logo

O’qish malakasini shakklantirish

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

35.1005859375 KB
Mavzu: O’qish malakasini shakklantirish
Reja:
1. Kirish:  
2. Ifodali o’qishning o’quvchilar tarbiyasidagi ahamiyati.
3. O’qituvchining nutqi eng asosiy omil.
4. Ifodali o’qish tarixidan.
5. Nutq texnikasi.
6. Badiiy asarlarni ifodali o’qish. Kirish
              O’quvchilarga   boshlang’ich   sinflardayoq   o’qish   mashg’ulotlari   to’g’ri   tashkil
qilinsa   ,   ularning   ifodali   o’qish   ko’nikmalari   yaxshi   shakllanadi   va   rivojlanadi.
Ifodali   o’qish   qoidalari.   Ifodali   o’qishga   qo’yilgan   talablarbularning   barchasi
o’quvchilarning   asarni   o’qishda   nimalarga   ahamiyat   qaratishlarini   o’rgatishdan
iborat hisoblanadi. 
        Turli uslubda matnlarni o’qish qoidalari. She’r,  g’azal, ruboiylarni o’qish. Xalq
og’zaki   ijodi   asarlari     -   doston,   ertak,   latifa,   lof,   masal,   matal,   topishmoq,   tez
aytish,   sanama,   maqol   va   boshqalarni   o’qish   ham   shular   jumasiga   kiradi   deyish
mumkin.  Bundan  tashqari  obrazlarga  kirib, taqlid  qilib  o’qish  va turli  tadbirlarga,
radio,   televideniyada   tabriknoma   kabilarni   o’qib   berish   kabi   usullarni   ham   aytib
o’tish mumkin.
     Yuqorida sanab o’tilgan asarlardan namunalar o’qib berish. Boshlang’ich sinflar
“O’qish   darsliklariga   kiritilgan   asarlar”dan   o’qish.   Sinfdan   tashqari   o’qish
mashg’ulotlarida o’qib kelinadigan asarlar ham shular jumlasiga kiradi.
             Boshlang`ich sinflarning o`qish  darslari o`z mohiyati, maqsad va vazifalariga
ko`ra   ta`lim   tizimida   alohida   o`rin   tutadi.   Negaki,   uning   zaminida   savodxonlik   va
ahloqiy-ta`limiy   tarbiya   asoslari   turadi.   Shuning   uchun   ham   boshqa   predmetlar
ta`limini   o`qish   ta`limisiz   tasavvur   qilib   bo`lmaydi.   o`quvchi   matnni   to`g`ri,   tez,
tushunib o`qish, mazmunini o`zlashtirish bilan ilk bor o`qish darslarida yuzlashadi.
O`qish   darslari   orqali   o`quvchilarning   Davlat   ta`lim   standartlari   (DTS)   talablari
bo`yicha   o`zlashtirishlari   ko`zda   tutilgan   o`quv-biluv   ko`nikmamalakalari   hamda
bilimlarni   egallashlariga   yo`l   ochiladi.   Aynan   o`qish   ta`limida   insonning,   avvalo,
o`zligini,   qolaversa   olamni   anglashga   bo`lgan   intilishlariga   turtki   beriladi.   Shu
maqsadda «O`qish kitobi» darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o`rab turgan olam,
Vatanimiz   tarixi   va   bugungi   qiyofasi,   kattalar   va   bolalar   hayoti,   mehnatsevarlik,
istiqlol   va   milliy-ma`naviy   qadriyatlar,   xalqlar   do`stligi   va   tinchlik   kabi   turli
mavzular bo`yicha atroflicha tushunchalar berishga mo`ljallangan badiiy, ahloqiy- ta`limiy,   ilmiy-ommabop   asarlar   kiritiladi.   O`qish   darslari   savod   o`rgatish   davrida
o`quvchilarni   bo`g`in,   so`z   va   gaplar   bilan   tanishtirish   va   ularni   o`qish,   rasmlar
asosida   hikoya   qilish   tarzida     uyushtirilsa,   o`qish   texnikasi   egallangandan   so`ng
o`qish   muayyan   mavzular   bo`yicha   tanlangan   badiiy,   ilmiy-ommabop   matnlar
yuzasidan   olib   boriladi.   Boshlang`ich   ta`lim   bo`yicha   DTS   va   «Ona   tili»   o`quv
dasturida o`qish ta`limi oldiga qo`yilgan talablarni amalga oshirish sinfda o`qishni
to`g`ri   tashkil   qilish,   o`qitish   bosqichlari,   tamoyillari   va   metodlari,   birinchi
navbatda,   ilg`or   pedagogik   texnologiyalardan   o`rinli   foydalanishga   ko`p   jihatdan
bog`liqdir.   Ma`lumki,   sinfda   o`qish   asosida   badiiy   va   ilmiy-ommabop   matnlar
turadi.   O`quvchilarni   matn   bilan   tanishtirish   o`qishga   tayyorgarlik   bosqichidan
boshlanadi.   Tayyorgarlik   bosqichi   yozuvchilar   haqida   ma`lumot   berish,
o`quvchilarni   asarda   tasvirlanadigan   voqea-hodisalarni   idrok   qilish,   asar   pafosini
his etish, notanish va ko`p ma`noli so`zlar, murakkabroq tarzdagi obrazli ifodalarni
izohlash kabi masalalarni o`z ichiga oladi. Agar asar yil fasllari haqida bo`lsa, tabiat
qo`yniga   sayohat   uyushtirish   ham   sinfda   o`qish   muvaffaqiyatini   ta`minlashga
xizmat   qiladi.   Matn   bilan   dastlabki   tanishuvdan   so`ng   quyidagicha   savollar   bilan
murojaat   qilish   darsda   o`quvchilarning   faolligini   oshiradi:   1.   Hikoyadagi   qaysi
epizodni   qiziqarli   deb   o`ylaysiz?   2.   Hikoya   qahramonlaridan   qaysi   birining   xatti-
harakatini ma`qullaysiz? Qaysi birining fe`l-atvori, o`zini tutishi sizga yoqmadi? 3.
Hayotda   shunday   kishilarni   uchratganmisiz?   Sinfda   o`qishning   muvaffaqiyatini
ta`minlaydigan   omillardan   yana   biri   tanlab   o`qishdir.   Masalan:   3-sinfda   X.
To`xtaboevning   «Hassa»   hikoyasi   bilan   tanishish   jarayonida   Qobil   boboning
savollariga   Shavkatning   javoblari   yoki   S.   Anorboevning   «Bahs»   hikoyasidagi
bolalarning   bahslashishi   epizodi   yuzasidan   o`qituvchi   topshirig`iga   ko`ra   mazkur
o`rinlarni   tanlab   qayta   o`qilishi   natijasida   ushbu   asarlarning   badiiy   estetik
qimmatini chuqurroq o`zlashtirishga erishiladi. «O`qish kitobi» darsliklaridan turli
mavzudagi asarlar o`rin olgan. Vatanparvarlik, atrofimizdagi olam, mehnatsevarlik
kabilar   o`qish   darsliklaridagi   keng   qamrovli   mavzulardan   bo`lib,   2-sinfda   «Ona yurtim-oltin   beshigim»   bo`limiga   kiritilgan   «O`zbekistonim»   (H.   Imonberdiev),
«Istiqlol»   (J.  Jabborov),  «O`lka»   (E.   Vohidov),  «Yur  tog`larga»  (U.   Nosir),  3-sinfda
«Ona   bitta,   Vatan   yagona»   bo`limidagi   «Vatanni   suymak»   (A.   Avloniy),   «Vatan
mo``tabardir» (X. Davron), «Bilib qo`yki, seni Vatan kutadi» (Tohir Malik), 4- sinfda
«O`zbekiston - Vatanim manim» bo`limidagi «Serquyosh o`lka» (Z. Diyor), «Iqboli
buyuksan»   (A.Oripov),   «Toshkentnoma»   (M.   Shayxzoda)   kabi   asarlar   misolida
atroflicha   tahlilga   tortiladi.   Boshlang`ich   sinflarning   o`qish   darslarida
o`rganiladigan asarlarning mavzu doirasi ancha keng bo`lib, ona tabiat, yil fasllari,
xalq   og`zaki   ijodi,   mehnatga   muhabbat,   asosiy   bayram   sanalari,   milliy   istiqlol   va
ma`naviyat   kabi   umumiy   mavzular   doirasida   birlashtirilgan.   Uzluksiz   ta`limning
boshqa   bosqichlaridan   farqli   o`laroq,   boshlang`ich   sinflarning   o`qish   darslarida
o`quvchilarning   o`qish   malakalarini   shakllantirish,   asar   matni   ustida   ishlash
ta`limning didaktik maqsadi hisoblanadi. U turli  mavzudagi matnlar ustida ishlash
orqali   ma`naviy-ahloqiy,   adabiy   -   estetik   tarbiya   bilan   chambarchas   bog`lab   olib
boriladi.   Shunga   ko`ra   o`qish   darslarining   yetakchi   hususiyati   o`quvchilarning
savodxonligini ta`minlash bilan birga badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirish,
milliy  mafkura  asosida yuksak   axloqiy  qadriyatlar  ruhida tarbiyalashga qaratiladi.
O`qish   ta`limi   bo`yicha   o`quvchilarni   faqat   matn   bilan   tanishtirish   yordamida
dastur   talablariga   javob   berib   bo`lmaydi.   Negaki   matn   tag   zaminidagi   tarbiyaviy
g`oya uni tushunish, idrok qilish natijasidagina ochiladi. Boshqacha aytganda, har
qanday   asardagi   sehr-joziba   matn   zaminidagi   yashirin   mazmunmohiyatni   anglab
etilganda   o`quvchi   diqqatini   o`ziga   jalb   etishi   mumkin.   Bunga   adabiy-nazariy
tushunchalarni   o`zlashtirish,   adabiy   tahlil   malakalarini   shakllantirish   orqali
erishiladi. Asar tahlili jarayonida o`qituvchi savollariga o`quvchilarning o`z so`zlari
bilan javob berishi ham matnda tasvirlangan voqea-hodisalar yuzasidan mantiqiy
fikrlashga,   qahramonlarning   xatti-harakatlarini   to`g`ri   baholashga   yaqindan
yordam   beradi.   Savollar   uzuq-yuluq   va   mantiqsiz   bo`lmasdan,   qat`iy   maqsad
asosida   izchil   berilishi   o`quvchilarning   o`qilgan   matn   mohiyatini   chuqur   anglab etishlariga   imkon   yaratadi.   Negaki   har   qanday   javob   mustaqillikni   taqozo   etadi.
