’BOSHLANG`ICH SINF O`QITUVCHISINING FOSILATORLIK IMKONIYATLARINI YUZAGA CHIQARISH METODLARI’’
’BOSHLANG`ICH SINF O`QITUVCHISINING FOSILATORLIK IMKONIYATLARINI YUZAGA CHIQARISH METODLARI’’ MUNDARIJA KIRISH............................................................................................ I BOB. BO’LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘Q ITUVCHI LARIDA FASILATORLIK NI TAKOMILLASHTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI . §1.1. Boshlang‘ich ta’limda fasilatorlik ni shakllantirish omillari……. § 1.2. Z amonaviy maktabda ta’lim jarayonini takomillashtirishning muhim asoslari ....................................................... .................................................. 1 bob bo‘yicha xulosalar.................................................................... II BOB. Bo’lajak BOSHLANG‘ICH SINF O‘Q it UVCHILARI da FASILATORLIKNI TAKOMILLASHTIRISH USULLARI ....... § 2.1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fasilatorlikni shakllantirish ning zamonaviy usullari…………………………. ................... .. § 2.2 . Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fosilatorlik ni shakllantirish ning ilmiy-metodik asoslari……………………. § 2 . 3 . T ajriba-sinov ishlari tahlili va natijalari…………........................ XULOSA............................................................................................ FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI..................... .. ILOVALAR.......................................................................................
KIRISH Bitiruv malakaviy ishi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining fasilatorlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga ehtiyoj kuchaymoqda. Shu bois rivojlangan davlatlarda bo‘lajak pedagoglarning shaxsiy va fasilatorlikni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy- tadqiqotlar olib borish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, Janubiy Koreya, Germaniya, Rossiya, Angliyada fan va ta’lim yutuqlarini o‘quv materiallari mazmuniga singdirib borish, ona tili o‘qitish sifatini oshirish, ta’limning uzluksizligini va samaradorligini oshirishga oid ilg‘or tajribalarni amaliyotga tatbiq etishga alohida e’tibor berilgan. B oshlang‘ich sinf o‘quvchilari fasilatorlikni shakllantirish didaktik ta’minotining bosqichlarini takomillashtirish, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fosilatorlik darajasini shakllantirishning integrativ modelini takomillashtirish, 1–2- sinf o‘quvchilarining fasilatorlikni shakllantirish metodikasini takomillashtirish metodik ta’minotini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda. Hozirda b oshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fasilatorlikni shakllantirish va takomillashtirishning integrativ modeli, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fasilatorlik darajalarni shakllantirish va takomillashtirishning metodik ta’minoti, b oshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fosilatorlik takomillashganligi d inamikasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fasilatorlikni shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat . Bitiruv malakaviy ishi ning vazifalari: boshlang‘ich ta’limda fosilatorlik darajasini shakllantirishga kompetentli yondashuv metodlarini tahlil qilish ; boshlang‘ich sinf o‘quvchilari f o silatorlikni shakllantirish didaktik ta’minotining bosqichlarini takomillashtirish; 2
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fosilatorlik daraja si ni shakllantirishning integrativ modelini takomillashtirish; 1-2-sinf o‘quvchilarining fasilatorlikni shakllantirish metodikasi modellashtirish orqali takomillashtirish; boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining f o silatorlikni shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish . Bitiruv malakaviy ishining obyekti sifatida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining f a silatorlikni shakllantirish metodikasini takomillashtirish jarayoni belgilandi. Bitiruv malakaviy ishining predmeti b oshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fasilatorlikni shakllantirish metodikasini takomillashtirish ning mazmuni, shakl , metod va vositalari. Bitiruv malakaviy ishi ning usullari. Tadqiqotda tahliliy, qiyosiy- taqqoslash, so‘rovlar, test o‘tkazish, kuzatish, loyihalash, ekspert baholash, mustaqil baholarni umumlashtirish, eksperiment va matematik-statistik qayta ishlash, grafik tasvirlash kabi usullardan foydalanildi. Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, uchta bob, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat bo‘lib, asosiy matn 51 sahifani tashkil etadi. 3
