logo

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH ASOSLARINI O‘QITISH VA MALAKASINI OSHIRISH MARKAZI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

134.1474609375 KB
DAVLAT TILIDA ISH YURITISH ASOSLARINI O‘QITISH VA
MALAKASINI OSHIRISH MARKAZI
MUN D ARIJA
KIRISH ………. ........... ........................................ ..................... .......... ....... ... ............3
I   BOB.   MAHMUD   KOSHG‘ARIYNING   HAYOT   VA   IJOD
YO‘LI.“DEVONU LUG‘ATIT TURK” ASARI 
1.1.M.Koshg‘ariy qomusiy olim sifatida………………………………………… .5
1.2.“Devonu lug‘atit turk” asari  haqida umumiy ma’lumot ……………… …….. .. 9
II   BOB. “DEVONU LUG‘ATIT TURK”ASARINING O‘RGANILISHI
2.1.  “Devonu lug‘atit turk”asarining jahon miqyosida o‘rganilishi … ………….. . 13
2.2.  “Devonu lug‘atit turk”asarining o‘zbekistondagi tadqiqi…………………...22
III  BOB .  ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARIDA “DEVONU LUG‘ATIT
TURK”ASARINI   O‘QITISHNING   O‘ZIGA   XOS   AHAMIYATI.   VA
USULLARI .
2.1.   Ona   tili   darslarida   lug‘atlardan   foydalanishning   ahamiyati.  ( “Devonu   lug‘atit
turk”)asari misolida ……………………………..………………………………...30
2.2. Adabiyot darslarida  “Devonu lug‘atit turk” asarining o‘qitilishi ………….....38
XULOSA ................................................................................................. 49
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO YXATIʻ ............................... 52 KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.   Jahon tamadduni tarixida ko plab nodir va bebahoʻ
yodgorliklar   borki,   ular   nafaqat   bir   millat,   balki   butun   insoniyat   uchun   ham
beqiyos   ma rifiy   va   madaniy   ahamiyat   kasb   etadi.   Ana   shunday   noyob	
ʼ
yodgorliklardan biri  XI  asrda yaratilgan – Mahmud Koshg ariy qalamiga mansub	
ʻ
“Devonu   lug oti-t-turk”   (“Turkiy   so zlar   to plami”)   asaridir.  	
ʻ ʻ ʻ Ushbu   asarning
tilshunoslik   oldidagi   qimmati   endilikda   hech   kimga   sir   emas.   Lug‘at   har
tomonlama   zamonaviy   lingvisik   nazariyalarga   munosib   asos   bo‘la   oladigan
darajadagi mukammal asardir.
“Devonu   lug‘ati-t-turk”   asari   tilshunoslik,   adabiyotshunoslik,   tarix,   geografiya
va   shu   kabi   fanlar   bo‘yicha   ma’lumot   beruvchi   va   ushbu   sohalar   uchun   ajoyib
tadqiqot   obekti   bo‘la   oladigan,   shu   bilan   bir   qatorda   butun   dunyo   tan   olgan,   950
yillik tarixga ega bo‘lgan yirik asar  sanaladi. Uni til jihatdan tadqiq qilish hamda
keng ommaga yetkazish, bu borada mavjud bo‘lgan muammolarga yechim topish
har   bir   tilshunos   va   adabiyotshunos   olimning   oldida   turgan   mas’uliyatli
vazifalardan biridir. 
Keyingi   yillarda   ta’lim   tizimidagi   islohotlar,   asosan,   O‘zbekiston
Respublikasini   rivojlantirishning   beshta   ustuvor   yo‘nalishi   bo‘yicha   2017-2021
yillarga   mo‘ljallangan   Harakatlar   strategiyasida   belgilangan   «…ta’lim   tizimini
takomillashtirish,   sifatli   ta’lim   xizmatlari   imkoniyatlarini   oshirish» 1
ga   doir
g‘oyalar   asosida   olib   borilmoqda.   Har   bir   sohada   ilg‘or   innovatsiyalarni   yaratish
bugungi   kun   ilm   ahlining   asosiy   maqsadidir.   Ushbu   tadqiqot   ishida   asarning   asl
mohiyatini   o‘quvchilar   ongiga   singdirish,   uni   o‘qitishning   turli   usullari,   o‘ziga
xosliklari haqida mulohazalar mavjud.
Tadqiqotning   obyekti   va   predmeti.   Ushbu   bitiruv   malakaviy   ishining
obyekti   –   Mahmud   Koshg‘ariy   tomonidan   yozilgan   “Devonu   lug‘otit   turk”   asari.
1
  Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   Ш.   Мирзиёев нинг   2017   йил   7   февралдаги   ПФ-4947-сон
«Ўзбекистон   Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги
Фармони
2 Uning   predmetini   esa   ana   shu   asarning   ona   tili   va   dabiyot   darslarida   o‘qitilishi
mumkin bo‘lgan innovatsion usullar, metodlar tashkil etadi.
Tadqiqotning   maqsadi   va   vazifalari.   Ushbu   tadqiqotning   asosiy   maqsadi
o‘rta   ta’lim   maktablarining   ona   tili   va   adabiyot   fanlarida   “Devonu   lug‘atit   turk”
asarining   o‘qitilish   tizimini   ishlab   chiqish   hamda   keng   ommaga   yetkazishdan
iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish quyidagi vazifalarni taqazo etadi:
- “Devonu lug‘atit turk” asari haqida umumiy ma’lumotlarni to‘plash;
- asarning o‘rganilganlik darajasi, bu haqdagi olimlarning turli nazariyalarini
ko‘rib chiqish;
- til va adabiyot ta’limida lug‘atlardan foydalanishning ahamiyatini aniqlash;
-ona   tili   darslarida   “Devoni   lug‘atit   turk”asarini   o‘qitishda   o‘ziga   xos
usullar, innovatsion metodlardan foydalanish; 
-o‘rta   maktab   adabiyot   darslarida   “Devoni   lug‘atit   turk”asarini   o‘qitishda
o‘ziga xos usullar, innovatsion metodlardan foydalanish;
Tadqiqotning   ilmiy   yangiligi   shundan   iboratki,   ushbu   tadqiqotda   maktab
ona   tili   va   adabiyot   darslarida   o‘quvchilarga   “Devonu   lug‘atit   turk”asarini
o‘qitishning  turli   usullari  jadval  va  shakllar  orqali   ko‘rsatib  berildi,  asar   haqidagi
o‘zbek   va   jahon   olimlarining   tadqiqotlari   o‘rganib   chiqildi   hamda   ularning
nazariyalari o‘zaro qiyoslandi.
Tadqiqotning o rganilganlik darajasiʻ . Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu
lug‘otit   turk”   asari   yuzasidan   jahon   olimlaridan   K.Brokelmann,V.V.Bartold,
S.E.Malov, K.K.Yudaxin, B. Atalay, R.Kilisli 2
  , o‘zbek olimlaridan S.Mutallibov,
A.  Fitrat,  B.   Cho‘ponzoda,   G‘.  Abdurahmonov,  H.   Dadaboyev,   A.   Rustamov,   A.
Hasanov, H. Boltaboyev 3
 kabi olimlar o‘zlarining tadqiqot ishlarini olib borgan.
2
 Atalay. B. Divanü Lügat-it-Türk ve Tercümesi üzerine Notlar /  Kâşgarlı  Mahmud.  Divanü Lügat-it-Türk
(çeviri). Çeviren:Besim Atalay. 5 baski. Cild I. Ankara, 2006. S.XII; Kilisli Rifat. Ansiklopedik Sözlük, 
III Cild / Dil ve genel Kültür Ansiklopedisi. Ankara, 1967. S. 1297.
3
 A.Fitrat. Eng eski turk adabiyoti namunalari. Samarqand-Toshkent, 1927. Qayta nashri: Toshkent: 
MUMTOZ SO’Z, 2008;  Dadaboyev H. «Devonu lug‘atit turk»ning til xususiyatlari.–
Toshkent:ToshDSHI,2017; Abdurahmonov G’. Mutallibov S.M. Devonu lug’atit nturk. Indeks-lug’at. – 
Toshkent: O’zFA nashriyoti, 1967.
3 Tadqiqot   mavzusi   bo yicha   adabiyotlar   tahlili.  ʻ Mazkur   tadqiqot   ishida
jahon va o‘zbek olimlarining bir talay tadqiqot ishlari o‘rganib chiqildi, jumladan,
Basim   Atalay  tomonidan  qilingan  asarning  tarjima  varianti  ko‘rib  chiqildi,  nemis
olimi K. Brokelmann tomonidan tuzilgan lug‘at bilan tanishildi, qolaversa o‘zbek
olimlaridan   S.   Mutallibov   va   G‘Abdurahmonov   hamkorligida   tuzilgan
“Devon”ning o‘zbekcha tarjimasi bilan ham tanishib chiqildi. Har uchchala tarjima
bir biriga qiyoslandi. Bundan tashqari, A. Fitratning “So‘zlik” asari, A. Rustamov
tomonidan asarning rus tiliga tarjima variant ham ma’lum darajada ko‘rib chiqildi.
S.   Hasanov   va   H.   Boltaboyev   muallifligida   yozilgan   “Devonu   lug‘atit   turk”ning
yangi nashrini tayyorlash prinsplari” mazvusidagi ilmiy maqolasi ham o‘rglidi. 
Tadqiqotning   metodologiyasi   va   metodlari.   O zbekiston   Respublikasi	
ʻ
Prezidentining   ta’lim-tarbiya,   til,   ma’naviyatga   doir   qarashlari,   O zbekiston	
ʻ
Respublikasining   “Davlat   tili   haqida”   gi   qonuni,   soha   mutaxassislarining
fundamental asarlari ushbu tadqiqot ishimizning metodologik asosini tashkil qiladi.
Tadqiqotning   predmetini   o rganishda   transformatsion,   transpozitsion,	
ʻ
distributiv, oppozitiv metodlardan foydalaniladi.
Tadqiqotning   nazariy   va   amaliy   ahamiyati .   Tadqiqotda   ko‘plab
olimlarning nazariy qarashlari haqida ham fikrlar keltirilgan, bu esa asar haqidagi
ta’limotni nazariy jihatdan boyitadi, o‘quvchilarda bu borada tasavvur va bilimlar
uyg‘onishiga sabab bo‘ladi. 
Ishning   amaliy   ahamiyati   umumta’lim   maktablarida   faoliyat   yuritayotgan
o‘qituvchilar   ona   tili   va   adabiyot   darslarini   “Devonu   lug‘atit   turk”asarini
o‘qitishning turli usullaridan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishlari mumkin.
Tadqiqotning tuzilishi va hajmi.  Ushbu ish an’anaviy tarzda kirish, 3 bob,
xulosa   va   foydalanilgan   adabiyotlar   ro yxatidan   iborat   bo lib,   umumiy   hajmi   56	
ʻ ʻ
sahifadan iborat. 
4 I BOB. MAHMUD KOSHG‘ARIYNING HAYOT VA IJOD
YO‘LI.“DEVONU LUG‘ATIT TURK” ASARI
1.1.M.Koshg‘ariy qomusiy olim sifatida
Mahmud   Koshg‘ariy   tilshunoslikning   qiyosiy-tarixiy,   fonetika,   fonologiya,
leksikologiya, leksikografiya, lingvogeografiya sohlarida diqqatga sazovor ishlarni
amalga oshirgan,  sarf va nahv ilmining asoschisi hisoblanadi.
Mahmud Koshg`ariy (to`liq ismi  - Mahmud ibn al-Husayn ibn Muhammad
al- Qoshg`ariy) - XI asrda yashab o`tgan Muhammad Issiqko`l bo`yidagi Barsxon
shahrining amiri bo`lgan. Keyinchalik Xitoyning Qashqar shahriga ko`chib o`tgan
va shu yerda 1029-yilda o`g`li Mahmud dunyoga kelgan.  Mahmud Koshg`ariyning
hayoti   to`g`risida   bizgacha   juda   kam   ma’lumot   yetib   kelgan.   Ammo   shu   narsa
ma’lumki,   Qoraxoniylar   avlodiga   mansubligi   Mahmudga   yoshlik   davridayoq
dastlab   tug`ilgan   shahrida,   keyinchalik   Buxoro,  Samarqand,  Nishopur   va   Bagdod
shaharlarida chuqur bilim olish imkoniyatini bergan.
Otasi Husayn ibn Muhammad o‘sha davrdagi Baregan elining amiri bo‘lgan.
Koshg‘ariy boshlangich ma’lumotni o‘z qishlog‘ida, yuqori ma’lumotni Koshg‘ar
madrasalarida   olgan,   arab,   fors,   turkiy   kabi   7-8   tilni   puxta   egallagan.   So‘ng   u
Buxoro,   Samarqand,   Marv,   Nishopur   shaharlarida   bilimini   oshirgan.   1056—57
yillarda   mamlakatdagi   ichki   nizolar   natijasida   olim   o‘z   vatanini   tark   etib.   15   yil
davomida   atrofdagi   qardosh   xalqlar   orasida   yurishga   majbur   bo‘lgan.   Ana   shu
yillarda u turkiy xalqlar  yashaydigan  o‘lkalarni  kezib, bu yerlardagi  turkiy qabila
va urug‘lar, ularning kelib chiqishi va nomlanishi, joylashish o‘rinlari, urf-odatlari,
ayniqsa,   til   xususiyatlarini   sinchiklab   o‘rganadi.   So‘ng   Bag‘dodga   borib,   ancha
vaqt shu shaharda ijod qilgan, xususan, 1072 yili (ba’zi manbalarda — 1074 yil va
undan ham keyin) dunyoga mashhur asari «Devonu lug‘otit turk» («Turkiy so‘zlar
devoni»)ni yozib bitiradi va uni abbosiylardan bo‘lgan Abulqosim Abdulloh binni
Muhammadil   Muqtado   biamrillohga   bag‘ishlaydi.   Ushbu   asar   turkiy   xalqlar
tarixidagi  dialektologik, izohli, etnografik, tarixiy-etimologik lug‘atlarning barcha
5 unsurlarini   qamrab   oluvchi   dastlabki   universal   lug‘at   bo‘lib,   o‘z   muallifini
dunyoga   ulug‘   adabiyotchi,   tarixchi   geograf   va   boshqa   ko‘p   fanlarlan   yaxshi
xabardor   bo‘lgan   yirik   fan  arbobi,  qomusiy   olim   sifatida   tanitdi.  Bu   asarida   olim
turkiy   qabila   va   urug‘lar   (xalqlar)   tillaridagi   so‘zlar   ma’nosini   arab   tilida   izohlab
beradi.   Misol   sifatida   esa   maqollardan   va   badiiy   adabiyotdan   parchalar   keltiradi.
Bu   haqda   Koshg‘ariyning   o‘zi   yozadi:   «Men   bu   kitobni   maxsus   alifbe   tartibida
hikmatli   so‘zlar,   saj’lar,   maqollar,   qo‘shiqlar,   rajaz   va   vasl   deb   atalgan   adabiy
parchalar   bilan   bezadim...   Men   iste’moldagi   so‘zlarnigina   berdim,   iste’moldan
chiqqanlarini   tashladim...   So‘ngra   men   har   bir   qabilaga   mansub   so‘zlarning
yasalish xususiyatlarini va qanday qo‘llanishini qisqacha izoqlab ko‘rsatish uchun
alohida   yo‘l   tutdim.   Bu   misol   tariqasida   turklarning   tilida   qo‘llanilib   kelgan
she’rlaridan,   shodlik   va   motam   kunlarida   qo‘llanadigan   hikmatli   so‘zlaridan,
maqollaridan   keltirdim».   Shuni   aytish   kerakki,   «Devon»da   berilgan   adabiy
parchalar,   til   faktlari   faqat   11-asr   adabiyotining   namunalari   bo‘lmay,   ularning
aksar   qismi   juda   uzoq   o‘tmish   davrlarning   mahsulidir.   Shu   jihatdan   bunday
parchalar turkiy tillarning kelib chiqish tarixini, rivojlanishini, adabiy harakatining
juda   uzoq   tarixini   belgilashga   xizmat   qiluvchi   eng   muhim   hujjatdir.   Asardagi   bir
qancha   geografik,   etnografik   ma’lumotlar   ham   tegishli   sohalar   nuqtai   nazaridan
katta   ahamiyatga   ega.   Mahmud   Kosh’gariy   mazkur   asariga   o‘zi   tuzgan   dunyo
xaritasini ilova qiladi. Xaritada mamlakat, shaxar, qishloq, tog‘, cho‘l, dengiz, ko‘l,
daryo qabilarning nomlari yozilgan. Xaritada aks etmagan ba’zi bir nomlar lug‘at
matnida izohlangan. Xarita, asosan, Sharqiy yarim sharga to‘g‘ri keladi. Bu haqda
Mahmud Kosh’gariyning o‘zi: «Rumdan Mochingacha bo‘lgan... shaharlar o‘rnini
aniqlash   maqsadida   ularning   hammasini   yer   shaklidagi   doirada   ko‘rsatdim»,   —
deb   yozadi.   Shartli   qabul   qilingan   bo‘yoqlar   rangi   doira   tashqarisida   to‘rt   joyda
so‘z   bilan   izohlangan.   Ayrim   kamchiliklariga   qaramay,   Mahmud   Kosh’gariyning
11-asrda   tuzilgan   xaritasi   o‘z   davri   uchun   mukammal,   hozirgi   davr   uchun
geografik ma’lumotlar  beruvchi  muhim manba hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra,
Mahmud   Kosh’gariyning   «Devonu   lug‘otit   turk»dan   avvalroq   yaratilgan,
«Javoqirun-nahvi   fi   lug‘otit-turk»   («Turkiy   tillar   sintaksisi   qoidalari»)   deb
6 nomlangan   asari   ham   bo‘lgan.   Ushbu   asar   hozircha   topilgani   yo‘q.   Mahmud
Kosh’gariy   1080   yilda   (yoki   1118   y.da)   vataniga   qaytib   kelib,   O‘paldagi   Aziq
qishlog‘ida,   Hazrati   Mullom   tog‘i   etagidagi   tepalikda   joylashgan   madrasada   dars
bergan   va   ilmiy   ijod   bilan   mashg‘ul   bo‘lgan   (hoz.   mazkur   madrasaning   faqat
poydevorlari saqlanib qolgan). Mahmud Kosh’gariy 1105 y.da (yoki 1126 y.da) 97
yoshida   vafot   etib,   O‘paldagi   uning   ajdodlari   maqbarasiga   dafn   etilgan.   Maqbara
hozirgacha «Hazrati Mullom mozori» nomi bilan mashhur.
Mahmud   Koshg`ariy   bolaligidanoq   turli   tillarga,   ayniqsa,   turkiy   qabilalar
tillari,   folklori   va   etnografiyasiga   juda   qiziqqan.   Shuning   uchun   ham   u   hayoti
davomida uzoq sayohatlarda bo`lgan va tashrif buyo`rgan shahar va qishloqlaridagi
taassurotlarini,   turli   urf-odatlar,   afsonalar,   maqollar   va   tarixiy   hikoyalarni   yozib
olib, turkiy qabilalariing tili va shevalariga oid ma’lumotlarni qog`ozga tushirgan.
 Manbalarga ko`ra, Janubi-G`arbiy Osiyoning bir qator shahar larida bo`lgan
Mahmud   Koshg`ariy   Bag`dodda   bir   necha   yil   yashagan   va   bu   yerda   arab   tili   va
adabiyotining   eng   nozik   xususiyatlarini   o`rgangan.   Ammo   turkiy   tillarning
xususiyatlarini   o`rganish   maqsadida   olim   bir   necha   yillar   mobaynida   «Rumdan
Mochingacha»   -   O`rtayer   va   Qora   dengiz   bo`ylaridan   to   Xitoygacha   sayohat
qilgan, tur li qabilalar yashaydigan yerlar, shahar va qishloqlarni kezgan.
Bu   haqda   Koshg`ariy   shunday   deb   yozib   qoldirgan:   «Men   turklar,
turkmanlar,   o`g`uzlar,   chigillar,   yag`molar,   qirgizlarning   shaharlarini,   qishloq   va
yaylovlarini   ko`p   yillar   kezib   chiqdim,   lug`atlarini   to`pladim,   turli   xil   so`z
xususiyatlarini   o`rganib,   aniqlab   chiqdim.   Men   bu   ishlarni   til   bilmaganim   uchun
emas,   balki   ushbu   qabilalar   tillarining   ma’no   va   shakliga   oid   xususiyatlarni   va
ulardagi kichik farqlarini aniqlash uchun amalga oshirdim... Ularga shuncha diqqat
qildimki, turklar, turkmanlar, o`g`uzlar, chigillar, yag`molar va qirgiz qabilalariniig
tillari butunlay dilimga jo bo`ldi. Ularni har tomonlama puxta, bir asosda tartibga
soldim».
Uzoq muddatli safarlari natijasida to`plangan tarixiy, lingvistik, geografik va
etnografik   ma’lumotlarni   tizimlashtirgan   Mahmud   Koshg`ariy   1072-1074-yillar
davomida   Xitoy   va   Mo`g`ulistondan   tortib   to   Vizantiyagacha   bo`lgan   hududda
7 yashovchi 30 ga yaqin turkiy qabilalariing XI asrdagi hayoti, ya’ni tili, urf-odatlari
va turmush tarzi nuqtai-nazaridan qimmatli bo`lgan buyuk asari «Devonu lug`otit
turk»ni   (Turkiy   so`zlar   lugati,   bundan   keyin   «Devon»)   yaratdi.   Shunisi   e’tiborga
loyiqki, ko`pgina zamondoshlaridan farqli o`larok Mahmud Koshg`ariy o`z asarini
arab tilida emas, balki turkiy tilda yozgan. Manbalarda ko`rsatilishicha, olim ushbu
asarini bir necha bor tahrir qilib, 1077-yilda Halifa Muqtadirga taqdim etgan.
Xullas,   Mahmud   Koshg‘ariy   qomusiy   olim   sifatida   e’zozlanadi,   negaki,
uning   birgina   yozgan   “Devonu   lug‘atit   turk”asarini   tilshunoslik,
adabiyotshunoslik, tarix, etimologiya, geogrfiya kabi sohalar bo‘yicha tadqiq qilish
mumkin.   Aynan   shuning   uchun   ham   asarni   o‘quvchilarga   o‘rgatish,   o‘qitish
zarurati tug‘iladi.
