logo

Bolalar konsultasiyasining xususiyatlari.

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

52.0625 KB
Mavzu:Bolalar konsultasiyasining xususiyatlari.
Reja: 
Kirish
I   BOB.Bolalar   psixologiyasi   faniga   kirish   va   uning   maqsad,
vazifalari.
1.1.Bolalar psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari.  
1.2.Bolalar psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. 
1.3.Bolalar psixologiyasi fanining metodlari.  
  II BOB.Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti.
2.1.Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti.
2.2.Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishi.
2.3.Maktabga psixologik tayyorgarlik.
Xulosa.
         Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish
“Psixologiya”   ikkita   yunoncha   so’zdan   “psyche”-   jon,   ruh   va
“logos”ta’limot, ilm so’zlaridan iborat bo’lib, an’anaviy ma’noda inson ruhiy
dunyosiga   aloqador   barcha   hodisalar   va   jarayonlar   uning   predmetini   tashkil
etadi.   Boshqacha   qilib   aytganda,   psixologiyaning   predmeti   har   birimizning
tashqi   olamni   va   o’z-o’zimizni   bilishimizning   asosida   yotgan   jarayonlar,
hodisalar,   holatlar   va   shakllangan   xislatlarni   tashkil   etadi.   Psixologiya
bo’yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib,   psixikadir , deb ta’rif
berishadi.   Psixika   –   bu   inson   ruhiyatining   shunday   holatiki,   u   tashqi   olamni,
ichki   ruhiy   olamni   ham   ongli   tarzda   aks   ettirishimizni,   ya’ni   bilishimiz,
anglashimizni ta’minlaydi.  
Psixikaning jarayonlari quyidagicha: 
1. Bilish faoliyati: diqqat, nutq, faoliyat 
2. Bilish jarayonlari: sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur 
3. Shaxsning hissiy-irodaviy sohasi: hissiyot, iroda 
4. Shaxsning  individual-psixologik xususiyatlari:  temperament,
xarakter, qobiliyat. 
Psixologiya   –   juda   qadimiy   va   shu   bilan   birga   navqiron   fandir.   Psixik
hodisalarning   ilk   talqini   qadimiy   yunon   olimi   Aristotel   (eramizdan   avvalgi
384-322 yillar)ning “Ruh haqida” nomli  asarida berilgan. Psixik hodisalar  va
ularning   qonuniyatlariga   taalluqli   ilmiy   tadqiqot   ishlari   XIX   asrning   ikkinchi
yarmida,   ilmiy   psixologiya   asoslari   esa   XIX   va     XX   asrlar   o’rtasida   yuzaga
kelgan. 1
 
Hozirgi   kunda   psixologiyaning   300   dan   ortiq   tarmog’i   fan   sifatida
rivojlanib   kelmoqda.   Shulardan   yosh   davrlari   psixologiyasi,   bolalar
psixologiyasi,   maxsus   psixologiya,   pedagogik   psixologiya,   tibbiyot
psixologiyasi,  yuridik psixologiya, sport psixologiyasi, aviasiya psixologiyasi,
ijtimoiy   psixologiya,   shaxs   psixologiyasi,   boshqaruv   psixologiyasi   va
boshqalar shular jumlasidandir. 
1
  “ Ruh haqida”kitobi Aristotel I   bob.Bolalar   psixologiyasi   faniga   kirish   va   uning
maqsad, vazifalari.
1.1Bolalar psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari  
Bolalar   psixologiyasi   –   psixologiya   fanining   alohida   tarmog’i   bo’lib,
bolaning   tug’ilganidan   to   yetuklik   davrida   psixik   taraqqiyotini,   turli   yosh
davrlaridagi   bola   psixik   taraqqiyotining   qonuniyatlarini,   rivojlanishining   turli
bosqichlarida bola psixikasiga xos xususiyatlarini o’rganadi. 
Bolalar   psixologiyasi   fanining   asosiy   e’tibori   tug’ilganidan   yetuklik
davrigacha inson psixikasi va ongining qanday rivojlanishiga qaratilgan, ya’ni
har bir shaxs uzoq bolalik davrini boshdan kechiradiki, bu davrda unda alohida
psixik   jarayonlar   va   xususiyatlar   yuz   beradi.   Shuning   uchun   ham   bu   davrni
fanda alohida ajratib o’rganiladi va uni ontogenetik taraqqiyot yo’li deyiladi.  
Ontogenez – bu organizmning individual rivojlanishidir. 
Bolalar   psixologiyasi   bola   psixikasining   taraqqiyoti   hamda   shaxsiy
xususiyatlarining yuzaga kelishiga ta’sir qiluvchi omillarni  ham o’rganadi.  
Bugungi   kunda   bolalar   psixologiyasi   fanining   oldida   bir   qancha   muhim
nazariy   va   amaliy   vazifalari   turadi,   uning   nazariy   vazifalariga   quyidagilar
kiradi: 
1. Turli   yoshdagi   bolalarga   xos   bo’lgan   psixologik   xususiyatlarni,   ya’ni
bolalarning   idrokiga,   sezgi-tuyg’ulariga,   diqqatiga   va   xotirasiga,   nutqi   va
tafakkuriga, xayoliga, irodasiga xos xususiyatlarni o’rganish; 
2. Bolaning psixik taraqqiyotiga faol ta’sir qiluvchi omillarni aniqlab berish; 
3. Turli   yoshdagi   bolalarning   rivojlanishiga   xos   bo’lgan   qonuniyatlarni
o’rganish; 
4. Bola shaxsi va shaxsiga xos bo’lgan psixologik xususiyatlarni o’rganish; 
5. Bolani maktab ta’limiga tayyorlash; 
6. Maktabda   muvaffaqiyatli   o’qish   uchun   bolaning   aqliy   jarayonlarini
faollashtirish; 
7. Ta’lim jarayonida bolaning mustaqil, ijodiy, faol tafakkurini shakllantirish;  8. Ta’lim-tarbiya jarayonida bolaning maxsus qobiliyatlarini shakllantirish; 
9. Ta’lim-tarbiya ishlarining psixologik mazmunini ochib berishdan iboratdir. 
Uning   amaliy   vazifalariga   turli   yoshdagi   bolalarning   psixik   taraqqiyoti
xususiyatlariga   doir   bilimlarni   tarbiyachilar,   o’qituvchilar,   ota-onalar   ya’ni
jamoatchilar o’rtasida keng yoyishdan iborat. Bolalar psixologiyasining amaliy
vazifasi   –   bola   ruhiy   taraqqiyotiga,   yoshlik   xususiyatlari   orasidagi   farqlar   va
ularga   individual   munosabatda   bo’lish   yo’llariga   oid,   ruhiy   taraqqiyot
qonunlariga   doir   psixologik   bilimlardan   bahramand   bo’lishlarini
ta’minlashdan   iborat.   Bunday   vazifalarni   amalga   oshirish   komil   insonni
shakllantirishda muhim rol o’ynaydi. 
1.2.Bolalar psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. 
Bolalar   psixologiyasi   predmetining   muhim   tomonlaridan   biri   -   turli
yoshdagi   bolalarda   sezgi,   idrok,   diqqat,   xotira,   nutq,   tafakkur,   hissiyot,
xayol va iroda kabi psixik jarayonlarining namoyon bo’lishi, taraqqiy etishi
hamda   takomillashuvining   qonuniyatlarini   o’rganishdan   iboratdir.   Bolalar
psixologiyasi   bola   shaxsiy   psixologik   xususiyatlarini   qanday   tarkib
toptirishni   chuqur   tahlil   qiladi.   Bunda   bolalar   psixologiyasini   bolalar
shaxsining tarkib topishiga faol ta’sir etuvchi omillar qiziqtiradi.  
Ma’lumki,   bola   shaxsi   va   uning   psixologik   xususiyatlari   qandaydir
tasodifiy   omillarning   tartibsiz   ta’sir   etishi   natijasida   emas,   balki   muayyan
aniq   omilning   qonuniy   ta’sir   etishida   tarkib   toptiradi.   Ana   shu   muhim
qonuniy   tarzda   ta’sir   qiladigan   omillarni   ochish   va   isbotlash   bilan   bolalar
psixologiyasi shug’ullanadi.  
Bolalar   psixologiyasi   o’zining   murakkab   predmetini   o’rganishda
falsafaga  tayanadi. Ma’lumki, tabiat  va  jamiyatdagi  narsa  hamda hodisalar
taraqqiyotining   eng   umumiy   qonuniyatlarini   o’rganadi,   hamda   inson
ongining ijtimoiy hayotga bog’liqligini isbotlab beradi. 
Tabiat   va   jamiyat   taraqqiyotining   umumiy   qonuniyatlaridan   xabardor
bo’lish   bolalar   psixologiyasiga   bolalar   psixik   taraqqiyotini   o’rganishda   va «tabiiy   zot»   bo’lib   tug’ilgan   bolaning   inson   ijtimoiy   tajribasini   egallab,
shaxs bo’lib yetishini o’rganish to’g’ri yo’l topishga yordam beradi. 
Bolalar   psixologiyasi   o’z   predmetini   o’rganishda   umumiy
psixologiyaning   inson   psixikasi   xaqida   qo’lga   kiritilgan   yutuqlariga
asoslanadi. Masalan, umumiy psixologiyaning psixik jarayonlar, psixologik
xolatlar, inson shaxsi va uning faoliyati xaqidagi ta’limotlardan to’g’ridan-
to’g’ri   foydalanadi.   O’z   navbatida,   umumiy   psixik   holat   ham   bolalar
psixologiyasining yutuqlariga asoslanadi. 
Bolalar   psixologiyasi   anatomiya   va   fiziologiya   fanlari   tomonidan
qo’lga   kiritilgan   yutuqlardan   ham   keng   foydalanadi.   Bunda   bolalar
psixologiyasi,   xususan   bolalar   nerv   sistemasi   va   oliy   nerv   faoliyatining
ma’lumotlaridan foydalanadi. Bolalar nerv sistemasining normal taraqqiyoti
va   normal   ishlashi   bola   psixikasi   rivojlanishining   muhim   shartlaridandir.
Shuning   uchun   psixolog   mutaxassislar   bola   nerv   sistemasining   taraqqiyoti
masalalari bilan bevosita tanish bo’lishlari lozim. 
Bolalar   psixologiyasi   pedagogika   fani   bilan   xam   yaqin   alokadadir.
Pedagogika   fani   yoshlarga   ta’lim-tarbiya   berish   va   ularni   har   tomonlama
barkamol  tarzda rivojlantirish haqidagi fandir. Bolalar psixologiyasi ta’lim-
tarbiyaning   maqsadi,   yo’l-yo’riqlari   va   vazifalariga   doir   fikrlarni
pedagogika fanidan oladi, hamda unga yaqindan yordam beradi. 
Bolaning   aqliy   taraqqiyoti   qonunlaridan   xabardor   bo’lish   turli
yoshdagi   bolalar   bilan   ta’lim-tarbiya   ishlarini   to’g’ri   tashkil   qilish
imkoniyatini beradi. 
