logo

Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatida didaktik o’ylarning tarbiyaviy ahamiyati

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

84.04296875 KB
Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatida didaktik o’ylarning tarbiyaviy
ahamiyati
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………….3
I   BOB.   MAKTABGACHA   YOSHDAGI   BOLALAR   TARBIYASIDA
DIDAKTIK   O‘YINLARNI   TAKOMILLASHTIRISHNING     NAZARIY
ASOSLARI.
1.1   Maktabgacha   yoshdagi   bolalar   uchun   o‘yinlarning
tasnifi………………..7
1.2 Didaktik o‘yinlarning mohiyati va pedagogik ahamiyati………………22
II   BOB.   MAKTABGACHA   YOSHDAGI   BOLALAR   FAOLIYATIDA
DIDAKTIK   O‘YINLARNI   TASHKIL   ETISH   USULLARI   VA   AMALIY
AHAMIYATI.
2.1 Didaktik o’yinga rahbarlik qilish………………………………………..28
2.2  Didaktik o’yinlardan foydalanishning tajriba sinov ishlari…………….35
XULOSA………………………………………………………………….46
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………50
1 KIRISH
Mavzuning   dolzarbligi:   Maktabgacha   ta’lim   tizimini   yanada
takomillashtirish,   moddiy-texnika   bazasini   mustahkamlash,   maktabgacha   ta’lim
tashkilotlari   tarmog’ini   kengaytirish,   malakali   pedagog   kadrlar   bilan   ta’minlash,
bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim - tarbiya
jarayoniga   zamonaviy   ta’lim   dasturlari   va   texnologiyalarini   tatbiq  etish,   bolalarni
har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-
sharoitlar   yaratish   maqsadida   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   «2017-
2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
tog’risida»   gi   qarori   bilan   tasdiqlangan   «Maktabgacha   ta’lim   tizimini   yanada
takomillashtirish   bo’yicha   2017-2021   yillarga   mo’ljallangan   dastur»   ning   asosiy
maqsadli   vazifalari   va  yo’nalishlari   qatorida  ilg’or   xorijiy tajribani  hisobga   olgan
holda   bolalarni   har   tomonlama   intellektual,   axloqiy   estetik   va   jismoniy
rivojlantirish sharoitlarini yaratish belgilangan. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning
davlat   standarti   6-bobida   davlat   maktabgacha   ta’lim   tashkilotlarini   o‘yinlar
to‘plami,   o‘yinchoqlar,   mebel,   jihozlar   va   boshqa   texnik   vositalar   bilan   jihozlash
keltirib   o‘tilganligi   maktabgacha   yoshdagi   bolalar   tarbiyasida   o‘yinchoqlarning
ahamiyati bugungi kunda bola tarbiyasida muhim ahamiyatga ega.
O‘tgan   qisqa   vaqt   mobaynida   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining
«2017-2021   yillarda   maktabgacha   ta’lim   tizimini   yanada   takomillashtirish   chora-
tadbirlari   to‘g‘risida»gi,   «Maktabgacha   ta’lim   tizimi   boshqaruvini   tubdan
takomillashtirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida»gi,   «O‘zbekiston   Respublikasi
maktabgacha   ta’lim   vazirligi   faoliyatini   tashkil   etish   to‘g‘risida»gi   farmon   va
qarorlari,   shuningdek,   “Maktabgacha   ta’lim   tizimini   yanada   takomillashtirish
bo‘yicha   2017-2021   yillarga   mo‘ljallangan   Dasturi   hamda   respublikada
maktabgacha   ta’lim   tizimini   yanada   takomillashtirish   bo‘yicha   «Yo‘l   xaritasi»
asosida misli ko‘rilmagan ishlar amalga oshirilib kelmoqda.  Har bir mamlakatning
iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma’naviy hayot darajasining yuksalishi ta’lim tizimining
2 raqobatbardoshligi,   ilm-fan   taraqqiyoti   bilan   belgilanadi.   Shu   bois,   O‘zbekiston
Respublikasini   yanada   rivojlantirish   bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasida   ta’lim
sohasini   tubdan   takomillashtirish,   ta’lim   sifatini   oshirish,   intellektual   salohiyatli,
jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, aniq fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish va
iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifalar
sifatida belgilangan bo‘lib, pirovardida   bugungi davr talabiga javob bera oladigan
ta’lim tizimni yaratish ko‘zda tutildi.
Ta’limiy   jarayonlarni   tizimli   olib   borish   va   maktabgacha   yoshdagi   bolalarni
har   tomonlama   rivojlantirishda   “Ilk   qadam”   Maktabgacha   ta’lim   muassasasining
Davlat   o‘quv   dasturi   yaqindan   yordam   beradi.   Dastur   O‘zbekiston
Respublikasining   “Ilk   va   maktabgacha   yoshidagi   bolalarni   rivojlanishiga
qo‘yiladigan Davlat talablari”ga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat
bo‘lib,   unda   maktabgacha   ta’lim   muassasasining   maqsad   va   vazifalari,   uslubiy-
tarbiyaviy   faoliyatning   asosiy   g’oyalari   ifodalangan,   shuningdek,   bolaning
ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetentsiyalari belgilangan.
“Ilk   qadam”   Davlat   o‘quv   dasturi   bolani   intellektual   va   jismoniy
rivojlantirish,   milliy-madaniy   va   umuminsoniy   qadriyatlar   ruhida   tarbiyalash,
maktab    ta’limiga   tayyorlash     jihatlari    zamonaviy     pedagogika    va   psixologiya
tamoyillariga tayangan holda qayta ko‘rib chiqildi. Dastur  maktabgacha yoshdagi
bola   rivojlanishiga   moslashtirildi,     aniqlashtirildi,     misollar     bilan     boyitildi.
Noan’anaviy  usullarda ishlash yo‘llari ko‘rsatildi 1
 .
Shuningdek,     bolaning     hayoti     va     sog’lig’ini     himoyalash,     ta’lim-tarbiya
jarayonini  puxta  olib  borish,  uning  taffakkur,  tasavvur  va  nutqini rivojlantirish
bilan   birga,   mustaqil   o‘rganishga,   fikrlashga,   ijodkorlikka,   o‘z   shaxsini     hurmat
qilish,     o‘ziga     ishonch     tuyg’usini     shakllantirishga     qo‘yilgan   vazifalar
kengaytirildi, shakl, mazmun va uslubiy tomondan boyitildi.
Maktabgacha   ta’lim   tizimini   takomillashtirish,   ta’lim-tarbiya   jarayonini
tarbiyachilar   tomonidan   to‘g’ri   tashkil   etilishi,   mas’ul   shaxslar   tomonidan   uni
nazorat   qilishning   afzalligini   ta’minlash,   maktabgacha   yoshdagi   bolalar   ota-
onalarining   oilada   bola   tarbiyasi   bilan   shug’ullanishi   uchun   qulaylik   yaratish
3 maqsadida “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi ishlab chiqildi. Maktabgacha yoshdagi
bolalarga   ta'lim   bеrishda   kompеtеntsiyaviy   yondashuv   o‘sib   borayotgan   bola
shaxsini   hayotga   tayyorlash,   unda   hayotiy   muhim   masalalarni   hal   qilish   uchun
zarur bo‘lgan, axloqiy mе'yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish, boshqa insonlar bilan
muloqot   qilish,   «Mеn»   obrazini   qurish   bilan   bog’liq   bo‘lgan   faoliyat   usullarini
shakllantirishga tayyorgarlikni ko‘zda tutadi.
Ilk   qadam”   davlat   o‘quv   dasturidadagi   yo‘nalishlar   bo‘yicha   bilim   berishda
mashg’ulotlar   bilan   birgalikda   didaktik   o‘yinlardan   foydalanish   o‘rganganlarini
mustahkamlash uchun asos  bo‘la oladi. Qolaversa,  o‘yinlar orqali ta’lim berishda
bolalar   yangi   bilimlarni   ortiqcha   zo‘riqishlarsiz   qabul   qiladi,   chunki   bu   jarayon
ular uchun maroqli va qiziqarli bo‘ladi.
Bitiruv   malakaviy   ishining   maqsadi:   Maktabgacha   yoshdagi   bolalar
tarbiyasida   o‘yinlarning   ahamiyatiga   oid   ilmiy-metodik   adabiyotlarni   nazariy
o‘rganish   va   uning   samaradorligini   oshirishga   xizmat   qiluvchi   ilmiy   metodik
tavsiyalar ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari:
O‘rganilayotgan   muammo   bo‘yicha   pedagogik-psixologik,   va   metodik
adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish.
Maktabgacha   yoshdagi   bolalar   tarbiyasida   didaktik   o‘yinlarning
ahamiyatining  pedagogik muammosini dolzarbligini asoslash.
Maktabgacha   yoshdagi   bolalar   tarbiyasida   didaktik   o‘yinlar   orqali   tarbiya
berishning samarali yo‘llari va vositalarini aniqlash.
Maktabgacha   yoshdagi   bolalar   tarbiyasidagi   didaktik   o‘yinlar   ahamiyatining
vazifalari,   yo‘llari   va   vositalariga   qaratilgan   ilmiy   metodik   tavsiyalar   ishlab
chiqish.
Bitiruv   malakaviy   ishini   obyekti:   Maktabgacha   yoshdagi   bolalarning
tarbiyasida didaktik o‘yinlarning ahamiyatini o‘rganish jarayoni.
Bitiruv   malakaviy   ishining   predmeti :   Maktabgacha   yoshdagi   bolalarda
didaktik   o‘yinlarning   tarbiyaviy   ahamiyatining   vazifalarini   tashkil   etish   yo‘llari,
vositalari va shart-sharoitlari.
4 Bitiruv malakaviy ishi metodlari:
-mavzuga oid ilmiy-nazariy manbalarni o’rganish, 
-kuzatuv,
-suhbat, 
-pedagogik-eksprement.
Bitiruv malakaviy ishining metodologik asosi:
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Maktabgacha
ta’lim   tizimiga   doir   qaror   va   farmonlari,   “Maktabgacha   ta’lim   va   tarbiya
to’g’risida”gi   qonun   Maktabgacha   ta’lim   davlat   standarti,   maktabgacha   ta’lim
tizimini   2030-yilgacha   rivojlantirish   Konvensiyasi,   hukumat   tomonidan
Maktabgacha   ta’lim   tizimiga   doir   qabul   qilingan   huquqiy-me’yoriy   hujjatlar,
shuningdek   tanlangan   yo’nalishda   ilmiy   tadqiqot   ishlari   olib   borgan   pedagog
olimlarning   nazariy   qarashlari   va   zamonaviy   ilg’or   ta’limotlar.   Sharq
mutafakkirlarining didaktik tarbiyaga oid qarashlari, mavzuga oid ilmiy-pedagogik
manbalarda ilgari surilgan ta’limotlar.
Bitiruv malakaviy ishining yangiligi:
-Maktabgacha   yoshdagi   bolalar   tarbiyasida   didaktik   o‘yinlarning   ahamiyati
muammosi o‘rganildi
-maktabgacha   yoshdagi   bolalar   tarbiyasida   didaktik   o‘yinlar   ahamiyatining
mazmuni,   tarbiyaning   samarali   usullari   hamda   uni   amalga   oshirish   vositalari
belgilandi;
-maktabgacha   yoshdagi   bolalar   tarbiyasida   didaktik   o‘yinlarning   ahamiyati
samaradorligini     ta’minlashga   qaratilgan   metodik   tavsiyalar   yaratildi   va   ular
amaliyotga tadbiq etildi.
Bitiruv malakaviy ishining tuzulishi : mundarija, kirish,   2 bob, 4 paragraf,
umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
5 I     BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR TARBIYASIDA
DIDAKTIK O‘YINLARNI TAKOMILLASHTIRISHNING    NAZARIY
ASOSLARI
1.1 Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o‘yinlarning tasnifi
Maktabgacha  yoshdagi  bolalarni  intellektual,  axloqiy,  estetik va  jismoniy
jihatdan  har  tomonlama  rivojlantirish  uchun  sharoitlarni yaratish  maktabgacha
ta’lim     muassasalarida     ta’lim-tarbiya     jarayonini     tashkil   qilishning   mavjud
tartibini   qayta   ko‘rib   chiqishni   hamda   maktabgacha   ta’lim   xizmatlarini
ko‘rsatishning  zamonaviy  usullarini  joriy  etishni  talab qiladi.
Ta’lim-tarbiya     jarayonini     takomillashtirish,   bolalarning   rivojlanganligi
darajasini  va  ularning  umumiy  boshlang’ich  ta’limga tayyorligini,  shuningdek,
ularning     ijtimoiy,     shaxsiy,     hissiy,     nutqiy,   jismoniy     va     ijodiy     rivojlanishini
baholash  asosida  amalga  oshirilishi lozim.
Bunda   bolalarda   Vatanga   muhabbat   hissini,   oilaga, o‘z xalqining milliy,
tarixiy,   madaniy   qadriyatlariga   hurmat,   atrof-muhitga   nisbatan     ehtiyotkorona
munosabatni  shakllantirishga  alohida  e’tibor qaratilishi lozim.
Ushbu  vazifalarni  amalga  oshirish  maqsadida  quyidagilar  nazarda tutiladi:
1)     maktabgacha     ta’lim     muassasalari     faoliyatini,     shuningdek,     bolaning
rivojlanishi     va     uning     umumiy     boshlang’ich     ta’limga.   tayyorligini     kompleks
baholashning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish;
2)     maktabgacha     ta’lim     muassasalari     uchun     o‘quv-metodik,     didaktik
materiallar va badiiy adabiyotlarni tanlab olishni va ekspertizasini ishlab chiqilgani
tartibga muvofiq o‘tkazish;
3)  maktabgacha  ta’limning  muqobil  shakllari  uchun  yangi  o‘quv-metodik
materiallarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
4) "Ilk qadam" davlat o‘quv dasturini keng joriy etish;
5)     tarbiyalanuvchilarning   yakka     tartibdagi     ish   daftarlari,     kartochkalar,
tarqatma   va   sanoq   materiallari   mazmuni   va   dizaynini   o‘rnatilgan   talablarga
muvofiq ishlab chiqish;
6 6)     rivojlanishida     jismoniy     yoki     ruhiy     buzilishlari     bo‘lgan     bolalar
ta’limining     kompleks     texnologiyalarini     ishlab     chiqish,     inklyuziv     ta’lim,   eng
yangi   reabilitatsiya     va   abilitatsiya   usullarini   keng   joriy     etish,     ularning   izchil
ijtimoiylashuvi     va     umumiy     maktabgacha     ta’lim     umumiy     tizimi
integratsiyalashuviga     ko‘maklashadigan     moslashtirilgan     dasturlar     va     yakka
tartibdagi ta’lim yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
7)    maktabgacha    ta’limda   fanlarni   rivojlantiruvchi   muhitning innovatsion
texnologiyalari     va   modullarini     ishlab     chiqish,     maktabgacha   va     umumiy
boshlang’ich     ta’lim     izchilligining     mazmun     va     protsessual   komponentlarini
optimallashtirish;
8)   mashg’ulotlar   davomiyligining   eng   maqbul   vaqtini   va   ularning   ketma-
ketligini     aniqlash     maqsadida     o‘quv     rejalari     va     ta’lim     dasturlarini
optimallashtirish;
9)   bolalarni   sog’lom   turmush   tarzini   yuritishga   o‘rgatish,   gimnastika va
faol     o‘yinlar     bo‘yicha     mashg’ulotlar     o‘tkazish     orqali     tarbiyalanuvchilarda
jismoniy   tarbiya   mashg’ulotlari   va   sportga   qiziqish   uyg’otishni   shakllantirish,
jismonan sog’lom o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash;
10)   maktabgacha   yoshdagi   bolalarning   badiiy-estetik va   musiqiy   tarbiya
hamda     ta’lim     darajasini     oshirish,     erta     yoshdan     boshlab     STEAM     o‘qitish
asoslarini joriy etish;
11)    bolaning kelgusida  o‘zini o‘zi    muvaffaqiyatini   namoyon qilishi  uchun
asos sifatida ijtimoiy-emotsional ko‘nikmalarni rivojlantirish;
12)     maktabgacha     ta’lim     muassasalariga     qatnamaydigan     bolalar     uchun
ta’lim   xizmatlari   turlari:   pullik   ta’lim   xizmatlari,   qisqa   muddatli guruhlar va
boshqalarni kengaytirish 1
.
  Xorijiy   davlatlar   ilg’or   tajribasining   tahlili   zamonaviy   maktabgacha   ta’lim
muassasalarida   maktabgacha   yoshdagi   bolalarni   rivojlantirish   uchun   sharoitlarni
yaratishga   yo‘naltirilganligi   bilan   tavsiflanib,   bolaning   ijobiy   ijtimoiylashuvi
imkoniyatlarini   namoyon   qilish,   uning   har   tomonlama   shaxsga   oid   ma’naviy-
1
,, Nutq o’stirish mashg’ulotlari jarayonlarida didaktik o’yinlardan foydalanish’’ uslubiy qo’llanma. A.Karimova 
Samarqand-2020 42-bet.
7 axloqiy   va   ongli   rivojlanishi,   maktabgacha   yoshga   oid   tegishli   faoliyat   turlari
asosida   tashabbuskorligi   va   ijodiy   qobiliyatlarini   rivojlantirishga,   muloqot
doirasida  katta yoshdagilar  va tengdoshlari bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini
ochishga qaratilgan. 2
Maktabgacha     yoshdagi     bolalarning     kelgusida     maktab     bilimini     yaxshi
o‘zlashtirishi,   maktabga   moslashuvning   yengil   o‘tishi,   bola   shaxsida   yuzaga
kelishi  mumkin  bo‘lgan  muammolarning  oldini  olish,  qiyinchiliklarni bartaraf
etishni     amalga     oshirishda     bolalarning     maktabgacha     ta’lim   muassasasiga   jalb
etilganligi,   ta’limga     qamralganligi   alohida   ahamiyatga   egadir.   Shunday   ekan   biz
o‘sib   kelayotgan   yosh   avlodning   tarbiyasiga,   bilim   olishiga   hamda   uning   har
tomonlama yetuk shaxs bo‘lib voyaga yetishiga alohida e’tibor qaratishimiz kerak.
O‘yin-   maktabgacha   yoshdagi   bolalarning   eng   muhim   mustaqil   faoliyati
bo‘lib,   uning   jismoniy   va   psixik   kamoloti   uchun,   bolaning   individual
xususiyatining   qaror   topishi   va   bolalar   jamoasining   tarkib   topishida   muhim
ahamiyatga   ega.   O‘yin   bolaning   kelajakdagi   uslubiy,   mehnat   faoliyati,   kishilarga
munosabatining   qay   darajada   shakllanib   borishini   ta’minlaydi.   Maktabgacha
yoshdagi bolalar uchun deb yozgan edi N. Krupskaya  o‘yinlar alohida ahamiyatga
ega:   ular   uchun   o‘yin-o‘qish,   ular   uchun   o‘yin-mehnat,   ular   uchun   o‘yin-jiddiy
tarbiya shakli.  Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o‘yin-borliqni bilish usuli”
O‘yin   qadim   zamonlardan   beri   pedagog,   psixolog,   faylasuf,   etnograf,
san’atshunos   olimlar   diqqatini   o‘ziga   tortib   kelgan.   O‘yin   ibtidoiy   jamoa   tuzumi
davridayoq   yuzaga   kelgan   bo‘lib,   jamiyat   hayotida   mehnatdan   keyin   turadi   va
uning   mazmunini   belgilaydi.   Ibtidoiy   jamoa   qabilalari   o‘z   o‘yinlarida   ovchilik,
urush,     dehqonchilik   ishlarini   aks   ettirganlar.   Shu   tariqa   o‘yin   tarixiy   taraqqiyot
jarayonida mehnat faoliyati natijasida paydo bo‘lgan ijtimoiy faoliyatdir. 