Ta`kidlash joizki, o`quvchilarning o`zlarini ham savol tuzishga o`rgatish lozim. K. D.
Ushinskiy  qayd   etganidek, to`g`ri  qo`yilgan  masalaning o`zi  yarim   javobdir.  Matn
yuzasidan savol tuzishda o`quvchining dars mavzusi bilan bog`liq jihatlarga e`tibor
berishi   asarda   tasvirlangan   voqea-hodisalar   o`rtasidagi   sababiy   bog`lanishlarni
bilib olishga, hayotiy xulosalar chiqarishga yo`l ochadi. Shuning uchun ham matn
yuzasidan savol tuzish o`quvchini ongli va tushunib o`qishga yo`llaydi. Uning o`ziga
xos xususiyatini o`quvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirish orqali
dunyoqarashlarini   milliy   istiqlol   mafkurasi   asosida   to`g`ri   shakllantirishga
qaratilishi   bilan   belgilanadi.   O`qish   darslari   uchun   tanlangan   mavzular
o`quvchilarga   kundalik   hayot,   mustaqillikni   mustahkamlash   va   insoniy
munosabatlar   bo`yicha   ham   bilim   va   tarbiya   berishni   ko`zda   tutadi.   Bular   ichida
istiqlol,   vatan,   ma`naviyat   va   tabiat   haqidagi   mavzular   alohida   ajralib   turadi.
Ulardan ko`zlangan maqsad o`zlikni anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bog`liq
tuyg`ularini uyg`otishdir. Tabiatga oid mavzular yordamida o`quvchilar  tabiatdagi
o`zgarishlar,   yil   fasllarining   almashinuvi,   hayvonot   olamiga   doir   bilimlarni
egallaydilar. Ular o`quvchilarni kuzatuvchanlikka, tabiatni sevishga, unga nisbatan
to`g`ri munosabatda bo`lishga o`rgatadi. «O`qish kitobi» darsliklaridagi materiallar
sinfdan- sinfga o`tgan sari mavzu jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kengaya
borishi   hisobga   olingan.   1-sinfda   o`rgatiladigan   «Ajdodlarimiz-faxrimiz»,   «Ilm-aql
chirog`i»,   «Zumrad   bahor»,   «Kumush   qish»   kabi   mavzular   2-4   sinflarda   ham
davom ettiriladi. Natijada o`quvchilarning oldingi bilimlari to`ldiriladi va boyitiladi.
Darsliklardagi har bir mavzu uchun tanlangan matnlarning janriy rangbarangligiga,
poetik mukammalligiga, o`quvchilarning bilim darajasi va yosh xususiyatlariga mos
kelishiga   alohida   e`tibor   qaratiladi.   Ijtimoiy-tarixiy   mazmundagi   mavzular
Vatanimiz   o`tmishi,   xalqimiz   hayoti,   mardonavor   kurashi,   ulug`   siymolar
tomonidan   amalga   oshirilgan   ishlar,   tarixiy   sanalar   to`g`risida   muayyan   tasavvur
beradi.   Beruniy,   Amir   Temur,   Alisher   Navoiy,   Bobur   va   boshqa   ajdodlarimiz haqidagi   matnlar   shular   jumlasidandir.   Bu   xildagi   asarlar   o`quvchilarni   faqat
o`tmishimiz   bilan   tanishtirib   qolmasdan,   Vatan   oldidagi   farzandlik   burchi   va
mas`uliyatini   teran   anglashga   ham   yordam   beradi.   Ularda   Vatanga   muhabbat
tuyg`usi shu tariqa shakllanadi. Vatanimiz o`tmishi haqida hikoya qilingan asarlar
bilan  tanishish va ularni tahlil  qilish jarayonida o`quvchilar  o`tmish  bilan bugungi
kunni   taqqoslash   imkoniga   ega   bo`ladilar.   Jamiyat   taraqqiyoti   xususida   qisqacha
bo`lsa-da, tushuncha hosil qiladilar. Bu borada ayniqsa milliy istiqlol bilan bog`liq
H.   Imonberdievning   «O`zbekistonim»,   J.   Jabborovning   «Istiqlol»   (2-sinf),   A.
Rustamovning   «Bayroq   nima?»,   A.   Obidjonning   «O`ktam   avlod»   (3-sinf),   S.
Barnoevning «Mangulikka tatigulik kun», Ullibibining «E`zoz» (4-sinf) mavzusidagi
asarlari   yaqindan   yordam   beradi.   Badiiy   asarlar   matni   ustida   ishlash   jarayonida
ularning janriy hususiyatlaridan tashqari, mavzusi ham nazarda tutiladi. Masalan,
tabiat   tasviriga   oid   matnlar   ustida   ishlashda   tabiat   bag`riga   sayohat   uyushtirilib,
bolalar   kuzatuvchanlikka   o`rgatilsa,   vatanparvarlikka   oid   asarlar   tahlili   vatanning
dongdor kishilari bilan uchrashuvlar  yoki mavzuga daxldor kinofil’mlar namoyishi
vositasida   amalga   oshirilsa,   dars   samaradorligi   yanada   ortadi.   Umuman   «O`qish
kitobi»   darsliklaridagi   barcha   mavzular   o`quvchilarga   ta`lim-tarbiya   berish   bilan
birga, ularning lug`atini boyitishga, og`zaki va yozma nutqini to`g`ri shakllantirish,
nutq   madaniyatini   o`stirishga   ham   qaratiladi.   O`quvchilar   darsliklar   yordamida
o`zlashtiriladigan   bilim,   ko`nikma   va   malakalarining   kelajak   hayotda   zarur
bo`lishini   tushunib   etishlariga   erishish   o`qituvchilar   oldidagi   muhim
vazifalardandir.   O`qish   darslari   oldiga   qo`yiladigan   didaktik   vazifalar
quyidagilardan   iborat:   1.   O`quvchilarda   yaxshi   o`qish   sifatlari:   to`g`ri,   tez,   ongli,
ifodali o`qish malakalarini shakllantirish. 2. O`quvchilarni kitobdan foydalanishga,
undan   kerakli   bilimlarni   olishga   o`rgatish,   kitobga   muhabbat   uyg`otish;   ularni
oddiy   kitobxondan   chuqur   mulohaza   yurituvchi,   ijodkor   kitobxon   darajasiga
ko`tarish.   3.   O`quvchilarning   atrof-muhit   haqidagi   bilimlarini   kengaytirish   va
boyitish   hamda   ilmiy   dunyoqarashlarini   shakllantirish.   4.   O`quvchilarni   axloqiy, estetik   jihatdan   yetuk   va   mehnatga   muhabbat   ruhida   tarbiyalash.   5.
O`quvchilarning   bog`lanishli   nutqini   va   adabiy   estetik   tafakkurini   o`stirish.   6.
O`quvchilarning   xayolot   olamini   boyitish.   7.   Adabiy   tasavvur   elementlarini
shakllantirish. Shuni unutmaslik kerakki, har bir ta`limiy vazifani bajarishning aniq
va   ilmiy   metodik   usullari   mavjud   bo`lib,   ular   zamonaviy   o`qitish   usullari   bilan
boyitib   borilmoqda.   Bu   vazifalar   boshqalari  bilan   o`zaro   bog`liq   holda   va   sinfdan
tashqari   o`qish   mashg`ulotlari   jarayonida   hal   qilinadi.   «Kadrlar   tayyorlash   Milliy
Dasturi»da ta`lim berishning ilg`or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o`quv-
uslubiy majmualarini yaratish kabilar umumiy o`rta ta`limning asosiy vazifalaridan
biri   sifatida   ta`kidlangan.   Ilg`or   pedagogik   texnologiya   usullaridan   foydalanish
o`qituvchi   va   o`quvchi   faoliyati   doirasini   aniq   belgilab   beradi.   Inson   hayotida
muhim ahamiyatga ega bo`lgan o`qish faoliyati barcha predmet darslarida amalga
oshiriladi.   Lekin   o`qishga   o`rgatish   yo`l-yo`riqlarini   o`qish   metodikasi   ishlab
chiqadi.   O`qish   metodikasi   kichik   yoshdagi   o`quvchilarning   umumiy   rivojlanishi,
psixologiya,   xususiy   metodika   sohasidagi   yutuqlar   asosida   takomillashtirilib
boriladi.   O`qish   darslarining   samaradorligi   ko`p   jihatdan   ta`lim   metodlarining
to`g`ri   tanlanishiga   bog`liq.   «Metod»   atamasi   yunon   tilidan   olingan   bo`lib,
muayyan   maqsadga   erishish,   borliqni   amaliy   va   nazariy   o`zlashtirish   usullari
majmuidir.   Binobarin,   fanning   o`zi   kabi   o`qitish   metodlari   ham   doimiy
rivojlanishda   bo`ladi.   Masalan,   eski   maktablarda   o`qish   quruq   yod   olish   metodi
asosida   o`rgatilgan   bo`lsa,   hozir   izohli   o`qish   asosida   olib   boriladi.   YOd   olish
metodida   matndagi   so`zlarga   izoh   berishga,   ma`nosini   tushuntirishga,   o`qilganni
qayta hikoyalashga umuman olganda, o`qishning ongli bo`lishiga mutlaqo e`tibor
berilmagan.   Ularda   ko`proq   to`g`ri   talaffuz,   qiroat   bilan   o`qish,   ifodali   o`qish
nazarda   tutilgan.   Hozir   maktablarda   o`qish   izohli   o`qish   metodi   asosida   olib
borilayotgan ekan, quyidagicha savol tug`iladi: Izohli o`qish nima? Izohli o`qishga
XX   asrning   60-70-yillarida   rus   pedagogi   K.D.Ushinskiy   asos   solgan,   u   o`qishda
o`quvchilarni «ongli, tushunib,  o`ylab  o`qishga»  o`rgatishni alohida ta`kidlaydi  va uni   «Izohli   o`qish»   deb   nomlaydi.   Izohli   o`qish   metodiga   K.D.Ushinskiy   ishining
davomchilari yangiliklar kiritdilar. Korf va Vaxterev izohli o`qish o`quvchilarga real
bilim berish vositasi desa, Vodovozov va Bunakov o`quvchilarga o`qish jarayonida
bilim badiiy asar tahlili va asarning tarbiyaviy xarakteri bilan bog`liq holda beriladi,
degan   fikrni   ilgari   suradilar.   Professor   Asqar   Zunnunov   o`qitishning   mazmuni   va
usullari   haqida   fikr   yuritib,   o`quvchilarning   oldin   bilimlarni   o`zlashtirishiga,   so`ng
yod   olishlariga   e`tibor   berilishi   ta`lim   jarayonida   izohli   o`qish   deb   nomlanganini
ta`kidlaydi.   Demak,   izohli   o`qish   deb   o`ylashga,   his   qilishga,   asarni   to`liq   idrok
qilishga,   o`qilganning   mazmunini   o`zlashtirishga   olib   keladigan   o`qishga   aytiladi.