1.2.“Devonu lug‘atit turk” asari  haqida umumiy ma’lumot
«Devonu   lug‘otit-turk»   («Turkiy   so‘zlar   devoni»)   —   Mahmud
Koshg‘ariyning   turkiy   tillar   haqidagi   qomusiy   asari   (1071—72).   Bu   asarda   11-
asrning 2-yarmida Markaziy Osiyoda va G‘arbiy Xitoy hududida istiqomat qilgan
turkiy   urug‘   va   qabilalar,   ularning   ijtimoiy   ahvoli,   tili,   tarixi,   bu   hududning
geografiyasi,   metrologiyasi   va   astronomiyasiga   oid   qimmatli   ma’lumotlar   yozib
qoldirilgan.   «Devonu   lug‘otit-turk»ning   qo‘lyozmasi   1914   y.   Turkiyaning
Diyorbakr shahridan topilgan. 319 sahifali bu qo‘lyozma Istanbulda saqlanadi. Bu
nusxa   «Devonu   lug‘otit-turk»   yozilganidan   salkam   200   yil   keyin,   ya’ni   Mahmud
Koshg‘ariyning o‘z qo‘li bilan yozilgan nusxadan 1266 yilda kotib Muhammad ibn
Abu Bakr ibn Fotihal-Soviy al-Damashqiy tomonidan ko‘chirilgan.
«Devonu lug‘otit-turk» arab tilida yozilgan, 8 mingdan ortiq turkiy so‘zlarni
to‘g‘ri   talaffuz   qilish   maqsadida   arabcha   harakatlar   (harflardagi   ost-ust
ishoralar)dan foydalanilgan. Bunda, albatta, muallif ancha qiyinchilikka uchragan,
chunki   arabcha   harf   va   alif,   vov,   yo)   ishoralari   bilan   turkiy   tovushlarni   berib
bo‘lmas  edi.  Turkiy tildagi   cho‘ziq va  qisqa  unlilar,  yumshoq  va qattiq  tovushlar
uchun   Maxmud   Koshg‘ariy   maxsus   belgilar   (harakatlar)ni   qo‘llaydi   yoki   so‘z
boshidagi   cho‘ziqlikni   ikki   alif   bilan   ko‘rsatadi   yoki   ikki   xil   talaffuz   qilinadigan
8 so‘zlarga 2 xil ishora qo‘yadi: azuqluq, eritmak so‘zlaridagi Z va R harflari ustiga
ham kasra, ham damma ishorasini qo‘ygan, demak, bu so‘zlar o‘sha davrda ikki xil
talaffuz etilgan:  azmqluq — azuqluq,  eritmak — erutmak kabi. Arabcha harf  b-n
ko‘rsatish mumkin bo‘lmagan turkiy talaffuzni  «Devonu lug‘otit-turk»da izohlab,
ta’riflab   o‘tgan.   «Devonu   lug‘otit-turk»da,   avvalo,   otlar,   so‘ng   fe’llar   izohlanadi.
So‘zlar   tartibi   ularning   tarkibidagi   harflarning   orta   borishiga   (2   harfdan   7
harfgacha) qarab amalga oshirilgan.
Mahmud   Koshg‘ariy   «Devonu   lug‘otit-turk»ga   o‘zi   tuzgan   dunyo   xaritasi
(dunyoning   doira   shaklidagi   tasviri)ni   ilova   qilgan.   Xaritada   mamlakat,   shahar,
qishloq,   tog‘,   cho‘l,   dovon,   dengiz,   ko‘l,   daryo   va   h.   k.   ning   nomlari   yozilgan.
Xaritaga   yozilmay   qolgan   bir   qancha   nomlar   asar   matnida   izohlangan.   Xarita,
asosan,   hoz.   Sharqiy   yarim   sharga   to‘g‘ri   keladi.   Asarda   11-asrdagi   shaharlar,
qishloqlar,   dengiz,   ko‘llar,   turkiy   qabilalar   va   urug‘lar   haqida,   urug‘larning
ijtimoiy   aqvoli,   kelib   chiqishi,   nomlanishi,   ichki   urug‘   va   toifalari,   ularning
joylanishi,   urf-odatlari,   til   xususiyatlari   haqida   batafsil   ma’lumotlar   beriladi.
Bundan tashqari, hayvonot va o‘simliklari, ularning nomlanishiga to‘xtalib o‘tadi,
astronomik   ma’lumotlar,   burj   va   muchal   haqida   ham   ma’lumotlar   bor.   «Devonu
lug‘otit-turk»da ayniqsa qabila va urug‘ tillariga oid lingvistik ma’lumotlar ancha
batafsil   berilgan.   Bunda   har   so‘zning   ma’nolari   (polisemiya,   omonim,   sinonim,
antonim   va   arxa-ik   so‘zlar)   chuqur   tahlil   qilinadi,   ayrim   so‘zlarning
etimologiyasiga   to‘xtalib   o‘tadi.   Tovushlar   (fonemalar)ning   taxlili   ancha
mukammal:   unli   va   undosh   fonemalar,   cho‘ziq   va   qisqa   unlilar,   ularning   urug‘
tillaridagi talaffuzi va orfografiyasi, tildagi fonetik hodisa va qonuniyatlar batafsil
izohlangan. Morfologiya sohasida so‘z turkumlarini, davr an’anasiga ko‘ra, 3 so‘z
turkumiga: fe’l, ism, bog‘lovchiga bo‘lib, ularning yasalish va turlanish yo‘llarini
ko‘rsatib o‘tadi. «Devonu lug‘otit-turk»da 250 dan ortiq maqol va matallar, o‘nlab
she’riy parchalar keltirilgan.
V.V.Bartold   «Devonu   lug‘otit-turk»dan   o‘z   ilmiy   ishlarida   keng
foydalanganini   sharqshunos   S.   Volin   ko‘rsatib   o‘tgan.   Tilshunos   olim   V.   I.
Belyaev «Devonu lug‘otit-turk» haqida shunday yozadi: «Biz bu asarga nihoyatda
9 yuksak   baho   berishimiz   kerak,   chunki   u   kitoblardan   olib   yozilmagan,   balki   jonli
materialni   shaxsan   kuzatishga   asoslangan…   Muallif   bergan   ma’lumotlar…
arxeologik   kashfiyotlar   bu   ma’lumotlarning   aksariyatini   isbot   etmoqda».   Nemis
sharqshunosi K. Brokkel ь man «Devonu lug‘otit-turk» asarini 1928 yili nemis tiliga
tarjima   qildi.   «Devonu   lug‘otit-turk»   qo‘lyozmasining   fotonusxasi   Istanbulda
Kilisli   Rifat   (3   jildli;   1915—17)   keyinchalik   Besim   Atalay   tomonidan   (3   jildli;
1939—41)   turk   tiliga   tarjima   qilinib,   chop   etilgan.   «Devonu   lug‘otit-turk»
ningturktilidagi   keyingi   qayta   nashri   1957   y.   amalga   oshirildi.   «Devonu   lug‘otit-
turk»   ikkinchi   bo‘lib   o‘zbek   tiliga   tarjima   qilinib,   muhim   izoh   va   tafsirlari   bilan
1960—63   y.   lari   Toshkentda   «Fan»   nashriyotida   3   jildda   chop   etilgan.   Bu
tilshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Solih Mutallibovning 35 yillik
mehnati   natijasi   edi.   Ushbu   nashr   faqat   tarjima   bo‘lmay,   turkcha   tarjimaga
munosabat, baho, atamalar, shaxs nomlari, shahar va joy nomlariga izoh, va tafsir
hamdir.   O‘zbekcha   nashrining   muqaddima   qismida   11-a.   filologlari,   «Qutadg‘u
bilig»   asari,   Maxmud   Koshg‘ariyning   lingvistik   qarashlari,   turkiy   qabilalar,
ularning   shakllanishi,   bu   urug‘   va   qabilalar,   tillarning   hozirgi   turkiy   xalqlar   va
ularning   tiliga   munosabati,   tarjima   transkriptsiyasi   to‘g‘risida   ma’lumotlar
berilgan. «Devonu lug‘otit-turk» o‘zbekcha nashrining oxirida turkiy urug‘, qabila,
shaharlar va boshqalar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar bor, asarning har bir jildida
havolalar   berilib,   unda   uchragan   so‘z   va   iboralar   keng   ta’riflanadi,   izohlanadi.
O‘zbekcha nashrining muhim tomonlaridan biri, uning har bir jildi asosida tuzilgan
ko‘rsatkichdir.   Unda   «Devonu   lug‘otit-turk»da   uchragan   so‘zlar   alifbo   tarzida
keltirilib,   so‘zning   o‘zbek   va   rus   tilida   tarjimasi   beriladi.   Mazkur   so‘zning
«Devonu   lug‘otit-turk»   ning   qaysi   betlarida   uchrashi   (oldin   o‘zbekcha,   so‘ng
turkcha nashrlarining beti, satri) ko‘rsatib o‘tiladi.
Bog‘dodda   1072-1074-   yillar   mobaynida   yozilgan   Turkcha-Arabcha
lug`atdan iborat asar turkiy tilining ma`lum va mashhur eng qadimgi lug`ati bo`lib,
G`arbiy   Osiyoning   yozma   Turkchasi   haqida   mavjud   eng   qamrovli   va   muhim   til
yodgorligidir.   Qo`l   yozma   nusxasi   638   sahifa   va   9000   ga   yaqin   turkcha   so`z   va
jumlaning   tafsiloti   bilan   birga   arabcha   va   boshqa   tillardagi   izohlarini   o`z   ichiga
10 olgan.   Shuningdek   turklarning   tarixiga,   geografik   tarqalishiga,   qavmlariga   lahja
(sheva)lariga   va   yashahs   shart-sharoitalriga   oid   qisqacha   kirish   va   matnlarni
qamragan   ma`lumotlar   mavjud.   Eski   (klasik)   Arab   leksikografiyasi   (lug`at
ilmi)ning tamoyillariga ko`ra tayyorlangan lug`at, Mahmud Qoshg‘ariyning Turkiy
qavmlar   haqidagi   batafsil   ma`lumotlari   bilan   birga,   Arab   filologiyasi   (til   bilimi)
borasida ham asosli tahsil olganligini yaqqol namoyon qiladi.
Mahmud   Qoshg‘ariy   “Devonu   lug‘otit   turk”   kitobiga   yozishni   shunday
boshlaydi:   Asragan,   qo`riqlagan   Tangrining   nomi   bilan.   “Ollohning,   davlat
quyoshini Turk burchlaridan tug`dirganini va Turklarning diyori ustidagi samoning
barcha   doiralarini   aylantirganini   ko`rdim.   Olloh   ularga   Turk   ismini   berdi.   Yer
yuziga   hokim   qildi.   Jahon   imperiyasi   Turk   irqidan   chiqdi.   Dunyo   millatlarining
tizgini   Turklarning   qo`liga   berildi.   Turklar   Olloh   tomonidan   barcha   qavmlardan
ustun   qilindi.   Haqdan   ayrilmagan   Turklar,   Olloh   tomonidan   haq   uzra
quvvatlantirildi. Turklar bilan birga bo`lgan qavmlar aziz bo`ldi. Bunday qavmlar,
Turklar   tomonidan   har   qanday   orzulariga   yetdi.   Turklar,   o`z   himoyasidagi
millatlarni,   yomonlarni   yovuzligidan   himoya   qildi.   Jahon   hokimi   bo`lgan
Turklarga hamma muhtoj, ularga dardini anglatish, shu tarzda har qanday istak va
xohishlariga erishish uchun Turkcha o`rganishi kerak.
Lug`atni т g   mavjud   yagona   yozma   nusxasi   1266-yilda   Shomda   qaytadan
nashr qilingan va 1915-yilda Istambulda Ali Amiri Afandi (1857-1923) tomonidan
tasodifan   topilgan.   (Faqat   oldingi   asrlarda   Antepli   Ayniy   va   Kotib   Chelebi   ham
Devondan bahs etganlar.) Ali Amiri yozmasi 1917-yilda Talat Posho (1874-1921)
boshchiligida   Kilisli   Rifat   Bilganing   (1873-1953)   nazorati   ostida   chop   etilgan
bo`lib, butun dunyo Turkologlarining diqqat-e`tiborini o`ziga jamlagan. 1928-yilda
Turkolog Carl Brockelmann, tafsilotli izohlari bilan lug`atni Nemischa tarjimasini
nashrdan   chiqargan.   Besim   Atalayning   zamonaviy   (modern)   Turkcha   tarjimasi
1940-yilda Turk Dil Kurumu (Turk Tili Jamiyati) tomonidan chop etilgan. So`nggi
yillarda   Robert   Dankoffning   Devonu   Lug‘otit   Turk   tarjiamsi,   yangi   malumotlar
natijasida   ba`zi   muhim   izohli   o`zgartirishlarga   sabab   bo`lgan.   Mahmud
Qoshg‘ariyning   asarlarini   kashfiyoti   va   nashr   qilinishi   Turk   bilimi   (Turkologiya)
11 tarihida   yangi   bir   yol   ochgan   favqulodda   hodisa   bo`lib   hisoblanadi.   Mahmud
Qoshg‘ariyning   Devonu   Lug‘otit   Turk   Kitobi   paytida   yozilgan   u   zamonga   nur
sochuvchi boshqa bir kitobi yo`qolgan.
Mahmud   K о shg‘ariy   XI   asrning   eng   buyuk   kishilaridan   biridir.   Uning
“Dev о nu   lug‘ о tit   turk”   asari   jah о n   turk о l о giya   fanining   n о dir   manbalaridan
his о blanadi. Uni t о m ma`n о da turkshun о slikning lis о niy-adabiy q о musi deb atash
mumkin. Ayni paytda ushbu asarda o‘sha  davr   turkiy xalqlarining f о lkl о ri ,   tarixi,
mif о l о giyasi va ge о grafiyasiga d о ir qimmatli ma`lum о tlar berilgan.
“Dev о nu   lug‘ о tit   turk”   asari   dunyo   yuzini   ko‘rishi   bilan   ilk   q о musiy
turkshun о sga jah о n   о limlarining nazari tushdi. Bugungi kunga qadar mazkur asar
bo‘yicha   juda   ko‘p   tadqiq о tlar   yaratildi.   Amm о   hanuzgacha   bu   tadqiq о tlarni
tugallangan   darajaga   yetdi,   deb   bo‘lmaydi.   “Dev о n”   bo‘yicha   hali   mun о zarali
muamm о lar   anchagina.   Shulardan   biri   asarning   yozilgan   yili   bo‘yicha.   Ayrimlar
uni   1072   yilning   25-yanvarida   yozishga   b о shlanib,   1073-1083   yillarda
yakunlangan,   deyishadi.   Shuningdek,   asardagi   lug‘at   birliklarining   s о ni   7500dan
9000 tagacha ekanligini ta`kidlashadi.
Mahmud   K о shg‘ariyning   qaysi   millatga   mansubligi   ham   juda   katta
bahslarga sabab bo‘lm о qda. Uni ayrim   о limlar uyg‘ur, turkman, o‘zbek, turk yoki
q о z о qlarning   biriga   mansubligini   aytishadi.   Uni   turkman   ekanligini   ham
ta`kidlashadi.   Amm о   biz   Mahmud   K о shg‘ariyning   aynan   bir   turk   millatiga
mansubligini   as о sli,   deb  ayt о lmaymiz.  Chunki   u   davrda   turkiy   qabilalar   endigina
millat sifatida shakllanib kelayotgan edi. Mahmud K о shg‘ariy ularni bir maxrajga
birlashtirdi.   K о shg‘ariy   yozgan   asar   tili   o‘sha   davr   Markaziy   О siyodagi   turkiy
xalqlarning adabiy tili ekanligini yana bir b о r ta`kidlash l о zim.
12 II   BOB. “DEVONU LUG‘ATIT TURK”ASARINING O‘RGANILISHI
2.1.  “Devonu lug‘atit turk”asarining jahon miqyosida o‘rganilishi
Tilshunoslik   tarixida   til,   madaniyat   va   tarixning   ayrim   muammolarini   hal
etishda   murojaat   qilishimiz   va   o‘rganishimiz   lozim   bo‘lgan   nodir   qo‘lyozma
yodgorliklarimiz   talaygina.   Shunday   asarlardan   biri,   shubhasiz,   ilk   tilshunos,
qiyosiy metod asoschisi Mahmud Ko‘shg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asaridir.
Ushbu   asarning   tilshunoslik   oldidagi   qimmati   endilikda   hech   kimga   sir   emas.
Lug‘at   har   tomonlama   zamonaviy   lingvisik   nazariyalarga   munosib   asos   bo‘la
oladigan darajadagi mukammal asardir.
Bugungi   kunga   qadar   juda   ko‘p   olimlar   tomonidan   asarning   turli   qirralari
tadqiq etilgan bo‘lsa-da, uning mohiyati, nazariyalari to‘laligicha o‘rganilgan deya
olmaymiz,   aksincha,   asarning   ichiga   qanchalik   chuqurroq   kirib,   yangidan-yangi
qirralarini   kashf   etilaversa,   uning   sir-asrorlari   yanada   namoyon   bo‘laveradi.
Mashhur   sharqshunos   P.K.Juzening   Mahmud   Koshg‘ariy   haqidagi:   “Dadil   aytish
mumkinki,   yaqindagina   (XIX   asr   oxirlarida)   Rossiyada   va   Sharqda   o‘rganilgan
turkiy tillar fonetikasi va etimologiyasining asosiy qonunlari XI asrdayoq Mahmud
Koshg‘ariy   tomonidan   aniqlangan   va   o‘rganilgan   edi.   Mahmudning   bu
tekshirishlari shu qadar keng va chuqurki, hatto bunday asar XIX asrda yozilganda
ham, unga shon-sharaf bo‘lar edi. Mahmud Koshg‘ariyning «Devon»i singari asar
fan   olamida   keyingi   asrlarda   ham   yaratilgan   emas.   Uning   asari   bamisoli   «Turkiy
qomusdir», - degan fikrlari yuqoridagi fikrlarimizning dalilidir.
Mahmud   K о shg‘ariy   o‘zining   “Dev о nu   lug‘ о t-it   turk”   (turkiy   tillar   lug‘ati)
asari   bilan   butun   dunyo   turkiy   xalqlarinining   b о y   xalq   tilini   jamlab   o‘ziga   x о s
dev о n   tuzdi   va   bunga   mazkur   xalqlarning   turli   lahjalari,   urf- о datlariga   о id
qimmatli  materillarni   ham   kiritib,  o‘ziga  x о s  q о musiy  asar   yaratib  berdi.  Mazkur
asar butun dunyo tilshun о s va turkshun о s  о limlarining e`tib о riga tushdi Jumladan,
“Dev о nu   lug‘ о t-it   turk”ni   1982-yilda   AQSh   Chikag о   universiteti   turkshun о slari
R о bert Denk о ff va J о n Kellilar ingliz tiliga tarjima qilishdi. Asarning har uchchala
qismi   uning   turkcha   nashridan   amalga   о shirildi.   Bu   xayrli   ish   tufayli   о kean   о rti
13 xalqlari  ham  Mahmud K о shg‘ariy ij о didan bahramand bo‘lishdi. H о zirda mazkur
manbaa tufayli  turkiy maq о l va hikmatlarni  ingliz tiliga tarjima qilish masalasiga
о id b о y tajriba yaratildiki, tarjimashun о slik fani  о ldiga bu juda qiziqarli va d о lzarb
bir masalani qo‘yadi.
Taniqli   turkshun о s   о lim   E.V.Sev о rtyan   shunday   deydi:   “H о zirgi   zam о n
turkiy tillarini “Dev о n” bilan s о lishtirganda, ular o‘rtasida juda katta mushtaraklik
b о rligi   tayin.   “H о q о niy”   degan   atamaning   o‘zi   ham   Q о rax о niylarning   sult о ni
Bug‘ra   H о q о n   n о midan   о linganligi   ma`lum.   Pr о fess о r   T.Gadjievning   yozishicha,
bugungi juda ko‘p turkiy tillardagi antr о p о nimlar etn о nimlarga aylangan. Shuning
uchun ham turk etn о slarini bir-biridan ajratishda qiyinchiliklar kelib chiqib turadi.
Masalan,   turkmanlarni   “Dev о n”dagi   Mahmud   K о shg‘ariyning   turkmanlar   va
o‘g‘uzlar haqidagi fikrlari ko‘pr о q qiziqtiradi 49
.
A.K.Kurishjan о vning   ta`kidlashicha,   Mahmud   K о shg‘ariy   t о m о nidan   qipch о q
lahjasi deb atalgan so‘zlar b о shqa turkiy tillarga ham daxld о r. Ayni paytda b о shqa
turkiy   lahjalarga   daxld о r   deb   atalgan   so‘zlar   qipch о q   dialektiga   ham   taalluqlidir.
Bu ad о latli fikr.
Bu asarga bo‘lgan munosabatning birinchi bosqichida tadqiqotchilar uni tarjima
qilish   bilan   mashg‘ul   bo‘ldilar.   Natijada   uning   o‘zbek,   turk,   ozarbayjon,   qozoq,
uyg‘ur,   shuningdek,   eron,   ingliz,   nemis,   rus,   xitoy   tillaridagi   tarjima   variantlari
yuzaga   keldi.   Bu   borada   ulkan   xizmatlari   bo‘lgan   turkiyalik   Besim   Atalay,
o‘zbekistonlik Solih Mutallibov, ozarbayjonlik Ramiz Esker, qozog‘istonlik Asqar
Agaboev,   uyg‘uristonlik   Muhammad   Fayziy   va   Ahmad   Ziyo,   eronlik   Husayn
Muhammadzoda Siddiq, rossiyalik turkolog S.E.Malov, angliyalik Robert Denkoff
va Jizm  Makkali,  germaniyalik Karl  Brokkelman va boshqalarning ishlarini  qayd
etish   mumkin.   Bu   xayrli   ishlar   hamon   davom   etmoqda.   Fan-texnika   taraqqiyoti
tufayli endilikda asarning elektron nusxalari internet saydlaridan joy olgan. Ushbu
asar   oradan   o‘n   asr   vaqt   o‘tganligiga   qaramasdan   bugun   dunyo   ilm-u   ma’rifat
ahlining hamon diqqat-nazarida turibdi. 4
4
  Xudoyberdiev J. Mahmud Qoshg‘ariy hayoti va «Devonu lug‘otit turk» asarining o‘rganilishi. – 
Toshkent, “Fan”, 2010, (-48 b.).