O‘yin   inson   o‘zligining   namoyon   bo‘lishi,   uning   takomillashuv   usulidir.
O‘yin kattalar   hayotida   muayyan   o‘rin   tutar   ekan,   u   bolalar   uchun   alohida
ahamiyatga egadir.   Uni   «bolalikning   hamrohi»   deb   atash   qabul   qilingan.   U
maktabgacha   yoshdagi     bolalar     hayotining     asosiy     mazmunini     tashkil     etadi.
2
 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan 
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5198-sonli Farmoni
8 Mehnat     va     ta’lim   bilan   uzviy   aloqada   bo‘lgan   holda   yetakchi   faoliyat   sifatida
namoyon   bo‘ladi.   Bola   shug‘ulanadigan   ko‘pchilik   jiddiy   ishlar   o‘yin   shaklida
bo‘ladi. O‘yinda shaxsdagi barcha   mavjud   jihatlar   ishga   tushadi:   bola   harakat
qiladi,   gapiradi,   idrok   etadi, o‘ylaydi. O‘yin tarbiyaning muhim vositasi sifatida
namoyon bo‘ladi.
O‘yin     qadim     zamonlardan     beri     pedagog,     psixolog,     faylasuf,     etnograf,
san’atshunos   olimlar   diqqatini   o‘ziga   tortib   kelgan   bo‘lib,   jamiyat   hayotida
mehnatdan keyin turadi va uning mazmunini belgilaydi. Ibtidoiy jamoa qabilalari
o‘z     o‘yinlarida     ovchilik,     urush,     dexqonchilik     ishlarini     aks     ettirganlar.
Masalan,   o‘sha   davrdagi   ba’zi   qabilalarning   sholi   sepish   jarayoni   o‘yinlar   bilan
juda katta tantana qilib amalga oshirilar edi.
Y.A.Komenskiy,   K.D.Ushinskiy,   A.S.Makarenko,   P.F.Lestgaflarning
g‘oyalari hozirgi  zamon  bolalar  o‘yinlari  nazariyasi  uchun  ham  ahamiyatlidir.
«Bolalar   o‘yini     ko‘p     asrlik     tarixga     ega-     deb     yozgan     edi     K.D.Ushinskiy,     -
insonning     o‘zi   tomonidan   ishlab   chiqilgan   qudratli   tarbiyaviy   vosita   va   shuning
uchun ham unda inson tabiatining haqiqiy ehtiyoji ifodalangan».
Yan Amos Komenskiy o‘yinni bola faoliyatining, uning  tabiati va mayllariga
to‘g‘ri  keladigan  zarur  shakli  deb  hisoblardi.  Uning  fikricha  o‘yin  -  bolaning
barcha qobiliyat ko‘rinishlari rivojlanadigan jiddiy aqliy faoliyatdir, o‘yinda borliq
haqidagi  tasavvurlar  doirasi  kengayadi  va  boyidi,  nutq  rivojlanadi. 
Bola     o‘yin   davomida     tengqurlari     bilan     do‘stlashadi.       Y.A.Komenskiy
o’yinga       quvnoq   bolalik   va   bolani   uyg‘un   rivojlanish   sifatida   qarar   ekan,
kattalarga   bolalar   o‘yinlariga     e’tiborli     munosabatda     bo‘lishni,     ularga     oqilona
rahbarlik   qilishni masalahat bergan edi. 
P.F.Lestgail:  bolalar  o‘z  o‘yinlarida  tevarak-atrofdan  olgan  taassurotlarini
aks   ettiradilar,     deydi.     Bunday     faoliyat     bolaning     rivojlanishida     katta
ahamiyatga egadir.
Shunday     qilib     o‘yinning     ijtimoiy     voqea     ekanligini,     o‘yinda     tevarak-
atrofdagi borliq  aks  ettirilishini  ilg‘or  olim  va  pedagoglar  o‘zlarining  kuzatish
va  ilmiy tadqiqotlari orqali isbotlab berdilar.
9 Tarbiyachilar     bolalar     o‘yiniga     rahbarlik     qilishda     quyidagilarga     rioya
qilishi lozim. Shu   tariqa   o‘yin   tarixiy   taraqqiyot   jarayonida   mehnat     faoliyati
natijasida paydo  bo‘lgan  ijtimoiy  faoliyatdir  o‘yin  doimo  haqiqiy  hayotni  aks
ettiradi. 
Demak,  ijtimoiy  hayot  o‘zgarishi  bilan  uning  mazmuni   ham   o‘zgaradi;
o‘yin ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan ongli faoliyat bo‘lib, uning       mehnat bilan
ko‘p   umumiyligi     bor     va     yoshlarni     mehnatga     tayyorlashga     xizmat     qiladi.
O‘yin faoliyati    asosida  boladagi  uslubiy   faoliyati  rivojlanadi,   bola   qanchalik
yaxshi o‘ynasa, u maktabda shunchalik yaxshi o‘qiydi.
Ilk   yoshli   bolalar   o‘yin   faoliyatining   birinchi   bosqichi   tanishtiruvchi   o‘yin
bo‘lib,   u   narsa-buyum-o‘yin   faoliyatidir.   Uning   mazmuni   qo‘l   ishidagi   murakkab
va nozik harakatlardir.
Keyingi   bosqich   aks    ettirish   o‘yini    hisoblanadi.    Bu   ilk   yoshli    bolalar
o‘yini  psixologik    mazmunining    rivojlanishida    eng     yuqori    nuqta    hisoblanadi.
Kattalar   ta’lim   tarbiyaviy     ishlarini     ma’lum     izchillik     bilan     olib     borsalar,     bu
yoshdagi bolalar narsa va buyumlar nomini, nimaga ishlatilishini bilib oladilar va
bu yangi bilimlarni o‘z o‘yinlarida qo‘llay boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar o‘yini
mazmuni jihatidan predmetli faoliyatni aks ettiradi.
Birinchi   yoshning   oxiri   va   ikkinchi   yoshdagi   bolalar   o‘yinida   syujetni
aks   ettirish     yuzaga     keladi.     Bola     qo‘lidagi     buyum     bilan     undan       qanday
foydalanish keraqligini aks ettiradi.
Navbatdagi     bosqich     rolli     o‘yin     bo‘lib,     unda     bulalar     o‘zlariga     tanish
bo‘lgan kattalar mehnati va kishilarning ijtimoiy munosabatlarini aks ettiradilar.
Bolalar o‘yin faoliyatining bosqichma-bosqich rivojlanishi to‘g‘risidagi ilmiy
tasavvurlar  har  xil  yosh  guruhlarida  bolalarning  o‘yin faoliyatiga  rahbarlikning
aniq sistemali tavsiyalarni ishlab chiqish imkoniyatini yaratdi.
Shunday   qilib   MTTning   pedagogik   jarayonda   o‘yinning   tutgan   o‘rni   juda
katta bo‘lib, o‘yindan maktabgacha yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim
berishda keng foydalaniladi. Zero:
10 -o‘yin     bolalarning     mustaqil     faoliyati     bo‘lib,     unda     bolaning     ruhiyati
namoyon bo‘ladi; 
-o‘yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir;
-o‘yin bolalarga ta’lim va tarbiya berishning metod va usulidir;
-o‘yin bolalarni o‘guv faoliyatiga tayyorlash vositasidir.
Taniqli    pedagog-olimlarning   olib   borgan   tadqiqotlari    o‘yinga   kompleks
rahbarlik  qilish  orqali  bolalarga  o‘yinning  mazmuni,  tashkil  etilishi,  tuzilishi,
bolalarning   axloqiy   munosabatlari,   bolalar   o‘yinining   rivojlanish   darajasiga   ta’sir
etish mumkinligini ko‘rsatdi.
Bolalar o‘yini uning mazmuni, xususiyati, tashkil etilishiga ko‘ra xilma-xildir.
Bolalarni  nutqini  rivojlantirish  uchun  quyidagi  o‘yinlarni  o‘tkazish  mumkin: 
“So‘z qo‘sh”,   “Orkestr”,   “Bu tovushga so‘z top”,   “So‘zlardan hikoya tuz”
va h.k.
Yuqorida   sanab   o‘tilgan   jamoa   o‘yinlaridir.   Bular   asosida   yana   bir   qancha
o‘yinlar topish mumkin.
Didaktik   o‘yinlarda   tabiat   materiallari   va   oddiy   narsalar   ham   ishlatiladi.
Didaktik  o‘yinlarga maxsus o‘rin ajratilishi va bolalar  kun  tartibidan  ma’lum joy
olishi     kerak.     Didaktik     o‘yinlarni     mashg‘ulot     bilan     bog‘lab     olib     borishni
yaxshilab o‘ylab amalga oshirish lozim.
Bu   o‘yinlar   mashg‘ulot   va   o‘yin   soatlarida   o‘tkaziladi.   Ularni   butun
guruh bolalari bilan ham o‘tkazish mumkin.
O‘yinchoq     bola     hayotining     yo‘ldoshi,     uning     quvonch   manbaidir.     U
nafaqat   o‘yin   quroli,   balki   bolalar   o‘yinida   sherik,   o‘rtoq,   kattalar   qo‘lida   esa
tarbiyaning   muhim     qurollaridan     biridir.     O‘yinchoq     o‘yin     yaratishda     ishtirok
etadi,   bolaning o‘ziga xos sherigi sifatida namoyon bo‘ladi, uning shaxsiga katta
ta’sir o‘tkazadi. 
U     bolaga     shunchalik     yaqinki,     bola     o‘z     o‘yinchoqlarini     sevadi,     ularga
bog‘lanib   qoladi,   shu   tufayli   u   o‘zini   atrofdagi   hayotning   to‘laqonli   a’zosi   deb
hisoblaydi. Didaktik o‘yinlarda majburiy qoidalar juda ko‘p uchraydi: navbat bilan
harakat   qilish,     faqat     so‘raganda     javob     berish,     o‘rtog‘iga     quloq     solish,
11 o‘ynaganda boshqalarga  halaqit  bermaslik,  qoidani  bajarish,  o‘z  ayibiga  iqror
bo‘lish  va hakazo.
Didaktik o‘yinlarda bolalarning o‘ziga  xos xususiyatlari  hisobga olinadi. Bir
xil  bolalarga  qiyin topishmoq aytilsa, boshqasiga yengilrog‘i,  osonrog‘i  aytiladi;
yomon  gapiradigan  bolalar  ko‘proq  gapirishga   jalb   qilinadi.   Buning   uchun
o‘yinni   o‘tkazishdan   avval   hamma   bolalarni   yaxshilab   eslab,   o‘yinning
imkoniyatlarini harakatlariga qarab topishmoq beriladi, ba’zi bir faolroq bolalarga
boshqalarni qiziqishini bo‘g‘maydigan rol biriktiriladi.
Didaktik   o‘yinga   rahbarlik   qilishda   o‘yinning   maqsad   va   mazmunini
belgilash, o‘yin   g‘oyasini   o‘ylab   topish,   o‘yin   qoidasi   va   asosiy   harakatlarni
tushuntirish, bolalar  o‘rtasidagi  munosabatni  yaxshilash,  tarbiyaviy  ta’sir  orqali
o‘yinni borishga rahbarlik qilib borish va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Didaktik o‘yinni  bolalarning  bergan  savollari,  takliflari  va  tashabbuslariga
qarab,  o‘yin  jarayonida  kutilmaganda  kengaytirish,  uning  mazmunini  boyitish
mumkin.  O‘yinni  belgilangan  vaqtda  boshlash  va  tugatish  katta  mahoratdir. 
O‘yinni tarbiyachi bolalarda o‘yinga qiziqish uyg‘otgan holda tugatishi kerak,
ya’ni  bolalar  shu  o‘yinni  yana  davom  ettirishni  xohlab  qolsinlar.  Tarbiyachi
shunday     deydi:     "Kelgusi     gal     bundan     ham     yaxshiroq     o‘ynaymiz".     Yoki
"Yangi   o‘yin   bundan   ham   qiziqroq   bo‘ladi".   Tarbiyachi   o‘yining   yangi
variantlarini ishlab chiqadi.
Didaktik  o‘yinlar  guruh  xonasida,  zalda,  maydonchada,  o‘rmonda,  dalada
va   boshqa   joylarda   o‘tkazilishi   mumkin.   Bu   o‘yinning   ta’sirchanligini,
taassurotlarning har xilligini, bolalarning faolligini oshiradi. Yoshlarning ma’naviy
olamini     bolalikdan     boshlab     ezgu     g‘oyalar     asosida     shakllantirish     va   kamol
toptirish haqida gap borganda, muhim bir masala haqida to‘xtalib o‘tish o‘rinli deb
o‘ylayman.   U   ham   bo’lsa.   dunyoga   hayrat   ko‘zi   bilan   boqib,   undan   o‘zgacha
ma’no topishga intilayotgan murg‘ak farzandlarimizning qiziqishi va hissiyotlariga
mos qo‘g‘irchoq va o‘yinchoqlarni ishlab chiqarish masalasidir.
Bir   qaraganda   bu   muammo   arzirmas   narsa   bo‘lib   tuyulishi   mumkin.   Lekin,
har   qaysi   go‘dak   ilk   bor   olamni   o‘z   atrofidagi   o‘yinchoqlar   orqali   anglashini
12 inobatga oladigan bo‘lsak, ularning inson tarbiyasidagi o‘rni beqiyos ekanligi ayon
bo‘ladi .
O‘yin   qoidasini   bolalar   o‘zlari   o‘yin   jarayonida   belgilashadi.   Qoidali
o‘yinlarning     mazmuni     va     qoidasi     kattalar     tomonidan     belgilanadi.   Qoidali
o‘yinlarga   quyidagilar   kiradi:   didaktik   o‘yinlar,   harakatli     o‘yinlar, musiqaviy
o‘yinlar, ermak o‘yinlar.
Bolalarga     ta’lim-tarbiya     berish     maqsadida     kattalarning     o‘yinni     tanlay
bilishi,     unga     to‘g‘ri     rahbarlik     qilish     "Ilk   qadam"   Davlat   uslubiy   dasturida
belgilangan     vazifalarni   muvaffaqiyatli   amalga   oshirishni   ta’minlaydi.   O‘yin
bolalarni rivojlantirish va tarbiyalash vositasidir. Psixologlar o‘yinni maktabgacha
yosh  davrida  yetakchi  faoliyat  deb  hisoblaydilar.  O‘yin  tufayli bolaning yuqori
rivojlanish     bosqichiga   o‘tishini   ta’minlovchi   sifatlar   shakllanadi,   uni   ruhiyatida
sezilarli o‘zgarishlar yuz beradi.
O‘yinda     bola     shaxsining     hamma    tomoni     bir-biriga     o‘zaro    ta’sir     etgan
holda     shakllanadi.     O‘ynayotgan     bolani     kuzatayotib     uning     qiziqishlarini,
tevarak-atrof   to‘g‘risidagi     tasavvurini,   kattalarga   va   o‘rtoqlariga   bo‘lgan
munosabatini bilib olish mumkin.
Shaxsdagi   biron   sifatni   tarbiyalash   uchun   uning   boshqa   tomonlarini   ham
rivojlantirish   kerak.   Masalan, bolaning   o‘yiniga    qiziqishini,    tashkilotchilik
qobiliyatini   rivojlantirish   uchun   mazmun   jihatidan   boy   o‘yinlar   yaratilishi   kerak.
Bolalarning ijodiy o‘yinlari ni rivojlantirish uchun esa o‘z navbatida yaxshi tashkil
etilgan bolalar jamoasi zarur bo‘ladi.
O‘yin     bolalarni     jismoniy     tomondan     tarbiyalash     sistemasida,   MTTning
ta’lim tarbiya ishida, axloqiy, mehnat   va   estetik   tomonlama   tarbiyalashda   katta
o‘rin tutadi.
O‘yinda   bola   organizmiga   xos   bo‘lgan   talab   va   ehtiyojlar   qoniqtiriladi,
hayotiy faollik ortadi, bardamlik, tetiklik, guvnoqlik tarbiyalanadi. Shuning uchun
ham bolalarni jismoniy tarbiyalash sistemasida o‘yin munosib o‘rin egallaydi. 
O‘yin   ta’lim   va   mashg‘ulotlar   bilan,   kundalik   hayotdagi   kuzatishlar   bilan
uzviy bog‘liq bo‘lib, juda katta ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ijodiy o‘yinlarda
13 muhim  bilim  egallash  jarayoni  yuzaga  keladi. Bu bolaning  aqliy  kuchini  ishga
soladi,   tafakkurini,   hayolini,     diqqatini,     xotirani     faollashtirishni     talab     qiladi,
bola   masalalarni   mustaqil   hal   qilishga   o‘rganadi,   o‘ylagan   narsasini   amalga
oshirish   uchun     yaxshiroq     va     osonroq     usul     o‘ylab     topadi,     o‘z     bilimlaridan
foydalanish  va uni so‘z bilan ifodalashga o‘rganadi.
O‘yinda aks ettirlayotgan narsani bilib olishga qiziqish  uyg‘onadi. Ko‘pincha
o‘yin  bolalarga  yangi bilim  berish va  bilim doirasini kengaytirish  uchun  xizmat
qiladi.  Ijodiy  o‘yinni  tor  didaktik  maqsadlarga bo‘ysundirib bo‘lmaydi, bu o‘yin
yordamida juda katta vazifalar hal qilinadi.
Qoidali o‘yin bolaning sensor  rivojlanishini,  taffakkur  va  nutqini, ixtiyorsiz
diqqatini   va   xotirasini,   har   xil   harakatlarini   muntazam   ravishda     mashq   qildirib
borish   imkonini   beradi.   Har   bir   qoidali   o‘yin   ma’lum   didaktik   maqsadga   ega
bo‘lib,     bolani     umumiy     rivojlantirishga     qaratilgan     bo‘ladi.     Ta’limning     o‘yin
shaklida bo‘lishi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bolaning umumiy rivojlantirishga
qaratilgan  bo‘ladi.  Ta’limning  o‘yin  shaklida  bo‘lishi  muhim  ahamiyatga   ega
bo‘lib,   bolaning   yosh   xususiyatlariga   mos   keladi.   Qiziqarli   o‘yin   bolaning   aqliy
faolligini oshiradi, o‘yinda bola mashg‘ulotdagiga nisbatan murakkabroq masalani
hal  qilishi  mumkin.  Bu  ta’lim  butunlay  o‘yin  shaklida  bo‘lishi  kerak  degan
gap   emas.   Ta’lim     turli     usullar     va     metodlarni     qo‘llashni   talab   etadi.   O‘yin
ta’limning   shakllaridan   biri   bo‘lib,   boshqa   bir   metod   bilan   qo‘shib   olib
borilgandagina   yaxshi   natija   beradi,   bular   kuzatish,   suhbat,   so‘zlab   berish   va
hakozolar.
Bola   o‘ynayotib   o‘z   bilimidan   foydalanishni,   uni   har   xil   sharoitda   ishlata
bilishni     o‘rganadi.     Ijodiy   o‘yinlarda   bolalarning   fantaziyasi,   buyum   yasashi,
tajriba qilishiga keng yo‘l ochiladi.
Didaktik  o‘yinlarda  tarbiyachi  bolalarni  faqat  narsalarning  nomi  va  ular
nimaga keraqligi bilan tanishtiribgina qolmay, balki shu narsalarning shakli, rangi,
katta kichikligi, fazoda tutgan o‘rni haqida ham tanishtiradi.
14 Har   bir   buyum   va   o‘yinchoq   o‘zining   aniq   tashqi   ko‘rinishiga   ega   bo‘lishi
kerak,     o‘yinda     esa     qo‘yilgan     maqsad     narsaning     asosiy     belgisini     ajrata
bilishga imkon tug‘dirishi lozim.