Izohli   o`qish   asar   mazmunini   tushunishni,   asardagi   muhim   fikrni,   yozuvchi   ilgari
surayotgan   g`oyani   anglashni   ta`minlaydi.   Izohli   o`qish   qo`yidagi   tamoyillarga
to`liq   amal   qilingandagina   muvaffaqiyatli   bo`ladi.   1.   O`qishni   hayot   bilan   bog`liq
holda tashkil etish. 2. O`qishning ongli va ta`sirchan bo`lishi uchun o`quvchilarning
hayotiy   tajribalariga,   taassurotlariga   asoslanish.   3.   O`qishni   ko`rgazmali   tashkil
qilish,   tabiatga,   tarixiy   joylarga   ekskursiyalar   uyushtirish,   hayvonot   olami   va
o`simliklar   dunyosini   kuzatish,   rasmlar,   jadvallar,   predmetlar   bilan   tanishtirish
hamda   matnni   o`quvchining   ifodali   o`qishi   tarzida   olib   borish.   Boshlang`ich   sinf
o`qish darslarida asosan she`rlar, masallar, ertaklar, hikoyalar, afsonalar, maqol va
topishmoqlar, ilmiy-ommabop asarlar o`qib o`rganiladi. Tabiiyki, ularning har biri
o`ziga xos shakl, uslub va mazmunda yaratiladi. SHuning uchun ham har bir janrga
mansub   asarlarni   o`ziga   xos   usulda   o`qib   o`rganish   taqozo   qilinadi.   Badiiy   asarni
izohli   o`qishga   yaqin   bo`lgan   metodlardan   biri   ijodiy   o`qishdir.   Atoqli   metodist
olim  N.I.Kudryashov  ijodiy  o`qish   metodi  tarkibiga quyidagi  ish   usullarini  kiritadi:
a)  o`qituvchilarning  badiiy   matnni sharhlab   o`qishi  hamda  o`quvchilarning  asarni
to`g`ri va imkon qadar yanada chuqurroq, emoSTional idrok etishlarini ta`minlash
maqsadini   ko`zda   tutuvchi   so`zi;   b)   o`qilgan   asardan   o`quvchilarning   bevosita
olgan taassurotlarini chuqurlashtirish maqsadiga ega bo`lgan va ularning diqqatini
matnning   muhim   g`oyaviy   va   badiiy   hususiyatlari   sari   yo`naltiradigan   suhbat uyushtirish  yoki o`qilgan   asardan  kelib  chiqadigan  badiiy,  axloqiy,  ijtimoiy-siyosiy
muammoning qo`yilishi; v) o`qituvchining asar o`qilganidan keyin o`quvchilarning
asarni   tadqiq   etish   jarayonida   to`yingan   badiiy   kechinmalarini   faollashtirish
maqsadini ko`zda tutuvchi so`zi6 . Ko`rinadiki, ijodiy o`qish izohli o`qishdan farqli
o`laroq,  to`g`ridan   -  to`g`ri  matn   mohiyatini   ochishga   ijodiy   yondashishni   taqozo
etadi. Masalan 4- sinfda A. Oripovning «Dehqonbobo va o`n uch bolakay qissasi»
asarini  ijodiy o`qish metodi asosida o`rganish jarayonida matn mazmuni va shoir
g`oyaviy   niyatidan   kelib   chiqib   Vatanimiz   hududlaridagi   aholining   yashash   tarzi
bilan bog`liq milliy hususiyatlar haqida ham atroflicha tushuncha beriladi. 2-sinfda
«O`tinchi   yigit»,   3-sinfda   O`tkir   Hoshimovning   «Xazonchinak»,   4-   sinfda
S.Anorboevning   «Qo`rqoq»   asarlarini   ham   ijodiy   o`qish   metodi   asosida   o`qitish
ijobiy samaralar beradi.
                 Ifodali o`qish. Boshlang`ich ta`lim tizimida mantiqiy  o`qish (matnni to`g`ri,
tushunib,   tez   (me`yorida)   o`qish)   va   adabiy   o`qish   mukammal  o`zlashtirilganidan
so`ng ifodali o`qishga o`tiladi. U yod olingan she`riy asarlarni ifodali o`qishni ham
o`z   ichiga   oladi.   Ifodali   o`qishning   muvaffaqiyati   o`quvchilarning   asar   mazmuni,
g`oyaviy-badiiy   hususiyatlari   haqida   muayyan   tushunchaga   ega   bo`lishi   bilan
bog`liq.   Ohang   va   intonatsiya   she`riy   asarlarni   ifodali   o`qishda   qay   darajada
muhim   bo`lsa,   nasriy   asarlarni   o`qishda   ham   muhim   talablardan   biridir.   Nasriy
asarlarni ifodali o`qishdan oldin unda qanday g`oya ilgari surilayotganini aniqlash
zarur.   Masalan,   4-sinfda   X.To`xtaboevning   «Xatosini   tushungan   bola»   hikoyasini
ifodali   o`qishdan   oldin   o`quvchilarga  xatosini   tushungan   bola  kim   ekanligi,   uning
xatosi   nimalardan   iborat   bo`lganligi,   maqtanchoqlikning   illat   ekanligi   to`g`risida
tushuncha   beriladi.   Ifodali   o`qish   oldiga   qo`yilgan   bu   talab   M.
Abdurashidxonovning   «Har   kim   ekkanin   o`rar»,   SH.   Sa`dullaning   «Laqma   it»,   A.
Oripovning   «Dehqonbobo   va   o`n   uch   bolakay   qissasi»   kabi   she`riy   hikoyalarini
o`qishga ham xosdir. Badiiy o`qish. Badiiy o`qish ifodali o`qishning yuksak bosqichi
hisoblanadi.   Unda   so`z   san`atining   barcha   komponentlari   ishtirok   etadi.   U o`quvchidan   asar   ruhiga   batamom   kirishni,   san`atkorona   o`qishni   talab   etadi.
Badiiy   o`qishda   asar   qahramonlarining   ruhiy   holati,   kechinmalari   to`la   anglab
etilgandagina   ta`sirchanlikka   erishish   mumkin.   Badiiy   o`qishga   tayyorgarlik
ko`rishda   aktyorlarning   audio-video   tasmalarga   yozilgan   ijrolaridan   foydalanish
yaxshi   samara   beradi.   Izlanish   metodi.   Bu   metod   asardagi   voqea   va   tafsilotlar
asosida   o`quvchilarga   savol-topshiriqlar   tuzishda,   qahramonlarga   baho   berishda
keng   qo`llaniladigan   usuldir.   O`qish   darslarida   reproduktiv   metoddan   ham
foydalaniladi. Masalan, o`qituvchi dastlabki darslarda o`zi asar matnini qismlarga
bo`ladi,   yozuvchi   yoki   shoirning   aytmoqchi   bo`lgan   muhim   fikriga   o`quvchilar
diqqatini   jalb   qiladi,   uni   aniqlab   ko`rsatadi,   o`quvchilar   bilan   birga   tasvir
vositalariga   yuklatilgan   ma`noni   ochib,   o`quvchilarga   ko`maklashadi.   Bularning
bari o`quvchilar uchun bir ko`rsatma vazifasini o`taydi. SHundan so`ng o`quvchilar
o`qituvchining   ko`rsatmalari   yordamida   yuqorida   ko`rsatib   o`tilgan   vazifalarni
o`zlari mustaqil ravishda bajaradilar. Yuqorida ta`kidlangan metodlardan tashqari,
boshlang`ich sinf o`qish darslarida ilg`or pedagogik texnologiya usullaridan «Aqliy
hujum», «Tarmoqlar», «Guruhlar bilan ishlash» kabilardan ham foydalanish yaxshi
samara   beradi.   Shuni   ta`kidlab   o`tish   kerakki,   har   bir   darsda   qanday   metoddan
foydalanish,   darsda   qanday   usullarni   qo`llash   o`qituvchi   tomonidan   oldindan
belgilab olinishi va puxta ishlab chiqilishi kerak. 
