HOZIRGI ZAMON BOLALAR SHE’RIYATINI O‘RGATISH OQALI MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI O‘STIRISH
HOZIRGI ZAMON BOLALAR SHE’RIYATINI O‘RGATISH OQALI MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI O‘STIRISH MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………………….3 ASOSIY QISM………………………………………………………………7 I BOB. HOZIRGI DAVR ADABIYOTIDA BOLALAR SHE’RIYATINING RIVOJLANISHI………………………….……..…………7 1.1 Bolalar she’riyati haqida tushuncha, tarixiy rivojlanish jarayonlari….. ……………………………………………………..………………7 1.2 Bugungi kun bolalar she’riyati bo‘yicha o‘zbek adabiyoti vakillari va ularning ijodidi bilan bolalarni tanishtirish…....……………...………………12 1.3 Bugungi kun bolalar she’riyati va ularni maktabgacha ta’lim tizimidagi ahamiyati………………………………………………………………………..26 I Bob bo‘yicha xulosalar…………………………………………………..31 II BOB. HOZIRGI ZAMON BOLALAR SHE’RIYATINING BOLALAR NUTQINI O‘STIRISHDAGI O‘RNI……………………………33 2.1 Maktabgacha ta’lim tizimida bolalar nutqini o‘stirishda bolalar she’riyatining tutgan o‘rni………………….…………………………………….33 2.2 Bolalarni she’riy asarlar misolida kitobxonlikka jalb qilishning asosiy metodologiyasi…………………………………………………..………………38 II Bob bo‘yicha xulosalar……………………………………………………47 XULOSA……………………………………………………...…………..49 FOYDALANILGAN ADBIYOTLAR RO‘YXATI……..….……………50 ILOVA………………………………………………………………………52 1
KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Ushbu bitiruv malakaviy ishida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar og‘zaki nutqini o‘stirishda bolalar adabiyotining o‘rni haqida so‘z yuritilgan. Xususan, bolalarning ham aqlan, ham ma’nan yuksalishida bolalar she’riyati turlari, ya’ni alla, aytishmachoq, erkalamachoqlarning ahamiyati juda kattadir. Bolalarning o‘z ona tilida obrazli va mantiqiy fikrlashi, tasavvurlarni nutq orqali to‘g‘ri ifodalashi o‘zini nazorat qilishi, boshqarish, kuzatish, eshitish, eslab qolish kabi aqliy tayyorgarlikka ega bo‘lishida bolalar adabiyotining zarur ekanligi asoslangan. Bundan tashqari bolalarni mantiqan fikrlashga o‘rgatadigan she’riy san’at na’munalari ham mavjud. Sharada she’riy san’ati bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Sharada she’riy topishmoq, ham so‘z o‘yinidir. Bosh harfisiz - ro‘zador, Shoir uchun tashbeh - dor.(soch) Oshiq “osh”siz qo‘shilsa, Yuz-qo‘ling yuvsang tayyor. (sochiq) Maktabgacha ta’limga mos keladigan sharada she’riy jumboqlarini ko’paytirish bolalar nutqini o‘stirishda yana bir o‘sish va rivojlanish desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bolalar she’riyati – shaxsni har tomonlama rivojlantirishning muhim tarkibiy qismidir. U bolalarga axloqiy tasavvur va bilimlarni singdirish, ularda shaxsning axloqiy his-tuyg‘u va sifatlarini, xulq madaniyatini tarbiyalashga qartilgan jarayondir. Maktabagcha ta’lim tashkilotlarida kerakli bo‘lgan barcha bolalar adabiyotlariga doir kitoblarni yanada ko‘paytirish zarur. Negaki, kitob muhitida tarbiya topgan boladan aslo yomonlik chiqmaydi. Milliy qadriyatlarimizni saqlab qolish va yosh avlodga yetkazish bo‘yicha qilingan sa’y-harakatlar muhtaram prezidentimizning “Kelajak bog‘chadan boshlanadi” 1 degan purma’no so‘zlarida ham o‘z ifodasini topdi. Hozirda yurtimizda kitobxonlik ishlari keng suratda o‘sib bormoqda. Bu albatta Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ham chetlab o‘tmaydi degan umiddamiz. 1 Yangiliklar» O'zbekiston «Shavkat Mirziyoyevning ayollarga bayram tabrigi, 08.03.2018 2
O‘tgan qisqa vaqt mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda maktabgacaha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi, “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirsh chora tadbirlari to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmon va qarorlari, shuningdek, “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Dasturi hamda respublikada maktabgacha ta’lim tizmini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” asosida misli ko‘rilmagan ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bundan asosiy maqsad bugungi kun yoshlarini har tomonlama barkamol shaxs bo‘lib yetishishiga qulay shart-sharoitlar yaratib berishdir. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Hozirgi zamon bolalar she’riyati orqali maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarda nutq o‘stirish jarayonini takomillashtirishning samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqish. Bitiruv malakaviy ishining vazifalari: 1. O‘rganilayotgan muammo bo‘yicha pedagogik-psixologik va metodik adabiyotlarni tahlil qilish; 2. Maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilar hayotida she’riyatning o‘rni qay darajada ekanligini ko‘rib chiqish va tahlil qilish; 3. Maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilar nutqini o‘stirishda bolalar she’riyatini o‘rgatishning samarali yo‘llari va vositalarini aniqlash. 4. Sharada she’riy san’ati orqali maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarining nutq o‘stirish bilan bir qatorda mantiqan fikrlashga o‘rgatish. Bitiruv malakaviy ishining obyekti: Maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarning nutqini o‘stirishda ertak, hikoya va bolalar she’riyatining ahamiyatini o‘rganish jarayoni. Bitiruv malakaviy ishining predmeti: bolalar va o‘smirlarga ba g ‘ishlangan asarlarning g ‘oyaviy-mavzuviy, janriy-badiiy xususiyatlari, ularga oid ilmiy- 3
nazariy qarashlar, tadqiqotlar umumlashmasi, mualliflar hayoti va ijodini batafsil o‘rganish kabilar tashkil qiladi. Bitiruv malakaviy ishining metodlari: - Nazariy tadqiqot usuli; - Pedagogik-psixologik kuzatish; - So‘rov va suhbat; - Pedagogik-eksperiment; - STEAM; S-sciene, T-technology, E-engineering, A-art va M-math. Bitiruv malakaviy ishining metodologik asosi: O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Maktabgacha ta’lim tizimiga doir qaror va farmonlari, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonun , Maktabgacha ta’lim davlat standarti, maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi, hukumat tomonidan Maktabgacha ta’lim tizimiga doir qabul qilingan huquqiy-meyoriy hujjatlar, shuningdek tanlangan yo‘nalishda ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan pedagog olimlarning nazariy qarashlari va zamonaviy ilg‘or ta’limotlar. Sharq mutafakkirlarining axloqiy tarbiyaga oid qarashlari, mavzuga oid ilmiy-pedagogik manbalarda ilgari surilgan ta’limotlar. Har bir mamlakatning taraqqiyoti, istiqboli, farovonligi, ma’naviy yuksalishi, jahonning eng rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olishi, bilimi, yuqori intellektual salohiyatli, qalbiga va ongiga ezgu fazilatlarni mujassamlashgan yoshlarga bog‘liq hisoblanib: har jihatdan yetuk va barkamol, Vatan taqdiri uchun sidqidildan xizmat qiladigan, fidoyi, iymonli avlodni voyaga yetkazish, o‘qitishni sifatli va mazmun jihatdan yuqori pog‘onalarga olib chiqish avvalo o‘qituvchi va tarbiyachi murabbiylar zimmasiga sharafli va ayni paytda mas'uliyatli vazifani yuklaydi. O‘zbekiston Respublikasi huquqiy-demokratik jamiyat qurish yo‘lidan borar ekan, o‘z fuqarolarning, ayniqsa, yangi jamiyat barpo etishga bel bog‘lagan, o‘sib kelayotgan yosh avlodning barkamol bo‘lib voyaga yetishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 7- fevraldagi PF- 4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, 2016 yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017- 4
2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017-yil 9-sentyabrdagi PQ-3261-son “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2017-yil 26- sentyabrdagi PQ-3289-son “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2019- yil 8- maydagi PQ-4312-son “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28-dekabrdagi 1026-son “Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2019-yil 13- maydagi 391-son “Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari, Maktabgacha ta’lim vazirining 2019-yil 30-avgustdagi 155-son “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘I hamda 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriy- huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 26- yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: “Maqsadimiz kelgusi 3-4 yilda mamlakatimizdagi bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga to‘liq qamrab olishdan iborat va biz bunga albatta erishamiz”, - deb ta’kidlagan edi. Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi: Kirish, asosiy qism, 2 bob, 5 fasl, bob bo‘yicha xulosalar, xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ilovadan iborat. I BOB. HOZIRGI DAVR BOLALAR SHE’RIYATINING RIVOJLANISHI 1.1 Bolalar she’riyati haqida tushuncha, tarixiy rivojlanish jarayonlari 5