Bolalar   psixologiyasi   bolalar   gigiyenasi,   bolalardagi   kasalliklarni
o’rganuvchi   pediatriya   bilan   ham   bog’liqdir.   Bu   fan   bolalar   psixologiyasi
namoyondalariga   bolalar   psixik   taraqqiyotining   normal   borayotganini
chuqurroq   bilish   va   normal   taraqqiyotda   burilish   sabablarini   aniqlash
imkonini   beradi.   Bolalar   psixologiyasi   esa,   o’z   navbatida,   bolalarning
normal   psixik   taraqqiyotini   aniqlab   berish   bilan   birga   shifokorlarning   bola
psixologiyasini yanada yaxshiroq tushunib olishlariga yordam beradi.  Bolalar   psixologiyasi   bola   shaxsi   va   shaxsiy   psixologik
xususiyatlarning   tarkib   topishini   o’rganishda   (bir   qator)   bolalar
adabiyotidan, xususan, avtobiografik asarlardan keng foydalanadi. Shunday
qilib,   bolalar   psixologiyasi   bolalarning   murakkab   psixik   jarayonlari   va
shaxsiy   psixologik   xususiyatlarini   o’rganishda   bir   qator   fanlarning   qo’lga
kiritgan yutuqlaridan foydalanadi va ularga yordam beradi. 
1.3.Bolalar psixologiyasi fanining metodlari
Har  bir  fanning o’z  predmetiga  ko’ra  bir   qancha  o’rganish  va  tekshirish
metodlari bo’ladi. Metod lotincha “methodas” so’zidan olingan bo’lib, ma’lum
bir  fanning predmetini tekshirish, o’rganish va tushuntirib berish usullarining
yoki vositalarining yig’indisidir. 
Bolalar   psixologiyasi   umumiy   psixologiyaning   maxsus   sohasi   bo’lgani
tufayli, u o’z predmetini o’rganishda umumiy psixologiyaning deyarli hamma
metodlaridan   foydalanadi.   Lekin   umumiy   psixologiyaning   metodlaridan
bolalarning asosiy faoliyatlariga moslashtirib qo’llaniladi.         
Umumiy   psixologiyaning   metodlari   -   kuzatish,   eksperiment,   suhbat,
faoliyat mahsulotlarini o’rganish kundalik va biografik materiallarni o’rganish,
sosiometrik metod, test va shu kabi metodlardir. 
Bolalarning   butun   aqliy,   ya’ni   psixik   taraqqiyotlari   ularning   turlituman
faoliyatlarida   sodir   bo’ladi.   Ana   shuning   uchun   bolalar   psixologiyasi
yuqoridagi metodlarni bolalarning asosiy faoliyatlariga moslashtirib qo’llaydi. 
         Kuzatish metodi 
Bolalar   psixologiyasida   subyektiv   kuzatish   metodidan   deyarli
foydalanilmaydi.   Bolalar   psixologiyasining   asosiy   metodlaridan     biri   -
obyektiv,  ya’ni  bolalarni  tashqaridan   kuzatib  o’rganish  metodidir.  Tarbiyachi
yoki   tekshiruvchi   psixolog   bolalarning   turli   xil   faoliyatlarini   tabiiy   sharoitda
tizimli  tarzida kuzatadi.  Bunda bolalarning   xulq-atvorlari, xatti-harakatlariga
doir   xarakterli   vaziyatlarni   qayd   qilib   boradi.   Har   qanday   kuzatishning   aniq
maqsadi   bo’lishi   kerak.   Boshqacharoq   qilib   aytganda,   tarbiyachi   bolalarning
xulq-atvori   yoki   xatti-harakatlariga   doir   nimalarni   kuzatmoqchi   ekanini oldindan aniqlab olishi kerak. Masalan, bolalar diqqatining barqarorligini yoki
tafakkur   jarayonlari   bilan   bog’liq   bo’lgan   analiz   qila   olish   qobiliyatlarini
kuzatishni oldindan boshlab olishi mumkin. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki,
kuzatish   tabiiy   sharoitda   olib   borilar   ekan,   bolalar   o’zlarining
kuzatilayotganliklarini   mutlaqo   bilmasliklari   kerak.   Kuzatishni   bolalar
o’rgangan   tarbiyachining   o’zi   kuzatgani   ma’qul.   Tarbiyachidan   bolalar
hadiksiramaydilar,   o’z   xattiharakatlarini   tabiiy   sharoitda   bemalol   namoyon
qila   oladilar.   Agar   kuzatishni   bolalar   ko’zi   oldida   begona   odam   o’tkazsa,
bolalarning   xattiharakatidagi   tabiiylik   buziladi.   Ularning   xulq-atvorlari   va
xattiharakatlarini   begona   kishi   kuzatishiga   to’g’ri   kelsa,   u   vaqtda   yashirin
kuzatish metodlaridan foydalanishi lozim bo’ladi. Bunda kuzatuvchi bolalarga
ko’rinmaydigan   joydan   turib   kuzatadi.   Bolalar   psixologiyasida   kuzatish
metodidan   foydalanilganda,   bolalarning   turli   o’yin   faoliyatlari,   didaktik
mashg’ulotlari   va   qurish-yasash   hamda   ijodiy   mashg’ulotlarida   xilma-xil
psixik   jarayonlarining   namoyon   bo’lishi   va   qancha   davom   etishi   kabi
jarayonlarni   qayd   qilish   mumkin.   Bundan   turli   yoshdagi   bolalarni   bir-biriga
taqqoslab,   ulardagi   psixik   jarayonlarning   taraqqiyoti   o’rganiladi.   Kuzatish
metodi   -   uzluksiz   va   bu   faoliyatni   tanlab   vaqti-vaqti   bilan   o’rganilganda
ularning   barcha   fe’l-atvorlari   va   xatti-harakatlari   kundalik   faoliyatlari
davomida umumiy holda o’rganiladi. Uzluksiz kuzatish bir necha kun yoki bir
necha   oy   davomida   davom   etgandan   so’ng   to’plangan   ma’lumotlar   tahlil
qilinib,   bolaga   psixologik   xarakteristika   berish   mumkin   bo’ladi.   Vaqti-vaqti
bilan   tanlab   kuzatilganda   bolaning   barcha   xulq-atvori   va   xarakterlari   emas,
balki faqat ma’lum harakatlari, ya’ni diqqati yoki xotirasi, yo bo’lmasa, uning
nutqi bilan bog’liq bo’lgan tomonlari o’rganiladi. 
Bolalar   psixologiyasida   kuzatish   metodining   alohida   turi   -   bolalar
taraqqiyotini tizimli tarzda kundaliklar tuzib o’rganishdan iborat. 
Bolalar   psixik   taraqqiyotini   o’rganishda   qo’llaniladigan   kuzatish   metodi
tashqaridan   qaraganda   juda   osondek   tuyulsa-da,   odamdan   juda   ko’p   vaqt   va
bilim talab qilingan murakkab metoddir.  Bolalar psixologiyasida keng qo’llanadigan ikkinchi metod - eksperiment
metodidir.   Eksperiment   metodi   -   kuzatish   metodiga   nisbatan   faol   metod
hisoblanadi.   Agar   kuzatish   metodida   u   yoki   bu   psixik   jarayonni   qayd   qilish
uchun   psixolog   shu   psixik   jarayonning   qachon   va   qanday   sharoitda   paydo
bo’lishini   poylab   yursa,   eksperiment   metodi   esa   mutlaqo   buning   aksidir.
Eksperiment   metodida   u   yoki   bu   psixik   jarayon   yuzaga   keladigan   sharoitni
tekshiruvchi psixologning, ya’ni ekperimentatorning o’zi tashkil qiladi. Bunda
eksperimentator   o’rganayotgan   psixik   jarayonlarni   bolalarda   bir   necha   marta
yuzaga keltirib o’rganadi. Biz umumiy psixologiyadan bilamizki, eksperiment
metodi 2 xil bo’ladi: laboratoriya eksperimenti va tabiiy eksperiment. Bolalar
psixologiyasida eksperimentning har ikkala turidan keng foydalaniladi. Birok,
bu   metodlardan   bolalar   psixologiyasida   foydalanishning   o’ziga   xos   tomoni
shundaki,   maktabgacha   tarbiya   yoshidagi   bolalar   laboratoriya   shaoitida
o’tkaziladigan   eksperimentlar   bilan   tabiiy   sharoitda   o’tkaziladigan
eksperimentning unchalik farqiga bormaydilar. 
Har   ikkala   holda   ham   tajribalar   vazifa   tarzida   emas,   balki   o’yin   tarzida
o’tkazilsa   natija   yaxshi   chiqadi.   Masalan:   kichik   va   o’rta   guruh   yoshidagi
bolalarga   biri   ikkinchisidan   bir   oz   uzunroq   bo’lgan   tayoqcha   ko’rsatilib,
ulardan   qaysi   biri   uzunroq   ekanligini   so’ralsa,   bolalar   hyech   e’tibor   bermay,
tasodifan bittasini ko’rsataveradilar. Agar bunday farqlash ularning o’yinlariga
aylantirilsa,   bolalar   darhol   e’tibor   bilan   qaraydilar.   Chunonchi,   uzunroq
tayoqchani   harakat   qilib,   o’yinga   tushadigan   ayiqcha   yoki   kuchukchaning
mexanizmiga tirab qo’yilsa, qisqarok tayoqchani uzunrok tayoqchaning oldiga
tashlab,   bolalarga   uzunroq   tayoqchani   topsangiz   ayiqcha   o’yinga   tushadi,
deyilsa   diqqat-e’tibor   bilan   qarab   uzun   tayoqchani   topadilar.   Eksperiment
metodidan   guruhlarda   o’tkaziladigan   mashg’ulot   paytida   keng   foydalanish
mumkin.   Masalan,   turli   yoshdagi   bog’cha   bolalari   bilan   o’tkaziladigan
didaktik   mashg’ulotlarda   tabiiy   eksperiment   metodini   qo’llash   mumkin.
Bunda   bolalarga   har-xil   hayvonlar   (ot,   sigir,   qo’y,   echki,   tuya   kabi),
parrandalar   (kaptar,   xo’roz,   tovuq,   qarg’a,   zag’izg’on,   ukki,   kurka),   mevalar (gilos,   olcha,   olxo’ri,   olma,   nok,   bexi)   kabi,   sabzavotlar   (piyoz,   sholg’om,
sabzi,   kartoshka,   karam,   qovoq,   sarimsoq,   piyoz   kabi)   tasvirlangan   rasmli
kartochkalarni   aralash   holda   berib,   ularni   guruhlarga   ajratishlarida   ularni
umumlashtirish   xususiyatlarini   o’rganish   mumkin.   Odatda,   guruh   sharoitida
o’tkaziladigan   bunday   eksperimentni   tabiiy   eksperiment   deb   yuritiladi.