      O`qish ko`nikmalari savod o`rgatish jarayonida shakllanadi, o`qitishning keyingi
bosqichlarida takomillashadi.   O`qish malakalarining sifatlariga badiiy asar matnini
to`g`ri,  tez,  ongli  va  ifodali  o`qish   kiradi.   O`qish   darslarida  o`quvchilarning  o`qish
malakalari   shakllantiriladi   va   takomillashtiriladi.   O`qish   malakasining   sifatlari
o`zaro   bog`liq   bo`lib,   ularning   asosiysi   ongli   o`qish   hisoblanadi:   o`quvchi   matnni
tez va to`g`ri o`qisa-yu, anglab o`kimasa yoki uning tez o`qishi natijasida boshqalar
matn   mazmunini   tushunmasa,   to`g`ri   o`qisa-yu,   o`ta   sekin   o`qisa,   nutq   birliklari
orasida pauzalarga e`tibor bermasa, matnda ifoda etilayotgan fikr tushunilmaydi.
Muayyan tezlikda va to`g`ri o`qish ongli o`qishga xizmat qiladi; to`g`ri, tez va ongli o`qish   esa   ifodali   o`qishning   asosi   hisoblanadi.   O`qish   malakalarini   egallash
maktabda   o`qitiladigan   barcha   predmetlarni   muvaffaqiyatli   o`zlashtirishning
muhim   sharti   hisoblanadi.   O`qish   faoliyatning   asosiy   turi   bo`lib,   o`quvchilarni
g`oyaviy-siyosiy, aqliy, estetik va nutqiy tomondan rivojlantirish uchun juda katta
imkoniyat   yaratadi.   Bu   jarayon   esa   o`qish   malakalarini   o`stirish   va
takomillashtirish   ustida   sistematik   va   maqsadga   muvofiq   ishlashni   talab   qiladi.
O`qish   malakasini  egallash  ancha murakkab  bo`lib,  uni  shakllantirish  uzoq  vaqtni
talab   etadi.   Psixolog   T.   G.   Egorov   o`zining   «Ocherki   psixologii   obucheniya   detey
chteniyu»   nomli   asarida   o`qish   malakalarini   shakllantirish   jarayonini   uch
bosqichga  ajratadi:  analitik  bosqich, sintetik  bosqich  va avtomatlashgan  bosqich.
Analitik   bosqich   savod   o`rgatish   davriga   to`g`ri   keladi,   bunda   so`zni   bo`g`in-harf
tomonidan   tahlil   qilish   va   bo`g`inlab   o`qish   malakasi   shakllantiriladi.   Sintetik
bosqich uchun so`zni sidirg`a o`qish xarakterlidir; bunda so`zni ko`rish orqali idrok
qilish   va   uning   talaffuzi   so`z   ma`nosini   anglash   bilan   asosan   mos   keladi.   O`qish
so`z ma`nosini idrok qilish bilan amalga oshadi. O`quvchilar sintetik bosqichga 3-
sinfda   o`tadilar.   Bundan   keyingi   yillarda   o`qish   avtomatlasha   boradi.   O`qish
darslarida   asar   ustida   ishlashni   shunday   tashkil   etish   kerakki,   asar   mazmunini
tahlil   qilish   o`qish   malakalarini   takomillashtirishga   yo`naltirilgan   bo`lsin.   To`g`ri
o`qish   deganda   xato   qilmasdan,   yanglishmasdan   o`qish   tushuniladi,   ya`ni   to`g`ri
o`qish   so`zning  tovush-harf   tarkibini,  grammatik   formalarni  buzmasdan,   so`zdagi
tovush   yoki   bo`g`inni   tushirib   qoldirmay,   oshiqchasini   qo`shmay,   harflar   o`rnini
almashtirmay, aniq  talaffuz  qilib,  so`zga  urg`uni to`g`ri  qo`yib  o`qish  hisoblanadi.
M.   Odilova   va   T.   Ashrapovalar   «Adabiy   talaffuz   normalariga   qo`yilgan   barcha
talablar   to`g`ri   o`qish   ko`nikmasiga   ham   taalluqlidir»,   -   deb   ta`kidlaydilar.   Rus
metodisti YAkovleva to`g`ri o`qishga quyidagicha ta`rif bergan: «To`g`ri o`qish - bu
materialni   tovush   tomondan   xatosiz   va   bir   tekisda   ravon   nusxa   ko`chirishdir».
Demak,   to`g`ri   o`qish   so`zning   tovush   tarkibini,   grammatik   shaklini   buzmasdan
adabiy-orfoepik me`yorlar asosida o`qishdir. Boshlang`ich sinf o`quvchilarida idrok etish,   talaffuz   qilish   va   matn   mazmunini   tushunish   o`rtasida   puxta   sintez   yo`q
bo`lgani   uchun   ular   o`qishda   xatoga   yo`l   qo`yadilar.   Bu   esa   matn   mazmunini
tushunishni   qiyinlashtiradi.   To`g`ri   o`qish   so`zning   uzun-qisqaligiga,   o`quvchining
so`z   boyligiga,   ya`ni  so`zning   leksik   ma`nosini   qanchalik   bilishiga   hamda   so`zning
bo`g`in  va morfemik tarkibiga bog`liq. O`quvchilar  ko`pincha quyidagi sabablarga
ko`ra xatoga yo`l qo`yadilar: 
          1.So`zni  talaffuz  qilish   bilan  uning ma`nosini tushunish  o`rtasida  puxta  sintez
bo`lmagani uchun, ya`ni bola so`zning oldin tovush tomonini ko`radi, uni talaffuz
qilishga oshiqadi. So`zning ma`nosini esa e`tibordan chetda qoldiradi. 
      2. So`zning bo`g`in tuzilishi murakkabligi tufayli. So`z ko`p bo`g`inli bo`lsa, bola
uni oldin eshitmagan bo`lsa xatoga yo`l qo`yadi. 
      3. So`zning ma`nosini bilmaslik tufayli xatoga yo`l qo`yadi. 
      4. Tez o`qiyman deb xatoga yo`l qo`yadi. 
      5. To`g`ri o`qish yorug`likka va yorug`likning tushishiga ham bog`liq. 
          6. Undosh tovush so`zning o`rtasida va oxirida kelgan yopiq bo`g`inli so`zlarni
o`qishda qiynaladilar.  
   Xato o`qishning oldini olish uchun quyidagilar e`tiborga olinadi: 
            1.Matnni   o`qitishdan   oldin   undagi   o`qilishi   qiyin   so`z,   birikma   va   gaplarni
aniqlash va ular ustida ishlash usullarini belgilab olish. Tuzilishi murakkab so`zlarni
bo`g`inlab o`qilishini mashq qildirish. 
            2.Matnni   o`qishdan   oldin   uning   mazmunini   tushunishni   qiyinlashtiradigan
so`zlarning   lug`aviy   ma`nosini   tushuntirish.   So`z   ma`nosini   izohlash   usullarini
aniqlash. 
      3. Vazifalarni aniq va tushunarli qilib berish. 
      4. Matnni diqqat-e`tibor bilan o`qishlari uchun sharoit yaratish. 
      5. Oldin ichda o`qitish, so`ng ovoz chiqarib o`qitish.              6.O`qitishda   o`quvchilarning   individual   xususiyatlarini   hisobga   olish,ya`ni
matnni oson, o`rtacha qiyinlikda va qiyin o`qiladigan o`rinlarini belgilab olib unga
kuchi etadigan o`quvchilarga oldindan taqsimlab olish. 
      7.O`quvchilarning o`qishini muntazam tekshirib turish. 
           8. Xatoning xarakteriga qarab, uni metodik  tomondan  to`g`ri  tuzatish yo`lini
aniqlash. 
       9.O`quvchilarni xato qilish mumkin bo`lgan o`rindan ogohlantirib turish. 
       10.Xat cho`pdan foydalanish. 
       11. Xato o`qish o`quvchining shaxsiy ko`ruv sezgisiga ham bog`liq bo`ladi.
              O`qituvchi   tuzilishi   murakkab   so`zlarni   oldindan   doskaga   yoki   kartonga
bo`g`inlarga   bo`lib   yozib   qo`yib,   o`quvchilarga   xor   bo`lib   o`qitilishi   yaxshi   natija
beradi. O`quvchilar yo`l qo`ygan xato ikki xil yo`l bilan tuzatiladi: 1) O`quvchi so`z
oxiridagi   qo`shimchani   noto`g`ri   o`qisa,   o`quvchini   o`qishdan   to`xtatmasdan
xatoni to`g`rilash mumkin; 2) xato o`qish bilan gaplarning mazmuni buzilsa, qayta
o`qitish   usulidan   foydalaniladi.Bunda   o`quvchiga   o`qigan   matni   yuzasidan   savol
berilsa,   o`quvchi   e`tiborli   bo`lib   qayta   o`qiydi.   Tez   o`qish.   Tez   o`qish   normal
tezlikda bo`lib, o`qish sur`ati matnning mazmunini tushunishdan ajralib qolmasligi
kerak. O`qish tezligi matnni tushunish tezligi bilan muvofiq ravishda o`suvi kerak.