14 Lug`atnig   mavjud   yagona   yozma   nushasi   1266-yilda   Shomda   qaytadan
nashr qilingan va 1915-yilda Istambulda Ali Amiri Afandi (1857-1923) tomonidan
tasodifan   topilgan.   (Faqat   oldingi   asrlarda   Antepli   Ayniy   va   Kotib   Chelebi   ham
Devondan bahs etganlar.) Ali Amiri yozmasi 1917-yilda Talat Posho (1874-1921)
boshchiligoida   Kilisli   Rifat   Bilganing   (1873-1953)   nazorati   ostida   chop   etilgan
bo`lib, butun dunyo Turkologlarining diqqat e`tiborini o`ziga jamlagan. 1928-yilda
Turkolog Carl Brockelmann, tafsilotli izohlari bilan lug`atni Nemischa tarjimasini
nashrdan   chiqargan.   Besim   Atalayning   zamonaviy   (modern)   Turkcha   tarjimasi
1940-yilda Turk Dil Kurumu (Turk Tili Jamiyati) tomonidan chop etilgan. So`nggi
yillarda   Robert   Dankoffning   Devonu   Lug‘otit   Turk   tarjiamsi,   yangi   malumotlar
natijasida   ba`zi   muhim   izohli   o`zgartirishlarga   sabab   bo`lgan.   Mahmud
Qoshg‘ariyning   asarlarini   kashfiyoti   va   nashr   qilinishi   Turk   bilimi   (Turkologiya)
tarihida   yangi   bir   yol   ochgan   favqulodda   hodisa   bo`lib   hisoblanadi.   Mahmud
Qoshg‘ariyning   Devonu   Lug‘otit   Turk   Kitobi   paytida   yozilgan   u   zamonga   nur
sochuvchi boshqa bir kitobi yo`qolgan.
Mahmud   K о shg‘ariy   o‘zining   “Dev о nu   lug‘ о t-it   turk”   (turkiy   tillar   lug‘ati)
asari   bilan   butun   dunyo   turkiy   xalqlarinining   b о y   xalq   tilini   jamlab   o‘ziga   x о s
dev о n   tuzdi   va   bunga   mazkur   xalqlarning   turli   lahjalari,   urf- о datlariga   о id
qimmatli  materillarni   ham   kiritib,  o‘ziga  x о s  q о musiy  asar   yaratib  berdi.  Mazkur
asar butun dunyo tilshun о s va turkshun о s  о limlarining e`tib о riga tushdi Jumladan,
“Dev о nu   lug‘ о t-it   turk”ni   1982   yilda   AQSh   Chikag о   universiteti   turkshun о slari
R о bert Denk о ff va J о n Kellilar ingliz tiliga tarjima qilishdi. Asarning har uchchala
qismi   uning   turkcha   nashridan   amalga   о shirildi.   Bu   xayrli   ish   tufayli   о kean   о rti
xalqlari  ham  Mahmud K о shg‘ariy ij о didan bahramand bo‘lishdi. H о zirda mazkur
manbaa tufayli  turkiy maq о l va hikmatlarni  ingliz tiliga tarjima qilish masalasiga
о id b о y tajriba yaratildiki, tarjimashun о slik fani  о ldiga bu juda qiziqarli va d о lzarb
bir masalani qo‘yadi.
“Dev о nu   lug‘ о tit   turk”   asari   dunyo   yuzini   ko‘rishi   bilan   ilk   q о musiy
turkshun о sga jah о n   о limlarining nazari tushdi. Bugungi kunga qadar mazkur asar
bo‘yicha   juda   ko‘p   tadqiq о tlar   yaratildi.   Amm о   hanuzgacha   bu   tadqiq о tlarni
15 tugallangan   darajaga   yetdi,   deb   bo‘lmaydi.   “Dev о n”   bo‘yicha   hali   mun о zarali
muamm о lar   anchagina.   Shulardan   biri   asarning   yozilgan   yili   bo‘yicha.   Ayrimlar
uni   1072   yilning   25-yanvarida   yozishga   b о shlanib,   1073-1083   yillarda
yakunlangan,   deyishadi.   Shuningdek,   asardagi   lug‘at   birliklarining   s о ni   7500dan
9000 tagacha ekanligini ta`kidlashadi.
Taniqli   turkshun о s   о lim   E.V.Sev о rtyan   shunday   deydi:   “H о zirgi   zam о n
turkiy tillarini “Dev о n” bilan s о lishtirganda, ular o‘rtasida juda katta mushtaraklik
b о rligi   tayin.   “H о q о niy”   degan   atamaning   o‘zi   ham   Q о rax о niylarning   sult о ni
Bug‘ra   H о q о n   n о midan   о linganligi   ma`lum.   Pr о fess о r   T.Gadjievning   yozishicha,
bugungi juda ko‘p turkiy tillardagi antr о p о nimlar etn о nimlarga aylangan. Shuning
uchun ham turk etn о slarini bir-biridan ajratishda qiyinchiliklar kelib chiqib turadi.
Masalan,   turkmanlarni   “Dev о n”dagi   Mahmud   K о shg‘ariyning   turkmanlar   va
o‘g‘uzlar   haqidagi   fikrlari   ko‘pr о q   qiziqtiradi 49
.   A.K.Kurishjan о vning
ta`kidlashicha, Mahmud K о shg‘ariy t о m о nidan qipch о q lahjasi deb atalgan so‘zlar
b о shqa turkiy tillarga ham  daxld о r. Ayni  paytda b о shqa turkiy lahjalarga daxld о r
deb atalgan so‘zlar qipch о q dialektiga ham taalluqlidir. Bu ad о latli fikr. Mahmud
K о shg‘ariyning   “Dev о nu   lug‘ о tit   turk”   asariga   asar   muallifining   o‘zidan   b о shqa
real bah о  beradigan kishi yo‘q. U jumladan, shunday deydi: “Men bu kit о bni alifb о
tartibida tartib berdim. Unga turkiy xalq maq о llari, to‘rtliklari, f о l kl о r qo‘shiqlari
va nasriy namunalardan bezak berdim. Men kit о bni o‘quvchiga tushunrali bo‘lishi
uchun   undagi   tushunilishi   qiyin   bo‘lgan   jihatlariga   tushuntirishlar   berdim.   Bunga
yillab   mehnat   qildim.   Ayniqsa,   d о nishmandlik   xususiyatiga   ega   bo‘lgan
maq о llarga   ahamiyat   qaratdim.   Ular   halqning   baxti   va   baxtsizligi,   yaxshi   va
yom о n   kunlarini   o‘zida   aks   ettirgan   bo‘lib,   uning   qadriyatlari   darajasiga
ko‘tarilgan.” 50
  “Dev о nu   lug‘ о t-it   turk”ning   ikkinchi   kit о bida   qatardi   –   qaytardi
so‘zining ma`n о lariga iz о h berilar ekan, bunda mazkur so‘zning  о l atig‘ qatardi – u
о tini   qaytardi   yoki   yag‘i   qatardi   –   dushmanni   qaytardi,   -   kabi   ma`n о larda
qo‘llanilishi   bayon   qilinadi.   Ayni   paytda   ushbu   so‘zning   qadimgi   turk
qo‘shiqlarida ham if о dalanishidan mis о l keltiriladi: “ Devon”da:  
Ardiy ‘ašin tatur ga’n
16 Yawlaq yagig qatarga’n
Buynin tutub qadirga’n
Bastiy ulum ´agtaruv
O‘zbekcha   tabdili: О shini   yediradigan,   dushman   to‘dasini   qaytaradigan,
dushman bo‘ynini qayiradigan edi,   o‘lim uni ag‘darib yiqitdi.  Mahmud K о shg‘ariy
bu yerda “ о g‘zi endi   о shga yetay deganda ... o‘z maqsadiga yet о lmadi” maq о lidan
f о ydalangan.   Ayni   paytda   bu   hikmat   о stida   o‘sha   paytdagi   vatanparvarlik,
yurtparvarlik   g‘ о yalari   tarannum   qilinadi.   Xalq   o‘zining   ana   shunday   asl
o‘g‘l о nlarini hech qach о n unutmasligi, ular hayotiga achinishii ham aks ettirilgan.
H о zirgi   o‘zbekcha   tabdilda   to‘rtlikdagi   vazn,   q о fiya   saqlanmagan.   Faqat
asliyatning   mazmuninigina   berilgan.   Asliyatdagi   aaab   shaklidagi   to‘rtlik   tabdilda
r о stmana gap bilan o‘girilgan. 
Turkchasi:  
Ärdi asin aturyän 
Yawlaq yayiy qataryän 
Boynun tutub qadiryän 
Basti ölüm aytaru 
Inglizchasi:   Eulogizing a man: “He was one who let his food be tasted, one who
turned   back   his   enimies,   one   who   twisted   their   necks;   until   death   brought   him
down.” Ma`n о si:  Maqtalgan kishi:  “O‘lim  uni yiqitmagunga qadar – u o‘z   о shini
b о shqalarga   ham   baham   ko‘rishga   beradigan,   dushmanlarini   о raqasiga
qaytaradigan,   ularning   bo‘ynini   qayirib   tashlaydiganlardan   biri   edi”.   Ko‘rinib
turganidek,   inglizcha   tarjimada   gap   bo‘laklari   turkiy   tillarnikiga   qaraganda
o‘zgachar о q.   Inglizcha   matnda   turkiy   gap   teskarisidan,   ya`ni   gapning   о xiridan
b о shiga qarab tarjima qilinadi. Amm о   asliyatning ma`n о si to‘liq saqlangan. Yana
shuni   ham   ta`kidlash   kerakki,   asliyatdagi   to‘rtlikda   qo‘llanilgan   bir   qat о r
birikmalarni   so‘zma-so‘z   zgirilsa   ham   s   m о s   kelganligini   ko‘rishimiz   mumkin:
Boynun tutub qadiryän - dushman bo‘ynini qayiradigan- twisted their necks;  
“Dev о n”da   k о turdi   (ko‘tardi)   fe`liga   iz о h   berilar   ekan,   uning   ishtir о kida
yasalgan – kishi  yuk ko‘taradi, - deyiladi. X о tinlarning yuk (x о mila)  ko‘tarishiga
17 ham bu so‘z ishlatiladi va bu haqda quyidagi maq о lni keltiriladi: Tewe yuk kotursa
Qamich jeme rjterur 
Ma`n о si: Tuya   hamma   yukni   ko‘targanda,   kapgirni   ko‘tarishga   ham   kuchi
yetadi. Bu o‘zbek maq о llaridan “kerakli yukning   о g‘irlishit yo‘q”, “shuncha ishni
qilgan   bunisini   ham   qiladi”   kabi   maq о llarga   hamma`n о   ekanligini   aytib   o‘tish
l о zim. Ayni paytda K о shg‘ariyning ushbu maq о lidan hali biz bilmagan juda ko‘p
xalq   maq о llari   variantlari   mavjudligidan   xabard о r   bo‘lamiz.   Demak,   so‘zma-so‘z
tarjimada   ham   turkiy   fraze о l о gik   birikmalarni   o‘girish   mumkin.   Qadimgi   turkiy
maq о llarni   ingliz   tiliga   tarjima   qilishda   asarning   h о zirgi   o‘zbek   tilidagi
S.Mutalib о v   t о m о nidan   amalga   о shirilgan   tabdilidan   ham   f о ydalanish   f о ydalidir.
Asarning   kelajakdagi   yangi   tarjimalarini   amalga   о shirishda   ana   shunga   al о hida
ahamiyat berish tavsiya etiladi. Chunki asar yozilgan o‘n birinchi asrdagi qadimgi
turk tili lug‘at xazinasidagi ko‘pchilik so‘zlar h о zirga kelib ma`n о si t о raygan yoki
kengaygan bo‘lishi tabiiy.
O.Pritsakning aytishicha, o‘z Qoraxoniylar sulolasiga mansub odam bo‘lgan. U
siyosiy   ta’qiblardan   qochib,   o‘n   yilcha   turkiy   qavmlar   yashaydigan   o‘lkalarda   u
erdan-bu   erga   ko‘chib   yurgan.   Ana   shu   davrda   u   turkiylar   haqida   ko‘p   material
to‘plagan.Oxiri   Bag‘dodda  to‘xtagan.   Bu   davrda   Bag‘dodni   Saljuqiylar   egallagan
edi.   Saljuqiylar   ham   turkiyzabon   bo‘lgani   uchun,   Mahmud   Koshg‘ariy   o‘zi
to‘plagan   materiallar   saljuqiylarda   qiziqish   uyg‘otishini   bilib,   «Devonu   lug‘atit-
turk» asarini yozgan.
«Devon»dagi   she’riy   parchalar   ko‘p   turkologlar   o‘rtasida   munozaraga   sabab
bo‘lib kelgan. Ko‘pchilik evropalik turkologlar «Devon»da keltirilgan to‘rtliklarni
dastlab   turkiy   xalqlarning   qadimgi   folkloriga   mansub   deb   qaragan   edilar.
Jumladan,   K.   Brokkelman   shunday   fikrni   aytgan   edi.   Ammo   u   «Devon»dagi
ikkilik va to‘rtliklar unutilib ketgan ma’lum bir shoirlar ijodiga mansubligini ham
e’tibordan   chetda   qoldirmaydi.   Uningcha,   asardagi   asar   yozilgan   davrdan   ilgari
mavjud   bo‘lgan   va   islomga   hech   qanday   aloqasi   yo‘q.   Brokkelman   ham
«Devon»dagi   she’riy   parchalar   misralari   teng   bo‘g‘inli   (etti   bo‘g‘indan   o‘n   to‘rt
bo‘g‘inga) qofiyalangan she’rlardir.
18 V.V.Bartold esa «Devonu lug‘atit-»dagi she’riy parchalarga nisbatan tamomila
boshqacha   fikrda.   Uningcha,   «Devonu   lug‘atit-turk»dagi   she’rlar   orasida   xuddi
«Qutadg‘u   bilig»   dagi   singari,   saroy   adabiyotiga   xos   xususiyatlar   bor.   Buning
isboti sifatida V.V.Bartold quyidagi to‘rtlikni keltiradi:
Turkan qatun qutinga,
Tegur mendin qo‘shug‘,
Ayg‘il sizing tabug‘chi
O‘tnur yangi tabug‘ (1, 357)
Malika   (shoh)   xotinga   mendan  maqtov,   qasida   (qo‘shiq)   etkazgin,   xodimingiz
yangi xizmat bilan yo‘llanadi, deb ayt.
Mazkur to‘rtlik, garchi shaklan xalq og‘zaki ijodiga xos to‘rtlikni gavdalantirsa
ham, aniq obraz (Turkon malika) mavjudligi, didaktik mazmun ifodalangani bilan
individual   she’riyatga   mansub   deb   qaralsa   maqsadga   muvofiq   bo‘ladi   va
V.V.Bartoldning qarashlari o‘rinli aytilgan bo‘ladi.
«Devonu   lug‘atit-turk»dagi   she’riy   parchalar   yuzasidan   evropalik   olimlar   olib
bildirgan   mulohazalar   anchayin   diqqatga   sazovor.   Asardagi   to‘rtliklar   turkiy
she’riyatning qadimgi namunalaridir degan K.Brokkelmanning fikrlari P.Peloning
qarashlarini shubha ostiga qo‘ydi. P.Pelo moniylik she’rlari yuzasidan   olib borgan
tadqiqotlarida ,   qadimgi   turkiy   she’riyat   qofiyali   emas,   balki   alliteratsiyali   she’r
bo‘lgan degan xulosaga kelgan edi. Alliteratsiya, uningcha, misralar boshida keladi
va   she’rni   bir   tizimga   soladi.   Pelo   «Devonu   lug‘atit-turk»dagi   to‘rtliklarning
qofiyalanishini   fors   she’riyati   ta’siri   deb   qaraydi.   «Qutadg‘u   bilig»ning   she’r
tuzilishiga fors  she’riyatidagi  qofiya o‘z izini  qoldirgan  va bu haqda etarli  fikrlar
aytilgan. 77
  Moniylik   oqimidagi   she’rlarga   e’tibor   berilsa,   haqiqatan,
alliteratsiyaning misralar boshida qo‘llanganini kuzatish mumkin. Masalan, «Tong
tangrisi»   nomli   madhiya   alliteratsiya   izchil   qo‘llangan   she’rning   yaqqol
namunasidir. SHe’rni to‘liq keltiramiz.
19 Tang tangri keldi,
Tang tangri o‘zi keldi,
Tang tangri keldi,
Tang tangri o‘zi keldi.
Turunglar qamug‘ baglar, qadashlar,
Tang tangrig ogalim.
Korugma kun tangri,
Siz bizni kuzating,
Korunugma ay tangri,
Siz bizni qurtgaring.
Tang tangri,
Yidlig‘, yiparlig‘,
Yarug‘lug‘, yashuqlug‘
Tang tangri
Tang tangri.Tang tangri,
Yidlig‘, yiparlig‘,
Yarug‘lug‘, yashuqlug‘
Tang tangri
Tang tangri. 78
Misralar   boshidagi   t,   y,   k,   s   undoshlarining   takrori   alliteratsiyali   she’ri   yuzaga
chiqargan.   Bu   she’rda   “Devonu   lug‘atit-turk”dagi   singari   qofiya   qo‘llanmagani
uchun   hijolar   tengligi   yo‘q.   Alliteratsiyali   she’rda   hijolar   tengligi   bo‘lishi   shart
emas. Ritm va ohang alliteratsiya bilan birga takror orqali ham yuzaga kelaveradi.
Moniylik   she’rlarini   kuzatsak,   alliteratsiya   usuli   she’riyatning   muhim   xususiyati
bo‘lganini   ko‘ramiz.   “Bizing   Tangrimiz   adgusi   radni   tiyur”,   Aprinchur   tiginning
boshlanishi   o‘chib   ketgan   she’ri,   “O‘lim   tasviri”,   “Moniyga   atalgan   madhiya”
alliteratsiyali   she’r   qadimgi   turkiy   she’riyatning   tuzilishida   asosiy   omil   ekanini
ko‘rsatadi.
“Devon”dagi she’rlar haqida quyidagi xulosalarga kelish mumkin: 1. Mahmud
Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit-turk” asaridagi she’rlar ham xalq og‘zaki ijodiga,
20 ham   individual   she’riyatga   mansub.   2.   Matnlar   islomdan   oldingi   davrga   mansub ,
ammo musulmonlikning ta’siri ham seziladi.
Xullas,   ilm-fan   ravnaq   topib,   rivojlanib   borgani   sari   eng   qadimiy,   eng
tadqiqottalab   asarlardan   bo‘lgan   “Devoni   lug‘otit   turk”   asariga   bo‘’lgan   qiziqish
dunyo  miqyosida   kuchayib   bordi.   Bu   borada   yirik-yirik,  salmoqli   tadqiqot   ishlari
amalga   oshirildi.   Ushbu   asarni   jahon   olimlari   turli   sohalar   bo‘yicha   tadqiqot
obyekti   sifatida   ishladilar,   jumladan,   asarning   filologik,   geografik,   etnografik,
kulturologik, adabiyotshunoslik va shu kabi tarmoqlar bo‘yicha tadqiq etdilar. 
2.2.  “Devonu lug‘atit turk”asarining O‘zbekistondagi tadqiqi
Tilshunoslik   tarixida   til,   madaniyat   va   tarixning   ayrim   muammolarini   hal
yetishda   murojaat   qilishimiz   va   o‘rganishimiz   lozim   bo‘lgan   nodir   qo‘lyozma
yodgorliklarimiz   talaygina.   Shunday   asarlardan   biri,   shubhasiz,   ilk   tilshunos,
qiyosiy   metod   asoschisi   Mahmud   Ko‘shg‘ariyning   “Devonu   lug‘ati-t-turk”
asaridir.   Ushbu   asarning   tilshunoslik   oldidagi   qimmati   endilikda   hech   kimga   sir
emas.   Lug‘at   har   tomonlama   zamonaviy   lingvisik   nazariyalarga   munosib   asos
bo‘la oladigan darajadagi mukammal asardir.
Bugungi   kunga   qadar   juda   ko‘p   olimlar   tomonidan   asarning   turli   qirralari
tadqiq etilgan bo‘lsa-da, uning mohiyati, nazariyalari to‘laligicha o‘rganilgan deya
olmaymiz,   aksincha,   asarning   ichiga   qanchalik   chuqurroq   kirib,   yangidan-yangi
qirralarini   kashf   etilaversa,   uning   sir-asrorlari   yanada   namoyon   bo‘laveradi.
Mashhur   sharqshunos   P.K.Juzening   Mahmud   Koshg‘ariy   haqidagi:   “Dadil   aytish
mumkinki,   yaqindagina   (XIX   asr   oxirlarida)   Rossiyada   va   Sharqda   o‘rganilgan
turkiy tillar fonetikasi va etimologiyasining asosiy qonunlari XI asrdayoq Mahmud
Koshg‘ariy   tomonidan   aniqlangan   va   o‘rganilgan   edi.   Mahmudning   bu
tekshirishlari shu qadar keng va chuqurki, hatto bunday asar XIX asrda yozilganda
ham, unga shon-sharaf bo‘lar edi. Mahmud Koshg‘ariyning «Devon»i singari asar
fan   olamida   keyingi   asrlarda   ham   yaratilgan   emas.   Uning   asari   bamisoli   «Turkiy
qomusdir», - degan fikrlari yuqoridagi fikrlarimizning dalilidir.
21 Darhaqiqat,   Mahmud   Koshg‘ariy   tilshunoslikning   qiyosiy-tarixiy,   fonetika,
fonologiya,   leksikologiya,   leksikografiya,   lingvogeografiya   sohlarida   diqqatga
sazovor   ishlarni   amalga   oshirdi.   U   bevosita   sarf   va   nahv   ilmining   asoschisi
hisoblanadi.