Bunday talabga xalq o‘yinlari o‘z shaklining aniqligi, rangining tiniqligi bilan
ko‘proq   javob   bera   oladi.   Bolalarni     aqliy     vazifalarini     bajarishga     undaydigan
o‘yinlar  ham  katta ahamiyatga ega.
Bolalarning     rang     haqidagi     tushunchalarini     mustahkamlash     va     aniqlash
uchun     quyidagi     o‘yinlar     o‘tkaziladi:     sharlarni     rangiga       qarab       to‘plash,
"Dumaloqni dumalatish", halqachalarni ipga o‘tkazish, "Shu rangdagi dumalaoqni
dumalatish",     "Kimda     mana     bu     rangdagi     halqacha     bor",     "Kim     mana     bu
rangdagi xaltachani topa oladi" va h.k .. 
Qo‘g‘irchoq     bolalarning     eng   sevimli   o‘yinchoqlaridan     biri.     Har     bir
bolalar  bog‘chasida  didaktik  jihozlangan  o‘yinchoq  bo‘lishi  kerak.  qo‘g‘irchoq
jihozlariga kiyim, ichki kiyim, poyafzal, idish-tovoq, mebel o‘yinchoqlar kiradi.
Qo‘g‘irchoq   bilan   quyidagi   o‘yinlarni   o‘tkazish   mumkin: "Qo‘g‘irchoqni
kiyintirarmiz",   "Qo‘g‘irchoqni   sayrga   otlantiramiz",   "Qo‘g‘irchoqni   mehmon
qilamiz".     "Qo‘g‘irchoqlar     bayrami",     Qo‘g‘irchoqning     tug‘ilgan     kuni",
"Qo‘g‘irchoqni uxlatamiz".
O‘yinlar     topishmoqlar     bilan     qo‘shib     olib     borilganda     qiziqarli     bo‘ladi.
Masalan,     "Qo‘g‘irchoqni     uxlatamiz"     o‘yinida     qo‘g‘irchoqqa       karovat
tayyorlayotganda tarbiyachi  "Uzun, yumshoq, yo‘l -yo‘l... .." (matras), "Oq, toza,
to‘rt     burchak     ..."     (yostiq),     "Paxtali     issiq     ..."     yoki     "junli     issiq"(adyol)     va
boshqa   topishmoqlarni   aytishi   mumkin.   Qo‘g‘ichoqning   karovati   tayyor
bo‘lgandan keyin qo‘g‘irchoqni yotqizib, alla aytadi.
Mebellarning   nimaga   ishlatilishi,   o‘yinchoqlarning   nomini   mustahkamlash
uchun     "Qo‘g‘irchoqqa     xona     yasatamiz",     "Qo‘g‘irchoqqa     o‘yinchoq       sovg‘a
qilamiz" kabi o‘yinlarni o‘tkazish mumkin.
Tarbiyachi     bolalarni     narsalar,     ularning     nomlari,     belgi     sifatlari,     nimaga
ishlatilishi     bilan     tanishtiribgina     qolmay,     muayyan     predmetlar     orqali     ularni
15 moddiy turlarga ajratishni o‘rgatib boradi; ayiq,  qo‘g‘irchoq,  quyon-o‘yinchoqlar;
kastryulka, tarelka, choynak-idish-tovoq.
O‘yinlarni  narsa  va  buyumlarni  tasvirlovchi  rasmlar  orqali  ham  o‘tkazish
mumkin.   Bularga   "Bu   narsa   o‘zi   to‘g‘risida   nima   deydi?",   "Kim   birinchi   bo‘lib
aytib beradi?" (bolalarni diqqatini rivojlantirishga qaratilgan qo‘g‘irchoq, narsa va
ularning   shakli,   rangi   to‘g‘risida),   "Kim   biladi?"   "Qaysinisi    bir   xil ?"   kabi
o‘yinlarni ko‘rsatsa bo‘ladi.
Bolalarning   tabiat     to‘g‘risidagi   bilimlarini   mustahkamlash   uchun   "Hidiga
qarab  top",   "Mazasiga   qarab  top,   "Ushlab   ko‘rib   top  ",     “Kim   nimani   eshityapti"
kabi  o‘yinlarni  o‘tkazish  maqsadga  muvofiqdir.  Kichik  yoshdagi  bolalar  bilan
so‘zli o‘yinlar o‘tkazilmaydi
Katta   va   tayyorlov    guruhlarida   didaktik   o‘yinlar    o‘zining    mazmun    va
g‘oyasi jihatidan ancha murakkabdir. Bu yoshdagi bolalar bilan buyum va rasmlar
bilangina  didaktik  o‘yinlar   o‘tkaza   qolmay,   so‘zli   didaktik   o‘yinlar   ham
o‘tkaziladi.       Buyumlar     va     rasmlar     bilan     o‘tkaziladigan     didaktik     o‘yinlarda
bolalarning narsalar  sifati, xususiyati, nimadan yasalgani, qayerda qilingani, nima
uchun     keraqligi     va     hokazolar     to‘g‘risidagi       bilimi       aniqlanadi       hamda
mustahkamlanadi.       Bunday       o‘yinlariga     quyidagilarni     misol     qilib     keltirish
mumkin:  "Nima   nimadan  yasalgan?",  "Guruh  xonasiga   sayohat",   "Ovoziga  qarab
top" va boshqalar.
Umumlashtirishga     o‘rgatish     bo‘yicha     turlarga     ajratishni     o‘rgatuvchi
o‘yinlar katta o‘rin egallaydi. "Qaysi fabrikada nima ishlar bajariladi?", "Fabrikada
ima  ish  qilinadi,  dalada  nima  etishtiriladi?",  "Kimga  nima  kerak"  "Kim  nima
bilan   ishlaydi?",   "Qayerda   o‘sadi?’’,   "Sayohat"(shahar   bo‘ylab,   dalaga   maktabga
va h), "Pochta" va boshqalar.
O‘yinlar  mazmuni,  xususiyati,  tashkil  etilishiga   ko‘ra  bir-biridan  farq  qiladi.
O‘yinlarni mazmuniga ko‘ra ikki turga bo‘lamiz:
Ijodiy   o‘yinlarni   bolalarning   o‘zlari   o‘ylab   topishadi.   Unda   oldindan
belgilangan   qoidalar   bo‘lmaydi.   O‘yin   qoidasini   bolalar   o‘zlari   o‘yin   jarayonida
belgilashadi. Ijodiy o‘yinlarning o‘zi quyidagi turlarga bo‘linadi:
16 Qoidali   o‘yinlarning   mazmuni   va   qoidasi   kattalar   tomonidan   (ba’zan   o‘zlari
tomonidan)   belgilanadi.   Bu   qoidalar   o‘yinlarga   uyushqoqlik,   barqarorlik   kiritadi,
ularning mazmunini mustahkamlaydi  hamda o‘yining keyingi rivojini, munosabat
va   o‘zaro   aloqalarining   murakkablashuvini   belgilaydi.   Shu   bilan   birga   o‘yin
qoidalari tortinchoq, uyatchan bolalarning o‘yinning faol ishtirokchilari bo‘lishiga
yordam beradi.   
Didaktik   o‘yinlar   MTTlarda   ta’lim   va   tarbiya   vositasi   sifatida   keng
qo‘llaniladi.   Didaktik   o‘yin   ta’lim   bilan   bevosita   bog’liq   bo‘lib,   unga   yordam
beradi.
Ijodiy   o‘yinlarda   bolalarning   tevarak-atrofdan   olgan   taassurotlari   aks
ettiriladi. Ijodiy o‘yin bolalarning mustaqil o‘yini bo‘lib, o‘yinning mazmunini ular
o‘zlari   o‘ylab   topadilar.   Bu   o‘yinda   bolalarning   erkinligi,   mustaqilligi,
tashkilotchilik va ijodkorlik   qobiliyatlari   to‘laligicha   namoyon   bo‘ladi.   Ammo
o‘yinda     hayotiy   taassurotlar   aynan   aks   ettirilmaydi,   balki   bolalar   ongida   qayta
ishlab   chiqiladi.   Bu   bolalarning     o‘yin     g‘oyasini     yaratishlarida,     uning
mazmunini     tuzib,     tasvirlovchi   vositalarni   tanlashlarida   va   shunga   o‘xshashlarda
namoyon bo‘ladi.
Syujetli-rolli o‘yin o‘z xususiyatiga ko‘ra aks ettiruvchi faoliyatdir. Tevarak -
atorfdagi   kattalar   va   tengdoshlarining   hayoti   va   faoliyati   bu   o‘yin   mazmuniga
manba bo‘lib xizmat qiladi. 3
Bolalarning  tevarak-atorfdagi  hayotdan,  tengdoshlari,  kattalar  faoliyatidan
olgan   taassurotlari   ijodiy   o‘yinda   qayta   ishlanadi,   to‘ldiriladi,   sifat   jihatidan
o‘zgartiriladi.     Bolalarning     bunday     o‘yinlari     tevarak-atrofdagi       borliqni
qilishning amaliy shaklidir.
Bolalar     o‘yinining     o‘ziga     xos     tomoni     unda     tasvirlovchi     vaziyatlarning
mavjudligidir.   Tasvirlovchi   vaziyat   bolalarga   o‘yin   jarayonida   yuklangan   rol   va
o‘yin  syujetidan  tashkil  topadi  va  har  xil  buyumlardan  foydalanishni  ham  o‘z
ichiga oladi.
3
 ,,Maktabgacha ta’limda o’qitish texnologiyasi va loyihalashtirish’’ o’quv uslubiy majmua. Sh.Fayzullayev 
Samarqand-2020
17 O‘yinning   syujeti   bir-biriga   hayotiy   aloqador   bo‘lgan   qator   voqea   hodisalar
yig‘indisidir.
Syujetli-rolli     o‘yinning     asosiy     zanjiri       hisoblanadi.       O‘yin       bolada
qanoatlanish,     xursandchilik     hissini     paydo     qiladi,     shuning     uchun       bolani
qiziqtirib,   unda   yaxshi   kayfiyat   uyg‘otadi,   bola   organizmidagi   hayotiy   faoliyatni
yaxshilaydi.
Bola o‘ynayotganda har hil harakatlar qiladi: sakraydi, ingichka taxta ustidan
o‘tadi, engashdi, yuqoriga tirmashib chiqadi va hakozo.
Bu   harakatlarning   hammasini    bola   bemalol, o‘z   xohishi    bilan   bajaradi,
natijada     bolaning     muskullari     pishiydi,   u   harakatni     yengilroq,     chaqqonroq
bajaradigan bo‘lib qoladi.
Bolaning  aqliy  tomondan  rivojlanishi  uchun  ham  o‘yin  katta   ahamiyatga
ega.  O‘yin  natijasida  bolaning  bilimi  kengayib  boradi.  Rolli  o‘yinlar  bolaning
kuzatuvchanligini,  qiziquvchanligini,  bilish  doirasini  rivojlantiradi,  boyitadi. Bola
o‘z o‘yinida borliqni aks ettirib, olgan rolining mazmuni bilan   bog‘liq  bo‘lgan   u
yoki   bu  hissiyotni   boshdan   kechiradi.  Masalan, Dilnoza ona-bola o‘yinida ona
rolini   o‘ynayotib,   bolalarini   ovqatlantiradi,   kiyintiradi,   ular   bilan   yaxshi
munosabatda   bo‘lib   erkalaydi,   ular   bilan   gaplashadi,   kitoblar   o‘qib   beradi.   Bu
o‘yin bolada muloyimlilik, g‘amxo‘rlik, e’tiborlilik kabi yaxshi hislarni uyg‘otadi.
Rolli   o‘yinlarning boshqa o‘yinlarga nisbatan o‘ziga xos xususiyatga egaligi
ularda syujet, rol va hayol qilingan vaziyatning mavjud bo‘lishidir.
Bolalar     biror     narsa     yoki     voqea     to‘g‘risida     yetarlicha     tasavvurga     ega
bo‘lgandagina  syujet,  fikr,  yuzaga  keladi.  Masalan  bolalar  "Sayohat"  o‘yinini
o‘ynamoqchi bo‘lishdi. Bunga o‘yinning qanday borishi to‘g‘risida syujet kerak.
Syujet  bolalarning  bilimiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Bolalarda  avval  g‘oya  paydo
bo‘ladi,  keyin  mazmun  rivojlanadi.  Ba’zan  bolalar  o‘yinning  qanday  borishini
oldindan   belgilab   oladilar.   Masalan,   “Afrikaga   bormoqchi"   bo‘lsalar,   sayyohat
vaqtida qilinadigan ishlarni oldindan belgilab oladilar.
18 Bundan   ko‘rinib   turibdiki,   rolli   o‘yin   jamoatchilik   xususiyatiga   ega,   chunki
bolalar   bir-birlari   bilan  o‘zaro  munosabatda   bo‘ladilar.  Rolli   o‘yinda   har   bir   bola
o‘ziga olgan rolni bajaradi masalan, ona, haydovchi, tarbiyachi, enaga, artist va h.
Rolli   o‘yinlarda   didaktik,   qoidali   -   harakatli   o‘yinlardagi   singari   qat’iy
o‘rnatilgan   qoida   bo‘lmaydi.   Bunda   ko‘pincha   bolalar   o‘z   xayol   qilgan   narsalari
bo‘yicha   harakat   qiladilar.   Masalan,   "raketa   tushib   oyga   uchadilar",   "paroxodda
suzadilar", "kasalni davolaydilar" 
Ammo,    bolalarning    xayollari    bilan    o‘ynashlari     ularni    real    voqealikdan
uzoqlashtirib   yubormaydimi   degan   savol   tug‘iladi,   yo‘q,   bolalar   o‘zlari   buning
o‘yinligini yaxshi biladilar.
Shu  bilan  birga  bolalarning  kechinmalari,  hayajonlari,   qilgan   harakatlari
hammasi   rostakam,   sidqidildan   bo‘ladi.   Masalan   "doktor"   rolidagi   bola   kasal
to‘g‘risida qayg‘uradi.
O‘yin  mavzusi  bolalar  olgan  taassurotning  kuchli,  bolalarning  qiziqishlari
bilan   belgilanadi.   O‘yinda   bolalar   aks   ettiradigan   ijtimoiy-siyosiy   voqealar
bolalarning  bilim  doirasi  va  hayotiy  tajribasining   kengayib  borishiga  bog‘liq
bo‘ladi.
Didaktik   o‘yin   ta’lim   bilan   bevosita   bog‘liq   bo‘lib,   unga   yordam   beradi.
Didaktik  o‘yin-bu  maktabgacha  yoshdagi  bolalarning  yosh   va imkoniyatlariga
mos keladigan ta’lim berish metodidir .
Tajribali tarbiyachi bu o‘yindan nofaol bolalarni jamoaga aralashtirish, har xil
rejalar, vazifalarni qo‘rqmasdan bajarishlari uchun foydalanadi.
Didaktik     o‘yinni     amalga     oshirishda     har     doim     g‘oyaviylik     tamoyiliga
asoslanish   kerak.   Didaktik   o‘yin   tarbiyachining   vazifa   hamda   maqsadlariga
muvofiq kelishi lozim.
Didaktik   o‘yinlar   bolalarning   birgalikda   o‘ynab,   o‘z   manfaatlarini   jamoa
manfaatlari     bilan     uyg‘unlashtira     olishi,     bir-biriga     ko‘maklashish     va
o‘rtog‘ining   muvaffaqiyatidan   xursand   bo‘lishi   kabi   yaxshi   munosabatlarning
tarkib  topishiga  yordam  beradi.  O‘yinlar  shaxsning  sofdillik,  rostgo‘ylik  kabi
ijobiy xislatlari shakllanishiga imkon beradi.
19 Didaktik   o‘yin   bolalarning   amaliy   faoliyati   hisoblanadi,   chunki   unda
bolalar   mashg‘ulotlarda   olgan   bilimlaridan   foydalanadilar.   Shu   nuqtai   nazardan
qaraganda, olgan bilimlaridan har xil usulda foydalanishlari uchun hayotiy sharoit
yaratib beradi.
Didaktik   o'yinlar   jarayonida   bolalar   o'yin   qoidalariga   qat'iy   rioya   qilishga
o'rganadilar, inoqlik his - tuyg'ulari, dunyoqarashlari shakllanib boradi. Mashg‘ulot
jarayonida didaktik o'yinlar  bolalarnining xususiyatiga  ko'ra tashkil  etilishi  kerak.
Bu   esa   ularga   bilim   berishni   yengillashtirishga,   ko'rgazmalilikni   ta'minlashga
qaratilgan   bo'lib,   bolalarni   toliqtirmaslik,   zeriktirmaslik   imkonini   yaratadi.
Didaktik   o'yinlarni   xilma-xil   tarzlarda   tashkil   qilish   mumkin.   Qo'g'irchoqlar,
o'yinchoqlar, rasmlar va tarqatmalar, turli geometrik shakllardan ham foydalanish
mumkin. Didaktik o'yinlar maqsadiga ko'ra 4 omilni o'z ichiga oladi: 
1. O'yinning vazifasi.
 2. O'yinning harakati.
 3. O'yinning qoidasi.
 4. O'yinning yakuni.
 Bunday  o‘yinlarga  kichik  bolalar  uchun  “Rangiga  qarab  top”,  “Shakliga
qarab top” kabi o‘yinlarni misol tariqasida keltirish mumkin .
Katta   guruh   bolalari   uchun   “Nimalar   va   qanday   ishlarni   bilishadi?”,
“Dehqonlar   nimalarni   yetishtiradi?”,   “Kim     ko‘proq   narsalarning   nomini   ayta
oladi?” va boshqa o‘yinlarni ko‘rsatish mumkin.
Har   bir   didaktik   o'yinni   boshlashdan   oldin   bolalarga   o'yinning   qoidasi,
mazmuni,   yakuni   nimadan   iborat   ekanini   tarbiyachii   tomonidan   tushuntiriladi.
Bolalar   uni   tushunib,   anglab,   shu   asosda   harakat   qiladilar.   Maktabgacha   ta’lim
muassasalarida   tarbiyalanayotgan   bolalarning   dunyoqarashini   kengaytirish,
bilimlarini   mustahkamlash,   ijodiy   tafakkurini   shakllantirish,   tasavvurini
kengaytirishga   yo‘naltirilgan   didaktik   o‘yinlardan   biri   «Nima   qilyapti?»   deb
nomlanadi. Bu o‘yin jihozi uy hayvonlarining harakatdagi suratlaridir. Tarbiyachi
tarbiyalanuvchilarga   harakatdagi   birorta   uy   hayvoni   suratini   ko‘rsatadi.   Ular   uy
hayvonining nomi va harakatini topib aytishadi. Masalan, bu ot. U chopyapti. Bu
20 it.   U   huryapti.   Bu   mushuk.   U   yotibdi   va   hk.   So‘ngra   bolalar   shu   surat   mazmuni
asosida   ot   qayoqdan   kelayotgani,   qayoqqa   chopayotgani,   nega   chopayotgani,   u
chopyaptimi   yoki   yo‘rg‘alab   ketyaptimi   va   hk.larni,   it   kimga,   nima   uchun
hurayotgani,   ya’ni   tasvirdagi   holatdan   oldingi   va   keyingi   hodisalarni   tasavvur
qilgan   holda   kichik   hikoyachalar   tuzishga   yo‘naltirilishi   talab   qilinadi.   Kichik
hikoyachalarda   suratdagi   hayvonlarning   bir-biri   bilan   suhbatini   ham   tashkil   etish
mumkin.   Suhbatlarning   mazmunini   bolalarning   o‘zlari   belgilashadi.   Shu   tariqa
ularda   tafakkur   mustaqilligi,   ijodkorlik   va   yaratuvchanlik   hissi   shakllana   boradi.