O`qilayotgan   asarmazmunini   o`zlashtirishni,   matn   mazmunini   ongli   idrok   etishni
ta`minlaydigan   o`qish   tez   o`qish   deyiladi.   O`qish   sifatlarini   yaxshi   o`zlashtirgan
holda   o`quvchilarning   o`qish   sur`ati   bir-biridan   farq   qiladi.   Bu   dastur   talablarini
bajarmadi, degan gap emas. Og`zaki nutq tempiga to`g`ri keladigan o`qish sur`ati
normal   tezlik   hisoblanadi.   CHunki   o`ta   tez   ham   ,   o`ta   sekin   o`qish   ham   matn
mazmunini   o`zlashtirishni   qiyinlashtiradi.   O`qish   tezligi   bir   daqiqada   o`qiladigan
so`zlar soni bilan belgilanadi. 2005 yilda e`lon qilingan o`qish dasturida 1- sinfning
2- yarim yilligida o`qish sur`ati 20-25 so`z (notanish matnni o`qish tezligi ham 20-
25 so`z);  o`quv yili  oxirida 25-30 so`z;  2- sinfning 1- yarim  yilligida matnni o`qish
tezligi   30-35  so`;  2-  yarim   yilligida  40-50 so`z;  3-  sinfning  1- yarim   yilligida   60-70 so`z; 2- yarim yilligida 70-80 so`z; 4- sinfning 1- yarim yilligida ichda ovozsiz 110-
130   so`z,   ovozli   o`qishda   90-100   so`z.   Tajribalar   shuni   ko`rsatadiki,   bir   daqiqada
bola 250 so`zli matnni o`qisa, undagi 200 ta so`zni eslab qolar ekan. Agar harflab,
bo`g`inlab   o`qisa,   uning   diqqat   markazida   so`z   emas,   bo`g`in   bo`ladi.   natijada   u
so`zlarni   eslab   qola   olmaydi.   (J.G`.Yo`ldoshev.1992   yil   «O`qituvchilar   uyidagi
ijodkor   o`qituvchilarning   1-   anjumanidagi   nutqidan).   Bu   4-   sinf   o`quvchilarining
o`qish   tezligiga   tatbiq   etilsa,   125   so`zdan   100   so`zni   eslab   qoladi.   Bu   esa   yuqori
ko`rsatkichlarga   erishish   imkonini   beradi.4-   sinfda   xatto   bir   daqiqada  170-180   ta
so`z   o`qiydigan   o`quvchilar   ham   bor.   O`qish   tezligi   to`rt   yil   davomida   to`g`ri   va
ongli   o`qish   bilan   bog`liq   holda   asta   ortib   boradi.   O`qish   tezligini   tekshirganda
o`qituvchi   o`qiladigan   materialning   xarakterini,   ya`ni   g`oyaviy   mavzuviy
murakkabligini,   so`z   va   gaplarning   tuzilishini,   ularning   bolalar   nutqida   qay
darajada   ishlatilishini,   o`qishning   to`g`ri   va   ongli   bo`lishini   hisobga   oladi.
O`quvchilarning   o`qish   tezligi   har   xil   bo`ladi,   albatta.   O`qituvchining   vazifasi
barcha o`quvchilarning o`qish tezligini, iloji boricha bir xillikka keltirishdan iborat.
Bunga   asosan   matnni   ovoz   chiqarib   o`qishni   mashq   qilish   bilan   erishiladi.   Ongli
o`qish.   Ongli   o`qish   yaxshi   o`qishning   asosiy   sifati   hisoblanadi.   Ongli   o`qilgan
matnning   aniq   mazmunini,   asarning   g`oyaviy   yo`nalishini,   obrazlarini   va   badiiy
vositalarining   rolini   tushunib   o`qish,   shuningdek,   asarda   tasvirlangan   voqea-
hodisalarga   o`z   munosabatini   ifodalay   olishdr.   Ongli   o`qish   o`z   navbatida,
o`quvchilarning   zarur   hayotiy   tajribasiga,   so`zning   leksik   ma`nosini,   gapda
so`zlarning   bog`lanishini   tushunishga   va   bir   qator   metodik   shartlarga   bog`liq.
Hozirda   ongli   o`qish   atamasi   adabiyotlarda   va   maktab   tajribasida   ikki   ma`noda:
birinchidan,   o`qish   jarayonini   egallashga   nisbatan   o`qish   texnikasi   ma`nosida,
ikkinchidan,   keng   ma`nodagi   o`qishga   nisbatan   o`qish   sifatlaridan   biri   ma`nosida
qo`llanadi.   Matnni   ongli   o`qish   uchun   o`quvchilar   o`qish   sifatlaridan   to`g`ri,
me`yorida   o`qishni   egallagan   bo`lishlari   va   o`qish   jarayonida   qiynalmasligi   talab etiladi.   O`quvchilar   matnni   ongli   o`qishlari   uchun   matn   mazmuni   va   badiiy
vositalari jihatidan tahlil qilinadi.  
                      Ongli   o`qishning   muhim   sharti   asar   qurilishi   va   mazmunini   tushunish
hisoblanadi.  O`qituvchi  ongli  o`qishni  matnni  ifodali   o`qishga  (agar   ovoz  chiqarib
o`qilsa)   va   asar   mazmuni   yuzasidan   berilgan   savollarga   javobning   to`g`riligiga
qarab baholaydi. Ongli o`qish  va ifodali o`qish bir-birini taqozo  qiladi, ammo bir-
biriga aynan  o`xshamaydi. Ifodali o`qish  intonatsiya –  ohang yordamida asarning
g`oyasi va jozibasini to`g`ri, aniq, yozuvchi niyatiga mos ravishda ifodalay bilishdir.
”Ifodali   o`qish   adabiyotni   konkret   va   ko`rgazmali   o`qitishning   dastlabki  va  asosiy
formasidir”, deb ta`kidlaydi metodist olima M.A.Ribnikova.
                1.   Demak,   ”Ifodali   o`qishning   asarning   mazmunini   va   emotsionalligini
intonatsiya   orqali   o`quvchilarga   ko`rgazmali   qilib   ko`rsatishdir.   Ifodali   o`qishning
asosiy   tamoyili   o`qiladigan   asar   g`oyasi   va   badiiy   qimmatini   chuqur
tushuntirishdir”
        2. Ohang og`zaki nutqning birgalikda harakat qiluvchi elementlari: urg`u, nutq
tempi   va   ritmi,   pauza,   ovozning   past-balandligining   yig`indisidir.   Bu   elementlar
bir-biriga   ta`sir   etadi   va   hammasi   birgalikda   asarning   mazmunini,   g`oyasini,
qahramonlarning   turli   kayfiyatini,   ichki   kechinmalarini   ifodalaydi.   O`quvchilar
ifodali nutq asoslarini egallashlari uchun muhim shartlar quyidagilardan iborat:      
        1.Nutq jarayonidan nafasni to`g`ri olish va to`g`ri taqsimlay bilish.  
               2. Har bir tovushning to`g`ri artikulyatsiyasi va aniq diktsiya (burro gapirish)
malakasini egallash.  
        3. Adabiy talaffuz me`yorlarini egallash. 
         Bu shartlar faqat ifodali o`qishgagina emas, balki ifodali nutqqa, ya`ni hikoya
qilishga ham taalluqlidir. O`quvchining har qanday og`zaki hikoyasi ifodali bo`lishi
zarur.   Ifodali   o`qishning   asosiy   vositalaridan   biri   ovozdir.   Ovoz   nafas   bilan   uzviy
bog`lanadi.   Shuning   uchun   o`qituvchi   bolalarning   ifodali   nutqi   ustida   ishlashni
talaffuz qilayotganda o`z nafasini boshqara olish va ovozdan to`g`ri foydalanishga o`rgatishdan   boshlaydi.   Ovoz   kuchi   baland-pastlik,   uzun-qisqalik,   tezlik   (temp),
yoqimli-yoqimsizlik   xususiyatlari   bilan   xarakterlanadi.   O`quvchilar   matn
mazmuniga   qarab,   baland   yoki   past   ovozda   o`qish(gapirish)ga,   nutqda   tez,
o`rtacha   yoki   sekin   tempni   tanlashga,   biror   tuyg`uni   ifodalashga   o`rganadilar.
Ifodali   o`qishga   o`rgatishda   o`quvchilar   pauza   va   logik   urg`u   bilan   ham
tanishtiriladi.   Ifodali   o`qishga   tayyorlanish   shartli   ravishda   uch   bosqichga
bo`linadi:  
               1.Asarning aniq mazmunini tushunish, unda qatnashgan shaxslarning xatti-
harakatini   tahlil   qilish,   asarning   g`oyasini   belgilash,   ya`ni   asarning   g`oyaviy
mavzuviy asosini, uning obrazlarini badiiy vositalari bilan yaxlit holda tushunish.  
                2.   Matnning   qayerida   pauza   qilishni,   mantiqiy   urg`uning   o`rnini,   o`qish
tempini belgilab olish. 
               3. O`qishni mashq qilish. Avtor fikrini, uning tasvirlangan voqea hodisalarga
va   qatnashuvchi   shaxslarga   munosabatini   ovoz   bilan   bera   olish   uchun   matnni
qayta o`qish.
              Asarning   mazmuni   va   g`oyaviy   yo`nalishini   tahlil   qilish   ifodali   o`qishga
o`rgatish bilan bog`lab olib boriladi. Ifodali o`qishga o`rgatishda matn mazmunini
tushunish,   muallif   hikoya   qilgan   voqealarga   o`z   munosabatini   bildirish   asosiy
vazifa   hisoblanadi.   O`quvchilarda   ifodali   o`qish   malakasini   shakllantirish   uchun
asarni o`qituvchining ifodali o`qishi muhim ahamiyatga ega.  
              Psixolog   olimlarning   tekshirishlaridan   ma`lum   bo`lishicha,   asarni   idrok
qilishga, bilim olishga xizmat qiladigan komponentlar bilan birga, uni emotsional-
estetik   his   etish   ham   kiradi.   Badiiy   asarni   yaxshi   idrok   etish   uchun   uni
tushunishning   o`zigina   yetarli   emas.   Asarni   idrok   etish   murakkab   jarayon   bo`lib,
asarga unda tasvirlangan voqelikka qandaydir munosabatning yuzaga kelishini o`z
ichiga   oladi.   Psixologik   tekshirishlar   natijasida   kichik   yoshdagi   o`quvchilarning
adabiy   qahramonlarni   idrok   etishi   va   baholashidagi   psixologik   xusisiyatlari
o`rganilgan   va   ular   adabiy   qahramonga   ikki   xil   munosabatda   bo`lishlari aniqlangan:   1.Adabiy   qahramonga   emotsional   munosabat;   2.   Elementar   tahlil
qilish.   Asarda   qatnashuvchi   shaxslarga   baho   berishda   o`quvchilar   o`z   shaxsiy   va
ahloqiy   tushunchalaridan   foydalanadilar.   Bunday   ahloqiy   tushunchalar   kichik
yoshdagi   o`quvchilarda   chegaralangan   bo`ladi,   albatta.   Ular   ahloqiy   sifatlardan
botirlik,   to`g`rilik,   mehnatsevarlik,   yaxshilik   tushunchalarini   ko`p   ishlatadilar.