I BOB. BO’LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘Q ITUVCHI LARIDA FASILATRORLIK NI TAKOMILLASHTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI § 1.1. Boshlang‘ich ta’limda fasilatorlik ni shakllantirish omillari O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim sifatini yaxshilash va samaradorligini ta’minlashda moddiy omillar bilan bir qatorda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fasilatorlikni shakllantirish metodikasi takomillashtirish darajasi, salohiyati ham muhim ahamiyatga ega. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fasilatorlikni shakllantirish va takomillashtirish davr talablariga muvofiq faoliyat yurita olishlari uchun zarur shart-sharoit yaratishda boshlang‘ich ta’lim tizimi alohida o‘rin tutadi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi boshlang‘ich ta’limning Davlat ta’lim standarti bo‘yicha o‘quvchilarning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati, fasilatorlik va aqliy rivojlanishi, dunyoqarashini kommunikativ savodxonligi va o‘zini-o‘zi anglash salohiyatini shakllantirish, moddiy borliq go‘zalliklarini his eta olishga o‘rgatish, kompetensiyaviy faoliyatini kengaytirish, o‘quvchilarning erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrini og‘zaki va yozma ravishda bayon qila olish ko‘nikmalarini egallashlariga erishishi lozim. Boshlang‘ich sinflarda ona tilini o‘qitish jarayonida tilni amaliy o‘zlashtirishda o‘quvchilar bir qancha qiyinchiliklarga duch kelayotganining guvohi bo‘ldik. O‘quvchilarning badiiy matnni qayta yaratish, nutqini yozma savodli ifodalashi talab darajasida emas. Vaholanki, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda “ Davlat ta’lim standartlari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional hamda oliy ta’lim mazmuni va sifatiga oid talablarni belgilaydi. Davlat ta’lim standartlarini va (yoki) davlat ta’lim talablarini bajarish barcha ta’lim tashkilotlari uchun majburiydir” , – deb belgilab qo‘yilgan [1]. Savodli va nutqiy kompetentlik ustida ishlash jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv-metodik faoliyatining asosiy yo‘nalishi fasilatorlikni shakllantirishdir. Bu ona tilini amaliy o‘rgatish, muntazam va izchil o‘rgatish, 4
namunalar va maxsus mashqlar asosida o‘rgatish, nutqiy xatolarning oldini olish va ularni to‘g‘rilash, adabiy-badiiy nutq shaklini o‘rgatish orqali amalga oshiriladi. O‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, “Ona tili” o‘quv fani dasturidagi mavzularni puxta o‘zlashtirilishiga yordam beradigan, mustaqil fikr yuritish, fikrini erkin ifodalash, boshqalar fikrini tinglash, mulohaza yuritish, ulardan eng muhimlarini ajrata olish, o‘z fikrini ilgari surish, uni dalillash, umumlashtirish va xulosalashga o‘rgatadigan, o‘quvchilarda til materialidan foydalanishga qiziqish uyg‘otadigan, unda tildan amalda foydalanish ehtiyojini yuzaga keltiradigan, ona tili ta’limi samaradorligini oshirishning omili sifatida e’tirof etilayotgan ilg‘or o‘qitish usullari va mashqlar tizimini ishlab chiqish davr talabidir. Bu talabdan kelib chiqib, ona tili ta’limiga quyidagi vazifalar yuklatiladi: 1) ta’lim jarayonini tashkil etuvchi o‘quvchi va o‘qituvchi shaxsiga o‘quv faoliyati sub’ektlari sifatida yondashuv; 2) o‘qituvchi va o‘quvchining ta’lim jarayoniga ijodiy yondashuvini ta’minlash; 3) o‘qituvchilarning ona tili o‘qitishning takomillashtirilgan an’anaviy va noan’anaviy shakl, metod va vositalaridan foydalanish ko‘nikmasi va malakasini o‘stirib borish; 4) “Ona tili” darslari loyihasining har bir bosqichiga til birliklari ustida ishlashni singdirish; 5) o‘quvchilarning tilni amaliy o‘zlashtirishlari uchun leksik-grammatik mashq topshiriqlarini bajarish usullarini takomillashtira borish; 6) o‘quvchilar faoliyatini, o‘zlashtirish darajasini doimiy o‘rganib borish, natijalarini tahlil qilish, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish choralarini belgilay olish. Takomillashtirilgan va kompetensiyaviy yondashuvga tayanilgan DTSning maqsadi – umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalariga 5