«Devonu  lug‘otit-turk»  ikkinchi  bo‘lib  o‘zbek   tiliga  tarjima  qilinib,  muhim
izoh   va   tafsirlari   bilan   1960—63   y.   lari   Toshkentda   «Fan»   nashriyotida   3   jildda
chop   etilgan.   Bu   tilshunos   olim,   filologiya   fanlari   doktori,   professor   Solih
Mutallibovning 35 yillik mehnati natijasi edi. Ushbu nashr faqat tarjima bo‘lmay,
turkcha   tarjimaga   munosabat,   baho,   atamalar,   shaxs   nomlari,   shahar   va   joy
nomlariga izoh, va tafsir hamdir. O‘zbekcha nashrining muqaddima qismida 11-a.
filologlari,   «Qutadg‘u   bilig»   asari,   Maxmud   Koshg‘ariyning   lingvistik   qarashlari,
turkiy   qabilalar,   ularning   shakllanishi,   bu   urug‘   va   qabilalar,   tillarning   hozirgi
turkiy   xalqlar   va   ularning   tiliga   munosabati,   tarjima   transkriptsiyasi   to‘g‘risida
ma’lumotlar berilgan. «Devonu lug‘otit-turk» o‘zbekcha nashrining oxirida turkiy
urug‘, qabila, shaharlar va boshqalar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar bor, asarning
har  bir  jildida havolalar   berilib,  unda uchragan  so‘z  va iboralar  keng  ta’riflanadi,
izohlanadi.   O‘zbekcha   nashrining   muhim   tomonlaridan   biri,   uning   har   bir   jildi
asosida   tuzilgan   ko‘rsatkichdir.   Unda   «Devonu   lug‘otit-turk»da   uchragan   so‘zlar
alifbo tarzida keltirilib, so‘zning o‘zbek va rus tilida tarjimasi beriladi.
“Devonu   lug‘ati-t-turk”ni   tilshunoslikning   turli   yo‘nalishlari   bo‘yicha   tadqiq
qilsa   bo‘ladi.   Uni   leksik   jihatdan   o‘rganish,   tahlil   qilish   esa   asarning   nozik
qirralarini, ma’no rang-barangliklarini ochib berishga xizmat qiladi. 
“Devon”   dan   dastlabki   namunalar   yurtimizda   1927-1928-yillarda   Fitrat
tomonidan   e’lon   qilingan.   Ushbu   namunalar   “O‘zbek   adabiyoti   xrestomatiyasi”
(1940),   “O‘zbek   poeziyasining   antologiyasi”   (1948),   “O‘zbek   adabiyoti”   (1-jild,
1960)   to‘plamlarida   qayta   chop   etilgan.   Nihoyat,   1960-1963-yillari   Solih
Mutallibov   tarjimasida   3   jild   holida   o‘zbek   tilida   to‘la   nshr   qilingan.   So‘ngra,
lug‘atdan olingan she’riy parchalar umumta’lim maktablari va o‘rta ,maxsus ta’lim
tizimi   uchun   yaratilgan   majmualardan   o‘rin   olgan.   Fitrat   tomonidan   tuzilgan
“So‘zlik”   (indeks)   haqida   olimning   zamondoshlari   xabar   beradi.   Ma’lum
22 bo‘lishicha, bu “So‘zlik” O‘zRFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi SHarqshunoslik
institutida   saqlanadi.Prof.   H.Hasanovning   yozishicha   bu   ko‘rsatkich   1924-1925-
yillarda   tuzilgan.Akad.   A.Rustamov   esa   uning   muallifi   Fitrat   ekanligini   qayd
etgan.   “Devon…”   ning   o‘zbekcha   tarjimasi   S.   Mutallibov   va   G‘.   Abdurahmonov
hamkorligida   tuzilgan.   “Devonu   lug‘atit   turk”   muallif   ko‘esatishicha,   8   kitobdan
“Asarni   uch   qismga   ajratib   nashr   qilish   an’anasi   mavjud”   iborat:   Muqaddima,
lug‘at   (asosiy   matn)   fixrist.   “Devon”ning   lug‘at   qismi   sakkiz   bo‘limga
joylashtirilgan   bo‘lib,   arab   alifbosi   va   fonetikasi   qoidalari   asosida   (kitobdagi
turkcha   so‘zlarning   arabcha   sharhlanganligini   unutmaylik)dastlab   so‘zboshida
hamza   kelga   otlar   bo‘limi   (1)   berilgan.   Ikki   undoshli   so‘zlar   muzoaf   ya’ni   bir
tovush ikki marta takrorlangan so‘zlar (3) berilgan.
“Devon”   da   til,   adabiyot,   tarix,   falsafa,   geografiya,   huquq,   tabobat,   ilohiyot,
hayvonot  (fauna)  va o‘simlik (flora)  dunyosi,  mantiq, ilmi  nujum, siyosat,  harbiy
san’at,   axloqshunoslik,   etnografiya   singari   sohalarga   oid   ma’lumot   va   misollar
uchraydi. Kitobga ilova qilingan xarita filologiya ilmida tuzilgan ilk dialektologik
xarita hisoblanadi. Shuningdek, asarda 200 dan ortiq dori turi tilga olingan. 30 dan
ortiq kasalliklar aniqlanib, uning shifo bo‘luvchi 40 dan ortiq dori-darmon tavsiya
etilgan. “Devon”da umumiy hajmi 764 misra bo‘lgan 289 to‘rtlik va ikkilik (bayt)
she’riy namunalar berilgan.
Mahmud   Koshg‘ariy   o‘lmas   asarining   yangi   nashri   (Toshkent,   2016)   Solih
Mutallibovning tarjimasi va nashriga asoslangan holda tayyorlandi hamda izohlari
asosan   saqlandi.   Shu   bilan   bir-biriga   “Devon”ning   qo‘lyozma   nusxasi   bilan
solishtirma   natijasida   ayrim   o‘zgartirishlarni   amalga   oshirishga   to‘g‘ri   keldi.   A.
Rustamov,   S.   Mutallibov   tarjimasini   asliyat   bilan   solishtirib   matnda   tushirib
qoldirilgan   jumla,   so‘z   va   iboralar   hamda   harflarni   tikladi.   Ushbu   o‘zgarishlar
nashrda   ko‘rsatildi,   izohlarda   (A.R.)   tarzida   olimning   muallifligi   qayd   etildi.   Asl
nusxasining   sahifa   raqamlari   ham   (79)   tarzida   qo‘yib   chiqildi.   S.Mutallibov
nashrida   arab   tilida   kelgan   oyati   karima,   hadis   va   ayrim   she’rlarning   o‘qilishi   va
tarjimasi   berilmagan   edi.   Ularning   kirill   yozuvidagi   transliteratsiyasi   bilan   birga
tarjimasi ham ushbu nashrda keltirildi. Shuningdek, she’rlar rim raqami bilan (XV)
23 tarzida   belgilandi.   Maqollar   ham   ajratilgan   holda   yangi   satr   boshidan   yozildi.
Fasllarda   misoli   keltirilayotgan   harflar   m   shaklida   ajratilib   ko‘rsatildi.   Arab
yozuvidagi   so‘zlarning   o‘qilishi   kursiv   bilan   mazmun   talabi   bilan   orttirilayotgan
so‘z yoki iboralar (miso) tarzida kvadrat qavs ichida berildi.
“Devon” qo‘lyozmasi Istanbulda saqlanayotgani, undan turk va dunyo olimlari
istefoda   qilar   ekanlar,   ayrim   olimlar   matn   haqida   o‘z   kuzatishlarini   bayon
qilganlari   mutaxassislarga   ma’lum.   Bu   fikrlarning   ayrimlari   “Devon…”   ning
Istanbuldagi   so‘nggi   nashrlarida  inobatga  olingani  uchun  mazkur  tarjima   olim  H.
Boltaboyev   tomonidan   Istanbul   nashri   bilan   solishtirib   chiqildi.   U   bu   qadar   ko‘p
bo‘magan   o‘zgarishlarning   ko‘p   bo‘lmaganligiga   sabab   hamma   turk   nashrlari   B.
Atalay nusxasiga asoslanganligidadir.
“Devon”   A.   Rustamov   tomonidan   o‘tgan   asrning   yetmishinchi   yillarida   rus
tiliga   tarjima   qilingan.   BU   tarjima   haqida   markaziy   matbuotda   fikrlar   bildirilgan
edi.   2010-yilda   mazkur   tarjima   I.V.   Kormushin   tashabbusi   va   muharrirligida
Moskvada nashr etildi. Nashr ko‘rsatkichlari zamonaviy dizayn va texnik jihatlari
bilan   avvalgi   Toshkent,   Omaota,   Baku   va   Urumchi   nashrlaridan   ancha   yuksak.
Matn o‘zgarishlari hamda izohlari ma’lum  darajada to‘ldirilganligi  uchun mazkur
nashrni   Moskva   nashri   bilan   solishtirib   chiqish   lozim,   deb   topildi   va   bu   vazifani
bajargan olim harakatlari izohda “Moskva nashrida” deb anglatildi.
“Devon”ning   mazkur   ikkinchi   to‘ldirilgan   va   izoh   qilingan   nashri   amalga
oshirilgandan   so‘ng   akad.   A.   Rustamov   tomonidan   amalga   oshirilgan   rus   tiliga
qilinbgan tarjimasini ham nashrga tayyorlashga kirishildi.
O‘zbek   tilshunoslaridan   U.Tursunov,   F.Abdullayev,   E.   Fozilov,
G‘.Abdurahmonov,   S.   Ibrohimov,   A.Ishayev,   A.   Aliyev,   A.   MAtg‘oziyev,
Sh.Shukurov.   Q.Karimov   kabilar   koshg‘ariyshunoslikda   o‘zlarining   munosib
hissalarini qo‘shdilar.
Keyingi   yillarda   ham   aynan   “Devonu   lug‘atit   turk”   asarini   tilshunoslik
sohasining turli tarmoqlari bo‘yicha tadqiq qilish ko‘p uchramoqda. Deyarli barcha
tilshunos   va   adabiyotshunoslar   hech   bo‘lmasa,   bir   bora   bo‘lsa   ham   “Devon”   ga
murojaat   qiladi   hamda   tadqiqot   obyekti   sifatida   o‘rganishga,   qirralarini   ochishga
24 harakat   qilishadi.   Ana   shunday   ishlardan   biri   Z.   Sultonova   tomonidan   yozilgan
“Devonu   lug‘otit   turk”dagi   narsa-buyum   otlari”mavzusidagi   ilmiy   maqolasida
«Devonu   lug‘otit   turk»   asarida   uchraydigan   kiyim-kechakka   oid   so‘zlarni
quyidagicha tasniflaydi:
 1. Faslbop kiyimlar;
2.  А yollar kiyimi; a) bosh kiyimlari; b) ust kiyimlari  d) oyoq kiyimlari. 
3. Erkaklar kiyimi: a) bosh kiyimlari b) ust kiyimlari d) oyoq kiyimlari. 
4. Bolalar kiyimi;
5. Marosim kiyimlari.
6. Kasb kiyimlari; asosan, jangchilarga xos kiyimlar.
Umuman   olganda,   tadqiqotchi   quyidagicha   ma’lumotlarni   beradi:   «Devonu
lug‘atit-turk»da   juda   ko‘plab   gazlamalar   nomlari   berilgan.   А sarda   30   ga   yaqin
mato   nomlari   berilgan   bo‘lib,   asosan,   matolar   Xitoydan   keltirilgan.   Devonda
uchragan   gazlamalarning   uchdan   bir   qismi   Xitoy   ipak   matolaridir.   Misol   uchun:
taxchak,   shalashu,   yixansu,   zungun,   xuling   va   boshqalar.   Barchin   va   chit   kabi
matolar   ham   uchraydi.   Bundan   ko‘rinib   turibdiki,   Xitoy   bilan   Markaziy   Osiyo
xalqlari   o‘rtasidagi   savdo-sotiqda   matolar   muhim   rol   o‘ynagan   va   Xitoy   azaldan
o‘zining ipakli matolarini mahalliy aholiga sotib kelgan.
Xuddi shunday yana bir  o‘qituvchi N. Rasulova  ham  bir nevhta tadqiqotlarida
“Devoni   lug‘atit   turk”   asariga   atalgan.   M.Koshg‘ariyning   "Devonu   lug‘otit   turk"
asaridagi   ma'lumotlarga   e'tibor   qaratsak,   muallif   oziq-ovqatlarni   quyidagicha
tasniflaganiga guvoh bo‘lamiz:
1.   Non   mahsulotlari.   M.Koshg‘ariyning   yozishicha,   turkey   qabilalarning
ayrimlarida   non-   "etmak"   deyilib,   yaxshi   xamirdan   qilingan   non   "kavshak"   deb
atalgan. M.Koshg‘ariy "Devonu lug‘otit turk" asarida nonning pishirish usullariga
qarab   quyidagi   nomlari   keltirilgan:   "Bushkal",   "Isbiri",   "Komuch",   "Qijma",
"Chuqmi"   .   Bunday   nonlar   ta'mi,   tayyorlash   usuli,   tarkibidagi   masalliqlari   bilan
o‘zaro farqlangan.
2.   Xamirli   taomlar.   X-XII   asrlarda   yashagan   ajdodlarimiz   ham   xamirli   taomlarni
sevib   iste'mol   qilishgan.   Ayniqsa,   xamirli   taomlar   dardmand   kishilarga   quvvat
25 berib,   tezroq   tuzalishi   uchun   ham   tayyorlanilgan.   Ajdodlarimizning   kundalik
turmush tarzida xamirli ovqatlarning ham o‘z o‘rni bo‘lganini asardagi  "Umoch",
"Ugra", "Tutmach", "Manti" hamda "Lag‘mon" kabi taomlar haqida ma'lumotlarga
duch kelganimizda bilib olishimiz mumkin.
3.   Sut   bilan   bog‘liq   mahsulotlar.Asarni   o‘qish   jarayonida   turkiy   xalqlar   suzmani
"Ikduk",   qaymoqni   "Qajaq",   pishloqni   "Uzitma",   hozirda   yogurt   nomi   bilan
ataladigan   meva   solib   tayyorlangan   suyuq   qatiqni   "Suyuq   jogurt"   deb
nomlaganligini bilib olamiz.
4.   Guruch   va   don   mahsulotlari   bilan   bog‘liq   taomlar.   M.Koshg‘ariy   turkiy
xalqlarning   taomlari   orasida   guruch   va   don   mahsulotlari   qo‘shib   tayyorlanadigan
quyidagi taom nomlarini keltiradi: "Uva", "Buxsi", "Suruch", "Korshak", "Qavut"
5.   Go‘shtli   taomlar.   Turkiy   xalqlarning   aksariyati   chorvachilik   bilan
shug‘ullanganligi   uchun  taomnomalardagi   juda  ko‘p  taomlarga  go‘sht  ishlatilgan.
"Sugut", "Tobiq", "Qazi jag", "Sim-simraq" asarda keltirilgan go‘shtli taomlarning
nomlaridir.
6.   Suyuq   taomlar."Bulduni",   "Oz",   "Mon",   "Lantu",   "Samduj"   kabi   sho‘rvalarni
ajdodlarimiz tayyorlashgan.
7.   Ichimliklar.   M.Koshg‘ariyning   "Devonu   lug‘otit   turk"   asarida   bo‘za,sharbat,
qimiz   kabi   ichimliklarning   nimadan   olinishi,   mazasi,   ta'mi   haqida   qimmatli
ma'lumotlar   aytib   o‘tilgan.   Asarda   bo‘zaning   tariq   o‘simligidamn   olinishi,   mast
qilish   xususiyati   borligi   ta'kidlangan.   Turkiy   xalqlarning   bo‘za   ichimligi   haqid   a
elshunos   U.Abdullaev   shunday   yozadi:   "Aholi   tomonidan   o‘tmishda   qimizdan
tashqari   kishini   mast   qiluvchi   ichimliklardan   yana   "bo‘za"   va   "musallas"   ham
tayyorlangan. Garchi ushbu ichimliklar aholi orasida keng iste'molda bo‘lmasa-da,
har holda aholi ushbu ichimliklarni tayyorlash bilan shug‘ullanganlar. Bo‘za tariq
va   arpani   achitish   yo‘li   bilan   tayyorlangan.   U   ayniqsa   yarimo‘troq   va
yarimko‘chmanchi   o‘zbeklar   orasida   keng   tarqalgan   edi"   [6].   Bir   so‘z   bilan
aytganda,   M.Koshg‘ariyning   "Devonu   lug‘otit   turk"   asarida   oziq-ovqatlar   va
taomlarning   tayyorlash   jarayoni,   taom   turlari,   taomlarni   tayyorlash   va   iste'mol
26 qilishda   ishlatiladigan   uy-ro‘zg‘or   buyumlariga   doir   juda   muhim   ma'lumotlar   o‘z
ifodasini topgan.
Asarda   juda   ko‘p   turkiy   so‘zlar   lug‘ati   keltirilgan.   Ularni   kuzatganimizda
shaklan   bir   xil   bo‘lgan   so‘zlarning   turli   ma’nolarni   anglatishiga   guvoh   bo‘ldik.
Ana shunday so‘zlarga misol keltirib o‘tamiz. 
“ But ” so‘zi lug‘atda quyidagi ma’nolarda izohlangan:
-  son ;
-    kattalarning o‘g‘il-qizlari  peshonalariga  taqiladigan qimmatbaho feruza
tosh ;
-   katta   bir   odam   tomonidan   yuborilgan   sovg‘ani   keltirgan   kishiga
beriladigan   mukofot,   ya’ni   birovga   sovg‘a   qilib   yuborilgan   otni   keltiruvchi
otboqarga qo‘y yoki pul berish. Bunda berilgan qo‘y but deb atalgan .
Bugungi kunda esa   but   so‘zi   to‘liq, hech qanday kamchiligi yo‘q; Ikki oyoq
orasi;     sanam   kabi   ma’ nolarni   o‘zida   aks   yettiradi.   Ikki   davr   nuqtai   nazaridan
olganda   but   so‘zining   ma’nolarining   bir-biriga   bog‘liqlik   tomoni   ko‘zga
tashlanmaydi.
Shunday so‘zlardan yana bir nechta misollar keltiramiz:
Ko‘ch   so‘zining   ham   bir   necha   omonim   variantlari   keltirilgan.   Ya’ni:   Köch  –
zulm   qilish ;  Köch  –   kuch  ma’nosida ;  ( köch  eldin k ї rsa  töru  tö ң luqd ї n ch ї qar  –
zulm, zo‘ravonlik yeshikdan kirsa, insof tuynukdan chiqadi. ) Köch -   kunjut   ( köch
jag‘ ї - kunjut yog‘i  (chigilcha);
Töz:   1.   Qayish   yoki   kamarga   taqiladigan   va   bog‘lanadigan   halqa;
2. Mamlakat   ma’nosida   ( el     töz   netäk   -mamlakat,   el   qanday );   3.   Asl,   tag,   asos
ma’nosida   ( ani ң   töb ї ,   töz ї   kim-uning   tagi,   asli   kim? );   4.   to‘g‘ri   yer,   tekis   yer .
( Töz jer ); 5. Tuz;
Bosh :   1.   ozod,   yerkin   ( bosh   kishi-ozod   kishi);   2 .   ajralgan,   erdan   chiqqan
( bosh   urag‘ut-   ajralgan   xotin );   3. Ishdan   bo‘shagan   ( bosh   elik );   4.   yumshoq
go‘sht  (bosh yet); 5.  Bo‘shatilgan, bosh qo‘yib yuborilgan  ( bosh ät- bo‘sh qo‘yib
yuborilgan ot ); 6.  Holi qilingan, bo‘shatilgan . (bosh  ә w-bo‘shatilgan uy);
27 Yuqorida keltirilgan so‘zlar “Devon” ning o‘rta harfi unlilardan tashkil topgan
uch harfli so‘zlardan olindi. Quyida yesa oxirgi harfi illatli bo‘lgan so‘zlar hamda
fe’llarqismidan   olingan   ayrim   so‘zlarning   ham   omonimik   xususiyatlarini
ko‘rsatishga harakat qilamiz:
  Jash: 1.Ko‘z yoshi   (közum jash ї   äqd ї   - ko‘zimning yoshi oqdi);   2.   Ko‘kat .
( jash j ӛ dim-ko‘kat yedim) ;  3.Yangi, sof.  ( jash at - yangi go‘sht ); 
Tujuq:   1.Siqilgan   ( tujuq   kishi-siqilgan,   siqiqqa   tushgan   odam );   2 .
Tumanli, bulutli   ( tujuq qo‘n-tumanli, bulutli kun );   3.   Yopiq   ( tujuq qapug‘-yopiq
yeshik ); 
Quyida keltiriladigan fe’llar ham bu jihatdan xarakterlidir:
Sordi :  1.So‘rdi, emdi  ( sut sord ї  - bola sutni emdi );  2.So‘radi  ( ӛ r söz sordi-
odam bir xabarni so‘radi);  3 . Qidirdi, so‘roqladi  ( ӛ r jitök sordi - odam yo‘qolgan
narsasini qidirdi, izladi );
Sizdi :   1.   Eridi   (jag‘   sizdi-yog‘   eridi);   2 . Sizdi   ( olmadin   suw   sizdi-   suv
idishdan sizdi ); 3.  Ko‘rindi   (kön sizdi-kun ko‘rindi );
Bugungi   kunda   ushbu   so‘zlardan   ko‘ch,   bosh,   jash,   sordi,   sizdi   kabilarning
ayrim   ma’nolari   saqlanib   qolingan   yoxud   bizga   tushunarli.   Ayrim   o‘rinlarda
unlilarning   uyg‘unlashuvi   hamda   talaffuz   natijasida   ayrim   tovushlar   asrlar
davomida o‘zgarishlarga uchraganligi sezilib turadi. Ammo nima bo‘lgan taqdirda
ham o‘zbek tilining tub asosi turkiy tillarga borib taqaladi. Tilimizning bundan 10
asr   oldin   ham   so‘zga   boy   yekanligi,   uning   jozibasi   va   naqadar   mukammal
bo‘lganligini   “Devonu   lug‘ati-t-turk”   asari   orqali   bilib   olamiz.   O‘zbek   tili   asrlar
mobaynida   shakllangan   va   uning   ildiziga   hech   narsa   bolta   ura   olmaydi.   Negaki,
uning tarixiy asosida mana shunday buyuk asarlar mavjud.
O‘ylaymanki,   leksikografiya   sohasining   ilk   namunasi   bo‘lmish   “Devonu
lug‘ati-t-turk”   asarini   nafaqat   oliy   ta’lim   muassasalarida,   balki   maktablarda   ham
o‘qitilishi   o‘quvchilarda   til   tarixiga   va   milliy   tilimizga   bo‘lgan   mehrni
shakllantiradi, so‘z boyligini oshiradi va shu bilan bir qatorda tilimizni har xil chet
so‘zlardan holi qilgan holda sofligini saqlashga zamin yaratadi.
28 II  BOB. ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARIDA “DEVONU LUG‘ATIT
TURK”ASARINI O‘QITISHNING O‘ZIGA XOS AHAMIYATI. VA
USULLARI.