Qahramonlarning   boshqa   sifatlarini   tasvirlash   uchun   ularning   so`z   boyliklari
yetishmaydi.   O`qituvchining   vazifasi   o`quvchilar   bilan   tahlil   qilib,   ular   nutqiga
personajlarning   ahloqiy,   intellektual,   emotsional   sifatlarini   tasvirlovchi   so`zlarni
kirita   borishdan   iborat.   Bu   adabiy   qahramonlarning   xarakterini   yaxshi   yoritish
shartlaridan biri hisoblanadi. O’qish ta’limi bo’yicha o’quvchilarni faqat matn bilan
tanishtirish   yordamida   dastur   talablariga   javob   berib   bo’lmaydi.   Negaki   matn
tagzaminidagi   tarbiyaviy   g’oya   uni   tushunish,   idrok   qilish   natijasidagina   ochiladi.
Boshqacha   aytganda,   har   qanday   asardagi   sehr-joziba   matn   zaminidagi   yashirin
mazmun-mohiyatni anglab yetilganda o’quvchi diqqatini o’ziga jalb etishi mumkin.
Bunga   adabiy-nazariy   tushunchalarni   o’zlashtirish,   adabiy   tahlil   malakalarini
shakllantirish   orqali   erishiladi.   Asar   tahlili   jarayonida   o’qituvchi   savollariga
o’quvchilarning   o’z   so’zlari   bilan   javob   berishi   ham   matnda   tasvirlangan   voqea   -
hodisalar   yuzasidan   mantiqiy   fikrlashga,   qahramonlarning   xatti-harakatlarini
to’g’ri   baholashga   yaqindan   yordam   beradi.   Savollar   uzuq-yuluq   va   mantiqsiz
bo’lmasdan,   qat’iy   maqsad   asosida   izchil   berilishi   o’quvchilarning   o’qilgan   matn
mohiyatini   chuqur   anglab   yetishlariga   imkon   yaratadi.   Negaki   har   qanday   javob
mustaqillikni   taqozo   etadi.   Ta’kidlash   joizki,   o’quvchilarning   o’zlarini   ham   savol
tuzishga   o’rgatish   lozim.   K.   D.   Ushinskiy   qayd   etganidek,   to’g’ri   qo’yilgan
masalaning o’zi  yarim  javobdir. Matn yuzasidan savol tuzishda o’quvchining dars
mavzusi bilan bog’liq jihatlarga e’tibor berishi asarda tasvirlangan voqea-hodisalar
o’rtasidagi sababiy bog’lanishlarni  bilib olishga, hayotiy xulosalar  chiqarishga yo’l
ochadi.   Shuning   uchun   ham   matn   yuzasidan   savol   tuzish   o’quvchini   ongli   va
tushunib   o’qishga   yo’llaydi.   Uning   o’ziga   xos   xususiyatini   o’quvchilarni   badiiy adabiyotning   sehrli   olamiga   olib   kirish   orqali   dunyoqarashlarini   milliy   istiqlol
mafkurasi   asosida   to’g’ri   shakllantirishga   qaratilishi   bilan   belgilanadi.   O’qish
darslari   uchun   tanlangan   mavzular   o’quvchilarga   kundalik   hayot,   mustaqillikni
mustahkamlash   va   insoniy   munosabatlar   bo’yicha   ham   bilim   va   tarbiya   berishni
ko’zda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma’naviyat  va tabiat haqidagi mavzular
alohida   ajralib   turadi.   Ulardan   ko’zlangan   maqsad   o’zlikni   anglash,   istiqlol,   vatan
va tabiat bilan bog’liq tuyg’ularini uyg’otishdir. Tabiatga oid mavzular yordamida
o’quvchilar   tabiatdagi   o’zgarishlar,   yil   fasllarining   almashinuvi,   hayvonot   olamiga
doir bilimlarni egallaydilar. Ular o’quvchilarni kuzatuvchanlikka, tabiatni sevishga,
unga nisbatan to’g’ri munosabatda bo’lishga o’rgatadi.
         Badiiy asarlar matni ustida ishlash jarayonida ularning janriy xususiyatlaridan
tashqari,   mavzusi   ham   nazarda   tutiladi.   Masalan,   tabiat   tasviriga   oid   matnlar
ustida   ishlashda   tabiat   bag’riga   sayohat   uyushtirilib,   bolalar   kuzatuvchanlikka
o’rgatilsa,   vatanparvarlikka   oid   asarlar   tahlili   vatanning   dongdor   kishilari   bilan
uchrashuvlar   yoki   mavzuga   daxldor   kinofilmlar   namoyishi   vositasida   amalga
oshirilsa, dars samaradorligi yanada ortadi.
              O’quvchilar   darsliklar   yordamida   o’zlashtiriladigan   bilim,   ko’nikma   va
malakalarining   kelajak   hayotda   zarur   bo’lishini   tushunib   yetishlariga   erishish
o’qituvchilar   oldidagi   muhim   vazifalardandir.   O’qish   darslari   oldiga   qo’yiladigan
didaktik vazifalar quyidagilardan iborat: 
              1.   O’quvchilarda   yaxshi   o’qish   sifatlari:   to’g’ri,   tez,   ongli,   ifodali   o’qish
malakalarini shakllantirish.  
       2. chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko’tarish. 
              3.   O’quvchilarning   atrof-muhit   haqidagi   bilimlarini   kengaytirish   va   boyitish
hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish. 
       4. O’quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan yetuk va mehnatga muhabbat ruhida
tarbiyalash. 
       5. O’quvchilarning bog’lanishli nutqini va adabiy estetik tafakkurini o’stirish.         6. O’quvchilarning xayolot olamini boyitish. 
       7. Adabiy tasavvur elementlarini shakllantirish.
             Shuni unutmaslik kerakki, har bir ta’limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy
metodik   usullari   mavjud   bo’lib,   ular   zamonaviy   o’qitish   usullari   bilan   boyitib
borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan o’zaro bog’liq holda va sinfdan tashqari
o’qish   mashg’ulotlari   jarayonida   hal   qilinadi.   O’quvchilarni   kitobdan
foydalanishga,   undan   kerakli   bilimlarni   olishga   o’rgatish,   kitobga   muhabbat
uyg’otish; ularni oddiy kitobxondan.
              Ta’lim   tizimini   islox   qilish   jarayonida   asosiy   e’tibor   o’quvchilarni   bilimlarni
ongli   egallashlari   va   ana   shu   bilimlarini   amaliy   faoliyatga   tatbiq   eta   olishlariga
qaratilmoqda. Shu sababli ta’lim sifatini oshiruvchi omillar ko’rib chiqilib samarali
metodlarni   ishlab   chiqish,   ilg’or   tajribalarni   o’rganish   va   pedagogik   amaliyotga
tatbiq  qilish  jadallik  bilan  o’sib  bormoqda. Bugungi kun ta’limi qyidagilar  asosida
tashkil talab etilmoqda: -berilayotgan ta’lim o’quvchilar uchun zerikarli bo’lmasligi
kerak;   -qollanilayotgan   metodlar   o’quvchilarni   fikrlashga   undasin;   -   bilimni
mazmun moxiyatini yaxshi anglagan xolda bir vaqtning o’zida amaliy faoliyatlariga
tatbiq etishga o’rganibborishlari lozim. Bugungi kun ta’lim texnologiyalari ana shu
masalalrnihisobga   olgan   holda   turli   mrtodlarni   taklif   qilmoqda   ular   ichida   aqliy
xujum   taxnologiyasi   o’zining   samaradorligi   bilan   keng   pedagoglar   jamoasi
tomonidan   qo’llanilmoqda.   Shunuing   uchun   o’quvchilarga   to’g’ri   va   ifodali
o’qishga   orgatishda   ushbu   metoddan   foydalanish   yo’llarini   ko’rib   chiqishni
maqsad   qildik.   “Aqliy   xujum”metodi”.Bu   metod   muayyan   mavzu   yuzasidan
berilgan   muammolarni   hal   etishda   keng   qo’llaniladigan   metod   bo’lib,   u
mashg’ulot   ishtirokchilarini   muammo   xususida   keng   va   har   tomonlama   fikr
yuritish,   hamda   o’z   tasavvurlari   va   g’oyalaridan   ijobiy   foydalanish   borasida
ma`lum   ko’nikma   va   malakalarni   hosil   qilishga   rag’batlantiradi.   Va   original
yechimlarni   topish   imkoniyati   tug’iladi.   “Aqliy   xujum”   metodi   tanlab   olingan
mavzular   doirasida   ma`lum   qadriyatlarni   aniqlab,   ayni   vaqtda   ularga   muqobil bo’lgan   g’oyalarni   tanlash   uchun   sharoit   yaratadi.   Bu   metodda   qoidalarga   amal
qilish talab etiladi: 
              1.   Ishtirokchilarni   muammo   doirasida   keng   fikr   yuritishga   undash,   ular
tomonidan kutilmagan mantiqiy fikrlarning bildirilishiga erishish. 
                2.   Har   bir   o’quvchi   tomonidan   bildirilayotgan   fikr   yoki   g’oyalar   miqdori
rag’batlantirib boriladi. Va fikrlar orasidan eng maqbullarini tanlab olishga imkon
beradi.   Va   fikrlarni   rag’batlantirilishi   navbatdagi   yangi   fikr   yoki   g’oyalarning
tug’ilishiga olib keladi. 
              3.   Har   bir   o’quvchi   o’zining   shaxsiy   fikr   yoki   g’oyalariga   asoslanishi   hamda
ularni   o’zgartirishi   mumkin.   Oldin   bildirilgan   fikrlarni   umumlashtirish,
turkumlashtirish yoki ularni o’zgartirish ilmiy asoslangan fikrlarning shakllanishiga
zamin yaratadi. 
