Sinfdan tashqari asosiy bosqich darslarni tashkil etish
Mavzu: Sinfdan tashqari asosiy bosqich darslarni tashkil etish REJA I. Kirish II. Asosiy qism 1. bob. Sinfdan tashqari o’qishni tashkil etish metodlari 1.1. Sinfdan tashqari o’qishning maqsad va vazifalari. 1.2. Sinfdan tashqari o’qishni tashkil etish usullari. 2. bob. Sinfdan tashqari o’qish darslarini tashkil etish bosqichlari 2.1.Sinfdan tashqari o’qishda yosh xususiyatlarini hisobga olish 2.2. Sinfdan tashqari o’qish darslarining namuna-ishlanmasi III. Xulosa.
Kirish MAVZUNING DOLZARBLIGI. Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qishga kichik yoshdagi o’quvchilarni ona tilini puxta o’zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi, ta’lim jarayonoda ularni ahloqiy-estetik tarbiyalashning muhim vositasi sifatida qaraladi. Sinfdan tashqari o’qishning maqsadi-kichik yoshdagi o’quvchilarni bolalar adabiyoti va xalq og’zaki ijodining xilma-xil namunalari bilan tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini tiklab tarkib toptirishdir. Sinfdan tashqari o’qish dasturining mazmuniga ko’ra ta’limning har bir bosqichida ikki asosiy bo’lim ajratiladi: bosqichda o’qish doirasi, ya’ni o’qitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda o’qish bilan tanishtirish yuzasidan o’quvchilarga ko’rsatma beriladi. bosqichda shu o’quv materiallari asosida bilim, ko’nikma va malakalar shakllantiriladi. Umumiy o’rta ta’limning Davlat standartlari va o’quv dasturiga ko’ra 1- sinfda sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida savod o’rgatish darslarida hosil qilingan ko’nikma va malakalar asosida bolalarning ona-vatan, istiqlol, milliy qadriyatlar haqidagi tasavvurlar-tushunchalari kengaytiriladi, boyitiladi. MAVZUNING ISHLANGANLIK DARAJASI. Umumiy o’rta ta’limning Davlat standartlari va o’quv dasturiga ko’ra 1-sinfda sinfdan tashqari o’qish mashq’ulotlarida savod o’rgatish darslarida hosil qilingan ko’nikma va malakalar asosida bolalarning ona vatan, istiqlol, milliy qadriyatlar haqida ta’lim sohasida Q.Shodiyeva, F.R.Qodirova, M.R.Qodirova, Y.Razbayeva, Q.Abdullayeva, K.Nazarov, Sh.Yo‘ldosheva, K.Qosimova, S.Matchonov, Sh.Sariyev, O.Roziqov, M.Mahmudov, B.Adizov, A.Hamroyev va boshqalar qator o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar, uslubiy qo‘llanmalar yaratganlar. Yuqorida keltirilgan olimlarimizdan Q. Shodiyeva, Q.Abdullayeva, K.Nazarov, SH.Yo‘ldoshevalarning maktabgacha ta’limda va umuman, savod o‘rgatish metodikasi bo‘yicha olib brogan ishlarini alohida
ta’kidlab o‘tish maqsadga muvofiqdir. Chunki, aynan, ularning olib borgan tadqiqotlari bolalarni savodga o‘rgatish sohasida katta ahamiyatga egadir. TADQIQOTNING OB’EKTI. Sinfda va sinfdan tashqari o’qish darslari boshlang’ich sinflarda o’tiladigan barcha predmet dasturlarining bo’limlari bilan bevosita bog’liq mashg‘ulotlarning yangiligini ta’minlashga qaratilgan innovatsion texnologiyalar asosida dars o‘tish jarayoni tadqiqotimizning ob’ektini tashkil etadi. TADQIQOTNING PREDMETI. Sinfdan tashqari o’qish darslari,o’qish samaradorligini ijobiy tomonga ta’sir qilishning eng qulay usulidir. Sinfda va sinfdan tashqari o’qish darslari boshlang’ich sinflarda o’tiladigan barcha predmet dasturlarining bo’limlari bilan bevosita bog’liq. O’qish darslarida o’tilgan mavzular asosida badiiiy kitiblar axtarish,asar qahramonlarining nomlarini yozish,ularni tasvirlab berish,ijodiy rasm ishlash,fikrni yakunlash uchun mos maqollar yod olish ko’nikmalarini shakllantirish dolzarb metodik manba ekanligini aniqlash, ularning didaktik asosini belgilash ham mashg‘ulotning predmeti hisoblanadi. TADQIQOTNING MAQSADI. Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida va unga ma’lum bir o‘zgartirishlar kiritishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samarali usullarini shakllantirish kurs ishi mavzusi bo‘yicha olib borayotgan tadqiqot ishimizning maqsadi hisoblanadi. TADQIQOTNING VAZIFASI: Yuqorida oldimizga qo‘ygan maqasadimizdan kelib chiqib: Kurs ishida tanlangan mavzu bo‘yicha ijtimoiy-pedagogik, falsafiy-ma’rifiy, ilmiy-metodik hamda o‘quv adabiyotlarni o‘rganib chiqish va umumlashtirish. Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari o’qish darslariga oid mashg‘ulotlari bilan ishlash jarayonini o‘rganish va tahlil qilish. Mavzuga oid ilmiy metodik manbalarni o‘rganish va tahlil qilish asosida sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarini shakllantirishga oid mashg‘ulot
mazmuni, maqsadi va qurilishini o‘rganish hamda qayta takomillashtirish dolzarb nuammo ekanligini aniqlash. Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlariga oid mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars ishlanmalarini yaratish. TADQIQOT ISHINING ILMIY FARAZI. Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarini shakllantirishga oid mashg‘ulotlar bugungi davr va bugungi kun bolasi nuqtai nazarini hamda uning individual, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda rivojlantirish; Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari shakllantirishga oid mashg‘ulotlarning izchil tizimi yaratish; Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarini shakllantirishga oid mashg‘ulotlarni takomillashtirishning yangi-yangi usullari o‘ylab topish; TADQIQOTNING METODOLOGIK ASOSLARI. Ozbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, prezidentimiz I.A.Karimovning asarlari va ma’ruzalarida bayon qilingan ta’limni isloh qilish, maktabgacha ta’limni rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar, qarashlar, ta’lim jarayonini takomillashtirishga yo‘naltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, mavzuga oid ilmiy- pedagogik, ilmiy-metodik manbalar. TADQIQOT ISHINING ILMIY AHAMIYATI. Ushbu kurs ishini bajarish natijasida boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qishga kichik yoshdagi o’quvchilarni ona tilini puxta o’zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi,ta’lim jarayonida ularni ahloqiy-estetik tarbiyalashning muhum vositasi sifatida qaraladi.Sinfdan tashqari o’qishning maqsadi kichik yoshdagi o’quvchilarni bolalr adaboyoti va xalq o’gzaki ijodining xilma-xil namunalari bilan tanishtirish,ularda kitobxonlik madaniyatini tiklashga oid mashg‘ulot ishlanmalarini, uning maqsadi,
mazmuni, tipi, qurilishiga oid yangi tushunchalari bilan boyitishning didaktik asoslari ko‘rib chiqildi hamda ilmiy-metodik tavsiyalar bilan boyitish nazarda tutildi. TADQIQOT ISHINING AMALIY AHAMIYATI. Tadqiqot natijasida aniqlangan ilmiy yondashuvlar, ishlab chiqilgan tavsiyalardan nutqning tovush madaniyatini shakllantirishga oid mashg‘ulotlarini boyitish, maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan turli o‘quv pretmetlarini takomillashtirish hamda bolalarni maktabga tayyorlashda, ularning bilimini o‘stirishda, malakasini oshirishda keng foydalaniladi. KURS ISHINING TARKIBIY TUZILISHI. Ushbu kurs ishi kirish, ikki bob, har bir bobda ikkitadan qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.