O’SMIR YOSHDAGI BOLALAR RUHIY SALOMATLIGINING PSIXOGIGIYENIK MASALALARI
O’SMIR YOSHDAGI BOLALAR RUHIY SALOMATLIGINING PSIXOGIGIYENIK MASALALARI M U N D A R I J A KIRISH ............................................................................................................ ..... 3 I BOB. O’SMIR YOSHDAGI BOLALAR PSIXOGIGIYENASINING NAZARIY ASOSLARI 1.1. O‘smir yoshdagi bolalar ruhiy salomatligi tushunchasi va uning tuzilmaviy tarkibi ......................................................................................... ............................ 12 1.2. O‘smir yoshdagi bolalar ruhiy salomatligini ta’minlashning psixogigiyenik shart-sharoitlari............................................................... ....................................... 28 Bob bo’yicha xulosalar………………………………………………………….. 44 II BOB. O’SMIR YOSHDAGI BOLALAR PSIXOGIGI Y ENASI MASALALARI 2.1. O‘smir yoshdagi bolalarning ruhiy salomatlikka bo‘lgan munosabatining yosh xususiyatlari................................................................................................. . 46 2. 2 . O’smirlik davrida bolalarda psixogigiyenaning vujudga kelish muammosi .. 53 Bob bo’yicha xulosalar………………………………………………………….. 61 III BOB. O’SMIR YOSHDAGI BOLALARNING PSIXOGIGIYENA VA PSIXOPROFILAKTIKAGA QIZIQISHLARINI O’RGANISHNING AMALIY JIHATLARI 3.1. O‘smirlarning salomatlikka qadriyatli munosabati tadqiqot muammolari sifatida. .......................................................................................................... ............................ 63 3.2. O‘smirlik davrida shaxsda salomatlikka qadriyat sifatida munosabatning ijtimoiy-psixologik determinasiyasi .................................................................... .............. 70 bob bo’yicha xulosalar……………… ….. ………………… …………………… 79 XULOSA .............................................................................................................. 81 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ................... .................... 85 ILOVALAR .......................................................................................................... 90 1
KIRISH Mavzuning dolzarbligi va zarurati. Jahonda COVID-19 pandemiyasi bolalar hayotining barcha jabhalariga ta’sir ko‘rsatdi va hukumatlarni virus tarqalishini bartaraf etish maqsadida qattiq cheklash va jamoat joylarini yopish siyosatini amalga oshirishga majbur qildi. Muassasalar faoliyatiga yoki resurslar va ob’yektlardan foydalanishga to‘sqinlik qiladigan ushbu ijtimoiy cheklov choralari ko‘pincha “izolyasiya (lokdaun)” choralari deb ataladi. Biroq, shu kabi chora- tadbirlarning bolalar huquqlariga ta’siri mamlakatlarda turlicha bo‘ldi. YUNISEF va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) tashabbusi bilan “O‘zbekistonda migrasiya ta’siridan jabrlangan bolalarga COVID-19 ning bolalar huquqlariga ta’sirini baholash” tadqiqoti amalga oshirildi. Ushbu Bolahuquqlariga ta’sirni baholash (BHTB) Bolalar ombudsmani boshchiligida Bola huquqlari bo‘yicha mas’ul bo‘lgan Yevropa tarmog‘i (BHMET) tomonidan tayyorlangan Umumiy asosiy konsepsiyani va BHTB ni moslashtirish bo‘yicha milliy maslahatchini jalb qilgan holda, migrasiya ta’siridan jabrlangan bolalar (MJB)ning hayoti va salomatligini himoya qilish, ularning ushbu huquqlarigabo‘lgan ta’sirini o‘rganish uchun pandemiyaning dastlabki bosqichlarida ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlar, hukumat tomonidan qabul qilingan qonunlar, siyosatlar, byudjet qarorlari, COVID- 19 bilan bog‘liq dasturlar va xizmatlarni ko‘rib chiqish uchun o‘tkazildi. Bugungi kunda mamlakatimiz o‘rta maktab tizimining asosiy maqsadlaridan biri bolalarni professional bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish hamda ularni amaliyotda qo‘llay olishini ta’minlash tashkil etmoqda. Shu o‘rinda globallashuv jarayoni, “ommaviy madaniyat” shakllarining jamiyatimizga kirib kelishi, bolalarning ma’naviy rivojlanishi masalasi dolzarb ahamiyatga molik ekanligini ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda yoshlarning psixikasi, ularning ruhiy salomatligiga ta’sir ko‘rsatuvchi bir qator omillarning mavjudligini e’tiborga olmasdan bo‘lmaydi. Bolalarning o‘z salomatligiga munosabatini barqaror qadriyat sifatida shakllantirish muhim ijtimoiy ahamiyatga molikdir. Shuning uchun o‘rta maktab muassasalari sharoitida salomatlikni ta’minlash va mustahkamlash turli 2
soha vakillari – shifokorlar, valeologlar, psixologlar, pedagoglar tomonidan keng muhokama qilingan holda ularning diqqat markaziga aylandi. 1. O‘zbekistonda salomatlikni ta’minlashga bo‘lgan davlat ahamiyatiga molik me’yoriy-huquqiy bazaning mavjudligi,tibbiy xizmat ko‘rsatishning optimallashtirilayotganligi, sog‘liqni saqlash tizimi isloh etilayotganligi, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarning og‘ishmay amalga oshirilayotganligi diqqatga sazovordir. Bu sohada qator dastur va qonunlar qabul qilingan: O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi [1] , O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-sonli Qonuni [2] , O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 14 sentyabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-sonli Qonuni [3] , O‘zbekiston Respublikasining 29 avgust 1996 yildagi “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-265-I-sonli Qonuni [4], O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni [5], 11 noyabr 1998 yildagi PF-2107-sonli “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi” [6], O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘grisida”gi Qonuni, 2008 yil [7], O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni [7]. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazini tashkil etish to‘grisida”gi 419- sonli Qarori, 2004 yil 7 sentyabr [8], O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazini tashkil etish to‘grisida”gi 419- sonli Qarori, 2004 yil 7 sentyabr [9] va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertasiya muayyan darajada ahamiyatga egadir. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Ruhiy salomatlikni ta’minlash muammosi – yangi ilmiy muammo emasligini ta’kidlab o‘tishimiz zarur. Mazkur muammo yuzasidan bir qator xorijiy va mamlakatimiz olimlari tomonidan 3
izlanishlar amalga oshirilgan. Xususan ko‘plab olimlar tomonidan salomatlik, ruhiy salomatlik, shaxsning psixik barqarorligi, sub’yektiv farovonlik, psixologik himoya, stressli holatlarda ularni boshqarish uslubi va strategiyasi, stress va depressiya, ustanovkalar va frustrasiya masalasi, shaxsning moslashuvchanlik imkoniyatlari, “Men” timsolining sanogen (sog‘lomlashtiruvchi) sohasi, salomatlikning ichki tasviri, jamiyat va ta’lim muhitining shaxs psixologik holatiga ta’siri, salomatlikni ta’minlash va qo‘llab quvvatlash mexanizmlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan tadqiqotlarni amalga oshirishgan. Psixologik farovonlik va sog‘lomlik masalasi shuningdek gumanistik psixologiya yo‘nalishining atoqli namoyandalar , A.Maslou, K.Rodjers, V.Frankl, E.Fromm[50] va boshqalarning izlanishlarida ham yetarlicha muhim o‘ringa ega bo‘lgan. B.G.Ananyev, Yu. Lunev , V.Merlin, A.Prixojan, Vershinina G.V, Lebedeva I. V, Obuxov Y, Andreyeva G.M tadqiqotlarida esa ruhiy salomatlik ta’minlash uning sog‘lom turmush tarzini kechirishga irodasini namoyon etishi, qadriyatli yo‘naltirilgan faoliyatga kirib borishi natijasida yuzaga kelishini ilmiy asoslantirishgan. Bolalar psixologik salomatligini ta’minlashning psixologik-psixogigiyenik sharoitlari mazmunini aniqlashtirishda A.G.Asmolov, D.N.Uznadzening ishlarida belgilangan nazariy holatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Olimlar Piaje J, Ollport G , V.A.Petrovskiylar bolalarning ijtimoiy va predmet-makon atrof-muhitida namoyon bo‘luvchi ta’lim muhitining turli sohalarini ajratib ko‘rsatishadi. Insonlarda ruhiy salomatlikni ta’minlashga ko‘mak beruvchi psixologik- psixogigiyenik sharoitlar haqidagi ilmiy bilimlarni chuqurlashtirish uchun, bizningcha, “ruhiy salomatlik”ya`ni psixogigiyinik tarbiya tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lgan tasavvurlarni o‘rta maktab muassasasi sharoitida uni ta’minlashning psixologik-psixogigiyenik sharoitlari mazmunini belgilash bilan birga tadqiq etish talab etiladi. Tadqiqotning ob’yekti o‘smir yoshdagi bolalar ruhiy salomatligining psixogigiyenasi va uning tarkibiy qismlari. Tadqiqot doirasida tajriba-sinov ishlari 4
2021-2022 yillarda Oqdaryo tumanidagi maktablarda, jami 113 nafar o‘quvchilar bilan o‘tkazildi. Bunda: tajriba guruhini – 68 nafar (7 maktab – 36 nafar, 48 maktab – 32 nafar), nazorat guruhini – 45 nafar (7 maktab – 22 nafar, 48 maktab – 23nafar) tashkil etdi. Tadqiqotning predmeti. O‘smir yoshdagi bolalar ruhiy salomatligini psixogigiyenik ta’minlashning psixologik omillari . Tadqiqotning maqsadi. O‘smir yoshdagi bolalar ruhiy salomatligini ta’minlashga yo‘naltirilgan psixologik-psixogigiyenik modelni ishlab chiqish. Tadqiqotning vazifalari : 1. O‘smir yoshdagi bolada ruhiy salomatlik tushunchasi va uning tuzilmaviy tarkibi, “salomatlik”, “ruhiy salomatlik”, “o‘smir yoshdagi bolalar ruhiy salomatligi” tushunchalari mazmuni talqiniga doir ilmiy yondashuvlarni aniqlashtirish; 2. ta’lim muhitida o‘smir yoshdagi bolalar ruhiy salomatligini ta’minlashga asos bo‘luvchi psixologik-psixogigiyenik shart-sharoitlarni ilmiy jihatdan asoslash; 3. o‘smir yoshdagi bolalar ruhiy salomatlikka bo‘lgan munosabatining yosh xususiyatlarini o‘rganish; 4. o‘smir yoshdagi bolalar ruhiy salomatligini ta’minlashga yo‘naltirilgan psixologik-psixogigiyenik model asosida amalga oshirilgan eksperimental tadqiqot natijalari tahlilini amalga oshirish hamda uning samaradorligini aniqlash; 5. o‘smir yoshdagi bolalar ruhiy salomatligini ta’minlashga yo‘naltirilgan psixologik-psixogigiyenik modelning nazariy asoslarini ishlab chiqish; 6. o‘smir yoshdagi bolalar ruhiy salomatligini ta’minlash sohasida psixologik shart-sharoit yaratish, bolalar psixologik salomatligini ta’minlashda yuksak natijalarga erishish imkonini berishi empirik tadqiqotlar asosida isbotlash. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat : - o‘smir yoshdagi bolalarda ruhiy salomatlik tushunchasi va uning 5