              4.   Mashg’ulot   paytida   o’quvchilarning   har   qanday   faoliyatlarini   standart
talablar asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildirilayotgan fikrlarni baholashga
yo’l   qo’yilmaydi.   Agar   ularni   fikrlari   baholanib   boriladigan   bo’lsa,   o’quvchilar   o’z
diqqatlarini   o’axsiy   fikrlarini   himoya   qilishga   qaratadilar,   oqibatida   ular   yang
fikrlarni   ilgari   surmaydilar.   Bu   metodni   qo’llashdan   ko’zlangan   asosiy   maqsad
o’quvchilarni   muammo   xususida   keng   va   chuqur   fikr   yuritishga   rag’batlantirish
ekanligini   e`tibordan   chetda   qoldirmagan   holda   ularning   faoliyatlarini   baholab
borish.  
                    Dars jarayonida “aqliy xujum” dan maqsadli foydalanish ijodiy,  nostandart
tafakkurlashni   rivojlantirish   garovi   hisoblanadi.   “Aqliy   xujum”   ni   uyushtirish
birmuncha   sodda   bo’lib,   undan   ta`lim   mazmunini   o’zgartirish   jarayonida
foydalanish   bilan   birgalikda   ishlab   chiqarish   muammolarining   echimini   topishda
ham juda qo’l keladi. Dastlab guruh yig’iladi va ular oldiga muammo qo’yiladi. Bu
muammo   echimi   to’g’risida   barcha   igtirokchilar   o’z   fikrlarini   bildiradilar.   Bu
bosqichda   xech   kimning   o’zga   kishi   g’oyalariga   “xujum”qilishi   yoki   boholashga
haqqi   yo’q.   Demak,   “aqliy   xujum”   yo’li   bilan   qisqa   daqiqalarda   o’nlab   g’oyalarni yuzaga   chiqarish   imkoniyatlari   mavjud   bo’ladi.   Aslini   olganda   g’oyalar   sonini
qo’lga kiritish asosiy “Aqliy hujum” metodining mohiyati jamoa hamkorligi asosida
muammoni echish jarayonlarini vaqt bo’yicha bir qancha bosqichlarga (g’oyalarni
generatsiyalash, ularni tanqidiy va konstruktiv holatda ishlab chiqish) ajratishdan
iborat.8   Dars   jarayonida   aqliy   hujumdan   maqsadli   foydalanish   ijodiy,   nostandart
tafakkurlashni   rivojlantirish   garovi   hisoblanadi.   “Aqliy   hujum”ni   uyushtirish   bir
muncha sodda bo’lib, undan ta`lim mazmunini o’zgartirish jarayonida foydalanish
bilan birgalikda ishlab chiqarish muammolarining echimini topishda ham juda qo’l
keladi.   Dastlab   guruh   yig’iladi   va   ular   oldiga   muammo   qo’yiladi.   Bu   muammo
echimi to’g’risida barcha ishtirokchilar o’z fikrlarini bildiradilar. Bu bosqichda hech
kimning o’zga kishi g’oyalariga hujum” qilishi yoki baholashiga haqqi yo’q. Demak,
“aqliy   hujum”   yo’li   bilan   qisqa   minutlarda   o’nlab   g’oyalarni   yuzaga   chiqish
imkoniyatlari   mavjud   bo’ladi.   Aslini   olganda   g’oyalar   sonini   qo’lga   kiritish   asosiy
maqsad   emas,   ular   muammo   echimini   oqilona   ishlab   chiqish   uchungina   asos
bo’ladilar.   Bu   metod   shartlaridan   biri   hech   qanday   tashqi   ta`sirsiz
qatnashuvchilarning har biri faol ishtirokchi bo’lishi kerak. Bildirilgan g’oyalarning
besh   yoki   oltitasigina   asosiy   hisoblanib   muammo   echimini   topishga   salohiyatli
imkoniyatlar yaratadi.
                «Bu   yorug`   olamda  har   bir   odam   o`zining   mehribon   ota-onasiga,  ustoz   va
muallimlariga   nisbatan   hamisha   minnatdorlik   tuyg`usi   bilan   yashaydi.   Inson
hamisha umri davomida qanday yutuq va natijalarga erishmasin, qayerda, qanday
lavozimda   ishlamasin,   maktab   dargohida   olgan   ta`limtarbiyasi   uning   yetuk   shaxs
va   malakali   mutaxassis   bo`lib   shakllanishida   ulkan   ahamiyatga   ega   ekani
shubhasiz»   deb   yurtboshimiz   I.A.Karimov   o`zlarining   «Yuksak   ma`naviyat
yengilmas kuch» asarlarida ta`kidlab o`tganlaridek, boshlang`ich sinf o`qituvchilari
ilk maktabga qadam qo`ygan bolani savodga, ya`ni o`qish va yozishga o`rgatadilar.
Bunda   biz   “Boshlang`ich   sinf   o`qish   darslarida   yaxshi   o`qish   malakalarini
shakllantirish   uslublari”   mavzusida   ish   olib   borayotgan   bitiruv   malakaviy ishimizdagi alohida ahamiyatga ega bo`lmish yaxshi, ongli, ifodali o`qishning o`rni
kattadir.   Shuni   e`tiborga   olgan   holda,   biz   o`quvchilarning   savodli   va   to`g`ri
o`qishini   ta`minlashni   o`rganishda   kerak   edi.   SHuni   e`tiborga   olgan   holda
Boshlang`ich   sinf   o`qish   darslarida   o`quvchilarni   to`g`ri   va   ifodali   o`qishga
o`rgatishda   ilg`or   pedtexnologiyalardan   foydalanish   darslari   ham   o`quvchilarda
o`zgacha qiziqish uyg`otadi. Bu o`quvchilarni tegishli, ya`ni MSNIda berilgan matn
bo`yicha   to`g`ri   va   ifodali   o`qishga   o`rgatish   jarayonida   ham   yaqqol   ko`zga
tashlanadi.   Umuman,   har   bir   boshlang`ich   sinf   o`qituvchisi   o’qish   darslarida
o`quvchilarni   to’g’ri   va   ifodali   o’qitishga   o`rgatishda   ilg`or   texnologiyalardan
foydalanish   bo`yicha   olib   boriladigan   darslarini   iloji   boricha   bir-birini
takrorlamagan   holda   tashkil   etib   olib   borishsa   maqsadga   muvofiq   bo`lar   edi.
Buning   uchun   o`qituvchilar   yangi   pedagogik   texnologiyani,   integratsiyani   chuqur
bilishlari, o`z kasblariga bo`lgan hurmatni yo`qotmagan holda darslarni tushkil etib
olib   borishlari   lozim   bo`ladi.   Agar   shularni   bilishmasa,   iloji   boricha   o`z
kasbdoshlarining   darslarini   kuzatishlari,   kerak   bo`lsa   malaka   oshirish   kurslarida
malaka   oshirib   kelishlari   kerak.   Bu   ham   ularning   mazkur   mavzularni   o`tishlari
jarayonida   o`zining   ijobiy   tomonlarini   yaqqol   ko`zga   tashlanishiga   sabab   bo`ladi.
Natijada  esa o`qish   darslarida o`quvchilarni  to’g’ri  va  ifodali  o’qishga  o`rgatishda
ilg`or   texnologiyalardan   foydalanish   bo`yicha   olib   boriladigan   darslarga   katta
qiziqish   bilan   munosabatda   bo`lishadi,   yaxshi   taassurot   olishadi.   Bu   esa   ushbu
berilgan   matn   bo`yicha   ularning   erkin   va   mustaqil   fikrlashga,   to`g`ri   va   ifodali,
savodli   o’qishga   o`rgatibgina   qolmay,   o`zi   bemalol   o’qish   darslarida   MSNI   da
berilgan   matnt   bo`yicha   yaxshi   o’qish   malakalarini   to`liq   o`zlashtirib   borishlariga
ham sabab bo`ladi.
       
       
       
             Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1. Abdullaeva K. Nazarov K. Yo`ldosheva Sh. Savod o’rgatish darslari . T.: 
O’qituvchi .1996 . 
2. Abdullaeva K. va boshqalar . Ona tili . T.: O’qituvchi .1999. 
3. Karimov I.A. Mamalakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish 
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi.-T.:O`zbekiston, 2010.-56 b
 4. Karimov I.A. “Mamalakatimizni modernizatsiya qilish yo`lini izchil davom 
ettirish-taraqqiyotimizning muhim omilidir”, “Ishonch” gazetasi, 2010 yil 8 dekabr;
5. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni 
bartaraf etishning yo`llari va choralari. –T.:O`zbekiston, 2009.-56 b 
6. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.:2008. 
7. Karimov I.A.Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi. T.: 1997. 5- jild.
 8. Karimov I.A. Barkamol avlod O`zbekiston tarakkiyotining poydevori. T.: 1998.

Mavzu: O’qish malakasini shakklantirish Reja: 1. Kirish: 2. Ifodali o’qishning o’quvchilar tarbiyasidagi ahamiyati. 3. O’qituvchining nutqi eng asosiy omil. 4. Ifodali o’qish tarixidan. 5. Nutq texnikasi. 6. Badiiy asarlarni ifodali o’qish.