3.1.  Ona tili darslarida lug‘atlardan foydalanishning ahamiyati. (“Devonu
lug‘atit turk”)asari misolida
Mustaqillikning   dastlabki   yillaridayoq   “Ta’lim   to‘g‘risida”gi   qonun   va
Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturining   qabul   qilinishi   ta’lim   sohasida   muhim
qadam   bo‘ldi.   Har   bir   ijtimoiy   tuzum   kelajagi,   insoniyat   istiqboli,   kishilarning
hayot va turmush darajasi fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liqdir.
Fan va madaniyatning rivojlanishi esa ta’lim-tarbiya ishlarining qay yo‘sinda olib
borilishidan kelib chiqadi. Shu bois mamlakatimizning istiqlol  yo‘lidagi birinchi
qadamlaridanoq   buyuk   ma’naviyatimizni   tiklash   va   yanada   yuksaltirish,   milliy
ta’lim-tarbiya   tizimini   takomillashtirish,   uning   milliy   zaminini   mustahkamlash,
demografik   va   boshqa   milliy   xususiyatlarni   hisobga   olgan   holda   kuchli   ijtimoiy
siyosat   olib   borish 5
,   yoshlarning   zamon   talablari   bilan   uyg‘unlashtirish   asosida 2
jahon andozalari darajasiga chiqarishga katta ahamiyat berib kelinmoqda.  
Fan-texnika   taraqqiy   etgan,   axborot   almashinuvi   kuchaygan   tezkor   zamonda
mamlakatimizning   barcha   sohalarida   bo‘lgani   kabi   ta’lim   tizimida   ham   qator
islohotlar amalga oshirilmoqda. Fan-texnika asri va jadal taraqqiy etayotgan hayot
o‘quvchilarda   o‘quv   predmetlari   bo‘yicha   faqatgina   bilim,   ko‘nikma   va
malakalarga   ega   bo‘lishning   o‘zi   yetarli   emasligini   ko‘rsatmoqda.   Ta’lim
jarayoniga   o‘quvchilar   egallagan   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarini   bevosita
kundalik   hayotida   qo‘llashga   o‘rgatadigan   kopmetensiyaviy   yondoshuvga
asoslangan DTSlarni yaratish va ta’lim jarayoniga qo‘llash zaruriyati yuzaga keldi.
Hadisi   shariflarda   “Kishining   zebu   ziynati   uning   tilidadir”   deyiladi.   Qadim
zamonlardan   beri   har   bir   millat,   har   bir   qavm   o‘z   tiliga   buyuk   hurmat   bilan
5
  Каримов   И . А .   Ўзбекистонда   демократик   ўзгаришларни   янада   чуқурлаштириш   ва   фуқаролик
жамияти   асосларини   шакллантиришнинг   асосий   йўналишлари .   Иккинчи   чақириқ   Ўзбекистон
Республикаси   Олий   Мажлисининг   тўққизинчи   сессиясидаги   маъруза ,   2002   йил   29   август   -   Биз
танлаган   йўл  –  демократик   тараққиёт   ва   маърифий   дунё ,  ҳамкорлик   йўли .  Т .11. –  Т .: 2003. 
29 qaraydi. Chunki til millatning kelajagi, u boy berilsa, millat ham boy beriladi. Bu
o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimovning quyidagi
so‘zlarida ulkan ma’no bor: “Jamiki ezgu fazilatlar 
inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi... Ona
tili   –   millatning   ruhidir.   O‘z   tilini   yo‘qotgan   har   qanday   millat   o‘zligidan   judo
bo‘lishi   muqarrar” 6
  Har   bir   xalqning   xalqligini,   mavjudligini   ta’minlovchi   va
namoyon   etuvchi   ma’naviy-ma’rifiy   xazina   tildir.   Demak,   ona   tili   –   millatning
o‘zligini ko‘rsatuvchi eng muhim, eng ulug‘, eng muqaddas vosita. 
O‘quvchilarni   milliy   istiqlol,   milliy   qadriyatlarga   hurmat   ruhida   tarbiyalashda
barcha   fanlar   qatori   ona   tili   ham   katta   imkoniyatlarga   ega.   “Ona   tili   -   milliy
ma’naviyat va mafkura, milliy ruh, madaniyat va qadriyatlarning ulkan xazinasi",
“Ona   tili-millat   tafakkurini   shakllantiruvchi,   rivojlantiruvchi   va   ifodalovchi   eng
asosiy   vosita”jumlalari   yangi   dastur   va   darsliklar   kontseptual   asoslarining
dastlabki bandlari hisoblanadi. 4
 
Ta’lim bo‘g‘inlarida davlat tili sanalgan ona tilining alohida o‘rni bor. O‘zbek
tili   ona   tilimizning   juda   boy,   ma’nodor,   jozibali   va   rang-barangligi   Navoiy
zamonidayoq isbotlangan.  
Ona   tili   hayotni   bilish,   yoshlarda   axloqiy   tushunchalarni   shakllantirish,   yosh
avlodning   shaxsiy   sifatlarini   tarbiyalash   vositasi   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Ona   tili
mazkur   tilning   egasi   bo‘lgan   xalqning   tarixi,   madaniyati,   urf-odati,   adabiyoti
hamda   san’atini   bilish,   o‘rganish   vositasi   hamdir.   Ona   tili   o‘quv   fanlarining
asosidir.   Ona   tilini   o‘rganish   juda   katta   ta’limiy,   tarbiyaviy   va   rivojlantiruvchi
ahamiyatga   ega.   Shaxsning   tarbiyalanganlik   darajasi   ham   tilni   bilish   bilan
belgilanadi.   Jamiyat   rivojlangan   sari   ona   tili   o‘qitishning   maqsad   va   vazifalari
ham takomillashib boradi. Ona tili ta’limi o‘z oldiga yoshlarda mustaqil va ijodiy
fikrlash,   og‘zaki   hamda   yozma   nutq   ko‘nikmalarini   shakllantirish   va
rivojlantirish, ularda til sezgirligini tarbiyalash maqsadini qo‘yadi. 
6
  И . Каримов , “ Миллий   истиқлол   ғояси :  асосий   тушунча   ва   тамойиллар ”,  Тошкент , 2000,  б .45   4
 
Qarang.“Ta’lim taraqqiyoti”, 1999, 1-maxsus son, 64-bet.  
30 Umumiy   o‘rta   ta’lim   tizimidagi   fanlar   orasida   milliy   mafkura   g‘oyalarini
o‘quvchilarga   singdirishda   o‘zbek   xalqi   milliy   ruhini   o‘zida   mujassam   etgan
“Ona tili” fanining alohida o‘rni bor. 
Ma’lumki,   o‘quvchilarga   ta’lim-tarbiya   berishdan   maqsad,   ularda   tez
o‘zgarayotgan   dunyoda   o‘z   o‘rnini   topish,   jamiyatda   qiynalmasdan   yashashi
uchun zarur bo‘lgan hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iboratdir. 
Ta’lim berish jarayonida har bir pedagog qanday qilib, qanday usullar bilan dars
jarayonida o‘quvchilarni faollashtirish mumkin degan haqli savol 
tug‘iladi. 
Davlat   ta’lim   standartlari   talablariga   asoslangan   holda   mustaqil
O‘zbekistonning   yosh   avlodiga   ta’lim-tarbiya   berish   o‘qituvchilarga   ma’suliyatli
vazifalarni yuklaydi. Hozirgi vaqtda o‘qituvchilar oldida fan asoslarini o‘qitishning
ilmiy-nazariy   saviyasini   ko‘tarish,   o‘qitish   usullarini   takomillashtirish   natijasida
dars   samaradorligini   oshirish   va   sifatini   yaxshilashdek   ishlar   turibdi   va   bu
vazifalarni bajarishda yangi pedagogik izlanish natijalarini amaliyotda joriy qilish
dolzarb   muammolardan   biridir.   Xususan,   ona   tili   fanini   o‘qitishda   muammoli
vaziyatlarni vujudga keltirish bilan dars o‘tilsa, maqsadga mos bo‘ladi.
Har   qanday   milliy   til   kabi   o‘zbek   tili   ham   o‘zbek   millatini   birlashtiruvchi,
uning   milliy   ruhini   ifodalovchi   vositadir.   Chunki   Respublikamizning   birinchi
Prezidenti   ta’kidlaganidek:   “Jamiki   ezgu   fazilatlar   inson   qalbiga,   avvalo,   ona
allasi,   ona   tilining   betakror   jozibasi   bilan   singadi.   Ona   tili   bu   millatning   ruhidir.
Ona tilini yo‘qotgan har qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar” . 7
 
Prezidentimiz   tashabbusi   bilan   mamlakatimizda   yetakchi   soha   va   tarmoqlarni
innovatsion   rivojlantirish,   innovatsion   g‘oyalar   va   texnologiyalarni   ishlab
chiqarishga   keng   joriy   etish   yuzasidan   izchil   ishlar   amalga   oshirilmoqda.
Davlatimiz   rahbarining   2017-yil   29-noyabrdagi   “O‘zbekiston   Respublikasi
Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil  etish to‘g‘risida”gi farmoni bu boradagi
ishlarni   yangi   bosqichga   ko‘tarishga   xizmat   qiladi.   prezidentimiz   Shavkat
Mirziyoyev   "Xalqimiz   dunyoqarashida   innovatsiya   muhitini   yaratish   eng   muhim
7
 Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –Toshkent, 2008, 86-b. 
31 vazifamizdir.   Innovatsiya   bo lmas   ekan,   hech   bir   sohada   raqobat,   rivojlanishʻ
bo lmaydi.   Bu   sohadagi   o zgarishlarni   xalqimizga   keng   targ ib   qilmasak,	
ʻ ʻ ʻ
odamlarda   ko nikma   paydo   qilmasak,   bugungi   davr   shiddati,   fan-texnikaning	
ʻ
mislsiz yutuqlari bilan hamqadam bo lolmaymiz", degan edi.	
ʻ
Ona   tili   darslari   o‘quvchilar   fikrini   va   nutqini   o‘stirish,   ahloqiy   tarbiyani
amalga   oshirish   hamda   o‘quvchi   shaxsini   har   tomonlama   rivojlantiruvchi
xususiyatlari  bilan boshqa  o‘quv predmetlari orasida aloxida o‘rin tutadi. Ona tili
darslari jarayonida o‘quvchilarning Ona tili malakalari takomillashib, to‘g‘ri, ongli
va ifodali Ona tili, badiiy asar g‘oyasini tushunish qobiliyatlari usib boradi. «Ona
tili   kitobi»dagi   turli   janrlarga   xos   bo‘lgan   badiiy   asarlarni   Ona   tili   va   ular   ustida
ishlash   orqali   o‘quvchilarning   borliq,   voqelik   haqidagi   tasavvur-tushunchalari
kengayadi. Yuqori sinfda o‘quvchilar ongli, to‘g‘ri va bir me’yorda bo‘g‘inlab Ona
tili malakasini  egallaydilar. Ayrim nutq tovushlarining talaffuzidagi qiyinchiliklar
asta-sekin   bartaraf   etiladi.   O‘quvchilar   o‘qigan   matnlarining   mazmunini
o‘qituvchining   yordamchi   savollari   asosida   hamda   kichik   hajmdagi   matn
mazmunini   unga   ishlangan   rasmdan   foydalanib   so‘zlab   berishga   o‘rganib
boradilar.
Ikkinchi   sinf   o‘quvchilarida   so‘zni   butunicha   o‘qishga   intilishadi.   Ona   tili
tezligi   ortadi.   Ayrim   matnlarni   ovoz   chiqarmay   mustaqil   o‘qiy   boshlaydilar.
O‘qituvchi rahbarligida o‘qilgan matndagi asosiy fikrni aniqlaydilar, undagi ayrim
voqea-hodisalarni so‘z bilan tasvirlashga o‘rganadilar. Ona tili va matnni savollar
asosida hikoyalash paytida o‘quvchilar nutqining to‘g‘ri va aniq bo‘lishiga, nutqda
so‘zlardan o‘rinli foydalanishlariga e’tibor beriladi.
Yuqori   sinfda   o‘quvchilar   so‘zlarni   butunicha   Ona   tili   malakalarini   to‘la
egallab, ongli va ifodali o‘qishga ko‘proq e’tibor beradilar.
O‘quvchilarga   tilning   lug‘at   tarkibini   o‘rgatishda   lug‘at   ustida   ishlash
yo‘llari:   So‘z   tilning  ma’no  bildiradigan  asosiy   birligidir.  So‘z  va   so‘z   birikmasi
aniq   narsalarni,   mavhum   tushunchalarni,   hissiyotni   ifodalaydi.   Tilda   mavjud
bo‘lgan barcha so‘z va iboralarning yig‘indisi lug‘at tarkibi yoki leksika deyiladi.
Leksikologiya   o‘zbek   tilining   lug‘at   tarkibini   o‘rganadigan   bo‘limdir.
32 Leksikologiya   lug‘at   tarkibidagi   so‘zlarning   nutqda   ma’no   ifodalash   xususiyati,
qo‘llanish   faolligi,   boyib   borishi,   ba’zi   so‘zlarning   eskirib,   iste’moldan   chiqib
ketishi,   ma’no   ko‘chish   hodisasi   kabilarni   o‘rganadi.   Shu   sababli   leksikologiya
lug‘at ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi hisoblanadi.
Har qanday nutqiy bayon grammatik jihatdan o‘zaro bog‘langan, mazmunga
mos   so‘z   va   so‘z   birikmalarining   ma’lum   izchillikda   joy-lashtirilishidan   tuziladi.
Kishining lug‘ati qanchalik boy va rivojlangan bo‘lsa, uning nutqi ham shunchalik
boy   bo‘ladi;   o‘z   fikrini   aniq   va   ifodali   bayon   etishiga   keng   imkoniyat   yaratiladi.
Shuning uchun lug‘atning boyligi, xilma-xilligi, harakatchanligi metodikada nutqni
muvaffaqiyatli o‘stirishning muhim sharti hisoblanadi.
O‘quvchi   lug‘atining   boyishiga,   Yuqori   navbatda,   uni   o‘rab   olgan   muhit,
tabiat, kishilarning hayoti, Ona tili faoliyati, kattalar va tengdoshlari bilan bo‘lgan
muloqatlari   asosiy   manba   vazifasini   bajaradi.   Bola   tabiat   va   insonlar   bilan
munosabatda bo‘lishi natijasida so‘z, ibora tasviriy ifoda, maqol, hikmatli so‘zlarni
o‘rganadi, ularni o‘z so‘zlariga aylantiradi.
Badiiy   asarlar   o‘quvchilar   lug‘atini   va   nutqini   boyitishda   eng   ishonarli
manba   hisoblanadi.   Ona   tili   darslarida   badiiy   asarlar   bilan   tanishish,   tahlil   qilish
jarayonida   o‘quvchilar   lug‘ati   ma’lum   mav zular   bo‘yicha   ham   boyib   boradi.
Masalan,   yil   fasllariga   oid   mavzular   bilan   tanishish   jarayonida   tabiatdagi
o‘zgarishlar,   qushlar,   jonivorlar,   hayvonot   olami,   dov-daraxtlar,   maysa-giyohlar
bilan   bog‘liq   tushunchalari   shakllantiril-sa,   ma’naviyat,   yaxshilik   va   yomonlik,
do‘stlik   mavzularidagi   asar-larni   o‘rganish   orqali   insoniy   munosabatlar,   ahloq-
odob yuzasidan muayyan xulosalarga keladi. Matnni  Ona tili jarayonida so‘zning
ma’nosi   tushuntirilmaydi.   Agar   unga   zarurat   sezilsa,   o‘quvchilar   diqqati   matn
mazmunidan   chalg‘itilmay,   qisqa   izoh   berib   o‘tib   ketiladi.   Ko‘chma   ma’noda
ishlatilgan so‘zlar matn o‘qilgandan keyin tushuntiriladi. Chunki ularning ma’nosi
matn mazmunidan yaxshi tushuniladi.
Bundan   ko‘rinib   turibdiki,   o‘quvchilarning   o‘rganishi   ko‘zda   tutilgan
bilimlarni   egallashlarida,   ularni   amaliyotda   qo‘llashlarida   tilning   lug‘at   boyligini
o‘zlashtirishlari va uni o‘z mulklariga aylan-tirishlari muhimdir.
33 Boshlang‘ich   ta’limda   lug‘at   ustida   ishlashning   umumiy   yo‘l-yo‘riqlari,
yo‘nalishlari,   manbalari   haqida   metodik   tavsiyalar   ishlab   chiqilgan   bo‘lsa-da,
ularni   hali   qoniqarli   ahvolda   deb   bo‘lmaydi.   Lug‘at   ustida   ishlash   uchun   maxsus
dars   ajratilmaydi.   U  barcha   predmetlarni   o‘rganishda,   asosan,   ona   tili   va  Ona   tili
darslarida dars-lik materiallarini o‘rgatish bilan bog‘liq holda olib boriladi. Ona tili
darslarida   lug‘at   ustida   ishlash   o‘quvchilar   nutqini   o‘stirishga,   savodxonligini
shakllantirishga,   so‘z   boyligini   boyit-ishga,   nutq   madaniyatini   yuksaltirishga
qaratilganligi   sababli   bu   ish   maktablarda   1-sinfdan   boshlanadi   va   butun   o‘quv
jarayonida davom ettiriladi.
Maktabda   nutq   o‘stirishning   muhim   vazifalaridan   biri   lug‘at   ustida   ishlashni
yaxshilash,   tartibgasolish,   uning   asosiy   yo‘nalishlarini   ajratish   va   asoslash,
o‘quvchilarning lug‘atini boyitish jarayonini boshqarish hisoblanadi.
Maktabda   lug‘at   ustida   ishlash   metodikasi   to‘rt   asosiy   yo‘nalishni   ko‘zda
tutadi:
1.O‘quvchilar   lug‘atini   boyitish,   ya’ni   yangi   so‘zlami,   shuningdek,   bolalar
lug‘atida   bo‘lgan   ayrim   so‘zlarning   yangi   ma’nolarini   o‘zlash-tirish.   Ona   tilining
lug‘at   boyligini   bilib  olish   uchun   o‘quvchi   o‘z  lug‘atiga  har   kuni   8—10   ta  yangi
so‘zni,   shu   jumladan,   ona   tili   darslarida   4—6   so‘zni   qo‘shishi,   ya’ni   shu   so‘zlar
ma’nosini o‘zlashtirishi lozim.
2.O‘quvchilar   lug‘atiga   aniqlik   kiritish.   Bu   o‘z   ichiga   quyidagi-larni   oladi:   1)
o‘quvchi   puxta   o‘zlashtirmagan   so‘zlarning   ma’nosini   to‘liq   o‘zlashtirish,   ya’ni
shu   so‘zlarni   matnga   kiritish,   ma’nosi   yaqin  so‘zlarga   qiyoslash,   antonim   tanlash
yo‘llari   bilan   ularning   ma’nosiga   aniqlik   kiritish;   2)   so‘zning   kinoyali   ma’nosini,
ko‘p   ma’noli   so‘zlarni   o‘zlashtirish;   3)   so‘zlarning   sinonimlarini,   sinonim
so‘zlarning   ma’no   qirralarini   o‘zlashtirish;   4)   ayrim   frazeologik   birliklarning
ma’nosini o‘zlashtirish.
3.Lug‘atni   faollashtirish,   ya’ni   o‘quvchilar   ma’nosini   tushunadi-gan,   ammo   o‘z
nutq   faoUyatida   ishlatmaydigan   nofaol   lug‘atidagi   so‘zlarni   faol   lug‘atiga
o‘tkazish.  Buning  uchun   shu  so‘zlar   ishtirokida  so‘z  birikmasi  va  gaplar  tuziladi,
ular o‘qiganlarni qayta hikoyalash, suhbat, bayon va inshoda ishlatiladi.
34 4.Adabiy   tilda   ishlatilmaydigan   so‘zlarni   o‘quvchilar   faol   lug‘atidan   nofaol
lug‘atiga   o‘tkazish.   Bunday   so‘zlarga   bolalarning   nutq   muhiti   ta’sirida   o‘zlashib
qolgan   adabiy   til   me’yoriga   kirmaydigan,   ayrim   adabiy   asar   va   so‘zlashuv   tilida
qo‘llanadigan sodda so‘z va iboralar, sheva va ijtimoiy guruhga oid so‘zlar kiradi.
Adabiy   til   me’yori   degan   tushunchani   o‘zlashtirgach,   o‘quvchilar   yuqorida
izohlangan   so‘zlar   o‘rniga   adabiy   tildagi   so‘zlardan   foydalana   boshlaydilar.
Adabiy tilga oid malakalari mustahkamlangan sayin shevaga, jargonga oid so‘zlar,
so‘zlashuv   tilida   ishlatiladigan   sodda   so‘z   va   iboralar   o‘quvchilarning   faol
lug‘atidan chiqib keta boshlaydi.
O‘quvchilar lug‘ati quyidagi manbalar asosida boyitiladi va takomillashtiriladi:
Atrof-muhitni: tabiatni, kishilarning hayoti va mehnat faoliyati, bolalarning o‘yini
va  Ona   tili   faoliyatini,  kattalar   bilan  munosabatni   kuzatish.   Tabiat   qo‘yniga,   turli
joylarga,   muassasalarga   ekskursiya   vaqtida   bolalar   narsa   va   hodisalarni   kuzatish
bilan   ko‘pgina   yangi   nom   va   iboralarni   o‘rganadilar.   Bu   ekskursiyalar   yuzasidan
o‘tkazilgan   suh-bat   vaqtida   ularning   bilimi   chuqurlashtiriladi,   ayrim   so‘zlar
ma’nosiga aniqlik kiritiladi.
Ona   tili   darslarida   M.   Koshg‘ariyning   “Devoni   lug‘atit   turk”   asarini
o‘qitishning   ham   bir   qancha   o‘ziga   xosliklari   mavjud.   Sababi,   ushbu   asar   Yer
yuzida   yaratilgan   ilk   lug‘at,   ilk   asar   sanaladi.   Uning   asl   mohiyati,   kelib   chiqish
tarixi,   o‘ziga   xosliklarni,   undagi   birliklarning   mazmunini   har   bir   o‘quvchiga
yetkazish,   mag‘zini   chaqishga   ko‘maklashish   zamonaviy   o‘qituvchining   asosiy
vazifalaridan biridir. 
