O’qish darslarida she’rlarni o’rgatish uslubiyoti
O’qish darslarida she’rlarni o’rgatish uslubiyoti MUNDARIJA KIRISH …………………………………………………….. ASOSIY QISM……………………………………………... Birinchi bob. O’qish kitoblarida berilgan she’rlar haqida ….. 1.1. Boshlang’ich sinflarda o’qish darslarini tashkil qilish …. 1.2. O’qishning o’ziga xos turlari …………………………… Ikkinchi bob. O’qish darslarida she’rlarni o’rgatish ………... 2.1.She’r va uni o’qitishning usullari ……………………….. 2.2. To’g’ri o’qish va o’qitish katta san’at ………………….. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
REJA: KIRISH ASOSIY QISM Birinchi bob. O’qish kitoblarida berilgan she’rlar haqida 1.1. Boshlang’ich sinflarda o’qish darslarini tashkil qilish 1.2. O’qishning o’ziga xos turlari Ikkinchi bob. O’qish darslarida she’rlarni o’rgatish 2.1.She’r va uni o’qitishning usullari 2.2. To’g’ri o’qish va o’qitish katta san’at XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Mavzuning dolzarbligi. Bolalar tarbiyasi asosan ota-onalar va tarbiyachilar tomondan oshiriladi. Hali o’qish, yozish, chizishni bilmaydigan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar dunyo sirlaridan mutloqo bexabar bo’ladilar. Shunga qaramay, bizni qurshagan olamni tezroq bilib olishga uning sirlarni o’rganishga intiladilar. Unda oilada ota-onalar, bog’chalarda esa tarbiyachilar, maktabda esa o’qituvchilar yaqinda yordam beradilar, ya’ni ular badiiy asarlardan parchalar o’qishni, mazmun va mohiyatini tushunishni o’rganadilar. Badiiy kitoblarning rasmlarini rang-barang harflarini o’qish o’rganishga muvaffaq bo’ladilar. Ulg’ayib ketayotgan yosh avlodni komil insonlar qilib tarbiyalashda kattalar adabiyotining ajralmas bir bo’lagi bo’lgan bolalar adabiyotining ham ahamiyati katta. Bolalar adabiyoti oz oldiga kelajak avlodni jismonan baquvvat, ruhan pok, fikran sog’lom, iymon-e’tiqodi butun, bitimi ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tarbiyalashdek katta va murakkab vazifani quyganligi bilan ajralib turadi. Kadrlar tayyorlash milliy darsturda, «Ta’lim to’g’risida» qabul qilingan Qonunda ham xuddi ana shu masala ko’ndalang qilib quyilgan. Zotan xalqning bir bo’ladi sanalgan bu yosh avlod sal fursat ichida voyaga yetib ulg’ayib qoladi. Shuning uchun ham bu avlodga alohida e’tibor va hurmat bilan qarash lozim. Bolalar uchun yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos bo’lishi, ular qalbida chuqur uy-fikrlar uyg’otishi, yorqin obrazlar va yuksak g’oyalarga boy bo’lishi, ularni ulkan va porloq ishlarga ilxomlantirishi zarur. Prezidentimiz I.A.Karimov alohida uqtirganidek, «Xalq-bamisoli ulug’ sharafli yo’ldan ilgarilab borayotgan karvon. Uni yo’ldan chalg’itishga urunuvchilar, payt poylab orqasidan hamda qiluvchilar hamisha bo’lgan, bundan keyin ham bo’lishi mumkin. Karvon bexatar bo’lmas, degangap bejiz aytilmagan. Ammo xalq karvonini hyech qanday kuch ortga qaytarolmaydi»1. 1 Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Тошкент, «Маънавият» нашриёти. 2008 йил 172 бет