Laboratoriya   va   tabiiy   eksperimentlardan   tashqari   bolalar   psixologiyasida
tarkib   toptiruvchi   eksperiment   ham   keng   qo’llaniladi.   Tarkib   toptiruvchi
eksperimentni   mohiyati   shundan   iboratki,   bunda   bolalarga   u   yoki   bu
psixologik xususiyat tarkib toptiriladi va mustahkamlanadi. Masalan, bog’cha
yoshidagi   bolalar   ayni   bir   vaqtning   o’zida   butunni   va   uning   qismlarini   to’la
idrok   qilolmaydilar.   Ular   o’z   diqqatlarini   bir   butun   narsaning   o’ziga   yoki
uning bo’laklariga qarata oladilar. Ular bir butun narsaning ayrim qismlardan
tarkib   topganligini   tasavvur   qila   olmaydilar.   Tarkib   toptiruvchi   eksperiment
orqali bolalar bir butun narsani uning qismlari bilan bir paytda idrok qilishga
undaydilar.   Buning   uchun   bolalarga   bir   butun   narsaning   bo’laklarini
yenglarida   birlashtirib,   butun   narsani   obrazlarini   yarata   olish   mashqini
qildiradi.   Bunday   eksperiment   o’tkazishda   turli   geometrik   figuralar   va
ularning  bo’laklaridan  foydalanish   mumkin  (doira,  kvadrat,  kub, romb va  b).
Tarkib   toptiruvchi   eksperiment   metodini   pedagogik   eksperiment   metodidan
farqlash kerak. Tarkib toptiruvchi eksperiment orqali turli yoshdagi bolalarni u
yoki bu narsalarni to’g’ri idrok qila olishga o’rgatilsa, pedagogik eksperiment
orqali  esa  biror  ta’lim-tarbiya metodining samaradorligi  aniqlanadi. Masalan,
biror tadqiqotchi bolalar son-sanoqni o’rgatishning qandaydir metodini ishlab
chiqqan bo’lsa, uni pedagogik eksperiment orqali sinab ko’rish mumkin. 
              Buning   uchun   oldindan   bog’cha   ma’muriyati   bilan   kelishib   bitta
eksperimental   va   bitta   nazorat   guruhni   belgilab   oladi.   Shundan   so’ng
tadqiqotchi   eksperimental   guruhda   yangi   metod   bilan   elementar   (sodda)
matematik tasavvurlarni o’stirish mashg’ulotlarini o’tkazadi. Nazorat guruhda
esa   bu   mashg’ulotlar   odatdagi   eskicha   metod   bilan   davom   ettirilaveradi.
Birikki   oydan   so’ng   har   ikkala   guruhdagi   bolalarning   o’zlashtirishlari taqqoslab   ko’riladi.   Agarda   eksperimental   guruh   bolalarning   yangicha   metod
bilan o’zlashtirishlari nazorat guruhdagi bolalarning o’zlashtirishlaridan ancha
samarali  bo’lib chiqsa, bu metod boshqa  hamma bolalarga tarqatiladi. Bordi-
yu natija nazorat guruhdagi bolalarning o’zlashtirishlaridan yomon, ya’ni past
chiqsa,   yangicha   metod   (usul)   bilan   mashg’ulot   o’tkazish   darhol   to’xtatiladi.
Kuzatish va eksperiment asosiy metodlar hisoblanadi, lekin bulardan tashqari
bir   qator   yordamchi   metodlar   ham   mavjud.   Masalan:   faoliyat   mahsulini
o’rganish   metodi,   sosiometrik   va   test   metodlari.   Faoliyat   mahsulotlarini
o’rganish   metodi   haqida   gap   borar   ekan,   shuni   aytish   kerakki,   bolalar   ham
xuddi   katta   odamlar   singari   doim   ma’lum   faoliyat   bilan   mashg’ul   bo’ladilar.
Katta   odamlar   boshqa   odamlar   uchun   kerak   bo’ladigan   ijtimoiy   foydali
narsalar   ishlab   chiqarish   faoliyati   bilan   band   bo’lsalar,   bolalar   o’z
faoliyatlarida   deyarli   ijtimoiy   foydali   mehnat   bilan   shug’ullanmaydilar.
Bog’cha yoshidan bolalarning faoliyatlari - o’yin, rasm chizish, plastilin yoki
loydan biror narsa yasash, applikasiya, qurish-yasash va shu kabilardan iborat
bo’lishi mumkin. Bolalar odatda, katta kishilarning topshiriq va takliflari bilan
ma’lum   faoliyatga   kirishadilar.   Ayrim   xollardagina   bolalarning   o’zlari
mustaqil   ravishda   u   yoki   bu   faoliyatni   bajaradilar.   Har   ikki   holatda   ham
bolalar faoliyati ma’lum natijaga ega bo’ladi. Ko’pincha bolalar faoliyatining
mahsuloti ular chizgan rasmlarga, loy yoki plastilindan yasalgan narsaga qarab
o’rganiladi.   Ko’pincha   bolalarning   chizgan   rasmlarida   ular   idrokining
xususiyatlari   va   ongida   yuzaga   kelayotgan   turli   tasavvurlar   hamda
atroflaridagi   narsa   va   hodisalarga   bo’lgan   munosabatlarida   o’z   ifodasini
topadi. Ana shu jihatdan bolalarning chizgan rasmlaridan faoliyat mahsulotini
o’rganish   sifatida   foydalanish   maqsadga   muvofiqdir.   Turli   yoshdagi
bolalarning   ishlagan   rasmlarini   analiz   qilish   orqali   ularning   ayni   paytdagi
ehtiyojlarini,   mayl-istaklari,   qiziqishlari,   qobiliyati   va   layoqatlarini   o’rganish
mumkin.   Shu   sababli,   bu   metoddan   ham   bolalar   psixologiyasida   keng
foydalaniladi.   So’rash   –   suhbat   metodidan   bolalar   psixologiyasida   ancha   cheklangan
holda foydalaniladi. Bu metodni bog’cha yoshidagi bolalarga nisbatan deyarli
qo’llab  bo’lmaydi,  chunki   bu  yoshdagi   bolalarda  turmush  tajribasi  juda   kam,
tafakkurlari   hali   yaxshi   rivojlanmagan   bo’ladi.   Shu   sababli   kichik   yoshdagi
bolalar   kattalarning   bergan   savollariga   o’ylamay-netmay   javob
qaytaraveradilar.   So’rash   metodidan   foydalanilganda   odatda   juda   sodda
ishlangan ayiqchalar, uzoq va yaqin qilib ishlangan uylar va daraxtlar va h.k.
Bolalardan qaysi ayiq katta, qaysi ayiqcha kichik yoki qaysi uy uzoq, qaysi uy
yaqin deb so’raladi. 
    Besh-olti   yoshli   bolalarga   nisbatan   suhbat   metodini   qo’llash   mumkin.
Bunda   bolalar   bilan   o’tkaziladigan   suhbatning   mavzusi   va   suhbat   paytida
bolalarga   beriladigan   savollar   oldindan   yaxshilab   o’ylab   olinadi.
Tayyorgarsizlik   to’satdan   o’tkazilgan   suhbatdan   yaxshi   natija   chiqmaydi.
Suhbat metodi orqali bog’cha yoshidagi katta bolalarning bilimlarini, narsa va
hodisalar xaqidagi tasavvurlarni aniqlash va tevarak-atrofdagi odamlar hamda
turli narsalarga bo’lgan munosabatlarini o’rganish mumkin.  
Bolalar psixologiyasida so’nggi yillarda qo’llana boshlagan metodlardan
biri     test   metodidir.   Test   so’zi   -   inglizcha   so’z   bo’lib,   u   o’lchash   degan
ma’noni   bildiradi.   Test   metodi   orqali   bolalarning   umumiy   aqliy   taraqqiyot
darajalari   va   ayrim   psixik   jarayonlarning   (tafakkur,   xayol,   xotira   kabi)
qanchalik rivojlanganlik darajasi aniqlab, taqqoslanadi. Test metodi yordamida
bolalarning   o’z   yoshlariga   nisbatan   normal   taraqqiy   etganliklari   yoki   orqada
qolganliklarini   ham   aniqlash   mumkin.   Masalan,   test   metodidan   bolalarga
topshiriladigan   vazifalari   bir   necha   variantda   bo’lib,   ular   kuchlari   yetgan
variandagi   vazifalarni   bajaradilar.   Har   bir   bajariladigan   vazifaga   ball
sistemasida   baho   qo’yib   boriladi.   Vazifalardan   qanchasi   bajarilganligi   va
to’plagan   baliga   qarab,   bolalarning   o’rtacha   taraqqiyoti   belgilab   beriladi.
Qo’llaniladigan testlar orasida bolalarning umumiy aqliy darajasiga qaratilgan
va   intellektual   testlar   deb   ataladigan   testlar   ma’lum   bo’lmagan   vazifalardan
tuzilgan   bo’lib,   bolalardan   butun   aqliy   imkoniyatlarni   ishga   solishga   to’g’ri keladi.   Bolalarning   aqliy   taraqqiyot   darajalarini   ilmiy   ravishda   aniqlash   oson
ish   emas.   Intellektual   testlarda   bolalarga   beriladigan   vazifalar   ularning
umumiy aqliy taraqqiyotlarini ifodalovchi eng muhim xususiyatlarini ro’yobga
chiqaradigan   qilib   tuzilishi   kerak.   Agarda   intellektual   testlarda   beriladigan
vazifalar bolalarning yosh xususiyatlari va aniq taraqqiyot darajalariga to’g’ri
kelmasa,   bolalarning   aqliy   taraqqiyotlari   haqida   mutlaqo   yangicha   xulosaga
kelish   mumkin.   Bog’cha   yoshidagi   bolalarga   nisbatan   qanday   intellektual
testlardan   foydalanish   mumkin?   Bunday   testlar   xilma-xil   bo’lishi   mumkin.
Agar test  vazifalari bolalarning o’yin faoliyatlari  bilan bog’liq bo’lsa, bolalar
bunday   vazifalarni   bajonidil   bajaradilar.   Masalan,   biror   butun   narsaning
mayda   bo’laklarga   ajratib   tashlagan   qismlarini   birlashtirib,   mayda
bo’laklardan   murakkab   va   chiroyli   applikasiyalar   yasay   olish,   turli   labirintli
rasmlardan   epchillik   bilan   turli   vazifalarni   topa   bilishi   kabi   testlardan
foydalanish   mumkin.   Bunday   intellektual   testlar   turli   yoshdagi   bog’cha
bolalarining zehnini, tafakkurini aniqlash imkonini beradi. Shunday qilib, test
metodidan   bolalar   psixologiyasida   ma’lum   darajada   foydalanish   mumkin.
Nihoyat,   bolalar   psixologiyasida   so’ngi   yillarda   qo’llana   boshlagan
metodlardan yana biri  s o s i o m ye t r i ya metodidir. 