O‘yin   qatnashchilarini   rag‘batlantirish,   maqtash,   yaxshi   qatnashganliklari   uchun
ularga   yetakchi   rolni   berish,ba'zan   esa   o‘yinlarda   foydalanilgan   o‘yinchoqni
o‘ynashga   berish   yoki   mevalarni   yeyishga   berish   mumkin,   ammo   bolalar   bunday
mukofotlarni   olaman   deb   har   qanday   yo‘l   bilan   bu   ishga   intilishlariga   yo‘l
qo‘ymaslik   kerak.   Didaktik   o‘yin   jarayonida   turli-tuman   aqliy   jarayonlar
faollashadi   va   ixtiyoriy   tus   oladi.   O‘yin   g‘oyasini   tushunish   va   unga   amal   qilish,
o‘yin   harakatlari   va   o‘yin   qoidalarini   o‘zlashtirish   uchun   tarbiyachining   gaplarini
yaxshilab   tinglash   va   tushunib   olish   zarur.  O‘yindagi   vazifalar   diqqatni   bir   joyga
to‘plashni,   narsalarni   farq   qilish,   taqqoslash,   umumlashtirish   jarayonlarning
faolligini   talab   qiladi.   Xulosa   o‘rnida   aytish   mumkinki,   didaktik   o‘yinlar   orqali
tarbiyachilar   ham   o‘z   ustida   ishlaydi   hamda   mashg‘ulotlarda   bolalarning   yaxshi
qiziqarli bilim olishiga zamin yaratadi.
1.2 Didaktik o‘yinlarning mohiyati va pedagogik ahamiyati
Didaktik   o‘yin   –maktabgacha   yoshdagi   bolalarning   yosh   xususiyatlariga,
aqliy imkoniyatlariga mos keladigan ta’lim berish metodidir. 
Tajribali tarbiyachi bu o‘yindan nofaol bolalarni jamoaga aralashtirish, har xil
rejalar, vazifalarni qo‘rqmasdan bajarishlari uchun foydalanadi.
Didaktik  o‘yin  bolalarning  amaliy  faoliyati   hisoblanadi,  chunki  unda  bolalar
mashg’ulotlarda olgan bilimlaridan foydalanadilar. Shu nuqtai nazardan qaraganda,
didaktik o‘yin bolalarning aqliy faoliyatlarini kuchaytiradi, olgan bilimlaridan har
xil usuldan foydalanishlari uchun hayotiy sharoit yaratib beradi. 
21 Didaktik   o‘yinlar   bolalarning   tevarak-atrof   to‘g’risidagi   bilimlarini
mustahkamlashga yordam beradi, o‘z shaxsiy tajribalari va mashg’ulotlarda olgan
bilimlarini amalda qo‘llay olishga o‘rgatadi, ulardagi fikrlash qobiliyatlarini, ijodiy
kuchlarni, sensor jarayonni rivojlantiradi, olgan bilimlarini tartibga soladi.
Didaktik   o‘yinlar   ta’lim   jarayonini   yengilroq   va   qiziqarliroq   qiladi.   Bolalar
yoshlariga mos, qiziqarli faoliyat orqali o‘yinda amalga oshiriladigan aqliy tarbiya
vazifasini juda oson va yaxshi o‘zlashtiradi. 
Didaktik   o‘yin   kattalar   tomonidan   bolalarni   aqliy   rivojlantirish   maqsadida
yaratiladi.   Unda   o‘yin   elementlari   qancha   ko‘p   bo‘lsa,   bolalarga   u   shuncha
quvonch bag’ishlaydi. 
Didaktik   o‘yinning   muhim   tomoni   –   uni   o‘tkazishdan   ko‘zda   tutiladigan
g’oyadir.  O‘yin  g’oyasi  bolalarda  o‘yinga  qiziqish  uyg’otadi,  ko‘pincha  bu  g’oya
didaktik   o‘yinni   boshlashga   sababchi   bo‘ladi.   Masalan,   “Xaltachada   nima   bor?”
yoki “ Kim qanday qichqiradi?” va shunga o‘xshash o‘yinlar.
Har   bir   didaktik   o‘yinda   o‘yin   mazmuni,   g’oyasidan   kelib   chiqqan   qoidalar
bo‘ladi.   Unda   qoidaning  mavjudligi   harakat   yo‘nalishini   yoki   o‘yinning   borishini
belgilab   beradi,   bolalarning   xulqini,   o‘zaro   bir-birlariga   bo‘lgan   munosabatlarini
boshqarib,   kerak   tomonga   yo‘naltirib   turadi.   Qoida   bolalar   harakatini   baholovchi
o‘lchovdir.
Didaktik   o‘yinda   amal   qilinadigan   qoidalar   o‘yin   harakatlarining   to‘g’ri-
noto‘g’riligini   aniqlovchi   va   ularga   baho   beruvchi   mezon   hisoblanadi.
Bolalarning o‘yin qoidalarini o‘rganib olishlari va ularning rioya qilishlari, ularda
mustaqillikni,   o‘yin   jarayonida   o‘z-o‘zini,   o‘zaro   bir-birlarini   nazorat   qila   bilish
qobiliyatini   tarbiyalashga   yordam   beradi.   O‘yinning   natijasini   ikki   nuqtai
nazardan: bolalar va tarbiyachi baholash lozim.
Didaktik   o‘yinlarda   bolalar   fahm-farosatlari,   topog’onliklari,   diqqat   va
xotiralarini   namoyish   qiladilar.   Bularning   hammasi   bolalarning   o‘z   kuchiga
ishonchini   oshiradi,   qalbini   hursandchilik   hissi   bilan   to‘ldiradi,   ular   bundan
ma’naviy qoniqish hosil qiladi.
22 O‘yin   qatnashchilarini   rag’batlantirish,   maqtash,   yaxshi   qatnashganliklari
uchun   ularga   yetakchi   rolni   berish,   ba’zan   esa   shu   o‘yinda   foydalanilgan
o‘yinchoqni   o‘ynashga   berish   yoki   mevalarni   eyishga   berish   mumkin,   ammo
bolalar   bunday   mukofotlarni   olaman   deb   har   qanday   yo‘l   bilan   bu   ishga
intilishlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Didaktik o‘yin jarayonida turli-tuman aqliy jarayonlar faollashadi va ixtiyoriy
tus oladi. O‘yin g’oyasini tushunish va unga amal qilish, o‘yin harakatlari va o‘yin
qoidalarini   o‘zlashtirish   uchun   tarbiyachining   gaplarini   yaxshilab   tinglash   va
tushunib   olish   zarur.   O‘yindagi   vazifalar   diqqatni   bir   joyga   to‘plashni,   narsalarni
farq qilish, taqqoslash, umumlashtirish jarayonlarining faolligini talab qiladi.          
Didaktik o‘yinlarning mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a)   buyumlar,   ularning   nomi,   rangi,   shakli,   hajmi,   sifati   va   ishlatilishi
to‘g’risidagi bilimlar berish;
b)   mehnatning   har   xil   turlari   va   uning   kishilar   hayotidagi   roli   to‘g’risidagi
bilimlar;
s) tabiat voqealari, narsalar, yil fasllari to‘g’risidagi bilimlar;
d)   dastlabki   matematik   tushunchalar:   son,   sanoq,   kattalik,   shakl,   vaqt   va
fazoviy tushunchalar berish.
Didaktik o‘yinlar, ularning ta’lim-tarbiyaviy vazifasi, mazmuni, turlari har bir
yosh guruhi bo‘yicha farqlanadi. Masalan, 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar
bilan   o‘tkaziladigan   didaktik   o‘yinlardan   asosiy   maqsad-bolalarni   ranglarni   bir-
biridan   farqlashga   va   nomini   aytishga   o‘rgatish,   har   xil   o‘lchamlarni   (   katta,
kichik),     shaklarni   (   sharcha,   kubcha)   bilishga,   ko‘rib   va   eshitib   idrok   etish,
diqqatni,   mayda   harakatlarni   o‘stirishga   yordam   beradigan   o‘yinlar,   musiqa
tovushlarini   farq   qilishga   o‘rgatish   uchun   musiqaviy   didaktik   o‘yinlar   ham
o‘tkaziladi. 
Ikkinchi   kichik   guruhda   esa   didaktik   o‘yinlar   quyidagi   maqsadlarda
o‘tkaziladi:   bolalarda   didaktik   o‘yinchoqlar   bilan   yakka-yakka   o‘ynash
ko‘nikmasini   rivojlantirish,   jamoa   o‘yinlari   tashkil   etish;   narsalarni   faqat   bir
rangiga qarab ajrata olish, katta-kichikligiga qarab farqlash; narsalarni ham rangi,
23 ham katta-kichikligiga qarab ajrata olish;  halqachalarni va kubchalarni muntazam
shaklda   terib,   ulardan   minorachalar   yasash;   tanish   buyumlar   tasvirlangan     ikki,
to‘rt burchakli, olti burchakli kesma rasmlardan turli  tasvirlarni yig’ishga o‘rgatish
vazifalari hal etiladi. 
O‘rta   guruhda   didaktik   o‘yinlar   orqali   bolalarda   eshitish,   ko‘rish,   sezish
a’zolari   yordami   bilan   turli   narsalar   va   ularni   yasash   uchun   ishlatiladigan
materiallarning   xossalarini   bilib   olish,   narsalarni   tashqi   ko‘rinishiga   qarab   bir-
biriga taqqoslash, guruhlarga ajratishni o‘rgatish vazifalari amalga oshiriladi.
Didaktik o‘yin davomida bolalar o‘rtaga qo‘yilgan masalani hal etishda sabr-
matonatli   bo‘lishga,   qiziquvchanlikka,   diqqat-e’tiborlilikka   odatlantirib   boriladi.
Musiqaviy-didaktik   o‘yinlar   orqali   tovushlarni   diqqat   bilan   tinglab,   baland-
pastligiga,   ritmiga,   tembriga,   dinamikasiga   qarab   bir-biridan   farq   qila   bilishga
o‘rgatib boriladi.
Katta guruhda didaktik o‘yinlar quyidagi vazifalarni hal etishni maqsad qilib
qo‘yadi:   kuzatuvchanlik,   narsalarni   tekshira   bilish,   bir-biriga   taqqoslay   olish,
ularning belgilaridagi  kichik farqlarni ( rangi, shakli, katta-kichikligi, farqini seza
bilish,   narsalarning   joylashishidagi   o‘zgarishlar)   aytib   bera   olish   kabi   sensor
qobiliyatlarni   tarbiyalash;   biron   hayvon,   o‘simlik,   transport   ta’rif-tavsif   qilib
berilganda,   ularning   nomini   topa   olish   malakasini   o‘stirish,   bolalarning   umumiy
tasavvurini,   buyumlarning   umumiy   belgilariga   qarab   guruhlarga   bo‘lish
qobiliyatini   rivojlantirish,   so‘z   boyligini   faollashtirish   va   to‘ldirish;   qismlardan
yaxlit narsalar ( kubiklar, mozaika va h.)  yasash malakasini o‘stirish.
Musiqaviy-didaktik     o‘yinlar   orqali   tovushlarni   bir-biridan   farq   qilishga
o‘rgatish,   ritmik   usulni   ajrata   olish,   ashulalar   va   cholg’u   asboblari   ovozini   bir-
biridan farq qila olish kabi vazifalar amalga oshiriladi.
Maktabga   tayyorlov   guruhida   didaktik   o‘yinlar   hamma   yosh   guruhlaridagi
kabi   alohida   o‘rin   tutadi   va   bu   guruhda   didaktik   o‘yinlar   orqali   quyidagi   ta’lim-
tarbiyaviy vazifalar amalga oshiriladi: 
-bolalarda didaktik o‘yinlarga qiziqish o‘yg’otish;
- har bir narsani bilishga havas;
24 - kuzatuvchanlik;
- diqqat-e’tibor va ziyraklik;
- aqliy vazifalarni mustaqil hal qilish malakasini tarbiyalash. 
Musiqaviy-didaktik o‘yinlar orqali esa bolalar tovushlarga diqqat bilan quloq
solishga,   ularning   bir-biridan   balandligini   farq   qilishga,   ritmik   shaklini
gavdalantirib   berishga,   cholg’u   asboblarini   bir-biriga   solishtirishga,   dinamik
farqlarni bir-biridan ajratishga o‘rgatiladi.
Didaktik o‘yinlarni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
                Didaktik   o‘yinda   bolalar   har   doim   o‘zlarini   o‘ynayotgandek   his   etishlari
kerak. 
Narsalar   bilan   o‘tkaziladigan   didaktik   o‘yinlardan   tarbiyachi   bolalarni
narsalar, ularning xususiyatlari, bir-birlaridan farq qiladigan belgilari bilan, ularni
ushlatish usullari bilan tanishtirish vositasi sifatida foydalaniladi.
Bolalarning   narsalar,   ularning   sifati   to‘g’risidagi   bilimlarni   mustahkamlash
uchun har xil o‘yinchoqlar, sur’atlar, uy-ro‘zg’or buyumlaridan foydalaniladi.
Boshqa   o‘yinlar   kabi   didaktik   o‘yinlarga   ham   tarbiyachi   rahbarlik   qilishi
lozim.     Didaktik   o‘yinga   rahbarlik   qilishda   o‘yining   maqsadi   va   mazmunini
belgilash,   o‘yin   g’oyasini   o‘ylab   topish,   o‘yin   qoidasi   va   asosiy   harakatlarni
tushuntirish, bolalar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash, tarbiyaviy ta’sir orqali
o‘yinning   borishiga   rahbarlik   qilib   borish   va   boshqalarni   o‘z   ichiga   oladi.   Agar
o‘tkaziladigan   didaktik   o‘yinning   dastur   mazmuni,   vazifasi,   tarbiyaviy   jarayonda
tutgan   o‘rni,   ta’lim   va   o‘yin   shakllari   bilan   o‘zaro   ta’sirini   oldindan   to‘g’ri,   aniq
belgilab olinsa, unga rahbarlik qilishni muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin. U
bolalarda   bilimga   qiziqishni,   mustaqillikni   va   tashabbuskorlikni   rivojlantirishga
qaratilgan   bo‘lishi,   bolalarni   o‘yin   vazifalarini   har   xil   usullar   bilan   bajarishga,
o‘rgatadigan,   ularda   bir-biriga   do‘stlik,   o‘rtoqlik,   o‘zaro   yordam   va   xayrixohlik
hislarini tarbiyalashga qaratilgan bo‘lishi lozim. 
Tarbiyachi tayyorgarlik jarayonida birinchi navbatda didaktik o‘yinni va unga
kerakli jihozlarni tanlash kerak. Didaktik o‘yinlar kun tartibidan ma’lum joy olishi
kerak. Didaktik o‘yinlarni mashg’ulot bilan bog’lab olib borishni yaxshilab o‘ylab
25 amalga oshirish lozim. O‘yinlar mashg’ulot va o‘yin soatlarinda o‘tkaziladi. Ularni
o‘tkazilishiga   ko‘ra,   guruh   bolalari   yoki   kichik   guruhlarda   tashkil   qilsa   ham
bo‘ladi.
O‘yinning   mazmuni   va   undan   kelib   chiqadigan   natija   oldindan   yaxshilab,
aniq   o‘ylab   olinadi.   O‘yinning   g’oyasi   o‘yin   harakatlari,   qoidasi   va   o‘yinning
borishi shunga bog’liqdir. 
Didaktik   o‘yinlarda   qoidalar   ko‘p   uchraydi.   Masalan,   navbat   bilan   harakat
qilish,  faqat   so‘ralganda javob  berish,  o‘rtoqlarining  fikrini  tinglashga  odatlanish,
boshqalarga halaqit bermaslik, o‘z aybiga iqror bo‘lish va h.
Didaktik   o‘yinlarda   bolalarning   o‘ziga   xos   xususiyatlari   e’tiborga   olinadi.
O‘yindagi   sur’at   va   maqom   katta   ahamiyatga   ega.   O‘yin   sekin   olib   borilsa,
bolalarni zeriktirib qo‘yadi. Juda tez sur’atda o‘tkazilgan o‘yin esa bolalarni qattiq
qo‘zg’atib,   hayajonlantirib   yuboradi,   natijada   ularning   harakatlarida   aniqlik
yo‘qoladi,   ko‘pincha   to‘polon   bo‘lib,   bolalarni   bir-biri   bilan   tortishib   qolishiga
sabab bo‘ladi. O‘yindan so‘ng bolalarni rag’batlantirish va ularga baho berish ham
alohida ahamiyat kasb etadi. 
Didaktik   o‘yinlarda   tarbiyachining   so‘zi,   ko‘rgazmalilik,   bolalarning
o‘yinchoqlar,   buyumlar,   rasmlar   bilan   bo‘ladigan   harakati   oqilona   qo‘shib   olib
borilishi lozim. Ko‘rgazmalilikka quyidagilar kiradi:
o‘yin asosini tashkil etuvchi buyumlar;
buyumlarning asosiy belgilarini, xususiyatlarini aks ettiruvchi rasmlar;
o‘yin qoidasini, harakatini bajarib ko‘rsatish.
Didaktik o‘yinlar guruh xonasida zalda, maydonchada, o‘rmonda, dalada, va
boshqa joylarda o‘tkazilishi mumkin. Bu o‘yining ta’sirchanligini, taassurotlarning
har   xilligini,   bolalarning   faolligini   oshiradi.   Shunday   qilib,   didaktik   o‘yin
maktabgacha   tarbiya   yoshidagi   bolalarga   ta’lim   berish   vositasi   bo‘lib,   uni
muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi.
26 II BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR FAOLIYATIDA
DIDAKTIK O‘YINLARNI TASHKIL ETISH USULLARI VA AMALIY
AHAMIYATI
2.1 Didaktik o’yinlarga rahbarlik qilish 
Boshqa   o‘yinlar   kabi   didaktik   o’yinlarga   ham   tarbiyachi   rahbarlik   qilishi
lozim.     Didaktik   o’yinga   rahbarlik   qilishda   o’yining   maqsadi   va   mazmunini
belgilash,   o’yin   g’oyasini   o’ylab   topish,   o’yin   qoidasi   va   asosiy   harakatlarni
tushuntirish, bolalar o’rtasidagi munosabatlarni yaxshilash, tarbiyaviy ta’sir orqali
o’yinning   borishiga   rahbarlik   qilib   borish   va   boshqalarni   o’z   ichiga   oladi.   Agar
o’tkaziladigan   didaktik   o’yinning   dastur   mazmuni,   vazifasi,   tarbiyaviy   jarayonda
tutgan   o’rni,   ta’lim   va   o’yin   shakllari   bilan   o’zaro   ta’sirini   oldindan   to’g’ri,   aniq
belgilab olinsa, unga rahbarlik qilishni muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin. U
bolalarda   bilimga   qiziqishni,   mustaqillikni   va   tashabbuskorlikni   rivojlantirishga
qaratilgan   bo’lishi,   bolalarni   o’yin   vazifalarini   har   xil   usullar   bilan   bajarishga,
o’rgatadigan,   ularda   bir-biriga   do’stlik,   o’rtoqlik,   o’zaro   yordam   va   xayrixohlik
hislarini tarbiyalashga qaratilgan bo’lishi lozim. 
Tarbiyachi tayyorgarlik jarayonida birinchi navbatda didaktik o’yinni va unga
kerakli jihozlarni tanlash kerak. Didaktik o’yinlar kun tartibidan ma’lum joy olishi
kerak. Didaktik o’yinlarni mashg’ulot bilan bog’lab olib borishni yaxshilab o’ylab
amalga oshirish lozim. O’yinlar mashg’ulot va o’yin soatlarinda o’tkaziladi. Ularni
o’tkazilishiga   ko’ra,   guruh   bolalari   yoki   kichik   guruhlarda   tashkil   qilsa   ham
bo’ladi.
O’yinning   mazmuni   va   undan   kelib   chiqadigan   natija   oldindan   yaxshilab,
aniq   o’ylab   olinadi.   O’yinning   g’oyasi   o’yin   harakatlari,   qoidasi   va   o’yinning
borishi shunga bog’liqdir. 
