BOSHLANG`ICH TA`LIMDA O`QITISH METODLARI
BOSHLANG`ICH TA`LIMDA O`QITISH METODLARI MUNDARIJA: KIRISH…………………………………………………………………………….2 I BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QISH DARSLARINI TASHKIL ETISHNING METODIK ASOSLARI…………………………………………..6 1.1. O‘qish darslarining maqsadi va vazifalari……………………………………..6 1.2. O‘qish darslarining turlari……………………………………………………14 II BOB. O‘QISH DARSLARIDA ERTAKLAR USTIDA ISHLASHNING AHAMIYATI VA USULLARI…………………………………………………23 2.1. Ertaklarning janr xususiyatlari va ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati………………23 2.2. Boshlang‘ich sinflarda ertaklarni o‘rganish jarayoni………………………...26 XULOSA…………………………………………………………………………35 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..37 1
KIRISH Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir. “Aynan ta’lim va ma’rifat bashariyat farovonligining asosiy omillaridan hisoblanadi, insonlarni ezgulikka da’vat etadi, saxovatli, sabr-qanoatli bo‘lishga undaydi.” O‘zbekistonda mustaqil va kuchli davlat qurishdan asosiy maqsad inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadigan va hurmat qilinadigan adolatli jamiyat barpo etishdir. Bu, avvalambor, ta’lim va ma’rifat tizimini takomillashtirish, mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarni zamonaviy bilim olishga yo‘naltirish, barkamol shaxsni tarbiyalash bilan bog‘liq ekanini biz yaxshi anglaymiz. 1997 yilda qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa davlat dasturlarining hayotga tatbiq etilishi samarasida mazkur soha tubdan isloh qilindi, zamonaviy uzluksiz ta’limtarbiya tizimi yaratildi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab yurtimizda yoshlar haqida e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga davlat siyosatining eng asosiy va ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qarab kelinmoqda. Chunki yoshlar – bizning kelajagimiz. Bu sohadagi davlat siyosatini yanada chuqurlashtirish uchun yaqinda O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Bularning barchasi bugungi kunda o‘z samarasini bermoqda. Yoshlarimiz biznes, ilm-fan, madaniyat, san’at, adabiyot va sport sohalarida olamshumul muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Bu mamlakatimiz istiqboliga, buyuk ajdodlarimiz boshlagan ezgu ishlarni kelajak avlodlar munosib davom ettirishiga katta ishonch bag‘ishlaydi. Har bir avlod oldida insoniyat yaratgan jamiki boyliklarni, bilimlarni o’rganish, o’zlashtirish va rivojlantirish vazifasi turadi. Hayot taraqqiyoti va jamiyat rivojini shusiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Ushbu vazifani bajarish uchun yoshlarimiz ajdodlarimiz merosini ular qoldirgan manbalar orqali o‘rganishlari, ko‘proq kitob o‘qishga, bilimlarni asl manbalardan oliishga harakat qilishlari zarur. 2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2017 yilning 12 yanvar kuni “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi2 bu mavzuning dolzarb ekanligini tasdiqlaydi. Maktab o'quvchini o'qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir qatorda kitobni mustaqil o'qiy oladigan, uni tushunadigan, ma'lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazeta va jurnallarni ham mustaqil o'qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. Shu jihatdan sinfdan tashqari o'qish tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, ko'p narsani bilishga havasni oittiradi. O‘zbek xalqining boy madaniy me’rosi bo‘lmish xalq og‘zaki ijodi namunalari kichik maktab yoshidagi kitobxonlar uchun ulkan ma’naviy-ma’rifiy manba hisoblanadi. Xalq ertaklari bu o‘rinda alohida ahamiyatga ega. Mana shu asarlar yordamida o‘quvchilarda tarbiyaviy jihatlarni takomillashtirib borish zarur. Sinfdan tashqari o‘qish darslariga to‘laqonli dars sifatida qaralib, o‘tilgan asar yuzasidan suhbat, viktorinalar o‘tkazish, asarni tahlil qilish, g‘oyasini ochib berish, qahramonlarning hatti-harakatlarini muhokama qilish; bular asosida vatanparvarlik, do‘stlik, mehnatsevarlik, insonparvarlaik g‘oyalarini o‘quvchilar ongiga singdirib borish zarurligi bizning mavzuimizning dolzarbligini belgilab beradi. Mavzuning dolzarbligi: O`qitish darslari fan o`qituvchilari tomonidan puxta o`ylangan, ma`lum tizimga solingan, o`quvchilar aqliy bilimlarini charxlaydigan bo`lishi lozim. Zotan, “Milliy dastur”da