  Sosiometrik   metod   yordamida   shaxslarning   jamoadagi   munosabatlari
masalasi  o’rganiladi. Bolalar psixologiyasida esa sosiometrik metodi yordami
bilan har bir guruhda bolalarning o’z tengqurlari o’rtasida yuzaga kelayotgan
o’zaro   munosabatlari   va   ularning   guruhda   tutgan   mavqyelari   o’rganiladi,
bunda   bolalarning   guruhdagi   o’zaro   munosabatlarini   quyidagi   uslublarda
o’rganish   mumkin.   Guruhdagi   bolalarning   har   birini   yechinish   xonasiga
chaqirib,   unga     4-5   chiroyli   qilib   ishlangan   o’yinchoq   ko’rsatiladi   (masalan
mashina,   toycha,   ayiqcha,   quyoncha,   to’pponcha   kabi).   Ana   shu
o’ynchoqlardan bitta o’zingga yoqqanini tanlab ol va uni guruhdagi eng yaxshi
ko’rgan   o’rtog’ingni   shkafiga   solib   qo’y,   deyiladi.   Bola   bir   oz   o’ylanib
turgach,   yaxshi   ko’rgan   bolalardan   birining   shkafiga   o’yinchoqni   qo’yib
qo’yadi.   Guruhdagi   hamma   bolalar   bu   vazifani   bajarib   bo’lgach,   eng   ko’p sovg’a   kimning   shkafiga   qo’yilganligi   aniqlanadi.   Ana   shu   ma’lumotlar
asosida   bolalarning   guruhdagi   o’zaro   munosabatlariga   doir   sosiometriya
tuziladi.   Shkafiga   eng   ko’p   sovg’a   qo’yilgan   bola   guruhning   eng   sevimli   va
shkafiga   bironta   ham   sovg’a   qo’yilmagan   bola   guruhning   inkor   qilgan,  ya’ni
yoqtirmagan   odami   bo’lib   chiqadi.   Shunday   qilib,   sosiometrik   metodni
bog’cha yoshidagi bolalarga nisbatan ham qo’llash mumkin. Har bir tarbiyachi
o’z guruhidagi bolalarning jismoniy, aqliy, axloqiy rivojlanish xususiyatlarini,
bolalar psixik taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini kuzatib aniqlashi zarur.
Shu bilan birgalikda tarbiyachida - bolalarga nisbatan individual munosabatda
bo’lishning   to’g’ri   yo’l-yo’riqlarini   belgilash   maqsadida   har   bir   bolaning
individual psixologik xususiyatlarini aniqlashga intilishi lozim. 
    Tarbiyachi   ayni   bir   vaqtning   o’zida   guruhdagi   bolalarning     xatti-
harakatlari   va   fe’l-atvorlarini   o’rgana   olmaydi.   Shuning   uchun   ular   diqqat   -
e’tiborlarini   bir   necha   kun   davomida   u   yoki   bu   bolaga   qaratib,   uni   har
tomonlama   chuqurroq   o’rganishga   harakat   qilishi   lozim.   Shu   narsani   esdan
chiqarmaslik   kerakki,   tarbiyachining   bolalarni   o’rganishining   qat’iy   va   aniq
maqsadi  bo’lishi kerak. 
Bolalarning   barcha   xususiyatlarini   birdaniga   o’rganib   bo’lmaydi.
Bolalarning ehtiyojlari  qiziqishlari, mayl  va  istaklari, qobiliyatlari, diqqatlari,
nutq xamda tafakkurlarining xususiyatlarini birin-ketin shoshmasdan o’rganish
lozim. 
                Tarbiyachi   kundalik   ish   sharoitida   bolalarni   o’rganar   ekan,   u
kuzatish, eksperiment, yordamchi kabi metodlardan foydalanishi mumkin.  II BOB.Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti.
2.1.Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti.
3-7   yoshgacha   bulgan   davr   bogcha   yoshi   davri   xisoblanadi.   Maktabgacha
yoshdagi   bolalar   psixologiyasida   juda   tez   sifat   uzgarishlari   bulishini   inobatga
olgan xolda 3 davrga (3-4yosh)  kichik maktabgacha davri(4-5yosh)kichik bogcha
yoshi   urta   maktabgacha   davr(   urta   bogcha   yoshi)   6-7  yosh   va   katta   maktabgacha
davr   katta   bogcha   yoshilarga   ajratish   mumkin.   Bola   rivojlvnish   jarayonida
odamlarning   ilgari   utgan   avlodlari   tomonidan   yaratilgan   predmet   va   xodisalar
olami   bilan   aloxida   maxsus   munosabatga   kirishadi.Bola   insoniyat   kulga   kiritgan
barcha   yutuklarni   faol   ravishda   uzlashtirib,egallab   boradi.Bunda   predmetlar
olamini,xamda   ular   yordamida   amalga   oshiriladigan   xatti   –   xarakatlarni,   tilni   ,
odamlar   orasidagi   munosabatlarni   egallab   olishi,   faoliyat   motivlarining
rivojlanishi,   kobiliyatlarning   usib   borishi,   katta   yoshli   kishilarning   bevosita
yordamida  amalga  oshirilib borilmogi   kerak     Asosan  mana  shu  davrdan boshlab
bolaning   mustakil   faoliyati   kuchaya   boshlaydi.   Bog’cha   yoshdagi   bolalarga
beriladigan   tarbiya   ularning   murakkab   xarakatlarini   takomillashtirish,   elementar
gigiyena,   madaniy   va   mexnat   malakalari   xosil   kilish,   nutkini   ustirish   xamda
ijtimoiy axolk va estetik didning dastlabgi kurtaklarini yuzaga keltirish davridir.
            Mashxur   rus   pedagoglaridan   biri   Lesgaftning   fikricha   insonning   bogcha
yoshdagi   davri   shunday   bir   davrki,   bu   davrda   bolada   kelgusida   kanday   xarakter
xislatlari paydo bulishi belgilanadi va axlokiy xarakterning asoslari yuzaga keladi.
Bog’cha   yoshdagi   bolalarning   kuzga   tashlanib   turuvchi   xususiyatlaridan   biri
ularning   serxarakatligi   va   taklidchanligidir.Bola   tabiatnining   asosiy   konunini
shunday   ifodalash   mumkin:bola   uzluksiz   faoliyat   kursatishni   talab   kiladi,lekin   u
faoliyat   natijasidan   emas,   balki   faoliyatning   bir   xilligi   va   bir   tomonlamaligidan
charchab   koladi.Mana   shu   suzlardan   bogcha   yoshidagi   bola   tabiatning   asosiy
konuni bulmish   serxarakatligini ortik cheklab tashlamay,balki maksadga muvofik
ravishda uyushtirish kerakligi yakkol kurinib turibdi.
        Kattalar va tengdoshlari bilan bulgan munosabat orkali  bola axlok normalari,
kishilarni   anglash,   shuningdek,   ijobiy   va   salbiy   munosabatlar   bilan   tanisha boshlaydi.   Bog’cha   yoshidagi   bola   endi   uz   gavdasini   juda   yaxshi   boshkara
boshlaydi.   Uning   xarakati   muvofiklashtirilgan   xolda   buladi.   Bu   davrda   bolaning
nutki jadal rvojlana boshlaydi. U yangiliklarni egallashga nisbatan uzi bilganlarini
mustaxkamlashga   extiyoj   sezadi.   Uzi   bilgan   ertagini   kayta-kayta   eshitish   va
bundan zerikmaslik shu davrdagi bolalarga xos xususiyatdir
   Bog’cha yoshdagi bolalar extiyoji va kizikishlari jadal ravishda ortib boradi.
Bu   avvalo   keng   doiraga   chikish   extiyoji,   munosobatda   bulish,   uynash
extiyojlarinig   mavjudligidir.   Bog’cha   yoshidagi   bolalar   nutkni   bir   muncha   tula
uzlashtirganlari va xaddan tashkari xarakatchanliklari tufayli ularda uzlariga yakin
bulgan   katta   odamlar   va   tengdoshlari   bilan   munosobatda   bulish   extiyoji   tugiladi.
Ular   tor   doiradan   kengrok   doiradagi   munosobatlarga   intila   boshladilar.   Ular   endi
kuni-kushnilarning bolalari bilan xam jamoa bulib uynaydilar.
   Xamma narsani  bilib olishga bulgan extiyoj kuchayadi. Bog’cha yoshidagi  bola
tabiatiga   xos   bulgan   kuchli   extiyojlardan   yana   bir   uning   xar   narsani   yangilik
sifatida kurib bola uni xar tomonlama bilib olishga intilishidir. 
    Bog’cha   yoshdagi   bolalar   xayotida   va   ularning   psixik   jixatidan   usishida
kizikishning   roli   xam   kattadir.   Kizikish   xuddi   extiyoj   kabi   bolaning   biror
faoliyatga   undovchi   omillardan   biridir.   Shuning   uchun   xam   kizikishni   bilish
jarayoni bilan boglik bulgan murakkab psixik xodisa desa buladi. 
            Bolaning   kamol   topishida   kizikishning   axamiyati   shundaki,   bola   kizikkan
narsasini   mumkin   kadar   chukurrok   bilishiga   intiladi   va   binobarin   uzok   vakt
davomida kizikkan narsasi bilan shugullanishdan zerikmaydi. Bu esa uz navbatida
bolaning   dikkati   xamda   irodasi   kabi   muxim   xislatlarni   ustirishga   va
mustaxkamlashishga yordam beradi.
2.2.Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishi.
            Maktabgacha   yoshdagi   bolalarning   yetakchi   faoliyati   bu   uyindir.   Bog’cha
yoshidagi   bolalarning   uyin   faoliyatlari   masalasi   asrlar   davomida   juda   kup
olimlarning dikkatini uziga jalb kilib kelmokda.        Bog’cha yoshidagi bolalar uzlarining uyin faoliyatlarida ildam kadamlar bilan
bilan   olga   karab   borayotgan   sermazmun   xayotimizning   xamma   tomonlarini   aks
ettirishga intiladilar.
             Malumki, bolaning yoshi  ulgayib mustakil xarakat kilish imkoniyati oshgan
sari uning atrofdagi narsa va xodisalar buyicha dunyoskarashi kengayib boradi.
          Bog’cha   yoshidagi   bola   atrofidagi   narsalar   dunyosini   bilish   jarayonida   shu
narsalar bilan bevosita amaliy munosobatga bulishiga intiladi. Bu urinda shu narsa
xarakterliki bola bilishga tashnaligidan atrofdagi uzining xaddi sigadigan narsalari
bilangina   emas,   balki   kattalar   uchun   mansub   bulgan   uzining   kuchi   xam
yetmayligan, xaddi sigmaydigan narsalar bilan xam amaliy munosobatda bulishga
intiladi.   Masalan:   bola   avtomashinani,   tramvayni   uzi   xaydagisi,   rostakam   otga
minib   yurgisi,uchuvchi   bulib   samolyotda   uchgisi   va   rostakam   milisioner   bulgisi
keladi. Birok tabiiyki  bola uzidagi  bunday extiyojlarning birontasini  xam  xakikiy
yul   bilan   kondira   olmaydi.   Bu   urinda     savol   tugiladi.   Bolalarning   tobora   ortib
borayotgan   turli   extiyejlari   bilan   ularning   tor   imkoniyatlari   urtasidagi   karama   -
karshilik   kanday   yul   bilan   xal   kilinadi?   Bu   karama   karshilik   fakatgina   birgina
faoliyat orkali yaoni bolaning uyin faoliyati orkaligina xal kilinishi mumkin. Buni
shu   bilan   izoxlab   berish   mumkinki,   birinchidan,   bolalarning   uyin   faoliyati
kandaydir   moddiy   maxsulot   ishlab   chikarishga   karatilgan   faoliyat   emas.   Shuning
uchun bolalarni uyinga undovchi sabab(motiv) kelib chikadigan natija bilan emas
balki   shu   uyin   jarayonidagi   turli   xarakatlarning   mazmuni   bilan   boglikdir.