27 Didaktik   o’yinlarda   qoidalar   ko’p   uchraydi.   Masalan,   navbat   bilan   harakat
qilish,  faqat   so’ralganda javob  berish,  o’rtoqlarining  fikrini  tinglashga  odatlanish,
boshqalarga halaqit bermaslik, o’z aybiga iqror bo’lish va h.
Didaktik   o’yinlarda   bolalarning   o’ziga   xos   xususiyatlari   e’tiborga   olinadi.
O’yindagi   sur’at   va   maqom   katta   ahamiyatga   ega.   O’yin   sekin   olib   borilsa,
bolalarni zeriktirib qo’yadi. Juda tez sur’atda o’tkazilgan o’yin esa bolalarni qattiq
qo’zg’atib,   hayajonlantirib   yuboradi,   natijada   ularning   harakatlarida   aniqlik
yo’qoladi,   ko’pincha   to’polon   bo’lib,   bolalarni   bir-biri   bilan   tortishib   qolishiga
sabab bo’ladi. O’yindan so’ng bolalarni rag’batlantirish va ularga baho berish ham
alohida ahamiyat kasb etadi. 
Didaktik   o’yinlarda   tarbiyachining   so’zi,   ko’rgazmalilik,   bolalarning
o’yinchoqlar,   buyumlar,   rasmlar   bilan   bo’ladigan   harakati   oqilona   qo’shib   olib
borilishi lozim. Ko’rgazmalilikka quyidagilar kiradi:
 o’yin asosini tashkil etuvchi buyumlar;
 buyumlarning asosiy belgilarini, xususiyatlarini aks ettiruvchi rasmlar;
 o’yin qoidasini, harakatini bajarib ko’rsatish.
Didaktik o’yinlar guruh xonasida zalda, maydonchada, o’rmonda, dalada, va
boshqa joylarda o’tkazilishi mumkin. Bu o’yining ta’sirchanligini, taassurotlarning
har   xilligini,   bolalarning   faolligini   oshiradi.   Shunday   qilib,   didaktik   o’yin
maktabgacha   tarbiya   yoshidagi   bolalarga   ta’lim   berish   vositasi   bo’lib,   uni
muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi.
Didaktik   o’yinlarning   asosiy   turlari   intellektual   (aqliy)   va   harakatli   hamda
aralash   o’yinlardan   iborat.   Bu   oyinlar   ishtirokchilarda   aqliy-jismoniy,   axloqiy,
psixologik,   estetik,   badiiy   tadbirkorlik,   mehnat   va   boshqa   ko’nikmalarni
rivojlantirishga yordam beradi. Musiqiy talim tarbiya jarayonida asosan talabalarda
musiqiy   ta’lim   olish   motivlarini   ularning   turli   yo’nalishdagi   qobilyat   va
qiziqishlarini   oshiradigan   musiqa   o’qituvchi   kasbga   moyilliklarini   ko’rsatadigan
didaktik   o’yinlardan   foydalaniladi.   Didaktik   o’yinlar   nazariy,   amaliy,   rolli,
ishchanlik va boshqa yo’nalishlar  bo’yicha turlarga ajratiladi. Hozirda kompyuter
vositasidagi   didaktik   oyinlardan   foydalaniladi   va   alohida   o’ringa   ega   bo’lib
28 bormoqda.   Umumiy   o’yinlar   nazariyasiga   ko’ra   mavjud   barcha   o’yin   turlarini
tasniflashda   ularning   funksional   mavzuli   konstruktiv,   didaktik,   sport   va   harbiy
o’yinlarga   ishlatiladi.   Bularning   orasida     didaktik   o’yinlar   musiqiy   ta’lim-tarbiya
vazifalarini amalga oshirish imkoniyatini borishi bilan alohida o’ringa ega.
O’yinlar   maktabgacha   va   maktab   yoshdagi   bolalarning   asosiy   faoliyat
shakllari   hisoblanadi.   Bu   esa   pedagogika   oliy   o’quv   yurtlarida   bolajak   musiqa
o’qituvchilarni va olimlar tomonidan shu yosh davridagi oyinlarning musiqa ta’lim
–   tarbiyaviy   ahamiyatini   o’rganish   va   yanada   oshirish   boyicha   tadqiqot   olib
borishiga   asos   bo’ldi.   Natijada   oldingi   asrning   60-yillari   boshida     AQSH  so’ngra
boshqa G’arb mamlakatlarida ishchanlik o’yinlari qo’llanila boshlandi. Ishchanlik
o’yinlari   tadqiqotchilari     bu   usulni   eng   asosiy   samarali   va   tejamli   ta’lim
metodlaridan   iborat   deb   ta’kidlaganlar.   Didaktik   o’yinlarning   yana   bir   turi   aqliy
hujum usulini birinchi marta 1939-yilda A.F.Osborn qo’llagan. Bu usulni “g’oyalar
banki” deb ham nomlagan.U muammolarni quyidagicha yechishga  asoslanadi:
 Muammoli vaziyat yaratish;
 G’oyalarni shakllantirish;
 Eng yaxshi g’oyalarni tekshirish, baxolash va tanlash.
Ishchanlik   o’yin   darsi   -   dars   mavzusi   bo’yicha   masalalarni   hal   etish
jarayonida   o’quvchilarning  faol   ishtirok  etishini   taminlash  orqali   yangi   bilimlarni
ozlashtirish mashqi.
Rolli   o’yin   darsi   -   dars   mavzusi   bo’yicha   masalalarni   o’rganishda
o’quvchilarga   oldindan   ma’lum   rollarni   taqsimlash   va   dars   jarayonida   shu   rolni
bajarishlarini tashkil etish asosida bilimlarni mustaxkamlash darsi.Teatrlashtirilgan
dars   -   dars   mavzusi   bilan   bog’liq   sahna   ko’rinishlari   tashkiletish   orqali   dars
mavzusi bo’yicha chuqur, aniq ma’lumotlar berish darsi.
Kompyuter darsi - tegishli o’quv fani boyicha dars mavzusiga doir kompyuter
materiallari ( multimediya, virtual o’quv kursi va shu kabilar ) asosida o’tiladigan
dars.
Kim oshdi savdosi darsi – o’quv fani ayrim bo’limi bo’yicha bilimlarni har bir
o’quvchi qanchalik ko’p bilishini namoyish etish darsi.
29 Yarmarka   darsi   mavzusini   bolalar   bo’yicha   oldindan   o’zlashtirish
o’quvchilarning   o’zaro   muloqat   asosida   sinfga   qiziqarli   tushuntirish   orqali
o’tiladigan dars.
Tayanch   tushunchalar   darsi-o’quvchilarning   musiqa     savodi   faoliyatidan
tayanch   tushunchalarni   puxta   o’zlashtirishlari   bo’yicha   turli   o’yinlar   shaklidagi
mashqlar o’tkazish darsi.
O’yin   darsi   dars   mavzusiga   mos   o’yin   orqali   o’quvchilarning
o’zlashtirishlarini tashkil etish darsi.
Sud darsi – o’quvchilar bilan dars mavzusiga mos sud jarayonini tashkil etish
orqali yangi mavzuni tashkillashtirish darsi.
Konsert   darsi-dars   mavzusini   sahnalashtirgan   holdagi   konsert   shaklida
ifodalash mashqlari bo’lib, o’quvchilarni faollashtirish va bilimini mustahkamlash
imkoniyatini beradi.
Tergovchi   bilimdonlar   olib   boradigan   darsi   -   dars   mavzusini   oldindan   puxta
o’rgangan   o’quvchilar   yordamida   qiziqarli   savol   -   javoblar,   tahlillar   asosida
isbotlab,tushuntirish   mashqlari   bo’lib,   bunda   o’quvchilar   dars   mavzusini
o’zlashtirib eslab qolishlari uchun qulaylik yaratadilar.
Integral   (integratsiyalangan)   dars   -   bir   nechta(musiqa,   tarix,   adabiyot   va
h.q.)fanlarga doir  integratsiyalash  uchun qulay  bo’lgan mavzular  bo’yicha tashkil
qilingan   dars   bo’lib,   o’quvchilarning   turli   fanlarga   qiziqishlarini   orttirib   musiqiy
ta’lim jarayonidagi faolliklarini ta’minlaydi.
Bunday   darslar   o’quvchilarga   fanlararo   bog’liqlikni   o’rgatish   orqali   ularda
ilmiy   dunyoqarashini   shakllantirish   ijodiy   tafakkurlarni   rivojlantirishga   hizmat
qiladi.
Mojizalar  maydoni  darsi  o’quvchilar     bilan   o’tkaziladigan     qiziqarli  o’yinlar
bo’lib   turli   savollarga   belgilangan   vaqt   davomida   tog’ri   javoblar   topish   va
g’oliblarni   rag’batlantirish   orqali   o’quvchilarda   fikrlash,   topqirlik   va   ziyraklik,
bilimlarni   kengaytirib   borish   sifatlarini   shakllantiradi.   Didaktik   o’yinli
mashg’ulotlarni talabalarning bilim olish va o’yin faoliyatining uyg’unligiga qarab
syujetli- rolli o’yinlar, ijodiy o’yinlar, ishbilarmonli o’yinlar, konfrensiyalar o’yin
30 mashqlariga   ajratish   mumkin.   O’qituvchi-pedagoglar   va   talabalarni
individual(yakka   tartibdagi)   so’ngra   guruhli   o’yinlarga   tayyorlashi   va   uni
o’tkazishi,   o’yin   muvaffaqiyatli   chiqandan   so’ng   esa     ularni   ommaviy   o’yinlarga
tayyorlashi   lozim.   Chunki   talabalar   didaktik   o’yinli   mashg’ulotlarda   faol   ishtirok
etishlari   uchun   zaruriy   bilim,   ko’nikma   malakalarga   ega   bo’lishlari,   bundan
tashqari guruh jamoasi o’rtasida hamkorlik, o’zaro yordam vujudga kelishi lozim.
Oqituvchi-pedagog   didaktik   o’yinli   mashg’ulotlarni   o’tkazishda   qizg’in
tayyorgarlik ko’rishi va uni o’tkazishda quyidagi   didaktik talablarga rioya qilishi
talab etiladi:
Didaktik o’yinli  mashg’ulotlar dasturida qayd etilgan mavzularning ta’limiy,
tarbiyaviy   va   rivojlantiruvchi     maqsad   hamda   vazifalarni   hal   qilishga   qaratilgan
bo’lishi;
Jamiyatdagi   va   kundalik   hayotdagi   muhim   muammolarga   bag’ishlanib,   ular
o’yin davomida hal qilishi;
Barkamol shaxsni  musiqiy tarbiyalash tamoyillariga va sharqona odob-ahloq
normalariga  mos kelishi;
O’yin tuzilishi jihatidan mantiqiy ketma-ketlikda bo’lishi;
Mashg’ulotlar   davomida  musiqiy   didaktik  prinsiplarga   amal   qilinishi   va   eng
kam vaqt sarflanishiga erishishi kerak.
Didaktik   o’yinli   mashg’ulotlar   orasida   konfrensiya   mashg’ulotlari   ham
muhim   o’rin   tutadi.   Konfrensiya   mashg’ulotlari   talabalarning   bilish   faoliyatini
faollashtirishda   ilmiy   dunyoqarashini   kengaytirishda,   qo’shimcha     va   mahalliy
materiallar   bilan   tanishtirishda,   ilmiy   va   ilmiy-ommabob   adabiyotlar   bilan
mustaqilishlash   ko’nikma   va   malakalarni   orttirish,   mustaqil   hayotga   ongli
tayyorlashda   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.       Konfrensiya   mashg’ulotlarini
talabalarning   bilish   faoliyatni   faollashtirishda   ilmiy   dunyoqarashini   mustaqil
ishlash ko’nikma va malakalarni orttirish kengaytirishda, ilmiy va ilmiy ommabop
adabiyotlar bilan mustaqil hayotga ongli tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Konfrensiya   mashg’ulotini   o’tishdan   oldin   mashg’ulot   mavzusini   maqsad
vavazifalarini   belgilab,   shu   mavzuga   oid   qo’shimcha   ilmiy,   ilmiy-ommabop
31 adabiyotlar ko’zdan kechiriladi. Mashg’ulotni o’tishdan bir hafta oldin mashg’ulot
mavzusi e’lon qilinib unga tayyorgarlik   ko’rish uchun adabiyotlar tavsiya etiladi.
Ushbu   mashg’ulotda   olimlar   rolini   tanlash,   mavzuni   har   tomonlama   yoritish,
maruza tayyorlash talabaning ixtiyorida bo’ladi.
Ilmiy konfrensiya mashgu’lotini quyidagicha o’tkazish tavsiya etiladi.
Didaktik   o’yinlarni   tanlashda   o’quvchilarga   bilim   va   tarbiya   berishning
quyidagi tartib qoidalariga rioya qilinadi:
Didaktik   o’yinlar   tanlash   va   ulardan   foydalanishda   o’quvchilarning   yosh
xususiyatlari pedagogik jihatdan tayyorgarligi va bilim saviyasi hisobga olinadi;
Tanlangan   har   bir   o’yin   o’quvchilarga     sistemali   bilim   berish,   malaka   va
ko’nikmalar hosil qilish bilan birga ularning barkamol bo’lib yetishishiga va ruhan
tetik o’sishiga qaratilgan bo’ladi;
Didaktik   o’yinlarni   tanlashda   musiqiy   ta’limning   aniq   maqsad   va   vazifalari
asos qilib olinadi.
Didaktik   o’yinlar   musiqiy   ta’lim     mazmunini   aniqlashtirishning   muhim
vositalaridan biri. U o’quvchilarda o’qish motivini, istagini rivojlantirishga xizmat
qiladi.
Didaktik   o’yin-ta’lim     beruvchi   usul   bo’lib,   bu   usul   muayyan   ta’limiy
maqsadlarga   erishishga   ya’ni   o’tilgan   o’quv   materiallarini   aniqlashga,
mustahkamlashga   va   uni   chuqurlashtirishga   qaratilgan   bo’ladi   .Har   bir   didaktik
o’yinni   o’tkazishda   muayyan   bir   vazifa   maqsad   qilib   olinadi.   Masalan:   musiqa
nazariyasi   misollar   o’yinida   musiqa   savodini   mustahkamlashdan   iborat   bo’lgan
didaktik   topshiriq   qo’yiladi.   Didaktik   topshiriq   musiqa   darsga   qo’yiladigan
umumiy    maqsadining  bir   qismini  tashkil  qiladi.  Har   bir   didaktik o’yinning ham,
har   qanday   o’yindagi   singari   qoidalari   bo’ladi.   O’sha   qoidalarga   amal   qilinmasa
o’yinning o’yin sifatidagi ahamiyatli binobarin o’yinning musiqiy ta’lim tarbiyaviy
va   psixologik     ahamiyati   yo’qoladi.   O’yin   qoidalari   o’yin   topshirig’iga   kiritiladi.
O’yin topshirig’i -musiqa o’qituvchining bolalarga o’yinning qanday o’ynalishini,
kim g’olibligini aniqlashdan iborat. Har bir didaktik o’yin o’z navbatida quyidagi
komponentlardan tuziladi: o’yin maqsadi,qoidalari, jihozi, mazmuni natijasi.
32 O’yin   qoidalari.   O’yinni   olib   borish   va   unga   qatnashish   tarkibini   aniqlab
beradi.   Qoidalar   o’yin   maqsadidagi   mos   holda   o’quvchilar   faoliyatini   tartibga
solish uchun kerak bo’ladi;
O’yin   mazmuni   o’quvchilarning   bajarishi   kerak   bo’lgan   harakatlari   bilan
aniqlanadi,   musiqa   darsida   bu   harakatlar   ko’proq   musiqa   tinglash,   musiqa
savodi,musiqaga   mos  harakatlarni   bajarish,  jamoa  bo’lib  kuylash,  bolalar  cholg’u
asboblarda   jo’r   bo’lish   faoliyatidan   iborat   bo’ladi.   O’yin   jihozi   o’yinni   o’tkazish
uchun   kerak   bo’lgan   texnik   vositalar,   musiqa   cholg’u   asboblari,   kartochka   va
ko’rgazmalardan iborat;
O’yin   natijasi.   Qo’yilgan   vazifaning   bajarilishi   bilan   aniqlanadi.   Natija
o’quvchilarni qoniqtirishi kerak.
Har   bir   didaktik   o’yin   jarayonida   o’ziga   hos   vositalar   turlari   qo’llaniladi   va
mashg’ulot   jarayonida   ulardan   tog’ri,   unumli   va   xavfsiz   foydalanish   lozim.   Bu
vositalarni quyidagi turlarga ajratish mumkin.
konselyariya   tovarlari   -   turli   o’lchamlardagi   oq   va   rangli   qog’ozlar,   skoch,
flomasterlar, ruchka, qalam, chizgichlar, qaychi, yelim va boshqalar.
Texnika   vositalari-proektor,   mikrofon,   kompyuter,   videokamera,
videomagnitafon, televizor va boshqalar.
Musiqa   cholg’u   asboblari-fortepiano,   rubob,   dutor,   doira,   nog’ora   va
boshqalar.
mahalliy-tabiiy materiallardan tayyorlangan vositalar.
Didaktik   oyinlar   tashkilotchilari   ular   uchun   ishlatiladigan   har   bir   material
bilan   ishlash,   ulardan   tegishli   didaktik   vositalarni   tayyorlash   hamda   xavfsizlikni
taminlash   texnologiyalarini   puxta   bilishlari   va   rioya   qilishlari   lozim..   Chunki
didaktik   vositalarning   sifati,   ko’zda   tutilgan   maqsadlarga   mosligi,   qulayligi   va
ulardan   togrifoydalanish   musiqa   darslar   samaradorligini   oshirishga   ijobiy   tasir
korsatadi.
Didaktik oyin turlarini tanlash mezonlar:
ishtirokchilar   tarkibi   boyicha   ogil   bolalar,   qiz   bolalar,   o’smirlar,   katta
yoshdagilar uchun oyinlar;
33 ishtirokchilar  soni  boyicha -  yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh, sinf
jamoasi, raqobatdosh komandalar, sinflararo va ommaviy oyinlar;
oyin jarayoni boyicha - fikrlash, oylash, topagonlik, harakatlar, musoboqa va
boshqalarga yonaltirilgan oyinlar;
vaqt meyori boyicha - dars, mashgulot vaqtining reja boyicha ajratilgan qismi,
oyin maqsadiga erishguncha, golib yoki goliblar aniqlanguncha davom etadigan va
boshqa oyinlar.
Didaktik oyin turlarini tanlash mezonlari:
Didaktik oyin turlarini tanlash mezonlari
Shunday qilib, yuqoridagilardan quyidagi xulosalar chiqarishimiz mumkinki,
musiqa   talimi   tizimida   didaktik   oyinlardan   foydalanish   bolgusi   musiqa
oqituvchilarning muloqot qilish konikma va malakalarini, o’zaro yordam korsatish
konikmalarini rivojlantiradi va o’quvchilarning bilim saviyasini  oshirishga xizmat
qiladi.