Xudi shu g’oya maqsad va tushuncha «Kadrlar tayyorlash milliy dastur» hamda «Ta’lim to’g’risida» qonunda o’z ifodasini topgan. demak, shunday ekan, tarbiyachilar, murabbiy va o’qituvchi ustozlarning, shoir va adib, olim va adabiyotshunoslarning oldida turgan eng asosiy vazifa yoshlarni barkamol qilib tarbiyalashdir. Yoshlarda milliy g’urur tushunchasini shakllantirish, tarix sahnasida chaqnagan ilm-fan, ma’rifat va ma’naviyat yulduzlarining asarlarini o’rgatish va shu e’tiqod asosida tarbiyalab voyaga yetkazish muhim ishdir. Biz, o’zimizning mazkur kurs ishimizda yuqoridagi buyuk ma’suliyatini chuqur anglagan holda boshlang’ich sinflarning 1-2-3-4 sinf «O’qish kitobi» ga kiritilgan Safar Barnoyev, Miraziz A’zam Tursunboy Adashboyevlar ijodi namunalaridan kiritilgan asarlarni tahlil qilishni lozim topdik. Kurs ishining oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalari Kadrlar tayyorlash milliy dasturida alohida ta’kidlangan o’rta umumiy ta’lim maktablarining boshlang’ich sinf o’quvchilariga, xususan 1-2-3-4 sinflarga beriladigan bilim va tushunchalar hozirgi davr talabalari nuqtai-nazaridan ishlab chiqilmoqda. Shu nuqtai-nazardan, biz o’z bitiruv malakaviy ishimizda boshlang’ich sinf darsliklariga kiritilgan zamondosh shoirlar, yozuvchilar Safar Barnoyev, Miraziz A’zam Tursunboy Adashboyevlarning asarlarini tahlil qilishni o’z oldimizga maqsad qilib quydik. Darsda va darsdan tashqari vaqtlarda ham mazkur o’qish uchun topshiriladi. Albatta bu o’qishlarning boshida o’qituvchi-murabbiylar turadi. Bolalarning o’qishlariga rahbarlik qiladi. Shuning uchun bo’lsa kerakki, Prezidentimiz I.A.Karimov alohida ta’kidlaganidek boshlang’ich sinf o’qituvchilarining bunday buyuk xizmatlarini ta’riflab degan edi: «Dunyoda nufuzli kasblar ko’p, ammo ular orasida o’qituvchilik kasbi alohida yuksak mavqyeiga ega. Ayni zamonda o’qituvchi kasbiga nihoyatda katta talablar quyiladi, chunki biz murabbiy, muallimni qo’liga farzandlarimiz taqdirini ishonib topshiramiz»
Mazkur ishni yozilishda Prezidentimiz I.A.Karimovning qator asarlari, xususan, «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida», «O’zbekiston buyuk kelajak sari», «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin», «Barkamol avlod -O’zbekiston taraqqiyotining poydevori», «Barkamol avlod orzusi», «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch», «Ta’lim to’g’risida» Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» singari zaruriy adabiyotlardan foydalandik. Shuningdek, Q. Abdullayeva, K. Qosimova, S. Dolimov, A.Zunnunov, T.Jo’rayev, E.Shodmonov, Yu. Abdullayev, T.Mirzayev, B.Sarimsoqov, O.Safarov, M.Jumaboyev, X.Razzoqov, Yu.Sultonov, M.Qo’shjonov, S.Mamajonov, U.Normatov, S.Mirzayev, O.Sharafiddinov, P.Shermuxammedov, X.Umurov S.Matchonov, X.G’ulomova, Sh.Yo’ldosheva, Sh.Sariyev kabi unglab metodistlar va taniqli pedagoglar ma’rifatparvarlar va ijodkorlarning ilmiy, uslubiy nazariy asar va maqolalaridan foydalanib ish ko’rdik. Ishning yozilishida qo’lanilgan metod Albatta, boshlang’ich ta’lim maktablarining 1-2-3-4 sinf «O’qish kitobi» darsliklariga kiritilgan mavzular, xususan Safar Barnoyev, Miraziz A’zam Tursunboy Adashboyev asarlarini, she’rlarini o’qish va o’rganish, mustaqil ishlar tashkil qilish o’qituvchi tomonidan uning rahbarligi ostida o’tkaziladi. Bu o’z navbatida, o’qituvchi tomonidan puxta o’ylangan, rejalashtirilgan, ma’lum sistemaga solingan va mazmunli bo’lishi talab qilinadi. Biz mazkur kurs ishimizni Past Darg’om tumanidagi 53 umum ta’lim maktabining 4 sinfda o’tkazgan tajribamiz asosida yoritishga lozim topdik. 4 – sinfimizda hozirgi kunda 42 talaba tahsil olayapti. Bilim va tajribamizga tayangan holda, shuningdek, pedagogik amaliyot o’tgan maktabdagi o’qituvchilarning ish tajribasiga suyangan holda yoritishda harakat qildik. Ishning ilmiy yangiligi Darhaqiqat, Safar Barnoyev, Miraziz A’zam Tursunboy Adashboyevlarning asarlarini, she’rlarini dars jarayonida o’qish ishlarini, tahlil qilish shuningdek,