Ikkinchidan   esa,   bolalar   uyin   jarayonida   uz   ixtiyorlaridagi   narsalarni,   uzlarini
kiziktirgan,   ammo   kattalargagina   mansub   bulgan   narsalarga   aylantirib
xoxlaganlaricha     erkin   faoliyatda   buladilar.   Bolalarning   uyin   faoliyatlari   ularning
jismoniy   va   psixik   jixatdan   garmonik   ravishda   rivojlantirish   uchun   birdan   bir
vositadir.   Uyin   bolalar   xayetida   shunday   kup   kirrali   faoliyatki,   unda   kattalarga
mansub bulgan mexnat xam, turli narsalar xakida tafakkur kilish, xom xayol, dam
olish   va   xushchakchaklik   manbalari   xam   mujjasamlangandir,   yani   mana   shu
jarayonlarning   barchasi   uyin   faoliyatida   anik   buladi.   Shuni   xam   takidlab   utish
kerakki   uyin   fakat   tashki   muxitdagi   narsa   xodisalarni   bilish   vositasigina   emas, balki   kudratli   tarbiya   vositasi   xamdir.   Ijodiy   va   syujetli   uyinlarda   bolalarning
barcha   psixik   jarayonlari   bilan   birgalikda   ularning   individual   xislatlari   xam
shakllanadi.   Demak,   bogchadagi   taolim   tarbiya   ishlarining   muvaffakiyati   kup
jixatdan   bolalarning   uyin   faoliyatlarini   maksadga   muvofik   tashkil   kila   borishga
boglikdir. 
      Shunday   kilib,   uyin   bolalar   xayoli   tomonidan   yaratilgan   narsa   emas,   aksincha
bolalar xayolining uzi uyin jarayonida yuzaga kelib rivojlanadigan narsadir. 
      Shuni   xam   aytib   utish   kerakki,   fan-texnika   mislsiz   rivojlangan   bizning   xozirgi
zamonamizdagi   yaratilanayotgan,   xayratda   koldiradigan   narsalar   bolalarga   guyo
bir   mujizadek   kurinadi.   Natijada   ular   xam   uzlarining   turli   uyinlari   jarayonida
uxshatma kilib (yaxni analogik tarzda) xar xil xayoliy narsalarni uylab chikaradilar
(uchar   ot,   mashina   odam,   gapiradigan   daraxt   kabi).   Bundan   tashkari,   bolarning
turli   xayoliy   narsalarni   uylab   chikarishlari   yana   shuni   bildiradiki,   ular   uzlarining
xar   turli   uyin   faoliyatlarida   fakat   atroflaridagi   bor   narsalarni   emas,   balki   ayni
chogda extiyojlari talab kilayotgan narsalarni xam aks ettiradilar.
        Bolalarning   uyin   faoliyatlarida   xar   xil   xayoliy   va   afsonaviy   obrazlarni
yaratishlaridan   shunday   xulosa   chikarish   mumkin:   odamning   (shu   jumladan
bolalarning   xam)   tashki   muxitdagi   narsa   va   xodisalarni   aks   ettirish   jarayonlari
passiv   jarayon   emas,   balki   faol   xamda   ijodiy   yaratuvchan,   uzgartiruvchan
jarayondir.
       Bolalar uyin faoliyatlarining yana bir ajoyib xususiyati  shundan iboratki, uyin
jarayonida   bolaning   kiladigan   xatti-xarakatlari   va   bajaradigan   rollari   kupincha
umumiylik   xarakteriga   ega   buladi.   Buni   shunday   tushunish   kerakki,   bola   uzining
turli-tuman uyinlarida fakat uziga tanish bulgan yolgiz bir shofyorning, vrachning,
milisionerning,   tarbiyachining,   uchuvchining   xatti-xarakatlarigina   emas,   balki
umuman   shofyorlarning,   vrachlarning,   tarbiyachilarning   xamda   uchuvchilarning
xatti-xarakatlarini   aks   ettiradi.   Albatta   ,   turmush   tajribalari   va   faoliyatlari   doirasi
juda   cheklangan   kichik   yoshdagi   bolalar(baxzan   kichik   gruppa   bolalari   xam)
uzlarining   uyinlarida   konkret   odamlarni   va   ularning   xarakatlarini   aks   ettiradilar.
(Masalan, oyisini, adasini, akasini, tarbiyachisini  va shu kabi). Urta, katta bogcha yoshidagi   bolalarning   uyinlarida   esa   bunday   obrazlar   umumiylik   xarakteriga   ega
bula boshlaydi. 
          Bog’cha   yoshidagi   bolalarning   uyinlari   atrofdagi   narsa   va   xodisalarni   bilish
kuroli bulish bilan birga yuksak ijtimoiy axamiyatga xam ega. Boshkacharok kilib
aytganda, uyin kudratli tarbiya kurolidir. Bolalarning uyinlari orkali ularda ijtimoiy
foydali,   yaxni   yuksak   insoniy   xislatlarni   tarbiyalash   mumkin.   Bundan   tashkari,
agarda   biz   bolalarning   uyini   faoliyatlarini   tashkaridan   kuzatsak,   uyin   jarayonida
ularning   barcha   shaxsiy   xislatlari(kimning   nimaga   kuprok   kizikishi,   kobiliyati,
irodasi   temperamenti)   yakkol   namoyon   bulishini   kuramiz.   Shuning   uchun
bolalarning uyin faoliyatlari ularni  individual  ravishda urganish uchun juda kulay
vositadir.   Kichik   maktabgacha   yoshdagi   bolalar   odatda   uzlari   yolgiz
uynaydilar.Predmetli va konstruktorli uyinlar orkali bu yoshdagi bolalr uzlarining
idrok,xotira   ,   tassavur   ,tafakkur   xamda   xarakat   layokatlarini
rivojlantiradilar.Syujetli   rolli   uyinlarda   bolalar   asosan   uzlari   xar   kuni   kurayotgan
va   kuzatayotgan   kattalarning   xatti   –xarakatlarini   aks   ettiradilar.4-5   yoshli
bolalrning uyini asta – sekinlik bilan kollektiv xarakterni ola boshlaydi.
            Bolalarning   individual   xususiyatlarini   xususan   ularning   kollektiv   uyinlari
orkali   kuzatish   kulaydir.   Bu   uyinlarda   bolalar   kattalarning   fakat   predmetlarga
munosabatini   emas,   balki   kuprok   uzaro   munosabatlarini   aks   ettiradilar.
Shuningdek,   kollektiv   uyinda   bolalar   bir   gruppa   odamlarning   murakkab   xayotiy
faoliyatlarini   aks   ettiradilar.   Masalan,   «poyezd»   uyini   olaylik.   Bunda   mashinist,
parovozga kumir yokuvchi, provodniklar, kontrollyor, kassir, stansiya xodimlari va
yulovchilar   buladi.   Bolalarning   mana   shu   kabi   kollektiv   uyinlari   artistlarning
faoliyatiga   uxshaydi.   Chunki   kollektiv  uyindagi   xar   bir   bola   uz  rolini   yaxshi   ado
etishga   intilish   bilan   birga   uyinning   umumiy   mazmunidan   xam   chetga   chikib
ketmaslikka   tirishadi.   Bu   esa   ,   xar   bir   boladan   uzining   butun   kobiliyatini   ishga
solishni   talab   etadi.     Malum   rollarga   bulingan   kollektiv   uyin   bolalardan   katxiy
koidalarga buysunishi va ayrim vazifalarni uxshatib bajarishni talab etadi. Shuning
uchun bolalarning bunday kollektiv uyinlari  psixologik jixatdan katta  axamiyatga
ega. Chunki bunday uyinlar bolalarda irodaviylik, muammolilik   uyin koidalariga, tartib-   intizomga   buysunish   va   shu   kabi   ijobiy   xislatlarni   tarbiyalaydi   va
rivojlantiradi
      Katta bogcha yoshida syujetli-rolli uyinlar rivojlanadi,lekin enda bu uyinlar uz
mazusining boyligi va xilma-xilligi bilan farklanadi.Bu uyinlar jarayonida bolalrda
liderlik   yuzaga   kela   boshlaydi,shuningdek   tashkilotchilik   kunikma   va   malakalari
rivojlana boshlaydi.
Bu   maktabgacha   yoshdagi   bolalar   shugullanadigan   ijodiy   faoliyatlar   orasida
tasviriy sanxatning xam  axamiyati juda katta. Bolaning tasavvur etish xarakteriga
kura   uning   atrof   xayotni   kanday   idrok   etishi,   xotira,   tasavvur   va   tafakkur
xususiyatlariga   baxo   berish   mumkin.   Katta   bogcha   yoshidagi   bolalar   chizgan
rasmlar ularning ichki kechinmalari ruxiy xolatlari, orzu, umid va extiyojlarini xam
aks ettiradi. 
  yoshdagi bolalar rasm chizishga xam nixoyatda kizikadilar   Rasm chizish bolalar
uchun   uyin   faoliyatining   uziga   xos   bir   shakli   bulib   xisoblanadi.   Bola   avvalo
kurayotgan   narsalarini,   keyinchalik   esa   uzi   biladigan,   xotirasidagi   va   uzi   uylab
topgan narsalarni chizadi.
Katta   maktabgacha   yoshdagi   bolalar   uchun   musobaka   juda   katta   axamiyatga   ega
bulib,aynan   shunday   uyinlarda   muvafakkiyatga   erishish   shakllanadi   va
mustaxkamlanadi.   Bu   yoshdagi   bolalar   uchun   eng   yokimlm   vakt-   yutish   va
muvaffakiyat bulgan musobaka uyinlarining xam axamiyati juda katta. 
      Katta maktabgacha yeshdagi bolalar uchun musobakalar juda katta axamiyatga
ega bulib, aynan shunday uyinlarda muvaffakiyatga erishish motivlari shakllanadi
va   mustaxkamlanadi.   Bu   yoshdagi   bolalar   uchun   eng   yokimli   vakt-yutish   va
muvaffakiyat bulgan musobaka uyinlarining xam axamiyati juda katta.
            Katta   bogcha   yoshida   konstruktorlik   uyinlari   asta-sekinlik   bilan   mexnat
faoliyatiga aylanib boradi. Uyinda bola elementar mexnat kunikma va malakalarini
egallay   boshlaydi,   predmetlarning   xossalarini   anglay   boshlaydi,   amaliy   tafakkur
rivojlana boradi. 
       3-7yoshli bolalar psixik rivojida badiiy-ijodiy faoliyat bulgan musikaning xam
axamiyati xam juda katta. Musika orkali bolalar ashula aytishga, musika oxangiga mos   ritmik   xarakatlar   kilishga   urganadilar.   3-7   yosh   davrida   bolalar   asosiy
faoliyati kuyidagi ketma-ketlikda keladi: 
- predmetlarni urganish,
- individual predmetli uyinlar, kollektiv syujetli-rolli uyinlar,
- individual va guruxiy ijod,
- musobaka uyinlar,
- mulokot uyinlar,
- uy mexnati.
              Bog’cha   yoshidagi   bolalarning   uyin   faoliyatlari   xakida   gapirar   ekanmiz,
albatta ularning uyinchogi masalasiga xam tuxtab utish kerak.
              Bolalarga   uyinchoklarni   berishda   ularning   yosh   xususiyatlarini,   tarkkiyot
darajalarini va ayni paytda ularni kuprok nimalar kiziktirishini xisobga olish kerak.