Kirish O’quvchilarga boshlang’ich sinflardayoq o’qish mashg’ulotlari to’g’ri tashkil qilinsa , ularning ifodali o’qish ko’nikmalari yaxshi shakllanadi va rivojlanadi. Ifodali o’qish qoidalari. Ifodali o’qishga qo’yilgan talablarbularning barchasi o’quvchilarning asarni o’qishda nimalarga ahamiyat qaratishlarini o’rgatishdan iborat hisoblanadi. Turli uslubda matnlarni o’qish qoidalari. She’r, g’azal, ruboiylarni o’qish. Xalq og’zaki ijodi asarlari - doston, ertak, latifa, lof, masal, matal, topishmoq, tez aytish, sanama, maqol va boshqalarni o’qish ham shular jumasiga kiradi deyish mumkin. Bundan tashqari obrazlarga kirib, taqlid qilib o’qish va turli tadbirlarga, radio, televideniyada tabriknoma kabilarni o’qib berish kabi usullarni ham aytib o’tish mumkin. Yuqorida sanab o’tilgan asarlardan namunalar o’qib berish. Boshlang’ich sinflar “O’qish darsliklariga kiritilgan asarlar”dan o’qish. Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida o’qib kelinadigan asarlar ham shular jumlasiga kiradi. Boshlang`ich sinflarning o`qish darslari o`z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko`ra ta`lim tizimida alohida o`rin tutadi. Negaki, uning zaminida savodxonlik va ahloqiy-ta`limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa predmetlar ta`limini o`qish ta`limisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. o`quvchi matnni to`g`ri, tez, tushunib o`qish, mazmunini o`zlashtirish bilan ilk bor o`qish darslarida yuzlashadi. O`qish darslari orqali o`quvchilarning Davlat ta`lim standartlari (DTS) talablari bo`yicha o`zlashtirishlari ko`zda tutilgan o`quv-biluv ko`nikmamalakalari hamda bilimlarni egallashlariga yo`l ochiladi. Aynan o`qish ta`limida insonning, avvalo, o`zligini, qolaversa olamni anglashga bo`lgan intilishlariga turtki beriladi. Shu maqsadda «O`qish kitobi» darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o`rab turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti, mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma`naviy qadriyatlar, xalqlar do`stligi va tinchlik kabi turli mavzular bo`yicha atroflicha tushunchalar berishga mo`ljallangan badiiy, ahloqiy-

ta`limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi. O`qish darslari savod o`rgatish davrida o`quvchilarni bo`g`in, so`z va gaplar bilan tanishtirish va ularni o`qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida uyushtirilsa, o`qish texnikasi egallangandan so`ng o`qish muayyan mavzular bo`yicha tanlangan badiiy, ilmiy-ommabop matnlar yuzasidan olib boriladi. Boshlang`ich ta`lim bo`yicha DTS va «Ona tili» o`quv dasturida o`qish ta`limi oldiga qo`yilgan talablarni amalga oshirish sinfda o`qishni to`g`ri tashkil qilish, o`qitish bosqichlari, tamoyillari va metodlari, birinchi navbatda, ilg`or pedagogik texnologiyalardan o`rinli foydalanishga ko`p jihatdan bog`liqdir. Ma`lumki, sinfda o`qish asosida badiiy va ilmiy-ommabop matnlar turadi. O`quvchilarni matn bilan tanishtirish o`qishga tayyorgarlik bosqichidan boshlanadi. Tayyorgarlik bosqichi yozuvchilar haqida ma`lumot berish, o`quvchilarni asarda tasvirlanadigan voqea-hodisalarni idrok qilish, asar pafosini his etish, notanish va ko`p ma`noli so`zlar, murakkabroq tarzdagi obrazli ifodalarni izohlash kabi masalalarni o`z ichiga oladi. Agar asar yil fasllari haqida bo`lsa, tabiat qo`yniga sayohat uyushtirish ham sinfda o`qish muvaffaqiyatini ta`minlashga xizmat qiladi. Matn bilan dastlabki tanishuvdan so`ng quyidagicha savollar bilan murojaat qilish darsda o`quvchilarning faolligini oshiradi: 1. Hikoyadagi qaysi epizodni qiziqarli deb o`ylaysiz? 2. Hikoya qahramonlaridan qaysi birining xatti- harakatini ma`qullaysiz? Qaysi birining fe`l-atvori, o`zini tutishi sizga yoqmadi? 3. Hayotda shunday kishilarni uchratganmisiz? Sinfda o`qishning muvaffaqiyatini ta`minlaydigan omillardan yana biri tanlab o`qishdir. Masalan: 3-sinfda X. To`xtaboevning «Hassa» hikoyasi bilan tanishish jarayonida Qobil boboning savollariga Shavkatning javoblari yoki S. Anorboevning «Bahs» hikoyasidagi bolalarning bahslashishi epizodi yuzasidan o`qituvchi topshirig`iga ko`ra mazkur o`rinlarni tanlab qayta o`qilishi natijasida ushbu asarlarning badiiy estetik qimmatini chuqurroq o`zlashtirishga erishiladi. «O`qish kitobi» darsliklaridan turli mavzudagi asarlar o`rin olgan. Vatanparvarlik, atrofimizdagi olam, mehnatsevarlik kabilar o`qish darsliklaridagi keng qamrovli mavzulardan bo`lib, 2-sinfda «Ona

yurtim-oltin beshigim» bo`limiga kiritilgan «O`zbekistonim» (H. Imonberdiev), «Istiqlol» (J. Jabborov), «O`lka» (E. Vohidov), «Yur tog`larga» (U. Nosir), 3-sinfda «Ona bitta, Vatan yagona» bo`limidagi «Vatanni suymak» (A. Avloniy), «Vatan mo``tabardir» (X. Davron), «Bilib qo`yki, seni Vatan kutadi» (Tohir Malik), 4- sinfda «O`zbekiston - Vatanim manim» bo`limidagi «Serquyosh o`lka» (Z. Diyor), «Iqboli buyuksan» (A.Oripov), «Toshkentnoma» (M. Shayxzoda) kabi asarlar misolida atroflicha tahlilga tortiladi. Boshlang`ich sinflarning o`qish darslarida o`rganiladigan asarlarning mavzu doirasi ancha keng bo`lib, ona tabiat, yil fasllari, xalq og`zaki ijodi, mehnatga muhabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va ma`naviyat kabi umumiy mavzular doirasida birlashtirilgan. Uzluksiz ta`limning boshqa bosqichlaridan farqli o`laroq, boshlang`ich sinflarning o`qish darslarida o`quvchilarning o`qish malakalarini shakllantirish, asar matni ustida ishlash ta`limning didaktik maqsadi hisoblanadi. U turli mavzudagi matnlar ustida ishlash orqali ma`naviy-ahloqiy, adabiy - estetik tarbiya bilan chambarchas bog`lab olib boriladi. Shunga ko`ra o`qish darslarining yetakchi hususiyati o`quvchilarning savodxonligini ta`minlash bilan birga badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirish, milliy mafkura asosida yuksak axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratiladi. O`qish ta`limi bo`yicha o`quvchilarni faqat matn bilan tanishtirish yordamida dastur talablariga javob berib bo`lmaydi. Negaki matn tag zaminidagi tarbiyaviy g`oya uni tushunish, idrok qilish natijasidagina ochiladi. Boshqacha aytganda, har qanday asardagi sehr-joziba matn zaminidagi yashirin mazmunmohiyatni anglab etilganda o`quvchi diqqatini o`ziga jalb etishi mumkin. Bunga adabiy-nazariy tushunchalarni o`zlashtirish, adabiy tahlil malakalarini shakllantirish orqali erishiladi. Asar tahlili jarayonida o`qituvchi savollariga o`quvchilarning o`z so`zlari bilan javob berishi ham matnda tasvirlangan voqea-hodisalar yuzasidan mantiqiy fikrlashga, qahramonlarning xatti-harakatlarini to`g`ri baholashga yaqindan yordam beradi. Savollar uzuq-yuluq va mantiqsiz bo`lmasdan, qat`iy maqsad asosida izchil berilishi o`quvchilarning o`qilgan matn mohiyatini chuqur anglab

etishlariga imkon yaratadi. Negaki har qanday javob mustaqillikni taqozo etadi. Ta`kidlash joizki, o`quvchilarning o`zlarini ham savol tuzishga o`rgatish lozim. K. D. Ushinskiy qayd etganidek, to`g`ri qo`yilgan masalaning o`zi yarim javobdir. Matn yuzasidan savol tuzishda o`quvchining dars mavzusi bilan bog`liq jihatlarga e`tibor berishi asarda tasvirlangan voqea-hodisalar o`rtasidagi sababiy bog`lanishlarni bilib olishga, hayotiy xulosalar chiqarishga yo`l ochadi. Shuning uchun ham matn yuzasidan savol tuzish o`quvchini ongli va tushunib o`qishga yo`llaydi. Uning o`ziga xos xususiyatini o`quvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirish orqali dunyoqarashlarini milliy istiqlol mafkurasi asosida to`g`ri shakllantirishga qaratilishi bilan belgilanadi. O`qish darslari uchun tanlangan mavzular o`quvchilarga kundalik hayot, mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo`yicha ham bilim va tarbiya berishni ko`zda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma`naviyat va tabiat haqidagi mavzular alohida ajralib turadi. Ulardan ko`zlangan maqsad o`zlikni anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bog`liq tuyg`ularini uyg`otishdir. Tabiatga oid mavzular yordamida o`quvchilar tabiatdagi o`zgarishlar, yil fasllarining almashinuvi, hayvonot olamiga doir bilimlarni egallaydilar. Ular o`quvchilarni kuzatuvchanlikka, tabiatni sevishga, unga nisbatan to`g`ri munosabatda bo`lishga o`rgatadi. «O`qish kitobi» darsliklaridagi materiallar sinfdan- sinfga o`tgan sari mavzu jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kengaya borishi hisobga olingan. 1-sinfda o`rgatiladigan «Ajdodlarimiz-faxrimiz», «Ilm-aql chirog`i», «Zumrad bahor», «Kumush qish» kabi mavzular 2-4 sinflarda ham davom ettiriladi. Natijada o`quvchilarning oldingi bilimlari to`ldiriladi va boyitiladi. Darsliklardagi har bir mavzu uchun tanlangan matnlarning janriy rangbarangligiga, poetik mukammalligiga, o`quvchilarning bilim darajasi va yosh xususiyatlariga mos kelishiga alohida e`tibor qaratiladi. Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o`tmishi, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ulug` siymolar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, tarixiy sanalar to`g`risida muayyan tasavvur beradi. Beruniy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ajdodlarimiz