O‘rta   ta’lim   maktablarida   “Devoni   lug‘atit   turk   asarini   o‘qitishda   o‘quvchi
quyidagi vazifalarga ega bo‘lishi mumkin:
-   Mahmud   Qoshg`ariyning   hayoti   va   ijodiy   faoliyati   haqida   tushunchaga   ega
bo‘ladi;
-«Devonu lug`atit-turk» asarining yaratilishi va tuzilishini tushuntiradi;
- Asarda turkiy tillar leksikasi va morfologiyasining izohlanishi tushuntiradi;
-   Mahmud   Qoshg`ariyning   turkiy   tillar   fonetik   qonuniyatlarining   kashfiyotchisi
ekanligi haqida fikr yuritadi.
35 – «Devonu lug`atit-turk» asarining tarixiy va ilmiy ahamiyati tushuntiradi;
– ”Asar   tarkibida   keltirilgan   tarixiy   so‘zlarning   mazmunini,   izohini   o‘quvchilarga
yetkazadi.
Dars   jarayonida   o‘qituvchi   o‘quvchilarga   “Aqliy   hujum”   usulidan
foydalangan holda bir qancha savollar bilan murojaat qilishlari mumkin:
№ Savollar:
1 Aytingchi, tarixiy va ilmiy ahamiyat deganda nimani tushunasiz?
2 Mahmud   K oshg`ariyning  turkiy  tillar   fonetik  qonuniyatlarining  kashfiyotchisi
ekanlig ini   haqida   qanday   fikrdasi ?
3 Asarda keltirilgan birorta notanish so‘zni ayting va izohini keltiring.
Ma’lumki,   asarda   juda   ko‘p   so‘zlar   izohlangan.   Ularni   o‘quvchilarga   imkon
qadar vo‘rgatilsa, bolalarning dunyoqarashi, so‘z boyligi hamda ona tiliga bo‘lgan
mehr va hurmati ortadi. So‘zlarni o‘qitish va o‘quvchilar xotirasiga joylash uchun
bir qancha usullardan foydalanish mumkin. Masalan, oqituvchi tomonidan maxsus
chizma   tayyorlanadi   (xohlasa,   qog‘ozga   chizish   mumkin,   yoki   kompyuterda   ham
tayyorlasa   bo‘ladi)   va   unda   so‘zlar   va   ularning   ma’nolari   chalkashtirilib   beriladi,
o‘quvchilar   esajuftliklarni   bir-biriga   moslab   chiqishlari   kerak   bo‘ladi.   Bchizma
taxminan quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Bundan   tashqari,   “Devoni   lug‘atit   turk   asarini   o‘qitishda   “Tushunchalar
tahlili”metodi ham yaxshigina samara beradi;
36Sizdi	: 	
yopiq	
Tujuq	
Eridi 	
jash	
zulm	
ko'ch	
yangi         № Tushuncha
nomi Izohi natijasi
1 Didak kelin   ko‘chganda,   yurganda
begonalardan   yashirinish   uchun
pinadigan narsa. To‘g‘ri,   (qisman
to‘g‘ri, noto‘g‘ri)
2 Tujuq Ma’nosi   –   siqilgan.   Tujuq   kishi-
siqilgan kishi. To‘g‘ri,   (qisman
to‘g‘ri, noto‘g‘ri)
3 Bosh Ozod,   erkin,   eridan   ajralgan
ma’nosini beradigan so‘z To‘g‘ri,   (qisman
to‘g‘ri, noto‘g‘ri)
Xulosa   o‘rnida   shuni   alohida   ta’kidlash   mumkinki,   “Devoni   lug‘atit   turk”
asarini,   uning   tarkibidan   joy   olgan   har   bitta   so‘zni   yosh-avlodga   o‘rgatish   zarur.
Agar   mana   shu   ish   amalga   oshirilsa,   birinchi   navbatda,   tilimizning   sofligi
saqlanadi,   so‘z   boyligimiz   mahalliylashadi,kelajak   avlodga   keng   dunyoqarashli,
fikrlashi   keng,   so‘z   bilish   qobiliyati   yuqori   bo‘lgan   kadrlarni   tayyorlab   bergan
bo‘lamiz.   Maktab   darsliklarining   asosiy   mazmuni   lug‘atlar   bilan   ishlashga
qaratilganligi   ham   bejiz   emas.   Bolalar   qanchalik   ko‘p   didaktik   va   ilmiy   asarlar
bilan tanishib borsa, shunchalik bilimi, tafakkur olami ham shu asnoda shakllanadi.
Yuqorida keltirilgan usullar namuna sifatida berildi. Aslida, har bir fan o‘qituvchisi
ijodkor   sifatida   o‘zi   o‘qitadigan   mavzusini   bolalar   ongiga   yetkazishda   shaxsiy
metologiyasiga tayanadi. Bu esa ham o‘quvchilarda ham o‘qituvchuilarda shaxsga
oid kompetensiyani shakllanishiga olib keladi.
3.2.Adabiyot darslarida  “Devonu lug‘atit turk” asarining o‘qitilishi
Yuksak    malakali    va 
raqobatbardosh   
37 kadrlar   
tayyorlashda    fan    va
ishlab    chiqarish   
integratsiyasiga   
tayanish,    fan   
bo‘yicha    egallangan
280 
malakalar darajasini 
nazorat qilish va 
baholashda 
38 o‘quvchilarning 
mustaqil 
mutolaa madaniyati 
shakllantirish 
texnologiyasini 
takomillashtirish 
adabiy 
ta'lim  oldidagi  
dolzarb   
vazifalardandir.  
39 Zero,  Respublikamiz
Prezidenti 
Sh.Mirziyoyev   
ta’lim -tarbiya  
sohasidagi  yutuq  
va  muammolarni  
tahlil 
qilar    ekan,   
yoshlarning   
kitobxonlik    darajasi 
40 pasayib,    ko‘p   
vaqtlarini 
ij timoiy  
tarmoqlarda  
o‘tkazayotganiga  
alohida  e'tibor  
qaratgan  holda: 
“...farzandlarimizda   
yoshlik    chog‘idan   
boshlab    kitobga   
mehr    qo‘yish, 
41 mustaqil fikr   
yuritish, murakkab   
hayotiy vaziyatlarda 
to‘g‘ri javob topish 
ko‘nikmasini   
shakllantirishimiz,  
buning  uchu n  
tegishli  tashkiliy  
ishlarni 
amalga oshirishimiz 
darkor”    [1;    469 - b.]   
42 degan fikrlari 
masalaning g‘oyat 
dolzarbligini 
ko‘rsatadi.   
Ma’lumki, o‘quvchi 
mutolaaga badiiy 
asarni o‘z ehtiyoji va 
qiziqishi 
doirasida tanlaydi. 
Biroq o‘qituvchi 
43 o‘quvchining yosh 
xu susiyatlari, bilish 
jarayonlari,   
qiziqishlari    va   
saviyasini    nazarda   
tutib    ularga   
ma'naviy-
ma'rifiy,    milliy   
ruhdagi  asarlardan 
bir    nechtasini    erkin
tanlash    uchun 
44 tavsiya    qilishi   
mumkin
Yuksak    malakali    va 
raqobatbardosh   
kadrlar   
tayyorlashda    fan    va
ishlab    chiqarish   
integratsiyasiga   
tayanish,    fan   
bo‘yicha    egallangan
280 
45 malakalar darajasini 
nazorat qilish va 
baholashda 
o‘quvchilarning 
mustaqil 
mutolaa madaniyati 
shakllantirish 
texnologiyasini 
takomillashtirish 
adabiy 
46 ta'lim  oldidagi  
dolzarb   
vazifalardandir.  
Zero,  Respublikamiz
Prezidenti 
Sh.Mirziyoyev   
ta’lim -tarbiya  
sohasidagi  yutuq  
va  muammolarni  
tahlil 
47 qilar    ekan,   
yoshlarning   
kitobxonlik    darajasi 
pasayib,    ko‘p   
vaqtlarini 
ij timoiy  
tarmoqlarda  
o‘tkazayotganiga  
alohida  e'tibor  
qaratgan  holda: 
48 “...farzandlarimizda   
yoshlik    chog‘idan   
boshlab    kitobga   
mehr    qo‘yish, 
mustaqil fikr   
yuritish, murakkab   
hayotiy vaziyatlarda 
to‘g‘ri javob topish 
ko‘nikmasini   
shakllantirishimiz,  
buning  uchu n  
49 tegishli  tashkiliy  
ishlarni 
amalga oshirishimiz 
darkor”    [1;    469 - b.]   
degan fikrlari 
masalaning g‘oyat 
dolzarbligini 
ko‘rsatadi.   
Ma’lumki, o‘quvchi 
mutolaaga badiiy 
50 asarni o‘z ehtiyoji va 
qiziqishi 
doirasida tanlaydi. 
Biroq o‘qituvchi 
o‘quvchining yosh 
xu susiyatlari, bilish 
jarayonlari,   
qiziqishlari    va   
saviyasini    nazarda   
tutib    ularga   
ma'naviy-
51 ma'rifiy,    milliy   
ruhdagi  asarlardan 
bir    nechtasini    erkin
tanlash    uchun 
tavsiya    qilishi   
mumkin
Yuksak    malakali    va   
raqobatbardosh    kadrlar   
tayyorlashda    fan    va 
ishlab    chiqarish   
integratsiyasiga   
52 tayanish,    fan    bo‘yicha   
egallangan 
280 
malakalar darajasini 
nazorat qilish va 
baholashda 
o‘quvchilarning mustaqil 
mutolaa madaniyati 
shakllantirish 
texnologiyasini 
takomillashtirish adabiy 
ta'lim  oldidagi  dolzarb   
vazifalardandir.  Zero,  
Respublikamiz    Prezidenti
53 Sh.Mirziyoyev    ta’lim -
tarbiya  sohasidagi  yutuq
va  muammolarni  tahlil 
qilar    ekan,    yoshlarning   
kitobxonlik    darajasi   
pasayib,    ko‘p    vaqtlarini 
ij timoiy  tarmoqlarda  
o‘tkazayotganiga  alohida
e'tibor  qaratgan  holda: 
“...farzandlarimizda   
yoshlik    chog‘idan   
boshlab    kitobga    mehr   
qo‘yish, 
54 mustaqil fikr    yuritish, 
murakkab    hayotiy 
vaziyatlarda    to‘g‘ri javob 
topish 
ko‘nikmasini   
shakllantirishimiz,  
buning  uchu n  tegishli  
tashkiliy  ishlarni 
amalga oshirishimiz 
darkor”    [1;    469 - b.]   
degan fikrlari masalaning
g‘oyat 
dolzarbligini ko‘rsatadi.   
55 Ma’lumki, o‘quvchi 
mutolaaga badiiy asarni 
o‘z ehtiyoji va qiziqishi 
doirasida tanlaydi. Biroq 
o‘qituvchi o‘quvchining 
yosh xu susiyatlari, bilish 
jarayonlari,    qiziqishlari   
va    saviyasini    nazarda   
tutib    ularga    ma'naviy-
ma'rifiy,    milliy    ruhdagi  
asarlardan    bir   
nechtasini    erkin    tanlash 
uchun 
56 tavsiya    qilishi    mumkin
Adabiyot o‘qitish boshqa fanlarni o‘qitishdan keskin farq qiladi. Shunga ko‘ra,
uni   fan   sifatida   qaraydiganlar   bir   guruhni   tashkil   etsa,   adabiyot   o‘qitishni   san’at
turi   sifatida   baholab,   adabiyot   o‘qituvchisining   ishini   ham   san’atkorona   bir   ish
sifatida   baholaydiganlar   kam   emas.   Demak,   ular   adabiyot   o‘qitish   metodikasini
ham   san’at   bilan   tenglashtiradi.   Yuqorida   aytilganlarni   hisobga   olgan   holda,
quyidagi yondashuvlar adabiyot darslarida foydalanish uchun tavsiya qilindi:
Tematik   yondashuv:   bu   markaziy   mavzuni   va   pastki   mavzularni   tushunishga
asoslangan adabiyotni o‘qitish.
Stilistik   yondashuv:   bu   matnga   muallifning   uslubi   va   boshqa   muallif   bilan
taqqoslaganda qarash bilan bog‘liq.
Guruhga   yondashish:   Bu   zaif   va   kuchli   o‘quvchilarni   umumiy   faoliyatda,
ehtimol   kuchsizlarni   mustahkamlash   uchun   jalb   qilishdir.   Ammo   adabiyotni
o‘qitish   uslubi   sifatida,   guruhli   yondashuv   matnni   dramatizatsiya   qilish   yoki   ijro
etish bilan shug‘ullanadi. 
Javob   yondashuvi:   bu   tanqidiy   usulni   tasvirlaydi.   Bu   talabaga   matn   uchun
haqiqiy   bo‘lishi   va   stereotiplarsiz   yoki   sahnaviy   boshqarilmasligi   erkinligini
beradi.
Integratsiyalashgan   yondashuv:   Bu   matnni   butun   bir   tashkilot   sifatida   qarash
bilan   bog‘liq.   Ushbu   yondashuv,   shuningdek,   til   va   adabiyotni   o‘qitish   uchun
matndan   foydalanishni   ham   o‘z   ichiga   oladi.   Sinov   yordamida   lug‘at,   talaffuz,
adabiy vositalarni va boshqalarni o‘qitish uchun foydalanish mumkin.
Muammolarni   yechishga   yondashish   talabalardan   matnda   berilgan   sirni
ochishni talab qiladi. Zamonaviy ta’limda o‘qitish yondashuvlari bilan bir qatorda
yangi usullardan foydalanish ham adabiyot darslarini tashkil etishda yuqori samara
beradi.
Tanqid   usuli:   Bu   adabiyot   o‘qitishda   juda   tavsiya   etiladi.   Ba’zan   talabalardan
“O‘quv qo‘llanmalaridan” olingan ma’lumotni haqiqiy matnga havola qilib tanqid
qilish   talab   qilinishi   mumkin.   Ushbu   usul   talabani   qo‘shimcha   ma’lumot   olish
57 uchun qo‘shimcha o‘qishni  talab qiladi. Bu talabalarning ushbu mavzuga bo‘lgan
qiziqishini uyg‘otishga va qo‘llab-quvvatlashga qodir.
Munozara   usuli:   Bu   talabalarning   matnni   o‘qishini   va   to‘g‘ri   ma’lumot
olishlarini ta’minlashning samarali vositasi bo‘lishi mumkin.
Kashfiyot   usuli:   Bu   muammoni   aniqlash   yondashuvidan   kelib   chiqadi   va
munozara usuli bilan birlashganda katta natijaga erishishi mumkin.
Shuningdek,   tashabbuskorlik   va   qiziqishni   rag‘batlantirish   uchun   savol   berish
usuli rag‘batlantiriladi.
Loyihalash   usuli:   individual   farqlar   tufayli   ba’zi   talabalar   til   bilimi   kamligini
namoyish   qilishadi.   Loyihaviy   usul   ularga   yordam   berishi   mumkin.   Bu   erda
matnning ba’zi mavzulariga asoslangan ijodiy yozishni odatiy mashqga aylantirish
tavsiya etiladi. 
Faoliyat usuli: Buni eng yaxshi dramatizatsiya uslubi bilan tasvirlash mumkin,
bu adabiyotni o‘qitish uchun juda muhimdir.
O‘qish va tushuntirish usuli  munozara uslubiga bog‘liq bo‘lsa ham talabalarga
yaxshi ta’sir ko‘rsatadigan usul.   Malakalar darajasini nazorat qilish va baholashda
o‘quvchilarning   mustaqil   mutolaa   madaniyati   shakllantirish   texnologiyasini
takomillashtirish   adabiy   ta'lim   oldidagi   dolzarb   vazifalardandir.   Zero,
Respublikamiz   Prezidenti   Sh.Mirziyoyev   ta’lim-tarbiya   sohasidagi   yutuq   va
muammolarni   tahlil   qilar   ekan,   yoshlarning   kitobxonlik   darajasi   pasayib,   ko‘p
vaqtlarini   ijtimoiy   tarmoqlarda   o‘tkazayotganiga   alohida   e'tibor   qaratgan   holda:
“...farzandlarimizda yoshlik chog‘idan boshlab kitobga mehr qo‘yish, mustaqil fikr
yuritish,   murakkab   hayotiy   vaziyatlarda   to‘g‘ri   javob   topish   ko‘nikmasini
shakllantirishimiz,   buning   uchun   tegishli   tashkiliy   ishlarni   amalga   oshirishimiz
darkor” [1; 469-b.] degan fikrlari masalaning g‘oyat dolzarbligini ko‘rsatadi. 
M. Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida ham alohida, birgalashib va
ko‘plashib o‘qish haqida qarashlar mavjudligini ko‘rish mumkin.
“Devonu lug‘otit turk”-adabiy manba. Unda turkiy xalqlar tarixiga oid qadimiy
afsona va rivoyatlar, 300 ga yaqin maqol va matallar, hikmatli so‘zlar, 700 satrdan
oshiq she'riy parchalar o‘rin olgan. «Devon»da keltirilgan she'riy parchalardan 150
58 satrga yaqini islom davri she'riyatiga xos bo‘lgan «bayt» tipidagi masnaviy, qasida,
g‘azal,   qit'a   parchalari   bo‘lib,   muallif   ularni   «bayt»   deb   ataydi.«Devon»dagi
qo‘shiqlar   ko‘proq   jangnoma   xarakterida   bo‘lib,   ba'zi   yirik   she'riy   parchalarga
shartli   ravishda   «Tangutlar   bilan   jangnoma»,   «Uyg‘urlar   bilan   jangnoma»,
«Yabaku bilan jangnoma» deb nom qo‘yilgan.
Marsiyada   Afrosiyob-Alp   Er   Ton‘ganing   achchiq   qismati   dahshatli   fojia,
o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan yo‘qotish sifatida baholanadi
Alp Er To‘nga o‘ldimu?
Esiz ajun qaldimu?
o‘dlak o‘chin aldimu?
 Emdi yurak yirtilur.
Alp Er To‘nga xalq sevgan qahramon.
 Mana bu misralar motam marosimini eslatadi:
Bo‘ri bo‘lib uldilar.
Yoqa yirtib turdilar.
Yig‘lab-siqtab yurdilar
Ko‘z yoshlari mo‘l bo‘ldi.
«Devonu   lug‘atit-turk»   adabiy   manba   sifatida   ham   qimmatli
yodgorlikdir.   Asardagi   she’riy   parchalar   X1   asrgacha   bo‘lgan   adabiy   hayot
to‘g‘risida to‘laqonli so‘z yuritishga imkon beradi. Bu she’riy parchalar ma’lum bir
so‘zning izohi uchun keltirilgan bo‘lsa-da, bu parchalar qadimgi turkiy adabiyotda,
xususan,   lirik   va   epik   janrning   rivoj   topganidan   dalolat   beradi.   Koshg‘ariy
keltirgan  mazkur  she’riy  parchalar   turli   mavzuda  – mehnat,  yorning  ta’rif-tavsifi,
turk   bahodirlarining   qahramonliklari,   ezgulikka   da’vat,   vatanparvarlik   va   h.
SHe’riy parchalarni Mahmud Koshg‘ariy xalq og‘zidan yozib olgan. Ayni paytda
«Devonu   lug‘atit-turk»dagi   ba’zi   she’riy   parchalar   majlum   bir   ijodkor   qalamiga
mansub   ekanligini   Koshg‘ariyning   ishorasidan   bilish   mumkin.   Koshg‘ariy   ko‘p
o‘rinlarda   «shoir   aytadi»   iborasini   ishlatadi   va   bir   to‘rtlik   keltiradi.   Ular   xalq
59 orasida   mashhur   bo‘lganlari   uchun   ham   Koshg‘ariy   ularning   ismini   aytib
o‘tirmagan. Ba’zi shoirlarning (masalan, CHo‘chu) aytib o‘tadi.
“Devon”dagi   she’rlar   haqida   quyidagi   xulosalarga   kelish   mumkin:   1.
Mahmud   Koshg‘ariyning   “Devonu   lug‘atit-turk”   asaridagi   she’rlar   ham   xalq
og‘zaki   ijodiga,   ham   individual   she’riyatga   mansub.   2.   Matnlar   islomdan   oldingi
davrga mansub, ammo musulmonlikning ta’siri ham seziladi.
Bunday   talqindan   so‘ng   yana   quyidagicha   savol   kelib   chiqadi:   agar
“Devon”dagi she’rlar ham xalq og‘zaki ijodiga, ham individual she’riyatga mansub
bo‘lsa,   qaysi   tamoyillarga   ko‘ra   ularni   farqlash   mumkin?   “Devon”dagi   hamma
she’rlar   sillabik   she’r   deb   qabul   qilingan,   ya’ni   folklor   va   adabiy   parchalar
metrikasi bir xil. Hamma she’rlar qofiyalangan. Demak, she’rning tovush tuzilishi
folklor   va   individual   she’riyatni   farqlash   uchun   zaruriy   edement   bo‘lib   xizmat
qilmaydi.   Nihoyat,   matnlar   mazmunida   ham   (Turkon   malikaga   bag‘ishlangan
to‘rtlikdan   tashqari)   folklorga   oid   she’rlar   bilan   individual   she’riyatni   farqlashga
yordam beradigan hech narsa yo‘q. 79
Agar   “Devon”   dagi   she’rlar   islomgacha   bo‘lgan   davrga   mansub   bo‘lsa   va
bora-bora   musulmonlik   ta’sirida   qolgan   bo‘lsa,   bu   she’riy   parchalarning
tuzilishidagi   qaysi   elementlar   islomgacha   bo‘lgan   davr   elementlariyu   qaysi
elementlar islom  ta’sirida deb qaraladi? Musulmonlik  ta’siri  nimada o‘z ifodasini
topgan?   Bombachining   fikricha,   islomgacha   bo‘lgan   she’r   turi   izosillabizm   (teng
hijolilik)   tamoyili   buzilgan   o‘rinlardagi   baytlarda   o‘z   aksini   topgan.   Bombachi,
qadimgi   turkiy   she’riyat   uchun   misralardagi   bo‘g‘inlar   miqdori   turlichaligi
xarakterlidir,   deb   asoslashga   harakat   qiladi.   Masnaviy   shaklidagi   qofiyalanishga
ega   bo‘lgan   ikkiliklar   arab-fors   poetikasning   ta’siri   sinab   ko‘rilgan   usuldir   deb
qarash mumkin, deydi.