 
2.2.  Didaktik o’yinlardan  foydalanishning  tajriba sinov ishlari.
O’zbekiston   Respublikasida     maktabgacha     ta’lim     tog’risidagi     Nizomga
muvofiq  bola  maktabgacha  talimni  uyda,  ota-onalarning  mustaqil talim berishi
orqali   yoki   doimiy     faoliyat     korsatadigan   maktabgacha     ta’lim       tashkilotlarida,
shuningdek,  maktabgacha  ta’lim  tashkilotlariga  jalb  qilinmagan  bolalar  uchun
maktabgacha    ta’lim     tashkilotlarda,    maktablarda,    mahallalarda    tashkil     etilgan
maxsus   guruhlar  yoki    markazlarda   oladi.   Bu   yerda   ular   haftada   2-3   marta
shug’ullanishadi.     Ota-onalarga     maktabgacha     ta’lim     shaklini     tanlash     huquqi
beriladi.     6-7     yoshli     bolaning     maktab     ta’limiga     tayyorligini     aniqlashda
maktabgacha  yoshdagi     bolalar    ta’lim-tarbiyasi    bilan   shugullanuvchilar     asosiy
shart     hisoblanmish         bolaning    maktabga   tayyorligi     maktabgacha   va   maktab
davridagi hayot tarzi hamda faoliyati uchun ko’prik vazifasini o’tashini, oila yoki
maktabgacha  ta’lim  tashkilotdagi  ta’lim-tarbiya  sharoitlarida  maktab  ta’limiga
ozorsiz  o’tkazishni  taminlash  zarurligini  hisobga  olishlari  lozim.  Maktabgacha
34 yoshdagi     bolaning     maktab     ta’limiga     o’tishi     hamisha     uning     hayoti,   axloqi,
qiziqishi   va   munosabatlarida   anchayin   jiddiy   o’zgarishlarni   yuzaga chiqaradi.
Shuning     uchun     bolani   yoki   uydayoq   maktab     ta’limiga     tayyorlash,     uni   uncha
qiyin bo’lmagan bilim, tushuncha, ko’nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak
bo’ladi.   Yetakchi   mutaxassislarning   fikriga   ko’ra,   «Maktabga   tayyorgarlik»
tushunchasi     bolani     maktabga     tayyorlashning     quyidagi     yo’nalishlarini     o’z
ichiga oladi: 
-jismoniy; 
-shaxsiy (ruhiy); 
-aqliy; 
-maxsus tayyorgarlik.
Jismoniy     tayyorgarlik     bolaning     sog’lomligi,     harakat     ko’nikmalari     va
sifati,   qo’l     mushaklari     va     ko’rish-motor     muvofiqligi     rivojlanganligi     bilan
izohlanadi. 
Shaxsiy     tayyorligi,     atrof-muhitga,   kattalarga,     tengdoshlariga,   o’simliklar
dunyosiga,     tabiiy     hodisalarga     munosabati,     shaxsiy     madaniyatning
shakllanganligini   nazarda   tutadi.   Aqliy   tayyorgarlik   bolaning   obrazli   va   mantiqiy
fikrlashi,   bilimga     qiziqishi,     mustaqilligi,     o’zini-o’zi     nazorat   qilishi       hamda
o’quv   faoliyatini   kuzatish,   eshitish,   eslab   qolish,   solishtirish   kabi   asosiy   turlarini
bilishini o’z  ichiga  oladi.  Bolaning  maktabda  ta’lim  olishi  samarasi  uning  ona
tilini bilishiga   va   nutqni   qanchalik   rivojlanganligiga   ko’proq   bog’liq bo’ladi.
Chunki   butun   o’quv   faoliyati   shularga     ya’ni   nutqiy-mantiqiy   rivoji,   bolaning
kattalarning   yordamisiz     mustaqil     fikrlashi,     til     malakasining     rivojlanganligi,
hikoya     qilish,   mulohaza   yuritish,   o’z   tasavvurini   izohlay   olish,   tushunarli   qilib
bayon   etish   kabi   omillar     asosiga     quriladi.     Shuningdek,     bolaning     maktabda
ta’lim  olishi  uchun amaliy  intellekt  rivoji,  yani  uning  namunani  chizish,  aytib
turiladigan     bayoniy   topshiriqni   bajarishi   ham   muhim   sanaladi.     Maxsus
tayyorgarlik bolani savodxonlikka  o’rgatish  va  uning  maktabning  1-sinf  o’quv
dasturi     materialini   yetarli     darajada     egallash     haqidagi     tushunchasini
shakllantirishni     nazarda     tutadi.   Bolalarni   maktabda   oqitishning   samaradorligi
35 ko’p jihatdan ularning tayyorgarlik darajalariga bogliq boladi. Maktabda o’qishga
tayyorgarlik     maktabgacha   ta’lim   tashkiloti     va     oilada     maktabgacha     ta`lim
yoshidagi   bolaga   qo’yiladigan   talablar orqali aniqlanadi. Bu talablarning o’ziga
xos   tomoni   o’quvchining   yangi   ijtimoiy   psixologik   o’rni   bilan   bog’liq.   Bola   o’z
oldiga   qo’yiladigan   vazifalarni   bajarishga   tayyorlangan   bo’lishi   lozim.   Maktabga
kirish   bola   hayotidagi   odatiy   turmush   tarzi,   atrofdagilar     bilan     munosabat
tizimining     o’zgarishiga     aloqador     muhim     davrdir.   Bola   hayotida   birinchi   bor
markaziy   o’rinni   ijtimoiy   ahamiyatga   ega   bolgan   o’quv   faoliyati   egallaydi.   Unga
odatiy bolgan erkin o’yin faoliyatidan farqli ularoq, endi ta’lim majburiy bo’ladi va
birinchi   sinf   o’quvchisidan   4   ta   jiddiy   munosabat   talab   qilinadi     Ta’lim
faoliyatining   yetakchi    turi   sifatida   bolaning   kundalik   hayot jarayonini   qayta
quradi:  kun  tartibi  o’zgaradi,  erkin  o’yinlar  vaqti  qisqaradi.
Bolaning   mustaqilligi   va   uyushganligi,   uning   ishchanligi   va   intizomlilikka
talablar   jiddiy   ravishda   ortadi.   Maktabgacha   yoshdagi   bolalikka   nisbatan
o’quvchining o’z xatti-harakati,   majburiyatlarini   bajarishga   shaxsiy   ma’suliyati
ancha-muncha   ortadi.   Bolalarni   maktabga   tayyorlash,   birinchidan   bolalar
bog’chasida tarbiyaviy ishni   maktabgacha   ta’lim   yoshidagi   bolalarni   umumiy,
har   tomonlama rivojlantirishning   yuqori   darajasini   taminlaydigan,   ikkinchidan
bolalarni maktabning boshlang’ich sinflarida o’zlashtirishlari lozim bo’lgan o’quv
fanlarini egallashga   maxsus   tayyorlashni   taminlaydigan   qilib   tashkil   etilishini
nazarda   tutadi.   «Maktabga     o’qishga     umumiy   psixologik     tayyorgarlik»     va
«Maxsus  tayyorgarlik»  tarzida  ko’rib  chiqiladi. Maktabga  umumiy  tayyorgarlik
MTT     ning     maktabgacha     tarbiya   yoshidagi   bolalarni     har     tomonlama
tarbiyalashga  oid  davomli,  maqsadga  muvofiq  talim-tarbiyaviy  ishning  muhim
yakuni     sifatida     namoyon   bo’ladi.     Maktabga     umumiy   tayyorgarlik     bolaning
maktabga   borish     vaqtiga     kelib     aqliy,     manaviy,     estetik     va   jismoniy
rivojlanishda     erishgan     shunday     darajasidirki,     u     bolaning     maktab   ta’limining
yangi   sharaoitlariga   va   o’quv   materialining   ongli   egallashga   faol   kirib   borishlari
uchun   zarur   asosni   yaratadi.   Umumiy   tayyorgarlik   bola   maktab   ta’limiga   o’tish
davriga     kelib     erishadigan     psixik     rivojlanishning     muayyan   darajasi     bilan
36 ifodalanadi.     Psixologik     tayyorgarlik     tushunchasi     maktab     ta’limi   nuqtai
nazaridan   1-sinfga     borayotgan     bola     psixik     rivojlanishidagi     muhim     sifat
korsatkichlarini     muvaffaqiyatli     jamlaydi.     Maktab     ta’limiga     psixologik
tayyorgarlik bolaning o’qishga intilishi o’quvchi bo’lish ishtiyoqida bilish faoliyati
va     tafakkur     operatsiyalarining   yetarlicha     yuqori     darajasi     bolaning     o’quv
faoliyati   elementlarini     egallashi,     iroda     va     ijtimoiy     rivojlanishning     muayyan
darajasida namoyon bo’lishda   asoslangan   tayyorlikni   o’z   ichiga   oladi.   Bolani
maktabga   psixologik     tayyorgarligining     barcha     komponentlari     bolani     sinf
jamoasiga   olib kirish,   maktabda   o’quv   materialini   ongni   faol   egallash   keng
doiradagi     maktabga   oid     majburiyatlarni     bajarishni     qamrab     oladi.     Bolani
maktabga   maxsus   ravishda tayyorligi   maktabda   o’qishga   umumiy   psixologik
tayyorligiga   qoshimchadir.   U bolada matematika va ona tili kabi o’quv fanlarini
o’rganish   uchun   zarur   bolgan   maxsus     bilim,     ko’nikma     va     malakalarning
mavjudligiga   ko’ra   aniqlanadi. Maktabgacha   ta’lim   tashkilotida   bolalarda   eng
oddiy   matematika   tasavvurlarini tarkib toptirish, nutqni o’stirish hamda savodni
egallashga   tayyorlanish   yuzasidan   o’tkaziladigan   jadal   ish   bolalarni   maktabda
o’qishga   maxsus   tayyorlashning   zarur   darajasini   taminlaydi.   Maktabga
qatnaydigan   bola   yangi   turmush   tarziga   kishilar   bilan     o’zaro     munosabatning
yangi     tizimiga,    faol    aqliy   faoliyatga   tayyorlangan  bo’lishi     darkor.    U    yangi
jiddiy     majburiyatlarni     uddalashi     uchun   jismoniy   rivojlanishda     muayyan
darajaga  erishgan  bo’lishi  kerak.  Bolaning  maktabda (o’qishga axloqiy-irodaviy
tayyorgarlik) umumiy tayyorligi mazmunida bir necha o’zaro  bog’langan  jihatlar
mavjud     bo’lib,     ulardan     muhimlari     ma’naviy,     irodaviy,   aqliy,   jismoniy
tayyorgarlikdir.   Maktabda   o’qishga     axloqiy-irodaviy     tayyorlik     bolaning
maktabgacha     bolalik     oxiriga     kelib   axloqiy   xatti-harakat,   iroda,   axloqiy
hissiyotlar   va   ong   rivojida   unga   yangi   ijtimoiy   nuqtai     nazarni     faol     egallashiga
hamda     o’zining     o’qituvchi     va     sinfdoshlari     bilan   o’zaro     munosabatlarini
axloqiy     asosda     qurishga     imkon     beradigan     darajaga   erishishida     ifodalanadi.
Axloqiy   irodaviy   tayyorlik   katta   maktabgacha   ta’lim yoshidagi   bola   shaxsiy
xulq-atvori   rivojining   muayyan   darajasida   namoyon bo’ladi.   Bu   munosabatda
37 bolaning  maktabgacha  ta`lim  yoshi  davomida rivojlanadigan  o’z  xulq-atvorini
boshqari     qobiliyati:     qoidani  yoki   tarbiyachi   talablarini     ongli    bajarish,     dafatan
asabiylashib   ketishga   erk bermaslik,   qo’yilgan maqsadga   erishishda   qa’tiyatni
namoyon   qilish,     kerakli     ishni     o’ziga     tortadigan,   ammo     maqsaddan
chalg’itadiganiga qarshi   o’laroq   bajarish   ko’nikmasi    va   shu kabilar   e’tiborga
loyiqdir.  Bo’lajak  o’quvchi  xulq-atvoridagi  ixtiyoriylikning  rivojlanish  asosini
maktabgacha     ta’lim     yoshi     oxiriga     kelib     tarkib     topadigan   sabablar,     o’zaro
buysunuvchilari   tashkil   qiladi.   Maktabga   axloqiy-irodaviy tayyorlikning   tarkib
topishida,   shuningdek,   katta   maktabgacha   ta’lim yoshidagi bola   shaxsiy   xulq-
atvoridagi     mustaqillik   uyushganlik   va   intizomlilik     kabi   xususiyatlar
ahamiyatlidir.     Mustaqillik     bilan     uzviy     boglangan     xulq-atvor   qoidalarini
bajarish,   yangi   sharoitlarda   harakatning   tog’ri,   odatiy   usullaridan foydalanish,
yordam   berishga     tayyorlik     qobiliyatidir.     Mustaqillik     va       xulq-atvordagi
uyushganlik   intizomlilik   bilan   xulq-atvordagi   maqsadga   yo’nalganlikda,   o’z
faoliyatini maktabgacha talim tashkilotda qabul qilingan qoidalarga muvofiq ongli
tashkil eta bilishda, faoliyat natijasiga erisha bilish va uni nazorat qilish, o’z xulq-
atvorini  boshqa  bolalarniki  bilan  muvofiqlashtirish,  o’z  xatti-harakatlari uchun
shaxsiy     masuliyatni     his     qilishda     o’z     ifodasini     topadi.     Maktabga     axloqiy
irodaviy   tayyorlikning   boshqa   muhim   tarkibiy   qismi   bolaning   katta yoshlilar
va   tengqurlari     bilan   o’zaro     munosabatlarini     qoidalarga     muvofiq   tashkil     eta
bilishdir.   Tajribaning     ko’rsatishicha,     maktabdagi     o’qish     sharoitlariga
moslashish     oldingi   yillarda     bolalarda     «jamoatchilik»     sifatlari:     do’stlarga
nisbatan     xayrixoh,     hurmat   bilan     munosabatda     bo’lish,     tashkilotchilik
ko’nikmalari,     xushmuomalalik,   g’amxorlik     bildirish,     o’zaro   yordamga
hozirlikning     qanchalik     muvaffaqiyatli   shakllantirilganligiga     bevosita
bog’liqligini     ko’rsatadi.     Bola     xulq-atvorida   jamoatchilik     hislarida     bunday
majmuaning  mavjudligi  uning  maktabga  axloqiy tayyorgarligining  ko’rsatkichi
bola   oladi   va   yangi   jamoada   tengqurlari   bilan muomalada   ko’tarinki,   ijobiy
ruhni     yuzaga     keltiradi.     Maktabga     axloqiy-irodaviy   tayyorlik,   shuningdek,
axloqiy     hissiyot   va     bola     ongi   rivojining     muayyan     darajasi   bilan   ham
38 ifodalanadi.   Bu   o’rinda   eng   ibratlisi   bolalarning   axloqiy   xulq-atvorining   ijtimoiy
ahamiyatini     tushunish,     ularda     o’z     xatti-harakatlarini   mustaqil     baholash
qobilyatini     rivojlantirish,     mas’uliyat,     haqgo’ylik,     insoniylik     va     fuqarolik
hissiyotlari     elementlarini     shakllantiridir.     Axloqiy-irodaviy     tayyorlik   tarkibiga
maktabgacha     ta’lim   yoshidagi     bolaning     mehnatga     munosabatini     ifodalovchi
sifatlar     majmui     ham     kiradi.     Bu     mehnat     qilish     ishtiyoqi,     atrofdagilar
mehnatiga   hurmat,   zarur   mehnat   malakalarini   egallashdir.   Maktabga     aqliy
tayyorlikning     muhim     tarkibiy     qismi     maktabga     o’qishga     kirayotgan     bolada
atrof,   dunyo   haqida   yetarlicha   keng     bilish   boyligining   mavjud   bolishidir.
Bilimlarning bu fondi o’qituvchi o’z ishini tashkil  etishda  tayanadigan zarur  asos
hisoblanadi.Bolani  maktabga  aqliy  tayyorligida  bolalar  egallagan  bilimlarning
sifati   ahamiyatlidir.Bilimlar     sifatining     ko’rsatkichi     birinchi     navbatda     ularni
bolalar     tomonidan   ongli     egallaganligi;     tasavvurlarining     aniq     va
tabaqalashtirilganligi;     oddiy   tushunchlar   mazmuni   va   hajmining   to’liqligi
o’zlariga tushunarli o’quv va amaliy vazifalarni   hal   etishda   bilimlarni   mustaqil
qo’llay     olish     qobiliyatlari;   muntazamlilik,     ya’ni     maktabgacha     ta’lim
yoshidagilarning  narsa  va  hodisalar o’rtasidagi  tushunarli,  muhim  aloqa  hamda
munosabatlarni     aks     ettira     bilish   qobiliyatidir.   Bola     maktabga     aqliy
tayyorgarligining     tarkibiy     qismi     bola     bilish     faoliyatini   muayyan     darajada
rivojlangan     bo’lishidir.     Bu     o’rinda,     birinchidan,     bilish   jarayonining   o’sib
boruvchi   ixtiyoriyligi;     materialni   ma’no   jihatdan   ixtiyoriy   eslab   qolish   va   takror
ifodalash,   narsa   va   hodisalarni   rejali   idrok   etish,   qo’yilgan   bilish   va     amaliy
masalalarni  maqsadga muvofiq  hal  etish  qobiliyati  va shu  kabilar; ikkinchidan,
bilish     jarayonlari     sifatini     oshirish:     sezgilarning     aniqligi,     idrokning   to’liq   va
tabaqalashtirilganligi,   eslab   qolish   va   takror   ifodalashning   tez   va   aniqligi;
uchinchidan,  bolada  atrof-dunyoga  bilish  munosabatlari, bilimlarni  egallash  va
maktabda o’qishga intilishning mavjudligi muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabga
aqliy tayyorlikni shakllantirishda bo’lajak o’quvchi tafakkur faoliyatining umumiy
darajasi   muhim   ahamiyatga   ega.   MTTning   bolalarni   aqliy   tarbiyalashga   oid
olib   borayotgan     muntazam,     maqsadga     muvofiq     ish     sharoitlarida     bolalarda
39 (faoliyat)   tafakkur     faoliyatida   narsalarning     ko’p     tomonlama     tahlil     qilish
qobiliyati,     ijtimoiy   tarkib     topgan     sensor     etalonlardan     fan     hamda     hodisalar
xususiyat va  sifatlarini tadqiq  qilishda  foydalana  bilish  narsa  va  hodisalardagi
asosiy   aloqa,     bog’liqlik     belgilarni     aniqlash     asosida     oddiy     umumlashtirishlar
qilish  qobiliyati,   o’xshashlik va  farqlanuvchi   belgilarni  izchil  ajratish  asosida
narsalarni   qiyoslashni    amalga oshirish   ko’nikmasi   tarkib   toptiriladi.   Bo’lajak
o’quvchilarda   aqliy   faoliyatning elementar   mustaqilligi:   o’z   amaliy   faoliyatni
mustaqil     rejalashtirish     va     uni     reja   asosida   amalga   oshirish   ko’nikmasi,   oddiy
bilish   vazifasini   qo’yish   va   uni   hal   etish   ko’nikmasi     va     shu     kabilar
rivojlantiriladi.  Maktabda  aqliy  tayyorlik,  shuningdek, bolalar tomonidan o’quv
faoliyati   elementlarining   egallab   olinishini   ham   o’z   ichiga   oladi.   Bolalar
muntazam     ta’lim     sharoitlarida     maktabgacha     bolalik     oxiriga   kelib,     o’quv
faoliyatining     asosiy     tarkibiy     qismlarini:     tushunarli     o’quv     vazifasini   qabul
qilish,  tarbiyachining  ko’rsatmalarini  tushunish  va  aniq bajarishni  ishni kattalar
tomonidan   ko’rsatilgan   usullaridan   foydalanib   bajarib   bir   natijaga   erishish,   o’z
faoliyati,     xulq-atvori,     topshiriqlarni     bajarish     sifati     ustidan     nazorat     qilish
ko’nikmasini,   o’zining   va   boshqa   bolalarning   ishlariga   tanqidiy baho   berish
qobiliyatini,     egallab     olishlari     kerak.     Nutqning     qanchalik     yuqori     darajada
rivojlangan     bo’lishi     bola     maktabga   aqliy     tayyorgarligining     muhim     tarkibiy
qismi   hisoblanadi.   Tovushni   aniq   talaffuz   qilish,   lug’atning   boyligi,   o’z   fikrini
mantiqiy   va     grammatik     tog’ri     bayon   qila     bilish,     madaniy     nutq     muomalasi
bularning   barchasi     maktabda     muvaffaqiyatli     o’qishning     zaruriy     sharti
hisoblanadi.     Aqliy   tayyorlik   tarkibiga,   shuningdek,   savodning   boshlang’ich
asoslari, oddiy matematik tasavvurlar,  ona  tili  yetarlicha  keng  bilim,  ko’nikma
va   malakalar   doirasi    ham kiradi.   Shunday   qilib,   maktabdagi   o’qishga   aqliy
tayyorlik     bolalarni     aqliy     va   nutqiy     rivojlantirishning     o’zaro     bog’langan
tarkibiy     qismlardan   tarkib     topadi.   Bilish     faoliyati,     bilish     qiziqishlari,     bola
tafakkuri  usullari, atrof  dunyo  haqidagi anglangan  tizimlashtirilgan  tasavvurlar
hamda     elementlar     tasavvurlar,     nutq     va   elementar   o’quv   faoliyati   umumiy
darajasining   birligi   bolalarda   maktabdagi   o’quv   materialini   egallashga   aqliy
40 tayyorlikni   vujudga   keltiradi.   Bolaning   maktabda   o’qishga     jismoniy   tayyorligi.
