l i g ini o sh i r i sh v a k as b i y sh ak ll an g a n l ik. Tas h xisi m asa l a la r i N . A. Mu s li m ov M. A. A b d ul l a jo no v , O . A. A b d u lina, A. A k b arov, M .M . A x m edjo n o v , L . A . Re g ushlar to m o n idan y arat i l g a n a s a r la r da o ’ z ifod a si v a e c h i m i n i t o p g a n . T a ’ l i m t iz i m i u chu n , x u s us a n u m u m i y o ’ rta t a ’ lim m ak t abla r i uc h un rangtasvir sa n ’ at o ’ qi t uv ch ilar i ni t ay y or l ash m u a m m o l ari bi l a n bog ’ liq b o ’l gan t e xn o lo g i k y o n das h uvlar B. S . K uz i n , A . A. Me l i k - Pa s ha e v, B. M. N e m e n sk i y , B. O ripo v , N . O y d i no v , Z. N. N o v l y anska y a , N . N . Rost o vts e v , T. Y a. Sh pi kal o v a , B. P . Yu sov k a bila r ni n g t ad qi q ot l ar i da o ’ r g a n ilg a n . Bi ro q , glob a l l as h u v j a r a y o n ida, bi l im ol ish s h ak l v a us u llari y a n gi t ex n o lo g i y alar b il a n b o y i t ila y ot g a n bir d a vrda y angi tad q iq o tl a r ko ’ p r oq qi z i qi s h u y g ’ o t ad i . S hu m a ’ n od a k e y i n gi y il l a r da 5