Bombachining   bu   fikrini   haqiqatdan   uzoq   deb   bo‘lmaydi.   Zotan,   Koshg‘ariy   o‘z
asarida   (1   jild,   151-betda   Ash’a   degan   shoirning   arabcha   bir   baytini   keltiradi)
arabcha baytlarni ham keltiradiki, bundan Mahmud Koshg‘ariy arab-fors she’riyati
poetikasidan  foydalangani  haqiqatga  yaqin, deb aytish  mumkin. Quyida arab-fors
adabiyotiga oid masnaviy shaklidagi baytlardan keltiramiz.
60 Alg‘il o‘gut mendin, o‘g‘ul erdam tila,
Bo‘yda ulug‘ bilga bo‘lub, bilging ula (1, 85).
(O‘g‘il, mendan o‘git sotib ol, fazilat tila,
El-yurt orasida ulug‘ olim bo‘l, ilmingni tarqat.)
Qishqa etin kelsa, qali qutlug‘ yay,
Tun, kun kecha alqinur o‘zlak bila ay (1, 111)
(Barakali yoz kelsa, qishga tayyorlan, chunki kecha va kunduzning o‘tishi bilan oy
va zamon kechadi (yoz o‘tib qo‘l keladi).
Bardi eran qo‘nuq, ko‘rub qutqa saqar,
Qali yavuz uyuq, ko‘rub evni yiqar (1, 112)
(Mehmonni davlat va barakatdan sanaydiganlar o‘tib ketdi, sahrolarda ko‘ringan
qoralarni   va   manzillarni   belgilash   uchun   qo‘yilgan   toshlarni   ko‘rib,   odam   deb
o‘ylab, u kelib qolmasin deb, chodirni buzguvchilar qoldi.)
O‘truk o‘tun ag‘rilayu yuzga baqar,
Elkin tashub bermish ashig‘ bashqa qaqar (1, 127)
(Erlarning   hiylakori,   pastkashi,   baxili   qoldi.   Mehmon   uning   oldida   o‘g‘ridek
ko‘rinadi, musofir mehmonga eydigan narsasini minnat qilib, bergan narsasi bilan
mehmonning boshiga uradi )
Shuni ta’kidlash kerakki, Koshg‘ariy «shoir  aytadi» iborasi  ostida keltirgan
to‘rtliklar shaklan xalq og‘zaki ijodiga tegishli. Ammo adabiy jarayonning qadimgi
va ilk klassik davrdagi holati folklor va yozma adabiyot tamoyillarining bir-biriga
uyg‘unligi bilan belgilanadi. Ayniqsa, urxun yodnomalari bilan «Devonu lug‘atit -
turk»   qiyoslanganda,   badiiy   fikrlashning   eng   umumiy   tamoyillari   urxun
yodnomalarida ham, «Devon»da bir ekanligi ayonlashadi.
«Devonu lug‘atit-turk» va enisey yodnomalaridagi  jang lavhalari  bir  biriga motiv
va   syujet   jihatidan   uyg‘un   keladiki,   «Devon»dagi   to‘rtliklar   «islomdan   oldingi
O‘rta   Osiyo   xalqlarining   eposi» 81
ga   aloqador.   Fitratning   ko‘rsatishicha,
61 «Devon»dagi to‘rtliklar milodiy VII-VII asrlarga oid adabiy manbalardir. Qadimgi
turkiy   adabi   yot   -   urxun-enisey   yodnomalaridagi   an’ana   Qoraxoniylar   davri
adabiyotiga   uzluksiz   o‘tgani   haqidagi   fikrlar   shunday   parchalarda   o‘z   tasdig‘ini
topadi.   Jumladan,   A.Bombachi   qadimgi   turkiy   adabiyot   bilan   «Qutadg‘u   bilig»
o‘rtasidagi   aloqani   tarixiy   sharoit   bilan   bog‘laydi:   «Turkiylar   uchun   islomgacha
bo‘lgan davrdan islomga o‘tish birdaniga bo‘lmagan edi. An’ananing uzluksizligi
Qoraxoniylar   adabiyotida   yaqqol   kuzatiladi.   Til   ilgari   qanday   bo‘lsa,
shundayligicha qoldi».
Bombachining bu fikri uchta manba – urxun- enisey yodnomalari, «Devonu
lug‘atit-turk»   va   «Qutadg‘u   bilig»ga   tegishli.   Rus   va   Evropa   turkologiyasida
«qadimgi   turkiy   adabiyot»   va   «qadimgi   turkiy   til»   nomi   ostida   X11   asrgacha
bo‘lgan turkiy tildagi yodgorliklar nazarda tutiladi va bu o‘zini oqlaydi.
Gap   «Devonu   lug‘atit-turk»   va   urxun-   enisey   yodnomalarining   tili
umumiyligi   va   bu   manbalardagi   tasvirning   uyg‘unligi   haqida   ketar   ekan,   yana
Fitratga   murojaat   etamiz.   U   yuqoridagi   asarida   «Devon»dagi   bir   necha   epik
asarlarni   tiklaydi,   ular   tasvir   xarakteri,   ruhi,   poetik   jihatlari,   voqealar   mazmuni
jihatidan   xalq   eposlariga   taalluqli   ekanligi   sezilib   turadi.   Fitrat   «Devon»dagi
to‘rtliklarni   mazmuniga   ko‘ra,   o‘n   besh   bo‘limga   guruhlaydi.   Biz   bu   o‘rinda   VII
(Tangut begining urushi, 53-58- betlar), VIII (Uyg‘urlar bilan urush, 58-60-betlar),
XII   (Bir   urush,   74-78-betlar),   XIII   (Uch   urush,   72-74-betlar)   bo‘limlaridagi
to‘rtliklarning   yodnomalardagi   parchalarga   nafaqat   g‘oya   va   mazmun   tomondan,
balki   tarixiylik   nuqtai   nazaridan   ham   ta’kidlamoqchimiz.   Misol   uchun   «Tangut
begining   urushi»   deb   nomlangan   bo‘lim   to‘rtliklarida   (8   to‘rtlik)   jang   manzarasi
tasvirlangan.
Qatun sini jig‘iladi,
Tangut begin yag‘iladi,
Qani ag‘ib jag‘iladi,
O‘yin suvin qizil sag‘di.
Mahmud   Koshg‘ariy   nozik   didli   adabiyotshunos   sifatida   maqol   va   she’rni
yaxshi   farqlaydi   va   har   bir   baytni   berishda   aniqlik   kiritadi.   Qaysi   o‘rinda   maqol,
62 qaysi   o‘rinda   she’r   kelayotganini   o‘quvchiga   uqtirish   uchun   “maqolda   shunday
kelgan”,   “she’rda   shunday   kelgan”   iboralarini   keltiradi   (maqollardan   sharhlash
kerak).
“Devon”da   she’rlardan   tashqari,   Mahmud   Koshg‘ariy   ikki   afsonani   ham
keltirgan.   SHu   afsonalardan   biri   -   “Oltin   qon”   afsonasi,   ikkinchisi   -   yil   hisobi
to‘g‘risidagi   afsonadir.   Afsona   turkcha   o‘n   ikki   muchal   yillarining   paydo   bo‘lish
tarixiga   oiddir   (1,   331-332).   Koshg‘ariy   afsonani   hikoya   qilib   bo‘lgach,   qadimgi
turkiylarda   yil   hisobi   quyidagi   tartib   bilan   yuritilishini   ko‘rsatadi:   sichqon   yili,
sigir yili, bars yili, quyon yili, timsoh yili, ilon yili, ot yili, qo‘y yili, maymun yili,
tovuq yili, it yili, to‘ng‘iz yili.
Bu   afsonaning   yana   bir   diqqatga   sazovor   tomoni   shundaki,   qadimgi   Xitoy
afsonalari   tarkibida   ham   mazkur   afsona   bor.   Xitoylarda   bu   afsona   Budda   bilan
bog‘liq.
Xitoylarda   rivoyat   qilinishicha,   Budda   Yer   yuzini   tark   etishdan   oldin
huzuriga   hamma   hayvonlarni   chaqiribdi.   U   bilan   xayrlashgani   o‘n   ikki   hayvon
kelibdi, xolos. Kelgan hayvonlarni mukofotlash uchun Budda, men chaqirganimda
navbat bilan kelganingiz bo‘yicha yillarga nom beraman, debdi. Hayvonlar birinchi
bo‘lib   kim   kelgani   to‘g‘risida   bahslasha   boshlabdilar.   Oxiri,   bir   to‘xtamga   kelish
uchun   musobaqa   uyushtirishga   qaror   qilibdilar:   daryoning   narigi   qirg‘og‘iga
birinchi   bo‘lib   o‘tgan   hayvonning   nomi   bilan   birinchi   yil   ataladigan   bo‘libdi.
Keyingi   yillar   daryoni   birin-ketin   kechib   o‘tgan   hayvonlar   nomi   bilan   ataladigan
bo‘libdi. Nihoyat, o‘n ikki jonzot qirg‘oqqa tizilishibdi va baravar suvga o‘zlarini
tashlabdilar.   Kalamush   darrov   ho‘kizning   ustiga   minib   olibdi,   ho‘kiz   esa   hech
narsani   sezmabdi.   Ho‘kiz   boshqa   hamma   hayvonlardan   oldinga   ketib,   daryoning
narigi   qirg‘og‘iga   chiqishga   tayyorlanibdi.   SHu   lahzada   kalamush   uning   ustidan
sakrabdi-da, qirg‘oqqa bir necha soniyaga  ho‘kizdan  oldin chiqibdi. Shunday qilib,
kalamush   birinchi   bo‘lib   chiqqan   hisoblanibdi.   Qolgan   hayvonlar   shu   tartibda
suzib o‘tibdilar:  yo‘lbars, quyon, ajdar, ilon, ot, qo‘y, maymun, xo‘roz, it .  To‘ng‘iz
63 nihoyatda   sustkash   va   dangasa   ekan,   shuning   uchun   eng   oxirida   qirg‘oqqa   yetib
kelibdi.
Ikkala   afsonadagi   yil   hisobining   nomlari   va   tartibida   katta   farq   yo‘q.
Ehtimol,   Xitoyga   buddaviylik   kelgandan   keyin,   qadimgi   turklar   afsonasini
o‘zlashtirgan bo‘lishlari mumkin.
SHuningdek, “Devonu lug‘atit-turk”da munozara (YOz va Qish munozarasi)
janri, Alp Er To‘ngaga va yana bir noma’lum qahramonga bag‘ishlangan marsiya
ham bor.
O‘rta   maxsus   maktablarida   “Devonu   lug‘atit   turk”   asarini   o‘qitishda   ham
o‘quvchilarga   tegishli   ma’lumotlar   berilgach,   bir   qancha   usullardan   foydalanish
mumkin.
O‘quv topshirig‘i.
 
Quyida berilgan ma’lumotlarni o‘qib, ma’ruzada tinglaganlaringizga asosan
Tog‘ri (T) va Noto‘g‘ri (N) deb belgilab chiqing. Xato ma’lumotni tuzating. 
Koshg‘ariyning   to‘liq   ismi   Mahmud   ibn   Husayn   ibn
Muhammad
Mahmudning   ilk   ustozlaridan   biri   Husayn   xalifa
Bolosog‘unlik edi
Mahmud Koshg‘ariy qomuschi olim va sayyohdir
Koshg‘ariy   forsiy   til   grammatikasini   ishlab   chiqqan   1-
tilshunosdir
Devon-u   lug‘otit   turk”   asaridagi   ma’lumotlar   X-XI
asrlarga oid.
. 
64“To‘g‘ri va noto‘g‘ri”
mashqi.
Test topshiriqlarini
yeching 1. Mahmud Koshg‘ariy qaysi shaharda tug‘ilgan?
A) Barskon 
b) Barsg‘an 
c) Bolosog‘un 
d) Koshg‘ar
2.Koshg‘ariy qaysi shaharlarda ta’lim olgan?
a) Buxoro, Marv 
b) Samarqand • 
c) Bag‘dod, Nishopur 
d) barchasida
3.“Devon-u log‘otit-turk” asari qaysi yillarda yozilgan?
a)1072-1074-yillar 
c)1064-1066-yillar 
b)1074-1076-yillar 
d)472-474-yillar
4.Asarda turk tili qaysi til bilan qiyoslanadi? 
A) fors tili 
b) o‘zbek tili 
c) arab tili 
d) tojik tili 
5.Asarda   berilgan   badiiy   hodisalardan   kuy,   maqom   ma’nosini   bildirib   she’rga
nisbatan qo‘llangan atama qaysi? 
A) Saj’
b) rajaz 
c) yir 
d) qo‘shug‘ 
6.Asarning tarixiy mavzularga bag‘ishlangan qismini aniqlang. 
A)Tangutlar bilan bo‘lgan jang haqida parcha 
65 c) “Oltin qon” rivoyat 
b) Alp Er To‘nga marsiyasi 
d) barchasi to‘g‘ri
Qolaversa,   o‘qituvchi   tomonidan   berilgan   nazariy   ma’lumotlarni   mustahkamlash,
xotiraga   muxrlash   va   bilimini   sinash   uchun   savol   va   topshiriqlardan   ham
foydalanish mumkin.
1) “Devonu lug‘atit-turk” qachon va qaerda yaratilgan?
2) “Devonu lug‘atit-turk”ni yozish uchun material to‘plash maqsadida
3) Mahmud Koshg‘ariy qaysi o‘lkalarni kezib chiqdi?
4) “Devonu lug‘atit-turk”da “shoir aytadi” iborasi nimani anglatadi?
5) “Devonu lug‘atit-turk”dagi didaktik she’riy parchalarga misol keltiring.
6) “Devonu lug‘atit-turk”dagi she’riy parchalar qaysi davrga tegishli?
7) “Devonu lug‘atit-turk”dagi she’riy parchalar bilan qaysi qadimgi 
yodgorliklar o‘rtasida uyg‘unlik bor?
8) “Devonu lug‘atit-turk”da qaysi janrlar uchraydi?
9) “Devonu lug‘atit-turk”dagi maqollar qaysi mavzuda?
“Devoni   lug‘atit   turk”   asarini   o‘qitishda   ma’lumotlar   bazasini   tartiblab,
tarmoqlab   o‘rganish   uchun   “kaster”,   taqqoslab   o‘rganish   uchun   “Venn
diagrammasi”, ma’lumotlar ketma-ketligini eslab qolish uchun “Zanjir”, Mahmud
Koshg‘ariy   shaxsi   bilan   tanishish   uchun   “Shaxsini   top”,   xotira   va   nutqni
rivojlantirish   uchun   “Sher   mashqi”,   “So‘z   o‘yini”   kabi   metodlardan   foydalanish
mumkin.
66Savol vaSavol va
topshiriqlar:topshiriqlar: XULOSA
Keyingi   yillarda   ta’lim   tizimidagi   islohotlar,   asosan,   O‘zbekiston
Respublikasini   rivojlantirishning   beshta   ustuvor   yo‘nalishi   bo‘yicha   2017-2021
yillarga   mo‘ljallangan   Harakatlar   strategiyasida   belgilangan   «…ta’lim   tizimini
takomillashtirish,   sifatli   ta’lim   xizmatlari   imkoniyatlarini   oshirish» 8
ga   doir
g‘oyalar   asosida   olib   borilmoqda.   Har   bir   sohada   ilg‘or   innovatsiyalarni   yaratish
bugungi   kun   ilm   ahlining   asosiy   maqsadidir.   Ushbu   tadqiqot   ishida   asarning   asl
mohiyatini   o‘quvchilar   ongiga   singdirish,   uni   o‘qitishning   turli   usullari,   o‘ziga
xosliklari haqida mulohazalar mavjud. 
Tilshunoslik   tarixida   til,   madaniyat   va   tarixning   ayrim   muammolarini   hal
yetishda   murojaat   qilishimiz   va   o‘rganishimiz   lozim   bo‘lgan   nodir   qo‘lyozma
yodgorliklarimiz   talaygina.   Shunday   asarlardan   biri,   shubhasiz,   ilk   tilshunos,
qiyosiy   metod   asoschisi   Mahmud   Ko‘shg‘ariyning   “Devonu   lug‘ati-t-turk”
asaridir.   Ushbu   asarning   tilshunoslik   oldidagi   qimmati   endilikda   hech   kimga   sir
emas.   Lug‘at   har   tomonlama   zamonaviy   lingvisik   nazariyalarga   munosib   asos
bo‘la oladigan darajadagi mukammal asardir.
8
  Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   Ш .   Мирзиёев нинг   2017   йил   7   февралдаги   ПФ-4947-сон
«Ўзбекистон   Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги
Фармони
67 Bugungi   kunga   qadar   juda   ko‘p   olimlar   tomonidan   asarning   turli   qirralari
tadqiq etilgan bo‘lsa-da, uning mohiyati, nazariyalari to‘laligicha o‘rganilgan deya
olmaymiz,   aksincha,   asarning   ichiga   qanchalik   chuqurroq   kirib,   yangidan-yangi
qirralarini   kashf   etilaversa,   uning   sir-asrorlari   yanada   namoyon   bo‘laveradi.
Mashhur   sharqshunos   P.K.Juzening   Mahmud   Koshg‘ariy   haqidagi:   “Dadil   aytish
mumkinki,   yaqindagina   (XIX   asr   oxirlarida)   Rossiyada   va   Sharqda   o‘rganilgan
turkiy tillar fonetikasi va etimologiyasining asosiy qonunlari XI asrdayoq Mahmud
Koshg‘ariy   tomonidan   aniqlangan   va   o‘rganilgan   edi.   Mahmudning   bu
tekshirishlari shu qadar keng va chuqurki, hatto bunday asar XIX asrda yozilganda
ham, unga shon-sharaf bo‘lar edi. Mahmud Koshg‘ariyning «Devon»i singari asar
fan   olamida   keyingi   asrlarda   ham   yaratilgan   emas.   Uning   asari   bamisoli   «Turkiy
qomusdir», - degan fikrlari yuqoridagi fikrlarimizning dalilidir.
Darhaqiqat,   Mahmud   Koshg‘ariy   tilshunoslikning   qiyosiy-tarixiy,   fonetika,
fonologiya,   leksikologiya,   leksikografiya,   lingvogeografiya   sohlarida   diqqatga
sazovor   ishlarni   amalga   oshirdi.   U   bevosita   sarf   va   nahv   ilmining   asoschisi
hisoblanadi.
  “Devonu   lug‘ati-t-turk”ni   tilshunoslikning   turli   yo‘nalishlari   bo‘yicha
tadqiq qilsa bo‘ladi. Uni leksik jihatdan o‘rganish, tahlil qilish esa asarning nozik
qirralarini, ma’no rang-barangliklarini ochib berishga xizmat qiladi.
Ushbu   tadqiqot   ishini   bajarish   jarayonida   “Devonu   lug‘atit   turk”   asari   haqida
umumiy   ma’lumotlarni   to‘plandi,   asarning   o‘rganilganlik   darajasi,   bu   haqdagi
olimlarning   turli   nazariyalarini   ko‘rib   chiqildi,   til   va   adabiyot   ta’limida
lug‘atlardan   foydalanishning   ahamiyatini   aniqlandi,   ona   tili   darslarida   “Devoni
lug‘atit   turk”asarini   o‘qitishda   o‘ziga   xos   usullar,   innovatsion   metodlardan
foydalanish   bo‘yicha   mulohaza   va   takliflar   berildi,   o‘rta   maktab   adabiyot
darslarida   “Devoni   lug‘atit   turk”asarini   o‘qitishda   o‘ziga   xos   usullar,   innovatsion
metodlardan foydalanish ko‘nikmalari haqida fikrlar bildirildi. 
Mahmud   Koshg‘ariyning   “Devonu   lug‘otit   turk”   asari   yuzasidan   jahon
olimlaridan   K.Brokelmann,V.V.Bartold,   S.E.Malov,   K.K.Yudaxin,   B.   Atalay,
68 R.Kilisli   ,   o‘zbek   olimlaridan   S.Mutallibov,   A.   Fitrat,   B.   Cho‘ponzoda,   G‘.
Abdurahmonov,   H.   Dadaboyev,   A.   Rustamov,   A.   Hasanov,   H.   Boltaboyev 9
  kabi
olimlar o‘zlarining tadqiqot ishlarini olib borgan.
Xullas,   ilm-fan   ravnaq   topib,   rivojlanib   borgani   sari   eng   qadimiy,   eng
tadqiqottalab   asarlardan   bo‘lgan   “Devoni   lug‘otit   turk”   asariga   bo‘’lgan   qiziqish
dunyo  miqyosida   kuchayib   bordi.   Bu   borada   yirik-yirik,  salmoqli   tadqiqot   ishlari
amalga   oshirildi.   Ushbu   asarni   jahon   olimlari   turli   sohalar   bo‘yicha   tadqiqot
obyekti   sifatida   ishladilar,   jumladan,   asarning   filologik,   geografik,   etnografik,
kulturologik, adabiyotshunoslik va shu kabi tarmoqlar bo‘yicha tadqiq etdilar. 
Ushbu asar turkiy xalqlar tarixidagi dialektologik, izohli, etnografik, tarixiy-
etimologik   lug‘atlarning   barcha   unsurlarini   qamrab   oluvchi   dastlabki   universal
lug‘at bo‘lib, o‘z muallifini dunyoga ulug‘ adabiyotchi, tarixchi geograf va boshqa
ko‘p   fanlarlan   yaxshi   xabardor   bo‘lgan   yirik   fan   arbobi,   qomusiy   olim   sifatida
tanitdi.   “Devoni   lug‘atit   turk”   asarini,   uning   tarkibidan   joy   olgan   har   bitta   so‘zni
yosh-avlodga   o‘rgatish   zarur.   Agar   mana   shu   ish   amalga   oshirilsa,   birinchi
navbatda,   tilimizning   sofligi   saqlanadi,   so‘z   boyligimiz   mahalliylashadi,kelajak
avlodga   keng   dunyoqarashli,   fikrlashi   keng,   so‘z   bilish   qobiliyati   yuqori   bo‘lgan
kadrlarni   tayyorlab   bergan   bo‘lamiz.   Maktab   darsliklarining   asosiy   mazmuni
lug‘atlar   bilan   ishlashga   qaratilganligi   ham   bejiz   emas.   Bolalar   qanchalik   ko‘p
didaktik   va   ilmiy   asarlar   bilan   tanishib   borsa,   shunchalik   bilimi,   tafakkur   olami
ham shu asnoda  shakllanadi. Yuqorida keltirilgan usullar  namuna sifatida berildi.