ko`zda tutilgan asosiy masala – O`zbekistonning kelajagi bo`lgan barkamol avlod, komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazish jamiyatning oldida turgan muhim vazifadir. “To`qqiz yillik (1-9- sinflar) o`qishdan iborat umumiy o`rta ta`lim majburiydir. Ta`limning bu turi boshlang`ich ta limni (1-4-sinflar) qamrab oladi hamda‟ o`quvchilarning fanlar asoslari bo`yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o`zlashtirish ehtiyojlari, asosiy o`quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma naviy-axloqiy fazilatlarni mehnat ‟ ko`nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo`lishni va kasb tanlashni shakllantiradi. 3
Kelajagimiz bo`lgan yosh avlod bilim egallashda boshlang`ich ta`limda o`tiladigan fanlarni chuqur, ongli tarzda o`zlashtirishlari muhim sanaladi. Shunday ekan, bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda boshlang`ich ta`limdagi fanlarni o`tishda jahon andozalariga mos va xos bo`lgan o`qitish usullaridan foydalanish muhimdir. Kurs ishining maqsadi : Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarini samarali tashkil etish jarayonida s o‘qish darslarining maqsadi va vazifalarini, tizimini, davlat ta’lim standartlari tomonidan o‘qish darslariga qo‘yilgan talablarni o‘rganib chiqdik va o‘z ishimizda bayon etdik.Biz ushbu mavzuni yoritishda ,malakaviy amaliyotda o„tagan tajribamizga suyanib, 4-sinf maktab o„quvchilarida o„tkazilgan dars jarayoni grammatik mashqlarni bajarish va tashkil etishga oid fikrlarimizni bayon qilamiz. Kurs ishini yozishda asoslangan materiallar : Ushbu ishni yozishda Prezidentimiz I.A.Karimovning qator asarlari, xususan, “Yuksak ma naviyat –‟ yengilmas kuch”, singari asarlaridan, shuningdek, Yusupov M., Mahmudova M., Rahmonbekova S., Qosimova K., Matchonov S., G„ulomov M., Solihov O. singari olim va metodistlarning asarlaridan, ilmiy tadqiqot, monografiya va maqollaridan foydalanib ish ko„rdik. Kurs ishning yozilishida qo`llanilgan metod : Albatta, ona tili darslari va mashg`ulotlar o`qituvchi tomonidan uning rahbarligida o`tkaziladi. Bu o`z navbatida, o`qituvchi tomonidan puxta o`ylangan, rejalashtirilgan, ma lum tizimga solingan va mazmunli bo„lishi talab qilinadi.Biz mazkur bitiruv ‟ ishimizni olgan bilim va tajribamizga tayangan holda, shuningdek, pedagogik amaliyot o`tgan Samarqand tumanidagi 46-umumta`lim maktabidagi o`qituvchilarning ish tajribasiga suyangan holda yoritishga harakat qildik. Kurs ishning ilmiy yangiligi : Darhaqiqat, ona tili darslari orqali o quvchilarning bilim olish samaradorligini oshirishda ilg`or pedagogik ‟ texnologiyalardan foydalanish o`z navbatida yangilik sanaladi. Chunki, ona tili darslarida ilg`or pedagogik texnpologiyalardan foydalanish boshlang`ich sinf 4
o`quvchilari uchun yangilik bo`lmasa-da, uni tashkil etish, unumli va samarali bo`lishiga erishish ko`p jihatdan sinf o`qituvchisining mahoratiga bog`liq. Ona tilidan bilim samaradorligini oshirish o„quvchilar ongini rivojlantiradi, fikrlash qobiliyatini o`stiradi, dadil fikr-mulohazalar aytishga chorlaydi. O`z fikrini aytish, yozish uchun imkoniyat yaratadi. Kelajakda ilmiy salohiyatga erishish uchun keng yo`l ochib beradi. Kurs ishning amaliy ahamiyati : Ushbu bitiruv malakaviy ishidan pedagogika va psixologiya, defektologiya bo`limlarining talablari kurs va bitiruv ishlarini yozishda, o`zbek adabiyoti tarixini o`rganishda, shuningdek, boshlang`ich sinf o`qituvchilari fakultativ mashg`ulotlarda, sinf rahbarlari va adabiyot o`qituvchilari esa, turli lingvistik mashqlarni bajarishda foydalanishlari mumkin. Kurs ishning tuzilishi : Bitiruv ishi kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. Kurs ishning mundarijasi : Kirish qismida, umuman, mavzuning dolzarbligi, uning oldiga qo`ygan maqsad va vazifalari, ishning ilmiy yangiligi, tahlil uslubi, ishning amaliy ahamiyati hamda shakily tuzilishi haqida fikr yuritilgan. Birinchi bob : Boshlang ich sinflarda ona tilini o`rgatishning mazmuni va‟ vazifalari, maktabda ona tili o rgatishning mazmuni va ahamiyatiga doir fikrlar ‟ bayon qilinadi. Ikkinchi bob: Grammatik tushunchalarning samarali o`zlashishini ta`minlaydiganmetodik shartla, tushunchani o zlashtirish ustida ishlash jarayoni, ot ‟ so`z turkumini o`rgatishning metodik shartlarihaqida ma`lumotlar berilgan. 5