           Maolumki, 1-3 yosh bolalar xali tashki muxitni juda oz uzlashtirganlar.   Ular
xali   xattoki   narsalarning   rangini,   xajmini   xam   yaxshi   ajrata   olmaydilar.   Shuning
uchun   ularga   kugirchok   bilan   birga   xar   xil     rangli   kiykim,   laxtak   matolar   xam
berish kerak. Ayniksa. kiz bolalar uz kugirchoklarini xar xil rangli matolarga urab,
rumol   kilib   uratib   mashk   kiladilar.   Ugil   bolalarga   esa,   xar   xil   rangli,   bir-birining
ichiga sigadigan kuticha uyinchoklarni berish foydalidir.
            Uyin   faoliyati   bolalarni   insoniyatning   ijtimoiy   tajribasini   egallashning   faol
shakli   bulgan   taxlim   faoliyatiga   tayyorlaydi.   Odam   birdaniga   ijtimoiy   tajribani
uzlashtirishga   kirisha   olmaydi.   Ijtimoiy   tajribalarni   faol   egallash   uchun   odam
avvalo   yetarli   darajada   nutkni   egallagan   bulishi,   maxlum   malakalar,   ukuvlar   va
elementar tushunchalarga ega bulishi kerak buladi. Bularga bola yukorida batafsil
kursatib utganimizdek uyin faoliyati orkali erishadi.
Bog’cha yoshidagi bolalarda sezgi, idrok, dikkat, xotira, tasavvur, tafakkur,
nutk,   xayol,   xissiyot   va   irodaning   rivojlanishi   jadal   kechadi.   Bola   ranglarni   xali
bir-biridan   yaxshi   fark   kila   olmaydi.   Unga   ranglarning   farkini   bilishga   yordam
kiladigan uyinchoklar berish lozim (bolalarning kugirchoklari uchun xar xil rangli
kiykimlar   berish,   xar   xil   rangli   xalkalar,   kutichalar   va   shuning   singar   i   narsalar
juda yaxshi buladi). Bog’cha   yoshidagi   bolalar   turli   narsalarni   idrok   kilishda   ularning   kuzga
yaxshi   tashlanib   turuvchi   belgilariga   (rangi   va   shakliga)   asoslansalar   xam,   lekin
chukur taxlil kilmaydilar.
Bog’cha   yoshidagi   bolalar   kattalarning   yordami   bilan   suratlarni   analitik
ravishda   idrok   kilish   kobiliyatiga   ega   buladilar.   Buning   uchun   bolalar   suratlarni
idrok   kilayotganlarida   kattalar   turli   xil   savollar   bilan   ularni   taxlil   kilishga
urgatishlari lozim.  Bunda asosan bolalar dikkatini:  
1.  suratning mazmunini (syujetini) tugri idrok kilishga,
2.   suratning umumiy kurinishida xar bir tasvirlangan narsalarning urnini tugri
idrok kilishga,
3.  tasvirlangan narsalar urtasidagi munosabatlarni tugri idrok kilishga karatish
kerak.
Dikkat   xar   kanday   faoliyatimizning   doimiy   yuldoshidir.   Shuning   uchun
dikkatning   inson   xayotidagi   axamiyati   xam   benixoya   kattadir.   Bog’cha
yoshidagi bolalar dikkati asosan ixtiyorsiz buladi. Bog’cha yoshidagi bolalarda
ixtiyoriy   dikkatning   usib   borishi   uchun   uyin   juda   katta   axamiyatga   ega.   Uyin
paytida   bolalar   dikkatlarini   bir   joyga   tuplab,   uz   tashabbuslari   bilan   maxlum
maksadlarini ilgari suradilar.
Bu yoshdagi bolaning xotirasi yangi faoliyatlar va bolaning oldiga kuyilgan
yangi talablar asosida takomillasha boradi.
Bog’cha   yoshidagi   bolalar   uzlarining   faoliyatlari   uchun   kandaydir
axamiyatga   ega   bulgan,   ularda   kuchli   taassurotlar   koldirgan   va   ularni
kiziktirgan narsalarni beixtiyor eslarida olib koladilar.
Bog’cha   yoshidagi   bolalar   tafakkuri   va   uning   usishi   uziga   xos   xususiyatga
ega.
Tafakkur   bolaning   bogcha   yoshidagi   davrida   juda   tez   rivojlana   boshlaydi.
Buning   sababi,   birinchidan,   bogcha   yoshidagi   bolalarda   turmush   tajribasining
nisbatan kupayishi, ikkinchidan, bu davrda bolalar nutkining yaxshi usgan bulishi,
uchinchidan esa, bogcha yoshidagi bolalarning juda kup erkin mustakil xarakatlar
kilish imkoniyatiga ega bulishlaridir. Bog’cha   yoshidagi   bolalarda   xar   soxaga   doir   savollarning   tugilishi   ular
tafakkurining   faollashayotganidan   darak   beradi.   Bola   uz   savoliga   javob   topa
olmasa   yoki   kattalar   uning   savoliga   axamiyat   bermasalar,   undagi   kizikuvchanlik
susaya boshlaydi.
Odatda   xar   kanday   tafakkur   jarayoni   biron   narsadan   taajjublanish,   xayron
kolish   va   natijada   turli   savollarning   tugilishi   tufayli   paydo   buladi.   Juda   kup   ota-
onalar   va   ayrim   tarbiyachilar   xam   bolalar   ortikrok   savol   berib   yuborsalar,   «kup
maxmadona   bulma»,   «sen   bunday   gaplarni   kayerdan   urganding»,   deb   jerkib
tashlaydilar.   Natijada   bola   uksinib,   uz   bilganicha   tushunishga   xarakat   kiladi.
Ammo   ayrim   passiv   va   tortinchok   bolalar   xech   bir   savol   bermaydilar.   Bunday
bolalarga turli mashgulotlar va sayoxatlarda kattalarning uzlari savol berishlari va
shu bilan ularni faollashtirishlari lozim.
Xar   kanday   tafakkur,   odatda   biron   narsani   takkoslash,   analiz   va   sintez
kilishdan   boshlanadi.   Shuning   uchun   biz   ana   shu   takkoslash,   analiz   va   sintez
kilishni   tafakkur   jarayoni   deb   ataymiz.   Sayoxatlarlar   bolalardagi   tafakkur
jarayonini   faollashtirish   va   rivojlantirishga   yordam   beradi.   Bolalar   tabiatga
kilingan sayoxatlarda turli narsalarni bir-biri bilan takkoslaydilar va analiz xamda
sintez kilib kurishga intiladilar.
  Bog’cha yoshidagi bolalar nutki va uning usishi Agar 2 yashar bolaning suz
zapasi  taxminan 250 tadan 400 tagacha bulsa, 3 yashar  bolaning suz zapasi  1000
tadan   1200   tagacha   va   7   yashar   bolaning   suz   zapasi   4000   taga   yetadi.   Demak,
bogcha   yoshi   davrida   bolaning   nutki   xam   mikdor   ,   xam   sifat   jixatidan   ancha
takomillashadi.   Bog’cha   yoshidagi   bolalarning   nutkini   usishi   oilaning   madaniy
saviyasiga boglik
Kattalar bolalar nutkini ustirish bilan shugullanar ekanlar, bogcha yoshidagi
bolalar     baxzi   xollarda   uz   nutk   sifatlarini   tula   idrok   eta   olmasliklarini
unutmasliklari   kerak.   Bundan   tashkari,   bolalarda   murakkab   nutk   tovushlarini   bir-
biridan   fark   kilish   kobiliyati   xam   xali   tula   takomillashmagan   buladi.   Tili
chuchuklikni   tuzatishning   eng   birinchi   shartlaridan   biri   bola   bilan   tula   va   tugri
talaffuz etib, ravon til bilan gaplashishdir.  Bog’cha   yoshidagi   bolalar   shaxsining   shakillanishiga   kura   bu   davrni   uch
kismga   ajratish   mumkin:   Birinchi   davr–bu   3–4   yosh   oraligida   bulib,   bola
emosional   jixatdan   uz–uzini   boshkarishning   mustaxkamlanishi   bilan   boglikdir.
Ikkinchi davr–bu 4–5 yoshni tashkil kilib axlokiy uz – uzini boshkarish. Uchinchi
davr   esa   shaxsiy   ishchanlik   va   tadbirkorlik   xususiyatining   shalklanishi   bilan
xarakterlanadi. 
Maktabgacha   davrda   axlokiy   tushunchalar   borgan   sari   katoiylasha   boradi.
Axlokiy   tushunchalar   manbai   bulib   ularning   taolim   –tarbiyasi   bilan
shugullanayotgan   kattalar,   shuningdek,   tengdoshlari   xam               bulishi   mumkin.
Axlokiy   tajribalar   asosan   mulokot,   kuzatish,   taklid   kilish   jarayonida,   shu   bilan
birga   kattalarning   ayniksa   onalarning   maktovi   va   tankidlari   orkali   utadi   va
mustaxkamlanadi.     Bola   doimo   baxo,   ayniksa   maktov   olishga   xarakat   kiladi.   Bu
baxo   va   maktovlarning   bola   shaxsidagi   muvaffakiyatga   erishishga   xarakat
xususiyatining   rivojlanishida,   shuningdek,   uning   shaxsiy   xayoti,   xamda   kasb
tanlashida axamiyati juda katta. 
  Bog’cha   yoshidagi   davrda   bolalarda   mulokotning   yangi   motivlari   yuzaga
keladi. U shaxsiy  va ishbilarmonlik motivlaridir. Shaxsiy mulokot  motivlari  bu –
bolaning   tashvishga   solayotgan   ichki   muammolari   bilan   boglik,   ishbilarmonlik
motivlari   esa   u   yoki   bu   ishni   bajarish   bilan   boglik   bulgan   motivlardir.     Bu
motivlarga asta – sekinlik bilan bilim, kunikma va malakalarni egalash bilan boglik
bulgan ukish motivlari kuyiladi. Bu motivlar ilk bolalik davrdan boshlanib yuzaga
keladigan   bolalarning   tabiy   kizikuvchanligi   urnida   paydo   buladi.   Uzini   kursatish
motivlari   xam   bu   yoshda   yakkol   namoyon   buladi.   Bu   motiv   asosan   bolalarning
syujetli   –rolli   uyinlarda   asosiy   rolni   egallashga   boshkalar   ustidan   raxbarlik
kilishga,   musobakaga   kirishishga   kurkmasligida   nima   bulganida   xam   yutishga
xarakat   kilishlarida   kurinadi.   Maktabgacha   yosh   davri   bolalari   uchun   kattalar
beradigan baxolari juda muxim. Bolalar birinchi navbatda maishiy axlok norma va
koidalarni,   uz   majburiyatlariga   munosabat,   kun   tartibiga   rioya   etish,   xayvon   va
narsalar bilan muomila kilish normalarini egalaydilar. Bunday normallarni egallash
bu   yoshdagi   bolalar   uchun   kiyin   xisoblanib,   ularni   yaxshi   uzlashtirish   uchun syujetli – rolli uyinlar yordam berishi mumkin. Bog’cha yoshining oxirlariga kelib,
kupchilik   bolalarda   anik   bir   axlokiy   karashlar   tarkib   topadi,   shuningdek,
odamlarga   munosabat   bilan   boglik   bulgan   shaxsiy   sifatlar   xam   shakllanadi.