Bolaning   maktabda   o’qishga   jismoniy   tayyorligi   o’qishning   muvaffaqiyatli
bo’lishida   katta   ahamiyatga   egadir.   Maktabga   chiqish   munosabati   bilan   bola
turmush   tarzining   qayta   qurilishi,   kun     tartibining     o’zgarishi,     jiddiy     o’quv
mehnati,     darslarning     davomiyligi     undan   sezilarli   jismoniy   zo’r   berishni   talab
qiladi. Maktabga jismoniy tayyorlik ko’pgina tarkibiy  qismlardan  tashkil  topadi.
Bu,     birinchi     navbatda,     bola     salomatligining   yaxshi   bolishi,   organizmning
chiniqqanligi,   ma’lum   darajada   chidamliligi   va   ish   qobiliyati,     kasalliklarga
qarshilik     ko’rsata     olishidir.     Bolalarni     maktabga   tayyorlashda   barmoq   mayda
muskullarining   rivojlanishi   alohida   o’rin   egallaydiki,   bu   yozuvni     muvaffaqiyatli
egallashning   zaruriy   shartidir. Maktabga   jismoniy tayyorlik, shuningdek,     bola
tomonidan  madaniy  gigiyenik  malakalarni egallanishini, ularda shaxsiy gigiyena
qoidalariga rioya qilishi,  tarbiyalashni nazarda  tutadi.  Jismoniy  tayyorlik  bolada
maktabga     yetuklikni     shakllantirishning   zarur   tarkibiy   qismi   hisoblanadi.
Maktabga   yetuklikni   aniqlashda   bola   sog’ligining   holati     va     organizmning
biologik     yetukligini     baholash     (antropometrik   korsatkichlar,     suyak,     mushak,
nafas  olish  va  yurak-tomir  tizimining) rivojlanganligini  nazarda  tutuvchi  ko’p
omilli   tahlildan,   maktabga   funksional tayyorlikning,   «Maktabga   yetuklik»ning
asosiy     ko’rsatkichi     va   eng     avvalo,     bir   qator   fiziologik   funksiyalarining
rivojlanish darajasini baholashdan foydalaniladi. Bularga partada  anchagina  uzoq
muddat     o’tirish     uchun     zarur     bo’ladigan   tormozlanish     qobiliyatining
rivojlanganligi;     harakatlarni     yaxshi     boshqarish,   jumladan,   yozish     va     rasm
solishga   aloqador   grafik   vazifalarni  bajarishda   zarur bo’ladigan barmoqlarning
mayda   harakatlari;   ijobiy   va   tormozlanishiga   xos   shartli   aloqalarni     nisbatan     tez
hosil     qilish     hamda     mustahkamlash,     shuningdek,     ikkinchi   signal   tizimning
yetarlicha   rivojlanganligi   kiradi.   Bolalarni     tekshirish     ularni     maktabda     olti
yoshdan  o’qishlari  mumkinligini aniqlash imkonini beradi. Bolalarning maktabga
jismoniy   tayyorliklarini   tekshirish   natijasi   ko’pchilik   bolalarda   uning   asosiy
ko’rsatkichlari me’yor atrofida ekanligini va  hatto  undan  ilgarilashini  ko’rsatdi.
Kun     tartibi,     chiniqtiruvchi     muolajalar,   muntazam   jismoniy   tarbiya
41 mashg’ulotlari,   xilma-xil   harakatli   o’yinlar   va   jismoniy   mashqlar,   faol   harakat
rejimi  bolalarning maktabda o’qishga jismoniy  tayyorligini  taminlashning zaruriy
shartlari   hisoblanadi.   O’zbekiston     Respublikasida     maktabgacha     ta’lim
tog’risidagi     Nizomga   muvofiq   bola   maktabgacha   ta’limni   uyda,   ota-onalarning
mustaqil  ta’lim berishi  orqali    yoki    doimiy   faoliyat    korsatadigan   maktabgacha
ta’lim     tashkilotlarida,   shuningdek     MTTlariga     jalb     qilinmagan     bolalar     uchun
MTTlarda,     maktablarda,   mahallalarda     tashkil     etilgan     maxsus     guruhlar     yoki
markazlarda     oladi.    Bu    yerda  ular     haftada     2-3    marta    shug’ullanishadi.     Ota-
onalarga     maktabgacha     ta’lim   shaklini   tanlash   huquqi   beriladi.   6-7     yoshli
bolaning     maktab     ta’limiga     tayyorligini     aniqlashda     maktabgacha   yoshdagi
bolalar     ta’lim-tarbiyasi     bilan     shug’ullanuvchilar     asosiy     shart   hisoblanmish     -
bolaning   maktabga   tayyorligi   maktabgacha   va   maktab   davridagi  hayot   tarzi
hamda  faoliyati   uchun   ko’prik   vazifasini  o’tashini, oila   yoki MTTdagi   talim-
tarbiya   sharoitlarida   maktab   ta’limiga   ozorsiz   otkazishni ta’minlash zarurligini
hisobga   olishlari   lozim.   Maktabgacha     yoshdagi     bolaning     maktab     ta’limiga
o’tishi     hamisha   uning     hayoti,   axloqi,   qiziqishi   va   munosabatlarida   ancha   jiddiy
o’zgarishlarni yuzaga   chiqaradi.   Shuning   uchun   bolani   yoki   uydayoq   maktab
ta’limiga   tayyorlash,   uni   uncha   qiyin   bo’lmagan   bilim,   tushuncha,   ko’nikma   va
malakalar   bilan   tanishtirish     kerak   bo’ladi.   Jismoniy   tayyorgarlik   bolaning
sog’lomligi,   harakat   ko’nikmalari   va   sifati,   qo’l     mushaklari     va     ko’rish-motor
muvofiqligi  rivojlanganligi  bilan  izohlanadi. Shaxsiy  tayyorligi,  atrof-muhitga,
kattalarga,     tengdoshlariga,     o’simliklar   dunyosiga,     tabiiy     hodisalarga,     shaxsiy
madaniyatni   shakllanganligini nazarda   tutadi.   Aqliy   tayyorgarlik   bola   obrazli
va     mantiqiy     fikrlashi,   tasavvurning,   odamiylikning,   bilimga   qiziqishning,
mustaqilligining, o’zini-o’zi nazorat  qilishga,  hamda  o’quv  faoliyatini  kuzatish,
eshitish,     eslab     qolish,   solishtirish   kabi   asosiy   turlarini   bilishni   o’z   ichiga   oladi.
Bolaning maktabda ta’lim olishi   samarasi   uning   ona   tilini  bilishiga   va   nutqni
qanchalik   rivojlanganligiga   ko’proq     bog`liq     boladi.     Chunki     butun     o’quv
faoliyati     shularga,   yani     nutqiy   mantiqiy     rivoji,     bolaning     kattalarning
yordamisiz     mustaqil     fikrlashi,     til   rivojlanganligi   yutuqlarida   erkin   foydalana
42 olishi, hikoya qilish, mulohaza yuritish, o’z  tasavvurini  izohlay  olish,  tushunarli
qilib     bayon     etish     kabi   omillar     asosiga   ko’riladi.     Shuningdek,     bolaning
maktabda   ta’lim   olishi    uchun   amaliy   intellekt rivoji,   yani     uning   namunani
chizish,   aytib   turiladigan   bayoniy   topshiriqni bajarishi   ham   muhim   sanaladi.
Maxsus   tayyorgarlik   bolani savodxonlikka   o’rgatish   va   uning   maktabning   1-
sinf     o’quv     dasturi     materialini   yetarli   darajada   egallash   haqidagi   tushunchasini
shakllantirishni   nazarda   tutadi.   Bolalarni     maktabda     o’qitishning   samaradorligi
ko’p     jihatdan     ularning   tayyorgarlik   darajalariga   bog’liq   boladi.   Maktabda
o’qishga   tayyorgarlik   MTT   va   oilada   maktabgacha   tarbiya   yoshidagi   bolaga
qo’yadigan talablar orqali aniqlanadi. Maktabga  umumiy  tayyorgarlik  MTT ning
maktabgacha     ta’lim     yoshidagi   bolalarni     har     tomonlama     tarbiyalashga     oid
davomli,     maqsadga     muvofiq     ta’lim   tarbiyaviy   ishning   muhim   yakuni   sifatida
namoyon   bo’ladi.   Maktabga   umumiy   tayyorgarlik   bolaning   maktabga   borish
vaqtiga   kelib   aqliy,   ma’naviy,     estetik     va     jismoniy     rivolanishda     erishgan
shunday   darajasidirki,   u bolaning   maktab   talimining   yangi    sharaoitlariga   va
o’quv     materialining     ongli   egallashga   faol   kirib   borishlari   uchun   zarur   asosni
yaratadi.   Umumiy   tayyorgarlik   bola   maktab   talimiga   o’tish   davriga   kelib
erishadigan  psixik   rivojlanishning  muayyan   darajasi  bilan  ifodalanadi.  Psixologik
tayyorgarlik   tushunchasi   maktab   ta’limi   nuqtai-nazaridan   1-sinfga   borayotgan
bola     psixik     rivojlanishidagi     muhim     sifat     ko’rsatkichlarini   muvoffaqiyatli
jamlaydi. 
Maktab ta’limiga psixologik tayyorgarlik bolaning o’qishga intilishi o’quvchi
bo’lish     ishtirokida     bilish     faoliyati     va     tafakkur     operatsiyalarining     yetarlicha
yuqori   darajasi     bolaning     o’quv     faoliyati     elementlarini     egallashi     iroda   va
ijtimoiy   rivojlanishning   muayyan   darajasida   namoyon   bolishda   asoslangan
tayyorlikni o’z ichiga oladi. Bolani maktabga psixologik tayyorgarligining barcha
komponentlari bolani   sinf   jamoasiga   olib   kirish   maktabda   o’quv   materialini
ongni     faol     egallash   keng   doiradagi   maktabga   oid   majburiyatlarni   bajarishni
kamrab oladi. Bolani  maktabga  maxsus  ravishda  tayyorligi  maktabda  o’qishga
umumiy   psixologik   tayyorligiga   qo’shimchadir.   U   bolada   matematika   va   ona   tili
43 kabi   o’quv   fanlarini   o’rganish   uchun   zarur   bo’lgan   maxsus   bilim,   ko’nikma   va
malakalarning   mavjudligiga     ko’ra     aniqlanadi.     MTTda     bolalarda     eng     oddiy
matematika   tasavvurlarini     tarkib     toptirish,   nutqni     o’stirish     hamda     savodni
egallashga tayyorlanish  yuzasidan  o’tkaziladigan  jadal  ish   bolalarni   maktabda
o’qishga   maxsus   tayyorlashning   zarur   darajasini   ta’minlaydi.   Maktabga
qatnaydigan   bola   yangi    turmush   tarziga   kishilar    bilan o’zaro munosabatning
yangi tizimiga, faol aqliy faoliyatga tayyorlangan bo’lishi darkor. U yangi   jiddyy
majburiyatlarni     uddalashi     uchun     jismoniy     rivojlanishda     muayyan   darajaga
erishgan   bolishi   kerak.   Bolaning     maktabda     (o’qishga     axloqiy-irodaviy
tayyorgarlik)     umumiy   tayyorligi       mazmunida     bir       necha   o’zaro       boglangan
jihatlar     mavjud     bo’lib,   ulardan   muhimlari   ma’naviy,   irodaviy,   aqliy,   jismoniy
tayyorgarlikdir.   Maktabda   o’qishga   axloqiy-irodaviytayyorlik   bolaning
maktabgacha   bolalik   oxiriga   kelib   axloqiy   xatti-harakat,   iroda,   axloqiy
hissiyotlarva   ong   rivojida   unga   yangi     ijtimoiy     nuqtai-nazarni     faol     egallashiga
hamda     o’zining     o’qituvchi     va   sinfdoshlari     bilan     o’zaro     munosabatlarini
axloqiy     asosda     ko’rishga     imkon   beradigan   darajaga   erishishida   ifodalanadi.
Axloqiy irodaviy tayyorlik katta  maktabgacha  talim  yoshidagi  bola  shaxsiy   xulq-
atvori     rivojining     muayyan   darajasida     namoyon     boladi.     Bu     munosabatda
bolaning  maktabgacha  ta’lim  yoshi  davomida  rivojlanadigan  o’z  xulq-atvorini
boshqarish   qobiliyati:     qoidani     yoki     tarbiyachi     talabalarini     ongli   bajarish,
dafatan asabiylashib    ketishiga    erk   bermaslik,    qo’yilgan   maqsadga    erishishda
qatiyatni   namoyon   qilish,   kerakli   ishni   o’ziga   tortadigan,   ammo   maqsaddan
chalg’itadiganiga   qarshi     ularoq     bajarish     ko’nikmasi     va     shu     kabilar     etiborga
loyiqdir.   Bo’lajak o’quvchi   xulq-atvordagi    ixtiyoriylikning   rivojlanish   asosini
maktabgacha     ta’lim   yoshi   oxiriga   kelib   tarkib   topadigan   sabablar,   o’zaro
buysunuvchilari   tashkil   qiladi.   Maktabga     axloqiy-irodaviy     tayyorlikning     harf
topishida,   shuningdek   katta maktabgacha   ta’lim   yoshidagi   bola   shaxsiy   xulq
atvoridagi  mustaqillik uyushganlik va intizomlilik kabi xususiyatlar ahamiyatlidir.
Mustaqillik     bilan     uzviy     bog’langan     xulq-atvor     qoidalarini     bajarish,     yangi
sharoitlarda  harakatning  tog’ri  odatiy  usularidan  foydalanish, yordam  berishga
44 tayyorlik     qobiliyatidir.     Mustaqillik     va     xulq-atvordagi     uyushganli     va
intizomlilik   bilan     xulq-atvordagi     maqsadga     yo’nalganlikda,     o’z     faoliyatini
MTTda  qabul qilingan   qoidalarga   muvofiq  ongli tashkil  eta  bilishda,   faoliyat
natijasiga     erisha   bilish     va     uni     nazorat     qilish,     o’z     xulq-atvorini     boshqa
bolalarniki     bilan   muvofiqlashtirish,   o’z   xatti-harakatlari   uchun   shaxsiy
ma’suliyatni   his   qilishda   o’z   ifodasini   topadi.   Bolaning     maktabga     aqliy
tayyorligida     bolalar     egallagan     bilimlarning     sifati   ahamiyatlidir.   Bilimlar
sifatining   ko’rsatkichi,   birinchi   navbatda,   ularning   bolalar   tomonidan     ongli
egallaganligi;   tasavvurlarining   aniq   va   tabaqalashtirilganligi oddiy tushunchlar
mazmuni va hajmining to’liqligi, o’zlariga tushunarli o’quv va amaliy   vazifalarni
hal  etishda  bilimlarni  mustaqil  qo’llay  olish  qobiliyatlari, muntazamlilik  ya’ni
maktabgacha ta’lim   yoshidagilarning   narsa   va   hodisalar o’rtasidagi   tushunarli,
muhim  aloqa  hamda  munosabatlarni  aks  ettira  bilish qobiliyatidir.
Umumiy xulosa
O’yin   bolada   atrof-muhitdagi   muhim,   xarakterli   narsalarni   ajratib   ko’rsatish
qobiliyatini   rivojlantiradi,   unga   voqelik   hodisalarini   chuqurroq   va   to’liqroq
tushunishga   yordam   beradi.   O’yin   bolaning   keyingi   ta'lim   va   mehnat   faoliyati
uchun   zarur   bo’lgan   ijodiy   tasavvurni   rivojlantirishga   yordam   beradi.         O’yin
bolalarda   irodaviy   fazilatlarni   shakllantiradi:   o’z   harakatlarini   ma'lum   qoidalarga
boysundirish,   o’z   xatti-harakatlarini   butun   jamoaning   vazifalari   bilan
muvofiqlashtirish   qobiliyati.   Nihoyat,   o’yinda   bola   o’z   shaxsiyatini
shakllantirishda hal qiluvchi rol o’ynaydigan axloqiy me'yorlar va xatti-harakatlar
qoidalarini   o’zlashtiradi.     O’yin   aqliy   tarbiyaning   muhim   vositasidir.   Turli   xil
hayotiy   voqealarni,   ertak   epizodlarini   takrorlash,   bola   ko’rganlari,   o’qiganlari   va
aytilganlari   haqida   fikr   yuritadi.   Shunday   qilib,   o’yin   orqali   bolalarning   turli
45 kasblarga   bo’lgan   qiziqishlari   mustahkamlanadi   va   chuqurlashadi,   mehnatga
hurmat   tuyg’usi   tarbiyalanadi.     O’yinlarni   tog’ri   boshqarish   bola   psixikasini
rivojlantirishda,   uning   shaxsiyatini   shakllantirishda   hal   qiluvchi   ahamiyatga   ega.