Aslida, har bir fan o‘qituvchisi ijodkor sifatida o‘zi o‘qitadigan mavzusini bolalar
ongiga   yetkazishda   shaxsiy   metologiyasiga   tayanadi.   Bu   esa   ham   o‘quvchilarda
ham o‘qituvchuilarda shaxsga oid kompetensiyani shakllanishiga olib keladi.
“Devoni   lug‘atit   turk”   asarini   o‘qitishda   ma’lumotlar   bazasini   tartiblab,
tarmoqlab   o‘rganish   uchun   “kaster”,   taqqoslab   o‘rganish   uchun   “Venn
diagrammasi”, ma’lumotlar ketma-ketligini eslab qolish uchun “Zanjir”, Mahmud
9
 A.Fitrat. Eng eski turk adabiyoti namunalari. Samarqand-Toshkent, 1927. Qayta nashri: Toshkent: 
MUMTOZ SO’Z, 2008;  Dadaboyev H. «Devonu lug‘atit turk»ning til xususiyatlari.–
Toshkent:ToshDSHI,2017; Abdurahmonov G’. Mutallibov S.M. Devonu lug’atit nturk. Indeks-lug’at. – 
Toshkent: O’zFA nashriyoti, 1967.
69 Koshg‘ariy   shaxsi   bilan   tanishish   uchun   “Shaxsini   top”,   xotira   va   nutqni
rivojlantirish   uchun   “Sher   mashqi”,   “So‘z   o‘yini”   kabi   metodlardan   foydalanish
mumkin.
FOYD А LANILGAN ADABIYOTLAR
I. Normativ- huquqiy hujjatlar va metodologik ahamiyatga molik
nashrlar
1. Mirziyoyev   Sh.M.   “ O zbekiston   Respublikasini   yanada   rivojlantirishʻ
bo yicha   harakatlar   strategiyasi   to g risida	
ʻ ʻ ʻ ”   gi   Farmoni.   /   Xalq   so zi,   2017	ʻ
yil, 8 fevral. - № 28 (6722). https://lex.uz/ru/
2. Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   2019   йил   21   октябрдаги
“Mамлакатимизда ўзбек тилини янада ривожлантириш ва тил сиёсатини
такомиллаштириш   чора-тадбирлари   тўғрисида ”   ги   ПФ-5850-сон
Фармони.  https://lex.uz/ru/
3. Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   “ Ўзбекистон
Республикасининг   “Давлат   тили   ҳақида”   ги   қ онуни   қабул
қилинганининг   ўттиз   йиллигини   кенг   нишонлаш   тўғрисида ”   ги   2019
йил 4 октябрдаги П Қ -4479-сонли   Қ арори. https://nrm.uz/
4. Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   2019   йил   21   октябрдаги
“Ўзбек   тилининг   давлат   тили   сифатидаги   нуфузи   ва   мавқеини   тубдан
ошириш   чора-тадбирлари   тўғрисида”   ги   ПФ-5850   -   сон   Фармони.
https://lex.uz/ru/   
5. Каримов   И . А .   Ўзбекистонда   демократик   ўзгаришларни   янада
чуқурлаштириш   ва   фуқаролик   жамияти   асосларини
70 шакллантиришнинг   асосий   йўналишлари .   Иккинчи   чақириқ
Ўзбекистон   Республикаси   Олий   Мажлисининг   тўққизинчи
сессиясидаги   маъруза ,   2002   йил   29   август   -   Биз   танлаган   йўл   –
демократик   тараққиёт   ва   маърифий   дунё ,   ҳамкорлик   йўли .   Т.11. – Т.:
2003. 
6. И . Каримов , “ Миллий   истиқлол   ғояси :  асосий   тушунча   ва   тамойиллар ”, 
Тошкент , 2000,  б .45   4
 Qarang.“Ta’lim taraqqiyoti”, 1999, 1-maxsus son, 
64-bet.  
II. Monografiya, ilmiy maqola, ilmiy adabiyotlar
1.  A.Fitrat. Eng eski turk adabiyoti namunalari. Samarqand-Toshkent, 1927. 
Qayta nashri: Toshkent: MUMTOZ SO‘Z, 2008;  Dadaboyev H. «Devonu 
lug‘atit turk»ning til xususiyatlari.–Toshkent:ToshDSHI,2017; 
2. «Devonu lug‘ati turk»da asarida keltirilgan lirik she’rlar semantikasiga bir 
boqish // Sharq tarjimashunosligi: tarixi, hozirgi kuni va kelajagi» 
mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami.   –Toshkent: 
ToshDSHI, 2016. – B. 19-28;
3. «Devonu lug‘ati-t turk» va uning o‘zbek tilshunosligi taraqqiyotidagi o‘rni// 
Sharq mash’ali, 014.–№2 (46).–B.15-19;
4. «Qutadg`u bilig»dagi qadimiy maqollar haqida // Til va adabiyot ta`limi. 
2004, 1-son.
5. A.Xushanov,   Sh.Bo‘ronova  “ Science   and   Education ”  Scientific   Journal  
Volume   1   Issue   3  
6. Abdulaxatov N. Va boshqalar.Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit 
turk” asaridagi leksik birliklar tadqiqi. Toshkent- 2013.
7. Abdullaev H.Aliyev A., Sodiqov Q. “Devonu lug‘ati turk”da kechgan 
yelkin~elkin so‘zi va uning she’riy uzindilardagi semantikasi // Sharq 
71 tarjimashunosligi: tarixi,hozirgi kuni va kelajagi» mavzuidagi Respublika 
ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami.–Toshkent:ToshDSHI, 2014.–№2.–B. 
24-28;
8. Abdurahmonov A. Turkiy xalqlar og‘zaki ijodi (Eng qadimdan islomgacha 
bo‘lgan davr). –Samarqand:SamDU,2004;
9. Abdurahmonov G‘. Mutallibov S.M. Devonu lug‘atit nturk. Indeks-lug‘at. – 
Toshkent: O‘zFA nashriyoti, 1967.
10. Atalay. B. Divanü Lügat-it-Türk ve Tercümesi üzerine Notlar /  Kâşgarlı  
Mahmud.  Divanü Lügat-it-Türk (çeviri). Çeviren:Besim Atalay. 5 baski. 
Cild I. Ankara, 2006. S.XII; 
11. Dadaboyev   H.  “ Devonu   lug‘atit   turk ” ning  til xususiyatlari.–
Toshkent:ToshDSHI, 2017;
12. Fitrat A. Tanlangan asarlar. 5 jildlik. 4 jild. Eng eski turk adabiyoti 
namunalari. – Toshkent: Ma’naviyat, 2006;
13. Haqqul I. O‘zbek adabiyotida ruboiy. – Toshkent: Fan,1981;
14. Jo‘rayev M.Folklorshunoslik asoslari. – Toshkent: Fan, 2009;
15. Karimov Q. Qadimgi turkey til lug‘ati (X–XII asrlar). – Toshkent: Mumtoz 
so‘z, 2009;
16. Kilisli Rifat. Ansiklopedik Sözlük, III Cild / Dil ve genel Kültür 
Ansiklopedisi. Ankara, 1967. S. 1297.
17. M.Koshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. III tomlik. T. – 1960. – I tom, 17, 67 
betlar.
18. Mahmud Koshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk.I jild. 126, 159, 444, 445-b. 
Oriental Art and Culture. Scientific-Methodical Journal – Issue 5/2020 ISSN
2181-063X 160  http://oac.dsmi-qf.uz . 
19. Mahmud Koshg‘ariy. Turkiy so‘zlar devoni (Devoni lug‘otit turk). 3 jildlik. 
1-jild. Tarjimon va nashrga tayyorlovchi: Solih Mutallibov. T.: Fan, 1960.
20. Mallayev N. O‘zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1976;
21. Mamatqulov M. Qadimgi turkey adabiyotda janrlar poetikasi. Filol.f.n... dis. 
– Toshkent, 2004;
72 22. Nurxon Nuraliyevna Rasulova, Fors tojik tilidan o‘zlashgan taom nomlari. 
“Science and Education” Scientific Journal November 2020 / Volume 1 
Issue 8  https://cyberleninka.ru/article/n/fors-tojik-tilidan-o-zlashgan-taom-
nomlari/viewer . 
23. Qadimgi turkey she’riyat haqida // Hayotbaxsh chashma. – Toshkent: 
Adabiyot va san’at, 1974. – B. 138-149.
24. Qayumov A. va boshqalar. Qadimgi yozma yodgorliklar. – Toshkent: 
Yozuvchi, 2000;
25. Rahimjonov M. O‘zbek mumtoz lirikasida marsiya janri. Fil.f.d. (PhD)... 
diss. – Samarqand, 2018;
26. Rahmatova Govhar Omonovna «Devonu lug ati-t-turk»dagi she rlar: matn ʼ ʼ
va uning talqini masalalari filologiya fanlari bo yicha falsafa doktori (phd) 	
ʼ
dissertatsiyasi avtoreferati.
27. Rahmonov N. »Devonu lug‘oti-t-turk» – adabiy manba sifatida // “Devonu 
lug‘oti-t-turk”– turkey xalqlarning noyob yozma yodgorligi» mavzuidagi 
xalqaro ilmiy anjuman materiallari. – Toshkent, 2018.– B. 54- 66;
28. Rahmonov N., Sodiqov Q. O‘zbek tili tarixi. –Toshkent: O‘zbekiston 
faylasuflari milliy jamiyati, 2009; 23.
29. Rajabov D. “Devonu lug‘atit turk” dagi adabiy parchalar haqida // O‘zbek 
tili va adabiyoti, 2013. – №2. – B. 106- 111;
30. Sodiqov Q. O‘zbek adabiy tili tarixidan. – Toshkent: O‘zbekiston, 1994;
31. Valixo‘jayev B. O‘zbek adabiyotshunosligi tarixi. – Toshkent: O‘zbekiston, 
1993;
32. Xayitmetov A. O drevney poezii tyurkov (po materialam “Divani lug‘atit 
turk” Maxmuda Kashgari) // Sovetskaya tyurkologiya. –Baku, 1972. – №1. 
– S. 123.
33. Xayrullayev M. Mahmud Qoshg‘ariy // Ma’naviyat yulduzlari. –Toshkent: 
Xalq merosi, 2001;
34. Xo‘ja Ahmad Yunus. “Turkiy tillar devoni” dagi bayonlardan uyg‘urlarning 
XI asrdagi yemak-ichmak madaniyatiga nazar. // Urumchi, 2005.  № 4, 21-b.
73 Internet saytlari:
1.  www.zieyonet.uz . 
2.www.pedagog.uz.
3. www. Wikipedia.uz
4.  https://lex.uz/ru/   
5.  http://oac.dsmi-qf.uz . 
6.  https://cyberleninka.ru/article/n/fors-tojik-tilidan-o-zlashgan-taom-nomlari/
viewer .
74

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH ASOSLARINI O‘QITISH VA MALAKASINI OSHIRISH MARKAZI MUN D ARIJA KIRISH ………. ........... ........................................ ..................... .......... ....... ... ............3 I BOB. MAHMUD KOSHG‘ARIYNING HAYOT VA IJOD YO‘LI.“DEVONU LUG‘ATIT TURK” ASARI 1.1.M.Koshg‘ariy qomusiy olim sifatida………………………………………… .5 1.2.“Devonu lug‘atit turk” asari haqida umumiy ma’lumot ……………… …….. .. 9 II BOB. “DEVONU LUG‘ATIT TURK”ASARINING O‘RGANILISHI 2.1. “Devonu lug‘atit turk”asarining jahon miqyosida o‘rganilishi … ………….. . 13 2.2. “Devonu lug‘atit turk”asarining o‘zbekistondagi tadqiqi…………………...22 III BOB . ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARIDA “DEVONU LUG‘ATIT TURK”ASARINI O‘QITISHNING O‘ZIGA XOS AHAMIYATI. VA USULLARI . 2.1. Ona tili darslarida lug‘atlardan foydalanishning ahamiyati. ( “Devonu lug‘atit turk”)asari misolida ……………………………..………………………………...30 2.2. Adabiyot darslarida “Devonu lug‘atit turk” asarining o‘qitilishi ………….....38 XULOSA ................................................................................................. 49 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO YXATIʻ ............................... 52

KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Jahon tamadduni tarixida ko plab nodir va bebahoʻ yodgorliklar borki, ular nafaqat bir millat, balki butun insoniyat uchun ham beqiyos ma rifiy va madaniy ahamiyat kasb etadi. Ana shunday noyob ʼ yodgorliklardan biri XI asrda yaratilgan – Mahmud Koshg ariy qalamiga mansub ʻ “Devonu lug oti-t-turk” (“Turkiy so zlar to plami”) asaridir. ʻ ʻ ʻ Ushbu asarning tilshunoslik oldidagi qimmati endilikda hech kimga sir emas. Lug‘at har tomonlama zamonaviy lingvisik nazariyalarga munosib asos bo‘la oladigan darajadagi mukammal asardir. “Devonu lug‘ati-t-turk” asari tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarix, geografiya va shu kabi fanlar bo‘yicha ma’lumot beruvchi va ushbu sohalar uchun ajoyib tadqiqot obekti bo‘la oladigan, shu bilan bir qatorda butun dunyo tan olgan, 950 yillik tarixga ega bo‘lgan yirik asar sanaladi. Uni til jihatdan tadqiq qilish hamda keng ommaga yetkazish, bu borada mavjud bo‘lgan muammolarga yechim topish har bir tilshunos va adabiyotshunos olimning oldida turgan mas’uliyatli vazifalardan biridir. Keyingi yillarda ta’lim tizimidagi islohotlar, asosan, O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida belgilangan «…ta’lim tizimini takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish» 1 ga doir g‘oyalar asosida olib borilmoqda. Har bir sohada ilg‘or innovatsiyalarni yaratish bugungi kun ilm ahlining asosiy maqsadidir. Ushbu tadqiqot ishida asarning asl mohiyatini o‘quvchilar ongiga singdirish, uni o‘qitishning turli usullari, o‘ziga xosliklari haqida mulohazalar mavjud. Tadqiqotning obyekti va predmeti. Ushbu bitiruv malakaviy ishining obyekti – Mahmud Koshg‘ariy tomonidan yozilgan “Devonu lug‘otit turk” asari. 1 Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш. Мирзиёев нинг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сон «Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги Фармони 2

Uning predmetini esa ana shu asarning ona tili va dabiyot darslarida o‘qitilishi mumkin bo‘lgan innovatsion usullar, metodlar tashkil etadi. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi o‘rta ta’lim maktablarining ona tili va adabiyot fanlarida “Devonu lug‘atit turk” asarining o‘qitilish tizimini ishlab chiqish hamda keng ommaga yetkazishdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish quyidagi vazifalarni taqazo etadi: - “Devonu lug‘atit turk” asari haqida umumiy ma’lumotlarni to‘plash; - asarning o‘rganilganlik darajasi, bu haqdagi olimlarning turli nazariyalarini ko‘rib chiqish; - til va adabiyot ta’limida lug‘atlardan foydalanishning ahamiyatini aniqlash; -ona tili darslarida “Devoni lug‘atit turk”asarini o‘qitishda o‘ziga xos usullar, innovatsion metodlardan foydalanish; -o‘rta maktab adabiyot darslarida “Devoni lug‘atit turk”asarini o‘qitishda o‘ziga xos usullar, innovatsion metodlardan foydalanish; Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundan iboratki, ushbu tadqiqotda maktab ona tili va adabiyot darslarida o‘quvchilarga “Devonu lug‘atit turk”asarini o‘qitishning turli usullari jadval va shakllar orqali ko‘rsatib berildi, asar haqidagi o‘zbek va jahon olimlarining tadqiqotlari o‘rganib chiqildi hamda ularning nazariyalari o‘zaro qiyoslandi. Tadqiqotning o rganilganlik darajasiʻ . Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari yuzasidan jahon olimlaridan K.Brokelmann,V.V.Bartold, S.E.Malov, K.K.Yudaxin, B. Atalay, R.Kilisli 2 , o‘zbek olimlaridan S.Mutallibov, A. Fitrat, B. Cho‘ponzoda, G‘. Abdurahmonov, H. Dadaboyev, A. Rustamov, A. Hasanov, H. Boltaboyev 3 kabi olimlar o‘zlarining tadqiqot ishlarini olib borgan. 2 Atalay. B. Divanü Lügat-it-Türk ve Tercümesi üzerine Notlar / Kâşgarlı Mahmud. Divanü Lügat-it-Türk (çeviri). Çeviren:Besim Atalay. 5 baski. Cild I. Ankara, 2006. S.XII; Kilisli Rifat. Ansiklopedik Sözlük, III Cild / Dil ve genel Kültür Ansiklopedisi. Ankara, 1967. S. 1297. 3 A.Fitrat. Eng eski turk adabiyoti namunalari. Samarqand-Toshkent, 1927. Qayta nashri: Toshkent: MUMTOZ SO’Z, 2008; Dadaboyev H. «Devonu lug‘atit turk»ning til xususiyatlari.– Toshkent:ToshDSHI,2017; Abdurahmonov G’. Mutallibov S.M. Devonu lug’atit nturk. Indeks-lug’at. – Toshkent: O’zFA nashriyoti, 1967. 3

Tadqiqot mavzusi bo yicha adabiyotlar tahlili. ʻ Mazkur tadqiqot ishida jahon va o‘zbek olimlarining bir talay tadqiqot ishlari o‘rganib chiqildi, jumladan, Basim Atalay tomonidan qilingan asarning tarjima varianti ko‘rib chiqildi, nemis olimi K. Brokelmann tomonidan tuzilgan lug‘at bilan tanishildi, qolaversa o‘zbek olimlaridan S. Mutallibov va G‘Abdurahmonov hamkorligida tuzilgan “Devon”ning o‘zbekcha tarjimasi bilan ham tanishib chiqildi. Har uchchala tarjima bir biriga qiyoslandi. Bundan tashqari, A. Fitratning “So‘zlik” asari, A. Rustamov tomonidan asarning rus tiliga tarjima variant ham ma’lum darajada ko‘rib chiqildi. S. Hasanov va H. Boltaboyev muallifligida yozilgan “Devonu lug‘atit turk”ning yangi nashrini tayyorlash prinsplari” mazvusidagi ilmiy maqolasi ham o‘rglidi. Tadqiqotning metodologiyasi va metodlari. O zbekiston Respublikasi ʻ Prezidentining ta’lim-tarbiya, til, ma’naviyatga doir qarashlari, O zbekiston ʻ Respublikasining “Davlat tili haqida” gi qonuni, soha mutaxassislarining fundamental asarlari ushbu tadqiqot ishimizning metodologik asosini tashkil qiladi. Tadqiqotning predmetini o rganishda transformatsion, transpozitsion, ʻ distributiv, oppozitiv metodlardan foydalaniladi. Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati . Tadqiqotda ko‘plab olimlarning nazariy qarashlari haqida ham fikrlar keltirilgan, bu esa asar haqidagi ta’limotni nazariy jihatdan boyitadi, o‘quvchilarda bu borada tasavvur va bilimlar uyg‘onishiga sabab bo‘ladi. Ishning amaliy ahamiyati umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar ona tili va adabiyot darslarini “Devonu lug‘atit turk”asarini o‘qitishning turli usullaridan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishlari mumkin. Tadqiqotning tuzilishi va hajmi. Ushbu ish an’anaviy tarzda kirish, 3 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro yxatidan iborat bo lib, umumiy hajmi 56 ʻ ʻ sahifadan iborat. 4

I BOB. MAHMUD KOSHG‘ARIYNING HAYOT VA IJOD YO‘LI.“DEVONU LUG‘ATIT TURK” ASARI 1.1.M.Koshg‘ariy qomusiy olim sifatida Mahmud Koshg‘ariy tilshunoslikning qiyosiy-tarixiy, fonetika, fonologiya, leksikologiya, leksikografiya, lingvogeografiya sohlarida diqqatga sazovor ishlarni amalga oshirgan, sarf va nahv ilmining asoschisi hisoblanadi. Mahmud Koshg`ariy (to`liq ismi - Mahmud ibn al-Husayn ibn Muhammad al- Qoshg`ariy) - XI asrda yashab o`tgan Muhammad Issiqko`l bo`yidagi Barsxon shahrining amiri bo`lgan. Keyinchalik Xitoyning Qashqar shahriga ko`chib o`tgan va shu yerda 1029-yilda o`g`li Mahmud dunyoga kelgan. Mahmud Koshg`ariyning hayoti to`g`risida bizgacha juda kam ma’lumot yetib kelgan. Ammo shu narsa ma’lumki, Qoraxoniylar avlodiga mansubligi Mahmudga yoshlik davridayoq dastlab tug`ilgan shahrida, keyinchalik Buxoro, Samarqand, Nishopur va Bagdod shaharlarida chuqur bilim olish imkoniyatini bergan. Otasi Husayn ibn Muhammad o‘sha davrdagi Baregan elining amiri bo‘lgan. Koshg‘ariy boshlangich ma’lumotni o‘z qishlog‘ida, yuqori ma’lumotni Koshg‘ar madrasalarida olgan, arab, fors, turkiy kabi 7-8 tilni puxta egallagan. So‘ng u Buxoro, Samarqand, Marv, Nishopur shaharlarida bilimini oshirgan. 1056—57 yillarda mamlakatdagi ichki nizolar natijasida olim o‘z vatanini tark etib. 15 yil davomida atrofdagi qardosh xalqlar orasida yurishga majbur bo‘lgan. Ana shu yillarda u turkiy xalqlar yashaydigan o‘lkalarni kezib, bu yerlardagi turkiy qabila va urug‘lar, ularning kelib chiqishi va nomlanishi, joylashish o‘rinlari, urf-odatlari, ayniqsa, til xususiyatlarini sinchiklab o‘rganadi. So‘ng Bag‘dodga borib, ancha vaqt shu shaharda ijod qilgan, xususan, 1072 yili (ba’zi manbalarda — 1074 yil va undan ham keyin) dunyoga mashhur asari «Devonu lug‘otit turk» («Turkiy so‘zlar devoni»)ni yozib bitiradi va uni abbosiylardan bo‘lgan Abulqosim Abdulloh binni Muhammadil Muqtado biamrillohga bag‘ishlaydi. Ushbu asar turkiy xalqlar tarixidagi dialektologik, izohli, etnografik, tarixiy-etimologik lug‘atlarning barcha 5