Kishilarga nisbatan dikkatli, mexribon bulish xususiyatidir. Katta yoshdagi bolalar
kup xollarda uz xatti – xarakatlari sababini tushuntirib bera oladilar .
3–3,5 yosh oraligida uzlarining muvaffakiyat va muvaffakiyatsizliklariga uz
munosabatlarini   bildiradilar   va   bu   munosabat   asosan   ularning   uzlariga   beradigan
baxolari   asosida   buladi.   4   yoshli   bolalar   esa   uz   imkoniyatlarini   real   baxolay
oladilar.   Lekin   4   –5   yoshli   bolalar   xali   shaxsiy   xususiyatlarini   idrok   etishga   va
baxolashga   kodir   emaslar,   shuningdek   uzlari   xakida   maolum   bir   xulosani   bera
olmaydilar.   Uz   –uzini   anglash   layokati   katta   bogcha   yoshidan   boshlab   rivojlanib
avval   u   kanday   bulganini   va   kelajakda   kanday   bulishini   fikrlab   kurishga   xarakat
kiladi. Bu esa bolalar beradigan «Men kichkina paytimda kanday bulgan edim?»,
«Men   katta   bulganimda   kanday   bulaman?»   singari   savollarida   kurinadi.   Kelajak
xakida   fikr   yuritib,   bolalar   kelgusida   kuchli,   jasur,   aklli   va   boshka   shu   singari
kimmatli insoniy fazilatlariga ega bulishiga xarakat kiladilar. 
Kichik va urta bogcha yoshida bola xarakterining shakllanishi davom etadi.
U   asosan   bolalarning   kattalar   xarakterini   kuzatishlari   asosida   tarkib   topadi.   Shu
yillardan   boshlab   bolada   axamiyatli     xisoblangan   –iroda,   mustakillik   va
tashabbuskorlik   kabi   axamiyatli   shaxsiy   xususiyatlar   rivojlana   boshlaydi.   Katta
bogcha   yoshida   bola   atrofdagi   odamlar   bilan   turli   faoliyatlarda   mulokot   va
munosabatlarga kirishishga urgana boshlaydi. Bu esa unga kelajakda odamlar bilan
til   topishishda,   ish   buyicha   va   shaxsiy   munosabatlarni   normal   ravishda   urnata
olishida foyda keltiradi. Bu yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishida ularning ota
–onalari xakidagi fikrlari va ularga beradigan baxolari nixoyatda axamiyatlidir.     
.Bog’cha   yoshidagi   bolalarning   xayoli,   asosan,   ularning   turli-tuman   uyin
faoliyatlarida   usadi.   Birok,   shu   narsa   dikkatga   sazovorki,   agar   bogcha   yoshidagi
bolalarda   xayol   kilish   kobiliyati   bulmaganda   edi,   ularning   xayoli   xam   xilma-xil
bulmas edi. Bog’cha yoshidagi  bolalarning xayollari turli xil mashgulotlarda xam
usadi. Masalan, bogcha yoshidagi bolalar loy uynashni, yaxni loydan turli narsalar yasashni,  kumdan turli  narsalar  kurib uynashni  va rasm  solishni  yaxshi  kuradilar.
Ana shunday mashgulotlar bolalar xayolining usshiga faol taxsir kiladi.
Bog’cha   yoshidagi   bolalar   xayolining   usishiga   faol   taxsir   kiluvchi
omillardan   yana   biri   ertaklardir.   Bolalar   xayvonlar   xakidagi   turli   ertaklarni
eshitganlarida   shu   ertaklardagi   obrazlarga   nisbatan   maxlum   munosabat   yuzaga
keladi.
  Bog’cha   yoshidagi   bolalar   xissiyoti   va   uning   usishi.Bog’cha   yoshidagi
bolalarda   yokimli   va   yokimsiz   xis-tuygular   goyat   kuchli   va   juda   tez   namoyon
buladi.   Bog’cha   yoshidagi   bolalarning   xis-tuygulari   ular   organik   extiyojlarining
kondirilishi   va   kondirilmasligi   bilan   boglikdir.   Bu   extiyojlarning   kondirilmasligi
sababli bolada noxushlik(yokimsiz), norozilik, iztiroblanish tuygularini kuzgaydi.
Katta   bogcha   yoshidagi   bolalarda   burch   xissi   –   nima   yaxshi-yu,   nima
yomonligini   anglashlari   bilan   axlokiy   tasavvurlari   urtasida   bogliklik   bor.   Katta
odamlar   tomonidan   buyurilgan   biron   topshirikni   bajarganlarida   mamnunlik,
shodlik   tuygulari   paydo   bulsa,   biron   tartib   koidani   buzib   kuyganlarida   xafalik,
taxbi xiralik xissi tugiladi.
Shuningdek,   bogcha   yoshidagi   bolalarda   maxnaviy   xissiyotlardan   urtoklik,
dustlik va kollektivizm xislari xam yuzaga kela boshlaydi.
Bolaning bogcha yoshidagi davrida estetik xissiyotlar xam ancha tez usadi. 
bogcha yoshidagi bolalarda estetik xislarning namoyon bulishini ular biron chiroyli
, yangi kiyim kiyganlarida juda yakkol kurish mumkin.
2.3.Maktabga psixologik tayyorgarlik. .
Bolaning   maktabda   muvaffakiyatli   ukishi   kup   jixatdan   ularning   maktabga
tayyorgarlik   darajalariga   boglik.   Bola   avvalo   maktabga   jismoniy   jixatdan   tayyor
bulishi   kerak.   6   yoshli   bolalarning   anatomik-fiziologik   rivojlanishi   uziga   xos
tarzda   kechadi.   Bu   yoshda   bola   organizmi   jadal   rivojlanadi.   Uning  ogirligi   oyiga
150-  200 gm  dan buyi  esa  0,5 sm  dan kupayadi. 6 yoshli  bolalar  turli  tezliklarda
yura oladilar, tez va yengil yugura oladilar. Ular yugurib kelib sakrash,  kongkida
yugurish, changida uchish, suzish singari xarakatlarni xam bemalol bajara oladilar.
Musika   buyicha   mashgulotlarda   xam   bu   yoshdagi   bolalar   xilma-xil   ritmik   va plastik xarakatlarni bajaradilar, turli mashklarni xam anik, tez, yengil va chakkon
bajara   oladilar.   Shuningdek,   6-7   yoshli   bolalar   nerv   sistemasini,   mustaxkamlash,
ularni surunkali kasalliklardan xalos etish, kurish va eshitish kobiliyatiga   aloxida
extibor   berish,   shuningdek   umurtka   pogonasining   tugri   rivojlanishiga   axamiyat
berish nixoyatda muxim. Kattalar shu yoshdagi bolalar bilan ish olib borar ekanlar
bu   yoshdagi   bolalar   organizmi   xali   usishini   davom   ettirayotganligini   doimo
xisobga   olishlari   lozim.   Masalan,   bolani   majburan  yozishga   urgatish   xali   barmok
muskullari   tulik   rivojlanib   bulmaganligi   sababli   ularga   maxlum   darajada   zarar
keltirishi   yoki   uning   chiroyli   yoza   olmasligi,     uz-uzidan   bolani   uziga   nisbatan
ishonchini   yoki   ukishga   nisbatan   kizikishini   kamayishiga   olib   kelishi   mumkin.
Ikkinchi   tayyorgarlik   bu   akliy   tayyorgarlikdir .   Kupincha   akliy   tayyorgarlik
deganda   bolaning   maxlum   bir   dunyokarashi   jonli   tabiat,   insonlar   va   ularning
mexnatlari   xakidagi   bilimlari   tushuniladi.   Ushbu   bilimlar   maktab   beradigan
taxlimga asos bulishi mumkin, lekin suz boyligi, maxlum xatti-xarakatlarni bajara
olish   layokati   bolaning   maktabga   akliy   tayyorgarligining   asosiy   kursatkichi   bula
olmaydi. Maktab dasturi bolalardan takkoslay olish, taxlil eta olish, umumlashtira
olish,   maxlum   bir   xulosa   chikara   olish,   shuningdek   yetarli   darajada   rivojlangan
bilish   jarayonlarini   talab   etadi.   Masalan,   6-7   yoshli   bola   tabiat   xakida   ayrim
xodisalarnigina emas, balki organizmni tabiat  bilan boglikligini va uzaro taxsirini
xam   tushunishi   va   uzlashtirishi   mumkin.   6-7   yoshli   bolalar   akliy   rivojlanishning
natijasi   bulib   yukori   darajada   rivojlangan   kurgazmali   obrazli   tafakkur   bilan   bola
atrof   olamdagi   predmetlarning   asosiy   xususiyatlarini   va   predmetlar   orasidagi
bogliklikni ajrata oladi. Shuni aloxida taxkidlab utish lozimki, kurgazmali xarakatli
va   kurgazmali   obrazli   tafakkur   nafakat   6-7   yoshli   bolalar   balki   kichik   maktab
yoshidagi   ukuvchilar   akliy   rivojlanishida   asosiy   funksiyani   bajaradi.   Bu   borada
bolada maxlum bir kunikmalarning tarkib topganligi xam nixoyatda muximdir. Xulosa
Bu   davrda   bolalarda   avvalo   bilish   soxalari   sungra   esa   emosional
motivasion   yunalish   buyicha   ichki   shaxsiy   xayot   boshlanadi.   U   yoki   bu
yunalishdagi   rivojlashin   obrazlilikdan   to   simvollilikgacha   bulgan
boskichlarni   utaydi.   Obrazlilik   deganda   bolalarning   turli   obrazlarni
я ratish,   ularni   uzgartirish   va   ularni   erkin   xarakatga   solish,   simvollilik
deganda   esa   belgilar   sistemasi   (matematik,   lingvistik,   mantikiy   va
boshkalar) bilan ishlash malakasi tushuniladi. Maktabgacha yosh davrda
ijodkorlik   jarayoni   boshlanadi.   Ijodkorlik   layokoti   asosan   bolalarning
konstruktorlik uyinlarda, texnik va badiiy ijodlarida namayon buladi. Bu
davrda   maxsus   layokotlar   kurtaklarning   birlamchi   rivojlanishi   kuzga
tashlana   boshlaydi.   Bilish   jarayonlarida   ichki   va   tashki   xarakatlarning
sintezi yuzaga keladi. Biron bir narsani idrok kilish jarayonida bu sintez
persentiv   xarakatlarda,   dikkatda   ichki   va   tashki   xarakatlar   va   xolatlar
rejasini boshkarish va nazorat etishda, xotirada esa materialni esda saklab
kolish   va   esga   tushurishning   ichki   va   tashki   tuzilmasini   boglay   olishda
kurinadi.   Tafakkurda   esa   amaliy   masalalar   ishining   usullarini   bitta
umumiy   jarayonga   birlashtirish   sifatida   я kkol   nomoyon   buladi.Shuning
asosida   insoniy   intelekt   shakllanadi   va   rivojlanadi.Maktabgacha   davrda
tasavvur,   tafakkur   va   nutk   umumlashadi.Bu   esa   bu   yoshdagi   bolalarda
tafakkur   kilish   omili   sifatida   ichki   nutk   yuzaga   kelayotganidan   dalolat
xisoblanadi.   Bilish   jarayonlarning   sintezi   bolaning   uz   ona   tilisini   tulik
egallashi   asosida   yotadi.Bu   davrda   nutkning   shakllanish   jarayoni
я kunlana   boshlaydi.Nutk   asosidagi   tarbi я   jarayonida   bolada   elementar
axlokiy   norma   va   koidalar   egalaniladi.Bu   norma   va   koidalar   bola
axlokini boshqaradi. Foydalanilgan adabiyotlar .