O’yin   faoliyatini   kuzatish   va   tahlil   qilish   juda   murakkab   ish.   Bu   o’yinning
maktabgacha     yoshdagi     bola     shaxsini     rivojlantirishdagi     alohida     ahamiyati,
bolalar   muassasasida     olib     boriladigan     ta’lim     -     tarbiya     jarayonida     olib
boriladigan     o’rni,   o’yin     turlarining     xilma     -     xilligi     va     ularni     rivojlantirish
xususiyatldari  bilan bog’liqligi tufaylidir. Bu  xususiyatlarni  yaxshi  bilish  o’yin
faoliyatini     chuqur     tahlil     qilishni     va   uslubchi     tomonidan     tarbiyachilarga     o’z
vaqtida     yordam     ko’rsatishni     ta’minlaydi.   Bolalarning   o’yinlari   xilma   -   xilligi
bilan   farqlanadi.   U   maktabgacha   bo’lgan   butun   bolalik     davrida     mazmuni,
uyushtirilishi,     o’yinda     bolaning     faolligini     namoyon   qilish     xarakteriga     kora,
ularning   bolalarga   ko’rsatadigan   ta`siri   va   nihoyat   kelib chiqishiga kora katta
o’zgarishlarni   boshidan   kechiradi.   Uslubchi     ishni     o’yin     turlarini     tanlashga
qaratadi.     Mashg’ulotdagi     didiktik   o’yinlar     syujetli-rolli,     qoidali,     harakatli,
musiqaviy   didaktik   o’yinlari,   stol   ustida o’ynaydigan   o’yinlar,   tinch   o’yinlar
va     ijodiy     o’yinlar     tarbiyachi     tomonidan   rejalashtirishning     maqfsadliligiga,
ularga     rahbarlik     darajasini     nazorat     qilib     borib,   tajriba     asosida     tarbiyachiga
metodik-amaliy     maslahatlar     berdi.     Turli     yosh   guruhlardagi   o‘yin   tizimini
―Uchinchi mingyillikning bolasi  dastur asosida ishlabchiqadi va o‘yin jarayonini
kuzatish   jadvalini   tuzadi.   Didaktik   o‘yinlarni   muvaffaqiyatli   boshqarish,   birinchi
navbatda, ularning dastur mazmunini tanlash va o’ylab ko’rishni, vazifalarni aniq
belgilashni, yaxlit ta'lim jarayonidagi o’rni va ro’lini aniqlashni, boshqa o’yinlar va
ta'lim   shakllari   bilan   o’zaro   aloqani   o’z   ichiga   oladi.   U   bolalarning   kognitiv
faolligini,   mustaqilligi   va   tashabbuskorligini   rivojlantirish   va   rag’batlantirishga,
o’yin   muammolarini   hal   qilishning   turli   usullaridan   foydalanishga   qaratilgan
bolishi   kerak,   ishtirokchilar   o’rtasidagi   do’stona   munosabatlarni,   o’rtoqlarga
yordam   berishga   tayyorligini   ta'minlashi   kerak.Didaktik   o’yinlarga   qiziqishni
rivojlantirish,   bolalarda   o’yin   faolligini   shakllantirish   tarbiyachining   ular   oldiga
ortib   borayotgan   vazifalarni   qoyishi,   o’yin   harakatlarini   taklif   qilishga
46 shoshilmasligi   bilan   erishiladi.   Maktabgacha   yoshdagi   bolalarning   o’yin   faoliyati
ongliroq   bo’ladi,   u   jarayonning   oziga   emas,   balki   ko’proq   natijaga   erishishga
qaratilgan.   Ammo   o’yinni   boshqarish   shunday   bolishi   kerakki,   bolalar   tegishli
hissiy kayfiyatni, qulaylikni saqlab qolishlari kerak, shunda ular unda ishtirok etish
quvonchini   va   qo’yilgan   vazifalarni   hal   qilishdan   qoniqish   hissini   boshdan
kechirishlari kerak. Har bir guruhda o’qituvchi mazmuni, didaktik vazifalari, o’yin
harakatlari   va   qoidalariga   ko’ra   murakkablashadigan   o’yinlar   ketma-ketligini
belgilaydi.   Alohida,   izolyatsiya   qilingan   o’yinlar   juda   qiziqarli   bo’lishi   mumkin,
ammo   ularni   tizimdan   tashqarida   ishlatib,   siz   o’rganish   va   rivojlanish   natijasiga
erisha olmaysiz.
Shuning   uchun   o’qitishning   bevosita-o’quv   faoliyati   va   didaktik   o’yindagi
o’zaro   ta'sirini   aniq   belgilash   kerak.Shuni   yodda   tutish   kerakki,   didaktik   o’yinda
ko’rinishni,   tarbiyachining   sozlarini   va   bolalarning   oz   harakatlarini   oyinchoqlar,
o’yin   vositalari,   buyumlar,   rasmlar   va   boshqalar   bilan   tog’ri   uyg’unlashtirish
zarur.Og’zaki   tushuntirishlar,   ko’rsatmalar   yordamida   tarbiyachi   bolalarning
e'tiborini   boshqaradi,   ularning   fikrlarini   tartibga   soladi,   aniqlaydi,   tajribasini
kengaytiradi.   Uning   nutqi   maktabgacha   yoshdagi   bolalarning   so’z   boyligini
boyitishga,   o’rganishning   turli   shakllarini   ozlashtirishga   yordam   beradi   va   o’yin
harakatlarini   takomillashtirishga   yordam   beradi.   Batafsil   va   so’zli   tushuntirishlar,
tez-tez   so’zlar,   ko’rsatmalar   va   xatolar,   hatto   o’yinni   tog’irlash   istagidan   kelib
chiqqan   bolsa   ham,   qabul   qilinishi   mumkin   emas.   Bunday   tushuntirishlar   va
mulohazalar   o’yin   faoliyatining   jonli   toqimasini   yirtib   tashlaydi   va   bolalarning
unga   qiziqishi   yo’qoladi.   O’yinlarni   boshqarib,   o’qituvchi   maktabgacha   yoshdagi
bolalarga   ta'sir   qilishning   turli   vositalaridan   foydalanadi.   Masalan,   o’yinning
bevosita   ishtirokchisi   sifatida   harakat   qilib,   o’yinni   sezmasdan   boshqaradi,
ularning   tashabbusini   qo’llab-quvvatlaydi,   o’yin   quvonchini   ular   bilan   his   qiladi.
Ba'zan o’qituvchi voqea haqida gapiradi, tegishli oyin kayfiyatini yaratadi va oyin
davomida   uni   qollab-quvvatlaydi.   U   o’yinga   kiritilmasligi   mumkin,   ammo   mohir
va  sezgir   rejissyor   sifatida   uning  mustaqil   xarakterini   saqlab,   himoya   qilib,   o’yin
harakatlarining   rivojlanishiga,   qoidalarni   amalga   oshirishga   rahbarlik   qiladi   va
47 bolalar   uchun   sezilmas   tarzda   ularni   ma'lum   bir   natijaga   olib   boradi.   Bolalar
faoliyatini   qo’llab-quvvatlash   va   rag’batlantirish,   o’qituvchi   buni   ko’pincha
togridan-togri emas, balki bilvosita qiladi: u ajablantiradi, hazil qiladi, har xil o’yin
kutilmagan   hodisalaridan   foydalanadi   va   h.   Bir   tomondan,   o’quv   momentlarini
haddan   tashqari   kuchaytiradigan,   o’yin   tamoyilini   zaiflashtiradigan,   didaktik
oyinga   bevosita   o’quv   faoliyati   xarakterini   berish,   ikkinchi   tomondan,   xavfni
unutmaslik   kerak.   O’yin-kulgi,   o’qitish   vazifasidan   uzoqlashish.   O’yinning
rivojlanishi ko’p jihatdan bolalarning aqliy faoliyatining tezligi, o’yin harakatlarini
bajarishdagi   katta   yoki   kichik   muvaffaqiyatlari,   qoidalarni   o’zlashtirish   darajasi,
hissiy tajribalari va ishtiyoqi darajasi bilan belgilanadi. O’yin harakatlarining yangi
mazmunini,   qoidalarini   va   o’yin   boshlanishini   o’zlashtirish   davrida   uning   tezligi
tabiiy   ravishda   sekinroq   boladi.   Kelajakda,   o’yin   rivojlanib,   bolalarni   olib
ketishganda,   uning   tezligi   tezlashadi.   O’yin   oxiriga   kelib,   hissiy   yuksalish
susaygandek va o’yin sur'ati yana sekinlashadi. Haddan tashqari sekinlik va o’yin
tezligini   keraksiz   keskinlashtirishga   yo’l   qo’ymaslik   kerak.   Tezlashtirilgan   sur'at
ba'zan   bolalarda   chalkashlik,   noaniqlik,   o’yin   harakatlarining   o’z   vaqtida
bajarilmasligi, qoidalarning buzilishiga olib keladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar
oyinga aralashishga  vaqtlari  yo’q, ular  haddan tashqari  hayajonlangan.  O’yinning
sekin   sur'ati   juda   batafsil   tushuntirishlar   berilganda,   koplab   kichik   izohlar
berilganda   sodir   boladi.   Bu   oyin   harakatlarining   uzoqlashishiga   olib   keladi,
qoidalar   vaqtdan   tashqari   kiritiladi   va   bolalar   ularga   rahbarlik   qila   olmaydilar,
qoidabuzarliklarga   va   xatolarga   yol   qoyishadi.   Ular   tezroq   charchashadi,
monotonlik hissiy yuksalishni kamaytiradi.
  1.     O’yin     faoliyatining     paydo     bo’lishi     va     rivojlanishi     uchun
sharoitlarning   ta’minlanganligi     (o’yin     uchun     berilgan     vaqtning     yetarliligi   ,
o’yin     faoliyatini   kengaytirish     uchun     joyning,     zarur     o’yinchoq     va
qo’llanmalarning   mavjudligi   va xonada   ularni   tog’ri   joylashtirilishi,   bolalarni
taassurotlar  bilan  boyitish  va  yaxshi kayfiyatlari);
  2.     O’yin     faoliyatiga     rahbarlik     metodikasi-bolalarning     emotsional
ijobiyholatlarini     qo’llab-quvvtlash     va     yaxshilashga     yo’llangan     metod     va
48 usullar,   o’ynovchilarning     faolligini     taminlash,     faoliyatning     bir     turidan
ikkinchisiga     o’z   vaqtida     o’tish,     bunga     qanday     metod     va     usullar     bilan
erishiladi?     O’yin     faoliyatini   uzaytirish     va     murakkablashtirish,     bolaning   ilk
yoshida   o’yindan   uning   nutqini tushunishni   rivojlantirish   va   faolligini   tarkib
toptirish  maqsadlarida  foydalanish,  ijobiy o’zaro munosabatlar va boshqa axloqiy
sifatlarni tarbiyalash.
 1.  O’yinni faoliyat tarzida rivojlantirish;
 2.  O’yindan bolalarga ta’lim - tarbiya berishda foydalanish.
Guruhda to’laqonli o’yinlarning rivojlanishi uchun sharoitlar yaratilishiga: 
 a) tarbiyachining o’yin qobiliyatlariga rahbarlik qilishi;
 b) o’yin muhitini yaratish;
v)   kundalik   hayotda   o’yin   uchun   vaqtning   yetarliligiga   alohida   e’tibor
berib   bordi.   Tajriba     shuni     ko’rsatdiki,     bolalarning     o’yin     jarayonidagi     hatti-
harakatlari,   ularning     katta     yoshlilarga     taqlid     qilish     istagidan     dalolat     beradi.
Bolaning     o’yini   odamlarning     hatti-harakatlari,     hulq-atvori,     o’zaro
munosabatlarini   o’yin   roli vositasida ijodiy aks ettirishdan iborat  bo’ldi. Xulosa
qilib   aytganda,   farzandlarga   ta’lim-tarbiya   berishda   kasbiy,   shaxsiy     sifatlarini
yuksak   mahorat   bilan   ishga   solayotgan   fidoyi,   mehnatkash,   ijodkor     ustozlar
darslarini mazmunan boy, yangicha fikrlashga o‘rgatadigan o‘yinli     vositalar bilan
tashkil   etar   ekan,   endigina   ta’lim   olishni   boshlagan   har   bir     o‘quvchi   birinchi
kundanoq bilim olishga mehr q‘oyadi desak yanglishmagan    bo‘lamiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.  O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi. — T., O‘zbеkiston. 1992. 
2.     O‘zbеkiston   Rеspublikasining   qonuni   «Ta'lim   to‘g’risida   qonuni».   2020
yil 
3.   Mirziyoеv Sh.M. Erkin va farovon, dеmokratik O‘zbеkiston davlatini 
birgalikda barpo etamiz - Toshkеnt:O‘zbеkiston, 2016.- 56 b. 
49 4. O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining   2016 yil 29 dekabrdagi ―2017-
2021   yilllarda   maktabgacha   ta’lim   tizimini   yanada   takomillashtirish   chora-
tadbirlari to‘g’risidagi  PQ-2707-sonli Qarori
5.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining     2017   yil   9sentabrdagi   ―
Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risidagi
PQ-3261-sonli Qarori  
6. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g’risida”gi  qonuni. 1997 y.
7.   Ilk   va   maktabgacha   yoshdagi   bolalar   rivojlanishiga   qo‘yiladigan   Davlat
talablari.-Toshkent, 2018 yil
8.  “Ilk qadam” davlat uslubiy dasturi- Toshkent, 2018 yil
9. Ahmedova H. va b. Bolangiz maktabga tayyormi? Toshkent, 2000 y. (183-
bet)
10.     Daminov   M   Adambekova   M.   O‘yin   mashg’ulotlari.   «O‘qituvchi»
T.,1993 y.
11.     Qodirova   F.R     va   boshqalar.   “Maktabgacha   yoshdagi   bolalar   nutqini
o‘stirish”– Toshkent, 1911y.
12.   Fayzullayeva   M.   va   boshqalar.   “Maktabgacha   ta’lim   muassasalarida
ta’lim- tarbiya jarayonini rejalashtirish” ”– Toshkent, 1911y.
13.   Sadridinov.U   «Maktabgacha   yoshdagi   bo‘lgan   bolalar   uchun
rivojlantiruvchi o‘yinlar»-Toshkent, RTM, 2003y.
14.  Shodmonova SH.  Maktabgacha  ta'lim  pеdagogikasi.—  T.,  «Fan  va 
texnologiya» 2008.
15.  Sodikova SH.  Maktabgacha  pеdagogika  (Darslik)(To‘ldirilgan  qayta 
nashr) . — T., 2017.
16. Shodiyeva Q. Maktabgacha yoshdagi bolalarni to‘g’ri talaffuzga o‘rgatish.
Toshkent, 1995 y. (85-bet)
17.     Yusupova.   P.   Maktabgacha   tarbiya   pedagogikasi.   Toshkent.   1993   y.
( 201-bet)
INTERNET RESURSLAR
1. www.tdpu.uz
50 2.  www.pedagog. uz 
3.  www. Ziyonet. uz
4. Respublika bolalar kutubxonasi: www.kitob.uz
5.  Ijtimoiy axborot ta’lim portali www.ziyonet.uz
6.www.press-servis/ .uz.
51

Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatida didaktik o’ylarning tarbiyaviy ahamiyati MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………………….3 I BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR TARBIYASIDA DIDAKTIK O‘YINLARNI TAKOMILLASHTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI. 1.1 Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o‘yinlarning tasnifi………………..7 1.2 Didaktik o‘yinlarning mohiyati va pedagogik ahamiyati………………22 II BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR FAOLIYATIDA DIDAKTIK O‘YINLARNI TASHKIL ETISH USULLARI VA AMALIY AHAMIYATI. 2.1 Didaktik o’yinga rahbarlik qilish………………………………………..28 2.2 Didaktik o’yinlardan foydalanishning tajriba sinov ishlari…………….35 XULOSA………………………………………………………………….46 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………50 1

KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog’ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim - tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart- sharoitlar yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017- 2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tog’risida» gi qarori bilan tasdiqlangan «Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha 2017-2021 yillarga mo’ljallangan dastur» ning asosiy maqsadli vazifalari va yo’nalishlari qatorida ilg’or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish belgilangan. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti 6-bobida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o‘yinlar to‘plami, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash keltirib o‘tilganligi maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasida o‘yinchoqlarning ahamiyati bugungi kunda bola tarbiyasida muhim ahamiyatga ega. O‘tgan qisqa vaqt mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi, «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmon va qarorlari, shuningdek, “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Dasturi hamda respublikada maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» asosida misli ko‘rilmagan ishlar amalga oshirilib kelmoqda. Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma’naviy hayot darajasining yuksalishi ta’lim tizimining 2

raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan belgilanadi. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, intellektual salohiyatli, jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, aniq fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish va iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida belgilangan bo‘lib, pirovardida bugungi davr talabiga javob bera oladigan ta’lim tizimni yaratish ko‘zda tutildi. Ta’limiy jarayonlarni tizimli olib borish va maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishda “Ilk qadam” Maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi yaqindan yordam beradi. Dastur O‘zbekiston Respublikasining “Ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari”ga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, uslubiy- tarbiyaviy faoliyatning asosiy g’oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetentsiyalari belgilangan. “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi bolani intellektual va jismoniy rivojlantirish, milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, maktab ta’limiga tayyorlash jihatlari zamonaviy pedagogika va psixologiya tamoyillariga tayangan holda qayta ko‘rib chiqildi. Dastur maktabgacha yoshdagi bola rivojlanishiga moslashtirildi, aniqlashtirildi, misollar bilan boyitildi. Noan’anaviy usullarda ishlash yo‘llari ko‘rsatildi 1 . Shuningdek, bolaning hayoti va sog’lig’ini himoyalash, ta’lim-tarbiya jarayonini puxta olib borish, uning taffakkur, tasavvur va nutqini rivojlantirish bilan birga, mustaqil o‘rganishga, fikrlashga, ijodkorlikka, o‘z shaxsini hurmat qilish, o‘ziga ishonch tuyg’usini shakllantirishga qo‘yilgan vazifalar kengaytirildi, shakl, mazmun va uslubiy tomondan boyitildi. Maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayonini tarbiyachilar tomonidan to‘g’ri tashkil etilishi, mas’ul shaxslar tomonidan uni nazorat qilishning afzalligini ta’minlash, maktabgacha yoshdagi bolalar ota- onalarining oilada bola tarbiyasi bilan shug’ullanishi uchun qulaylik yaratish 3

maqsadida “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi ishlab chiqildi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim bеrishda kompеtеntsiyaviy yondashuv o‘sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan, axloqiy mе'yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, «Mеn» obrazini qurish bilan bog’liq bo‘lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko‘zda tutadi. Ilk qadam” davlat o‘quv dasturidadagi yo‘nalishlar bo‘yicha bilim berishda mashg’ulotlar bilan birgalikda didaktik o‘yinlardan foydalanish o‘rganganlarini mustahkamlash uchun asos bo‘la oladi. Qolaversa, o‘yinlar orqali ta’lim berishda bolalar yangi bilimlarni ortiqcha zo‘riqishlarsiz qabul qiladi, chunki bu jarayon ular uchun maroqli va qiziqarli bo‘ladi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasida o‘yinlarning ahamiyatiga oid ilmiy-metodik adabiyotlarni nazariy o‘rganish va uning samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqish. Bitiruv malakaviy ishining vazifalari: O‘rganilayotgan muammo bo‘yicha pedagogik-psixologik, va metodik adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish. Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasida didaktik o‘yinlarning ahamiyatining pedagogik muammosini dolzarbligini asoslash. Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasida didaktik o‘yinlar orqali tarbiya berishning samarali yo‘llari va vositalarini aniqlash. Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasidagi didaktik o‘yinlar ahamiyatining vazifalari, yo‘llari va vositalariga qaratilgan ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqish. Bitiruv malakaviy ishini obyekti: Maktabgacha yoshdagi bolalarning tarbiyasida didaktik o‘yinlarning ahamiyatini o‘rganish jarayoni. Bitiruv malakaviy ishining predmeti : Maktabgacha yoshdagi bolalarda didaktik o‘yinlarning tarbiyaviy ahamiyatining vazifalarini tashkil etish yo‘llari, vositalari va shart-sharoitlari. 4

Bitiruv malakaviy ishi metodlari: -mavzuga oid ilmiy-nazariy manbalarni o’rganish, -kuzatuv, -suhbat, -pedagogik-eksprement. Bitiruv malakaviy ishining metodologik asosi: O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Maktabgacha ta’lim tizimiga doir qaror va farmonlari, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi qonun Maktabgacha ta’lim davlat standarti, maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konvensiyasi, hukumat tomonidan Maktabgacha ta’lim tizimiga doir qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlar, shuningdek tanlangan yo’nalishda ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan pedagog olimlarning nazariy qarashlari va zamonaviy ilg’or ta’limotlar. Sharq mutafakkirlarining didaktik tarbiyaga oid qarashlari, mavzuga oid ilmiy-pedagogik manbalarda ilgari surilgan ta’limotlar. Bitiruv malakaviy ishining yangiligi: -Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasida didaktik o‘yinlarning ahamiyati muammosi o‘rganildi -maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasida didaktik o‘yinlar ahamiyatining mazmuni, tarbiyaning samarali usullari hamda uni amalga oshirish vositalari belgilandi; -maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasida didaktik o‘yinlarning ahamiyati samaradorligini ta’minlashga qaratilgan metodik tavsiyalar yaratildi va ular amaliyotga tadbiq etildi. Bitiruv malakaviy ishining tuzulishi : mundarija, kirish, 2 bob, 4 paragraf, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 5