 
1. Nishonova   Z.T.,   Alimova   G.K.   Bolalar   psixologiyasi   va   psixodiagnostiasi
T.: TDPU 2017 – 264 b. 
2. G’oziyev   E.   Ontogenez   psixologiyasi   Nazariy-   eksperimental   tahlil   T.:
Noshir 2010. – 356 b. 
3. Do’stmuhamedova   Sh.A.,   Nishonova   Z.T.va   boshqalar   Yosh   davrlari   va
pedagogik psixologiya T.: Fan va texnologiyalar 2013 – 343 b. 
4. Shapovalenko   I.V.   Vozrastnaya   psixologiya   (Psixologiya   razvitiya   i
vozrastnaya   psixologiya):   uchebnik   dlya   studentov   vuzov.   –   M.:   Gardariki,
2007. –349 s. 
Internet saytlari.
1. www.ziyonet.uz
2. www.google.uz

Mavzu:Bolalar konsultasiyasining xususiyatlari. Reja: Kirish I BOB.Bolalar psixologiyasi faniga kirish va uning maqsad, vazifalari. 1.1.Bolalar psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari. 1.2.Bolalar psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. 1.3.Bolalar psixologiyasi fanining metodlari. II BOB.Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti. 2.1.Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti. 2.2.Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishi. 2.3.Maktabga psixologik tayyorgarlik. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish “Psixologiya” ikkita yunoncha so’zdan “psyche”- jon, ruh va “logos”ta’limot, ilm so’zlaridan iborat bo’lib, an’anaviy ma’noda inson ruhiy dunyosiga aloqador barcha hodisalar va jarayonlar uning predmetini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, psixologiyaning predmeti har birimizning tashqi olamni va o’z-o’zimizni bilishimizning asosida yotgan jarayonlar, hodisalar, holatlar va shakllangan xislatlarni tashkil etadi. Psixologiya bo’yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib, psixikadir , deb ta’rif berishadi. Psixika – bu inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni, ichki ruhiy olamni ham ongli tarzda aks ettirishimizni, ya’ni bilishimiz, anglashimizni ta’minlaydi. Psixikaning jarayonlari quyidagicha: 1. Bilish faoliyati: diqqat, nutq, faoliyat 2. Bilish jarayonlari: sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur 3. Shaxsning hissiy-irodaviy sohasi: hissiyot, iroda 4. Shaxsning individual-psixologik xususiyatlari: temperament, xarakter, qobiliyat. Psixologiya – juda qadimiy va shu bilan birga navqiron fandir. Psixik hodisalarning ilk talqini qadimiy yunon olimi Aristotel (eramizdan avvalgi 384-322 yillar)ning “Ruh haqida” nomli asarida berilgan. Psixik hodisalar va ularning qonuniyatlariga taalluqli ilmiy tadqiqot ishlari XIX asrning ikkinchi yarmida, ilmiy psixologiya asoslari esa XIX va XX asrlar o’rtasida yuzaga kelgan. 1 Hozirgi kunda psixologiyaning 300 dan ortiq tarmog’i fan sifatida rivojlanib kelmoqda. Shulardan yosh davrlari psixologiyasi, bolalar psixologiyasi, maxsus psixologiya, pedagogik psixologiya, tibbiyot psixologiyasi, yuridik psixologiya, sport psixologiyasi, aviasiya psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya, shaxs psixologiyasi, boshqaruv psixologiyasi va boshqalar shular jumlasidandir. 1 “ Ruh haqida”kitobi Aristotel

I bob.Bolalar psixologiyasi faniga kirish va uning maqsad, vazifalari. 1.1Bolalar psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari Bolalar psixologiyasi – psixologiya fanining alohida tarmog’i bo’lib, bolaning tug’ilganidan to yetuklik davrida psixik taraqqiyotini, turli yosh davrlaridagi bola psixik taraqqiyotining qonuniyatlarini, rivojlanishining turli bosqichlarida bola psixikasiga xos xususiyatlarini o’rganadi. Bolalar psixologiyasi fanining asosiy e’tibori tug’ilganidan yetuklik davrigacha inson psixikasi va ongining qanday rivojlanishiga qaratilgan, ya’ni har bir shaxs uzoq bolalik davrini boshdan kechiradiki, bu davrda unda alohida psixik jarayonlar va xususiyatlar yuz beradi. Shuning uchun ham bu davrni fanda alohida ajratib o’rganiladi va uni ontogenetik taraqqiyot yo’li deyiladi. Ontogenez – bu organizmning individual rivojlanishidir. Bolalar psixologiyasi bola psixikasining taraqqiyoti hamda shaxsiy xususiyatlarining yuzaga kelishiga ta’sir qiluvchi omillarni ham o’rganadi. Bugungi kunda bolalar psixologiyasi fanining oldida bir qancha muhim nazariy va amaliy vazifalari turadi, uning nazariy vazifalariga quyidagilar kiradi: 1. Turli yoshdagi bolalarga xos bo’lgan psixologik xususiyatlarni, ya’ni bolalarning idrokiga, sezgi-tuyg’ulariga, diqqatiga va xotirasiga, nutqi va tafakkuriga, xayoliga, irodasiga xos xususiyatlarni o’rganish; 2. Bolaning psixik taraqqiyotiga faol ta’sir qiluvchi omillarni aniqlab berish; 3. Turli yoshdagi bolalarning rivojlanishiga xos bo’lgan qonuniyatlarni o’rganish; 4. Bola shaxsi va shaxsiga xos bo’lgan psixologik xususiyatlarni o’rganish; 5. Bolani maktab ta’limiga tayyorlash; 6. Maktabda muvaffaqiyatli o’qish uchun bolaning aqliy jarayonlarini faollashtirish; 7. Ta’lim jarayonida bolaning mustaqil, ijodiy, faol tafakkurini shakllantirish;

8. Ta’lim-tarbiya jarayonida bolaning maxsus qobiliyatlarini shakllantirish; 9. Ta’lim-tarbiya ishlarining psixologik mazmunini ochib berishdan iboratdir. Uning amaliy vazifalariga turli yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti xususiyatlariga doir bilimlarni tarbiyachilar, o’qituvchilar, ota-onalar ya’ni jamoatchilar o’rtasida keng yoyishdan iborat. Bolalar psixologiyasining amaliy vazifasi – bola ruhiy taraqqiyotiga, yoshlik xususiyatlari orasidagi farqlar va ularga individual munosabatda bo’lish yo’llariga oid, ruhiy taraqqiyot qonunlariga doir psixologik bilimlardan bahramand bo’lishlarini ta’minlashdan iborat. Bunday vazifalarni amalga oshirish komil insonni shakllantirishda muhim rol o’ynaydi. 1.2.Bolalar psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Bolalar psixologiyasi predmetining muhim tomonlaridan biri - turli yoshdagi bolalarda sezgi, idrok, diqqat, xotira, nutq, tafakkur, hissiyot, xayol va iroda kabi psixik jarayonlarining namoyon bo’lishi, taraqqiy etishi hamda takomillashuvining qonuniyatlarini o’rganishdan iboratdir. Bolalar psixologiyasi bola shaxsiy psixologik xususiyatlarini qanday tarkib toptirishni chuqur tahlil qiladi. Bunda bolalar psixologiyasini bolalar shaxsining tarkib topishiga faol ta’sir etuvchi omillar qiziqtiradi. Ma’lumki, bola shaxsi va uning psixologik xususiyatlari qandaydir tasodifiy omillarning tartibsiz ta’sir etishi natijasida emas, balki muayyan aniq omilning qonuniy ta’sir etishida tarkib toptiradi. Ana shu muhim qonuniy tarzda ta’sir qiladigan omillarni ochish va isbotlash bilan bolalar psixologiyasi shug’ullanadi. Bolalar psixologiyasi o’zining murakkab predmetini o’rganishda falsafaga tayanadi. Ma’lumki, tabiat va jamiyatdagi narsa hamda hodisalar taraqqiyotining eng umumiy qonuniyatlarini o’rganadi, hamda inson ongining ijtimoiy hayotga bog’liqligini isbotlab beradi. Tabiat va jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlaridan xabardor bo’lish bolalar psixologiyasiga bolalar psixik taraqqiyotini o’rganishda va

«tabiiy zot» bo’lib tug’ilgan bolaning inson ijtimoiy tajribasini egallab, shaxs bo’lib yetishini o’rganish to’g’ri yo’l topishga yordam beradi. Bolalar psixologiyasi o’z predmetini o’rganishda umumiy psixologiyaning inson psixikasi xaqida qo’lga kiritilgan yutuqlariga asoslanadi. Masalan, umumiy psixologiyaning psixik jarayonlar, psixologik xolatlar, inson shaxsi va uning faoliyati xaqidagi ta’limotlardan to’g’ridan- to’g’ri foydalanadi. O’z navbatida, umumiy psixik holat ham bolalar psixologiyasining yutuqlariga asoslanadi. Bolalar psixologiyasi anatomiya va fiziologiya fanlari tomonidan qo’lga kiritilgan yutuqlardan ham keng foydalanadi. Bunda bolalar psixologiyasi, xususan bolalar nerv sistemasi va oliy nerv faoliyatining ma’lumotlaridan foydalanadi. Bolalar nerv sistemasining normal taraqqiyoti va normal ishlashi bola psixikasi rivojlanishining muhim shartlaridandir. Shuning uchun psixolog mutaxassislar bola nerv sistemasining taraqqiyoti masalalari bilan bevosita tanish bo’lishlari lozim. Bolalar psixologiyasi pedagogika fani bilan xam yaqin alokadadir. Pedagogika fani yoshlarga ta’lim-tarbiya berish va ularni har tomonlama barkamol tarzda rivojlantirish haqidagi fandir. Bolalar psixologiyasi ta’lim- tarbiyaning maqsadi, yo’l-yo’riqlari va vazifalariga doir fikrlarni pedagogika fanidan oladi, hamda unga yaqindan yordam beradi. Bolaning aqliy taraqqiyoti qonunlaridan xabardor bo’lish turli yoshdagi bolalar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini to’g’ri tashkil qilish imkoniyatini beradi. Bolalar psixologiyasi bolalar gigiyenasi, bolalardagi kasalliklarni o’rganuvchi pediatriya bilan ham bog’liqdir. Bu fan bolalar psixologiyasi namoyondalariga bolalar psixik taraqqiyotining normal borayotganini chuqurroq bilish va normal taraqqiyotda burilish sabablarini aniqlash imkonini beradi. Bolalar psixologiyasi esa, o’z navbatida, bolalarning normal psixik taraqqiyotini aniqlab berish bilan birga shifokorlarning bola psixologiyasini yanada yaxshiroq tushunib olishlariga yordam beradi.